XO'JALIK YURITUVCHI SUB'EKTLARNING MOLIYAVIY RESURSLARI
Yuklangan vaqt
2024-12-16
Yuklab olishlar soni
1
Sahifalar soni
9
Faytl hajmi
24,4 KB
XO'JALIK YURITUVCHI SUB'EKTLARNING MOLIYAVIY
RESURSLARI
9.1. Xo'jalik yurituvchi sub'ektlarning moliyaviy resurslari va kapitali
XYuSlarning moliyaviy resurslari ulardagi resurslarining bir qismi bo'lib, bu
resurslar pul shaklida amal qiladi. Resurslarning pul shaklida amal qilishi moliyaviy
resurslar mohiyatan tavsifining ajralmas qismi hisoblanib, bu narsa ularni XYuSning
boshqa resurslari ko'rinishlaridan, xususan, ishlab chiqarish vositalari (dastgohlar,
mashinalar, xom-ashyo va materiallar, ishlab chiqarishga mo'ljallangan binolar va
shunga o'xshashlar)dan farq qiladi. Buni inobatga olgan holda XYuS vositalarining
«pul shakli» va «pul qiymati» tu-shunchalarini farqlamoq lozim. «XYuS
vositalarining pul qiymati» tushunchasi, odatda, pul mablag'larining o'zini emas,
balki turli maqsadlar uchun mo'ljallanilgan vositalar va fondlar (masalan, aso-siy
fondlar)ning qiymat jihatidan baholanishini anglatadi.
Pulga sotib olinganligiga qaramasdan ishlab chiqarish vositalari (yuqoridagi
dastgohlar, mashinalar, xom-ashyo va materiallar, ishlab chiqarishga mo'ljallangan
binolar va shunga o'xshashlar) haqiqatda ular pul emas va pul hisoblanmaydi. Ishlab
chiqarish fondlarini qaytadan pul shakliga aylantirish uchun, awalo, ularni sotish
kerak. Bu holda esa, o'z navbatida, mol-mulkning balansda aks ettirilgan qiymat
baholari emas, balki haqiqatdagi bozor baholari harakatga tushadi. Moliyaviy
qiyinchiliklar va bankrotlik xavfi ostida vujudga keladigan bunday vaziyatlar
XYuSni yomon oqibatlarga, xususan, mablag'lar va resurslarning yo'qotib
qo'yishiga olib kelishi mumkin. Holbuki, xalqaro amaliyotdagi ma'lumotlarga ko'ra
bankrotga uchragan XYuS tugatilayotgan paytda unga tegishli bo'lgan aktivlar
qiymatining 40 foizdan ortiq bo'lmagan qismini olishga muvaffaq bo'linishi
mumkin. Shu munosabat bilan hatto, sog'lom bozor aylanmasida, ya'ni talabga ega
bo'lgan tayyor mahsulot realizatsiya qilinganda ham u faqat sotilganidan so'ng pul
mablag'iga aylanadi.
Ishlab chiqarish jarayonini yangidan boshlash va rivojlantirishga mo'ljallangan
XYuSning moliyaviy resurslari bu pul shaklidagi uning kapitalidir. Mehnat
vositalari, predmetlari va natijalariga aylangan moddiy-buyumlashgan kapital,
ishlab chiqarish jarayoni ishtirokchilarining jismoniy va intellektual qobiliyatlaridan
iborat bo'lgan inson kapitali kapital mavjudligi va harakatining boshqa pulsiz
shakllari hisoblanadi. Prinsip jihatidan, takror ishlab chiqarish jarayonining doiraviy
aylanishiga kiritilgan va uning egasiga daromad keltiruvchi har qanday mulkiy va
intellektual boylik kapital bo'lishi mumkin.
Tijoriy XYuSlarning moliyaviy resurslari dastlab (birlamchi holda) ular ta'sis
kapitalining bir qismini pul shaklida qo'yish va shuningdek, boshqa shaxslar va
tashkilotlardan maqsadli moliyalashtirish va subsidiyalar ko'rinishida kelib tushgan
pul mablag'lari qismi hisobidan shakllantiriladi. Ta'sis kapitalining pulsiz qismi
(sanoat va intellektual mulk ob'ektlari, ulardan foydalanish huquqlari va boshqalar)
esa, xuddi maqsadli tushilmalar singari, agar ular pul ko'rinishida qo'yilmagan
bo'lsa, ularni XYuSning moliyaviy resurslari tarkibiga kiritish maqsadga muvofiq
emas.
