Vitamin preparatlari va ularga retseptlar yozish
Darsning maqsadi: Bu amaliy mashg‘ulotda talabalarga Vitamin preparatlari
ularning guruxlari va preparatlari bilan tanishishadi. Mulohazalar o‘tkazadi. Xar xil
sxemalarda retseplar yozadi.
Darsning utkazish usuli: Talabalar bu dasrga ta’luqli bo‘lgan barcha dori
moddalari bilan tanishadi. Vitamin preparatlariga doir dorilarning lotincha nomlarini
yozish.
Yog‘da eruvchi vitaminlar Vitamin A (akseroftol, retinol). Ovqat bilan qabul
qilinadigan murakkab tuzilishli spirt bo‘lib, tanada karotin pigmentining o‘zgarishi
natijasida sintez qilinadi. Karotin har xii ko‘katlarda, ayniqsa, sabzida, shpinatda
hamda tuxum sarig‘ida, sutda, moylarda, pomidor va pishloqda ko‘p uchraydi.
Vitamin A qorong‘ilikda ko‘rishni ta ‘minlaydigan rodopsin biosintezi uchun zarur.
Rodopsin ko‘z to‘r pardasidagi tayoqchalaming yorug‘likni sezuvchi pigmenti
hisoblanadi. Yorug‘lik tushishi natijasida pigment parchalanib, nerv impulslari hosil
bo‘lishini ta’minlaydi. Bundan tashqari, vitamin A epitelial hujayralaming
butunligini saqlaydi, glukokortikoidlar, xolesterin sintezi va tana o‘sishi uchun zarur.
Vitamin A yetishmasligida shabko‘rlik (gemerolopiya), ko‘z pardasining qurib
qolishi (kseroftalmiya) holatlari yuz beradi. A vitaminli oziq-ovqat ko‘p iste’mol
qilinsa, surunkali zaharlanish sodir bo‘lishi mumkin. Bunda ishtahaning buzilishi,
ko‘ngil aynishi, qusish, qorin va bosh og‘rig‘i, teri va shilliq pardaning qurib qolishi,
kamqonlik alomatlari kuzatiladi. Vitamin A va uning preparatlari shabko‘rlikda,
kseroftalmiyada beriladi. Undan tashqari, tananing kasalliklarga chidamliligini
oshirish uchun hamda uning o‘sishini ta’minlash maqsadida ham tavsiya etiladi.
Vitamin D. (Ergokalsiferol, xolekalsiferol). Tabiatda vitamin D ning bir necha xiii
uchraydi (D" D2 , D), D4 , D5 ). Bulardan D2 (ergokalsiferol) va D) (xolekalsiferol)
fiziologik jihatdan ahamiyatga loyiq. Vitamin D) terida ultrabinafsha nurlari ta’sirida
(quyosh nuri, kvars) passiv shaklda (provitamindan) hosil bo‘lishi mumkin. Vitamin
D ning tana tarkibidagi asosiy funksiyasi kalsiy va fosfor almashinuvini
boshqarishdan iborat. Uning ta ‘sirida kalsiy va fosfoming ichakdan so‘rilishi ortadi,
qonda suyak to‘qimasi uchun zarur bo‘igan fosfat kalsiyning doimiy miqdori
ta’minlanadi. Vitamin D miqdorining yetishmasligi yosh bolalarda raxit kasalligini
keltirib chiqaradi, buning oqibatida suyaklanish jarayoni sekinlashadi, bolaning
o‘sishi va taraqqiy qilishi susayadi, bola injiq, nimjon bo‘lib qoladi. Vitamin D
preparatlari, asosan, raxit kasalligining oldini olish va bemorlami davolash
maqsadida ishlatiladi. Vitamin D ko‘proq baliq moyida uchraydi. Uning yog‘li va
spirtli eritmalari mavjud.
Vitaminlarning tasnifi
Harfti belgisi
Kimyoviy nomi
Preparatlari
Zarur miqdori
Yog‘da eruvchilar
A
D
E
K
Akseroftol. Retinol
Retinol Ergokalsiferol
Vikasol
Tokoferol
Retinol atsetat, baliq
moyi 1,5-2 .D
Ergokalsiferol
Vikasol
Tokoferol atsetat,
1,5-2 .
