XO'JALIK YURITUVCHI SUB'EKTNING ISHLAB CHIQARISH CHIQIMLARI, FOYDASI VARENTABELLIGI
Yuklangan vaqt
2024-12-16
Yuklab olishlar soni
2
Sahifalar soni
17
Faytl hajmi
34,5 KB
XO'JALIK YURITUVCHI SUB'EKTNING ISHLAB CHIQARISH
CHIQIMLARI, FOYDASI VARENTABELLIGI
11.1. Xo'jalik yurituvchi sub'ektlarning xarajatlari: mohiyati, tarkibi,
klassifikatsiyalanishi va samaradorligini baholash
«Ishlab chiqarish xarajatlari» va «ishlab chiqarish chiqimlari» tushunchalari bir
xil ma'noni anglatuvchilar emas. Bu tushunchalar-ning ikkinchisi birinchisiga
nisbatan kengroq bo'lib, jamiyat nuqtai-nazaridan u jonli va buyumlashgan
mehnatning barcha hajmini o'zida mujassam etadi va mahsulotning qiymatiga teng.
«Ishlab chiqarish chiqimlari» tushunchasi, aksariyat hollarda, iqtisodiyotning
ma'lum bir sohasi bilan bog'langan (masalan, ishlab chiqarish chiqimlari, muomala
chiqimlari va boshqalar).
Ishlab chiqarish chiqimlarini, dastlab ikki guruhga bo'lish mumkin:
aniq yoki amaldagi, haqiqatdagi chiqimlar;
aniq bo'lmagan chiqimlar.
Aniq yoki amaldagi, haqiqatdagi chiqimlar XYuS tomonidan amalga oshirilgan
aniq xarajatlardan — ish haqi, xom-ashyo va materiallar xarajatlari, ijara uchun
to'lov va boshqalardan iborat. Aniq bo'lmagan, almashgan chiqimlar yoki qo'ldan
boy berilgan, qo'ldan chiqarilgan imkoniyatlar chiqimlari esa shu bilan bog'liqki,
XYuS mahsulot ishlab chiqarish uchun kapitaldan foydalanar ekan, shuning o'zida
uning muqobilli foydalanish imkoniyatini qo'ldan chiqaradi. Mablag'larning
cheklanganligi ularning foydalilik darajasiga qarab mavjud imkoniyatlarning
variantlaridan foydala-nishga XYuSni majbur qiladi. Bunda har doim qo'ldan
chiqarilgan, boy berilgan foydalar elementlari va demak, aniq bo'lmagan chiqimlar
elementlari mavjud bo'ladi. U yoki bu mahsulotni ishlab chiqarishni davom ettirish
yoki uni yanada kengaytirish xususida har qanday boshqaruv qarori aniq va aniq
bo'lmagan chiqimlarning hisob-kitobiga asoslanadi. U yoki bu iqtisodiy qaror
o'rtasidagi tanlanish har doim boshqa maqsadlarga erishish uchun ongli ravishda
yo'qotilgan yoki rad etilgan imkoniyatlarni tavsiflaydi.
«XYuSning xarajatlari» tushunchasi «XYuSning chiqimlari» tushunchasidan
farq qilib, ular bevositamoliyaviy kategoriyalar va birinchi navbatda mahsulot
tannarxi bilan uzviy bog'langan. Shuning uchun ham XYuSning xarajatlariga uning
mohiyatini ifodalovchi quyidagicha ta'rif berish mumkin: foyda olish yoki
XYuSning boshqa maqsadlariga erishish uchun foydalaniladigan resurslaming pul
qiymatiga XYuSning xarajatlari deyiladi.
«Xarajatlar»
tushunchasi
«tannarx»
tushunchasiga
nisbatan
kengroq
hisoblanadi. Chunki tannarx umumiy xarajatlarning bir qismini (oddiy takror ishlab
chiqarish xarajatlarini) o'zida aks ettiradi.
Mahsulot (ish va xizmat) tannarxi mahsulotni ishlab chiqarish jarayonida
foydalaniladigan xom-ashyo, materiallar, yoqilg'i, energiya, asosiy fondlar, mehnat
resurslari va ularni ishlab chiqarish hamda realizatsiya qilish va boshqa
xarajatlarning qiymatiy bahosidan iborat. Amaliyotda «mahsulotning umumiy
tannarxi» va «mahsulot birligining tannarxi» tushunchalaridan keng foydalaniladi.
Iqtisodiyotning turli tarmoqlarida (sanoat, qishloq xo'jaligi, savdo, umumiy
ovqatlanish, qurilish va b.) ishlab chiqarilayotgan mahsulotning tannarxi tarkibiga
xarajatlarni aks ettirishning o'ziga xos xususiyatlari mavjud. Tannarxga kiritiladigan
xarajatlarning tarkibi, bir tomondan, hayotga tatbiq etilayotgan soliq siyosatiga va
ikkinchi tomondan, iqtisodiyotning ahvoli hamda tarkibiy tuzilishiga bog'liq.
