XO‘JALIK YURITUVCHI SUB’EKTLARNING HARAJATLARI

Yuklangan vaqt

2024-12-10

Yuklab olishlar soni

1

Sahifalar soni

10

Faytl hajmi

22,5 KB


 
 
 
 
 
 
XO‘JALIK YURITUVCHI SUB’EKTLARNING HARAJATLARI 
 
 
Reja: 
1. 
XYUSlarning harajatlari: mohiyati va tarkibi. 
2. 
XYUSlar harajatlarining tasniflanishi. 
3. 
XYUSlar harajatlarining samaradorligini baholash. 
 
Umumiy iqtisodiy ma’noda ishlab chiqarish harajatlari va mahsulot tannarxi 
tushunchalariga Sh.Shodmonov tomonidan quyidagicha ta’rif keltirilgan: “Ishlab 
chiqarish harajatlari – korxonaning mahsulot ishlab chiqarish maqsadlarida, 
iqtisodiy resurslar sotib olish uchun qilgan pul sarflari. Firma o‘z faoliyatini 
bozordan moddiy resurslar, ya’ni asbob-uskuna, dastgohlar, transport va aloqa 
vositalari, xom-ashyo, yoqilg‘i, har xil materiallarni, mehnat bozoridan ishchi 
kuchini sotib olishdan boshlaydi. 
Shunga muvofiq holda, ishlab chiqarish harajatlari tarkibiga xom-ashyo, 
asosiy va yordamchi materiallar, yonilg‘i va energiya harajatlari, asosiy kapital 
amortizatsiyasi, ish haqi va ijtimoiy sug‘urtaga ajratmalar, foiz to‘lovlari va boshqa 
harajatlar kiradi. Ishlab chiqarish harajatlariga qilingan barcha harajatlarning 
puldagi ifodasi mahsulot tannarxini tashkil qiladi”. 
T. Malikovning quyida keltirgan fikrlariga qo‘shilamiz: “foyda olish yoki 
XYUSning boshqa maqsadlariga erishish uchun foydalaniladigan resurslarning pul 
qiymatiga XYUSning harajatlari deyiladi. “Harajatlar” tushunchasi “tannarx” 
tushunchasiga 
nisbatan 
kengroq 
hisoblanadi. 
Chunki, 
tannarx 
umumiy 
harajatlarning bir qismini (oddiy takror ishlab chiqarish harajatlarini) o‘zida aks 
ettiradi. Mahsulot (ish va xizmat) tannarxi mahsulot (ish va xizmat)ni ishlab 
XO‘JALIK YURITUVCHI SUB’EKTLARNING HARAJATLARI Reja: 1. XYUSlarning harajatlari: mohiyati va tarkibi. 2. XYUSlar harajatlarining tasniflanishi. 3. XYUSlar harajatlarining samaradorligini baholash. Umumiy iqtisodiy ma’noda ishlab chiqarish harajatlari va mahsulot tannarxi tushunchalariga Sh.Shodmonov tomonidan quyidagicha ta’rif keltirilgan: “Ishlab chiqarish harajatlari – korxonaning mahsulot ishlab chiqarish maqsadlarida, iqtisodiy resurslar sotib olish uchun qilgan pul sarflari. Firma o‘z faoliyatini bozordan moddiy resurslar, ya’ni asbob-uskuna, dastgohlar, transport va aloqa vositalari, xom-ashyo, yoqilg‘i, har xil materiallarni, mehnat bozoridan ishchi kuchini sotib olishdan boshlaydi. Shunga muvofiq holda, ishlab chiqarish harajatlari tarkibiga xom-ashyo, asosiy va yordamchi materiallar, yonilg‘i va energiya harajatlari, asosiy kapital amortizatsiyasi, ish haqi va ijtimoiy sug‘urtaga ajratmalar, foiz to‘lovlari va boshqa harajatlar kiradi. Ishlab chiqarish harajatlariga qilingan barcha harajatlarning puldagi ifodasi mahsulot tannarxini tashkil qiladi”. T. Malikovning quyida keltirgan fikrlariga qo‘shilamiz: “foyda olish yoki XYUSning boshqa maqsadlariga erishish uchun foydalaniladigan resurslarning pul qiymatiga XYUSning harajatlari deyiladi. “Harajatlar” tushunchasi “tannarx” tushunchasiga nisbatan kengroq hisoblanadi. Chunki, tannarx umumiy harajatlarning bir qismini (oddiy takror ishlab chiqarish harajatlarini) o‘zida aks ettiradi. Mahsulot (ish va xizmat) tannarxi mahsulot (ish va xizmat)ni ishlab  
 
