VIRUSLARNING STRUKTURASI (Spid virusi, Gripp viusi, Har xil guruhga mansub viruslar)

Yuklangan vaqt

2025-01-01

Yuklab olishlar soni

1

Sahifalar soni

12

Faytl hajmi

84,8 KB


 
 
 
 
 
 
VIRUSLARNING STRUKTURASI 
 
 
Reja: 
 
1. Spid virusi 
2. Gripp viusi 
3. Har xil guruhga mansub viruslar 
 
Hayvonlar hujayrasidagi viruslarda PHK yoki DNK uchraydi. Masalan, 
poliomielit virusi PHK va oqildan iborat, gripp virusi PHK, oqsil, lipid va 
uglevodlardan iborat. 
Gripp virusida fermentlar topilgan. Bu virus eritrotsitlarga adsorbsiyalanib 
agglyutinatsiya reaksiyasi yo’qolishiga sabab bo’ladi. Bunda eritrotsitlarga 
viruslardagi neyraminidaza fermenti ta’sir etadi. Bakteriofaglarning dum qismida 
o’z xo’jayini bo’lgan bakteriyaning, ya’ni echerichia coli ning hujayra po’stini 
eritadigan lizotsim fermenti topilgan. 
Virus virionlari noqulay faktorlarga ancha chidamlidir. Masalan, kartoshka 
o’simligining Y-virusi ph - 4,5 da inaktivatsiyaga uchrasa, tamaki o’simligining 
virusi hatto ph-2 dan past bo’lsa ham chiday oladi, virionlarning temperaturaga 
chidamliligi ph ga bog’liq. Masalan, tamaki mozaikasi virusining qozoq shtammi 
ph-7 bo’lganda 82° C da parchalansa, tomat shtammi 96-980 C issiqlikdagina 
aktivligini yo’qotadi, eng chidamli bo’lgan no’xatning S-1 virusi 108°C da qisman 
inaktivatsiyaga uchraydi. 
Ko’pchilik viruslar past temperaturaga h+am chidamli bo’ladi. Masalan, gripp 
virusi - 70° S da 6 oy, psitakoz virusi bir yilgacha chidasa, xona temperaturasida bir 
necha kun ichida nobud bo’ladi. 
Agar juda tez (vakuumda) quritilsa, ko’pchilik viruslar uzoq muddat chidamli 
bo’ladi. Masalan, ensefalit virusini vakuumda quritib besh yil saqlash mumkin, lekin
VIRUSLARNING STRUKTURASI Reja: 1. Spid virusi 2. Gripp viusi 3. Har xil guruhga mansub viruslar Hayvonlar hujayrasidagi viruslarda PHK yoki DNK uchraydi. Masalan, poliomielit virusi PHK va oqildan iborat, gripp virusi PHK, oqsil, lipid va uglevodlardan iborat. Gripp virusida fermentlar topilgan. Bu virus eritrotsitlarga adsorbsiyalanib agglyutinatsiya reaksiyasi yo’qolishiga sabab bo’ladi. Bunda eritrotsitlarga viruslardagi neyraminidaza fermenti ta’sir etadi. Bakteriofaglarning dum qismida o’z xo’jayini bo’lgan bakteriyaning, ya’ni echerichia coli ning hujayra po’stini eritadigan lizotsim fermenti topilgan. Virus virionlari noqulay faktorlarga ancha chidamlidir. Masalan, kartoshka o’simligining Y-virusi ph - 4,5 da inaktivatsiyaga uchrasa, tamaki o’simligining virusi hatto ph-2 dan past bo’lsa ham chiday oladi, virionlarning temperaturaga chidamliligi ph ga bog’liq. Masalan, tamaki mozaikasi virusining qozoq shtammi ph-7 bo’lganda 82° C da parchalansa, tomat shtammi 96-980 C issiqlikdagina aktivligini yo’qotadi, eng chidamli bo’lgan no’xatning S-1 virusi 108°C da qisman inaktivatsiyaga uchraydi. Ko’pchilik viruslar past temperaturaga h+am chidamli bo’ladi. Masalan, gripp virusi - 70° S da 6 oy, psitakoz virusi bir yilgacha chidasa, xona temperaturasida bir necha kun ichida nobud bo’ladi. Agar juda tez (vakuumda) quritilsa, ko’pchilik viruslar uzoq muddat chidamli bo’ladi. Masalan, ensefalit virusini vakuumda quritib besh yil saqlash mumkin, lekin
 
