XALQARO MOLIYA

Yuklangan vaqt

2024-11-11

Yuklab olishlar soni

1

Sahifalar soni

32

Faytl hajmi

99,5 KB


 
 
 
 
 
 
XALQARO MOLIYA 
 
1. Xalqaro moliyaning asoslari va rivojlanish tendensiyalari 
2. Jahon banki va Xalqaro valyuta fondi 
3. Valyuta kursi va valyuta bozorlari 
4. To‘lov balansi va uni tartibga solish yo‘llari 
5. Xalqaro hisob-kitob shakllari va xalqaro kredit. 
 
1.Xalqaro moliyaning asoslari va rivojlanish tendensiyalari 
Xalqaro moliya xalqaro moliya bozorlari, xalqaro bank faoliyati, xalqaro 
korporatsiyalarning moliyasi, qimmatli qog‘ozlar portfelini boshqarish va shular bilan 
bog‘liq munosabatlarni o‘rganadi. Bundan tashqari, xalqaro moliya umumjahon darajasidagi 
moliyaviy operatsiyalar va ularning o‘zaro aloqadorligi, yirik industrial davlatlar, 
rivojlanayotgan yoki o‘tish davlatlarida ularning qanday xususiyatlar kasb etishini va 
ulardagi doimiy o‘zgarishlarni tushuntiradi. 
“Xalqaro moliya”ga doir xorijiy adabiyotlarda xalqaro moliya bozorlari va risklarni 
boshqarish, transmilliy va to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiyalar, xalqaro qarz inqirozlariga asosiy 
urg‘u beriladi. Shuningdek, xalqaro moliya doirasida dunyo mamlakatlarining xalqaro 
moliya tizimidagi o‘rni, holati, tashqi moliyalashtirish mexanizmi, rivojlanayotgan moliya 
bozorlarining xususiyatlari ko‘rib chiqiladi. 
XX asrning so‘nggi yillarida sobiq Ittifoqning parchalanishi, mamlakatlar o‘rtasida 
iqtisodiy va siyosiy aloqalarning sifat jihatdan yangi bosqichga chiqishi, milliy xo‘jalik 
aloqalarining integratsiyalashuvi bilan, globalizatsiya jarayonlarining jadallashuvi yuz berdi. 
Globalizatsiya natijasida jahon xo‘jaligining tarkibiy qismiga aylanib borayotgan 
mamlakatlarning soni ortib bormoqda.
XALQARO MOLIYA 1. Xalqaro moliyaning asoslari va rivojlanish tendensiyalari 2. Jahon banki va Xalqaro valyuta fondi 3. Valyuta kursi va valyuta bozorlari 4. To‘lov balansi va uni tartibga solish yo‘llari 5. Xalqaro hisob-kitob shakllari va xalqaro kredit. 1.Xalqaro moliyaning asoslari va rivojlanish tendensiyalari Xalqaro moliya xalqaro moliya bozorlari, xalqaro bank faoliyati, xalqaro korporatsiyalarning moliyasi, qimmatli qog‘ozlar portfelini boshqarish va shular bilan bog‘liq munosabatlarni o‘rganadi. Bundan tashqari, xalqaro moliya umumjahon darajasidagi moliyaviy operatsiyalar va ularning o‘zaro aloqadorligi, yirik industrial davlatlar, rivojlanayotgan yoki o‘tish davlatlarida ularning qanday xususiyatlar kasb etishini va ulardagi doimiy o‘zgarishlarni tushuntiradi. “Xalqaro moliya”ga doir xorijiy adabiyotlarda xalqaro moliya bozorlari va risklarni boshqarish, transmilliy va to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiyalar, xalqaro qarz inqirozlariga asosiy urg‘u beriladi. Shuningdek, xalqaro moliya doirasida dunyo mamlakatlarining xalqaro moliya tizimidagi o‘rni, holati, tashqi moliyalashtirish mexanizmi, rivojlanayotgan moliya bozorlarining xususiyatlari ko‘rib chiqiladi. XX asrning so‘nggi yillarida sobiq Ittifoqning parchalanishi, mamlakatlar o‘rtasida iqtisodiy va siyosiy aloqalarning sifat jihatdan yangi bosqichga chiqishi, milliy xo‘jalik aloqalarining integratsiyalashuvi bilan, globalizatsiya jarayonlarining jadallashuvi yuz berdi. Globalizatsiya natijasida jahon xo‘jaligining tarkibiy qismiga aylanib borayotgan mamlakatlarning soni ortib bormoqda.
 
 
Bu milliy darajadagi huquqiy, iqtisodiy hamda texnologik to‘siqlar yo‘qolishiga, uning 
o‘rniga xalqaro iqtisodiy xo‘jalikning umumiy iqtisodiy qonuniyatlari va xalqaro 
xo‘jalikning funksional aloqalarini tatbiq etilishiga olib kelmoqda.  
Mamlakatlar hayotidagi globalizatsiya - iqtisodiy munosabatlardagi tovarlar, xizmatlar, 
kapital hamda fond bozorlaridagi savdo va siyosatga doir tartiblarning tobora erkinlashuvi 
orqali namoyon bo‘lmoqda. Tashqi savdo aloqalari erkinlashtirilayotgan mamlakatlar soni 
yil sayin ortib bormoqda.  
Jahon iqtisodiy va moliyaviy muhitining shakllanishiga ta’sir etgan  sezilarli 
o‘zgarishlar sifatida quyidagilarni ko‘rsatish mumkin: 
1) 1957 yili Londonda Britaniya hukumatining funt sterling ustidan nazorat 
o‘rnatishiga javob tariqasida evrodollar bozorining yuzaga kelishi; 
2) 1958 yilda dastlab, “Umumiy bozor” deb atalgan  Evropa Iqtisodiy Hamkorligi 
(EIH) - hozirgi Evropa Ittifoqining (EI) tashkil topishi; 
3) Amerika korporatsiyalari xorijiy faoliyatlarini kengaytirishga  intilishi (1950 
yillardan boshlab). Jahon bozorida Evropa va YAponiya korporatsiyalari faoliyatining 
sezilarli o‘sishi, shuningdek, xalqaro maydonda Amerika korporatsiyalari bilan ushbu 
mamlakatlar o‘rtasida raqobatning kuchayishi; 
4) O‘tgan asrning 60-yillarida YAponiya iqtisodiyotini tez sur’atlar bilan o‘sishi, Uzoq 
SHarq biznes  faoliyatida yangi imkoniyatlarning ortishi; 
5) 1971-1973 yillarda Brettonvud tizimini qulashiga olib kelgan jahon moliya 
inqirozlari,  valyutaning belgilangan kursi tizimidan,  suzuvchi valyuta kurslariga o‘tish; 
6) 1971-1979 yillardagi birinchi va ikkinchi neft inqirozlari jahon iqtisodiy tizimiga 
bosim o‘tkazishi. Ushbu sanalarda neft eksport qiluvchi mamlakatlar tashkiloti (OPEK) neft 
narxini sezilarli darajada oshirshi; 
7) Rivojlanayotgan mamlakatlarning 1982 yilda tashqi qarzlarga xizmat ko‘rsatishi 
bilan bog‘liq jahon qarzdorlik inqirozining boshlanishi; 
8) 1980 yillarda YAponiyaning xalqaro moliyaviy kuch va jahon kapitalining manbasi 
sifatida yetakchi mamlakatga aylanishi; 
9) 1987 yilda ettita mamlakatning (“Katta ettilik”) Parijda Luvr bitimini imzolashi. 
Ular o‘z valyuta kurslarining dollarga nisbatan tor tebranish doirasida sun’iy ravishda
Bu milliy darajadagi huquqiy, iqtisodiy hamda texnologik to‘siqlar yo‘qolishiga, uning o‘rniga xalqaro iqtisodiy xo‘jalikning umumiy iqtisodiy qonuniyatlari va xalqaro xo‘jalikning funksional aloqalarini tatbiq etilishiga olib kelmoqda. Mamlakatlar hayotidagi globalizatsiya - iqtisodiy munosabatlardagi tovarlar, xizmatlar, kapital hamda fond bozorlaridagi savdo va siyosatga doir tartiblarning tobora erkinlashuvi orqali namoyon bo‘lmoqda. Tashqi savdo aloqalari erkinlashtirilayotgan mamlakatlar soni yil sayin ortib bormoqda. Jahon iqtisodiy va moliyaviy muhitining shakllanishiga ta’sir etgan sezilarli o‘zgarishlar sifatida quyidagilarni ko‘rsatish mumkin: 1) 1957 yili Londonda Britaniya hukumatining funt sterling ustidan nazorat o‘rnatishiga javob tariqasida evrodollar bozorining yuzaga kelishi; 2) 1958 yilda dastlab, “Umumiy bozor” deb atalgan Evropa Iqtisodiy Hamkorligi (EIH) - hozirgi Evropa Ittifoqining (EI) tashkil topishi; 3) Amerika korporatsiyalari xorijiy faoliyatlarini kengaytirishga intilishi (1950 yillardan boshlab). Jahon bozorida Evropa va YAponiya korporatsiyalari faoliyatining sezilarli o‘sishi, shuningdek, xalqaro maydonda Amerika korporatsiyalari bilan ushbu mamlakatlar o‘rtasida raqobatning kuchayishi; 4) O‘tgan asrning 60-yillarida YAponiya iqtisodiyotini tez sur’atlar bilan o‘sishi, Uzoq SHarq biznes faoliyatida yangi imkoniyatlarning ortishi; 5) 1971-1973 yillarda Brettonvud tizimini qulashiga olib kelgan jahon moliya inqirozlari, valyutaning belgilangan kursi tizimidan, suzuvchi valyuta kurslariga o‘tish; 6) 1971-1979 yillardagi birinchi va ikkinchi neft inqirozlari jahon iqtisodiy tizimiga bosim o‘tkazishi. Ushbu sanalarda neft eksport qiluvchi mamlakatlar tashkiloti (OPEK) neft narxini sezilarli darajada oshirshi; 7) Rivojlanayotgan mamlakatlarning 1982 yilda tashqi qarzlarga xizmat ko‘rsatishi bilan bog‘liq jahon qarzdorlik inqirozining boshlanishi; 8) 1980 yillarda YAponiyaning xalqaro moliyaviy kuch va jahon kapitalining manbasi sifatida yetakchi mamlakatga aylanishi; 9) 1987 yilda ettita mamlakatning (“Katta ettilik”) Parijda Luvr bitimini imzolashi. Ular o‘z valyuta kurslarining dollarga nisbatan tor tebranish doirasida sun’iy ravishda
 
 
almashtirish orqali, kuchsizlanib borayotgan dollarni qo‘llab - quvvatlashni rejalashtirdilar. 
SHuningdek, ushbu mamlakatlar kelishilgan iqtisodiy siyosat yuritishni mo‘ljalladilar; 
10) 1987 yilda EIH yagona Evropa aktini qabul qilish orqali 1992 yilda yaxlit Evropa 
bozorini tashkil qilishni rejalashtirilishi. Bunda, mazkur tashkilotning G‘arbiy Evropa 
moliyaviy va iqtisodiy holatiga sezilarli ta’sir etishi kutildi; 
11) 1989-1992 yillarda SHarqiy Evropa mamlakatlari o‘z siyosiy yo‘nalishlarini 
o‘zgartirishi. Ularning kommunistik dunyoqarashdan ko‘p partiyaviylikka, markazdan 
rejalashtiriladigan iqtisodiyotdan erkin bozor iqtisodiyotiga o‘tishi, jahondagi siyosiy, 
iqtisodiy va moliyaviy holatga chuqur ta’sir etdi; 
12) 1992 yildan keyin yaxlit Evropa bozorining yuzaga kelishi, 1993 yil noyabr oyidan 
erkin savdo bo‘yicha SHimoliy Amerika bitimining kuchga kirishi, 1993 yilda Osiyo-tinch 
okeani iqtisodiy hamkorligi konferensiyasi va boshqa jarayonlar, o‘tgan asrning 90 - yillarida 
hududiy rivojlanishni jadallashtirdi. 
13) Evropa Ittifoqining yagona valyutasi - Evroning muomalaga kiritilishi, xorijiy 
valyuta zaxiralarining diversifikatsiya darajasi, valyutaviy bitimlar hajmi va ko‘lamiga 
sezilarli darajada ta’sir ko‘rsatdi. SHuningdek, evrodagi hosilaviy moliyaviy vositalar hajmi 
dunyoda yetakchi o‘rinni egalladi.  
XXI asr bo‘sag‘asida jahon iqtisodiyotida to‘rtta asosiy tarkibiy tendensiyalar 
kuzatildi: 
Birinchidan, xom - ashyo eksportiga asoslangan hamda sanoati rivojlangan 
mamlakatlar o‘rtasidagi munosabatlardagi o‘zgarishlar. Xom-ashyo yetkazib beruvchi 
mamlakatlar va sanoati rivojlangan mamlakatlar o‘rtasida an’anaviy iqtisodiy aloqalar 
mavjud bo‘lib, ularning o‘zaro munosabatlar modeli quyidagicha edi: xom - ashyo etkazib 
beruvchi mamlakatlar, xom-ashyoni eksport qilib, olingan valyuta tushumlaridan sanoat 
mahsulotlari importini moliyalashtirganlar. 
O‘tgan asrning 70-yillarida “Rim klubi” nomi bilan mashhur G‘arbiy Evropa olimlari 
“dunyo miqyosida tez orada tabiiy resurslarning global taqchilligi yuzaga keladi”, deb 
bashorat qilgan edilar. 
Ushbu mulohazalarga asoslanib ko‘pgina xom-ashyo etkazib beruvchi mamlakatlar 
xom - ashyo sotish evaziga valyuta tushumini oshirish maqsadida kartellarga birlashdilar. 
Ammo, sanoat texnologiyasi va qishloq xo‘jalik sohasining keskin rivojlanishi, xom -
almashtirish orqali, kuchsizlanib borayotgan dollarni qo‘llab - quvvatlashni rejalashtirdilar. SHuningdek, ushbu mamlakatlar kelishilgan iqtisodiy siyosat yuritishni mo‘ljalladilar; 10) 1987 yilda EIH yagona Evropa aktini qabul qilish orqali 1992 yilda yaxlit Evropa bozorini tashkil qilishni rejalashtirilishi. Bunda, mazkur tashkilotning G‘arbiy Evropa moliyaviy va iqtisodiy holatiga sezilarli ta’sir etishi kutildi; 11) 1989-1992 yillarda SHarqiy Evropa mamlakatlari o‘z siyosiy yo‘nalishlarini o‘zgartirishi. Ularning kommunistik dunyoqarashdan ko‘p partiyaviylikka, markazdan rejalashtiriladigan iqtisodiyotdan erkin bozor iqtisodiyotiga o‘tishi, jahondagi siyosiy, iqtisodiy va moliyaviy holatga chuqur ta’sir etdi; 12) 1992 yildan keyin yaxlit Evropa bozorining yuzaga kelishi, 1993 yil noyabr oyidan erkin savdo bo‘yicha SHimoliy Amerika bitimining kuchga kirishi, 1993 yilda Osiyo-tinch okeani iqtisodiy hamkorligi konferensiyasi va boshqa jarayonlar, o‘tgan asrning 90 - yillarida hududiy rivojlanishni jadallashtirdi. 13) Evropa Ittifoqining yagona valyutasi - Evroning muomalaga kiritilishi, xorijiy valyuta zaxiralarining diversifikatsiya darajasi, valyutaviy bitimlar hajmi va ko‘lamiga sezilarli darajada ta’sir ko‘rsatdi. SHuningdek, evrodagi hosilaviy moliyaviy vositalar hajmi dunyoda yetakchi o‘rinni egalladi. XXI asr bo‘sag‘asida jahon iqtisodiyotida to‘rtta asosiy tarkibiy tendensiyalar kuzatildi: Birinchidan, xom - ashyo eksportiga asoslangan hamda sanoati rivojlangan mamlakatlar o‘rtasidagi munosabatlardagi o‘zgarishlar. Xom-ashyo yetkazib beruvchi mamlakatlar va sanoati rivojlangan mamlakatlar o‘rtasida an’anaviy iqtisodiy aloqalar mavjud bo‘lib, ularning o‘zaro munosabatlar modeli quyidagicha edi: xom - ashyo etkazib beruvchi mamlakatlar, xom-ashyoni eksport qilib, olingan valyuta tushumlaridan sanoat mahsulotlari importini moliyalashtirganlar. O‘tgan asrning 70-yillarida “Rim klubi” nomi bilan mashhur G‘arbiy Evropa olimlari “dunyo miqyosida tez orada tabiiy resurslarning global taqchilligi yuzaga keladi”, deb bashorat qilgan edilar. Ushbu mulohazalarga asoslanib ko‘pgina xom-ashyo etkazib beruvchi mamlakatlar xom - ashyo sotish evaziga valyuta tushumini oshirish maqsadida kartellarga birlashdilar. Ammo, sanoat texnologiyasi va qishloq xo‘jalik sohasining keskin rivojlanishi, xom -
 
