VOLFGANG AMADEY MOTSART IJODI.(1756-1792)
Reja:
1. Jahon musiqa madaniyati tarixida Motsart ijodining ahamiyati.
2. Zaltsburg davrida Motsartning ijodiyoti.(1756-1780 y).
3. Kompozitor musiqasining uslubiy xususiyatlari.
4. V.A. Motsartning opera,simfoniyalari.
Jahon musiqa madaniyati tarixida Motsart ijodining ahamiyati. Buyuk
kompozitor Volfgang Amadey Motsart o’zining qisqa, ammo ajoyib hayoti davomida
turli janrlarda 600 ga yaqin musiqa asarlarini yaratdi. Ular ichidan eng ommalashib
ketganlarini aniq nomlarini bilmasak ham, turli parchalarni ko’p marta tinglaganmiz
va hammamiz yaxshi bilamiz. Bular : “ Figaroning uylanishi”, “ Sehrli nay” operalari
va o’zining betakrorligi bilan ajralib turuvchi -- “ Rekviem” dir.
Buyuk ijodkorning hayoti, yanada ko’proq uning o’limi tafsilotlari odamlarda
odamlarda katta qiziqish uyg’otadi. Motsart o’limi jumbog’iga birinchilardan bo’lib
o’zining “ Motsart va Saleri” asarida A.S. Pushkin murojaat qildi. Keyinroq, XX asrda,
ingliz dramaturgi Piter Sheffer A.S. Pushkin asarini o’qib “ Amadeus” p’esasini yozdi.
Bu asar hozirgi kungacha jahonning ko’plab teatrlari sahnasida katta muvaffaqiyat
bilan qo’yilmoqda. 1984-yilda esa shu p’esa mazmuni asosida rejisser Milosh Forman
“ Amadey “ filmini suratga oldi. Jahon kinomatografiyasining ushbu durdona asari
turli nominatsiyalarda 7 ta “ Oskar” mukofotini oldi, shu jumladan, rejissura uchun
ham mukofotlandi.
Hayotimizda deyarli har kuni Motsart yaratgan asarlar bilan to’qnash kelamiz. Bu
musiqa radio orqali jaranglaydi. Uni televidenie orqali namoyish qilishadi. Engil,
quvnoq, xushchaqchaq musiqa kayfiyatni ko’taradi, atrof dunyoni boshqacha ko’z
bilan yordam beradi.
Barchamizning bu insonga uning shaxsiyatiga intilishimizning boisi nimada?
Nega Motsartga bo’lgan qiziqish mana 250 yildan beri so’nmasdan kelmoqda! Buni
bir so’z bilan tushuntirish mumkin: u—daho, bundaylar zaminimizda kamyob va
shunisi bilan ular bizni o’ziga tortib turadi.
2--:
Zaltsburg davrida Motsartning ijodiyoti.(1756-1780 y). Volfgang Amadey
Motsart 1756-yil 27-yanvarda Alp o’lkasida joylashgan, san’at asarlariga o’xshash
daryolar, bog’ va o’rmonlar bilan o’ralgan Zaltsburg shaharchasida dunyoga keladi.
Zaltsburg o’sha paytlarda kichkinagina knyazlikdan iborat bo’lib, unga Zaltsburg
arxiepiskopi hukmronlik qilar edi. Motsartning otasi Leapold Motsart yaxshigina
shuhrat qozongan skripkachi, organchi, pedagog bo’lib, graf Turnning Zaltsburgdagi
katta amaldorlaridan birining saroy sozandasi va kamerdineri bo’lib ishlardi. Volfgang
oiladagi ettinchi farzand edi. Uning deyarli barcha aka-ukalari va opa-singillari
go’daklik chog’laridayoq vafot etishgan, birgina opasi Mariya Anna tirik qolgan edi.
Uni oilada erkalab, Nannerl deb chaqirishar edi. Qizcha undan 4 yarim yosh katta edi.
Volfgang va Nannerlning dastlabki musiqiy tarbiyasi otasining rahbarligida
amalga oshadi. Nannerl 8 yoshidan klavesin chalishni o’rgana boshlaydi. Otani
hayratlarga solgancha, 3 yarim yoshli bolakay opasi o’rgatgan barcha p’esalarni,
eshitganlarini xatosiz holda takrorlay olardi. Kunlarning birida ota uyga o’z do’sti
Shaxtner bilan kirib keladi.
4 yoshli Motsart stolda o’tirganicha nota qog’oziga pero bilan nimalarnidir
yozardi. Siyohdonga faqat pero emas, bolaning barmoqlari ham botirilar edi. Otasining
“Nima qilayapsan”, degan savoliga bola : “Klavesin uchun kontsert yozayapman”, deb
javob beradi. Ota nota qog’ozi varag’ini qo’liga olib, bola yozuvi bilan tuzilgan, siyoh
dog’lari bilan qoplangan notalarni ko’zdan kechiradi. Dastlab, unga va Shaxtnerga
bularning barchasi bolalarcha o’yinqaroqlik bo’lib tuyuladi. Biroq diqqat bilan
kuzatganidan keyin, uning ko’zlaridan xursandchilik yoshlari toma boshlaydi.
“Qarang, janob Shaxtner”,-- deb yuzlanadi u do’stiga,-- bularning barchasi to’g’ri,
ma’noli-ku!”.
1762-yil yanvarda Volfgang 6 yoshga to’ladi, opasi esa 10 yarim yoshli bo’ladi.
Ularning har ikkisi ham klavesin chalish texnikasini shu darajada egallashadiki, ota
bolalar bilan birgalikda kontsert safari uyushtirish rejalarini tuzadi. Ular dastlab
Myunxenga kelib kurfyurst Bavarskiy saroyida muvaffaqiyatli chiqishlar qilishadi.
Leopold Motsart ta’til paytida Avstriya poytaxti safari taraddudi bilan band bo’ladi.
Motsart farzandlarining Venadagi birinchi chiqishlari katta shov-shuvga sabab
bo’ldi. Bolalar a’yonlarning mehmonxonalarida, hatto qirol oilasida kontsertlar
berishadi. Saroy hashamatlari orasida 6 yoshli artistning gavdasi odastdagidan ko’ra
yanada nozik, zaif va jajji ko’rinar edi.
Volfgangning favqulodda san’ati hayajonlar bo’ronini hosil qildi. Barcha zafar va
ommaviy hayajonlarga qaramasdan, bunday hayot bolalar uchun og’irlik qilardi. Ular
dam olmasdan turib turli shaharlar va mamlakatlarga borishadi. Ketma-ket bir necha
soat davomida ijrochilik va improvizatsiya qilashardi. ( U vaqtlarda kontsertlar 4-5
soatlab davom etgan). Uylariga qaytishlari bilanoq, Leopold Motsart bolalarning
mashg’ulotlari qat’iy va rejali tarzda amalga oshishi xaqida qayg’uradi. Bunda u faqat
musiqani emas, balki maktab o’quv fanlarini ham nazardan chetda qoldirmaydi.
