VOKAL MUSIQASI.

Yuklangan vaqt

2025-01-29

Yuklab olishlar soni

1

Sahifalar soni

6

Faytl hajmi

19,2 KB


 
 
 
 
 
 
VOKAL MUSIQASI. 
 
 Reja: 
1. Vokal xor musiqasining rivojlanishi. 
2. O’zbek romanslari.  
3. A kapella, 
4. Kantata.  
5. Oratoriya.  
6. Xor syuitalari. 
  
 
 1. Vokal xor musiqasining rivojlanishi. 30-yillardagi qo’shiq janri 
bastakorlar hamda Toshkent konservatoriyasining talabalari -- yosh mualliflar 
asarlaridan iborat bo’ldi. 
 30-yillarning o’rtalaridagi vokal asarlardan ovoz va fortepiano uchun 
yaratilgan Mutal Burxonovning (u o’sha vaqtda Moskva konservatoriyasidagi 
o’zbek opera studiyasida tahsil ko’rar edi) “Ey bulbul, girya makun” (A.Loxutiy 
she’ri) romansi alohida ajralib turadi. Musiqasining ifodali va dilkashligi tufayli 
bu asar ijrochilarning kontsert dasturidan mustahkam o’rin egalladi. 
 30-yillarning ikkinchi yarmida ovoz bilan orkestr uchun birinchi yirik asar 
yaratildi. Bular Muxtor Ashrafiy va Nikolay Mironovning Shota Rustaveli 
asariga yozilgan “Yo’lbars terisini yopingan pahlavon” vokal-simfonik poemasi, 
hamda Mutal Burxonovning Mashrab g’azaliga yozgan “ Ishq o’ti” balladasi edi. 
A.Kozlovskiy yuksak badiiy darajada qayta ishlagan xalq qo’shiqlaridan “ 
Tanovar”, “O’zgancha”, “Gul yuz uzra”, “Fig’on” kabi vokal- simfonik 
partituralarining paydo bo’lishi ham ana shu yillarga to’g’ri keladi. 
O’zbekistonda keng ommaviylashib kelgan kuylarda kompozitor musiqani 
rivojlantirishning boy imkoniyatlarini sezdi. Kozlovskiy kuylarning asl mag’zini 
VOKAL MUSIQASI. Reja: 1. Vokal xor musiqasining rivojlanishi. 2. O’zbek romanslari. 3. A kapella, 4. Kantata. 5. Oratoriya. 6. Xor syuitalari. 1. Vokal xor musiqasining rivojlanishi. 30-yillardagi qo’shiq janri bastakorlar hamda Toshkent konservatoriyasining talabalari -- yosh mualliflar asarlaridan iborat bo’ldi. 30-yillarning o’rtalaridagi vokal asarlardan ovoz va fortepiano uchun yaratilgan Mutal Burxonovning (u o’sha vaqtda Moskva konservatoriyasidagi o’zbek opera studiyasida tahsil ko’rar edi) “Ey bulbul, girya makun” (A.Loxutiy she’ri) romansi alohida ajralib turadi. Musiqasining ifodali va dilkashligi tufayli bu asar ijrochilarning kontsert dasturidan mustahkam o’rin egalladi. 30-yillarning ikkinchi yarmida ovoz bilan orkestr uchun birinchi yirik asar yaratildi. Bular Muxtor Ashrafiy va Nikolay Mironovning Shota Rustaveli asariga yozilgan “Yo’lbars terisini yopingan pahlavon” vokal-simfonik poemasi, hamda Mutal Burxonovning Mashrab g’azaliga yozgan “ Ishq o’ti” balladasi edi. A.Kozlovskiy yuksak badiiy darajada qayta ishlagan xalq qo’shiqlaridan “ Tanovar”, “O’zgancha”, “Gul yuz uzra”, “Fig’on” kabi vokal- simfonik partituralarining paydo bo’lishi ham ana shu yillarga to’g’ri keladi. O’zbekistonda keng ommaviylashib kelgan kuylarda kompozitor musiqani rivojlantirishning boy imkoniyatlarini sezdi. Kozlovskiy kuylarning asl mag’zini  
 
