Vitaminlar o’rganish uslublari
Vitaminlar va ularning modda admashinuvidagi roli. Vitaminlar yoki odamlar
va hayvonlar oziqlanishi uchun zarur bo’lgan organik birikmalar guruhidir.
Hozirda 50-dan ortiq vitaminlar mavjudligi aniqlangan. Ma’lumki, moddalar
almashinuvining boshqarilishi uchun, juda kam miqdordagi vitaminlar talab
etiladi, lekin ular hyech qanday energetik ahamiyatga ega emas. Ularning ham
organizmdagi roli xuddi fermentlar va garmonlardagidek, bunday deyilishga
asosiy sabab juda ko’plab vitaminlar fermentlar tarkibiga kiradi.
Vitaminlarsiz hayotning bo’lishi mumkin emas, shu sababli ularning tinimsiz
ravishda organizmga tushib turishi zarur va ular u yerda juda tez parchalanadi.
Vitaminlarning asosiy manbai – eng avvalo o’simliklar dunyosi ozuqalari
hisoblanadi, lekin ular baliqlar va go’shtli mahsulotlarda, sut, tuxumlarda ham
mavjuddir.
Iste’mol
qilinayotgan
ovqatlar
tarkibida
vitaminlar
bo’lmaganida
organizmda funksiyalarning buzilishi va kasalliklar yuzaga keladi va ular
avitaminozlar deb ataladi. Singa, raxit, juda ko’plab asablarning yallig’lanishi,
qon quyilishi, o’sishning to’xtashi va hakazolar avitaminozlar tufayli yuzaga
keladi.
Oziqlar tarkibidagi vitaminlar yetarlicha bo’lmaganida yoki ularning miqdori
mutadil holda bo’lganida ham organizmning vitaminga bo’lgan talabi ortganida
gipovitaminoz yuzaga keladi, bunday hollarda organizmning ish qobiliyati
pasayib ketadi va kasalliklarga chalinishga moyil bo’lib qoladi. Ayrim vitaminlar
noqulay omillar ta’sirida juda tez parchalanib ketadi, shu sababli, organizm ularga
taqchillik sezishi mumkin va bunday holatlarni vitaminlarga boy ovqatlar
saqlanish va tayyorlanish paytlarda vitaminlari parchalanib ketgan hollarda ham
kuzatish mumkin.
Vitaminlar ikki guruhga bo’linadi; a) suvda eruvchi; B1, B2, B3, B4, B5, B6,
B12, B15, H, inozit, folat kislotasi, pantoten kislotasi, PP, C, P va b) yog’da
eruvchi; A, D, E, K.
Yog’da eruvchi vitaminlar.
Vitamin A (retinol, akseroftal, antikseroftalmik vitamini)- o’sish, rivojlanish,
antiinfektsion, teri, ko’z, jinsiy faoliyat vitamini va hokazo. Bu vitamin kimyoviy
tuzilish jihatidan to’yinmagan, bir atomli, siklik spirt bo’lib, kislorod ishtirokida
ancha tez parchalanib ketadi. Hayvon organizmida vitamin A o’simliklarda
bo’ladigan pigment modda-karotindan hosil bo’ladi. Demak, karotin A vitaminning
provitaminidir, tabiatda juda ko’p turli xil karotinoidlar uchraydi. Karotinning
ko’pincha uch xil ko’rinishi mavjud alfa, beta, gamma.Odam va hayvonlar ichagi
devorining shilliq pardasida, jigarida, sut bezida karotindan karotinaza fermentining
ta’sirida A vitaminga aylantiriladi. A vitaminning kriptoksantin degan yana bir
provitamini aniqlangan, bu ham o’simliklarda bo’ladi.
Turli hayvonlar organizmining karotinga bo’lgan sutkalik ehtiyoji, 1kg. tirik
vazniga nisbatan mg. hisobida: otlar 15-20, bug’oz sigirlar 30-40, sog’in sigirlar 20-
30, nasldor buqalar 40-50, olti oygacha bo’lgan buzoqlar 20-30, cho’chqa bolalari
25-30, bug’oz cho’chqalar 20-30, bolasini emizadigan ona cho’chqalar 30-35,
onasidan endi ajratilgan nasldor erkak cho’chqalar 30-35, qo’ylar 20-30, bir
yoshgacha bo’lgan qo’zilar 20-25 kg tashkil etadi. Hayvonlar bahor paytida yoki
umuman ko’k o’tloqlarda haydab boqilganda organizmi karotin bilan to’la
ta’minlanadi. Karotin jigarda zahira holda yig’ilib, karotin yetishmagan paytda
organizmni uch-to’rt oy davomida ta’minlab turishi mumkin. Karotinning hayvonlar
organizmida yetishmasligi odatda qishning oxirlariga kelib kuzatiladi. Ammo
sigirlar silosli oziqalar bilan yaxshi ta’minlab turilsa, organizmda karotin kamchiligi
umuman kuzatilmaydi. Chunki oziqalar to’g’ri yaxshi siloslanganda tarkibidagi
karotin parchalanib ketmaydi, buzilmaydi. Vitamin A ning yetishmasligi kasallikka
olib boradi va avitaminoz deb shunga aytiladi. Bu vaqtda organizmda umuman
avitaminozlar uchun xos bo’lgan o’zgarishlar; uning o’sishdan qolishi,
rivojlanishining susayishi, turli infeksion kasalliklarga chidamsizlik kabi belgilar
(simptomlar) paydo bo’lishi bilan birgalikda avitaminoz A uchun xos bo’lgan
xususiy belgilar, jumladan, ko’z muguz pardasining qurib qolishi, ya’ni
kseroftalmiya, so’ngra uning yumshab nekrotik yemirilishi-keratomalyatsiya
kuzatiladi. Kasallik yana ko’chaysazuraysa, ko’z ko’r bo’lib qoladi. Teri va shilliq
pardalarda ham o’zgarishlar kuzatiladi, namligi yo’qolib ular orqali organizmga
