XIX ASR YARMIDAGI RUS MUSIQA MADANIYATI
Reja:
1. XIX asr yarmida Rossiyadagi siyosiy-ijtimoiy holat
2. Teatr musiqasi.
3. Evropa va rus romantizmi orasidagi farqlilik.
4. Rus romanslari lirikasining yuksalishi.
5. A.A. Alyabev hayoti va ijodi.
6. A.E. Varlamov hayoti va ijodi.
7. A.L. Gurilev hayoti va ijodi.
1- masalaning asosiy bayoni:
1. XIX asr yarmida Rossiyadagi siyosiy-ijtimoiy holat. XIX asr rus
musiqa madaniyati tarixida har tomonlama “gullab-yashnash” va rivojlanish davri
bo’ldi. Bu davr mobaynida rus xalqinig daho kompozitorlari M.I Glinka,
A.S.Dargomo’jskiy, A.P.Borodin, M.P.Musorgskiy, N.A Rimskiy–Korsakov, M.A
Balakirev, P.I.Chaykovskiy kabilar o’zlarinig jahon tarixida o’z o’rnini tutgan
musiqali san’at durdona asarlarini yaratishdi. Rus klassika musiqa madaniyatining
keyingi rivojlanish davrida A.K.Glazunov, A.K. Lyadov, S.I. Taneev, A.N Skryabin,
S.V.Raxmaninov kabi kompozitorlar ijodining asosiy davri XX asrga kelib taqaladi.
Rus musiqa madaniyatinig rivojlanishi va tan olinish jarayoni keskin va tez
odimladi.Bir paytning o’zida bu ijodiy rivojlanish oqimi turli xil yo’nalishlarda va turli
xil musiqali janrlarda yangi badiiy va musiqaning hali ochilmagan yangi qirralarini
topish maqsadidagi izlanishlar va musiqali tanqid,estetik( biror kishining san’atga
bo’lgan qarashlari) ifodaga ega bo’lgan musiqa asarlarini yaratish davri bo’ldi. XIX
asr yarmidagi rus musiqa madaniyati yutuqlarida undan oldingi davrlardagi musiqa
madaniyati va ijtimoiy-siyosiy holati ta’siri ifodalangan bo’lsada, baribir hayotning va
ijtimoiy-siyosatning o’zgarib turishi yaratilayotgan asarlarda o’z ifodasini talqin
etmay qolmaydi. Musiqa madaniyati, ya’ni yaratilayotgan asarlarda o’sha davrning
ijtimoiy-siyosiy holati, ya’ni o’sha davrdagi Rossiya va janubiy Evropadagi ijtimoiy-
siyosiy murakkab notinchliklar holati, hamda insoniyat ma’naviy dunyoqarashining
o’zgaruvchanligi musiqiy asarlarda ya’ni opera,kantata musiqali drama, romans kabi
musiqali shakllarda o’z ifodasini topadi. XVIII asr oxirlarida Frantsiyada bo’lib o’tgan
frantsuz revolyutsiyasining tanazzulga uchraganidan so’ng, hokimiyat tepasida
siyosatchi agressor Napoleon 1 Frantsiya imperatori deb e’lon qilindi. Napoleon
Bonapartning siyosiy strategiyasi ko’plab Evropa xalqlarini iqtisodiy va ma’naviy
tomondan qiyinchiliklarga olib keldi. Napoleonning Rossiyaga qilgan harbiy yurishi
tanazzulga yuz tutdi.1812-yilda Rossiya zaminini butun rus xalqi himoya qildi. Bu
urushdan so’ng Rossiyada ahvol yaxshilanmadi,dvoryan (katta mansabga ega bo’lgan
amaldorlar) va krestyan( oddiy xalq) lar orasida noroziliklar kelib chiqa boshladi.
Aynan mana shu munosabatlar dekabristlar qo’zg’oloni harakatiga sabab bo’ldi.1825-
yilda dekabristlar hokimiyat tomonidan ayovsiz tor-mor qilindilar.Rus san’ati tarixida
A.S. Pushkinning ijodiyoti mana shu dekabristlar qo’zg’oloni davriga to’g’ri keladi.