XYuS faoliyatining shart-sharoitlari va yo'nalishlariga bog'liq ravishda
xarajatlar quyidagi ikki yirik guruhga bo'linadi:
ishiab chiqarish va realizatsiya bilan bog'liq bo'lgan xarajatlar;
realizatsiyadan tashqari xarajatlar;
Ishlab chiqarish va realizatsiya bilan bog'liq xarajatlar tarkibiga, odatda,
quyidagilar kiritiladi:
• mahsulotlarni tayyorlash, saqlash vayetkazib berish, ishlarnibajarish,
xizmatlarni ko'rsatish, tovar (ish, xizmat, mulkiy huquq) larni sotib olish va
realizatsiya qilish xarajatlari;
asosiy vositalar va boshqa mol-mulklarni saqlash va ekspluatatsiya qilish,
ta'mirlash va texnik xizmat ko'rsatish, shuningdek, ularni tuza-tilgan holatda saqlab
turish xarajatlari;
tabiiy resurslarni o'zlashtirish xarajatlari;
ilmiy-tadqiqot va tajriba-konstruktorlik ishlanmalari bilan bog'liq xarajatlar;
majburiy va ixtiyoriy sug'urta xarajatlari;
• ishlab
chiqarish
va
realizatsiya
bilan
bog'liq
boshqa
xarajatlar.
Yuqoridagilardan tashqari bu xarajatlar yana quyidagicha
klassifikatsiya qilinishi mumkin:
moddiy xarajatlar;
mehnat haqi xarajatlari;
hisoblangan amortizatsiya summalari;
boshqa xarajatlar.
XYuS umumiy xarajatlarining summasidan iborat bo'lgan ishlab chiqarish
tannarxining tarkibiga quyidagilar kiradi:
moddiy xarajatlar;
amortizatsiya ajratmalari;
mehnatga haq toiash xarajatlari;
ijtimoiy ehtiyojlarga ajratmalar;
tugallanmagan ishlab chiqarish qoldiqlarining o'zgarishi va boshqa xarajatlar;
kelgusi davr xarajatlari;
kelgusi xarajatlar va to'lovlar rezervlari
va boshqalar.
Realizatsiyadan tashqari xarajatlar mahsulotni ishlab chiqarish va realizatsiya
qilish bilan bog'liq bo'lmaydi.
Resurslarning samarali boshqaruvchanligini ta'minlash uchun mahsulotning
tannarxi XYuSning alohida olingan bo'linmalari bo'yicha hisoblanadi. U o'z ichiga
shu bo'linmaning xarajatlarini olib, ma'lum davr uchun XYuS xarajatlarining rejali
hisobini, ya'ni byudjetini (smetasini) tuzish uchun asos bo'ladi.
XYuSning barcha xarajatlarini turli yo'nalishlar bo'yicha (u yoki bu
klassifikatsiyaning asosida nima qo'yilganligiga bog'liq ravishda) klassifikatsiya
qilish (turkumlarga ajratish) mumkin. Odatda, xarajatlarning klassifikatsiyasi
ularning quyidagi belgilar bo'yicha guruhlarga ajratilishini o'z ichiga oladi:
• ishlab chiqarishning hajmiga nisbatan;
iqtisodiy elementlariga ko'ra;
kalkulyasiya moddalari bo'yicha;
mahsulot tannarxiga o'tkazilish usuliga muvofiq;
davlat tomonidan tartibga solinish darajasiga qarab;
va boshqalar.
Ishlab chiqarish hajmiga nisbatan xarajatlar quyidagi guruhlarga klassifikatsiya
qilinadi:
doimiy (o'zgarmaydigan) xarajatlar;
o'zgaruvchan xarajatlar.
Doimiy (o'zgarmaydigan) xarajatlar ishlab chiqarish hajmiga bog'liq bo'lmaydi.
Bu xarajatlar, hatto XYuS turib qolgan hollarda ham yoki uning tashkil qilinish
davrida ham mavjud bo'ladi. Bunday xarajatlarning qatoriga o'z asosiy fondlarining
amortizatsiyasi, binolarning ijarasi, ma'muriyat va xizmat ko'rsatuvchi xodimlarga
ish haqi, soliqlarning ayrim ko'rinishlari va boshqalar kiradi.
O'zgaruvchan xarajatlar ishlab chiqarish hajmiga nisbatan proporsional
ravishda o'zgaradi. Bunday xarajatlarning tarkibi xom-ashyo, materiallar, butlovchi
buyumlar va yarim tayyor mahsulotlar, texnologik ehtiyojlar uchun yoqilg'i va
energiya, asosiy ishchilarning ish haqlari va boshqalar bilan bog'liq bo'lgan
xarajatlardan iborat.
