Xorijdagi ilg‘or tajribalarni o‘rganish va umumlashtirish
Yuklangan vaqt
2024-12-30
Yuklab olishlar soni
1
Sahifalar soni
10
Faytl hajmi
32,7 KB
Xorijdagi ilg‘or tajribalarni o‘rganish va umumlashtirish.
O‘quv mashg‘ulotining maqsadi: Talabalarda xorijiy mamlakatlarda geografiya
o‘qitishning yo‘lga qo‘yilishi to‘g‘risidagi bilimlarni rivojlantirish.
№
Bajariladigan topshiriqlar
Amaliy
mashg‘ulot
natijasi
1
Uslubiy ko‘rsatmalardan foydalanib, jahon mamlakatlarida
geografiya o‘qitishning asosiy yo‘nalishlari va bu yo‘nalishlar
uchun xos bo‘lgan mamlakatlarni tahlil qiling
Yozma tahlil
2
Jahon
mamlakatlarida
geografiya
o‘qitishning
asosiy
yo‘nalishlarini sxemada tasvirlang
sxema
3
Mavzu bo‘yicha T-sxema tuzing
T-sxema
4
Uslubiy
ko‘rsatmalardan
foydalanib,
rivojlangan
mamlakatlarda ta’lim samaradorligi taraqqiyotini ta’minlovchi
omillarni doiraviy diagrammada ko‘rsating.
doiraviy
diagramma
5
Bolon Deklaratsiyasining maqsadi va vazifalarini tahlil qiling
Yozma
tavsif
Uslubiy ko‘rsatmalar
Ta’limdagi samaradorlik mezoni uning xalqaro standartlar talablariga javob
berishi bilan belgilanadi. Buning uchun jahon pedagogikasidagi, xususan geografiya
ta’limidagi o‘ziga xos jihatlarni keng o‘qituvchilar ommasiga yetkazish katta
ahamiyatga ega.
Rivojlangan mamlakatlardagi ta’lim tizimini atroflicha tahlil qilish,
mamlakatimizda xalq ma’orifini jahon standartlari darajasiga olib chiqishda cheksiz
imkoniyatlar yaratadi. Keyingi o‘n yilliklarda xalqaro miqyosda pedagogika fani
katta yutuqlarga erishdi. Jahonda aholi savodxonligi darajasi birmuncha oshdi.
Geografiya o‘qituvchilarini tayyorlash va ularning malakasini oshirish tizimi ancha
takomillashdi. Hozirgi kunda geografiya ta’limi jahonning ko‘pgina mamlakatlarida
3 ta yo‘nalish bo‘yicha olib borilmokda.
1. Geografiya fani yagona o‘quv rejasi va dasturi asosida o‘qitiladigan
mamlakatlar. Bular -Sharqiy Yevropa va MDX davlatlari. Birinchi guruhga
kiruvchi mamlakatlarda geografiya ta’limi asosan tabiiy ekologik va iqtisodiy
geografiya kurslaridan tashkil topgan. SHahar va qishloq joylardagi barcha
maktablarda geografiya yagona o‘quv rejasi asosida o‘qitiladi.
2. Bir necha asosiy fanlar qatorida ayrim kurslarni fakultativ tarzda o‘rganish
(AQSH Buyuk Britaniya, Kanada, Yevropaning aksariyat mamlakatlarida).