Dekabristlar qo’zg’oloni arafasida Pushkin o’zining birinchi xalq realistik tragediyasi
“Boris Godunov”asarini yaratadi.
2. Teatr musiqasi. Musiqa olamida ham o’ziga yarasha ildam keskin o’zgarishlar
tus oldi. Teatr janrida ilk ertak-operalari yaratildi.” Knyaz-nevidimka”(Ko’rinmas
knyaz) va ”Ilya – bogato’r»(Ilya bahodir), vatanparvarona opera “ Ivan Susanin”lar
shular jumlasidandir. Rus musiqa san’atiga A.N Verstovskiy, A.A Alyabev. A.E
Varlamov. A.L. Gurilev kabi kompozitorlar ulkan o’z hissalarini qo’shdilar. A.A
Alyabevning yirik shakldagi kontsert uvertyurasi, 1 qismli simfoniyalari rus musiqa
san’atida o’z ahamiyatini kasb etadi. A.L. Gurilev turli xil janr avtorlari sifatida ancha
musiqa asarlarini yaratgan. 1820 –yillarda Mixail Ivanovich Glinka o’z ijodiyotini
boshlaydi. Bu davr yillarini Glinka davri deb atasa ham bo’ladi.Glinka rus musiqa
madaniyatini yangi rivojlanish pog’onasiga olib chiqdi. Glinka nafaqat rus klassika
operasi va rus klassika romanslari yaratuvchisi sifatida, balki rus klassika simfonizmi
asosiga ham o’z hissasini qo’shgan.Glinka ijodiyotining boshqalardan ajralib turishi
uning dunyoga chuqur nazar bilan qarashi va o’z davriga chuqur aloqadorligi va o’z
xalqiga muxabbat bilan qarashi bilandir. 1830- yillarga kelib rus musiqa olamida yangi
ism Dargomo’jskiy kompozitori o’z ijodiyotini yuritadi.
3. Evropa va rus romantizmi orasidagi farqlilik. XIX asr boshlarida Rossiyada
butun Evropa mamlakatlarini qiziqtirib qo’ygan yangi okim rivojlanishi ya’ni –
Romantizm yo’nalishi paydo bo’ladi. Romantizm oqimida inson shaxsining
erkinlikka, ozodlikka intilishi,insoniyatning bu hayotda iqtisodiy va ma’naviy
tomondan barkamollikka etishishi ideologiyalari o’z aksini topgan. Romantizm
yo’nalishida ijod qilgan kompozitorlar , yozuvchilar,shoirlar ya’ni romantiklar xalqni
o’z hayotiga bo’lgan tarixiga , xalq qo’shiqlariga, afsona va milliy ma’naviy
qadriyatlariga bo’lgan qiziqishga, muxabbatga undashgan. Romantizm davri Glinka,
Alyabev ijodiyotining romanslarida, Verstovskiyning operalarida, Varlamovning
jo’shqin lirikalarida biz oddiy xalqning yashash tarzi, turli xil qaxramonlar
timsolini,insoniyatning ichki his-tuyg’ularini aks etilishini jonli ko’z o’ngimizda
gavdalanishini his etamiz. Rus musiqa madaniyatida yozuvchi va shoir Aleksandr
Sergeevich Pushkinning tutgan o’rni katta ahamiyatga ega.Glinkaning xalq-
qaxramonlik tarixiy dramasi “ Ivan Susanin”operasining drama matnini Pushkin
yaratgan.Pushkin yaratgan she’riyat ijodi rus klassik romanslarining asosiy negizi
bo’lib qoldi. Pushkin asarlari asosida yaratilgan “ Ruslan va Lyudmila”,” Rusalka”
operalari shular jumlasidandir.