chiqarish jarayonida foydalaniladigan xomashyo, materiallar, yoqilg‘i, energiya, 
asosiy fondlar, mehnat resurslari va ularni ishlab chiqarish hamda sotish qilish 
boshqa harajatlarining qiymat bahosidan iborat. Amaliyotda “mahsulotning 
umumiy tannarxi” va “mahsulot birligining tannarxi” tushunchalaridan keng 
foydalaniladi”. 
Demak, harajatlar – bu ko‘zlangan maqsadlarga (mahsulot ishlab chiqarish, 
tovarlar haridi, xizmatlar ko‘rsatish, ishlarni bajarish, loyihalarni amalga oshirish) 
erishish uchun sarflangan barcha resurslar qiymatining puldagi ifodasidir. Ushbu 
atama juda ko‘p ma’noga ega bo‘lib, turli xil vaziyatlarda turli xil tipdagi harajatlar 
qo‘llaniladi. Masalan, ishlab chiqarish korxonalarida mahsulotni ishlab chiqarish 
va haridorlarga sotish uchun ko‘plab harajatlar amalga oshiriladi. Bularga material 
harajatlar, mehnat haqi harajatlari, mashina va asbob-uskunalarning amortizatsiyasi 
harajatlari, ta’mirlash harajatlari, xodimlarni ovqatlantirish va tibbiy xizmat 
ko‘rsatish harajatlari, elektr-energiya harajatlari, mahsulotlarni saqlash, reklama 
qilish, haridorlarga yetkazib berish, menejerlarning ish haqi, telefon va internet 
harajatlari hamda boshqa harajatlarni kiritish mumkin. Harajatlarning turi va 
miqdori tashkilotning faoliyat xususiyatlari, uning hajmi boshqa omillarga bog‘liq 
bo‘ladi. 
Mahsulot (ish va xizmat) tannarxi  mahsulot (ish va xizmat)ni ishlab chiqarish 
(ko‘rsatish) jarayonida foydalaniladigan xom ashyo, materiallar, yoqilg‘i, energiya, 
asosiy fondlar, mehnat resurslari va ularni ishlab chiqarish hamda realizatsiya 
qilish 
boshqa 
harajatlarining 
qiymatiy 
bahosidan 
iborat. 
Amaliyotda 
“mahsulotning 
umumiy 
tannarxi” 
va 
“mahsulot 
birligining 
tannarxi” 
tushunchalaridan keng foydalaniladi. 
Iqtisodiyotning turli tarmoqlarida (sanoat, qishloq xo‘jaligi, savdo, umumiy 
ovqatlanish, qurilish va b.) ishlab chiqarilayotgan mahsulotning tannarxi tarkibiga 
harajatlarni aks ettirish (kiritish)ning o‘ziga xos xususiyatlari mavjud. Tannarxga 
kiritiladigan harajatlarning tarkibi, bir tomondan, hayotga tatbiq etilayotgan soliq 
siyosatiga va ikkinchi tomondan, iqtisodiyotning ahvoli (holati) va tarkibiy 
tuzilishiga bog‘liq. 
chiqarish jarayonida foydalaniladigan xomashyo, materiallar, yoqilg‘i, energiya, asosiy fondlar, mehnat resurslari va ularni ishlab chiqarish hamda sotish qilish boshqa harajatlarining qiymat bahosidan iborat. Amaliyotda “mahsulotning umumiy tannarxi” va “mahsulot birligining tannarxi” tushunchalaridan keng foydalaniladi”. Demak, harajatlar – bu ko‘zlangan maqsadlarga (mahsulot ishlab chiqarish, tovarlar haridi, xizmatlar ko‘rsatish, ishlarni bajarish, loyihalarni amalga oshirish) erishish uchun sarflangan barcha resurslar qiymatining puldagi ifodasidir. Ushbu atama juda ko‘p ma’noga ega bo‘lib, turli xil vaziyatlarda turli xil tipdagi harajatlar qo‘llaniladi. Masalan, ishlab chiqarish korxonalarida mahsulotni ishlab chiqarish va haridorlarga sotish uchun ko‘plab harajatlar amalga oshiriladi. Bularga material harajatlar, mehnat haqi harajatlari, mashina va asbob-uskunalarning amortizatsiyasi harajatlari, ta’mirlash harajatlari, xodimlarni ovqatlantirish va tibbiy xizmat ko‘rsatish harajatlari, elektr-energiya harajatlari, mahsulotlarni saqlash, reklama qilish, haridorlarga yetkazib berish, menejerlarning ish haqi, telefon va internet harajatlari hamda boshqa harajatlarni kiritish mumkin. Harajatlarning turi va miqdori tashkilotning faoliyat xususiyatlari, uning hajmi boshqa omillarga bog‘liq bo‘ladi. Mahsulot (ish va xizmat) tannarxi mahsulot (ish va xizmat)ni ishlab chiqarish (ko‘rsatish) jarayonida foydalaniladigan xom ashyo, materiallar, yoqilg‘i, energiya, asosiy fondlar, mehnat resurslari va ularni ishlab chiqarish hamda realizatsiya qilish boshqa harajatlarining qiymatiy bahosidan iborat. Amaliyotda “mahsulotning umumiy tannarxi” va “mahsulot birligining tannarxi” tushunchalaridan keng foydalaniladi. Iqtisodiyotning turli tarmoqlarida (sanoat, qishloq xo‘jaligi, savdo, umumiy ovqatlanish, qurilish va b.) ishlab chiqarilayotgan mahsulotning tannarxi tarkibiga harajatlarni aks ettirish (kiritish)ning o‘ziga xos xususiyatlari mavjud. Tannarxga kiritiladigan harajatlarning tarkibi, bir tomondan, hayotga tatbiq etilayotgan soliq siyosatiga va ikkinchi tomondan, iqtisodiyotning ahvoli (holati) va tarkibiy tuzilishiga bog‘liq.  
 