Dastlabki (birlamchi) kapitalning ishlab chiqarishga investitsiya qilinishi tovar-
pul doiraviy aylanishi jarayoni kengayishini boshlab beradi. Uning pul shaklidagi
yakuni sifatida XYuSning tushumi maydonga chiqadi. O'z navbatida, tushum
xarajatlarni moliyalashtirish va kengaytirilgan takror ishlab chiqarish jarayonini
davom ettirishni ta'minlovchi bir necha pul mablag'lari fondlariga bo'linadi.
Umumiy tarzda, formula orqali buni quyidagicha ifodalash mumkin:
T = F + F + F. + F,
aa
mxm a
f
tushum;
Bu
yerda: T — F
-
asosiy ishlab chiqarish fondlarining jismoniy eskirishini tiklashga mo'ljallangan
amortizatsiya ajratmalari fondi;
moddiy xarajatlarni (xom-ashyo, materiallar, yoqilg'i,
elektroenergiya va boshqalarni sotib olish) moliyalashtirish fondi;
Ffc— ish haqi fondi;
Ff — tovarlarni realizatsiya qilishdan olin gan foyda (soliqlar to'languncha va
foydadan boshqa to'lanmalar amalga oshirilguncha).
Ayrim iqtisodchi-olimlarning tadqiqotlarida moddiy xarajatlar va mehnat
haqini moliyalashtirish uchun mo'ljallangan pul mablag'lari XYuSning moliyaviy
resurslari tarkibiga kiritilmaydi. Uiarning ayrimlari tomonidan esa XYuSning
moliyaviy resurslari tarkibiga hatto pulli tushum ham kiritilmayotir. Bunday
yondashuvlarning noto'g'ri ekanligi shubhasiz.
Bozor iqtisodiyotining xorijiy nazariyasi va amaliyotida pul tushumi yalpi
daromad tarzida talqil qilinadi. Bu narsa XYuS moliyaviy resurslari fondini
shakllantirish va qayta yangilashda tushumning umumlashtirilgan ahamiyatini
o'zida aniqroq aks ettiradi. Moddiy xarajatlarni moliyalashtirish uchun mo'ljallangan
pul tushumlarining bir qismi, XYuSning real moliyaviy resursi mol yetkazib
beruvchilar va kontragentlarning hisob varaqlariga o'tkazilmasdan uning
aylanmasida bo'lgan paytda unga qo'shimcha daromad keltiradi. O'tish davrining
dastlabki yillaridagi o'zaro mol yetkazib berish (xizmat ko'rsatish) bo'yicha
noto'lovlar krizisi bank kreditlari foizining yuzdan oshgan darajasida tekin tijoriy
kredit imkoniyatining mavjudligi o'zining «qo'lbola» birlamchi manbai bo'lib xizmat
qildi. Shunga o'xshash narsa ish haqi fondiga nisbatan ham tegishli bo'ldi.
Xodimlarga, ishchi va xizmatchilarga bir necha oylab oylik maoshlarni berishning
kechiktirilganligi (orqaga surilganligi) ba'zi bir «tadbirkor» va «bankir»larning
tekinga boyish manbalaridan biriga aylandiki, chunki to'lanmagan ish haqi uiarning
aylanmasida bo'lgan edi.
Amortizatsiya ajratmalari fondi XYuSlar moliyaviy resurslarining tarkibiy
tuzilmasida muhim rol o'ynaydi. Chunki bunday ajratmalar pul tushumlaridan
qancha ajratilganligi va uiarning XYuS tegishli hisob varaqlarida joylashganligiga
F
m
xm
qarab XYuSlarning real moliyaviy resurslari bo'lib hisoblanadi.
Ishlab chiqarishning rivojlanishi va tovar hamda moliya bozorlarida XYuS
faoliyatining faollashuvi natijasida uning moliyaviy resurslari tarkibiy tuzilmasida
foyda hal qiluvchi o'rinni egallay boshlaydi. Foyda XYuS o'z mablag'larining asosiy
manbai
bo'lib,
ishlab
chiqarish
apparatining
yangilanishini,
sifatning
yaxshilanishini, chiqarilayotgan mahsulot assortimentining kengayishini va h.k.larni
ta'minlaydi. Foyda hisobidan XYuSning rezerv fondlari, maxsus maqsadlarga
mo'ljallangan fondlar shakllantiriladi.
