XO‘JALIK YURITUVCHI SUBYEKTNING BAHO SIYOSATI VA BAHOLARNI SHAKLLANTIRISH ASOSLARI, MARKETING STRATEGIYASINING MOLIYAVIY JIHATLARI
Yuklangan vaqt
2024-12-16
Yuklab olishlar soni
1
Sahifalar soni
27
Faytl hajmi
41,2 KB
XO‘JALIK YURITUVCHI SUBYEKTNING BAHO SIYOSATI VA
BAHOLARNI SHAKLLANTIRISH ASOSLARI, MARKETING
STRATEGIYASINING MOLIYAVIY JIHATLARI
12.1. Baholarni shakllantirishning ob'ektiv asoslari
«Baho» tushunchasi ostida, odatda, eng awalo, yagona sintetik kategoriyaga
birlashtirilgan turli-tuman iqtisodiy holatlarning yig'indisi nazarda tutiladi. Mohiyat
jihatidan baho qiymatning puldagi ifodasidir. Tarmoq ichidagi raqobat natijasida
tovarning individual qiymati uning ijtimoiy qiymatiga aylanadiki, uning o'lchami
mehnatning ijtimoiy zaruriy xarajatlari bilan aniqlanadi. Bozor qiymati, ijtimoiy
qiymatdan farqli o'laroq, faqatgina tovarni ishlab chiqarish darajasi bilan emas, balki
uning realizatsiya qilish shartlari bilan ham belgilanadi.
Bozor sharoitida mehnatning ijtimoiy zaruriy xarajatlari va ijtimoiy foydalilik
taqqoslanadi, ijtimoiy ishlab chiqarishning hajmi va tarkibiy tuzilmasining ijtimoiy
ehtiyojlarga muvofiq kelishi aniqlanadi. Faqat ijtimoiy ehtiyoj va ijtimoiy foydalilik
doirasidagina xarajatlar ijtimoiy zarur deb e'tirof etilishi mumkin. Shu munosabat
bilan qiymat hosil bo'lishining iqtisodiy chegaralarini shakllantirish ijtimoiy
foydalilikning funksiyasiga aylanadi.
Demak, bahoning asosi sifatida maydonga chiqadigan ijtimoiy zaruriy
xarajatlar va qiymat murakkab jarayon natijasida vujudga keladi, o'zlariga turli-
tuman sharoitlar va ta'sirlarning ta'sirini sinab ko'radi. Shunga mos ravishda
bahoning modeli ham oddiy yoki bir xil bo'lishi mumkin emas.
Tovarlar har doim qiymat va iste'mol qiymatining o'zaro yaxlitligidan iborat.
Tovarning iste'mol qiymatini tovarning qandaydir bir ehtiyojni qondirish qobiliyati
sifatida xarakterlash qabul qilingan. Bozor sharoitida ishlab chiqarish sotib
oluvchilarning talablarini qondirish maqsadida iste'mol va buning natijasida Tovar
ishlab chiqaruvchi tomonidan foydani olinishi uchun amalga oshiriladi. Demak, past
iste'mol qiymatiga ega bo'lgan tovarlar past qiymatga ega bo'ladi va aksincha, yuqori
darajadagi iste'mol qiymati qiymatning ham yuqori darajada bo'lishini ta'minlaydi.
Shuning uchun ham bahoni aniqlashda faqat tegishli ne'matni ishlab chiqarish
xarajatlarini inobatga olib qolmasdan, balki tovarning sifati orqali namoyon
bo'ladigan iste'mol qiymatini, uning foydaliligini ham hisobga olmoq lozim. Bundan
baho bozor mexanizmining pulda ifodalangan muhim elementidir, degan xulosa
kelib chiqadi. Baho yordamida mol yetkazib beruvchi va iste'molchi
foydalanayotgan resurslarning hajmi ifodalanadi, ular bir resurs bilan ta'minlanadi,
bir vaqtning o'zida ikkinchi resursni oladi, buning natijasida resurslarning foydaliligi
oshadi. Shunday qilib, baho kerakli mahsulot yoki xizmatga ega bo'lish uchun kishi
berishi lozim bo'lgan resurslarning miqdoridir. Bahoning ijtimoiy zaruriy mehnat
xarajatlariga yaqinlashishini ta'minlovchi modeli ana shundan iborat. Yuqorida
bayon qilingan holatlarga asoslanib vujudga kgltirilgan baho o'ziga tegishli bo'lgan
funksiyalarni bozor iqtisodiyotida yaxshi bajaradi.
Eng awalo, baho yordamida barcha tovarlarning yoki tovar birligining hajm,
dona va og'irlik birliklaridagi qiymati pul birliklarida o'lchanadi. Pulli
ekvivalentning mavjud ekanligi bahoga miqdor va son shakllaridagi tovar qiymatini
ifodalovchi yoki o'lchovchi sifatida maydonga chiqishga imkon beradi. Bir vaqtning
o'zida baho pulda ifodalangan turli tovar qimmatlarining o'lchovchisi hamdir.
Ko'rilayotgan ana shu sifatda baho umumiqtisodiy samaradorlikning eng muhim
ko'rsatkichlaridan biri sanaladi, xo'jalik qarorlarini qabul qilish uchun mo'ljal,
bashoratlashning muhim instrumenti bo'lib xizmat qiladi. Yuqoridagilarning
barchasi bahoning o'Ichov(chilik) funksiyasidan darak beradi.
Ma'ium ma'noda, bahoning hisob-nazorat funksiyasi uning o'lchov(chilik)
funksiyasining o'ziga xos bo'lgan «qo'shni»si hisoblanadi va qisman uning tarkibiga
kiradi. Baho, milliy boylikning buyumlashgan va moddiy o'lchamlarini qiymat va
demak, moliyaviy o'lchamlarga aylantirib, qiymatning fuqarolarda, ularning
oilalarida, XYuSlarda, tarmoqlarda, umuman iqtisodiyotda, qishloq, shahar, tuman,
viloyat va mamlakat bo'yicha saqlanishi, jamg'arilishi va harakat etishi ustidan hisob
va nazoratni olib borishning instrumenti bo'lib xizmat qiladi.