Motsart o’qish, husnixat, frantsuz tili bilan shug’ullana boshlaydi. Uning eng yaxshi
ko’rgan fani arifmetika edi. Volfgang hisobni qunt bilan o’rganadi va tez orada 4
arifmetik amallarni egallaydi. U har kuni misol va masalalar bilan yozuv taxtasining
har ikki tomonini to’ldirib tashlardi.
Shu yilning yozida arxiepiskopdan yana bir marta ta’til uchun ruxsat so’rab,
Leopold Motsart bolalar bilan nisbatan uzoqroq safarga otlanadi. Ularning oxirgi
maqsadlari Parij edi. Past bo’yli, bir yonida jajjigina shamshirchasi hamda qo’ltig’ida
uchburchakli bezagi bo’lgan, binafsharang atlas kamzul kiygan kokilli parikdagi
kichkintoy Motsart klavesin yoniga dadil kelar, yoqimli, samimiyat bilan o’ng va chap
tomonga ta’zim bajo qilib qo’yardi. U o’zining va boshqalarning asarlarini mahorat
bilan ijro etar, notanish notalarni shunday engillik bilan o’qir ediki, go’yoki ular unga
oldindan tanishdek tuyulardi. Berilgan mavzularda improvizatsiya qilar, ustiga ro’mol
yopib qo’yilgan klaviaturada eng og’ir p’esalarni tiniq va xatosiz chalardi.
Motsart Parijda barakali ijod qildi. 1764-yil boshida uning skripka va klavesin
uchun dastlabki 4ta sonatasi nashrdan chiqdi. Zarvaraqda ularning etti yoshli bola
tomonidan yozilgani ko’rsatib qo’yilgan edi.
Parijdagi 5 oy davom etgan safar muvaffaqiyatlaridan ruhlangan Leopold Motsart
1764-yil aprelida bolalarni Londonga olib boradi. Angliyada Persell vafotidan keyin
endilikda jahon e’tiboridagi o’z milliy kompozitorlari yo’q edi, vaholanki, XVII asrda
London musiqa san’ati yuksak darajada rivojlangan shaxar xisoblanardi. Bu erda
Volfgang Iogann Xristian Bax bilan tanishadi, u buyuk Iogann Sebastyanning o’g’li
edi. Baxning klavesindagi mahoratli ijrolari bolada juda katta taasurot qoldiradi. Unga
I.S.Baxning klavir sonatalari yoqib qoladi. Ular yorqin va hayotbaxsh, o’ynoqi va erka
kuylarga boy, italyancha operalardagi ariyalarga o’xshab ketardi. Yoshlari orasidagi
katta farqqa qaramasdan, ular tez orada qalin do’st bo’lib qolishadi. Ko’pincha ular
ayni bir paytning o’zida musiqiy mavzuda ikki klavesinda improvizatsiya kuy ijro
etishib, eshituvchilarning barchasini xayratda qoldirishar edi.
Londonda sakkiz yoshli Volfgang yana oltita sonata yozadi. Ular klavesin uchun
bo’lib, skripka yoki fleyta jo’rligida ijro etishga mo’ljallangan edi. Bundan tashqari u
simfoniyalar yaratishga xam kirishib ketadi. Angliyada o’tkazilgan bir yil davomida
boladagi musiqiy rivojlanish sezilarli tarzda olg’a ketdi.
Bir joydan ikkinchi joyga muntazam ravishda ko’chib yurishlarga qaramasdan,
bola otasining rahbarligida musiqa bilan xam, umumta’lim fanlari bilan xam uzluksiz
shug’ullanishni kanda qilmadi.
Mehmondo’st Angliya bilan xayrlashish qanchalik og’ir bo’lmasin, Leopold
Motsartga Zaltsburg arxiepiskopi tomonidan berilgan ta’til muddati allaqachon o’tib
bo’lgan edi. Golland elchisining qattiq iltimosining yuzidan o’tolmay, Leopold yo’l-
yo’lakay Gollandiya va Frantsiyaga kirib o’tishni xam rejalashtiradi. Ular Gaaga,
Gent, Rotterdam, Amsterdam va boshqa shaxarlarda bo’lishadi. Hamma erlarda xam
muvaffaqiyat juda yuksak bo’ladi. Ilgari Frantsiya va Angliyada bo’lganiday, bu erda
ham bolalarni gulduros qarsaklar bilan kutib olishadi, ularning sha’nlariga maqtovlar
yog’dirishadi.
1766-yil noyabrda Parijda, Shvetsariya, Germaniyaning ko’plab shaxarlarida
muvaffaiyatli chiqishlaridan so’ng, Motsartning oilasi jonajon Zaltsburg shaxriga
qaytib keladi. Uyga qaytib kelganlari zaxotiyoq ota bolalar bilan jiddiy va rejali
ishlarni boshlab yuboradi. Skripka, klavesin va organdagi mashg’ulotlar davom
ettiriladi. Musiqiy kompozitsiya jiddiy o’rganiladi. Shuningdek, arifmetika, tarix va
geografiya mashg’ulotlari ham davom etadi. Bulardan tashqari, Volfgang lotin va
italyan tillarini o’rganishga kirishadi . U davrlarda buni o’rganish kompozitor uchun
majburiy edi.
1767-yilda Vena yosh gertsoginya Mariya Iozefaning Neapol qiroliga
nikohlanishi munosabati bilan bo’ladigan saroy tantanalariga tayyorlanayotgan edi.
Qulay daqiqalarni hisobga olgan holda, Leopold Motsart sentyabrda oilasi bilan
Avstriya poytaxtiga yo’l oladi. Biroq safar muvaffaqiyatsiz chiqadi. Venada chechak
kasali tarqalgandi. Bolalarni zudlik bilan shahardan olib ketishga to’g’ri keladi.
Motsartlar oilasini Moraviyada joylashib qolishi uchun taklif bergan do’stlar paydo
bo’lishadi. Biroq allaqachon vaqt qo’ldan ketgan edi. Opa ham uka ham
suvchechakning og’ir shakli bilan og’rishadi, Volfgangning ko’zlarida asorat
qoldiradi. Unga hatto bir umrga ko’rlik tahdid soladi. 10 kundan keyingina uning
ko’rishi tiklana boshlaydi.
1768-yil yanvarida Motsartlar oilasi Venaga qaytib keladi . Ammo Vena
tomoshabinlarida opa va ukaning chiqishlariga bo’lgan qiziqish sovugan edi. Ularni
o’z salonlariga taklif qiladiganlar keskin kamayib ketadi . Faqat rus elchisi knyaz
Dmitriy Mixaylovich Golitsinning yosh Zaltsburgliklarga mehri saqlanib qoladi.