Bir vaqtning o'zida XYuS xarajatlarining doimiy (o'zgarmaydigan) xarajatlar
va o'zgaruvchan xarajatlarga bo'linishi shartli xarakterga ega. Buning sababi
shundaki, uzoq vaqt davomida XYuSning barcha xarajatlari o'zgaradi. Shuning
uchun ham ular ko'p hollarda shartli-doimiy (shartli-o'zgarmaydigan) va shartli-
o'zgaruvchan xarajatlar deb yuritiladi. Xarajatlarning bunday bo'linishidan zarar
(ziyon)sizlik tahlil qilinganda, ishlab chiqari-ladigan mahsulotning tarkibiy
tuzilmasini optimallashtirishda va shuningdek moliyaviy rejalashtirishni amalga
oshirishda foyda-laniladi. Doimiy (o'zgarmaydigan) xarajatlar va o'zgaruvchan
xarajatlarning yig'indisi mahsulotni ishlab chiqarish va realizatsiya qilish
xarajatlarining umumiy summasini tashkil etadi.
Iqtisodiy elementlariga ko'ra xarajatlarni quyidagi guruhlarga bo'lish mumkin:
a) moddiy xarajatlar:
xom-ashyo va materiallar;
sotib olingan butlovchi buyumlar va yarim tayyor mahsulotlar;
yoqilg'i;
texnologik maqsadlar uchun elektroenergiya;
va boshqalar.
b) mehnat haqi xarajatlari;
v) tasdiqlangan yagona ijtimoiy soliq stavkasiga muvofiq ravishda ish haqi
fondiga hisoblashlar;
g) asosiy vositaiarning amortizatsiyasi; d) boshqa xarajatlar:
ijara haqi;
majburiy sug'urta to'lovlari;
tannarx tarkibiga kiritiladigan soliqlar;
va boshqalar.
Iqtisodiy elementlar xarajatlarning bir xil ko'rinishlari bo'lib, ular mahsulotni
ishlab chiqarish va realizatsiya qilishda aniq bir rolni o'ynaydi. Xarajatlarning
iqtisodiy elementlarga bo'linishidan mahsulot barcha hajmini ishlab chiqarish
xarajatlarining smetasini tuzishda foydalaniladi. Tannarxning elementli tarkibiy
tuzilmasi xarajatlar u yoki bu ko'rinishi salmog'iga bog'liq ravishda sanoatning
tarmoqlari bo'yicha farqlanadi. Agar material sig'imli tarmoqlarda mahsulot
tannarxining tarkibida moddiy xarajatlar hal qiluvchi o'rinni egallasa, mehnat
sig'imli tarmoqlarda esa asosiy hissa mehnat haqiga to'g'ri keladi. Energiya sig'imli
tarmoqlar ham mavjud bo'lib, ularning tannarxida energetika resurslarining
xarajatlari (rangli metalluigiya, kimyo sanoati, yengil metallarni ishlab chiqarish)
katta salmoqni egallaydi. O'z navbatida, fond sig'imli tarmoqlarda katta salmoq
asosiy fondlarning amortizatsiyasi va ularni saqlash bilan bog'liq xarajatlarga to'g'ri
keladi.
Kalkulyatsiya moddalari bo'yicha xarajatlar quyidagilarga bo'linishi mumkin:
xom-ashyo va materiallar;
qaytariluvchi chiqindilar;
texnologik maqsadlar uchun yoqilg'i va energiya;
• asosiy ishlab chiqarish ishchilarining asosiy va qo'shimcha ish haqlari;
• yagona ijtimoiy soliqqa hisoblashlar;
• mashina va dastgohlarni saqlash xarajatlari;
umumishlab chiqarish xarajatlari;
umumxo'jalik xarajatlari;
boshqa ishlab chiqarish xarajatlari;
qarziy xarajatlar.
Xarajatlarni kalkulyasiya moddalari bo'yicha klassifikatsiya qilinishi
mahsulotlarning alohida turlari bo'yicha uning o'ziga xos xususiyatlarini hisobga
olgan holda amalga oshiriladi. Bu belgiga ko'ra XYuSlarning xarajatlari ikkiga
bo'linadi:
• to'g'ri (bevosita) xarajatlar;
• egri (bilvosita) xarajatlar.
To'g'ri (bevosita) xarajatlarga mahsulotning aniq bir turini ishlab chiqarish
bilan bog'liq bo'lgan xarajatlar kiradi. Ular shu mahsulotning tannarxiga bevosita
kiritilishi mumkin. Masalan, xom-ashyo, asosiy material xarajatlari, sotib olingan
yarim tayyor mahsulotlar va mahsulotning ma'lum bir turi bo'yicha butlovchi
buyumlar bilan bog'liq xarajatlar ana shunday xarajatlar hisoblanadi.
Egri (bilvosita) xarajatlar butun XYuSda ishlab chiqarish jarayonini amalga
oshirish yoki mahsulotlarning bir necha turlarini ishlab chiqarish bilan bog'liq
bo'ladi. Masalan, binolar va dastgohlarni saqlash, ularni ta'mirlash xarajatlari,
boshqaruv apparatiga tegishli bo'lgan ish haqi xarajatlari va boshqalar shular
jumlasidandir. Bu xarajatlar ma'lum turdagi buyumlarning tannarxiga qandaydir bir
shartli asosga ko'ra proporsional ravishda, ko'p hollarda, to'g'ri xarajatlarga nisbatan
to'g'ri proporsional ravishda kiritiladi.