Bahoning taqsimlash funksiyasi uning qiymatdan farqlanishi imkoniyati bilan
xarakterlanadi. Masalan, yengil avtomobillarga bo'lgan bahoning yuqoriligi
aholining ma'lum qatlamlarining mablag'larini ijtimoiy ehtiyojlarni qondirish uchun
qayta taqsimlashga imkon beradi. Ba'zi bir tovarlarga nisbatan baholarning past
darajasi esa (masalan, bolalar va keksa yoshdagi qariyalarga mo'ljallangan tovariar)
ana shunday iste'molchilar foydasiga mablag'larning qayta taqsimlanishiga olib
keladi. Bir tomondan, mamlakatda sanoat ishlab chiqarish xarakteriga ega bo'lgan
ko'plab tovarlarga nisbatan baholarning erkinlashtirilishi va ikkinchi tomondan, bir
necha qishloq xo'jaligi mahsulotlariga nisbatan baholarning davlat tomonidan
tartibga solinishi qishloq xo'jaligiga tegishli bo'lgan daromadlarning bir qismini
sanoatning ayrim tarmoqlari foydasiga qayta taqsimlanishiga imkon beradi.
Shunday qilib, ulgurchi baholarni oshirish yoki pasaytirish orqali tarmoqlar,
XYuSlar, mintaqalar, ijtimoiy guruhlar va oilalarning daromadlari va foydasini
qayta taqsimlash mumkin.
Aynan bahoning tartibga solish funksiyasi orqali bozor iqtisodiyotida ishlab
chiqarish va iste'mol, taklif va talab o'rtasida aloqao'rnatiladi. Shunisi xarakterliki,
tartibga soluvchi baho tartibga solish jarayonining o'zida vujudga keladi va uning
o'zi ham tartibga solinuvchi hisoblanadi. Shuning uchun ham bu yerda muvozanatli,
ya'ni o'z-o'zidan o'rnatiluvchi, darajasi talab va taklifning tenglashishiga muvofiq
keladigan baho yordamida tovar-pul jarayonlarini o'z-o'zidan tartibga solish
funksiyasi xususida gapirish aniqroq bo'lur edi.
Oila byudjetining o'zgarishi, aholi daromadlari va xarajatlarini qayta
taqsimlash munosabati bilan chakana baholar o'zgarganda bahoning ijtimoiy
funksiyasi vujudga keladi. Buning natijasida ijtimoiy ne'matlar va xizmatlarning u
yoki bu turlariga nisbatan iste'mol qilish ko'tariladi yoki pasayadi. Chakana
baholarning oshishi turmush darajasini pasaytiradi va aksincha, deb e'tirof etilgan.
Biroq, agar bir vaqtning o'zida chakana baholar bilan birgalikda ulgurji baholar, va
aholi daromadlari ham o'zgarsa, bu «manzara» ko'p omilliga aylanadi va baholar
dinamikasining turmush darajasiga ta'miri xususida xulosa chiqarish uchun yanada
chuqurroq bo'lgan tahlil zarur.
Bahoning rag'batlantiruvchi funksiyasi ishlab chiqarishni moddiy va mehnat
resurslaridan samarali foydalanish, mahsulotning ma'lum bir turini ishlab chiqarish
yo'nalishlarida rag'batlantirish orqali namoyon bo'ladi. Bunday baholar agar ular
iste'molchi uchun qulay bo'lsa, iste'molni ham rag'batlantiradi. Bahoning
rag'batlantiruvchi funksiyasi bozorni tartibga solishning muhim omili hisoblanadi,
tovarlar va xizmatlar bozorida talab va taklif o'rtasidagi ma'lum bir nisbatning
o'rnatilishiga o'z ta'sirini ko'rsatadi va shuning uchun ham u talab va taklifni
balanslashtirish (muvozanatlashtirish) funksiyasi bilan uzviy bog'langan.
Baho funksiyalarining bunchalik ko'pligi, alohida olingan unga tegishli bo'lgan
maqsadlar va vazifalarning, ayrim hollarda, o'zaro qarama-qarshiligi shunga olib
keladiki, bahoning o'zi barcha funksiyalarini muvaffaqiyatli amalga oshirishi
mumkin bo'lmay qoladi. Ratsional va hatto, optimal baholar xususida gapirib turib,
odatda uning bir funksiyasi yoki funksiyalarning shunday hamkorligini nazarda
tutish kerakki, ular ma'lum darajada amalga oshgan bo'lsin. Shuning uchun ham
bozor iqtisodiyotida bahoning ayrim funksiyalari kamroq yoki ko'proq yuklama
bilan «ishlaydi». Masalan, mahsulotni qiymat ifodasida ishlab chiqarish, taqsimlash
va iste'mol qilishni rejalashtirishda foydalaniladigan bahoning funksiyalari aralash
iqtisodiyotda davlat sektoridagidek emas, balki unga nisbatan kamroq faollikda
namoyon bo'ladi. Shu munosabat bilan bu yerda baho barcha funksiyalarining bir-
biri bilan o'zaro bog'langanligi va o'zaro ta'sirchanligini, real hayotda bozor iqtiso-
diyotiga xos bo'lgan dinamiktizim sifatida namoyon bo'layotgan-ligini hisobga olish
muhim ahamiyatga ega.
12.2. Baho turlari, uning tarkibiy tuzilmasi va
baholarni shakllantirish metodlari
Bozor iqtisodiyotida tovarlarning turli guruhlariga mos ravishda baholarning
harakatchan tizimi amal qiladi. Baho turlarini tizimlash-tirish uchun turli belgilar bo'yicha
ularni klassifikatsiyalashtirishdan foydalaniladi.
Baholarni quyidagi belgilarga ko'ra klassifikatsiya qilish mumkin:
• aylanmaga xizmat qilish xarakteri bo'yicha;
• o'rnatilishi (belgilanishi)ga qarab;
• vaqt omiliga ko'ra;
• baholar xususida ma'lumotlarni olish usuliga muvofiq;
• bozor turi (ko'rinishi)ga bog'liq ravishda;
• hududiy bozorlarga bog'liqligini nazarda tutib;
• bozorda davlatning ta'sirchanligi, tartibga solish va raqobat darajasining
xarakteri bo'yicha;
• yetkazib berish va sotish shartlariga ko'ra;
• qo'llanilish tartibiga muvofiq.
Aylanmaga xizmat qilish xarakteri bo'yicha baholar quyidagicha farqlanadi:
• ulgurji baholar;
• chakana baholar;
• sotib olish baholari;
• smeta qiymati;
• tariflar.
