XO’JALIK YURITUVCHI SUB’YEKTLAT MOLIYASI – DAVLAT MOLIYAVIY SALOHIYATINING ASOSI
Yuklangan vaqt
2024-12-16
Yuklab olishlar soni
1
Sahifalar soni
5
Faytl hajmi
18,4 KB
XO’JALIK YURITUVCHI SUB’YEKTLAT MOLIYASI – DAVLAT
MOLIYAVIY SALOHIYATINING ASOSI
7.1. Davlatning moliyaviy salohiyati va uning xo'jalik yurituvchi
sub'ektlar moliyasi bilan o'zaro bog'liqligi
Davlatning moliyaviy salohiyati bozor iqtisodiyoti sub'ektlari va aholining pul
daromadlari hamda jamg'armalari asosida shakllanib o'zaro bog'langan quyidagi
bo'g'inlardan tashkil topadi:
respublika va mahalliy byudjetlar, davlat nobyudjet fondlari byudjetlari; davlat
kreditlashtirish resurslari; davlat unitar Xo'jalik yurituvchi sub'ekt (XYuS)lari va
davlatning ishtirpkidagi XYuSlar moliyasi. Davlatning moliyaviy salohiyati
tarkibiga asosiy fondlar, tugallanmagan ishlab chiqarish, moddiy aylanma
mablag'lar, uy-ro'zg'or mulklari, nomoddiy aktivlar qiymati — inson kapitali kira-
digan moddiy kapital ko'rinishidagi milliy boylik hajmini kiritish mumkin;
xususiy XYuSlarning moliyaviy salohiyati. U aylanmadan tashqari aktivlar va
aylanma aktivlari yig'indisidan tashkil topadi. Bu yerda aylanmadan tashqari aktivlar
nomoddiy aktivlar, asosiy vositalar, tugallanmagan ishlab chiqarish, moddiy
boyliklarga daromadli qo'yilmalar, uzoq muddatli moliyaviy quyilmalar,
aylanmadan tashqaridagi boshqa aktivlardan iboratdir. Shuningdek, bu yerda
aylanma aktivlarning tarkibiga zaxiralar, debitorlik qarzlari, qisqa muddatli
moliyaviy quyilmalar, pul mablag'lari va boshqa aylanma aktivlar kiradi.
XYuSlarning moliyaviy salohiyati ularning yangi qiymat yaratishdagi qobiliyatiga
bog'liq. Bir xil moliyaviy-iqtisodiy qudratga ega bo'lgan XYuSlar bir-biridan tubdan
farq qiluvchi moliyaviy natijalarga erishishi mumkin. Bu mol-mulkdan, ishlab
chiqarish-texnologik jarayonlar va kadrlarni boshqarish
30 Ushbu darslikda xo'jalik yurituvchi sub'yektlar deyilganda, eng awalo,
korxonalar va xo'jalik yuritishning qolgan barcha shakllari nazarda tutiladi.
samaradorligiga, menejment malakasiga, tadbirkorlik natijalariga, moliyaviy
resurslar va tashqi qarzlardan oqilona foydalanishga bog'liq bo'ladi;
bank-kredit tizimining moliyaviy salohiyati — kredit resurslariga bo'lgan
iqtisodiyotning ehtiyojlarini qondirish bo'yicha kredit tashkilotlari aktivlari va real
imkoniyatlarining yig'indisi. Ko'pchilik mamlakatlarning bank-kredit tizimi hozirgi
paytda kengaytirilgan takror ishlab chiqarish jarayonini kredit resurslari bilan
ta'minlash imkoniyatiga ega emas. XYuSlarga taqdim etilayotgan kredit resurslari,
asosan, qisqa muddatli xususiyatga ega. Asosiy kapitalni shakllantirishdagi
kreditlarning salmog'i iqtisodiyot samaradorligining o'sishi uchun yetarli emas;
sug'urta fondlarining moliyaviy salohiyati. Bu salohiyat tadbirkorlikdagi
risklarni
pasaytiradigan
va
jamg'armalar
hamda
investitsiyalar
o'sishini
ta'minlaydigan pul sug'urta resurslarini shakllantirish bo'yicha sug'urtaviy
moliyaviy-iqtisodiy imkoniyatlar yig'indisining amalga oshirilishi orqali namoyon
bo'ladi;
uy xo'jaliklarining moliyaviy salohiyati. Bu salohiyat ulardagi jami
daromadlar, soliq, renta va foiz to'lovlari, investitsion talablar o'sishiga iste'mol
vajamg'arishning ta'siri orqali ifodalanadi.
