VIRUSOLOGIYANING PREDMETI VA VAZIFALARI
Reja:
1. Virusologiya fanining ahamiyati
2. Viruslarning ochilishi va uning ahamiyati
3. Viruslar tabiati haqidagi D.I.Ivanovskiylarning fikrlari.
Virusologiya fanining ahamiyati. Odam, hayvon va o’simlik viruslarining
keltiradigan zarari. Viruslarning ochilishi va uning ahamiyati. D.I.Ivanovskiy
ishlarining ahamiyati. Bakteriofaglarning kashf qilinishi. Tvort, D.Errel ishlarining
ahamiyati. Viruslar tabiati haqidagi D.I.Ivanovskiylarning fikrlari.
XVIII asr oxirlarida ishlangan ba’zi rasmlarda, kishilarni shoxli qilib yoki ular
oyog’ining mol tuyog’iga o’xshatib chizilganligini ko’rish mumkin. Buning sababi
Shundaki, o’sha davrda, Angliyada odamlarni ancha kuchsiz o’tadigan mol chechagi
bilan emlab, ularda odam chechagiga qarshi immunitet hosil qilish boshlangan edi.
Ko’pchilik bunga shubha bilan qarar edi. Chunki ularda, bu xil emlash natijasida
odamlarga molning tabiati o’tishi mumkin, degan fikr hukm surar edi.
Bunday emlash, aslida, Xitoy va Turkiya, keyinchalik, yana Angliyada keng
qo’llanilgan. Ammo bu tadbir emlash yaxshi yo’lga qo’yilmaganligi sababli,
ko’pincha, kasallikdan saqlash o’rniga kishilarning o’limiga sabab bo’lardi.
Angliya sut sog’uvchilarining, ko’pincha, mol chechagi bilan yengil-yelpi
kasallanib, odam chechagi bilan og’rimasligi vrachlar e’tiborini jalb etdi. Kuzatishlar
natijasida angliyalik Eduard Djenner chechak bilan og’rimaslik yo’lini topdi. U mol
chechagi pufakchalari ichidagi suyuqlikdan odamlarni emlashda foydalandi.
Emlangan kishilar mol chechagi bilan yengil kasallansada, og’ir kasallik bo’lgan
odam
chechagi
bilan,
umuman,
kasallanmagan.
Djenner
bu
metodni
«Vaktsinatsiya» deb atadi («vaktsa» - lotincha «sigir» degan ma’noni bildiradi).
Vaktsinatsiyaning asl sababi nima? Kishilarni vahimaga solgan chechak,
poliomielit kasalliklari qaysi sabablarga ko’ra yuzaga keladi? Bu kasalliklarning
tabiati qanday, degan savollarga yuz yillardan keyin, viruslarning kashf etilishi va
ularning asl tabiati o’rganilgandan so’nggina javob topildi.
Odamlar, hayvonlar va o’simliklarning bir qancha yuqumli kasalliklari qadim
zamondan beri ma’lum. Ulardan eng xavflilari atrofga juda tez tarqalar, ko’plab aholi
va tirik jonzotlarning qirilib ketishi, o’simliklarning nobud bo’lishiga sabab bo’lar
edi. Masalan: VI asrda o’lat kasalligidan Rim imperiyasining yarim aholisi, 1916
yili Nьyu-Yorkda poliomelit kasalligidan 2000 kishi nobud bo’ldi va 7000 kishi mol
kasalligiga uchradi. 1918 yildagi gripp epidemiyasidan jahon bo’yicha 500 million
kishi kasallangan bo’lsa, ulardan qariyb 20 millioni halok bo’ldi. Bunga o’xshash
misollarni ko’plab keltirish mumkin.
Buyuk frantsuz olimi Lui Paster qutirish kasalligi ustida uzoq vaqt tajribalar
o’tkazib, bu kasallikni vujudga keltiruvchi «sababchi»si bosh va orqa miyada
joylashganligini aniqladi. L.Paster quturgan hayvon miyasini ma’lum qismidan
namuna olib, kasallik qo’zg’ash xususiyatini pasaytirdi va bu modda sog’lom itga
yuqtirilganda, itning bu kasallik bilan kasallanmaganligi aniqlandi. Natijada,
odamlar va hayvonlarda qutirish kasalligining oldini olish choralari topildi.
Lui Pasterdan bir necha asr ilgari (980-1037) Abu Ali ibn Sino qutirish hamda
qizamiq kasalliklarining paydo bo’lishi va uning davolash yo’llarini o’zining «Al
qonun» nomli asarida ko’rsatib berdi.
O’simliklar dunyosida virus kasalliklari, masalan: lola gulining har xil tusda
ochilishi, kartoshkaning kasallanishi, shaftolining sariq kasalligi qadimdan ma’lum.
Virus kasalligi sababli, bir yillik va ko’p yillik o’simliklardan olinadigan hosilning
kamayib ketishi yoki bu o’simliklarning tag-tugi bilan yo’qolib ketishi kabi hollarni
ko’plab uchratish mumkin.