Foyda massasi va normasi, uning xarajatlarga nisbati XYuSning kreditga
layoqatligini va uning qarziy mablag'larni jalb qilish imkoniyatini, uzoq va qisqa
muddatli kreditlarni olishni aniqlab beradigan muhim indikatorlardir. Qarziy
mablag'laming XYuS o'z mablag'lariga nisbati 1/3 va undan katta darajaga yetgani,
uning to'lovga layoqatligi borasida kreditorilarda ham, hamkorlarida ham shubha
tug'dirmasligi mumkin.
Amaldagi tijoriy XYuSlarning moliyaviy resurslarini ularning shakllanish
manbalariga ko'ra quyidagilarga ajratish mumkin:
mahsulot realizatsiyasining tushumi hisobidan shakllanadigan moliyaviy
resurslar (foyda; amortizatsiya ajratmalari fondi; ish haqi fondi; moddiy xarajatlarni
tiklash fondi);
boshqa realizatsiya (mol-mulk; asosiy faoliyatga daxldor bo'lmagan xizmatlar
va boshqalar) hisobidan olinadigan moliyaviy resurslar;
moliyaviy bozorda shakllanadigan moliyaviy resurslar (kreditlar va zayomlar;
o'z aksiyalari va qimmatli qog'ozlarning boshqa ko'rinishlarini sotish; boshqa
emitentlarning qimmatli qog'ozlari bo'yicha dividentlar va foizlar; sug'urta
qoplamalari va boshqalar);
kreditorlik qarzlari hisobidan tashkil topadigan moliyaviy resurslar (mol
yetkazib beruvchi va pudratchilarga; mehnat haqi bo'yicha; ijtimoiy sug'urtaga doir;
byudjet oldidagi va boshqalar);
badallar va maqsadli xarakterdagi tushilmalar hisobidan shakllantiriladigan
moliyaviy resurslar (boshqa tashkilotlar va jismoniy shaxslardan tushilmalar,
byudjet subsidiyalari va h.k.).
Iqtisodiy munosabatlarni takror ishlab chiqarish shakllaridan biri sifatida
XYuSlar moliyasining harakati minimal xarajatlarda maksimal natijalar olinishini
nazarda tutuvchi samaradorlikning umumiqtisodiy mezoniga bo'ysunadi. Shu
sababli XYuS moliyaviy resurslaridan foydalanish samaradorligini quyidagi
formula orqali tasawur etish mumkin:
S =N ,:X
mr
mj mr
XYuS moliyaviy resurslaridan foydalanish samaradorligi;
ma'lum davr (o'tgan yoki rejali) uchun XYuS fa'oliyatining
moliyaviy natijasi;
shu moliyaviy natijani qo'lga kiritish uchun XYuS tomonidan qilingan (yoki
rejalashtirilgan) moliyaviy resurslar xarajatlari
XYuS moliyaviy resurslaridan foydalanish samaradorligini aniqlashda shu
narsani inobatga olish kerakki, moliyaviy natija faqat moliyaviy emas, balki moddiy
va mehnat resurslari xarajatlarining natijasi hamdir. Shuning uchun ham, masalan,
mahsulotni realizatsiya qilishdan olingan foydani taqqoslab turib, buning natijasida
faqat faoliyatning sof moliyaviy tomonini xarakterlovchi ko'rsatkichga ega bo'lamiz,
deb hisoblash maqsadga muvofiq emas. Bu XYuS moliyaviy-xo'jalik faoliyati
samaradorligini
xarakterlovchi
yaxlit
ko'rsatkichlardan
biri
bo'lib,
unga
kengaytirilgan takror ishlab chiqarish jarayonida moddiy-ishlab chiqarish va
moliyaviy oqimlarning ajralmas bog'liqligi xosdir.
Yuqorida bildirilgan fikr o'ziga moliyaviy natija va moliyaviy xarajatlarning
tavsifini mujassam etuvchi XYuS moliyaviy-xo'jalik faoliyatining samaradorligini
xarakterlovchi boshqa ko'rsatkichlarga ham to'liq tegishlidir. Shunday bo'lishiga
qaramasdan analitik maqsadlar uchun bu majmuadan aynan XYuSning moliyaviy
faoliyatini, uning moliyaviy va baho siyosatining samaradorligini adekvat tarzda
xarakterlovchi ko'rsatkichlarni ajratish muhimdir. Shunisi muhimki, XYuS
moliyaviy faoliyatining samaradorligini adekvat ifodalovchi bo'lib fond, moliya-
Bu
yerda: S —
J
mr
N
mf
x -
mr
kredit va pul bozorlaridagi ular operatsiyalarining daromadliligi hisoblanadi. Bu
yerda, ma'lumki, pul (P*) go'yo to'g'ridan-to'g'ri puldan (P) qilinadi. U holda
moliyaviy samaradorlikni aniqlash formulasi quyidagi ko'rinishni oladi:
Smr = (P* - P) : P
Bu yerda: Smr — XYuS moliyaviy resurslaridan foydalanish
samaradorligi; P*-P- bevosita moliyaviy operatsiyalarni amalga oshirish
natijasida XYuS tomonidan olingan daromad.