XYuSlar tovarlarning yirik partiyasini sanoat, qishloqxo'jaligi yoki boshqa
XYuSlarga yoki ta'minot tashkilotlariga sotadigan bahosi ulgurji baho deyiladi.
Savdo tashkilotlari tomonidan aholining shaxsiy iste'moli uchun kichik
miqdorlarda sotiladigan ne'matlarga o'rnatilgan baho chakana baho deb atadi.
Qishloq xo'jaligi ishlab chiqaruvchilari tomonidan o'z mahsulotlarini davlatga
sotish sotib olish baholarida amalga oshiriladi.
Smeta qiymatida qurilish mahsulotlari (binolar, inshootlar va b.)ning bahosi
to'lanadi.
Yuklarnitashish, elektroenergiya, issiqlik, suv, sog'liqni saqlash xizmatlari,
mehmonxona, sayyohlik va boshqa xizmatlarning bahosi tariflar orqali ifodalanadi.
O'rnatilishi (belgilanishi)ga qarab baholarning quyidagi turlari mavjud:
• qat'iy baholar;
• joriy baholar;
• o'zgaruvchan (harakatlanuvchan) baholar;
• almashtiriluvchi («sakrovchi») baholar.
Shartnomada qayd etiladigan va shu shartnomaga muvofiq ravishda mahsulotni
yetkazib berishning barcha muddatlari davomida o'zgarmaydigan baholar qat'iy
baholar deyiladi.
Joriy baho deyilganda shu davrda mahsulotni yetkazib berish amalga oshirilgan
baho tushuniladi. Bunday baholar bir shartnoma doirasida o'zgarishi mumkin va ular
bozorning holatini o'zida aks ettiradi.
O'zgaruvchan («harakatchan») baholar shartnomada ma'lum bir shart asosida,
masalan, shartnomani ijro etish payti (vaqti)da bozor bahosi o'zgaradigan bo'lsa
(ko'tarilsa yoki pasaysa), o'zgartirilishi (qayta ko'rib chiqilishi) mumkin deb qayd
etilgan baholardan iborat.
Almashtiriluvchi («sakrovchi») baholar tayyorlanish muddati uzoq vaqtni talab
etuvchi buyumlarga nisbatan o'rnatiladi. Bunday baholar shartnoma ijro etish
muddatining tugashiga qarab hisoblanadi. Bunda birlamchi shartnoma bahosi
mahsulot tayyorlangan muddat davomida ishlab chiqarish xarajatlarining
o'zgarishiga qarab o'zgartiriladi (korrektirovka qilinadi).
Vaqt omiliga ko'ra baholarning quyidagi turlari bo'lishi mumkin:
• doimiy baholar;
• mavsumiy baholar;
• bosqichli baholar.
Harakat etish (amal qilish) muddatlari oldindan kelishilmagan baholarga
doimiy baholar deyiladi.
Mavsumiy xarakterga ega bo'lgan tovarlarga nisbatan o'rnatilgan baholar
mavsumiy baholar deb ataladi. Bunday baholar sotishning birlamchi bahosiga
nisbatan ustama yoki chegirmani qo'llash yo'li bilan aniqlanadi va maium davr
mobaynida amal qiladi.
Dastlabki aniqlangan shkalaga muvofiq ravishda oldindan belgilangan
holatlarda
bosqichma-bosqich
pasaytiriladigan
tarzda
aniqlanadigan
mahsulotlarning bahosi bosqichli baholarda belgilanadi.
Baholar xususida ma'lumotlarni olish usuliga muvofiq baholar quyidagicha
farqlanadi:
ma'lumotnomaviy baholar;
preyskurant baholar;
hisob-kitobli baholar.
Kataloglar, preyskurantlar, iqtisodiyjurnallar, spravochniklar va boshqa
maxsus adabiyotlarda e'lon qilinadigan baholar ma'lumotnomaviy baholar deyiladi.
Ular o'xshash mahsulotlarga baliolarni belgilashda yoki baholarning darajasi va
nisbatini tahlil qilishda mo'ljal (mo'ljallanuvchi) informatsiya sifatida foydalaniladi.
Firmalarning preykurantlarida, spravochniklarda va boshqa adabiyotlarda e'lon
qilingan baholar preykurant baholar deb ataladi.
Hisob-kitobli baholar individual buyurtmalar bo'yicha noandazaviy asbob-
uskunalarning shartnomalarida, bitimlarida qo'llaniladigan baholardir. Bunday
baholar mol yetkazib beruvchi tomonidan har bir aniq buyurtma uchun uning
texnikaviy va tijoriy shart-sharoitlarini hisobga olgan holda hisob-kitob qilinadi va
asoslanadi.
Bozor turiga bogiiq ravishda baholarning quyidagi turlari mavjud:
auksion baholar;
birjaviy kotirovkalar;
savdolar baholari.
Sotib oluvchi tomonidan oldindan ko'rilgan (ko'rib chiqilgan) tovarlar partiyasi
(loti)ga maksimal taklif qilingan daraja bo'yicha ommaviy sotish bahosiga auksion
baholar deyiladi. Bunday baholar talab va taklif o'rtasidagi nisbatning o'zgarishi
natijasida o'rnatiladi.
Birja orqali realizatsiya qilinadigan standartlashtirilgan (ando-zalashtirilgan)
bir toifadagi tovarlarning (shu jumladan, qimmatli qog'ozlarning ham) bahosi
birjaviy kotirovkalar deb ataladi.
Savdolar baholari ixtisoslashtirilgan savdo alohida shakllarining bahosidan
iborat. Savdoning bu shakli maxsus hujjat (tender)da oldindan e'lon qilingan
shartlarga ko'ra tovarlarni yetkazishga buyurtmalar berish yoki ma'lum bir ishlarni
amalga oshirish uchun pudratlarni olishga asoslangan bo'ladi.
Hududiy bozorlarga bog'liqligini nazarda tutib baholarning turlari quyidagicha
farqlanadi:
yagona (yaxlit) baholar;
mintaqaviy baholar;
mahalliy baholar.
Yagona (yaxlit) baholar mamlakatning barcha hududlarida amal qiladi. Ular
davlat tomonidan o'rnatiladi va tartibga solinadi.
Mintaqaviy baholar mamlakatning ayrim hududlarida shakllanadi. Bunday
baholarning tarkibiga qishloq xo'jaligi mahsulotlari va xom-ashyo, gaz,
elektroenergiyaning baholarini kiritish mumkin.
