VIRUS VA ULARNING KLASSIFIKATTSIYASI

Yuklangan vaqt

2025-01-01

Yuklab olishlar soni

1

Sahifalar soni

6

Faytl hajmi

876,5 KB


 
 
 
 
 
 
VIRUS VA ULARNING KLASSIFIKATTSIYASI 
 
Reja 
1. 
Viruslarni boshqa mikroorganizmlar bilan qiyosiy solishtirish. 
2. 
Gibbs va Xarrison sistematikasi. 
3. 
Izometrik zarrali viruslar 
 
Viruslarni klassifikatsiya qilish masalasi hozirgacha to’liq o’rganilmagan. 
Viruslarni klassifikatsiya qilish ular birinchi aniqlangan davridan boshlangan: 
dastlab qanday organizmning zararlanishiga ko’ra (odam, o’simliklar, hayvon, 
hasharot, faglar) keyinchalik qanday to’qimalarni zararlashiga ko’ra (dermatrop, 
pnevmotrop) viruslar borligi aniqlangan. 
 
1. Tarkibida DNK bo‘lgan viruslar
P o k s v i r u s l a r
1. Chin chechak virusi
2. Gerpes virusi
3. Suv chechak virusi
A d e n o v i r u s l a r
1. Adenovirus infeksiyasini vujudga keltiruvchilar. 
F a g l a r
1. Bakteriofaglar (bakteriyalar virusi)
2. Sianofaglar (ko‘k yashil suv o‘tlar virusi)
3. Aktinofaglar (aktinomitsstlar virusi)
VIRUS VA ULARNING KLASSIFIKATTSIYASI Reja 1. Viruslarni boshqa mikroorganizmlar bilan qiyosiy solishtirish. 2. Gibbs va Xarrison sistematikasi. 3. Izometrik zarrali viruslar Viruslarni klassifikatsiya qilish masalasi hozirgacha to’liq o’rganilmagan. Viruslarni klassifikatsiya qilish ular birinchi aniqlangan davridan boshlangan: dastlab qanday organizmning zararlanishiga ko’ra (odam, o’simliklar, hayvon, hasharot, faglar) keyinchalik qanday to’qimalarni zararlashiga ko’ra (dermatrop, pnevmotrop) viruslar borligi aniqlangan. 1. Tarkibida DNK bo‘lgan viruslar P o k s v i r u s l a r 1. Chin chechak virusi 2. Gerpes virusi 3. Suv chechak virusi A d e n o v i r u s l a r 1. Adenovirus infeksiyasini vujudga keltiruvchilar. F a g l a r 1. Bakteriofaglar (bakteriyalar virusi) 2. Sianofaglar (ko‘k yashil suv o‘tlar virusi) 3. Aktinofaglar (aktinomitsstlar virusi)
 
 
M i k s o v i r u s l a r
1. Gripp virusi
2. Qizamiq virusi
3. Quturish virusi
R i o v i r u s l a r- yomon shish kasalliklarini
qo'zg'atadi
P i k o r n o v i r u s l a r
1. Oqsil virusi
2. Tarkibida RNK bo‘lgan viruslar
 