Davlat tomonidan tartibga solinish darajasiga qarab xarajatlar ikkiga bo'linadi:
• norma (me'yor)lashtiriladigan xarajatlar;
• norma
(me'yor)lashtirilmaydigan
xarajatlar.
Xarajatlarning bunday bo'linishi, odatda, soliqqa tortish sohasida tegishli qaror
qabul qilinayotgan paytda qo'llaniladi. Norma (me'yor)lashtiriladigan xarajatlarga
soliqqa tortiladigan foydani hisoblash maqsadida o'rnatilgan normalar doirasidagi
xarajatlar kiradi.
Chiqimlarni kamaytirish XYuS ishi samaradorligini oshirishning eng muhim
yo'nalishlaridan biri hisoblanadi. Odatda, chiqimlarni kamaytirishning quyidagi
asosiy yo'llari ajratilib ko'rsatiladi:
resurslarni tejaydigan ishlab chiqarish innovatsion texnolo-giyalarni qo'llash;
mehnat unumdorligini oshirish;
ishlab chiqarishni tashkil qilish va boshqarish sifatini yax-shilash;
kadrlarning malakaviy darajasini oshirish;
XYuS taraqqiyotining strategik maqsadlarini asoslash va qabul qilingan
strategiyani aniq ijro etish;
XYuSni boshqarish texnikasi va texnologiyasini takomil-lashtirish, qabul
qilingan boshqaruv qarorlarining asoslanganligini ta'minlash;
xom-ashyo va material xarajatlarining salmog'ini pasaytirish, ta'minlovchi
xizmatlarning uzluksiz ishlashiga erishish;
marketing xizmatining samarali ishlashi, XYuSning marketing strategiyasini
ishlab chiqish va amalga oshirish;
XYuSdagi yo'qotmalarning barcha ko'rinishlarini qisqartirish, chiqindilar,
ikkilamchi materiallar va energoresurslardan, yo'lovchi mahsulotlardan va
h.k.lardan foydalanish.
XYuS xarajatlarini tahlil qilish uchun asos bo'lib byudjetlashtirish (smetalarni
ishlab chiqish, xarajatlarni rejalashtirish va farqlanishni nazorat qilish) xizmat qiladi.
Bu xarajatlarni qisqartirishdagi uzilish-larni amalga oshirish bo'yicha XYuS turli
bo'linmalarining liarakatini aniqlashga imkon beradi, bu ishning istiqbolli
yo'nalishlarini aniqlaydi.
Moddiy xarajatlar (FIFO, LIFO, qiymatning o'rtacha tortiluv-chanligiga ko'ra
baholash), mehnat xarajatlari, amortizatsiya ajrat-malari va ularning boshqa
ko'rinishlarini hisoblash metodikasi tahlil jarayonida muhim tarkibiy qism sifatida
maydonga chiqadi.
XYuS xarajatlarini samarali boshqarish uchun zarur bo'ladigan yuqorida sanab
o'tilgan tarkibiy qismlardan (rejalashtirish, hisob-kitob metodlari, byudjetlashtirish,
tahlil) tashqari yana boshqaruv hisobini ham ta'kidlab o'tish kerakki, uni yo'lga
qo'ymasdan turib, xarajatlarni samarali boshqarishning iloji yo'q. Boshqaruv hisobi
xarajatlarning doimiy (o'zgarmaydigan) va o'zgaruvchan xarajatlarga bo'linishiga,
XYuSning xo'jalik yuritish sharoitlariga bog'liq ravishda ularning xususiyatlariga
asoslanadi.
Mahsulot ishlab chiqarish chiqimlarini kamaytirish XYuSning mol yetkazib
beruvchilar
bilan
munosabatlarini
rivojlantirish
va
optimallashtirish
(oqilonalashtirish) bo'yicha rejali ishiga, mehnat, moddiy va moliyaviy resurslardan
oqilona foydalanishiga, iste'molchilarning talablariga va ilmiy-texnika taraqqiyoti
yutuqlariga javob beradigan harakatchan ishlab chiqarishni yaratishiga bog'liq.
11.2. Foyda, uni shakllantirish va undan foydalanish
XYuSning barcha moliyaviy resurslari o'z mablag'lari hisobidan, moliya va kredit
bozorlaridan jalb qilinadigan resurslar hisobidan, uzoq muddatli, qisqa muddatli
kreditlashtirish va kreditorlik qarzlari-dan iborat bo'lgan qarziy mablag'lar
ko'rinishidagi resurslardan tashkil topadi.
XYuSning o'z mablag'lari quyidagilar hisobidan shakllanadi:
• mahsulotni realizatsiya qilishdan olingan tushum;
• moliyaviy operatsiyalardan keladigan daromadlar;
• investitsion faoliyatdan olingan daromadlar;
• boshqa daromadlar.
