VIRUSLAR DIAGNOSTIKASI

Yuklangan vaqt

2025-01-01

Yuklab olishlar soni

1

Sahifalar soni

7

Faytl hajmi

34,5 KB


 
 
 
 
 
 
VIRUSLAR DIAGNOSTIKASI 
                              
 Reja: 
1. Immunitet turlari. 
2. Immunitet faktorlari 
3. Yallig’lanishning ximiyaviy faktorlari. 
4. Fagotsitoz.  
5. Antigenlar. 
6. Antitelalar. 
Infeksion kasalliklarning ba’zi xillari og’rib o’tgan odamning shu kasalliklar 
berilmaydigan bo’lib qolishidir.  
O’simlik hujayralaridagi virus kiritmalaridagi haqida birinchi marta rus olimi 
D.I. Ivanoviskiy “Tamakining mozaika (chiporlanish) kasalligi” (1902) kitobida 
tamaki hujayrasini mozaikali qismida qandaydir rangsiz, kristallsimon moddalar 
borligini aytgan edi. Bulardan tashqari ularni oldida (kasall hujayralar yadrosi 
yaqinida) hujayraning boshqa tarkibiy qismlaridan farqlanadigan amyobalarga 
o’xshash plazma to’plamlari uchraydi. Bu xildagi kiritmalar keyinchalik 
amyobasimon tanalar, vakuollashgan yoki X-tanalar deb nomlanadi.  
M.I.Goldin tomonidan virus bilan kasallangan odam va hayvon hujayralarida 
ham mayda timonuklein kislota tutuvchi elementlar tanachalar –virus zarralari 
borligi aniqlandi. Ko’pincha o’simlik, odam va hayvon virus kasalliklarida X-tanalar 
diagnostika maqsadlarida ham o’rganiladi. 
Tamakining mozaikali qismidagi kristall kiritmalari bor to’qimaga 0,1 n NS1 
ta’sir ettirilaganda kristall kiritmalar ignasimon kristallarga parchalanib ketadi, 
bunday kristallar tozalangan virus preparatlarida uchraydi. 
Demak kristall virus kiritmalari virus zarralaridan tuzilgandir. Tamaki 
mozaika virusining “yashiringan” (maskirovanniy shtamm) kiritmalari hujayrada 
TMV ga qaraganda ancha kam to’planadi. Lingviston va Duggarlar virus 
VIRUSLAR DIAGNOSTIKASI Reja: 1. Immunitet turlari. 2. Immunitet faktorlari 3. Yallig’lanishning ximiyaviy faktorlari. 4. Fagotsitoz. 5. Antigenlar. 6. Antitelalar. Infeksion kasalliklarning ba’zi xillari og’rib o’tgan odamning shu kasalliklar berilmaydigan bo’lib qolishidir. O’simlik hujayralaridagi virus kiritmalaridagi haqida birinchi marta rus olimi D.I. Ivanoviskiy “Tamakining mozaika (chiporlanish) kasalligi” (1902) kitobida tamaki hujayrasini mozaikali qismida qandaydir rangsiz, kristallsimon moddalar borligini aytgan edi. Bulardan tashqari ularni oldida (kasall hujayralar yadrosi yaqinida) hujayraning boshqa tarkibiy qismlaridan farqlanadigan amyobalarga o’xshash plazma to’plamlari uchraydi. Bu xildagi kiritmalar keyinchalik amyobasimon tanalar, vakuollashgan yoki X-tanalar deb nomlanadi. M.I.Goldin tomonidan virus bilan kasallangan odam va hayvon hujayralarida ham mayda timonuklein kislota tutuvchi elementlar tanachalar –virus zarralari borligi aniqlandi. Ko’pincha o’simlik, odam va hayvon virus kasalliklarida X-tanalar diagnostika maqsadlarida ham o’rganiladi. Tamakining mozaikali qismidagi kristall kiritmalari bor to’qimaga 0,1 n NS1 ta’sir ettirilaganda kristall kiritmalar ignasimon kristallarga parchalanib ketadi, bunday kristallar tozalangan virus preparatlarida uchraydi. Demak kristall virus kiritmalari virus zarralaridan tuzilgandir. Tamaki mozaika virusining “yashiringan” (maskirovanniy shtamm) kiritmalari hujayrada TMV ga qaraganda ancha kam to’planadi. Lingviston va Duggarlar virus  
 
zarralarining lokalizatsiyasini o’rganib, virusni asosiy qismi protoplazmada 
bo’lishini aniqlashdi 
 