 
1966 yili Moskvada bo’lib o’tgan Halqaro mikrobiologlar qongressida 
viruslarning yangi klassifikatsiyasi qabul qilingan: tarkibida DNK va PHK bo’lgan 
viruslar va ularning anatomiyasi—simmetriyasining shakli kubsimon, spiralsimon 
va kapsomerlarning soni va diametri, tashqi qobig’ining borligiga asoslangan. 
Hozirgacha 300 ga yaqin virus aniqlanib, ular 5 ta sinf, 8 tur, 21 oilaga 
birlashtirilgan. Har bir oila avlodlardan tashkil topgan bo’lib, avlodlar turlarga 
bo’linadi va turlar lotin tilida binominal yoziladi. Barcha hayvonlarda kasallik 
qo’zg’atuvchi viruslar ikki sinfga bo’lingan: 
1. Ivanovskiy sinfi tarkibiga PHK bo’lgan viruslar kiradi: pikophaviruslar — 
oqsil, poliomielit, Teshin kasalliklarini qo’zgatadi, miksoviruslar — quturish, gripp, 
qizamiq, 
qoramollar, 
itlar, 
parrandalarda 
o’lat 
kasalliklarini 
qo’zgatadi; 
arboviruslar - bir tuyoqli hayvonlarda Afrika o’lati, bug’ularda epizootik gemorra-
giya kasalliklarini; reoviruslar — yomon shish va leykoz kasalliklarini qo’zgatadi. 
2. Jenner sinfi tarkibiga DNK bo’lgan viruslar kiradi: poksviruslar — odam, 
hayvon va parranda chechagini, fibroma va miksoma shishlarini qo’zg’atadi, 
adenoviruslar — odamda, hayvonlarda, parrandalarda nafas yo’llarining 
kon’yuktivit kasalligini qo’zg’aydi. 
Klassifikatsiyalanmagan viruslarga yuqumli gepatit virusi va boshqalar kiradi. 
Viruslarga qarshi immunitet. Bakteriyalarga qarshi hosil bo’ladigan 
immunitetga nisbatan viruslarga qarshi hosil bo’ladigan immunitet kam o’rganilgan. 
Lekin ular bir xil yo’l bilan hosil bo’ladi, ya’ni organizmga yot bo’lgan tirik
M i k s o v i r u s l a r 1. Gripp virusi 2. Qizamiq virusi 3. Quturish virusi R i o v i r u s l a r- yomon shish kasalliklarini qo'zg'atadi P i k o r n o v i r u s l a r 1. Oqsil virusi 2. Tarkibida RNK bo‘lgan viruslar 1966 yili Moskvada bo’lib o’tgan Halqaro mikrobiologlar qongressida viruslarning yangi klassifikatsiyasi qabul qilingan: tarkibida DNK va PHK bo’lgan viruslar va ularning anatomiyasi—simmetriyasining shakli kubsimon, spiralsimon va kapsomerlarning soni va diametri, tashqi qobig’ining borligiga asoslangan. Hozirgacha 300 ga yaqin virus aniqlanib, ular 5 ta sinf, 8 tur, 21 oilaga birlashtirilgan. Har bir oila avlodlardan tashkil topgan bo’lib, avlodlar turlarga bo’linadi va turlar lotin tilida binominal yoziladi. Barcha hayvonlarda kasallik qo’zg’atuvchi viruslar ikki sinfga bo’lingan: 1. Ivanovskiy sinfi tarkibiga PHK bo’lgan viruslar kiradi: pikophaviruslar — oqsil, poliomielit, Teshin kasalliklarini qo’zgatadi, miksoviruslar — quturish, gripp, qizamiq, qoramollar, itlar, parrandalarda o’lat kasalliklarini qo’zgatadi; arboviruslar - bir tuyoqli hayvonlarda Afrika o’lati, bug’ularda epizootik gemorra- giya kasalliklarini; reoviruslar — yomon shish va leykoz kasalliklarini qo’zgatadi. 2. Jenner sinfi tarkibiga DNK bo’lgan viruslar kiradi: poksviruslar — odam, hayvon va parranda chechagini, fibroma va miksoma shishlarini qo’zg’atadi, adenoviruslar — odamda, hayvonlarda, parrandalarda nafas yo’llarining kon’yuktivit kasalligini qo’zg’aydi. Klassifikatsiyalanmagan viruslarga yuqumli gepatit virusi va boshqalar kiradi. Viruslarga qarshi immunitet. Bakteriyalarga qarshi hosil bo’ladigan immunitetga nisbatan viruslarga qarshi hosil bo’ladigan immunitet kam o’rganilgan. Lekin ular bir xil yo’l bilan hosil bo’ladi, ya’ni organizmga yot bo’lgan tirik
 
