KURS ISHI
XIVA XONLIGINING TASHKIL TOPISHI
MUNDARIJA
Kirish
I bob. Xiva xonligining tashkil topishi. Siyosiy jarayonlar
1.1. Xiva xonligining tashkil topishi
1.2. Xiva xonligida ijtimoiy iqtisodiy munosabatlar. Siyosiy jarayonlar
II bob. Xiva xonligida Qo‘ng‘irotlar sulolasi hukmronligining o‘rnatilishi.
Madaniy hayot
2.1. Xiva xonligida Qo‘ng‘irotlar sulolasi hukmronligining o‘rnatilishi
2.2. Xiva xonligida madaniy hayot
Xulosa
Foydalanilgan manba va adabiyotlar ro‘yxati
2
Kirish
Mustaqil Respublikamizning ijtimoiy fanlar sohasi olimlari oldida xalqimiz
tarixini haqqoniy va to‘laqonli o‘rganish masalasi dolzarb vazifa sifatida turibdi.
Bu
haqda
O‘zbekiston
Respublikasi
birinchi
Prezidenti
I.A.
Karimov
mamlakatimizning yetakchi tarixchi olimlari bilan o‘tkazgan uchrashuvida va
boshqa mazkur soha bilan bog‘liq yig‘ilishlarda bir necha marta ta’kidlab o‘tgan1.
Shuningdek, bu vazifalar O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qator
Qarorlarida ham o‘z aksini topgan.
O‘zbekiston Respublikasi birinchi Prezidenti I.A. Karimov e’tirof etganidek:
―Bizning qadimiy va go‘zal diyorimiz nafaqat Sharq, balki jahon sivilizasiyasi
beshiklaridan biri bo‘lganini xalqaro jamoatchilik tan olmoqda va e’tirof etmoqda.
Bu ko‘hna tuproqda milodgacha bo‘lgan davrda va undan keyin qurilgan murakkab
suv inshootlari, hali-hanuz o‘zining ko‘rku tarovatini saqlab kelayotgan osori
atiqalarimiz qadim-qadimdan o‘lkamizda dehqonchilik va hunarmandchilik
madaniyati, me’morchilik va shaharsozlik san’ati yuksak darajada rivojlanganidan
dalolat beradi.
O‘zbek tarixchiligida xaritashunoslik bilan bog‘liq muammolar yetarlicha.
G‘arbning turli davlatlarida mamlakat tarixidagi deyarli har bir yil uchun xaritalar
mavjud. O‘zbekistonda esa ko‘pincha bir xil, hammaga tanish bo‘lib ketgan
xaritalardan foydalaniladi va tarixning katta qismi uchun maxsus xaritalar yo‘q.
Masalan, xonliklar davriga oid.
Xiva xonligiga 1512-yil shayboniy Elbarsxon tomonidan asos solinadi. Xiva
xonligi paydo bo‘lganidan toki Rossiya imperiyasi vassaliga aylanguniga qadar
Orolbo‘yi, Mang‘ishloq, Saraxs, Dehiston va Darun hududlarini asosan o‘z
nazoratida ushlab turadi. Turkman qabilalari ham goh xonlik tarkibida, goh undan
mustaqil bo‘lib yashaydi.
1 Каримов И.А. Тарихий хотирасиз келажак йўқ // Биз келажагимизни ўз қўлимиз билан қурамиз. 7-жилд.
Т., Ўзбекистон, 1999. 128-132-бетлар; Каримов И.А. Озод ва обод, эркин ва фаровон ҳаѐт – пировард
мақсадимиз. 8-жилд. Т., 2000. 430-448-467-476-бетлар;
3
Xiva xonligi juda ko‘p vaqt ichki urushlar girdobida qoladi. Bu Xiva
xonligida markaziy hukumatning kuchli bo‘lmagani bilan izohlanadi.
Xiva xonligi markazlashgan hokimiyat va eng katta chegaralarga o‘zbeklarning
qo‘ng‘irot urug‘idan chiqqan (qo‘ng‘irot urug‘i Xiva taxtini 1770-yil qo‘lga
kiritgan edi) Muhammad Rahimxon I davrida erishadi. Muhammad Rahimxon
Xivaga doimiy bo‘ysunuvchi hududlardan tashqari Sirdaryoning quyilish qismi va
qoraqalpoqlarning Qo‘ng‘irot hududlarini bo‘ysundiradi. Shuningdek, Rahimxon
1820-yil Marvni Buxorodan tortib olishga muvaffaq bo‘ladi.
Muhammad Rahimxondan so‘ng ham xonlik hududlari sezilarli darajada
kichrayadi. Ichki kurashlar va isyonchi turkman qabilalari bilan doimiy urushlar
xonlikning sillasini quritadi va Xiva ham 1873-yil Buxoro kabi Rossiya
protektoratiga aylanadi. Xiva xonligi va Rossiya o‘rtasida imzolangan Gandimiyon
shartnomasiga ko‘ra Amudaryoning o‘ng qirg‘og‘idagi yerlar Rus imperiyasi
ixtiyoriga o‘tadi. 1880-1885 yillarda olib borilgan yurish natijasida turkman
qabilalari
ham
Rossiya
tarkibiga
o‘tgach,
Xiva
tasarrufida
faqatgina
Amudaryoning chap qirg‘og‘idagi yerlar qoladi.
Hozirda olimlar va keng jamoatchilik shahar madaniyati masalasiga katta
e’tibor qaratishmoqdaki, ular qatoriga qadimiy shaharlarimizning yoshini aniqlash
va mamlakatimizda shahar madaniyati taraqqiyotining ildizlarini ko‘rsatib berish
kabi masalalar kiradi. Bu, albatta, bejizga emas. Chunki har qanday jamiyatning
shakllanishi va rivojlanishida shaharlar ulkan rol o‘ynaydi. Ular ma’muriy,
harbiymudofaa va iqtisodiy vazifalarni bajarib, fan, din hamda madaniyat
markazlari sifatida davlatchilik taraqqiyoti va sivilizatsiya darajasini belgilaydi.
Mavzuning dolzarbligi. O‘rta asrlar tarixini yoritib berish, va tarixiy
voqeeliklar bilan boyitib berish hozirgi kunda har bir tarixchi olimlarning asosiy
vazifalaridan biri hisoblanadi. Shu nuqtai nazardan kelib chiqib, shuni ayta
olamanki yangi qadimgi nafaqat vatanimiz tarixiga oid qismi, balki jahon tarixi
ham yangidan yangi tadqiqot va izlanishlarga muhtoj. Chunki biz tarixni o‘rganar
ekanmiz o‘rganish davomida bir davrdan boshqa davrga o‘tish uchun mazkur
davrga oid bilim va ko‘nikmalar bizga poydevor vazifasini o‘taydi. Xronologik
4
jahatdan olib qaraydigan bo‘lsak ham o‘rganish jarayonida o‘rtada uzilish yoki
kamchilik holati yuz bersa albatta kerakli natijaga erishilmaydi.
Kurs ishi tadqiqotining maqsadi. Mazkur kurs ishining asosiy maqsadi
milodiy XVI-XIX asrlarda dunyo siyosatida amalga oshirilgan islohotlar, madaniy
taraqqiyot, siyosiy jarayonlar va iqtisodiy munosabatlarni xolislik tamoyili asosida
o‘rganish hisoblanadi. Bundan tashqari biz ushbu tadqiqot ishimiz orqali tom
ma’noda Xiva xonligining XVI-XIX asrlarda hunarmandchilik tarixi to‘g‘risida
batafsil to‘xtashga harakat qildik. Buning natijasida biz yangidan-yangi
ma’lumotlarga ega bo‘ldik.
Tadqiqot ob’yekti. Ushbu kurs ishining tadqiqot ob’yekti XVI asrdan boshlab
to hozirgi kunda qadar ilmiy nashriyotlarda nashrdan chiqqan yozma manbalar,
ilmiy adabiyotlar, xrestomatiyalar va arxiv hujjatlari hisoblanadi. Yuqoridagilardan
tashqari mazkur kurs ishida ilmiy nashriyotlarda nashrdan chiqqan ilmiy
maqolalardan ham alohida foydalanilgan.
Davriy (xronologik) chegaralanishi. Kurs ishining xronologik chegarasi XVI-
XIX asrlarni qamrab olgan bo‘lib, asosiy urg‘u Xiva xonligi Ddavlatchilik
asoslarining tarixiga qaratilgan.
Kurs ishining predmeti va obyekti. Mazkur kurs ishi nazariy asosini XVI-
XIX asr tarixiga oid ilmiy adabiyotlar, o‘rta asrlarda yozilgan manbalar hamda
keyingi davrlarda nashrdan chiqqan adabiyotlar, maqolalar, ilmiy ishlar,
mustaqillik davrida e’lon qilingan xolis yoritilgan tarixiy materiallar maqola va
monografiyalar shu kabilarga qaratilgan.
Kurs ishining tuzilishi. Kirish, ikki bob, to‘rt paragraph, xulosa,
foydalanilgan manba va adabiyotlar ro‘yxatidan iborat.