Turlari – organizmning kasallik tug’diruvchi mikrodlarga va tabiatdan 
noinfektsion bo’lgan moddalarga berilmasligi immunitet deb ataladi. Lotincha 
immunitet - biror narsadan xolis bo’lish degan so’zdan olingan. Turlari – bu 
organizmda bo’ladigan ximoya omillari va immunitet mexanizmlarinig ancha xilma 
– xilligiga bog’liqdir.  
Immunitet turlari : 
1.Tabiiy immunitet: 
a) Tug’ma turga aloqador immunitet. 
b) Hayot davomida orttirilgan immunitet. 
CHaqaloqlarning passiv immuniteti ham tabiiy immunitet jumlasiga kiradi. 
       2.Sun’iy immunitet. 
a) Vaktsinatsiyadan keyin paydo bo’ladigan immunitet. 
b) Passiv immunitet – zardoblar yoki hamma globulinlar yuborilganda hosil bo’ladi. 
Immunitet qachonki organizm toliqsa, vitamin kamaysa, sovuq qotganda immunitet 
kamayadi.  
 
Tug’ma turga aloqador – tabiiy immunitet. Bu immunitet kasallikka 
berilmasligining hammadan ko’ra mustahkam shakl bilan mazkur turning tug’ma, 
biologik xususiyatlardan kelib chiqadi. Masalan: odam qoramol o’lati, tovuq vabosi, 
cho’chqalar saramasi bilan kasallanmaydi. Hayvonlar aksincha odam kasalliklari: 
so’zak, zahm, difteriya, vaboga berilmaydigan bo’ladi. U yoki bu kasalliklarga ana 
shunday berilmaslik xususiyatlari nasldan – naslga o’tib boradi.  
 
Odam infektsion kasallik bilan og’rib o’tganidan keyin unda turmushda 
orttirilgan immunitet paydo bo’ladi yoki infektsiyadan keyingi ya’ni past infektsion 
immunitet deb ataladi. Bu nasldan – naslga o’tmaydi. Past infektsion immunitet har 
xil muddat davom etadi. Masalan: brutsellyozda past infektsion immunitet 8-12 oy 
davom etadi. B tipdagi virusdan paydo bo’ladigan grippda esa 3-6 yil davom etadi. 
Ko’pchilik infektsion kasalliklarda mazkur qo’zg’atuvchiga berilmaslik hislati 
organizmning mikroblardan tozalanish bilan birga paydo bo’lib boradi va kishi 
sog’aygandan keyin qo’zg’atuvchidan xolis bo’ladi. Bu sterial immunitet deb 
ataladi. Sterilmas immunitet shundan iboratki mazkur mikrobning takror yuqishiga 
zarralarining lokalizatsiyasini o’rganib, virusni asosiy qismi protoplazmada bo’lishini aniqlashdi Turlari – organizmning kasallik tug’diruvchi mikrodlarga va tabiatdan noinfektsion bo’lgan moddalarga berilmasligi immunitet deb ataladi. Lotincha immunitet - biror narsadan xolis bo’lish degan so’zdan olingan. Turlari – bu organizmda bo’ladigan ximoya omillari va immunitet mexanizmlarinig ancha xilma – xilligiga bog’liqdir. Immunitet turlari : 1.Tabiiy immunitet: a) Tug’ma turga aloqador immunitet. b) Hayot davomida orttirilgan immunitet. CHaqaloqlarning passiv immuniteti ham tabiiy immunitet jumlasiga kiradi. 2.Sun’iy immunitet. a) Vaktsinatsiyadan keyin paydo bo’ladigan immunitet. b) Passiv immunitet – zardoblar yoki hamma globulinlar yuborilganda hosil bo’ladi. Immunitet qachonki organizm toliqsa, vitamin kamaysa, sovuq qotganda immunitet kamayadi. Tug’ma turga aloqador – tabiiy immunitet. Bu immunitet kasallikka berilmasligining hammadan ko’ra mustahkam shakl bilan mazkur turning tug’ma, biologik xususiyatlardan kelib chiqadi. Masalan: odam qoramol o’lati, tovuq vabosi, cho’chqalar saramasi bilan kasallanmaydi. Hayvonlar aksincha odam kasalliklari: so’zak, zahm, difteriya, vaboga berilmaydigan bo’ladi. U yoki bu kasalliklarga ana shunday berilmaslik xususiyatlari nasldan – naslga o’tib boradi. Odam infektsion kasallik bilan og’rib o’tganidan keyin unda turmushda orttirilgan immunitet paydo bo’ladi yoki infektsiyadan keyingi ya’ni past infektsion immunitet deb ataladi. Bu nasldan – naslga o’tmaydi. Past infektsion immunitet har xil muddat davom etadi. Masalan: brutsellyozda past infektsion immunitet 8-12 oy davom etadi. B tipdagi virusdan paydo bo’ladigan grippda esa 3-6 yil davom etadi. Ko’pchilik infektsion kasalliklarda mazkur qo’zg’atuvchiga berilmaslik hislati organizmning mikroblardan tozalanish bilan birga paydo bo’lib boradi va kishi sog’aygandan keyin qo’zg’atuvchidan xolis bo’ladi. Bu sterial immunitet deb ataladi. Sterilmas immunitet shundan iboratki mazkur mikrobning takror yuqishiga  
 