o’zgartirmay, simfonik orkestr vositasida shaklning keng ko’lamli rivojlanishini 
va uning tiklanish jarayonini ko’rsatishga erishdi. Bunga kuylarning o’zidagi 
xarakterli, ekpressiv ko’tarinkilik, ohanglar aro nafas olishning cho’ziqligi, katta, 
ichki dinamikasi yordam berdi. 
 Kozlovskiy qayta ishlagan “ Tanovar” ayniqsa ommaviylashib ketdi. Uning 
lirik ohangida farg’onacha qo’shiqlarning tipik xususiyatlari: shoshmay 
namoyishlanish va asta-sekin avjga ko’tarilish, yumshoq, silliq pasayish bilan 
almashinib turadigan, o’sib boruvchi og’ir ko’tarilishlar, ritmik tuzilmalar 
nozikligi, avj paytidagi keng ohangdorlikning ifodaliligi hamda pasayishda 
horg’in nafas olish mujassamlashgan. Xalq ijodining bu g’azal namunasini 
garmoniyalashtirib, Kozlovskiy undagi ladning o’ziga xosligini saqlab qolishga 
intiladi. Qo’shiqning frigiy ladi u uchun xarakterli bo’lgan, quyi tomon yo’nalishi 
bilan bog’liq bo’lgan subdominanta gruppa akkordlaridan ko’proq foydalanishini 
oldindan belgilab berdi. Bu xaqda orkestr muqaddimasining boshlanishi guvohlik 
beradi.  
 Kozlovskiy asarlari folklorning jo’ngina “qayta ishlangan” namunasi emas, 
balki tom ma’nodagi vokal-simfonik poemalar sifatida qabul qidlinadi. Maxsus 
tayyorgarlik ko’ra olmagan tinglovchilar uchun ham hech qanday imtiyozsiz 
yozilgan bu asar keng e’tibor qozondi. Unga Halima Nosirova tomonidan ajoyib 
talqin etilgan vokal-partiya yordam berdi, Kozlovskiyning xalq kuyining o’zini 
shu mashhur ijrochidan yozib olganligi ham katta ahamiyatga molikdir.  
2. O’zbek romanslari. Ko’rilayotgan davrda, musiqa janrlari orasida qo’shiq 
birinchi o’ringa chiqadi. Mazkur janr alohida “harakatchan”ligi, voqeilikka hozir 
javobligi, obrazlar mazmuniga konkretlik va aniqlik kirituvchi so’z bilan 
bog’liqligi, shaklning lo’nda va soddaligi tufayli ham kompozitorlar ham 
tinglovchilar orasida ommaviylashishga sabab bo’ldi. Urushning dastlabki 3 
oyidayoq, O’zbeksitonda ikki yuzdan ortiq yurish marshlari va mudofaa 
qo’shiqlari yaratildi. Avvallari boshqa janrlarda ijod qilgan kompozitordlar ham 
(V.Uspenskiy Georgiy Mushel), endilikda bajonidil qo’shiqqa murojaat qilishdi.  
 Vatanparvarlik tuyg’ulari, Ulug’ Vatan urushi yillari yuzaga kelgan o’zbek 
xalq qo’shiqlarida, ayniqsa to’laqonli namoyon bo’ldi. Ularning aksariyatida, 
mamlakat ichkarisidagi fidokorona mehnat, xususan ayollar mehnati, 
o’zgartirmay, simfonik orkestr vositasida shaklning keng ko’lamli rivojlanishini va uning tiklanish jarayonini ko’rsatishga erishdi. Bunga kuylarning o’zidagi xarakterli, ekpressiv ko’tarinkilik, ohanglar aro nafas olishning cho’ziqligi, katta, ichki dinamikasi yordam berdi. Kozlovskiy qayta ishlagan “ Tanovar” ayniqsa ommaviylashib ketdi. Uning lirik ohangida farg’onacha qo’shiqlarning tipik xususiyatlari: shoshmay namoyishlanish va asta-sekin avjga ko’tarilish, yumshoq, silliq pasayish bilan almashinib turadigan, o’sib boruvchi og’ir ko’tarilishlar, ritmik tuzilmalar nozikligi, avj paytidagi keng ohangdorlikning ifodaliligi hamda pasayishda horg’in nafas olish mujassamlashgan. Xalq ijodining bu g’azal namunasini garmoniyalashtirib, Kozlovskiy undagi ladning o’ziga xosligini saqlab qolishga intiladi. Qo’shiqning frigiy ladi u uchun xarakterli bo’lgan, quyi tomon yo’nalishi bilan bog’liq bo’lgan subdominanta gruppa akkordlaridan ko’proq foydalanishini oldindan belgilab berdi. Bu xaqda orkestr muqaddimasining boshlanishi guvohlik beradi. Kozlovskiy asarlari folklorning jo’ngina “qayta ishlangan” namunasi emas, balki tom ma’nodagi vokal-simfonik poemalar sifatida qabul qidlinadi. Maxsus tayyorgarlik ko’ra olmagan tinglovchilar uchun ham hech qanday imtiyozsiz yozilgan bu asar keng e’tibor qozondi. Unga Halima Nosirova tomonidan ajoyib talqin etilgan vokal-partiya yordam berdi, Kozlovskiyning xalq kuyining o’zini shu mashhur ijrochidan yozib olganligi ham katta ahamiyatga molikdir. 2. O’zbek romanslari. Ko’rilayotgan davrda, musiqa janrlari orasida qo’shiq birinchi o’ringa chiqadi. Mazkur janr alohida “harakatchan”ligi, voqeilikka hozir javobligi, obrazlar mazmuniga konkretlik va aniqlik kirituvchi so’z bilan bog’liqligi, shaklning lo’nda va soddaligi tufayli ham kompozitorlar ham tinglovchilar orasida ommaviylashishga sabab bo’ldi. Urushning dastlabki 3 oyidayoq, O’zbeksitonda ikki yuzdan ortiq yurish marshlari va mudofaa qo’shiqlari yaratildi. Avvallari boshqa janrlarda ijod qilgan kompozitordlar ham (V.Uspenskiy Georgiy Mushel), endilikda bajonidil qo’shiqqa murojaat qilishdi. Vatanparvarlik tuyg’ulari, Ulug’ Vatan urushi yillari yuzaga kelgan o’zbek xalq qo’shiqlarida, ayniqsa to’laqonli namoyon bo’ldi. Ularning aksariyatida, mamlakat ichkarisidagi fidokorona mehnat, xususan ayollar mehnati,  
 