 
ultrabinafsha nurlar viruslarga salbiy ta’sir etadi, chunki nuklein kislotalar bu 
nurlarni ko’p yutadi. 
Viruslar shunchalik kichikki, ular oddiy bakteriyalarni tutib qoluvchi chinnidan 
yasalgan filtrdan ham oson o’ta oladi. Ularning kattaligi nanometr bilan o’lchanadi. 
1935 yilda amerikalik olim Stenli birinchi bo’lib tamakida chiporlanish 
kasalligini vujudga keltiruvchi virusning sof preparatini olish va viruslarni kimyoviy 
va fizikaviy usullar bilan tekshirish mumkin ekanligani aniqladi. Fizikaviy va 
kimyoviy usullarni qo’llanish esa, o’z navbatida, viruslarning hajmi, shakli hamda 
virus zarrasining molekulyar qurilishi haqida ko’pgana ma’lumotlar berdi. 
Viruslarning kattaligani o’lchash uchun h+ar xil usullardan foydalaniladi. 
Ulardan biri viruslarni teshiklarining kattaligi, avvaldan ma’lum kallodiy pardalari 
orqali o’tkazish yo’li bilan aniqlash bo’lsa, ikkinchisi - yuqori tezlik bilan (bir 
minutda 30 - 60 ming marta) aylanuvchi sentrifugalarda, virus zarralarini cho’ktirish 
yo’li bilan aniqlashdir. Bir necha ming marta katta qilib ko’rsatish qobiliyatiga ega, 
elektron mikroskopning kashf etilishi, virus zarrasining kattaligi, formasi va nozik 
qismlarin ko’rish va virus zarrasining tashqil topishi h+aqida ma’lumot olish 
imkonini beradi. 
Viruslarning kimyoviy tuzilishini o’rganish, ularning asosan nuklein kislota, 
oqsil va kul elementlaridan tashqil topganligini ko’rsatdi. Bu uch qism hamma 
viruslarga ham xos bo’lib, lipidlar va uglevodlar esa faqat murakkab viruslar 
tarkibida uchraydi. 
Oqsil, nuklein kislota va kul elementlaridan tashqil topgan viruslar oddiy va 
minimal viruslar deb ataladi. Ularga o’simlik viruslari hamda ba’zi bir hayvon va 
hasharot viruslari kiradi. Ammo kiyoviy jihatdan oddiy viruslarga yaqin bo’lgan 
bakteriofaglarning tuzilishi juda murakkabdir. 
Tarkibida yuqorida aytilgan uch qismdan tashqari lipid va uglevodlar 
uchraydigan viruslar murakkab viruslar deyiladi. Bu guruhga kiruvchi ko’pgina 
viruslar odam va hayvonlarda kasallik tug’diradi. 
Agar viruslar murakkabliligiga qarab, bir qatorga joylashtirilsa, ular jonsiz 
organik materiya bilan jonli bir hujayrali organizmlar orasidagi bo’sh joyni 
egallaydi. Bu qatorda, oddiy va murakkab viruslar bilan birga, xlamidozoolar ham 
turadi. Xlamidazoolarda, xuddi hujayrali organizmlardagi kabi, nuklein kislotaning
ultrabinafsha nurlar viruslarga salbiy ta’sir etadi, chunki nuklein kislotalar bu nurlarni ko’p yutadi. Viruslar shunchalik kichikki, ular oddiy bakteriyalarni tutib qoluvchi chinnidan yasalgan filtrdan ham oson o’ta oladi. Ularning kattaligi nanometr bilan o’lchanadi. 1935 yilda amerikalik olim Stenli birinchi bo’lib tamakida chiporlanish kasalligini vujudga keltiruvchi virusning sof preparatini olish va viruslarni kimyoviy va fizikaviy usullar bilan tekshirish mumkin ekanligani aniqladi. Fizikaviy va kimyoviy usullarni qo’llanish esa, o’z navbatida, viruslarning hajmi, shakli hamda virus zarrasining molekulyar qurilishi haqida ko’pgana ma’lumotlar berdi. Viruslarning kattaligani o’lchash uchun h+ar xil usullardan foydalaniladi. Ulardan biri viruslarni teshiklarining kattaligi, avvaldan ma’lum kallodiy pardalari orqali o’tkazish yo’li bilan aniqlash bo’lsa, ikkinchisi - yuqori tezlik bilan (bir minutda 30 - 60 ming marta) aylanuvchi sentrifugalarda, virus zarralarini cho’ktirish yo’li bilan aniqlashdir. Bir necha ming marta katta qilib ko’rsatish qobiliyatiga ega, elektron mikroskopning kashf etilishi, virus zarrasining kattaligi, formasi va nozik qismlarin ko’rish va virus zarrasining tashqil topishi h+aqida ma’lumot olish imkonini beradi. Viruslarning kimyoviy tuzilishini o’rganish, ularning asosan nuklein kislota, oqsil va kul elementlaridan tashqil topganligini ko’rsatdi. Bu uch qism hamma viruslarga ham xos bo’lib, lipidlar va uglevodlar esa faqat murakkab viruslar tarkibida uchraydi. Oqsil, nuklein kislota va kul elementlaridan tashqil topgan viruslar oddiy va minimal viruslar deb ataladi. Ularga o’simlik viruslari hamda ba’zi bir hayvon va hasharot viruslari kiradi. Ammo kiyoviy jihatdan oddiy viruslarga yaqin bo’lgan bakteriofaglarning tuzilishi juda murakkabdir. Tarkibida yuqorida aytilgan uch qismdan tashqari lipid va uglevodlar uchraydigan viruslar murakkab viruslar deyiladi. Bu guruhga kiruvchi ko’pgina viruslar odam va hayvonlarda kasallik tug’diradi. Agar viruslar murakkabliligiga qarab, bir qatorga joylashtirilsa, ular jonsiz organik materiya bilan jonli bir hujayrali organizmlar orasidagi bo’sh joyni egallaydi. Bu qatorda, oddiy va murakkab viruslar bilan birga, xlamidozoolar ham turadi. Xlamidazoolarda, xuddi hujayrali organizmlardagi kabi, nuklein kislotaning
 
 
ikkala tipi uchraydi, bu guruhning eng oxirida rikketsiy turadi. Rikketsiylar viruslar 
bilan bakteriyalar orasida turuvchi organizmlardir. Ular sintetik apparatlarining 
yo’qligi va hujayrada parazitlik k,ilishi bilan viruslarga yaqin bo’lsada, 
morfologiyasi, ko’payishi, kimyoviy tuzilishining murakkabligi bilan bakteriyalarga 
yaqin turadi. 
Viruslar o’lchami juda kichik, ya’ni 20 nm dan 300 (350) nm gacha bo’ladi. 
Ular sferik (sharsimon), ko’p qirrali, tayoqchasimon, o’qsimon, ipsimon, 
to’g’nog’ichsimon shakllarga ega bo’lishi mumkin. Tuzilishi bo’yicha oddiy 
(qobiqsiz) va murakkab (qobiqli) viruslar farqlanadi. Ikkalasining ham markazida 
nuklein kislota (DNK yoki PHK) molekulasi joylashadi va uni oqsil qobiq – kapsid 
o’rab turadi. Bunday tuzilma – nukleokapsid deb nomlanadi. 
 