Ikkinchi guruh mamlakatlarida geografiya bilimlari maxsus fanlar tarzida emas,
balki integratsiya (birikma) tarzida bo‘lib, geografik bilimlar boshqa fanlar,kurslar
tarkibiga kushilib ketgan. Bu mamlakatlarda geografiyani chuqur o‘rganishni
xoxlovchilar maxsus fakultativ mashg‘ulotlar orqali gina o‘z bilimlarini oshirishlari
mumkin. SHu tufayli hambu guruhdagi davlatlarda geografiya ta’limi bo‘yicha
yagona davlat dasturi yo‘q. Har bir o‘qituvchi maktab joylashgan sharoit nuqtai
nazaridan kelib chiqqan xolda geografiyadan o‘quv dasto‘rini tuzishlari va shu
asosda faoliyat ko‘rsatishlari mumkin. Masalan: AQSHda 1700 dan ortiq maktab
okruglari mavjud bo‘lib, ularning barchasida o‘ziga xos bo‘lgan geografiya
dasturlari va ta’limi mavjud va okruglar bir-biriga uxshamaydigan dasturlar asosida
ishlaydilar
3. Geografiyani barcha o‘quvchilar o‘rganishi majburiy qilib qo‘yilgan fanlar
qatorida qo‘shimcha fakultativ mashg‘ulotlar (Filippin, Frantsiya, Germaniya,
YAponiya va ko‘pchilik rivojlanayotgan mamlakatlarda). Uchinchi guruh
mamlakatlarda geografiya majburiy o‘rganiladigan fanlar qatoriga kirmaydi va uni
fakultativlar orqali o‘rganish asosiy o‘rinni egallaydi. Umuman olganda Yevropa va
Amerikaning rivojlangan mamlakatlarida barcha o‘quvchilar uchun majburiy
bo‘lgan fanlar qatorida, xilma-xil murakkablikdagi fakultativ kurslar turi keng
tarqalgan.
Yuqoridagi mamlakatlarning ko‘pchiligidagi geografik bilimlar mazmuni va
ta’lim jarayoni bir-biridan keskin farq qiladi. Turli mamlakatlarda geografiya
ta’limining bunday tashkil qilinishiga asosiy sabab ijtimoiy, iqtisodiy, madaniy,
diniy va boshqa xususiyatlarning ta’siridir.
Jahon tajribasida 3 bosqichli ta’lim tizimi asosiy hisoblanadi, ya’ni
boshlang‘ich maktab (1-4sinf) o‘rta bosqich (5-9 sinf) yuqori bosqich (9-12 sinf)
Ko‘pchilik davlatlarda har bir bosqichdagi ta’limda o‘qish yili o‘zgarib turadi.
Boshlang‘ich maktabda 6-9 yosh, o‘rta bosqichda 10-14 yosh, yuqori sinfda 14-16
yoshni tashkil qiladi. Har bir bosqichda geografiya ta’limi o‘ziga xos maqsadga ega.
Masalan, birinchi bosqich maktabda geografiya ta’limining asosiy maqsadi
(mikromaqsad) yaqin atrof muhitini o‘rganish, o‘quvchilarni moddiy va ma’naviy
boyliklarga nisbatan mehr-muhabbat ruhida tarbiyalashdan iborat. Ikkinchi
bosqichda (myozomaqsad)o‘z malakatining xo‘jalik hayotini o‘rganish zarur kasblar
haqida ma’lumotlar berish, ta’limiy ko‘nikma va malakalarni shakllantirishdan
iborat. Uchinchi bosqichdagi maktablarda (makromaqsad) insoniyatning global
ekologik va iqtisodIIy muammolarini va jahon xo‘jaligini o‘rganishdan iborat.
Demak, jahon tajribasida geografiya o‘qitishning axvoli xilma - xil ekan. SHu
tufayli bo‘lsa kerak bu fanni o‘quvchilarga o‘rgatishda ikki yo‘nalish tarafdorlari
mavjud. Birinchi yo‘nalish tarafdolari geografiyani mustaqil fan sifatida muntazam
o‘qitish bo‘lsa, ikkinchi yo‘nalish tarafdorlari uni boshqa fanlari bilan integratsiya
(birikma) tarzida qo‘shib o‘tishni isbotlab berishga urinadilar. O‘quv fanlarini
integratsiya tarzida o‘tish bo‘yicha AQSH jahonda yetakchi. Bu mamlakatda 40 - 50
yillardagi ta’lim islohotida ko‘pgina fanlar qatori geografiya ham majburiy
o‘qitiladigan fanlar qatoridan chiqarib tashlandi. Geografik bilimlar tarix,
jamiyatshunoslik va boshqa fanlar tarkibiga kiritib yuborildi. Ma’lumki geografiyani
bunday o‘qitish o‘qituvchilarga talay qiyinchiliklar tug‘diradi. Eng muhimi
geografiya ta’limining sifati juda pasayib, o‘quvchilar zarur ko‘nikma va
malakalarga ega bo‘lmay qoladilar. Masalan: Michigan universitetining geografiya
fakultetiga o‘qishga kirish uchun ariza bergan 400 o‘quvchining yarmi geografiyani
faqat boshlang‘ich maktabda o‘rganganligi ma’lum bo‘ldi. Aksariyat aholi o‘z
mamlakati geografiyasini bilmaydi. Ularning ko‘pchiligi kartalarni zaif biladi. SHu
tufayli ham hozirgi kunda AQSH da geografiyani mustaqil fan sifatida tiklash uchun
kurashlar ketyapti.
