XALQARO IQLIM NAZORATI

Yuklangan vaqt

2024-12-18

Yuklab olishlar soni

1

Sahifalar soni

9

Faytl hajmi

28,7 KB


 
 
 
 
 
 
XALQARO IQLIM NAZORATI 
 
 
REJA: 
1. Meteorologik ma’lumotlar manbalari 
2. Aerologik stansiyalar tarmog‘i 
3. Meteorologik radiolokatsiya stansiyalari 
4. Kosmik meteorologik tizim 
5. Butunjahon ob-havo xizmati 
 
Meteorologik ma’lumotlar manbalari 
Butun Er shari gidrometeorologik stansiyalar tarmog‘i bilan qoplangan (bir 
necha ming stansiyalar). 
Aholi zich yashaydigan joylarda stansiyalar orasidagi masofa 100-150 km ni 
tashkil etadi, boshqa joylarda (sahro, tog‘li hududlar, botqoqlik, o‘rmonlar va h.k.) 
va Dunyo okeanida masofa ancha katta. 
Bu stansiyalarda er sirti yaqinida atmosfera holati sutkasiga 8 marta (o‘rta 
grinvich vaqti bo‘yicha soat 00, 03, 06, ..., 21 larda) kuzatiladi. Atmosferaning 15 ga 
yaqin harakteristikalari vizual va asboblar yordamida aniqlanadi, jumladan havoning 
bosimi, harorati va namligi, shamolning yo‘nalishi va tezligi, bulutlarning turi, 
miqdori va quyi chegarasining balandligi, gorizontal yo‘nalishdagi ko‘rinuvchanlik 
masofasi, yog‘inlarning turi va miqdori va shu bilan birga atmosferaning o‘ziga xos 
hodisalari (tuman, chaqmoq, changli bo‘ron, yaxmalak va h.k.) kuzatiladi. 
Gidrometeorologik stansiyalardan olingan meteorologik ma’lumotlar asosida er 
yaqini ob-havo haritalari tuziladi. Kuzatishlarning asosiy sinoptik muddatlarida 
(o‘rtacha grinvich vaqti bo‘yicha soat 00, 06, 12, 18) qit’alar o‘lchamiga teng 
bo‘lgan katta hududlar bo‘yicha ob-havo haritalari tuziladi. Qo‘shimcha kuzatish
XALQARO IQLIM NAZORATI REJA: 1. Meteorologik ma’lumotlar manbalari 2. Aerologik stansiyalar tarmog‘i 3. Meteorologik radiolokatsiya stansiyalari 4. Kosmik meteorologik tizim 5. Butunjahon ob-havo xizmati Meteorologik ma’lumotlar manbalari Butun Er shari gidrometeorologik stansiyalar tarmog‘i bilan qoplangan (bir necha ming stansiyalar). Aholi zich yashaydigan joylarda stansiyalar orasidagi masofa 100-150 km ni tashkil etadi, boshqa joylarda (sahro, tog‘li hududlar, botqoqlik, o‘rmonlar va h.k.) va Dunyo okeanida masofa ancha katta. Bu stansiyalarda er sirti yaqinida atmosfera holati sutkasiga 8 marta (o‘rta grinvich vaqti bo‘yicha soat 00, 03, 06, ..., 21 larda) kuzatiladi. Atmosferaning 15 ga yaqin harakteristikalari vizual va asboblar yordamida aniqlanadi, jumladan havoning bosimi, harorati va namligi, shamolning yo‘nalishi va tezligi, bulutlarning turi, miqdori va quyi chegarasining balandligi, gorizontal yo‘nalishdagi ko‘rinuvchanlik masofasi, yog‘inlarning turi va miqdori va shu bilan birga atmosferaning o‘ziga xos hodisalari (tuman, chaqmoq, changli bo‘ron, yaxmalak va h.k.) kuzatiladi. Gidrometeorologik stansiyalardan olingan meteorologik ma’lumotlar asosida er yaqini ob-havo haritalari tuziladi. Kuzatishlarning asosiy sinoptik muddatlarida (o‘rtacha grinvich vaqti bo‘yicha soat 00, 06, 12, 18) qit’alar o‘lchamiga teng bo‘lgan katta hududlar bo‘yicha ob-havo haritalari tuziladi. Qo‘shimcha kuzatish
 
