VIRUSLARNING KO’PAYISHI (Virusning hujayraga kirishi va infektsion jarayon davrlari. Adsorbtsiya)
Yuklangan vaqt
2025-01-01
Yuklab olishlar soni
1
Sahifalar soni
6
Faytl hajmi
35,2 KB
VIRUSLARNING KO’PAYISHI.
Reja:
1. Virusning hujayraga kirishi va infektsion jarayon davrlari. Adsorbtsiya.
2.Virus DNK sining sintezi. Virus RNK si sintezi.
3.Konservativ va yarim konservativ replikatsiya. Virus zarrasining etilishi .
Hujayraga virus yuqtirlgandan so’ng, virus zarrachasi hujayra ichida
ko’payadi va o’ziga o’xshash millionlab virus zarrachalarini hosil qiladi yoki hujayra
irsiy moddasi bilan virus irsiy moddasi birlashib, ma’lum vaqtgacha virus zarralari
hosil bo’lmay hujayra normal hayot kechirishi mumkin.
Virus hujayrada ma’lum vaqtgacha o’zini namoyon eta olmaydi. Ammo
birorta tashqi ta’sir (ultrabinafsha nurlar, rentgen nurlari, kimyoviy moddalar)
natijasida, virus nuklein kislotasi hujayra DNKsidan ajralib, ko’payib, o’ziga
o’xshagan virus zarrachalarini hosil qilishi mumkin.
Virusning hujayraga kirishidan to ko’payishigacha bo’lgan davrni bir necha
bo’laklarga bo’lib tekshiriladi. Birinchi davr-latent davri. Bu davrda virus
zarrachalarining soni o’zgarmaydi. Latent davrining birinchi yarmida virus
zarrachalari hujayrada umuman uchramaydi va davr eklips (yo’qolish) deyiladi.
Ikkinchi davr - virus zarrachalari sonining oshish davridir. Bu davr virus zarralari
hujayradan chiqishi bilan tugaydi. Virus hujayraga yuqtirilganda, dastlab virus
zarrachasi hujayra yuzasiga yopishadi, ya’ni adsorbtsiyalanadi. Bu protsess ham
spetsifik
xususiyatga
ega
bo’lib,
bir
virus
hamma
hujayraga
ham
adsorbtsiyalanavermaydi, balki ma’lum hujayragagina adsorbtsiyalanadi.
Adsorbtsiyalanish jarayonida hujayra va virusning ayrim qismlari-
retseptorlari ishtirok etadi. ya’ni virus, hujayraga kirish uchun uning retseptori
hujayra retseptorlari bilan bog’lanishi kerak. Masalan, T-bakteriofagning
retseptorlari uning o’simta, to’g’rirog’i dum qismdagi fibrillarida joylashgan. T-
bakteriofaglari singari, maxsus adsorbtsiyalanish qismlari bo’lmagan, sferasimon va
boshqa viruslarda shu virus zarrachalaridagi muayyan kimyoviy guruhlar retseptor
deb qabul qilingan. Ammo, shu vaqtgacha, birorta virus retseptorining kimyoviy
tuzilishi aniqlangan emas.
T-bakteriofagi hujayragi kirish paytida, o’zining fibrillari bilan hujayra
devoriga yopishadi va dum qismidagi bazal plastinkada joylashgan “probka”
yo’qoladi. So’ngra, o’simtaning oqsil pardasi qisqara boshlaydi, o’simta o’zagi
hujayra devorini teshadi va fag DNK si hujayraga oqib o’tadi.
Viruslarning hujayraga kirishidagi yana biri yo’l pinotsitoz usulidir. Bu usul
chechak viruslarida qayd etilgan. Virus hujayraga virus yopishgandan so’ng hujayra
membranasi virus ichiga botib kiradi va hujayra ustidagi virus hujayra ichiga kirib
qoladi. Hujayra gidrolitik fermentlari ta’sirida virus zarrasidagi oqsil va fosfolipidlar
parchalanadi. Ozod bo’lgan nukleoproteid tarkibidagi DNK, hujayradagi
“yechintiruvchi” fermentlar vositasida ajraladi.
OITV virusining hujayraga kirish jarayoni. r-120 oqsilni T-xelperlarni
membranasidagi T-4 retseptorlar bilan bog’lanishidan boshlanadi. Elektron
mikroskopda virus zarrasini T-hujayralar retseptorlari bilan birikib, hujayra
tsitoplamasi ichiga botib kirishi yaxshi ko’rinadi. Avval hujayra membranasini
protoplazma ichiga bo’rtib chiqishi kuzatiladi va virus zarrasi vakuola bilan o’raladi.
Keyinchalik virus qobig’i erib ketadi. Virus shu vaqtda hujayrada yo’qoladi, uning
RNK si yoki k-DNK si ham o’ta kichik bo’lganligidan elektron mikroskopda ham
ko’rinmaydi. Sekin-asta virus replikatsiyasi boshlanadi va kasallangan hujayra
membranasida r-120 oqsili paydo bo’ladi. Bu davrda virus hosil bo’layotgan kasal
hujayrani molekula darajasida sog’ hujayradan farqlab aniqlash mumkin bo’ladi.