Jahonning ko‘pgina mamlakatlarida fan predmetlarini o‘rganish ixtiyoriy bo‘lib,
ular o‘quvchilarning xohish-istaklari asosida amalga oshiriladi. Bu guruhga kiruvchi
mamlakatlarda majburiy fanlar soni 7-8 dan oshmaydi. Masalan: Finlyandiya va
SHvetsiyada fin va shved tili, iqtisod va sotsiologiya, biologiya, ximiya, ingliz tili,
din va sport majburiy fanlar tarzida o‘rganiladi. SHvetsiya maktablarida 9 yillik
majburiy ta’limdan keyin sinfsiz gimnaziyalar keng tarqalgan. Gimnaziyalarda
ta’lim 2-4 yil davom qiladi. Bunday gimnaziyalarda o‘quvchilar tuzgan o‘quv
rejalari asosida ta’lim tashkil etiladi. Bu rejalar kurs rahbari va ma’muriyat
tomonidan tasdiqlanadi, xolos.
Fin-gimnaziyasida o‘quv yili 6 davrga bo‘lingan. Har bir davr 6 haftadan iborat
bo‘lib, kurslar 32 soatdan tashkil topadi. Har bir kursda bitta fan kuniga 4-7 soat
o‘qitiladi. Sport darslari asosiy mashg‘ulotlardan ya’ni tushlikdan keyin yoki dam
olishda o‘tkaziladi. Har davr yakunida o‘quvchilar bilimi baholanadi. Agar o‘quvchi
qoniqarsiz baho olsa, shu kursni qaytadan tanlaydi va h.k.
Ko‘pchilik mamlakatlar geografiya ta’limi bevosita davlatning ijtimoiy - siyosiy va
iqtisodiy tizimi bilan bog‘liq. Tabiiy va iqtisodiy geografiyani o‘rganish asos qilib
olingan, MDX va SHarkiy Yevropa mamlakatlarida tabiat va xo‘jalikning
rivojlanish qonuniyatlari jamiyat bilan tabiat o‘rtasidagi munosabatlar, atrof-muhit
muammolari geografiya ta’limining asosini tashkil qiladi. Aksariyat rivojlangan
mamlakatlarda geografik bilimlarning mazmuni ekologizatsiyalashgan bo‘lib,
o‘quvchilarda ma’lum ko‘nikmalar shakllantirishga qaratilgan, bu davlatlarda
geografiya ta’limi muammolarini turli nazariya va qonunlarni, kategoriyalarini
o‘rganishtarzida bo‘lib, ular o‘quvchilarni o‘zlashtirishida birmuncha qiyinchiliklar
tug‘diradi. Rivojlangan mamlakatlar geografiya ta’limida ta’limning ruhiy jabxalari
(psixologik tomoni) asosiy o‘rinni egallaydi. O‘quvchi ruhiyati va uning bilish
faoliyatini o‘rganishga katta e’tibor beriladi. Geografiya ta’limida turli matnlar,
o‘yinlar, imitatsiya keng qo‘llaniladi. Ular xatto ta’lim metodlari sifatida ham keng
qo‘llaniladi. Masalan: o‘quvchi o‘zini kompaniya prezidenti sifatida fikrlaydi ish
yuritadi, biron muammoni xal qiladi, o‘zi xulosalar chiqaradi. Umuman bunday
ta’limning asosiy maqsadi o‘quvchilarni kelgusi hayotga, ya’ni ishbilarmonlikka
tayyorlashdan iborat.
Turli mamlakatlarning geografiya o‘quv darsliklari va qo‘llanmalarni tahlil
qilish shuni Ko‘pchilik hollarda ular qiziqarli ma’lumotlarga boy bo‘lib, axborot
xususiyatiga ega. Bunday qo‘llanmalarda matn 20-40 foizni, rasmlar 20 foizni,
statistik ma’lumotlar 20 foizni, savol va topshiriqlar 20 foizni tashkil etadi.