mikroblarning kirishi yengillashadi. Avitaminoz A ning dastlabki belgilaridan biri
ko’zning turli darajada yorug’likka moslashish qobiliyatining yo’qolishidir. A
vitamin ko’zning ko’rish uchun zarur bo’lgan modda ko’z purpurining tarkibiga
kiradi. Rodopsin deb atalgan bu pigment A vitaminning aldegid shaklining opsin
nomli oqsil bilan bergan kompleksi bo’lib, ko’z to’r pardasining yorug’lik
retseptorlaridan (fotoretseptorlardan) biri tayoqchalarda joylashgan. A vitamin
yetishmaganda to’r pardada rodopsin miqdori kamayadi, oqibatda g’ira-shira
yorug’likda ko’z ko’rolmaydi-shapko’rlik (gemerolopiya) paydo bo’ladi. Bundan
tashqari, avitaminoz paytida urg’ochi hayvonlarda bola tashlash, erkak hayvonlarda
jinsiy moyillikning pasayishi kabi hollar ham kuzatiladi. Cho’chqalarda
avitaminozning belgilari A vitaminning yetishmagan vaqtidan boshlanib, 6-8 hafta
o’tgandan keyin avjiga chiqadi, otlar, qo’ylar, echkilarda ko’proq, ya’ni 12-21 hafta
o’tgandan keyin paydo bo’la boshlaydi. Vitamin A hayvon yog’larida, jigarda,
ayniqsa, ayrim baliqlarning jigarida ko’p bo’ladi. Ko’k o’tlarda karotin anchagina
ko’p bo’ladi, lekin o’tlar noto’g’ri quritilganda tarkibidagi karotin yo’qoladi.
Shuning uchun pichan, bedalarni va boshqa ko’k o’tlarni to’g’ri quritish, ya’ni o’z
vaqtida tez yig’ib olish kerak.
1-jadval
Turli oziqlar tarkibidagi karotin miqdori (1kg. oziqada, mg. xisobida)
№
Oziqlar
Karotin(mg.)
1.
Sun’iy pichanzorlar pichani
45-115,0
2.
Tabiiy pichanzorlar pichani
60,0
3.
Xashaki sabzi
0,7-2,0
4.
Qizil sabzi
75-256,0
5.
Makkajuhori silosi
19-37,0
6.
Kungaboqar kunjarasida
2,3-2,6
7.
Qishda sog’ilgan sigirlar suti
0,4-1,8
8.
Yozda sog’ilgan sigirlar suti
3,5-4,5
D-vitamin (kalsiferol, antiraxitik). D-vitaminning bir-biriga o’xshash 10 ga
yaqin birikmalari mavjud. Ammo shulardan ikkitasi sut emizuvchilar organizmida
kalsiy va fosfor almashinuviga ta’sir qilib katta rol o’ynaydi. Bular vitamin D2 va D3
dir. D2 vitamin (ergokalsiyferol). Ultrabinafsha nurlarning ta’sirida o’simliklardagi
ergosterin provitamin pigmentidan hosil bo’ladi. D3 vitamin (xolekalsiyferol)
organizmda quyosh nuri ta’sirida xolesterindan sintezlanishi mumkin. Bu vaqtda
oraliq modda sifatida 7-digidroxolesterin paydo bo’ladi. Bu modda vitamin D3 ning
provitamini deyiladi. Hayvonlar organizmida har ikkala vitaminning ta’sir qilishi
bir-biriga yaqin.
Pichan quritish vaqtida o’simlik tarkibidagi ergosterinning ozroq qismi quyosh
nurlari ta’siri bilan D2 vitaminga aylanishi mumkin. D vitaminning manbai esa ayrim
baliqlarning jigari hisoblanadi.
D-guruh vitaminlari ingichka ichaklar devori orqali o’t suyuqligi ishtiroki bilan
so’riladi. D vitaminning asosiy funksiyasi ichak devori orqali kal’siy va fosforning
so’rilishini tezlashtirib, organizmda suyaklanish jarayonlariga ta’sir qilishdan iborat.
Ozuqa tarkibidagi kalsiy va fosfor miqdori o’zaro to’g’ri nisbatda bo’lgandagina D1
vitamin ularning so’rilishi va almashinuviga ta’sir qila oladi. Yosh, o’sayotgan
hayvonlar organizmi vitamin D ga ayniqsa muhtoj, bu vitamin yetishmasligi
oqibatida raxit kasalligi kelib chiqadi. Raxit kasalligiga suyak va tog’aylarda yyetarli
miqdorda kalsiy yetishmay qolishi natijasida organizmda suyaklanish jarayonlari
buziladi. Oqibatda suyaklar bo’shashib yumshashadi, og’irlik ta’sirida egiluvchan
(deformatsiyalanuvchan) bo’lib qoladi. Oyoqlar egilib, majruh shaklga kiradi.
Suyaklarning shu tariqa yumshab qolishi osteomalyatsiya deyiladi. Qonda kalsiy
kamayib, suyaklanish jarayonlarida katta ahamiyatga ega bo’lgan fosforli kalsiy
tuzlarining yetishmasligi kuzatiladi. Raxit paytida hayvon o’sishdan qoladi,
anemiya-kamqonlik, ishtahaning yo’qolishi kabi hollar kuzatiladi. Yozda
organizmning
D
vitaminga
bo’lgan
ehtiyoji
hayvonlar
terisidagi
7-
degidroxolesterinning quyosh nuri ta’sirida D3 vitaminga aylanishi tufayli qisman
qoplanadi. Shu sababli D vitaminga muhtojlik asosan qishda, hayvonlar qorong’i
joyda boqilganda, quyosh nuri kamayganida kuzatiladi. Qishloq xo'jalik
hayvonlarining D vitaminga bo’lgan sutkalik talabi 100kg. tirik vazniga nisbatan
olganda 500-1500mg. halqaro birlikka teng. Parrandalar tuxumga kirgan davrda
ularga D vitamin juda zarur. D vitamin organizmga haddan tashqari ko’p kiritilsa,
unga zaharli ta’sir qiladi. Ayni vaqtda suyaklar haddan ortiq ohaklanib ba’zi ichki
organlarda ham ohak to’planadi.
