XIRURGIK BEMORLARNING O’ZIGA XOS HUSUSIYATLARI, ULARNI QABUL QILISHDA SHIFOKORNING TUTGAN O’RNI
Yuklangan vaqt
2025-01-28
Yuklab olishlar soni
1
Sahifalar soni
3
Faytl hajmi
19,4 KB
XIRURGIK BEMORLARNING O’ZIGA XOS HUSUSIYATLARI, ULARNI
QABUL QILISHDA SHIFOKORNING TUTGAN O’RNI
Bolalar xirurgiyasi pediatriya sohasidagi klinik fanlar orasida alohida o’rin
egallab turadi. Bolalar xirurgiyasi ikki fan: xirurgiya va pediatriya asosida,
tug’ilgandan 18 yoshga qadar bolalarda uchraydigan xirurgik kasalliklarni davolash
bilan shug’ullanadi. Ularga xar xil, oddiydan murakkabgacha, terini kesishdan
a’zolarni ko’chirishgacha bo’lgan jarroxlik amaliyotlari o’tkaziladi. Davoni natijasi
ko’p hollarda bemor bolalarni operatsiya oldi va operatsiyadan keyingi davrda
parvarishlashni to’g’ri tashkil qilishiga bog’liq. Bemordagi klinik holatni chuqur va
to’g’ri bilish uchun bemorning yoshiga doir xususiyatlarni bilishi lozim. Ayniqsa bu
yosh davrdagi bemor bolalarga ta’aluqli.
Bolalarni tanasi va a’zolarini anatomik va fiziologik tuzilishi kattalardan farq
qiladi. Shu sababli kasalliklarni kechishida ham ko’p farqlarga olib keladi.
Shifokorlar ushbu xususiyatlarni bilishlari va tushunishlari kerak. Alifboni bilmasa
xikoyani o’qib bo’lmasday, bolalarni anatomik va fiziologik xususiyatini bilmasa,
ulardagi kasalliklarni tushunish va davolash mumkin emas.
Yangi tug’ilgan chaqaloqni terisi nozik bo’ladi, u oson shikastlanishi mumkin.
Bolada terining himoya funktsiyasi yetarlicha emas va shu sababli tez shikastlanib
infektsiyalar uchun kirish darvoza bo’lishi mumkin. Chaqaloq va yosh bolalarni teri
qavatini noto’g’ri yoki sifatsiz parvarish qilinsa, bolalarni terisida xar xil
yallig’lanish jarayonlari va kasalliklar, ularni asoratlari (flegmona, abtsess, sepsis va
h.o.) paydo bo’lishi mumkin.
Bolalar, ayniqsa kichik yoshdagi, ularni asab tizimi to’liq rivojlanmaganligi
sababli
ularda
infektsiya,
intoksikatsiya,
og’riq,
psixologik
shikastlarga
umumlashtirilgan o’ziga hos reaktsiyaga ega. Shu sababli bolalarda mahalliy belgilar
ko’rinmasdan, umumiy belgilar (tana haroratini oshishi, ichi ketishi, qayt etishi)
yuzaga keladi. Shu bilan birga bolalarda (ayniqsa 5 yoshgacha) asab tizimining
kompensator reaktsiyalarning yo’qotilishi kuzatiladi. Bola og’riqni qiyinchilik bilan
anglaydi.
Bolaning ruxiy yetilmaganligi o’zini salbiy tutishiga, (dissimulyatsiya)
kasalligini belgillarini bekitishga olib keladi.
Bolani organizmini asosiy hususiyatlaridan doimiy o’sish va rivojlanish:
tug’ilishdan 14-18 yoshigacha bolalar organizmida o’zgarishlar kuzatiladi,
chaqaloqlarda ushbu jarayonlar kuchliroq kuzatiladi.