odamning berilmasligi uchun organizmda o’sha qo’zg’atuvchi borligi bilan bog’liq 
bo’ladi. Mikrob organizmdan chiqib ketashi bilanoq o’sha infektsion kasallikka yana 
beriluvchan bo’lib qoladi, organizmning himoya reaksiyalari mikrobni yo’qotishga 
safarbar etadigan antibakterial immunitet va mikroorganizmning zaharli 
maxsulotlari zararsizlantirib beradigan antitoksin immunitet tafovut qilinadi.  
 
Sun’iy immunitet – infektsion kasallik paydo bo’lishiga yo’l qo’ymaslik 
uchun bunda immunitet organizmda sun’iy yo’l bilan yaratiladi, Shuningdek 
infektsion kasallikka davo qilishda undan foydalaniladi.  
 
Sun’iy immunitet  a) aktiv va b) passiv turlarga bo’linadi.  
Aktiv sun’iy immunitet odatda vaktsina yuborish yo’li bilan hosil qilinadi.  
Passiv sun’iy immunitet odam organizmiga immunoantitellalar deb ataladigan 
maxsus ximoya vositalari yubirilganda hosil buladi. Kasallik vositalari og’rib o’tgan 
odamlarning immunozardoblarida ana shunday antitellalar mavjuddir.  
 
Immunitet faktorlari – bu faktorlar xilma – xil mikroorganzmlarga qarshi 
ximoyani amalga oshiradi.  
 
Terining ximoya funksiyalari – teri mikroblari o’tishi uchun to’sqinlik 
qiladi. 30 minutdan keyin mikroblar o’lib ketadi. Bu ter va yog’ bezlarining tarkibida 
sut va tog’ kislotalari bo’ladigan ajratmalari mikroblarga halokatli ta’sir 
ko’rsatishiga bog’liq.  
 
Shilliq pardalarning himoya funksiyalari – burun – halqum, nafas yo’llari, 
ichak, siydik – tanosil yo’llari va ko’z konyuktivlarining shilliq pardalari himoya 
hossalariga egadir. Bu – shilimshiq, ko’z yoshi, so’lak bezlari ishlab chiqariladigan 
sekretlarda ko’pgina mikroblarga halokatli ta’sir kursatuvchi alohida moddalar 
borligiga bog’liqdir. Ko’z yoshi, so’lak, nafas yo’llari shilimshig’ida ter bezlarning 
ajratmalarida, Shuningdek qon hamda leykotsitlar – neytrofillarda lizotsim degan 
modda topilgan. Bu modda talaygina saprofit mikroblarni, Shuningdek ba’zi 
laktogen mikroblarni eritib yubora oladi.  
 
