XIRURGIK INFEKSIYANING OLDINI OLISH.
MA’RUZA REJASI:
1. Qo‘llar terisining tuzilishi va biologik xususiyatlari to‘g‘risida qisqacha
ma’lumot.
2. Qo‘lni operatsiyaga tayyorlash asoslari mexanik tozalash, kimyoviy
dezinfeksiya va qotirish. Xirurgik qo‘lqoplardan foydalanish.
3. Operatsiya maydonchasini tayyorlash asoslari va shilliq pardalarni
dezinfeksiyasi.
4. Hayvonlarni operatsiyaga tayyorlash va ishlab chiqarish sharoitida xirurgik
ishlarni tashkil qilish.
Tayanch iboralar: epidermis, derma, dezinfeksiya, qotirish, qo‘lqop,
operatsiya maydonchasi, shilliq parda, organizm, operatsion xona.
Ko‘p tekshirishlarga asoslanib shu narsa aniklandiki, odam terisi doim
mikroorganizmlar manbai bo‘lib keladi. Ular asosan terida joylashgan notekisliklar,
ajinlar, teri va yog‘ bezlari, tuklar piyozchalarida joylashadi. Terini yuzasi epidermis
qavati bilan qoplangan, u muhim va murakkab bo‘lib, tana va asosiy terini tashqi
muhitdan himoya qiladi. Epidermis qatlami doimo nobud bo‘lib yana yangilanib
turadi.
Keyingi qatlam teri asosi yoki chin teri derma, u biriktiruvchi to‘qimadan xosil
bo‘lgan, unda teri bezlari (yog‘ va ter) qon, limfa tomirlar, nerv tolalari, reseptolar
va tuklarni ildizi joylashadi.
Undan keyin osti qavati joylashgan, u siyrak biriktiruvchi to‘qimadan
tuzilgan, terini tashqi kavati yog‘ bilan qoplangan, u triglesirin va yog‘ kislotalari
aralashshmasidan tashkil topgan. U epidermisni quruq xavoda qurishdan, namlikda
esa maserasiyadan saqlaydi, shuning uchun normal holatda qo‘lning terisi elastik va
infeksiyaga qarshi mustaxkam bo‘ladi, Terining yog‘i, yog‘ bezlaridan ishlab
chiqariladi, ular ayniqsa qo‘lning kaftini orqa tarafidan ko‘proq joylashshgan. Ter
bezlari - terni ishlab chiqaradi u bilan organizmdan keraksiz moddalar chiqariladi,
uni xar doim ishlab chiqarilishi terini namligini va yumshoqligini saqlab turadi. Ular
ayniqsa kaftda ko‘p joylashgan 1 sm – 1000 gacha va bir sutkada 65 to 800 gr ter
ishlab chiqaradi.
Mikroblar faqat teri yuzasida emas, balki yog‘ va ter bezlari yo‘llarida ham
joylashadi, ular ichida 10 % patogen bo‘lishi mumkin. Tekshirishlarga ko‘ra odam
qo‘lining terisida xar doim juda ko‘p miqdorda mikroorganizmlar mavjud, asosan
ular terini notekisliklarida, tirnoq osti bo‘shlig‘ida joylashadi.
Mikroblar ayniksa veterinariya vrachlarni qo‘lida qo‘p miqdorda bo‘ladi,
chunki ular hayvonlar bilan ishlaydi. Mikroblarni miqdori elastikliginii, silliqligini
yo‘qotgan, shikastlangan terida ko‘payadi. Shuning uchun xirurglar va vrachlar
qo‘lning terisiga e’tibor berib yurishi kerak, agarda elastikligi, yumshoqligi yo‘qolsa
Tushnov suyuqligini surtish lozim, tarkibi: kastor yog‘i – 5,0, gliserin – 20,0, etil
spirti - 75,0 yoki qo‘lga surtiladigan biror bir malham surtiladi. 1885 yilda Kamlel
xirurglar orasida birinchi marta qo‘llarni operasiyadan oldin yuvish shart ekanligini
taklif qildi. Shundan so‘ng fanlar taraqqiyotiga asoslanib yangi usullar ishlab chiqildi
va xirurgik amaliyotga tadbiq etildi.
Qo‘llarni tayyorlash usullarining asosida uch bosqich yotadi:
1) mexanik tozalash
2) kimiyoviy dezinfeksiya
3) terini qotirish
Mexanik tozalash – teri yuzasida ajralgan epidermisni, mikroblarni va tirnoq
osti bo‘shlig‘idan iflosliklarni yo‘qotishga qaratilgan. Uni o‘tkazish uchun щyetka,
iliq suv va sochiq kerak.
S.I.Spasokukoskiy va I.T.Kochergin (1928) sovunni щrniga 0,5 % li nashatir
spirtini suvdagi eritmasidan faydalanishni tavsiya etadilar.