Shu mintaqaning o'zida ishlab chiqariladigan va iste'mol qilinadigan
mahsulotlarga o'rnatilgan baholar mahalliy baholar deyiladi.
Bozorda davlatning ta'sirchanligi, tartibga solish va raqobat darajasining
xarakteri bo'yicha baholarning quyidagi turlari mavjud:
erkin (bozor) baholar(i);
qayd etilgan (qat'iy) baholar;
tartibga solinadigan baholar;
prestij (kamyob, obroii) baholar;
paritet (teng) baholar.
Mahsulotlarni ishlab chiqaruvchilarvaxizmatlarni ko'rsatuvchilar tomonidan
bozor kon'yunkturasiga muvofiq ravishda talab va taklif asosida qo'llaniladigan baho
erkin (bozor) baholar(i) deyiladi.
Qayd etilgan (qat'iy) baholar ma'lum darajada o'rnatilgan baholardan iborat.
Asosan yuqori ijtimoiy ahamiyatga ega bo'lgan muhsulotlarga nisbatan tegishli
boshqaruv organlari tomonidan foydalaniladigan baholar tartibga solinadigan
baholar deb ataladi.
O'tib bo'lmaydigan xususiyatlarga ega bo'lgan juda yuqori sifatli buyumlarning
bahosiga prestij (kamyob, obro'li) baholar deyiladi.
Bir necha mamlakatlarning davlat hokimiyat organlari tomonidan qishloq
xo'jaligi mahsulotlari, boshqa tovarlar va xizmatlar baholari o'rtasidagi nisbatni
tartibga keltirish uchun qo'llaniladigan baholar paritet (teng) baholar deb ataladi.
Yetkazib berish va sotish shartlariga ko'ra baholarni quyidagicha farqlash
mumkin:
netto-baholar;
brutto-baholar (fakturaviy baholar);
jahon baholari.
Oldi-sotdi joyidagi baholarga netto-baholar deyiladi.
Oldi-sotdi shartlariga (soliqlarning turi va miqdori, chegirma-larning
mavjudligi va darajasi, frank turlari va sug'urta shartlariga) muvofiq ravishda
aniqlanadigan baholar brutto-baholar deb ataladi.
Jahon baholari yirik import va eksport operatsiyalari amalga oshiriladigan
baholardan iborat. Amaliyotda jahon baholari xom-ashyo tovarlari bo'yicha
eksportyor mamlakatning darajasi yoki bir va auksionlar bahosi; ishlab chiqarish-
texnikaviy maqsadlarga mo'ljallangan buyumlar bo'yicha — jahondagi yetakchi
ishlab chiqaruvchilarning baholariga muvofiq; xalq iste'mol tovarlari bo'yicha —
yetakchi yirik kataloglarda e'lon qilingan baholarda aniqlanadi.
Amaliyotda ichki firmaviy (transfer!) baholar degan tushuncha ham mayjud.
Bunday baholar bir firmaning bo'linmalari yoki bir assotsiatsiya tarkibida bo'lgan
bir necha firmalar o'rtasida mahsulotlar realizatsiya qilinganda qo'llaniladi.
Baholarning yana bir turi bor. Ulaming nomi tabaqalashtirilgan baholar deb
yuritiladi. Bunday baholar tabiiy, hududiy va XYuSlarga bog'liq bo'lmagan boshqa
mahsulotni ishlab chiqarish va realizatsiya qilish xarajatlaridagi farqlar, shuningdek,
mahsulotning sifatidagi farqlarga (navi, yangiligi va boshqa sifat belgilariga ko'ra)
bog'liq ravishda bir xil mahsulotlarga o'rnatiladigan turli ulgurji, sotib olish va
chakana baholardan iborat bo'ladi. Bozor iqtisodiyoti sharoitida tovar ishlab
chiqaruvchilar tabaqalashtirilgan baholardan iste'mol-chilarning turli guruhlari
uchun foydalanadi. Bunda, albatta, ishlab chiqaruvchi sotib oluvchilarning har bir
guruhi uchun maksimal baholarni o'rnatishga harakat qiladi. Bunday baho sotib
oluvchining rezervlashtirilgan bahosi deyiladi. Rezervlashtirilgan bahoning sotib
oluvchilar
daromadlariga
bog'liq
ravishda
o'rnatilishi
bahoning
ideal
diversifikatsiyasi deb ataladi. Tabaqalashtirilgan baholar sotib olinayotgan
tovarlarning miqdoriga bog'liq ravishda ham o'rnatilishi mumkin. Bunga muvofiq
ravishda tovarlarning kichik partiyalari va bir martalik buyumlar uchun baholar
yuqori, ular yirik partiyada sotib olinganda esa baholarning darajasi ancha
pasaytirilishi mumkin.
Baholarning har bir turi ularga tegishli bo'lgan shakllantirish va foydalanish
xusiisiyatlariga ega. Masalan, XYuSlarning ulgurji baholari sanoat tovarlarining
turli guruhlariga tegishli bo'lgan o'ziga xos belgilar bilan xarakterlanadi.
Energiyatashuvchilarning bahosi, o'z navbatida, boshqalardan tashqari, resurslarni
tejab-tergash siyosatini amalga oshirishda muhim iqtisodiy richag bo'lib
hisoblanadi.
Aniq baho o'zida ma'lum bir elementlarni mujassam etadi. Ularning ahamiyati
absolyut ifodalanishda bahoning tarkibi, •birlikning qismi yoki foizlarda
ifodalangan baho tarkibidagi har bir elementning salmog'i esa bahoning tarkibiy
tuzilmasi deb ataladi.
Baholarning namunaviy tarkibiy tuzilmasi quyida keltirilgan:
UBA = T+FA
Bu yerda: UB^— XYuSning ulgurji bahosi; T —
mahsulot tannarxi; Fk — XYuSning foydasi.
UB = UB + S + UT
m
и
Bu yerda: Bm — tarmoq ulgurji bahosi;
UB — XYuSning ulgurji bahosi;
S — soliqlar (qo'shilgan qiymat solig'i,
aksizlar, sotuv solig'i va boshqalar); UTe — ulgurji-ta'minot
ustamalari (ta'minot
va transport xarajatlari, ta'minot
XYuSining foydasi). '
ChB = UB + S
m if
Bu yerda: ChB — chakana baho;
UBm — tarmoq ulgurji bahosi; Sa — savdo ustamasi
(muomala xarajatlari, savdo XYuSining foydasi).