 
muddatlarida esa (soat 03, 09, 15, 21) kichik hududlar bo‘yicha «xalqa» ob-havo 
haritalari tuziladi. 
Er sirtining 3/5 qismini Dunyo okeani egallaydi. Dunyo okeani atmosferani 
suv bug‘i bilan ta’minlab turuvchi asosiy manbadir. Dunyo okeani yozda o‘zida 
issiqlikni to‘plab, qishda uni atmosferaga beradi va shu sababli atmosferada 
rivojlanayotgan 
ob-havo 
jarayonlariga 
nihoyatda 
katta 
ta’sir 
ko‘rsatadi. 
Atmosferaning umumiy sirkulyasiyasi, issiqlik va namlik almashinuvi jarayonlarida 
Dunyo okeanining ahamiyati beqiyos. SHuning uchun ham Dunyo okeanining 
akvatoriyasidan meteorologik ma’lumotlarga ega bo‘lish nihoyatda katta ahamiyat 
kasb etadi.  
Dunyo okeanidan muntazam ravishda meteorologik ma’lumotlarni etkazib 
beradigan manbalar – bu orollarda tashkil qilingan gidrometeorologik stansiyalar va 
«ob-havo» kemalaridir.  
Orollardagi gidrometeorologik stansiyalarda kuzatishlar tizimi va tartibi 
quruqliklarda joylashgan gidrometeorologik stansiyalar kabi olib boriladi. 
«Ob-havo» kemalari – maxsus meteorologik kuzatish asboblari bilan 
jihozlangan dengiz kemalaridir. Bu kemalarda kuzatishlar to‘liq dastur bo‘yicha 
bajarilib, tezkorlik bilanda prognostik markazlarga jo‘natiladi. 
Tabiiyki, bu meteorologik ma’lumotlar etarli emas. Meteorologik 
ma’lumotlar hajmini yanada orttirish maqsadida barcha yo‘lovchi, yuk tashuvchi va 
balik ovlovchi kemalarda avtomatik rejimda ishlaydigan gidrometeorlogik 
stansiyalar o‘rnatiladi. Hozirgi vaqtda Dunyo okeanida bunday kemalarning soni 
7000 dan ortiq. Bundan tashqari, statsionar va erkin suzuvchi platformalarda ham 
avtomatik rejimda ishlaydigan kuzatish komplekslari o‘rnatilib, meteorologik 
kuzatishlar olib boriladi. Kuzatish natijalari kodlangan holda radio orqali prognostik 
markazlarga yuboriladi. 
Dunyo okeani akvatoriyasini meteorologik ma’lumotlar bilan yoritish 
maqsadida ko‘rilayotgan choralar muammoni hal qilmaydi. Bu maqsadda keng 
ko‘lamda Er sun’iy yo‘ldoshlarini qo‘llash lozim.
muddatlarida esa (soat 03, 09, 15, 21) kichik hududlar bo‘yicha «xalqa» ob-havo haritalari tuziladi. Er sirtining 3/5 qismini Dunyo okeani egallaydi. Dunyo okeani atmosferani suv bug‘i bilan ta’minlab turuvchi asosiy manbadir. Dunyo okeani yozda o‘zida issiqlikni to‘plab, qishda uni atmosferaga beradi va shu sababli atmosferada rivojlanayotgan ob-havo jarayonlariga nihoyatda katta ta’sir ko‘rsatadi. Atmosferaning umumiy sirkulyasiyasi, issiqlik va namlik almashinuvi jarayonlarida Dunyo okeanining ahamiyati beqiyos. SHuning uchun ham Dunyo okeanining akvatoriyasidan meteorologik ma’lumotlarga ega bo‘lish nihoyatda katta ahamiyat kasb etadi. Dunyo okeanidan muntazam ravishda meteorologik ma’lumotlarni etkazib beradigan manbalar – bu orollarda tashkil qilingan gidrometeorologik stansiyalar va «ob-havo» kemalaridir. Orollardagi gidrometeorologik stansiyalarda kuzatishlar tizimi va tartibi quruqliklarda joylashgan gidrometeorologik stansiyalar kabi olib boriladi. «Ob-havo» kemalari – maxsus meteorologik kuzatish asboblari bilan jihozlangan dengiz kemalaridir. Bu kemalarda kuzatishlar to‘liq dastur bo‘yicha bajarilib, tezkorlik bilanda prognostik markazlarga jo‘natiladi. Tabiiyki, bu meteorologik ma’lumotlar etarli emas. Meteorologik ma’lumotlar hajmini yanada orttirish maqsadida barcha yo‘lovchi, yuk tashuvchi va balik ovlovchi kemalarda avtomatik rejimda ishlaydigan gidrometeorlogik stansiyalar o‘rnatiladi. Hozirgi vaqtda Dunyo okeanida bunday kemalarning soni 7000 dan ortiq. Bundan tashqari, statsionar va erkin suzuvchi platformalarda ham avtomatik rejimda ishlaydigan kuzatish komplekslari o‘rnatilib, meteorologik kuzatishlar olib boriladi. Kuzatish natijalari kodlangan holda radio orqali prognostik markazlarga yuboriladi. Dunyo okeani akvatoriyasini meteorologik ma’lumotlar bilan yoritish maqsadida ko‘rilayotgan choralar muammoni hal qilmaydi. Bu maqsadda keng ko‘lamda Er sun’iy yo‘ldoshlarini qo‘llash lozim.
 
