XO‘JALIK YURITUVCHI SUB’EKTLARNING FOYDASI VA RENTABELLIGI

Yuklangan vaqt

2024-12-10

Yuklab olishlar soni

1

Sahifalar soni

11

Faytl hajmi

44,2 KB


 
 
 
 
 
 
XO‘JALIK YURITUVCHI SUB’EKTLARNING FOYDASI VA 
RENTABELLIGI 
 
 
Reja: 
1. 
Foydaning mazmun-mohiyati. 
2. 
Foydani shakllantirish va undan foydalanish. 
3. 
Rentabellik ko‘rsatkichi va uning aniqlanishi.  
 
Hozirgi kunda turli mulk shaklidagi xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarning asosiy 
maqsadi kamroq harajat qilgan holda maksimal foyda olishga harakat qilishdir. 
Shu bilan birga, korxona to‘lov intizomi mustahkam bo‘lsa, byudjetga o‘z vaqtida 
soliqlarni to‘lab har bir jarimalardan qochishga intiladi va soliqlarni o‘z vaqtida 
byudjetga to‘laydi. Foyda – bu tijorat asosida faoliyat yuritayotgan xo‘jalik 
sub’ektlarining so‘nggi moliyaviy natijasi bo‘lishi bilan birga, respublika va 
mahalliy byudjetlar daromadining asosiy moliyaviy manbalaridan biri hisoblanadi. 
Narxlar barqaror bo‘lganda foyda dinamikasining o‘sishi korxonaning 
samarali faoliyat yuritayotganligidan dalolat beradi. Foyda hajmining o‘sishi 
korxonaning moliyaviy qudrati, ishlab chiqarish va ijtimoiy sohani rivojlantirish 
fondini tashkil etish hamda ishchi-xizmatchilarni moddiy rag‘batlantirish 
imkoniyatlarini kengaytiradi. Foydani shakllantirish va taqsimlash masalalari bilan 
shug‘ullangan olima S.S. Aliyeva foydani tadbirkorlik faoliyati xizmatlari uchun 
to‘lov, ya’ni aynan tovarlar va xizmatlarni ishlab chiqarish uchun resurslarni 
mohirona birlashtirishi, korxona boshqarish bo‘yicha noodatiy qarorlar qabul 
qilishi, mahsulotlarning innovatsion turlarini joriy qilishi, ishlab chiqarish 
XO‘JALIK YURITUVCHI SUB’EKTLARNING FOYDASI VA RENTABELLIGI Reja: 1. Foydaning mazmun-mohiyati. 2. Foydani shakllantirish va undan foydalanish. 3. Rentabellik ko‘rsatkichi va uning aniqlanishi. Hozirgi kunda turli mulk shaklidagi xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarning asosiy maqsadi kamroq harajat qilgan holda maksimal foyda olishga harakat qilishdir. Shu bilan birga, korxona to‘lov intizomi mustahkam bo‘lsa, byudjetga o‘z vaqtida soliqlarni to‘lab har bir jarimalardan qochishga intiladi va soliqlarni o‘z vaqtida byudjetga to‘laydi. Foyda – bu tijorat asosida faoliyat yuritayotgan xo‘jalik sub’ektlarining so‘nggi moliyaviy natijasi bo‘lishi bilan birga, respublika va mahalliy byudjetlar daromadining asosiy moliyaviy manbalaridan biri hisoblanadi. Narxlar barqaror bo‘lganda foyda dinamikasining o‘sishi korxonaning samarali faoliyat yuritayotganligidan dalolat beradi. Foyda hajmining o‘sishi korxonaning moliyaviy qudrati, ishlab chiqarish va ijtimoiy sohani rivojlantirish fondini tashkil etish hamda ishchi-xizmatchilarni moddiy rag‘batlantirish imkoniyatlarini kengaytiradi. Foydani shakllantirish va taqsimlash masalalari bilan shug‘ullangan olima S.S. Aliyeva foydani tadbirkorlik faoliyati xizmatlari uchun to‘lov, ya’ni aynan tovarlar va xizmatlarni ishlab chiqarish uchun resurslarni mohirona birlashtirishi, korxona boshqarish bo‘yicha noodatiy qarorlar qabul qilishi, mahsulotlarning innovatsion turlarini joriy qilishi, ishlab chiqarish  
 
jarayonini o‘zgartirishi uchun, shuningdek iqtisodiy risk uchun mukofot sifatida 
e’tirof etadi. 
Rus iqtisodchisi N.V. Milyakov foydani korxona byudjetini shakllantirishning 
muhim manbasi va bu manba hisobidan ishlab chiqarish va ijtimoiy rivojlanish 
amalga oshirilishini aytib o‘tadi. Amerikalik iqtisodchilar B. Nidlz, X. Anderson, 
D. Kolduell foydani xo‘jalik faoliyatini yuritish natijasida qo‘yilgan kapitalni 
oshishi sifatida talqin qiladi. Nemis iqtisodchisi E.F. Sheffle foydani investitsiya 
qilingan kapital qaytimi sifatida talqin etdi. 
Amaliyotda hamma vaqt ham foydaning mazmun-mohiyati bir xil tarzda 
ifodalanaverilmaydi. Odatda, foyda deganda XYUS, firma, korporatsiyalar va 
boshqa xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar ishlab chiqarish-xo‘jalik faoliyatining 
umumlashtirilgan tarzda baholovchi ko‘rsatkich, daromadning mahsulotni ishlab 
chiqarish va realizatsiya qilish bilan bog‘liq bo‘lgan barcha harajatlar ustidan 
oshgan qismi tushuniladi.  
Amaliy faoliyatda esa “foyda”ning barcha tushunchalarini quyidagi uch 
guruhga birlashtirish mumkin: 
 
realizatsiya qilinadigan tovar (xizmat)lar sotish bahosi bilan ularni ishlab 
chiqarish harajatlari o‘rtasidagi farq sifatida o‘lchanadigan foyda; 
 
sof aktivlarning yil oxiridagi va yil boshidagi o‘lchamlarining farqi sifatida 
o‘lchanadigan faoliyatning ayrim davriga tegishli bo‘lgan foyda (uning 
kapitalashtirilganligi); 
 