Bahoning minimal chegarasini ishlab chiqarish chiqimlari aniqlab beradi.
Ularning puldagi ifodasini mahsulot tannarxi deb atash qabul qilingan. Foyda
bahoning majburiy elmenti hisoblanadi. XYuS foyda hisobidan dividentlarni to'laydi,
ishlab chiqarishni kengaytiradi va modernizatsiya qiladi, kadrlarni tayyorlashni amalga
oshiradi, ijtimoiy sohaga mablag'larni ajratadi. Foyda bahoning muhim elementi
hisoblanib, XYuSning moliyaviy—iqtisodiy ahvoli uning hajmi (miqdori)ga bevosita
bog'liq.
Tovarlar vositachilar (ta'minot—ta'minlash, savdo—sotib olish XYuSlari va
tashkilotlari hamda boshqa vositachilik firmalari) orqali realizatsiya qilinganda bahoda
vositachining ustamasi o'z aksini topadiki, u vositachilik qilganligi uchun komission
yig'imlarni, vositachining transport va boshqa xarajatlarini, uning qo'shilgan qiymat
solig'i va foydasini o'zida aks ettiradi.
Savdo ustamasi savdo tashkilotlarining mahsulotni realizatsiya qilish bilan
bog'liq bo'lgan xarajatlarini (muomala xarajatlarini) va ularning foydasini qamrab
oladi. Hozirgi paytda savdo ustamalari markazlashtirilgan tarzda tasdiqlanmaydi,
ijtimoiy ahamiyatga ega bo'lgan alohida tovarlar bo'yicha ularning yuqori chegarasi
mintaqaning mahalliy ma'muriyati tomonidan belgilanadi.
Baho yuqorida sanab o'tilgan barcha elementlarni o'zida mujassam etmasligi
ham mumkin. Masalan, qishloq xo'jaligi mahsulotlarini sotib olish bahosida qo'shilgan
qiymat solig'i mavjud emas. Shuningdek, barcha tovarlar ham aksizosti tovarlari
bo'lavermaydi, ayrim tovarlar esa vositachilarsiz to'g'ridan-to'g'ri iste'molchilarga
sotiladi.
Xilma-xil bo'lishiga qaramasdan, bozor baholari erkin iqtisodiyotda talab va
taklifga muvofiq ravishda o'rnatiladi. Hukumatning baholarni shakllantirish tizimiga
aralashuvi (bunday deyilganda, odatda, tovarlarga baholarni shakllantirish jarayoni va
baholar tizimi tushuniladi), jahon amaliyotining ko'rsatishicha, ko'pchilik hollarda,
iqtisodiy vaziyatni murakkablashtiradi. Burring sababi shundaki, davlat organlari,
odatda, o'zlarining biznesga ishtirok etishlari natijasida qo'shimcha xarajatlarni vujudga
keltiradi. Baholarni aniqlashning turli-tuman konsepsiyalari mavjud. Ularning
asosiylari quyidagilardan iborat:
• sofqiymat asosida baholarni aniqlash (muallifi G.S.Strumilin);
• baholarni o'rtalashtirilgan qiymat asosida aniqlash (D.D.Kondratov);
• takror ishlab chiqarish baholari (V.S.Nemchinov);
• ob'ektiv asoslangan tarzda baholash (L.S.Kantorovich);
• oxirgi xarajatlarning baholari (S.S.Shatalin).
• va boshqalar.
Bahoni hisoblash (aniqlash)ning «o'rtacha xarajatlar va foyda» metodi o'z
asosiga ishlab chiqarishning o'rtacha chiqimlari va ustamasini oladi. Bunda baho
ishlab chiqarish chiqimlari va foydaning yig'indisi sifatida qaraladi. Bu yerda
foydaning qismlari esa foydalanilayotgan mehnat va tabiiy resurslarga, kapitalga
proporsional ravishda aniqlanadi. Bu metodga ko'ra mehnatning qiymati bahoning
asosi bo'lib xizmat qiladi.
Bunday yondoshuv erkin bozor tizimi nuqtai-nazaridan o'zini oqlamaydi,
chunki ko'p XYuSlar o'z tovarlarini yuqori bahoga ega bo'lishga intilib, xarajatlar va
foyda bilan baholamasdan, balki xilma-xil omillarni hisobga olgan holda baholaydi.
Xolbuki, amaliyotda ana shunday bo'lishi mumkin ekan. Har holda buni
neoklassiklar tasdiqlaydi. Ularning qarashlaricha, ne'matlarni ishlab chiqarish va
realizatsiya qilish xarajatlari shu mahsulotni sotib olish kerakligi yoki yo'qligi
xususidagi iste'molchining tegishli qarori bilan hech qanday umumiy jihati yo'q.
Bujoyda uni haqiqatdan ham tashvishga soladigan narsa iste'moldagi optimallilikdir.
Agar u shu tovarni o'z ehtiyojlarini qondirish uchun yuqori sifatli deb e'tirof etsa,
baholarni qoplashga mo'ljallangan xarajatlarni (bu yerda yana shu narsani ham
hisobga olish kerakki, u o'zining ish haqiga bu mahsulotdan tashqari yana boshqa
bir qancha mahsulotlarni ham sotib olishi kerak) asosli deb hisoblasa, u holda u shu
mahsulot o'zida mujassam etgan foydalilikka (naflilikka) asoslangan holda qaror
qabul qiladi. Tovarda mujassamlangan foydalilikni esa hyech qachon shu
mahsulotni ishlab chiqarish qiymatiga tenglashtirib bo'lmaydi. Shuning uchun ham
baholarni shakllantirishning ikkinchi metodini «bozor nimani ko'rsatsa», deb
xarakterlash qabul qilingan.
Bahoni zararsizlik va maqsadli foydani ta'minlash asosida hisoblash metodi
ham ma'lum. Uning asosida zararsizlik grafigi yoki kutilayotgan foydani
ta'minlashning tijoriy biznes-rejalashtirish yotadi. Boshqa hollarda baho
chiqariladigan tovarning unikalligi (antiqaligi) asosida o'rnatiladi. Bu yerda baho
o'rnatilayotgan paytda nafaqat ishlab chiqarish chiqimlari, balki tovarning sotib
oluvchi uchun qadr-qimmati ham inobatga olinadi.