(5000-6500
0,0125 (500
15
Suvda eruvchilar
B1
B2
B6
BC
B12
PP
C
B15
P
«U»
Tiamin Tiamin xlorid
Riboflavin B6
Piridoksin
Folat kislota B. 2
Sianokobalamin
Nikotin kislota amidi
Askorbin kislota B. 5
Pangamat kislota P
Rutin
Tiamin bromide
Riboflavin
Piridoksin gidroxlorid
Folat kislota
Sianokobalamin
Nikotin kislota
nikotinamid
Askorbin kislota
Kalsiy pangamat
Rutin
2
1,5-2
2
2
0,001-0,00
15-20
70-100
100-300
100-200
300-500
Metilmetioninsulfoniy
xlorid
Metilmetioninsulfoniy
xlorid
Gipervitaminoz holatida qon tomirlarida, buyrakda, miokard va boshqa
a’zolarda kalsiy yig‘iladi. Bu holda tarkibida kalsiyni kam saqlagan oziq-ovqat, ko‘p
miqdorda suv iste’mol qilish tavsiya etiladi. Vitamin E (alfa tokoferol). Ushbu
vitaminning tana uchun ahamiyati jonivorlar ustida o‘tkazilgan tajribalar davomida
aniqlangan. Vitamin E yetishmasligi natijasida hayvonlaming urchish qobiliyati
buziladi. Erkak hayvonlarda urug‘ - spenna ishlab chiqarish to‘xtaydi. Homilalik
davrida esa homilaning taraqqiy qilishi sekinlashadi. Urchitilgan tuxum
hujayrasining implantatsiyasi (bachadon devoriga yopishishi) buziladi. Shu bilan bir
qatorda mushaklarda degenerativ o‘zgarishlar yuz beradi, yurak faoliyati,
miokardning qisqarish qobiliyati zaiflashadi. Hozirgi ma’iumotiarga qaraganda,
vitamin E tabiiy antioksidant hisoblanib, to‘yinmagan yog‘ kislotalarini, vitamin C
va provitamin A ning o‘z holicha oksidlanishini bartaraf etadi. Bundan tashqari, u
mitoxondriy tarkibiga kiradi va fosforlanib, oksidlanish jarayonida qat245 nashadi
degan fikrlar ham bor. Tokoferol ko‘katlarda, o‘simlik moyida ko‘proq, tuxum, sut,
go‘shtda kamroq bo‘ladi. Tokoferol asosan mushaklar distrofiyasida, bepushtlikda,
antioksidant sifatida esa stenokardiya, ateroskleroz, revmatik artrit kasalliklarida
beriladi. Vitamin K (antigemorragik vitamin). Ushbu vitamin qon ivishini
ta’minlaydigan omillardan biri bo‘igan protrombinning jigarda sintezlanishi uchun
zarur. Vitamin K asosan har xii ko~katlarda, karam, pomidor va boshqalarda
uchraydi. Ichak mikroflorasida vitamin qisman hosil bo‘ladi. Gipo- va avitaminoz
holati vitaminning ichakdan so‘rilishi jarayonining buzilishi natijasida ro‘y beradi.
Bunday holatning sababi ko‘proq ichakda o‘t kislotasi yo‘qligidadir. Gipo-
avitaminoz qon ivishining buzilishi va qon ketishi biIan xarakterlanadi. Sun’iy yo‘l
bilan olingan vikasol preparati faqat qon ketishida berilmasdan, balki qon ketishining
oldini olish maqsadida ham jarrohlik amaliyotidan oldin ishlatiladi.
