Veterinariya farmakologiyasi faniga kirish

Yuklangan vaqt

2025-01-16

Yuklab olishlar soni

1

Sahifalar soni

5

Faytl hajmi

18,1 KB


 
 
 
 
 
 
Veterinariya farmakologiyasi faniga kirish 
 
 
Reja: 
 1. Veterinariya farmakologiyasi fanining maqsad va vazifalari.  
2.Veterinariya farmakologiyasi fanining tarixi. 
 
Tayanch tushunchalar: 
► Farmakologiya - grekchadan Pharmakon dori va logos – ta’limot  
► Farmakognoziya – dori tayyorlash uchun olinadigan xom ashyo  
► Farmakoterapiya – dori vositalar bilan kasalliklarni davolash. 
► Farmakoprofilaktika – dori vositalari yordamida kasalliklarni oldini olish 
choralari.  
 
Farmakologiya fani haqida tushuncha,bo‘limlari boshqa fanlar bilan 
aloqasi. 
Farmakologiya-dori moddalari haqidagi fan bo‘lib, grekcha pharmakon-
dori, logos-ta’limot degan ma’noni bildiradi. 
Ma’lumki, dorilar kasalliklarni davolash va profilaktika uchun, hayvonlarni 
serpushtligini, mahsuldorligini va rezistentligini oshirish uchun, fiziologik 
holatlarni regulyasiyalash maqsadlarida keng qo‘llaniladi. 
Farmakologiya-keng fan, chunki farmakologik vasitalar meditsinada, 
veterinariyada, chorvachilikda, biologiyada, farmatsiyada, yangi dori moddalarni 
sintezlashda va tabiatdan izlashda keng qo‘llaniladi. Albatta, har bir yo‘nalish 
uchun dori moddalarga har xil ma’lumot talab qilinadi. 
Veterinariya 
farmakologiyasi-bu 
dori 
moddalari 
ta’sirida 
tirik 
organizmlarda bo‘ladigan biologik va fiziologik o‘zgarishlar qonuniyatlarini 
Veterinariya farmakologiyasi faniga kirish Reja: 1. Veterinariya farmakologiyasi fanining maqsad va vazifalari. 2.Veterinariya farmakologiyasi fanining tarixi. Tayanch tushunchalar: ► Farmakologiya - grekchadan Pharmakon dori va logos – ta’limot ► Farmakognoziya – dori tayyorlash uchun olinadigan xom ashyo ► Farmakoterapiya – dori vositalar bilan kasalliklarni davolash. ► Farmakoprofilaktika – dori vositalari yordamida kasalliklarni oldini olish choralari. Farmakologiya fani haqida tushuncha,bo‘limlari boshqa fanlar bilan aloqasi. Farmakologiya-dori moddalari haqidagi fan bo‘lib, grekcha pharmakon- dori, logos-ta’limot degan ma’noni bildiradi. Ma’lumki, dorilar kasalliklarni davolash va profilaktika uchun, hayvonlarni serpushtligini, mahsuldorligini va rezistentligini oshirish uchun, fiziologik holatlarni regulyasiyalash maqsadlarida keng qo‘llaniladi. Farmakologiya-keng fan, chunki farmakologik vasitalar meditsinada, veterinariyada, chorvachilikda, biologiyada, farmatsiyada, yangi dori moddalarni sintezlashda va tabiatdan izlashda keng qo‘llaniladi. Albatta, har bir yo‘nalish uchun dori moddalarga har xil ma’lumot talab qilinadi. Veterinariya farmakologiyasi-bu dori moddalari ta’sirida tirik organizmlarda bo‘ladigan biologik va fiziologik o‘zgarishlar qonuniyatlarini  
 