Uning saroyida Volfgang va Nannerl uchun maxsus tashkil etilgan kontsert katta
muvaffaqiyat bilan o’tadi, bu ma’lum darajada Venada zodagonlarning loqaydligiga
berilgan munosib javob edi.
Do’stlarinig yordami bilan Volfgang saroyda chiqish qilish imkoniga ega bo’ladi.
Volfgangning asari Avstriyaning yangi imperatori Iosif II ga yoqib qoladi va u 12
yoshli kompozitor asarlaridan birini Vena opera teatri sahnasida ijro etilishi xususida
istak bildiradi. Opera uchun buyurtma olinishi katta muvaffaqiyat edi. Sho’x va
qiziqarli “Soxta laqma” pe’sasiga to’xtashadi. Volfgang opera yozishga katta qiziqish
bilan kirishadi. Alohida ansambllar va ariyalarning tuzilishidan tashqari, imkoniyat
doirasida, kompozitor ularni o’z operalarining bo’lajak ijrochilariga xam ko’rsatib
berardi. U yo’l-yo’lakay partituraga zaruriy o’zarishlarni kiritar, ularni u yoki bu
xonandaning ovoz xususiyatlari bilan aniq uyg’unlashtirishga xarakat qilardi. Xamma
ishlar oxirlab borardi.
Xuddi shu vaqtda kutilmagan noxushlik boshlanadi. Shu aytgacha yosh
musiqachiga omad kulib boqayotgan edi. Xamma undan bamisoli qiziqarli
qo’g’irchoqqa qaraganday zavqlanishardi. Endi esa Volfgang 12 yoshga kirmoqda.
Tez orada u o’z sohadosh musiqachilarining havfli dushmaniga aylanib qoladi. Uning
shu yoshda operalar ijod qilishi va ularni qo’yishi hazil gapmi? “Soxta laqma”
operasining qo’yilishiga nima bo’lsa xam yo’l qo’ymaslik lozim!
Yaqindagina mo’’jizakor bola bilan iftixor qilib yurgan ayrim san’atkorlar, endi
orqavarotdan bo’ladigan ziddiyatlarning murakkab kirdikorlarini ishga solib
yuborishadi. Kelgindi Italiyalik maestrolarning aytganlariga xavola qilib, ular
kichkina Motsartni musiqani o’zi yozmaganlikda ayblashadi. 12 yoshli bolaga opera
yozish xaqidagi buyurtma g’arazli bo’lib, to’liq uydirma va yolg’ondan iborat deb
mish-mish tarqataladi. Bu ayyor Zaltsburglik organchi o’g’lining o’rniga o’zi yozadi-
da, o’g’lining kelajagini ta’minlash uchun uning nomidan e’lon qiladi! Leopold
Motsart o’kinch va darg’azablikdan o’zini yo’qotib qo’yadi. Shunday qilib, bosh
repetitsiya tashkil bo’lmaydi. Teatr direktsiya va’da qilingan pullarni to’lashdan bosh
tortadi. Bu batamom mag’lubiyat edi.
1769-yil yanvarda doktor Mesmerning uyida havaskor qo’shiqchilar kuchi bilan
Volfgangning bir ko’rinishli “ Basten va Bastena “ zingshpilining namoyishi bo’lib
o’tadi. Bu asar barchani ohangdorligi, Avstriya xalq qo’shiqlariga yaqinligi bilan asir
qiladi. Volfgangning Zaltsburgga qaytib kelishi bilanoq, uning yutuq va qayg’ularini
yuragiga yaqin oladigan arxiepiskop o’z kapellasidagi musiqachilarga “ Soxta laqma”
operasini o’rganib olishlari uchun ko’rsatma beradi. Bu opera hozirgacha ham
Zaltsburg sahnalarida qo’yilib kelinadi.
1770-yilda Leopold Motsart o’g’lini Italiyaga olib keladi. Italiya shaharlarida
Volfgangning kontsertlari shov-shouvli muvaffaqiyatlarga erishadi. 14 yoshli o’smir
taklif etayotgan dasturlar o’zining kengligi va murakkabligi bilan hammani hayratga
soladi. Ularda faqat klavir chalish texnikasigina emas, balki bolaning ajoyib
kompozitorlik mahorati, uning o’zigagina xos bo’lgan improvizatsiya qila bila olish
qobiliyati ham namoyon bo’ladi.
Boloniyada Motsart 2 oy mobaynida padre Martini bilan kontrapunktdan saboq
oladi hamda kompozitsiya bo’yicha ancha murakkab imtihonlarni topshiradi. Mahalliy
Filarmoniya akademiyasi uni o’z a’zosi qilib saylaydi. O’z navbatida Milandagi opera
teatri direktsiyasi unga “ Mitridat, Ponti shohi” ( Rasin tragediyasi asosida) operasini
tayyorlash uchun buyurtma beradi. Uni yaratar ekan, yosh kompozitor ongli ravishda
o’sha paytdpagi italyancha “ jiddiy” operalar(opera seria) uslubiga mo’ljal oladi.
Opera liq to’lgan zalda ketma-ket 20 marta qo’yiladi. Motsartning ikki yil keyinroq
qo’yilgan ikkinchi operasi --“ Lyuchiy Sulla” ham oldingisidan ham kam zafar
qozonmaydi. Shunga qaramay, yosh musiqachiga Italiyadan doimiy boshpana
topishning imkoni bo’lmaydi.
Motsart oilasining sayohat yillarida Leopold Motsartning tez-tez ketib
qolishlariga keng fe’llik bilan qaraydigan arxiepiskop vafot etadi. Vafot etgan
arxiepiskop o’rnini graf Ieronim Koloredo egallaydi. Ushbu badqovoq va takabbur
boshliqning opera musiqachilarini ko’rishga toqati yo’q edi. U o’ziga bo’ysunadigan
musiqachilarning opera yozish singari “ nomo’’tabar” mashg’ulotlarga, shuningdek,
xorijiy teatrlarga vaqt sarflamasliklari kerak hisoblardi. Motsartlarga (ota va o’g’ilga)
zudlik bilan Zaltsburgga qaytib kelishga buyruq beriladi. 1773-yilning martida
Volfgang Italiyani bir umrga tark etadi. Xilma-xil taassurotlar, zo’r muvaffaqiyatlar
hamda kelajakka bo’lgan ko’tarinki ishonch bilan to’lgan bolalik ortad qoladi.
Hayotning yangi sahifalari boshlanadi.