 
2-savol bayoni. XYUS faoliyatining shart-sharoitlari va yo‘nalishlariga 
bog‘liq ravishda harajatlar quyidagi ikki yirik guruhga bo‘linadi: 
 
ishlab chiqarish va realizatsiya bilan bog‘liq bo‘lgan harajatlar; 
 
realizatsiyadan tashqari (norealizatsion) harajatlar; 
Ishlab chiqarish va realizatsiya bilan bog‘liq bo‘lgan harajatlar 
tarkibiga, odatda,  quyidagilar kiritiladi: 
 
mahsulotlarni tayyorlash, saqlash va yetkazib berish, ishlarni bajarish, 
xizmatlarni ko‘rsatish, tovar (ish, xizmat, mulkiy huquq)larni sotib olish va 
realizatsiya qilish harajatlari; 
 
asosiy vositalar va boshqa mol-mulklarni saqlash va ekspluatatsiya qilish, 
ta’mirlash va texnik xizmat ko‘rsatish, shuningdek, ularni tuzatilgan holatda saqlab 
turish harajatlari; 
 
tabiiy resurslarni o‘zlashtirish harajatlari; 
 
ilmiy-tadqiqot va tajriba-konstruktorlik ishlanmalari bilan bog‘liq bo‘lgan 
harajatlar; 
 
majburiy va ixtiyoriy sug‘urta harajatlari; 
 
ishlab chiqarish va realizatsiya bilan bog‘liq bo‘lgan boshqa harajatlar. 
Yuqoridagilardan tashqari bu Harajatlar yana quyidagicha klassifikatsiya 
qilinishi mumkin: 
 
moddiy harajatlar; 
 
mehnat haqi harajatlari; 
 
hisoblangan amortizatsiya summalari; 
 
boshqa harajatlar. 
XYUS umumiy harajatlarining summasidan iborat bo‘lgan ishlab chiqarish 
tannarxining tarkibiga quyidagilar kiradi: 
 
moddiy harajatlar; 
 
amortizatsiya ajratmalari; 
 
mehnatga haq to‘lash harajatlari; 
2-savol bayoni. XYUS faoliyatining shart-sharoitlari va yo‘nalishlariga bog‘liq ravishda harajatlar quyidagi ikki yirik guruhga bo‘linadi:  ishlab chiqarish va realizatsiya bilan bog‘liq bo‘lgan harajatlar;  realizatsiyadan tashqari (norealizatsion) harajatlar; Ishlab chiqarish va realizatsiya bilan bog‘liq bo‘lgan harajatlar tarkibiga, odatda, quyidagilar kiritiladi:  mahsulotlarni tayyorlash, saqlash va yetkazib berish, ishlarni bajarish, xizmatlarni ko‘rsatish, tovar (ish, xizmat, mulkiy huquq)larni sotib olish va realizatsiya qilish harajatlari;  asosiy vositalar va boshqa mol-mulklarni saqlash va ekspluatatsiya qilish, ta’mirlash va texnik xizmat ko‘rsatish, shuningdek, ularni tuzatilgan holatda saqlab turish harajatlari;  tabiiy resurslarni o‘zlashtirish harajatlari;  ilmiy-tadqiqot va tajriba-konstruktorlik ishlanmalari bilan bog‘liq bo‘lgan harajatlar;  majburiy va ixtiyoriy sug‘urta harajatlari;  ishlab chiqarish va realizatsiya bilan bog‘liq bo‘lgan boshqa harajatlar. Yuqoridagilardan tashqari bu Harajatlar yana quyidagicha klassifikatsiya qilinishi mumkin:  moddiy harajatlar;  mehnat haqi harajatlari;  hisoblangan amortizatsiya summalari;  boshqa harajatlar. XYUS umumiy harajatlarining summasidan iborat bo‘lgan ishlab chiqarish tannarxining tarkibiga quyidagilar kiradi:  moddiy harajatlar;  amortizatsiya ajratmalari;  mehnatga haq to‘lash harajatlari;  
 
 
sotsial ehtiyojlarga ajratmalar; 
 
tugallanmagan ishlab chiqarish qoldiqlarining o‘zgarishi va boshqa 
harajatlar; 
 
kelgusi davr harajatlari; 
 
