XORAZM TURISTIK MINTAQASI.
Reja:
1.
Xiva: Cho‘llarda saqlangan madaniy meros. Xorazm turistik mintaqasining
mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy hayotidagi o‘rni.
2.
Mintaqada turizmning rivojlanish tendensiyalari. Mintaqaning turistik
resurslari salohiyati.
3.
Mintaqada turizm turlarini rivojlantirish imkoniyatlari.
1.
Xiva: Cho‘llarda saqlangan madaniy meros. Xorazm turistik
mintaqasining mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy hayotidagi o‘rni.
O’zbekiston Respublikasining eng g’arbiy qismida, ma’muriy jihatdan
Xorazm viloyati va Qoraqalpog’iston Respublikasidan iborat. U o’zining madaniy –
tarixiy obidalari, arxeologik yodgorliklari, hunarmandchiligi va san’atining o’ziga
xosligi, hamda tabiiy – rekreasiya resurslari bilan boshqa hududlardan ajralib turadi.
Albatta bu turistik rayonning o’zagini Xorazm vohasi tashkil etadi. Bu voha o’zining
qadimiy madaniyati, ilmu – fan va san’ati bilan mashhurdir. Bu o’rinda Xiva shahri
o’zining qadimiy arxitektura yodgorliklari bilan yurtimizda alohida ajralib turadi.
Xivada Ichan qal’a 2.5 km uzunlikdagi devorga, Ota darvoza, Shimoliy, Sharqiy,
Janubiy, Buxoro va Toshdarvozalarga ega bo’lib, chet el turistlarini o’ziga jalb
qiladi. Shaharda Pahlovon Mahmud maqbarasi (1835 y), Muhammad Aminxon
madrasasi (1850-1855y), Ko’na Ark, Tosh hovli, Olloqulixon karvonsaroyi (1855 y)
va boshqalar muhim turistik obyektlardir.
Shu kabi Qoraqalpog’iston Respublikasida ham bir qancha turistik resurslarga ega.
Xususan qadimiy shahar va qal’a xarobalarini sayyohlik yo’nalishlariga kiritish
mumkin. Orol dengizi va uning fojiasi bilan qiziquvchilar uchun ekoturistik
marshrutlarni yaratish hisobiga, bu mintaqada turizmni rivojlantirish imkoniyatlarini
yaratish mumkin. Boshqa rayonlardagi kabi bu turistik rayonda ham yuqorida qayd
qilinagan resurslardan turizm maqsadida foydalanilmayapti. Shu o’rinda bu
mintaqani turistik jihatdan ilmiy o’rganish, xizmat ko’rsatish sohalarini
takomillashtirish asosiy vazifa hisoblanadi. Yana shuni ta’kidlash lozimki, mintaqa
turizm sohasini malakali kadrlar bilan ta’minlash ham muammoni yechimlaridan
biridir.
2. Mintaqada turizmning rivojlanish tendensiyalari. Mintaqaning turistik
resurslari salohiyati
SHerg`ozixon madrasasi. VIII asrning birinchi yarmi. Bu madrasa Xorazmdagi
o`quv muassasalari orasida eng ko`hnasidir. Uni Xiva xoni SHerg`ozixon 1719 yili
Mashhadga muvaffaqiyatli safar qilgandan so`ng ana shu g`olibona safar sharafiga
qurdirgan. Madrasa binosi bizning davrimizgacha asl holicha to`la yetib kelmagan.
Yillar mobaynida nurab, yaroqsiz holga kelib qolgan. Mazkur madrasa o`z davrida
yirik bilim o`chog`i bo`lib, unda ko`plab tolibi ilmlar tahsil olganlar. Jumladan,
turkman xalqining mutasavvif shoiri Maxtumquli ham mana shu bilim dargohida
ta’lim olgan.
YUsuf Hamadoniy maqbarasi. Imom YUsuf Hamadoniy XII asrda yashagan,
go`zal axloqi, yuksak maqomati va karomati bilan mashhur bo`lgan ulug`
mutasavvif. Bag`dod, Isfahon va Samarqand kabi ko`hna shaharlarning ilmiy
majlislarida ishtirok etgan. YUsuf Hamadoniy "xojagon"lar tariqatining
asoschilaridan biri hisoblanadi. Tariqat ilmining yorqin namoyandalari Abduxoliq
G`ijduvoniy va Ahmad YAssaviylarga ustozlik qilgan. Tasavvufga oid asarlar
muallifi.
