Xarita va boshqa kartografik asarlar. Kartografiyaga ta’rif
Yuklangan vaqt
2024-11-19
Yuklab olishlar soni
1
Sahifalar soni
9
Faytl hajmi
23,2 KB
Xarita va boshqa kartografik asarlar. Kartografiyaga ta’rif
Reja:
1. Kartografiya tarixi.
2. Geogafik kartalarning xususiyatlari.
3. Geogafik kartalarning tasnifi.
Tayanch so’zlar:Karta, tabiiy karta, iqtisodiy karta, mavzuli karta,
umumgeografik karta, tarixiy kartalar, hartes.
Har qanday fan kabi kartografiya fanining ham o’z tarixi mavjud. Boshqa
fanlar tarixini o’rganishda asosan matnlarga e’tibor berilsa, kartografiyada matnlar
bilan bir qatorda yaratilgan kartografik asarlarga ya’ni kartalarga, atlaslarga va
globuslarga katta e’tibor beriladi.
Kartografiya tarixi ham asosan tarixiy manbalar asosida o’rganiladi. Fanning
rivojlanish davrlari aniqlanadi, o’sha davr jamiyat tuzumiga e’tibor beriladi.
Fan tarixini o’rganishda uning kelib chiqishi, taraqqiyoti, hozirgi holati bilan bir
qatorda kelajagi va muammolari ham ko’rsatib beriladi. Fan tarixi ma’lum bir makon
bilan bog’langan holda o’rganiladi.
Biz kartografiya fani tarixiga nazar tashlar ekanmiz O’rta Osiyoda ham shu
sohaning bilimdon olimlari ko’p bo’lgani va ularning kartografiyaga qo’shgan
hissalari to’g’risida ma’lumot berish kerak deb hisoblaymiz. SHuni alohida aytib
o’tish zarurki, O’zbekiston kartografiya tarixini O’rta Osiyo kartografiyasi tarixidan
va region haqidagi umumgeografik tasavvurlar taraqqiyotidan ajratib olish qiyin.
SHuning uchun O’zbekiston kartografiya tarixi O’rta Osiyo va Turkiston hududi
haqidagi kartografik tasavvur bilan bog’liq holda o’rganilmog’i kerak deb
hisoblaymiz.
Dastlabki kartografik tasvirlar ibtidoiy jamoa davrida paydo bo’lgan. Kishilar
ovchilik bilan shug’ullangan davrda ovga borgan yo’llarini, ov qiladigan joylarini,
o’zlari yashagan g’orlar devorlariga, tog’li joylarda esa toshlarga har xil shakllar,
chizmalar holatida chizib qoldirgan. Bu chizmalar asta-sekin takomillashib plan
shaklda shartli belgilar bilan ko’rsatiladigan bo’ldi. Masalan, miloddan avvalgi ikki
minginchi yillarning o’rtalarida SHimoliy Italiyadagi tog’dagi toshga yo’llar,
daryolar va sug’orilib ekin ekiladigan erlar tasvirlanganligi ma’lum va har xil
chiziqli shakllar berilgan, lekin birorta yozuv yo’q. Demak, yozuv paydo bo’lmasdan
oldin chiziqli tasvirlar paydo bo’lgan. Bunday tasvirlar qadimgi Vaviloniya
shahrining arxeologik qazilmalarida ham uchratilgan. Dengizda kema qatnovini
tashkil qilish va shu orqali savdo-sotiqni rivojlanishi bilan asta-sekin dengiz
yo’llarining chizmalari paydo bo’la boshlagan. Natijada dengiz yo’llarini dastlabki
chizma kartalari vujudga kelgan. Lekin bunday chizmalar shaklidagi dastlabki
kartalar juda sodda va sxematik bo’lib aniqlik darajasi past bo’lgan.
Bora-bora Yer sharining dumaloqligini (sharsimonligini) hisobga olgan kartalar
tuzila boshlangan. Shuning uchun Yer sharini tekis yuzada tasvirlash uchun er
yuzida o’lchash ishlarini aniq olib borish zaruriyati tug’ildi.
O’rta Osiyoda, shu jumladan O’zbekiston hududida miloddan avvalgi
davrlarda aholi zich joylashgan vohalarda madaniy va iqtisodiy jihatdan o’z
davriga nisbatan ancha yuksak darajada rivojlangan davlatlar vujudga kelgan.
