XIRURGIK INFEKSIYA TO‘G‘RISIDA TA’LIMOT.

Yuklangan vaqt

2025-01-15

Yuklab olishlar soni

1

Sahifalar soni

7

Faytl hajmi

22,2 KB


 
 
 
 
 
 
XIRURGIK INFEKSIYA TO‘G‘RISIDA TA’LIMOT. 
 
MA’RUZA REJASI: 
 
1. Operatsiya jarohatiga infeksiyani kirish yo‘llari. Antiseptika va aseptika 
to‘g‘risida ta’limot.  
2. Xirurgik asboblarni operatsiyaga va undan keyin sterilizasiya va 
dezinfeksiya qilish usullari va ularni saqlash.  
3. Tikuv materiallarini xarakteristikasi va sterilizasiya qilish usullari. 
4. Kiyim-kechak, bog‘lov materiallarini sterelizatsiya qilish usullari.
XIRURGIK INFEKSIYA TO‘G‘RISIDA TA’LIMOT. MA’RUZA REJASI: 1. Operatsiya jarohatiga infeksiyani kirish yo‘llari. Antiseptika va aseptika to‘g‘risida ta’limot. 2. Xirurgik asboblarni operatsiyaga va undan keyin sterilizasiya va dezinfeksiya qilish usullari va ularni saqlash. 3. Tikuv materiallarini xarakteristikasi va sterilizasiya qilish usullari. 4. Kiyim-kechak, bog‘lov materiallarini sterelizatsiya qilish usullari.
 
 
 
Tayanch iboralar: infeksiya, antiseptika, aseptika, lister, asboblar, 
sterilizasiya, dezinfeksiya, qaynatish, kuydirish, choklash, ipak, ketgut, sintetik ip, 
avtoklav. 
 
Infeksiya bu hayvon organizmida unga tushgan mikroorganizmlarga qarshi 
faol kurash xodisasining yigiindisi. 
 
Bu biologik jarayonning eng yuqori darajadagi ifodasi, orgnizmda infeksion 
kasallikning rivojlanishi. Hayvon organizmining ximoya kuchlarining pasayishi, 
infeksiyaning rivojlanishiga qulay sharoitlar yaratadi. 
 
Infeksiyaning qo‘zgatuvchilari aerob va anaerob bo‘lishi mumkin, ular 
organizmga xar xil yo‘llar orqali tushadi, eng asosiysi operasiya jarohati orqali 
(ekzogen manba). Shuning uchun xirurgik operasiyaning natijasi jarohatga 
mikroblarni tushishini oldini olish bilan bog‘liq. 
 
Ekzogen manbaga kuyidagilar kiradi: teri, shillik pardalar, xirurgik asboblar, 
tikuv va bog‘lam materiallari, kiyim-kechak, xirurgning qo‘llari, havo. Ular 
jarohatga kuyidagi yullar orkali o‘tadi: kontakt, havo, tomchi. 
 
Bundan tashkari infeksiya gematogen va limfogen yullar orkali to‘qima va 
organlardagi mavjud yiringli o‘choqlardan, begona jismlardan tarkalishi mumkin 
(endogen manba), (ekzogen manbalar). 
 
         
Endogen manbalar 
 
Operasiya jarohatini infeksiya bilan ifloslanishi asosan ekzogen manba orqali 
amalga oshiriladi va ular organizmga katta xavf-xatar yetkazadi. Bu muammoni xal 
etish xirurgiya fanini oldida turgan eng dolzarb bo‘lib hisoblanadi 
 
Asrlar mobaynida ko‘plab bemorlar xirurgik operasiyadan keyin jarohatda 
yiringli jrayonni rivojlanishi natijasida nobud bo‘lardi. 
 
Bu xol xirurgiyani rivojlanishida asosiy to‘siq bo‘lib keldi va bemorlarda 
xirurgik yul bilan davolanishiga ishonsizlik tug‘dirdi. 
 