kelgusi harajatlar va to‘lovlar rezervlari 
 
va boshqalar. 
Realizatsiyadan tashqari (norealizatsion) harajatlar mahsulotni ishlab 
chiqarish va realizatsiya qilish bilan bog‘liq bo‘lmaydi. 
Resurslarning samarali boshqaruvchanligini ta’minlash uchun mahsulotning 
tannarxi XYUSning alohida olingan bo‘linmalari bo‘yicha hisoblanadi. U o‘z 
ichiga shu bo‘linmaning harajatlarini olib,  ma’lum davr uchun XYUS 
harajatlarining rejali hisobini, ya’ni  byudjetini (smetasini) tuzish uchun asos 
bo‘ladi. 
Shuningdek, Mamlakatimizda qabul qilingan “Mahsulot (ishlar, xizmatlar)ni 
ishlab chiqarish va sotish harajatlari tarkibi hamda moliyaviy natijalarni 
shakllantirish tartibi to‘g‘risidagi Nizom”ga asosan, mahsulot (ishlar, xizmatlar) 
tannarxiga kiritiladigan harajatlar va davr harajatlari ro‘yxati xo‘jalik yurituvchi 
sub’ekt faoliyatining rentabelligini va bozor raqobatbardoshliligini aniqlash uchun 
mahsulot (ishlar, xizmatlar)ni ishlab chiqarish va sotish davomida xo‘jalik 
yurituvchi sub’ektda paydo bo‘ladigan barcha harajatlar to‘g‘risida buxgalteriya 
hisobi schyotlarida to‘liq va aniq axborot shakllantirilishi hamda soliq solinadigan 
bazani to‘g‘ri aniqlash maqsadida belgilanadi. 
Mazkur Nizomga muvofiq barcha harajatlar quyidagilarga guruhlanadi: 
mahsulotning ishlab chiqarish tannarxiga kiritiladigan harajatlar: 
a) bevosita va bilvosita moddiy harajatlar; 
b) bevosita va bilvosita mehnat harajatlari; 
v) boshqa bevosita va bilvosita harajatlar, shu jumladan ishlab chiqarish 
xususiyatiga ega bo‘lgan ustama harajatlar; 
Ishlab chiqarish tannarxiga kiritilmaydigan, biroq asosiy faoliyatdan olingan 
foydada hisobga olinadigan hamda davr harajatlariga kiritiladigan harajatlar: 
 sotsial ehtiyojlarga ajratmalar;  tugallanmagan ishlab chiqarish qoldiqlarining o‘zgarishi va boshqa harajatlar;  kelgusi davr harajatlari;  kelgusi harajatlar va to‘lovlar rezervlari  va boshqalar. Realizatsiyadan tashqari (norealizatsion) harajatlar mahsulotni ishlab chiqarish va realizatsiya qilish bilan bog‘liq bo‘lmaydi. Resurslarning samarali boshqaruvchanligini ta’minlash uchun mahsulotning tannarxi XYUSning alohida olingan bo‘linmalari bo‘yicha hisoblanadi. U o‘z ichiga shu bo‘linmaning harajatlarini olib, ma’lum davr uchun XYUS harajatlarining rejali hisobini, ya’ni byudjetini (smetasini) tuzish uchun asos bo‘ladi. Shuningdek, Mamlakatimizda qabul qilingan “Mahsulot (ishlar, xizmatlar)ni ishlab chiqarish va sotish harajatlari tarkibi hamda moliyaviy natijalarni shakllantirish tartibi to‘g‘risidagi Nizom”ga asosan, mahsulot (ishlar, xizmatlar) tannarxiga kiritiladigan harajatlar va davr harajatlari ro‘yxati xo‘jalik yurituvchi sub’ekt faoliyatining rentabelligini va bozor raqobatbardoshliligini aniqlash uchun mahsulot (ishlar, xizmatlar)ni ishlab chiqarish va sotish davomida xo‘jalik yurituvchi sub’ektda paydo bo‘ladigan barcha harajatlar to‘g‘risida buxgalteriya hisobi schyotlarida to‘liq va aniq axborot shakllantirilishi hamda soliq solinadigan bazani to‘g‘ri aniqlash maqsadida belgilanadi. Mazkur Nizomga muvofiq barcha harajatlar quyidagilarga guruhlanadi: mahsulotning ishlab chiqarish tannarxiga kiritiladigan harajatlar: a) bevosita va bilvosita moddiy harajatlar; b) bevosita va bilvosita mehnat harajatlari; v) boshqa bevosita va bilvosita harajatlar, shu jumladan ishlab chiqarish xususiyatiga ega bo‘lgan ustama harajatlar; Ishlab chiqarish tannarxiga kiritilmaydigan, biroq asosiy faoliyatdan olingan foydada hisobga olinadigan hamda davr harajatlariga kiritiladigan harajatlar:  
 
a) sotish harajatlari; 
b) boshqarish harajatlari (ma’muriy sarf-harajatlar); 
v) boshqa operatsion harajatlar va zararlar; 
Xo‘jalik yurituvchi sub’ektning umumxo‘jalik faoliyatidan olingan foyda 
yoki zararlarni hisoblab chiqishda hisobga olinadigan xo‘jalik yurituvchi 
sub’ektning moliyaviy faoliyati bo‘yicha harajatlari: 
a) foizlar bo‘yicha harajatlar; 
b) xorijiy valyuta bilan operatsiya bo‘yicha salbiy kurs tafovutlari; 
v) qimmatli qog‘ozlarga qo‘yilgan mablag‘larni qayta baholash; 
g) moliyaviy faoliyat bo‘yicha boshqa harajatlar; 
Favqulodda zararlar, u foydadan olinadigan soliq to‘langunga qadar foyda 
yoki zararlarni hisoblab chiqishda hisobga olinadi. 
XYUSning barcha harajatlarini turli yo‘nalishlar bo‘yicha (u yoki bu 
klassifikatsiyaning asosida nima qo‘yilganligiga bog‘liq ravishda) klassifikatsiya 
qilish (turkumlarga ajratish) mumkin.  Odatda, harajatlarning klassifikatsiyasi 
ularning quyidagi belgilar bo‘yicha guruhlarga ajratilishini o‘z ichiga oladi: 
 
ishlab chiqarishning hajmiga nisbatan; 
 
iqtisodiy elementlariga ko‘ra; 
 
kalkulyatsiya moddalari bo‘yicha; 
 
mahsulot tannarxiga o‘tkazilish usuliga muvofiq; 
 
davlat tomonidan tartibga solinish darajasiga qarab; 
 
va boshqalar. 
Ishlab 
chiqarish 
hajmiga 
nisbatan 
harajatlar 
quyidagi 
guruhlarga 
klassifikatsiya qilinadi: 
 
doimiy (o‘zgarmaydigan) harajatlar; 
 