2-jadval
Turli oziqalardagi D vitamin miqdori (1kg.ozuqada, halqaro birlik hisobida)
№
Ozuqalar
Vitaminning miqdori
1.
Pichan(quyoshda quritilgan)
550
2.
Makkajuhori silosi
1600
3.
Treska balig’ining jigari
100000
4.
Ko’k o’t
0
5.
Nurlatilgan o’simlik moyi
1,5mln.
6.
Yog’i olinmagan sigir suti
10
7.
Qon uni
600
8.
Baliq uni
100
Eslatma: bir xalqaro birlik- 0,025mg. toza D vitaminga teng.
E-vitamin(tokoferol, ko’payish vitamini), bu vitamin birinchi marta 1944 yilda
Emerson va Evanslar bug’doy doni murtag’ining sovunlanmaydigan fraksiyasidan
ajratib olganlar va tokoferol deb nomlaganlar( tokoyebola-nasl, tug’ish-phera, olib
boraman, tashiyman degani). Hozirgi vaqtda bu vitaminning uch xili ma’lum: alfa,
beta, delta tokoferol. Bularning ichida alfa tokoferol aktivroqdir. Bu vitamin tabiatda
o’simlik va hayvonlar organizmida keng tarqalgan bo’lib, turli tashqi ta’sirlarga,
jumladan qizdirishga chidamlidir. Tokoferolga ko’p o’simliklar boy, ayniqsa
bug’doy urug’ining murtagida tokoferol ko’p. Hayvonlarning organizmida E-
vitamin jigarda, yog’ to'qimalarida, o’pkada, taloqda to’planadi. Tokoferol oziqa
tarkibida yetishmasa, organizmda uning kamchiligi tufayli kuzatiladigan dastlabki
belgilar bir oylardan keyin bilina boshlaydi. Jumladan, hayvonlarning ko’payish
funksiyalari izdan chiqa boshlaydi. Bola ona bachadonida so’rilib ketadi. Erkak
hayvonlar urug’donlarida spermatozoidlarning hosil bo’lish jarayoni izdan chiqadi,
kasallik ancha zo’rayib ketsa, spermatozoidlar mutlaqo hosil bo’lmay qo’yishi
mumkin. Parrandalarda tuxum qo’yish kamayadi, tuxum ichidagi embrion o’ladi. E-
vitamin organizmda oksidlanish-qaytarilish reaksiyalarida ishtirok etadi. Markaziy
asab tizimi jigar, biriktiruvchi to’qimalarning faoliyati ham ma’lum darajada E-
vitaminga bog’liq. Hayvonlarning E-vitaminga bo’lgan bir kecha kunduzlik talabi
quyidagicha: (xalqaro birliklar xisobida) buzoqlarda-20-30, sigirlarda-100,
cho’chqalarda-50-100. Parrandalarning iste’mol qilayotgan 1kg. quruq oziqasiga 15-
30 E-vitamin bo’lishi kerak.
K-vitamin, antigemorrogik. O’zining aktivligi bilan bir-biridan farq qilib ikki
xilda uchraydi. Vitamin K1-filloxinon va vitamin K2-farnoxinon. Bu vitamin
organizm uchun katta ahamiyatga ega bo’lib, organizmda qon ivishiga ta’sir qiladi,
ular organizmda yetishmasa qon ivish jarayoni uchun zarur bo’lgan protrombin
oqsilining miqdori kamayadi, ya’ni uning jigarda sintezlanishi sekinlashadi, bundan
tashqari qon ivish jarayonida ishtirok etadigan boshqa bir qator oqsillar jigarda
sintezlanmay qo’yadi. Oqibatda qon ivish jarayoni buziladi, teri ustiga qon qo’yiladi,
gemorragiya deb shunga aytiladi. K vitamin oraliq almashinuvda ham ishtirok etadi
va nafas olish, organizmdagi fosforlanish jarayonlariga ta’sir qiladi.
K-vitamin o’simliklarning ko’k qismlarida, meva-poliz ekinlaridan pomidorda,
yung’ichkada, ismoloqda uchraydi. Sut emizuvchi hayvonlarning K-vitaminga
bo’lgan ehtiyoji ichak florasining faoliyati natijasida qisman qondiriladi. Chunki
ichak tayoqchalari mikroblari ichakda K-vitaminni sintezlaydi. K-vitamin ichak
devori orqali o’t kislotalari ishtirokida so’riladi. Jigar kasalliklari paytida o’tning
ichakka kam chiqarilishi tufayli K-vitaminning qonga so’rilishi buziladi. Oqibatda
K avitaminozi yuz beradi. Organizmda K vitamin jigarda ko’p to’planadi. K vitamin
bakteriyalar, zamburug’lar va turli suv o’tlarining o’sishi uchun ham katta
ahamiyatga ega.
Suvda eruvchi vitaminlar.
Suvda eriydigan vitaminlar qatoriga B-guruhining kompleksi, C,PP va P
vitaminlari kiradi. C-vitamin yoki askorbin kislota qon tomirlari devorlarining
o’tkazuvchanligi va mo’rtligini kamaytiradigan, P-vitamin, ya’ni sitrin yoki flavon
deb ataluvchi omil bilan birga uchraydi va fiziologik ta’siriga ko’ra unga yaqin
turadi. B-vitaminlar guruhining kompleksiga bir qancha vitaminlar va vitaminlarga
o’xshash omillar kiradi. Chunonchi: tiamin (B1 vitamin, aneyrin) antinevritik omil.