Suvda eruvchi vitaminlar Bu guruhga asosan vitamin B kompleksiga taalluqli
vitaminlar kiradi. Vitamin B, (tiamin). Tiamin dukkakli va boshoqli o‘simliklarda
(no‘xat, loviya, suli), har xii mevalarda va hayvon mahsulotlarida uchraydi.U
ichakdan oz miqdorda so‘riladi. Ishqoriy muhitda parchalanadi. Tiamin
so‘rilganidan soOng A TF yordamida fosforlanadi va fiziologik faol tiaminning
pirofosfor
efiriga
(kokarboksilazaga)
o‘tib,
pirouzum
kislotaning
karboksillanishinUa’minlaydi. Bundan tashqari, u q~vvat almashinuvida (a-
ketoglutar kislotaning karboksillanishidli) qatnashadi. Shuning uchun yurak
faoliyatida, mushaklar qisqarishida va nerv to‘qimasi uchun ushbu vitaminning
ahamiyati katta hisoblanadi. Vitamin BI ning yetishmasligi natijasida, birinchi
navbatda, karbonsuv almashinuvi buzilib, tanada sut kislota, pirouzum kisIota yig‘ila
boradi. Bu esa yurak, markaziy va periferik nerv tizimi faoliyatining buzilishiga olib
keladi. Avitaminozning og‘ir turlarida beri-beri yoki polinevrit kasalligi yuzaga
chiqadi. Bunda yarim yoki to‘la falajlik, mushaklar atrofiyasi, yurak va me’da-ichak
faoliyatining izdan chiqishi kuzatiladi (46- rasm). Tiamin tana uchun bezarar vitamin
hisoblanadi, lekin ayrim hollarda ko‘ngil aynishi, bosh aylanishi kabi nojo‘ya
alomatlarda ifodalanuvchi allergik holatga sababchi bo‘ladi. Tiamin katta dozalarda
qon bosimini keskin tushirib, shok holatini berishi mumkin. Tiamin bromid preparati
markaziy va periferik nerv tizimi jarohatlanganda yoki kasallangimida,
miokardiodistrofiyada, homiladorlikda, og‘ir jismoniy mehnat bajarilganida va
zaharli moddalar bilan zaharlanishda tavsiya etiladi. Vitamin B~ (riboflavin). U
ko‘proqjigar, buyrak, go‘sht, tuxum, sut va ko‘katlarda uchraydi. Riboflavinning
faol turi fosforlanish bilan hosil bo‘ladi. Uning tarkibiga flavinmononukleotid va
flavinadenindinukleotid kiradi. Ular vodorod atomini tashishda, karbonsuv,
aminokislota va boshqa metabolitlarning oksidlanishida qatnashadi. Gipo- va
avitaminoz holati stomatit, glossit, dermatitcVaOOshqa alomatlar bilarr-ifodatanadi:
Bu hollarda riboflavin preparati yoki tarkibida ushbu moddani saqlovchi oziq-ovqat
mahsulotlari tavsiya etiladi.
Preparatlar: Yog‘da eruvchi vitaminlar: Retinol atsetat (Retinoli acetas). Trans-9, 13-
dimetil-7 (l, I,5-trimetil siklogeksen-5-il-6)- nonatetran-7-9, II, 13-ola-I5 atsetat. I
mg (3300 XB) dan draje, 33000 XB dan tabletka; 0,05 g/33000 XB va 5000 XB dan
kapsulada yog‘li eritma holida chiqariladi. 3,44 % (1 00000 XB) va 1,72 % Ii (50000
XB) yog‘li eritmasi 1 ml dan inyeksiya uchun chiqariladi. Retinol palmitat (Retinoli
palmitas). 5,5 % Ii (1 ml da 100000 XB) yog‘li eritma hoI ida 1 0 ttll~dan1lakol1lla
chiqaritadt:rwyurlttshi: drajeva tabletkalariprofilaKtika uctrnn ichiladi. Davo uchun
inyeksiya qilinadi. 249 Ergokalsiferol (Ergocalciferolum). 2, 4-metil-9, 10-
sokexolesterin-5, 7, 10 (19), 22-tetraen3-V -01. 500 XB (massasi 0,5 g) dan draje
shaklida, spirtli eritmasi (I ml da 200000 TB) flakonda 5 ml dan, yog‘li 0,125 % Ii
eritmasi (50000 XB I ml da) flakonda 10 ml dan, yog‘li 0,0625 % Ii eritmasi (25000
XB I ml) flakonda 10 ml chiqariladi. Buyurilishi: raxitning oldini olish uchun 0,0125
mkg (500 XB), davo uchun 10000-15000 XB dan kuniga bir marta 1-2 oy davomida
ichiladi. Tokoferol atsetat (Tocopheroli acetas). 6-atsetoksi-2-metil-2 (4, 8, 12-
trimetiltratsedil) xroman. 5 %, 10 % va 30 % Ii yog‘li eritmasi 20 ml dan flakonda
chiqariladi. 0,2 g dan kapsulada, 5-10 % va 30 % Ii eritmasi 1 ml dan ampulada
chiqariladi. Buyurilishi: ichish uchun 15-100 mg kuniga, aterosklerozda 100 mg dan
bir kecha-kunduzda. Vikasol (Vicasolum). 2, 3-digidrol-2-metil-l, 4-naftoxinon-2-
sulfonat natriy. 0,015 g dan tabletka holida, 1 % Ii eritmasi 1 ml dan ampulada
chiqariladi. Buyurilishi: 0,015-0,03 g dan kecha-kunduzda ichish uchun, mushaklar
orasiga 0,01-0,015 g dan yuboriladi. Yuqori dozasi kattalar uchun: ichish uchun bir
martalik 0,015 g, kecha-kunduzlik 0,03 g. Suvda eruvchi vitaminlar: Tiamin bromid
(Thiamini bromidum). 4-metil-5 (-oksietil (2 metil-4-amino-5-metilpirimidil)
tiazoliy bromid. 0,0026 g dan tabletkada, 3-6 % Ii eritmasi 1 ml dan ampulada
chiqariladi. Buyurilishi: ichish uchun 0,00258-0,00645 g dan profilaktika uchun,
davolash uchun 0,00645- 0,00129 g dan kuniga 1-3 marta, 3-6 % Ii eritmadan 0,5-1
ml kuniga 1 marta mushaklar orasiga yuboriladi. Riboflavin (Riboflavinum). 6, 7-
dimetil-9-(D-I-ribitil) izoalloksazin. 0,01 g dan tabletka holida chiqariladi.