o‘zgaruvchan harajatlar. 
Doimiy (o‘zgarmaydigan) harajatlar ishlab chiqarish hajmiga bog‘liq 
bo‘lmaydi. Bu harajatlar, hatto XYUS turib qolgan hollarda ham yoki uning tashkil 
qilinish davrida ham mavjud bo‘ladi. Bunday harajatlarning qatoriga o‘z asosiy 
fondlarining 
amortizatsiyasi, 
binolarning 
ijarasi, 
ma’muriyat 
va 
xizmat 
a) sotish harajatlari; b) boshqarish harajatlari (ma’muriy sarf-harajatlar); v) boshqa operatsion harajatlar va zararlar; Xo‘jalik yurituvchi sub’ektning umumxo‘jalik faoliyatidan olingan foyda yoki zararlarni hisoblab chiqishda hisobga olinadigan xo‘jalik yurituvchi sub’ektning moliyaviy faoliyati bo‘yicha harajatlari: a) foizlar bo‘yicha harajatlar; b) xorijiy valyuta bilan operatsiya bo‘yicha salbiy kurs tafovutlari; v) qimmatli qog‘ozlarga qo‘yilgan mablag‘larni qayta baholash; g) moliyaviy faoliyat bo‘yicha boshqa harajatlar; Favqulodda zararlar, u foydadan olinadigan soliq to‘langunga qadar foyda yoki zararlarni hisoblab chiqishda hisobga olinadi. XYUSning barcha harajatlarini turli yo‘nalishlar bo‘yicha (u yoki bu klassifikatsiyaning asosida nima qo‘yilganligiga bog‘liq ravishda) klassifikatsiya qilish (turkumlarga ajratish) mumkin. Odatda, harajatlarning klassifikatsiyasi ularning quyidagi belgilar bo‘yicha guruhlarga ajratilishini o‘z ichiga oladi:  ishlab chiqarishning hajmiga nisbatan;  iqtisodiy elementlariga ko‘ra;  kalkulyatsiya moddalari bo‘yicha;  mahsulot tannarxiga o‘tkazilish usuliga muvofiq;  davlat tomonidan tartibga solinish darajasiga qarab;  va boshqalar. Ishlab chiqarish hajmiga nisbatan harajatlar quyidagi guruhlarga klassifikatsiya qilinadi:  doimiy (o‘zgarmaydigan) harajatlar;  o‘zgaruvchan harajatlar. Doimiy (o‘zgarmaydigan) harajatlar ishlab chiqarish hajmiga bog‘liq bo‘lmaydi. Bu harajatlar, hatto XYUS turib qolgan hollarda ham yoki uning tashkil qilinish davrida ham mavjud bo‘ladi. Bunday harajatlarning qatoriga o‘z asosiy fondlarining amortizatsiyasi, binolarning ijarasi, ma’muriyat va xizmat  
 
ko‘rsatuvchi xodimlarga ish haqi, soliqlarning ayrim ko‘rinishlari va boshqalar 
kiradi. 
O‘zgaruvchan harajatlar ishlab chiqarish hajmiga nisbatan proporsional 
ravishda o‘zgaradi. Bunday harajatlarning tarkibi xom ashyo, materiallar, butlovchi 
buyumlar va yarim tayyor mahsulotlar, texnologik ehtiyojlar uchun yoqilg‘i va 
energiya, asosiy ishchilarning ish haqlari va boshqalar bilan bog‘liq bo‘lgan 
harajatlardan iborat. 
Bir vaqtning o‘zida XYUS harajatlarining  doimiy (o‘zgarmaydigan) 
harajatlar va o‘zgaruvchan harajatlarga bo‘linishi shartli harakterga ega. Buning 
sababi shundaki, uzoq vaqt davomida XYUSning barcha harajatlari o‘zgaradi. 
Shuning uchun ham ular ko‘p hollarda shartli-doimiy (shartli-o‘zgarmaydigan) va 
shartli-o‘zgaruvchan harajatlar deb yuritiladi. Harajatlarning bunday bo‘linishidan 
zarar (ziyon)sizlik tahlil qilinganda, ishlab chiqariladigan mahsulotning tarkibiy 
tuzilmasini optimallashtirish (oqilonalashtirish)da va shuningdek moliyaviy 
rejalash-tirishni 
amalga 
oshirish 
(o‘tkazish)da 
foydalaniladi. 
 
Doimiy 
(o‘zgarmaydigan) harajatlar va o‘zgaruvchan harajatlarning yig‘indisi mahsulotni 
ishlab chiqarish va realizatsiya qilish harajatlarining umumiy summasini tashkil 
etadi. 
Iqtisodiy elementlariga ko‘ra harajatlarni quyidagi guruhlarga bo‘lish 
mumkin: 
  a) moddiy harajatlar: 
- 
xom ashyo va materiallar; 
- 
sotib olingan butlovchi buyumlar va yarim tayyor mahsulotlar; 
- 
yoqilg‘i; 
- 
texnologik maqsadlar uchun elektroenergiya; 
- 
va boshqalar. 
b) mehnat haqi harajatlari; 
v) tasdiqlangan yagona sotsial soliq stavkasiga muvofiq ravishda ish haqi 
fondiga hisoblashlar; 
g) asosiy vositalarning amortizatsiyasi; 
ko‘rsatuvchi xodimlarga ish haqi, soliqlarning ayrim ko‘rinishlari va boshqalar kiradi. O‘zgaruvchan harajatlar ishlab chiqarish hajmiga nisbatan proporsional ravishda o‘zgaradi. Bunday harajatlarning tarkibi xom ashyo, materiallar, butlovchi buyumlar va yarim tayyor mahsulotlar, texnologik ehtiyojlar uchun yoqilg‘i va energiya, asosiy ishchilarning ish haqlari va boshqalar bilan bog‘liq bo‘lgan harajatlardan iborat. Bir vaqtning o‘zida XYUS harajatlarining doimiy (o‘zgarmaydigan) harajatlar va o‘zgaruvchan harajatlarga bo‘linishi shartli harakterga ega. Buning sababi shundaki, uzoq vaqt davomida XYUSning barcha harajatlari o‘zgaradi. Shuning uchun ham ular ko‘p hollarda shartli-doimiy (shartli-o‘zgarmaydigan) va shartli-o‘zgaruvchan harajatlar deb yuritiladi. Harajatlarning bunday bo‘linishidan zarar (ziyon)sizlik tahlil qilinganda, ishlab chiqariladigan mahsulotning tarkibiy tuzilmasini optimallashtirish (oqilonalashtirish)da va shuningdek moliyaviy rejalash-tirishni amalga oshirish (o‘tkazish)da foydalaniladi. Doimiy (o‘zgarmaydigan) harajatlar va o‘zgaruvchan harajatlarning yig‘indisi mahsulotni ishlab chiqarish va realizatsiya qilish harajatlarining umumiy summasini tashkil etadi. Iqtisodiy elementlariga ko‘ra harajatlarni quyidagi guruhlarga bo‘lish mumkin: a) moddiy harajatlar: - xom ashyo va materiallar; - sotib olingan butlovchi buyumlar va yarim tayyor mahsulotlar; - yoqilg‘i; - texnologik maqsadlar uchun elektroenergiya; - va boshqalar. b) mehnat haqi harajatlari; v) tasdiqlangan yagona sotsial soliq stavkasiga muvofiq ravishda ish haqi fondiga hisoblashlar; g) asosiy vositalarning amortizatsiyasi;  
 
