Xorijda ijtimoiy pedagogikaning rivojlanish tarixi
Yuklangan vaqt
2024-10-20
Yuklab olishlar soni
5
Sahifalar soni
13
Faytl hajmi
36,6 KB
Xorijda ijtimoiy pedagogikaning rivojlanish tarixi
Reja:
1. Antik davrda ijtimoiy pedagogikaning rivojlanishi.
2. XIV-XV asrlarda ijtimoiy pedagogik gʻoyalarning rivojlanishi.
3. XVI-XIX asrlarda ijtimoiy-pedagogik faoliyat.
4. XX asming 20 yillarida ijtimoiy-pedagogik gʻoyalar va pedagogik
faoliyatning tubdan yangilanishi.
Tayanch
iboralar:
antik
davr,
gʻoya,
faoliyat,
Asketizm,
oila,
ijtimoiylashtirish, tabiat bilan uygʻun, rivojlanish, ilmiy dunyoqarash, bosqich
“Quvonch uyi”, yetim bolalar.
1. Antik davrda ijtimoiy pedagogikaning rivojlanishi. Ijtimoiy
pedagogikaning fan sifatida rivojlanishi ancha qadimiylikka borib tutashadi. Uning
qadimiyligi buyuk mutafakkirlarning ilmiy qarashlarida oʻz tasdigʻini topgan.
Ijtimoiy pedagogikaning fan sifatida rivojlanishining birinchi bosqichi — qadimgi
davrlardan XVII asrgacha boʻlgan davrini oʻz ichiga oladi. Bu davrda faktlar
toʻplanishi, tarbiya tajribasining anglanishi, pedagogik va ijtimoiy nazariyalarning
shakllanishi roʻy bergan. Ijtimoiy pedagogikaning bu rivojlanish bosqichi tarbiyani
ijtimoiy hodisa sifatida asta-sekin tan olinishi bilan xarakterlanadi. Buning natijasida
turli tarbiya nazariyalari paydo boʻlgan.
Birinchi bosqichning bu kabi davriy chegaralanishi avvalambor, insoniyat
tarixining ilk bosqichlarida ham ijtimoiylashtirish muammosining mavjud
boʻlganligi bilan izohlanadi. Chunki ibtidoiy jamoada toʻplangan boy tarbiyaga oid
ijtimoiy pedagogik gʻoyalar haqida gapirishga imkon beradi. Tarbiya ijtimoiy hodisa
sifatida insonning hayvonot olamidan ajralishi bilan paydo boʻlgan.. Dastlab tarbiya
faoliyat turi sifatida yuzaga kelgan boʻlsa, keyinchalik esa oʻziga oʻziga xos faoliyat
turiga aylangan va bu bilan shugʻullanuvchi odamlar-tarbiyachilar paydo boʻlgan.
Vaqt oʻtgani sari tarbiya jarayoni ham murakkablashib borgan, yosh, jins,
mazmuniga koʻra farqlana boshlagan, uning axloqiy jihatlariga eʼtibor qaratila
boshlagan. Juft oilalarning oilaviy tarbiya ham ommalasha boshlagan. Bundan
tashqari, arxeologik maʼlumotlar ibtidoiy jamoada kasal va yaradorlarga yordam
koʻrsatilganligini bolaligida olingan jarohatlar tufayli vafot etganlarning skeletlari
asosida toʻla tasdiqlaydi.. Bu kabi qarashlar etnografik maʼlumotlarda paydo boʻlish
bilan ham oʻz tasdigʻini topgan. Ibtidoiy jamoa tuzumida yashagan barcha elatlarida
mehnatning jins va yoshga qarab ajratish anʼanasi boʻlgan. Mavjud yoshlarni
muntazam ravishda turli kasb-xunarlarga oʻrgatishgan.
Bularning hammasi ibtidoiy jamoada ijtimoiy-pedagogik tajribaning ilk
koʻrinishlari mavjud boʻlganligi haqida tasavvur qilishga imkon beradi.
Agar ibtidoiy davrni ijtimoiy pedagogik amaliyotning vujudga kelishiga zamin
yarangan boʻlsa, qadimgi dunyoning ilk sivilizatsiyalarining paydo boʻlishi ijtimoiy-
pedagogik fikrning shakllanishiga kuchli taʼsir ijtimoiy-pedagogik fikrning
shakllanishi yozuv hamda pedagogik gʻoyalarning yozma manbalarda koʻrsatilgan
saqlanib qolish hodisasi bilan bogʻliqdir.