Odamdagi normal mikrofloraning himoya funksiyasi.  
Mikrob teri va shilliq pardalarini himoyalovchi to’siqlarni yengadigan bo’lsa, u limfa 
yo’llaridan limfa tugunlariga o’tadi yoki to’qimalarda joylashib olib organizmning 
yallig’lanish deb ataladigan javob reaksiyasi yuzaga keltiriladi.  
odamning berilmasligi uchun organizmda o’sha qo’zg’atuvchi borligi bilan bog’liq bo’ladi. Mikrob organizmdan chiqib ketashi bilanoq o’sha infektsion kasallikka yana beriluvchan bo’lib qoladi, organizmning himoya reaksiyalari mikrobni yo’qotishga safarbar etadigan antibakterial immunitet va mikroorganizmning zaharli maxsulotlari zararsizlantirib beradigan antitoksin immunitet tafovut qilinadi. Sun’iy immunitet – infektsion kasallik paydo bo’lishiga yo’l qo’ymaslik uchun bunda immunitet organizmda sun’iy yo’l bilan yaratiladi, Shuningdek infektsion kasallikka davo qilishda undan foydalaniladi. Sun’iy immunitet a) aktiv va b) passiv turlarga bo’linadi. Aktiv sun’iy immunitet odatda vaktsina yuborish yo’li bilan hosil qilinadi. Passiv sun’iy immunitet odam organizmiga immunoantitellalar deb ataladigan maxsus ximoya vositalari yubirilganda hosil buladi. Kasallik vositalari og’rib o’tgan odamlarning immunozardoblarida ana shunday antitellalar mavjuddir. Immunitet faktorlari – bu faktorlar xilma – xil mikroorganzmlarga qarshi ximoyani amalga oshiradi. Terining ximoya funksiyalari – teri mikroblari o’tishi uchun to’sqinlik qiladi. 30 minutdan keyin mikroblar o’lib ketadi. Bu ter va yog’ bezlarining tarkibida sut va tog’ kislotalari bo’ladigan ajratmalari mikroblarga halokatli ta’sir ko’rsatishiga bog’liq. Shilliq pardalarning himoya funksiyalari – burun – halqum, nafas yo’llari, ichak, siydik – tanosil yo’llari va ko’z konyuktivlarining shilliq pardalari himoya hossalariga egadir. Bu – shilimshiq, ko’z yoshi, so’lak bezlari ishlab chiqariladigan sekretlarda ko’pgina mikroblarga halokatli ta’sir kursatuvchi alohida moddalar borligiga bog’liqdir. Ko’z yoshi, so’lak, nafas yo’llari shilimshig’ida ter bezlarning ajratmalarida, Shuningdek qon hamda leykotsitlar – neytrofillarda lizotsim degan modda topilgan. Bu modda talaygina saprofit mikroblarni, Shuningdek ba’zi laktogen mikroblarni eritib yubora oladi. Odamdagi normal mikrofloraning himoya funksiyasi. Mikrob teri va shilliq pardalarini himoyalovchi to’siqlarni yengadigan bo’lsa, u limfa yo’llaridan limfa tugunlariga o’tadi yoki to’qimalarda joylashib olib organizmning yallig’lanish deb ataladigan javob reaksiyasi yuzaga keltiriladi.  
 
 
Yallig’lanish – bu mikroblar kirib qolishiga javoban ko’rsatadigan 
reaksiyalardir. Bunda mikrob kirgan joydagi to’qimalarda ushlanib qoladi, keyin 
organizmga tarqala ololmaydi va yallig’lanish o’chog’ida fagotsit hujayralar 
tomonidan yo’q qilinadi. Bu xolda tomir reaksiyasi va suv tsirkulyatsiyasi o’zgaradi. 
Buning natijasida plazma oqsillar va qonning suyuq qismi to’qimalarga o’tadi. Shu 
bilan bir vaqtda kapillyarlar devorlarining o’tkazuvchanligi kuchayadi. Endoteliy 
hujayralari bo’rtib, yopishqoq bo’lib qoladi ularga leykotsitlar va trombotsitlar 
yopisha boshlaydi. Qon oqib kelishi sekinlashib qolganida kapilyarlar devorida 
ularning soni ko’payadi va hujayralar hujayralararo bo’shliqlari orqali tomirlardan 
chiqa boshlaydi. Yallig’lanish o’chog’ida fagotsit hujayralar mikroblarini yutib va 
hazm qilib yallig’langan bo’rtmani paydo qila boshlaydi. To’qimalarga cho’kib 
tushadigan fibrin to’ri mikroblarning yallig’lanish o’chog’idan tashqariga 
tarqalishiga to’sqinlik qilib, limfa yo’llarini berkitib qo’yadi. Yallig’lanish 
o’chog’ida mikrob yo’q qilinganidan keyin tiklanish davri boshlanadi. 
To’qimalardagi struktura o’zgarishlari anchagina bo’lsa, yallig’langan joyda 
chandiq vujudga keladi. 
 
Fagotsitoz – organizmga tushib qolgan mikroblar va boshqa yod zarralarning 
organizm hujayralari tomonidan aktiv yutilish jarayoni fagotsitoz deb ataladi. 
Fagotsitoz – yunoncha hazm qiluvchi, hujayra degan so’zlardan olingan. Turli 
hujayralar Fagotsitar aktivlikka ega bo’ladi. Bu hujayralar organizmga keng 
tarqalganu, lekin mahsus funksiyani ado etadigan yagona bir sistema ( RES) deb 
ataladi. Fagotsitlar xaratchan, qo’g’luvchan va qo’zg’almas bo’lishi mumkin.  
 
Bir joyda turda turadigan fagotsitlar – makrofaglar yoki gistiotsitlar jigardagi 
qon yoki limfa kapilyarlari endoteliysining mahsus qismlarida (kupfer hujayralarida) 
taloq va turli limfa tugunlarining sinuslarida bo’ladi.  
 