5
I bob. Xiva xonligining tashkil topishi. Siyosiy jarayonlar
1.1. Xiva xonligining tashkil topishi
Xorazm hududida jami 20 ga yaqin o‘zbek qabilasi istiqomat qilar edi. Ular
orasida qo‘ng‘irot, mangit, nayman, qipchoq va qiyot qabilalari ko‘p sonli va eng
kuchli qabilalar bo‘lgan. Shayboniyxon bosqini arafasida Xorazm temuriy
Sulton Husayn Boyqaro boshliq Xuroson davlati tasarruflda edi. Xorazmda
qo‘ng‘irot qabilasidan chiqqan Chin So‘fi hokim edi. U rasman Husayn
Boyqaro noyibi hisoblanardi. 1505-yili Shayboniyxon, 1510-yilda esa Eron
hukmdori shoh Ismoil Xorazmni bosib oldilar. Biroq shoh Ismoilning hukmronligi
uzoqqa bormadi. Vazir shahri qozisi Umar qozi yetakchiligida safaviylar
hukmronligiga qarshi harakat boshlanadi.
Xorazmning mo‘tabar zotlari mamlakat taxtiga Shaybon avlodlaridan
Berka Sultonning o‘g‘li Elbarsxonni o‘tqizishga qaror qildilar. U bu davrda
Dashti Qipchoqda edi. Berka Sultonning xonadoni Shayboniyxon xonadoni bilan
garchand bir shajaradan bo‘lsa-da, ular o‘zaro dushmanlik munosabatida edilar.
1480-yilda o‘zaro toj-u taxt uchun kurashda Muhammad Shayboniyxon tomonidan
o‘z bobokaloni Shaybonxon avlodiga mansub Berka Sultonning o‘Idirilganligi
buning sabablaridan biri edi2.
Xorazmning erksevar xalqi Elbarsxon yetakchiligida 1511-1512-
yillarda Eron qo‘shinlarini mamlakatdan butunlay quvib chiqarishga muvaffaq
bo‘ldi. Shu tariqa 1511-yiIda Xorazm mustaqilligi tiklandi va bu davlat endi
Xiva xonligi deb atala boshlandi. Bu davlat asoschisi ham shayboniylar
vakillari bo‘ldi. Xiva xonligida shayboniylar hukmronligi 1770-yilgacha davom
etdi.
Elbarsxon davrida mamlakat poytaxti Vazir shahridan Urganch shahriga
ko‘chirildi. Elbarsxon Vazir shahrini Eron qo‘shinlaridan ozod etgach, bu g‘alaba
sharafiga o‘z o‘g‘illari nomiga ,,g‘ozi» laqabini qo‘shib aytishni buyurgan.
2 Худойназаров Ҳ. Абулғози Баҳодирхон тарихчи ва адиб. –Т.: Ўзбекистон, 1994. – б.212.
6
Elbarsxon davrida Dashti Qipchoqdan Xorazmga ko‘pgina qabilalarning ko‘chib
kelishi yanada kuchaydi. Natijada xonlik hukmdorlarining ijtimoiy tayanchi
mustahkamlandi. Bu omil Xiva hukmdoriga xonlik hududini qo‘shni davlatlar
hisobiga kengaytirib olish imkonini berdi. Chunonchi, Elbarsxonning 1516-
yilgacha bo‘lgan hukmronlik davrida Shimoliy Xuroson, Saraxs, Orol va
Mang‘ishloq egallandi.
Movarounnahrdagi Shayboniylar davlati singari Xiya xonligi ham bir
qancha katta kichik mulklarga bo‘lingan. Xiva xonligining aholisi etnik, madaniy
va til jihatdan bir-biridan keskin farq qiluvchi uch guruhga bo‘lingan:
1) qadimiy xorazmliklarning bevosita avlodlari;
2) turkman qabilalari;
3) Dashti Qipchoqdan Xorazmga ko‘chib kelgan qabilalar.
Ayni paytda ular markaziy hokimiyatga bo‘ysunmaslikka, mustaqillikka
intilishgan. Bu hoi o‘zaro nizolarni keltirib chiqargan. Xiva xonligida yirik o‘zbek
qabilalarining boshliqlari amalda mustaqil mulk egalariga aylangan. Ular
xonlikning butun ijtimoiy-siyosiy hayotiga hal etuvchi ta’sir ko‘rsatib kelganlar3.
XVI asrda Xiva xonligi iqtisodiy inqirozga duchor bo‘ldi. Buning
asosiy sabablaridan biri – Amudaryoning o‘z o‘zanini o‘zgaitirib, 1573-yildan
boshlab Kaspiy dengiziga oqmay qo‘y-ganligi bo‘ldi. Daryo 15 yil davomida Orol
dengizi yo‘nalishiga burildiki, natijada eski o‘zan atrofidagi yerlar cho‘lga
aylandi. Aholi esa xonlikning boshqa hududlariga ko‘chib o‘tishga majbur bo‘lgan.
Bundan tashqari, Xiva xonligining XVI asrda ikki marta Buxoro xonligi
tomonidan bosib olinishi, shuningdek, o‘zaro qabilaviy urushlar, og‘ir soliqlar
hamda turli to‘lov va jarimalar mamlakat aholisini xonavayron qilgan. Bu hoi
savdo-sotiqqa katta putur yetkazgan. Markaziy Osiyoda dastlab tashkil topgan ikki
davlat – Buxoro va Xiva xonligi o‘rtasida doimo o zaro dushmanhk munosabatlari
hukm surgan.1 Buning asosiy sababi – xonliklarning doimo bosqinchilik urushlari
hisobiga o‘z hududlarini kengaytirishga urinishlari bo‘lsa, ikkinchisi, Buxoro va
3 Бартолд В.В. Отчѐт о поездки в Средню Азию с научную целю. 1893-1894. Соч. Том. 4. 1966. – 312.c.
7
Xiva xonligida hukmron sulolalarning bir-biriga g‘anim bo‘lib qolgan
xonadonlarga
mansubligi
edi.Xivani
Buxoroga
bo‘ysundirish
harakati
Ubaydullaxon davrida boshlandi. Ubaydullaxon 1537-1538-yillarda Xorazmga
hujum qilib, Xiva xonligini Buxoroga bo‘ysundiradi. Xiva xoni Avaneshxon
(1525-1538)
qo‘shinlari tor-mor
keltirildi, xonning
o‘zi esa
o‘ldirildi.
Ubaydullaxon o‘g‘li Abdulazizni Xorazmga noib etib tayinladi. Biroq bu
ahvol uzoq davom etmadi. Mahalliy xalq Avaneshxon avlodlari boshchiligida
mamlakatni ozod etdi. Ubaydullaxon yuborgan qo‘shin ham tor-mor keltirildi.
Abdulazizxon Urganchdan Buxoroga qochib ketadi. Keyingi hukmdorlar davrida
ham bu ikki xonlik o‘rtasidagi adovat va dushmanlik to‘xtamadi.
Jumladan, Buxoro xoni Abdullaxon II 1593-yili Xiva xonligini bosib oladi.
Xiva xoni Hojimxon (1558-1602) oilasi bilan Eron shohi Abbos huzuriga
qochishga majbur bo‘ladi. 1595-yilda Xiva sultonlari xonlikning yirik shaharlarini
egallaydilar. Lekin shu yili Abdullaxon II Xiva xonligi ustiga yana qo‘shin tortib
keladi. Hoji Muhammad (Hojimxon) yana Eronga qochadi. Faqatgina 1598-yili
Abdullaxonning vafotidan keyin Buxoro xonligida boshlangan o‘zaro toj-u taxt
uchun kurashlar oqibatida Hojimxon Xiva xonligi taxtini qayta egallashga va o‘z
hokimiyatini mustahkamlab olishga erishadi. Bu davrda Xiva xonligi
Mang‘ishloq, Bolxon tog‘lari, Dehiston, O‘zboy, Shimoliy Xuroson
hududlarini ham o‘z tasarrufiga olgan edi. XVII asr Xiva xonligining siyosiy
hayotida o‘ziga xos ikki xususiyat — bu, bir tomondan, markaziy hukmron sulola
nufuzining pasayishi bo‘lsa, ikkinchi tomondan, qabila bosh-liqlari ta’sirining
kuchayishi bo‘ldi. Qabila boshliqlari: beklar, biylarning kuch-qudrati shu darajaga
borib yetgan ediki, ular oliy hukmdorga o‘z xohish-istaklarini o‘tkaza olganlar.
Xiva xonligidagi siyosiy vaziyat hukmron tabaqalarning urushlari va
qabilalar o‘rtasidagi mojarolarni to‘xtatishga qodir bo‘lgan kuchli markaziy
hokimiyatning barpo etilishini taqozo etardi. Bunday hokimiyatni barpo etishga
qodir kuch sifatida maydonga o‘zbeklarning qo‘ng‘irot qabilasi chiqdi. Bu
zaruriyatning natijasi o‘laroq, XVIII asrning 60-yillaridan boshlab, Xiva
8
xonligida hokimiyatni qo‘ng‘irot qabilasi boshliqlari asta-sekin o‘z qo‘llariga ola
boshladilar.