jangchilarning jang maydonida ko’rsatayotgan jasorati mavzulari uzviy bog’lanib 
ketadi.  
 Qo’shiq ijodiyotining bosh mavzulari qatorida vatan himoyasi g’alaba 
yo’lidagi jasorat mavzui ham turadi. O’zbekiston kompozitorlari yaratayotgan 
ayrim qo’shiqlar B.Gienko “Suvoriylar qo’shig’i (“ Kavaleriyskaya”), 
V.Knyazev “ Qizil Armiyaga shonsharaflar” (“Krasnoy armii slava”), “Vatan 
da’vati, Manas Leviev “Leningrad uchun” jangovor hayotning bevosita 
qatnashchilari sifatida, Sovet qo’shinlariga og’ir yo’llardan bosib o’tishga madad 
bo’ldi.  
 Asosan yagona bosh mavzuga murojaat qilingan bo’lsada, O’zbekiston 
kompozitorlarining harbiy qo’shiqlari usluban xilma-xil edi: O’zbekiston 
xududida o’zbek qo’shiqlaridan tashqari, yana rus-sovet ommaviy qo’shig’i, 
ukraincha lirik qo’shiq va rus romansi an’anasidagi qo’shiqlar yuzaga kelar edi.  
 Qo’shiq ijodiyotida, madaniyatlarning o’zaro ta’sirlashish jarayoni, tezda 
namoyon bo’ldi. Qo’shiq ijodining bir “tarmog’i” sifatida V. Uspenskiyning “ 
O’zbekiston”, A.Kozlovskiyning “Timoshenko xaqida vo’shiv” va “Adolatli 
yurish”, G.Mushelning “ Onaga maktub” qo’shiqlarini ko’rsatish o’rinli. 
 Ikkinchi, birmuncha kengroq “tarmoq” Muxtor Ashrafiy, Mutal Burxonov, 
Manas Leviev, Sulaymon Yudakov va boshqalarning qo’shiqlarida namoyon 
bo’ladi. Yorqin misol sifatida, Mutal Burxonovning “Uyg’un so’ziga yozgan”, “ 
Jangchilar qo’shig’i” ni keltirish mumkin. Asarning milliy qo’shiqchilik 
zaminlari (xarakterli lad va ohang tuzilmalari kuyning tipik kadanslari laddagi 
tayanch bo’g’inlarining kvartali yo’nalishi) Sovet ommaviy qo’shig’iga xos 
marshsimon, kvarta va sekstali kuy yo’nalishlari, naqoratdagi ikkiovozli 
elementlari, akkordlarga boy jo’rnavozlik bilan uyg’unlashib ketadi. 
 O’zbek romansining ilk namunalari, Mutal Burxonovning Uyg’un she’riga 
yozgan “Ishqida”, Sulaymon Yudakovning H.Yuusufiy she’riga yozgan “Xabibiy 
tu manam” romanslari ham aynan shu zaminda yuzaga keldi. Sulaymon 
Yudakovning A.Pushkin she’rlariga yozgan “Kuylama sohibjamol”, “Gruziya 
tepaliklarida”, “Bulbul”, “Tungi sabo”, “Men bu erdaman Ineziliya” romanslari 
harbiy davrga mansubdir. Mazkur asarlarda rus klassik romansi an’analaridan 
ijodiy foydalanilgan.  
jangchilarning jang maydonida ko’rsatayotgan jasorati mavzulari uzviy bog’lanib ketadi. Qo’shiq ijodiyotining bosh mavzulari qatorida vatan himoyasi g’alaba yo’lidagi jasorat mavzui ham turadi. O’zbekiston kompozitorlari yaratayotgan ayrim qo’shiqlar B.Gienko “Suvoriylar qo’shig’i (“ Kavaleriyskaya”), V.Knyazev “ Qizil Armiyaga shonsharaflar” (“Krasnoy armii slava”), “Vatan da’vati, Manas Leviev “Leningrad uchun” jangovor hayotning bevosita qatnashchilari sifatida, Sovet qo’shinlariga og’ir yo’llardan bosib o’tishga madad bo’ldi. Asosan yagona bosh mavzuga murojaat qilingan bo’lsada, O’zbekiston kompozitorlarining harbiy qo’shiqlari usluban xilma-xil edi: O’zbekiston xududida o’zbek qo’shiqlaridan tashqari, yana rus-sovet ommaviy qo’shig’i, ukraincha lirik qo’shiq va rus romansi an’anasidagi qo’shiqlar yuzaga kelar edi. Qo’shiq ijodiyotida, madaniyatlarning o’zaro ta’sirlashish jarayoni, tezda namoyon bo’ldi. Qo’shiq ijodining bir “tarmog’i” sifatida V. Uspenskiyning “ O’zbekiston”, A.Kozlovskiyning “Timoshenko xaqida vo’shiv” va “Adolatli yurish”, G.Mushelning “ Onaga maktub” qo’shiqlarini ko’rsatish o’rinli. Ikkinchi, birmuncha kengroq “tarmoq” Muxtor Ashrafiy, Mutal Burxonov, Manas Leviev, Sulaymon Yudakov va boshqalarning qo’shiqlarida namoyon bo’ladi. Yorqin misol sifatida, Mutal Burxonovning “Uyg’un so’ziga yozgan”, “ Jangchilar qo’shig’i” ni keltirish mumkin. Asarning milliy qo’shiqchilik zaminlari (xarakterli lad va ohang tuzilmalari kuyning tipik kadanslari laddagi tayanch bo’g’inlarining kvartali yo’nalishi) Sovet ommaviy qo’shig’iga xos marshsimon, kvarta va sekstali kuy yo’nalishlari, naqoratdagi ikkiovozli elementlari, akkordlarga boy jo’rnavozlik bilan uyg’unlashib ketadi. O’zbek romansining ilk namunalari, Mutal Burxonovning Uyg’un she’riga yozgan “Ishqida”, Sulaymon Yudakovning H.Yuusufiy she’riga yozgan “Xabibiy tu manam” romanslari ham aynan shu zaminda yuzaga keldi. Sulaymon Yudakovning A.Pushkin she’rlariga yozgan “Kuylama sohibjamol”, “Gruziya tepaliklarida”, “Bulbul”, “Tungi sabo”, “Men bu erdaman Ineziliya” romanslari harbiy davrga mansubdir. Mazkur asarlarda rus klassik romansi an’analaridan ijodiy foydalanilgan.  
 