Volfgang 17 yoshga to’ladi. Shunda u shunchalik baland bo’yli bo’lmagan,
ozg’in, yuzi to’la bo’lmasa-da kattagina o’spirin edi. Yuz ifodalari tez-tez o’zgarib
turardi. Uning yirik moviy ko’zlari jiddiy va o’ychan boqardi. Biroq ular ijodiy
ruhlanish alangasi bilan to’lganida, uning yuzlari ham go’zallashib ketardi. Afsuski
o’zining buyuk iqtidori gullagan paytida Motsart sharoit taqozosiga ko’ra,
kichkinagina, markazdan uzoqda qolgan shaharchada kunlarni bema’nilarcha
o’tkazishga mahkum edi. Bu erdagi hamma narsa: qo’pol va zolim arxiepiskopga
qullarcha itoatkorlik ham, mahalliy zodagonlarning ochko’zligi va johilligi ham
yigitchaga azob berardi. Zaltsburgda opera teatri ham, ochiq kontsertlar ham qiziqarli
ma’rifatli kishilar bilan uchrashuvlar ham yo’q edi. Shahardan ruxsatsiz chiqish,
buning ustiga opera yozish navqiron Motsartga qat’iy taqiqlab qo’yilgandi.
Biroq kompozitsiya bilan jiddiy shug’ullanish davom etardi. Endilikda u asosan,
cholg’u asarlar, ya’ni simfoniya va sonatalar, sho’x divertismentlar, ochiq havoda
ijro etish uchun mo’ljallangan tabrik serenadalarini yaratardi. Ayni shu yillarda
motsartona shakl shakllanib boradi. Sayohat qilgan yillarida turli mamlakatlarda
to’plangan badiiy taassurotlar uning asarlarida ko’proq ko’zga tashlanib, ijodiy
mustaqillik bilan omuxtalashib bormoqda edi.
Arxiepiskopning buyrug’iga muvofiq, yigitcha cherkovdagi xor musiqasi uchun
ko’plab asarlar yozishga majbur bo’ladi. Bunday asarlar shu lahzadayoq o’rganilar va
ijro etilardi. Bu kelajakda operalar, ulug’vor xor sahnalari yozish uchun tayyorgarlik
vazifasini bajargan... Shunga qaramay, Italiya shuhratidan keyin faqat birgina shularni
(messa) yozish bilan shug’ullanish zerikarlidir. Yagona quvonch -- drama teatri edi.
1774-yilda Gyotening xatlaridan tashkil topgan “Yosh Verterning iztiroblari”
romani bosilib chiqiladi. Bu asar yosh muallifga butun Evropa shuhratini olib keldi.
Romanning dadil yangiligi shunda ediki, qahramonning chuqur shaxsiy iztiroblari
ijtimoiy hayotda hal qilib bo’lmaydigan ziddiyatlar bilan zich tarzda bog’lanib ketgan
edi. Yorqin aql va katta qalb egasi bo’lgan yosh yigitcha-- Verter hayotdan ko’z
yumadi. Buning sababi faqat baxtsiz sevgi bo’lib qolmasdan, ayni paytda atrof-muhit
bilan kelisha olmaslik ham edi. Shunday qilib, romanda birinchi marotaba ijtimoiy
tartiblar qoralanadi.
Faqat adabiyotshunoslargina emas balki o’sha davrdagi barcha yosh ijodkorlar
yangi erkin istiqbolga intilishadi. Ularning orasida Motsart ham bor edi. U o’zining
navqiron yigitlik davridagi ijodida zamondoshlarini to’lqinlantirayotgan bezovtalik va
shubhalarga bevosita javob beradi. Bu 17 yoshli kompozitornig yangi 4 ta
simfoniyasida ochiq ko’zga tashlanadi. Shu yillardagi eng muvaffaqiyatli va o’ziga
xos asarlardan biri -- sol minor (№25) simfoniyasidir. Unda qayg’uli, iztirobli
kechinmalar, tuyg’ularning shiddati isyonkor va jo’shqin e’tirozlar bilan alashinadi.
Ushbu simfoniyani Zaltsburg ommasi anglab etmadi. Uni kompozitorning otasi ham
ma’qullagan emas.
Zaltsburgliklar engil, ko’ngilochar musiqalarni xush ko’rishardi. Shuning uchun
ham yosh kompozitor uchun birinchi navbatda sho’x divertismentlar (o’ziga xos
syuitalar) va poetik serenadalar turadi. Ularda latif hayotbaxsh p’esalar nozik samimiy
lirika bilan almashinib turadi. Besh yildan keyingina katta qiyinchiliklar bilan Motsart
Zaltsburgdan ketish uchun ruxsat oladi. Myunxen va Mangeym orqali u Parijga
jo’naydi. Bu gal uni onasi kuzatib boradi.
Bu vaqtlarda Mangeym eng yirik musiqa markazlaridan biri edi. U erda ko’plab
kuchli musiqachilar ijod qilishardi. Mangeym simfonik orkestri tom ma’noda shuhrat
taratgan edi. Mangeymda yosh Motsart 15 yoshli Aloziya Veberni uchratadi. Aloziya
go’zal ovoz sohibasi edi. Uning uchun yigitcha go’zal kontsert ariyalarini yozib
beradi. Ayni paytda u Aloziyaga uylanishni xamda kelgusi operalarida uning
qo’shiqlar kuylashini orzu qilardi. O’g’lining teatrdagi kambag’al ishchining qiziga
uylanish xaqidagi niyati Leopold Motsartning jahlini chiqaradi. Tezroq Parijga ketish
kerak! Biroq Parijda yosh kompozitor uchun ish yo’q edi. Bir necha oy mobaynida
arzon mexmonxonaning ko’rimsiz nomerida arzimas darslar bilan qanoatlanishga
majbur bo’ladi. Buning ustiga uni taqdirning yana bir yangi zarbasi kutardi -- uning
onasi kasal bo’lib qoladi va tez orada vafot etadi. Ruhi cho’kkan holda u o’z yurtiga
qaytadi. Barcha ko’rguliklarning ustiga Motsart bu vaqtda Aloziyaning opera malikasi
bo’lib ulgurgani xamda turmushga chiqqanligini eshitadi. Shu paytlarda kyurfurst
Bavarskiy Motsartga Yunon mifologiyasi syujetiga asoslangan “Idomeney Krit shohi”
operasini yozishga buyurtma beradi.
“Idomeney”ning prem’erasi 1781-yil 29-yanvarda bo’lib o’tadi. Birinchi
tovushlaridanoq opera tinglovchilarning butun e’tiborini jalb qiladi. “Idomeney”ning
porloq muvaffaqiyatidan keyin arxiepiskop uyida malay maqomidagi Motsartning
ahvoli yanada chidab bo’lmas darajaga etadi. Uning iste’fo xaqidagi iltimoslari
kamsitishlarning yangi oqimini vujudga keltiradi: arxiepiskopning yaqinlaridan biri
graf Arko Motsartni xaqoratlarga ko’pib tashlaydi xamda g’azabi tutib turganda uni
eshikdan tashqariga uloqtiradi. Bunga chiday olmagan Motsart Venaga ketadi. U
Aloziyaning onasi xonim Veberning mo’’jazgina xonadonidan boshpana topadi.
Oilada Aloziyaning bir necha singillari bo’lib, ulardan biri Konstanstsiya edi.