Rus romantizmi oqimida va ijodiyotidagi yaratilgan yirik asarlarga nafaqat rus
musiqalari, balki ukraina,janubiy g’arbiy Evropa musiqalari sho’x, o’yinbop, ritmlar,
rechitativ ohanglar, nemets, frantsuz, italiya musiqalari ustamonlik bilan
kompozitorlar tomonidan kiritilgan. Turli xil musiqalarning yirik bir asarda
mujassamlanishi asarni ya’nada qiziqarli tarzda boyitadi. Romantizm ballada
ko’rinishida ham yaratila boshladi. Verstovskiy, Alyabev, Varlamovlarning ajoyib
balladalari yaratildi. Balladalar bo’sh shakllda yaratilgan bo’lib, orasida dramatik
monologlar uchraydi. Asosan Vertovskiy ballada-romans janrida ijod qilgan. Uning “
Chyornaya shal” ( Qora harir mato), Pushkin so’zlariga yozilgan balladasi juda
mashhur.“Bedno’y pevets”( Bechora hofiz) balladasi, so’zlari Jukovskiyniki. XIX
asrning birinchi yarmida xalq musiqa ohanglariga talqin qilingan janr “ rus
qo’shiqlari” janri ijodiyoti keng tarqala boshladi.
4. Rus romanslari lirikasining yuksalishi. Alyabev, Gurilev, Varlamov singari
kompozitorlar asosan mana shu rus qo’shiqlari janrida ijod qilishgan. Ularning romans
qo’shiqlari mazmunan boy va musiqa tomonidan juda go’zaldir. Asosan romantizm
oqimida ijod qilayotgan kompozitorlarning asarlari Pushkin she’riyati bilan uzviy
bog’liq. Pushkin so’zlariga bitilgan “Pogaslo dnevnoe svetilo”( Kunning yoritgichi
so’ndi) Genishtning elegiyasi, Barato’nskiy so’zlariga yozilgan “ Ne iskushay” (“
Vasvasaga tushma”) nomli Glinkaning balladasi juda mashhur. Asosan rus
romantizmi vokal xonandalik ijodiyoti asarlari rus xalqining oddiy turmush tarzi,
dasturxon atrofida kuylanadigan xalq qo’shiqlari, o’rmon sayllarida, gulxan atrofida
kuylanadigan qo’shiqlar, vatanparvarona-qahramonlik xarakteriga ega bo’lgan
qo’shiqlar va shu bilan birga sevgi-muxabbat ,insonning ichki hissiyotlari ifoda topgan
xarakterli, turli xil ko’rinish va timsollarni o’z ichiga olgan.
5. A.A Alyabev ( 1787-1851)
Aleksandr Aleksandrovich Alyabev Tobolsk shahrida dunyoga keldi.
Ko’pchilik zamondoshlari singari dvoryan (oqsuyak, zodagon) oilasida tug’ilgan.
Shuning uchun ham yoshligidan har taraflama a’lo ta’lim yo’nalishini o’zlashtirgan.
Uni yoshligidan ijodiy qobiliyatlari namoyon bo’la boshladi. 1812- yilda Alyabev o’z
xohishi bilan gusar polkiga qabul qilindi. Ko’pgina urushlarda qatnashib, yaralanib,
harbiy xizmatlari uchun ordenlar bilan mukofotlangan. 1823-yildan boshlab
Moskvada yashagan. Verstovskiy va Sholts bilan “Torjestvo muz” (“Ilhom parisi
tantanasi”) prologiga musiqa yaratadi. 1825- yilda qotillik sodir etganlikda ayblanib,
dvoryanlik nomi va barcha haq-huquqlaridan ayrilib, Sibirga surgun qilinadi. Bunday
keskin hukmning sababi uning dekabristlar bilan yaqinligida edi. 1828- yilda Alyabev
Tobolsk shahriga jo’natildi. Bu erda u dirijyor va pianinochi sozanda sifatida xor
jamoasi va simfonik orkestriga rahbarlik qila boshladi.Salomatligiga ancha putur
etgan bo’lsa-da, o’z ijodiyotini to’xtatmadi.U bilan birga rus romanslari mavzulariga
vatanparvarlik, erksevarlik xarakteri kirib keldi. Uning uchun dekabristlar shoiri
Griboedov, Dargomijskiylarning munosabati juda muhim edi. Alyabev kamer-
instrumental musiqasiga ham o’z hissasini qo’shgan. U tomonidan uch torli kvartet,
ikkita fortepiano triosi, fortepiano kvintet, kvartet, pesalar va dramatik spektakllar
uchun yozilgan turli xil variatsiya turkumlari, “Lunnaya noch ili Domovo’e» (“Oydin
kecha va uy ajinalari”), «Burya» (“Bo’ron”), “Edvin va Oskar”, «Ro’bak i Rusalka»
(“Baliqchi va suv parisi”) operalari yaratilgan. Alyabev o’zining zamondoshlari
Glinka va Dargomijskiy ijodini kuzatib, o’z asarlarida ularning uslubiga tayangan
holda ijod qilgan. Kompozitor ijodining asosiy o’rnini rus qo’shiqlari va romans
monologlari egallaydi. U Pushkin so’zlariga yozilgan ko’pgina romanslarni yaratgan
ilk kompozitorlardan biri hisoblanadi. «Ya vas lyubil» (“Men sizni sevardim”),
«Probujdenie» (“Uyg’onish”), «Zimnyaya doroga» (“Qishki yo’l”) shular
sirasidandir. Romans monologlarida asosiy o’rinni yolg’izlik, quvg’inlik, og’ir
darbadarlik mavzulari egallaydi.