Sharqning quldorlik davlatlarida ijtimoiy pedogogik gʻoyalar bir nechta
mualliflar tomonidan shakllantirilgan va odatda muqaddas kitoblar shaklida butun
xalq mulkiga aylangan (Xitoyda-Shukit, Hindistonda-Vedalar, Misrda-Tot xudosi
kitoblari, Oʻrta Osiyoda-Avesto va boshqa).
Faqatgina miloddan avvalgi I ming yillikning oʻrtalari va ikkinchi yarmida
ijtimoiy pedogogik gʻoyalarni yaratuvchilarining nomlari maʼlum boʻla boshlaydi.
Shubhasiz, ijtimoiypedagogik tafakkurning rivojlanishiga antik davr (yunon va
rim) faylasuflari katta hissa qoʻshishgan. Xususan, Suqrot (mil. avv. 469-399 y)
“Oʻz oʻzingni angla” degan shiorni ilgari surgan va shu bilan ong insonda barcha
yovuzlikni yoʻqotishi mumkinligini taʼkidlagan.
Demokrit (mil. avv. 460-370 y) oʻz taʼlimotida tarbiyada bola tabiatini hisobga
olish tamoyilini asoslab bergan. Bundan tashqari uning fikricha, bola tarbiyasini
yoshligidan boshlamoq kerak.
Aflotun (mil. avv. 423-347 y) ilk marotaba davlat va tarbiyaning oʻzaro
munosabati gʻoyasini ilgari surgan. Uningcha tarbiya davlatning eng muhim vazifasi
boʻlgan.
Arastu (mil.avv. 384-322 y) faylasuf, qomusiy olim. U antik duyoda
tarbiyaning eng toʻliq nazariyasini ishlab chiqqan. Aflotundan farqli oʻlaroq u inson
tarbiyasida asosiy urgʻuni davlatga toʻliq boʻysundirishga emas, balki insonning
oʻzini manfaatlariga qaratadi. Shaxsning jamoat bilan uygʻun rivojlanishi
toʻgʻrisidagi gʻoya ham unga tegishlidir.
Mark Fabiy Kvintilian (mil. avv. 42-118 y) notiqlik sanʼatining qadimgi yunon
nazariyotchisi, pedagog. Ilk pedagogik asar boʻlmish “Notiqning tarbiyasi haqida”
unga tegishli boʻlib, unda tarbiyaning muhim gʻoyalari, taʼlim metodikasi bayon
etilgan.Kvintilianning asosiy gʻoyalari –oʻz “men”nini saqlab qolish, “oʻz ustidan”
hukmronlikka erishish kabilarni tashkil etadi.
Feodalizm davri tarbiyasining oʻziga xos xususiyatlari asketizm, dunyo dinlari
qoidalariga qattiq amal qilish boʻlgan. Oʻsha davrning (VI-XII asrlar) ijtimoiy-
pedagogik gʻoyasini yaratuvchilari oʻsib kelayotgan avlodga singdirmoqchi boʻlgan
axloqiy qadriyatlar orasida hamdardlik, yaqinlarga yordam, xususan kasallar va
nochorlarga yordam kabilar paydo boʻldi.
3.2. XIV-XV asrlarda ijtimoiy pedagogik gʻoyalarning rivojlanishi. XV-
XVI asrda avval Italiyada, soʻngra yevropaning boshqa davlatlarida kapitalistik
munosabatlar rivojlana boshladi. Paydo boʻlayotgan yangi toifa vakillariga,
aksariyat ziyolilarga asketizmning tamoyillari begona edi. Yangi burjua madaniyati
shakllana boshlaydi va uni xarakterlashtirish uchun odatda insoniylashtirish va qayta
tiklash tushunchalar qoʻllanilgan. Gumanizm (insoniylik) tushunchasi yangi
madaniyat markazida ilohiylik emas, inson turishi guvohlik berardi. Uning oʻzi ham
qalban, ham jisman goʻzal boʻlishi lozim. Faqatgina inson ongi, kuchi,
muvaffaqiyatiga ishonchi, faolligi, irodasi tufayli barcha qadriyatlar va oʻz baxtining
yaratuvchisiga aylana oladi. Asketizm(yunoncha)- tuygʻu va istaklarni cheklash
yoki bostirish, azob tortish, hayot neʼmatlaridan voz kechish. Bu yerda gap uning
shaxsiy hislatlari, shaxsiyati, mashhurligida emasligi hisobga olingan. Shu bilan
birga gumanistlar cherkovga qarshi ochiq qarshi chiqmaganlar. Ular xudoni, olamni
harakatga keltirgan va oʻshandan beri unga aralashmagan yaratuvchi deb bilishgan.