o‘rganadi va chorvachilikda shular asosida bu moddalarni qo‘llashga ko‘rsatma, 
qo‘llash usullari va sharoit aniqlanadi. 
Demak, yuqorida keltirilgan ta’rifdan ma’lum bo‘ldiki, farmakologiya 
veterinariya xodimlari amaliyotida kerak bo‘ladigan dori moddalar to‘g‘risida 
hamma ma’lumotlarni o‘rganadi. 
Dori moddalari quyidagi manbalardan olinadi. 
1. O‘simliklar. O‘simlik dunyosi dori vositalarini eng boy manbai 
hisoblanadi. 
2.Mikroorganizmlar. Mikrobiologiya sanoatida bulardan antibiotiklar, 
vitaminlar, aminokislotalar va boshqalar olinadi. 
3. Hayvonot dunyosi. Insulin, adrenalin va boshqa muhim dorilar olinadi. 
4. Sintez yo‘li bilan. Hozir qo‘llaniladigan dori asosiy qismi shu yul bilan 
olinmoqda. 
Hayvonlarga qo‘llaniladigan dori moddalar, preparatlar, dori shakllari ko‘p 
xolatlarda dori vositalari deb ataladi. 
Veterinariyada qo‘llaniladigan ko‘p dorilar meditsinada ham qo‘llaniladi, 
lekin asosan veterinariya maqsadlarida qo‘llaniladigan alohida dori moddalar 
ham mavjud. 
Meditsina va veterinariya uchun umumiy bo‘lgan dorilar Sog‘liqni Saqlash 
Vazirligi veterinariyaga taalluqli dorilar esa Veterinariya bosh boshqarmasi 
tomonidan tasdiqlanadi. 
Dori moddalar organizmda hech qanaqa yangi bioximik va fiziologik 
o‘zgarishlar chaqirmaydi, balkim borini kuchaytiradi yoki susaytiradi. 
Har bir dori moddasini oson o‘zlshtirish uchun dori umumiy ta’sir 
qonuniyatlarini o‘rganish kerak bo‘ladi. 
Hozir veterinariya va meditsinada 10000 ga yaqin dori preparatlari 
qo‘llanilmoqda. 
Bu dorilarni o‘rganish uchun asosiy farmakologik ta’siri va qo‘llanishi 
bo‘yicha klassifikatsiya qilinadi. 
Farmakologiya bo‘limlari 
o‘rganadi va chorvachilikda shular asosida bu moddalarni qo‘llashga ko‘rsatma, qo‘llash usullari va sharoit aniqlanadi. Demak, yuqorida keltirilgan ta’rifdan ma’lum bo‘ldiki, farmakologiya veterinariya xodimlari amaliyotida kerak bo‘ladigan dori moddalar to‘g‘risida hamma ma’lumotlarni o‘rganadi. Dori moddalari quyidagi manbalardan olinadi. 1. O‘simliklar. O‘simlik dunyosi dori vositalarini eng boy manbai hisoblanadi. 2.Mikroorganizmlar. Mikrobiologiya sanoatida bulardan antibiotiklar, vitaminlar, aminokislotalar va boshqalar olinadi. 3. Hayvonot dunyosi. Insulin, adrenalin va boshqa muhim dorilar olinadi. 4. Sintez yo‘li bilan. Hozir qo‘llaniladigan dori asosiy qismi shu yul bilan olinmoqda. Hayvonlarga qo‘llaniladigan dori moddalar, preparatlar, dori shakllari ko‘p xolatlarda dori vositalari deb ataladi. Veterinariyada qo‘llaniladigan ko‘p dorilar meditsinada ham qo‘llaniladi, lekin asosan veterinariya maqsadlarida qo‘llaniladigan alohida dori moddalar ham mavjud. Meditsina va veterinariya uchun umumiy bo‘lgan dorilar Sog‘liqni Saqlash Vazirligi veterinariyaga taalluqli dorilar esa Veterinariya bosh boshqarmasi tomonidan tasdiqlanadi. Dori moddalar organizmda hech qanaqa yangi bioximik va fiziologik o‘zgarishlar chaqirmaydi, balkim borini kuchaytiradi yoki susaytiradi. Har bir dori moddasini oson o‘zlshtirish uchun dori umumiy ta’sir qonuniyatlarini o‘rganish kerak bo‘ladi. Hozir veterinariya va meditsinada 10000 ga yaqin dori preparatlari qo‘llanilmoqda. Bu dorilarni o‘rganish uchun asosiy farmakologik ta’siri va qo‘llanishi bo‘yicha klassifikatsiya qilinadi. Farmakologiya bo‘limlari  
 