Jarohat tashki muxitga tutashganda yiringli yallig‘lanish ro‘y berishi 
kadimdan ma’lum edi. Kuzatishlar natijasida yiringli yallig‘lanish sabablari 
to‘qimalarni ichida emas, balki tashqarisida degan fikr tug‘ildi. Xavoda bo‘ladigan 
va yiring xosil qilishda ishtiroq etadigan kandaydir noma’lum moddalar (miazmalar)
Tayanch iboralar: infeksiya, antiseptika, aseptika, lister, asboblar, sterilizasiya, dezinfeksiya, qaynatish, kuydirish, choklash, ipak, ketgut, sintetik ip, avtoklav. Infeksiya bu hayvon organizmida unga tushgan mikroorganizmlarga qarshi faol kurash xodisasining yigiindisi. Bu biologik jarayonning eng yuqori darajadagi ifodasi, orgnizmda infeksion kasallikning rivojlanishi. Hayvon organizmining ximoya kuchlarining pasayishi, infeksiyaning rivojlanishiga qulay sharoitlar yaratadi. Infeksiyaning qo‘zgatuvchilari aerob va anaerob bo‘lishi mumkin, ular organizmga xar xil yo‘llar orqali tushadi, eng asosiysi operasiya jarohati orqali (ekzogen manba). Shuning uchun xirurgik operasiyaning natijasi jarohatga mikroblarni tushishini oldini olish bilan bog‘liq. Ekzogen manbaga kuyidagilar kiradi: teri, shillik pardalar, xirurgik asboblar, tikuv va bog‘lam materiallari, kiyim-kechak, xirurgning qo‘llari, havo. Ular jarohatga kuyidagi yullar orkali o‘tadi: kontakt, havo, tomchi. Bundan tashkari infeksiya gematogen va limfogen yullar orkali to‘qima va organlardagi mavjud yiringli o‘choqlardan, begona jismlardan tarkalishi mumkin (endogen manba), (ekzogen manbalar). Endogen manbalar Operasiya jarohatini infeksiya bilan ifloslanishi asosan ekzogen manba orqali amalga oshiriladi va ular organizmga katta xavf-xatar yetkazadi. Bu muammoni xal etish xirurgiya fanini oldida turgan eng dolzarb bo‘lib hisoblanadi Asrlar mobaynida ko‘plab bemorlar xirurgik operasiyadan keyin jarohatda yiringli jrayonni rivojlanishi natijasida nobud bo‘lardi. Bu xol xirurgiyani rivojlanishida asosiy to‘siq bo‘lib keldi va bemorlarda xirurgik yul bilan davolanishiga ishonsizlik tug‘dirdi. Jarohat tashki muxitga tutashganda yiringli yallig‘lanish ro‘y berishi kadimdan ma’lum edi. Kuzatishlar natijasida yiringli yallig‘lanish sabablari to‘qimalarni ichida emas, balki tashqarisida degan fikr tug‘ildi. Xavoda bo‘ladigan va yiring xosil qilishda ishtiroq etadigan kandaydir noma’lum moddalar (miazmalar)
 
 
bor degan taxminni Gippokrat bayon qilgan. Lekin bu taxmin ilm-fanda rivojini 
topmadi. 
 
Vengriyalik vrach I.Zemmelvess (1861) birinchi bo‘lib, vrachning ifloslangan 
qo‘llari ayollarda tug‘ishidan keyingi davrdagi asoratlarning asosiy sababi deb fikr 
bildirdi. Shuning uchun ayollarni tekshirishdan oldin qo‘lni xlorli ohak eritmasi bilan 
yuvishini tavsiya etdi. Bu tadbir asoratni miqdorini keskin kamayishiga olib keldi. 
 
Ammo yiringli yalliglanish sabablarini ingliz xirurgi Lister (1867) yilda ilmiy 
jihatdan izoxlab berishga muyassar bo‘ldi. Bijg‘ish va chirish (sassish) 
mikroorganizmlarning hayot faoliyatidan kelib chikishini isbot kilgan L.Pasterning 
ishlari Listerning kashfiyotiga asos bo‘lgan edi. Lister bemorning tevarak-atrofidagi 
buyumlardan, xavodagi, bog‘lov materiallardan va boshka manbalardan bakteriyalar 
tushishi tufayli jarohat yiringlanadi degan xulosaga keldi. Shuning uchun jarohatdagi 
bakteriyalar o‘ldirilsa va jarohat bog‘lab qo‘yilsa, yiringlanishni oldini olish mumkin 
degan fikrlarni bildirdi. Shu maqsadda Lister 5% li karbol kislotasi eritmasini tavsiya 
etdi. 
 