B2-riboflavin, B3-, B4-,
B6-peridoksin, antidermatit omil,
B12-siankobalamin, xavfli kamqonlikka qarshi omil, tarkibida kobalt
mikroelementini saqlaydi,
Bk-karnitin, PP-nikotin kislota, antipellagrik omil, H-biotin,
Pantotenat kislota, Paraaminobenzoat kislota, Folat kislota, Lipoat kislota
inozit, xolin va boshqalar.
Bu vitaminlarning kimyoviy tuzilishi va fiziologik ahamiyatlari bir xil emas.
Ularning har biri alohida vitamin deb qaraladi. Hayvonlar organizmida, ayniqsa
o’txo’r hayvonlarda mikroorganizmlar ishtirokida B vitamin kompleksining ayrim
vakillari sintezlanadi. Jumladan, pantotenat, folat kislotalar, piridoksin, vitamin B6
shular jumlasidandir va hokazo. Cho’chqalar, itlar, mushuklar va qo’ylar B guruh
vitamini kompleksining yetishmasligiga ayniqsa sezgirdirlar. B-vitaminlarining
hammasi o’z tarkibida azot saqlaydi. Vitamin B1,( tiamin) tarkibida oltingugurt
(yunoncha “tio” oltingugurt) va amino guruh (NH2) bo’lganligi uchun tiamin deb
ataladi. Toza holda suvda yaxshi eriydigan, rangsiz, ignasimon shakldagi kristallar
bo’lib, o’ziga xos hidi bor. Bu vitamin pirimidin va tiazollardan sintezlanadi. Tiamin
quruq pivo achitqisi, hamirturushda, donli o’simliklarning urug’ murtagida, dukakli
donlarda, yong’oqda, non, ayniqsa, qora nonda yetarli miqdorda mavjuddir. Hayvon
mahsulotlaridan go’shtda, buyrakda, jigarda, miyada va tuxum sarig’ida ko’p
uchraydi. Vitamin B1 organizmda moddalar almashinuvi jarayonida ishtirok etuvchi
kokarboksilaza fermentining tarkibiga kiradi. Bu ferment uglevodlar almashinuvida
ayniqsa katta rol o’ynaydi. Organizmda uglevodlar almashinuvi jarayonida asosiy
ahamiyatga
ega
bo’lgan
pirouzum
kislotasining
karboksillanishi
va
dekarboksillanishi ana shu fermentga bog’liqdir. Bu vitamin yetishmaganda
organizmning to’qimalarida, ayniqsa miyada pirouzum kislota to’planib qoladi. Shu
bilan birga kamroq darajada bo’lsa ham B1 vitamin organizmda oqsil, yog’,
xolesterin, mineral moddalar va suv almashinuvida ishtirok etadi, degan dalillar ham
mavjud. Nerv to’qimalarida uglevodlarning almashinuvi ancha jadal sodir bo’lishi
tufayli bu vitamin organizm nerv faoliyatiga katta ta’sir ko’rsatadi. Bu vitaminning
yetishmasligi natijasida organizmda periferik nerv tolalari yallig’lanib, degenerativ
o’zgarishlarga uchrashi bilan ta’riflanadigan beri-beri (polinevrit) kasalligi kelib
chiqadi. Beri-beri organizmda umumiy holsizlik, yurak faoliyatining izdan chiqishi,
oyoqlarda og’riq turishi, ishtaha yo’qolishi kabi umumiy belgilar kuzatiladi.
Keyinchalik tananing turli qismlari falaj bo’lib qoladi.Odam va hayvon ozib ketadi.
Organizmda suv almashinuvi buzilib, shishlar paydo bo’ladi. Muskullarda, shilliq
pardalarda degenerativ o’zgarishlar ro’y beradi. Ichki sekretsiya bezlari, hazm
organlari, yurak-tomir tizimlarining faoliyati buziladi. B1 vitamin nerv
mediatorlarining faoliyatida ham katta ahamiyatga ega. Uning kamchiligi natijasida
xolin-esteraza fermentining ta’siri oshib, atsetilxolinning parchalanishi tezlashadi.
Kavsh qaytaruvchi hayvonlar B1 vitaminga kamroq ehtiyoj sezadi, chunki odatda
ularning me’da oldi bo’lmalaridagi mikroorganizmlar bu vitaminni sintezlaydi.
Tiamin kislotali muhitga chidamli, biroq 1200 gacha qizdirilsa, parchalanadi. Turli
hayvonlarning B1 vitaminga bo’lgan ehtiyoji turlichadir. Masalan,80-100kg.lik
cho’chqalar uchun bu ko’rsatkich 5-6mg.ni tashkil qiladi. Otlarning tiaminga
bo’lgan sutkalik ehtiyoji 100kg. vazni uchun 3-5mg.ni tashkil qiladi. Parrandalar
iste’mol qilayotgan har bir kg. quruq ozuqa tarkibida 1,8-2mg tiamin bo’lishi kerak.
Tiaminga bo’lgan ehtiyoj hayvon ish bajarganda, mahsulot berganda (sut,
bo’rdoqida) oshadi.
3-jadval
Ozuqalar tarkibidagi tiamin miqdori (1 kg.ga mg. hisobida).
№
Ozuqa
Tiamin miqdori
1.
Arpa
6,0
2.
Suli
7,5
3.
Dukakli donlar
4,7
4.
Quruq pivo achitqisida
69,0
5.
Bug’doy urug’ining murtagi
25,1
6.
Qaymog’i olinmagan sut
0,4
7.
Beda uni
3,0
8.
Kartoshka
1,5
9.