XIV-XVI asrlar gumanistlarining aksariyati yoki oʻzlari pedagog boʻlishgan
yoki pedagogik nazariyaga murojaat qilishgan. Gumanizm gʻoyasi pedagogikada
xuddi ana shu davrlardan boshlab oʻrnasha boshlagan.
Asl tarbiya oʻz mohiyatiga koʻra doim goʻzallik haqida, uning kelajagi
haqidagi gʻamxoʻrlikni bildirgan. Uygʻonish davrida ijtimoiy gumanizm gʻoyalarini
amalga oshirila boshlanishi mashhur italiyalik pedagog-gumanist Vittorino de
Genotre (1378-1446) tomonidan ilk marta “Quvonch uyi” nomli internat
maktabning yaratilishi bilan bogʻliq. Shuni taʼkidlash joizki, taʼriflanayotgan davrda
din, pedagogika va ijtimoiy-pedagogika bir-biriga uzviy ravishda rivojlangan.
Diniy qarashlarda asosiy eʼtibor umuminsoniy qadriyatlarga qaratilgan. Diniy
rivoyatlarda, muqaddas kitoblarda oyatlarda axloqiy oʻgitlar, insonlararo
munosabatla, qavm-qarindoshlarga,, bolalarga gʻamxoʻrlik haqida koʻp gapirilgan.
Bu asosda koʻpgina avlodlar tarbiya topishgan va bu borada yevropada cherkov uzoq
vaqt mobaynida “nogiron bolalar” rahnamosi boʻlgan. Unga nafaqat ruhiy yordam
soʻrab, balki tibbiy, moddiy yordam soʻrab, adolatsizlikdan himoya soʻrab murojaat
qilishgan. Butun dunyoda diniy tashkilotlarning boy anaʼnalari mavjud. Masalan,
yevropada antik davrlardan buyon ota-onasiz qolgan bolalarni ibodatxonalar eshigi
oldiga qoʻyib ketishgan. Manbalarga koʻra ota-onasiz qolgan bolalar uchun ilk
tarbiya uylari IV asrda Kesariya (Kichik Osiyo) shahrida yepiskop Vasiliy
Kesariyning tashabbusi bilan paydo boʻlgan. 787-yilda bunday muassasa Milandagi
soborda ham paydo boʻlgan. Uzoq vaqt u yevropada yagona boʻlib tashkilot
qolaverdi va faqat XIV asrga kelib tarbiya uylari soni 30 tagacha koʻpaydi. Qizigʻi,
endi unda faqat tarbiya bilan shugʻullanishmagan, ularda amaliy ishlar ham olib
borilgan: onalarga yordam berilgan, bolalarni oilalarga berishgan, ularning
tarbiyasini nazorat qilishgan. Keyinchalik ham bolalar uylari ruhoniylar tomonidan
boshqarilgan. Parijda 1640-yil ruhoniy Vinsentom Depolen tomonidan asos
solingan tarbiya uyi juda mashhur boʻlgan. U uyni qirol Lyudovik XIV tomonidan
moliyalashtirishga erishgan. Mehribonlik bilan shugʻullanuvchi organlar- yirik
cherkov tashkilotlari ham tuzila boshlagan.
3.3. XVI-XIX asrlarda ijtimoiy-pedagogik faoliyat. Ijtimoiy pedagogika
rivojining ikkinchi davri-XVII-XIXasrlar- ijtimoiy-pedagogika eng ilgʻor gʻoyalar
va ilmiy konsepslar bilan boyitilgan davr boʻldi desak, xato boʻlmaydi.
XVIII-XIX asrlar (burjua-demokratik inqiloblar davri) olimlarining (pedagog,
faylasuf, sotsiolog, psixologlar) davlat va jamoat institutlari bilan biri ijtimoiy-
pedagogik muammolarni hal qilish gʻoyalarining paydo boʻlishi davridir. Tarbiya
masalalari jamiyat islohotlari, inson huquqlari tengligi bilan bogʻlana boshlandi.
Aynan shu davrda ijtimoiy-pedagogikaning asosiy yoʻnalishlarining aniq faoliyatda
amalga oshishi sodir boʻladi.
XIX asr ijtimoiy pedagogikaning asosiy yoʻnalishlariga esa quyidagilar
tegishli:
1) ijtimoiy pedagogikaning nazariy asoslarini ishlab chiqish- bu uning fan
boʻlishiga olib kelgan. Bu yoʻnalishga mafkurani ham kiritsa boʻladi.