foydani kapitaldan olingan daromad sifatida tushunish. 
Foydaning ma’no-mazmunini aniqlashga bo‘lgan yondoshuvning turlicha 
ekanligidan  kompaniyalar tomonidan taqdim etaladigan hisobot ma’lumotlarining 
standart paketlariga qarab turib, uning miqdori to‘g‘risida aniq bir fikrni aytishning 
hamma vaqt ham iloji yo‘q. 
Faoliyatning moliyaviy natijalarini tahlil qilishda XYUSlar, ko‘p hollarda, 
foydaning quyidagi ko‘rinishlariga (tushunchalariga) tayanadi: 
 
asos foyda; 
 
balans foyda; 
jarayonini o‘zgartirishi uchun, shuningdek iqtisodiy risk uchun mukofot sifatida e’tirof etadi. Rus iqtisodchisi N.V. Milyakov foydani korxona byudjetini shakllantirishning muhim manbasi va bu manba hisobidan ishlab chiqarish va ijtimoiy rivojlanish amalga oshirilishini aytib o‘tadi. Amerikalik iqtisodchilar B. Nidlz, X. Anderson, D. Kolduell foydani xo‘jalik faoliyatini yuritish natijasida qo‘yilgan kapitalni oshishi sifatida talqin qiladi. Nemis iqtisodchisi E.F. Sheffle foydani investitsiya qilingan kapital qaytimi sifatida talqin etdi. Amaliyotda hamma vaqt ham foydaning mazmun-mohiyati bir xil tarzda ifodalanaverilmaydi. Odatda, foyda deganda XYUS, firma, korporatsiyalar va boshqa xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar ishlab chiqarish-xo‘jalik faoliyatining umumlashtirilgan tarzda baholovchi ko‘rsatkich, daromadning mahsulotni ishlab chiqarish va realizatsiya qilish bilan bog‘liq bo‘lgan barcha harajatlar ustidan oshgan qismi tushuniladi. Amaliy faoliyatda esa “foyda”ning barcha tushunchalarini quyidagi uch guruhga birlashtirish mumkin:  realizatsiya qilinadigan tovar (xizmat)lar sotish bahosi bilan ularni ishlab chiqarish harajatlari o‘rtasidagi farq sifatida o‘lchanadigan foyda;  sof aktivlarning yil oxiridagi va yil boshidagi o‘lchamlarining farqi sifatida o‘lchanadigan faoliyatning ayrim davriga tegishli bo‘lgan foyda (uning kapitalashtirilganligi);  foydani kapitaldan olingan daromad sifatida tushunish. Foydaning ma’no-mazmunini aniqlashga bo‘lgan yondoshuvning turlicha ekanligidan kompaniyalar tomonidan taqdim etaladigan hisobot ma’lumotlarining standart paketlariga qarab turib, uning miqdori to‘g‘risida aniq bir fikrni aytishning hamma vaqt ham iloji yo‘q. Faoliyatning moliyaviy natijalarini tahlil qilishda XYUSlar, ko‘p hollarda, foydaning quyidagi ko‘rinishlariga (tushunchalariga) tayanadi:  asos foyda;  balans foyda;  
 
 
sof foyda yoki sof daromad. 
Asos foyda deyilganda hisobot davrida kutilayotgan foyda tushuniladi. Bu 
ko‘rsatkich asos rentabellikni hisoblashda, nomenklatura pozitsiyalari bo‘yicha 
miqdor va tannarx aniq ma’lum bo‘lmagan paytda keng assortimentli buyumlar 
tayyorlovchi XYUSlar, birlashmalar bo‘yicha rejalashtirilayotgan yil uchun foyda 
analitik metodda aniqlanayotganda qo‘llaniladi. 
Balans foyda ishlab chiqarish va noishlab chiqarish faoliyatning barcha turlari 
bo‘yicha olingan foydaning umumiy summasidan iborat. 
Sof foyda yoki sof daromad operatsion davr mobaynida olingan tushumdan 
barcha chegirmalar va harajatlar chiqarilganidan so‘ng vujudga kelishi mumkin. 
Ma’lum bir miqdorda sof foydaning (netto-foydaning) olinishiga erishilsagina 
tadbirkorlik jarayonini amalga oshirish o‘zining mazmuniga ega bo‘ladi.  
 
