XIX ASRDA QIYOSIY-TARIXIY TILSHUNOSLIKNING VUJUDGA KELISHI. VILGELM FON GUMBOLDT TA`LIMOTI
Yuklangan vaqt
2025-08-28
Yuklab olishlar soni
1
Sahifalar soni
16
Faytl hajmi
29,2 KB
XIX ASRDA QIYOSIY-TARIXIY TILSHUNOSLIKNING VUJUDGA
KELISHI. VILGELM FON GUMBOLDT TA`LIMOTI
RЕJA:
1. XIX asrda qiyosiy-tarixiy tilshunoslikning yuzaga kelishi.
2. Qiyosiy-tarixiy tilshunoslikning shakllanish davrlari.
3. F. Bopp, R. Rask, A.X. Vostokov, Ya. Grimm ta’limotlari.
4. Vilgelm fon Gumboldtning tarixiy-falsafiy qarashlari.
XIX asrda qiyosiy-tarixiy tilshunoslikning yuzaga kelishi
XVIII asrgacha til o`zgarmas hodisa deb hisoblangan. Aynan mana shu asrdan
boshlab tilga bunday qarash o`zgardi. XVIII asrning diqqatga sazovor eng katta
xizmati shunda bo`ldiki, u tilga o`zgaruvchan, rivojlanuvchan hodisa sifatida baho
berdi. Aniqrog`i, ushbu davrda Sharl de Bros, Jan-Jak Russo, Monboddo, Adam
Smit, Pristli, Gerder va boshqalar tillarning tarixiy taraqqiyoti g`oyasini qo`llab-
quvvatlardilar va uni rivojlantirdilar.
XIX asrning birinchi choragida til sohasidagi kuzatishlar va ular asosida kelib
chiqqan jiddiy fikrlar faktlarni yig`ish, ularga e`tibor berish g`oyasidan qiyosiy-
tarixiy g`oyaga-nuqtayi nazarga o`tishga o`tildi. Tilshunoslikka alohida fan sifatida
qarash g`oyasi ushbu nuqtayi nazarlarning o`zgarishiga sabab bo`ldi. Aslida tillar
o`rtasida o`xshashlik borligi XIX asrdan ancha oldin ayrim aniqlangan bo`lsa-da,
ammo uzoq vaqtlar davomida ushbu o`xshashlikning sabablari ilmiy jihatdan yoritib
berilmagan, asoslab berilmagan edi. XIX asrning boshlariga kelib, turli
mamlakatlardagi ayrim tilshunoslar deyarli bir vaqtda bir qancha tillar o`rtasidagi
sistematik o`xshashlikni faqatgina ularning qarindoshligi bilan - bir umumiy qadimiy
bobotildan kelib chiqqanligi bilan, keyinchalik esa har biri alohida, mustaqil
rivojlanganligi bilangina tushuntirish mumkin, degan xulosaga kelishdi.
Shuningdek, tillar o`rtasida o`xshashlik mavjudligi g`oyasining maydonga
kelishida fanga tarixiy yondashishning yuzaga kelishi til hodisalari tarixiylik nuqtayi
nazaridan izohlana boshlanganligi, tilshunoslikka romantizm g`oyalarining ta`siri,
ya`ni jonli tillarning o`tmishini o`rganishga undash g`oyasi hamda sanskrit (qadimgi
hind adabiy tili) bilan yaqindan tanishish kabilar tillar o`rtasidagi o`xshashlikni
ularning qarindoshligiga ko`ra izohlash mumkinligiga olib keldi.
Tillarni tarixiy jihatdan o‘rganish va qiyosiy-tarixiy tilshunoslikning
maydonga kelishida Bengaliyada xizmat qilgan ingliz sharqshunosi va huquqshunosi
Vilyam Jonsning (1746-1794) sanskrit tili bilan yunon va lotin tillari o‘rtasida
yaqinlik borligi haqidagi fikrlari, nemis olimi Fridrix Shlegel (1772-1829)
tomonidan yaratilgan “Hindlarning tili va donoligi” asari zamin bo‘lib xizmat
qildi. Ushbu asarda sanskrit tilining nafaqat lug‘at tarkibi jihatidan, balki grammatik
tuzilishi jihatidan ham lotin, grek, german va fors tillariga qarindosh ekanligi,
ularning bir umumiy asosdan kelib chiqqanligi qayd etilgan edi. Bu juda ko‘p jonli
va qadimiy tillarni tarixiy va qiyosiy jihatdan o‘rganilishiga va qiyosiy-tarixiy
metodning yaratilishiga, ayni paytda tilshunoslik fanining ham tarixiy, ham ilmiy-
tarixiy nuqtayi nazardan mustahkam asosga ega bo‘lishiga olib keldi.