Bu eritma terini juda yaxshi va chukur yog‘sizlantiradi. Qo‘lni yuvilishi
tirsakdan boshlanib barmoq uchlarida tugallanadi, steril sochiq bilan quritilishi
barmoq uchlaridan to tirsakgacha olib boriladi.
Kimyoviy dezinfeksiya – bunda bakterisid xususiyatlarga ega bo‘lgan
kimyoviy eritmalar qo‘llaniladi, bularga 70 spirt, 1:2000 kaliy ishqori, 3% rux
sulfati, 0,1% sulema va boshkalar. Eritmalar yuvilgan qo‘l terisidagi qolgan mikrob
va bakteriyalarni yo‘qotishga yordam beradi, bu bilan teri steril xolatiga
yaqinlashadi.
Lekin bu eritmalar ter va yog‘ bezlari yullarida mavjud bo‘lgan mikroblarga
ta’sir qilmaydi. Ularni terini yuzasiga vaqtincha chiqmasligini oldini olish
maqsadida terini qotirish tavsiya etiladi. Qotirish natijasida ko‘l terisining yuza kismi
zichlanadi, bu esa bezlar sekretini chiqishini oldini oladi. Buning uchun kuyidagi
eritmalar qo‘llaniladi: 96 spirt, 5% tanin, 1:1000 yodni spirtdagi eritmasi va
boshkalar. Ular tamponlar yordamida teriga surtiladi, ayniqsa barmok uchlariga
e’tibor beriladi.
Hozirgi vaqtgacha ma’lum bo‘lgan qo‘llarni tozalash usullari mutloq
sterillikni ta’minlamaydi. Shu sababli 1891 yilda amerikalik xirurg Xolsted
operasiya o‘tkazish vaqtida rezina qo‘lkoplarni kiyishni taklif qildi. Rezinadan
yasalgan qo‘lkoplarni ishlatilishi operasiya qiluvchining qo‘lini to‘la sterilligini
ta’minlashga imkon beradi.
Operasiya vaqtida qo‘lkoplarning yirtilishi mumkinligini nazarda tutib, ularni
kiyishdan oldin yukorida bayon qilingan usullaridan biri bo‘yicha qo‘llarni puxta
tozalash lozim. Qo‘lkoplarni sterillash va faydalanishida kuyidagilarga e’tibor qilish
kerak:
1. Ichiga va sirtiga talk sepib avtoklavda sterillanadi.
2. Qo‘lqoplar 15 minut davomida suvda dokaga o‘rab kaynatiladi.
3. Qo‘lkoplarni kiygandan keyin ularni spirt bilan artish lozim.
4. Operasiya vaqtida ko‘lkoplarni butunligini diqqat bilan kuzatish va
yirtilganda tez almashtirish lozim.
Xirurgik operasiya o‘tkazishdan oldin operasiya maydonchasini tayyorlash
katta ahamiyatga ega, chunki hayvon terisida va terining ustki qavatida xamma vaqt
iflosliklar, ko‘p miqdorda mikroblar mavjud, tayyorlanmagan operasiya
maydonchasi orqali operasiya o‘tkazish vaqtida jarohatga iflostiklar, mikroblar
tushib yallig‘lanish jarayonni rivojlantiradi. Operasiya maydonchasini tayyorlash
to‘rt bosqichdan iborat: terini ustki qavatini (junni, tukni) ni olish, mexanik tozalash
va yog‘sizlantirish, kimyoviy dezinfeksiya va qotirish, maydonchani chegaralash.
Operasiya qilinadigan joydagi junlar, tuklar qaychi yordamida qirkiladi yoki usti arra
yordamida qirib olinadi, oxirgisi yaxshi tozalanishni ta’minlaydi. Junni tushirish
uchun depilyatorlardan foydalanishi mumkin. Bu juda kerakli tadbir, chunki jun
bilan birga chang, iflosliklar, ko‘p miqdordagi mikroorganizmlar olib tashlanadi.
Operasiyadan bir sutka yoki 12 soat oldin hayvonni operasiya qilinadigan joyi issiq
suv, sovun va щyetkalar yordamida yuviladi. Ayniqsa chot, dum, son, jinsiy
organlar, urug‘don xaltachasi atrofi sinchiklab yuviladi, chunki ular juda ham
ifloslangan bo‘ladi. Tuyoqlarda o‘tkaziladigan operasiyalarda yuvishdan tashqari
2% kreolin eritmasida vanna qilinadi. Zudlik bilan bajarilayotgan operasiyalarda
ifloslangan maydoncha 0,5-1% li nashatir spirt eritmasi yordamida tozalanib efir
bilan yog‘sizlantiriladi.
Operasiya maydonchasini dezinfeksiya va qotirish maqsadida, bakterisid va
qotirish xususiyatlariga ega bo‘lgan kimyoviy eritmalardan foydalanish tavsiya
qilinadi. Bularga kuyidagilar kiradi: 5-10 % li yodning spirtdagi eritmasi, 5% tanin,