Bevosita moliyaviy operatsiyalarni amalga oshirish natijasida XYuS
tomonidan olingan daromad tarkibiga quyidagilar kiradi:
XYuS tomonidan aksiya va boshqa qimmatli qog'ozlarni emissiya qilish
asosida bozorda joylashtirishdan olingan dividentlar;
boshqa emitentlar qimmatli qog'ozlarini sotib olishdan olingan dividentlar;
banklardagi pul omonatlaridan olingan foiz daromadlari;
XYuS foydasidagi valyutalar kurslari bo'yicha farqlar;
va boshqalar.
Ajablanarlisi shundaki, XYuS moliyaviy operatsiyalarining daromadliligini
xarakterlovchi ko'rsatkich ularning samaradorligini sof moliyaviy natijaning sof
moliyaviy xarajatlarga nisbati shaklida ifodalab, ko'pchilik hollarda XYuS moliya-
xo'jalik faoliyatining haqiqiy samaradorligini aks ettirmaydi. Iqtisodiyot real sektori
samaradorligining ko'rsatkichlarida va baholarida bankrot holatida bo'lishlariga
qaramasdan moliyaviy «spekulyasiyaning» imkoniyatlari ularni «cho'kmasdan»
turishlariga sharoit yaratadi.
Real sektor XYuSlarida, moddiy ishlab chiqarishda moliyaviy resurslardan
foydalanishning samaradorligini mos ravishda baholash talablariga u yoki bu
darajada sotuv rentabelligi ko'rsatkichi (foydaning mahsulotni realizatsiya qilishdan
olingan tushumga nisbati) javob beradi. Bu nisbatdagi surat va maxraj pul
mablagiaridan iborat bo'lganligi uchun sotuv rentabelligini, ayrim holatlarni istisno
qilgan tarzda, sof moliyaviy ko'rsatkich sifatida e'tirof etish mumkin. Shunday
bo'lishiga qaramasdan bu yerda yana bir narsani inobatga olmoq lozim, ya'ni
samaradorlikning o'lchovi sifatida yuqoridagi ko'rsatkichning haqqoniylik darajasi
juda ko'p omillarga, xususan, tushum va foydani shakllantiruvchi bozor baholari
monopol baholarni shakllantirishning salbiy ta'sirlaridan qanchalik ozod ekanligiga
bog'liq.
Yuqorida ko'rib o'tilgan barcha moliyaviy ko'rsatkichlarda mazmun va shakl
o'rtasida dialektik qarama-qarshilikning mayjudligi namoyon bo'ladiki, bu narsa
bizning holatda XYuSlar moliyasining (iqtisodiyot yaxlit moliyaviy sektorining
ham) o'z iqtisodiy asosidan, ishlab chiqarishdan ajralib cliiqish (uzilish)ga va unga
bog'liq bo'lmagan holda mustaqil hayot kechirish imkoniyatini qo'lga kiritishga
intilishi orqali ifodalanadi. XYuSlar moliya-xo'jalik faoliyatining samaradorligini
tahlil qilish va baholashda moliyaviy ko'rsatkichlar (masalan, tushum va foyda)
moddiy aylanma mablag'larning aylanuvchanligi, asosiy ishlab chiqarish fondlari va
nomoddiy aktivlarining fond qaytimi kabi iqtisodiy ko'rsatkichlar bilan birgalikda
qaralsa, bu qarama-qarshilik, ma'lum darajada, pasayadi. Ana shu munosabat bilan
eng umumlashtiruvchi ko'rsatkichlardan biri quyidagi formulaga muvofiq ravishda
\ hisoblanadigan XYuSning iqtisodiy rentabelligi (biznesning rentabelligi)
ko'rsatkichidir:
R. = F : (K , + К + A )
i
v ayl as
пот'
Bu yerda: R, — XYuSning iqtisodiy rentabelligi, biznesning
rentabelligi;
F — yillik foyda; Ke, — XYuS aylanma kapitalining miqdori
(qiymatiy baholarda);
Kej — XYuS asosiy kapitalining miqdori (qiymatiy baholarda);
Апвт — XYuS nomoddiy aktivlarining miqdori (qiymatiy baholarda).