Hozirgi paytda juda ko'p mamlakatlarda aholi jamg'armalari, XYuS va
tashkilotlar jamg'armalari singari kengaytirilgan takror ishlab chiqarish maqsadlari
uchun to'liq foydalanilmayapti.
7.2. Moliyaviy salohiyatning o'sish omillari
Mamlakat moliyaviy va investitsion tizimining asosini iqtisodiyot real sektori
moliyasi tashkil etadi. Moddiy boyliklarni ishlab chiqarish sohasida xo'jalik
samaradorligiga katta ta'sir ko'rsatuvchi moliyaviy munosabatlar shakllanadi.
XYuSlarning moliyaviy resurslari ular tomonidan olinadigan pul daromadlari
va ishlab chiqarish resurslari iqtisodiy doiraviy aylanishi samaradorligining o'sishiga
xizmat qiladigan, kengaytirilgan takror ishlab chiqarishni moliyalashtirish
jarayonini amalga oshirishga yordam beradigan va ularning ixtiyorida bo'lgan qarziy
mablag'lar asosida tashkil topadi.
Hozirgi
vaqtda
kapital
quyilmalarni
moliyalashtirishda
XYuS
o'z
mablag'larining (sof foyda va amortizatsiya) salmog'i muhim ahamiyatga ega.
Bunda amortizatsiya ajratmalarini shakllantirish va ulardan samarali foydalanish
alohida rol o'ynaydi.
YalM va MDni qayta (ikkilamchi) taqsimlash davlat va XYuSlar o'rtasidagi
moliyaviy munosabatlar doirasida sodir bo'ladi. Ana shu darajada XYuSlar va
aholining birlamchi daromadlari bir qismini to'g'ri (bevosita) va egri (bilvosita)
soliqli undirish yo'li bilan va shuningdek, davlat kreditlashtirishi hisobidan
mamlakatning davlat moliyasi tashkil topadi.
XYuSlar pul resurslarini, uy xo'jaliklari daromadlarini ikkilamchi qayta
taqsimlash kredit-bank sohasi va sug'urta tizimi orqali ham amalga oshiriladi. Bular
depozitli, vekselli, pulli va banklarningboshqa jamg'arma operatsiyalari, ular
tomonidan yuridik shaxslar va aholiga uzoq, o'rta va qisqa muddatli kreditlar va
ssudalar berish, turli risklarni sug'urta qilish shakllarida sodir bo'ladi.
Ko'p darajali byudjet tizimi va nobyudjet fondlar faoliyatidagi qayta taqsimlash
jarayonlarini takomillashtirish moliyaviy salohiyatni yanada kuchaytirish va davlat
moliyaviy resurslari o'sishining quyidagi yo'nalishlari bilan uzviy bog'langan:
byudjet-soliq sohasidagi daromadlarni qayta taqsimlashning samaradorligini
oshirish. Bu narsa davlat tomonidan ta'sirchan fiskal siyosatni hayotga tatbiq etish
bilan bog'liqki, bu siyosat o'z navbatida, ishlab chiqarishning o'sishi va XYuSlarning
investitsiyalarga
yo'naltiriladigan
moliyaviy
resurslarining
o'sishini
rag'batlantirishni ko'zda tutmog'i kerak;
bank-kredit
sektori
orqali
pul
resurslarining
qayta
taqsimlanishini
optimallashtirish. Buning eng asosiy iqtisodiy vositalari va mexanizmlari bo'lib
quyidagilar hisoblanishi mumkin: kredit siyosati; uzoq, o'rta va qisqa muddatli
kreditlar hajmlarining nisbati; Markaziy bankning hisob stavkasi; ssuda va depozit
foizlarining stavkasi; qimmatli qog'ozlar bozori. Iqtisodiyotda bu vosita va
mexanizmlardan foydalangan holda davlat tomonidan ma'lum bir maqsadga
yo'naltirilgan tarzda tartibga solish davlat, XYuSlarning investitsion imkoniyatlari
chegaralarini kengaytiradi, aholining pulli jamg'armalarini investitsiyalarga jalb
qiladi;
yangi samarali iqtisodiyotni — intellektual infrastrukturaning yuqori
sur'atlarda rivojlanishi farqlanuvchi belgisi bo'lgan bilimlar iqtisodiyotini
shakllantiradigan XYuSlarning ildam rivojlanishi. Mamlakat raqobatbardosh
iqtisodiyotning yadrosini yuqori qo'shil-gan qiymat va yuqori darajada qayta
ishlanadigan mahsulotlar ishlab chiqaradigan yangi tarmoqlar tashkil etmog'i lozim.