 
Aerologik stansiyalar tarmog‘i 
Atmosferadagi jarayonlar uch o‘lchamli fazoda va vaqt bo‘yicha 
rivojlanganligi sababli ularni o‘rganish uchun faqat meteorologik stansiyalardan 
olingan ma’lumotlar etarli emas. Atmosfera parametrlarni turli balandliklarda 
o‘lchash uchun aerologik stansiyalarning tarmog‘i mavjud. Er sharining aholi zich 
joylashgan hududlarida radiozondlash punktlari bir-biridan tahminan 350-500 km 
uzoqlikda joylashgan. 
1930 yilda P.A.Molchanov tomonidan ixtiro qilingan radiozond asbobi 
yordamida atmosferaning vertikal tuzulishi bilvosita usullar yordamida emas (er sirti 
kuzatishlari asosida), balki bevosita kuzatishlar natijasida aniqlanadigan bo‘ldi. 
Aerologik stansiyalarda masofaviy vosita – radiozond yordamida atmosferani 
vertikal zondlash amalga oshiriladi. Yengil gaz bilan to‘ldirilgan rezina qobiqqa 
radiozond bog‘lanib uchiriladi. YUqoriga ko‘tarilgan sari radiozond 30-35 km gacha 
turli balandliklardagi havoning bosimi, harorati va namligi, shamol yo‘nalishi va 
tezlik qiymatlarini avtomatik rejimda o‘lchab, radio orqali qabul markaziga 
yuboradi. Atmosferani radiozondlash bir sutkada 4 marta o‘tkaziladi. Bulardan 
o‘rtacha grinvich vaqt bo‘yicha soat 00 va 12 dagi kuzatish muddatlari asosiy, soat 
06 va 18 dagilari esa qo‘shimcha muddat hisoblanadi. 
Atmosferani radiozondlash natijasida olingan meteorologik ma’lumotlar 
asosida barik topografiya, maksimal shamol, tropopauza haritalari va atmosferaning 
vertikal qirqimlari tuziladi. 
 
Meteorologik radiolokatsiya stansiyalari 
Er sirtida joylashgan sinoptik va aerologik stansiyalar orasidagi masofa katta 
bo‘lganligi uchun atmosferada ro‘y berayotgan ba’zi mezomasshtabli meteorologik 
hodisalar kuzatilmasdan qolishi mumkin. Bularga, birinchi navbatda, to‘p-to‘p 
yomg‘irli bulutlar, jala yog‘inlar, momaqaldiroq va boshqa hodisalar kiradi. 
Meteorologik radiolokatsiya stansiyalari tarmog‘i ushbu muammoni bartaraf 
qilishga imkon beradi. 
Zamonaviy meteorologik radiolokator o‘z atrofida 150 km masofadagi fazoni 
kuzatishi mumkin. Meteorologik radiolokatsiya stansiyalarining yordamida bulutlar
Aerologik stansiyalar tarmog‘i Atmosferadagi jarayonlar uch o‘lchamli fazoda va vaqt bo‘yicha rivojlanganligi sababli ularni o‘rganish uchun faqat meteorologik stansiyalardan olingan ma’lumotlar etarli emas. Atmosfera parametrlarni turli balandliklarda o‘lchash uchun aerologik stansiyalarning tarmog‘i mavjud. Er sharining aholi zich joylashgan hududlarida radiozondlash punktlari bir-biridan tahminan 350-500 km uzoqlikda joylashgan. 1930 yilda P.A.Molchanov tomonidan ixtiro qilingan radiozond asbobi yordamida atmosferaning vertikal tuzulishi bilvosita usullar yordamida emas (er sirti kuzatishlari asosida), balki bevosita kuzatishlar natijasida aniqlanadigan bo‘ldi. Aerologik stansiyalarda masofaviy vosita – radiozond yordamida atmosferani vertikal zondlash amalga oshiriladi. Yengil gaz bilan to‘ldirilgan rezina qobiqqa radiozond bog‘lanib uchiriladi. YUqoriga ko‘tarilgan sari radiozond 30-35 km gacha turli balandliklardagi havoning bosimi, harorati va namligi, shamol yo‘nalishi va tezlik qiymatlarini avtomatik rejimda o‘lchab, radio orqali qabul markaziga yuboradi. Atmosferani radiozondlash bir sutkada 4 marta o‘tkaziladi. Bulardan o‘rtacha grinvich vaqt bo‘yicha soat 00 va 12 dagi kuzatish muddatlari asosiy, soat 06 va 18 dagilari esa qo‘shimcha muddat hisoblanadi. Atmosferani radiozondlash natijasida olingan meteorologik ma’lumotlar asosida barik topografiya, maksimal shamol, tropopauza haritalari va atmosferaning vertikal qirqimlari tuziladi. Meteorologik radiolokatsiya stansiyalari Er sirtida joylashgan sinoptik va aerologik stansiyalar orasidagi masofa katta bo‘lganligi uchun atmosferada ro‘y berayotgan ba’zi mezomasshtabli meteorologik hodisalar kuzatilmasdan qolishi mumkin. Bularga, birinchi navbatda, to‘p-to‘p yomg‘irli bulutlar, jala yog‘inlar, momaqaldiroq va boshqa hodisalar kiradi. Meteorologik radiolokatsiya stansiyalari tarmog‘i ushbu muammoni bartaraf qilishga imkon beradi. Zamonaviy meteorologik radiolokator o‘z atrofida 150 km masofadagi fazoni kuzatishi mumkin. Meteorologik radiolokatsiya stansiyalarining yordamida bulutlar
 