SHayx Muxtor Valiy maqbarasi. XVIII, XIX asrlar. X asrda Xorazmga kelgan
arab sayyohi Al-Maqdisiyning yozishicha, Juma masjidi X - XI asrlarda bunyod
etilgan. Masjidning dastlabki binosi asrlar davomida nurab yo`q bo`lib ketgan va
o`rniga 1788 yilda xuddi avvalgi uslubda yangi masjid qurishgan. Ichan qal’aning
qoq markazida qad rostlagan bu tarixiy obidaning o`ziga xos tomoni shundaki, uni
o`yma naqshi ustunlar ko`rgazmasi, desa bo`ladi. CHunki bu yerda jami 212 ta ustun
bo`lgan. Hozirda ulardan 25 tasi saqlanib qolgan. Juma masjidi necha zamonlar
kishilarga ilm-ma’rifat tarqatish o`chogi vazifasini o`tagan.
Said Alouddin maqbarasi. XIV - XVIII asrlar. Bu maqbara XIV asrda so`fiy Amir
Kulol tomonidan ustozi SHayx Alouddin qabri ustiga qurdirilgan. Zamonlar o`tib,
maqbara atrofida turli qabrlar ko`payishi tufayli u ko`milib ketgan. Ilmiy qazilmalar
natijasida mazkur yodgorlikning dastlabki ko`rinishiga doir ma’lumotlar aniqlandi.
Maqbara ziyoratxona va daxmadan iborat. Daxma va sag`analar o`ymakor naqshlar
bilan bezatilgan. Ularning birida Said Alouddinning vafoti sanasi 1303 yil 18 mart,
deb yozilgan. Maqbarani 1825 yili me’mor Hibbiqulixo`ja o`g`li Hamidxo`ja
ta’mirlagan
Juma masjidi. XVIII, XIX asrlar. X asrda Xorazmga kelgan arab sayyohi Al-
Maqdisiyning yozishicha, Juma masjidi X - XI asrlarda bunyod etilgan. Masjidning
dastlabki binosi asrlar davomida nurab yo`q bo`lib ketgan va o`rniga 1788 yilda
xuddi avvalgi uslubda yangi masjid qurishgan. Ichan qal’aning qoq markazida qad
rostlagan bu tarixiy obidaning o`ziga xos tomoni shundaki, uni o`yma naqshi
ustunlar ko`rgazmasi, desa bo`ladi. CHunki bu yerda jami 212 ta ustun bo`lgan.
Hozirda ulardan 25 tasi saqlanib qolgan. Juma masjidi necha zamonlar kishilarga
ilm-ma’rifat tarqatish o`chogi vazifasini o`tagan.
Pahlavon Mahmud maqbarasi va majmuasi. XVIII - XIX asrlar. Bu maqbara 14-
asrda yashab o`tgan ulug` mutafakkir shoir, faylasuf olim, kuragi yerga tegmagan
pahlavon, mohir po`stindo`z va telpakdo`z usta Pahlavon Maxmud sharafiga bunyod
etilgan. Bu majmua Xivada "Hazrati Pahlavon Pir " nomi bilan ham mashlurdir.
Pahlavon Mahmud 1247 yili tug`ilib, 1326 yili vafot etgan. Uni Xorazmda "Piryor
valiy", "Polvonpir" deb ham atashadi. SHoir va mutafakkir Pahlavon Mahmud asli
ko`hna Urganchdan bo`lib, Xivada yashagan.
Said Magrumjon maqbarasi. XIX asrning ikkinchi yarmi. Ichan qal’a majmuasi
tarkibiga kirgan Sirchali arig`i bo`yidagi CHo`pon Eshon qabristonida joylashgan.
Bu mukammal madaniy-me’moriy majmuaga mahobatli uchta obida kiradi.
Ularning eng yirigi to`g`ri to`rtburchakli bo`lib, turli kattalikdagi uchta madrasadan
iborat. Kattasi uzunasiga janubiy-sharqqa cho`zilgan, ikkita kichkina madrasa g`arb
tomondan unga birikkan bo`lib, g`arb-sharq tomonga cho`zilgan. Hovli ichkarisida
g`arb tomondan markazga ozgina siljigan holda SHayx Said Magrumjon maqbarasi
joylashgan. Uning tepasiga katta gumbaz qurilgan. Said Magrumjon zamonasining
yetuk allomalaridan hisoblangan. Xalqqa ma’rifat tarqatishda katta xizmat qilgan.
Olloqulixon madrasasi. XIX asrning birinchi yarmi. Xivadagi Olloqulixon
madrasasining qurilishi Ichan qal’aning yaxlit majmua bo`lib shakllanishi tarixi
bilan uzviy bog`liqdir. Madrasa qarshisidagi Xo`jamberdibiy madrasasiga o`xshatib
ishlangan. Natijada O`rta Osiyo me’morligida keng tarqalgan usulda qo`shmadrasa
hosil bo`lgan. XIX asrdan yodgorlik bo`lgan bu madrasani Xiva xoni Muhammad
Rahimxonning o`g`li Olloqulixon 1834 yili qurdirgan. Olloqulixon mamlakatda
bunyodkorlik ishlariga katta ahamiyat bergan. Uning davrida karvonsaroy,
toshhovli, Oqmasjid, Saidboy masjidi kabi inshootlar barpo etilgan.