 
ashyoga bo‘lgan talabning qisqarishiga ta’sir ko‘rsatdi va natijada xom - ashyo bahosining 
pasayishi yuz berdi. 
Ikkinchidan, sanoati rivojlangan mamlakatlarda qo‘l mehnatiga asoslangan ishlab 
chiqarishdan, bilim va malakaga asoslangan ishlab chiqarishga o‘tildi.  
Jahon iqtisodiy tuzilmasidagi ushbu o‘zgarishlar natijasida bandlik tarkibida yuqori 
malaka talab qiluvchi mutaxassislarga ehtiyoj ortib,  nisbatan past malakali mutaxassislarga 
talab pasayib bordi. Axborot almashuvining osonligi - tadbirkorlik faoliyatini, kichik biznes 
va shaxsiy tashabbusni rag‘batlantirdi. 
Ilmiy-texnika taraqqiyoti yutuqlaridan foydalanish, bilimni va yuqori malakani talab 
qildi, shuning uchun ishlab chiqarish samaradorligi va raqobatbardoshlikni oshirish uchun, 
inson kapitaliga investitsiya qilish muhimligi ortdi. 
Uchinchidan, jahon savdosida xalqaro kapital harakatining sezilarli darajada ortishi. 
Ushbu o‘zgarish xalqaro savdoga nisbatan xalqaro kapital harakatining tez sur’atda o‘sishi 
bilan yuz berdi. Xalqaro moliya statistikasining ma’lumotlariga ko‘ra, jahon eksporti hajmi, 
1981 yildagi 2000 mlrd. AQSH dollaridan 1991 yilda 3447 mlrd. AQSH dollari darajasigacha 
o‘sgan. SHu vaqt oralig‘ida xalqaro obligatsiyalar emissiyasi 23 mlrd.dan 342 mlrd. AQSH 
dollariga o‘sdi.  
Bundan tashqari, uchta yetakchi xalqaro moliya bozorlarida ko‘plab xorijiy valyutalar 
aylanmasi sezilarli darajada o‘sdi. 1986 yildan 1992 yilgacha Londonda xorijiy valyutaning 
kunlik o‘rtacha aylanmasi 90 mlrd.dan 303 mlrd. AQSH dollarigacha ortdi. SHu davrda Nyu-
Yorkdagi kunlik aylanma 50 mlrd.dan 192 mlrd.ga, Tokioda 48 mlrd.dan 128 mlrd. AQSH 
dollariga ortgan. 
Xalqaro kreditlar hajmining sezilarli darajada ortishi nafaqat xalqaro ayirboshlash 
ko‘lamining ortishi, balki ishlab chiqarish maqsadlaridagi kreditga bo‘lgan talabning ortishi 
bilan ham izohlanadi. 1970-yillarga kelib esa, xalqaro xususiy kreditlar joriy to‘lov balansi 
defitsitini bevosita va bilvosita moliyatirish uchun ham foydalanila boshlandi.  
Xususiy firmalar bilan bir qatorda, hukumat, davlat tashkilotlari va korxonalari, 
xalqaro kredit tashkilotlari yirik qarz oluvchilarga aylandilar. So‘nggi o‘n yillikda xalqaro 
kapitallar bozori hisobidan rivojlangan va rivojlanayotgan davlatlar yalpi to‘lov balansi 
defitsitining qariyb 60 foizi moliyalashtirildi. 1970 - yillarda xalqaro kapitallar bozorining 
kengayishi xalqaro likvidlilik va moliyaviy mablag‘larning xalqaro harakatini oshishiga
ashyoga bo‘lgan talabning qisqarishiga ta’sir ko‘rsatdi va natijada xom - ashyo bahosining pasayishi yuz berdi. Ikkinchidan, sanoati rivojlangan mamlakatlarda qo‘l mehnatiga asoslangan ishlab chiqarishdan, bilim va malakaga asoslangan ishlab chiqarishga o‘tildi. Jahon iqtisodiy tuzilmasidagi ushbu o‘zgarishlar natijasida bandlik tarkibida yuqori malaka talab qiluvchi mutaxassislarga ehtiyoj ortib, nisbatan past malakali mutaxassislarga talab pasayib bordi. Axborot almashuvining osonligi - tadbirkorlik faoliyatini, kichik biznes va shaxsiy tashabbusni rag‘batlantirdi. Ilmiy-texnika taraqqiyoti yutuqlaridan foydalanish, bilimni va yuqori malakani talab qildi, shuning uchun ishlab chiqarish samaradorligi va raqobatbardoshlikni oshirish uchun, inson kapitaliga investitsiya qilish muhimligi ortdi. Uchinchidan, jahon savdosida xalqaro kapital harakatining sezilarli darajada ortishi. Ushbu o‘zgarish xalqaro savdoga nisbatan xalqaro kapital harakatining tez sur’atda o‘sishi bilan yuz berdi. Xalqaro moliya statistikasining ma’lumotlariga ko‘ra, jahon eksporti hajmi, 1981 yildagi 2000 mlrd. AQSH dollaridan 1991 yilda 3447 mlrd. AQSH dollari darajasigacha o‘sgan. SHu vaqt oralig‘ida xalqaro obligatsiyalar emissiyasi 23 mlrd.dan 342 mlrd. AQSH dollariga o‘sdi. Bundan tashqari, uchta yetakchi xalqaro moliya bozorlarida ko‘plab xorijiy valyutalar aylanmasi sezilarli darajada o‘sdi. 1986 yildan 1992 yilgacha Londonda xorijiy valyutaning kunlik o‘rtacha aylanmasi 90 mlrd.dan 303 mlrd. AQSH dollarigacha ortdi. SHu davrda Nyu- Yorkdagi kunlik aylanma 50 mlrd.dan 192 mlrd.ga, Tokioda 48 mlrd.dan 128 mlrd. AQSH dollariga ortgan. Xalqaro kreditlar hajmining sezilarli darajada ortishi nafaqat xalqaro ayirboshlash ko‘lamining ortishi, balki ishlab chiqarish maqsadlaridagi kreditga bo‘lgan talabning ortishi bilan ham izohlanadi. 1970-yillarga kelib esa, xalqaro xususiy kreditlar joriy to‘lov balansi defitsitini bevosita va bilvosita moliyatirish uchun ham foydalanila boshlandi. Xususiy firmalar bilan bir qatorda, hukumat, davlat tashkilotlari va korxonalari, xalqaro kredit tashkilotlari yirik qarz oluvchilarga aylandilar. So‘nggi o‘n yillikda xalqaro kapitallar bozori hisobidan rivojlangan va rivojlanayotgan davlatlar yalpi to‘lov balansi defitsitining qariyb 60 foizi moliyalashtirildi. 1970 - yillarda xalqaro kapitallar bozorining kengayishi xalqaro likvidlilik va moliyaviy mablag‘larning xalqaro harakatini oshishiga
 
 
sabab bo‘ldi.  
1971 yilning avgustiga kelib, AQSH hukumati oltinning AQSH dollariga erkin 
konvertilanishini bekor qildi. Bu holat amerika dollarining jahon bo‘ylab keng qo‘llanilishi 
va jahon valyutasiga aylanishiga sharoit yaratdi. AQSH hukumatining mazkur qaroridan 
so‘ng, bir qator davlatlar valyuta kursining erkin suzish rejimini joriy qilishga kirishib 
ketdilar, ayrimlarida qat’iy belgilangan kurs rejimiga qaytish holatlari uchragan bo‘lsada, bu 
holat vaqtinchalik xarakter kasb etdi. 1973 yilda esa, suzish rejimi YAmayka 
konferensiyasida rasman tan olindi va XVFning a’zo davlatlariga istalgan kurs rejimini joriy 
qilish huquqi berildi. 
To‘rtinchidan, transmilliy korporatsiyalar(TMK)ning qo‘shma korxonalarni tashkil 
etish uchun xalqaro investitsiyalari va hamkorlik bitimlarida diversifikatsiya darajasining 
ortishi. 
XX asrning 70-yillariga kelib, xalqaro moliya sohasida bir qator sifat o‘zgarishlari yuz 
berdi va zamonaviy xalqaro valyuta-moliya tizimining shakllanishi va rivojlanishiga turtki 
bo‘ldi. Xalqaro kreditlash hajmi va xarakterining o‘zgarishi birinchi galda Transmilliy 
korporatsiyalar faoliyati bilan bog‘liq bo‘lib, bu o‘z navbatida, moliyaviy resurslarning 
yanada oqilona foydalanilishiga olib keldi.  
Tranmnsmilliy korporatsiyalar o‘zlarining tashkiliy, ishlab chiqarish va marketing 
tizimlarini chet mamlakatlar hududlariga yoyib, shu yo‘l bilan tovar, xizmat, kapital va 
texnologiyalarini ishlab chiqarishga jalb etib, ushbu mamlakatlar o‘rtasidagi o‘zaro 
harakatlarga ta’sir etdi. Qo‘shma korxonalar xalqaro biznes integratsiyasining keng tarqalgan 
shakliga aylandi. 
Shuningdek, jahon iqtisodiyotining integratsiyalashuv jarayonlarida xalqaro 
tashkilotlar rolini alohida e’tirof etish zarur. 
O‘tish 
davrini 
boshdan 
kechirayotgan 
mamlakatlarning 
jahon 
bozoriga 
integratsiyalashuvi uzoq muddatli jarayon hisoblanadi. Ba’zi milliy bozorlarning ochiq, 
ba’zilarining qattiq tartibga solinadigan bo‘lgan hozirgi holati bilan, globallashuvning asosiy 
tamoyillaridan bo‘lgan erkinlashuv, bir-biriga nomuvofiq bo‘lgan ko‘rinishni hosil qilmoqda. 
Xalqaro tovarlar, xizmatlar va kapitallar almashinuvining erkinlashish an’anasi 
kengayayotgan bir paytda, har bir davlat eksport va importni tartibga solishning ma’lum 
instrumentlarini saqlab qolmoqdalar. Ularning asosiy maqsadi - tarkibiy qayta qurish va
sabab bo‘ldi. 1971 yilning avgustiga kelib, AQSH hukumati oltinning AQSH dollariga erkin konvertilanishini bekor qildi. Bu holat amerika dollarining jahon bo‘ylab keng qo‘llanilishi va jahon valyutasiga aylanishiga sharoit yaratdi. AQSH hukumatining mazkur qaroridan so‘ng, bir qator davlatlar valyuta kursining erkin suzish rejimini joriy qilishga kirishib ketdilar, ayrimlarida qat’iy belgilangan kurs rejimiga qaytish holatlari uchragan bo‘lsada, bu holat vaqtinchalik xarakter kasb etdi. 1973 yilda esa, suzish rejimi YAmayka konferensiyasida rasman tan olindi va XVFning a’zo davlatlariga istalgan kurs rejimini joriy qilish huquqi berildi. To‘rtinchidan, transmilliy korporatsiyalar(TMK)ning qo‘shma korxonalarni tashkil etish uchun xalqaro investitsiyalari va hamkorlik bitimlarida diversifikatsiya darajasining ortishi. XX asrning 70-yillariga kelib, xalqaro moliya sohasida bir qator sifat o‘zgarishlari yuz berdi va zamonaviy xalqaro valyuta-moliya tizimining shakllanishi va rivojlanishiga turtki bo‘ldi. Xalqaro kreditlash hajmi va xarakterining o‘zgarishi birinchi galda Transmilliy korporatsiyalar faoliyati bilan bog‘liq bo‘lib, bu o‘z navbatida, moliyaviy resurslarning yanada oqilona foydalanilishiga olib keldi. Tranmnsmilliy korporatsiyalar o‘zlarining tashkiliy, ishlab chiqarish va marketing tizimlarini chet mamlakatlar hududlariga yoyib, shu yo‘l bilan tovar, xizmat, kapital va texnologiyalarini ishlab chiqarishga jalb etib, ushbu mamlakatlar o‘rtasidagi o‘zaro harakatlarga ta’sir etdi. Qo‘shma korxonalar xalqaro biznes integratsiyasining keng tarqalgan shakliga aylandi. Shuningdek, jahon iqtisodiyotining integratsiyalashuv jarayonlarida xalqaro tashkilotlar rolini alohida e’tirof etish zarur. O‘tish davrini boshdan kechirayotgan mamlakatlarning jahon bozoriga integratsiyalashuvi uzoq muddatli jarayon hisoblanadi. Ba’zi milliy bozorlarning ochiq, ba’zilarining qattiq tartibga solinadigan bo‘lgan hozirgi holati bilan, globallashuvning asosiy tamoyillaridan bo‘lgan erkinlashuv, bir-biriga nomuvofiq bo‘lgan ko‘rinishni hosil qilmoqda. Xalqaro tovarlar, xizmatlar va kapitallar almashinuvining erkinlashish an’anasi kengayayotgan bir paytda, har bir davlat eksport va importni tartibga solishning ma’lum instrumentlarini saqlab qolmoqdalar. Ularning asosiy maqsadi - tarkibiy qayta qurish va
 
 
inqiroz davrining qiyinchiliklarini engib o‘tish, milliy xavfsizlikni ta’minlash-takror ishlab 
chiqarish uzluksizligini ta’minlovchi (energetika, transport, aloqa va xokazo) va mamlakat 
mudofaa qobiliyati kabi strategik sohalarni moliyaviy ta’minlash, shuningdek, savdo 
sheriklardan munosib imtiyozlar olish, shuningdek, byudjet tushumlarini oshirishdan iborat 
bo‘lmoqda. Amaldagi bunday proteksionizm fiskal muammolarni hal etishdan ko‘ra, ko‘proq 
tarkibiy siyosat o‘tkazish vositasi hisoblanadi. 
Hozirgi sharoitda nafaqat erkin savdo g‘oyasi (erkinlashuv) bilan proteksionizm 
o‘rtasida qarama-qarshilik yuzaga chiqmoqda, balki milliy xo‘jalikni jahon xo‘jaligiga kirish 
samarasini maksimal tarzda ta’minlash maqsadida, xo‘jalikni tartibga solishning yuqoridagi 
ikki instrumentining optimal aralashmasidan foydalanilmoqda. Bunday aralashmaning shakl 
va nisbatlari, ma’lum vaqtdagi pragmatik manfaatlardan kelib chiqib aniqlanadi. 
Xalqaro 
iqtisodiy 
munosabatlarda 
globalizatsiya 
bilan 
birga, 
integratsiya 
jarayonlarining yana bir shakli - ma’lum geografik joylashuvga asoslangan hududiy 
integratsiya yuz bermoqda. 
O‘sib boruvchi globallashuv, hududiylashuv, iqtisodiyotning transmilliylashuvi va 
integratsiya natijasida, eski – davlatlararo tartibga solish mexanizmi tubdan o‘zgardi. 
Mamlakatlar o‘rtasidagi iqtisodiy aloqalar ikkiyoqlama munosabatlar chegarasidan chiqib, 
ko‘pyoqlama tus olmoqda. 
Ammo, “milliy xo‘jalik majmui”, “mamlakatning milliy iqtisodiy manfaatlari” 
tushunchalari o‘z ma’nosini saqlab qolmoqda. Milliy xo‘jalik hamon ishlab chiqarish, 
almashuv, taqsimot va iste’mol, shuningdek, iqtisodiy faoliyatning asosiy markazidir. 
Har bir davlatning yillar davomida shakllangan o‘z tarixiy, iqtisodiy, ijtimoiy-madaniy 
rivojlanish xususiyatlari mavjud bo‘lib, boshqa mamlakatlarning tajribalarini ko‘r-ko‘rona 
ko‘chirib olish, yoki xalqaro tashkilotlar tomonidan tavsiya etiladigan, iqtisodiy 
rivojlanishning hamma uchun umumiy retseptlarini qo‘llash, samarasiz va iqtisodiy vaziyatni 
izdan chiqarishi mumkin. 
Umuman 
olganda, 
moliyaviy 
globallashuv 
sharoitida 
jahon 
xo‘jaligiga 
integratsiyalashuvda rivojlangan mamlakatlarning ilg‘or tajribalariga tahliliy yondashish va 
ushbu tajribalarni milliy xususiyatlar bilan eng optimal tarzda uyg‘unlashtirish maqsadga 
muvofiq sanaladi. 
2. Jahon banki va Xalqaro valyuta fondi
inqiroz davrining qiyinchiliklarini engib o‘tish, milliy xavfsizlikni ta’minlash-takror ishlab chiqarish uzluksizligini ta’minlovchi (energetika, transport, aloqa va xokazo) va mamlakat mudofaa qobiliyati kabi strategik sohalarni moliyaviy ta’minlash, shuningdek, savdo sheriklardan munosib imtiyozlar olish, shuningdek, byudjet tushumlarini oshirishdan iborat bo‘lmoqda. Amaldagi bunday proteksionizm fiskal muammolarni hal etishdan ko‘ra, ko‘proq tarkibiy siyosat o‘tkazish vositasi hisoblanadi. Hozirgi sharoitda nafaqat erkin savdo g‘oyasi (erkinlashuv) bilan proteksionizm o‘rtasida qarama-qarshilik yuzaga chiqmoqda, balki milliy xo‘jalikni jahon xo‘jaligiga kirish samarasini maksimal tarzda ta’minlash maqsadida, xo‘jalikni tartibga solishning yuqoridagi ikki instrumentining optimal aralashmasidan foydalanilmoqda. Bunday aralashmaning shakl va nisbatlari, ma’lum vaqtdagi pragmatik manfaatlardan kelib chiqib aniqlanadi. Xalqaro iqtisodiy munosabatlarda globalizatsiya bilan birga, integratsiya jarayonlarining yana bir shakli - ma’lum geografik joylashuvga asoslangan hududiy integratsiya yuz bermoqda. O‘sib boruvchi globallashuv, hududiylashuv, iqtisodiyotning transmilliylashuvi va integratsiya natijasida, eski – davlatlararo tartibga solish mexanizmi tubdan o‘zgardi. Mamlakatlar o‘rtasidagi iqtisodiy aloqalar ikkiyoqlama munosabatlar chegarasidan chiqib, ko‘pyoqlama tus olmoqda. Ammo, “milliy xo‘jalik majmui”, “mamlakatning milliy iqtisodiy manfaatlari” tushunchalari o‘z ma’nosini saqlab qolmoqda. Milliy xo‘jalik hamon ishlab chiqarish, almashuv, taqsimot va iste’mol, shuningdek, iqtisodiy faoliyatning asosiy markazidir. Har bir davlatning yillar davomida shakllangan o‘z tarixiy, iqtisodiy, ijtimoiy-madaniy rivojlanish xususiyatlari mavjud bo‘lib, boshqa mamlakatlarning tajribalarini ko‘r-ko‘rona ko‘chirib olish, yoki xalqaro tashkilotlar tomonidan tavsiya etiladigan, iqtisodiy rivojlanishning hamma uchun umumiy retseptlarini qo‘llash, samarasiz va iqtisodiy vaziyatni izdan chiqarishi mumkin. Umuman olganda, moliyaviy globallashuv sharoitida jahon xo‘jaligiga integratsiyalashuvda rivojlangan mamlakatlarning ilg‘or tajribalariga tahliliy yondashish va ushbu tajribalarni milliy xususiyatlar bilan eng optimal tarzda uyg‘unlashtirish maqsadga muvofiq sanaladi. 2. Jahon banki va Xalqaro valyuta fondi
 