O‘sha vaktda yiringlanish jarayonni chikish jarayoni bilan bir deb hisoblangan 
edi, shuning uchun Lister bu usulni chirishga qarshi yoki antiseptika (anti - karshi, 
sepsis-chirish) usuli deb, bog‘lam esa antiseptik bog‘lam deb ataldi, ya’ni kimyoviy 
moddalar yordamida jarohat va uni atrofidagi infeksiyaga qarshi kurashish. 
 
Bu usul xirurgiyada 25 yil xukmronlik qildi, lekin tekshirishlar shuni 
ko‘rsatdiki, karbol kislotasi bakteriyalar bilan birga sog‘lom to‘qima xujayralariga 
ta’sir qilib ularni nobud bo‘lishiga olib keladi 
 
Antiseptikani qo‘llash jarohatni batamom sterillash maqsadini tula amalga 
oshirishi mumkin emasliigi aniqladi. Jarohatdagi bakteriyalarni yo‘kotish g‘oyasi 
asta-sekin , jarohatga bakteriyalarni kiritmaslik g‘oyasiga joy bushatib bera boshladi, 
toza, steril asboblar, toza materiallar ishlatib va yetarlicha tozalangan qo‘l bilan 
qilingan xirurgik operasiyaning natijalari, faqat antiseptik moddalarni, eritmalarni 
qo‘llanishiga nisbatdan ancha yaxshi ekanligi bir qancha olimlar isbot kilib berishdi.  
Nemis xirurgi Bergman, uning shogirdi Shimmelbush va rus oliy 
M.Ya.Preobrajenskiy 1891 yilda yukori xarorat va bosim ta’sirida bakteriyalarni 
yo‘kotish osonrok va ishonchliroq ekanligini ko‘rsatib berishdi.
bor degan taxminni Gippokrat bayon qilgan. Lekin bu taxmin ilm-fanda rivojini topmadi. Vengriyalik vrach I.Zemmelvess (1861) birinchi bo‘lib, vrachning ifloslangan qo‘llari ayollarda tug‘ishidan keyingi davrdagi asoratlarning asosiy sababi deb fikr bildirdi. Shuning uchun ayollarni tekshirishdan oldin qo‘lni xlorli ohak eritmasi bilan yuvishini tavsiya etdi. Bu tadbir asoratni miqdorini keskin kamayishiga olib keldi. Ammo yiringli yalliglanish sabablarini ingliz xirurgi Lister (1867) yilda ilmiy jihatdan izoxlab berishga muyassar bo‘ldi. Bijg‘ish va chirish (sassish) mikroorganizmlarning hayot faoliyatidan kelib chikishini isbot kilgan L.Pasterning ishlari Listerning kashfiyotiga asos bo‘lgan edi. Lister bemorning tevarak-atrofidagi buyumlardan, xavodagi, bog‘lov materiallardan va boshka manbalardan bakteriyalar tushishi tufayli jarohat yiringlanadi degan xulosaga keldi. Shuning uchun jarohatdagi bakteriyalar o‘ldirilsa va jarohat bog‘lab qo‘yilsa, yiringlanishni oldini olish mumkin degan fikrlarni bildirdi. Shu maqsadda Lister 5% li karbol kislotasi eritmasini tavsiya etdi. O‘sha vaktda yiringlanish jarayonni chikish jarayoni bilan bir deb hisoblangan edi, shuning uchun Lister bu usulni chirishga qarshi yoki antiseptika (anti - karshi, sepsis-chirish) usuli deb, bog‘lam esa antiseptik bog‘lam deb ataldi, ya’ni kimyoviy moddalar yordamida jarohat va uni atrofidagi infeksiyaga qarshi kurashish. Bu usul xirurgiyada 25 yil xukmronlik qildi, lekin tekshirishlar shuni ko‘rsatdiki, karbol kislotasi bakteriyalar bilan birga sog‘lom to‘qima xujayralariga ta’sir qilib ularni nobud bo‘lishiga olib keladi Antiseptikani qo‘llash jarohatni batamom sterillash maqsadini tula amalga oshirishi mumkin emasliigi aniqladi. Jarohatdagi bakteriyalarni yo‘kotish g‘oyasi asta-sekin , jarohatga bakteriyalarni kiritmaslik g‘oyasiga joy bushatib bera boshladi, toza, steril asboblar, toza materiallar ishlatib va yetarlicha tozalangan qo‘l bilan qilingan xirurgik operasiyaning natijalari, faqat antiseptik moddalarni, eritmalarni qo‘llanishiga nisbatdan ancha yaxshi ekanligi bir qancha olimlar isbot kilib berishdi. Nemis xirurgi Bergman, uning shogirdi Shimmelbush va rus oliy M.Ya.Preobrajenskiy 1891 yilda yukori xarorat va bosim ta’sirida bakteriyalarni yo‘kotish osonrok va ishonchliroq ekanligini ko‘rsatib berishdi.
 