 
zonasi, ularning mikrotuzulishi, suvliligi, 0°S izotermaning joylashishi, ya’ni 
bulutlilikni eng muhim fizikaviy harakteristikalari, hamda yog‘inlarning jaddalligi 
aniqlanishi mumkin. 
Meteorologik radiolokatsiya stansiyalari xavfli atmosfera hodisalarini 
aniqlash va prognoz qilishda, tropik siklonlarni aniqlab, ularning tuzulishini 
o‘rganishda katta rol o‘ynaydi. 
Dopler radiolokatorlari yordamida shamol tezligi va yo‘nalishi ham 
o‘lchanishi mumkin. 
Meteorologik radiolokatsiya stansiyalari tarmog‘i birlamchi meteorologik  
ma’lumotlar beradigan tizimda o‘ziga munosib muhim o‘rnini egallaydi. 
 
Kosmik meteorologik tizim 
Er sun’iy yo‘ldoshlarining (ESY) yaratilishi va uchirilishi fan uchun, shu 
jumladan, meteorologiya fani uchun ham yangi keng ko‘lamdagi imkoniyatlar ochdi. 
Yo‘ldoshlardan olingan dastlabki ma’lumotlar nafaqat ilmiy maqsadlarda, balki ob-
havo hizmatida ham qo‘llanilishi mumkin.  
Er shariga yaqin joylashgan kosmik fazoda uchayotgan kosmik apparatlarni 
uchga bo‘lish mumkin: navbatchi rejimda ishlaydigan avtomatik ESY (“Meteor”, 
“Molniya”, “Raduga” va h.k.), boshqariladigan kosmik kemalar (“Soyuz”) va 
yashash mumkin bo‘lgan va avtomatik rejimlarda ishlaydigan orbital kosmik 
stansiyalar (“Salyut”).  
Meteorologiya fani, ob-havo xizmatining operativ faoliyati uchun to‘g‘ri 
keladigan va eng qulay ma’lumot – bu maxsus meteorologik avtomatik ESY 
tizimidan olingan meteorologik ma’lumotdir. 
Meteorologik kosmik tizim (MKT) ikkita tarmoqdan iborat: kosmik va Erda 
joylashgan tizimlar. Kosmik tarmoqqa orbitada joylashgan maxsus ESY lar kiradi, 
Erda joylashgan tarmoq esa Erdagi ma’lumotlarni qabul qiladigan, uni qayta 
ishlaydigan va tarqatadigan komplekslarni o‘z ichiga oladi.  
Meteorologik ESY lar maxsus ilmiy qurilamlar bilan jihozlangan. Bu 
qurilmalar elektromagnit spektrning turli uchastkalarida (optik ko‘rinuvchan, 
infraqizil va radiodiapazon) atmosferani faol yoki passiv zondlash prinsiplarida
zonasi, ularning mikrotuzulishi, suvliligi, 0°S izotermaning joylashishi, ya’ni bulutlilikni eng muhim fizikaviy harakteristikalari, hamda yog‘inlarning jaddalligi aniqlanishi mumkin. Meteorologik radiolokatsiya stansiyalari xavfli atmosfera hodisalarini aniqlash va prognoz qilishda, tropik siklonlarni aniqlab, ularning tuzulishini o‘rganishda katta rol o‘ynaydi. Dopler radiolokatorlari yordamida shamol tezligi va yo‘nalishi ham o‘lchanishi mumkin. Meteorologik radiolokatsiya stansiyalari tarmog‘i birlamchi meteorologik ma’lumotlar beradigan tizimda o‘ziga munosib muhim o‘rnini egallaydi. Kosmik meteorologik tizim Er sun’iy yo‘ldoshlarining (ESY) yaratilishi va uchirilishi fan uchun, shu jumladan, meteorologiya fani uchun ham yangi keng ko‘lamdagi imkoniyatlar ochdi. Yo‘ldoshlardan olingan dastlabki ma’lumotlar nafaqat ilmiy maqsadlarda, balki ob- havo hizmatida ham qo‘llanilishi mumkin. Er shariga yaqin joylashgan kosmik fazoda uchayotgan kosmik apparatlarni uchga bo‘lish mumkin: navbatchi rejimda ishlaydigan avtomatik ESY (“Meteor”, “Molniya”, “Raduga” va h.k.), boshqariladigan kosmik kemalar (“Soyuz”) va yashash mumkin bo‘lgan va avtomatik rejimlarda ishlaydigan orbital kosmik stansiyalar (“Salyut”). Meteorologiya fani, ob-havo xizmatining operativ faoliyati uchun to‘g‘ri keladigan va eng qulay ma’lumot – bu maxsus meteorologik avtomatik ESY tizimidan olingan meteorologik ma’lumotdir. Meteorologik kosmik tizim (MKT) ikkita tarmoqdan iborat: kosmik va Erda joylashgan tizimlar. Kosmik tarmoqqa orbitada joylashgan maxsus ESY lar kiradi, Erda joylashgan tarmoq esa Erdagi ma’lumotlarni qabul qiladigan, uni qayta ishlaydigan va tarqatadigan komplekslarni o‘z ichiga oladi. Meteorologik ESY lar maxsus ilmiy qurilamlar bilan jihozlangan. Bu qurilmalar elektromagnit spektrning turli uchastkalarida (optik ko‘rinuvchan, infraqizil va radiodiapazon) atmosferani faol yoki passiv zondlash prinsiplarida
 