Oddiy viruslar ichki oqsil bilan birikkan nuklein kislota va kapsiddan tashkil 
topgan, ya’ni nukleokapsiddan iborat. 
Murakkab viruslarda nukleokapsid virionning o’zagi hisoblanib, ustki 
qismida superkapsid – tashqi qobiq bilan o’ralgan.  
Membrananing ikki lipidli qavatida virusga xos bo’lgan oqsil – glikoproteinlar 
joylashgan bo’lib, o’simtalar ko’rinishda tashqariga chiqib turadi. Bu glikoproteinlar 
- gemagglyutininlar, neyraminidaza, qo’shiluvchi oqsil va boshqalardan iborat 
bo’lib, virionning hujayra retseptorlariga birikishiga va hujayraga kirishiga javobgar 
hisoblanadi. Ular antigenlik xususiyatiga ega (protektiv antigenlar). Ko’plab 
murakkab viruslar superkapsidiga ichkaridan matriks oqsil qavati birikadi (M-
qavat), ayrim viruslar boshqa qo’shimcha tuzilmalarga ham ega.
ikkala tipi uchraydi, bu guruhning eng oxirida rikketsiy turadi. Rikketsiylar viruslar bilan bakteriyalar orasida turuvchi organizmlardir. Ular sintetik apparatlarining yo’qligi va hujayrada parazitlik k,ilishi bilan viruslarga yaqin bo’lsada, morfologiyasi, ko’payishi, kimyoviy tuzilishining murakkabligi bilan bakteriyalarga yaqin turadi. Viruslar o’lchami juda kichik, ya’ni 20 nm dan 300 (350) nm gacha bo’ladi. Ular sferik (sharsimon), ko’p qirrali, tayoqchasimon, o’qsimon, ipsimon, to’g’nog’ichsimon shakllarga ega bo’lishi mumkin. Tuzilishi bo’yicha oddiy (qobiqsiz) va murakkab (qobiqli) viruslar farqlanadi. Ikkalasining ham markazida nuklein kislota (DNK yoki PHK) molekulasi joylashadi va uni oqsil qobiq – kapsid o’rab turadi. Bunday tuzilma – nukleokapsid deb nomlanadi. Oddiy viruslar ichki oqsil bilan birikkan nuklein kislota va kapsiddan tashkil topgan, ya’ni nukleokapsiddan iborat. Murakkab viruslarda nukleokapsid virionning o’zagi hisoblanib, ustki qismida superkapsid – tashqi qobiq bilan o’ralgan. Membrananing ikki lipidli qavatida virusga xos bo’lgan oqsil – glikoproteinlar joylashgan bo’lib, o’simtalar ko’rinishda tashqariga chiqib turadi. Bu glikoproteinlar - gemagglyutininlar, neyraminidaza, qo’shiluvchi oqsil va boshqalardan iborat bo’lib, virionning hujayra retseptorlariga birikishiga va hujayraga kirishiga javobgar hisoblanadi. Ular antigenlik xususiyatiga ega (protektiv antigenlar). Ko’plab murakkab viruslar superkapsidiga ichkaridan matriks oqsil qavati birikadi (M- qavat), ayrim viruslar boshqa qo’shimcha tuzilmalarga ham ega.
 
 
 
 
Oddiy va murakkab viruslarni tuzilish sxemasi. 
 