 
moddaning kirishi natijasida immunitet hosil bo’ladi. Ammo fagotsitoz holati 
viruslarga ta’sir etmaydi, chunki ayrim viruslar leykotsitlarda ham rivojlanadi. Virus 
kasalliklariga qarshi tug’ma va sun’iy immunitet bo’ladi: tug’ma immunitet 
organizmning areaktiv hujayralari bilan bog’liq, ya’ni virusga nisbatan sezgir 
hujayralar yo’q. 
Sun’iy immunitet ikki xil bo’ladi: a) biopreparatlar (vaktsina va immunli 
zardoblar) yuborish natijasida hosil bo’lsa, u sun’iy orttirilgan; b) organizm biror 
virusli infektsiya bilan kasallanib sog’ayishi natijasida hosil bo’lsa, u tabiiy 
orttirilgan immunitet deyiladi.  
Viruslarga sezgir organizmdagi immunitetning faktorlari: 1. Virusning 
organizmga kirgan yerida mahalliy atsidoz, gipoksiya bo’ladi, temperatura 
ko’tariladi, antitelalar hosil bo’ladi, ingibitor va interferonlar hosil bo’ladi. 2. 
Viruslar sezgir hujayralarga yetib borguncha antitelalar va ingibitorlar hosil bo’ladi. 
3. Hujayraning ichida interferon hujayrani himoya qiladigan maxsus suyuqlik 
ajratiladi. Ingibitorlar viruslarning ko’payishiga to’sqinlik qiladigan maxsus modda 
va u har qanday organizmda bo’ladi, buni 1942 yili Fyorst aniqlagan. U kuyonning 
zardobi bilan gripp virusiga tasir etganda, viruslar halok bo’lganlar. Ingibitorlar ham 
antitelalarga o’xshash ta’sir etadi, ular odam va hayvon organizmidagi 
suyuqliklarda, nafas olish va hazm qilish epiteliyalarida, turli to’qima organlarning 
ekstraktlarida bo’ladi. Ingibitorlar kattaroq yoshdagi organizmda, ayniqsa so’lakda 
ko’p bo’ladi, masalan, itning so’lagida boshqa hayvonlarning sulagiga nisbatan 10 
barobar ko’pdir. Iterferon virusning organizmga kirgan joylarida tezlik bilan hosil 
bo’ladigan maxsus modda bo’lib, spetsifik faktor hisoblanmaydi, lekin viruslarning 
rivojlanishiga to’sqinlik qiladi. Virus kirgan joyda 18—24 soat ichida ularni 
neytrallovchi maxsus antitelalar hosil bo’ladi. 
Hozirga qadar viruslarni mukammal klassifikatsiyasi yo’q. Olimlar tomonidan 
viruslar 
klassifikatsiyasi 
uchun 
turli 
strukturaviy 
tamonlariga 
ko’ra 
klassifikatsiyalanish. Bunda ularni o’lchami, kimyoviy strukturasi, ko’payish joyi 
(yadrodami, 
sitoplazmadami) 
tarkibidagi 
nuklein 
kislotalarini 
xarakterli 
xususiyatlari, yashash xususiyatiga ko’ra organizmdagi tekinxo’rlik, xususiyatlariga 