1.Umumiy farmakologiya- dorilar, ularni ta’sir mexanizmi, dozalari, 
yuborish yo‘llari va dorilar bilan zaharlanish sabablari va birinchi yordam berish 
haqida umumiy tushunchalar beriladi. 
2.Xususiy farmakologiya- dori modda alohida guruhlarga bo‘lib o‘rganiladi. 
3.Retseptura- dori shakllarini tayyorlash va retsept yozish qoidalarini 
o‘rgatadigan fan. 
Farmakologiya tarixi 
Farmakologiya tarixiga odamzod yaratilgandan buyon asos solingan. O‘sha 
davrda ham odamlar kasal bo‘lganlar, ular atrofdagi giyohlardan, hayvonot 
olamidan shifo izlaganlar. 
1.Eramizdan 3600 yil ilgari papirusga yozilgan kitob, “Har xil a’zolarga 
qo‘llaniladigan dorilar to‘g‘risida” deb nomlanadi. 
2. Farmakologiyani rivojlanishida qadimiy Osiyo, Hindiston, Tibet, Xitoy 
va Arab davlatlari katta hissa qo‘shgan. 
a) Xitoy tibbiyotining asoschisi Shen-Nung bundan 3 ming ilgari o‘z 
asarlarida dorivor o‘simliklar nomlari, dori tayyorlash usullari, dorilar ta’siri va 
qo‘llanishi keltirilgan. 
b) Hind shifokori Sushruta “Ayur-Veda” kitobida 700 xil dorivor o‘simliklar 
haqida ma’lumot yozgan. 
v) Tibetda esa “Jud-Shi” (Shifobaxsh dorilar mohiyati) kitobi mashhur 
bo‘lgan. 
Eramizdan 1500 yil ilgari anor po‘stlog‘ini gijjaga qarshi ta’siri, kanakunjut 
moyini surgi ta’sirini, dengiz piyozini Yurakga foydali ekanligini bilishgan. Bular 
xozir ham qo‘llaniladi. 
3. Qadimgi Yunon vrachi Gippokrat (Buqrot), Rim tabibi Galenlar ham dori-
darmonlar haqida ko‘p ishlar olib borgan. 
4. Farmakologiyani rivojlanishida O‘rta Osiyo allomalarini ham hissasi 
katta. Ibn Abbos yangi dorilar avval hayvonlarda sinab ko‘rishni ta’kidlagan. 
Zakariyo tabobotga doir 36 ta asar yozgan Ibn Sino “Tib qonunlar” asarida 811 
ta dori keltirilgan, shundan 612 tasi o‘simliklardan olinganligi ma’lum. Zahm 
kasalligini simob bilan davolagan. 
1.Umumiy farmakologiya- dorilar, ularni ta’sir mexanizmi, dozalari, yuborish yo‘llari va dorilar bilan zaharlanish sabablari va birinchi yordam berish haqida umumiy tushunchalar beriladi. 2.Xususiy farmakologiya- dori modda alohida guruhlarga bo‘lib o‘rganiladi. 3.Retseptura- dori shakllarini tayyorlash va retsept yozish qoidalarini o‘rgatadigan fan. Farmakologiya tarixi Farmakologiya tarixiga odamzod yaratilgandan buyon asos solingan. O‘sha davrda ham odamlar kasal bo‘lganlar, ular atrofdagi giyohlardan, hayvonot olamidan shifo izlaganlar. 1.Eramizdan 3600 yil ilgari papirusga yozilgan kitob, “Har xil a’zolarga qo‘llaniladigan dorilar to‘g‘risida” deb nomlanadi. 2. Farmakologiyani rivojlanishida qadimiy Osiyo, Hindiston, Tibet, Xitoy va Arab davlatlari katta hissa qo‘shgan. a) Xitoy tibbiyotining asoschisi Shen-Nung bundan 3 ming ilgari o‘z asarlarida dorivor o‘simliklar nomlari, dori tayyorlash usullari, dorilar ta’siri va qo‘llanishi keltirilgan. b) Hind shifokori Sushruta “Ayur-Veda” kitobida 700 xil dorivor o‘simliklar haqida ma’lumot yozgan. v) Tibetda esa “Jud-Shi” (Shifobaxsh dorilar mohiyati) kitobi mashhur bo‘lgan. Eramizdan 1500 yil ilgari anor po‘stlog‘ini gijjaga qarshi ta’siri, kanakunjut moyini surgi ta’sirini, dengiz piyozini Yurakga foydali ekanligini bilishgan. Bular xozir ham qo‘llaniladi. 3. Qadimgi Yunon vrachi Gippokrat (Buqrot), Rim tabibi Galenlar ham dori- darmonlar haqida ko‘p ishlar olib borgan. 4. Farmakologiyani rivojlanishida O‘rta Osiyo allomalarini ham hissasi katta. Ibn Abbos yangi dorilar avval hayvonlarda sinab ko‘rishni ta’kidlagan. Zakariyo tabobotga doir 36 ta asar yozgan Ibn Sino “Tib qonunlar” asarida 811 ta dori keltirilgan, shundan 612 tasi o‘simliklardan olinganligi ma’lum. Zahm kasalligini simob bilan davolagan.  
 