Demak, tillarni qiyosiy nuqtayi nazardan tadqiq qilish, ularga tarixiylik
nuqtayi nazardan yondashish kabilar kamparativistika, ya`ni qiyosiy-tarixiy
tilshunoslikning maydonga kelishiga, tilshunoslikning alohida, mustaqil fan sifatida
qat’iy tan olinishiga zamin yaratdi. Ushbu jarayonda qiyosiy-tarixiy metodning
yaratilishi hal qiluvchi ahamiyatga ega bo`lib, qiyoslash tillarni o`rganishda usul,
vosita sifatida, tillarga tarixiylik nuqtayi nazaridan yondashish esa tadqiqotning
prinsipi (bosh g`oyasi, maqsadi) sifatida namoyon bo`ldi.
Ta’kidlash kerakki, qiyosiy-tarixiy metodning ochilishigina tilshunoslikning
fan sifatida tan olinishiga, boshqa fanlar qatoridan mustahkam o`rin egallashiga olib
keldi, chunki mana shu metodgina til haqidagi fanga chinakam, haqiqiy ilmiylik
g`oyasini berdi, ilmiylik ruhini kiritdi. Qiyosiy-tarixiy metodning yaratilishi bilan
tilshunoslik ham tarixiy, ham ilmiy-nazariy jihatdan mustahkam asosga ega bo`ldi.
Qiyosiy-tarixiy metod ilmiy-tekshirish usullarining muayyan sistemasi bo`lib,
o`z oldiga qarindosh tillarni qiyosiy o`rganish orqali, u yoki bu tilning tarixini,
undagi o`zgarishlarni, lisoniy hodisalarning mohiyatini, uning taraqqiyotidagi
qonuniyatlarni ko`rsatib berish, tushuntirib berish vazifasini o`rtaga qo`yadi.
Qiyosiy-tarixiy tilshunoslikning shakllanish davrlari
Qiyosiy-tarixiy tilshunoslikning shakllanish davri va qiyosiy-tarixiy
metodning yaratilishida Mahmud Koshg`ariy, Vilyam Djons, Fridrix Shlegel kabi
olimlarning xizmatlarini ham inkor qilib bo`lmaydi. Ular qiyosiy-tarixiy metodning
yaratilishiga juda yaqinlashishdi, aytish mumkinki, mustahkam zamin yaratib
berishdi. Ammo qiyosiy-tarixiy metodning yaratilishi asosan Frans Bopp, Rasmus
Rask, Yakob Grimm, Aleksandr Vostokov kabi olimlarning izlanishlari, xulosalari
nihoyatda katta bo`ldi. Ular ijodkor (novator) tilshunoslar sifatida maydonga
chiqdilar va komparativistikaning yuzaga kelishiga sabab bo`ldilar. Buning
boshlanish nuqtasi, qayd etilganidek, qadimgi hind tili – sanskrit bilan tanishish va
Yevropa tillarini ushbu til bilan qiyosiy o`rganishdan boshlanib, keyinchalik
tilshunoslikda turli ta`limotlarning yuzaga kelishiga olib keldi.
Umuman, XIX asr tilshunoslikda muhim o`zgarishlar, burilishlar yuz bergan
hamda tilga yangicha yondashishga turtki bergan, tilshunoslik fanining mustaqil fan
sifatida e`tirof etilishiga olib kelgan davr hisoblanadi. Ushbu davr tarixiy jihatdan
to`rt davrni o`z ichiga oladi:
1.Qiyosiy-tarixiy metodning yaratilishidan to yosh grammatikachilargacha
bo`lgan davr (XIX asrning birinchi choragi-1870).
2. Yosh grammatikachilar davri (1870-1890).
3. Yosh grammatikachilar davridan to F. de Sossyurning «Umumiy
tilshunoslik kursi» asari va xet yozma yodgorliklarini o`qib, mahnosini ochib
berishgacha bo`lgan davr (XIX asrning oxiri va XX asrning ikki o`n yilligi).
4. F. de Sossyur g`oyalaridan bizning davrimizgacha bo`lgan davr.
1. Qiyosiy-tarixiy metod yaratilishidan to yosh grammatiklar maktabigacha
bo‘lgan davr (XIX asrning 1-choragi).