 
ishlaydi. “Meteor” ESY dan televizion va infraqizil diapazonlarda bulutlilik 
maydonlari, qor va muz qoplamlarining zonalari, yog‘inlar zonalari joylanishining 
rasmlari qabul qilinadi. Yo‘ldoshda o‘rnatilgan aktinometrik asboblar Er va 
atmosfera nurlagan va qaytargan oqimlar xaqida ma’lumotga ega bo‘lishga imkon 
beradi. 
 Kelajakda ESY da spektral asboblar yordamida havo harorati, namligi va bir 
qator boshqa meteorologik kattaliklarning vertikal kesimlarni (profillarni) qayta 
tiklash imkoniyati vujudga kelishi mumkin. SHu holdagina meteorologik 
ma’lumotlar bilan ta’minlash muammosi hal bo‘ladi va sinoptik va aerologik 
stansiyalar tarmog‘ining hojati qolmaydi. Bir nechta aylana qutbiy orbitalarda 
uchadigan ESY lar qisqa muddat davomida deyarli butun Er sharidan meteorologik 
ma’lumotlarni ta’minlab beradi, ya’ni prognostik markazlar global meteorologik 
ma’lumotga ega bo‘ladi. 
ESY lar ikkita rejimda ishlashi mumkin: eslab turish va bevosita uzatish 
rejimlarida. 
Birinchi rejimda ishlayotgan ESY bir nechta aylanishlarda (vitokda) 
meteorologik ma’lumotni hotirasida ushlab, Erdagi qabul punkti ustidan uchib 
o‘tganida meteorologik ma’lumotni uzatadi. Bu ma’lumot – global masshtabga ega 
bo‘lgan ma’lumotdir. 
Bevosita uzatish rejimida ishlayotgan ESY o‘lchashlar bajarilgan zahoti uni 
Erdagi qabul punktiga uzatadi. Katta hududlar qamrab olingan bo‘lsa ham, bu 
meteorologik ma’lumot lokal (mahalliy) harakterga ega bo‘ladi. 
Erdagi qabul punktlariga kelgan kosmik meteorologik ma’lumot qayta 
ishlanib, tegishli tashkilotlarga jo‘natiladi. 
ESY dan olingan meteorologik ma’lumot siklon, antitsiklon, tropik tayfun va 
tez havo oqimlari tahlilida katta yordam beradi. Bundan tashqari sinoptik stansiyalar 
siyrak joylashgan hududlarda atmosfera holatini tahlil qilishda yo‘ldosh 
ma’lumotlari bebaho hisoblanadi. 
 