 
Qat’iy belgilangan paritet tizimiga o‘tilgunga qadar, ya’ni oltin va oltin deviz standarti 
sharoitida barcha global xarakterga ega bo‘lgan moliyaviy muammolar xalqaro 
konferensiyalarda hal qilinar edi. Boshqacha aytganda, jahon moliya tizimining rivojlanishi 
ustidan doimiy monitoring olib boruvchi, uning amal qilish tamoyillarini ishlab chiquvchi va 
mamlakatlarga iqtisodiy muammolarni hal qilish uchun moliyaviy ko‘mak beruvchi organlar 
mavjud emas edi. 1944 yilda AQSHdagi Bretton Vuds konferensiyasida Xalqaro valyuta 
fondi (XVF) va Xalqaro tiklanish va taraqqiyot bankining (XTTB) tashkil etilishi xalqaro 
moliya va valyuta tizimining rivojlanishida muhim qadam bo‘ldi. 
“Jahon banki” atamasi tarkiban Xalqaro tiklanish va taraqqiyot banki (International 
Bank for Reconstruction and Development) va Xalqaro rivojlanish assotsiatsiyasini 
(International Development Association) qamrab oladi. “Jahon banki guruhi” atamasi esa, 5 
ta tashkilotni, xususan, XTTB, XRA, Xalqaro moliya korporatsiyasi (International Financial 
Corporation), Investitsiyalarni kafolatlash bo‘yicha ko‘p tomonlama agentlik (Multilateral 
Investment Guarantee Agency), Xalqaro investitsion bahslarni tartibga solish markazini 
(International Center for Settlement of Investment Disputes) o‘z ichiga oladi. 
XTTBga a’zo bo‘ladigan davlatlarning bir vaqtda XVFga a’zo bo‘lishi talab etiladi. 
XTTBga a’zolik esa, o‘z navbatida, Jahon banki guruhining boshqa tashkilotlariga a’zo 
bo‘lish uchun dastlabki shart-sharoitlardan hisoblanadi. 
XTTBning Kelishuvlar moddasining 1-moddasiga muvofiq uning maqsadlari sirasiga 
quyidagilar kiradi: 
- a’zo davlatlarning milliy iqtisojiyotni tiklash va rivojlantirishga ko‘maklashish; 
- kafolatlar berish, xususiy va boshqa investorlarning investitsiyalari va ssudalarida 
ishtirok etish orqali xususiy va xorijiy investitsiyalarni rag‘batlantirish; 
- jahon savdosining muvozanatli o‘sishini va a’zo davlatlar to‘lov balansining 
muvozanatliligini qo‘llab-quvvatlash. 
XTTBning faoliyati o‘rta daromadli va kreditga layoqatli rivojlanayotgan davlatlarda 
ssudalar, kafolatlar, riskni boshqarish mahsulotlari, maslahat xizmatlari orqali qashshoqlikni 
qisqartirishga qaratilgan. 2008 yil 1 yanvar holatiga unga a’zo mamlakatlar soni 185 tani 
tashkil etgan. 
XTTBning asosiy mablag‘lari hozirgi kunda o‘rta va uzoq muddatli qarz 
majburiyatlarini emissiya qilish orqali xalqaro moliya bozorlaridagi operatsiyalar hisobidan
Qat’iy belgilangan paritet tizimiga o‘tilgunga qadar, ya’ni oltin va oltin deviz standarti sharoitida barcha global xarakterga ega bo‘lgan moliyaviy muammolar xalqaro konferensiyalarda hal qilinar edi. Boshqacha aytganda, jahon moliya tizimining rivojlanishi ustidan doimiy monitoring olib boruvchi, uning amal qilish tamoyillarini ishlab chiquvchi va mamlakatlarga iqtisodiy muammolarni hal qilish uchun moliyaviy ko‘mak beruvchi organlar mavjud emas edi. 1944 yilda AQSHdagi Bretton Vuds konferensiyasida Xalqaro valyuta fondi (XVF) va Xalqaro tiklanish va taraqqiyot bankining (XTTB) tashkil etilishi xalqaro moliya va valyuta tizimining rivojlanishida muhim qadam bo‘ldi. “Jahon banki” atamasi tarkiban Xalqaro tiklanish va taraqqiyot banki (International Bank for Reconstruction and Development) va Xalqaro rivojlanish assotsiatsiyasini (International Development Association) qamrab oladi. “Jahon banki guruhi” atamasi esa, 5 ta tashkilotni, xususan, XTTB, XRA, Xalqaro moliya korporatsiyasi (International Financial Corporation), Investitsiyalarni kafolatlash bo‘yicha ko‘p tomonlama agentlik (Multilateral Investment Guarantee Agency), Xalqaro investitsion bahslarni tartibga solish markazini (International Center for Settlement of Investment Disputes) o‘z ichiga oladi. XTTBga a’zo bo‘ladigan davlatlarning bir vaqtda XVFga a’zo bo‘lishi talab etiladi. XTTBga a’zolik esa, o‘z navbatida, Jahon banki guruhining boshqa tashkilotlariga a’zo bo‘lish uchun dastlabki shart-sharoitlardan hisoblanadi. XTTBning Kelishuvlar moddasining 1-moddasiga muvofiq uning maqsadlari sirasiga quyidagilar kiradi: - a’zo davlatlarning milliy iqtisojiyotni tiklash va rivojlantirishga ko‘maklashish; - kafolatlar berish, xususiy va boshqa investorlarning investitsiyalari va ssudalarida ishtirok etish orqali xususiy va xorijiy investitsiyalarni rag‘batlantirish; - jahon savdosining muvozanatli o‘sishini va a’zo davlatlar to‘lov balansining muvozanatliligini qo‘llab-quvvatlash. XTTBning faoliyati o‘rta daromadli va kreditga layoqatli rivojlanayotgan davlatlarda ssudalar, kafolatlar, riskni boshqarish mahsulotlari, maslahat xizmatlari orqali qashshoqlikni qisqartirishga qaratilgan. 2008 yil 1 yanvar holatiga unga a’zo mamlakatlar soni 185 tani tashkil etgan. XTTBning asosiy mablag‘lari hozirgi kunda o‘rta va uzoq muddatli qarz majburiyatlarini emissiya qilish orqali xalqaro moliya bozorlaridagi operatsiyalar hisobidan
 
 
shakllanadi. XTTB qimmatli qog‘ozlari yuqori kredit reytingiga (AAA) ega bo‘lib, 
dunyoning 100 dan ortiq mamlakatlariga joylashtiriladi. XTTBning kreditlari qarz oluvchi 
davlat milliy valyutasida emas, balki devizlarda, ya’ni xalqaro darajada to‘lov vositasi 
sifatida tan olingan valyutalarda ajratiladi. 
XRA 1960 yilda tashkil topgan bo‘lib, dunyoning sust rivojlangan, qashshoq 
davlatlariga moliyaviy ko‘mak beradi.  
XRA Kelishuvlar moddasining 1 - moddasiga muvofiq, uning maqsadi iqtisodiy 
rivojlanishni rag‘batlantirish, samaradorlikni oshirish va shuning asosida, sust rivojlangan 
a’zo mamlakatlarda aholi turmush tarzini oshirish, shuningdek, ana’naviy kreditlarga 
nisbatan og‘ir bo‘lmagan qulay shartlarda moliyaviy ko‘mak berish hisoblanadi. 
XRA foizsiz kreditlar va iqtisodiy o‘sishni rag‘batlantirishga qaratilgan grantlar 
ajratish orqali qashshoqlikni qisqartirish, ijtimoiy tengsizlikni kamaytirish va aholi turmush 
tarzini oshirishni ko‘zda tutadi.  XRA moliyaviy yordamlaridan aholi jon boshiga YAIM 
ko‘rsatkichi 1025 AQSH dollaridan (2007 moliyaviy yil uchun) kam bo‘lgan davlatlar 
foydalanishi mumkin. Hozirgi kunda 82 ta mamlakat XRA xizmatlaridan foydalanish 
huquqiga ega. 
XRA kreditlarining qaytarish muddatlari 20, 35 va 40 yilni tashkil etadi, shundan 
dastlabki 10 yili imtiyozli davr hisoblanadi va bu davrda asosiy qarz bo‘yicha to‘lovlar 
amalga oshirilmaydi. Ta’kidlash lozimki, XRA kreditlariga foiz to‘lanmaydi, biroq xizmat 
ko‘rsatish uchun kam miqdordagi (hozirda ajratilgan kredit summaning 0,75 foizi) xarajatlar 
qarz oluvchi tomonidan qoplanadi. 
Xalqaro moliya korporatsiyasi (XMK) 1956 yilda tashkil etilgan bo‘lib, uning bosh 
maqsadi rivojlanayotgan davlatlarda xususiy sektor investitsiyalarini qo‘llab - quvvatlash 
orqali iqtisodiy o‘sishni rag‘batlantirish hisoblanadi. 
XMK hukumat kafolatini talab qilmagani bois, benefitsiarlarining kreditga 
layoqatliligini sinchkovlik bilan tahlil qiladi. SHuningdek, XMK kreditlarining moliyaviy 
shartlari, XTTB va XRA bilan taqqoslaganda, sezilarli darajada og‘ir hisoblanadi. XMK 
kreditlarining katta qismi 7-12 yil muddatga qat’iy va suzuvchi stavkalarda turli valyutalarda 
ajratiladi. 
Investitsiyalarni kafolatlash bo‘yicha ko‘p tomonlama agentlik (MIGA) 1988 yilda 
tashkil etilgan bo‘lib, Jahon banki guruhining eng yosh a’zosi hisoblanadi. Bu tashkilotning
shakllanadi. XTTB qimmatli qog‘ozlari yuqori kredit reytingiga (AAA) ega bo‘lib, dunyoning 100 dan ortiq mamlakatlariga joylashtiriladi. XTTBning kreditlari qarz oluvchi davlat milliy valyutasida emas, balki devizlarda, ya’ni xalqaro darajada to‘lov vositasi sifatida tan olingan valyutalarda ajratiladi. XRA 1960 yilda tashkil topgan bo‘lib, dunyoning sust rivojlangan, qashshoq davlatlariga moliyaviy ko‘mak beradi. XRA Kelishuvlar moddasining 1 - moddasiga muvofiq, uning maqsadi iqtisodiy rivojlanishni rag‘batlantirish, samaradorlikni oshirish va shuning asosida, sust rivojlangan a’zo mamlakatlarda aholi turmush tarzini oshirish, shuningdek, ana’naviy kreditlarga nisbatan og‘ir bo‘lmagan qulay shartlarda moliyaviy ko‘mak berish hisoblanadi. XRA foizsiz kreditlar va iqtisodiy o‘sishni rag‘batlantirishga qaratilgan grantlar ajratish orqali qashshoqlikni qisqartirish, ijtimoiy tengsizlikni kamaytirish va aholi turmush tarzini oshirishni ko‘zda tutadi. XRA moliyaviy yordamlaridan aholi jon boshiga YAIM ko‘rsatkichi 1025 AQSH dollaridan (2007 moliyaviy yil uchun) kam bo‘lgan davlatlar foydalanishi mumkin. Hozirgi kunda 82 ta mamlakat XRA xizmatlaridan foydalanish huquqiga ega. XRA kreditlarining qaytarish muddatlari 20, 35 va 40 yilni tashkil etadi, shundan dastlabki 10 yili imtiyozli davr hisoblanadi va bu davrda asosiy qarz bo‘yicha to‘lovlar amalga oshirilmaydi. Ta’kidlash lozimki, XRA kreditlariga foiz to‘lanmaydi, biroq xizmat ko‘rsatish uchun kam miqdordagi (hozirda ajratilgan kredit summaning 0,75 foizi) xarajatlar qarz oluvchi tomonidan qoplanadi. Xalqaro moliya korporatsiyasi (XMK) 1956 yilda tashkil etilgan bo‘lib, uning bosh maqsadi rivojlanayotgan davlatlarda xususiy sektor investitsiyalarini qo‘llab - quvvatlash orqali iqtisodiy o‘sishni rag‘batlantirish hisoblanadi. XMK hukumat kafolatini talab qilmagani bois, benefitsiarlarining kreditga layoqatliligini sinchkovlik bilan tahlil qiladi. SHuningdek, XMK kreditlarining moliyaviy shartlari, XTTB va XRA bilan taqqoslaganda, sezilarli darajada og‘ir hisoblanadi. XMK kreditlarining katta qismi 7-12 yil muddatga qat’iy va suzuvchi stavkalarda turli valyutalarda ajratiladi. Investitsiyalarni kafolatlash bo‘yicha ko‘p tomonlama agentlik (MIGA) 1988 yilda tashkil etilgan bo‘lib, Jahon banki guruhining eng yosh a’zosi hisoblanadi. Bu tashkilotning
 