2-savol 
bayoni. 
Hozirgi 
sharoitda 
foydani 
aniqlashning 
iqtisodiy 
instrumentlari avvalgi iqtisodiy tizimning qoldiq elementlari va moliyaviy 
munosabatlar sub’ektlari ongida mustahkam ildiz otgan tartiblar bilan birgalikda 
amal qilib kelinmoqda. Foydani aniqlash va taqsimlash, bunga ko‘ra soliq 
ob’ektini aniqlash bir vaqtning o‘zida huquq, siyosat va iqtisodiy sohalarda tegishli 
o‘zgarishlarni parallel ravishda e’tiborga olinishi zarur bo‘lganligi uchun yanada 
murakkablashayotir. Umuman olganda, foydadan shunday bir ijtimoiy-iqtisodiy 
ko‘rsatkich sifatida foydalanishlari lozimki, bu ko‘rsatkich nimaiki jamiyat 
manfaatlariga javob bersa (davlat byudjetining taqsimoti orqali) shu narsa 
korxonalar va ularning xodimlari manfaatlariga yoki nomarkazlashtirilgan 
mablag‘larni foydadan ajratiladigan qismiga xos bo‘lishi kerak. Odatda, taraqqiy 
etgan mamlakatlarda korxonalar va ularning xodimlari o‘z ijtimoiy-iqtisodiy 
manfaatlarini 
byudjetdan 
ajratmalar 
hisobidan 
qondirishdan 
ko‘ra 
nomarkazlashtirilgan yo‘l orqali, ya’ni foydaning bir qismini shu manfaatlarga 
sarflanishi ko‘proq afzalliklarga ega deb kelinmoqda. Darhaqiqat, bu shundaydir. 
Foydaning bir qismini soliq shaklida byudjetga o‘tkazilishi va korxonalar 
manfaatlarini qondirish maqsadida yana o‘sha ajratmalar atrofida mablag‘larni 
 sof foyda yoki sof daromad. Asos foyda deyilganda hisobot davrida kutilayotgan foyda tushuniladi. Bu ko‘rsatkich asos rentabellikni hisoblashda, nomenklatura pozitsiyalari bo‘yicha miqdor va tannarx aniq ma’lum bo‘lmagan paytda keng assortimentli buyumlar tayyorlovchi XYUSlar, birlashmalar bo‘yicha rejalashtirilayotgan yil uchun foyda analitik metodda aniqlanayotganda qo‘llaniladi. Balans foyda ishlab chiqarish va noishlab chiqarish faoliyatning barcha turlari bo‘yicha olingan foydaning umumiy summasidan iborat. Sof foyda yoki sof daromad operatsion davr mobaynida olingan tushumdan barcha chegirmalar va harajatlar chiqarilganidan so‘ng vujudga kelishi mumkin. Ma’lum bir miqdorda sof foydaning (netto-foydaning) olinishiga erishilsagina tadbirkorlik jarayonini amalga oshirish o‘zining mazmuniga ega bo‘ladi. 2-savol bayoni. Hozirgi sharoitda foydani aniqlashning iqtisodiy instrumentlari avvalgi iqtisodiy tizimning qoldiq elementlari va moliyaviy munosabatlar sub’ektlari ongida mustahkam ildiz otgan tartiblar bilan birgalikda amal qilib kelinmoqda. Foydani aniqlash va taqsimlash, bunga ko‘ra soliq ob’ektini aniqlash bir vaqtning o‘zida huquq, siyosat va iqtisodiy sohalarda tegishli o‘zgarishlarni parallel ravishda e’tiborga olinishi zarur bo‘lganligi uchun yanada murakkablashayotir. Umuman olganda, foydadan shunday bir ijtimoiy-iqtisodiy ko‘rsatkich sifatida foydalanishlari lozimki, bu ko‘rsatkich nimaiki jamiyat manfaatlariga javob bersa (davlat byudjetining taqsimoti orqali) shu narsa korxonalar va ularning xodimlari manfaatlariga yoki nomarkazlashtirilgan mablag‘larni foydadan ajratiladigan qismiga xos bo‘lishi kerak. Odatda, taraqqiy etgan mamlakatlarda korxonalar va ularning xodimlari o‘z ijtimoiy-iqtisodiy manfaatlarini byudjetdan ajratmalar hisobidan qondirishdan ko‘ra nomarkazlashtirilgan yo‘l orqali, ya’ni foydaning bir qismini shu manfaatlarga sarflanishi ko‘proq afzalliklarga ega deb kelinmoqda. Darhaqiqat, bu shundaydir. Foydaning bir qismini soliq shaklida byudjetga o‘tkazilishi va korxonalar manfaatlarini qondirish maqsadida yana o‘sha ajratmalar atrofida mablag‘larni  
 
olish, sarflash juda ko‘p qiyinchiliklar va ziddiyatlarni keltirib chiqarishga sabab 
bo‘lmoqda. Lekin bunday hamma foyda nomarkazlashtirilgan holda taqsimlanishi 
zarur degan fikrni keltirib chiqarmaydi, ammo soliq stavkalari orqali tushumlarni 
har ikkala manfaatlarni inobatga olgan holda tartiblashtirilib turilishini taqozo 
etadi. 
“Mahsulot (ishlar, xizmatlar)ni ishlab chiqarish va sotish harajatlari tarkibi 
hamda moliyaviy natijalarni shakllantirish tartibi to‘g‘risidagi Nizom”da 
keltirilgan harajatlar tasnifi eng avvalo buxgalteriya hisobida harajatlarni to‘g‘ri va 
to‘liq aks ettirishga, shuningdek xo‘jalik yurituvchi sub’ektning moliyaviy 
hisobotini tuzish uchun uning faoliyati moliyaviy natijalarini (foyda yoki zararni) 
aniqlashga yo‘naltirilgandir. 
Xo‘jalik yurituvchi sub’ekt faoliyatining moliyaviy natijalari foydaning 
quyidagi ko‘rsatkichlari bilan tavsiflanadi: 
— mahsulotni sotishdan olingan yalpi foyda, bu sotishdan olingan sof tushum 
bilan sotilgan mahsulotning ishlab chiqarish tannarxi o‘rtasidagi tafovut sifatida 
aniqlanadi: 
YAF=SST-IT, 
bunda, 
YAF — yalpi foyda; 
SST — sotishdan olingan sof tushum; 
IT — sotilgan mahsulotning ishlab chiqarish tannarxi; 
— asosiy faoliyatdan ko‘rilgan foyda, bu mahsulotni sotishdan olingan yalpi 
foyda bilan davr harajatlari o‘rtasidagi tafovut, va plyus asosiy faoliyatdan 
ko‘rilgan boshqa daromadlar yoki minus boshqa zararlar sifatida aniqlanadi: 
AFF = YAF-DX+BD-BZ, 
bunda, 
AFF — asosiy faoliyatdan olingan foyda; 
DX — davr harajatlari; 
BD — asosiy faoliyatdan olingan boshqa daromadlar; 
BZ — asosiy faoliyatdan ko‘rilgan boshqa zararlar; 
olish, sarflash juda ko‘p qiyinchiliklar va ziddiyatlarni keltirib chiqarishga sabab bo‘lmoqda. Lekin bunday hamma foyda nomarkazlashtirilgan holda taqsimlanishi zarur degan fikrni keltirib chiqarmaydi, ammo soliq stavkalari orqali tushumlarni har ikkala manfaatlarni inobatga olgan holda tartiblashtirilib turilishini taqozo etadi. “Mahsulot (ishlar, xizmatlar)ni ishlab chiqarish va sotish harajatlari tarkibi hamda moliyaviy natijalarni shakllantirish tartibi to‘g‘risidagi Nizom”da keltirilgan harajatlar tasnifi eng avvalo buxgalteriya hisobida harajatlarni to‘g‘ri va to‘liq aks ettirishga, shuningdek xo‘jalik yurituvchi sub’ektning moliyaviy hisobotini tuzish uchun uning faoliyati moliyaviy natijalarini (foyda yoki zararni) aniqlashga yo‘naltirilgandir. Xo‘jalik yurituvchi sub’ekt faoliyatining moliyaviy natijalari foydaning quyidagi ko‘rsatkichlari bilan tavsiflanadi: — mahsulotni sotishdan olingan yalpi foyda, bu sotishdan olingan sof tushum bilan sotilgan mahsulotning ishlab chiqarish tannarxi o‘rtasidagi tafovut sifatida aniqlanadi: YAF=SST-IT, bunda, YAF — yalpi foyda; SST — sotishdan olingan sof tushum; IT — sotilgan mahsulotning ishlab chiqarish tannarxi; — asosiy faoliyatdan ko‘rilgan foyda, bu mahsulotni sotishdan olingan yalpi foyda bilan davr harajatlari o‘rtasidagi tafovut, va plyus asosiy faoliyatdan ko‘rilgan boshqa daromadlar yoki minus boshqa zararlar sifatida aniqlanadi: AFF = YAF-DX+BD-BZ, bunda, AFF — asosiy faoliyatdan olingan foyda; DX — davr harajatlari; BD — asosiy faoliyatdan olingan boshqa daromadlar; BZ — asosiy faoliyatdan ko‘rilgan boshqa zararlar;  
 