Karam
1,7
Vitamin B2 (riboflavin, laktoflavin). Bu sariq-yashil tusli, ignasimon, suvda
yaxshi eriydigan kristallar bo’lib, tabiatda juda keng tarqalgandir. Flavinlar deb
ataladigan shu modda tabiiy pigmentlar jumlasiga kiradi. Flavinlardan sut tarkibida
uchraydigan pigment-laktoflavin mavlud. Bu birikma tarkibida 5 uglerodli ribitol
spirti bo’lganligi uchun riboflavin ham deyiladi. Shu moddaning vitamin B2 bilan bir
xil ekanligini isbotlab berish mumkin bo’ldi. Demak, riboflavin bilan B2 vitamini
bitta moddadir. Riboflavin organizmda, muskullarda, jigar, buyraklarda, tuxumda,
sutda bo’ladi. O’simlik mahsulotlarida ham talaygina riboflavin bor. Riboflavin
quruq pivo achitqisi, quritilgan sut, beda unida ayniqsa ko’p.
Riboflavin ichaklar devorining shilliq pardasida, jigar, buyraklarda va boshqa
to’qimalarda
fosfatlanganidan
keyin vitamin
holatiga
kiradi.
Riboflavin
flavoproteidlar deb ataladigan va organizmda oksidlanish-qaytarilish jarayonlarida
ishtirok etadigan fermentlarning kofermentidir. Shu munosabat bilan riboflavin
organizmda
uglevod,
oqsil,
yog’lar
almashinuvida
ishtirok
etadi,
aminokislotalarning dezaminlanish jarayonlari uchun zarur bo’ladi. Nerv tizimining
faoliyati ham bir muncha darajada riboflavinga bog’liq. Riboflavin yetishmaganda
organizmda nerv tizimi faoliyati buzilib, ko’pincha oyoqlar falaj bo’lib qoladi.
Riboflavin ko’rish jarayoni uchun ham zarur. Me’da shirasi tarkibidagi xlorid
kislotaning hosil bo’lishida ishtirok etadi. Riboflavin organizmda jigar, yurak-
tomirlar tizimi, qon yaratish tizimining faoliyatiga ta’sir ko’rsatadi. U
yetishmaganda hayvonlar o’sishdan qoladi, terisi kasallanib, juni tushib ketadi.
Buzoqlar onasini emish davrida riboflavinni sutdan laktoflavin tariqasida oladi.
Hayvonlarning riboflavinga bo’lgan kech-kunduzlik ehtiyoji quyidagicha:
buzoq, cho’chqalar (100kg. tirik vazniga) 5-10mg., tuqqandan keyin bolasini
emizish davrida 8-16mg., cho’chqa bolalari (tirik vazni 10kg. bo’lganda) 2,5 mg.,
tirik vazni 80-100kg. cho’chqalar esa 6,5mg., parrandalarning iste’mol qilayotgan
1kg. quruq oziqasi tarkibida 0,2mg. riboflavin bo’lishi kerak.
Vitamin B6(piridoksin, adermin). vitamin B6 o’zining tabiati jihatidan bir-biriga
yaqin bo’lgan piridoksin, piridoksal, piridoksamindan iborat. Bu moddalar
organizmda 5-piridoksal-fosfat, ya’ni B6 vitaminga aylanadi. Vitamin B6
aminokislotalarning almashinuvida ishtirok etadigan fermentlarning kofermenti
bo’lib xisoblanadi. Organizmda B6 vitamini buyraklarda, jigarda, muskullarda,
miyada, shuningdek, turli achitqilarda, no’xat va boshqa dukakli o’simliklarda
uchraydi. vitamin B6 kavsh qaytaruvchilarning katta qornida va boshqa o’txo’r
hayvonlarning yo’g’on ichaklarida mikroorganizmlar tomonidan sintezlanadi.
Organizmda bu vitamin oqsillar, yog’lar almashinuvining boshqarilishida ishtirok
etadi. Yog’larning organizmda tashilishi, oksidlanishi va depolarda to’planishi mana
shu vitamin ishtirokida amalga oshiriladi. Shuningdek, bu vitamin glyutamin
kislotaning miya to'qimalarida almashinuvida katta ahamiyatga ega. U ko’z muguz
pardasi regeneratsiyasida va biriktiruvchi to'qimalarning hosil bo’lishida, limfa va
qon yaratish tizimlarining faoliyatida katta ahamiyatga ega. Jigar faoliyatining
mutadil kechishi, me’da sekretor faoliyati uchun ham piridoksin zarur. Bu vitaminga
sutkalik ehtiyoj cho’chqa bolalarida 1-3mg., parrandalarda esa 4,4mg.ga teng.
PP-vitamin(antipellargik vitamin, nikotinamid, niatsin, nikotinat kislota).
Nikotinat kislota rangsiz, suvda va spirtlarda yaxshi eruvchi oq kristallardir.
O’simliklarda erkin nikotinat kislota va birikkan nikotinat kislota uchraydi. Hayvon
organizmining to'qimalarida nikotinat kislota birikkan holatda, ya’ni nikotinat
kislotaning amidlari holatida uchraydi. Nikotinat kislota turli achitqilarda (25-
96mg%) ko’p bo’ladi. Shu bilan birgalikda dukkakli donlar, bug’doy, arpa,
guruchda, hayvon mahsulotlaridan esa jigarda, muskullarda mavjud. Sutda bu kislota
kam, ammo PP-vitaminning ichaklarda sintezlanishi uchun zarur bo’lgan triptofan
yyetarli miqdorda bor. Nikotinat kislotaning amidi to'qimalar nafasini
katalizlaydigan kodegidroginaza fermentlarining tarkibiga kirib, organizmdagi
oksidlanish jarayonlarida ishtirok etadi. Shuning uchun ham bu vitamin yetishmay
qolganida organizmda oksidlanish jarayonlari susayadi. Oqibatda moddalar
almashinuvi buziladi; PP-vitamin to'qima va hujayralar tomonidan qand
o’zlashtirilishini tezlashtirib, organizmda uglevodlar almashinuvida ham katta rol
o’ynaydi. Shuningdek organizmda oqsil, xolesterin, porfirinlarning almashinuvida
ishtirok etadi, tomirlar tonusiga ta’sir ko’rsatadi.