3. A kapella. O’zbek musiqasida mazkur janrning yuzaga kelishi Mutal 
Burxonov nomi bilan bog’liqdir . Uning bu sohadagi ilk tajribasi jo’rsiz xor uchun 
qayta ishlagan (1952) oltita xalq qo’shig’i tez orada shuhrat qozondi. 
 Burxonov xorlari zaminida, O’rta osiyodagi turli xalqlarning kuylari yotadi. 
Miniatyuralarning har biri yorqin, uzoq esda qolarli obraz yaratadi. Ixcham jilvali 
“ Yorlarim”, “ Sho’xcham”, “Bibigul”, ehtirosli va nozik “Sari qo’xi baland”, 
orzubaxsh “Zarragul” ajoyib o’zgaruvchan kayfiyatli “Go’zal qizga” va nihoyat 
qizg’in quvnoqlikka to’la “Sayra” birin-ketin almashib keladi. Kompozitorning 
azaldan bir-biriga yaqin bo’lgan xalqlar kuylari (ikkita o’zbek ikkita tojik bitta 
qoraqalpoq va bitta uyg’ur) ga murojaat qilishi tasodifiy bo’lmasa kerak. Bu 
turkum yaxlitligini ta’minlaydi. Burxonov qayta ishlagan qo’shiqlar fakturasi ikki 
xil uslub: polifonik va gamofoniyali garmonik uslublarining o’zaro bog’lanishi 
orqali tashkil topadi. Polifonik uslub - kichik tuzilma, frazalarda ko’proq 
ishlatiladi; butkul shakl esa, kadanslar yordamida bo’limlarga bo’linib, 
gamofonik musiqa uslublaridan tuziladi. 
  Burxonov O’rta Osiyo xalqlari milliy muisqasi xususiyatlari (lad, 
intonatsiya, ritm, faktura) ni evropa xalqlarida yuksak rivojlangan ko’povozli 
professional musiqa elementlari bilan uyg’unlashtirib, barcha ifoda vositalarining 
usluban yaxlitligiga erishadi.  
 Burxonov keyingi yillarda ham xor janrida ishlashni davom ettirdi. Uning 
jo’rsiz xorlari orasida qayta ishlangan ikkita eron xalq kuyi ajralib turadi. Bu ikki 
asar “Osiyo musiqa minbari” ( Olmaota 1973) kontsertlarida ijro etilib, xar-xil 
mamlakat va kontinetlarning xalqlari orasida badiiy tajribalarning o’zaro 
almashinuvi unumli ekanligini namoyon qildi.  
   O’zbeksitonning boshqa kompozitorlari ham Burxonovdan ibrat olib, 
uning ishini davom ettirdilar. Ikrom Akbarov, Sobir Boboev, A. Muxammedov 
va O’zbek radiosi xori dirijeri Botir Umidjonov qator jo’rsiz xorlar yaratishdi. 
4. Kantata. Yakka xonandalar, xor va orkestr uchun yozilgan yirik vokal 
simfonik musiqa janri. Kantata xozirgi turmushning muhim voqealarini yoki 
tarixiy davrni xor, ariya, ansambl va cholg’u musiqalarida tasvirlab beradi. 
Kantataning xar bir qismi tugallangan bir ma’noga ega. Kantata tantanali, lirik va 
epik xarakterda bo’ladi. Sovet kompozitorlari ijodiyotida kantata janri rivoj topdi. 
3. A kapella. O’zbek musiqasida mazkur janrning yuzaga kelishi Mutal Burxonov nomi bilan bog’liqdir . Uning bu sohadagi ilk tajribasi jo’rsiz xor uchun qayta ishlagan (1952) oltita xalq qo’shig’i tez orada shuhrat qozondi. Burxonov xorlari zaminida, O’rta osiyodagi turli xalqlarning kuylari yotadi. Miniatyuralarning har biri yorqin, uzoq esda qolarli obraz yaratadi. Ixcham jilvali “ Yorlarim”, “ Sho’xcham”, “Bibigul”, ehtirosli va nozik “Sari qo’xi baland”, orzubaxsh “Zarragul” ajoyib o’zgaruvchan kayfiyatli “Go’zal qizga” va nihoyat qizg’in quvnoqlikka to’la “Sayra” birin-ketin almashib keladi. Kompozitorning azaldan bir-biriga yaqin bo’lgan xalqlar kuylari (ikkita o’zbek ikkita tojik bitta qoraqalpoq va bitta uyg’ur) ga murojaat qilishi tasodifiy bo’lmasa kerak. Bu turkum yaxlitligini ta’minlaydi. Burxonov qayta ishlagan qo’shiqlar fakturasi ikki xil uslub: polifonik va gamofoniyali garmonik uslublarining o’zaro bog’lanishi orqali tashkil topadi. Polifonik uslub - kichik tuzilma, frazalarda ko’proq ishlatiladi; butkul shakl esa, kadanslar yordamida bo’limlarga bo’linib, gamofonik musiqa uslublaridan tuziladi. Burxonov O’rta Osiyo xalqlari milliy muisqasi xususiyatlari (lad, intonatsiya, ritm, faktura) ni evropa xalqlarida yuksak rivojlangan ko’povozli professional musiqa elementlari bilan uyg’unlashtirib, barcha ifoda vositalarining usluban yaxlitligiga erishadi. Burxonov keyingi yillarda ham xor janrida ishlashni davom ettirdi. Uning jo’rsiz xorlari orasida qayta ishlangan ikkita eron xalq kuyi ajralib turadi. Bu ikki asar “Osiyo musiqa minbari” ( Olmaota 1973) kontsertlarida ijro etilib, xar-xil mamlakat va kontinetlarning xalqlari orasida badiiy tajribalarning o’zaro almashinuvi unumli ekanligini namoyon qildi. O’zbeksitonning boshqa kompozitorlari ham Burxonovdan ibrat olib, uning ishini davom ettirdilar. Ikrom Akbarov, Sobir Boboev, A. Muxammedov va O’zbek radiosi xori dirijeri Botir Umidjonov qator jo’rsiz xorlar yaratishdi. 4. Kantata. Yakka xonandalar, xor va orkestr uchun yozilgan yirik vokal simfonik musiqa janri. Kantata xozirgi turmushning muhim voqealarini yoki tarixiy davrni xor, ariya, ansambl va cholg’u musiqalarida tasvirlab beradi. Kantataning xar bir qismi tugallangan bir ma’noga ega. Kantata tantanali, lirik va epik xarakterda bo’ladi. Sovet kompozitorlari ijodiyotida kantata janri rivoj topdi.  
 