40-yillarda
yaratilgan
asarlarida
kompozitor
jamiyatga
ahamiyatli
syujetlarga o’z e’tiborini qaratadi. “Kabak” (Qovoqxona), «Izba» (“Kulba”),
«Derevenskiy storoj» (“Qishloq qorovuli”), «Nihaya» (“Faqir ayol”) asarlarida
mazlumlar timsoli ko’rsatilgan.
6. Varlamov A.E.(1801-1848)
Aleksandr Egorovich Varlamov rus kompozitori xonanda, vokalist pedagog va
dirijyordir. Muzika ta’limotini Peterburg saroy qoshidagi kapella direktori
D.S.Bortnyanskiy sinfida olgan. 1819-yilda Gollandiyadagi rus xonandalik
kapellasiga o’qituvchilik lavozimiga ishga qabul qilindi. Bu erda uning xor dirijeri,
kamer xonandasi va gitaristlik faoliyati boshlandi. 1823-yilda Peterburgga qaytdi va
teatr maktabida xonandalik sinfi bo’yicha o’qituvchilik qildi. 1843-yilda “Muzika
kompozitorlari” unvoniga sazovor bo’lib, imperatorlar teatri kapelmeysteri
yordamchisi bo’lib faoliyat yurgizdi. 1833-yilda “Xonandalik to’liq maktabi” vokal
pedagogikasiga bag’ishlangan rus qo’shiqlari va romanslari uslubiy to’plamini
chiqardi. Rus musiqa tarixida Varlamov, romanslar masteri (ustasi) sifatida o’rin
olgan.Uning romanslarida rus xalq qo’shiqlari timsolini, tizimini, ohangdorlik
afzalliklarini ko’rishimiz mumkin. Vokal san’atini mukammal bilishi kompozitorga
ajoyib ohangdorlikka ega bo’lgan romanslarni yaratishda qo’l keldi. Varlamov
romanslari asosan tso’gan (lo’li) kuy qo’shiqlari motiviga asoslanib yozilgan.
Varlamov M.Yu.Lermontov, A.N Pleheev, A. A. Koltsov she’rlariga 200 dan ortiq
romanslar va qo’shiqlar yozgan. Varlamovning rus qo’shiqari 2 ta janrga bo’linadi.