Harakatchan fagotsitlar – turli to’qima bo’shliqlari hamda qonda aylanib 
turadigam makrofaglar va qon hujayralarini fagotsitlaydigan mikrofaglardir. 
Neytrofillar hammadan aktiv bo’lsa, bazafillar birmuncha aktivdir, eozinofillarning 
roli kam o’rganilgan. Fagotsitoz organizmda bir necha bosqich yoki fazalar bilan 
boradi.  
1. Fagotsitning ob’ektga qarab harakatlanishi musbat hemotaksis. 
2. Obektning fagotsitga yopishib qolishi – adsorbtsiya. 
Yallig’lanish – bu mikroblar kirib qolishiga javoban ko’rsatadigan reaksiyalardir. Bunda mikrob kirgan joydagi to’qimalarda ushlanib qoladi, keyin organizmga tarqala ololmaydi va yallig’lanish o’chog’ida fagotsit hujayralar tomonidan yo’q qilinadi. Bu xolda tomir reaksiyasi va suv tsirkulyatsiyasi o’zgaradi. Buning natijasida plazma oqsillar va qonning suyuq qismi to’qimalarga o’tadi. Shu bilan bir vaqtda kapillyarlar devorlarining o’tkazuvchanligi kuchayadi. Endoteliy hujayralari bo’rtib, yopishqoq bo’lib qoladi ularga leykotsitlar va trombotsitlar yopisha boshlaydi. Qon oqib kelishi sekinlashib qolganida kapilyarlar devorida ularning soni ko’payadi va hujayralar hujayralararo bo’shliqlari orqali tomirlardan chiqa boshlaydi. Yallig’lanish o’chog’ida fagotsit hujayralar mikroblarini yutib va hazm qilib yallig’langan bo’rtmani paydo qila boshlaydi. To’qimalarga cho’kib tushadigan fibrin to’ri mikroblarning yallig’lanish o’chog’idan tashqariga tarqalishiga to’sqinlik qilib, limfa yo’llarini berkitib qo’yadi. Yallig’lanish o’chog’ida mikrob yo’q qilinganidan keyin tiklanish davri boshlanadi. To’qimalardagi struktura o’zgarishlari anchagina bo’lsa, yallig’langan joyda chandiq vujudga keladi. Fagotsitoz – organizmga tushib qolgan mikroblar va boshqa yod zarralarning organizm hujayralari tomonidan aktiv yutilish jarayoni fagotsitoz deb ataladi. Fagotsitoz – yunoncha hazm qiluvchi, hujayra degan so’zlardan olingan. Turli hujayralar Fagotsitar aktivlikka ega bo’ladi. Bu hujayralar organizmga keng tarqalganu, lekin mahsus funksiyani ado etadigan yagona bir sistema ( RES) deb ataladi. Fagotsitlar xaratchan, qo’g’luvchan va qo’zg’almas bo’lishi mumkin. Bir joyda turda turadigan fagotsitlar – makrofaglar yoki gistiotsitlar jigardagi qon yoki limfa kapilyarlari endoteliysining mahsus qismlarida (kupfer hujayralarida) taloq va turli limfa tugunlarining sinuslarida bo’ladi. Harakatchan fagotsitlar – turli to’qima bo’shliqlari hamda qonda aylanib turadigam makrofaglar va qon hujayralarini fagotsitlaydigan mikrofaglardir. Neytrofillar hammadan aktiv bo’lsa, bazafillar birmuncha aktivdir, eozinofillarning roli kam o’rganilgan. Fagotsitoz organizmda bir necha bosqich yoki fazalar bilan boradi. 1. Fagotsitning ob’ektga qarab harakatlanishi musbat hemotaksis. 2. Obektning fagotsitga yopishib qolishi – adsorbtsiya.  
 
3. Ob’ektning yutilishi 
4. Fagotsit fermetlari tomonida uning hazm qilinishi va yo’qotilishi. 
Fagotsitning tugallangan va tugallanmay qolgan hillari tafovut qilinadi. 
Tugallangan fagotsitoz natijasida bakteriyalar fagotsitlarda lizisga uchraydi (erib 
ketadi). Tugallanmay qolgan fagotsitozda bakteriyalar fagotsit ichida yashash 
qobiliyatini saqlab, unda hatto ko’payishi fagotsitning halokatiga sabab bo’lishi ham 
mumkin. Tugallanmay qolgan fagotsitoz, masalan: so’zanda ko’riladi. 
 