Vaqt o’tishi bilan elektron mikroskopda ko’plab virus zarralarini kuzatish mumkin.
Hozirgi kunda kasal hujayralar membranasida r-120 oqsilini paydo bo’lishi va bu
daxshatli virus bilan kurash choralarini ishlab chiqishda qo’llanilmoqda.
O’simlik viruslari retseptorlari ham, deyarli o’rganilmagan. Ko’pincha
hujayra kutikulasining jarohatlanishi natijasida maxsus sezgir qismlar ochilib, virus
bilan bog’lanadi va virus hujayraga o’tadi. O’sha “sezgir” qismlar mikroorganizm
va hayvon hujayralaridagi retseptorlarga o’xshashsa kerak, degan taxminlar bor.
Hujayraga kirgan virus zarrachasi hujayra ichida ko’payadi. Hujayraning
ma’lum bir qismida virus nuklein kislotasi va boshqa bir qismida esa virus oqsili
sintezlanadi.
Virus ikki zanjirli DNK sining replikatsiyasi (ikki marta ko’payishida) virus
DNK sidan informatsion RNK ma’lum oqsillarning kimyoviy usulda yozilgan
informatsiyalarini (transkriptsiya) qabul qiladi va mazkur informatsion RNK
ribosomalarida virus DNK si replikatsiyasi uchun zarur oqsillar (bevosita virus DNK
replikatsiyasiga zarur bo’lgan fermentlar, virusning strukturasi oqsillari) ni
sintezlaydi.
DNK-polimeraza
fermenti,
o’z
navbatida
hujayradagi
dezoksiribonukleozitrifosfatlarni ona DNK ga mos qilib, bir zanjirchaga ulaydi.
Natijada, ona DNK ning har ikkala zanjirchasiga mos, yangi DNK zanjirchalarini
sintezlaydi.
Bir zanjirchali virus DNKsining replikatsiyasida ham, asosan xuddi shunga
o’xshash jarayon sodir bo’ladi. Ammo bir zanjirchali ona DNK da DNK ning
replikatsiyasi uchun zarur bo’lgan ikki zanjirchali replikatip forma sintezlanadi. Shu
replikativ formada zarur oqsillarning informatsion RNK si sintezlanadi. Bu RNK lar
o’z navbatida hujayra ribosomalirdagi oqsilni sintezida qatnashadi. Hosil bo’lgan
oqsillar
(fermentlar)
yordamida
replikativ
forma
onaligida
dezoksiribonukleozidtrifosfatlar - dan yangi bir zarrachali virus DNK si vujudga
keladi.
Bir zanjirchali RNK replikatsiyasida esa, bir tomondan virus RNKsi
informatsion RNK vazifasini bajarib, ribosomada oqsil sintezida ishtirok etsa,
ikkinchi tomondan, undan ham ikkinchi shu ona zanjirchaga mos zanjircha hosil
bo’ladi, uni RNK ning replikativ formasi deyiladi. Bu replikativ formaning, hosil
bo’lgan ikkinchi zanjirchasi onaligida yangi va unga mos ona virus RNK siga har
tomonlama o’xshash, virus RNK lari sintezlanadi.
Ribosomalarda sintezlagan ferment (RNK replikaza) vositasida, hujayradan
ribonukleozidtrifosfatlardan (ATF, GTF, TSTF va UTF) RNK hosil bo’ladi.
Ikki zarrachali virus RNKsining sintezi ham ikki zarrachali virus DNKsining sintezi
kabi amalga oshiriladi.
Nuklein kislota hosil bo’lishi jarayonini kuzatib, aniqlandiki, har bir
sintezlanishda uch muhim faktor:
1) nusha ko’chiriladigan ona zanjircha matritsa:
2)
yangi
zanjirlar
tuzilishida
qurilish
materiali
sifatida
ishlatiluvchi
dezoksiribonukleozidtrifosfatlar-substrat:
3) dezoksiribonukleozidtrifosfatlarni bir-biriga matritsaga moslab beruvchi
fermentlar mavjud bo’lishi shart.
Sintezlanish juda murakkab jarayon bo’lib, yuqorida aytib o’tilgan har bir
faktorlarning yaratilishi bir qancha bosqichlarda amalga oshiriladi. Masalan, T-2
bakteriofagi ikki zanjirchali DNKsining sintezida ishtirok etuvchi substrat-dezoksi-
5 oksi metiltsitidinmonofosfatni (d-OMTSMF) virus bilan kasallanmagan
hujayrada uchramaydi. Ammo hujayra viurs bilan kasallanishi bilanoq unda d-
TSMFdan d-OMTSMF ni hosil qilishda qatnashuvchi ferment- oksmetilaza paydo
bo’ladi, ya’ni bu ferment virus DNK sinteziga zarur d-OMTSTF ni d-TSTF dan
tayyorlab beradi.