d) boshqa harajatlar: 
       -   ijara haqi; 
              -   majburiy sug‘urta to‘lovlari; 
              -   tannarx tarkibiga kiritiladigan soliqlar; 
              -   va boshqalar. 
 Iqtisodiy elementlar harajatlarning bir xil ko‘rinishlari bo‘lib, ular 
mahsulotni ishlab chiqarish va realizatsiya qilishda aniq bir rolni o‘ynaydi. 
Harajatlarning iqtisodiy elementlarga bo‘linishidan mahsulot barcha hajmini ishlab 
chiqarish harajatlarining smetasini tuzishda foydalaniladi. Tannarxning elementli 
tarkibiy tuzilmasi harajatlar u yoki bu ko‘rinishi salmog‘iga bog‘liq ravishda 
sanoatning tarmoqlari bo‘yicha farqlanadi. Agar material sig‘imli tarmoqlarda 
mahsulot tannarxining tarkibida moddiy harajatlar hal qiluvchi o‘rinni egallasa, 
mehnat sig‘imli tarmoqlarda esa asosiy hissa mehnat haqiga to‘g‘ri keladi. 
Energiya sig‘imli tarmoqlar ham mavjud bo‘lib, ularning tannarxida energetika 
resurslarining harajat-lari (rangli metallurgiya, ximiya sanoati, yengil metallarni 
ishlab chiqarish) katta salmoqni egallaydi. O‘z navbatida, fond sig‘imli 
tarmoqlarda katta salmoq asosiy fondlarning amortizatsiyasi va ularni saqlash bilan 
bog‘liq bo‘lgan harajatlarga to‘g‘ri keladi. 
 Kalkulyatsiya moddalari bo‘yicha harajatlar quyidagilarga bo‘linishi 
mumkin: 
 
xom ashyo va materiallar;  
 
qaytariluvchi chiqindilar; 
 
texnologik maqsadlar uchun yoqilg‘i va energiya; 
 
asosiy ishlab chiqarish ishchilarining asosiy va qo‘shimcha ish haqlari; 
 
yagona sotsial soliqqa hisoblashlar; 
 
mashina va dastgohlarni saqlash harajatlari; 
 
umumishlab chiqarish harajatlari; 
 
umumxo‘jalik harajatlari; 
 
boshqa ishlab chiqarish harajatlari; 
 
tijoriy harajatlar. 
d) boshqa harajatlar: - ijara haqi; - majburiy sug‘urta to‘lovlari; - tannarx tarkibiga kiritiladigan soliqlar; - va boshqalar. Iqtisodiy elementlar harajatlarning bir xil ko‘rinishlari bo‘lib, ular mahsulotni ishlab chiqarish va realizatsiya qilishda aniq bir rolni o‘ynaydi. Harajatlarning iqtisodiy elementlarga bo‘linishidan mahsulot barcha hajmini ishlab chiqarish harajatlarining smetasini tuzishda foydalaniladi. Tannarxning elementli tarkibiy tuzilmasi harajatlar u yoki bu ko‘rinishi salmog‘iga bog‘liq ravishda sanoatning tarmoqlari bo‘yicha farqlanadi. Agar material sig‘imli tarmoqlarda mahsulot tannarxining tarkibida moddiy harajatlar hal qiluvchi o‘rinni egallasa, mehnat sig‘imli tarmoqlarda esa asosiy hissa mehnat haqiga to‘g‘ri keladi. Energiya sig‘imli tarmoqlar ham mavjud bo‘lib, ularning tannarxida energetika resurslarining harajat-lari (rangli metallurgiya, ximiya sanoati, yengil metallarni ishlab chiqarish) katta salmoqni egallaydi. O‘z navbatida, fond sig‘imli tarmoqlarda katta salmoq asosiy fondlarning amortizatsiyasi va ularni saqlash bilan bog‘liq bo‘lgan harajatlarga to‘g‘ri keladi. Kalkulyatsiya moddalari bo‘yicha harajatlar quyidagilarga bo‘linishi mumkin:  xom ashyo va materiallar;  qaytariluvchi chiqindilar;  texnologik maqsadlar uchun yoqilg‘i va energiya;  asosiy ishlab chiqarish ishchilarining asosiy va qo‘shimcha ish haqlari;  yagona sotsial soliqqa hisoblashlar;  mashina va dastgohlarni saqlash harajatlari;  umumishlab chiqarish harajatlari;  umumxo‘jalik harajatlari;  boshqa ishlab chiqarish harajatlari;  tijoriy harajatlar.  
 