Shuningdek, o'z faoliyati hisobidan pullarning kelib tushishi amortizatsiya
ajratmalari, chiqib ketgan mol-mulkni sotish, maqsadli tushilmalar, qurilishda ichki
resurslarni mobilizatsiya qilish, XYuS ishtirokchilarining a'zolik va boshqa
badallarining kelib tushishi hisobidan ham amalga oshirilishi mumkin.
Moliyaviy bozordan jalb qilinadigan resurslar aksiya, obligatsiya va boshqa
qimmatli qog'ozlarning emissiyasi va sotilishi natijasida va shuningdek, kreditlar
hisobidan shakllanadi.
Qayta taqsimlash tartibida olinadigan tushilmalarga sug'urta qoplamalari,
xoldinglar, assotsiatsiyalar yoki boshqa tarmoq tuzilmalaridan kelib tushadigan
moliyaviy resurslar kiradi.
Investitsion faoliyatdan resurslar XYuSga qimmatli qog'ozlar, boshqa XYuSlarga
hissali ishtirok etishdan va h.k.lardan olinadigan dividendlar va foizlar ko'rinishida
kelib tushadi.
Yuqoridagi barcha manbalar hisobidan XYuSning xarajatlari amalga oshiriladi.
XYuSning daromadlari va xarajatlari, uning byudjet va byudjetdan tashqari fondlar
bilan o'zaro aloqalari choraklarga bo'lingan tarzda tegishli yil uchun tuziladigan
moliyaviy rejada o'z aksini topadi. Moliyaviy reja XYuS moliyaviy faoliyatining tashkil
qilinishi va uning natijasi hisoblangan foydani aks ettiruvchi asosiy hujjat bo'lib xizmat
qiladi.
Amaliyotda hamma vaqt ham foydaning mazmun-mohiyati bir xil tarzda
ifodalanaverilmaydi. Odatda, foyda deganda XYuS, firma, korporatsiyalar va boshqa
xo'jalik yurituvchi sub'ektlar ishlab chiqarish-xo'jalik faoliyatining umumlashtirilgan
tarzda baholovchi ko'rsatkich, daromadning mahsulotni ishlab chiqarish va realizatsiya
qilish bilan bog'liq bo'lgan barcha xarajatlar ustidan oshgan qismi tushuniladi.
Amaliy faoliyatda esa «foyda»ning barcha tushunchalarini quyidagi uch guruhga
birlashtirish mumkin:
• realizatsiya qilinadigan tovar (xizmat)lar sotish bahosi bilan ularni ishlab
chiqarish xarajatlari o'rtasidagi farq sifatida o'lchanadigan foyda;
• sof aktivlarning yil oxiridagi va yil boshidagi o'lchamlarining farqi sifatida
o'lchanadigan faoliyatning ayrim davriga tegishli bo'lgan foyda (uning
kapitalashtirilganligi);
• foydani kapitaldan olingan daromad sifatida tushunish.
Foydaning ma'no-mazmunini aniqlashga bo'lgan yondoshuvning turlicha
ekanligidan kompaniyalar tomonidan taqdim etaladigan hisobot ma'lumotlarining standart
paketlariga qarab turib, uning miqdori to'g'risida aniq bir fikrni aytishning hamma vaqt
ham iloji yo'q.
Faoliyatning moliyaviy natijalarini tahlil qilishda XYuSlar, ko'p hollarda, foydaning
quyidagi ko'rinishlariga tayanadi:
• asos foyda;
• balans foyda;
• sof foyda yoki sof daromad.
Asos foyda deyilganda hisobot davrida kutilayotgan foyda tushuniladi. Bu
ko'rsatkich asos rentabellikni hisoblashda, nomenklatura pozitsiyalari bo'yicha
miqdorva tannarx aniq ma'lum bo'lmagan paytda keng assortimentli buyumlar
tayyorlovchi XYuSlar, birlashmalar bo'yicha rejalashtirilayotgan yil uchun foyda
analitik metodda aniqlanayotganda qo'llaniladi.
Balans foyda ishlab chiqarish va noishlab chiqarish faoliyatning barcha turlari
bo'yicha olingan foydaning umumiy summasidan iborat.
Sof foyda yoki sof daromad operatsion davr mobaynida olingan tushumdan barcha
chegirmalar va xarajatlar chiqarilganidan so'ng vujudga kelishi mumkin. Ma'lum bir
miqdorda sof foydaning (netto-foydaning) olinishiga erishilsagina tadbirkorlik
jarayonini amalga oshirish o'zining mazmuniga ega bo'ladi.
Hisobotlarda foyda quyidagi ko'rinishlarda aks ettirilishi mumkin:
• yalpi foyda;
• operatsion foyda;
• sof foyda.
XYuSlar faoliyatining umumiy moliyaviy natijalari foyda va zararlar to'g'risidagi
hisobotda o'z aksini topadi. Bu hisobot moliyaviy tahlil uchun zarur bo'lgan quyidagi
muhim ma'lumotlarni o'zida mujassam etadi:
• mahsulotni realizatsiya qilishdan olingan tushum summasi;
• soliqqa tortilingunga qadar foyda summasi;
• foydadan olinadigan soliq summasi;
• XYuSning ixtiyorida qoldiriladigan foyda (sof foyda yoki foyda-netto) summasi.