Keyinroq Motsart unga uylandi. Kompozitor uch- to’rtta dars topishga muvofiq bo’ldi.
Eng muhimi saroy milliy opera teatri uchun zingshpil -- “Saroydagi o’g’irlik” komik
operasiga buyurtma oldi ” Saroydagi o’g’irlik” zingshpilida Motsart nemis milliy
operasining asoschisi sifatida namoyon bo’ladi. U o’z asarlarida ohang jihatidan
rivojlanib boruvchi ariyalarni, murakkab ansambllarni kiritadi. Qo’shiqlarga boy
oddiy komediya uning talqinida xaqiqiy operaga aylandi. Prem’era 1882-yil 16-iyunda
bo’lib o’tadi. Tomoshabinlar uni gulduros qarsaklar bilan kutib oladi. Tez orada opera
ko’plab teatrlarning sahnalarida qo’yila boshlaydi. Venadagi hayot oson kechmadi.
Boylar xonadonlari va ochiq kontsertlardagi tez-tez uyushtiriladigan chiqishlar,
o’quvchilar
bilan
o’tkaziladigan
holda
toydiruvchi
mashg’ulotlar,
xar-xil
“voqeliklarga” bag’ishlangan tezkor asarlarni yozish, ertangi kunga nisbatan
ishonchsizlik -- bularnig barchasi Motsartning unchalik yaxshi bo’lmagan sog’lig’ini
emira boshlaydi. U shu kezda 30 yoshga to’lib bormoqda edi.
3--:
Kompozitor musiqasining uslubiy xususiyatlari. Motsart artistlarning
musobaqalarida tengi yo’qligicha qolaverdi. Motsartona ijrolarning ko’tarinki
jozibasi, bitmas-tuganmas ijodiy kashfiyotlar uni Vena ommasining sevimli
musiqachisiga aylantirgan edi. Ohangdor ta’sirchanlik, ijrodagi xushxohanglik
Motsart ijrosida o’sha davr klavesinchilariga xos bo’lgan texnikaning hayratli
darajadagi sayqallanganligi bilan qo’shilib ketgan edi. Uning badihalari takrorlanmas
darajada go’zal bo’lgan. Kontsert estradasining o’zidayoq bo’ladigan bevosita ijod,
hayajonga to’lib turgan ommaning ko’z oldida yangi musiqa yaratish quvonchlari
motsartona ijrolarga qandaydir alohida beqiyos joziba bag’ishlardi.
Kontsertlarda chiqish qilar ekan u har gal o’z asarida yangi p’esalarni ijro etishni
burchi deb bilardi. Shuning uchun ham o’sha yillar klavir kompozitsiyalari : fortepiano
va orkestr uchun kontsertlar, sonatalar, fantaziyalar, variatsiyalarning ustunligi bejiz
emas. Yo’l-yo’lakay turli-tuman kamer ansabllari, triolar, kvartetlar, kvintetlar
yaratilardi.
1786-yilda Motsart abbat Lorentso da Ponte bilan tanishadi. U har tomonlama
ma’lumotli shaxs, buning ustiga yaxshigina shoir bo’lgan. U italyancha matnlarga
yozilgan Motsartning 3 ta operasiga librettolar tayyorlagan . Bular -- “ Figaroning
uylanishi”, “ Don Juan” va “ Xamma shunday qiladi” operalari uchun librettolari.
Operani nemis tilida qo’yish imkoniga ega bo’lmaganligi uchun Motsart buffa janriga
murojaat qiladi. Da Ponte bilan birgalikda Motsart Bomarshening “ Figaroning
uylanishi” trilogiyasining 2 chi qismida to’xtaydi. U biroz oldinroq--- 1784-yilda
Parijda qo’yilgan edi.
Bomarshening mashhur p’esasi syujeti asosida opera yaratish g’oyasi Avstriyada
reaktsiya hukmron bo’lgan bir sharoitda favqulodda jur’at talab qilishi sir emas.
Bomarshe komediyasi Frantsiyadagi 1789-yilgi burjua inqilobi arafasida feodal-
aristokratik tarkiblarni fosh qilishda juda katta rol o’ynaydi xamda uchinchi tabaqa
qo’lidagi inqilobiy bayroq vazifasini o’tadi.
Da Ponte librettosida komediyaning ijtimoiy o’tkirligi bir ozgina silliqlangan
bo’lasa-da, eng asosiysi -- beshafqat ho’jayinlar, zodagonlar bilan aqlli, epchil
kelishgan xizmatchilarni o’zaro qarshi qo’yish saqlab qolingan.
“Figaroning uylanishi” operasi tashqi tomondan buffa operalari an’anasida
yozilgan bo’lsa-da, musiqiy-dramatik yangilanish tamoyillariga ko’ra u XVIII asr
musiqy teatri tarixida mutlaqo yangi voqea sifatida namoyon bo’lgan edi. “Saroydagi
o’g’irlik”da qo’yilgan tamoyillarni rivojlantirar ekan, Motsart “ Figaroning
uylanishi”da realistik komediya yaratadi. Undagi har bir harakatlanuvchi shaxs
o’zining shaxsiy musiqiy tavsifiga ega bo’ladi.
Opera prem’erasi 1786-yil 1-mayda bo’lib o’tadi. U juda katta muvaffaqiyat
qozonadi. Figaroning mashhur “Sho’x bola” ariyasi Vena ko’chalarida mayxona va
restoranlarda ijro etilardi.
O’sha paytlarda yirik markazlardan biri – Chexiyaning poytaxti Pragada “
Figaroning uylanishi” birinchi qo’yishdayoq katta shuhrat qozondi. 1786-1787-
yillarning butun mavsumi davomida uzluksiz qo’yildi. “ Figaroning uylanishi” dagi
musiqa xalq musiqasiga aylanib ketdi.
Motsart o’zining do’sti Ponte bilan 1787-yilda Praga opera teatri uchun maxsus
“ Don Juan” operasini yaratadi. Motsart ko’plab syujetlarni ko’rib chiqadi, nihoyat,
oxirida ispan dvoryani Don Juan xaqidagi afsonaga to’xtaydi. Dastlab bu afsonaga
ispan dramaturgi Tirso da Molina dramatik ishlov bergan edi. Keyinroq unga
“J.B.Moler va K. Galdoni murojaat etishgan. XIX asrda Don Juan obrazi Bayron, Lena
va Pushkinni o’ziga jalb etadi.
Opera janrida “ Don Juan” -- Motsartning buyuk yutug’idir. Agar “ Figaroning
uylanishi” o’zining barcha yangiliklari bilan buffa opera janriga mansub, “ Saroydagi
o’g’irlik” zinshpil, “Don Juan”ni esa muayyan bir janr turkumiga kiritish mumkin
emas edi. Motsartning o’zi operani “ drama giokoso” (“ quvnoq drama”) deb atagan
edi. Bu bilan u operaning dramatik mohiyatini ta’kidlab ko’rsatgan.