 
bosh maqsadi - notijorat (siyosiy) risklarga qarshi kafolat berish orqali rivojlanayotgan 
davlatlardagi to‘g‘ridan - to‘g‘ri investitsiyalarga ko‘maklashishdir. Bundan tashqari, u 
rivojlanayotgan davlatlar hukumatlariga xorijiy investitsiyalarga ko‘maklashish dasturlarini 
ishlab chiqish bo‘yicha maslahatlar beradi. 
Xalqaro investitsion bahslarni tartibga solish markazi esa, davlatlar va xususiy 
investorlar o‘rtasidagi o‘zaro ishonchni mustahkamlash orqali investitsiya sohasidagi 
bahslarni hal qiladi va muvofiqlashtiradi. 
XVFning bosh maqsadi xalqaro valyuta tizimi, ya’ni mamlakatlar o‘rtasida tovar va 
xizmatlarning erkin ayirboshlanishiga xizmat qiladigan valyuta kurslari va xalqaro to‘lovlar 
tizimi barqarorligini ta’minlash hisoblanadi.  
Xalqaro valyuta fondi (XFV) kelishuvlar moddalarining birinchi moddasiga muvofiq, 
uning maqsadlari qatoriga quyidagilar kiradi: 
- xalqaro valyutaviy muammolarni bartaraf etish borasida maslahatlar va hamjihatlik 
mexanizmini ta’minlovchi doimiy institut orqali xalqaro valyutaviy hamkorlikni 
rag‘batlantirish; 
- xalqaro savdoning kengayishi va muvozanatli o‘sishini qo‘llab quvvatlash va shu 
orqali bandlik va real daromadlarning etarlicha yuqori darajasini ushlab turish va iqtisodiy 
siyosatning bosh maqsadi sifatida barcha a’zo davlatlar resurslarining samaradorligini 
oshirishga hissa qo‘shish; 
- a’zo davlatlar o‘rtasida joriy bitimlarga doir ko‘p tomonlama to‘lovlar tizimini tashkil 
etish va jahon savdosi rivojlanishiga to‘sqinlik qiluvchi valyuta ayirboshlashdagi 
cheklovlarni bekor qilishga ko‘maklashish;  
- a’zolarning umumiy resurslari hisobidan etarlicha xavfsiz asosda mablag‘ bilan 
ta’minlash orqali ularning ishonchini qozonish, va shuning asosida ularga to‘lov balansidagi 
nomuvofiqliklar(tartibsizliklar)ni milliy yoki xalqaro taraqqiyotga g‘ov bo‘ladigan chora-
tadbirlarsiz to‘g‘rilash imkonini berish; 
- yuqoridagilarga muvofiq a’zo davlatlarning xalqaro to‘lovlar balanslaridagi 
nomuvofiqlik (muvozanat-sizlik)larning davomiyligini qisqartirish va uning darajasini 
pasaytirish. 
XVFni tashkil etish mobaynida qat’iy belgilangan paritet tizimining tamoyillari 
shakllantirilgan bo‘lib, ularga valyutalarning oltin paritetiga muvofiq tarzda ularning rasmiy
bosh maqsadi - notijorat (siyosiy) risklarga qarshi kafolat berish orqali rivojlanayotgan davlatlardagi to‘g‘ridan - to‘g‘ri investitsiyalarga ko‘maklashishdir. Bundan tashqari, u rivojlanayotgan davlatlar hukumatlariga xorijiy investitsiyalarga ko‘maklashish dasturlarini ishlab chiqish bo‘yicha maslahatlar beradi. Xalqaro investitsion bahslarni tartibga solish markazi esa, davlatlar va xususiy investorlar o‘rtasidagi o‘zaro ishonchni mustahkamlash orqali investitsiya sohasidagi bahslarni hal qiladi va muvofiqlashtiradi. XVFning bosh maqsadi xalqaro valyuta tizimi, ya’ni mamlakatlar o‘rtasida tovar va xizmatlarning erkin ayirboshlanishiga xizmat qiladigan valyuta kurslari va xalqaro to‘lovlar tizimi barqarorligini ta’minlash hisoblanadi. Xalqaro valyuta fondi (XFV) kelishuvlar moddalarining birinchi moddasiga muvofiq, uning maqsadlari qatoriga quyidagilar kiradi: - xalqaro valyutaviy muammolarni bartaraf etish borasida maslahatlar va hamjihatlik mexanizmini ta’minlovchi doimiy institut orqali xalqaro valyutaviy hamkorlikni rag‘batlantirish; - xalqaro savdoning kengayishi va muvozanatli o‘sishini qo‘llab quvvatlash va shu orqali bandlik va real daromadlarning etarlicha yuqori darajasini ushlab turish va iqtisodiy siyosatning bosh maqsadi sifatida barcha a’zo davlatlar resurslarining samaradorligini oshirishga hissa qo‘shish; - a’zo davlatlar o‘rtasida joriy bitimlarga doir ko‘p tomonlama to‘lovlar tizimini tashkil etish va jahon savdosi rivojlanishiga to‘sqinlik qiluvchi valyuta ayirboshlashdagi cheklovlarni bekor qilishga ko‘maklashish; - a’zolarning umumiy resurslari hisobidan etarlicha xavfsiz asosda mablag‘ bilan ta’minlash orqali ularning ishonchini qozonish, va shuning asosida ularga to‘lov balansidagi nomuvofiqliklar(tartibsizliklar)ni milliy yoki xalqaro taraqqiyotga g‘ov bo‘ladigan chora- tadbirlarsiz to‘g‘rilash imkonini berish; - yuqoridagilarga muvofiq a’zo davlatlarning xalqaro to‘lovlar balanslaridagi nomuvofiqlik (muvozanat-sizlik)larning davomiyligini qisqartirish va uning darajasini pasaytirish. XVFni tashkil etish mobaynida qat’iy belgilangan paritet tizimining tamoyillari shakllantirilgan bo‘lib, ularga valyutalarning oltin paritetiga muvofiq tarzda ularning rasmiy
 
 
almashuv kursini o‘rnatish, a’zo mamlakatlar tomonidan almashuv kurslarining valyuta 
yo‘lakchasi (1945-1971 yillarda - 
1
foiz, 1971 - 1973 yillarda – 
25
,
2

foiz) doirasida 
bo‘lishini ta’minlanishi, oltinning jahon puli funksiyasini saqlanishi bilan birga, AQSH 
dollariga ushbu funksiyani bajaruvchi valyuta maqomining berilishi kabilarni kiritish 
mumkin. 
Bretton - Vuds tizimi tanazzulga uchragach, majburiy valyuta yo‘lakchalari bekor 
qilindi va valyuta kursining erkin suzish tizimiga o‘tildi. SHuningdek, oltin demonetizatsiya 
qilindi, ya’ni oltin standarti, xalqaro hisob - kitoblarda va Markaziy bankning zaxiralarini 
shakllantirishda oltindan majburiy foydalanish amaliyoti, AQSH dollarining oltinga erkin 
ayirboshlanishi bekor qilindi. Bundan tashqari, har bir mamlakat valyuta kursini rejimini 
mustaqil tanlash huquqiga ega bo‘ldi.  
SHunday bo‘lsada, XVF nizomiga muvofiq, a) mamlakatda moliyaviy va valyuta 
siyosati barqarorligini qo‘llab-quvvatlash hamda Markaziy bank tomonidan valyuta 
kursining kuchli tebranishi yuz berganda intervensiyadan foydalanilishi; b) bir tomonlama 
ustunlikka ega bo‘lishga qaratilgan valyuta kursining manipulyasiyasidan voz kechish; v) 
valyutani tartibga solish va valyuta kursi mexanizmida ko‘zda tutilayotgan o‘zgarishlar 
haqida XVFni zudlik bilan xabardor qilish; g) valyutalarni oltinga bog‘lab qo‘yish tartibidan 
voz kechish talab etiladi. 
XVF bu taraqqiyot instituti emas, Kelishuvlar moddasiga muvofiq, qashshoq 
mamlakatlarga infratuzilmani shakllantirish, ekport va boshqa sektorlarni diversifikatsiya 
qilish yoki ta’lim va sog‘liqni saqlash tizimini rivojlantirish maqsadida kreditlar ajratmaydi.  
Har qanday mamlakat xoh u rivojlangan bo‘lsin, xoh u sust rivojlangan, agar u 
kapitallar bozorida qulay shartlarda xalqaro to‘lovlarni amalga oshirish va zaxiralarning 
muvofiq darajasini ta’minlash uchun yetarlicha moliyalashtirish manbasini topa olmasa, 
to‘lov balansi bilan bog‘liq muammolarni bartaraf etish uchun moliyaviy yordam so‘rab 
XVFga murojaat qilishi mumkin. XVF Jahon banki va boshqa taraqqiyot agentliklaridan 
farqli ravishda loyihalarni moliyalashtirmaydi. 
XVFning kreditlash dasturlarini quyidagicha kategoriyalarga ajratish mumkin: 
1. Rezerv (Stand-By) kelishuvlari asosan qisqa mudatli to‘lov balansi muammolarini 
bartaraf etishga mo‘ljallangan. XVFning eng yirik kreditlari ham mazkur kategoriyaga 
tegishlidir. 1997 yilda XVF Qo‘shimcha rezerv dasturini amaliyotga joriy qildi. Mazkur
almashuv kursini o‘rnatish, a’zo mamlakatlar tomonidan almashuv kurslarining valyuta yo‘lakchasi (1945-1971 yillarda - 1 foiz, 1971 - 1973 yillarda – 25 , 2  foiz) doirasida bo‘lishini ta’minlanishi, oltinning jahon puli funksiyasini saqlanishi bilan birga, AQSH dollariga ushbu funksiyani bajaruvchi valyuta maqomining berilishi kabilarni kiritish mumkin. Bretton - Vuds tizimi tanazzulga uchragach, majburiy valyuta yo‘lakchalari bekor qilindi va valyuta kursining erkin suzish tizimiga o‘tildi. SHuningdek, oltin demonetizatsiya qilindi, ya’ni oltin standarti, xalqaro hisob - kitoblarda va Markaziy bankning zaxiralarini shakllantirishda oltindan majburiy foydalanish amaliyoti, AQSH dollarining oltinga erkin ayirboshlanishi bekor qilindi. Bundan tashqari, har bir mamlakat valyuta kursini rejimini mustaqil tanlash huquqiga ega bo‘ldi. SHunday bo‘lsada, XVF nizomiga muvofiq, a) mamlakatda moliyaviy va valyuta siyosati barqarorligini qo‘llab-quvvatlash hamda Markaziy bank tomonidan valyuta kursining kuchli tebranishi yuz berganda intervensiyadan foydalanilishi; b) bir tomonlama ustunlikka ega bo‘lishga qaratilgan valyuta kursining manipulyasiyasidan voz kechish; v) valyutani tartibga solish va valyuta kursi mexanizmida ko‘zda tutilayotgan o‘zgarishlar haqida XVFni zudlik bilan xabardor qilish; g) valyutalarni oltinga bog‘lab qo‘yish tartibidan voz kechish talab etiladi. XVF bu taraqqiyot instituti emas, Kelishuvlar moddasiga muvofiq, qashshoq mamlakatlarga infratuzilmani shakllantirish, ekport va boshqa sektorlarni diversifikatsiya qilish yoki ta’lim va sog‘liqni saqlash tizimini rivojlantirish maqsadida kreditlar ajratmaydi. Har qanday mamlakat xoh u rivojlangan bo‘lsin, xoh u sust rivojlangan, agar u kapitallar bozorida qulay shartlarda xalqaro to‘lovlarni amalga oshirish va zaxiralarning muvofiq darajasini ta’minlash uchun yetarlicha moliyalashtirish manbasini topa olmasa, to‘lov balansi bilan bog‘liq muammolarni bartaraf etish uchun moliyaviy yordam so‘rab XVFga murojaat qilishi mumkin. XVF Jahon banki va boshqa taraqqiyot agentliklaridan farqli ravishda loyihalarni moliyalashtirmaydi. XVFning kreditlash dasturlarini quyidagicha kategoriyalarga ajratish mumkin: 1. Rezerv (Stand-By) kelishuvlari asosan qisqa mudatli to‘lov balansi muammolarini bartaraf etishga mo‘ljallangan. XVFning eng yirik kreditlari ham mazkur kategoriyaga tegishlidir. 1997 yilda XVF Qo‘shimcha rezerv dasturini amaliyotga joriy qildi. Mazkur
 
 
dastur kapital hisobraqami bilan bog‘liq inqirozlarni boshdan kechirayotgan davlatlarga 
zudlik bilan juda qisqa muddatli kreditlarni ajratishni ko‘zda tutadi.  
2. Uzaytirilgan fond dasturi XVF tomonidan to‘lov balansi qiyinchiliklariga yuz tutgan 
mamlakatlarga ko‘maklashish maqsadida joriy qilingan bo‘lib, bunda muammolar qisman 
strukturaviy 
muammolar 
bilan 
bog‘liq 
va 
uni 
bartaraf 
etish 
makroiqtisodiy 
nomuvofiqliklarga nisbatan uzoqroq muddatni taqozo etadi. 
3. Qashshoqlikni qisqartirish va iqtisodiy o‘sish dasturi asosida XVF yillik foiz 
stavkasi 0,5 foiz va so‘ndirish muddati 10 yil bo‘lgan kreditlarni o‘zining eng qashshoq a’zo 
davlatlariga taqdim etadi. Ta’kidlash lozimki, XVF kreditlarining ko‘pchilik qismi shu 
kategoriyaga mansubdir. 2005 yilda Ekzogen shoklar dasturi ishlab chiqilib tasdiqlandi. Bu 
dastur asosida Qashshoqlikni qisqartirish va iqtisodiy o‘sish dasturi orqali kredit olmaydigan 
sust rivojlangan davlatlarga ularning nazorat doirasidan tashqarida bo‘lgan shoklar tufayli 
vujudga keladigan to‘lov balansi muammolarini bartaraf etish uchun kreditlar taqdim etiladi. 
 
3. Valyuta kursi va valyuta bozorlari 
Valyuta ayirboshlash kursi mamlakat iqtisodiyotini boshqa mamlakatlar bilan 
bog‘lovchi asosiy omillardan biridir.  
Bir valyutaning boshqa valyuta birligidagi bahosi valyuta kursi deb ataladi. U 
mamlakat iqtisodiyotiga, hatto aholining turmush tarziga ham ta’sir ko‘rsatadi. Buning sababi 
shundaki, birinchidan, valyuta kursining o‘zgarishi mamlakat eksport tovarlarining 
raqobatbardoshlik darajasiga ta’sir qiladi, ikkinchidan, milliy valyuta almashuv kursining 
pasayishi import tovarlari va xizmatlarining milliy valyutadagi bahosining oshishiga olib 
keladi va shuning asosida aholi xarid quvvatiga nisbatan salbiy ta’sirni yuzaga keltiradi.  
Valyuta kursi inflyasiyani hisobga olishiga ko‘ra nominal va real almashuv kurslariga 
bo‘linadi.  
Nominal ayirboshlash kursi-bu ikki mamlakat valyutasining nisbiy bahosidir.  
Real ayirboshlash kursi - bu ikkita mamlakatda ishlab chiqarilgan tovarlarning nisbiy 
bahosi. Real ayirboshlash kursi nominal kurs va tovarlarning milliy valyutadagi narxiga 
bog‘liq bo‘lib quyidagi formula bo‘yicha hisoblanadi: 
R = e x P / P*
dastur kapital hisobraqami bilan bog‘liq inqirozlarni boshdan kechirayotgan davlatlarga zudlik bilan juda qisqa muddatli kreditlarni ajratishni ko‘zda tutadi. 2. Uzaytirilgan fond dasturi XVF tomonidan to‘lov balansi qiyinchiliklariga yuz tutgan mamlakatlarga ko‘maklashish maqsadida joriy qilingan bo‘lib, bunda muammolar qisman strukturaviy muammolar bilan bog‘liq va uni bartaraf etish makroiqtisodiy nomuvofiqliklarga nisbatan uzoqroq muddatni taqozo etadi. 3. Qashshoqlikni qisqartirish va iqtisodiy o‘sish dasturi asosida XVF yillik foiz stavkasi 0,5 foiz va so‘ndirish muddati 10 yil bo‘lgan kreditlarni o‘zining eng qashshoq a’zo davlatlariga taqdim etadi. Ta’kidlash lozimki, XVF kreditlarining ko‘pchilik qismi shu kategoriyaga mansubdir. 2005 yilda Ekzogen shoklar dasturi ishlab chiqilib tasdiqlandi. Bu dastur asosida Qashshoqlikni qisqartirish va iqtisodiy o‘sish dasturi orqali kredit olmaydigan sust rivojlangan davlatlarga ularning nazorat doirasidan tashqarida bo‘lgan shoklar tufayli vujudga keladigan to‘lov balansi muammolarini bartaraf etish uchun kreditlar taqdim etiladi. 3. Valyuta kursi va valyuta bozorlari Valyuta ayirboshlash kursi mamlakat iqtisodiyotini boshqa mamlakatlar bilan bog‘lovchi asosiy omillardan biridir. Bir valyutaning boshqa valyuta birligidagi bahosi valyuta kursi deb ataladi. U mamlakat iqtisodiyotiga, hatto aholining turmush tarziga ham ta’sir ko‘rsatadi. Buning sababi shundaki, birinchidan, valyuta kursining o‘zgarishi mamlakat eksport tovarlarining raqobatbardoshlik darajasiga ta’sir qiladi, ikkinchidan, milliy valyuta almashuv kursining pasayishi import tovarlari va xizmatlarining milliy valyutadagi bahosining oshishiga olib keladi va shuning asosida aholi xarid quvvatiga nisbatan salbiy ta’sirni yuzaga keltiradi. Valyuta kursi inflyasiyani hisobga olishiga ko‘ra nominal va real almashuv kurslariga bo‘linadi. Nominal ayirboshlash kursi-bu ikki mamlakat valyutasining nisbiy bahosidir. Real ayirboshlash kursi - bu ikkita mamlakatda ishlab chiqarilgan tovarlarning nisbiy bahosi. Real ayirboshlash kursi nominal kurs va tovarlarning milliy valyutadagi narxiga bog‘liq bo‘lib quyidagi formula bo‘yicha hisoblanadi: R = e x P / P*
 