Butunjahon ob-havo xizmati 
O‘tgan asrning 60-yillarida ilmiy-texnika imkoniyatlarining mislsiz 
rivojlanib, meteorologiya fanining tarraqiyotida yangi imkoniyatlar ochilishi
ishlaydi. “Meteor” ESY dan televizion va infraqizil diapazonlarda bulutlilik maydonlari, qor va muz qoplamlarining zonalari, yog‘inlar zonalari joylanishining rasmlari qabul qilinadi. Yo‘ldoshda o‘rnatilgan aktinometrik asboblar Er va atmosfera nurlagan va qaytargan oqimlar xaqida ma’lumotga ega bo‘lishga imkon beradi. Kelajakda ESY da spektral asboblar yordamida havo harorati, namligi va bir qator boshqa meteorologik kattaliklarning vertikal kesimlarni (profillarni) qayta tiklash imkoniyati vujudga kelishi mumkin. SHu holdagina meteorologik ma’lumotlar bilan ta’minlash muammosi hal bo‘ladi va sinoptik va aerologik stansiyalar tarmog‘ining hojati qolmaydi. Bir nechta aylana qutbiy orbitalarda uchadigan ESY lar qisqa muddat davomida deyarli butun Er sharidan meteorologik ma’lumotlarni ta’minlab beradi, ya’ni prognostik markazlar global meteorologik ma’lumotga ega bo‘ladi. ESY lar ikkita rejimda ishlashi mumkin: eslab turish va bevosita uzatish rejimlarida. Birinchi rejimda ishlayotgan ESY bir nechta aylanishlarda (vitokda) meteorologik ma’lumotni hotirasida ushlab, Erdagi qabul punkti ustidan uchib o‘tganida meteorologik ma’lumotni uzatadi. Bu ma’lumot – global masshtabga ega bo‘lgan ma’lumotdir. Bevosita uzatish rejimida ishlayotgan ESY o‘lchashlar bajarilgan zahoti uni Erdagi qabul punktiga uzatadi. Katta hududlar qamrab olingan bo‘lsa ham, bu meteorologik ma’lumot lokal (mahalliy) harakterga ega bo‘ladi. Erdagi qabul punktlariga kelgan kosmik meteorologik ma’lumot qayta ishlanib, tegishli tashkilotlarga jo‘natiladi. ESY dan olingan meteorologik ma’lumot siklon, antitsiklon, tropik tayfun va tez havo oqimlari tahlilida katta yordam beradi. Bundan tashqari sinoptik stansiyalar siyrak joylashgan hududlarda atmosfera holatini tahlil qilishda yo‘ldosh ma’lumotlari bebaho hisoblanadi. Butunjahon ob-havo xizmati O‘tgan asrning 60-yillarida ilmiy-texnika imkoniyatlarining mislsiz rivojlanib, meteorologiya fanining tarraqiyotida yangi imkoniyatlar ochilishi
 