2) Taʼlim sohasidagi ijtimoiy pedagogik faoliyat. Gap ijtimoiy pedagogik taʼlim,
tarbiya maqsadi va xarakteriga taʼsiri haqida ketmoqda.
3) Xayriya va oʻquv-tarbiya muassasalarining tuzilishi boʻyicha ijtimoiy pedagogik
faoliyat (Bazedovning “filantroplari”, Ouenning “yangi institut” konsepsiyalari);
4) ijtimoiy pedagogikaning harakat doirasining kengayishi, “nochor” va tanlab
olingan bolalardan tashqari unga boshqa toifadagi katta yoshdagilar ham kiradi.
Asosiysi ijtimoiy pedagogika oʻz faoliyatida davlat darajasiga chiqadi va oʻz
sheriklari bilan birga talablarini qonuniy rasmiylashtirishga erishiladi. XIX asrning
60-70 yillarida Germaniya, Angliya, AQSHda ijtimoiy qonunchilik tizimlari
yaratiladi.
Ijtimoiy pedagogika rivojlanishining barcha yoʻnalishlari uning eng asosiy
vazifasini-bolalarning xukuklarini ximoya qilishni birlashtiradi.
Urta asrlar davrida taʼlim va tarbiya tizimi aniq ifodalangan tabaqaviy–ideologik
xarakter kasb etgan boʻlib, u din va cherkov tomonidan belgilanar edi. Ammo,
feodalizm tuzimining yemirilishi va Uygʻonish davrlarida gumanizm idealogiyasi
va odamning tabaqaviy qaramlikdan ozod boʻlish gʻoyalari qaror topa boshlaydi.
T.Mor oʻzining “Utopiya” nomli kitobida, T.Kompanella esa “Quyosh shahri”
nomli asarlarida endi tabaqalanmagan taʼlim va tarbiya gʻoyalarini ilgari surib,
yerdagi xayotni yagona qimmatga ega boʻlgan narsa deb hisoblaydilar.
Yangi davrda burjuaziya tartib–qoidalari oʻrnatila borgan sari hamda
odamning bilish va tajriba–amaliy faoliyati ijtimoiy rivojlanish omili sifatida
anglana boshlangach, Platonning odamga beshikdan – qabrgacha taʼlim berish kerak
degan gʻoyasi qayta tiklanadi va pragmatik tarbiya kontseptsiyasi vujudga keladi.
Ya.A.Komenskiyning pedagogik asarlarida har bir odam tomonidan butun umri
davomida uzluksiz tarzda pansofiyani (hammani hamma narsani bilishi) egallashi
lozimligi haqidagi kontseptsiya rivojlantiriladi. D.Lokkning “Tarbiya haqida
fikrlar” nomli asarida endi dunyoga kelayotgan burjua kadriyatlari tizimiga muvofiq
boʻlgʻusi jetlmenni oʻqitish va tarbiyalash dasturi taqdim etiladi.
Maʼrifat, maʼlumot asri deb nomlangan XVIII asrda jamiyat aʼzolari ongiga
taʼlim va tarbiya jamiyat rivojlanishida yaratuvchi –oʻzgartiruvchi omil deb
singdiriladi. Ozodlik, tinchlik, birodarlik kabi qadriyatlarga muvofiq tarzda odam
rivojlanish vositasi emas, balki doimo uning maqsadi boʻlmogʻi lozim, deb
uqtiriladi.
Mana shunday gʻoyalarga muvofiq tarzda erkin tarbiya kontseptsiyasi faol
rivojlantirila boshlanadi. Yangi nasldagi odam zotini “yaratib”, shular orqali
jamiyatni qayta oʻzgartirish gʻoyasi ilgari surildi. Ulugʻ Fransuz burjua revolutsiyasi
davrida mamlakatda tabaqalanmagan umumtaʼlim tizimini rivojlantirishga
qaratilgan bir qator reformalar amalga oshirildi. Shu sababli ham Fransiyada XVIII
asrning oxiriga kelib 59% aholi savodli edi.
XIX asrda fabrika va zavod ishlab chiqarishining rivojlanishi, yevropada sodir
boʻlgan bir qator urushlar, ishchi va dehqonlarning revolyutsion chiqishlari, milliy
ozodlik harakatlari va boshqa koʻplangan voqea hamda omillar madaniyat va taʼlim
– tarbiya sohasida demokratik tendentsiyalarning joriy etilishini muqarrar qilib
qoʻydi. Endilikda jamiyatning olgʻa siljishi nafaqat xukmron sinf vakillarining, balki
xalqning barcha qatlamlarining maʼlum darajada maʼlumotisiz mumkin boʻlmay
qoldi. Lekin, oʻsha davrda ham taʼlimning asosan shunday shakl va darajalari
ragʻbatlantirildiki, toki ular xukmron sinflarning yashashiga tuskinlik qilmasin...