Himoya oqsil qobig’i – kapsid bir xildagi oqsil subbirliklaridan tuzilgan. 
Kapsidning bunday tuzilishi kichik genomga ega viruslar uchun katta biologik 
ahamiyatga ega, chunki bunda genetik axborot kam sarflanadi. Viruslar kapsidi oqsil 
subbirliklarining joylashishiga bog’liq holda spiralsimon yoki kubsimon simmetriya 
tipida tuzilgan. 
Spiralsimon simmetriya tipida vintsimon joylashgan nuklein kislota atrofida 
virus nuklein kislotasini mustahkam o’rab turuvchi, ovalsimon struktur oqsil 
subbirliklari (protomerlar) joylashadi. Bunday simmetriya tipida ko’p oqsil 
sarflanadi, lekin tuzilma o’zining mustahkamligi bilan ajralib turadi. Shakllangan 
nukleokapsid tayoqchasimon yoki ipsimon shaklida bo’ladi. Aynan shunday shaklga 
spiralsimon simmetriya tipidagi oddiy viruslar ega bo’ladi, masalan: tamaki mozaika 
virusi – tayoqchasimon, ayrim bakteriofaglar – ipsimondir. Odam va umurtqali 
hayvonlarni zararlovchi viruslar orasida spiralsimon simmetriyali oddiy viruslar 
uchramaydi, bu viruslar asosan o’simliklarda uchraydi. 
Spiralsimon simmetriya tipidagi murakkab viruslar (orto-; paramiksoviruslar va 
boshqalar) superkapsid bilan o’ralgan zich spiral yoki yumaloq ko’rinishdagi 
nukleokapsidga ega bo’ladi, shuning uchun virion doimo sferik shaklga ega bo’ladi.  
Kubsimon simmetriya tipida tuzilgan viruslar ko’p qirrali - ikosaedr (yigirma 
qirrali) ko’rinishini hosil qiladi.  
Kubsimon simmetriyada kapsid sharsimon, ba’zida prizmasimon shakllarga ega 
kapsomerlardan tuzilgan. Har bir kapsomer besh (pentomer) yoki olti (seksomer)
Oddiy va murakkab viruslarni tuzilish sxemasi. Himoya oqsil qobig’i – kapsid bir xildagi oqsil subbirliklaridan tuzilgan. Kapsidning bunday tuzilishi kichik genomga ega viruslar uchun katta biologik ahamiyatga ega, chunki bunda genetik axborot kam sarflanadi. Viruslar kapsidi oqsil subbirliklarining joylashishiga bog’liq holda spiralsimon yoki kubsimon simmetriya tipida tuzilgan. Spiralsimon simmetriya tipida vintsimon joylashgan nuklein kislota atrofida virus nuklein kislotasini mustahkam o’rab turuvchi, ovalsimon struktur oqsil subbirliklari (protomerlar) joylashadi. Bunday simmetriya tipida ko’p oqsil sarflanadi, lekin tuzilma o’zining mustahkamligi bilan ajralib turadi. Shakllangan nukleokapsid tayoqchasimon yoki ipsimon shaklida bo’ladi. Aynan shunday shaklga spiralsimon simmetriya tipidagi oddiy viruslar ega bo’ladi, masalan: tamaki mozaika virusi – tayoqchasimon, ayrim bakteriofaglar – ipsimondir. Odam va umurtqali hayvonlarni zararlovchi viruslar orasida spiralsimon simmetriyali oddiy viruslar uchramaydi, bu viruslar asosan o’simliklarda uchraydi. Spiralsimon simmetriya tipidagi murakkab viruslar (orto-; paramiksoviruslar va boshqalar) superkapsid bilan o’ralgan zich spiral yoki yumaloq ko’rinishdagi nukleokapsidga ega bo’ladi, shuning uchun virion doimo sferik shaklga ega bo’ladi. Kubsimon simmetriya tipida tuzilgan viruslar ko’p qirrali - ikosaedr (yigirma qirrali) ko’rinishini hosil qiladi. Kubsimon simmetriyada kapsid sharsimon, ba’zida prizmasimon shakllarga ega kapsomerlardan tuzilgan. Har bir kapsomer besh (pentomer) yoki olti (seksomer)
 
 
struktur oqsil birliklaridan tashkil topadi. Kubsimon simmetriya asosida, 
kapsomerlar hosil qiladigan teng tomonli uchburchak kombinatsiyasi yotadi. Bu esa, 
katta ichki bo’shliqli yopiq sferik yuzaning shakllanishiga olib keladi. 
Kubsimon simmetriyadagi kapsidda spiralsimon simmetriyadagiga nisbatan 
oqsil kam sarflanadi, natijada u mustahkam bo’lmaydi va  nuklein kislotani to’liq 
himoya qila olmaydi.  
Virus kapsidlari turli sondagi kapsomerlardan iborat, lekin bir turdagi viruslar 
uchun kapsomerlar soni doimiy bo’ladi. Masalan: poliomielit virusi kapsidi 32 ta 
kapsomerdan, gepatit V virusi kapsidi 180 ta kapsomerlardan iborat.  
Kubsimon simmetriyali oddiy viruslar ko’p qirrali shaklda, superkapsid bilan 
o’ralgan murakkab viruslar esa, asosan sferik shaklga ega bo’ladi. Lekin murakkab 
viruslarning o’qsimon, ipsimon, ovalsimon va parallelepiped (chechak virusi) 
shakllarga ega turlari ham bor. Viruslarda kapsidning simmetriyali tuzilishi ularning 
hujayradagi reproduksiyasi jarayonida virionning yig’ilishiga sharoit yaratadi.  
Viruslar shunchalik kichikki, ular oddiy bakteriyalarni tutib qoluvchi 
chinnidan yasalgan filtrdan ham oson o’ta oladi. Ularning kattaligi millimikronlar 
nanometr (nm 0,000000-0,01) bilan o’lchanadi (millimikron (mmk) millimetrning 
milliondan bir ulushidir. Ya’ni: 1 millimetr - 1000 mikron, 1 000 000 millimikron 
yoki mikrometr (mkm)dir. 
Viruslarning kattaligini o’lchash uchun har xil usullardan foydalaniladi. 
Ulardan biri viruslarni teshiklarining kattaligi, avvaldan ma’lum kallodiy pardalari 
orqali o’tkazish yo’li bilan aniqlash bo’lsa, ikkinchisi-yuqori tezlik bilan (bir 
minutda 30-60 ming marta) aylanuvchi tsentrifugalarda virus zarralarini cho’ktirish 
yo’li bilan aniqlashdir. Bir necha ming marta katta qilib ko’rsatish qobiliyatiga ega, 
elektron mikroskopning kashf etilishi virus zarrasining kattaligi, formasi va nozik 
qismlarin ko’rish va virus zarrasining tashkil topishi haqida ma’lumot olish imkonini 
beradi (16-jadval). 
                                      16-jadval. 
Bakteriya, rikketsiy, virus va oqsil molekulasining  
solishtirma kattaliklari.
struktur oqsil birliklaridan tashkil topadi. Kubsimon simmetriya asosida, kapsomerlar hosil qiladigan teng tomonli uchburchak kombinatsiyasi yotadi. Bu esa, katta ichki bo’shliqli yopiq sferik yuzaning shakllanishiga olib keladi. Kubsimon simmetriyadagi kapsidda spiralsimon simmetriyadagiga nisbatan oqsil kam sarflanadi, natijada u mustahkam bo’lmaydi va nuklein kislotani to’liq himoya qila olmaydi. Virus kapsidlari turli sondagi kapsomerlardan iborat, lekin bir turdagi viruslar uchun kapsomerlar soni doimiy bo’ladi. Masalan: poliomielit virusi kapsidi 32 ta kapsomerdan, gepatit V virusi kapsidi 180 ta kapsomerlardan iborat. Kubsimon simmetriyali oddiy viruslar ko’p qirrali shaklda, superkapsid bilan o’ralgan murakkab viruslar esa, asosan sferik shaklga ega bo’ladi. Lekin murakkab viruslarning o’qsimon, ipsimon, ovalsimon va parallelepiped (chechak virusi) shakllarga ega turlari ham bor. Viruslarda kapsidning simmetriyali tuzilishi ularning hujayradagi reproduksiyasi jarayonida virionning yig’ilishiga sharoit yaratadi. Viruslar shunchalik kichikki, ular oddiy bakteriyalarni tutib qoluvchi chinnidan yasalgan filtrdan ham oson o’ta oladi. Ularning kattaligi millimikronlar nanometr (nm 0,000000-0,01) bilan o’lchanadi (millimikron (mmk) millimetrning milliondan bir ulushidir. Ya’ni: 1 millimetr - 1000 mikron, 1 000 000 millimikron yoki mikrometr (mkm)dir. Viruslarning kattaligini o’lchash uchun har xil usullardan foydalaniladi. Ulardan biri viruslarni teshiklarining kattaligi, avvaldan ma’lum kallodiy pardalari orqali o’tkazish yo’li bilan aniqlash bo’lsa, ikkinchisi-yuqori tezlik bilan (bir minutda 30-60 ming marta) aylanuvchi tsentrifugalarda virus zarralarini cho’ktirish yo’li bilan aniqlashdir. Bir necha ming marta katta qilib ko’rsatish qobiliyatiga ega, elektron mikroskopning kashf etilishi virus zarrasining kattaligi, formasi va nozik qismlarin ko’rish va virus zarrasining tashkil topishi haqida ma’lumot olish imkonini beradi (16-jadval). 16-jadval. Bakteriya, rikketsiy, virus va oqsil molekulasining solishtirma kattaliklari.
 