Motsartning opera estetikasi, uning Glyuk opera estetikasidan farqi.
Hasadchilarning hiyla nayrangiga qaramay, nihoyat, imperator Motsartga Glyuk
vafotidan so’ng bo’shab qolgan kamer-musiqachi lavozimini berishga qaror qildi.
Lekin Glyuk oladigan ikki ming taler o’rniga Motsartga 800 taler belgilanadi, xolos.
Umuman olganda, Iosif II ni buyuk bastakorning ijodi kam qiziqtirardi. Motsartning
butun saroy xizmatidagi vaqti mobaynida, unga faqat saroy shahar ballari chun bir
necha 10ta raqslarga buyurtma beriladi.
“ Don Juan” operasining muvaffaqiyati bastakorning moddiy holatini
yaxshilamadi. Pragada ushlanib qolganligi tufayli Motsart deyarli barcha darslarini
yo’qotdi. Xotini og’ir betob edi. Eski qarzlarga yangilari qo’shilardi.
Ertangi kunga doimiy ishonchsizlik, tashvish va xavotirlar yildan yilga
Motsartning noziklashib qolgan sog’lini zaiflashtirardi. U jadallik bilan ko’plab
asarlar: turli yakka holda ijro etiluvchi musiqa cholg’ulari va orkestr uchun kontsertlar,
kvartetlar va kvintetlar, ariya va qo’shiqlar, kichik raqslar yaratardi. Lekin barcha
urinishlar befoyda edi. Noshirlar bastakorni har qadamda aldab, tunashardi.
Zamondoshlari tomonidan kam tushunilgan, so’nggi ansambllari --- kamer
musiqasi shoh asarlari uchun Motsart o’z noshiridan kulgili darajada past bo’lgan
qalam haqi oladi.
So’nggi 3 ta simfoniya. 1788-yili yozi davomida Motsart 3 ta so’nggi
simfoniyalarini yozadi: raqs ohanglari singdirilgan mi bemol major simfoniyasi XVIII
asr simfonik musiqasida va XIX romantik simfonizmida ustunlik qiluvchi nodir hodisa
bo’lgan. Motsartning eng mashhur lirik-dramatik sol minor simfoniyasi, do major
monumental simfoniyasi (“ Yupiter”) nomini olgan edi, u uchlik fuga bilan
omuxtalashuvchi ko’tarinki finalga ega edi. Uchta simfoniyada simfonik
turkumlarning birligi muammosi hal qilingan .
1790-yilning boshida Venada Motsartning Da Ponte librettosiga yozilgan yangi
“ Hamma shunday qiladi” buffa operasi qo’yiladi. G’oyaviy jihatdan bu opera “
Figaroning uylanishi “ va “ Don Juan”dan pastroq bo’lsa-da, musiqiy tavsiflarning
yorqinligi, individual aniqligiga, psixologik nozikligiga, ansambl mahoratiga ko’ra u
motsartona musiqiy dramaturgiya tamoyillarini rivojlantiradi. Motsartning bu quvnoq,
shuningdek, bir qator shodiyona sahnaviy vaziyatlarga boy seria operasi
kompozitorning o’z hayoti bilan keskin nomuvofiqlikda edi: uning moddiy ahvoli
og’ir va ahyon-ahyondagi chiqishlari esa hayotiy ehtiyojlarini qondirolmasdi.
1791-yil yozida Chexiya qiroli Leopold II ning taxtga o’tirishi munosabati bilan
Motsartga «Titning raxmdilligi» seria operasiga buyurtma beriladi (Metastazio
librettosi asosidagi). Ushbu opera Evropa teatrlari repertuariga kirgan emas,
kompozitor ijodida xam u ikkinchi darajali o’rin tutadi, zero, XVIII asr oxiriga kelib,
mifologik va qadimgi tarixiy syujetlar asosidagi seria opera janrining vaqti o’tgan edi.
Daho Motsartning eng buyuk kashfiyotlaridan biri uning oxirgi operasi — «Sexrli
nay» bo’lib, Vilandning «Lulu» ertagiga Shikaneder librettosi asosida yaratilgan edi.
Syujetning bolalarcha sodda qurilishi, voqealar rivojidagi mantiqiy asoslarning
mavjud emasligiga qaramasdan «Sexrli nay»da Motsartga yaqin bo’lgan ilg’or
axloqiy-ma’naviy ideallar mujassamlashgan.
«Sexrli nay» XVIII asr Avstriya zingshpil janrini yakunlar ekan, o’zida XIX asr
boshlarida paydo bo’lgan nemis romantik operasiga xos bo’lgan qirralarga xam ega
edi. Ushbu opera chuqur falsafiy ertak bo’lib, musiqada yorug’lik va tun timsollari
qarama-qarshi qo’yiladi. Operada bir-birini sevuvchi Tamino va Paminalarning
tuyg’ulari ifodalanadi. Avstriya-nemis xalq teatrining asl personajlari — Papageno va
Papagenalarning xalqona xajviy obrazlari xam yorqinlikda ulardan qolishmaydi.
Operani xali tugatib ulgurmasidan, Motsart Rekviemga juda g’alati bir sharoitda
buyurtma oladi. Uning oldiga qora kiyimdagi bir odam kelib, Rekviemga buyurtma
beradi va shu bilan g’oyib bo’ladi. Motsart uni boshqa ko’rmaydi. Mazkur tashrif unda
kuchli taassurot qoldiradi. Motsart bu buyurtmani o’limi yaqinlashib kelayotganini
payg’ambarlarcha sezgan shaxsning dafnoldi buyurtmasi sifatida qabul qiladi.
Keyinchalik ma’lum bo’lishicha, g’alati muxlis graf Shtuppaxning xizmatkori bo’lib,
ehtiyoji bor kompozitorlarga turli-tuman asarlarni yozish uchun buyurtma berishni
odat qilgan, ularni arzimagan pulga sotib olib, keyinroq bu asarlarni o’z nomidan bosib
chiqarar ekan.
Rekviem — Motsartning eng ulug’ asarlaridan biridir. An’anaviy lotin
matniga dafn marosimida ijro etish uchun yozilgan bu asar o’z musiqasiga ko’ra,
sig’inish aqidalari doirasidan chiqib ketadi. Xor, vokal kvarteti va simfonik orkestr
vositalarida Motsart chuqur insoniy tuyg’u va iztiroblarni mujassamlashtiradi: unda
odamlardagi ruhiy ziddiyatlar dramatizmi, qiyomatning daxshatli manzaralari,
yaqinlarni yo’qotishdagi buyuk qayg’u va alam, insonga bo’lgan ishonch va muxabbat
aks etgan. Motsart Rekviemni oxiriga etkaza olmaydi: ushbu buyuk asar ustidagi ishni
o’lim uzib qo’yadi. Qolgan eskizlardan, qoralama yozuvlardan foydalangan holda bu
asarni Motsartning shogirdi Zusmayer oxiriga etkazgan.
