XIRURGIK OPERATSIYA HAQIDA TA’LIMOT.
REJA:
1. Operativ xirurgiya fani to‘g‘risida tushuncha, uni maqsad va vazifalari.
Boshqa fanlar bilan aloqasi.
2. Topografik anatomiya va uni rivojlantirishda N.I. Pirogovning o‘rni.
Veterinariyada operativ xirurgiyaning tarixi va asoschilari.
3. Xirurgik operatsiya haqida ta’limot. Xirurgik operatsiya tushunchasi va
uning maqsadi.
4. Chorvachilik fermer xo‘jaliklari sharoitlarida operatsiyalarni o‘tkazish
xususiyati.
5. Operatsiya o‘tkazish uchun ko‘rsatma va qarshi ko‘rsatmalari.
Operatsiyaning tasniflanishi. Operatsiyaning tarkibiy qismi.
Tayanch iboralar: xirurgiya, operasiya, topografiya, qonli, qonsiz, fiksasiya.
Xirurgiya so‘zi yunon tilidan olinib, ikkita so‘zdan tashkil topgan: cheir-qo‘l,
Ergoh – xarakat; ya’ni qo‘l xarakati degan ma’noni bildiradi.
Operativ xirurgiya - bu kasal hayvonlarni davolash va mahsuldorligini
oshirish maqsadida xirurgik operasiyani o‘tkazish qoida va usullarini o‘rgatadigan
fan.
Bu fan q/h va umuman hayvonlarda operasiya o‘tkazish nazariy asoslarini va
amaliy texnik usullarini o‘rgatadi.
Malakali operasiya o‘tkazish uchun, o‘lgan hayvonlarning gavdasida,
preparatlarda mashq qilish va o‘quv – tajriba hayvonlarda operasiyalar o‘tkazib,
olingan bilimlarni mustaxkamlash mumkin. Opreasiyani yaxshi natija berishi
ko‘pincha uni texnik jixatdan to‘g‘ri o‘tkazishga bog‘liq.
Lekin operasiyani faqat maxalliy aralashishi deb bulmaydi, chunki bu
jarayonda butun organizm qatnashadi.
Bundan ko‘rinib turibdiki operativ xirurgiya fanini o‘rganish uchun, xozirgi
paytgacha o‘tilgan barcha fanlardan olingan bilimlarga tayanadi va ular bilan uzviy
bog‘langan, bularga: anatomiya, fiziologiya, patologik fiziologiya, farmakologiya,
klinik diagnostika, mikrobiologiya, zoogigiyena va boshqalar kiradi.
«Mohir xirurgni anatomiya shakllantirsa, uylaydigan klinisist xirurgni
Pavlovni fiziologiyasi shakllantirish mumkin».
A.A.Vishnevskiy.
Operativ xirurgiya barcha xirurgik fanlar majmuasiga kiradi, bu umumiy xirurgiya,
xususiy xirurgiya, ortopediya va oftalmologiya va ularni poydevorini hosil qiladi.
Bundan tashqari umum biologik va klinik fanlar o‘rtasida vositachilik vazifasini
bajaradi .
Operativ xirurgiyaning asosiy maqsadi - bu operasiya o‘tqazish texnikasini
o‘rgatish va shu bilan birgalikda kasal hayvonlarni davolash maqsadida yangi
operasiyalar va operativ usullar ishlab chiqish.
Bundan quyidagi vazifalar kelib chiqadi:
1.- Qisqa muddat ichida hayvonni pasaygan mahsuldorligini oshirish.
2.- Hayvonlarni ishchi qobiliyatini tiklash va yaxshilash.
3.- Hayvonlar sonini ko‘paytirishga ko‘maklashish.
4.- Go‘sht, sut va jun maxsulotlarini sifatini yaxshilash va sonini ko‘paytirish.
Xirurgiya fani o‘ziga xos tarixga ega, ya’ni odamzod paydo bo‘lishi bilan
bog‘liq desak ham bo‘ladi. Ma’lumotlarga ko‘ra odamlar neolit davrida hayvonlarni
axtalashni bilgan. Odamzotning rivojlanishi natijasida barcha fanlar, shu jumladan
xirurgiya ham rivojlangan, yunonliklar kasalliklar nomini berishgan bo‘lsa,
rumliklar terminologiyasini ishlab chiqkan, 300-360 y Aspirt veterinariya
medisinasini shakllanishiga katta xissa qo‘shgan. U Gippiatrika asarida xirurgiya
to‘g‘risida ma’lumot bergan. 9-10 asarda xirurgiyani rivojlanishi O‘rta Osiyo
olimlardan Abu Ali Ibn Sino katta xissa qo‘shgan. 1598 y Ruini otlar anatomiyasi
kitobini yaratadi, bu bilan xirurgiyaga anatomik asos yaratadi.
Rossiyada hayvonlarni davolash Petr I davriga to‘g‘ri keladi. U birinchi marta
kanovallar maktabini tashkil qiladi, keyinchalik institutlar va akademiyalar tashkil
etiladi 1808- Peterburg va Moskvada; 1840 – Varshavada; 1848 – Derpt; 1851-
Xarkovda; 1973- Kozonda.
Topografik anatomiya – hayvonni biror bir kismidagi to‘qima va organlarni
bir-biriga nisbatan joylashishini, chegaralarini, ularni teridagi proyeksiyalarni,
yoshiga qarab o‘zgaruvchanligini o‘rgatadigan fan.
Topografik anatomiyani bilish xirurgga operasiya maydonida erkin va
ishonchli harakt qilishga yordam beradi. Shuning uchun operativ xirurgiya
topografik anatomiya bilan uzviy boglangan.