 
Bunda, e - nominal ayirboshlash kursi, P - bitta mamlakatdagi baholar darajasi, P* - 
esa boshqa mamlakatdagi baholar darajasini ifodalaydi. Bunda  
e = R x P* / P 
Ma’lumki, milliy valyuta kursining 3 asosiy rejimi mavjud: 
1. Erkin suzish rejimi. 
2. Qat’iy belgilangan kurs rejimi. 
3. Boshqariladigan suzish rejimi. 
Agar milliy valyutaning kursi erkin tarzda valyuta bozorida talab va taklif asosida 
shakllansa, bu erkin suzib yuruvchi kurs rejimini anglatadi. Bunda mamlakat Markaziy banki 
milliy valyuta kursining ma’lum holati uchun javob bermaydi. Bu kurs rejimi erkin 
ayirboshlanadigan barcha zaxira valyutalariga tegishli. SHunday mamlakatlar borki, ularda 
joriy operatsiyalar bo‘yicha valyutaviy cheklovlar bekor qilingan, ammo boshqariladigan 
suzish rejimi qo‘llaniladi.  
Bunday davlatlarga misol qilib Meksika, Quvayt, BAA kabi davlatlarni ko‘rsatish 
mumkin. Lekin bu holat valyutalarning almashinish sharti bilan rejimi o‘rtasidagi 
aloqadorlikni inkor etish uchun etarli emas. 
Qat’iy belgilangan kurs rejimida mamlakatning milliy valyuta kursi xorijiy valyutaga 
nisbatan ma’lum nisbatda o‘rnatiladi va Markaziy bank kursning belgilangan nisbati uchun 
javob beradi. Ammo qat’iy belgilangan valyuta kurslari valyuta operatsiyalarini keng 
ko‘lamda rivojlanishiga to‘sqinlik qiladi, lekin uning iqtisodiyotga ijobiy jihatlari ham bor. 
Ana shunday ijobiy jihatlaridan biri shundaki, qat’iy belgilangan kurs rejimida valyuta riski 
muammosi chuqurlashmaydi.  
70 - yilning o‘rtalaridan boshlab markaziy banklarning kurs siyosatida o‘zgarishlar 
paydo bo‘ldi. Rasman erkin suzish rejimini tan olgan markaziy banklar (Avstriya, Italiya 
markaziy banklari va boshqalar) valyuta kursiga ta’sir qilish uchun valyuta intervensiyasini 
tez-tez amalga oshira boshladilar. Bu holat XVF ekspertlari tomonidan “boshqariladigan 
suzish”  degan nomni oldi. 
Valyuta bozori-bu xorijiy valyutaga nisbatan talab va taklif to‘qnash keladigan 
bozordir. Valyuta bozori pul bozorining tarkibiy qismi hisoblanadi. Pul bozori esa, o‘z 
navbatida, kapitallar bozori bilan birgalikda moliya bozorini tashkil etadi. 
Valyuta bozori, shuningdek, tashkiliy va tashkiliy-texnik nuqtai-nazardan ham
Bunda, e - nominal ayirboshlash kursi, P - bitta mamlakatdagi baholar darajasi, P* - esa boshqa mamlakatdagi baholar darajasini ifodalaydi. Bunda e = R x P* / P Ma’lumki, milliy valyuta kursining 3 asosiy rejimi mavjud: 1. Erkin suzish rejimi. 2. Qat’iy belgilangan kurs rejimi. 3. Boshqariladigan suzish rejimi. Agar milliy valyutaning kursi erkin tarzda valyuta bozorida talab va taklif asosida shakllansa, bu erkin suzib yuruvchi kurs rejimini anglatadi. Bunda mamlakat Markaziy banki milliy valyuta kursining ma’lum holati uchun javob bermaydi. Bu kurs rejimi erkin ayirboshlanadigan barcha zaxira valyutalariga tegishli. SHunday mamlakatlar borki, ularda joriy operatsiyalar bo‘yicha valyutaviy cheklovlar bekor qilingan, ammo boshqariladigan suzish rejimi qo‘llaniladi. Bunday davlatlarga misol qilib Meksika, Quvayt, BAA kabi davlatlarni ko‘rsatish mumkin. Lekin bu holat valyutalarning almashinish sharti bilan rejimi o‘rtasidagi aloqadorlikni inkor etish uchun etarli emas. Qat’iy belgilangan kurs rejimida mamlakatning milliy valyuta kursi xorijiy valyutaga nisbatan ma’lum nisbatda o‘rnatiladi va Markaziy bank kursning belgilangan nisbati uchun javob beradi. Ammo qat’iy belgilangan valyuta kurslari valyuta operatsiyalarini keng ko‘lamda rivojlanishiga to‘sqinlik qiladi, lekin uning iqtisodiyotga ijobiy jihatlari ham bor. Ana shunday ijobiy jihatlaridan biri shundaki, qat’iy belgilangan kurs rejimida valyuta riski muammosi chuqurlashmaydi. 70 - yilning o‘rtalaridan boshlab markaziy banklarning kurs siyosatida o‘zgarishlar paydo bo‘ldi. Rasman erkin suzish rejimini tan olgan markaziy banklar (Avstriya, Italiya markaziy banklari va boshqalar) valyuta kursiga ta’sir qilish uchun valyuta intervensiyasini tez-tez amalga oshira boshladilar. Bu holat XVF ekspertlari tomonidan “boshqariladigan suzish” degan nomni oldi. Valyuta bozori-bu xorijiy valyutaga nisbatan talab va taklif to‘qnash keladigan bozordir. Valyuta bozori pul bozorining tarkibiy qismi hisoblanadi. Pul bozori esa, o‘z navbatida, kapitallar bozori bilan birgalikda moliya bozorini tashkil etadi. Valyuta bozori, shuningdek, tashkiliy va tashkiliy-texnik nuqtai-nazardan ham
 
 
qaralishi mumkin. Tashkiliy nuqtai-nazardan valyuta bozori talab va taklif asosida valyuta va 
valyutaviy qiymatliklarni sotib olish va sotish bo‘yicha operatsiyalar amalga oshiriladigan 
rasmiy moliyaviy markazlar sifatida o‘zini namoyon qiladi. Tashkiliy - texnik nuqtai-
nazardan valyuta bozori turli mamlakatlardagi banklar va birjalarni bog‘lovchi zamonaviy 
telekommunikatsiya vositalari majmuini anglatadi. 
Valyuta bozorlarini quyidagi belgilarga muvofiq tasniflash mumkin: 
1) yoyilish ko‘lamiga qarab: xalqaro va milliy valyuta bozorlari; 
2) valyutaviy cheklovlarga nisbatan: erkin va erkin bo‘lmagan valyuta bozorlari; 
3) valyuta kurslari turiga ko‘ra: bir rejimli va turli rejimli valyuta bozorlari; 
4) tashkiliy darajasiga ko‘ra: birja va birjadan tashqari valyuta bozori. 
Xalqaro valyuta bozorlari dunyoning barcha davlatlari valyuta bozorlarini qamrab olib, 
pul oqimlari, tovar va xizmatlar harakatini, kapitalning qayta taqsimlanishini, xalqaro to‘lov 
aylanmasida keng foydalaniladigan valyutalar bilan operatsiyalarni ta’minlaydi.  
Hozirgi paytda jahon valyuta bozorlari sifatida Osiyo (markazlari-Tokio, Gongkong, 
Singapur, Melburn), Evropa (markazlari-London, Frankfurt-na-Mayne,ssyurix) va Amerika 
(markazlari-Nyu-York, CHikago, Los Anjeles) bozorlari ajratib ko‘rsatiladi. 
Milliy valyuta bozori – bu, birinchidan, bir davlatning valyuta bozori, ya’ni ushbu 
davlat hududida amal qiladi; ikkinchidan, mazkur davlat hududida joylashgan banklar 
tomonidan mijozlariga xorijiy valyutada xizmat ko‘rsatish bo‘yicha amalga oshiriladigan 
operatsiyalar majmuidan iborat bo‘ladi. 
Milliy valyuta bozorlari mamlakat ichkarisida pul oqimlarining harakatini ta’minlaydi 
va jahon moliya bozorlari bilan aloqalarga xizmat qiladi. 
Valyutaning konvertirlanishi umuman ta’minlanmagan sharoitda milliy valyuta bozori 
samarali faoliyat ko‘rsata olmaydi. Konvertirlikka ega bo‘lmagan pul birligi faqatgina 
davlatlararo munosabatlarda shartli hisob-kitob vositasi sifatida foydalanilishi mumkin. 
Bunday sharoitda “qora” bozorda “xufyona” kurs, ya’ni xorijiy valyutaning rasmiy 
konvertirlik bo‘lmagan sharoitdagi bozor bahosi shakllanishi mumkin. 
Erkin valyuta bozori hech qanday valyutaviy cheklovlarsiz amal qilgani holda, erkin 
bo‘lmagan valyuta bozorida valyutaviy cheklovlar mavjud bo‘ladi. 
Bir rejimli valyuta bozori - bu valyuta kursining erkin suzish rejimi amal qiladigan 
bozor bo‘lib, undagi kotirovkalar birja savdolarida talab va taklif asosida o‘rnatiladi.
qaralishi mumkin. Tashkiliy nuqtai-nazardan valyuta bozori talab va taklif asosida valyuta va valyutaviy qiymatliklarni sotib olish va sotish bo‘yicha operatsiyalar amalga oshiriladigan rasmiy moliyaviy markazlar sifatida o‘zini namoyon qiladi. Tashkiliy - texnik nuqtai- nazardan valyuta bozori turli mamlakatlardagi banklar va birjalarni bog‘lovchi zamonaviy telekommunikatsiya vositalari majmuini anglatadi. Valyuta bozorlarini quyidagi belgilarga muvofiq tasniflash mumkin: 1) yoyilish ko‘lamiga qarab: xalqaro va milliy valyuta bozorlari; 2) valyutaviy cheklovlarga nisbatan: erkin va erkin bo‘lmagan valyuta bozorlari; 3) valyuta kurslari turiga ko‘ra: bir rejimli va turli rejimli valyuta bozorlari; 4) tashkiliy darajasiga ko‘ra: birja va birjadan tashqari valyuta bozori. Xalqaro valyuta bozorlari dunyoning barcha davlatlari valyuta bozorlarini qamrab olib, pul oqimlari, tovar va xizmatlar harakatini, kapitalning qayta taqsimlanishini, xalqaro to‘lov aylanmasida keng foydalaniladigan valyutalar bilan operatsiyalarni ta’minlaydi. Hozirgi paytda jahon valyuta bozorlari sifatida Osiyo (markazlari-Tokio, Gongkong, Singapur, Melburn), Evropa (markazlari-London, Frankfurt-na-Mayne,ssyurix) va Amerika (markazlari-Nyu-York, CHikago, Los Anjeles) bozorlari ajratib ko‘rsatiladi. Milliy valyuta bozori – bu, birinchidan, bir davlatning valyuta bozori, ya’ni ushbu davlat hududida amal qiladi; ikkinchidan, mazkur davlat hududida joylashgan banklar tomonidan mijozlariga xorijiy valyutada xizmat ko‘rsatish bo‘yicha amalga oshiriladigan operatsiyalar majmuidan iborat bo‘ladi. Milliy valyuta bozorlari mamlakat ichkarisida pul oqimlarining harakatini ta’minlaydi va jahon moliya bozorlari bilan aloqalarga xizmat qiladi. Valyutaning konvertirlanishi umuman ta’minlanmagan sharoitda milliy valyuta bozori samarali faoliyat ko‘rsata olmaydi. Konvertirlikka ega bo‘lmagan pul birligi faqatgina davlatlararo munosabatlarda shartli hisob-kitob vositasi sifatida foydalanilishi mumkin. Bunday sharoitda “qora” bozorda “xufyona” kurs, ya’ni xorijiy valyutaning rasmiy konvertirlik bo‘lmagan sharoitdagi bozor bahosi shakllanishi mumkin. Erkin valyuta bozori hech qanday valyutaviy cheklovlarsiz amal qilgani holda, erkin bo‘lmagan valyuta bozorida valyutaviy cheklovlar mavjud bo‘ladi. Bir rejimli valyuta bozori - bu valyuta kursining erkin suzish rejimi amal qiladigan bozor bo‘lib, undagi kotirovkalar birja savdolarida talab va taklif asosida o‘rnatiladi.
 
 
Bunday valyuta bozori uzoq yillar mobaynida barqaror iqtisodiy rivojlanishning 
ta’minlanishi, shuningdek, valyutani tartibga solish va valyutaviy nazoratning bozor 
mexanizmiga xos shakllarini qo‘llanishi uchun etarlicha shart-sharoit yaratilgan davlatlarda 
shakllanadi. 
Turli rejimli valyuta bozori-bu ko‘p pog‘onali valyuta kurslari rejimiga ega bo‘lgan 
bozordir. Ushbu valyuta bozori davlatning kapital harakatini tartibga solishga qaratilgan 
maqsadlariga xizmat qiladi va ssuda kapitali bozorining mamlakat iqtisodiyotiga nisbatan 
ta’sirini cheklash va nazorat qilishga imkon beradi. 
Birja valyuta bozori – valyuta birjalari ko‘rinishida namoyon bo‘ladigan tashkiliy 
bozordir. Valyuta birjasi - bu valyuta va xorijiy valyutadagi qimmatli qog‘ozlar savdolarini 
tashkil qiluvchi tashkilotdir. U tijorat tashkiloti emas, ya’ni uning faoliyati yuqori foyda 
olishga qaratilmagan.  
Birjadan tashqari valyuta bozori mohiyatiga ko‘ra banklararo valyuta bozori bo‘lib, 
uning tashkilotchilari dilerlar hisoblanadi. Birjadan tashqari valyuta bozorida quyidagi 
operatsiyalar amalga oshiriladi: 
- xorijiy valyutalarni sotib olish va sotish operatsiyalari; 
- naqd xorijiy valyutalar bilan amalga oshiriladigan valyuta-almashuv operatsiyalari; 
- forvard operatsiyalari; 
- valyuta opsionlari bilan amalga oshiriladigan valyuta operatsiyalari. 
Mazkur bozorda valyuta ayirboshlash operatsiyalarini amalga oshirish uchun vakolatli 
banklar o‘z resurslari va jalb qilingan valyuta mablag‘laridan foydalanishlari mumkin. 
Valyuta bozorlaridagi operatsiyalarning asosi bo‘lib, tashqi savdo bo‘yicha xalqaro 
hisob - kitoblar, xalqaro turizm, kapitallar va kreditlarning davlatlararo harakati hamda chet 
el valyutasini oldi - sotdi qilish bilan bog‘liq boshqa hisob - kitob operatsiyalari hisoblanadi.  
Valyuta operatsiyalari vujudga kelishi uchun ob’yektiv asos bo‘lib, tashqi savdo, 
kapitallar va kreditlarning harakati xizmat qiladi. Xalqaro mehnat taqsimoti yuzaga kelishi 
eksport-import operatsiyalarining yuzaga kelishiga asosiy sabab bo‘ladi. 
Valyuta operatsiyalarining keng ko‘lamda rivojlanishi tijorat  banklariga ushbu 
bozorda erkin harakat qilishga va ayni vaqtda ularni tartibga solishga imkoniyat tug‘diradi. 
Shuni alohida ta’kidlab o‘tish joizki, milliy iqtisodiyotni faqat shu mamlakatda ishlab 
chiqarilgan mahsulotlar bilan barcha ehtiyojlarni qondirib bo‘lmaydi. Demak, mamlakatlar
Bunday valyuta bozori uzoq yillar mobaynida barqaror iqtisodiy rivojlanishning ta’minlanishi, shuningdek, valyutani tartibga solish va valyutaviy nazoratning bozor mexanizmiga xos shakllarini qo‘llanishi uchun etarlicha shart-sharoit yaratilgan davlatlarda shakllanadi. Turli rejimli valyuta bozori-bu ko‘p pog‘onali valyuta kurslari rejimiga ega bo‘lgan bozordir. Ushbu valyuta bozori davlatning kapital harakatini tartibga solishga qaratilgan maqsadlariga xizmat qiladi va ssuda kapitali bozorining mamlakat iqtisodiyotiga nisbatan ta’sirini cheklash va nazorat qilishga imkon beradi. Birja valyuta bozori – valyuta birjalari ko‘rinishida namoyon bo‘ladigan tashkiliy bozordir. Valyuta birjasi - bu valyuta va xorijiy valyutadagi qimmatli qog‘ozlar savdolarini tashkil qiluvchi tashkilotdir. U tijorat tashkiloti emas, ya’ni uning faoliyati yuqori foyda olishga qaratilmagan. Birjadan tashqari valyuta bozori mohiyatiga ko‘ra banklararo valyuta bozori bo‘lib, uning tashkilotchilari dilerlar hisoblanadi. Birjadan tashqari valyuta bozorida quyidagi operatsiyalar amalga oshiriladi: - xorijiy valyutalarni sotib olish va sotish operatsiyalari; - naqd xorijiy valyutalar bilan amalga oshiriladigan valyuta-almashuv operatsiyalari; - forvard operatsiyalari; - valyuta opsionlari bilan amalga oshiriladigan valyuta operatsiyalari. Mazkur bozorda valyuta ayirboshlash operatsiyalarini amalga oshirish uchun vakolatli banklar o‘z resurslari va jalb qilingan valyuta mablag‘laridan foydalanishlari mumkin. Valyuta bozorlaridagi operatsiyalarning asosi bo‘lib, tashqi savdo bo‘yicha xalqaro hisob - kitoblar, xalqaro turizm, kapitallar va kreditlarning davlatlararo harakati hamda chet el valyutasini oldi - sotdi qilish bilan bog‘liq boshqa hisob - kitob operatsiyalari hisoblanadi. Valyuta operatsiyalari vujudga kelishi uchun ob’yektiv asos bo‘lib, tashqi savdo, kapitallar va kreditlarning harakati xizmat qiladi. Xalqaro mehnat taqsimoti yuzaga kelishi eksport-import operatsiyalarining yuzaga kelishiga asosiy sabab bo‘ladi. Valyuta operatsiyalarining keng ko‘lamda rivojlanishi tijorat banklariga ushbu bozorda erkin harakat qilishga va ayni vaqtda ularni tartibga solishga imkoniyat tug‘diradi. Shuni alohida ta’kidlab o‘tish joizki, milliy iqtisodiyotni faqat shu mamlakatda ishlab chiqarilgan mahsulotlar bilan barcha ehtiyojlarni qondirib bo‘lmaydi. Demak, mamlakatlar
 
 
o‘rtasida eksport-import operatsiyalari albatta amalga oshishi yuz beradi.   
Xulosa qilib shuni aytish mumkinki, valyuta bozorlarining ahamiyati milliy 
iqtisodiyotning jahon iqtisodiyotiga yanada integratsiyalashuviga xizmat qilishida namoyon 
bo‘ladi. 
 