Chunonchi Sug’diyona, Baqtriya, Xorazm kabi qudratli davlatlar paydo bo’lgan, bu
erlarda eng qadimgi fan, madaniyat namunalari yaratilgan. Lekin respublikamiz
hududidagi bu davlatlarda yashagan xalqlarning ilmiy madaniy merosi, shu
jumladan kartografik va yozma manbalar juda kam saqlanib qolgan.
Hozirgi O’zbekiston to’g’risidagi dastlabki kartografik ma’lumotlar antik
davrning sivilizasiya markazlari bo’lmish qadimgi Yunoniston bilan qadimgi
Rumda uchraydi. Lekin shuni qayd qilish kerakki, Yunoniston va Rumda antik
davrda rivoj topgan qadimgi kartografiya Misr, Finikiya, Osuriya va Vaviloniya,
Hindiston, Xitoy va O’rta Osiyoda ilk bor vujudga kelgan fan, madaniyat
yutuqlaridan bahramand bo’lgan deyishga to’la asos bor. Chunki antik davr
mamlakatlari Sharqning ko’plab mamlakatlari bilan ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy
aloqada bo’lganlar, shu tufayli ular geografik tasavvurlarini kengaytirganlar va
boyitganlar.
O’rta Osiyo haqidagi dastlabki geografik va kartografik ma’lumotlar miloddan
avvalgi V asrlarda yashagan yunon allomasi Geradot tomonidan yozilgan asarlarda
uchraydi. Lekin bu ma’lumotlar juda kam va ba’zilari notug’ri hamdir. O’rta Osiyo
haqidagi dastlabki geografik ma’lumotlar miloddan avvalgi 330-327 yillarda
makedoniyalik Iskandar (Zulkarnayn) ning sharqga qilgan harbiy yurishlari vaqtida
to’plangan. Qadimgi dunyo geografiyasining bilimdonlaridan mashhur olim
milodning II asrida yashagan iskandariyalik geograf, astronom va kartograf Klavdiy
Ptolomeydir. Uning «Geografiya» kitobini antik davrning o’ziga xos geografik
qomusi desa bo’ladi. Ptolomey bu asaridan tashqari 27 ta kartadan iborat dunyo
atlasini yaratgan. Bu atlas kartalarida graduslar to’ri tasvirlangan, bu karta o’z
davriga nisbatan ilmiy jihatdan ancha yuksak darajada bo’lgan. Ptolomey atlasidagi
22 kartada O’rta Osiyo 810-1470 sharqiy uzoqlik va 360-630 shimoliy kengliklar
orasida tasvirlangan, unda respublikamiz hududi ham aks ettirilgan. SHuni aytib
o’tish joizki, Ptolomey bosh meridianni Kanar orollaridan o’tkazgan.
Klavdiy Ptolomey atlasidagi kartalarda O’rta Osiyodagi davlatlar-Sug’diyona
va boshqalarning chegaralari berilgan va shu hududda yashovchi 12 ta qabila
yashagan maydonlarning chegaralari ko’rsatilgan. Unga qadar «Geografiya» nomli
dastlabki asar yunon geografi, kartografi, astronomi va matematigi Eratosfen
tomonidan yozilgan.
Eratosfenning dunyo kartografiya faniga qo’shgan xissasi juda kattadir.
Uning rahbarligida Er yuzasidagi joylarning o’rinlari, kenglik va uzoqliklar orqali
aniqlash va gradus o’lchash yo’li bilan aniq o’lchash usullari ishlab chiqilgan.
Eratosfen Er yuzasidagi 10 yoy uzunligini aniqlash uchun oddiy usuldan
foydalangan. Masalan, u 22 iyunda Misrdagi ikkita shahar, ya’ni Iskandariya bilan
Asvon (ilgargi Siena) shaharlarda quyosh zenitda bo’ladigan vaqtda yarim doiraviy
(kosaga o’xshagan) skafis yasab, uni 180 bo’lakka bo’lgan, o’rtasiga tik tayoqcha
o’rnatgan. Bir vaqtning o’zida 2 shahardagi tush paytida (soat 12 larda) tik
tayoqchalardan tushgan soyalar ko’rsatkichlarining farqi 70 12’ ga teng bo’lgan, bu
esa Er aylanasining 1/50 qismini tashkil qilishini aniqlab bergan. Er aylanasining
uzunligi o’sha vaqtda (250 000 stadiy x 158 metr 1 misr stadiy uzunligi) 39375
kilometr ekanligi (hozirgi o’lchami 40.008 kilometr), Er radiusining uzunligi 6287
kilometr. 10 yoyning uzunligi taxminan 110 kilometr ekanligi aniqlangan. Hozirgi
aniq ma’lumotlarga qaraganda Iskandariya shahrining kengligi 310 11,7’ Asvon
(Siena) ning kengligi 240 5,0’ ga teng bo’lib, farqi 70 6,7’. Demak, o’sha davrda
aniqlangan 10 yoy uzunligi hozirgiga nisbatan farqi juda kam.