2. Yosh grammatiklar maktabi davri (1870-1890).
3. Yosh grammatiklardan F. De Sossyurgacha bo‘lgan davr.
4. Sossyur ta’limotidan bugungi kungacha bo‘lgan davr.
Birinchi davrning o‘zi 2 bosqichdan iborat bo‘lib, 1-bosqichda qiyosiy-
tarixiy metod yaratilgan bo‘lsa, 2-bosqichda umumiy tilshunoslik faniga asos
solindi. Ushbu davr qiyosiy-tarixiy metodning yaratilishi, ochilishi va umumiy
tilshunoslik fanining asoslanishi bilan xarakterlanadi. XIX asrning ikkinchi o`n
yilligining o`rtalaridan to`rtinchi o`n yillikning oxirlarigacha bo`lgan vaqtni o`z
ichiga oladi.
XVII asr tilshunoslari ratsionistlarning “aql inson faoliyatida yetakchi rol
o‘ynaydi”, degan fikrini olib, uni tilga tadbiq qilganlar, ya’ni aqlga, mantiqqa
aloqador bo‘lgan qonuniyatlarni tilga nisbatan qo‘llaganlar. Shuning uchun Por-
Royal tadqiqotchilari tadqiqot ishlarini fransuz tilini tavsiflashdan boshlagan
bo‘lsalar ham, o‘z fikrlarini dalillashda grek, lotin, hatto qadimgi yahudiy tili
dalillariga ham murojaat qilganlar. XVII-XVIII asrlar davomida “ratsional” va
“universal” grammatikalarning bir necha variantlari yaratilgan bo‘lib, ular falsafiy,
mantiqiy grammatika deb ham yuritilgan. Ularning fikricha, gap mantig‘ida
universal grammatikaning falsafiy asosi bo‘lgan ratsionalizm mavjud (ratsionalizm
– aql).
Birinchi bosqich namoyandalari
(F. Bopp, R. Rask, A.X. Vostokov, Ya. Grimm ta’limotlari)
Frans Bopp
Frans Bopp (1781-1867) buyuk nemis tilshunosi-sanskrit mutaxassisi, Berlin
universiteti professori. U 1816-yilda «Sanskrit tilining tuslanish sistemasi va uni
grek, lotin, fors va german tillaridagi tuslanish sistemasiga qiyoslash» asarini yozdi.
F.Bopp qayd etilgan tillarda mavjud grammatik shakllarni-tuslanish
formalarini qiyoslash asosida ushbu tillar o`rtasidagi umumiylikni, o`xshashlikni
ochib berdi. U qiyoslash metodi bilan qiyoslanayotgan tillarning dastlabki holatini,
ko`rinishini tiklash mumkin, degan fikrni ilgari surdi. Shunga ko`ra 1816-yil to`liq
ma`noda qiyosiy-tarixiy tilshunoslikning tug`ilish-yaratilish yili deb e`tirof etiladi.
F.Boppning kashfiyoti, yangiligi nimada? Yuqorida aytilganidek, ko`pgina
olimlar V.Djons, Fr.Shlegel kabilar hind-Yevropa tillari bir bobotildan kelib
chiqqan, qarindosh tillar oilasini tashkil qiladi, degan fikrni aytishgan.
F.Boppning xizmati shundaki, u qarindosh tillarning materiallari asosida
sistemaga asoslangan, sistema xarakteridagi umumiy nazariyani qurib berdi. U
fe`llarning qo`shimchalarini qiyoslab, hayratlanarli darajaga keldi. Ya`ni, ma`lum
bo`ldiki, hind-Yevropa tillarida nafaqat alohida o`xshash hodisalar mavjud, balki
ushbu tillarda o`zaro o`xshashlikning, o`zaro muvofiqlikning butun bir sistemasi-
grammatik sistemalarning umumiyligi, o`xshashligi mavjudligi aniqlandi. F.Bopp
uchun tillar o`rtasidagi o`zaro muvofiqlik faqat vosita edi, xolos. Maqsad esa boshqa.
Ya`ni qiyoslanayotgan tillardagi grammatik shakllarning eng qadimiy, dastlabki
ko`rinishini-shaklini ochib berish jarayonida bir tilga xos hodisani boshqa til faktlari
yordamida yoritish, tushuntirish edi. Anig`i muayyan tilga oid shakllarni (so`z
formalarini) boshqa tildagi shakllar (so`z formalari) orqali tushuntirish, izohlash edi.
Ushbu nuqtayi nazar F.Bopp tadqiqotlarining yangiligidir. U shu bilan qiyosiy-
tarixiy metodning asosini yaratdi.
F.Bopp 1833-1852-yillarda uch tomdan iborat bo`lgan «Sanskrit, zend, arman,
grek, lotin, litva, eski slavyan, got va nemis tillarining qiyosiy grammatikasi» nomli
asosiy asarini e`lon qildi. Bu asarda sanskrit tiliga asoslangan holda ayrim
grammatik formalarning taraqqiyotini va ularning dastlabki manbalarini aniqlash
mumkin, degan fikrni ilgari surdi.