Foydani tahlil qilish uchun ayrim ko'rsatkichlar yuqoridagi hisobotda mavjud
bo'lmaganligi uchun ba'zi bir analitik indikatorlar qo'shimcha tarzda hisoblanmog'i
lozim. Bundan tashqari bu jarayonda XYuS faoliyatiga ichki va tashqi omillarning
hamda soliq omilining ta'sirini alohida-alohida tahlil qilish imkoniyatiga ega bo'lish
juda muhimdir. Shuningdek, tahlil uchun qulay shaklda har qanday ma'lumotni
operativ ravishda olish ham muhim hisoblanadi.
Foydani tahlil qilishda uni shakllantirishning turli manbalarini hisobga olish kerak.
Bu manbalarning ma'lum bir qismi foyda va zararlar to'g'risidagi hisobotda
ifodalangan, u yerda ular, birinchidan faoliyatning odatdagi ko'rinishi bo'yicha
daromadlar va xarajatlar, ikkinchidan esa, boshqa daromadlar va xarajatlar sifatida
guruh-lashtiriladi.
Faoliyatning odatdagi ko'rinishi bo'yicha daromadlar va xarajatlar quyidagi tarzda
hisoblanadi: eng awalo, sotilgan tovarlar, mahsulotlar, ishlar, xizmatlardan (qo'shilgan
qiymat solig'i, aksizlar va shularga o'xshash majburiy to'lovlar chegirilgan) olingan
tushum va ularning tannarxi o'rtasidagi farqdan iborat bo'lgan yalpi foyda aniqlanadi.
Yalpi foydadan tijoriy va boshqaruv xarajatlari chegirilsa, sotuvdan olingan foyda
paydo bo'ladiki, u faoliyatning odatdagi ko'rinishidan foydani xarakterlaydi. Undan so'ng
boshqa daromadlar va xarajatlarni hisobga olgan holda soliqqa tortilguncha foyda
hisoblanadi. Odatda, boshqa daromadlar va xarajatlar quyidagilardan iborat bo'ladi:
• olinishi lozim bo'lgan foizlar;
• to'lanishi lozim bo'lgan foizlar;
• boshqa tashkilotlarning faoliyatiga ishtirok etishdan olingan daromadlar;
• boshqa operatsion daromadlar;
• realizatsiyadan tashqaridagi daromadlar;
• realizatsiyadan tashqaridagi xarajatlar.
Foydani tahlil qilishning asosiy maqsadi hisobot davri davomidagi XYuS faoliyatining
samaradorligini ko'rsatishdan iborat. Buxgalteriya hisobi XYuSning daromadlari va
xarajatlari, shuningdek uning sof moliyaviy natijasi — sof foyda to'g'risida ma'lumot
olishga imkon beradi. Yuqorida ta'kidlanganidek, soliqqa tortilgunga qadar foydaning
summasi aniqlanganidan so'ng uning miqdori (summasi) soliq qonunchiligiga muvofiq
korrektirovka qilinishi va foyda hisobidan qoplanadigan soliqlarning summasi
chegiriJmog'i lozim.
Yalpi foyda, sotuvdan olingan foyda, soliqqa tortilgunga qadar bo'lgan foyda va
nihoyat, sof foydani formulada quyidagicha ko'rsatish mumkin:
YaFb = T -T
к
r
m
Bu yerda: YaF^.— XYuSning yalpi foydasi;
Tr — tovarlar, mahsulotlar, ishlar va xizmatlarni realizatsiya
qilishdan olingan tushum; Тш — sotilgan tovarlar,
mahsulotlar va xizmatlarning tannarxi.
SOF = Ya - TX - BX
*
ft
Bu yerda: SOFA — XYuSning sotuvdan olgan foydasi;
YaA — XYuSning yalpi foydasi;
TX — tijoriy xaraxatlar;
BX — boshqaruv xarajatlari.
STF^ = SOFA + BD - BX
Bu yerda: STFA~ soliqqa tortilgunga qadar XYuSning foydasi;
SOF4 — XYuSning sotuvdan olgan foydasi;
BD — boshqa daromadlar;
BX — boshqa xarajatlar.
SR = STFb - FOS
л
ft
Bu yerda: SFA — XYuSning sof foydasi;
STF^— soliqqa tortilgunga qadar XYuSning foydasi;
FOS — foydadan olingan soliq.
Foydadan soliqlar va boshqa majburiy to'lovlar to'langanidan so'ng uning qolgan
qismi XYuS tomonidan mustaqil ravishda taqsimlanadi va foydalaniladi. Foydaning
bu qismi investitsion, ishlab chiqarish va ijtimoiy xarakterdagi ehtiyojlarga sarflanishi
mumkin. Uni taqsimlash jarayonida, albatta, XYuSning kapital quyilmalarga bo'lgan
ehtiyoji hisobga olinmog'i lozim. Shuning uchun ham bozor kon'yunkturasini
hisobga olgan holda foydadan ishlab chiqarishni rivojlantirish fondiga
ajratmalarning miqdori aniqlanadi va ular kapital quyilmalar, aylanma mablag'larni
ko'paytirish, ilmiy-tadqiqot va loyiha-konstruktorlik ishlarini ta'minlash, yangi
texnolgiyalarni joriy etish uchun foydalaniladi.