ko’ra quyidagicha guruhlarga bo’linadi.
moddaning kirishi natijasida immunitet hosil bo’ladi. Ammo fagotsitoz holati viruslarga ta’sir etmaydi, chunki ayrim viruslar leykotsitlarda ham rivojlanadi. Virus kasalliklariga qarshi tug’ma va sun’iy immunitet bo’ladi: tug’ma immunitet organizmning areaktiv hujayralari bilan bog’liq, ya’ni virusga nisbatan sezgir hujayralar yo’q. Sun’iy immunitet ikki xil bo’ladi: a) biopreparatlar (vaktsina va immunli zardoblar) yuborish natijasida hosil bo’lsa, u sun’iy orttirilgan; b) organizm biror virusli infektsiya bilan kasallanib sog’ayishi natijasida hosil bo’lsa, u tabiiy orttirilgan immunitet deyiladi. Viruslarga sezgir organizmdagi immunitetning faktorlari: 1. Virusning organizmga kirgan yerida mahalliy atsidoz, gipoksiya bo’ladi, temperatura ko’tariladi, antitelalar hosil bo’ladi, ingibitor va interferonlar hosil bo’ladi. 2. Viruslar sezgir hujayralarga yetib borguncha antitelalar va ingibitorlar hosil bo’ladi. 3. Hujayraning ichida interferon hujayrani himoya qiladigan maxsus suyuqlik ajratiladi. Ingibitorlar viruslarning ko’payishiga to’sqinlik qiladigan maxsus modda va u har qanday organizmda bo’ladi, buni 1942 yili Fyorst aniqlagan. U kuyonning zardobi bilan gripp virusiga tasir etganda, viruslar halok bo’lganlar. Ingibitorlar ham antitelalarga o’xshash ta’sir etadi, ular odam va hayvon organizmidagi suyuqliklarda, nafas olish va hazm qilish epiteliyalarida, turli to’qima organlarning ekstraktlarida bo’ladi. Ingibitorlar kattaroq yoshdagi organizmda, ayniqsa so’lakda ko’p bo’ladi, masalan, itning so’lagida boshqa hayvonlarning sulagiga nisbatan 10 barobar ko’pdir. Iterferon virusning organizmga kirgan joylarida tezlik bilan hosil bo’ladigan maxsus modda bo’lib, spetsifik faktor hisoblanmaydi, lekin viruslarning rivojlanishiga to’sqinlik qiladi. Virus kirgan joyda 18—24 soat ichida ularni neytrallovchi maxsus antitelalar hosil bo’ladi. Hozirga qadar viruslarni mukammal klassifikatsiyasi yo’q. Olimlar tomonidan viruslar klassifikatsiyasi uchun turli strukturaviy tamonlariga ko’ra klassifikatsiyalanish. Bunda ularni o’lchami, kimyoviy strukturasi, ko’payish joyi (yadrodami, sitoplazmadami) tarkibidagi nuklein kislotalarini xarakterli xususiyatlari, yashash xususiyatiga ko’ra organizmdagi tekinxo’rlik, xususiyatlariga ko’ra quyidagicha guruhlarga bo’linadi.
 