 
 
Mikroorganizmlar 
Eni x bo’yi yoki 
 diametri (mkm) 
Bakteriya 
750 
Rikketsiy 
475 
Uchuq virusi 
150 
Gripp 
115 
Bakteriofag T2 
60 x 80 
Bakteriofag T3 
45 
Tamaki mozaika virusi 
18 x 300 
YaShur 
20 
Gemoglobin molekulasi 
3 x 15 
 
Viruslarning kimyoviy tuzilishini o’rganish ularning asosan nuklein kislota, 
oqsil elementlaridan tashkil topganligini ko’rsatdi. Bu uch qism hamma viruslarga 
ham xos bo’lib, lipidlar va uglevodlar esa faqat murakkab viruslar tarkibida 
uchraydi.  
Oqsil, nuklein kislota elementlaridan tashkil topgan viruslar oddiy va minimal 
viruslar deb ataladi. Ularga o’simlik viruslari hamda ba’zi bir hayvon va hasharot 
viruslari kiradi. Ammo kimyoviy jihatdan oddiy viruslarga yaqin bo’lgan 
bakteriofaglarning tuzilishi juda murakkabdir.  
Tarkibida yuqorida aytilgan uch qismdan tashqari lipid va uglevodlar 
uchraydigan viruslar murakkab viruslar deyiladi. Bu guruhga kiruvchi ko’pgina 
viruslar odam va hayvonlarda kasallik tug’diradi.  
Agar viruslar murakkabliligiga qarab bir qatorga joylashtirilsa, ular jonsiz 
organik materiya bilan jonli bir hujayrali organizmlar orasidagi bo’sh joyni 
egallaydi. Bu qatorda, oddiy va murakkab viruslar bilan birga xlomidozoolar ham 
turadi. Xlomidozoolarda xuddi hujayrali organizmlardagi kabi nuklein kislotaning 
ikkala tipi uchraydi, bu guruhning eng oxirida rikketsiy turadi. Rikketsiylar viruslar 
bilan bakteriyalar orasida turuvchi organizmlardir. Ular sintetik apparatlarining 
yo’qligi va hujayrada parazitlik qilishi bilan viruslarga yaqin bo’lsada,
Mikroorganizmlar Eni x bo’yi yoki diametri (mkm) Bakteriya 750 Rikketsiy 475 Uchuq virusi 150 Gripp 115 Bakteriofag T2 60 x 80 Bakteriofag T3 45 Tamaki mozaika virusi 18 x 300 YaShur 20 Gemoglobin molekulasi 3 x 15 Viruslarning kimyoviy tuzilishini o’rganish ularning asosan nuklein kislota, oqsil elementlaridan tashkil topganligini ko’rsatdi. Bu uch qism hamma viruslarga ham xos bo’lib, lipidlar va uglevodlar esa faqat murakkab viruslar tarkibida uchraydi. Oqsil, nuklein kislota elementlaridan tashkil topgan viruslar oddiy va minimal viruslar deb ataladi. Ularga o’simlik viruslari hamda ba’zi bir hayvon va hasharot viruslari kiradi. Ammo kimyoviy jihatdan oddiy viruslarga yaqin bo’lgan bakteriofaglarning tuzilishi juda murakkabdir. Tarkibida yuqorida aytilgan uch qismdan tashqari lipid va uglevodlar uchraydigan viruslar murakkab viruslar deyiladi. Bu guruhga kiruvchi ko’pgina viruslar odam va hayvonlarda kasallik tug’diradi. Agar viruslar murakkabliligiga qarab bir qatorga joylashtirilsa, ular jonsiz organik materiya bilan jonli bir hujayrali organizmlar orasidagi bo’sh joyni egallaydi. Bu qatorda, oddiy va murakkab viruslar bilan birga xlomidozoolar ham turadi. Xlomidozoolarda xuddi hujayrali organizmlardagi kabi nuklein kislotaning ikkala tipi uchraydi, bu guruhning eng oxirida rikketsiy turadi. Rikketsiylar viruslar bilan bakteriyalar orasida turuvchi organizmlardir. Ular sintetik apparatlarining yo’qligi va hujayrada parazitlik qilishi bilan viruslarga yaqin bo’lsada,
 