Yirik zodagonlar va ruhoniy tabaqasining madadiga tayangan qo‘ng‘irot
qabilasining yo‘lboshchisi Muhammad Amin 1761-yilda inoqlik lavozimiga
ko‘tarilgan.2 U turkmanlarning yovmut va chovdur qabilalariga qarshi kurash
olib borgan. Biroq u dastlab muvaffaqiyatsizlikka uchrab, Buxoroga –
Doniyolbiy otaliq yoniga ketadi. Turkman qabilalari Xorazmni egallab, Hazorasp,
Xonqa, Urganch, Kat, Shohobod shaharlarini xonavayron qiladilar. Ocharchilik
va vabo tarqalib, o‘zbeklar Orolbo‘ylari va Buxoroga ketishga majbur
bo‘ladilar4.
1770-yilda Muhammad Amin inoq Buxorodan qaytib kelib,
yovmutlarga qarshi kurashni uyushtiradi va ularni Xorazmdan haydab chiqaradi.
Muhammad Amin mahalliy beklarni ham bo‘ysundirishga muvaffaq bo‘ldi. U
xon
avlodidan
bo‘lmagani
sababli
taxtga
Abulxayrxonning
o‘g‘li
Bo‘lakayxonni nomiga, qo‘g‘irchoq xon sifatida o‘tqizadi. Hokimiyatni esa
o‘zi boshqaradi. 1782-yilda Buxoro amirligi qo‘shinlarining hujumini qaytarib,
Xiva xonligi mustaqilligini saqlab qoladi. Xiva xonligini boshqargan Muhammad
Amin inoq 20 yil davomida 13 marta soxta xonlarni almashtirgan.
Hukmronligining so‘nggi yillarida o‘z qabilasining faol qatlamiga,
savdogarlar va ruhoniylar madadiga tayangan hamda turli turkman qabilalari
o‘rtasidagi o‘zaro nizolardan oqilona foydalana olgan
Muhammad Amin mamlakatda nisbatan siyosiy osoyishtalik vaziyatini
yaratishga erishdi. Bularning barchasi mamlakat iqtisodining ko‘tarilisliini
ta’minladi. Jon saqlash uchun o‘zga yurtlarga qochib ketgan fuqarolar yana qaytib
kela boshladilar. Avaz Muhammad inoq davrida Xiva xonligi iqtisodiy jihatdan
ancha mustahkamlandi. Muhammad Amin ham, uning o‘g‘li Avaz (1790-1804)
ham davlat hokimiyatini inoq unvonida boshqarganlar. Chingiz biylaridan soxta
xonlar chaqirilib turilgan, Hokimiyat amalda inoq va maxsus kcngash tomonidan
4 B.J. Eshov, A.A.Odilov. O‘zbekiston tarixi. Toshkent, 2014. – b.165.
9
boshqarilgan. Kcngash tarkibiga qo‘shbegi, mehtar, vazir va otaliqlar kirgan. Inoq
va kcngash soxta xon nomidan ish yuritgan.
Faqat Avazning o‘g‘li Eltuzar (1804-1806) hukmronligi davrida chetdan
soxta xon chaqirish to‘xtatildi. Nafaqat to‘xtatildi, ayni paytda, 1804-yildayoq
chetdan chaqirilgan soxta xon Abulg‘oziyni taxtdan tushirib, o‘zini xon deb e’lon
qildi. Shu tariqa qo‘ng‘irotlar sulolasi Xiva xonligi taxtini rasman egalladi. Bu
sulola 1920-yilga qadar Xiva xonligini idora qildi.
Eltuzarxon xonlikda markazlashgan davlat siyosati yuritish uchun
harakat qildi. 1804-yilda Eltuzarxon Buxoroga yurish qildi. 1806-yilda
Amudaryo bo‘yida bo‘lgan hal qiluvchi jangda Xiva qo‘shinlari tor-mor
etildi, Eltuzarxon ham halok bo‘ldi, Eltuzarxon vafot etgach, taxtga uning
ukasi Muhammad Rahimxon I o‘tirdi. Muhammad Rahimxon I Xiva xonligini
siyosiy jihatdan birlashtirishga kirishdi. Ayni paytda, turkmanlarni bo‘ysundirish
masalasi yctakchi o‘ringa chiqdi. Turkmanlarning turli qabilalari qanchalik qattiq
qarshilik ko‘rsatmasinlar, birin-ketin bo‘ysundirib borildi.
Muhammad Rahimxon I o‘zbeklar va turkmanlardan tuzilgan qo‘shinga
tayanib yirik zodagonlar qarshiligini sindirish uchun shiddatli kurashda o‘z
raqiblarini birin-ketin bo‘ysundira bordi. Muhammad Rahimxon I ga dushmanlik
ruhidagi Orolbo‘yi zodagonlari guruhi qattiq qarshilik ko‘rsatdi. 1811- yilda
ularning ham qarshiligi sindirildi. Qo‘ng‘irot shahri yakson qilindi. Xiva
xoni mustaqil bo‘lib ajralib chiqqan qoraqalpoqlarni bo‘ysundirishga kirishdi.
Qoraqalpoqlar Buxoro amiri Haydardan yordam olishga harakat qildilar. Biroq
bunga erisha olmagach, Xiva xonligiga bo‘ysunishga majbur bo‘ldilar.
1812-1820-yillar oralig‘ida qozoqlarning Kichik juz xonligi hududiga 2
marta hujum uyushtirildi. Buning oqibatida, xonlik hududlarining yanada
kengayishiga
erishildi.
1813-yilda
Shimoliy
Xurosonda
joylashgan
turkmanlarning takya qabilasi Xiva xonligiga qaramligini tan olishga va
belgilangan hajmda soliq to‘lab turishga majbur etildi.
1822-yilda esa Marv shahri xonlikka qo‘shib olindi. 1824-yilda Yangi Marv
shahri bunyod etildi. Muhammad Rahimxon I bo‘ysundirilgan qabilalar
10
zodagon-larining qabila orasidagi mavqeyi nihoyatda qudratli bo‘lganligini
hisobga olib, ularga xon yer-mulk va turli imtiyozlar in’om etgan. Bu omil
xonlikda siyosiy barqarorlikni ta’minlashga xizmat qilishi kerak edi. Muhammad
Rahimxon I davrida xonlik siyosiy jihatdan birlashtirildi. Ayni paytda,
mamlakatda nisbiy barqarorlik ta’minlandi. Uning hududlari yanada kengaydi.
Xiva xonlari Olloqulixon (1825-1842) va Muhammad Aminxon (1846-
1855) davrida ham o‘zaro urushlar to‘xtamadi. Olloqulixon Buxoroga 7 marta,
Xurosonga 5 marta yurish qilgan bo‘lsa, Muhammad Aminxon Marvga 10 marta
yurish qiladi. O‘nlab shahar va qishloqlar talanadi. Zulm, talonchilik davom etdi.
Xalq turmushi og‘irlashib bordi.
XIX asrning 20-yillari boshlaridagi ma’lumotlarga ko‘ra, Xiva aholisining
soni 800 ming kishini tashkil etgan. Bu raqam qat’iy bo‘lmasdan, xonlik
hududining kengaya borishi bilan xonlik fuqaroligini qabul qilganlarning soni
ko‘payib borgan. XIX asr o‘rtalarida xonlik poytaxti Xiva shahrida 20 mingdan
ortiq aholi yashagan. 700 dan ortiq hunarmandchilik ustaxonasi, 200 dan ortiq
savdo do‘koni, 3 ta katta va 15 ta kichik bozorlar bo‘lgan. Hunarmandchilikning
50 dan ortiq turi rivoj topgan. Xonlik aholisining katta qismini o‘zbeklar tashkil
etgan. Ular o‘zbeklarning turli qabilalariga mansub edilar. Undan keyingi o‘rinlami
turkmanlar, qoraqalpoqlar va qozoqlar egallashgan. Ulaming har biri, asosan,
o‘zlariga ajratilgan yerlarda joylashgan. Har biri alohida-alohida kanalga ega
bo‘lishgan. Har bir qabila o‘zlariga qarashli sug‘orish inshootlarini tiklash va
ta’mirlash ishlarida qatnashgan. Har bir qabilaning kanali ham shu qabila nomi
bilan atalgan5.
Xonlik mutlaq monarxiya bo‘lib, oliy hukmdor — xon davlat boshlig‘i edi.
Ma’muriy jihatdan xonlik hududi 15 ta viloyatga (Pitnak, Hazorasp, Xonqa,
Urganch, Qo‘shko‘pir, G ‘azovat, Qiyot, Shohabbos, Toshhovuz, Ambar-Manoq,
Gurlan, Ko‘hna Urganch, Xo‘jayli, Chumanoy va Qo‘ng‘irot) va 2 ta noiblikka
bo‘lingan. Viloyatlar shahar va masjid qavmlarini (qismlarni) o‘z ichiga olgan.
5 A.S.Sagdullayev. O‘zbekiston tarixi. VneshinVestprom. Toshkent. 2019. – b.212.
11
Masjid
qavmlari
obro‘li
oqsoqollar,
qozilar
va
miroblar
tomonidan
boshqarilgan.Davlat boshlig‘i — xon hokimiyati vakolati nasldan naslga o‘tgan.
Xonlikda mehtar bosh vazir hisoblangan. U xon safarga chiqqan paytlarda xonlikni
idora qilgan. Mehtar va qo‘shbegi mamlakat miqyosida soliqlar yig‘ilishiga
javobgar bo‘lganlar.Xonlikda 3 ta devon (vazirlik) ham faoliyat ko‘rsatgan. Bular
xo‘jalik, ijtimoiy-siyosiy va harbiy ishlar bilan shug‘ullanuvchi devonlar edi.
