Режа:
1. Vasiyatnomalarni notarial tasdiqlash asoslari
2. Notarial tasdiqlangan vasiyatnomalarga tenglashtirilgan vasiyatnomalar
3. Vasiyatnomani notarial tasdiqlash tartibi
4. Vasiyatnomani oʼzgartirish va bekor qilish tartibi
Mavzuga oid normative huquqiy
hujjatlar:
O’zbekiston Respublikasi fuqarolik kodeksi
Oʼzbekiston Respublikasining “Notariat toʼgʼrisida”gi Qonuni.
(oʼzgartish va qoʼshimchalari bilan) // Qonun hujjatlari
maʼlumotlari milliy bazasi, 19.04.2018 y., 03/18/476/1087-son.
Oʼzbekiston Respublikasi Аdliya vazirligida 2019 yil 04 yanvarda 3113-son
bilan roʼyxatga olingan Notariuslar tomonidan notarial harakatlarni amalga
oshirish tartibi toʼgʼrisida yoʼriqnoma
Notarial tasdiqlangan hujjatlarga tenglashtiriladigan vasiyatnomalar va
ishonchnomalarni tasdiqlash tartibi toʼgʼrisidagi yoʼriqnoma
(Oʼzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2011 yil 25 maydagi 111-mh-
son buyrugʼiga ILOVА)
Vasiyatnomani notarial tasdiqlash
Fuqaroning oʼziga tegishli mol-mulkni yoki bu mol-mulkka nisbatan huquqini
vafot etgan taqdirda tasarruf etish xususidagi xohish-irodasi vasiyat deb eʼtirof
qilinadi.
Vasiyatnoma shaxsan tuzilishi lozim.
Vasiyatnomaning vakil orqali tuzilishiga yoʼl
qoʼyilmaydi.
Fuqaro oʼzining barcha mol-mulkini yoki uning muayyan qismini qonun
boʼyicha merosxoʼrlar doirasiga kiradigan, shuningdek kirmaydigan bir yoki bir necha
shaxsga, shu bilan birga yuridik shaxslarga, davlatga yoki fuqarolarning oʼzini oʼzi
boshqarish organlariga vasiyat qilishi mumkin.
Oʼzbekiston
Respublikasining
qonunchiligiga
koʼra
vasiyatnoma
notarial
tasdiqlangan boʼlishi lozim. Shuningdek, qonunda vasiyatnomalarni tasdiqlash
vakolati berilgan shaxslar tomonidan tasdiqlangan vasiyatnomalar notarial
tasdiqlangan vasiyatnomalarga tenglashtirilgan hisoblanadi.
Qonunda vakolat berilgan shaxslar tomonidan
tasdiqlangan vasiyatnomalar notarial
tasdiqlangan vasiyatnomalarga tenglashtirilgan
1) kasalxonalar, gospitallar, boshqa statsionar davolash
muassasalarida
davolanayotgan
yoki
keksalar
va
nogironligi
bo‘lgan
shaxslar
uchun
internat
uylarida
yashab
turgan
fuqarolarning
ana
shu
kasalxonalar,
gospitallar va boshqa davolash muassasalarining bosh
vrachlari, ularning davolash ishlari bo‘yicha o‘rinbosarlari
yoki
navbatchi
vrachlari,
shuningdek
gospitallarning
boshliqlari, keksalar va nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun
internat
uylarining
direktorlari
yoki
bosh
vrachlari
tomonidan tasdiqlangan vasiyatnomalari;
fuqarolarning
O‘zbekiston
Respublikasi
bayrog‘i ostidagi kemalarda suzib yurgan
vaqtidagi
ana
shu
kemalarning
kapitanlari
tomonidan
tasdiqlangan
vasiyatnomalari;
qidiruv
ekspeditsiyalari
yoki
shu
kabi
boshqa
ekspeditsiyalardagi fuqarolarning ana shu ekspeditsiyalar
boshliqlari tomonidan tasdiqlangan vasiyatnomalari;