Ko'pchilik hollarda baholar preyskurant baholar asosida aniqlanadi. Bunday
metodni amalga oshirish jarayonida savdolashish imkoniyati mavjud bo'ladi.
Individual sotib oluvchilar uchun buning ahamiyati kamroq bo'lsa-da, ulgurji sotib
oluvchilar uchun bu narsa katta ahamiyatga ega bo'lib, baholarning umumiy
darajasiga o'z ta'sirini, albatta, ko'rsatadi.
Bahoni aniqlashning raqobat savdolari orqali metodi XYuSlarning pudrat
uchun kurashuvi sharoitida qo'llaniladi. Bunda
XYuS raqobatchilarning
kutilayotgan baho takliflarini hisobga oladi. U o'zining oldiga shartnomani qo'lga
kiritishni maqsad qilib qo'ygan ekan, boshqa raqobatchilarga nisbatan pastroq
bo'lgan bahoni so'raydi.
Bahoni o'rnatish jarayonida faqat iqtisodiy momentlarni emas, balki psixologik
momentlarni ham inobatga olmoq lozim. Baholarni shakllantirish borasidagi
davlatning tartibga keltiruvchi rolini, daro-madlardan olinadigan soliqlar va yana
ko'p narsalarni ham unut-maslik kerak. Shuningdek, baholarni shakllantirishning
tarmoq xususiyatlarini hisobga olish ham muhim ahamiyat kasb etadi. Qish-loq
xo'jaligida, masalan, baholarning, minimum deganda, quyidagi uch yo'nalishi
rivojlanadi:
markazlashtirilgan yo'nalish (mahsulotlar muhim turlarining cheklangan
doirasiga mo'ljallangan);
ulgurji-shartnomaviy yo'nalish (ishlab chiqarishga mo'ljallangan tovarlarni
ishlab chiqaruvchi va iste'molchi XYuSlar o'rtasida);
ishlab chiqaruvchilar va savdo o'rtasidagi yo'nalish (xalq iste'moli noiste'mol
tovarlari va kooperatsiyaga tayyorlashlarga moijallangan).
Yuqoridagilardan tashqari, boshqa barcha tovarlarga va shuning-dek, o'z savdo
tarmog'i mahsulotlari uchun alohida xo'jaliklar tomonidan bahoni mustaqil ravishda
o'rnatish hollari ham mavjud.
Baholarni shakllantirishda xarajatli yondashuv metodida XYuSning tovarlarni
ishlab chiqarish va realizatsiya qilish haqiqiy xarajatlari asosiy tayanch nuqta
sifatida qabul qilinadi. Baholarni shakllantirishning bu metodi tarixiy jihatdan eng
qadimgi (eski) va eng ishonchli hisoblanadi. Uning asosida XYuS mahsulotni ishlab
chiqarish va realizatsiya qilish xarajatlarining buxgalteriya hujjatlari bilan
tasdiqlangan (isbot qilingan) xarajatlaridan iborat bo'lgan haqiqiy kategoriya yotadi.
Ma'lum darajada bunday yondashuvning obro'si baholarni shakllantirishni barcha
xarajatlarga normal daro-madlarni to'liq olish va ularning ishlab chiqarilgan tovarlar
o'rtasida to'g'ri taqsimlanishining XYuS uchun zarurligini nazarda tutuvchi iqtisodiy
nazariya
orqali
qo'llab-quwatlanishi
bilan
belgilanadi.
Biroq
baholarni
shakllantirishning xarajatli metodi ba'zi bir kamchiliklarga ega. Xususan, ko'p
hollarda mahsulot birligiga to'g'ri keluvchi xarajatlarning salmog'ini, bu narsa ushbu
yondashuvga ko'ra bahoning asosi bo'lishiga qaramasdan, baho o'rnatilganiga
(aniqlanganiga, belgilanganiga) qadar uni aniqlashning iloji yo'q.
Mahsulotni realizatsiya qilishning bozorni tashkil etishda bahoning darajasini
ishlab chiqarish ko'lami va sotish hajmi aniqlab beradi. Iqtisodiy nazariya va
buxgalteriya hisobiga ko'ra, mahsulot birligini ishlab chiqarishga qilingan
xarajatlarning salmog'i ishlab chiqarish miqyosiga to'g'ridan-to'g'ri bog'liq.
Mahsulotni ishlab chiqarish hajmi ortsa, bir buyumga to'g'ri keluvchi doimiy
xarajatlar summasi va uni ishlab chiqarishga sarflangan xarajatlarning umumiy
miqdori kamayadi. Baholarni shakllantirishga yondashuvlarni taqqoslash quyidagi
xulosani chiqarishga imkon beradi: savodli menejer, bu sohadagi uning qarori
haqiqiy xarajatlarni qoplash va faoliyatning tarkib topgan sharoitlarida ko'zda
tutilgan foydaning tegishli o'lchamini olishning zarurligi bilan belgilangan bir
paytda, baholarni shakllantirishning passivyo'liga turmasligi kerak. Buyerda passiv
baholarni shakllantirish deyilganda baholarni qat'iy tarzda xarajatlar metodi asosida
yoki raqobatchilarning bahoviy qarorlari ta'siri ostida o'rnatilishi nazarda tutilayapti.
Hozirgi sharoitda baholarni shakllantirishdagi eng oqilona yondashuvlardan
biri baholarni faol shakllantirish hisoblanadi. U realizatsiyani boshqarish siyosati
doirasida eng foydali (qulay) ishlab chiqarish hajmi, ishlab chiqarishning o'rtacha
xarajatlari va operatsiyalar foydaliligining maqsadii darajasiga erishish maqsadida
baholarning o'rnatilishini ko'zda tutadi. Baholarni boshqarish orqali realizatsiya
(sotish)ning kerakli hajmi va unga mos keladigan o'rtacha xarajatlarning miqdoriga
erishiladiki, bu narsa oxir oqibatda, XYuSni operatsiyalar foydaliligining ko'zda
tutilgan darajasiga olib chiqadi.
Muammoni hal etishga bunday yondashuv baholarni shakllantirish xarajatli
metodining «kasal» joyidan — «kuchsiz» bozorlarda (kon'yunkturasi yomonlashib
borayotgan bozorlarda) juda yuqori baholarni yoki «kuchli» bozorlarda (talab o'sib
borayotgan bozorlarda) juda past baholarni o'rnatishdan - qochishga imkon beradi.