Turli xildagi pedagogik loyixalar va tizimlar, xuddi R.Ouenning taʼlim
kompleksi kabi davlat tomonidan qoʻllab – quvvatlanmadi hamda erkin bozor
raqobati sharoitida boshidanoq katta qiyinchiliklarga duch keldi va magʻlubiyatga
uchradi.
G.Kershenshteyner “Fuqaroviy tarbiya” konsepsiyasini ilgari surdi. Shunga
koʻra xalq “mehnat” maktabi davlatga soʻzsiz boʻysinuvchi oʻquvchilarni
tarbiyalashi, har bir bola oʻzining ijtimoiy kelib chiqishiga qarab boʻlgʻusi kasbiy
faoliyatga tayyorlanmogʻi lozim edi.
Mana shunday turlicha konsepsiyalar, pedagogik yondashishlar ham
pedagogika fanini olgʻa qarab rivojlanishida maʼlum darajada progressiv rol
oʻynadi.
Ijtimoiy pedagogik gʻoyalarning rivojlanishiga fransuz faylasufi, yozuvchi,
maʼrifatparvar J.J.Russo (1712-1778 y) ulkan hissa qoʻshgan. U tabiiy huquq, din
va tabiiy rivojlanish asosiga qurilgan tabiatan shakllangan tarbiya gʻoyalarini ilgari
suradi. Rus qomusiy olimi va pedagog M.V.Lomonosov (1711-1765 y) oʻz
“reglamentlari”da tarbiyaning xalqparvar gʻoyalarini, insonga faol shaxsga
boʻlganidek yondashuvni, bolani axloqiy sifatlarini shakllantirish muhimligini
bayon etgan.
Yangi ijtimoiy pedagogik gʻoyalar fransuz faylasufi va maʼrifatparvari Klod
Adriana Gelvetsiy (1715-1771 y) ishlarida ham tilga olingan. Ular tarbiya omillari-
muhit va pedagogik taʼsir, shaxsiy va jamiyat manfaatlarining birligi masalalaridir.
Shvetsariyalik buyuk pedagog Iogann Genrix Pestalotssi (1746-1827 y) oʻz
faoliyatida ijtimoiy pedagogik nazariyani va amaliyotni birlashtirgan va oʻz
mablagʻlari evaziga yetimlar uchun uylar ochgan.
XIX asr shunisi bilan xarakterliki, bu davr mobaynida ijtimoiy
pedagogikaning pedagogikadan ajralishi jarayoni sodir boʻlgan. Ikkinchi tomondan
uning boshqa fanlar psixologiya, ijtimoiyogiya, tibbiyot, falsafa kabi fanlar
yaqinlashuvi bilan ham roʻy bergan.
Ijtimoiy pedagogika rivojlanishining barcha yoʻnalishlarini uning eng asosiy
vazifasi-bolalarning huquqlarini himoya qilish birlashtiradi. Biroq XVIII-XIX
asrlarda u avvallari eʼtiborsiz boʻlgan gʻoyalar bilan toʻldiriladi. Aniqrogʻi, ijtimoiy
pedagogika gʻoyasi nazariyasi va amaliyotida birinchi oʻringa umuminsoniy
qadriyatlar chiqadi. Ijtimoiy pedagoglarni birlashtirib turgan boshqa muhim gʻoya
tarbiya va taʼlimning uzviy bogʻliqligini anglash boʻldi.
Ingliz faylasufi va pedagogi Robert Ouenning ijtimoiy pedagogik faoliyati bir
qancha qiziqarli va sermaxsul tajribalardan iborat. Nyu-Lenarkda “Inson xarakterini
tuzishni yangi instituti”ni ishchilarning turmush darajasini yaxshilash uchun yaratib,
u amaliyotda ishlab chiqarish taʼlimini madaniyat bilan bogʻlab qoʻydi. Jahonda ilk
marta didaktik oʻyinlar oʻtkaziladigan, bolalarning jismoniy holati haqida
gʻamxoʻrlik qiluvchi muassasalar u tomonidan tuzilgan.
Ingliz faylasufi Gebert Spenser (1820-1903 y) oilaning shaxs shakllanishidagi
oʻrni haqidagi ijtimoiy pedagogik gʻoyalar bilan toʻldirilgan asarlar yaratgan. Bu
maqsadlarga erishishi uchun u qiziq usulni ilgari surgan - Angliyaning davlat va
siyosiy tuzilmasini oila va maktab tomonidan imitatsiyalashuvi.