O’zbekiston kompozitorlari ham bu janrda tarixiy va zamonaviy mavzularda 
asarlar 
yaratdilar. 
Kompozitor 
Sulaymon 
Yudakovning 
“Mirzacho’l” 
kantatasimon vokal simfonik syuitasi (G’afur G’ulom she’ri) Davlat mukofotiga 
sazovor bo’lgan. Urushdan keyingi yillar, sovet voqeligining mavzu va obrazlari 
bilan bog’liq bo’lgan vokal simfonik asarlar yaratishi bilan nishonlandi. Bular: 
M.Levievning “Yorqin yo’l” va “Oq oltin”, D.Soatqulovning “Paxtakorlar 
tinchlik uchun”, S. Boboevning “Hosil bayrami” kantatalari, S.Yudakovning 
“Mirzacho’l” syuitasidir. Bu dastlabki asarlarga ba’zi bir mushtarak belgilar: bir 
butun va uni tashkil etgan qismlar asosining qo’shiqbopligi, ko’proq jo’rlik rolini 
bajaradigan orkestrning ikkinchi darajadagi o’rni, syuita printsipida keladigan xor 
va yakkaxon vokal nomerlarning mustaqilligi xosdir. Aytib o’tilgan asarlar ichida 
respublika professional va havaskor xorlar repertuaridan mustahkam o’rin olgan 
S.yudakovning “ Mirzacho’l” vokal simfonik syuitasi ajralib turadi. 
 “Mirzacho’l syuitasi “ (G’afur G’ulom she’rlari) olti qismdan iborat. 
Ularning har biri, o’tmishda cho’l bo’lib yotgan Mirzacho’lni o’zlashtirib, 
yashnagan bo’stonga aylantirgan cho’lquvarlar hayotidan muayyan bir lavhadek 
ko’riladi.  
5. Oratoriya. Kantataga o’xshash, yakkaxon ashulachilar xor va simfonik 
orkestr uchun yozilgan ko’p qismli yirik musiqa asari. Oratoriya, odatda dramatik 
mavzuda bo’lsada, sahnada ko’rsatish uchun emas, kontsertlarda ijro etish uchun 
mo’ljallanadi. Oratoriya kantata va operalar bilan deyarli bir vaqtda paydo 
bo’lgan. Oratoriya kantatadan xajm jixatidan kattaligi, epik dramatik xarakterda 
bo’lishi, mavzuning kengdligi bilan farq qilsa, operadan dramatik rivoj o’rniga, 
qissasimon bo’lishi bilan ajraladi. Oratoriyada ariya, rechitativ vokal ansambllari, 
xor va cholg’u musiqalari bo’ladi. Oratoriya lirik epik mavzusini ochib berishda, 
xor va cholg’u musiqa katta o’rin tutadi. Oratoriyaning har qismi o’ziga xos 
mustaqil, tugal bir asardek bo’ladi. Oratoriya sovet kompozitorlari ijodiyotida 
salmoqli o’rin tutadi. Respublikamizda M.Shayxzodaning “Toshkentnoma” 
poemasi, kompozitor Ikrom Akbarov O’zbeksitonning 40 yillik yubileyiga 
bag’ishlab “Toshkentnoma” oratoriyasini yaratdi. 
6. Xor syuitalari. Xar bir qismi mustaqil asar bo’lgan, turli xarakterdagi 
musiqa p’esalarining bog’lanib ketishi. Xalq musiqasida syuita turlicha 