Eratosfenning «Geografiya» nomli 3 qismdan iborat kitobida o’sha davr
uchun juda zarur bo’lgan geografik va kartografik ma’lumotlar berilgan. Lekin uning
kitobi saqlanmagan. Uning kitoblari to’g’risidagi ma’lumot mashhur olim Strabon
tomonidan yozib qoldirilgan. Birinchi kitobida qadimgi davrdan o’sha vaqtgacha
ma’lum bo’lgan joylarning geografik tasvirlari berilgan, Anaksimandr va Gekateylar
tomonidan tuzilgan dastlabki geografik karta to’g’risida ma’lumot keltirilgan.
Ikkinchi kitobida Erning sharsimonligi va uni o’lchash usullari to’g’risida, uchinchi
kitobida o’sha davrda ma’lum bo’lgan hududlarning kartalari va ularni geografik
tasviri bayon etilgan ekan.
O'rta Osiyo xalqlarining tarixga nazar tashlasak, kartalar tuzish, globuslar
yaratish, Yevropa mamlakatlaridan oldinroq boshlangan desak, xato qilmagan
bo'lamiz. Ulug' bobokalonimiz, qomusiy olim Abu Rayhon Beruniy (973-1042)
birinchi marta dunyo globusini yaratganligi to'g'risida tarixiy manbalar guvohlik
beradi. Uning globusi Shimoliy yarimsharning globusi edi. Lekin g'arb olimlari
buni tan olmaydi. Birinchi globus yunonistonlik Krates (eramizdan avvalgi II
asr) tomonidan yasagan. 1492 yilda Marten Bexaym birinchi mukammalroq
globus yasagan. Lekin unda Amerika, Avstraliya va Antarktida tasvirlanmagan.
Bugunda mahalliy aholidan chiqqan Xoji Yusuf Hay'atiyning 1886 yilda
ishlagan globusi Samarqanddagi madaniyat va san'at tarixi muzeyida
saqlanmoqda. O'rta Osiyo g'arbda Kaspiy dengizi, janub va sharqdan Eron Islom
Respublikasi, Afg'oniston va Xitoy Xalq Respublikasi, shimoldan 45032 shimoliy
kenglik1 bilan chegaralovchi ulkan hududda joylashgan bo'lib, jami 1 mln. 984
ming kv.km. ni tashkil etadi.
1 Shimoliy chegara E. M. Mirzayev fikriga ko'ra berildi. Srednyaya Aziya. M. 1947. str-4
Bu o'lka qadimiy svilizasiya markazlardan biridir va yirik imperiyalar
tarkibida jahon siyosiy hamda iqtisodiy tarixida katta o'rin tutgan. Qadimgi
G'arb va Sharq o'rtasidagi iqtisodiy va savdo aloqalarida muhim vositachilik
vazifasini bajargan.
O'rta Osiyo haqida geografik, jumladan kartografik tasavvurlar tarixi ham
ancha qadimgi, aniqrog'i antik davrdan boshlanadi. O'rta Osiyo to'g'risidagi
dastlabki kartografik ma'lumotlar antik davrning svilizasiya markazlari bo'lishi
Qadimgi Yunoniston va Qadimgi Rimda yozilgan manbalarda uchraydi. Chunki
«antik davr mamlakatlari Sharqning ko'plab mamlakatlari bilan ijtimoiy iqtisodiy
va madaniy aloqada bo'lganlar, shu tufayli o'z tarixiy geografik va kartografik
tasavvurlarini kengaytirganlar va boyitganlar»2.
Geografik kartalar shartli ravishda umumgeografik va mavzuli kartalarga
bo’linadi. So’nggi yillarda maxsus kartalar ham mavzuli kartalar deb yuritilmokda.
CHunki maxsus kartalar deyilganda buyurtma asosida tuzilgan kartalargina
tushuniladi. Bundan tashqari xorijiy mamlakatlarda ular to’g’ridan-to’g’ri mavzuli
kartalar deb aytiladi. Bu kartalar birorta mavzuga oid bo’lib, mazmunini asosan bir
soha tashkil qiladi. Unda mavzuli kartalarning birorta elementi yoki birorta sohasi
to’liq tasvirlanadi (masalan, aholisi, qishloq xo’jaligi, sanoati). Undan tashqari
umumgeografik kartalarning elementlaridan boshqa voqea-hodisalarning tabiiy yoki
ijtimoiy-iqtisodiy ko’rsatkichlari ham ko’rsatilishi mumkin.