 
 
Bu yangi usulning maqsadi jarrohatga tegadigan xamma narsadagi infeksiyani 
yo‘q qilish bo‘lganligi uchun aseptika ( a-inkor etish, sepsis – chirish) deb nomlandi. 
 
Shunday qilib, birta xirurgik operasiya va veterinariya ishlarini aseptik va 
antiseptik usullariga asoslanib o‘tkazish yaxshi natija beradi. 
 
2. Xirurgik amaliyotda ko‘p asboblar ishlatiladi. Asboblar qo‘llanilishi 
buyicha ko‘ydagilarga bo‘linadi: a) to‘qimalarni ajratuvchi; b) qon tuxtatuvchi; v) 
yordamchi; g) maxsus; d) to‘qimalarni biriktiruvchi. 
 
Xirurgik asboblarni ishlatishda quyidagi umumiy qoidalar mavjud: 
 
1) Barcha operasiyalarni bajarishda faqat ishga yaroqlilarini qo‘llash; 
 
2) Har qaysi asbob faqat o‘zini to‘g‘ridan-to‘g‘ri ko‘rsatmasi bo‘yicha 
ko‘llanilishi kerak. 
 
Xirurgik asboblar operasiya o‘tkazish vaqtida infeksiya manbai bo‘lishi 
mumkin. Shuning uchun asboblarni sterilizasiyasi va dezinfnksiyasi xiurgik 
amaliyotda katta axamiyatga ega. Operasiya natijalari yaxshi bo‘lishi uchun 
asboblarni operasiyadan oldin va utgagach sterilizasiya qilinishi kerak. 
 
Amaliyotda asboblarni sterilizasiya va dezinfeksiya asosan ikki xil usul bilan 
olib boriladi: issiq va sovuq. 
 
Issiq usul bu yuqori darajali harorat ta’sirida asboblar yuzasidagi mavjud 
mikroblarni yo‘qotish. Bu usul quyidagilarga bo‘linadi: qaynatish, olovda quydirish 
(flombasiyalash) va issik havoni qo‘llash. 
 
Qaynatish veterinariyada keng tarqalgan usul bo‘lib hisoblanadi. Asboblarni 
qaynatish uchun sterilizator (qaynatgin) yoki biror bir kopqoqli emallangan idishdan 
foydalanish mumkin, qaynatish usulini birinchi marta 1888 yilda Davidson va 
Kumer tomonidan tavsiya etilgan. Ular asboblarni oddiy suvda 5-10 minut davomida 
qaynatgan. Bu usul yaxshi natija bergan bo‘lsa ham, lekin shu davrda keng 
tarqalmaydi. Chunki filtrdan o‘tkazilgan suvdagi mikroblar 30 minut qaynatishdan 
keyin nobud bo‘ladi, bundan tashqari bir necha marta qaynatilgan asboblar tez 
zanglab ishdan chiqadi. 
 