Beruniyni “Saydana” asarida XI asrda ma’lum bo‘lgan 4500 o‘simlik, 
hayvon, minerallar nomlari va izohlar keltirilgan. 
YUsuf Ilohiy- Ibn Sinoning shogirdlaridan o‘z asarlarida turli kasalliklarni 
kelib chiqishini aniqlash va dorilar bilan davolash usullarini bayon etgan. 
Bulardan tashqari Xorazimlik Jurjoniy, Umar,Samarqandiy kabi tabiblar 
ham o‘z zamonasida mavjud bo‘lgan dori va ularni davolashdagi roli haqida 
kitoblar yozib qoldirgan. 
5. XVI asrda Evropada uyg‘onish davrining olimlaridan biri Paratsels 
farmakologiyani ximiyaviy moddalar bilan to‘ldirib yuborgan tibbiyotda 
yatroximiya (yatro-vrach) yo‘nalishini asoschisi. U simob, temir, oltingugurt, 
margumush va boshqa moddalar davolovchi ta’sirini sinovdan o‘tkazgan. 
6. Ilmiy farmakologiyani rivojlanishida XIX asr oxirlari Rossiyalik 
farmakologlar Pavlov, Kravkov, Anichkov, Soshestvenskiylar katta hissa 
qo‘shdilar. 
7. Vetirinariya farmakologiyasini Rossiyada rivojlanishida Soshestvenskiy 
va uning shogirdlari I.E.Mozgov, Sidorava, Govorov, Savich, Botenov, 
Chervekov va boshqalar katta hissa qo‘shdilar. 
Nikolay 
Aleksandrovich 
Soshensvenskiy- 
Rossiyada 
veterinariya 
farmakologiyasini asoschisi. U xlor, 4-xlorli uglerod, oltingugurtli angidrid, 
zaharlardan- fosgen difosgen, ipritlarni ta’sirini o‘rgangan va birinchi kitoblar 
avtori. 
I.E.Mozgov-340 ga yaqin ilmiy ishlar bajargan, farmakologiya va retseptura 
darsliklari avtori akademik, davlat mukofatlari lauriati. U farmakologiya teoriyasi, 
chorvachilik va veterinariya amaliyotiga juda katta hissa qo‘shgan. Jumladan 
chorva mollari va parrandalar serpushtligi va mahsuldorligi oshirishni 
farmakostimulyasiya 
qilishda, 
yuqumli 
va 
yuqumsiz 
kasalliklarni 
farmakoprofilaktikasini ishlab chiqishda yuqori mahsuldor hayvonlar organizmi 
fiziologik holatlari farmakoregulyasiyasini o‘rganishga katta hissa qo‘shdi. 
Hozirgi zamon veterinariya farmakologiyasi ahvoli va vazifalari 
Hozirgi zamon veterinariya farmakologiyasi meditsina farmakologiyasi 
bilan yaqin aloqada va hamkorlikda rivojlanmoqda. Rivojlangan mamlakatlarda 
ximiko-farmakologik sanoat barpo qilingan, qaysikim kerakli dorilarni hayvonlar 
Beruniyni “Saydana” asarida XI asrda ma’lum bo‘lgan 4500 o‘simlik, hayvon, minerallar nomlari va izohlar keltirilgan. YUsuf Ilohiy- Ibn Sinoning shogirdlaridan o‘z asarlarida turli kasalliklarni kelib chiqishini aniqlash va dorilar bilan davolash usullarini bayon etgan. Bulardan tashqari Xorazimlik Jurjoniy, Umar,Samarqandiy kabi tabiblar ham o‘z zamonasida mavjud bo‘lgan dori va ularni davolashdagi roli haqida kitoblar yozib qoldirgan. 5. XVI asrda Evropada uyg‘onish davrining olimlaridan biri Paratsels farmakologiyani ximiyaviy moddalar bilan to‘ldirib yuborgan tibbiyotda yatroximiya (yatro-vrach) yo‘nalishini asoschisi. U simob, temir, oltingugurt, margumush va boshqa moddalar davolovchi ta’sirini sinovdan o‘tkazgan. 6. Ilmiy farmakologiyani rivojlanishida XIX asr oxirlari Rossiyalik farmakologlar Pavlov, Kravkov, Anichkov, Soshestvenskiylar katta hissa qo‘shdilar. 7. Vetirinariya farmakologiyasini Rossiyada rivojlanishida Soshestvenskiy va uning shogirdlari I.E.Mozgov, Sidorava, Govorov, Savich, Botenov, Chervekov va boshqalar katta hissa qo‘shdilar. Nikolay Aleksandrovich Soshensvenskiy- Rossiyada veterinariya farmakologiyasini asoschisi. U xlor, 4-xlorli uglerod, oltingugurtli angidrid, zaharlardan- fosgen difosgen, ipritlarni ta’sirini o‘rgangan va birinchi kitoblar avtori. I.E.Mozgov-340 ga yaqin ilmiy ishlar bajargan, farmakologiya va retseptura darsliklari avtori akademik, davlat mukofatlari lauriati. U farmakologiya teoriyasi, chorvachilik va veterinariya amaliyotiga juda katta hissa qo‘shgan. Jumladan chorva mollari va parrandalar serpushtligi va mahsuldorligi oshirishni farmakostimulyasiya qilishda, yuqumli va yuqumsiz kasalliklarni farmakoprofilaktikasini ishlab chiqishda yuqori mahsuldor hayvonlar organizmi fiziologik holatlari farmakoregulyasiyasini o‘rganishga katta hissa qo‘shdi. Hozirgi zamon veterinariya farmakologiyasi ahvoli va vazifalari Hozirgi zamon veterinariya farmakologiyasi meditsina farmakologiyasi bilan yaqin aloqada va hamkorlikda rivojlanmoqda. Rivojlangan mamlakatlarda ximiko-farmakologik sanoat barpo qilingan, qaysikim kerakli dorilarni hayvonlar  
 