Mavzuli kartalarda umumgeografik karta elementlari ham bo’lganidan,
ulardan geografik asos sifatida foydalaniladi.
Geografik asosdagi elementlarni tanlashda kartaning asosiy mazmuni bilan
yordamchi elementlar orasidagi o’zaro bog’liqlikni hisobga olish kerak. Masalan,
iqlim kartalarini tuzishda suv ob’ektlari ham tasvirlanadi, chunki ular bir-biriga
bog’liqdir. Sanoat kartalarini tuzishda temir yyl va davlat ahamiyatiga ega bo’lgan
avtomagistral yo’llar va suv yo’llari ham ko’rsatiladi. CHunki sanoatni bu
ko’rsatkichlarsiz tasvirlab bo’lmaydi.
Mavzuli kartalarda voqea-hodisalarning geografik joylanishigina emas balki
ularning miqdor va sifat ko’rsatkichlari ham tasvirlanadi. Miqdor ko’rsatkichlar
2Galkov CH. V. va boshqalar. O'zbekiston kartalari. T. «O'qituvchi». 1975. 7-bet
mutloq (absolyut) va nisbiy miqdorda beriladi. SHunisi xarakterliki, mavzuli
kartalarda voqea-hodisalar ma’lum bir vaqtdagi ma’lumotlarga asoslanib ularning
o’sishi yoki pasayishi hamda strukturasi kartografik tasvirda tushunarli qilib obrazli-
belgilar asosida ko’rsatadi. Mavzuli kartalar uchta katta guruhga bo’linadi:
1) tabiiy kartalar;
2) ijtimoiy-iqtisodiy kartalar;
3) tarixiy kartalar.
Geografik kartalar shu darajada ko’p va turli-tumanki, ularni xususiyatlariga
qarab o’rganish kerak. Ular ilmiy jihatdan tasnif qilinganda alohida tipdagi
kartalarda tasvirlanilayotgan voqea-hodisalarning o’ziga xos qonuniyatlarini
aniqlashda va o’rganishda, kartalarni sistemaga solib kataloglar tuzishda, kartalarni
joylashtirishda qo’l keladi. Boshqa fanlardagi singari kartografik tasniflash ham bir
qator mantiqiy talablar asosida amalga oshiriladi. Masalan, umumiylikdan
xususiylikka o’tish kerak bo’ladi va ularning ketma-ketligi saqlanishi kerak.
Tasniflashda kartalarning asosiy belgilariga asoslanish zarur (masalan, o’quv
kartalari yoki ilmiy-ma’lumotnomali kartalar).
Tasniflashning asosiy ko’rsatkichlaridan biri umumiy ko’rsatkichlarni
tarmoqlarga bo’lib tasvirlanganda ularning umumiy mazmuni bir butunlikni tashkil
qilishi kerak. Masalan, «Paxtachilik» kartasi umumiy bo’lsa uning tarmoqlari: paxta
navlari, ekilishi, hosildorligi, yalpi hosili, umumiy foydasi, ishlov berish va h.k.lar
hammasi qo’shilib bir butun mazmunni berishi kerak. Lekin har bir sohani
tasniflashda ular orasidagi o’zaro munosabat va qonuniyat saqlanishi kerak.
Geografik kartalar qamrab olgan hududi bo’yicha, mazmuni, masshtabi,
maqsadiga, ko’ra tasniflanadi.
Egallangan hududi bo’yicha quyidagilarga: dunyo, materik, davlat, viloyat,
tuman kartalariga bo’linadi. Mazmuni bo’yicha umumgeografik va mavzuli
kartalarga bo’linadi. Bu ikkala guruh yana maydalanib qismlarga bo’linadi. Masalan,
mavzuli kartalar 2 qismdan tashkil topgan:
1) tabiiy yoki tabiiy geografik kartalar;
2) ijtimoiy-iqtisodiy kartalar.
Tabiiy geografik kartalar, geografik muhit komponentlari (atmosfera,
gidrosfera, biosfera) yoki shu komponentlarni o’rganuvchi fanlar bo’yicha bo’linsa
ham maqsadga muvofiq bo’ladi.
Ijtimoiy-iqtisodiy kartalar ham o’z navbatida aholi, iqtisodiyot, madaniyat,
siyosiy-ma’muriy maishiy xizmat ko’rsatish kartalari va boshqa turlarga bo’linadi.