 
Bakteriyalarda tekinxo’rlik qiluvchi (bakteriofaglarga), o’simlik virusi 
(fitofag), hayvonlar virusi (zoofag) hozirgi zamon klassifikatsiyasiga ko’ra mustaqil 
viruslar (Vira) olamiga bo’linadi. 
Viruslar Linney nomenklaturasiga ko’ra ikki turga mos xolda ikki sinfga 
bo’linadi. 
1. Tarkibida RNK tutuvchi viruslar (Ivanovskaya) 
2. Tarkibida DNK tutuvchi (Ienneria ) viruslar  
3. O’simliklar virusi Phytophaginales 
4. Poliomelit kasalligini qo’zg’ovchi (Viroticales) – nonaviruslar 
5. Bo’g’imoyoqlilar yordamida tarqaladigan entsefalit, sariq lixoradka va boshqa 
kasalliklar virusi (Artropodophiliales) arboviruslari. 
6. O’sma va lekmiya kasallini qo’zg’ovchi (Rousales) virusi. 
7. Gripp epidemiyasini qo’zg’ovchi (Pheumotopiales) miksoviruslar. 
  Ikkinchi sinf viruslar tarkibida DNK tutuvchi. 
1. Papov virusi Polyomales  
2. Nafas olish yo’llarini kasallantiruvchi (foringokonyunktivit) Adenoxenales virusi 
3. Gerpetik kasalligini qo’zg’ovchi Latentiales nitoviruslar 
4. Umurtqalilarda Ospa kasallini qo’zg’ovchi Strongiloplasmales virusi 
5. Bakteriyalarni kasallantiruvchi Phaginales bakteriofaglar 
6. Hasharotlar Borellinales virusi 
Ko’pchilik virus kasalliklari epidemologik xususiyatga ega. Bulardan ba’zi 
birlari keng diapozonga ega bo’lsa boshqalari esa kamroq diapozon nomayon qiladi. 
Ya’ni ba’zi birlari endemik xususiyatga ega bo’lishi ma’lum hududlarda tarqalgan. 
Shunga ko’ra kasallikni berilish yo’llari ham har xil. Bir xil viruslar havo va 
tomchilar usulida tarqalsa ba’zi birlari hasharotlar chaqqanda yuqishi mumkin. 
Virus kasalliklarini tarqalishi ham bakterial kasalliklarga o’xshab ketadi. 
Laboratoriyada aniqlanishi ham bakterial kasalliklarni aniqlash usulda borib 
quyidagi bo’limlardan iborat: 
1. Mikroskopik (Virusokopiya) bunda bakteriyalar ham, viruslar ham maxsus 
bo’yash usullari bilan lyumentset, Elektron mikroskop va to’qimadan uistologik 
teciklar tayyorlash yo’li bilan aniqlanadi.
Bakteriyalarda tekinxo’rlik qiluvchi (bakteriofaglarga), o’simlik virusi (fitofag), hayvonlar virusi (zoofag) hozirgi zamon klassifikatsiyasiga ko’ra mustaqil viruslar (Vira) olamiga bo’linadi. Viruslar Linney nomenklaturasiga ko’ra ikki turga mos xolda ikki sinfga bo’linadi. 1. Tarkibida RNK tutuvchi viruslar (Ivanovskaya) 2. Tarkibida DNK tutuvchi (Ienneria ) viruslar 3. O’simliklar virusi Phytophaginales 4. Poliomelit kasalligini qo’zg’ovchi (Viroticales) – nonaviruslar 5. Bo’g’imoyoqlilar yordamida tarqaladigan entsefalit, sariq lixoradka va boshqa kasalliklar virusi (Artropodophiliales) arboviruslari. 6. O’sma va lekmiya kasallini qo’zg’ovchi (Rousales) virusi. 7. Gripp epidemiyasini qo’zg’ovchi (Pheumotopiales) miksoviruslar. Ikkinchi sinf viruslar tarkibida DNK tutuvchi. 1. Papov virusi Polyomales 2. Nafas olish yo’llarini kasallantiruvchi (foringokonyunktivit) Adenoxenales virusi 3. Gerpetik kasalligini qo’zg’ovchi Latentiales nitoviruslar 4. Umurtqalilarda Ospa kasallini qo’zg’ovchi Strongiloplasmales virusi 5. Bakteriyalarni kasallantiruvchi Phaginales bakteriofaglar 6. Hasharotlar Borellinales virusi Ko’pchilik virus kasalliklari epidemologik xususiyatga ega. Bulardan ba’zi birlari keng diapozonga ega bo’lsa boshqalari esa kamroq diapozon nomayon qiladi. Ya’ni ba’zi birlari endemik xususiyatga ega bo’lishi ma’lum hududlarda tarqalgan. Shunga ko’ra kasallikni berilish yo’llari ham har xil. Bir xil viruslar havo va tomchilar usulida tarqalsa ba’zi birlari hasharotlar chaqqanda yuqishi mumkin. Virus kasalliklarini tarqalishi ham bakterial kasalliklarga o’xshab ketadi. Laboratoriyada aniqlanishi ham bakterial kasalliklarni aniqlash usulda borib quyidagi bo’limlardan iborat: 1. Mikroskopik (Virusokopiya) bunda bakteriyalar ham, viruslar ham maxsus bo’yash usullari bilan lyumentset, Elektron mikroskop va to’qimadan uistologik teciklar tayyorlash yo’li bilan aniqlanadi.
 