— xo‘jalik faoliyatidan olingan foyda (yoki zarar), bu asosiy faoliyatdan 
olingan foyda summasi plyus moliyaviy faoliyatdan ko‘rilgan daromadlar va minus 
zararlar sifatida hisoblab chiqiladi: 
UF=AFF+MD-MX, 
bunda, 
UF — umumxo‘jalik faoliyatidan olingan foyda; 
MD — moliyaviy faoliyatdan olingan daromadlar; 
MX — moliyaviy faoliyat harajatlari; 
— soliq to‘langungacha olingan foyda, u umumxo‘jalik faoliyatidan olingan 
foyda plyus favqulodda (ko‘zda tutilmagan) vaziyatlardan ko‘rilgan foyda va 
minus zarar sifatida aniqlanadi: 
STF=UF+FP-FZ, 
bunda, 
STF — soliq to‘langungacha olingan foyda; 
FP — favqulodda vaziyatlardan olingan foyda; 
FZ — favqulodda vaziyatlardan ko‘rilgan zarar; 
- yilning sof foydasi, u soliq to‘langandan keyin xo‘jalik yurituvchi sub’ekt 
ixtiyorida qoladi, o‘zida foydadan to‘lanadigan soliqni va minus qonun hujjatlarida 
nazarda tutilgan boshqa soliqlar va to‘lovlarni chiqarib tashlagan holda soliqlar 
to‘langunga qadar olingan foydani ifodalaydi: 
SF= STF-DS-BS, 
bunda, 
SF – sof foyda; 
DS – foydadan to‘lanadigan soliq; 
BS – boshqa soliqlar va to‘lovlar. 
 
 Foydadan soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar to‘langanidan so‘ng uning 
qolgan qismi XYUS tomonidan mustaqil ravishda taqsimlanadi va foydalaniladi. 
Foydaning bu qismi investitsion, ishlab chiqarish va sotsial harakterdagi 
ehtiyojlarga sarflanishi mumkin. Uni taqsimlash jarayonida, albatta, XYUSning 
— xo‘jalik faoliyatidan olingan foyda (yoki zarar), bu asosiy faoliyatdan olingan foyda summasi plyus moliyaviy faoliyatdan ko‘rilgan daromadlar va minus zararlar sifatida hisoblab chiqiladi: UF=AFF+MD-MX, bunda, UF — umumxo‘jalik faoliyatidan olingan foyda; MD — moliyaviy faoliyatdan olingan daromadlar; MX — moliyaviy faoliyat harajatlari; — soliq to‘langungacha olingan foyda, u umumxo‘jalik faoliyatidan olingan foyda plyus favqulodda (ko‘zda tutilmagan) vaziyatlardan ko‘rilgan foyda va minus zarar sifatida aniqlanadi: STF=UF+FP-FZ, bunda, STF — soliq to‘langungacha olingan foyda; FP — favqulodda vaziyatlardan olingan foyda; FZ — favqulodda vaziyatlardan ko‘rilgan zarar; - yilning sof foydasi, u soliq to‘langandan keyin xo‘jalik yurituvchi sub’ekt ixtiyorida qoladi, o‘zida foydadan to‘lanadigan soliqni va minus qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa soliqlar va to‘lovlarni chiqarib tashlagan holda soliqlar to‘langunga qadar olingan foydani ifodalaydi: SF= STF-DS-BS, bunda, SF – sof foyda; DS – foydadan to‘lanadigan soliq; BS – boshqa soliqlar va to‘lovlar. Foydadan soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar to‘langanidan so‘ng uning qolgan qismi XYUS tomonidan mustaqil ravishda taqsimlanadi va foydalaniladi. Foydaning bu qismi investitsion, ishlab chiqarish va sotsial harakterdagi ehtiyojlarga sarflanishi mumkin. Uni taqsimlash jarayonida, albatta, XYUSning  
 