Tarixiy kartalar, tarixiy voqealar va ularning rivojlanishi natijasida kelib
chiqadigan jarayonlarni tasvirlab beradi.
So’nggi paytlarda yangi tipdagi tabiiy resurslarni baholash, bashoratlash,
injener-geografik va operativ (tezkor) xo’jalik kabi kartalar vujudga kelmoqda.
Geografik kartalarning mazmuni bo’yicha tasnif qilishda professor. K. A.
Salishev tasnifidan foydalanildi.
Umumgeografik kartalar xususiyatlariga ko’ra uch xilga bo’linadi.
1. Topografik kartalar (1:200 000 masshtabgacha).
2. Obzor topografik kartalar (1:200 000-1:1 000 000 gacha).
3. Obzor kartalar (1:1 000 000 dan mayda).
Umumgeografik kartalar mazmuni bo’yicha quyidagilarga bo’linadi.
I.Tabiiy-geografik kartalar:
1. Geologik, stratigrafik, tektonik, litologik, uchlamchi davr, to’rtlamchi davr,
gidrogeologik, geoximik, foydali qazilmalar, seysmologik, vulkanizm kartalari va
boshqalar.
2. Umumiy tabiiy geografik kartalar.
3. Geofizik kartalar.
4. Er yuzasini relyefi: gipsometrik, morfometrik, morfografik, geomorfologik
kartalar.
5. Meteorologik va iqlim: harorat, shamollar, yog’in-sochin kartalari va h.k.
6. Okeanologik kartalar.
7. Gidrologik kartalar (er usti suvlari).
8. Tuproq va uning turlari hamda tarqalishi kartalari.
9. O’simlik va ularni geografik joylashish kartalari.
10. Hayvonot dunyosi va ularning tarqalish kartalari.
11. Tabiatni muhofaza qilish va ekologik kartalar.
II. Ijtimoiy-iqtisodiy kartalar:
1. Aholi va demografik kartalar: aholining joylanishi va tarqalishi, zichligi,
aholining milliy tarkibi, etnografiyasi, jinsi, tug’ilish va o’lim, yoshi, ishsizlik, ishga
layoqatligi kartalari va hokazolar.
2. Iqtisodiy: tabiiy resurslar va ularni baholash, sanoat, qishloq xo’jaligi
(dehqonchilik, chorvachilik) va o’rmon xo’jaligi, transport, ichki va tashqi iqtisodiy
aloqalar, umumiqtisodiy kartalari.
3. Maishiy xizmat: maorif, fan, madaniyat, sog’liqnisaqlash, savdo va moliya,
fizkulьtura va sport, turizm, maishiy xizmat kartalari va hokazolar.
4. Siyosiy-ma’muriy kartalar.
III. Tarixiy kartalar:
1. Qadimgi dunyo tarixi kartalari.
2. O’rta asr tarixi kartalari.
3. Yangi va eng yangi tarix kartalari.
Kartalarning ishlatilishiga qarab ularning masshtabi, mazmuni va jihozlash
usullari ham o’zgarishi mumkin.
Ishlatilishi bo’yicha ham kartalar bo’linadi.
I.Xalq xo’jaligi va boshqarish uchun kartalar:
1. Tabiiy sharoitni va resurslarni baholash va prognoz (bashorat qilish)
kartalari.
2. Loyihalash: qurilish, er tuzish va kadastr kartalari.
3. Operativ xo’jalik kartalari.
4. Navigasiya va yo’llar kartalari.
5. Rejalashtirish uchun kartalar.
II. Maorif, fan va madaniyat kartalari:
1. O’quv kartalari: boshlang’ich sinflar, o’rta maktablar, akademik-lisey,
kollej va oliy yquv yurtlar.
2. Ilmiy ma’lumotnomali kartalar.
3. Madaniy-oqartuv, targ’ibot-tashviqot, o’lkashunoslik kartalari.
4. Turistik – ekskursiya, sport kartalari.
Geografik kartalar tiplari bo’yicha ham bo’linadi.
1. Tahliliy (analitik) kartalar.
2. Sintetik kartalar.
3. Kompleks kartalar.
Umuman olganda geografik kartalar proyeksiyasiga xatoliklariga qarab,
o’lchamiga ko’ra, ishlatilgan rangining soniga, qaysi tilda ekanligiga, nashr qilingan
vaqtiga qarab va boshqa xususiyatlariga bo’linishi mumkin.