Ularning faoliyatiga devonbegi rahbarlik qilgan10. Xonlikning qo‘shiniga
yasovulboshi qo‘mondonlik qilgan.Xonlik tarkibidagi qozoq va qoraqalpoqlar esa
o‘zlarining biylari, turkmanlar esa ularning vakili tomonidan boshqarilgan.
Ularning lavozimlari nasldan naslga meros bo‘lib o‘tsa-da, nomzodini xon
tasdiqlashi shart bo‘lgan.
Xon
va
uning
qarindoshlari,
oliy
martabali
boshqa
turli
amaldorlar, ruhoniylar, savdo-sotiq tabaqalari barcha yerlarning deyarli yarmiga
egalik qilishgan. Amaldorlaming yerlari 2—3 ming tanobni tashkil etgan. Xon va
uning qarindoshlari undan ham katta hajmdagi yer maydonlariga egalik qilishgan.
Qolgan yerlar davlat ixtiyoriga olingan (vaqf yerlaridan tashqari). Davlat yer-
larida va xususiy mulk yerlarida ijarachi dehqonlar mehnat qilganlar.Davlat yerini
ijaraga oluvchilar bevatan, xususiy yerlarni ijaraga oluvchilar koranda, vaqf
yerlarini
ijaraga
oluvchilar
esa
vaqfchi
deb
atalgan.
Xonning qarindoshlari o‘z xususiy yerlaridan davlatga soliq to‘lamas edilar. Davlat
soliqlaridan ruhoniylar, katta amaldorlar, tarxon yer olganlar ham ozod etilgan
edilar. Biroq soliqni bu yerlarda ishlovchi ijaradorlar, ya’ni mehnatkashlar
to‘lashgan6.
6 B.J. Eshov, A.A.Odilov. O‘zbekiston tarixi. Toshkent, 2014. – b.168.
12
1.2. Xiva xonligida ijtimoiy iqtisodiy munosabatlar. Siyosiy jarayonlar
Shaharlarning iqtisodiy taraqqiyotdan orqada qolishi, yirik sanoatning
mutlaqo yo‘qligi oqibatida G‘arbiy Yevropa davlatlarida yersiz dehqonlar shaharga
ish izlab borishdek imkoniyatga ega bo‘lmagan. Oqibatda, ular qishloqda qolishga
majbur bo‘lganlar.Suv tanqisligi tufayli dehqonchilik qiyin sharoitda olib borilardi.
Shu bois Amudaryodan suv chiqarishga e’tibor berildi. XVIII asming 70-yillarida
Davkor ko‘li yonida kanal, XIX asr boshlarida esa Lavzan, Qilich Niyozbiy, Katta
Xonobod kanallari qurildi. Bu tadbirlar yerlami sug‘orish holatini yaxshilashga
ko‘maklashdi.Barcha davlatlarda bo‘lganidek, Xiva xonligida ham aholi
to‘laydigan soliqlar va ular o‘taydigan majburiyatlar belgilab qo‘yilgan edi.
Xonlikda asosiy soliq salg‘ut, ya’ni yer solig‘i hisoblangan.Hunarmandlar, tashqi
savdo bilan shug‘ullanuvchi savdogarlar, chorvadorlar zakot to‘lashgan.Bundan
tashqari, mehnatkash xalq quyidagi bir qancha majburiyatlami ham o‘taganlar.
Sug‘orish inshootlari qurish va ta’mirlash bilan bog‘liq majburiyatlarda
qatnashish mashaqqatli ish edi. Chunki bu majburiyatlarning barchasi qo‘lda
ketmon bilan bajarilar, tuproqlar esa zambilda tashilar yoki yelkada ko‘tarib
chiqilar edi. Suv chiqarish va himoya to‘g‘onlari tuproq, yog‘och hamda
chimlardan qurilar ediki, ko‘pincha, ular suvning bosimiga bardosh bera olmas edi.
Ana shunday paytlarda ular qaytadan qurilardi. Bosimga bardosh berganlari esa bir
yildan ortiqroq chidamas edi. Kelasi yili ulami qayta qurish kerak bo‘lardi.
Xiva xonligi davridagi maqbarasozlik ham nihoyatda ko‘p qir-ralidir. M.
Yu. Mankovskaya ularni uch asosiy guruhga bo‘ladi:
1. Bir xonali peshtoqsiz binolar: Niyosit bobo, Qum Avliyo bobo, Shayx
Xasan Suroniy maqbaralari.
2. Bir xonali peshtoq gumbazli binolar — Shovotdagi Vayongan bobo,
Xivadagi Abdal bobo va Xaris bobo, Urganchdagi Shavodi Xo‘ja bobo
maqbaralari. Yana Xivadagi Uch Avliyo va Pahlavon Mahmud maqbaralari ham
shu turkumga kiradi.
13
3. Ko‘p xonali binolar. Bulardan Xivadagi Yunusxon va Urganchdagi Jon
Xo‘rosshayx bobo maqbaralari umumiy to‘rtburchakka ketma-ket joylashgan ikki
xonadan iborat bo‘lsa, Ostonadagi noma‘lum shaxs hamda Gurlandagi Usmon Said
bobo maqbaralari to‘g‘ri to‘rtburchakli sahnga joylashgan oldi peshtoqli gumbazli
xona
4. Ularning ortida shu kenglikni bo‘lib turuvchi ikki xonali imoratdan iborat.
Ostona (Yangiariq rayoni) dagi Shayx Muxtor Vali maqbarasi esa ko‘p yillar
davomida bunyod etilgan murakkab tarzda qurilgan xonalar yig‘indisidan iborat.
Xiva xonligi dav-ridagi maqbaralar Movarounnahr o‘rta asrlar me‘morchiligi
maqba-rasozligidan nafaqat odmiroq bezagi bilan ajralib qolmasdan, balki
xonalarning joylashuvi jihatidan ham farqlanadi. Birin-chidan yer osti suvlarining
yaqin joylashganligi va inshootnin og‘irligi tufayli Xorazmda go‘rxonalarning
yerto‘lalarga tushiril masligini ko‘ramiz. Ikkinchidan gumbazlar ham ikki qavatli
emas. Ammo peshtoqlar yechimining nihoyatda har turliligi bilan ajralib" turadi. 5.
Bu davr binolari ichida yana karvonsaroylar, tim, hammom kab bir qator boshqa
ehtiyojlar uchun mo‘ljallangan imoratlarni ha ko‘ramiz.
Chunonchi Allaqulixon Ichon qal‘aning sharqiy qismid karvonsaroy (1832-
33 y.y.) va tim (1835-38 y.y.) soldirgan edi. 6. Karvonsaroy oldi peshtoqli, ikki
burchagida guldasta va ula: ning orasida ko‘chaga qaragan rasta vazifasini
bajaruvchi ik qavatli hujralar bilan janubga qaratib qurilgan. Tashqi tomon lari
69x58 metr bo‘lgan bu imorat 45,3x42,4 metrli hovl atrofiga ikki qavat qilib
qurilgan hujralardan iborat. Darvo zaxona 2 gumbazli miyonsaroy tarzida qurilgan.
Hujralar son jami 104 bo‘lib, birynchi qavatdagilari omborxona uchun, yuqori
dagilari esa yashash uchun mo‘ljallangan. Ot-ulovdan yuk tushiri va ortishga qulay
bo‘lsin uchun hovli sahni hujralarga nisbata pastroq qilib ishlangan. Hujralar balxi
gumbazli, miyonsaro ustiga esa soxta qanos (lojnne parusa)ga o‘rnatilgan qubbal
gumbaz ishlangan. Devorlar bezaklarsiz somon-shuvoq qilingan Karvonsaroyning
shimoliy devoridan yon devor sifatida foydalani tim qurilgan. Karvonsaroy
darvozasi oldida atrofiga to‘rtta qubb: ishlangan.
14
Akademik B.Ahmedovning yozishicha, “Abulg‘ozi hammasi bo‘lib yigirma
yil atrofida xonlik masnadida o‘tirdi. Lekin boshqa hukmdorlarga o‘xshab huzur-
halovat ko‘rmadi. Umri ko‘proq urush – talashlarda o‘tdi.” Manbalarga ko‘ra,
Abulg‘ozixon haqiqatan ham butun umrini taxt uchun kurash va jangu – jadallarga
bag‘ishlagan hukmdor bo‘lgan. Ammo, u davlat arbobi sifatida ham qobiliyatli
shaxs bo‘lgan. Abulg‘ozixon dastavval xonlikda markazlashgan boshqaruv tizimini
mustahkamlashga
e’tibor
qaratdi.
Bu
jarayonda
u
avvalo,
turkman
yo‘lboshchilarini boshqaruv ishlaridan chetlashtirdi. Ularning yer – suvlari, mol –
mulklari musodara qiinib, o‘zlari mamlakat ichkarisiga surgun qilindi.
Xonlikdagi barcha lavozimlarga o‘zbek urg‘ularining boshliqlari qo‘yildi.
Xiva tarixchisi Munisning ma’lumot berishicha, Abulg‘ozixon ma’muriy islohot
o‘tkazib, xonlikning boshqaruv tizimini batamom yangitdan tashkil etdi.