Masalan: Amerikaning shimoliy-sharqida, shaftoli daraxtining sariq kasalligi
keng tarqalgan yillari yuz minglab daraxtlar, Djordjiya shtatida esa, bu daraxtlarning
«kalta bo’g’im» (ukorochenie mejdu uzlami) kasalligiga uchrashi tufayli milliondan
ortiq meva daraxti kesib tashlandi.
Bu kasallikdan tashqari, Shimoliy Amerikada shaftolining 18 xil virus
kasalligi aniqlandi. O’simliklarning virus kasalligi, G’arbiy Afrikada millionlab
kakao daraxtlarini yo’q bo’lib ketishiga sababchi bo’ldi. Dunyo miqiyosida
yetishtiriladigan kartoshka hosili 10 foizgacha kamaydi.
Tamaki mozaikasi virusi ta’sirida Qo’shma Shtatlarning o’zida, tamakidan
kelgan zarar 18143,7 tonnani tashkil etdi. Angliya parniklarida yetishtiriladigan
pomidor hosilining kamayib ketishi ham virus kasalliklarining natijasidir.
Virus kasalligi ko’pgina o’simliklar, jumladan, qulupnoy va malinaning
qimmatbaho navlarini yo’qolib ketishiga sabab bo’lmoqda. Karam, lavlagi, dukkakli
o’simliklar, qovoqsimonlar, gullarning ham viruslar bilan kasallanishi qishloq
xo’jaligiga ko’plab zarar yetkazadi.
Yillar o’tishi bilan bu kasalliklarni keltirib chiqaruvchi sabablar aniqlana
boshlandi. Ayniqsa, D.I.Ivanovskiy tomonidan viruslarning kashf etilishi
mikroorganizmlar dunyosining juda kengligini va bakteriyalardan ham mayda
bo’lgan hujayrasiz organizmlar mavjud ekanligini ko’rsatdi. Bular bakteriyalarni
tutib qoluvchi chinni filtrlardan ham o’tuvchan, turli yuqumli kasalliklar
tug’diruvchi hujayrasiz organizmlardirki, ular fanda filtrlanuvchi viruslar «virus»
so’zi lotin tilida «zahar» degan ma’noni bildiradi.
Viruslarning ochilishi va uning ahamiyati.
Filtrlanuvchi virus, dastlab, 1892 yilda rus olimi Dmitriy Iosifovich
Ivanovskiy tomonidan ochilgan edi.
D.I.Ivanovskiy 1887 yili qishloq xo’jaligida katta zarar keltirayotgan
tamakidagi mozaika (chiporlanish) kasalligini o’rganishga kirishdi va bu
kasallikning o’ziga xos belgilarini: mozaika doimo o’simlikning yosh barglaridan
boshlanishi, so’ng o’simlik tanasiga tarqalishi, kasallangan barg rangining sekin-asta
o’zgarib borishini aniqladi. Olib borilgan tajribalarda, kasallangan barglarda ajratib
olingan hujayra shirasi bakteriyalarni tutib qoluvchi chinni filtrdan o’tkazilib, filtrat
(filtrdan o’tgan suyuqlik) bilan sog’lom o’simlik kasallantirilganda chiporlanish
alomatlari sodir bo’ldi. Shuningdek, chiporlanish kasalligiga uchragan o’simlikdan
ajratib olingan va bakteriyalardan tozalangan hujayra shirasi bilan ikkinchi sog’lom
o’simlik, bu o’simlik ham kasallangandan so’ng, undan ajratib olingan shira bilan
uchinchi o’simlik va hokazolar zararlantirilganda ham hujayra shirasining
kasallantirish xususiyati saqlangan. Bu holat o’simlikda kasallik tug’diruvchi
«virus»ning ko’payishidan dalolat berdi. Keyinchalik D.I.Ivanovskiy kasallangan
tamaki bargining ko’ndalang kesmalarini mikroskop ostida o’rganib, hujayra ichida
«virus zarralari to’plami» mavjud ekanligi ni aniqlaydi. Hozirgi paytda bu to’plam
uning sharafiga «Ivanovskiy kristallari» deb ataladi.
Angliyalik mikrobiolog F.V.Tvort 1915 yili mikroblarning ham kasallanishini
aniqladi. Kasallik qo’zg’atuvchi bu agent bakteriyalarni tutib qoluvchi filtrdan
osonlik bilan o’tadi. Mikroorganizmdan xoli, deb o’ylagan bu suyuqlik, qaytadan
mikroorganizmlarga qo’shilsa, mikro-organizmlar o’lar ekan. Tvort filtrlangan bu
suyuqlik mikroblardan ham mayda va mikroblarni o’ldiruvchi qandaydir tirik
organizm bor deb, taxmin qildi va bakteriofaglarning ochilish davrini boshlab berdi.
Xuddi shu davrda, kanadalik bakteriolog F.D.Errel dizenteriya mikroblarida
kasallanish alomatlari borligini aniqladi. U dizenteriya bilan kasallangan kishi
axlatini bakteriyalarni tutib qoluvchi filtrdan o’tkazib, dizenteriya bakteriyalariga
qo’shilsa, dizenteriya bakteriyalarining nobud bo’lishini aniqladi va bakteriyalarni
o’ldiruvchi – bakteriofaglarning kashf etilishi ga katta hissa qo’shdi («fagos» –
grekcha bo’lib, «yutuvchi» degan ma’noni anglatadi).