Iqtisodiyotning tarkibiy tuzilishida xom-ashyo-energiya sohasi hukmronlik qilishi,
yoqilg'i-energetika
kompleksining
sanoat
ishlab
chiqarishida,
konsolidatsiyalashtirilgan va respublika byudjeti daromadlarida, eksportda va
valyuta tushumlarida nisbatan katta salmoqning egallashi iqtisodiyotni shu tomonga
shaklan o'zgara boshlaganligidan dalolat beradi. Milliy xo'jalikning bunday tarkibiy
nomuvofiqligi iqtisodiyotni qoloqlik sari yetaklaydi, uni modernizatsiya qilish
vazifalarini murakkablashtiradi. Shu munosabat bilan xom-ashyo tarmoqlaridan
yuqori texnologiyali ishlab chiqarishga kapitalning oqib o'tishini ta'minlovchi
samarali mexanizmlarni ishlab chiqish muammosi dolzarblik kasb etib, bu narsa oxir
oqibatda, davlatning moliyaviy salohiyatini yuqori darajaga ko'taradi;
XYuSlar moliyaviy salohiyatining darajasi ularning samarali investitsion-
tadbirkorlik faolligiga bog'liq. Zamonaviy o'zgaruvchan (dinamik) iqtisodiy muhit
xorijiy kapitalni qo'shgan holda o'z va jalb qilingan investitsion manbalar asosida
ishlab chiqarishni doimiy ravishda ilmiy-texnikaviy jihatdan yangilashni va
rivojlantirishni talab qiladi.
Hozirgi paytda ishlab chiqarish kompaniyalarining moliyaviy barqarorligi va
raqobatbardoshligini ta'minlashda o'ziga xos omil bo'lib ularning yirik tadbirkorlik
tizimlariga (moliya-sanoat guruhlari, konsernlar, konglomeratlar, xoldinglar,
konsorsiumlar va boshqalar) birlashishi hisoblanadi. Bank va sanoat kapitalining
real qo'shilishi va ta'sirchan moliyaviy kapitalning shakllanishi sodir bo'lmoqda.
Bularning natijasida ishlab chiqarish miqiyoslari o'sishidan vujudga kelgan samara,
iqtisodiyot tarkibiy tuzilmalarining o'zaro ta'sirchanligi va investitsiyalar o'sishidan
olingan sinergetik samara kompaniyalarga yirik ko'lamdagi moliyaviy vazifalarni
yechishga imkon bermoqda.
Bahs-munozara va nazorat uchun savollar
Davlatning moliyaviy salohiyati nimalar asosida shakllanadi?
Davlatning moliyaviy salohiyati o'zaro bog'langan qanday bo'g'inlardan tashkil
topadi?
Davlatning moliyaviy salohiyati tarkibiga nimalarni kiritish mumkin?
Xususiy XYuSlar moliyaviy salohiyati nimalarning yig'indisi-dan iborat?
Aylanmadan tashqari aktivlarning tarkibiy qismlariga nimalar kiradi?
Aylanma aktivlarning tarkibi nimalardan tashkil topadi?
XYuSlarning moliyaviy salohiyati nimaga bog'liq?
Bank-kredit tizimining moliyaviy salohiyati nimalardan iborat?
Sug'urta fondlarining moliyaviy salohiyati nimalarda namoyon bo'ladi?
Uy xo'jaliklarining moliyaviy salohiyati nimalar orqali ifodalanadi?
XYuSlarning moliyaviy resurslari nimalar asosida tashkil topadi?
Mamlakatning davlat moliyasi nimalar hisobidan shakllanadi?
Moliyaviy salohiyatni yanada kuchaytirish va davlat moliyaviy resurslari
o'sishining qanday yo'nalishlari mavjud?
Byudjet-soliq sohasidagi daromadlarni qayta taqsimlash samaradorligini
oshirishda nimalarni ko'zda tutmog'i kerak?
Bank-kredit
sohasi
orqali
pul
resurslarining
qayta
taqsimlani-shini
optimallashtirishning eng asosiy iqtisodiy vositalari va mexa-nizmlari bo'lib nimalar
hisoblanishi mumkin?
Bilimlar iqtisodiyotini shakllantiradigan XYuSlarning ildam rivojlanishi
nimalarni taqozo etadi?
Davlatning moliyaviy salohiyatini nimalar yuqori darajaga ko'taradi?
XYuSlar moliyaviy salohiyatining darajasi nimalarga bog'liq?
Hozirgi paytda ishlab chiqarish kompaniyalarining moliyaviy barqarorligi va
raqobatbardoshligini ta'minlashning o'ziga xos omili bo'lib nimalar hisoblanadi?