Xonlikning boshqaruv tizimida o‘zbek urug‘larining mavqyei ortib bordi hamda
ularning 360 nafar vakili xon saroyida turli lavozimlarga ko‘tarildi. Xon yangi
amaldorlar orasidan eng obro‘li 32 nafarini o‘z yoniga oldi. Munis ta’biri bilan
aytganda, “andoqkim ikki shayx ul-islom, ikki qozi, bir rais Said ota avlodidan, bir
mutavalli, bir naqib, to‘rt otaliq, to‘rt inoq, to‘rt mirob, to‘rt parvonachi, ikki oqo,
ikki arbob, to‘rt chig‘atoyi inoqi va bir vazirkim, holo mehtar derlar va bir
qushbegi, bu ikkovi o‘rinsiz xon huzurida oyoq ustida turadilar”.
Bitta asosga o‘rnatilgan katta gumbaz ishlangan yo‘la* bo‘lib, undan
sharqqa — Dishon qal‘aga qarab ustiga 2 qator gumba ishlangan yo‘lakka o‘tiladi.
G‘arb tomoni ham shunday qurilgan Timning ikki tomoni peshtoq bilan
tugallanadi. Binoning umumi o‘lchamlari 74x26,5 metr. Katta gumbazlar diametri
9,5 va 10, metr, kichkinalariniki 6,0 metr va ular toqli qanoslar ustig o‘rnatilgan.
1910-yilda qurilgan pochta va 1911—1913 yillarda bunyod etilgan kasalxona
imoratlari Yevropa qurilish san‘ati ta‘sirida eklektik ko‘rinishga ega.
Umuman olganda Xiva xonligi me‘morchiligi teran an‘analarga asoslangan
bo‘lib, qisqa muddat ichida xonlik hududida mustaqil me‘morchilik yo‘nalishi
vujudga kelishiga sharoit yaratdi. Misol tariqasida madrasalar kompozitsiyasida
an‘anaviy to‘rt ayvon — yozgi darsxonalar o‘rniga dekorativ peshtoqlarning qo‘l-
15
lanilishi, miyonsaroylarning o‘ziga xos tarzda qurilishi, minora, mahalla
masjidlarining mahalliy iqlimga moslashtirilgan turla-ri kelib—chiqishini ko‘rsatib
o‘tish lozim. Jumladan, Xiva minoralari o‘zining hajm fazoviy yechimi jihatidan
Buxoro, Sa-marqand va boshqa joylardagi minoralardan keskin farq qiladi. Bundan
tashqari Xiva turarjoy imoratsozligi alohida bir yo‘nalishga ega. Bu sohadagi
ayvonlar sistemasi, hovli ustining mutlaq yopilishi kabi jihatlari faqatgina shu
hududga mosdir. Markaziy Osiyo me‘morchiligida o‘rta asrlarda keng qo‘llanilgan
koshinburush (mozaika) va parchin (maloyika) o‘rniga bu yerda ko‘proq
gulparchin — fayans taxtacha (plitka)lari ishlatilgan. Yog‘och o‘ymakorligi san‘ati
hanuz o‘z an‘analarini davom ettirib kelyapti. Xiva yaqinidagi Chodrahovli
ko‘shki esa ko‘p ming yillik ko‘shk va turarjoy an‘analarini o‘zida
mujassamlashtirib, betakror me‘moriy obida hisoblanadi7.
XVIII asr oxiriga kelib shaharlar hayotida uzoq davom etgan tushkunlik
holati barham topdi. XVIII asring ikkinchi yarmi — XIX asr boshlarida katta
ko‘lamdagi sug‘orish inshootlarining tiklanishi hamda yangilarining bunyod
etilishi ishlab chiqaruvchi kuchlarning o‘sishiga asos bo‘ldi. Bu hodisa,
o‘z navbatida, shaharlarda hunarmandchilik, ichki va tashqi savdoning o‘sishiga
sabab bo‘ldi.Biroq bu o‘sishni Yevropa davlatlari iqtisodiyoti taraqqiyoti bilan aslo
tenglashtirib bo‘lmas edi. Bu davr - G‘arbiy Yevropa davlatlari hayotida tub sifat
o‘zgarishlar davom etayotgan davr edi. Chunonchi, Buyuk Britaniyada boshlangan
sanoat to‘ntarishi boshqa ilg‘or davlatlarga ham yoyilgan, XIX asr o‘rtalariga
kelganda esa u nihoyasiga yetayotgan edi. Binobarin, Yevropa dav-
latlarida kapitalistik munosabatlar gurkirab rivojlanayotgan edi.Markaziy Osiyo
xonliklarida, jumladan, Xiva xonligi jamiyati hayotida hamon o‘rta asr yer egaligi
munosabatlari hukmron edi.XVIII asr oxirida Muhammad Amin hukmronligi
davridan boshlab birmun- cha siyosiy barqarorlik o‘matildi. Bu omil Xiva
shahrining holatiga ijobiy ta’sir ko‘rsatdi. Chunonchi, 1782-yilga kelib Xiva
shahrida qayta tiklash ishlari tugallandi.Qayta tiklash ishlaridan tashqari yangi
me’moriy obidalar ham qurildi. Masalan, 1765-yilda Sherg‘ozixon va Muhammad
7 A.S.Sagdullayev. O‘zbekiston tarixi. VneshinVestprom. Toshkent. 2019. – b.214.
16
Amin madrasalari bunyod etildi.XIX asr boshlarida Xiva xonligi poytaxti yirik
qurilish maydoniga aylandi8.
XIX asr birinchi yarmida Xiva xonligining Buxoro, Qo‘qon, Afg‘oniston,
Eron, Hindiston va Turkiya kabi davlatlar bilan savdo-iqtisodiy va elchilik
aloqalari rivojlandi. Bunga, bir tomondan, Xiva xonligi hududining o‘rta osiyolik
savdogarlar va Haj safariga boruvchilaming Kaspiy dengizi orqali muqaddas
Маkkа va boshqa shaharlariga o‘tish manzilgohiga aylanganligi, ikkinchidan esa
chet davlatlar bilan savdo-sotiqni rivojlantirish davlat xazinasiga yaxshigina
daromad keltirayotganligi sabab bo‘lgan.
Bu davrda ham Xiva - Buxoro munosabatlari har doim ham silliq
kechmagan. Xiva xoni Muhammad Rahimxon I Buxoro amirligi bilan elchilik
aloqalarini qayta tiklashga va ikki davlat o‘rtasida savdo-sotiqni rivojlantirishga
harakat qilgan. Chunonchi, 1811 — 1812- yillarda Xivaga Buxorodan O‘rozboy
Jo‘ra va Avaz Murod yasovulboshi boshchiligida elchilar kelgan. Bunga javoban
Muhammad Rahimxon I Buxoroga Hasan Murod otaliq boshchiligida elchilar va
savdo karvonlarini yuborgan.Ayni paytda, bu ikki davlatning manfaatlari
mintaqaning ayrim hududlarida, xususan, Marv viloyatida ham to‘qnash kelgan.
Chunki, Marv O‘rta Osiyo davlatlarini Eron bilan bog‘- lovchi muhim savdo yo‘li
ustida joylashgan edi. Shuning uchun ham XIX asrning 1 -yarmida bu ikki davlat
o‘rtasida bir necha bor o‘zaro urushlar yuz bergan. Chunonchi, Muhammad
Rahimxon I 1822- yilda Marvni Buxorodan qaytarib olgan. O‘zaro urushlarga
qaramay, savdo aloqalari to‘xtab qolmagan.
1812- yilda Xivaga Eron va qozoqlarning O‘rta juz xonligidan elchilar
kelishgan. Ular bilan davlat chegaralari xavfsizligi va savdo-sotiq masalalarida
kelishuvga erishilgan. XIX asr boshlarida Xiva va Afg‘oniston o‘rtasida elchilik
munosabatlari o‘matilgan. Muhammad Rahimxon I hatto Afg‘onistonda hokimiyat
uchun kurashayotgan shoh Mahmudning ikkinchi marta hokimiyat tepasiga
kelishida yordam ham bergan. Buning evaziga Afg‘oniston Xiva xonligi
savdogarlariga Kobul bozorida erkin savdo qilish huquqini bergan.Xiva
8 Бартолд В.В. Отчѐт о поездки в Средню Азию с научную целю. 1893-1894. Соч. Том. 4. 1966. – 314.c.
17
bozorlarida Hindiston, Xitoy, Eron, Rossiya, Buxoro va Qo‘qon kabi dav- latlardan
keltirilgan mollar sotilgan.Tim yozda savdo-sotiq uchun juda qulay va salqin
bo‘lgan. Karvonsaroy esa ikki qavatli bo‘lib, 105 hujrali edi.Xiva xonligining
anori, qovuni, uzumi, nashvatisi, anjiri va o‘rigining shirinhgiga chet ellik
savdogarlar tan berishgan va bu mahsulotlar chet davlatlarda ham mashhur
bo‘lgan.Xiva
savdogarlari
uchun
Rossiyaga
boradigan
savdo
yo‘llari
xavfsiz edi.