 
morfologiyasi, ko’payishi, kimyoviy tuzilishining murakkabligi bilan bakteriyalarga 
yaqin turadi.  
Viruslar tabiatda, hujayradan tashqari (“vibrion”) va hujayra ichida 
(“vegetativ” virus formasida) uchraydi. 
Viruslarning murakkabligi va xususiyatlariga ko’ra, olimlar (Atabekov, 1970) 
ularni shartli ravishda bir necha guruhlarga bo’ladi.  
1. Tayoqchasimon viruslar. Bu guruhga kiruvchi viruslar to’g’ri, 
bukilmaydigan, mo’rt, tsilindir formasida bo’lib, ular tamaki chiporlanish kasalligi 
viruslari guruhi deyiladi. Bu guruhga uzunligi 130-300 millimikron, eni 20 
millimikronga yaqin viruslar kiradi. 
2. Ipsimon viruslar. Ipsimon viruslarning zarrachalari oson bukuluvchan, 
elastik va bir biri bilan matashishi xususiyatiga ega bo’ladi. Ipsimon viruslarning eni 
10 millimikron atrofida bo’lib, uzunligi 1 mikronga yetishi mumkin. 
Viruslarning ipsimon formasi faqat o’simlik virusiga xos deb hisoblanar edi. Ammo 
keyingi vaqtlarda DNK va RNK tutuvchi bakteriofag viruslarining ham ipsimon 
formalari topildi. 
3. Sharsimon viruslar. Bu guruhga juda ko’p hayvon, o’simlik, hashorot, 
zamburug’, suv o’tlari va bakteriofag viruslar kiradi. Sharsimon virus zarralari ko’p 
qirrali sferoidga o’xshaydi. Bu xil virus zarralarining diametri 20 millimikrondan 
130 millimikrongacha yetishi mumkin. Bu guruhga bakteriya, o’simlik, hayvon va 
odamlarda kasallik tug’diruvchi viruslar kiradi. 
4. Tuxumsimon viruslar. Bu guruhga kiruvchi viruslardan beda chiporlanish 
virusini (20 x 60 mmk) ko’rsatish mumkin. 
5. Murakkab viruslar. Bu guruhga biologiyasi va morfologiyasi juda xilma 
xil, yuqorida keltirilgan viruslardan o’zining murakkab tuzilishi bilan farq qiluvchi 
viruslar kiradi. Miksoviruslar (gripp, OITS virusi, qushlar o’lati virusi va boshqalar) 
shu guruhga kirib, ancha katta (100-250 millimikron) va kompleks struktura hosil 
qiladi. Miksoviruslarga xos xususiyatlardan biri polimorfizm va virus zarrachasi 
ishida spiral strukturasiga ega  nukleoproteid ipining borligidir.  
Kolbasimon viruslar ham murakkab viruslar guruhiga kirib, virus zarrasida 
ikki morfologik qism- bosh va dum qismi borligi bilan xarakterlanadi. Bu guruhga 
ko’pgina bakteriya, aktinomitset, chechak va ba’zi hayvon viruslari kiradi. Virus
morfologiyasi, ko’payishi, kimyoviy tuzilishining murakkabligi bilan bakteriyalarga yaqin turadi. Viruslar tabiatda, hujayradan tashqari (“vibrion”) va hujayra ichida (“vegetativ” virus formasida) uchraydi. Viruslarning murakkabligi va xususiyatlariga ko’ra, olimlar (Atabekov, 1970) ularni shartli ravishda bir necha guruhlarga bo’ladi. 1. Tayoqchasimon viruslar. Bu guruhga kiruvchi viruslar to’g’ri, bukilmaydigan, mo’rt, tsilindir formasida bo’lib, ular tamaki chiporlanish kasalligi viruslari guruhi deyiladi. Bu guruhga uzunligi 130-300 millimikron, eni 20 millimikronga yaqin viruslar kiradi. 2. Ipsimon viruslar. Ipsimon viruslarning zarrachalari oson bukuluvchan, elastik va bir biri bilan matashishi xususiyatiga ega bo’ladi. Ipsimon viruslarning eni 10 millimikron atrofida bo’lib, uzunligi 1 mikronga yetishi mumkin. Viruslarning ipsimon formasi faqat o’simlik virusiga xos deb hisoblanar edi. Ammo keyingi vaqtlarda DNK va RNK tutuvchi bakteriofag viruslarining ham ipsimon formalari topildi. 3. Sharsimon viruslar. Bu guruhga juda ko’p hayvon, o’simlik, hashorot, zamburug’, suv o’tlari va bakteriofag viruslar kiradi. Sharsimon virus zarralari ko’p qirrali sferoidga o’xshaydi. Bu xil virus zarralarining diametri 20 millimikrondan 130 millimikrongacha yetishi mumkin. Bu guruhga bakteriya, o’simlik, hayvon va odamlarda kasallik tug’diruvchi viruslar kiradi. 4. Tuxumsimon viruslar. Bu guruhga kiruvchi viruslardan beda chiporlanish virusini (20 x 60 mmk) ko’rsatish mumkin. 5. Murakkab viruslar. Bu guruhga biologiyasi va morfologiyasi juda xilma xil, yuqorida keltirilgan viruslardan o’zining murakkab tuzilishi bilan farq qiluvchi viruslar kiradi. Miksoviruslar (gripp, OITS virusi, qushlar o’lati virusi va boshqalar) shu guruhga kirib, ancha katta (100-250 millimikron) va kompleks struktura hosil qiladi. Miksoviruslarga xos xususiyatlardan biri polimorfizm va virus zarrachasi ishida spiral strukturasiga ega nukleoproteid ipining borligidir. Kolbasimon viruslar ham murakkab viruslar guruhiga kirib, virus zarrasida ikki morfologik qism- bosh va dum qismi borligi bilan xarakterlanadi. Bu guruhga ko’pgina bakteriya, aktinomitset, chechak va ba’zi hayvon viruslari kiradi. Virus
 