kapital quyilmalarga bo‘lgan ehtiyoji hisobga olinmog‘i lozim. Shuning uchun 
ham bozor kon’yunkturasini hisobga olgan holda foydadan ishlab chiqarishni 
rivojlantirish fondiga ajratmalarning miqdori aniqlanadi va ular kapital quyilmalar,  
aylanma mablag‘larni ko‘paytirish, ilmiy-tadqiqot va loyiha-konstruktorlik 
ishlarini ta’minlash, yangi texnolgiyalarni joriy etish uchun foydalaniladi. 
 Foyda hisobidan rezerv fondi ham shakllantiriladi, chunki bozor iqtisodiyoti 
sharoitida ishbilarmonlik risklarning darajasi keskin oshadi. Bu fond har yillik 
ajratmalar hisobidan tashkil qilinadi. Ajratmalarning o‘lchami esa XYUSning 
ta’sis hujjatlariga muvofiq belgilanadi. 
Eng ko‘p sof foyda olgan va dividend to‘lagan korxona bu – “Navoiy kon-
metallurgiya kombinati” DK bo‘ldi. “O‘ztransgaz” AJ esa bu yil ham eng ko‘p 
zarar ko‘rib ishlagan korxona Top-20 taligida birinchi o‘rin bo‘ldi. Bu haqda 
Davlat aktivlarini boshqarish agentligi xabar berdi. 
Agentlik o‘tgan yili eng ko‘p zarar ko‘rgan va eng ko‘p foyda ko‘rgan davlat 
ishtirokidagi korxonalar ro‘yxatini e’lon qildi. 
Unga ko‘ra, moliyaviy hisobot topshirgan 1770 ta korxonaning tahlil 
natijasiga ko‘ra, 20 ta korxona eng yuqori sof foyda olgan. Eng ko‘p zarar ko‘rgan 
korxonalar soni ham 20 ta. Shuningdek, 10 ta korxona davlat ulushi bo‘yicha eng 
ko‘p dividend to‘lagan (oraliq dividend va oldingi yillar qarzdorliklari bilan birga). 
Eng ko‘p foyda ko‘rgan davlat ulushiga ega bo‘lgan korxonalar: 
1. 
NKMK - 10 639,8 mlrd so‘m; 
2. 
OKMK - 5 359,8 mlrd so‘m; 
3. 
“O‘zbekneftegaz” - 3 348,8 mlrd so‘m; 
4. 
“O‘zbekiston metallurgiya kombinati”AJ- 1 471,5 mlrd so‘m; 
5. 
“Navoiyazot” AJ -779,8 mlrd so‘m; 
6. 
“O‘zbektelekom” AJ -473,9 mlrd so‘m; 
7. 
“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ -400,3 mlrd so‘m; 
8. 
“Farg‘onaazot” -348,8 mlrd so‘m; 
9. 
“Agroklaster” MCHJ -194,8 mlrd so‘m; 
10. 
“Tovar hom ashyo birjasi” AJ-140,1 mlrd so‘m. 
kapital quyilmalarga bo‘lgan ehtiyoji hisobga olinmog‘i lozim. Shuning uchun ham bozor kon’yunkturasini hisobga olgan holda foydadan ishlab chiqarishni rivojlantirish fondiga ajratmalarning miqdori aniqlanadi va ular kapital quyilmalar, aylanma mablag‘larni ko‘paytirish, ilmiy-tadqiqot va loyiha-konstruktorlik ishlarini ta’minlash, yangi texnolgiyalarni joriy etish uchun foydalaniladi. Foyda hisobidan rezerv fondi ham shakllantiriladi, chunki bozor iqtisodiyoti sharoitida ishbilarmonlik risklarning darajasi keskin oshadi. Bu fond har yillik ajratmalar hisobidan tashkil qilinadi. Ajratmalarning o‘lchami esa XYUSning ta’sis hujjatlariga muvofiq belgilanadi. Eng ko‘p sof foyda olgan va dividend to‘lagan korxona bu – “Navoiy kon- metallurgiya kombinati” DK bo‘ldi. “O‘ztransgaz” AJ esa bu yil ham eng ko‘p zarar ko‘rib ishlagan korxona Top-20 taligida birinchi o‘rin bo‘ldi. Bu haqda Davlat aktivlarini boshqarish agentligi xabar berdi. Agentlik o‘tgan yili eng ko‘p zarar ko‘rgan va eng ko‘p foyda ko‘rgan davlat ishtirokidagi korxonalar ro‘yxatini e’lon qildi. Unga ko‘ra, moliyaviy hisobot topshirgan 1770 ta korxonaning tahlil natijasiga ko‘ra, 20 ta korxona eng yuqori sof foyda olgan. Eng ko‘p zarar ko‘rgan korxonalar soni ham 20 ta. Shuningdek, 10 ta korxona davlat ulushi bo‘yicha eng ko‘p dividend to‘lagan (oraliq dividend va oldingi yillar qarzdorliklari bilan birga). Eng ko‘p foyda ko‘rgan davlat ulushiga ega bo‘lgan korxonalar: 1. NKMK - 10 639,8 mlrd so‘m; 2. OKMK - 5 359,8 mlrd so‘m; 3. “O‘zbekneftegaz” - 3 348,8 mlrd so‘m; 4. “O‘zbekiston metallurgiya kombinati”AJ- 1 471,5 mlrd so‘m; 5. “Navoiyazot” AJ -779,8 mlrd so‘m; 6. “O‘zbektelekom” AJ -473,9 mlrd so‘m; 7. “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ -400,3 mlrd so‘m; 8. “Farg‘onaazot” -348,8 mlrd so‘m; 9. “Agroklaster” MCHJ -194,8 mlrd so‘m; 10. “Tovar hom ashyo birjasi” AJ-140,1 mlrd so‘m.  
 
Eng ko‘p zarar ko‘rgan korxona: 
1. 
“O‘ztransgaz” AJ -2515,8 mlrd so‘m; 
2. 
Milliy elektr tarmoqlari - 2105,2 mlrd so‘m; 
3. 
“Toshissiqsuvqquvati” DUK - 534,3 mlrd so‘m; 
4. 
“Yangi Angren IES” AJ - 304 mlrd so‘m; 
5. 
Toshshahartransxizmat - 127,6 mlrd so‘m; 
6. 
“Angren IES” AJ - 87,6 mlrd so‘m; 
7. 
Angren issiqlik energiyasi korxonasi DUK -68,3 mlrd so‘m; 
8. 
“Toshkent issiqlik markazi” DUK -53,6 mlrd so‘m; 
9. 
O‘zavtotrans servis MCHJ - 51,5 mlrd so‘m; 
10. 
FK Bundyokor MCHJ - 37 mlrd so‘m; 
11. 
“Paxtakor futbol klubi” MCHJ - 30,3 mlrd so‘m. 
Hozirda davlat ishtirokidagi korxonalar soni 2117 tani tashkil etmoqda. 
Shundan 347 tasi bo‘lib to‘lash sharti bilan sotilgan. Bular faoliyatsiz yoki tugatish 
jarayoni olib borilayotgan korxonalar hisoblanadi. Ushbu korxonalarda davlat 
nomidan aksiyador funksiyasi 70 dan ortiq vazirlik va idoralar, mahalliy hokimlik 
organlari tomonidan amalga oshiriladi. 
 