Shuningdek, Xiva xonligida Rossiya zavod va fabrikalari ishlab chiqargan
tayyor iste’mol mahsulotlariga ehtiyoj baland edi. Ayni paytda, Rossiya Xiva
xonligiga o‘z mahsulotlarini sotadigan bozor deb qarar edi. Rossiya mahsulotlari
Yevropaning ilg‘or davlatlari tovarlari bilan raqobat qila olmayotgan bir davrda bu
juda muhim edi. Ikkinchidan, Xiva xonligi, Rossiya sanoati uchun zarur xomashyo
mahsulotlarini arzon narxlarda yetkazib beruvchi o‘lka ham hisoblanardi. Xivadan
Rossiyaga paxta, ipak, bo‘z, gilam, hunarmandchilik mahsulotlari, quritilgan meva
va boshqa mahsulotlar olib borilgan. Xiva savdogarlari Nijniy Novgorod shahrida
o‘tkaziladigan yarmarkalarda qatnashganlar. Rossiyadan esa Xivaga metall,
to‘qimachilik mahsulotlari, turli rangh bo‘yoqlar, mo‘yna terilari, qurol-aslaha
keltirilgan. Biroq har ikki davlat o‘rtasida yaxshi qo‘shnichilik munosabatlarining
qaror topishiga to‘sqinlik qilgan omillar ham mavjud bo‘lgan. Bular: savdo
karvonlariga hujum qilish xavfming mavjudligi, har ikki tarafning Kichik juz
qozoqlarini va qoraqalpoqlami o‘z fuqarolari deb hisoblashlari; shuningdek, har
ikki tomonning o‘zaro savdodan olinadigan boj hajmi masalasida uzoq vaqt bir
to‘xtamga kela olmaganliklari bilan bog‘liq edi.Maqsadi O‘rta Osiyoni egallashdan
iborat bo‘lgan podsho Rossiyasi O‘rta Osiyo davlatlariga, xususan, Xiva xonligiga
turli bahonalami ro‘kach qilib, bosim o‘tkazishni kuchaytirib borgan. Ayni paytda,
qozoq juzlarini, qoraqalpoqlami hamda turkmanlaming ayrim qabilalarini Xivaga
bo‘ysunmaslikka da’vat etib turgan. Chunonchi, podsho Rossiyasi Xiva xonligi
tarkibida yashovchi turkmanlaming yovmut qabilasini Rossiya fuqaroligiga
o‘tkazish istiqbollarini hamda savdo karvonlarining xavfsizligini ta’minlash
bahonasida chegara hududlarda istehkomlar qurish imkoniyatlarini o‘rganish
18
maqsadida 1819-yilda armiya zobiti N. Muravyov rahbarligida maxsus
ekspeditsiya ham yuborgan.Podsho Rossiyasining tajovuzkorligi 1822-yilda O‘rta
juz, 1824-yilda esa Kichik juz xonliklarida xonlik hokimiyatini tugatib, ularing
Rossiyaga bo‘ysundirilganida yaqqol ko‘rildi. Endi podsho Rossiyasi chegarasi
bevosita Xiva xonligi chegarasiga yaqinlashib qoldi. Bunday sharoitda Xiva
xonligi qozoq cho‘Banning ikki davlat o‘rtasida bir-birini ajratib turuvchi hudud
bo‘lib qolishi uchun harakat qildi. Biroq, podsho Rossiyasi buni istamadi.
Oqibatda, ikki davlat o‘rtasidagi munosabat keskinlasha bordi.
19
II bob. Xiva xonligida Qo‘ng‘irotlar sulolasi hukmronligining
o‘rnatilishi. Madaniy hayot
2.1. Xiva xonligida Qo‘ng‘irotlar sulolasi hukmronligining o‘rnatilishi
Xonlikning aniq chegaralari haqida ma’lumotlar saqlanmagan. Chunki
xonlik paydo bo‘lgan dastlabki davrlardan boshlab siyosiy vaziyat va harbiy
harakatlarga qarab davlat chegaralari doimiy ravishda o‘zgarib turgan. XIX asrga
kelib xonlik tarkibiga turkman, qozoq, qoraqalpoq va boshqa xalqlarning
qo‘shilishi natijasida davlat sarhadlari ancha kengaydi. Manbalarga ko‘ra,
Eltuzarxon (1804-1806 yy.) davrida xonlikning xududi uncha katta bo‘lmasdan,
shimoliy chegarasi Orol-Qo‘ng‘irot hokimligi, janubiy chegarasi esa Darg‘onota
bilan chegaradosh bo‘lgan. XIX asr o‘rtalariga oid rus manbalarida xonlikning
g‘arbiy chegarasi Kaspiy dengizigacha, janubda esa Marv vodiysi orqali Eronga
tutashib ketganligi, shimolda esa Ural daryosigacha cho‘zilganligi qayd etilgan.
Xiva xonligi ma’muriy jihatdan XVI-XVIII asrlarda viloyatlarga bo‘lingan
bo‘lsa, XVIII asr oxiri – XIX asr boshlaridan boshlab davlatdagi asosiy ma’muriy
hududlar beklik deb atalgan. Manbalarga ko‘ra, bu davrda xonlikda 16ta beklik va
2ta noiblik mavjud edi. Ular Xazorasp, Gurlan, Xonqa, Kuhna Urganch,
Qo‘shko‘prik, Pitnak, Qiyot, Shobboz (Shohabboz), Shovot, Toshhovuz,
Ambarmanak, Urganch, Xo‘jayli, Shumanay va Qo‘ng‘irot bekliklari hamda
Beshariq va Qiyot-Qo‘ng‘irot noibliklaridir. Ularni xon tomonidan tayinlangan
beklar va noiblar boshqarganlar. Xiva shahri boshqaruvi xon va bosh vazir
ixtiyorida bo‘lgan. Xonlikning poytaxti turli davrlarda Vazir, Kat, Ko‘hna
Urganch, Xiva shaharlari bo‘lgan.
Muhammadxon Rahimxon I (1806-1825 yy.) xonlikning ma’muriy
boshqaruv tizimini tubdan o‘zgartirdi. Bekliklarning markaziy hokimiyatga
bo‘ysunmasligini hisobga olib, Muhammadxon Rahimxon I xonlik hududida
kentlarga ajralishni bekor qildi va manbalarga ko‘ra, xonlikda avval 15ta hamda
keyinroq yana 11ta hokimlik tashkil etdi. Bular quyidagilar edi: Xazorasp, Ostona,
Urganch, Kat, Toshhovuz, Qo‘shko‘prik, Oqdarband, Gurlan, Ko‘k qashqa,
20
Qo‘ng‘irot, Ko‘hna Urganch, Ilonli, Taxta, Xonqa, Shobboz, Manoq, G‘oziobod,
Shayx, Mang‘it, Xo‘jayli, Shumanay, To‘rchi, Oqtepa, Qorag‘on, Xitoy.
Hokimliklar o‘z navbatida masjid-qavmlarga bo‘lingan. Manbalar xonlikda jami
1537ta masjid-qavmlar bo‘lganligi haqida ma’lumot beradi. Viloyat hokimlari xon
tomonidan, masjid-qavmlarning qozi va oqsoqollari esa viloyat hokimlari
tomonidan tayinlangan.
Shunday qilib, Xiva xonligi ma’muriy jihatdan hozirgi Xorazm viloyati,
Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Qozog‘iston va Turkmaniston Respublikalarining
bir qismini o‘z ichiga olgan davlat edi.
Xiva xonligining o‘troq dehqonchilik vohalarida asosan o‘zbeklar yashab,
ular davlatdagi aholining katta ko‘pchiligini tashkil etganlar. Xonlikda shuningdek,
turkmanlar, qozoqlar, qoraqalpoqlar, kam miqdorda tojiklar, yahudiylar, hindlar,
eroniylar, ruslar, armanlar, nemislar ham yashaganlar. Xiva xonligidagi aholining
umumiy soni haqida ma’lumotlar deyarli yo‘q. Arxiv hujjatlari va rus
sayyohlarining ma’lumotlari bu masalaga qisman aniqlik kiritadi. Xususan, XIX
asrning birinchi choragiga oid ma’lumotlarda xonlik aholisi 300 ming, shu asrning
40-yillariga oid ma’lumotlarda 300 mingga yaqin, so‘nggi choragiga oid
manbalarda 700 mingga yaqin deb berilsa, arxiv manbalarini chuqur o‘rgangan
olim M. Yo‘ldoshev XIX asr o‘rtalarida xonlikda 800 mingga yaqin odam
istoqomat qilganligi qilganligi haqida ma’lumot beradi.
XIX asrning o‘rtalariga kelib xonlikda shahar hayotining rivojlanishi
natijasida shahar aholisining soni ko‘payib bordi. Xiva, Xazorasp, Xonqa,
Urganch, Qo‘ng‘irot, Ko‘hna Urganch kabi shaharlarda rus sayyohlari bergan
ma’lumotlarga ko‘ra, 2 mingdan 5 minggacha xonadon yashagan. Xonlik poytaxti
Xiva shahrida 21 mingdan ortiq aholi yashagan.
XVII asrda Xivada muayyan bir sulola hukmdor emas edi. Chingiziylar
sulolasiga mansub ba’zi shaxslar Xivaga chaqirilib xonlik taxtiga ko‘tarilgan
bo‘lsa-da, amalda hokimiyat qo‘ng‘irot sulolasidan bo‘lgan inoq qo‘lida bo‘lgan.