O’zbekiston kompozitorlari ham bu janrda tarixiy va zamonaviy mavzularda asarlar yaratdilar. Kompozitor Sulaymon Yudakovning “Mirzacho’l” kantatasimon vokal simfonik syuitasi (G’afur G’ulom she’ri) Davlat mukofotiga sazovor bo’lgan. Urushdan keyingi yillar, sovet voqeligining mavzu va obrazlari bilan bog’liq bo’lgan vokal simfonik asarlar yaratishi bilan nishonlandi. Bular: M.Levievning “Yorqin yo’l” va “Oq oltin”, D.Soatqulovning “Paxtakorlar tinchlik uchun”, S. Boboevning “Hosil bayrami” kantatalari, S.Yudakovning “Mirzacho’l” syuitasidir. Bu dastlabki asarlarga ba’zi bir mushtarak belgilar: bir butun va uni tashkil etgan qismlar asosining qo’shiqbopligi, ko’proq jo’rlik rolini bajaradigan orkestrning ikkinchi darajadagi o’rni, syuita printsipida keladigan xor va yakkaxon vokal nomerlarning mustaqilligi xosdir. Aytib o’tilgan asarlar ichida respublika professional va havaskor xorlar repertuaridan mustahkam o’rin olgan S.yudakovning “ Mirzacho’l” vokal simfonik syuitasi ajralib turadi. “Mirzacho’l syuitasi “ (G’afur G’ulom she’rlari) olti qismdan iborat. Ularning har biri, o’tmishda cho’l bo’lib yotgan Mirzacho’lni o’zlashtirib, yashnagan bo’stonga aylantirgan cho’lquvarlar hayotidan muayyan bir lavhadek ko’riladi. 5. Oratoriya. Kantataga o’xshash, yakkaxon ashulachilar xor va simfonik orkestr uchun yozilgan ko’p qismli yirik musiqa asari. Oratoriya, odatda dramatik mavzuda bo’lsada, sahnada ko’rsatish uchun emas, kontsertlarda ijro etish uchun mo’ljallanadi. Oratoriya kantata va operalar bilan deyarli bir vaqtda paydo bo’lgan. Oratoriya kantatadan xajm jixatidan kattaligi, epik dramatik xarakterda bo’lishi, mavzuning kengdligi bilan farq qilsa, operadan dramatik rivoj o’rniga, qissasimon bo’lishi bilan ajraladi. Oratoriyada ariya, rechitativ vokal ansambllari, xor va cholg’u musiqalari bo’ladi. Oratoriya lirik epik mavzusini ochib berishda, xor va cholg’u musiqa katta o’rin tutadi. Oratoriyaning har qismi o’ziga xos mustaqil, tugal bir asardek bo’ladi. Oratoriya sovet kompozitorlari ijodiyotida salmoqli o’rin tutadi. Respublikamizda M.Shayxzodaning “Toshkentnoma” poemasi, kompozitor Ikrom Akbarov O’zbeksitonning 40 yillik yubileyiga bag’ishlab “Toshkentnoma” oratoriyasini yaratdi. 6. Xor syuitalari. Xar bir qismi mustaqil asar bo’lgan, turli xarakterdagi musiqa p’esalarining bog’lanib ketishi. Xalq musiqasida syuita turlicha  
 