3-savol bayoni. XYUSning foydalilik darajasini aniqlash uchun rentabellik 
ko‘rsatkichlaridan foydalaniladi. Ular olingan foyda summasining sarf qilingan 
mablag‘larga yoki realizatsiya qilingan mahsulotning hajmiga nisbati bilan 
aniqlanadi. 
Rentabellik iqtisodiy toifa, baholash natijaviy ko‘rsatkichi va tashkilotning 
turli moliyalashtirish manbasi sifatida namoyon bo‘ladi. Natijaviy ko‘rsatkich 
sifatida u tashkilotda mavjud resurslardan foydalanish samaradorligini tavsiflaydi, 
biznes yuritish samaradorligini va faoliyat hajmining o‘sishini (pasayishini) aks 
ettiradi. Masalan, O.N. Yefimova, A.D. Sheremet «rentabellik», «daromadlilik», 
«samaradorlik», «foydalilik» tushunchalarini bir-biridan ajratmaydi va ulardan 
sinonim sifatida foydalanadi. Valeriy va Vitaliy Kovalevlar foydalilikni biznesning 
«foyda qilish», ya’ni moliyaviy natija – biznes  muvaffaqiyatining dalolati hosil 
Eng ko‘p zarar ko‘rgan korxona: 1. “O‘ztransgaz” AJ -2515,8 mlrd so‘m; 2. Milliy elektr tarmoqlari - 2105,2 mlrd so‘m; 3. “Toshissiqsuvqquvati” DUK - 534,3 mlrd so‘m; 4. “Yangi Angren IES” AJ - 304 mlrd so‘m; 5. Toshshahartransxizmat - 127,6 mlrd so‘m; 6. “Angren IES” AJ - 87,6 mlrd so‘m; 7. Angren issiqlik energiyasi korxonasi DUK -68,3 mlrd so‘m; 8. “Toshkent issiqlik markazi” DUK -53,6 mlrd so‘m; 9. O‘zavtotrans servis MCHJ - 51,5 mlrd so‘m; 10. FK Bundyokor MCHJ - 37 mlrd so‘m; 11. “Paxtakor futbol klubi” MCHJ - 30,3 mlrd so‘m. Hozirda davlat ishtirokidagi korxonalar soni 2117 tani tashkil etmoqda. Shundan 347 tasi bo‘lib to‘lash sharti bilan sotilgan. Bular faoliyatsiz yoki tugatish jarayoni olib borilayotgan korxonalar hisoblanadi. Ushbu korxonalarda davlat nomidan aksiyador funksiyasi 70 dan ortiq vazirlik va idoralar, mahalliy hokimlik organlari tomonidan amalga oshiriladi. 3-savol bayoni. XYUSning foydalilik darajasini aniqlash uchun rentabellik ko‘rsatkichlaridan foydalaniladi. Ular olingan foyda summasining sarf qilingan mablag‘larga yoki realizatsiya qilingan mahsulotning hajmiga nisbati bilan aniqlanadi. Rentabellik iqtisodiy toifa, baholash natijaviy ko‘rsatkichi va tashkilotning turli moliyalashtirish manbasi sifatida namoyon bo‘ladi. Natijaviy ko‘rsatkich sifatida u tashkilotda mavjud resurslardan foydalanish samaradorligini tavsiflaydi, biznes yuritish samaradorligini va faoliyat hajmining o‘sishini (pasayishini) aks ettiradi. Masalan, O.N. Yefimova, A.D. Sheremet «rentabellik», «daromadlilik», «samaradorlik», «foydalilik» tushunchalarini bir-biridan ajratmaydi va ulardan sinonim sifatida foydalanadi. Valeriy va Vitaliy Kovalevlar foydalilikni biznesning «foyda qilish», ya’ni moliyaviy natija – biznes muvaffaqiyatining dalolati hosil  
 
qilish imkoniyati va qobiliyati sifatida tavsiflaydi. Korxona (biznes) rentabelligi bu 
– korxona foydaliligi nisbiy ko‘rsatkichi bo‘lib, daromadlilik yoki boshqacha qilib 
aytganda, iqtisodiy samaradorlik ko‘rsatkichini tavsiflaydi. Ushbu ko‘rsatkich 
korxona uning tasarrufida bo‘lgan iqtisodiy, tabiiy, pul va mehnat resurslaridan 
qanchalik samarali foydalanishini ko‘rsatadi. U mahsulot ishlab chiqarish va uni 
sotish harajatlarini qoplash uchun tayyor mahsulot sotishdan qancha tushum olish 
kerakligini ko‘rsatadi. Barcha ishlab chiqarish harajatlaridan keyin foyda qolgan 
taqdirda korxona rentabelli hisoblanadi. 
Moliyaviy tahlil jarayonida rentabellikning quyidagi ko‘rsatkichlaridan tez-
tez foydalaniladi: 
 
sotuv (sotish) rentabelligi; 
 
o‘zlik kapitalning rentabelligi; 
 
aylanma aktivlarning rentabelligi; 
 
aylanmadan tashqaridagi aktivlarning rentabelligi; 
 
investitsiyalarning rentabelligi. 
"Rentabellik – korxona foydalilik darajasini harakterlaydi. A.V.Vahobov, 
N.F.Ishonqulov va A.T.Ibrohimovlar fikrlariga ko‘ra, rentabellik ko‘rsatkichlari 
foiz o‘lchov birliklarida hisobga olingan. Kreditorlik qarzlarining aylanish davri 
esa bevosita mahsulot sotishdan tushumga nisbati bilan izoxlangan bo‘lib, iqtisodiy 
adabiyotlarda mahsulot tannarxi bilan bog‘langan1.  
Jalb qilingan kapital rentabelligi – Rk (ROCE - Return on Capital Employed). 
Bu ko‘rsatkich korxonning majburiyatlaridan olingan daromadning qiymatini 
aniqlash uchun ishlatiladi. Umumiy holda, bu korxonaning ishlashi uchun zarur 
bo‘lgan kapitaldir. Qiymat qanchalik baland bo‘lsa, korxona shunchalik yaxshi 
ishlayotganini ko‘rsatadi. 
Aksioner (xususiy) kapital rentabelligi – Rx (ROE - Return On Equity). Bu 
ko‘rsatkich korxonning o‘z kapitalidan olingan daromadning qiymatini aniqlash 
uchun ishlatiladi. 1.5. Aksioner investitsiyasiing rentabelligi – Ri (TSR - Total 
                                                 