1804 yildan boshlab faqat Qo‘ng‘irotlar sulolasi vakillari Xivada xon bo‘lganlar.
21
Xiva xonligida unvon va mansablarni saroy, harbiy va diniy unvon hamda va
amallarga bo‘lish mumkin. Tadqiqotchilarning fikricha (Sh. Vohidov) bu tasnif sof
nazariy bo‘lib, aslida xonlik davrida muayyan unvon va mansablar sohalar
bo‘yicha berilmagan. O‘sha vaqtda amaldor va unvon egasi ko‘pincha xonga
nisbatan shaxsiy sadoqati, qavmi yaqinligidan bir mansabdan boshqa mansabga
o‘tib, unvonlar sohibiga aylangan. Xonlikda eng oliy unvon xon bo‘lib, u
ma’muriy, siyosiy va harbiy vakolatlarga ega bo‘lgan.
Xiva xonligi davlat tizimida Buxoro amirligi va Qo‘qon xonligidan farqli
o‘laroq, xon huzurida Oliy Kengash amal qilgan. Ma’lumotlarga ko‘ra, bu Oliy
Kengashni Muhammad Rahimxon I “o‘z hokimiyatini mustahkamlash uchun ilgari
inoq va otaliqlar boshliq bo‘lgan urug‘ oqsoqollari kengashi o‘rniga ta’sis etgan
edi. Bu Oliy Kengashga turli da’vo va jinoiy ishlarni ko‘rish va qaror chiqarish
huquqini berdi.” Bu Kengashning vakolati chegaralangan bo‘lib, maslahat
beruvchi organga o‘xshar, uning a’zolari eng yuqori mansab va unvondagi
amaldorlar bo‘lgan. Kengash majlisida boshqa amaldorlarga qaraganda qo‘proq
inoq, shayx ul-islom, devonbegi va yasuvulboshi hal etuvchi ovozga ega
bo‘lganlar. Kengash majlislari masalaning muhimligiga qarab, xon tomonidan
chaqirilar edi. Oliy Kengash oqsoqollardan, ya’ni, ma’lum mansab va unvon
egalaridan, chunonchi, naqib, shayx ul-islom, mutavvalli, mirob, qozi, farmonchi,
darg‘a, shig‘ovul, dasturxonchi, arbob, miroxo‘r kabilardan iborat edi. Shuningdek,
xonning qarindosh urug‘laridan bo‘lgan beklar, otaliq, inoq va biylar ham bu
kengashga kirganlar.
Bu
tor
doiradagi
Kengash
garchi
davlat
tashkiloti
sifatida
rasmiylashtirilmagan bo‘lsa-da, uning qarori xonning qaroridek ko‘rsatilsa-da,
amalda yuqori qonun chiqaruvchi ma’muriy va sud hokimiyati edi. Kengash
xonlikning ichki ishlariga doir hamma masalalar bo‘yicha qaror qabul qilar va
xonlikning boshqa davlatlar bilan bo‘lgan tashqi munosabalariga doir
muammolarni hal etar edi. Garchi Kengash davlatning turli-tuman ichki va tashqi
ishlarini muhokama qila olsa-da, muhokama qilingan masalalar bo‘yicha qaror
chiqarish avvalo xonning xohish – irodasiga bog‘liq bo‘lgan.
22
Unvonlar orasida eng kattasi inoq edi. Odatda inoqlar eng qudratli o‘zbek
urug‘laridan tayinlangan hamda hamda ular xonning eng yaqin maslahatchilari
bo‘lgan. Inoqlar yirik amaldor, ya’ni urug‘ boshlig‘i hisoblangan. Abulg‘ozixon
tantanali marosimlarda o‘tirish uchun inoqlarga o‘z yonidan to‘rtta joy ajratgan.
Inoqlar biy, sulton, mingboshi kabi unvonlarni ham olganlar. XX asr boshlariga
kelib inoqlar bek martabasiga tushib, oliy saroy amaldorlaridan ma’muriy mansab
egalariga aylanadilar.
To‘liq ismi Muhammad Rahimxon ibn Avaz inoq ibn Muhammad Amin
inoq. Akasi Eltuzarxon vafotidan keyin taxtga o‘tirgan (1806-yil). Muhammad
Rahimxon I Xiva xonligini birlashtirishda ijobiy natijalarga erishgan; bir qancha
siyosiy, iqtisodiy, mamuriy islohotlar o‘tkazgan. Xon saroyi qoshida doimiy
faoliyat ko‘rsatuvchi Kengash (Devon) tasis etilgan. Muhammad Rahimxon I
mamlakatni kengaytirish uchun turkman – chovdurlar ustiga yurish qilgan (1808-
1809-yillar). , turkmanlami bo‘ysundirish masalasi yetakchi o‘ringa chiqdi.
Turkmanlaming turli qabilalari qanchalik qattiq qarshilik ko‘rsatmasinlar, birin-
ketin bo‘ysundirib borildi.Bo‘ysunishni istamagan yovmut qabilasi Xurosonga
ko‘chib ketdi. Biroq Eron hukumatining tazyiqi ostida hamda yaylov maydoni
yo‘qligi uchun yana Xiva xonligi hududiga qaytib keldi. Endi ular Xiva xoni
tomonidan ajratib berilgan hududga joylashishga majbur bo‘ldilar. Shu davrdan
boshlab, yovmut qabilasining taqdiri Xiva xonligi bilan uzil-kesil bog‘lanib, xonlik
fuqarolari
tarkibiga
olindi.
Ularga
ham
soliq
to‘lash
belgilandi.
Shuningdek, xon qo‘shiniga belgilangan miqdorda navkar yuborish majburiyati
ham yuklandi. Uzoq davom etgan urushlar va yillab sarson-sargardonlikda yurish
yovmutlarni qishloq xo‘jaligidan ancha uzoqlashtirib qo‘ygan edi. Shu tufayli ular
xon qo‘shinida sidqidildan xizmat qildilar. Ulardan o‘z zamonining eng jangovar
otliq harbiy qismi tuzilganligi ham bejiz bo‘lmagan. o‘zbeklar va turkmanlardan
tuzilgan „xon navkarlari“ deb atalgan muntazam qo‘shinga tayanib yirik
23
zodagonlar qarshiligini sindirish uchun shiddatli kurashda o‘z raqiblarini birin-
ketin bo‘ysundira bordi9.
Temuriylar tasarrufida boʻlgan Xorazm hududini Shayboniyxon 1505 yilda
bosib olgan. Shayboniyxon vafoti (1510-yil) dan keyin Xorazm Eron safaviylari
qoʻl ostiga oʻtdi. Ularga qarshi xalq qoʻzgʻoloni boʻlib, unga Vazir qalʼasi qozisi
Umar va Baqirgʻon qishlogʻidan mulla Sayd Hisomiddin boshchilik qildi. Ikki yil
davom etgan kurashlar natijasida eroniylar mamlakatdan quvib chiqarilgan va
xorazmliklar taklifi bilan 1511-yilda Vazir shahrini egallagan shayboniylardan
Elbarsxon Xorazm hukmdori deb tan olingan. 1512-yilga kelib xonlik hokimiyati
koʻchmanchi oʻzbeklarning boshqa urugʻi (shajarasi) rahbari Ilbarsxon qoʻliga
oʻtadi. Shu vaqtdan boshlab Xiva xonligi yuzaga keladi, uning poytaxti turli
yillarda Vazir, Koʻhna Urganch va Xiva shaharlari boʻlgan10.
Muhammad Rahimxon I davrida Dashti Qipchoq, Xuroson Xiva xonligiga
soliq to‘lab turgan. Xonlik hududi janubda Xuroson, Shimolda Orol dengizi va
Sirdaryoning quyi oqimidagi yerlar, sharqda Buxoro amirligiga tutash hududlar,
g‘arbda Kaspiy dengizi qirg‘oqlarigacha bo‘lgan yerlarni o‘z ichiga olgan.
Muhammad Rahimxon I o‘zi qurdirgan Pahlavon Mahmud maqbarasidagi katta
xonaqohning to‘riga dafn etilgan11.
Temuriylardan Sulton Xusayn mulkiga kirgan Xorazm yerlariga 1505-yilda
Shayboniyxon qo‘l ostiga o‘tadi. Ammo 1512-yildgi shayboniylar ta‘siridan xoli
bo‘lgan boshqa o‘zbek xoni Elbarsxon Xiva xonligiga asos soldi. Bu xonlik yerlari
Xorazmdan tashqari Mang‘ishloq, Dehiston, Uzboy va shimoliy Xurosonni o‘z
ichig olgan. Sho‘davrdan boshlab to XIX asrning ikkinchi yarmigacha Xiv va
Buxoro xonliklari, Eron podshohligi, qozoq, qoraqalpoq va turkman beklari
orasida taxt va mulk talashish natijasida o‘zaro urushlar bo‘lib o‘tdi. Shuningdek,
Angliyaning Eron, Afg‘oniston va O‘rta Osiyo bozorlariga egalik qilayotganligi va
turli xil nizolarni kuzatib turgan Rus imperiyasi 1717—1873 yillar orasida Xiva
9 Худойназаров Ҳ. Абулғози Баҳодирхон тарихчи ва адиб. –Т.: Ўзбекистон, 1994. – б.218.