Baholarni shakllantirishning xarajatli metodidan voz kechish oson ish emas.
Chunki bu narsa XYuSlarning menejerlaridan yangi mahsulotni ishlab chiqarishga
investitsiyalar boshlangunga qadar baho bo'yicha ularning pozitsiyalarini aniqlashni
taqoza etadi. Buning uchun yangi buyumlarni yaratish algoritmini to'liq o'zgartirish,
baholarni shakllantirishning qimmatli yondashuviga o'tish kerak.
Baholarni qimmatli shakllantirish baholarni shunday o'rnatilishini taqoza
etadiki, unga ko'ra bu narsa XYuSning yuqori foyda olishini «baho/xarajatlar» qulay
(foydali) nisbatiga erishish hisobidan ta'minlamog'i kerak. Buning uchun, eng awalo,
tovar uchun sotib oluvchi qanday bahoni to'lashga tayyor ekanligini bilmoqlozim.
Albatta, turli holatlarning ta'siri mavjud bo'lganligi uchun uni aniqlash ancha
murakkab hisoblanadi.
Tajribali sotib oluvchilar tovar uchun to'lashga tayyor bo'lgan haqiqiy
summalarini kamdan-kam hollardagina aytadilar. Ayniqsa, bu borada firmalarni
ta'minlovchi faoliyat bilan kasbiy shug'ulla-nuvchilar alohida ajralib turadi. Agar
o'zlari xaridor bo'layotgan tegishli tovarlar baholarining o'zgarib turishi
mumkinligini tushunsalar, ular faqat kerakli tovarning haqiqiy bahosini
yashiribgina-qolmasdan, balki bu xususida ishlab chiqaruvchini ongli ravishda
chalg'itish usullarini ham qidirib topishga harakat qiladilar. Bunday vaziyatda ishlab
chiqaruvchi marketologlarining iste'molchilar bilan aloqalari asosida qurilgan
barcha urinishlari «tadbirkor» ta'minotchilar tomonidan ongli ravishda «tashlangan»
dezinformatsiya orqali yo'qqa chiqarilishi mumkin.
Shuning uchun ham bunday vaziyatda XYuS ta'minotchisi mutaxassisining
asosiy vazifasi sotib oluvchilar to'lashga tayyor bo'lgan bahoda katta miqdordagi
buyurtmalarni olmaslik bilan belgilanadi. XYuS marketologi vata'minotchilarning
o'ziga xos bo'lgan «san'ati» sotib oluvchilardan tovarning haqiqiy bahosini o'zida
iloji boricha ko'proq aks ettirishi mumkin bo'lgan bahoda to'lashga ko'proq tayyor
ekanliklariga erishish orqali ifodalanadi. Birvaqtning o'zida, firmaning yangi
mahsulotini qanday bahoda sotib olishga tayyor ekanliklari xususida sotib
oluvchilarga murojaat qilish hato hisoblanadi. Sotib oluvchilar bunday vaziyatda
yangi tovarni yetarii darajada baholay olmasligi va uning bahosini iloji boricha
pasaytirishga harakat qilishlari tufayli ularning yuqoridagi savolgajavoblari hamma
vaqt ham amaliy ahamiyatga ega bo'lavermaydi. Hayotda sotuvning haqiqiy bahosi
marketing tadqiqotlarining natijalari bilan kamdan-kam hoUardagina bir-biriga mos
tushadi.
12.3. Xo'jalik yurituvchi sub'ekt marketing strategiyasining moliyaviy jihatlari
Agar mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotining 5 yoki 10 yilga mo'ljallangan
ilmiy asoslangan istiqboli oldindan oqilona tarzda aniqlangan bo'lsa, baho
strategiyasini mustahkam egallash mumkin. Aks holda faqat hozirgi paytda ishlab
chiqarilayotgan tovarlarning emas, balki ilmiy-texnika taraqqiyoti va ishlab
chiqarishning tarkibiy tuzilmasidagi ilg'or o'zgarishlar ta'siri ostida yaratilishi lozim
bo'lgan yangi barcha buyumlar bahosining dinamikasini ham ko'proq yoki ozroq
aniqlikda
ko'rish
imkoniyati
murakkabligicha
qolaveradi.
Ma'lumki,
iqtisodiyjihatdan yuqori sur'atlarda taraqqiy etgan mamlakatlarning barchasida erkin
baholar, odatda, davlat tomonidan tartibga solinadigan baholar bilan oqilona qo'shib
olib boriladi. XYuSlar marketing strategiyasining moliyaviy jihatlari raqobat
sharoitida bozordagi baho bozor iqtisodiyotining asosiy bo'g'iniga bog'liq bo'lmagan
omillar asosida ustuvor ravishda shakllanishini va u uchun, asosan, topshirilgan
o'lcham ekanligini nazarda tutadi. XYuSning bozor muhiti bozor tashqi omillari va
shart-sharoitlari hamda nobozoriy xo'jalik aloqalar majmuidan iborat bo'lib, ular
iqtisodiyot asosiy bo'g'ini faoliyatining samaradorligini, uning maqsadli strategiyasi
va tadbirkorlik muhitidagi xatti-harakati taktikasining amalga oshirilishini ko'zda
tutadi.
Baholarni shakllantirish masalalarini hal etish uchun raqobat muhitini tahlil
qila borib, XYuSning tegishli xizmatlari mahsulotlarni yetkazib berish (ta'minlash)
va ularni realizatsiya qilish (sotish) baholarini o'rganishi (1), soliqlar va boshqa
to'lovlarni inobatga olgan holda XYuSning ishlab chiqarish va sotish chiqimlari, mol
yetkazib berish shartlari va XYuSni ishlab chiqarish omillari bilan ta'minlashga baho
berishi (2), amalga oshirilayotgan tadbirlar va faoliyat yoppasining samaradorligini
o'lchab ko'rishi (3) kerak.
Ana shu yuqoridagi uch yo'nalishlar XYuS faoliyat ko'rsatishi-ning
mikromuhitini xarakterlab, u biroq XYuS faoliyatining umumiy sharoitlarini
cheklamaydi. XYuS faoliyatining umumiy sharoitlarini makromuhit deb e'tirof etish
qabul qilingan bo'lib, u o'z ichiga quyidagilarni qamrab oladi:
• inflyasion omillar, shu jumladan inflyasion kutilishlar;
ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlardagio'zgarishlar (mehnat, shu
sohadagi
nobarqarorlashtiruvchi holatlar, siyosiy omillarni ham qo'shib hisoblaganda);
davlat va mahalliy hokimiyat organlarining moliyaviy, soliq va pul-kredit
siyosati);
baholarni davlat tomonidan tartibga solish sohasida ko'riladigan (qabul
qilinadigan) choralar;
XYuSning bozorda faoliyat ko'rsatishini qonuniy ta'minlashga qaratilgan
o'zgarishlar.