Ilm fanni taraqqiyoti bu usulni takomillashtirishga yordam beradi. Asboblarni 
30-40 minut davomida distillangan suvda qaynatish tavsiya qilindi. Iloji bo‘lmagan 
vaqtda vodoprovod suvidan ham foydalanish mumkin. Lekin Shimmelbush 
tavsiyasiga ko‘ra suvga ishqorlar qo‘shish lozim, ishqorlar suvdagi tuzlarni
Bu yangi usulning maqsadi jarrohatga tegadigan xamma narsadagi infeksiyani yo‘q qilish bo‘lganligi uchun aseptika ( a-inkor etish, sepsis – chirish) deb nomlandi. Shunday qilib, birta xirurgik operasiya va veterinariya ishlarini aseptik va antiseptik usullariga asoslanib o‘tkazish yaxshi natija beradi. 2. Xirurgik amaliyotda ko‘p asboblar ishlatiladi. Asboblar qo‘llanilishi buyicha ko‘ydagilarga bo‘linadi: a) to‘qimalarni ajratuvchi; b) qon tuxtatuvchi; v) yordamchi; g) maxsus; d) to‘qimalarni biriktiruvchi. Xirurgik asboblarni ishlatishda quyidagi umumiy qoidalar mavjud: 1) Barcha operasiyalarni bajarishda faqat ishga yaroqlilarini qo‘llash; 2) Har qaysi asbob faqat o‘zini to‘g‘ridan-to‘g‘ri ko‘rsatmasi bo‘yicha ko‘llanilishi kerak. Xirurgik asboblar operasiya o‘tkazish vaqtida infeksiya manbai bo‘lishi mumkin. Shuning uchun asboblarni sterilizasiyasi va dezinfnksiyasi xiurgik amaliyotda katta axamiyatga ega. Operasiya natijalari yaxshi bo‘lishi uchun asboblarni operasiyadan oldin va utgagach sterilizasiya qilinishi kerak. Amaliyotda asboblarni sterilizasiya va dezinfeksiya asosan ikki xil usul bilan olib boriladi: issiq va sovuq. Issiq usul bu yuqori darajali harorat ta’sirida asboblar yuzasidagi mavjud mikroblarni yo‘qotish. Bu usul quyidagilarga bo‘linadi: qaynatish, olovda quydirish (flombasiyalash) va issik havoni qo‘llash. Qaynatish veterinariyada keng tarqalgan usul bo‘lib hisoblanadi. Asboblarni qaynatish uchun sterilizator (qaynatgin) yoki biror bir kopqoqli emallangan idishdan foydalanish mumkin, qaynatish usulini birinchi marta 1888 yilda Davidson va Kumer tomonidan tavsiya etilgan. Ular asboblarni oddiy suvda 5-10 minut davomida qaynatgan. Bu usul yaxshi natija bergan bo‘lsa ham, lekin shu davrda keng tarqalmaydi. Chunki filtrdan o‘tkazilgan suvdagi mikroblar 30 minut qaynatishdan keyin nobud bo‘ladi, bundan tashqari bir necha marta qaynatilgan asboblar tez zanglab ishdan chiqadi. Ilm fanni taraqqiyoti bu usulni takomillashtirishga yordam beradi. Asboblarni 30-40 minut davomida distillangan suvda qaynatish tavsiya qilindi. Iloji bo‘lmagan vaqtda vodoprovod suvidan ham foydalanish mumkin. Lekin Shimmelbush tavsiyasiga ko‘ra suvga ishqorlar qo‘shish lozim, ishqorlar suvdagi tuzlarni
 
 
parchalaydi, bakterisid xususiyatlarga ega, qaynatish xarorati oshadi va muddati 
kamayadi. Buning uchun kuyidagi eritmalar tavsiya qilingan: 0,1% natriy ishqori-10 
min; 10% natriy bikarbonat-15 min; 3% natriy tetraborat-20 min. 
 
Sterilizatorga suv yoki eritma yetarli miqdorda quyiladi, ya’ni asboblar 
yuzasidan 1-2 sm yuqoriroq. Chunki Xoxryakovning ma’lumotlariga ko‘ra suvga 
botmagan asboblarga namlik, kislorod, uglekislota ta’sir etib ularni zanglashi 
tezlashadi. 
 
Suvdagi birikmagan gazlar temirdan yasalgan asboblarga salbiy ta’sir qiladi, 
shuning uchun 3-5 minut davomida suvni qaynatib dezinfeksiya qilish lozim.  
 
Quydirish usuli- bu usul tezlik bilan bajariladigan operasiyalarda qo‘llanilishi 
mumkin. Buning uchun asboblar emmallangan idishga solinib ustidan 96o spirt 
quyilib yoqiladi, biroz sovugandan keyin ularni ishlatish mumkin. Issiq xavo 
yordamida sterilizasiya qilish: buning uchun asboblar quritgich shkafiga quyiladi va 
150-160o xaroratda 20-30 minut davomida sterilizasiya qilinadi. 
 
Sovuq usul yoki dezinfeksiya-bunda asboblarni sterilizasiya qilish uchun 
kimyoviy antiseptik eritmalardan foydalanish mumkin. 
 
Amaliyotda quyidagi eritmalar tavsya qilingan: Koretnikov eritmasi (formalin 
20.0 karbol kislotasi 3.0 natriy bikarbonat 15.0 suv 1000.0) 5% karbol kislotasi; 1% 
yashil brilliant; 1:1000 etakridin laktat (rivanol) 1-2% lizol. 
 