PP-vitamin ovqat hazm qilish tizimining, jumladan, me’daning motor, sekretor
faoliyatida, jigar faoliyatining boshqarilishida qatnashadi. PP-vitamin ozuqalar
tarkibida uchraydigan triptofan aminokislotadan, hazm tizimidagi mikroorganizmlar
tomonidan sintezlanadi. Tarkibida triptofan aminokislota saqlamagan ozuqalar bilan
hayvon uzoq vaqt oziqlantirilsa, Pellagra (pellagra g’adir-budur teri ma’nosini
anglatadi) degan alohida kasallik belgilari paydo bo’la boshlaydi. Itlarda esa bu
kasallik “qarotil” deyiladi. Kasallik paytida teri yallig’lanadi (dermatit) va g’adir-
budur bo’lib qoladi. Me’da-ichak faoliyati buziladi va og’iz hamda til shilliq
pardalari shikastlanib, yara bo’lib ketadi.
B3-vitamin (pantotenat kislota). Och sariq tusli, yopishqoq moyga o’xshash,
suvda va sirka kislotada yaxshi eruvchi modda. B3-vitamin tabiatda keng tarqalgan
bo’lib, ko’pchilik o’simlik va hayvonlar organizmida uchraydi. Turli achitqilarda,
bug’doy va guruch unida, hayvon mahsulotlaridan esa buyrak, jigar, tuxum sarig’ida
anchagina B3 vitamin bor. Vitamin B3 toza holatda ajratib olingan. Pantotenat
kislotaning organizm uchun ahamiyati shundaki, u koenzim A(koferment) tarkibiga
kiradi va juda murakkab biokimyoviy jarayonlarda ishtirok etadi. Koenzim A aktiv
atsetat-atsetil KOA hosil qilib, juda muhim sintetik va transatsetillanish
reaksiyalarini ta’minlaydi.
H-vitamin(biotin). Suv va spirtda yaxshi eruvchi kristallardir. Biotinning
achitqilarda, dukkakli donlarda, meva-sabzavotlarda, go’shtda, jigarda, buyrakda,
tuxum sarig’ida mavjudligi aniqlangan. Biotin tuxum oqida bo’ladigan avidin nomli
zaharli glikoproteidni biriktirib me’da-ichak tizimi orqali qonga so’rilmaydigan
zaharsiz kompleks birikma hosil qiladi. Biotin organizmda kechadigan
karboksillanish va dekarboksillanish reaksiyalarida ishtirok etadi. Kavsh
qaytaruvchilarning katta qornida, boshqa o’txo’r hayvonlarning yo’g’on ichaklarida
mikroorganizmlar ishtirokida sintezlanadi. Shuning uchun ham, yirik shoxli mollar,
cho’chqalar, qo’y, otlar va echkilar odatda qo’shimcha ravishda biotin berilishiga
muhtoj bo’lmaydi.
Inozit. Suvda yaxshi eriydigan omil bo’lib, olti atomli siklik spirt-siklogeksan
unumidir. Inozitning izomerlaridan faqat mezoinozit vitaminlik xossasiga ega. Turli
achitqilar, sitruslar, meva-sabzavotlar tarkibida, shuningdek sut, tuxum, jigar va
boshqalarda mavjud. Hayvon organizmida inozit miya to'qimalarida, yurakda,
o’pkada va buyraklarda to’planadi. Inozit ko’pchilik mikroorganizmlarning o’sishini
tezlashtiradi. Organizmda yog’ kislotalarini tashiydigan fosfatidlarning tarkibiga
kiradi. Nerv tizim faoliyatiga ta’sir qiladi. Inozitning yetishmasligi natijasida nerv
tizimining trofik faoliyati buzilib, hayvonlarning junlari to’kilib ketadi. Me’da
ichaklar faoliyati buziladi, o’sishdan qoladi, jigarning o’z to’qimalari o’rniga yog’
to'qimalari paydo bo’la boshlaydi va hokazo.
Folat kislota. Sariq kristallar bo’lib, tabiatda kimyoviy va biologik aktivligi
jihatidan folat kislotaga yaqin turadigan bir nechta modda topilgan. Bunga o’xshash
yana bir qator moddalar mavjud. Shuning uchun ham, ayrim olimlar folat kislotani
alohida moddalar guruhi deb qaraydilar. Folat kislotaning o’zi vitamin bo’lmasdan
faqatgina organizmga kirgandan keyin, ayrim mikroorganizmlarning o’sishini
tezlashtiruvchi moddaga aylanadi. Turli achitqilar, ko’k barg, karam folat kislota
manbai bo’lib hisoblanadi. Hayvon organizmida folat kislota mikroorganizmlar
tomonidan sintezlanadi. Folat kislota purin va boshqa bir qator birikmalar,
shuningdek qonning shaklli hujayralari, nuklein kislotalari va ayrim oqsillarning
sintezlanishi uchun zarur. Odatda sut emizuvchi hayvonlar organizmining folat
kislotaga ehtiyoji, ularning o’zida hosil bo’lib turadigan folat kislota hisobiga to’la
qoplanadi. Parrandalarning folat kislotaga bo’lgan ehtiyoji ancha yo’qoridir.
Shuning uchun ham ularga beriladigan ozuqaning har bir kilogramida 0,6-0,9mg.
bo’lishi kerak.