Foyda hisobidan rezerv fondi ham shakllantiriladi, chunki bozor iqtisodiyoti
sharoitida ishbilarmonlik risklarning darajasi keskin oshadi. Bu fond har yillik
ajratmalar hisobidan tashkil qilinadi. Ajratmalarning o'lchami esa XYuSning ta'sis
hujjatlariga muvofiq belgilanadi.
11.3. Rentabellik va uni oshirish yo'llari
XYuSning foydalilik darajasini aniqlash uchun rentabellik ko'rsatkichlaridan
foydalaniladi. Ular olingan foyda summasining sarf qilingan mablag'larga yoki
realizatsiya qilingan mahsulotning hajmiga nisbati bilan aniqlanadi.
Moliyaviy tahlil jarayonida rentabellikning quyidagi ko'rsatkichlaridan tez—tez
foydalaniladi:
• sotuv (sotish) rentabelligi;
• o'zlik kapitalning rentabelligi;
• aylanma aktivlarning rentabelligi;
• aylanmadan tashqaridagi aktivlarning rentabelligi;
• investitsiyalarning rentabelligi.
Sotuv (sotish) rentabelligi XYuS sotuvi (sotishi)ning hajmida sof foydaning
salmog'ini ko'rsatadi va uni quyidagi formula yordamida aniqlash mumkin:
Kra = (SF, : SH) x 100%
Bu yerda: Kra — sotuv (sotish) rentabelligi;
SFft — XYuSning sof foydasi;
SH — XYuSning sotuv hajmi.
O'z kapitalining rentabelligi XYuSning egalari tomonidan investitsiya qilingan
kapitaldan foydalanish samaradorligini aniqlashga imkon beradi. Odatda bu
ko'rsatkich mablag'larning boshqa XYuSlarga, qimmatli qog'ozlarga va depozitlarga
qo'yilishi imkoniyati bilan taqqoslanadi. Bu ko'rsatkich kompaniyaning egalari
tomonidan XYuS qo'yilgan har bir birlik sof foydaning qancha pulli birligini
«ishlaganligini» ko'rsatadi va formula yordamida quyidagicha hisoblanadi:
Kuk = (SF, : O'K,) x 100%
Bu yerda: Krak — XYuS o'zlik kapitalining rentabelligi; SFA — XYuSning
sof foydasi; 0'Kt - XYuSning o'zlik kapitali.
Aylanma
aktivlarning
rentabelligi
aylanma
mablag'lardan
foydalanish
samaradorligini ochib beradi va uni quyidagicha aniqlash mumkin:
К = SFt: JA.
ram
k
k
Bu yerda: Kram — XYuS aylanma aktivlarining rentabelligi; SFA — XYuSning sof
foydasi; JAA — XYuSning joriy (yillik o'rtacha) aktivlari.
Aylanmadan tashqaridagi aktivlarning rentabelligi ko'rsatkichi kompaniyaning
asosiy kapitaliga nisbatan XYuSning yetarli foyda hajmini ta'minlash qobiliyatini aks
ettiradi. Uni formula yordamida quyidagicha ifodalasa bo'ladi:
К = (SFt: UMAJ x 100%
rama
y k
k'
Bu yerda: Kr. — XYuS aylanmadan tashqari aktivlarining rentabelligi;
SFA — XYuSning sof foydasi;
UMAft — XYuSning uzoq muddatli (yillik o'rtacha) aktivlari.
Investitsiyalarning rentabelligi koeffitsienti XYuS raqobatbar-doshligi va
innovatsionligining eng muhim indikatorlaridan biri hisoblanadi. Uni quyidagi
formula yordamida hisoblash mumkin:
Kr. = SF,: (O'K + UMM) x 100%
Bu yerda: Kr. — XYuS investitsiyalarining rentabelligi;
SFA — XYuSning sof foydasi;
O'K - XYuSning o'zlik kapitali;
UMM— XYuSning uzoq muddatli majburiyatlari.
Rentabellikni oshirish yo'nalishlari omillarning quyidagi guruhlari bilan bog'liq:
• foyda summasini ko'paytirish;
• foyda olish uchun xarajatlarning darajasini va resurslarni kamaytirish.
Bu yo'nalishiar har bir XYuSda konkretlashtirilishi va rentabellikni oshirish
rezervlarini qidirib topish hamda ulardan foydalanish asosida amalga oshirilishi
mumkin.
Bahs-munozara va nazorat uchun savollar
• «Ishlab chiqarish xarajatlari» va «ishlab chiqarish chiqimlari» tushunchalari bir xil
ma'noni anglatadimi? Ularning farqli jihatlari nimalardan iborat?