Kitoblardagi illyustritiv materiallar nihoyatda sifatli va chiroyli qilib beriladi.
Qo‘yi sinflarning qo‘llanmalarida karta deyarli yo‘q bo‘lib, ular o‘rnini
kartasxemalar egallagan. Matnda raqamli sonlar ko‘p uchramaydi, mavjudlari ham
taqqoslash xarakteriga ega bo‘lib, ular eng past, eng kichik, eng baland, eng uzun,
eng yuqori kabi tarzlarda beriladi. Mavzu yoki bo‘limdan keyin qo‘yiladigan savol
va topshiriqlar mavzu mazmunini to‘liq aks ettirmasligi ham mumkin. Qo‘yiladigan
savollarlarning aksariyati muammoli topshiriqlar, munozara savollari, amaliy
o‘yinlar tarzida beriladi. O‘quvchilar uchun chiqarilgan geografiya darsliklarida
kompyutrlar bilan ishlash uchun maxsus savollar, qiziqarli topshiriqlar, matematik
statistika usullari, turli o‘yinlar, testlar tarzida geografik bilimlarni egallashga keng
o‘rin berilgan. O‘quvchilar ularni mustaqil bajarish jarayonida tadqiqotchi rolini
o‘ynaydilar. Geografiya darsligi rivojlangan mamlakatlar geografiya ta’limida eng
yetakchi o‘rinni egallaydi.
Angliya geografiyasi ta’limi metodikasi o‘ziga xos xususiyatlarga ega. Uning
kuchli tomonlari quyidagilardan iborat: a) ta’limning nazariy tomonlarini
kuchaytirish ya’ni unda hozirgi zamon geografik tadqiqot metodlarini ko‘proq
o‘rganish, b) geografiya ta’limi jarayonida psixologik - pedagogik tadqiqot lar
o‘tkazish. v) ta’lim jarenida tadqiqot metodlaridan unumli foydalanish va
o‘quvchilarni gipotezlar (farazlar)tuzishga o‘rgatish g) darslarda turli mazmundagi
eksperimentlar uyushtirish,ya’ni tasavvur, tushuncha va turli xil karashlarni
shakllantirish metodlariga keng o‘rin berilgan. Ammo ta’limni uyushtirish shakllari
ancha zaif bo‘lib, ular o‘quvchini unchalik koniktirmaydi.
Rivojlangan mamlakatlardagi geografiya ta’limi ko‘p jihatdan o‘sha jamiyat va
davlat ehtiyojlari bilan bog‘liq bo‘lib, uning manfatlariga xizmat qiladi. Masalan,
Buyuk Britaniya maktablarida geografiyadan imtixon biletlarida o‘quvchilarga
tavsiya etiladigan ayrim savollar namunalari quyidagicha bo‘ladi.
1. G‘arbiy Yevropaning transport geografiyasida suv va quruqlik yo‘llarining
(Britaniya, Norvegiya, Shvetsiyadan tashqari) bir-biriga nisbatan ahamiyatini
baholang.
2. Tabiiy geografiya va insonlar faoliyati bilan bog‘liq bo‘lgan qanday omillar
Frantsiya va Niderlandiya qishloq xo‘jaligi geografiyasini o‘rganishga yordam
beradi?
3. SHimoliy - G‘arbiy Yevropaning istalgan ikkita yirik porti geogra-fiyasini
qiyoslang.
4. Daniya iqlimining qaysi xususiyatlari sut chorvachiligining rivojlanishiga
yoki rivojlanmasligiga sababchi bo‘ladi.
AQSH maktablarida o‘quvchilar bilimini baholash ham o‘ziga xos
xususiyatlarga ega. Qo‘yida ana shu savollardan namunalar keltiramiz. 1.Ko‘p
variantni savoldan kerakli javobni topish (eng keng tarqalgan usul) Masalan:Angliya
import qiladigan neftning asosiy qismi quyidagi davlatlarning qaysi laridan
keltiriladi.1) A.Venesuela. B. AQSH. V.Yaqin Sharq davlatlari G.SHimoliy dengiz
xavzasi D.Jazoir. 2)T ugri yoki noto‘g‘ri tarzdagi savollar, masalan quyidagilarning
to‘g‘ri yoki noto‘g‘ri ekanligini aniqlang. Maranon, Madeyra, Rio-negru
daryolarining qaysilari Braziliya hududidan tashkarida boshlanadi?