Xo'jalik yurituvchi sub'ekt, mulkdorning bozor vakili yoki uning vakolatchisi
sifatida iqtisodiy mustaqillik va XYuS o'z xatti-harakatini tanlash erkinligi bozor
baholarini shakllantirishning zaruriy shartlari hisoblanadi. O'zaro manfaatli,
xususan, og'zaki bitimlar, shartnomalar, oldi-sotdi shartnomalari ko'rinishidagi
shartnomalar vositasida amalga oshiriladigan xo'jalik sub'ektlarining tijoriy asosdagi
munosabatlari ham shunga kiradi. Bu yerda yo'qotmalar, zararlar va qo'ldan
chiqarilgan imkoniyatlar (foydalar) ni qoplash kafolatini beruvchi shartnoma-bitim
munosabatlari, boshqa xo'jalik munozaralariga ta'sir ko'rsatish va ularni himoya
qilish muhim rol o'ynaydi. Raqobat muhitining mavjudligi va monopolizmga
barham berish ham bu yerda kerakli sharoit sifatida maydonga chiqib, ular xo'jalik
yuritish sub'ektlarini, bozor vakillarini xatti-harakatni tanlash imkoniyatlari bilan
ta'minlaydi. Bularning qatoriga muvozanat baholar evaziga talab va taklif
nisbatlarining tenglashuvi oqibatida vujudga keladigan bozor muvozanatini ham
kiritish kerak.
Bozoriy baholarni shakllantirish jarayoni, boshqa holatlardan tashqari, yana
bahoni o'rnatish (belgilash, aniqlash) xususida kirn qaror qabul qilganligiga va uni
kim tayyorlaganligiga ham bogiiq. Shuning uchun ham baholar qay hollarda
direktorlar kengashi, hissadorlikjamiyatining prezidenti, XYuSning bosh direktori,
uning o'rinbosarlari va qay hollarda esa ta'minot bo'limining boshlig'i, uning
joylardagi vakillari tomonidan tasdiqlanishini bilish juda muhimdir. Shuningdek,
bahoni asoslash bilan shug'ullanadigan ma'muriyat xizmatlari va bo'linmalarining
aniq funksiyalarini belgilash ham kerak. Bunaqangi faoliyat XYuS markaziy
xizmatlari tomonidan qat'iy muvofiqlashtirilgan asosda amalga oshirilmog'i lozim.
XYuS tomonidan realizatsiya qilinishi mumkin bo'lgan tovarlar bahosini
asoslash, hisob-kitob qilish va o'rnatish quyida taklif etilayotgan ketma-ketlikda va
faoliyat turlari bo'yicha amalga oshirish tavsiya qilinadi:
tarkib topgan bozor, kon'yunktura va XYuS mahsulotining bahosini tahlil
qilish;
baholarni o'rnatish joriy amaliyotining strategiyasi va prinsiplarini ishlab
chiqish;
kutilayotgan bozorni o'rganish va rejalashtirilayotgan davr uchun talabni
aniqlash;
raqobatchilarning tovarlari va baholarini tahlil qilish;
ishlab chiqarish hajmi va talabni qondirishning turli darajalarida taklif bahosi,
ishlab chiqarish chiqimlari va tovarlarni realizatsiya qilish imkoniyatlarini aniqlash;
baholarni shakllantirishning qabul qilingan strategiyasi va prinsiplari amalga
oshirilishi mumkin bo'lgan variantlarida ishlab chiqarish va realizatsiya
samaradorligini baholash;
baholarni o'rnatish (belgilash) metodlarini tanlash;
• realizatsiya qilinadigan tovarning bahosini tasdiqlash.
Yuqorida ko'rsatib o'tilgan ishlarni biznes-rejalashtirish va shu XYuS
baholarini bashoratlash bilan bog'liq hisob-kitoblar bilan almashtirmaslik kerak.
Ba'zi bir o'xshashliklar bo'lishiga qaramasdan, biznes-rejani ishlab chiqish va
asoslash XYuSning baho strategiyasini ishlab chiqish uchun zarur bo'lgan barcha
parametrlarni chuqur tasawur qilishga imkon bersa-da, ularni bir xil deb qabul
qilmaslik kerak.
Bozoriy baholarni shakllantirishning omillari orasida talab omillarini alohida
ajratish maqsadga muvofiqki, ular yordamida sotib oluvchi tomonidan tovarga
bo'lgan talabning bahosi aniqlanadi. Bunga tovarning foydaliligi yoki iste'mol
xususiyatlari, ya'ni ehtiyojni qondirish qobiliyati, uning sifat tavsiflari kiradi. Undan
so'ng ushbu tovarni sotib oluvchi ega bo'lgan to'lovga layoqatli talabning tavsifi,
shuningdek tovarni sotib olishdan bosh torta turib, sotib oluvchi qilishi mumkin
bo'lgan jamg'armaning darajasi kerak. Oxirida talabning hajmi, ya'ni bahoning shu
darajasida sotib oluvchi qodir bo'lgan tovar miqdori aniqlanadi.
Iste'moliy tanlov omillari almashtiriladigan tovarlar tizimida tovarning
raqobatdoshligini aniqlab beradi. Tovar va mahsulotlarni sotib oluvchilar, ular bilan
raqobat qiluvchilar, raqobat tovarlari
bilan tovarning almashuvchanligi,
almashtiriladigan yoki o'zaro almashtiriladigan tovarlarning taqqoslanishi
ehtiyojning tarkibiy tuzilmasini belgilab beradi. Bu yerda shu tovarni yoki shu tovar
bozorini ularni to'ldiradigan tovarlar yoki ularni to'ldiradigan tovarlar bozori bilan
taqqoslash katta ahamiyatga ega.
Taklif omillari mol yetkazib beruvchi-sotuvchi tomonidan tovarning taklif
bahosini o'rnatishga yordam beradi. Bu yerda bozorga taklif qilinayotgan tovarning