Bolalar organizmini a’zo va tizimlarini yetilishi xar xil yosh davrlarida amalga
oshadi. Ularning funktsional holati va umumiy jismoniy rivoji qator o’zgarishlarga
uchraydi. Bolalarni anatomik va fiziologik hususiyatlariga ko’ra ularda xirurgik
kasalliklarni kechishi kattalardan farq qiladi. Bolalar organizmini tuzilishi, a’zo va
tizimlarni funktsiyalarini xususiyatlari ularni parvarishiga aloqasi borligini e’tiborga
olish kerak. O’sish omili shifokorning olib boradigan davosiga ta’sirini belgilaydi.
Ayrim hollarda ushbu omillar davoga teskari, ayrim hollarda aksincha foydali ta’sir
etishlari mumkin.
Masalan, suyak sinishi (uzunasiga va bo’ylamasiga suyak sinib siljishi)
natijasidagi qo’l-oyoqdagi qiyshayishlar bola o’sishi bilan to’g’rilanib ketadi va
operatsiya talab etmaydi. Shuningdek erta yoshda bo’lgan axamiyatsiz ko’ringan
kichik shikastlanishlar yoki epifizar o’suvchi sohani infektsion zararlanishi
(osteomielit) keyinchalik bola o’sishi davrida qiyin bartaraf etiladigan kasallikka
aylanishi mumkin. Yana misol: bola to’qimalarini yahshi rivojlanmaganligi va
davom etuvchi o’sishi tug’ma deformatsiyalarni kesmasdan yoki engil
manipulyatsiyalar yordamida to’g’rilashga imkon tug’diradi, vaholanki kattalarda bu
usullar naf bermaydi. Yassi oyoqlik erta bosqichida bosqichli yumshoq boylamlar
va shinalar; displaziya va tug’ma son chiqishlari ham erta bosqichida funktsional
shinalar va gimnastikalar yordamida davolanadi.
Bolalarda ularning anatomik va fiziologik hususiyatlari hisobiga faqat ularga
hos kasalliklar uchraydi. Ularni orasida omfalit (kindik atrofi to’qimalarini
yallag’lanishi) va flegmonani mahsus turi (chaqaloqlar nekrotik flegmonasi).
Chaqaloqlarda ayrim a’zo va to’qimalar funktsiyalarini vaqtinchalik
buzilishlari katta axamiyatga ega. Ushbu holatlar yoki sindromlar shoshilinch
xirurgik muolajalarni talab etadigan klinik ko’rinishlari og’ir kasalliklar va
nuqsonlarni eslatadi. Lekin ba’zan ushbu holatlar o’zidan o’zi yo’qoladi yoki
konservativ davolanadi. Masalan, ichak disfunktsiyasi, halaziya yoki ahalaziya chala
tug’ilgan chaqaloqlarda uchraydi va qusish boshqa hazm qilish a’zolari
o’tkazuvchanligini buzilishi bilan xarakterlanadi. Operativ davo bu holatda yordam
bermaydi,
balki
konservativ
davo
(kyuvezda
saqlash,
vitaminterapiya,
gormonterapiya) yahshi natija beradi. Shunday qilib bolalar jarrohi organic va
funktsional o’zgarishlarni bir-biridan ajratishda ma’lum bir qiyinchiliklarga duch
keladi.
Yuqorida bayon etilganlar bola organizmining anatomo-fiziologik ko’rinish
hususiyatlarini namoyon etib, bolalar xirurgiyasi o’rnini belgilaydi. Qolgan to’liq
ma’lumotlar amaliy mashg’ulotlarda o’tiladi.
Nazorat savollari:
1. Bolalar xirurgiyasi fanining mustaqil klinik fan bo’lib ajralishining asosiy
sharoitlari nimadan iborat?
2.Bolalar xirurgik kasalliklari kattalar xirurgik kasalliklari bilan farqi va
hususiyatlari nimadan iborat?
3.Kichik yoshdagi bolalarda o’tkazilgan noto’g’ri parvarish natijasida kelib chiqqan
patologik holatlar to’g’risida nimalarni bilasiz?