3.Umumlashtirishga oid savollar, masalan, quyidagi shaharlarning ruparasiga shu
shaharga xos bo‘lgan sanoat tarmoqlarini yozing. Masalan, ximiya sanoati,
tukimachilik sanoati, ichki port, sovun ishlab chiqarish, kand sanoati, neftni qayta
ishlash va x.k
4. So‘zlari tushirib qoldirilgan tarzdagi savollar, Masalan: Hudud er yuza-sining
katta qismlari..... davrda hosilbo‘lgan mo‘z qoldiklari bilan koplangan va xakoza
5. Iqtisodiy hisob-kitob talab qiladigan tarzdagi savollar, masalan, firma egasi ishlab
chiqarayotgan sanoat mahsulotining 60%ni mamlakat ichida, 40 foizini esa chet el
firmalariga sotish kerak. Sanoat va savdo ministrligi unga mahsulot ishlab chiqarish
uchun quyidagi byoshta hududdan bittasiga korxona kurishga ruxsat berdi. Har
bittasidan yer uchastkasining bahosi bir-xil. Korxona kurish uchun quyidagi
joylarning birini tanlagan maqul.
a) Milford-xeyven b) Dandi v) Sautgempton g) Liverpul d) Glazgo.
Rivojlanayotgan mamlakatlarda ham keyingi yillarda ta’limga katta e’tibor
berilmokda. Masalan, Osiyoning ko‘pgina mamlakatlarida 1985 yilgacha xalq
ta’limi uchun ajratilgan mablag‘lar 20 barobardan ortiq o‘sdi. Ayniqsa , Malayziya,
Saudiya Arabistoni, Iordaniya, Singapur, Janubiy Koreya, Tailand, Suriya,
Hindiston, Pokiston, kabi mamlakatlarda xalq moarifi rivojlanishi ancha yuqori
bo‘ldi. Osiyodagi ko‘pchilik mamlakatlarda bolalar 5-7 yoshdan boshlab maktabga
bora boshlaydilar.Bangladyosh, Birma, Livan, Pokiston, SHri-Lankada maktabga 5
yoshdan boradilar Osiyodagi ko‘pchilik mamlakatlarda majburiy ta’lim 5 yildan 10
yilgacha, o‘rta maktabda o‘qishni davom ettirish esa 4 yildan 8 yilgacha qilib
belgilangan.
Aksariyat
rivojlanayotgan
mamlakatlarda
geografiya
o‘quv
dasturlari
mamlakatning tabiiy va iqtisodiygeografiyasini o‘rganishga deyarli uxshash bo‘lib,
alohida e’tibor berilgan. Ular utmishda mustamlaka bo‘lgan davrlarda o‘z
geografiyasiga nisbatan ko‘proq mustamlakachi davlat geografiyasini puxta o‘rganar
edilar.
Hozirgi
kunda
hamko‘pchilik
rivojlanayotgan
mamlakatlarda
mustamlakachilik ananalari o‘qitish mazmuni va metodlari saklanib qolgan yoki
juda kam o‘zgargan.
Faqat oxirgi o‘n yilliklarda rivojlanayotgan mamlakatlarda o‘quv dasturlari,
geografiya darsliklari mamlakat xo‘jaligi ehtiyojlarini e’tiborga olgan xolda
tuzilishga e’tibor berilmokda.