Harajatlarni kalkulyatsiya moddalari bo‘yicha klassifikatsiya qilinishi 
mahsulotlarning alohida turlari bo‘yicha uning o‘ziga xos bo‘lgan xususiyatlarini 
hisobga olgan holda amalga oshiriladi. Bu belgiga ko‘ra XYUSlarning harajatlari 
ikkiga bo‘linadi: 
 
to‘g‘ri (bevosita) harajatlar;  
 
egri (bilvosita) harajatlar. 
To‘g‘ri (bevosita) harajatlarga mahsulotning aniq bir turini ishlab chiqarish 
bilan bog‘liq bo‘lgan harajatlar kiradi. Ular shu mahsulotning tannarxiga bevosita 
kiritilishi mumkin. Masalan, xom ashyo, asosiy material harajatlari, sotib olingan 
yarim tayyor mahsulotlar va  mahsulotning ma’lum bir turi bo‘yicha butlovchi 
buyumlar bilan bog‘liq bo‘lgan harajatlar ana shunday harajatlar hisoblanadi.  
Egri (bilvosita) harajatlar butun XYUSda ishlab chiqarish jarayonini amalga 
oshirish yoki mahsulotlarning bir necha turlarini ishlab chiqarish bilan bog‘liq 
bo‘ladi. Masalan, binolar va dastgohlarni saqlash, ularni ta’mirlash harajatlari, 
boshqaruv apparatiga tegishli bo‘lgan ish haqi harajatlari va boshqalar shular 
jumlasidandir. Bu harajatlar konkret turdagi buyumlarning tannarxiga qandaydir 
bir shartli asosga ko‘ra proporsional ravishda, ko‘p hollarda, to‘g‘ri (bevosita) 
harajatlarga nisbatan to‘g‘ri proporsional ravishda kiritiladi. 
Davlat tomonidan tartibga solinish darajasiga qarab harajatlar ikkiga 
bo‘linadi: 
 
norma (me’yor)lashtiriladigan harajatlar; 
 
norma (me’yor)lashtirilmaydigan harajatlar. 
Harajatlarning bunday bo‘linishi, odatda, soliqqa tortish sohasida tegishli 
qaror qabul qilinayotgan paytda qo‘llaniladi. Norma (me’yor)lashtiriladigan 
harajatlarga soliqqa tortiladigan foydani hisoblash maqsadida o‘rnatilgan 
(belgilangan) norma (me’yor)lar doirasidagi harajatlar kiradi. 
 
3-savol bayoni. Harajatlarni kamaytirish XYUS ishi samaradorligini 
oshirishning eng muhim yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi. Odatda, harajatlarni 
kamaytirishning quyidagi asosiy yo‘llari ajratilib ko‘rsatiladi: 
Harajatlarni kalkulyatsiya moddalari bo‘yicha klassifikatsiya qilinishi mahsulotlarning alohida turlari bo‘yicha uning o‘ziga xos bo‘lgan xususiyatlarini hisobga olgan holda amalga oshiriladi. Bu belgiga ko‘ra XYUSlarning harajatlari ikkiga bo‘linadi:  to‘g‘ri (bevosita) harajatlar;  egri (bilvosita) harajatlar. To‘g‘ri (bevosita) harajatlarga mahsulotning aniq bir turini ishlab chiqarish bilan bog‘liq bo‘lgan harajatlar kiradi. Ular shu mahsulotning tannarxiga bevosita kiritilishi mumkin. Masalan, xom ashyo, asosiy material harajatlari, sotib olingan yarim tayyor mahsulotlar va mahsulotning ma’lum bir turi bo‘yicha butlovchi buyumlar bilan bog‘liq bo‘lgan harajatlar ana shunday harajatlar hisoblanadi. Egri (bilvosita) harajatlar butun XYUSda ishlab chiqarish jarayonini amalga oshirish yoki mahsulotlarning bir necha turlarini ishlab chiqarish bilan bog‘liq bo‘ladi. Masalan, binolar va dastgohlarni saqlash, ularni ta’mirlash harajatlari, boshqaruv apparatiga tegishli bo‘lgan ish haqi harajatlari va boshqalar shular jumlasidandir. Bu harajatlar konkret turdagi buyumlarning tannarxiga qandaydir bir shartli asosga ko‘ra proporsional ravishda, ko‘p hollarda, to‘g‘ri (bevosita) harajatlarga nisbatan to‘g‘ri proporsional ravishda kiritiladi. Davlat tomonidan tartibga solinish darajasiga qarab harajatlar ikkiga bo‘linadi:  norma (me’yor)lashtiriladigan harajatlar;  norma (me’yor)lashtirilmaydigan harajatlar. Harajatlarning bunday bo‘linishi, odatda, soliqqa tortish sohasida tegishli qaror qabul qilinayotgan paytda qo‘llaniladi. Norma (me’yor)lashtiriladigan harajatlarga soliqqa tortiladigan foydani hisoblash maqsadida o‘rnatilgan (belgilangan) norma (me’yor)lar doirasidagi harajatlar kiradi. 3-savol bayoni. Harajatlarni kamaytirish XYUS ishi samaradorligini oshirishning eng muhim yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi. Odatda, harajatlarni kamaytirishning quyidagi asosiy yo‘llari ajratilib ko‘rsatiladi:  
 
 
resurslarni tejaydigan ishlab chiqarish innovatsion texnologiyalarni qo‘llash; 
 
mehnat unumdorligini oshirish; 
 
ishlab chiqarishni tashkil qilish va boshqarish sifatini yaxshilash; 
 
kadrlarning malakaviy darajasini oshirish; 
 
XYUS taraqqiyotining strategik maqsadlarini asoslash va qabul qilingan 
strategiyani aniq ijro etish; 
 
XYUSni boshqarish texnikasi va texnologiyasini takomillashtirish, qabul 
qilingan boshqaruv qarorlarining asoslanganligini ta’minlash; 
 
xom ashyo va material harajatlarining salmog‘ini pasaytirish, ta’minlovchi 
xizmatlarning uzluksiz ishlashiga erishish; 
 
marketing 
xizmatining 
samarali 
ishlashi, 
 
XYUSning 
marketing 
strategiyasini ishlab chiqish va amalga oshirish; 
 