F.Bopp o`z ta`limoti, asarlari bilan o`sha davrda ma`lum bo`lgan barcha hind-
Yevropa tillarining qarindoshligini isbotlab berishga erishdi. Uning izlanishlaridan
hali u davrda ochilmagan, noma`lum bo`lgan xet, toxar kabi tillargina chetda qoldi.
F.Bopp tilshunoslikka hind-Yevropa tillari degan terminni ham olib kirdi. U o`z
tadqiqotlarida, asosan, morfologiya bilan shug`ullandi, fonetika, sintaksis-gap
shakllari, qo`llanishi, gap tuzilishi kabi masalalarga e`tibor bermadi.
F. Bopp tillarning qarindoshligi masalasida ham jiddiy xatolarga yo`l qo`ydi.
U kichik Polineziya va janubiy Kavkaz tillarini ham asossiz ravishda hind-Yevropa
tillariga kiritdi.
Rasmus Rask
F. Bopp bilan deyarli bir vaqtda, ammo unga mutlaqo bog`liq bo`lmagan holda
hind-Yevropa tillarining qiyosiy-tarixiy tadqiqi bilan daniyalik buyuk tilshunos prof.
Rasmus Xristian Rask ham shug`ullandi.
R. Rask 1811-yilda «Island tili bo`yicha qo`llanma» nomli birinchi ishini e`lon
qildi. Ushbu tadqiqotidayoq F.Boppdan ham oldin grammatik ko`rsatkichlarni,
ayniqsa, qo`shimchalarni qiyoslashning muhimligini aytib o`tdi. Ayni vaqtda u,
Bopp g`oyalarini to`ldirgan holda, leksik qiyoslashga ham katta ahamiyat berdi va
bu jarayonda dastavval eng zaruriy tushunchalar, hodisalar va predmetlar bilan
bog`langan leksikani hisobga olinishini to`g`ri ta`kidladi.
1818-yilda R. Raskning «Qadimgi shimol tili sohasidagi tadqiqot yoki island
tilining kelib chiqishi» nomli asosiy asari e`lon qilindi. U tadqiqotda german, litva,
slavyan, lotin va grek tillarining qarindoshligini isbotlab berdi.
Ushbu asarning 2-qismi «Frakiy tili haqida» nomi bilan 1822-yilda nashrdan
chiqdi. Ishda island tilining o`rnini belgilagan holda uning got tillari guruhiga va
frakiy (grek va lotin) tillariga bo`lgan munosabatini o`rganadi.
R. Rask asarlarida so`zlarning o`z ma`nolarini o`zgartirishi mumkinligiga
e`tibor beradi. Shuningdek, tub va o`zlashgan so`zlarning o`ziga xos xususiyatlarini
qayd etadi, lisoniy hodisalarni tadqiq qilishda so`zni mukammal morfologik tahlil
qilish lozimligini tavsiya qiladi.
U boltiq tillari slavyan tillari bilan mahlum bog`liqlikka ega bo`lsa-da, ammo
ayni tillar hind-Yevropa tillarining mustaqil shahobchasi, tarmog`i hisoblanadi,
degan haqqoniy fikrni birinchi bo`lib ilgari suradi.
R.Rask, F.Boppdan farqli, hind-Yevropa tillarini boshqa til oilalari (masalan,
kavkaz-yafetik tillari va Indoneziya tillari) bilan qorishtirmaydi. Shuningdek, u o`z
tadqiqotlarida sanskrit tiliga murojaat qilmaydi.
Xullas,
R.Rask
tilshunoslik
tarixida
qiyosiy-tarixiy
metodning
va
germanistika fanining asoschilaridan biri sifatida faxrli o`rinni egallaydi.
Yakob Grimm
Mashhur nemis tilshunosi Yakob Grimm (1785-1863) qiyosiy-tarixiy metod
yordami bilan german tillarini tadqiq qildi. Ya.Grimmning to`rt tomdan iborat
«Nemis grammatikasi» asari tilshunoslik tarixida muhim o`rin tutadi. U ushbu
salmoqli asarida nemis tili tarixiy grammatikasini boshqa barcha german tillari bilan
qiyoslagan holda beradi.
Asar 1-tomining birinchi nashri 1819-yilda, mazkur tomning butunlay, tubdan
o`zgargan ikkinchi nashri 1822-yilda chop etiladi. Ayni tomdan german tillarining
tarixiy fonetikasi hamda german tillaridagi undoshlarning siljishi, «ko`chish» qonuni
o`rin olgan. Ya`ni Ya.Grimm (R.Rask, Ya.Bredsdorflar kabi) undoshlarning
siljishini isbotlab beradi. Masalan, hind-Yevropa tillarining nafas tovushlari (yoki
nafas bilan aytiladigan tovushlar) yoki portlovchi undoshlar bh, dh, gh – german
tillaridagi b, d, g tovushlariga o`zgargan-siljigan, ko`chgan yoki hind-Yevropa
tillariga oid b, d, g – german tillarida r, t, k ga; hind-Yevropacha r, t, k – germancha
f, th, h ga siljigan, ko`chgan, o`tgan.