Xulosa qilib shuni aytish mumkinki, xorijiy davlatlar geografiya ta’limida ijobiy
siljishlar kuzatilmokda. Jumladan, ta’lim mazmuni va o‘qitish metodlarida yangi
metodlar va texnologiyalar qo‘llanila boshladi. Xorijiy mamlakatlarda evristik
metod ko‘proq qo‘llaniladi. Bunda o‘quvchi ko‘proq mustaqil bilim olishga, kichik
tadqiqotlar qilishga yo‘naltiriladi. Har xil didaktik materiallar, turli xil hujjatlar,
vositalar asosida muammoli savollar o‘quvchilar diqqatiga havola etiladi. Bir-biriga
bog‘langan savollar asosida evristik suxbatlar o‘tkazish keng tarqalgan. Ishlab
chiqarish jarayoni, ekologik muammolar turli o‘yinlar tarzida o‘rganiladi. Bunda
o‘quvchilar o‘zlarini turli kompaniyalar prezidenti biznesmenlar o‘rniga qo‘yib "ish"
bajaradilar. Bunday usul ko‘proq AQSH, Buyuk Britaniya, Yangi Zelandiya,
G‘arbiy Yevropa mamlakatlarida keng qo‘llaniladi. Tarqatma kartochkalar usulida
turli chizma jadvallar, kartalar o‘quvchilar diqqatiga turlicha xatoliklarga yo‘l qo‘yib
tuziladi va tarqatiladi, o‘quvchilar yo‘l qo‘yilgan o‘sha xatoliklarni mustaqil
topishlari talab qilinadi. Turli xil misol va masalalar echish ham o‘quvchilarning
darsga bo‘lgan qiziqishlarini oshirishi nuqtai nazaridan kelib chiqadi.
O‘quvchilarda ishbilarmonlik, uddaburonlik xislatlarini shakllan-tirish uchun ham
ko‘proq misol va masalalarda aks etadi. Tayyor mahsulotni qayerlarda sotish,
transport harajatlarini aniqlash, mehnat resurslardan oqilona va unumli foydalanish
kabilar geografiya ta’limi mazmunini tashkil etadi.
Matnlar, ya’ni javoblar to‘g‘ri yoki noto‘g‘ri tarzda aralashtirib berilishi shulardan
to‘g‘rilarini raqamlar bilan belgilab ajratish kabi jadvallar keng tarqalgan usullardan
hisoblanadi.
Statistik manbalar bilan ishlash, kartografik qo‘llanmalardan foydalanish,
matematik modullashtirish keng tarqalgan o‘qitish metodlari hisoblanadi. Ayniqsa
diskussiya, debat (tortishuv) rivojlangan mamlakatlar geografiya ta’limida ustun
turadi va h.k.
Rivojlangan mamlakatlarda ta’lim samaradorligi taraqqiyotining 16- foizi
moddiy-texnika bazaga, 20 foizi - resurslarga, 64 foizi – inson omiliga bog‘liq. “Oliy
o‘quv yurtlarida kadrlar tayyorlash, ta’lim tizimini isloh qilishning jahonda tan
olingan, tajribada isbotlangan 4 ta modeli mavjud. Bular AQSH, Fransiya,
Germaniya va YAponiya mamlakatlarining modellaridir. Ular, garchi, umumiy
qoida va yo‘nalishlar bo‘yicha bir-biriga yaqin bo‘lsa-da, lekin mavjud
mamlakatlarning hozirgi iqtisodiy, ijtimoiy-siyosiy holati, milliy xususiyatlari
hamda fuqarolarning yashash sharoitidan kelib chiqib, farq qiladi.
Insoniyat sivilizatsiyasi barcha sohalarda, jumladan ta’lim tizimida ham global
o‘zaro bog‘liqlik darajasigacha erishdi. Hozirgi kunda bitta davlat yoki millatning
muammosi butun jahon rivojiga katta ta’sir etishi mumkin. YUzaga kelgan ekologik,
iqtisodiy, siyosiy muammolar va inqirozlarning echimi faqatgina insoniyatdan
kelajakda aqliy va ma’naviy rivojlanishni talab etadi. Bunga esa faqatgina to‘g‘ri va
sifatli ta’lim tizimini yo‘lga qo‘yish orqaligina erishish mumkin. Bugungi kunda
dunyoda yuzaga kelayotgan barcha muammolar ildizi ta’lim-tarbiya tizimidagi sifat
nuqsonlari natijasi desak xato bo‘lmaydi. Buning echimi ta’lim-tarbiyaga e’tiborni
yanada oshirish, bu sohaga yanada ko‘proq mablag‘ ajratish orqali ta’lim sifatini
yuksaltirish bilan hal etilishi mumkin.