 
2. Virus kulturalarini tovuq embrionida va boshqa hayvon organlarida o’stirib 
yig’ma virus kulturalari olinadi. 
3. Aniqlashni serologik usullari. Agglyutinatsiya (bakteriya tanasiga singdirish 
eritrotsitlarda kolloid moddalarda) hosil qilish yo’li bilan aniqlanadi. 
4. Biologik usul. Virusli kasalliklarga beriluvchan hayvonlar oraganizmida 
to’planishi uni xarakterli xususiyatlari organizmda qanday o’zgarishlarga uchrashi 
aniqlanadi. 
 
Interferentsiya. O’simliklarda, odam va hayvon organizmlarida, tovuq 
embrionida yoki to’qima kulturasida bir virusning rivojlanishiga ikkinchi virusning 
to’sqinlik qilish hodisasi interferentsiya deyiladi. Buni 1935 yili Hoskins aniqlagan 
va bunday holat bir turdagi va har xil immunobiologik turdagi viruslar orasida 
uchraydi. 
Nazorat savollari: 
1. Viruslar qanday tuzilgan? 
2. Virusli kasalliklarni aniqlashdagi dastlabki tushunchalar haqida gapiring. 
3. Viruslarni kasallik qo’zg’ashiga ko’ra klassifikatsiyasini kim qilgan? 
4. Gripp kasalligini qo’zg’ovchi viruslarni xarakterli xususiyatlari qanday? 
5. Qizamiq kasalligi virusi va uni xususiyatlari qanday nomayon bo’ladi? 
6. Sariq (gepatit) kasalligi haqida tushuncha bering. 
7. Qutirish kasalligini qo’zg’ovchi viruslar qanday aniqlanadi? 
8. O’simliklarda virusli kasalliklar qaysi turlarda ko’proq uchraydi? 
Glossariy 
1. Pikophaviruslar (пикофавирусы )- oqsil, polimiyelit, teshin kasalligini 
qo’zg’atuvchi viruslar guruhi. 
2. Miksoviruslar (миксовирусы) - quturish, gripp, qizamiq, qoramollar, itlar, 
parrandalarda o’lat kasalligini keltirib chiqaruvchi viruslar guruhi. 
3. Arboviruslar (арбовирусы) - toq tuyoqli hayvonlarda Afrika o’lati, 
bug’ularda epizootik gemorragiya kasalliklarini qo’zg’atuvchi viruslar guruhi. 
4. Reoviruslar (реовирусы) - yomon yara va shish kasalligini qo’zg’atuvchi 
viruslar guruhi.
2. Virus kulturalarini tovuq embrionida va boshqa hayvon organlarida o’stirib yig’ma virus kulturalari olinadi. 3. Aniqlashni serologik usullari. Agglyutinatsiya (bakteriya tanasiga singdirish eritrotsitlarda kolloid moddalarda) hosil qilish yo’li bilan aniqlanadi. 4. Biologik usul. Virusli kasalliklarga beriluvchan hayvonlar oraganizmida to’planishi uni xarakterli xususiyatlari organizmda qanday o’zgarishlarga uchrashi aniqlanadi. Interferentsiya. O’simliklarda, odam va hayvon organizmlarida, tovuq embrionida yoki to’qima kulturasida bir virusning rivojlanishiga ikkinchi virusning to’sqinlik qilish hodisasi interferentsiya deyiladi. Buni 1935 yili Hoskins aniqlagan va bunday holat bir turdagi va har xil immunobiologik turdagi viruslar orasida uchraydi. Nazorat savollari: 1. Viruslar qanday tuzilgan? 2. Virusli kasalliklarni aniqlashdagi dastlabki tushunchalar haqida gapiring. 3. Viruslarni kasallik qo’zg’ashiga ko’ra klassifikatsiyasini kim qilgan? 4. Gripp kasalligini qo’zg’ovchi viruslarni xarakterli xususiyatlari qanday? 5. Qizamiq kasalligi virusi va uni xususiyatlari qanday nomayon bo’ladi? 6. Sariq (gepatit) kasalligi haqida tushuncha bering. 7. Qutirish kasalligini qo’zg’ovchi viruslar qanday aniqlanadi? 8. O’simliklarda virusli kasalliklar qaysi turlarda ko’proq uchraydi? Glossariy 1. Pikophaviruslar (пикофавирусы )- oqsil, polimiyelit, teshin kasalligini qo’zg’atuvchi viruslar guruhi. 2. Miksoviruslar (миксовирусы) - quturish, gripp, qizamiq, qoramollar, itlar, parrandalarda o’lat kasalligini keltirib chiqaruvchi viruslar guruhi. 3. Arboviruslar (арбовирусы) - toq tuyoqli hayvonlarda Afrika o’lati, bug’ularda epizootik gemorragiya kasalliklarini qo’zg’atuvchi viruslar guruhi. 4. Reoviruslar (реовирусы) - yomon yara va shish kasalligini qo’zg’atuvchi viruslar guruhi.