Dezinfeksiya muddati 30-60 minut. 
 
Aseptik operasiyadan keyin asboblar yuvilib quritiladi, septik operasiyalardan 
keyin 0.5% lizol eritmasida 60 min qaynatish kerak. Asboblar quruq xonada 
saqlanadi, uzoq vakt ishlatilmaydigan asboblar vazelin bilan surtilib quyiladi, 
shprisning porsheni xarakatsiz bo‘lib qolsa antiformin eritmasiga solinadi. Zang 2:1 
bur va nashatir spirti bilan tozalanadi. 
 
Tikuv materiallari to‘qimalarni birlashtirish uchun ishlatiladi va ular uzoq vakt 
to‘qimalarda saqlanadi. Shuning uchun ular steril bulmasa mikroblar manbai bo‘lib 
to‘kimalarda yallig‘lanish jarayonini chaqirishi mumkin. Hayvon organizmini 
ximoya moslashuv reaksiyasini yuqori bo‘lgan vaqtda inkapsulyasiyaga uchrab, 
keyinchalik kreptogen infeksiyaning manbai bo‘lishi mumkin. Operasiyadan oldin 
tikuv materiallarining sterilizasiyasiga katta etibor qilish kerak.
parchalaydi, bakterisid xususiyatlarga ega, qaynatish xarorati oshadi va muddati kamayadi. Buning uchun kuyidagi eritmalar tavsiya qilingan: 0,1% natriy ishqori-10 min; 10% natriy bikarbonat-15 min; 3% natriy tetraborat-20 min. Sterilizatorga suv yoki eritma yetarli miqdorda quyiladi, ya’ni asboblar yuzasidan 1-2 sm yuqoriroq. Chunki Xoxryakovning ma’lumotlariga ko‘ra suvga botmagan asboblarga namlik, kislorod, uglekislota ta’sir etib ularni zanglashi tezlashadi. Suvdagi birikmagan gazlar temirdan yasalgan asboblarga salbiy ta’sir qiladi, shuning uchun 3-5 minut davomida suvni qaynatib dezinfeksiya qilish lozim. Quydirish usuli- bu usul tezlik bilan bajariladigan operasiyalarda qo‘llanilishi mumkin. Buning uchun asboblar emmallangan idishga solinib ustidan 96o spirt quyilib yoqiladi, biroz sovugandan keyin ularni ishlatish mumkin. Issiq xavo yordamida sterilizasiya qilish: buning uchun asboblar quritgich shkafiga quyiladi va 150-160o xaroratda 20-30 minut davomida sterilizasiya qilinadi. Sovuq usul yoki dezinfeksiya-bunda asboblarni sterilizasiya qilish uchun kimyoviy antiseptik eritmalardan foydalanish mumkin. Amaliyotda quyidagi eritmalar tavsya qilingan: Koretnikov eritmasi (formalin 20.0 karbol kislotasi 3.0 natriy bikarbonat 15.0 suv 1000.0) 5% karbol kislotasi; 1% yashil brilliant; 1:1000 etakridin laktat (rivanol) 1-2% lizol. Dezinfeksiya muddati 30-60 minut. Aseptik operasiyadan keyin asboblar yuvilib quritiladi, septik operasiyalardan keyin 0.5% lizol eritmasida 60 min qaynatish kerak. Asboblar quruq xonada saqlanadi, uzoq vakt ishlatilmaydigan asboblar vazelin bilan surtilib quyiladi, shprisning porsheni xarakatsiz bo‘lib qolsa antiformin eritmasiga solinadi. Zang 2:1 bur va nashatir spirti bilan tozalanadi. Tikuv materiallari to‘qimalarni birlashtirish uchun ishlatiladi va ular uzoq vakt to‘qimalarda saqlanadi. Shuning uchun ular steril bulmasa mikroblar manbai bo‘lib to‘kimalarda yallig‘lanish jarayonini chaqirishi mumkin. Hayvon organizmini ximoya moslashuv reaksiyasini yuqori bo‘lgan vaqtda inkapsulyasiyaga uchrab, keyinchalik kreptogen infeksiyaning manbai bo‘lishi mumkin. Operasiyadan oldin tikuv materiallarining sterilizasiyasiga katta etibor qilish kerak.