Lirik va tez sur’atdagi sho’x qo’shiqlar. Uning “ Ax to’ vremya vremechko”( Ex
zamonam, zamonaginam), “Chto to’ rano travushka” ( Nega erta, maysajon? )
qo’shiqlari lirikb mayin xarakterdadir. 2 ta sho’x tez sur’atdagi janrga “ Vdol po ulitse
metelitsa metet»( Ko’chaning narigi betida shamol esmoqda), “Solovem zaletno’m” (
Bulbul kabi) qo’shiqlari kiradi. Rus xalqi folklor jamoalari uning “ Na zare to’ eyo ne
budi” («Erta tongda uni uyg’otma»), To’ ne poy solovey «( Bulbuljon sen kuylama),
« Ne shey to’ mne matushka sarafan» ( Oyi, menga ko’ylak tikmang) qo’shiqlarini
hanuzgacha sevib ijro etishadi. Varlamovning “Odinochestvo” (Yolg’izlik) “,
«Gorno’e vershino’» ( Baland tog’lar) qo’shiqlari Glinkaning va Dargomijskiyning
elegiya lirikasiga yaqindir. Uning ayniqsa “ Beleet parus odinokiy “( Yolg’iz elkan
oqarmoqda) Lermontov so’zlariga yozilgan romansi juda mashhurdir. Uning eng
mashhur romanslari va asarlari: “Zabavo’ sultana ili Prodavets nevolnikov”, «Xitro’y
malchik lyudoed». Varlamov 200 dan ortiq vokal ansambllari, xor jamoalari, drama
spetakllariga yozilgan musiqa qo’shiq va romanslar muallifidir.
7. Gurilev A. L ( 1803-1858)
Aleksandr Lvovich Gurilev rus kompozitori, skripkachi, pianinochi va
pedagogdir. U Moskvada krepostnoy (dehqon) oddiy musiqachi oilasida tug’ildi.
Musiqa sirlarini otasidan o’rgandi. Yoshligidan oddiy krepostnoy (dehqon) orkestrida
skripka cholg’u asbobini chalishni o’rgandi. 1831-yilda krepostnoylik tabaqasidan
ozod etilib ,kompozitor sifatida pianinochi va pedagog sifatida shuxrat qozondi. Uning
hayoti davomida bo’lib o’tgan moddiy, og’ir qiyinchiliklar va og’ir ruhiy kasalligi uni
qiyin ahvolga solib qo’ygan bo’lsada, u anchagina san’at asarlarini yaratishga
muvaffaq bo’ldi. Uning fortepiano uchun yozilgan asarlari orasida biz Donitsetti
operasi”Lukretsiya Bordjia”, Glinka operasi “Ivan Susanin”, Alyabev romansi “
Solovey moy solovey”, Varlamovning “ Na zare eyo ne budi” asarlariga bag’ishlangan
kontsert fantaziyalarini ko’rishimiz mumkin. Rus xalq qo’shiqlari mavzusiga doir
variatsiyalar polonez ,2 ta vals ,5 ta mazurka boshqa ko’plab asarlari mavjud.
Gurilevning Yu. Lermontov, A.N Koltsov, .I Makarov, N.P Grekov she’rlariga
yozilgan romanslari bor. Ular “ Kolokolchik” (Qo’ng’iroq), “ Vetsya lastochka”(
Qaldirg’och uchmoqda)”, Matushka golubushka” ( Onam, onajonim), “ Grust
devushki” ( Go’zal qiz qayg’usi) romanslaridir. “ Vam ne ponyat moey pechali” (
Mening iztirobimni siz tushuna olmaysiz), “ Vnutrennyaya muzo’ka” (Ichki muzika),
« Razluka” (Ayriliq) romanslari lirik xarakterdagi eng ajoyib romanslardir.
Tayanch iboralari:
1.Romans.--- Bir ovoz uchun vokal asar. Romans turli mavzu xarakter va
tuzilishda bo’lishi mumkin: ko’proq lirik yoki lirik-dramatik bo’lib cholg’u
asboblari jo’rligida ijro etiladi.
2.Romantizm.---XVIII asr oxiri va XIX asr boshida, avval adabiyotda (
Germaniya, Buyuk, Britaniya, Evropa va Amerika mamlakatlarida) so’ngra musiqa
va san’atning boshqa vohalarida shakllangan badiiy oqim.
3. Musiqiy dramaturgiya.--- Musiqiy sahnaviy janr asarlarida ifodali vosita
sistemasi va dramatik harakat qo’llanilishining uyg’unligi. Musiqiy dramaturgiya
asosida: ziddiyatlilik, qarama-qarshi kuchlar kurashi, dramatik g’oyaning ochilishi,
rivojlov, avj kabi drama umumiy qonunlari yotadi.
4.Interpretator- Sharhlovchi, izohlovchi.
5. Kantilena – Muloyim va xushohang kuy .