Bakteriologiya usullarini keng ko’lamda qo’llanishi hozirgi zamon meditsi-
nasi tarmoqlarining tez rivojlanishiga turtki bo’ldi. Ammo bu usul chechak, quturish
kabi kasalliklar mohiyatini aniqlashga ojizlik qiladi. Ko’p o’tmay Ivanovskiy
yuqorida aytilgan kasallik qo’zg’atuvchilarning bakteriyalarni tutib qoluvchi
filtrlardan o’tishi va odatdagi bakteriyalar o’sadigan oziq muhitlarida ularning
o’smasligini aniqlashda hamda yuqumli kasalliklarni o’rganish sohasida yangi bir
usul kiritdiki, bu usul hozirgacha o’z ahamiyatini yo’qotmagan.
Ivanovskiy kashfiyotidan keyin «qirov» kasalligi, qoramol o’lati, sariq
bezgak, paranda va qo’ylar chechagi, cho’chqalarning qutirishi va o’lati, it o’lati,
chechak, traxoma, poliomelit, bakteriofaglar, qizamiq va uchuq viruslari ochildi.
Hozirgi vaqtda, virusologik tadqiqotlar natijasida, viruslarning teri, miya, nerv
hujayralari, o’pka, yurak, ichak, turli bezlar va organlarni zararlashi aniqlangan.
Bundan tashqari xatarli o’sma kasalligining yuzaga kelishida viruslarning
hissasi hisobga olinsa, hayvon va inson organizmining hamma to’qimalari viruslar
bilan kasallanishi mumkin, degan xulosaga kelinadi.
Viruslar, barcha tirik organizmlar uchun umumiy bo’lgan irsiyat
mexanizmlari, oqsil va nuklein kislota sintezini o’rganishda eng qulay ob’ekt bo’lib
kelmoqda. Keyingi yillarda biologiya fanida bo’ladigan katta yutuqlar
virusologiyaning mustaqil fan sifatida ajralib chiqishiga sabab bo’ldi.
Virusning modda va tirik mavjudot ekanligi haqidagi masala viruslar kashf
etilgandan beri, olimlar orasida qizg’in bahslarga sabab bo’lib kelmoqda.
D.I.Ivanovskiy ularning tirik mavjudot, eng mayda mikroorganizm ekanligini
isbotlagan bo’lsa, 1899 yili A.F.Vuds unga qarshi chiqib, tamakidagi mozaika
kasalligini tamaki tarkibidagi ayrim fermentlar vujudga keltiradi, deb viruslarning
tirik organizm ekanligini inkor etdi. Bu fikrni 1943 yili M.V.Vuds qo’llab, viruslarni
normal o’simliklar mitoxondriyasidan hosil bo’luvchi oksidlovchi ferment deb atadi.
Virus protoplazma yig’indisi, bu protoplazma hashorotlar vositasida o’simlikka
o’tib, unda ko’payib, kasallantirish xususiyatiga ega bo’lishi mumkin, degan fikr
1942 yili J.Jonson tomonidan, viruslar modda almashinishining o’zgarishi natijasida
paydo bo’lishi mumkin, degan nuqtai nazar esa mashhur biokimyogar D.Nortrop
(1963) tomonidan ilgari surildi. Rossiya virusologlaridan V.L.Rijkov, virusning
hujayraga kirishida to uning o’ziga o’xshash virus zarralarini hosil qilishgacha
bo’lgan jarayonlarning bizga unchalik ma’lum emasligini ta’kidlab, virus hujayraga
kirgandan so’ng ko’payib, oddiy mikroskop yordamida ko’rish mumkin bo’lgan
tanachalar hosil qilishini ko’rsatadi.
Virusologiyaning taraqqiy etishi natijasida viruslarning ko’plab
xususiyatlari
ochila
boshladi.
Elektron
mikroskop
yordamida
bakteriofaglarning umumiy morfologiyasi o’rganildi va ularning irsiy modda
DNK (dezoksiribonuklein kislota) tutuvchi boshcha, qisqarish xususiyatiga ega
oqsil qobiq bilan o’ralgan dumcha va o’rta qismida joylashgan o’zak va
fibrillardan tashkil topganligi va bakteriofag o’z DNK-sini bakteriya
hujayrasiga «shpris» mexanizmi vositasida kiritishi, hujayra ichida o’ziga
o’xshash bakteriofaglarni hosil qilishi, DNKning reduplikatsiyasi,
bakteriofag strukturasida qatnashuvchi oqsillar sintezi va virusning etilishi kabi
jarayonlar aniqlandi.
Rossiya virusologiyasining ko’zga ko’ringan namoyondalaridan
V.N.Jdanov viruslar organik dunyoning bir qismi bo’lishi bilan birga, boshqa tirik
mavjudotlardan bir qator xususiyatlari bilan ajralib turishini ko’rsatadi. Viruslar
tarkibida DNK yoki RNK (ribonuklein kislota) uchraydi, o’z kattaliklari bilan