1 Iqtisodiyot sub’ektlarini moliyaviy holatining tahlili. O‘quv qo‘llanma / Rahimov M.Yu. O‘zbekiston Respublikasi 
Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Toshkent moliya instituti. – T.: “Iqtisod-Moliya”, 2013. – 55-b. 
qilish imkoniyati va qobiliyati sifatida tavsiflaydi. Korxona (biznes) rentabelligi bu – korxona foydaliligi nisbiy ko‘rsatkichi bo‘lib, daromadlilik yoki boshqacha qilib aytganda, iqtisodiy samaradorlik ko‘rsatkichini tavsiflaydi. Ushbu ko‘rsatkich korxona uning tasarrufida bo‘lgan iqtisodiy, tabiiy, pul va mehnat resurslaridan qanchalik samarali foydalanishini ko‘rsatadi. U mahsulot ishlab chiqarish va uni sotish harajatlarini qoplash uchun tayyor mahsulot sotishdan qancha tushum olish kerakligini ko‘rsatadi. Barcha ishlab chiqarish harajatlaridan keyin foyda qolgan taqdirda korxona rentabelli hisoblanadi. Moliyaviy tahlil jarayonida rentabellikning quyidagi ko‘rsatkichlaridan tez- tez foydalaniladi:  sotuv (sotish) rentabelligi;  o‘zlik kapitalning rentabelligi;  aylanma aktivlarning rentabelligi;  aylanmadan tashqaridagi aktivlarning rentabelligi;  investitsiyalarning rentabelligi. "Rentabellik – korxona foydalilik darajasini harakterlaydi. A.V.Vahobov, N.F.Ishonqulov va A.T.Ibrohimovlar fikrlariga ko‘ra, rentabellik ko‘rsatkichlari foiz o‘lchov birliklarida hisobga olingan. Kreditorlik qarzlarining aylanish davri esa bevosita mahsulot sotishdan tushumga nisbati bilan izoxlangan bo‘lib, iqtisodiy adabiyotlarda mahsulot tannarxi bilan bog‘langan1. Jalb qilingan kapital rentabelligi – Rk (ROCE - Return on Capital Employed). Bu ko‘rsatkich korxonning majburiyatlaridan olingan daromadning qiymatini aniqlash uchun ishlatiladi. Umumiy holda, bu korxonaning ishlashi uchun zarur bo‘lgan kapitaldir. Qiymat qanchalik baland bo‘lsa, korxona shunchalik yaxshi ishlayotganini ko‘rsatadi. Aksioner (xususiy) kapital rentabelligi – Rx (ROE - Return On Equity). Bu ko‘rsatkich korxonning o‘z kapitalidan olingan daromadning qiymatini aniqlash uchun ishlatiladi. 1.5. Aksioner investitsiyasiing rentabelligi – Ri (TSR - Total 1 Iqtisodiyot sub’ektlarini moliyaviy holatining tahlili. O‘quv qo‘llanma / Rahimov M.Yu. O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Toshkent moliya instituti. – T.: “Iqtisod-Moliya”, 2013. – 55-b.  
 
Shareholders Return). Umumiy aksiyadorlar daromadi. Ushbu indikator 
aksiyadorlik jamiyatlari aksiyalarining o‘zgarishi va dividendlarni hisoblash 
natijasida aksiyadorlar daromadlarining nisbatini anglatadi. 
Ilmiy izlanishlarga ko‘ra, davlat ulushidagi aksionerlik jamiyatlari va xo‘jalik 
yuritish sub’ektlari faoliyatining samaradorligini belgilovchi ko‘rsatkichlarning 
aniqlanishida nisbatdan noaniqliklar yuzaga kelgan. Xususan, ilmiy adabiyotlarda 
rentabellik ko‘rsatkichlari foizda hisobga olingan. Shu sababdan, rentabellik 
ko‘rsatkichlarini 100 ga ko‘paytirib, foizda inobatga olinishni maqsadga muvofiq 
deb 
hisoblaymiz. 
Bizningcha, 
xo‘jalik 
yuritish 
sub’ekti 
faoliyatining 
samaradorligini belgilashda, ko‘rsatkichlarning mazmunan to‘g‘ri bog‘lanishi va 
aniqlanishi ham muhim o‘rin tutadi. 
Sotuv (sotish) rentabelligi XYUS sotuvi (sotishi)ning hajmida sof foydaning 
salmog‘ini ko‘rsatadi va uni quyidagi formula yordamida aniqlash mumkin: 
K рс  = (SF к : SH) x 100% 
 Bu yerda:  K рс     - sotuv (sotish) rentabelligi; 
                        SF к   - XYUSning sof foydasi; 
                        SH     - XYUSning sotuv (sotish) hajmi. 
 