Fagotsitar jarayonga ta’sir ko’rsatadigan faktorlar. Fagotsitlarning 
aktivligi organizmning fiziolagik holatiga qarab o’zgarib turadi. Avitaminozlarda 
fagotsitlar aktivligi susayib ketadi. Yallig’lanishda hujayralardan ajralib chiqadigan 
gistamin fagotsitozni kuchaytiradi. Mikroblar fagotsitozga to’sqinlik qiladigan turli 
– tuman moddalar ishlab chiqaradi – agressinlar, antifaglar, leykosidinlar shular 
jumlasidandir. Fagotsitoz ximiyaviy vazifani ham bajaradi. Infektsiyaning avj olish 
jarayonida hujayralarning fagotsitar aktivligi kuchayib boradi, sog’ayish esa, odatda 
leykotsitlar sonining ko’payishi bilan birga davom etadi. Hujayralar himoya 
funksiyasining susayib qolishi yoki yo’qolib ketishi o’limga olib borishi mumkin. 
 
Limfoid to’qimaning himoya funksiyalari. Mikroorganizmlar teri bo’ylab 
borib, limfa to’qimalariga tushadi. Limfa tuginlari hujayralar to’plamidan iboratdir: 
bu hujayralarning ba’zilari fagatsuitlar funksiyasining bajarsa, boshqalari antitelalar 
ishlab chiqaradi. Limfoid organizmning tana massasining 1% ini tashkil etadi. Taloq, 
jigar, buqoq bezida, shilliq pardalarda joylashgandir. 
 
Antigenlar – antigenlar yunoncha anti- qarshi depos – tug’ilmoq, paydo 
bo’lmoq degan so’zlardan olingan. Oqsil tabiatiga ega bo’lgan moddalar, oqsillar, 
lipidlar va polisaharidlar birikmalari, mikroblar va ularning toksinlari, hayvon va 
o’simliklarning hujayralari, yod zardoblar va boshqalar antigenlar bo’lishi mumkin  
 
To’la qimmatli antigenlar – organizmda antitelalar hosil qilish hususiyatiga 
ega bo’lib mana shu antitelalar bilan muayyan, o’ziga hos spetsifik tarzda o’zaro 
ta’sir qiladi. Antitelalar ta’siri ostida mikroblar bir-biriga yopishib, probirka tubiga 
cho’kib tushishi mumkin. Bu aglyutinatsiya reaksiyasidir. Antigenlar, masalan: 
viruslar antitelalar bilan neytrallanishi va hayvonlarga yuborilganda ularda kasallik 
keltirib chiqarmasligi mumkin. Bu neytralizatsiya reaksiyasidir. 
3. Ob’ektning yutilishi 4. Fagotsit fermetlari tomonida uning hazm qilinishi va yo’qotilishi. Fagotsitning tugallangan va tugallanmay qolgan hillari tafovut qilinadi. Tugallangan fagotsitoz natijasida bakteriyalar fagotsitlarda lizisga uchraydi (erib ketadi). Tugallanmay qolgan fagotsitozda bakteriyalar fagotsit ichida yashash qobiliyatini saqlab, unda hatto ko’payishi fagotsitning halokatiga sabab bo’lishi ham mumkin. Tugallanmay qolgan fagotsitoz, masalan: so’zanda ko’riladi. Fagotsitar jarayonga ta’sir ko’rsatadigan faktorlar. Fagotsitlarning aktivligi organizmning fiziolagik holatiga qarab o’zgarib turadi. Avitaminozlarda fagotsitlar aktivligi susayib ketadi. Yallig’lanishda hujayralardan ajralib chiqadigan gistamin fagotsitozni kuchaytiradi. Mikroblar fagotsitozga to’sqinlik qiladigan turli – tuman moddalar ishlab chiqaradi – agressinlar, antifaglar, leykosidinlar shular jumlasidandir. Fagotsitoz ximiyaviy vazifani ham bajaradi. Infektsiyaning avj olish jarayonida hujayralarning fagotsitar aktivligi kuchayib boradi, sog’ayish esa, odatda leykotsitlar sonining ko’payishi bilan birga davom etadi. Hujayralar himoya funksiyasining susayib qolishi yoki yo’qolib ketishi o’limga olib borishi mumkin. Limfoid to’qimaning himoya funksiyalari. Mikroorganizmlar teri bo’ylab borib, limfa to’qimalariga tushadi. Limfa tuginlari hujayralar to’plamidan iboratdir: bu hujayralarning ba’zilari fagatsuitlar funksiyasining bajarsa, boshqalari antitelalar ishlab chiqaradi. Limfoid organizmning tana massasining 1% ini tashkil etadi. Taloq, jigar, buqoq bezida, shilliq pardalarda joylashgandir. Antigenlar – antigenlar yunoncha anti- qarshi depos – tug’ilmoq, paydo bo’lmoq degan so’zlardan olingan. Oqsil tabiatiga ega bo’lgan moddalar, oqsillar, lipidlar va polisaharidlar birikmalari, mikroblar va ularning toksinlari, hayvon va o’simliklarning hujayralari, yod zardoblar va boshqalar antigenlar bo’lishi mumkin To’la qimmatli antigenlar – organizmda antitelalar hosil qilish hususiyatiga ega bo’lib mana shu antitelalar bilan muayyan, o’ziga hos spetsifik tarzda o’zaro ta’sir qiladi. Antitelalar ta’siri ostida mikroblar bir-biriga yopishib, probirka tubiga cho’kib tushishi mumkin. Bu aglyutinatsiya reaksiyasidir. Antigenlar, masalan: viruslar antitelalar bilan neytrallanishi va hayvonlarga yuborilganda ularda kasallik keltirib chiqarmasligi mumkin. Bu neytralizatsiya reaksiyasidir.  
 