raqslarning qo’shilib kelishidan tuzilgan. Professional syuita esa, 16 asrda 
Italiyada paydo bo’ldi. Bu syuita ikki qismli bo’lib, birinchisi vazmin, ikkinchisi 
tez sur’atdagi raqs p’esalaridan iborat bo’lgan. Respublikamiz kompozitorlaridan 
A.Kozlovskiy, Georgiy Mushel, Mutal Burxonov, Muxtor Ashrafiy, Sulaymon 
Yudakov, Ikrom Akbarov, Boris Gienko, B.Meyen, Sobir Boboev va boshqa 
simfonik o’zbek xalq cholg’u asboblari orkestri va fortepiano uchun bir qancha 
syuitalar yaratdilar. Ularning ma’lum bir qismi, balet musiqalari va kinofilmlar 
uchun yozilgan musiqalar asosida yaratilgan. 
 Cholg’u va vokal musiqalardan tuzilgan syuitalar xam rivojlanmoqda. 
Kompozitor Sulaymon Yudakov shoir G’afur G’ulom she’riga yaratgan 
“Mirzacho’l” vokal-simfonik syuitasi Davlat mukofotiga sazovor bo’lgan.  
 Bir necha asrlar davomida, Sharq xalqlari o’rtasida ijro qilib kelinayotgan 
xalq ijodiy boyligi maqom dastgyah va mug’omlar, shaklan syuitaga yaqindir.  
 