10 B.J. Eshov, A.A.Odilov. O‘zbekiston tarixi. Toshkent, 2014. – b.172.
11 A.S.Sagdullayev. O‘zbekiston tarixi. VneshinVestprom. Toshkent. 2019. – b.219.
24
xonligiga qarshi yurish qildi. Nihoyat Xiva xonligi Rus imperiyasi vassaliga
aylantirilib, Amudaryoning o‘ng sohilidagi yerlar Rossiyaga qaram bo‘lib qoldi.
Avval boshda O‘rta Osiyo bilan uzviy savdo-sotiq aloqalarini amalga oshirib
turgan Oltin O‘rda xonligi va uning tasarrufidagi yerlarning Rossiya imperiyasi
tomonidan bosib olinishi siyosiy hayotga ta‘sir ko‘rsatib, savdo va karvon
yo‘llarining o‘zgarishiga olib keldi.
Daryolik kanali qarovsiz qolib Urganch (hozirgi ko‘hna Urganch) va Vazir
shaharlari suvsizlikdan va siyosiy-iqtisodiy tanazzul oqibagida janubga tomon
ko‘chib o‘tishadi12. Shundan so‘ng Xiva xonligining poytaxti shu paytda Yangi
Urganch deb nomlangan hozirgi Urganchga va keyinroq (XVII asrda) Xiva
shahriga ko‘chirildi. Xiva, Urganch, Hazorasp, Xo‘jayli, Toshhovuz, Gurlan,
Xonqa va Mang‘it shaharlari savdo va hunarmandchilik markazlariga aylanadi.
Shohob, Yarmanu, G‘azovat, Polvonyob, Lavdan va boshqa bir necha kanallar
qazilib, suv chiqariladi. Obodonchilik ishlari rivojlan-tirilib, me‘morchilik va
shahar qurilishi ishlari ham yangi pog‘onaga ko‘tariladi. Xiva xonligi
me‘morchiligi xususida gap ketar ekan, Qadimgi Xorazmning ilk madaniy
taraqqiyot markaz-laridan biri ekanligini alohida ta‘kidlash lozim. U yerda shahar
madaniyati juda qadim zamonlardan boshlab shakllangan bo‘lib qang‘li (miloddan
oldingi VI asrdan boshlab) madaniyati davri shaharlari xarobalari arxeologik
qazilmalar olib borilishi sa-babli topilgan. Xonqa va Xiva shaharlari ming yillik
madaniy-tarixiy taraqqiyotning guvohi bo‘lsa, Xazorasp shahri 2,5 ming yillik
tarixni bag‘rida saqlab turibdi.
Yangi Urganch, Yangi Qiyot va Shohobod shaharlari esa XVII asrda
Abdulg‘ozixon va Anushaxon-lar amri bilan bunyod etilgan. Yangi Urganch shahri
tarixchi va sayyohlar ta‘rifida tijorat markazi sifatida sharhlanadi. Bu yerga
Rossiya, Eron, Afg‘oniston va boshqa mamlakatlardan ko‘plab savdogarlar oqib
kela boshladi, asta sekin paxtani qayta ishlovchi sanoat korxonalari paydo bo‘la
boshladi. 1645-1646 yillarda Abulg‘ozixon asos solgan bu shaharda XIX asr
oxirida 15 masjid, bir qancha karvonsaroylar va boshqa ma‘muriy-ijtimoiy
12 Бартолд В.В. Отчѐт о поездки в Средню Азию с научную целю. 1893-1894. Соч. Том. 4. 1966. – 317.c.
25
imoratlar qurilgan. Shaharni o‘rab turgan devorlar XX asr boshlariga kelib
qarovsizlikdan vayrona holatiga kelib, hozirda saqlanmagan13.
Asfandiyor I (1623—1642 yillar) va Abulg‘ozixon hukmronligi (1642—
1667 yillar) davrida xonlik poytaxti Xivaga ko‘chiriladi. Afsonalar Xiva
shahrining paydo bo‘lishini Nuh payg‘ambarning o‘g‘li Som nomi bilan bog‘laydi.
Jumladan Matrizo Qushbegi elatidagi "heyvaq" qudug‘ini qazilishini uning nomi
bilan bog‘- lashadi. X asr tarixchisi Maqdisiy bu shaharni Gurganj va Marv
shaharlari orasidagi asosiylari, ya‘ni karvon yo‘li o‘tgan shaharlar sirasiga kiritadi.
Arxeologik tadqiqotlar natijasi ham Xiva shahri aynan X asrdan kech bo‘lmagan
davrda paydo bo‘lganligini ko‘rsatadi. Ammo, XSh-X1U asrlarda barpo etilgan
obidalardan faqatgina Sayid Olovuddin maqbarasigina saqlanib qolgan .
Shuningdek, X-XI asrga oid obidalar ustida olib borilgan arxeologiya qazilmalari
dalillari Ichon-qal‘a hududidan topilib turadi va Juma masjidining ba‘zi ustunlari
ham shu davrga xosdir. Ko‘hna Ark xarobalari ham shu davrga xos degan fikrlar
mavjud. Ehtimol shahar X-X1U asrlarda unchalik katta bo‘lmasdan hozirgi Ark
hududini (balki "xeyvaq" qudug‘i bilan birga) egallagan bo‘lsa kerak. Polvon
darvoza, Oq masjid va Uch avliyo maqbarasi binolari o‘rni XV-XVII asrda
shaharning ancha seravj qismi hisoblangan. Sayid Olovuddin va Pahlavon
Mahmud maqbaralari XIV asrda shahar chekkasidagi qabristonda vujudga kelgan.
1740-yilda tpaharni Eron shohi vayronaga aylantiradi.
XVIII asr oxirida qo‘ng‘irot urug‘idan hisoblangan inoqlar hokimiyat
tepasiga kelgach, shahar hayoti va umuman Xiva xonligida tiklanish yuzaga keladi.
XIX asrda Xiva bizgacha yetib kelgan hozirgi ko‘rinishini kasb etadi. O‘rta Osiyo
shaharsozligiga xos bo‘lgan shaharlarning an‘anaviy uch bo‘lakdan tashkil topishi
Xiva tarhida ham namoyon bo‘ladi. Shaharning umumiy hududi rabod atrafini
o‘rab turuvchi devor bilan chegaralanadi. Bu maydon 2,5x1,5 km ni tashkil etib,
shahardan g‘arbga qarab cho‘zilgan. Shimoliy sharq tomoni ochiq qoldirilgan
tashqi devorida 10 darvoza bo‘lgan.
13 Qo‘ng‘irotlar sulolasi davrida xiva xonligining ijtimoiy-iqtisodiy hayot. Muhammad Rahimxon I davri
(azkurs.org)
26
Bular: Quyi (Xazorasp) darvoza, Bog‘ishamol (Yangiariq), Shayxlar,
Tozabog‘, Shohimardon, Toshoyoq, Gindimiyon, Gadoylar, Pshikinlik va Qo‘sh
darvozadir. Shaharning bu qismi Dishon (tashqari) qal‘a deb nomlanadi va uning
ichida shimoldan janubga va sharqdan g‘arbga ikki asosiy ko‘cha kesib o‘tgan
to‘rtburchakli, cho‘zinchoq tarzdagi ichki shahar — Ichon qal‘a mavjud. Shuning
natijasida Ichon qal‘ada Bog‘cha Darvoza, Tosh darvoza va Ota darvoza nomli
to‘rt darvoza mavjud. Ichon qal‘aning g‘arbiy qismida, Ota darvozadan kirilgach
chap tomonda anchagina joyni shahar Arki egallab turadi. Ota darvoza 1920-yilda
buzib tashlangan edi, 1980-yillar boshida qayta tiklandi. Bugungi kunda Ichon
qal‘aning to‘rttala darvozasi saqlangan holda Dishon qal‘aning ba‘zi darvozalari
saqlanmagan14.
Darvozaxonalarning aksariyati XIX asrning ikkinchi choragida paxsadan
tiklangan edi. Quyi (Xazorasp), Bog‘ishamol (Yangi ariq), Gindimiyon, Qo‘sh
dyrvozalar va Ichon qal‘adagi darvozalar pishiq g‘ishtdan qurilgan. Darvozalarning
ikki yon tomoni minorasimon qilib ishlangan darvozaxonali yo‘lakni tash-kil
etgan. Minora (yoki guldasta)lar ichida qorovulxona va uning yuqorisida nazorat
(kuzatuv) xonalari joylashgan. Bu yerdan tomga olib chiquvchi yo‘l bor. Tomdan
ko‘chaga qarata (Quyidarvoza, Bog‘cha darvoza va Qo‘sh darvoza) ochiq ravoqlar
qilingan. Uning ustida esa kungura shaklidagi tirgoh tom pardevorining izorasi
vazifa-sini bajargan. Darvozaxonalar to‘sinlar yoyi gumbazlar vositasida yopilgan.
Darvozalarning balandligi turlicha bo‘lib, asosan 10-15 metrni tashkil etardi.
Darvozalar ravoqlarining engi Quyi darvozada 6 metr, Tosh darvozada 4,8 metr,
Bog‘cha darvozada 4,3 metr va Qo‘sh darvozada 4,2 metr.
14 A.S.Sagdullayev. O‘zbekiston tarixi. VneshinVestprom. Toshkent. 2019. – b.223.