4. To‘lov balansi va uni tartibga solish yo‘llari 
Mamlakat to‘lov balansining holati bugungi kunda nafaqat mamlakatning xalqaro 
operatsiyalarini aks ettiruvchi oddiy hujjat, balki ushbu mamlakat iqtisodiyotining ochiqlik 
darajasi, uning iqtisodiy - geografik va investitsion imkoniyatlari, oltin - valyuta zaxiralari va 
mavjud valyuta munosabatlarining qay darajada ekanligi hamda xalqaro raqobatbardoshligi 
haqida aniq xulosalar shakllantirish imkonini beruvchi iqtisodiy kategoriya hisoblanadi. 
To‘lov balansi bu shunday hujjatki, unda mamlakatning xorijiy davlatlar bilan 
bo‘ladigan aloqalari natijasida yuzaga keladigan valyuta tushumlari va to‘lovlarining 
haqiqatdagi summasi  aks ettiriladi. To‘lov balansi- a’lum vaqt oralig‘ida rezidentlar va 
norezidentlar o‘rtasidagi barcha o‘tkazmalarning o‘lchovidir. 
To‘lov balansining standart komponentlari hisobvaraqlarning ikki asosiy guruhi 
bo‘yicha ajratilishi mumkin: 
-joriy operatsiyalar hisobvarag‘i, unda tovarlar, xizmatlar, olingan daromadlar va joriy 
transfertlarni qamrab oluvchi iqtisodiy bitimlar hisobga olinadi; 
-kapitallar va moliyaviy instrumentlar bilan bog‘liq operatsiyalar hisobvarag‘i, unda 
kapital transfertlari, nomoliyaviy aktivlarni sotib olish, shuningdek, moliyaviy talablar va 
majburiyatlar bilan bog‘liq operatsiyalar hisobga olinadi. 
Iqtisodiy adabiyotlarda to‘lov balansi moddalarining uch asosiy analitik guruhlari 
ajratib ko‘rsatiladi: 
1) savdo balansi; 
2) joriy operatsiyalar balansi; 
3) umumiy to‘lov balansi yoki rasmiy hisob-kitoblar balansi. 
Joriy operatsiyalar hisobvarag‘ining muhim tarkibiy qismi - bu savdo balansi bo‘lib, 
tovarlar eksporti va importi o‘rtasidagi farqni ifoda etadi. Savdo balansining o‘zgarishi 
turlicha talqin qilinishi mumkin. Masalan, eksportning importdan oshishi mamlakat 
tovarlariga jahon bozorlarida talabning oshganligi bilan izohlanadi.
o‘rtasida eksport-import operatsiyalari albatta amalga oshishi yuz beradi. Xulosa qilib shuni aytish mumkinki, valyuta bozorlarining ahamiyati milliy iqtisodiyotning jahon iqtisodiyotiga yanada integratsiyalashuviga xizmat qilishida namoyon bo‘ladi. 4. To‘lov balansi va uni tartibga solish yo‘llari Mamlakat to‘lov balansining holati bugungi kunda nafaqat mamlakatning xalqaro operatsiyalarini aks ettiruvchi oddiy hujjat, balki ushbu mamlakat iqtisodiyotining ochiqlik darajasi, uning iqtisodiy - geografik va investitsion imkoniyatlari, oltin - valyuta zaxiralari va mavjud valyuta munosabatlarining qay darajada ekanligi hamda xalqaro raqobatbardoshligi haqida aniq xulosalar shakllantirish imkonini beruvchi iqtisodiy kategoriya hisoblanadi. To‘lov balansi bu shunday hujjatki, unda mamlakatning xorijiy davlatlar bilan bo‘ladigan aloqalari natijasida yuzaga keladigan valyuta tushumlari va to‘lovlarining haqiqatdagi summasi aks ettiriladi. To‘lov balansi- a’lum vaqt oralig‘ida rezidentlar va norezidentlar o‘rtasidagi barcha o‘tkazmalarning o‘lchovidir. To‘lov balansining standart komponentlari hisobvaraqlarning ikki asosiy guruhi bo‘yicha ajratilishi mumkin: -joriy operatsiyalar hisobvarag‘i, unda tovarlar, xizmatlar, olingan daromadlar va joriy transfertlarni qamrab oluvchi iqtisodiy bitimlar hisobga olinadi; -kapitallar va moliyaviy instrumentlar bilan bog‘liq operatsiyalar hisobvarag‘i, unda kapital transfertlari, nomoliyaviy aktivlarni sotib olish, shuningdek, moliyaviy talablar va majburiyatlar bilan bog‘liq operatsiyalar hisobga olinadi. Iqtisodiy adabiyotlarda to‘lov balansi moddalarining uch asosiy analitik guruhlari ajratib ko‘rsatiladi: 1) savdo balansi; 2) joriy operatsiyalar balansi; 3) umumiy to‘lov balansi yoki rasmiy hisob-kitoblar balansi. Joriy operatsiyalar hisobvarag‘ining muhim tarkibiy qismi - bu savdo balansi bo‘lib, tovarlar eksporti va importi o‘rtasidagi farqni ifoda etadi. Savdo balansining o‘zgarishi turlicha talqin qilinishi mumkin. Masalan, eksportning importdan oshishi mamlakat tovarlariga jahon bozorlarida talabning oshganligi bilan izohlanadi.
 
 
Agar butun dunyo mazkur mamlakatning eksport tovarlarini xarid qilsa, shuningdek, 
uning rezidentlari mahalliy tovarlarni import tovarlaridan afzal bilsa, demak xulosa qilish 
mumkinki, mamlakat iqtisodiyotining holati yaxshi hisoblanadi. Aksincha, savdo balansining 
defitsiti mazkur mamlakat eksport tovarlarining etarli darajada raqobatbardosh emasligi va 
aholi turmush tarzini himoya qilish uchun zaruriy choralar ko‘rish lozimligidan dalolat 
berishi mumkin.  
Bunday tahlil agar savdo balansidagi o‘zgarish haqiqatda mazkur davlat tovarlariga 
bo‘lgan talabning ortishi yoki kamayishi hisobiga yuz bersa maqsadga muvofiq sanaladi. 
Biroq savdo balansiga boshqa omillarning ta’siri ham sezilarli bo‘lishi mumkin.  
Jumladan, qulay investitsion muhit mamlakatga xorijiy investitsiyalar oqimini 
rag‘batlantirish bilan birga xorijdan sotib olinadigan asosiy vositalar miqdorining ham 
ortishiga sabab bo‘lishi mumkin. Bu holat ham savdo balansi defitsitini yuzaga keltiradi, 
lekin mamlakat iqtisodiyotiga keskin salbiy ta’sir ko‘rsatmaydi. 
Joriy operatsiyalar balansi kengroq axborotni o‘zida jamlab, tovar va xizmatlar 
harakati bilan bog‘liq aktivlar oqimini aks ettiradi. Joriy operatsiyalar bo‘yicha ijobiy saldo 
tovar, xizmat va xadyalar harakati bo‘yicha kredit debetdan yuqoriligini anglatadi. 
Boshqacha aytganda, ijobiy saldo mamlakat boshqa mamlakatlarga nisbatan netto investor 
hisoblanadi. Aksincha joriy operatsiyalar bo‘yicha defitsit mamlakatning sof qarzdor 
ekanligidan dalolat beradi. 
Merkantilistlar iqtisodiy maktabining konsepsiyasiga muvofiq, muvozanat joriy 
operatsiyalar balansi atamasida aniqlangan. Bunda ta’kidlab o‘tilgan saldo kapitallar harakati, 
mamlakat oltin-valyuta zaxiralaridagi o‘zgarishlarni hisobga olmagan. SHunday qilib, 
merkantilist maktabi namoyondalari fikricha, iqtisodiy siyosatning maqsadi joriy 
operatsiyalar hisobvarag‘i bo‘yicha ijobiy saldoni maksimallashtirish va shuning asosida, 
mamlakatda oltinning jamlanishiga erishishdan iborat bo‘ladi. 
Joriy operatsiyalar balansi defitsitining uzoq muddatli xorijiy kapital hisobidan 
moliyalashtirilishi muvozanat mezoni sifatida to‘lov balansining umumiy saldosi 
tushunchasining paydo bo‘lishiga olib keldi. 
To‘lov balansining  davlat  tomonidan  tartibga  solishning zarurligi quyidagi sabablar 
bilan izohlanadi: 
Birinchidan, to‘lov balansiga muvozanatsizlik xos bo‘lib, bu holat yoki defitsit, yoki
Agar butun dunyo mazkur mamlakatning eksport tovarlarini xarid qilsa, shuningdek, uning rezidentlari mahalliy tovarlarni import tovarlaridan afzal bilsa, demak xulosa qilish mumkinki, mamlakat iqtisodiyotining holati yaxshi hisoblanadi. Aksincha, savdo balansining defitsiti mazkur mamlakat eksport tovarlarining etarli darajada raqobatbardosh emasligi va aholi turmush tarzini himoya qilish uchun zaruriy choralar ko‘rish lozimligidan dalolat berishi mumkin. Bunday tahlil agar savdo balansidagi o‘zgarish haqiqatda mazkur davlat tovarlariga bo‘lgan talabning ortishi yoki kamayishi hisobiga yuz bersa maqsadga muvofiq sanaladi. Biroq savdo balansiga boshqa omillarning ta’siri ham sezilarli bo‘lishi mumkin. Jumladan, qulay investitsion muhit mamlakatga xorijiy investitsiyalar oqimini rag‘batlantirish bilan birga xorijdan sotib olinadigan asosiy vositalar miqdorining ham ortishiga sabab bo‘lishi mumkin. Bu holat ham savdo balansi defitsitini yuzaga keltiradi, lekin mamlakat iqtisodiyotiga keskin salbiy ta’sir ko‘rsatmaydi. Joriy operatsiyalar balansi kengroq axborotni o‘zida jamlab, tovar va xizmatlar harakati bilan bog‘liq aktivlar oqimini aks ettiradi. Joriy operatsiyalar bo‘yicha ijobiy saldo tovar, xizmat va xadyalar harakati bo‘yicha kredit debetdan yuqoriligini anglatadi. Boshqacha aytganda, ijobiy saldo mamlakat boshqa mamlakatlarga nisbatan netto investor hisoblanadi. Aksincha joriy operatsiyalar bo‘yicha defitsit mamlakatning sof qarzdor ekanligidan dalolat beradi. Merkantilistlar iqtisodiy maktabining konsepsiyasiga muvofiq, muvozanat joriy operatsiyalar balansi atamasida aniqlangan. Bunda ta’kidlab o‘tilgan saldo kapitallar harakati, mamlakat oltin-valyuta zaxiralaridagi o‘zgarishlarni hisobga olmagan. SHunday qilib, merkantilist maktabi namoyondalari fikricha, iqtisodiy siyosatning maqsadi joriy operatsiyalar hisobvarag‘i bo‘yicha ijobiy saldoni maksimallashtirish va shuning asosida, mamlakatda oltinning jamlanishiga erishishdan iborat bo‘ladi. Joriy operatsiyalar balansi defitsitining uzoq muddatli xorijiy kapital hisobidan moliyalashtirilishi muvozanat mezoni sifatida to‘lov balansining umumiy saldosi tushunchasining paydo bo‘lishiga olib keldi. To‘lov balansining davlat tomonidan tartibga solishning zarurligi quyidagi sabablar bilan izohlanadi: Birinchidan, to‘lov balansiga muvozanatsizlik xos bo‘lib, bu holat yoki defitsit, yoki
 
 
haddan tashqari aktiv qoldiq ko‘rinishida namoyon bo‘ladi. Bu nomutanosiblik valyuta kursi 
dinamikasiga, kapital oqimiga, iqtisodiyotning holatiga qattiq salbiy ta’sir ko‘rsatadi. 
Masalan, AQSH, joriy operatsiyalaridagi defitsitni milliy valyuta bilan qoplash natijasida, 
inflyasiyani boshqa davlatlarga eksport qilishga erishgan. Bu esa, xalqaro aylanmadagi dollar 
ortiqchaligini keltirib chiqardi va XX asrning 70 -yillarida Bretton-vuds tizimining izdan 
chiqishiga olib keldi. 
Ikkinchidan, XX asrning  30-yillarida oltin - deviz standarti  joriy qilingandan so‘ng, 
to‘lov balansini muvozanatlashtirishning baho mexanizmi ish bermay qo‘ydi. SHu sababli 
ham, to‘lov balansini davlat tomonidan ma’lum tadbirlar orqali boshqarilishi maqsadga 
muvofiq bo‘lib qoldi. 
Uchinchidan, xo‘jalik aloqalari  tobora globallashib borayotgan hozirgi davrda, 
iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solish tizimida to‘lov balansining roli borgan sari 
ortib bormoqda.  To‘lov balansini  muvozanatlashtirish vazifasi - davlatning barqaror 
iqtisodiy o‘sishini ta’minlash, inflyasiyani jilovlab turish va ishsizlikni kamaytirish kabi 
vazifalar bilan bir qatorda e’tirof etilmoqda. 
To‘lov balansini muvozanatlashtirish, odatda, bir qancha ichki va tashqi omillarning 
to‘lov balansiga ta’sirini baholashni taqozo etadi. Aktiv balansga ega bo‘lgan davlatlar, 
xalqaro hisob-kitoblarga kirishuvchi mamlakatlarda makroiqtisodiy barqarorlikni mavjud 
bo‘lishidan manfaatdor bo‘ladi.  
Defitsitli to‘lov balansiga ega bo‘lgan davlatlar esa, aktiv balansga ega bo‘lgan o‘z 
hamkorlaridan import bo‘yicha cheklovlarni kamaytirish, mazkur mamlakatlarga kapital 
chiqarilishini rag‘batlantirish kabilarni talab qiladi. 
To‘lov 
balansida 
defitsit 
mavjud 
bo‘lgan 
davlatlar 
tomonidan, 
eksportni 
rag‘batlantirish, import qilinayotgan tovarlarni kamaytirishga, xorijiy kapitalni jalb qilishga, 
kapitalni olib chiqib ketishni chegaralashga qaratilgan quyidagi tadbirlar qo‘llaniladi:  
Deflyasion siyosat. Bu siyosat, ichki talabni kamaytirishga yo‘naltirilgan holda, o‘z 
ichiga byudjet mablag‘larini aholi ehtiyojlariga kamroq sarflash, baholarni va ish haqlarini  
muzlatish  kabilarni  qamrab oladi. Uning asosiy instrumentlaridan biri bo‘lib, moliyaviy va 
pul - kredit choralari hisoblanadi: byudjet defitsitini kamaytirish, Markaziy bankning hisob 
stavkalarini o‘zgartirishi (diskont siyosati); kredit cheklovlari; pul muassasining o‘sib 
borishiga chegara qo‘yish.
haddan tashqari aktiv qoldiq ko‘rinishida namoyon bo‘ladi. Bu nomutanosiblik valyuta kursi dinamikasiga, kapital oqimiga, iqtisodiyotning holatiga qattiq salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Masalan, AQSH, joriy operatsiyalaridagi defitsitni milliy valyuta bilan qoplash natijasida, inflyasiyani boshqa davlatlarga eksport qilishga erishgan. Bu esa, xalqaro aylanmadagi dollar ortiqchaligini keltirib chiqardi va XX asrning 70 -yillarida Bretton-vuds tizimining izdan chiqishiga olib keldi. Ikkinchidan, XX asrning 30-yillarida oltin - deviz standarti joriy qilingandan so‘ng, to‘lov balansini muvozanatlashtirishning baho mexanizmi ish bermay qo‘ydi. SHu sababli ham, to‘lov balansini davlat tomonidan ma’lum tadbirlar orqali boshqarilishi maqsadga muvofiq bo‘lib qoldi. Uchinchidan, xo‘jalik aloqalari tobora globallashib borayotgan hozirgi davrda, iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solish tizimida to‘lov balansining roli borgan sari ortib bormoqda. To‘lov balansini muvozanatlashtirish vazifasi - davlatning barqaror iqtisodiy o‘sishini ta’minlash, inflyasiyani jilovlab turish va ishsizlikni kamaytirish kabi vazifalar bilan bir qatorda e’tirof etilmoqda. To‘lov balansini muvozanatlashtirish, odatda, bir qancha ichki va tashqi omillarning to‘lov balansiga ta’sirini baholashni taqozo etadi. Aktiv balansga ega bo‘lgan davlatlar, xalqaro hisob-kitoblarga kirishuvchi mamlakatlarda makroiqtisodiy barqarorlikni mavjud bo‘lishidan manfaatdor bo‘ladi. Defitsitli to‘lov balansiga ega bo‘lgan davlatlar esa, aktiv balansga ega bo‘lgan o‘z hamkorlaridan import bo‘yicha cheklovlarni kamaytirish, mazkur mamlakatlarga kapital chiqarilishini rag‘batlantirish kabilarni talab qiladi. To‘lov balansida defitsit mavjud bo‘lgan davlatlar tomonidan, eksportni rag‘batlantirish, import qilinayotgan tovarlarni kamaytirishga, xorijiy kapitalni jalb qilishga, kapitalni olib chiqib ketishni chegaralashga qaratilgan quyidagi tadbirlar qo‘llaniladi: Deflyasion siyosat. Bu siyosat, ichki talabni kamaytirishga yo‘naltirilgan holda, o‘z ichiga byudjet mablag‘larini aholi ehtiyojlariga kamroq sarflash, baholarni va ish haqlarini muzlatish kabilarni qamrab oladi. Uning asosiy instrumentlaridan biri bo‘lib, moliyaviy va pul - kredit choralari hisoblanadi: byudjet defitsitini kamaytirish, Markaziy bankning hisob stavkalarini o‘zgartirishi (diskont siyosati); kredit cheklovlari; pul muassasining o‘sib borishiga chegara qo‘yish.
 