 O‘z(lik) kapitalining rentabelligi XYUSning egalari tomonidan investitsiya 
qilingan kapitaldan foydalanish samaradorligini aniqlashga imkon beradi. Odatda 
bu ko‘rsatkich mablag‘larning boshqa XYUSlarga, qimmatli qog‘ozlarga va 
depozitlarga qo‘yilishi imkoniyati bilan taqqoslanadi.  Bu ko‘rsatkich 
kompaniyaning egalari tomonidan XYUS qo‘yilgan (joylashtirilgan) har bir birlik 
sof foydaning qancha pulli birligini “ishlaganligini” ko‘rsatadi va formula 
yordamida quyidagicha hisoblanadi: 
K рук  = (SF к    : O‘K к ) x 100% 
 Bu yerda: K рук      - XYUS o‘zlik kapitalining rentabelligi; 
                        SF к    - XYUSning sof foydasi; 
                         O‘K к    - XYUSning o‘zlik kapitali. 
Shareholders Return). Umumiy aksiyadorlar daromadi. Ushbu indikator aksiyadorlik jamiyatlari aksiyalarining o‘zgarishi va dividendlarni hisoblash natijasida aksiyadorlar daromadlarining nisbatini anglatadi. Ilmiy izlanishlarga ko‘ra, davlat ulushidagi aksionerlik jamiyatlari va xo‘jalik yuritish sub’ektlari faoliyatining samaradorligini belgilovchi ko‘rsatkichlarning aniqlanishida nisbatdan noaniqliklar yuzaga kelgan. Xususan, ilmiy adabiyotlarda rentabellik ko‘rsatkichlari foizda hisobga olingan. Shu sababdan, rentabellik ko‘rsatkichlarini 100 ga ko‘paytirib, foizda inobatga olinishni maqsadga muvofiq deb hisoblaymiz. Bizningcha, xo‘jalik yuritish sub’ekti faoliyatining samaradorligini belgilashda, ko‘rsatkichlarning mazmunan to‘g‘ri bog‘lanishi va aniqlanishi ham muhim o‘rin tutadi. Sotuv (sotish) rentabelligi XYUS sotuvi (sotishi)ning hajmida sof foydaning salmog‘ini ko‘rsatadi va uni quyidagi formula yordamida aniqlash mumkin: K рс = (SF к : SH) x 100% Bu yerda: K рс - sotuv (sotish) rentabelligi; SF к - XYUSning sof foydasi; SH - XYUSning sotuv (sotish) hajmi. O‘z(lik) kapitalining rentabelligi XYUSning egalari tomonidan investitsiya qilingan kapitaldan foydalanish samaradorligini aniqlashga imkon beradi. Odatda bu ko‘rsatkich mablag‘larning boshqa XYUSlarga, qimmatli qog‘ozlarga va depozitlarga qo‘yilishi imkoniyati bilan taqqoslanadi. Bu ko‘rsatkich kompaniyaning egalari tomonidan XYUS qo‘yilgan (joylashtirilgan) har bir birlik sof foydaning qancha pulli birligini “ishlaganligini” ko‘rsatadi va formula yordamida quyidagicha hisoblanadi: K рук = (SF к : O‘K к ) x 100% Bu yerda: K рук - XYUS o‘zlik kapitalining rentabelligi; SF к - XYUSning sof foydasi; O‘K к - XYUSning o‘zlik kapitali.  
 
 
Aylanma aktivlarning rentabelligi aylamanma mablag‘lardan foydalanish 
samaradorligini ochib beradi va uni quyidagicha aniqlash mumkin: 
K рам = SF к : JA к  
 Bu yerda: 
K рам  -  XYUS aylanma aktivlarining rentabelligi; 
          SF к    - XYUSning sof foydasi; 
          JA к    - XYUSning joriy (yillik o‘rtacha) aktivlari. 
 
 Aylanmadan 
tashqaridagi 
aktivlarning 
rentabelligi 
ko‘rsatkichi 
kompaniyaning asosiy kapitaliga nisbatan XYUSning yetarli foyda hajmini 
ta’minlash qobiliyatini aks ettiradi. Uni formula yordamida quyidagicha ifodalasa 
bo‘ladi: 
K рата  = (SF к : UMA к ) x 100% 
 Bu yerda: 
K рата  - XYUS aylanmadan tashqari aktivlarining rentabelligi; 
          SF к   - XYUSning sof foydasi; 
 UMA к - XYUSning uzoq muddatli (yillik o‘rtacha) aktivlari. 
 
 Investitsiyalarning rentabelligi koeffitsiyenti XYUS raqobatbar-doshligi va 
innovatsionligining eng muhim indikatorlaridan biri hisoblanadi. Uni quyidagi 
formula yordamida hisoblash mumkin: 
K ри  =  SF к  : (O‘K + UMM) x 100% 
 Bu yerda: 
K ри       - XYUS investitsiyalarining rentabelligi; 
          SF к  - XYUSning sof foydasi; 
          O‘K - XYUSning  o‘zlik kapitali; 
          UMM  - XYUSning uzoq muddatli majburiyatlari. 
 
Aylanma aktivlarning rentabelligi aylamanma mablag‘lardan foydalanish samaradorligini ochib beradi va uni quyidagicha aniqlash mumkin: K рам = SF к : JA к Bu yerda: K рам - XYUS aylanma aktivlarining rentabelligi; SF к - XYUSning sof foydasi; JA к - XYUSning joriy (yillik o‘rtacha) aktivlari. Aylanmadan tashqaridagi aktivlarning rentabelligi ko‘rsatkichi kompaniyaning asosiy kapitaliga nisbatan XYUSning yetarli foyda hajmini ta’minlash qobiliyatini aks ettiradi. Uni formula yordamida quyidagicha ifodalasa bo‘ladi: K рата = (SF к : UMA к ) x 100% Bu yerda: K рата - XYUS aylanmadan tashqari aktivlarining rentabelligi; SF к - XYUSning sof foydasi; UMA к - XYUSning uzoq muddatli (yillik o‘rtacha) aktivlari. Investitsiyalarning rentabelligi koeffitsiyenti XYUS raqobatbar-doshligi va innovatsionligining eng muhim indikatorlaridan biri hisoblanadi. Uni quyidagi formula yordamida hisoblash mumkin: K ри = SF к : (O‘K + UMM) x 100% Bu yerda: K ри - XYUS investitsiyalarining rentabelligi; SF к - XYUSning sof foydasi; O‘K - XYUSning o‘zlik kapitali; UMM - XYUSning uzoq muddatli majburiyatlari.  
 
 Rentabellikni oshirish yo‘nalishlari omillarning quyidagi guruhlari bilan 
bog‘liq: 
- foyda summasini ko‘paytirish; 
- harajatlarning darajasini va foydani olish uchun resurslarni kamaytirish. 
Bu yo‘nalishlar har bir XYUSda konkretlashtirilishi va  rentabellikni 
oshirishning rezervlarini qidirib topish va ulardan foydalanish asosida amalga 
oshirilishi mumkin. 
Rentabellikni oshirish yo‘nalishlari omillarning quyidagi guruhlari bilan bog‘liq: - foyda summasini ko‘paytirish; - harajatlarning darajasini va foydani olish uchun resurslarni kamaytirish. Bu yo‘nalishlar har bir XYUSda konkretlashtirilishi va rentabellikni oshirishning rezervlarini qidirib topish va ulardan foydalanish asosida amalga oshirilishi mumkin.