XIX asrning ikkinchi yarmidan boshlab pedagogika va ommaviy tarbiya
tizimiga buyurtmalar kengayadi. Unga asta-sekin yoshlarni tarbiyalash, shuningdek
ijtimoiy xulq-atvor normalarini buzuvchi shaxslarni qayta tarbiyalash kirgan.
Industiryalashtirish qishloq axolisining shaharga ommaviy migratsiyasini keltirib
chiqardi. Buyurtmaning kengayishini keltirib chiqargan holat yevropa va Amerika
mintaqalarining ijtimoiy madaniy jarayonlari bilan ham bogʻliq. Qishloq axolisining
shaharga koʻchib oʻtishlari gʻayriaxloqiy xulq-atvor, jinoyatchilik, daydilikning
koʻpayishiga olib keldi. Ayniqsa, AQSHda holat nihoyatda ogʻir edi. Bu davlatga
boshqa kam rivojlangan davlatlardan axoli koʻchib kelishi bilan bogʻliq. Ayni
vaziyatda cherkov rolining susayishi kuzatildi. U shu paytgacha axloqiy
normalarning anaʼnaviy tashuvchisi boʻlib kelgan. Biroq u jamiyatning yangi
ehtiyojlari va voqeliklarini anglay olmadi va koʻpgina odamlar hayotida oʻzining
avvalgi mavqeini yoʻqotdi. SHu bilan birga yevropada milliy davlatchilikning
shakllanishi va Amerikada millatning yuzaga kelishi barcha ijtimoiy qatlamlarda
muayyan gʻoya va qadriyatlarning madaniylashuvini talab qilardi. Bu esa masalani
yechish vositalarini topishni taq azo etardi. XIX asr oxirida mustaqil fanga aylangan
ijtimoiy pedagogika rivojiga aynan shu omil vosita boʻldi.
3.4. XX asming 20 yillarida ijtimoiy-pedagogik gʻoyalar va pedagogik
faoliyatning tubdan yangilanishi. Uchinchi bosqich XX asrning boshidagi ijtimoiy
pedagogikaning mustaqil fan sifatida rivojlanish davri. Bu davrni tekis yoki oson
davr deb aytib boʻlmaydi. Hozirgi kungacha turli davrlari olimlari ijtimoiy
pedagogika boshqa pedagogik fikrlar orasida qanday oʻrin tutishi haqida tortishuvlar
mavjud: u fan hisoblanadimi yoki amaliy faoliyatning sohasimi, ijtimoiy pedagogika
va ijtimoiy ishlar qanday munosabatlar bor va boshqalar. Koʻpchilik davlatlarda
“pedagogika” va “ijtimoiy pedagogika” umuman ishlatilmaydi. Masalan: AQSHda
oʻquv yurtlarida pedagogika oʻrniga talabalar “taʼlim falsafasi” ni oʻrganadilar,
odamlarga amaliy yoʻnaltirish sohasi ijtimoiy ishga taalluqli, biroq, ijtimoiy
hizmatlar orasida aynan turli muammolari mavjud boshqalarga yordam koʻrsatishga
hizmat qiladigan mutahassislar boʻlsa ham. Belgiyada “ortopedagogika” terminidan
foydalaniladi, u “maxsus pedagogika” va ijtimoiy pedagogika tushunchalariga
yaqin.
XIX asrning 2 – chi yarmida “Nemis oʻqituvchilarining otasi” hisoblangan
Adolf Disterveg (xozirgi kunlarda voyaga yetmagan yoshlar tomonidan sodir
etiladigan huquqbuzarliklar deb atalmish) hamma narsadan mahrum etilgan nochor
va qorovsiz qolgan, boshpanasiz bolalar tomonidan sodir etilishi mumkin boʻlgan
jinoyatlarni oldini olish uchun olib boriladigan pedagogik faoliyatni belgilash,
koʻrsatish uchun “ijtimoiy pedagogika” soʻz birikmasini taklif etgan edi. XX asr
boshlarida esa mashxur nemis faylasufi Paul Natorp jamiyatning barcha
tarbiyalanuvchi kuchlarini bir butun, yaxlit xolga keltirish (birlashtirish) gʻoyasini
oʻrtaga tashladi. Bundan koʻzlangan maqsad halq orasida madaniyat va maorifni
keng tarqatish, umumpedagogik maʼlumot berish edi. Shuningdek, u tarbiyalovchi
ittifoqlar, yaʼni – “fuqoralar ittifoqi” ni tuzishga chaqirdi. Ushbu ittifoqlar uning
fikricha yuqorida aytilgan rejalarni amalga oshirmogʻi lozim edi. Mana shu
faoliyatlarning barchasini u ijtimoiy pedagogika deb atadi
K.Mager, XX asrda – P.Natorp (20-yillar), E.Bornemann, F.SHliper (60-
yillar), D.Pegeler (80-yillar) va boshqalar boʻlgan.