Muhammad Aminxon madrasasi. XIX asr. Xorazm me’morligining yorqin
namunalaridan hisoblangan, 1851-1855 yillari qurilgan bu madrasaning
tashabbuskori Xiva xoni Muhammad Aminxon edi. Madrasada 125 ta hujra bo`lgan.
XVIII asrning 60-yillarida Xiva xonligida hokimiyatni qo`ng`irotlar qabilasidan
bo`lgan inoqlar asta-sekin qo`llariga ola boshladilar. Ular badavlat shaharliklar va
ruhoniylarning qo`llab-quvvatlashiga erishdilar. Ana shu davrda hukmronlik qilgan
Inoq Muhammad Aminxon (1763-1790 y.) qishloq xo`jaligi va savdo ishlari rivojiga
keng yo`l ochib berdi. Bu davrda dehqonchilik va hunarmandchilik asta-sekin tiklana
boshladi
Muhammad Rahimxon madrasasi. XIX asrning ikkinchi yarmi. Xivadagi
me’moriy yodgorliklardan biri bo`lgan bu madrasa 1871 yilda Xiva xoni
Muhammad Rahimxon II (Feruz) tomonidan qurilgan. Muhammad Rahimxon II
1844-1910 yillarda yashab o`tgan. U mamlakat madaniyati va iqtisodiy hayotini
ko`tarishda ilg`or tadbirlarni amalga oishrdi. Madaniyat va fan arboblariga homiylik
qildi. O`zi ham Feruz taxallusi bilan ijod qilgan. Muhammad Rahimxon ulamolarga,
shoiru adiblarga, umuman, turli sohaning fazilatli kishilariga homiylik ko`rsatgan
xondir. SHe’riyatda Ogaxiyni va iymon-e’tiqod, dinu diyonat hamda shariatda
adolatpeshaligi bilan mashhur bo`lgan qozikalon, shayxul islom Salimoxun Matnona
o`g`lini ustoz va pir tutdi. El-ulusning iqtisodiy-madaniy darajasini ko`tarish
choralarini ko`rdi. U Turkiston xonliklarida birinchilar qatorida toshbosmaxona va
suratxona qurdirgan.
Islomxo`ja madrasasi va minorasi. XX asr boshlarida qurilgan Islomxo`ja
madrasasi va minorasi Xivaning dovrug`ini olamga taratgan. Uni yaratish
tashabbuskori va homiysi Asfandiyorxonning bosh vaziri Islomxo`ja bo`lgan.
Minora Xivaning faxridir. Islomxo`ja o`z davrining fan, madaniyat, texnika
yangiliklariga g`oyat qiziquvchi davlat arbobi edi. U Xorazmni dunyoning eng
rivojlangan davlatlari qatorida ko`rishni istar, Vatanii tashqi dunyo bilan bog`lashga
intilar, ilg`or g`oyalar bilan to`lib-toshgan inson edi. U Xiva qadimiy obidalarini
saqlash, ta’mirlash ishlariga ham katta g`amxo`rlik ko`rsatgan. Xonlikni idora
etishdagi xizmatlari uchun “Vaziri Akbar “ unvoni berilgan. U Xivada pochta va
telegraf binosi, Nurullaboy saroyi, maktab va kasalxona qurdirgan.
Mahmud az-Zamaxshariy ziyoratgohi. Maqbara o`zi ko`hna Urganchda – hozirgi
Turkmaniston hududida joylashgan. Abul qosim Mahmud ibn Umar az-Zamaxshariy
hijriy 467 yili qadimiy Zamaxshar qishlog`ida tug`ildi. Urganchda zamonasining
ulug` allomalari qo`lida ta’lim oldi. Ilohiyoshunoslik sohasida bilim va malakasini
oshirish maqsadida Makkai mukarramaga bordi. U yerda alloma tafsir ilmi sohasida
ulug` kashfiyot sanalgan “Al-Kashshof” asarini yaratdi. Ka’batullohda uzoq vaqt
turib qolganidan unga “Jorulloh” (Allohning qo`shnisi) unvonini berdilar.
Allomaning tafsir va hadis, sarf va nahv, ilmi adabga doir 50 dan ziyod asarlari ilm
olamida yuksak qadrlanadi. “Al-Kashshof” tafsiri necha zamonlardan beri
musulmon olamidagi oliy o`quv muassasalarida darslik sifatida o`qitib kelinmoqda.
Buyuk allomaning lug`ashunoslik, nazm, xalq, og`zaki ijodi, jo`g`rofiya va boshqa
sohalarga doir asarlari ham bizgacha yetib kelgan. 1995 yilda bu ulug` alloma
sharafiga Xorazmda majmua barpo etilib, tavalludining 920 yilligi xalqimiz
tomonidan keng nishonlandi.