Ushbu jarayon fonetik qonunlarning tan olingan dastlabki, birinchi namunasi
edi. «Nemis grammatikasi» asarining barcha tomlari 1837-yilda yakunlandi.
Ya.Grimmning «Nemis tili tarixi» asari esa 1848-yilda e`lon qilinadi. U
jamiyat tarixini o`rganishda tilning asosiy, eng muhim manba ekanligini aytadi va
tilni u yoki bu xalqning madaniy-tarixiy taraqqiyotining mahsuli deb hisoblaydi.
Shunga ko`ra Ya.Grimm «Bizning tilimiz bizning tariximizdir» degan g`oyani ilgari
suradi. Haqiqatan ham, Ya.Grimm ushbu asarida: «Xalqlar haqida suyaklar, qurollar
va mozorlarga qaraganda jonliroq guvoh bor. Bu tildir» - deydi.
Ya.Grimm «Nemis lug`ati» asarida (birinchi tomi 1854-yilda, oxirgi tomi
1960-yilda e`lon qilindi) nemis shoiri Lyuterdan tortib Gyotegacha bo`lgan nemis
tili leksikasini qamrab olishga harakat qildi.
Aleksandr Xristoforovich Vostokov
Taniqli rus tilshunos olimi, akademik (1841) A.Vostokov (1781-1864) tug`ma
soqov bo`lib, Sankt-Peterburgdagi Rumyantsev muzeyi kutubxonasiga boshchilik
qilgan.
A.Vostokov slavyan tili materiallari asosida tadqiqot ishlarini olib boradi. U,
aytilganidek, qiyosiy-tarixiy metodning asoschilaridan biri hisoblanadi. Olim
«Slavyan tili haqida mulohazalar» (1820), «Rus grammatikasi» (1831), «Viloyat
buyuk rus tili tajribasi» (1852) «Cherkov slavyan tili lug`ati» (1858-1861) kabi
qator e`tiborga loyiq ishlarni yaratdi.
A.Vostokov tadqiqotlari yangi boy faktik materiallarga asoslangan bo`lib,
slavyan tilining taraqqiyotiga katta ta`sir ko`rsatdi. Shuningdek, qiyosiy-tarixiy
metodning qat`iy qaror topishiga ham imkon yaratdi.
A.Vostokovning 1820-yilda e`lon qilgan «Slavyan tili haqida mulohazalar»
maqolasi unga katta shuhrat keltirdi. Olim bu asarida slavyan filologiyasiga oid
masalalarga to`xtalib, hind-Yevropa tillarining slavyan tillari oilasiga mansub rus
tilining eski slavyan, polyak va serb tillariga bo`lgan munosabatini aniqlaydi,
izohlaydi. A.Vostokovning qayd etilgan maqolasi tarixiy fonetika sohasidagi
dastlabki ish hisoblanadi.
A.Vostokov 1842-yilda «Rumyantsev muzeyidagi rus va slavyan
qo`lyozmalarining tasviri» nomli ko`p yillik mehnatining natijasini e`lon qiladi.
Ushbu tadqiqotida eski slavyan tilining shahobchalari bo`lgan bolgar, serb, rus va
janubiy rus (ukrain) tillarini izchillik bilan farqlaydi. Bu esa amaliyotda eski slavyan
tilining taraqqiyoti va undagi o`zgarishlarni davrlashtirishga, ya`ni qadimgi (IX-
XIV), o`rta (XV-XVI) va yangi davrlarga bo`lishga imkon beradi.
A.Vostokov slavyan tillariga tarixiylik nuqtayi nazardan yondashishni ilk bor
boshlab bergan olimdir. U tarixiy printsipga amal qilgan holda eski slavyan tilidagi
burun unlilarini aniqlaydi, ayrim harflarning talaffuzini belgilaydi, so`z
turkumlarining (masalan, sifat, ravishdoshlarning) paydo bo`lish vaqti bilan bog`liq
ayrim fikrlarni bayon qiladi.
Xullas, Rossiyada qiyosiy-tarixiy tadqiqotlar, slavyan tillari oilasiga mansub
tillarni o`rganish, ayni tillarni qiyosiy-tarixiy metod asosida tadqiq qilish, ularni
davrlashtirish kabilar dastavval akademik A.X.Vostokov nomi bilan bog`liqdir.