 
Iqtisodiy pasayish, ishsizlikning yuqori ko‘rsatkichi va to‘la foydalanilmayotgan ishlab 
chiqarish quvvatlari sharoitida deflyasiya siyosatini qo‘llash, ishlab chiqarish va bandlikning 
yanada pasayishiga olib keladi. Bu esa, aholining turmush darajasiga sezilarli salbiy ta’sir 
ko‘rsatib, vaziyatni yumshatish bo‘yicha tezkor chora-tadbirlar qo‘llanilmasa, ijtimoiy  
nizolar keltirib chiqarishi mumkin. 
Devalvatsiya. Bu milliy valyuta kursining  pasaytirilishidir. Bu tadbir milliy eksportni 
rag‘batlantirish va importni jilovlash bilan bog‘liq maqsadlarda  amalga oshiriladi. Ammo, 
to‘lov balansini tartibga solishda devalvatsiyaning roli, uni o‘tkazish tartiblari va ularga 
hamkorlik qiluvchi mamlakatning umumiqtisodiy va moliyaviy siyosatiga bog‘liq bo‘ladi. 
Devalvatsiya faqatgina, raqobatbardosh tovarlarning eksport salohiyati va jahon bozoridagi 
qulay vaziyatlarning mavjudligi sharoitidagina tovarlar eksportini rag‘batlantirishi mumkin.  
Devalvatsiyaning importni cheklashga ta’siri esa, mamlakatning importni cheklash 
bo‘yicha keskin choralar qo‘llash imkoniyatlarining pasayishidan kelib chiqadi. Shundan 
kelib chiqib aytish mumkinki, hamma mamlakatlarda ham import o‘rnini bosuvchi tovarlar 
ishlab chiqarish siyosati muvaffaqiyatli chiqavermaydi. 
Devalvatsiya importni cheklashi bilan, mamlakat ichida tovarlar ishlab chiqarish 
xarajatlari 
ortishiga, 
narxlarning 
ko‘tarilishiga 
va 
oqibatda, 
tashqi 
bozorlarda 
raqobatbardoshlik qobiliyatining yo‘qolishiga olib keladi. SHuning uchun, bu tadbir 
mamlakatga vaqtinchalik ustuvorlik berishi mumkin, ammo u to‘lov balansining defitsitini 
keltirib chiqaruvchi sabablarni to‘liq bartaraf etishga qodir emas.  
Kutilgan natijani olish uchun, devalvatsiya yetarli darajada bo‘lishi zarur. Aks holda, u 
valyuta spekulyasiyasini kuchaytiradi va valyuta kursini qaytadan ko‘rib chiqishga majbur 
qiladi. Masalan, 1967 yil noyabr oyida funt sterlingni 13,4 foizga devalvatsiyasi va 1971 yil 
dollarning 7,89 foizga devalvatsiya qilinishi, ushbu valyutalarga bo‘lgan spekulyativ tazyiqni 
yo‘q qila olmadi. Devalvatsiyani amalga oshirgan mamlakat, raqobatda o‘zi kutgan 
ustuvorlikka ega bo‘la olmasligi mumkin. CHunki, suzib yuruvchi kurs rejimining 
qo‘llanilishi to‘lov balansini muvozanatlashtirish imkonini bermasligi mumkin.  
Valyuta cheklovlari. Ushbu tadbir eksport qiluvchilarning xorijiy valyutalardagi 
tushumlaridan foydalanishni cheklash, xorijiy valyutani import qiluvchilarga sotishni 
litsenziyalash orqali amalga oshiriladi. Shuningdek, u valyuta operatsiyalarini maxsus 
ruxsatnomaga ega bo‘lgan banklarda amalga oshirilishi hamda to‘lov balansidagi defitsitni
Iqtisodiy pasayish, ishsizlikning yuqori ko‘rsatkichi va to‘la foydalanilmayotgan ishlab chiqarish quvvatlari sharoitida deflyasiya siyosatini qo‘llash, ishlab chiqarish va bandlikning yanada pasayishiga olib keladi. Bu esa, aholining turmush darajasiga sezilarli salbiy ta’sir ko‘rsatib, vaziyatni yumshatish bo‘yicha tezkor chora-tadbirlar qo‘llanilmasa, ijtimoiy nizolar keltirib chiqarishi mumkin. Devalvatsiya. Bu milliy valyuta kursining pasaytirilishidir. Bu tadbir milliy eksportni rag‘batlantirish va importni jilovlash bilan bog‘liq maqsadlarda amalga oshiriladi. Ammo, to‘lov balansini tartibga solishda devalvatsiyaning roli, uni o‘tkazish tartiblari va ularga hamkorlik qiluvchi mamlakatning umumiqtisodiy va moliyaviy siyosatiga bog‘liq bo‘ladi. Devalvatsiya faqatgina, raqobatbardosh tovarlarning eksport salohiyati va jahon bozoridagi qulay vaziyatlarning mavjudligi sharoitidagina tovarlar eksportini rag‘batlantirishi mumkin. Devalvatsiyaning importni cheklashga ta’siri esa, mamlakatning importni cheklash bo‘yicha keskin choralar qo‘llash imkoniyatlarining pasayishidan kelib chiqadi. Shundan kelib chiqib aytish mumkinki, hamma mamlakatlarda ham import o‘rnini bosuvchi tovarlar ishlab chiqarish siyosati muvaffaqiyatli chiqavermaydi. Devalvatsiya importni cheklashi bilan, mamlakat ichida tovarlar ishlab chiqarish xarajatlari ortishiga, narxlarning ko‘tarilishiga va oqibatda, tashqi bozorlarda raqobatbardoshlik qobiliyatining yo‘qolishiga olib keladi. SHuning uchun, bu tadbir mamlakatga vaqtinchalik ustuvorlik berishi mumkin, ammo u to‘lov balansining defitsitini keltirib chiqaruvchi sabablarni to‘liq bartaraf etishga qodir emas. Kutilgan natijani olish uchun, devalvatsiya yetarli darajada bo‘lishi zarur. Aks holda, u valyuta spekulyasiyasini kuchaytiradi va valyuta kursini qaytadan ko‘rib chiqishga majbur qiladi. Masalan, 1967 yil noyabr oyida funt sterlingni 13,4 foizga devalvatsiyasi va 1971 yil dollarning 7,89 foizga devalvatsiya qilinishi, ushbu valyutalarga bo‘lgan spekulyativ tazyiqni yo‘q qila olmadi. Devalvatsiyani amalga oshirgan mamlakat, raqobatda o‘zi kutgan ustuvorlikka ega bo‘la olmasligi mumkin. CHunki, suzib yuruvchi kurs rejimining qo‘llanilishi to‘lov balansini muvozanatlashtirish imkonini bermasligi mumkin. Valyuta cheklovlari. Ushbu tadbir eksport qiluvchilarning xorijiy valyutalardagi tushumlaridan foydalanishni cheklash, xorijiy valyutani import qiluvchilarga sotishni litsenziyalash orqali amalga oshiriladi. Shuningdek, u valyuta operatsiyalarini maxsus ruxsatnomaga ega bo‘lgan banklarda amalga oshirilishi hamda to‘lov balansidagi defitsitni
 
 
kamaytirish maqsadida, kapital eksportini  chegaralash va uning  oqib  kelishini 
rag‘batlantirish, tovarlar importini chegaralashga qaratilgan tadbirlar yig‘indisi sifatida ham 
e’tirof etiladi.  
XX asrning 70-yillari oxiri 80-yillarining boshlarida joriy operatsiyalar bo‘yicha 
yuritilayotgan siyosatning erkinlashuviga qaramasdan, konvertirlanadigan valyutaga ega 
bo‘lgan mamlakatlarning deyarli 90 foizida  kapitallarning xalqaro harakatida turli xil 
cheklovlar  mavjud bo‘lgan. EIning ko‘pchilik davlatlari ushbu cheklovlarni faqatgina o‘tgan 
asrning 90-yillariga kelib bekor qildi. 
Moliya va pul - kredit siyosati. To‘lov balansidagi defitsitni bartaraf etish maqsadida 
eksport qiluvchilarga byudjet subsidiyalari beriladi, proteksionistik maqsadlarda import 
bojlari oshiriladi, mamlakatga pul oqimining kirib kelishini rag‘batlantirish maqsadida 
qimmatli qog‘ozlar egasi bo‘lgan xorijliklardan olinadigan soliqlarni bekor qilish kabi chora-
tadbirlardan keng foydalaniladi. 
 
5. Xalqaro hisob - kitob shakllari 
Xalqaro hisob – kitoblar - bu turli davlatlarning o‘zaro va ularning yuridik shaxslari va 
fuqarolari o‘rtasida iqtisodiy va boshqa munosabatlarda vujudga keldaigan pullik talablar va 
majburiyatlarning tartibga solinishi va amalga oshirilishidir. Xalqaro hisob-kitoblar deganda, 
turli mamlakatlar o‘rtasidagi iqtisodiy, siyosiy va madaniy aloqalar natijasida yuzaga 
keladigan pullik talablar va majburiyatlar yuzasidan to‘lovlarni amalga oshirish tizimi 
tushuniladi.  
“Xalqaro hisob-kitoblar” tushunchasi: 
- jahon amaliyotida ishlab chiqilgan va xalqaro hujjatlar va udumlar bilan 
mustahkamlab qo‘yilgan hisob-kitoblarni amalga oshirish va to‘lovlarni o‘tkazish shartlari 
va tartibini; 
- xalqaro hisob-kitoblarni tashkil etish va o‘tkazish bo‘yicha banklarning amaliy 
faoliyatini qamrab oladi. 
Tovarlar ishlab chiqarish va ularni sotish jarayonlarining baynalmilallashuvi, xalqaro 
hisob-kitoblarning mazmunida yangi o‘zgarishlar paydo bo‘lishiga olib keldi. Xalqaro hisob-
kitoblar keng qamrovli bo‘lib, u eksport-import operatsiyalari, tijorat tusiga ega bo‘lmagan 
to‘lovlar-sayyohlik, sport, fuqarolar tomonidan xorijiy davlatlarga pul o‘tkazishlar, xorijiy
kamaytirish maqsadida, kapital eksportini chegaralash va uning oqib kelishini rag‘batlantirish, tovarlar importini chegaralashga qaratilgan tadbirlar yig‘indisi sifatida ham e’tirof etiladi. XX asrning 70-yillari oxiri 80-yillarining boshlarida joriy operatsiyalar bo‘yicha yuritilayotgan siyosatning erkinlashuviga qaramasdan, konvertirlanadigan valyutaga ega bo‘lgan mamlakatlarning deyarli 90 foizida kapitallarning xalqaro harakatida turli xil cheklovlar mavjud bo‘lgan. EIning ko‘pchilik davlatlari ushbu cheklovlarni faqatgina o‘tgan asrning 90-yillariga kelib bekor qildi. Moliya va pul - kredit siyosati. To‘lov balansidagi defitsitni bartaraf etish maqsadida eksport qiluvchilarga byudjet subsidiyalari beriladi, proteksionistik maqsadlarda import bojlari oshiriladi, mamlakatga pul oqimining kirib kelishini rag‘batlantirish maqsadida qimmatli qog‘ozlar egasi bo‘lgan xorijliklardan olinadigan soliqlarni bekor qilish kabi chora- tadbirlardan keng foydalaniladi. 5. Xalqaro hisob - kitob shakllari Xalqaro hisob – kitoblar - bu turli davlatlarning o‘zaro va ularning yuridik shaxslari va fuqarolari o‘rtasida iqtisodiy va boshqa munosabatlarda vujudga keldaigan pullik talablar va majburiyatlarning tartibga solinishi va amalga oshirilishidir. Xalqaro hisob-kitoblar deganda, turli mamlakatlar o‘rtasidagi iqtisodiy, siyosiy va madaniy aloqalar natijasida yuzaga keladigan pullik talablar va majburiyatlar yuzasidan to‘lovlarni amalga oshirish tizimi tushuniladi. “Xalqaro hisob-kitoblar” tushunchasi: - jahon amaliyotida ishlab chiqilgan va xalqaro hujjatlar va udumlar bilan mustahkamlab qo‘yilgan hisob-kitoblarni amalga oshirish va to‘lovlarni o‘tkazish shartlari va tartibini; - xalqaro hisob-kitoblarni tashkil etish va o‘tkazish bo‘yicha banklarning amaliy faoliyatini qamrab oladi. Tovarlar ishlab chiqarish va ularni sotish jarayonlarining baynalmilallashuvi, xalqaro hisob-kitoblarning mazmunida yangi o‘zgarishlar paydo bo‘lishiga olib keldi. Xalqaro hisob- kitoblar keng qamrovli bo‘lib, u eksport-import operatsiyalari, tijorat tusiga ega bo‘lmagan to‘lovlar-sayyohlik, sport, fuqarolar tomonidan xorijiy davlatlarga pul o‘tkazishlar, xorijiy
 
 
davlatlarda diplomatik va savdo vakolatxonalarini ochish, o‘zga davlatlar hududida harbiy 
qismlarni saqlash hamda kapitallar va kreditlarning harakati bo‘yicha amalga oshiriladigan 
hisob-kitoblarni o‘z ichiga oladi. 
Xalqaro hisob-kitoblarning samaradorligiga quyidagi omillar ta’sir qiladi: 
- davlatlar o‘rtasidagi iqtisodiy va siyosiy munosabatlar; 
- valyuta qonunchiligi; 
- xalqaro savdo qoidalari va udumlari; 
- bank amaliyoti; 
- tashqi savdo shartnomalari va kredit bitimlarining shartlari; 
- pullik hisob-kitoblar ishtirokchilarining to‘lovga qobilligi. 
O‘tish davri qiyinchiliklarini boshdan kechirayotgan davlatlarda xalqaro hisob-
kitoblarning tovarlar, xizmatlar va bajarilgan ishlar bo‘yicha to‘lovlarning o‘z vaqtida kelib 
tushishini kafolatlovchi shakllari keng qo‘llanilishi mumkin. 
Tashqi savdo shartnomalarida valyuta-moliyaviy va to‘lov shartlari yaqqol aks 
ettirilib, ular sirasiga quyidagilar kiradi: 
- baho valyutasi; 
- to‘lov valyutasi; 
- to‘lov sharti; 
- hisob - kitob shakli. 
Baho valyutasi - bu tovarning bahosi o‘lchanadigan valyuta. Ushbu valyutani 
tanlashda tovarning turi, hukumatlararo shartnomalarning shartlari, va ayniqsa, 
valyutaning barqarorligi hisobga olinadi. SHartnomada ko‘rsatilgan baho tarkibiga 
tovarlarni ishlab chiqarish, uni yuklash, import qiluvchi mamlakat portiga tushirish, 
omborxonalarga joylashtirish, import qiluvchiga uni etkazib berish xarajatlari kiradi.  
Tovarlar bahosini shartnomada belgilashning 5 asosiy usuli mavjud: 
1. Qat’iy belgilangan baholarni o‘rnatish. Ushbu baho shartnoma imzolanayotgan 
vaqtda o‘rnatiladi va shartnoma ijro etilishi mobaynida o‘zgarmasdan qoladi. 
2. Tovarlar bahosini, shartnoma imzolanayotgan paytda yuzaga kelgan bozor 
bahosida hisobga olish. Agar xom-ashyo eksport qilinayotgan bo‘lsa, ularning biron-bir tovar 
birjasida (London yoki Nyu-York tovar birjalari va xokazo) xorijiy bahosi asosida shartnoma 
ijro etiladi.
davlatlarda diplomatik va savdo vakolatxonalarini ochish, o‘zga davlatlar hududida harbiy qismlarni saqlash hamda kapitallar va kreditlarning harakati bo‘yicha amalga oshiriladigan hisob-kitoblarni o‘z ichiga oladi. Xalqaro hisob-kitoblarning samaradorligiga quyidagi omillar ta’sir qiladi: - davlatlar o‘rtasidagi iqtisodiy va siyosiy munosabatlar; - valyuta qonunchiligi; - xalqaro savdo qoidalari va udumlari; - bank amaliyoti; - tashqi savdo shartnomalari va kredit bitimlarining shartlari; - pullik hisob-kitoblar ishtirokchilarining to‘lovga qobilligi. O‘tish davri qiyinchiliklarini boshdan kechirayotgan davlatlarda xalqaro hisob- kitoblarning tovarlar, xizmatlar va bajarilgan ishlar bo‘yicha to‘lovlarning o‘z vaqtida kelib tushishini kafolatlovchi shakllari keng qo‘llanilishi mumkin. Tashqi savdo shartnomalarida valyuta-moliyaviy va to‘lov shartlari yaqqol aks ettirilib, ular sirasiga quyidagilar kiradi: - baho valyutasi; - to‘lov valyutasi; - to‘lov sharti; - hisob - kitob shakli. Baho valyutasi - bu tovarning bahosi o‘lchanadigan valyuta. Ushbu valyutani tanlashda tovarning turi, hukumatlararo shartnomalarning shartlari, va ayniqsa, valyutaning barqarorligi hisobga olinadi. SHartnomada ko‘rsatilgan baho tarkibiga tovarlarni ishlab chiqarish, uni yuklash, import qiluvchi mamlakat portiga tushirish, omborxonalarga joylashtirish, import qiluvchiga uni etkazib berish xarajatlari kiradi. Tovarlar bahosini shartnomada belgilashning 5 asosiy usuli mavjud: 1. Qat’iy belgilangan baholarni o‘rnatish. Ushbu baho shartnoma imzolanayotgan vaqtda o‘rnatiladi va shartnoma ijro etilishi mobaynida o‘zgarmasdan qoladi. 2. Tovarlar bahosini, shartnoma imzolanayotgan paytda yuzaga kelgan bozor bahosida hisobga olish. Agar xom-ashyo eksport qilinayotgan bo‘lsa, ularning biron-bir tovar birjasida (London yoki Nyu-York tovar birjalari va xokazo) xorijiy bahosi asosida shartnoma ijro etiladi.
 