Haqiqatdan
ham
virus
DNK
tarkibi
tekshirilsa,
unda
hujayrada
uchramaydigan yangi d-OMTSMF ni uchratish mumkin. Xuddi shuningdek boshqa
substratlar ham virus DNK sintezida ishtirok etishdan avval, har xil o’zgarishlarga
uchraydi. Shu xil substratlarni hosil qilish uchun esa hujayrada virusga xos bo’lgan
yangi fermentlar kerak bo’ladi. Bu fermentlar virus DNK sidagi informatsiyaga
asosan yaratiladi va ular virus DNK si sintezida ishtirok etadigan substratlar hosil
qiluvchi fermentlar deb ataladi.
Bulardan tashqari, DNK sintezida bevosita ishtirok etuvchi DNK-polimeraza,
polinukleotidligaza hamda endonukleaza kabi fermentlar ham mavjud. Ularning
vazifasi substratlarni bir zanjirga ulash (DNK-polimeraza) yetishmagan bog’larni
ulash (polinukleotidligaza) zarur bo’lganda hamda DNK zanjirini uzish
(endonukleaza) dan iborat bo’lib, ular virus DNK sintezi fermentlari deb ataladi.
Virus DNK si sintezi uchun substrat hosil qilishda ishtirok etuvchi fermentlar,
struktura oqsillari hujayra oqsillari kabi ribosomalarda sintezlanadi. Hujayradagi
transport RNK lar ulardagi aminokislotalarni virus informatsion RNK sidagi (RNK
tutuvchi viruslarda i-RNK vazifasini bir zanjirli virus RNK sining o’zi bajaradi)
shifrga asosan, bir zanjirga ulab, oqsil molekulasini shakllantiradi
Hujayraning turli qismlarida bir vaqtda hosil bo’lgan nuklein kislota va
oqsillarning “o’z-o’zidan” (somosborka) qo’shilishi natijasida virus zarrachalari
yetiladi. “O’z-o’zidan” qo’shilish virus oqsiliga xos xususiyatdir. Agar virusning
toza preparatidan ajratib olingan oqsil muayyan bir sharoitda probirkada tutilsa,
ma’lum vaqtdan so’ng bu oqsillar virusga o’xshash (ammo nuklein kislotasiz)
tayoqchasimon forma hosil qiladi. Ammo ularning uzunligi har xil bo’ladi. Chunki
bu zarrachalar uzunligini boshqarib turuvchi faktor-virus nukleotin kislotasining
o’zidir. Virus orqali nuklein kislotasini toza holda ajratib olib, ularni qayta qo’shilsa,
uzunligi virus uzunligiga teng, kasallantirish qobiliyatiga ega virus zarrachalarini
hosil qilish mumkin. Demak, virus formasini hosil qilish xususiyati oqsilga
kasallantirish va uzunligini boshqarish esa nuklein kislotaga xos xususiyatlardir.
Hozirgi vaqtda bir virus oqsilini olib, uni boshqa virusning nuklein kislotasiga
qo’shish orqali “gibrid” virus zarrachalari olimoqda. Masalan, arpada chiporlanish
kasalligini tug’diruvchi sharsimon virus oqsilini tamaki chiporlanish kasalligi virusi
RNK siga qo’shilsa, sharsimon “gibrid” virus hosil bo’ladi: “gibrid” virus bilan
o’simlik kasallantirilsa, tayoqchasimon tamaki chiporlanish kasalligi virusi
zarrachalari paydo bo’ladi. CHunki “gibrid” virusdagi RNK tamaki chiporlanish
kasalligi virusidan ajratib olingan. Bu esa, o’z navbatida, irsiyatni belgilaydigan
asosiy faktor nuklein kislta ekanligini tasdiqlaydi. Demak, yuqorida aytilgan usulda
hosil bo’lgan virus zarrachalari hujayraning yorilishi natijasida yoki hujayrani
jarohatlamasdan undan chiqishi mumkin. O’simlikda har bir hujayrada to’plangan
virus (yoki nuklein kislota) ikkinchisiga plazmodesmalar orqali o’tishi mumkin.
Shunday qilib, viruslar hujayrasiz organizmlar bo’lib, boshqa organizmlardan
shakli, xususiyatlarining turli-tumanligi, bu virusning har xil organizmlarda turli
kasallik alomatlarini namoyon qilishi va ular tarkibida faqatgina bir xil nuklein
kislotasi uchrashi bilan farq qiladi. U o’zida modda va tirik organizm xususiyatlarini
namoyon etadigan va faqat tirik to’qimadagina ko’payadigan hayot formasidir.
Nazorat savollari.
1. Viruslarning hujayraga kirish usullari haqida ma’lumot bering.
2. Virus DNK sining sintezi uchun kerakli qismlarni (komponentlar) aytib bering.
3. Virus RNK si va uning sintezi qanday amalga oshadi?
4. Virus nuklein kislotalarini sintezida substrat bo’lib nima xizmat qiladi?