Hind-Yevropa
tillarini
qiyosiy-tarixiy
o`rganishning
birinchi
davri,
aytilganidek, qiyosiy-tarixiy metodning yaratilishi va umumiy tilshunoslik fanining
asoslanishi bo`ldi.
Vilgelm Fon Gumboldtning falsafiy-lisoniy ta’limoti
Germaniyaning eng buyuk olimlaridan biri bo`lgan Vilgelm fon Gumboldt
(1767-1835) har tomonlama bilim sohibi edi. U tilshunoslik, adabiyot nazariyasi,
falsafa, davlat huquqi, siyosat va diplomatik faoliyat bilan shug`ullanadi, Berlin
universitetining asoschisi hamda davlat arbobi hisoblanadi.
V.Gumboldtning tilga oid bilimi nihoyatda keng bo`lib, ulkan olim nafaqat
hind-Yevropa tillarini bilar, balki dunyoning boshqa tillari - bask tilidan tortib,
Amerikaning kichik Polineziya va mahalliy aholisining (hindular) tillari haqida
ham chuqur bilimga, ma`lumotga ega edi.
V.Gumboldt asarlari, g`oyalari, kontseptsiyalari bilan umumiy nazariy
tilshunoslikka asos soldi. Buyuk olim tilshunoslikning, idealistik ruhda bo`lsa-da,
qator eng muhim va murakkab muammolarini hal qilib berdi, ta’limotlar yaratdi.
Shu tufayli u jahon tilshunosligining keyingi taraqqiyotiga juda katta ta`sir
ko`rsatdi.
Qiyosiy-tarixiy metodning asoschilaridan biri bo`lgan F.Bopp uni hurmat
bilan tilga olsa, G.Shteyntal, A.Shleyxer, K.Fosler, A.Pott, G.Kursius,
A.Potebnya, B.de Kurtene kabi taniqli va mashhur tilshunoslar o`zlarini uning
shogirdi deb hisoblaganlar.
Agar F.Bopp umumiy, nazariy g`oyalardan, qarashlardan chetlashib, asosan,
faktlar yig`ish, ularni qiyoslash, ular orasidagi munosabatlarni, bog`liqliklarni
aniqlash bilan shug`ullangan bo`lsa, V.Gumboldt nazariy, falsafiy g`oyalar bilan,
tilning ilmiy nazariyasini yaratish bilan mashg`ul bo`ldi. Aniqrog`i,
V.Gumboldtning tilshunoslikdagi ahamiyatini, o`rnini I.Kant va Gegellarning
jahon falsafasi taraqqiyotiga ko`rsatgan ta`siri bilan qiyoslash mumkin.
V.Gumboldtning umumiy tilshunosligini til falsafasi deb aytish mumkinki,
bu falsafa eng oliy lisoniy umumlashmalarni va uzoq davrlarda ham tilshunoslik
rivojiga jiddiy ta’sir ko`rsatadigan xulosalarni qamrab oladi.
V.Gumboldt til falsafasini tiklab, uning obro`-e’tiborini ko`tardi va ayni
falsafaga butunlay yangi yo`nalish berdiki, bu yo`nalish qiyosiy-tarixiy metod
bilan zich bog`langan holda, uning asosida yuzaga keldi. Aniqrog`i,
V.Gumboldtgacha bo`lgan nazariyalar bo`sh, mustahkam asosga ega bo`lmagan,
shunchaki, yuzaki nazariyalar edi. V.Gumboldt esa tilning ilmiy nazariyasini, til
falsafasini til hodisalariga qiyosiy-tarixiy metodni qo`llash asosida qurdi, yaratdi.
Natijada uning ta`limoti, lisoniy qarashlari tilshunoslik fanining taraqqiyotiga
uzoq yillar davomida samarali xizmat qildi.
V.Gumboldt 1820-yilda Berlin akademiyasida «Tillar taraqqiyotining
turli davrlarida ularni qiyosiy-tarixiy o`rganish haqida» degan mavzuda
ma`ruza qiladi. Ushbu mavzudagi ma`ruza uning tilga oid dastlabki tadqiqoti
bo`lib, muallif unda til haqida alohida, mustaqil fan yaratish zarurligi g`oyasini
o`rtaga tashlaydi va uni asoslab beradi.
Shuningdek, olim ma`ruzasida qarindosh va qarindosh bo`lmagan tillarning
tipologik-qiyosiy grammatikasini yaratish tarafdori bo`lib chiqadi. U o`zigacha
bo`lgan, ya`ni har bir tilning o`ziga xosligini, mustaqilligini tan olmaydigan,
barcha dunyo tillarini tayyor mantiqiy jadvallarga majburan kiritishga intiluvchi
deduktiv umumiy grammatikani – Por-Royal grammatikasini inkor qiladi.
