VIRUSLARNING TABIATI XAQIDA
Reja:
Elektron mikroskop va uning viruslar nozik strukturalarini o’rganishdagi
xizmati
Oddiy viruslarning tuzilishi.
Tamaki mozaikasi virusining tuzilishi.
Elektron mikroskop va uning viruslar nozik strukturalarini o’rganishdagi
xizmati. Oddiy viruslarning tuzilishi. Tamaki mozaikasi virusining tuzilishi.
Murakkab viruslarning tuzilishi (T-2, VICH).
Hozirgi vaqtda fizik-kimyoviy, fizika va ionokimyo metodlari yordamida
viruslarning nozik strukturalari o’rganilmoqda. Viruslar morfologiyasi va
ulьtrastrukturalarini o’rganishda, ayniqsa, Elektron mikroskop muhim rol o’ynaydi.
Tadqiqot natijalaridan ma’lum bo’lishicha, etilgan virus zarrachalari-vibrionlarini,
asosan, ikki turga: oddiy va murakkab vibrionga bo’linishi mumkin. O’z navbatida
oddiy vibrionlarning ikki tipi mavjud bo’lib, bulardan birinchisi spiralsimon,
ikkinchisi esa tayoqchasimon vibriondir. Tayoqchasimon vibrionlar o’z navbatida
tayoqchasimon va ipsimon viruslarga bo’linadi.
Vibrionning oqsil pardasi, ko’pincha, kapsid ichidagi nuklein kislotasi bilan
birga nukleokapsid, deb ataladi. Kapsidni tashkil qiluvchi elementlar kapsomer
deyiladi. Kapsomerlar bir xil polipeptid zanjirchalardan tuzilgan agregatlardir.
Nuklekapsid simmetrik tuzilgan ichki nukleotid bo’lib, u o’z navbatida bir yoki
bir necha oqsil parda bilan o’ralgan. Vibrion «peplos» deb ataluvchi qavat bilan birga
etilib, hujayra membranasidan o’tish davrida o’raladi. Chechak, uchuq va
miksoviruslarda peplos qavati bor. Peplosni tashkil etuvchi elementlar peplomerlar
deb atalib, ular hujayraga xos oqsildan tuzilgan bo’ladi.
Tamaki mozaikasi virusi tuzilishi. Bu virus ilk kashf etilgan virus bo’lib, oddiy
viruslar guruhiga kiradi. U boshqa viruslarga nisbatan mukammal o’rganilgan. Bu
virusning tayoqchasimon shaklga ega ekanligi, 1933 yilda amerikalik olimlar
Takaxashi va Roulinz tomonidan, sog’ va kasallangan o’simlik shiralarini solishtirib
o’rganish asosida aniqlangan. Keyinchalik amerikalik olim Stenli tamaki mozaikasi
virusining sof preparatini olib, virusning uzunligi 300 mkm va eni 18 mkm
molekulyar massasi esa 40000000 ekanligi ni aniqladi.
Oqsil hamda nuklein kislotasi har tomonlama o’rganilib, bu virus tarkibi,
molekulyar og’irligi bir xil (18000) oqsil va molekulyar og’irligi 2000000 bo’lgan
nuklein kislota borligi aniqlandi. Nuklein kislota virus oqsili bilan muhofaza qilindi.
Virus zarrasi ichida, spiralsimon joylashgan, bitta nuklein kislota, uning tarkibida
esa 62200 sub’edintsalardan tashkil topgan oqsil parda bor. Oqsil zarrasining
sub’edinitsalari ham virus zarrasi o’qi atrofida spiralsimon bo’lib joylashgan.
Virus zarrachasining 95% oqsil, 5% ni esa nuklein kislotasi tashkil qiladi.
Ammo, nuklein kislota miqdor jihatidan kam bo’lsada, virus zarrachalarining
xususiyati unga bog’liq. Agar virus zarrachalaridan nuklein kislotalarini kimyoviy
yo’l bilan ajratib olib, uni sog’lom tamaki bargiga yuqtirilsa, sog’ tamakida huddi
butun virus zarrasi yuqtirilgandek kasallik alomatlari ko’rinadi.
Sog’lom tamaki – bargiga virus yuqtirilsa hech qanday kasallik alomatlari
kuzatilmaydi. Shunga qaramay kasallantirish jarayonida oqsil ham ma’lum rol
o’ynaydi. U nuklein kislotani tashqi muhitdan muhofaza qilish bilan bir qatorda
kasallantiradigan hujayra bilan virus orasidagi munosabatlarda muhim ahamiyatga
ega.
Nazorat savollari
Viruslar qanday tuzilgan?
Individual virus zarrasining tuzilishini TMV misolida ko’rsatib bering?
T-2 bakteriofagining tuzilishi TMV tuzilishidan qaysi jihatlari bilan
farqlanadi?
Fenotip va genotipik o’zgaruvchanliklar haqida ma’lumot bering.
Transformatsiya hodisasi qanday tajribalar asosida aniqlangan?
Transduktsiyaning turlari va ularga tavsif bering.
F faktor va uning tavsifi.
Glossariy
Nukleokapsid (нуклеокапсид) - virion oqsil pardasi, kapsid ichidagi nuklein
kislota birgalikdagi component.
Kapsomer (капсомер) - kapsidni tashkil qiluvchi elementlar.
Peplos (пеплос) - virionni tashqi tomondan o’rab turuvchi oqsilli qavat.
Peplomer (пепломер) - peplosni tashkil etuvchi elementlar yig’indisi.
Oksimetilaza ( оксиметилаза) - d-TSMF dan d-OMTSMF ni hosil qilishda
ishtirok etuvchi ferment.
Retseptorlar (рецептори) - virus zarrachlaridagi muayyan kimyoviy guruhlar.
Adabiyotlar
1. Мирхамидова Р., Вахабов А.Х., Давранов К., Турсунбоева Г.С.
Микробиология ва биотехнология асослари. Тошкент: Илм Зиё. 2014.
2. Лысак В.В.Микробиология. Минск: БГУ.2007
3. Мирхамидова Р., Вахабов А.Х., Давранов К., Турсунбоева Г.С.
Микробиология ва биотехнология асослари. Тошкент: Ilm Ziyo. 2014.