Paul Natorp (1854-1924) ijtimoiy pedagogkani umumiy pedagogikaning bir
qismi, obʼekti
sifatida qaraydi.
P.Natorp ijtimoiy pedagogikaning uchta asosiy vazifalarini koʻrsatadi:
Birinchisi –bolaning jinsiy hayoti bilan bo gʻliq, uning hayotida oilasi davrasida va
atrofidagi yaxshi odamlari bilan aloqada rivojlanadi.
Ikkinchisi – irodasi bilan bogʻliq u maktabda shakllanadi va bilim yerishni amalga
oshirish bilan bogʻliq, shu bilan birga bolada emotsional, ijtimoiy va motorli
(harakatlanish) qobiliyatlari rivojlanadi.
Uchinchisi - aql – umumiylikda ochib beriladi.
“Ijtimoiylashuv” termini 1844-yili K.Mager tomonidan tarbiya haqidagi
ochiq ilmiy munozaraga kiritilgan va keyinchalik A.Disterverg tomonidan
tarqatilgan.
Bu paytda esa nemis pedagogi Fridrix Disterveg tomonidan faqatgina XX asrda
keng qoʻllanilgan ijtimoiy pedagogika atamasi fanga kiritildi.
Aynan shu vaqtdan ijtimoiy pedagogikaning mustaqil fan sifatida
rivojlanishining uchinchi bosqichi boshlanadi. XX asr inson sivilizatsiya tarixiga
ilmiy-texnikaviy inqiloblar asri sifatida nom qoldirdi. Fan ishlab chiqarish
obʼektidan iqtisodiy va madaniy sohaning yetakchi omiliga aylandi. Ilmiy inqiloblar
ijtimoiy pedagogikaning keyingi rivojiga oʻz taʼsirini koʻrsatdi. Bu avvalambor
falsafa orqali amalga oshdi. Ijtimoiy pedagogikaning boshqa fanlar-psixologiya,
fiziologiya, anatomiya, tarix, sotsiologiya va boshqalar bilan yaqinlashuvi roʻy
berdi. Eng asosiysi-XX asrda insonning muammolari, uning tarbiyasi va taʼlimi
uchun ijtimoiy sharoitlarni yaratish zamonning eng global muammosiga aylanadi.
Aynan shu davrda pedalogiya-bolani har tomonlama oʻrganish haqidagi fan
rivojlana boshlaydi. Uning asoschilari E.Meyman, S.Xoll, Torndayk hisoblanishadi.
Bu borada Rudolf SHteynerning pedagogikasi ham muhim ahamiyatga ega.
Ijtimoiy pedagogikani yangi gʻoyalar va tarbiya usullari bilan boyitgan
pedagogika arboblaridan Georg Kirshenshteyner (1854-1932 y)-Germaniya, Jon
Dyui (1859-1952 y)-AQSH, Vilgelm Layni (1862-1926 y)-Germaniya koʻrsatsa
boʻladi.
G.Kirshenshteynerning pedagogik nazariyasi maktablarni bolalarning sust qabul
qilinishidan faol harakatdagi ehtiyojlarini amalga oshirishga, ijodga koʻra isloh
qilish gʻoyasiga asoslanadi. Kirshenshteyner ijtimoiy pedagogik tizimining asosiy
tamoyillari-bolalarni jamiyatda har tomonlama tayyorlash uchun mehnat
maktablarini yaratish, hamkorlik malakalarini rivojlantirish, davlat manfaatiga
xizmat qiluvchi bolalarning fuqarolik tarbiyasidir.
Jon Dyui pragmatik pedagogika asoschisi hisoblanadi. Uning oliy qadriyatlari
amaliy natija, biznesda muvaffaqiyatga erishish hisoblanadi. Bu pedagogning
xizmati shundaki, u maktab bilan hayotning aloqasi, taʼlimning individuallashuvi
kabi ijtimoiy psixologik gʻoyalarga murojaat qilganidir.