Uning rivojlanishiga N.I.Pirogov (1810-1881) katta xissa qushgan.
Topografik anatomiya asarida bu fan to‘g‘risida keng tushuncha bergan.
Operasiya so‘zi lotin tilidan olinib opera - xarakat, ish, mehnat ma’nosini
bildiradi.
Xirurgik operasiya bu asosan davolash va diagnostik maqsadida hayvon
to‘qima va organlariga mexanik ta’sir qilish ma’nosini bildiradi.
Operasiyani o‘tkazish shundagina maqsadga muvofiq bo‘ladi, qachonki uni
o‘tkazish natijasida hayvonni mahsuldorligi tiklanib yoki kupaysa, ya’ni
veterinariyada iqtisodiy taraf birinchi urnida turishi lozim.
Operasiyani boshlashdan oldin diagnoz aniqlanadi va shunga qarab operasiya
o‘tkazishga ko‘rsatma va qarshi ko‘rsatmalari namoyon buladi. Operasiya
o‘tkazishga ko‘rsatma: mutloq va nisbiy bulishi mumkin.
Mutloq ko‘rsatmalar (indicatio vitalis)- patologik jarayon hayvon organizmiga
o‘ta xavfli ta’sir qilib, o‘limga olib kelishi mumkin: o‘sma, ichki organlarni kisilishi,
havo o‘tmaslik, timpaniya. Nisbiy kursatmalar- patologik jarayon hayvon
organizmiga xavf tug‘dirmaydi, mahsuldorlik pasaymaydi.
Qarshi ko‘rsatmalar: ozg‘in, kari yosh, jarayonni kuchayishi, operasiya
o‘tkazish iloji bo‘lmasa, xomilani ikkinchi yarmi, kuyga kelishi, yuqumli kasalliklar.
Operasiyani o‘tkazishdan oldin jismoniy va yuridik shaxsdan ruxsat olish
kerak va operasiyani rejasi tuziladi.
Barcha xirurgik operasiyalar ikki turga bo‘linadi: qonli va qonsiz. Maqsadi
buyicha: davolash, diagnostik, iqtisodiy, eksperimental.
Davolash operasiyalar o‘tkazilishiga karab: favkulotda tez va rejali ravishda
olib boriladi.
Xususiyatiga qarab: radikal va polliativ. Bundan tashkari: aseptik, septik,
plastik, kosmetikalarga bo‘linadi. Operasiyaning tarkibiy qismi 3 etapdan iborot:
1. Operasiyaga yo‘l ochish (kirish) – bunda kesim o‘tkazilib patologik
jarayonga yoki organga yo‘l ochib boriladi.
2. Operasiyani o‘tkazish (bajarishi) – organ yoki to‘qimadagi patologik
jarayonni qisman yoki to‘liqcha olib tashlash, bunda uni funksiyasini buzmaslikga
intilish kerak. «Xirurg fiziologik fikrlab, anatomik operasiya qilishi kerak».
3. Yakuniy boskich – choklash, drenaj, bog‘lam qo‘yish.
Operasiya o‘tkazish uchun qulay sharoitlar yaratish va yaxshi natija olish
uchun kasal hayvonni operasiyaga tayyorlash lozim. Bunning uchun uning umumiy
klinik ko‘rsatkichlari tekshiriladi xarorati, nafas olish va yurak urishi tekshiriladi.
Organizmning hayotiy muxim sistemalari tekshiriladi, teri kasalliklari bor-yuqligi
aniqlanadi.
Operasiya o‘tkazilgandan keyin jarohatni bitishini tezlashtirish uchun barcha
sharoitlar yaratilishi lozim. Agarda operasiya oshqozon-ichaklarda olib borilgan
bo‘lsa parxez rasion bilan ta’minlash kerak, ya’ni tez xazm bo‘ladigan oziqalar
berilishi kerak.
Veterinariya vrachlari har xil turdagi hayvonlar bilan ishlashiga to‘g‘ri keladi,
uy hayvonlaridan boshlab to yirtqichigacha, shuning uchun ular bilan ishlash vaqtida
texnik xavsizlkga qat’iyan rioya qilish lozim.
Hayvonlarning xulk-atvorini, tashqi muxitda o‘zini tutishini o‘rganadigan fan
etologiya deb ataladi, hayvonni fa’l-atvorini shakllanishiga atrof-muxit, saqlash
sharoitlari, unga nisbatan munosabat ta’sir qiladi.
Hayvonlar bilan ishlash vaktida ko‘pchilik reflekslar orasida, ikkita muxim
refleksni e’tiborga olish lozim – bu o‘z-o‘zini himoya qilish va erkinlik. Bundan
tashqari nerv sistemasini tipiga ham e’tibor berish lozim va xar bir hayvonga
individual yondoshish kerak. Nerv sistemasining tipi 4 ga bo‘linadi: Xolerik –
qo‘zg‘aluvchan; sangvinik-xarakatchan; flegmatik befarq; melanxolik nimjon. Buni
hayvonni fiksasiya qilish vaqtida va podalarni tashkil qilish vaqtida e’tiborga olish
lozim.
Hayvonlarni fiksasiya qilishdan asosiy maqsad:
1) Xirurgga operasiya maydonida erkin va xavsiz xarakat qilishini ta’minlash.
2) Hayvonni xarakatsizlantirib, normal ish sharoitini yaratish.
3) Operasiya vaqtida hayvon o‘ziga va operasiyada qatnashadiganlarga shikast
yetkazmasligini oldini olish.
Hayvonlar tik va yotgan xolatda fiksasiya qilinishi mumkin.