Bolon Deklaratsiyasi. Bolon jarayoni – oliy ta’limda yagona Yevropa tizimini
vujudga keltirish maqsadida Yevropa davlatlari ta’lim tizimini bir-biriga
yaqinlashuvi va moslashish jarayonidir. Bolon jarayonining rasmiy boshlanish vaqti
1999 yil 19 iyunda Yevropaning 29 davlati tomonidan Bolon deklaratsiyasini qabul
qilinishi hisoblanadi. Bolon jarayonining boshlanish tarixi 1970 yillarda Yevropa
Ittifoqi vazirlar Kengashining ta’lim sohasidagi birinchi rezolyusiyasini qabul
qilinishi bilan belgilanadi. 1998 yilda Yevropaning 4ta davlati (Fransiya,
Germaniya, Buyuk Britaniya va Italiya) ta’lim vazirlari Parij universitetining 800
yilligini nishonlash vaqtida, oliy ta’limdagi turli tizimlar Yevropada fan va ta’limni
rivojlanishiga to‘siq bo‘layotganligi to‘g‘risida bir fikrga kelishdi va Sorbon
deklaratsiyasini imzolashdi. Deklaratsiyaning maqsadi Yevropada oliy ta’lim
tizimini standartlashtirish maqsadida umumiy qoidalar ishlab chiqishdan iborat edi.
Sorbon deklaratsiyasi maqsadi 1999 yilda Bolon deklaratsiyasiniimzolanishi bilan
o‘z tasdig‘ini topdi va Yevropaning 29 davlati o‘z xohishi bilan, ixtiyoriy ravishda
ushbu deklaratsiyani imzoladilar. Hozirgi kunda Yevropa Ittifoqiga a’zo 49
davlatdan quyidagi 47 tasi (Monako va San-Marinodan tashqari) va Yevropa
Komissiyasi ushbu jarayon ishtirokchisi hisoblanadi.
Bolon jarayonining asosiy maqsadi: Yevropada yagona oliy ta’lim tizimini
vujudga keltirish, jahonda Yevropa oliy ta’lim tizimini faollashtirish; Yevropaning
barcha oliy ta’lim muassasalariga kirishga keng yo‘l ochish; Yevropa oliy ta’lim
tizimining sifati va mavqeini yanada oshirish; o‘qituvchilar va talabalar mobilligini
rivojlantirish; Bolon deklaratsiyasiga a’zo davlatlar oliy ta’lim tizimida barcha
akademik darajalar va boshqa ixtisosliklarni mehnat bozori talablari asosida bir xil
shakllantirish hisobiga bitiruvchilarni muvaffaqiyatli ish bilan ta’minlashni yo‘lga
qo‘yish.
Deklaratsiya quyidagi 7 ta asosiytamoyillarnio‘z ichiga olgan:
1. Bir xil akademik darajava diplom ilovasini berish orqari Yevropa
fuqarolarini ish bilan ta’minlash imkoniyatlarini oshirish, Yevropa oliy ta’lim
tizimini xalqaro raqobatbardoshligini ta’minlash.
2. Oliy ta’limda ikki pog‘onali (siklli) o‘qitishni yo‘lga qo‘yish: tayanch
(dastlabki) oliy ta’lim (undergraduate) va bitiruvchi (graduate). Birinchi sikl kamida
3 yil davom etishi ko‘zda tutilgan va bakalavr darajasini beradi. Ikkinchi sikl magistr
darajasini olish bilan yakunlanadi.
3. Talabalarning kata hajmda mobilligini ta’minlash maqsadida zachet
birliklarini yagona Yevropacha tizimini tadbiq etish.
4. Talabalarning mobilligini rivojlantirish. Transmilliy ta’lim standartini
o‘rnatish.
5. Taqqoslanadigan mezonlar va uslubiyotlarni ishlab chiqish maqsadida sifatni
ta’minlash uchun Yevropa hamjamiyatiga ko‘maklashish.
6. Ta’lim sifatining ichki nazorat tizimini tadbiq etish va OTM faoliyatini tashqi
baholashga talabalar hamda ish beruvchilarni jalb etish.
7. O‘quv rejalarini, institutlararo hamkorlik, mobillik va hamkorlik o‘quv
dasturlari, amaliy tayyorlov va ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borishni rivojlantirish
orqali oliy ta’limda Yevropacha an’analarni yuzaga kelishiga ko‘maklashish.