V.Gumboldt turli tillardagi aynan bir tushunchani - fikrni ifoda etishning,
yetkazishning turlicha usullarini aniqlashga intiladi.
V.Gumboldt hayotining oxirgi yillarida o`zining eng muhim uch tomli
«Yava orolidagi kavi tili haqida» nomli salmoqli asari ustida ish olib boradi. Bu
asar uning vafotidan so`ng akasi A.Gumboldt tomonidan 1836-1840-yillarda
nashr qilindi.
V.Gumboldtning qayd etilgan tadqiqotlarining bevosita nazariya bilan
bog`liq kirish qismi nihoyatda katta ahamiyatga egadir.
Ishning kirish qismi «Inson tili tuzilishining har xilligi va uning inson
naslining ma`naviy taraqqiyotiga ta`siri» deb nomlanib, turli tillarga tarjima
qilindi. 1859 -yilda rus tiliga o`girildi.
V.Gumboldt aynan mana shu asarida, ayniqsa, uning kirish qismida o`zining
tilga bo`lgan nazariy - falsafiy qarashlarini mukammal bayon etadi.
U tadqiqotlarida tilga aloqa vositasi sifatida, predmetlarni anglatish
vazifasini bajaruvchi sifatida baho berdi. Ayni vaqtda olim tilning murakkab
o`zaro qarama - qarshi xususiyatlardan iborat ko`p jihatli hodisa ekanligini qayd
etadi.
V.Gumboldt tilni mukammal o`rganishda, unga xos belgi-xususiyatlarni,
boshqa hodisalar bilan aloqasini, o`ziga xosligini aniqlash va ochishda antinomiya
metodini, ya`ni o`zaro zid, qarama-qarshi qo`yish usulini qo`llaydi. U ushbu usul
orqali tilga xos xususiyatlarni, uning eng muhim jihatlarini birma-bir bayon etadi.
Shuningdek, til nazariyasi haqidagi mukammal ta`limotlarni, g`oyalarni
yaratadiki, bu ta`limot va g`oyalar nazariy tilshunoslikning taraqqiyotida
yangidan yangi qarashlarni ochishda xizmat qildi. Til va tilga yondosh
hodisalarning, til bilan bevosita aloqador, bog`liq jarayonlarning o`zaro dialektik
munosabatda ekanligi ma`lum bo`ldi.
Xullas, V.Gumboldtning tilni o`rganish jarayonida belgilagan, qayd etgan
antinomiyasi – til hodisalariga dialektik zidlik asosida yondashishi jahon
tilshunosligi lisoniy tafakkur taraqqiyotida juda katta ahamiyatga ega bo`ldi.
V.Gumboldtning til antinomiyasi (o`zaro zidligi va birligi) quyidagilarda
namoyon bo`ladi:
1. Ijtimoiylik (sotsiallik) va alohidalik (individuallik) antinomiyasi. Til bir
vaqtning o`zida ham ijtimoiy, sotsial, ham alohida, individual hodisa. Til bir
vaqtning o`zida ham yakka, alohida shaxsga, ham ko`p shaxsga, umumga tegishli.
Tilning ijtimoiyligi jamiyat bilan, shaxslar bilan - xalq mahsuli sifatida belgilansa,
tilning alohidaligi bir shaxs bilan, yakka individ bilan - ayrim shaxs mahsuli
sifatida belgilanadi. Alohida shaxslar o`zlarigacha bo`lgan avlodlar, xalqlar
tomonidan yaratilgan lisoniy mahsulotdan, «hosil»dan foydalanadi.
Demak, yuqorida aytilganlardan tildagi umumiylik va xususiylik
dialektikasi, antinomiyasi namoyon bo`ladi.
2. Til va tafakkur antinomiyasi. Til tafakkursiz, tafakkur esa tilsiz mavjud
emas. Biri ikkinchisini taqozo qiladi, talab qiladi. Inson hayotida, insonning
lisoniy va aqliy faoliyatida til va tafakkur alohida, yakka holda mavjud emas, ular
birgalikda, o`zaro bog`liqlikda «yashaydi», insonga xizmat qiladi. Ayni vaqtda
ularning har biri o`ziga xos xususiyatlari bilan ajralib turadi. Demak, bundan til
va tafakkurning dialektik munosabati - o`zaro ajralmasligi, bog`liqligi va shu bilan
birga ichki zidligi, qarama - qarshiligi g`oyasi kelib chiqadi. Tilning (tovushning)
moddiyligi, tafakkurning esa psixik hodisaligi ma`lum bo`ladi.