Adabiyotlar: 
 1. O’zbek musiqasi tarixi. Tuzuvchi T.E. Solomonova T.”O’qituvchi” 
1981.y. 
 2. Axmad Odilov.”O’zbek xalq cholg’ularida ijrochilik tarixi” T. 
”O’qituvchi” 1995 y. 
 3. Yu. Rajabiy “Musiqa merosimizga bir nazar” T. 1970. 
 4. X. Xamidov “Avesto fayzlari” T.2001 y. 
 5. “O’zbekiston tarixi” T.1994 y. 
 
raqslarning qo’shilib kelishidan tuzilgan. Professional syuita esa, 16 asrda Italiyada paydo bo’ldi. Bu syuita ikki qismli bo’lib, birinchisi vazmin, ikkinchisi tez sur’atdagi raqs p’esalaridan iborat bo’lgan. Respublikamiz kompozitorlaridan A.Kozlovskiy, Georgiy Mushel, Mutal Burxonov, Muxtor Ashrafiy, Sulaymon Yudakov, Ikrom Akbarov, Boris Gienko, B.Meyen, Sobir Boboev va boshqa simfonik o’zbek xalq cholg’u asboblari orkestri va fortepiano uchun bir qancha syuitalar yaratdilar. Ularning ma’lum bir qismi, balet musiqalari va kinofilmlar uchun yozilgan musiqalar asosida yaratilgan. Cholg’u va vokal musiqalardan tuzilgan syuitalar xam rivojlanmoqda. Kompozitor Sulaymon Yudakov shoir G’afur G’ulom she’riga yaratgan “Mirzacho’l” vokal-simfonik syuitasi Davlat mukofotiga sazovor bo’lgan. Bir necha asrlar davomida, Sharq xalqlari o’rtasida ijro qilib kelinayotgan xalq ijodiy boyligi maqom dastgyah va mug’omlar, shaklan syuitaga yaqindir. Adabiyotlar: 1. O’zbek musiqasi tarixi. Tuzuvchi T.E. Solomonova T.”O’qituvchi” 1981.y. 2. Axmad Odilov.”O’zbek xalq cholg’ularida ijrochilik tarixi” T. ”O’qituvchi” 1995 y. 3. Yu. Rajabiy “Musiqa merosimizga bir nazar” T. 1970. 4. X. Xamidov “Avesto fayzlari” T.2001 y. 5. “O’zbekiston tarixi” T.1994 y.