XYUSdagi yuqotmalarning barcha ko‘rinishlarini qisqartirish, chiqindilar, 
ikkilamchi materiallar va energoresurslardan, yo‘lovchi mahsulotlardan va 
h.k.lardan foydalanish. 
XYUS harajatlarini tahlil qilish uchun asos bo‘lib byudjetlashtirish 
(smetalarni ishlab chiqish, harajatlarni rejalashtirish va farqlanishni nazorat qilish) 
xizmat qiladi. Bu harajatlarni qisqartirishdagi  uzilishlarni amalga oshirish 
bo‘yicha  XYUS turli bo‘linmalarining harakatini aniqlashga imkon beradi,  bu 
ishning istiqbolli yo‘nalishlarini aniqlaydi. 
Moddiy harajatlar (FIFO, LIFO,  qiymatning o‘rtacha tortiluvchanligiga ko‘ra 
baholash), mehnat harajatlari, amortizatsiya ajratmalari va ularning boshqa 
ko‘rinishlarini hisoblash metodikasi tahlil jarayonida muhim tarkibiy qism sifatida 
maydonga chiqadi. 
XYUS harajatlarini samarali boshqarish uchun zarur bo‘ladigan yuqorida 
sanab o‘tilgan tarkibiy qismlardan (rejalashtirish, hisob-kitob metodlari, 
byudjetlashtirish, tahlil) tashqari yana boshqaruv hisobini ham ta’kidlab o‘tish 
kerakki, uni yo‘lga qo‘ymasdan turib, harajatlarni samarali boshqarishning iloji 
yo‘q. Boshqaruv hisobi harajatlarning doimiy (o‘zgarmaydigan) va o‘zgaruvchan 
 resurslarni tejaydigan ishlab chiqarish innovatsion texnologiyalarni qo‘llash;  mehnat unumdorligini oshirish;  ishlab chiqarishni tashkil qilish va boshqarish sifatini yaxshilash;  kadrlarning malakaviy darajasini oshirish;  XYUS taraqqiyotining strategik maqsadlarini asoslash va qabul qilingan strategiyani aniq ijro etish;  XYUSni boshqarish texnikasi va texnologiyasini takomillashtirish, qabul qilingan boshqaruv qarorlarining asoslanganligini ta’minlash;  xom ashyo va material harajatlarining salmog‘ini pasaytirish, ta’minlovchi xizmatlarning uzluksiz ishlashiga erishish;  marketing xizmatining samarali ishlashi, XYUSning marketing strategiyasini ishlab chiqish va amalga oshirish;  XYUSdagi yuqotmalarning barcha ko‘rinishlarini qisqartirish, chiqindilar, ikkilamchi materiallar va energoresurslardan, yo‘lovchi mahsulotlardan va h.k.lardan foydalanish. XYUS harajatlarini tahlil qilish uchun asos bo‘lib byudjetlashtirish (smetalarni ishlab chiqish, harajatlarni rejalashtirish va farqlanishni nazorat qilish) xizmat qiladi. Bu harajatlarni qisqartirishdagi uzilishlarni amalga oshirish bo‘yicha XYUS turli bo‘linmalarining harakatini aniqlashga imkon beradi, bu ishning istiqbolli yo‘nalishlarini aniqlaydi. Moddiy harajatlar (FIFO, LIFO, qiymatning o‘rtacha tortiluvchanligiga ko‘ra baholash), mehnat harajatlari, amortizatsiya ajratmalari va ularning boshqa ko‘rinishlarini hisoblash metodikasi tahlil jarayonida muhim tarkibiy qism sifatida maydonga chiqadi. XYUS harajatlarini samarali boshqarish uchun zarur bo‘ladigan yuqorida sanab o‘tilgan tarkibiy qismlardan (rejalashtirish, hisob-kitob metodlari, byudjetlashtirish, tahlil) tashqari yana boshqaruv hisobini ham ta’kidlab o‘tish kerakki, uni yo‘lga qo‘ymasdan turib, harajatlarni samarali boshqarishning iloji yo‘q. Boshqaruv hisobi harajatlarning doimiy (o‘zgarmaydigan) va o‘zgaruvchan  
 
harajatlarga bo‘linishiga, XYUSning xo‘jalik yuritish sharoitlariga bog‘liq 
ravishda ularning xususiyatlariga asoslanadi. 
Mahsulot ishlab chiqarish harajatlarini kamaytirish (pasaytirish) XYUSning 
mol yetkazib beruvchilar bilan munosabatlarini rivojlantirish va optimallashtirish 
(oqilonalashtirish) bo‘yicha rejali ishiga, mehnat, moddiy va moliyaviy 
resurslardan oqilona foydalanishiga, iste’molchilarning talablariga va ilmiy-texnika 
taraqqiyoti yutuqlariga javob beradigan harakatchan ishlab chiqarishni yaratishiga 
bog‘liq. 
harajatlarga bo‘linishiga, XYUSning xo‘jalik yuritish sharoitlariga bog‘liq ravishda ularning xususiyatlariga asoslanadi. Mahsulot ishlab chiqarish harajatlarini kamaytirish (pasaytirish) XYUSning mol yetkazib beruvchilar bilan munosabatlarini rivojlantirish va optimallashtirish (oqilonalashtirish) bo‘yicha rejali ishiga, mehnat, moddiy va moliyaviy resurslardan oqilona foydalanishiga, iste’molchilarning talablariga va ilmiy-texnika taraqqiyoti yutuqlariga javob beradigan harakatchan ishlab chiqarishni yaratishiga bog‘liq.