 
zarrachalarining o’ziga xos tuzilishi uning asosiy funksiyasi - o’ziga o’xshash 
zarrachalarni hosil qilish vazifasini bajarish imkoniyatini beradi. Nuklein kislotasi 
virusining genetik funksiyasini bajarsa, oqsil qismi nuklein kislotani tashqi muhitdan 
to’la muhofaza qilib, virus zarrasining avtonomligini ta’minlaydi va uning 
turg’unligini oshiradi. 
Insonlar ichki organlarida bakteriyalar bilan simbiotik munosabatlar 
qadimdan paydo bo’lib, natijada odamlar turli kasalliklarga nisbatan 
kuchli immunitet hosil qilib kelgan. 
Bunda kuchli enzimatik apparatlar faoliyati tufayli moddalar va energiyani 
to’plash, iste’mol qilish jarayonlari kuchayishi insonlarni ko’proq yashashini 
ta’minlagan. 
Bu jarayonni, ayniqsa, inson organizmida yashovchi saprofit bakteriyalar 
va ichak tayoqchasi guruhiga kiruvchi 
bakteriya 
bilan 
simbiotik 
munosabatlarda yaqqol ko’rinadi. 
Ma’lum bo’lishicha bu kuchli jarayonni turli antibiotiklarni 
qo’llash tufayli simbiotik munosabatlarni buzish juda og’ir oqibatlarga 
olib keladi. 
Mavjud adabiyotlarda insonlar tanasi va ichki organlar uchun eng 
foydali boshqa bakteriyalar (ichak tayoqchasi) haqida ma’lumotlar juda kam.  
Hozirgi zamonda biolog, mikrobiolog mediklarimiz zamonaviy 
antibiotiklar sulfanilamid preparatini qo’llashdan ehtiyot bo’lishlari lozim. 
Har ehtimolga qarshi mikroorganizmlar bilan, mikroorganizmlar orasidagi 
simbiotik munosabatlarga putur etishi inson ichki organlarida zarur 
fermentlar yo’qolishi muhim biologik jarayonlarni buzilishiga olib keladi. 
Ikkinchi tomondan bunday gomeostazni paydo bo’lishi, turli xil yangi 
kasalliklarni paydo bo’lishiga olib keladi. 
Insonlar qon – tomirlarida yurak qon fibrinogenlarni darhol  eritib 
yuboradigan ferment «Streptokinaza» faqat ichak tayoqchasi guruhiga 
kiruvchi – bakteriyalar sintezlay oladi. 
Insonlar tanasida fibrinolitik bakteriya doimo aktiv fibrinogeni 
parchalovchi bakteriya gemolitik streptokokklardir. Bu organizmlardan 
boshqa bakteriyalar streptokinaza fermentini hosil qila olmaydi.
zarrachalarining o’ziga xos tuzilishi uning asosiy funksiyasi - o’ziga o’xshash zarrachalarni hosil qilish vazifasini bajarish imkoniyatini beradi. Nuklein kislotasi virusining genetik funksiyasini bajarsa, oqsil qismi nuklein kislotani tashqi muhitdan to’la muhofaza qilib, virus zarrasining avtonomligini ta’minlaydi va uning turg’unligini oshiradi. Insonlar ichki organlarida bakteriyalar bilan simbiotik munosabatlar qadimdan paydo bo’lib, natijada odamlar turli kasalliklarga nisbatan kuchli immunitet hosil qilib kelgan. Bunda kuchli enzimatik apparatlar faoliyati tufayli moddalar va energiyani to’plash, iste’mol qilish jarayonlari kuchayishi insonlarni ko’proq yashashini ta’minlagan. Bu jarayonni, ayniqsa, inson organizmida yashovchi saprofit bakteriyalar va ichak tayoqchasi guruhiga kiruvchi bakteriya bilan simbiotik munosabatlarda yaqqol ko’rinadi. Ma’lum bo’lishicha bu kuchli jarayonni turli antibiotiklarni qo’llash tufayli simbiotik munosabatlarni buzish juda og’ir oqibatlarga olib keladi. Mavjud adabiyotlarda insonlar tanasi va ichki organlar uchun eng foydali boshqa bakteriyalar (ichak tayoqchasi) haqida ma’lumotlar juda kam. Hozirgi zamonda biolog, mikrobiolog mediklarimiz zamonaviy antibiotiklar sulfanilamid preparatini qo’llashdan ehtiyot bo’lishlari lozim. Har ehtimolga qarshi mikroorganizmlar bilan, mikroorganizmlar orasidagi simbiotik munosabatlarga putur etishi inson ichki organlarida zarur fermentlar yo’qolishi muhim biologik jarayonlarni buzilishiga olib keladi. Ikkinchi tomondan bunday gomeostazni paydo bo’lishi, turli xil yangi kasalliklarni paydo bo’lishiga olib keladi. Insonlar qon – tomirlarida yurak qon fibrinogenlarni darhol eritib yuboradigan ferment «Streptokinaza» faqat ichak tayoqchasi guruhiga kiruvchi – bakteriyalar sintezlay oladi. Insonlar tanasida fibrinolitik bakteriya doimo aktiv fibrinogeni parchalovchi bakteriya gemolitik streptokokklardir. Bu organizmlardan boshqa bakteriyalar streptokinaza fermentini hosil qila olmaydi.
 