uchun kerakli miqdorda ishlab chiqara oladi. Buning uchun kerakli xomashyo 
bazasi mavjud (mineral, ximik, o‘simlik). Ko‘plab ilmiy-teksherish institutlari va 
laboratoriyalar tashkil qilinib, ular yangi dorilarni o‘rganib, amaliyotga tadbiq 
etmoqda. 
Farmakologiya vazifalari 
1.Farmakoterapiya- kasal hayvonlarni davolash uchun dorilarni qo‘llash. 
2.Farmakoprofilaktika-Hayvonlarni kasalliklarini oldini olish maqsadida 
dorilarni qo‘llash. 
3.Farmakostimulyasiya-Sog‘lom hayvonlarni mahsuldorligini oshirish 
uchun dorilar qo‘llash. 
4.Farmakoanaliz- dorilar ta’siri organizmda bo‘ladigan fiziologik va 
bioximik o‘zgarishlar farqini o‘rganish 
5.Farmakognoziya- dorilar olinadigan xomashyolarni o‘rganish 
 
Asosiy adabiyotlar: 
1. Salimov Yu. “Veterinariya farmakologiyasi”. O‘quv qo‘llanma. Noshir 
nashriyoti. Toshkent. 2019 yil. 
2. Salimov Yu., Xoliqov A.A., Farmonov N.O., “Veterinariya farmakologiyasi” 
fanidan amaliy va laboratoriya mashg‘ulotlari uchun o‘quv qo‘llanma. Papirus-
Samarqand nashriyoti. Samarqand 2021 yil 
      Qoʻshimcha adabiyotlar 
1. Машковский М.Д. Лекарственние средства. Справочник. Колос. Москва. 
1998 год. 
2. Соколов В.Д. “Фармакология”. Учебник. Агропомиздат. Москва.. 2010 
год. 
 
uchun kerakli miqdorda ishlab chiqara oladi. Buning uchun kerakli xomashyo bazasi mavjud (mineral, ximik, o‘simlik). Ko‘plab ilmiy-teksherish institutlari va laboratoriyalar tashkil qilinib, ular yangi dorilarni o‘rganib, amaliyotga tadbiq etmoqda. Farmakologiya vazifalari 1.Farmakoterapiya- kasal hayvonlarni davolash uchun dorilarni qo‘llash. 2.Farmakoprofilaktika-Hayvonlarni kasalliklarini oldini olish maqsadida dorilarni qo‘llash. 3.Farmakostimulyasiya-Sog‘lom hayvonlarni mahsuldorligini oshirish uchun dorilar qo‘llash. 4.Farmakoanaliz- dorilar ta’siri organizmda bo‘ladigan fiziologik va bioximik o‘zgarishlar farqini o‘rganish 5.Farmakognoziya- dorilar olinadigan xomashyolarni o‘rganish Asosiy adabiyotlar: 1. Salimov Yu. “Veterinariya farmakologiyasi”. O‘quv qo‘llanma. Noshir nashriyoti. Toshkent. 2019 yil. 2. Salimov Yu., Xoliqov A.A., Farmonov N.O., “Veterinariya farmakologiyasi” fanidan amaliy va laboratoriya mashg‘ulotlari uchun o‘quv qo‘llanma. Papirus- Samarqand nashriyoti. Samarqand 2021 yil Qoʻshimcha adabiyotlar 1. Машковский М.Д. Лекарственние средства. Справочник. Колос. Москва. 1998 год. 2. Соколов В.Д. “Фармакология”. Учебник. Агропомиздат. Москва.. 2010 год.