Til va tafakkurning dialektik birligi, ajralmasligi birining ikkinchisisiz
mavjud emasligida, biri, tabiiy ravishda, ikkinchisini talab qilishida, biri
ikkinchisi orqali namoyon bo`lishida; ularning dialektik zidligi, ichki qarama-
qarshiligi esa tilning moddiy, «tashqi» hodisaligida, tafakkurning esa ruhiy,
«ichki» hodisaligida ko`rinadi. Ya`ni til ham, tafakkur ham muayyan bir
butunlikning o`zaro ajralmas va ayni vaqtda o`zaro zid, qarama-qarshi ikki
tomonidir.
3. Til va nutq antinomiyasi. Til muayyan sistemadir, «organik butunlikdir».
Shuningdek, u nutqiy faoliyatning alohida aktidir (harakatidir). Boshqacha
aytganda, til nutqiy faoliyatning alohida aktlar (harakatlar) ko`rinishidagi voqe
bo`lishidir. Til ayrim nutq aktidan farq qiladi va ayni vaqtda u nutq aktida, jonli
nutqda mavjud bo`ladi, yashaydi.
Til - faoliyat, nutq - faoliyat mahsuli, tilning voqelanishi, namoyon bo`lishidir.
Demak, til faoliyati til va nutqdan tashkil to’adi. Til faoliyatida til va nutq
ajratiladi, farqlanadi.
V.Gumboldtning til va nutq antinomiyasi, ularning farqlanishi, til va
nutqning dialektik munosabatda olinishi tilshunoslik taraqqiyotiga qo`shilgan
juda katta hissa bo`ldi.
4. Nutq va tushunish antinomiyasi. Til va nutq antinomiyasiga bevosita
aloqada bo`lgan ushbu dialektik bog`liqlikda, «birlikda» nutq va uni tushunish,
aslida, til faoliyatining turli shakllaridir, nutqiy faoliyatning ikki tomonidir. Ya`ni
so`zlar individ nutqidagina - nutq faoliyatidagina muayyan aniqlikka, ma`noga
ega bo`ladi. Nutq tashqi, bevosita ta`sir qiluvchi, moddiy faoliyat bo`lsa, nutqni
tushunish esa ichki, ruhiy faoliyatdir.
5. Til holati va taraqqiyoti antinomiyasi. Tilning statikligi (turg`unligi) va
dinamikligi (harakatchanligi) antinomiyasi. Til taraqqiyotining tugallanganligi va
til taraqqiyotining to`xtovsizligi antinomiyasi. Til tugal tashkil topgan va ayni
vaqtda doimiy rivojlanayotgan hodisa, jarayondir. Har bir avlod tilni tayyor holda
oldingi avloddan qabul qiladi. Bu jihatdan til tayyor holdagi - tashkil topishiga
ko`ra tugallangan hodisadir. Shuningdek, til doimo ijodiy, taraqqiyotdagi,
yangilanishdagi, «o`sishdagi», yangi - yangi birliklarning, shakllarning paydo
bo`lishidagi «qaynayotgan» jarayondir.
6. Tildagi obyektivlik va subyektivlik antinomiyasi. Til obyektiv, ayni
vaqtda subyektivdir.
Til o`zining haqiqiy «hayotini» insonlar orasida qo`llanishidagina topsa-da,
ammo uning mavjudligi, «hayotiyligi» alohida shaxslarga bog`liq emas. U
jamiyatning aloqa quroli sifatida obyektiv mavjud. Til bir vaqtning o`zida insonga
ham bog`liq, ham bog`liq emas. Bir tomondan inson tilni an`anaga ko`ra qabul
qilsa, o`zlashtirsa - obyektiv ravishda, ikkinchi tomondan, uning o`zi doimo tilni
yaratadi, yangidan «quradi», barpo qiladi. Har gal individ nutqida til birliklari,
vositalari, til «xom ashyosi» harakatga keladi, jonlanadi – subyektiv ravishda.
7. Fikrni obyektivlashtirish va fikrni rag`batlantirish antinomiyasi.
Ushbu
antinomiyada
til
tinglovchi
fikrini
obyektivlashtiruvchi
va
rag`batlantiruvchi, yuzaga keltiruvchi kuch, sabab sifatida namoyon bo`ladi.
Til subyektda paydo bo`lgan fikrni obyektivlashtiradi, reallashtiradi,
umumga etkazadi – ta`sir qiluvchi kuchga aylantiradi. Fikrni obyektivlashtirish
jarayoni fikrni o`zgalarga yetkazish imkoniyatini beradi, yaratadi. Ammo, ayni