 
munosabati bilan, Butunjahon ob-havo xizmatini tashkil etish haqida fikrlar yuzaga 
keldi. Butunjahon ob-havo xizmatini tashkil etish rejalarini ishlab chiqishda 
dunyodagi barcha yirik olimlar, shu jumladan, V.A.Bugaev, Ye.K.Fedorov, 
K.YA.Kondratev va boshqalar ishtirok etdi. 
Butunjahon ob-havo xizmati oldida sanoat, qishloq xo‘jaligi, aviatsiya, suv va 
quruqlikdagi transportlarning meteorologik ta’minotini yaxshilash va o‘ta xavfli ob-
havo hodisalarini yanada aniqroq va vaqtida ogohlantirish imkoniyatlarini yaratish 
maqsad qilib qo‘yilgan. 
1967 yilda Butunjahon meteorologik anjumani Butunjahon ob-havo xizmatini 
tashkil etish haqidagi rejani qabul qildi. 
Hozirgi vaqtdagi Butunjahon ob-havo xizmati faoliyati Butunjahon 
meteorologik tashkiloti tomonidan muvofiqlashtiriladigan milliy moliyalashtirish va 
hizmatlardan tashkil topgan jahon meteorologik tizimidir. Bu tizim Butunjahon 
meteorologik tashkilotiga a’zo bo‘lgan mamlakatlarning ilmiy va operativ ishlari 
uchun kerak bo‘lgan birlamchi va qayta ishlangan meteorologik ma’lumotlar bilan 
ta’minlaydi. 
Butunjahon ob-havo xizmati uchta asosiy tarkibiy qismlardan iborat. 
1. Kuzatishlar global tizimi. Bunga sinoptik va aerologik stansiyalar tarmog‘i 
va meteorologik ma’lumotlarni etkazib beradigan boshqa vositalar kiradi. 
2. Meteorologik ma’lumotlarni qayta ishlash global tizimi. Bunga 
ma’lumotlarni qayta ishlaydigan va saqlaydigan xizmatlarni o‘z ichiga olgan 
meteorologik markazlar kiradi. 
3. Telealoqa global tizimi. Bu tizim kuzatish va qayta ishlangan meteorologik 
ma’lumotlar bilan tezkor almashish maqsadida tuzilgan. 
Kuzatishlar global tizimi 4000 ga yaqin sinoptik va aerologik stansiyalarni o‘z 
ichiga oladi. Erdagi stansiyalar orasidagi masofa 500 km dan oshmaydi. Okeanlarda 
stansiyalarning bunday zichligiga erishish mumkin emas. Okeanlardan meteorologik 
ma’lumot orollardan, kemalardan, statsionar va suzuvchi platformalardan keladi. 
Aerologik ma’lumotlarga alohida katta e’tibor berilayapti. Butunjahon meteorologik 
tashkiloti hozir maxsus ASAM dasturini amalga oshirayapti (avtomatik aerologik 
kuzatishlar tizimi). Bu maqsadda dengiz kemalari avtomatik aerologik zondlash 
stansiyalar bilan jihozlanmoqda.
munosabati bilan, Butunjahon ob-havo xizmatini tashkil etish haqida fikrlar yuzaga keldi. Butunjahon ob-havo xizmatini tashkil etish rejalarini ishlab chiqishda dunyodagi barcha yirik olimlar, shu jumladan, V.A.Bugaev, Ye.K.Fedorov, K.YA.Kondratev va boshqalar ishtirok etdi. Butunjahon ob-havo xizmati oldida sanoat, qishloq xo‘jaligi, aviatsiya, suv va quruqlikdagi transportlarning meteorologik ta’minotini yaxshilash va o‘ta xavfli ob- havo hodisalarini yanada aniqroq va vaqtida ogohlantirish imkoniyatlarini yaratish maqsad qilib qo‘yilgan. 1967 yilda Butunjahon meteorologik anjumani Butunjahon ob-havo xizmatini tashkil etish haqidagi rejani qabul qildi. Hozirgi vaqtdagi Butunjahon ob-havo xizmati faoliyati Butunjahon meteorologik tashkiloti tomonidan muvofiqlashtiriladigan milliy moliyalashtirish va hizmatlardan tashkil topgan jahon meteorologik tizimidir. Bu tizim Butunjahon meteorologik tashkilotiga a’zo bo‘lgan mamlakatlarning ilmiy va operativ ishlari uchun kerak bo‘lgan birlamchi va qayta ishlangan meteorologik ma’lumotlar bilan ta’minlaydi. Butunjahon ob-havo xizmati uchta asosiy tarkibiy qismlardan iborat. 1. Kuzatishlar global tizimi. Bunga sinoptik va aerologik stansiyalar tarmog‘i va meteorologik ma’lumotlarni etkazib beradigan boshqa vositalar kiradi. 2. Meteorologik ma’lumotlarni qayta ishlash global tizimi. Bunga ma’lumotlarni qayta ishlaydigan va saqlaydigan xizmatlarni o‘z ichiga olgan meteorologik markazlar kiradi. 3. Telealoqa global tizimi. Bu tizim kuzatish va qayta ishlangan meteorologik ma’lumotlar bilan tezkor almashish maqsadida tuzilgan. Kuzatishlar global tizimi 4000 ga yaqin sinoptik va aerologik stansiyalarni o‘z ichiga oladi. Erdagi stansiyalar orasidagi masofa 500 km dan oshmaydi. Okeanlarda stansiyalarning bunday zichligiga erishish mumkin emas. Okeanlardan meteorologik ma’lumot orollardan, kemalardan, statsionar va suzuvchi platformalardan keladi. Aerologik ma’lumotlarga alohida katta e’tibor berilayapti. Butunjahon meteorologik tashkiloti hozir maxsus ASAM dasturini amalga oshirayapti (avtomatik aerologik kuzatishlar tizimi). Bu maqsadda dengiz kemalari avtomatik aerologik zondlash stansiyalar bilan jihozlanmoqda.
 