• Ishlab chiqarish chiqimlarini, dastlab necha guruhga bo'lish mumkin va ular
qanday nomlanadi?
• Aniq yoki amaldagi, haqiqatdagi chiqimlar qanday xarajat-larni o'z ichiga oladi?
• Aniq bo'lmagan, almashgan chiqimlar yoki qo'ldan boy berilgan, qo'ldan chiqarilgan
imkoniyatlar chiqimlari nimalardan iborat?
• XYuSning xarajatlariga uning mohiyatini ifodalovchi qanday ta'rif berish
mumkin?
• «Xarajatlar» tushunchasi «tannarx» tushunchasidan qanday farqlanadi?
• XYuS faoliyatining shart-sharoitlari va yo'nalishlariga bog'liq ravishda xarajatlar
qanday guruhlarga bo'linadi?
• Ishlab chiqarish va realizatsiya bilan bog'liq bo'lgan xarajatlar tarkibiga, odatda,
nimalar kiritiladi?
• Ishlab chiqarish va realizatsiya bilan bog'liq bo'lgan xarajatlar qanday
klassifikatsiya qilinishi mumkin?
• XYuS umumiy xarajatlarining summasidan iborat bo'lgan ishlab chiqarish
tannarxining tarkibiga nimalar kiradi?
•
Odatda, xarajatlarning klassifikatsiyasi ularning qanday belgilar bo'yicha
guruhlarga ajratilishini o'z ichiga oladi?
• Ishlab chiqarish hajmiga nisbatan xarajatlar qanday guruhlarga klassifikatsiya
qilinadi va ularning mazmuni nimalardan iborat?
• Iqtisodiy elementlariga ko'ra xarajatlarni qanday guruhlarga bo'lish mumkin va
ularning tarkibiga nimalar kiradi?
• Kalkulyasiya moddalari bo'yicha xarajatlar nimalarga bo'linishi mumkin?
• To'g'ri (bevosita) xarajatlar va egri (bilvosita) xarajatlarning o'ziga xos bo'lgan
xususiyatlari nimalardan iborat?
• Davlat tomonidan tartibga solinish darajasiga qarab xarajatlar qanday turlarga
bo'linadi?
• Chiqimlarni kamaytirishning qanday asosiy yo'llari mavjud?
• XYuSning barcha moliyaviy resurslari qanday resurslardan tashkil topadi?
• XYuSning o'z mablag'lari nimalar hisobidan shakllanadi?
• Moliyaviy bozordan jalb qilinadigan resurslarga nimalar kiradi?
• Qayta taqsimlash tartibida olinadigan tushilmalarning tarkibi nimalardan iborat?
• Investitsion faoliyatdan resurslar XYuSga qanday ko'rinish-larda kelib tushadi?
• Amaliyotda hamma vaqt ham foydaning mazmun-mohiyati bir xil tarzda
ifodalanaveradimi va foyda deganda nima tushuniladi?
• Amaliy faoliyatda «foyda»ning barcha tushunchalarini qanday guruhlarga
birlashtirish mumkin?
• Faoliyatning moliyaviy natijalarini tahlil qilishda XYuSlar, ko'p hollarda,
foydaning qanday ko'rinishlariga tayanadi?
• Asos foyda deyilganda qanday foyda tushuniladi?
• Balans foyda nimadan iborat?
• Sof foyda yoki sof daromad qachon vujudga kelishi mumkin?
• Hisobotlarda foyda qanday ko'rinishlarda aks ettirilishi rnumkin?
• XYuSlar faoliyatining umumiy moliyaviy natijalari qanday hisobotda o'z aksini
topadi va unda moliyaviy tahlil uchun zarur bo'lgan qanday muhim ma'lumotlar
mujassamlashgan?
• Faoliyatning odatdagi ko'rinishi bo'yicha daromadlar va xarajatlar qanday
tarzda hisoblanadi?
• Boshqa daromadlar va xarajatlar nimalardan iborat bo'ladi?
• Foydani tahlil qilishning asosiy maqsadi nimadan iborat?
• Yalpi foyda, sotuvdan olingan foyda, soliqqa tortilgunga qadar bo'lgan foyda va
nihoyat, sof foyda qanday aniqlanadi?
• Foydaning taqsimlanish tartibi qanday?
• Rentabellik ko'rsatkichi o'zida nimani ifodalaydi va u qanday aniqlanadi?
• Moliyaviy tahlil jarayonida rentabellikning qanday ko'rsat-kichlaridan tez-tez
foydalaniladi?
• Sotuv rentabelligi qanday aniqlanadi?
• O'z(lik) kapitalining rentabelligini aniqlash tartibi qanday?
• Aylanma aktivlarning rentabelligi qanday aniqlanadi?
• Aylanmadan tashqaridagi aktivlarning rentabelligi o'zida nimani aks ettiradi?
• Investitsiyalarning rentabelligi koeffitsienti qanday hisobla-nadi?
• Rentabellikni oshirish yo'nalishlari omillarning qanday guruh-lari bilan bog'liq?