 
3. Baho qat’iy belgilab qo‘yilishi. Ammo, shartnoma imzolanayotgan paytda 
tovarlarning bahosi keskin o‘zgarsa, belgilangan baho o‘zgartiriladi. 
4. Tovarlar bahosi qatiy belgilab qo‘yiladi, ammo xarajatlar tarkibida o‘zgarish 
bo‘lgan taqdirda belgilangan baho o‘zgartiriladi. Bu usul, ko‘pchilik hollarda, asbob- 
uskunalarni sotishda qo‘llaniladi. 
5. Aralash shakl. Tovarlarning ma’lum qismi qat’iy belgilangan baholarda, ma’lum 
qismi o‘zgartiriladigan baholarda sotiladi. 
To‘lov valyutasi - bu haqiqatda import qiluvchining majburiyati to‘lanadigan valyuta. 
Agar, to‘lov valyutasi nobarqaror valyuta bo‘lsa, unda shartnomada tovarlarning bahosi 
barqaror valyutada o‘lchanadi. 
To‘lov shartlari-bu to‘lov naqd valyutalarda yoki naqdsiz shaklda, ochiq hisob-
raqamlari orqali, kredit shaklida yoki veksellar orqali amalga oshirilishi mumkinligini 
kelishib olishdir. 
Hisob-kitob shakllari tovarni jo‘natishga oid hujjatlar va to‘lov hujjatlarini 
rasmiylashtirish, uzatish va to‘lash usullari sifatida namoyon bo‘ladi. 
Xalqaro 
hisob-kitoblar 
2 
guruhga 
bo‘linadi: 
hujjatlashtiriladigan; 
hujjatlashtirilmaydigan to‘lovlar. 
Hujjatlashtiriladigan to‘lovlarga: 
1. Hujjatlashtirilgan akkreditiv; 
2. Inkasso bilan amalga oshiriladigan hamma to‘lovlar kiradi. 
Hujjatlashtirilmaydigan to‘lovlarga: 
1. To‘lov topshiriqnomasi; 
2. CHeklar; 
3. SVIFT (SWIFT) kiradi. 
Hujjatlashtirilmaydigan to‘lovlarni turkumlashda mezon shartlarini to‘lov shartlari 
o‘taydi. Agar, har qanday hisob-kitob quyidagi 3 to‘lov asosida amalga oshirilsa, bu 
hujjatlashtirilmaydigan hisob-kitob bo‘lib hisoblanadi: 
1.Oldindan to‘lash; 
2.Tovarni olgandan so‘ng to‘lash; 
3.Ochiq hisobvaraqlar bo‘yicha hisob-kitoblar. 
Jahon amaliyotida keng qo‘llaniladigan asosiy hisob-kitob shakllari sifatida bank
3. Baho qat’iy belgilab qo‘yilishi. Ammo, shartnoma imzolanayotgan paytda tovarlarning bahosi keskin o‘zgarsa, belgilangan baho o‘zgartiriladi. 4. Tovarlar bahosi qatiy belgilab qo‘yiladi, ammo xarajatlar tarkibida o‘zgarish bo‘lgan taqdirda belgilangan baho o‘zgartiriladi. Bu usul, ko‘pchilik hollarda, asbob- uskunalarni sotishda qo‘llaniladi. 5. Aralash shakl. Tovarlarning ma’lum qismi qat’iy belgilangan baholarda, ma’lum qismi o‘zgartiriladigan baholarda sotiladi. To‘lov valyutasi - bu haqiqatda import qiluvchining majburiyati to‘lanadigan valyuta. Agar, to‘lov valyutasi nobarqaror valyuta bo‘lsa, unda shartnomada tovarlarning bahosi barqaror valyutada o‘lchanadi. To‘lov shartlari-bu to‘lov naqd valyutalarda yoki naqdsiz shaklda, ochiq hisob- raqamlari orqali, kredit shaklida yoki veksellar orqali amalga oshirilishi mumkinligini kelishib olishdir. Hisob-kitob shakllari tovarni jo‘natishga oid hujjatlar va to‘lov hujjatlarini rasmiylashtirish, uzatish va to‘lash usullari sifatida namoyon bo‘ladi. Xalqaro hisob-kitoblar 2 guruhga bo‘linadi: hujjatlashtiriladigan; hujjatlashtirilmaydigan to‘lovlar. Hujjatlashtiriladigan to‘lovlarga: 1. Hujjatlashtirilgan akkreditiv; 2. Inkasso bilan amalga oshiriladigan hamma to‘lovlar kiradi. Hujjatlashtirilmaydigan to‘lovlarga: 1. To‘lov topshiriqnomasi; 2. CHeklar; 3. SVIFT (SWIFT) kiradi. Hujjatlashtirilmaydigan to‘lovlarni turkumlashda mezon shartlarini to‘lov shartlari o‘taydi. Agar, har qanday hisob-kitob quyidagi 3 to‘lov asosida amalga oshirilsa, bu hujjatlashtirilmaydigan hisob-kitob bo‘lib hisoblanadi: 1.Oldindan to‘lash; 2.Tovarni olgandan so‘ng to‘lash; 3.Ochiq hisobvaraqlar bo‘yicha hisob-kitoblar. Jahon amaliyotida keng qo‘llaniladigan asosiy hisob-kitob shakllari sifatida bank
 
 
o‘tkazmasi, inkasso va hujjatlashtirilgan akkreditivni ajratib ko‘rsatish mumkin. Ta’kidlash 
lozimki, xalqaro hisob-kitoblarning sezilarli qismi (80 foiz) inkasso va akkreditiv hissasiga 
to‘g‘ri keladi. Ushbu hisob-kitob shakllarida importyor shartnomadagi to‘lov shartlariga 
muvofiq to‘lovni amalga oshiradi, eksportyor esa, shartnomada ko‘rsatilgan tovarni etkazib 
bersagina to‘lovni qabul qiladi. 
Bank o‘tkazmasi - bir bank tomonidan boshqa bank topshirig‘iga ko‘ra ma’lum pul 
summasini o‘tkazmani qabul qiluvchiga to‘lanishidir. 
 
1-chizma. 
Bank o‘tkazmasi 
 
  
 
 
 
 
 
 
 
 
 
1. O‘tkazmani amalga oshirish to‘g‘risida topshiriq. 
2. O‘tkazmaning amalga oshirilishi. 
3. Benefitsiarni uning hisobraqamiga mablag‘ ajratilganligi xususida xabardor qilish. 
Tashqi savdo shartnomasining “To‘lov shartlari” bo‘limida etkazib beriladigan tovar 
bo‘yicha hisob - kitoblar bank o‘tkazmasi shaklida amalga oshirilishi ko‘rsatilishi lozim. 
Bundan tashqari, o‘tkazmani qabul qiluvchining rekvizitlari (hisobraqami, eksportyor 
bankining nomi, manzili) va to‘lov muddati ko‘rsatilishi kerak. 
To‘lov topshiriqlarini xorijiy bank-korrespondentga uzatishning eng keng tarqalgan 
vositalari bo‘lib, telegraf, SVIFT tizimi va xorijiy banklar bilan Micro Cash Register modem 
aloqalari tizimi hisoblanadi. 
Ўтказмани берувчи 
(импортёр) 
Ўтказмани қабул 
қилувчининг банки 
 
Ўтказмани 
берувчининг банки 
 
Бенефициар 
(экспортёр) 
1 
3 
2
o‘tkazmasi, inkasso va hujjatlashtirilgan akkreditivni ajratib ko‘rsatish mumkin. Ta’kidlash lozimki, xalqaro hisob-kitoblarning sezilarli qismi (80 foiz) inkasso va akkreditiv hissasiga to‘g‘ri keladi. Ushbu hisob-kitob shakllarida importyor shartnomadagi to‘lov shartlariga muvofiq to‘lovni amalga oshiradi, eksportyor esa, shartnomada ko‘rsatilgan tovarni etkazib bersagina to‘lovni qabul qiladi. Bank o‘tkazmasi - bir bank tomonidan boshqa bank topshirig‘iga ko‘ra ma’lum pul summasini o‘tkazmani qabul qiluvchiga to‘lanishidir. 1-chizma. Bank o‘tkazmasi 1. O‘tkazmani amalga oshirish to‘g‘risida topshiriq. 2. O‘tkazmaning amalga oshirilishi. 3. Benefitsiarni uning hisobraqamiga mablag‘ ajratilganligi xususida xabardor qilish. Tashqi savdo shartnomasining “To‘lov shartlari” bo‘limida etkazib beriladigan tovar bo‘yicha hisob - kitoblar bank o‘tkazmasi shaklida amalga oshirilishi ko‘rsatilishi lozim. Bundan tashqari, o‘tkazmani qabul qiluvchining rekvizitlari (hisobraqami, eksportyor bankining nomi, manzili) va to‘lov muddati ko‘rsatilishi kerak. To‘lov topshiriqlarini xorijiy bank-korrespondentga uzatishning eng keng tarqalgan vositalari bo‘lib, telegraf, SVIFT tizimi va xorijiy banklar bilan Micro Cash Register modem aloqalari tizimi hisoblanadi. Ўтказмани берувчи (импортёр) Ўтказмани қабул қилувчининг банки Ўтказмани берувчининг банки Бенефициар (экспортёр) 1 3 2
 
 
SVIFT (SWIFT-Society for Worldwide Interbank Financial Telecommunication)-bu 
butunjahon bank-moliya telekommunikatsion tarmog‘i bo‘lib, bank-moliya axborotlarini 
tezlik bilan uzatishga mo‘ljallangan. U ma’lumotlarni uzatish va operatsiyalarni amalga 
oshirish tizimi bo‘lgani uchun, uni hisob - kitoblarning mustaqil shakli sifatida hisobga olish 
maqsadga muvofiq emas. 
SVIFT xalqaro hisob-kitob operatsiyalarini amalga oshirishning an’anaviy usulllari 
bilan taqqoslaganda bir qator afzalliklarga ega, jumladan, tezkor (bankdan bankka ma’lumot 
etkazish vaqti juda qisqa), ishonchli va tejamkor hisoblanadi. 
Micro Cash Register tizimi Bank of New York, Bankers Trust Company, 
Commerzbank, Dresdner Bank kabi yirik banklar tomonidan taklif etiladi. 
Hisob-kitoblarning inkasso shaklida bank mijozining topshirig‘iga ko‘ra etkazib 
berilgan tovar (ko‘rsatilgan xizmat va bajarilgan ishlar) uchun importyordan to‘lovni qabul 
qiladi va bu mablag‘larni eksportyor hisobraqamiga o‘tkazadi. Hisob-kitoblarning inkasso 
shaklini qo‘llash Xalqaro savdo palatasining unifikatsiyalashgan qoidalari asosida tartibga 
solinadi.  
Inkasso bo‘yicha unifikatsiyalashgan qoidalarga muvofiq, bank ushbu operatsiyani 
eksportyor ko‘rsatmasi asosida amalga oshiradi. Inkasso bo‘yicha operatsiyada talab 
etiladigan hujjatlarni ikki guruhga ajratish mumkin: moliyaviy hujjatlar (o‘tkazma veksel, 
oddiy veksel, to‘lovni qabul qilish uchun foydalaniladigan boshqa hujjatlar) va tijorat 
hujjatlari (yuk hujjatlari, guvohnomalar va b.).  
Ushbu hujjat turlariga binoan, inkasso sof va hujjatlashtirilgan inkassoga bo‘linadi. Sof 
inkasso faqat moliyaviy hujjatlarni taqozo etgani holda, xujjatlashtirilgan inkassoda tijorat 
hujjatlari, ba’zan moliyaviy hujjatlar ham talab etiladi. 
Inkasso bo‘yicha hisob-kitoblarni quyidagi chizma orqali ifodalash mumkin 
(navbatdagi betga qarang). 
1. Tovarni yuklab jo‘natish. 
2a-2b. Inkasso topshirig‘i (zaruriy hujjatlar va importyordan pulni olish shartlari 
borasidagi ko‘rsatma bilan birgalikda). 
1. Importyorni inkasso to‘lovi bo‘yicha xabardor qilish. 
2. To‘lovni amalga oshirish bo‘yicha topshiriq. 
3. To‘lov hujjatlarini berish (ular asosida importyor tovarlarni qabul qiladi).
SVIFT (SWIFT-Society for Worldwide Interbank Financial Telecommunication)-bu butunjahon bank-moliya telekommunikatsion tarmog‘i bo‘lib, bank-moliya axborotlarini tezlik bilan uzatishga mo‘ljallangan. U ma’lumotlarni uzatish va operatsiyalarni amalga oshirish tizimi bo‘lgani uchun, uni hisob - kitoblarning mustaqil shakli sifatida hisobga olish maqsadga muvofiq emas. SVIFT xalqaro hisob-kitob operatsiyalarini amalga oshirishning an’anaviy usulllari bilan taqqoslaganda bir qator afzalliklarga ega, jumladan, tezkor (bankdan bankka ma’lumot etkazish vaqti juda qisqa), ishonchli va tejamkor hisoblanadi. Micro Cash Register tizimi Bank of New York, Bankers Trust Company, Commerzbank, Dresdner Bank kabi yirik banklar tomonidan taklif etiladi. Hisob-kitoblarning inkasso shaklida bank mijozining topshirig‘iga ko‘ra etkazib berilgan tovar (ko‘rsatilgan xizmat va bajarilgan ishlar) uchun importyordan to‘lovni qabul qiladi va bu mablag‘larni eksportyor hisobraqamiga o‘tkazadi. Hisob-kitoblarning inkasso shaklini qo‘llash Xalqaro savdo palatasining unifikatsiyalashgan qoidalari asosida tartibga solinadi. Inkasso bo‘yicha unifikatsiyalashgan qoidalarga muvofiq, bank ushbu operatsiyani eksportyor ko‘rsatmasi asosida amalga oshiradi. Inkasso bo‘yicha operatsiyada talab etiladigan hujjatlarni ikki guruhga ajratish mumkin: moliyaviy hujjatlar (o‘tkazma veksel, oddiy veksel, to‘lovni qabul qilish uchun foydalaniladigan boshqa hujjatlar) va tijorat hujjatlari (yuk hujjatlari, guvohnomalar va b.). Ushbu hujjat turlariga binoan, inkasso sof va hujjatlashtirilgan inkassoga bo‘linadi. Sof inkasso faqat moliyaviy hujjatlarni taqozo etgani holda, xujjatlashtirilgan inkassoda tijorat hujjatlari, ba’zan moliyaviy hujjatlar ham talab etiladi. Inkasso bo‘yicha hisob-kitoblarni quyidagi chizma orqali ifodalash mumkin (navbatdagi betga qarang). 1. Tovarni yuklab jo‘natish. 2a-2b. Inkasso topshirig‘i (zaruriy hujjatlar va importyordan pulni olish shartlari borasidagi ko‘rsatma bilan birgalikda). 1. Importyorni inkasso to‘lovi bo‘yicha xabardor qilish. 2. To‘lovni amalga oshirish bo‘yicha topshiriq. 3. To‘lov hujjatlarini berish (ular asosida importyor tovarlarni qabul qiladi).