Paraaminobenzoat kislota. Rangsiz kristal modda bo’lib, yorug’lik va havo
ta’sirida sarg’ayib qoladi. Bu modda turli achitqilar, donlarda, asosan bug’doy
murtagi tarkibida uchraydi. Paraaminobenzoat kislota folat kislotaning sintezlanishi
uchun zarur bo’lib, uning tarkibiga ham kiradi. Sut beruvchi hayvonlarda laktatsiya
uchun shuningdek jo’jalarning o’sishi uchun bu modda ancha zarur.
B12-vitamin. (Siankobalamin). Tarkibida kobalt va siano guruhi bo’ladigan
qaramtir-qizg’ish kristallardir, asosan hayvon mahsulotlari: jigar, sut va baliq unida
ko’p bo’ladi. Kavsh qaytaruvchi hayvonlar katta qornida, boshqa o’txo’r
hayvonlarning yo’g’on ichaklarida mikroorganizmlar ishtirokida B12 vitaminni
sintezlaydi. Bu vitamin qon yaratish jarayonini kuchaytiradi, nerv tizimi faoliyatiga,
oqsil va uglevodlar almashinuviga ta’sir qiladi. U tarkibida 4,5% kobalt bo’lgan
yagona vitamindir. Bu vitamin ko’mikda eritrotsitlar yetilib chiqishi uchun zarur. B12
vitaminga organizm talabi qondirilmasa, unda xavfli infeksion kamqonlik yuz
beradi. Ozuqa tarkibidagi B12 vitaminini me’daning pilorik qismida hosil bo’ladigan
mukoproteid oqsili aminopeptidaza ishtirokida so’riladi. Bu Kesla omili deb ham
ataladi. Xavfli kamqonlik paytida bu fermentning hosil bo’lishi buziladi, oqibatda
B12 vitamini ichaklar devoridan qonga so’rilmay qo’yadi. Demak, bunga davo qilish
uchun vitaminni bevosita qonga yuborish zarur.
Vitamin-B15. (Pangamat kislota). 1961 yilda jigardan ajratib olingan. Turli
achitqilarda, sholi kepagida, o’simlik urug’larida mavjud. Pangamat kislota
preparatlari tibbiyotda jigar, buyrak va tomir kasalliklarida, miya qon tomirlarining
sklerotik o’zgarishlarida davolash uchun qo’llaniladi.
Vitamin-C. (Askorbin kislota). Suvda va spirtda oson eruvchi rangsiz
kristallardir. Askorbin kislota o’simliklar dunyosida keng tarqalgan. U daraxtlarning
ko’k barglarida, karam, qalampirda, sitrus o’simliklarda, qora smorodinada
ko’proqdir. Kartoshka tarkibida bu vitamin kamroq bo’ladi. C vitamin organizmda
moddalar almashinuvi jarayonlarida, tomirlar devorining oraliq moddasi-kollagen va
prokollagenlarning sintezlanishida ishtirok etadi. Shu bilan birgalikda organizmda
biriktiruvchi to’qimaning, tish dentin moddasi, suyaklarning, tog’aylarning hosil
bo’lish jarayonlarida ishtirok etadi . Hazm tizimi, jigar, qon tizimi, nerv va endokrin
tizimlarining faoliyati ham ma’lum darajada askorbin kislotaga bog’liq.
Hayvonlarning katta qorni va yo’g’on ichaklarida askorbin kislota mikroorganizmlar
tomonidan sintezlanadi. Shuning uchun ham hayvonlarda C-vitaminozi odatda kam
uchraydi. Odamlarda askorbin kislotaning yetishmasligi natijasida Cinga (lavsha)
yoki skorbut deb ataladigan kasallik kelib chiqishi ilgaridan ma’lum. Maymun va
dengiz cho’chqalarini uzoq vaqt vitamin C-saqlamaydigan oziqalar bilan
oziqlantirilganda, tajribada Cinga kasalligini hosil qilish mumkin. Agarda dengiz
cho’chqalari ikki-uch hafta davomida tarkibida vitamin C bo’lmagan ozuqa bilan
boqilsa, ularning bug’imlari shishadi, ular yonboshiga orqasiga og’anab yotib qoladi.
Tish milklari shishib, qonaydi, tishlar qimirlab qoladi, to’kiladi va davolanmasa tez
kunda o’ladi.
Vitamin-P. (Rutin). O’tkazuvchanlik vitamini, yetishmasligi natijasida tomirlar
murtlashib o’tkazuvchanlik xususiyati oshadi. Natijada ozgina ta’sirot ta’sirida ham
tomirlardan qon kelaveradi. P-vitamini guruhiga biologik ta’siri bir-biriga o’xshash
bir qator moddalar-flavon pigmentlari kiradi. Ular ichida eng ahamiyatlisi rutindir.
Bu modda odatda tabiiy mahsulotlarda C-vitamin bilan birga uchraydi.
Jigarning moddalar almashinuvidagi roli. Jigar moddalar almashinuvida
benihoya katta rol o’ynaydi. Moddalar almashinuvida jigarning ishtiroki bir qator
usullar yordamida o’rganiladi. Keng tarqalgan usullardan biri Londonning
angiostomiya usulidir. Bu usul shundan iboratki, tajriba hayvonning darvoza va jigar
venalariga, bulardan kerakli vaqtda qon olib tekshirish uchun naycha-fistula
o’rnatiladi. Jigarga kelayotgan va undan oqib chiqayotgan qonni tekshirish yo’li
bilan u yoki bu moddaning jigarda qanday o’zgarishlarga uchraganligini aniqlash
mumkin. Jigarning moddalar almashinuvidagi ishtirokini o’rganish uchun Ekka-
Pavlov usulidan foydalaniladi. Bu usul dastavval Ekka tomonidan taklif qilingan,
keyinchalik Pavlov tomonidan mukammallashtirilgan. Ekka-Pavlov usuli tajriba
hayvonning qopqa venasini keyingi kovak venasi bilan ulashdan iborat. So’ngra
qopqa venasi ulangan joyning yuqorirog’idan jigarga yetmasdan bo’ylab qo’yiladi.