 
ESY dan olinayotgan meteorologik ma’lumot katta ahamiyatga ega. 
Butunjahon meteorologik tashkilotining rejalari bo‘yicha kamida 5 ta geliostatsionar 
va 2 ta qutbiy orbitali yo‘ldoshlar uchirilishi kerak. Bundan tashqari “Tayros” Er 
sun’iy yo‘ldoshidan atmosferani tezkor vertikal zondlash rejaoashtirilgan. 
Ma’lumotlarni qayta ishlash global tizimi  uch xil meteorologik markazlardan 
iborat: jahon meteorologik markazlar (JMM), regional meteorologik markazlar 
(RMM) va milliy meteorologik markazlar (MMM). 
Butunjahon meteorologik tashkiloti qoshida uchta jahon meteorologik 
markazlari tashkil qilingan – Vashington, Moskva va Melburnda. Jahon 
meteorologik markazlari butun Er sharidan meteorologik ma’lumotlarning barcha 
turlarini qabul qiladi, sinoptik tahlil va prognozlarni tayyorlab, telealoqa global 
tizimi 
orqali 
boshqa 
meteorologik 
markazlarga 
tarqatadi. 
Meteorologik 
ma’lumotlarni boshqarish vazifasi ham (standartlarga muvofiqligini tekshirish, 
kodlash, saqlash va tegishli manzillarga tarqatish) JMM larga yuklatilgan. 
Regional meteorologik markazlarining vazifalari JMMlarning vazifalari bilan 
bir xil. Farq shundaki, RMMlar faqat o‘z hududi bo‘yicha xizmat ko‘rsatadi. Jahon 
meteorologik markazlariga qarashli 24 regional meteorologik markazlar tashkil 
qilingan, ulardan 4 tasi MDH hududida joylashgan – Moskva, Toshkent, Novosibirsk 
va Xabarovsk. Misol tariqasida Toshkent regional meteorologik markaziga qarashli 
hududni ko‘rsataylik: O‘rta Osiyo, Kavkazorti, SHimoliy Kavkaz, MDH ning 
Yevropadagi katta qismi, Sibirning bir qismi, Turkiya, YAqin SHarq mamlakatlari, 
Pokiston, Afg‘oniston, Hindistonning bir qismi. 
Milliy meteorologik markazlar milliy meteorologik dasturlar bilan 
belgilanadigan 
vazifalarni 
bajaradi. 
Milliy 
meteorologik 
markazlar 
o‘zi 
bo‘ysinuvchi regional meteorologik markaz bilan bog‘lanib, u bilan meteorologik 
ma’lumotlar, tahlil va prognozlar bilan almashadi. 
Telealoqa global tizimi meteorologik kuzatish natijalarini yig‘ish va tarqatish, 
qayta ishlangan ma’lumotlar bilan markazlararo almashish maqsadida tuzilgan. 
Telealoqa global tizimi uch pog‘onali asosda tashkil qilingan. 
1. Bosh magistral zanjir jahon meteorologik markazlarini boshqa 
meteorologik markazlar bilan bog‘laydi. 
2. Regional telealoqa tarmoqlari.
ESY dan olinayotgan meteorologik ma’lumot katta ahamiyatga ega. Butunjahon meteorologik tashkilotining rejalari bo‘yicha kamida 5 ta geliostatsionar va 2 ta qutbiy orbitali yo‘ldoshlar uchirilishi kerak. Bundan tashqari “Tayros” Er sun’iy yo‘ldoshidan atmosferani tezkor vertikal zondlash rejaoashtirilgan. Ma’lumotlarni qayta ishlash global tizimi uch xil meteorologik markazlardan iborat: jahon meteorologik markazlar (JMM), regional meteorologik markazlar (RMM) va milliy meteorologik markazlar (MMM). Butunjahon meteorologik tashkiloti qoshida uchta jahon meteorologik markazlari tashkil qilingan – Vashington, Moskva va Melburnda. Jahon meteorologik markazlari butun Er sharidan meteorologik ma’lumotlarning barcha turlarini qabul qiladi, sinoptik tahlil va prognozlarni tayyorlab, telealoqa global tizimi orqali boshqa meteorologik markazlarga tarqatadi. Meteorologik ma’lumotlarni boshqarish vazifasi ham (standartlarga muvofiqligini tekshirish, kodlash, saqlash va tegishli manzillarga tarqatish) JMM larga yuklatilgan. Regional meteorologik markazlarining vazifalari JMMlarning vazifalari bilan bir xil. Farq shundaki, RMMlar faqat o‘z hududi bo‘yicha xizmat ko‘rsatadi. Jahon meteorologik markazlariga qarashli 24 regional meteorologik markazlar tashkil qilingan, ulardan 4 tasi MDH hududida joylashgan – Moskva, Toshkent, Novosibirsk va Xabarovsk. Misol tariqasida Toshkent regional meteorologik markaziga qarashli hududni ko‘rsataylik: O‘rta Osiyo, Kavkazorti, SHimoliy Kavkaz, MDH ning Yevropadagi katta qismi, Sibirning bir qismi, Turkiya, YAqin SHarq mamlakatlari, Pokiston, Afg‘oniston, Hindistonning bir qismi. Milliy meteorologik markazlar milliy meteorologik dasturlar bilan belgilanadigan vazifalarni bajaradi. Milliy meteorologik markazlar o‘zi bo‘ysinuvchi regional meteorologik markaz bilan bog‘lanib, u bilan meteorologik ma’lumotlar, tahlil va prognozlar bilan almashadi. Telealoqa global tizimi meteorologik kuzatish natijalarini yig‘ish va tarqatish, qayta ishlangan ma’lumotlar bilan markazlararo almashish maqsadida tuzilgan. Telealoqa global tizimi uch pog‘onali asosda tashkil qilingan. 1. Bosh magistral zanjir jahon meteorologik markazlarini boshqa meteorologik markazlar bilan bog‘laydi. 2. Regional telealoqa tarmoqlari.