Buyurilishi: 0,005-0,01 g dan kuniga, avitaminozning og‘ir turlarida 0,01 g dan
kuniga 3 marta khiladi. Piridoksin gidroxlorid (Pyridoxini hydrochloridum). (2-
metil-30ksi-4, 5-di-( oksimetil)-piridin gidroxlorid. 0,002 g, 0,01 g dan tabletka
holida, 1 %-5 % Ii eritmasi I ml dan ampulada chiqariladi. Buyurilishi: 0,02-0,05 g
kuniga 1-3 marta ichish uchun, mushak orasiga va 1 %, 5 % Ii eritmasi 1-2 ml dan
teri ostiga yuboriladi. Nikotin kislota (Acidum nicotinicum). Piridinkarbon-3-
kislota. 0,05 g dan tabletka holida, 1 % Ii eritmasi 1 ml dan ampulada chiqariladi.
Buyurilishi: profilaktika uchun 0,005-0,02 g dan, davo uchun 0,1 g dan 2-3 marta
ichiladi. 1 % Ii eritmasi I ml dan mushaklar orasiga yuboriladi. Folat kislota (Acidum
folicum). N- {4-(2-amino-4-oksi-6-pteridil)-metil]-amino} -benzoilL (+)-glutamin
kislota. 0,00 I g dan tabletka hoi ida chiqariladi. Buyurilishi: 0,0005-0,00 I g dan
kuniga 1-2 marta ichiladi. Sianokobalamin (Cyanocobalaminum). Murakkab
tuzilishli kobalt saqlaydigan birikma. I ml da 30 rnkg, 100 mkg, 200 mkg va 500
mkg dan ampulada chiqariladi. 0,00005 g sianokobalamin va 0,0008 g folat kislota
saqlagan tabletka holida chiqariladi. Buyurilishi: 100-200 rnkg dan kunora,
kamqonlikning og‘ir shakllarida 400-500 mkg dan mushaklar orasiga inyeksiya
qilinadi. Askorbin kislota (Acidum ascorbinicum). y-Iaktat-2, 3-degidro-a-gulon
kislota. 0,5 g kukun, draje, 0,05 g tabletka holida (ovqatga sol ish uchun), 0,05 g dan
draje, 0,025 g tabletka holida 250 bolalar uchun glukoza bilan 5 % Ii eritmasi 1,5 ml
dan, 10 % Ii eritmasi I, 2, 5 ml dan ampulada chiqariladi. Buyurilishi: profilaktika
uchun 0,05-0, I g dan kuniga I marta. Davo muolajasi sifatida 0,05-0,1 g dan kuniga
3-5 marta ichish uchun. Inyeksiya uchun 5 % Ii eritmasi 1-2 ml dan buyuriladi.
Kalsiy pangarnat (Ca\Cii pangamas). Glukonat kislota kalsiy tuzlari aralashmasi.
0,05-0,1 g dan tabletka holida chiqariladi. Buyurilishi: 1-2 tabletkadan 3-4 mahal
ichiladi. Davolash kursi 30--40 kun. Vitamin P. Rutin. (Rutin urn}. 0,02 g dan
tabletka holida chiqariladi. Buyurilishi: I tabletkadan 2-3 mahal ichiladi.
Rp,: Acidi ascorbinici 0,1
Sol. Glucosae 40% —10,0
D. t. d. N. 10 in ampul.
S. Venaga 10 ml dan yuboriladi.
Rp.: Acidi ascorbinici 0,2
Thiamini bromidi 0,02
Riboflavini 0,003
Glucosi 0,5
M. f. pulv.
D. t. d. N. 30
S. Kuniga 3 mahal 1 poroshokdan ichiriladi.
Rp.: Calciferoli 20,0
D. S. Jarohatlarga quyiladi.