XYuS moliyaviy resurslaridan foydalanish samaradorligini tahlil qilishda
uning moliyaviy barqarorligi, to'lovga layoqatligi va likvidligini xarakterlovchi
ko'rsatkichlardan chetda qolmaslik kerak. Bu yerda ham o'zining mazmuniga ko'ra
sof moliyaviy va iqtisodiy ko'rsatkichlar qo'llaniladi. Sof moliyaviy ko'rsatkichlar
qatoriga absolyut va muddatli likvidlik koeffitsientlarini kiritish mumkinki, ular
yordamida XYuSning potensial to'lov qobiliyati baholanadi:
К ы = (Р + QQ) : Mkm K. = (P + QQ + DQ) : Mta
Bu yerda: Kate — absolyut likvidlik koeffitsienti; К . — muddatli
likvidlik koeffitsienti;
mud
'
P —
hisob varaqlardagi va XYuS kassasidagi pullar;
QQ —
likvidli qimmatli qog'ozlar;
DQ —
mobilizatsiya qilingan debitorlik qarzlari;
M —
XYuSning qisqa muddatli majburiyatlari.
XYuSning pul mablag'lari va moddiy resurslarining pulli (qiymatiy) bahosi
aralashadigan ko'rsatkich joriy likvidlik koeffitsien-tidir (qoplash koeffitsienti). U
quyidagicha hisoblanadi:
K, = (PM + MAM) : Mkm
Bu yerda: K.; — joriy liklidlik koeffitsienti;
PM- pullar va ularga tenglashtirilgan mablag'lar (likvidli qimmatli qog'ozlar va
jalb qilingan debitorlik qarzlari);
MAM—XYuS moddiy aylanma mablag'larining qiymatiy bahosi;
M^ — XYuSning qisqa muddatli majburiyatlari.
Bahs-munozara va nazorat uchun savollar
XYuSlarning moliyaviy resurslari deb nimaga aytiladi va ular qanday
shakllarda amal qiladi?
XYuS vositalarining «pul shakli» va «pul qiymati» tushun-chalari o'rtasida
qanday farqlar mavjud?
XYuSning kapitali deganda nima tushuniladi?
Kapital mavjudligi va harakatining boshqa pulsiz shakllari nimalardan iborat?
Takror ishlab chiqarish jarayonining doiraviy aylanishiga kiritilgan va uning
egasiga daromad keltiruvchi har qanday mulkiy va intellektual boylik kapital bo'lishi
mumkinmi?
Tijoriy XYuSlarning moliyaviy resurslari dastlab nimalar hisobidan
shakllantiriladi?
Tushum xarajatlarini moliyalashtirish va kengaytirilgan takror ishlab chiqarish
jarayonini davom etttirishni ta'minlovchi qanday mablag'lari fondlariga bo'linadi?
Amortizatsiya ajratmalari fondi XYuSlar moliyaviy resurslari-ning tarkibiy
tuzilmasida qanday rol o'ynaydi?
XYuS moliyaviy resurslari tarkibiy tuzilmasida foydaning o'rni qanday?
Amaldagi tijoriy XYuSlarning moliyaviy resurslarini ularning shakllanish
manbalariga ko'ra nimalarga ajratish mumkin?
XYuS moliyaviy resurslaridan foydalanish samaradorligini formula orqali
qanday tasawur etish mumkin?
Pul
(П*)
go'yo
to'g'ridan-to'g'ri
puldan
(P)
qilinganda
moliyaviy
samaradorlikni aniqlash formulasi qanday ko'rinishni oladi?
Bevosita moliyaviy operatsiyalarni amalga oshirish natijasida XYuS
tomonidan olingan daromad tarkibiga nimalar kiradi?
Real sektor XYuSlarida, moddiy ishlab chiqarishda moliyaviy resurslardan
foydalanishning samaradorligini mos ravishda baholash talablariga qanday
ko'rsatkich javob beradi?
XYuSning iqtisodiy rentabelligi yoki biznesning rentabelligi qanday
aniqlanadi?
XYuS moliyaviy resurslaridan foydalanish samaradorligini tahlil qilishda
qanday ko'rsatkichlar e'tibordan chetda qolmasligi kerak?
Sofmoliyaviy ko'rsatkichlar qatoriga qanday koeffitsientlami kiritish va ular
yordamida XYuSning qanday qobiliyatini baholash mumkin?
Absolyut likvidlik, muddatli likvidlik vajoriy likvidlik koeffi-tsientlari qanday
aniqlanadi?