Vilgelm Lay “Harakatlar pedagogikasi”ni yaratdi. U inson faoliyati va
mavjudligining
fiziologik
va
psixologik
mexanizmlarini
oʻzida
mujassamlashtiruvchi biologik reaksiya tamoyiliga tayangan. U tarbiyaning
biologik tomonini-tugʻma reflekslar, sezgi, reaksiyalar, ularning bolalar oʻyinlarida
paydo boʻlishini va ijtimoiyogik tarbiyachining reaksiyalarga taʼsirini koʻrsatgan.
Hozirgacha turli davlat olimlari oʻrtasida ijtimoiy pedagogikaning boshqa
pedagogik fanlari orasidagi oʻrni borasida –bu mustaqil fan boʻla oladimi yoki
faqatgina yosh guruhlarini oʻrganish bilan cheklanadigan pedagogikaning mustaqil
bir sohasi boʻlib qolaveradimi, degan masaladabahs-munazara davometmoqda.
Bu bahslar, yangi fan tushunchasining shakllanmaganligi ijtimoiy pedagogika
mohiyatini inkor etuvchi baʼzi pedagoglar nazariyalarida paydo boʻlgan. Masalan
G.Noll va G.Boymer (20-30 y) ijtimoiy pedagogikani bolalarga yordam berish va
voyaga yetmaganlar huquqbuzarliklarining profilaktikasi deb tushunishgan.
Ijtimoiy pedagogikaning mohiyatini nemis olimi Paul Natori (XX asrning 20-
yillari) umuman boshqacha taʼriflangan. U ijtimoiy pedagogik jamiyatning
tarbiyaviy kuchlarining yaqinlashtirish muammosini xalqning madaniy va axloqiy
darajasini koʻtarish maqsadida tadqiq etadi deb hisoblagan. Bunaqa tushunish yangi
davrning buyurtmasiga koʻproq mos kelgan va ijtimoiy pedagogika inson hayoti
davomida tarbiyalash haqidagi bilim sohasi ekanligini tasdiqlagan. XX asrning 60-
yillarida ijtimoiy pedagogika huquqbuzarlik sodir etgan bolalarga yordam berish,
bolalar uyida tarbiya ishlari oʻtkazish maqsadidagi ijtimoiy tarbiya asosi sifatida
taʼrif etilaboshladi.. Ijtimoiy pedagogika pedagogikani rivojlanishi bilan birga chet
ellarda ijtimoiy pedagogika sohasidagi mutaxassislarning kasbga oid faoliyati ham
rivojlandi. Xususan, XX asrning 70-yil Germaniyada oliy maʼlumotli pedagoglar
tayyorlana boshlandi.
XX asrning 50-yillariga kelib ijtimoiy pedagogika muammolarining global
darajaga yetganiga BMT Bosh Assambleyasi tomonidan 20.11.1959 yil va
20.11.1989 yilda bola huquqlari deklaratsiyasini qabul qilinganligi guvohlik beradi.
Unda aloxida eʼtibor yetimlarning ijtimoiy himoyasiga, koʻp bolali oilalar, kam
taʼminlangan oilalar bolalariga ijtimoiy yordam koʻrsatishga qaratilgan.
Bizning respublikamizda ijtimoiy pedagogika anʼana va tamoyillarini
tiklanishi murakkab sharoitlarda amalga oshmoqda; davlat taʼlim standartlari,
mutaxassisliklar, darsliklar, oʻquv rejalari va dasturlarning yetishmasligi, ijtimoiy
muxofazaning davlat siyosati darajasiga koʻtarilishi chet el mutaxassislari bilan
yaqin hamkorlik asosida boʻlish kerak. Chunki Germaniya, Angliya, AQSHlarda
boy ijtimoiy pedagogik tajriba mavjud.
Mavzu yuzasidan nazorat savollar.
1. Xorijda ijtimoiy pedagogikaning rivojlanish bosqichlarining oʻziga xosligi
nimada?
2.Birinchi boʻlib kim tomonidan maktab tashkil etilgan va u qanday nomlangan?
3.Ijtimoiy pedagogikaning rivojlanishiga hissa qoʻshgan rossiyalik olimlarni sanab
oʻting?
4. Vasiliy Keseariy tomonidan tashkil etilgan bolalar uyi nima deb nomlangan?
5.Xorijda Ijtimoiy pedagogika taraqqiyotining asosiy bosqichlarini sanab oʻting?
6.Ikkinchi bosqichning qisqa taʼrifini bering?
7.“Ijtimoiy pedagogika” atamasi kim tomonidan va qachon fanga kiritilgan?
8. Nima sababdan XX asrda ijtimoiy pedagogika fani va faoliyatiga ijtimoiy talab
kuchaydi?
9. XX asr ijtimoiy pedagogika vakillarining qarashlarini ochib bering?