Motsart 1791-yil 4-dan 5-dekabrga o’tar kechasi vafot etadi (shunda u o’ttiz olti
yoshda edi). Dafn marosimi fojeali sharoitda o’tkaziladi. Moddiy imkoniyati
yo’qligidan buyuk kompozitor umumiy qabristonga qo’yiladi. Uning aniq ko’milgan
joyi xaligacha ma’lum emas. Endilikda Vena qabristonining eng old qismida
Motsartga o’rnatilgan go’zal xaykalni ko’rish mumkin. Afsuski, uning ostida buyuk
kompozitorning hoki mavjud emas. Zamondoshlar o’z davridagi eng buyuk
insonlardan birini so’nggi yo’lga shu tarzda kuzatishgan edi.
4--:
V.A.Motsartning opera ijodiyoti. Motsart butun umri davomida operalar
yaratgan. 11—12 yoshida u «Apollon va Giatsint», «Soxta laqma» operalarini yozgan.
14 yoshida «Mitridat, Pontiy qiroli» opera-seriasini yaratgan. Uning so’nggi operasi
— «Sexrli nay» esa vafot yilida yaratilgan.
XVIII asrning 80-yillarida Motsart yaratgan operalarning xro-nologik joylashuvi
o’ziga xos simmetriyani tashkil etadi. O’n yillikning boshi va oxirida ikkita zingshpil
— «Saroydagi o’g’rilik» (1782) va «Sexrli nay» (1791) joylashgan, ular nemischa
matnlarga rechitativlar o’rniga so’zlashuv dialoglarini kiritilishi bilan xarakterlidir.
80-yillarning o’rtalarida italyancha matnlarda ikki — «Figaroning uylanishi» (1786)
va «Xamma shunday qiladi» (1790) operasi yozilgan, ularda Avstriya milliy
madaniyati sharoitida buffa janri an’analari rivojlantirilgan edi. Mana shu operalarning
barchasi orasida Motsartning buyuk kashfiyotlaridan biri italyancha matnga yozilgan,
tragik va komik musiqiy teatr qirralarini mujassam etgan, psixologik musiqiy drama
deb xisoblanuvchi «Don Juan» (1787) operasi qad rostlab turadi.
Motsartning ta’kidlashicha: «operada poeziya dramaning qizi sifatida unga itoat
qilishi kerak». Ushbu fikr bizga operaga qarashda Motsart nuqtayi nazarining
musiqani dramatik xarakatlarga bo’ysundirishga uringan Glyuknikidan nimasi bilan
farq qilishini tushunishga imkon beradi.
Musiqani operaning asosi deb bilgan Motsart uning dramatik moxiyatiga katta
axamiyat bergan. Ijodkorning operalarida musiqa xamma vaqt sahna harakatlarining
rivojlanishi bilan to’liq uyg’unlikda bo’lgan. Motsart o’z operalarining librettolariga
haddan tashqari talabchan bo’lardi. U librettochilardan musiqaga nisbatan maksimal
darajadagi lo’ndalik va e’tiborni talab qilar edi. Musiqaga ustivorlikni bersa-da,
Motsart operaga murakkab yaxlit organizm sifatiga qarardi. Motsart opera
harakatining barcha unsurlarini bir-biriga bo’ysundirgan holda musiqa va dramatik
xarakatlarning to’la moslashuviga erishgan.
Motsart buffa, seria va zingshpil janrlarida operalar yaratgan. Bu janrlarning xar
biri Vena simfonizmining tamoyillariga o’xshab, uning ijodida boshqa janrlarning
unsurlarini qo’shish bilan boyitilib borardi. Jumladan, «Figaroning uylanishi» asosiy
janr belgilariga ko’ra, buffa operasi, biroq grafinya obrazi buffa obrazlari turiga
kirmaydi: uning birinchi ariyasi («Sevgi xudosi») seria operalarining lirik ariyalariga
xos bo’lgan lamentoni xam qamrab oladi.. Motsart o’z qaxramonlarining musiqiy
tavsifini berishda nihoyatda moxir edi. Bu qotib qolgan maskalar emas, balki tirik
insonlar bo’lib, ularning ichki va tashqi qiyofalari butun spektakl davomida ochilib
boradi. Don Juan, Donna Anna, Susanna va boshqa ko’plab personajlar shular
jumlasidandir.
Uning operalaridagi asosiy harakatlanuvchi shaxslar murakkab va ko’p qirrali
obrazlarni yaratadigan o’ziga xos, intonatsiyali davrlar (tovushlar izchilligi) bilan
ziynatlangan. Masalan, Don Juan obrazida uning jur’ati, qayfiyati, hayotiy lazzatlarga
nisbatan behalovat muxabbati ta’kidlanadi; Susanna obrazida — ayol jozibasi,
ayyorligi, aqli va hiylakorligi; Bazilio obrazida — pastkashlik va makkorlik kabi
qirralar ko’rsatilgan. Qaxramonlarning tavsifi yakkaxon nomerlar va duetlardagina
emas, balki ansambllarda xam ochib beriladi.
XVIII asr operalarining kompozitsion tarkibi muayyan an’analarga ega: opera
o’zida bir qator mustaqil tugallangan nomerlarni xam mujassamlashtirgan, ular o’zaro
yo rechitativlar, yoki so’zlashuv dialoglari bilan bog’lanib turgan. Operaning xar bir
ko’rinishi barcha ishtirok etuvchi shaxslarning qatnashuvidagi rivojlangan ansamblli
saxnadan iborat bo’lgan katta final bilan yakunlangan. Bu an’anaga Motsart xam rioya
qiladi, biroq nomerlarning bir-biridan keyin kelishi unda har doim qotib qolgan
sxemalarning kuchi bilan emas, balki dramatik xarakatlarning mantiqi bilan
shartlangan. Jumladan, «Figaroning uylanishi» Susanna va Figaroning ikkita dueti
bilan boshlanadiki, bu amaldagi qonuriiyatlarni ochiqdan ochiq buzish edi.
Motsart xar doim qaxramonlarining navbatdagi ariyani kutib, sahnada qotib
qolmasligi uchun qayg’urardi. Uning opera shakli sohasidagi kashfiyotlari shu bilan
bog’liq. Ko’p hollarda u aloxida nomerlarning tugallanganligini opera sahnasining
yaxlit rivoji bilan qo’shib yuboradi. Operaning eng hayajonli, asosiy sahnalari
ansamblli ko’rinishlar bo’lib, ularda ziddiyatlar ravshan va o’tkir nuqtasiga etadi.
«Figaroning uylanishi» operasi.«Figaroning uylanishi» operasi 1786-yilda
frantsuz yozuvchisi Bomarshening «g’alati kun yoki Figaroning uylanishi»
komediyasi asosida yozilgan.