 
To’la qimmatli bo’lmagan antigenlar – organizmda antitelalar hosil 
bo’lishiga sabab bo’lmaydiyu, lekin oqsil tarkibiga kiritilsa yoki organizm oqsillari 
bilan biriksa, ular to’la qimmatli antigen bo’lib qoladi.  
 
Antigenlarning xossalar – antigenlar 2 ta xossaga ega: 1. Antigenlik ya’ni 
organizmda antitelalar hosil qilish xususiyatiga 2. Spesifiklikga, spesifiklik mazkur 
antigenning organizmga yuborilishiga javoban ishlanib chiqadigan antitelalar 
bilangina o’zaro ta’sir qilish xossasidir.  
 
Antitelalar – deb organizmda antigenlar ta’siri ostida hosil bo’ladigan alohida 
spetsifik glabulinlarga aytiladi. Antitelalarning asosiy xossasi o’zini paydo 
bo’lishiga olib kelgan antigen bilan spetsifik tarzda birikib, organizmni infektsion 
agentlar ta’siridan saqlay olishidir. Antitelalar infektsion kasallik qo’zg’atuvchilarni 
yo neytrallab, zararsiz holga keltiradi. Masalan: Fagotsitlar yoki komplement 
ta’siriga sezgir qilib qo’yadi.  
 
Antimikrob – antitelalar mikroblarni bir-biriga yopishtirib qo’yishi mumkin 
bunda ular aglyutininlar deb ataladi. Bakteriyalarni erituvchi antitelalar – lizinlar deb 
ataladi.  
 
Antitoksin – antitelalar bakteriyalarning ekzotoksinlarini zararsizlantiradi.  
 
Anti hujayra antitelalar – gemogglyutininlar bular eritrotsitlarni bir-biriga 
yopishtirib qo’yadi, gemolizinlar esa eritrotsitlarni eritadi, lizisga uchratadi, 
tsitotoksinlar esa hayvon hujayralarni halok qiladi.  
Nazorat savollari 
1. Immunitet turlarini sanab bering 
2. Immunitet faktorlari haqida nimalarni bilasiz? 
3. Yallig’lanishning ximiyaviy faktorlari haqida tushunchalar bering 
Glossariy 
1. Immunitet (Иммунитет) - organizmlarning kasallik tug’diruvchi mikroblarga 
va tabiatdan noinfeksion bo’lgan moddalarga berilmasligi. 
2. Yallig’lanish (Воспадение)- mikrob kirib qolishiga javoban qarshi qaratilgan 
reaksiya. 
3. Fagotsitoz (фагойитоз)- organizmga tushib qolgan mikroblar va boshqa yot 
zarralarning organism hujayralari tomonidan aktiv yutish jarayoni. 
To’la qimmatli bo’lmagan antigenlar – organizmda antitelalar hosil bo’lishiga sabab bo’lmaydiyu, lekin oqsil tarkibiga kiritilsa yoki organizm oqsillari bilan biriksa, ular to’la qimmatli antigen bo’lib qoladi. Antigenlarning xossalar – antigenlar 2 ta xossaga ega: 1. Antigenlik ya’ni organizmda antitelalar hosil qilish xususiyatiga 2. Spesifiklikga, spesifiklik mazkur antigenning organizmga yuborilishiga javoban ishlanib chiqadigan antitelalar bilangina o’zaro ta’sir qilish xossasidir. Antitelalar – deb organizmda antigenlar ta’siri ostida hosil bo’ladigan alohida spetsifik glabulinlarga aytiladi. Antitelalarning asosiy xossasi o’zini paydo bo’lishiga olib kelgan antigen bilan spetsifik tarzda birikib, organizmni infektsion agentlar ta’siridan saqlay olishidir. Antitelalar infektsion kasallik qo’zg’atuvchilarni yo neytrallab, zararsiz holga keltiradi. Masalan: Fagotsitlar yoki komplement ta’siriga sezgir qilib qo’yadi. Antimikrob – antitelalar mikroblarni bir-biriga yopishtirib qo’yishi mumkin bunda ular aglyutininlar deb ataladi. Bakteriyalarni erituvchi antitelalar – lizinlar deb ataladi. Antitoksin – antitelalar bakteriyalarning ekzotoksinlarini zararsizlantiradi. Anti hujayra antitelalar – gemogglyutininlar bular eritrotsitlarni bir-biriga yopishtirib qo’yadi, gemolizinlar esa eritrotsitlarni eritadi, lizisga uchratadi, tsitotoksinlar esa hayvon hujayralarni halok qiladi. Nazorat savollari 1. Immunitet turlarini sanab bering 2. Immunitet faktorlari haqida nimalarni bilasiz? 3. Yallig’lanishning ximiyaviy faktorlari haqida tushunchalar bering Glossariy 1. Immunitet (Иммунитет) - organizmlarning kasallik tug’diruvchi mikroblarga va tabiatdan noinfeksion bo’lgan moddalarga berilmasligi. 2. Yallig’lanish (Воспадение)- mikrob kirib qolishiga javoban qarshi qaratilgan reaksiya. 3. Fagotsitoz (фагойитоз)- organizmga tushib qolgan mikroblar va boshqa yot zarralarning organism hujayralari tomonidan aktiv yutish jarayoni.  
 