 
A.M.Xavina bergan ma’lumotlariga ko’ra, pentsilin antibiotiklari ishlab 
chiqarilguniga qadar streptokokklarda gemolitik fermentlariga nisbatan 
antitelolar nisbati (200-500 AE ml) tashkil etar edi. 
Yana shuni ham ta’kidlab o’tish kerakki, mikroorganizmlar 
bilan gemolitik streptokokklar hosil qiladigan ekosistema qadimdan 
odamlarni 
qadimgi 
avlodi 
maymunsimon 
odamlarda 
β-gemolitik 
streptokokklarning, A-guruhi faqat odamlar uchun xarakterlidir. Bir necha 
million avlodlar ishtirokida hosil qilingan simbiotik ekosistema oxirgi bir 
necha o’n yillikda barbod qilindi. 
Hozirgi davrga kelib antitelo–streptokinaza-streptokokk-0 orasidagi nisbat 20-
50 AE/ml tushib qoldi. Qariyib o’n baravar kamaydi. 
Insonlar yurak-qon tomirlaridagi gemolitik streptokokk-A guruhini yo’qotib, o’z 
o’rnini million yillar davomida hosil qilingan ekosistemani buzib, maxsus ekologik 
muhit ekologik antibiotikka turg’un virulent bakteriyalar egalladi. Jumladan, 
boshqa streptokokklar, ya’ni tanasida metobolitik jarayonda stafilokoogulyatsiya 
hosil qiluvchi qon ivish jarayonini tezlatuvchi mikrobiologik fermentlar paydo 
qilindi. Ana shu ma’lumotlardan kelib chiqib, quyidagi xulosaga kelish mumkin. 
Aynan shu jarayonlar mikroorganizmlar bilan ular orasidagi ekologik bog’lanish buzilib, 
viruslar tarkibidagi DNK va RNK eritish xususiyatlarini yo’qotdi. 
Balki, bu xususiyat aynan SPID kasalini qo’zg’ovchi (VICH)ga ta’lluqlidir. 
Fanda isbotlanishicha gemolitik streptokokklarni-A guruhiga ko’p miqdorda DNK-
aza (4 turi) va RNK-aza (3 turi)da turli xil rN-da viruslar DNK va RNKsini 
gidrolizlaydi. 
 
 
Virusologiyani davolash usullari 
Izlanishlarda viruslar maxsus bakteriyalari hujayrasining eritish 
xususiyatini yo’qotish uchun olingan (modda yoki vaksina) antibiotiklar 
tartibiga kirishi.
A.M.Xavina bergan ma’lumotlariga ko’ra, pentsilin antibiotiklari ishlab chiqarilguniga qadar streptokokklarda gemolitik fermentlariga nisbatan antitelolar nisbati (200-500 AE ml) tashkil etar edi. Yana shuni ham ta’kidlab o’tish kerakki, mikroorganizmlar bilan gemolitik streptokokklar hosil qiladigan ekosistema qadimdan odamlarni qadimgi avlodi maymunsimon odamlarda β-gemolitik streptokokklarning, A-guruhi faqat odamlar uchun xarakterlidir. Bir necha million avlodlar ishtirokida hosil qilingan simbiotik ekosistema oxirgi bir necha o’n yillikda barbod qilindi. Hozirgi davrga kelib antitelo–streptokinaza-streptokokk-0 orasidagi nisbat 20- 50 AE/ml tushib qoldi. Qariyib o’n baravar kamaydi. Insonlar yurak-qon tomirlaridagi gemolitik streptokokk-A guruhini yo’qotib, o’z o’rnini million yillar davomida hosil qilingan ekosistemani buzib, maxsus ekologik muhit ekologik antibiotikka turg’un virulent bakteriyalar egalladi. Jumladan, boshqa streptokokklar, ya’ni tanasida metobolitik jarayonda stafilokoogulyatsiya hosil qiluvchi qon ivish jarayonini tezlatuvchi mikrobiologik fermentlar paydo qilindi. Ana shu ma’lumotlardan kelib chiqib, quyidagi xulosaga kelish mumkin. Aynan shu jarayonlar mikroorganizmlar bilan ular orasidagi ekologik bog’lanish buzilib, viruslar tarkibidagi DNK va RNK eritish xususiyatlarini yo’qotdi. Balki, bu xususiyat aynan SPID kasalini qo’zg’ovchi (VICH)ga ta’lluqlidir. Fanda isbotlanishicha gemolitik streptokokklarni-A guruhiga ko’p miqdorda DNK- aza (4 turi) va RNK-aza (3 turi)da turli xil rN-da viruslar DNK va RNKsini gidrolizlaydi. Virusologiyani davolash usullari Izlanishlarda viruslar maxsus bakteriyalari hujayrasining eritish xususiyatini yo’qotish uchun olingan (modda yoki vaksina) antibiotiklar tartibiga kirishi.