Shunday qilib, bu operatsiya tufayli darvoza venasi qoni jigarga yetmasdan keyingi
kovak venaga qo’yiladigan bo’ladi. Shu operatsiya hayvonning tezda o’lib qolishiga
sabab bo’ladi va jigarning moddalar almashinuvida juda katta ahamiyati borligidan
darak beradi. Operatsiya qilingan hayvonning halok bo’lishiga sabab shuki, odatda
normada ichaklarda oqsil va boshqa moddalarning parchalanishi tufayli hosil
bo’ladigan turli xil zaharli moddalar -indol, skatol, krezol, fenol va boshqalar qopqa
venasi qoni bilan jigarga kelib, u yerda sulfat va glyukoron kislotalar bilan birikadi
va zaharsizlantiriladi. Ekka-Pavlov operatsiyasida qopqa venasi qoni jigarga
yitmasdan, keyingi kovak venaga qo’yiladigan joydan bo’lgani sababli, qopqa
venasi qoniga o’tgan yuqoridagi zaharli moddalar zaharsizlanmay qoladi. Oqibatda
hayvon ularning ta'siridan tezda zaharlanib, halok bo’ladi. Qayd qilinganlardan
ko’rinadiki, jigar ovqat hazm qilish tizimida hosil bo’ladigan turli keraksiz, zaharli
moddalarni zaharsizlantirib turadi shu bilan organizmni zaharlanishdan himoya
qiladi. Bu jigarning himoya, ya’ni bar’yerlik vazifasidir, Jigar organizmda moddalar
almashinuvining barcha xillarida ishtirok qiladi. Jumladan, ichaklardan qopqa
venasi qoniga so'riladigan aminokislotalar, oqsillar boshqa mahsulotlarni,
monosaharidlar, yog’lar, yog’ kislotalari, glitserin dastlab jigarga keltiriladi va bu
yerda tegishli o'zgarishlarga uchrab, parchalanish va sintez jarayonlarda ishtirok
etadi. Masalan, qopqa venasi qoni bilan keltirilgan aminokislotalar va peptidlardan
jigarda oqsil sintezlanadi. Qon tarkibidagi albumin, globulin, fibrinogen
oqsillarining
ma’lum
belgili
qismi
jigarda
sintezlanadi.
Qonda
erkin
aminokislotalarning miqdori kamayganda jigardagi oqsillarning bir qismi darhol
parchalanib qonga chiqariladi va shu bilan qondagi aminokislotalarning odatdagi
miqdori tiklanadi. Jigarda aminokislotalarning ma’lum qismi aminsizlanib ham
turadi. Oqibatda ammiak va ketokislotalar hosil bo’ladi. Ammiak shu yerda
mochevinaga aylanadi va siydik bilan tashqariga chgiqarib yuboriladi. Ketokislotalar
esa keyin organizmda yog’ va uglevodlar almashinuvida ishtirok etadi.
Jigarga keltirilayotgan monosaharidlar va turli yog’ kislotalaridan, glikogen
sintezlanadi. Agarda qondagi qand miqdori kamayib qolsa, glikogenning bir qismi
darhol glyukozaga aylantirilib qonga chiqariladi, oqibatda qondagi qand miqdori
asliga keladi. Jigarda A,D vitaminlarii ko’p bo’ladi, A vitamin shu yerda karotindan
hosil bo’ladi. Temir, mis, marganets, ruh kabi mikroelementlar jigarda bir muncha
yig’ilgan holda turadi. Jigarda o’t suyuqligi hosil bo’lib, eritrotsitlar parchalanadi.
Eritrotsitlar parchalanishi tufayli hosil bo’lgan gem tarkibidagi temir keyin ko’mikda
eritrotsitlarning hosil bo’lishida ishtirok etadi. Gemning temirsiz qismidan shu yerda
o’t pigmentlari hosil bo’ladi. Jigar embrional taraqqiyot davrida qon hosil bo’lishida
ishtirok etadi. Jumladan, bu davrda jigarda eritrotsitlar va donali leykotsitlar hosil
bo’ladi. Jigarda bir qator gormonlar -tiroksin, insulin, jinsiy gormonlar, vazopressin,
adrenokortikotrop gormonlari parchalanadi va katta miqdorda issiqlik hosil bo’ladi.
Shu bilan jigar organizmda issiqlik almashinuvida ham ishtirok etadi.
Vitaminlar, gormonlar va fermentlarning o’zaro aloqasi.
Vitaminlar, gormonlar va fermentlarning kimyoviy jihatdan o’xshashligi va
ularning moddalar almashinuvida o’zaro aloqasini mavjudligi aniqlangan.
Vitaminlarning hosil bo’lishiga asab tizimi ta’sir ko’rsatadi. Masalan, simpatik
nervlar va adrenalin gormoni ishtirokida to’qimalarda birikkan holdagi askorbin
kislotasi ajralib chiqadi. Vitamin C fosfor almashinuvida ishtirok etuvchi ferment-
fosfotazaning faollashishi uchun zarur. B1 vitaminidan uglevodlarni parchalanishida
ishtirok etuvchi ferment hosil bo’lsa, PP-vitamindan esa to’qimalarda oksidlovchi
fermentlar hosil bo’ladi. Vitaminlar bilan fermentlarning bir-biriga bog’liqligi
moddalar almashinuvida ularni muhim ahamiyatga ega ekanligini tushuntirib beradi.
Ovqatlar tarkibida vitaminlarning bo’lmasligi juda ko’plab avitaminozlarga xos
bo’lgan organizmda fermentlar hosil bo’lishini buzilishiga olib keluvchi kasalliklar
chaqiradi.