4. Harakatchan fagotsitlar (мобильный фагоцитоз) - turli to’qima bo’shliqlari 
hamda qonda aylanib turadigan makrofaglar va qon hujayralarini fagotsitlaydigan 
mikrofaglar. 
5.Antitellalar (антителло) - infeksion kasallik qo’zg’atuvchilarni neytrallab, 
zararsiz holga keltiruvchi oqsilsimon birikmalar. 
6. Lizinlar (лизин) - bakteriyalarni erituvchi antitellalar. 
7. Aktiv sun’iy immunitet (Активный искусственный иммунитет) - maxsus 
vaksina yuborish yo’li bilan hosil qilingan immunitet. 
8.Passiv sun’iy immunitet (пассивный искусственный иммунитет) -
organizmga immunoantitellalar deb ataluvchi maxsus himoya vositasi yuborilganda 
hosil bo’lgan immunitet. 
Adabiyotlar 
1.Мирхамидова 
Р., 
Вахабов 
А.Х., 
Давранов 
К., 
Турсунбоева 
Г.С. 
Микробиология ва биотехнология асослари. Тошкент: Илм Зиё. 2014. 
2. Лысак В.В.Микробиология. Минск: БГУ.2007 
3.Мирхамидова 
Р., 
Вахабов 
А.Х., 
Давранов 
К., 
Турсунбоева 
Г.С. 
Микробиология ва биотехнология асослари. Тошкент: Ilm Ziyo. 2014. 
 
4. Harakatchan fagotsitlar (мобильный фагоцитоз) - turli to’qima bo’shliqlari hamda qonda aylanib turadigan makrofaglar va qon hujayralarini fagotsitlaydigan mikrofaglar. 5.Antitellalar (антителло) - infeksion kasallik qo’zg’atuvchilarni neytrallab, zararsiz holga keltiruvchi oqsilsimon birikmalar. 6. Lizinlar (лизин) - bakteriyalarni erituvchi antitellalar. 7. Aktiv sun’iy immunitet (Активный искусственный иммунитет) - maxsus vaksina yuborish yo’li bilan hosil qilingan immunitet. 8.Passiv sun’iy immunitet (пассивный искусственный иммунитет) - organizmga immunoantitellalar deb ataluvchi maxsus himoya vositasi yuborilganda hosil bo’lgan immunitet. Adabiyotlar 1.Мирхамидова Р., Вахабов А.Х., Давранов К., Турсунбоева Г.С. Микробиология ва биотехнология асослари. Тошкент: Илм Зиё. 2014. 2. Лысак В.В.Микробиология. Минск: БГУ.2007 3.Мирхамидова Р., Вахабов А.Х., Давранов К., Турсунбоева Г.С. Микробиология ва биотехнология асослари. Тошкент: Ilm Ziyo. 2014.