Motsartni komediyaning dadilligi va o’tkirligi jalb etgan. Graf Almaviva
xonadonida ikki xizmatkor — Figaro va Susannalarning to’yiga tayyorgarlik
bormoqda. Biroq grafning o’ziga xam Susanna yoqadi, shuning uchun u turli
baxonalar bilan to’yni orqaga suraveradi. Figarodagi aql, topqirlik va epchillik barcha
to’siqlarni sindiradi. Xizmatkorlar, xatto o’z xo’jayinlarini xam axmoq qilishni
uddalashadi xamda uni juda noqulay vaziyatda qoldirishadi. Faqat tashvishlar bilan
to’lib-toshgan kun baxtli to’y bilan yakunlanadi.
Komediyaning syujeti xuquqsizlikning barcha azoblarini o’z boshidan kechirgan
Motsart uchun juda yaqin edi. Operada oddiy insonning boy, badavlat xukmdorlardan
ustunligini ko’rsatish imkoniyati uni, ayniqsa, o’ziga ko’proq jalb etgan.
Opera librettosi (uning so’z bilan ifodalangan matni) italiyalik Lorenso da Pontega
tegishli. Da Ponte Bomarshe komediyasining eng o’tkir qirralarini ancha silliqlashga
majbur bo’lishiga qaramasdan, operada uning bosh g’oyasi — xizmatkorning
xo’jayindan ustunligi saqlanib qolgan.
V.A.Motsartning simfonik ijodiyoti. Motsart yaratgan simfonik musiqa
janrlariga simfoniyalar (41), serenadalar, divertismentlar, kassatsiyalar (30 dan ortiq),
turli cholg’ularining orkestr bilan birgalikdagi kontsertlari kiradi.
Motsartning dastlabki simfoniyalari I.K. Bax ta’siri ostida sak-kiz yoshida
yaratilgan edi. Keyinroq Motsart Evropa simfoniyachiligining eng yaxshi an’analariga
tayangan bo’lsa-da, ulardan ancha o’zib ketdi. Ayrim simfoniyalar syuita, serenada,
divertismentlarga yaqin bo’lib, turkum bilan yaxlit birlikni tashkil etmaydi. Biroq
ularda
kompozitorning
tez
rivojlanib
xamda
mustahkamlanib
borayotgan
individualligi: Motsartga xos boigan davrali (tovush izchilligiga ega bo’lgan) go’zal
hxanglar, musiqiy dramatizm, dinamika ko’rsatib turadi.
Motsart simfoniyalari orasida «Xafner simfoniyasi»ni alohida ajratish mumkin. U
dastlab serenada tarzida yozilgan bo’lib, olti qismdan iborat. Keyinchalik ikki qismni
marsh xamda ikki menuetlardan birini olib tashlab, Motsart bu asarni to’rt qismli
simfoniyaga aylantiradi.
Yana bitta qiziqarli simfoniya mavjud bo’lib, u «Pragacha» deyiladi. Zero, bu asar
dastlab Pragada «Figaroning uylanishi» operasi qo’yilgan yilda ijro etilgan edi. U uch
qismli turkumdan iborat bo’lib, unda menuet mavjud emas, shuningdek, u sub’ektiv-
lirik xarakteri bilan xam ajralib turadi.
Motsartning oxirgi uchta simfoniyasi uning simfonik ijodining yakuni bo’lib,
undagi eng xarakterli va qimmatli jihatlarning oliy darajadagi sintezini
umumlashtiradi.
39-simfoniyaning o’ziga xosligi qahramonona-dramatik yo’nalish bo’lib,
raqsona-maishiy musiqa asosida shakllantirilgan.
40-simfoniya — g-moll mutlaqo o’zgacha g’oyaviy-emotsional xamda obrazli
mazmunga ega bo’lib, Motsart simfoniyalarining barchasidan ko’ra mashhurdir. Uni
ba’zan «verterona» deb xam atashadi, chunki u «Bo’ron va tazyiq» davridagi g’oyaviy
muhitda uning ko’tarinki emotsionalligi bilan tug’ilgan. Gyotening mashhur asari
“Yosh Verterning iztiroblari” xam xuddi shu davrda yaratilgan edi. Ushbu simfoniya
qaysidir ma’noda romantik sim-fonizmni oldindan payqagan xamda Shubertning
«Tugallanmagan simfoniyasi»ga o’xshab ketadigan joylari bor. Ushbu simfoniya
turkumning yagonaligi bilan ajralib turadi. Bu holat birinchi qism va final oralig’idagi
arkalarda namoyon bo’ladi.
Motsartnng so’nggi — 41 C-dur simfoniyasi yuksak badiiy mahorati bilan ajralib
turadi. Sub’ektiv-lirik g-moll simfoniyasidan farqli ravishda ushbu simfoniya nisbatan
ob’ektiv va epik xarakter kasb etadi. Musiqa tarixida u «Yupiter» nomi bilan
mashhurdir. Simfoniyaning o’ziga xos xususiyati shundaki, uning umumiy
rivojlantirilishi monumental finalga olib boradi.
«Associated Press» agentligi ma’lumotlariga ko’ra, buyuk bastakor Volfgang
Amadey Motsart o’limidan 200 yil o’tib, uning shu paytgacha ma’lum bo’lmagan
ikkita yangi asari topilgan. Bu musiqiy asarlar bir asrdan ortiq vaqtdan beri
Frantsiyaning Nant shaxridagi kutubxonada saqlab kelinayotgan edi.
Avstriyaning Zaltsburg shaxrida joylashgan Motsart xalqaro fondi tadqiqotchilari
2007-yilning sentabrida ushbu p’esalar Motsartga tegishli bo’lishi mumkinligini
aytishgan. Uzoq izlanishlardan so’ng, asarlar xaqiqatan xam san’atkor ijodiga mansub
ekanligi ma’lum bo’ldi.
Mazkur fondning ilmiy izlanishlar etakchisi Ulrich Leisinger «Motsart buni
yoshlik chog’larida, aniqrog’i, 7—8 yoshlarida yozgan», degan to’xtamga kelgan.
Uning aytishicha, Motsart bu yoshda musiqiy notalarni bilmagani uchun u chalayotgan
kuylarni otasi Leopold qog’ozga tushirgan. Motsart jamg’armasi o’tkazgan bir qancha
izlanishlar xam qo’lyozmalar uning otasiga tegishli ekanini tasdiqladi. Biroq
mutaxassislar fikricha, Motsartning otasi musiqani uslub jihatdan puxta qilib yoza
oladigan darajadagi bastakor bo’lmagan.
Topilgan asarlar noyob iste’dod birinchi musiqiy asarini o’z ichiga oluvchi
«Nanner s Music Book» («Nannerlning musiqiy kitobi») qo’lyozmasining qismlari,
deb xisoblanmoqda.