1
KURS ISHI
XUDOYORXON PORTRETIGA SIYOSIY CHIZGILAR
MUNDARIJA
KIRISH
I-BOB. XUDOYORXON – QO‘QON XONLIGI HUKMDORI
1.1-§ Xudoyorxonning hokimyat tepasiga kelishi va hukmronlik davri
1.2-§ Xudoyorxonning darbadarlik yillari
II-BOB. XUDOYORXON DAVRIDA QO‘QON XONLIGIDAGI IJTIMOIY-
IQTISODIY VA MADANIY HAYOT
2.1-§ Xo‘jalik hayoti: ziroatchilik, hunarmandchilik, savdo
2.2-§ Xudoyorxon va Qo‘qon xonligidagi madaniy hayot
XULOSA
FOYDALANILGAN MANBA VA ADABIYOTLAR RO‘YXATI
2
KIRISH
Mavzuning dolzarbligi. O‘zbekiston mustaqillikka erishgandan so‘ng
Vatanimiz
o‘tmishini
yangi
konseptual-metodologik
asosda
o‘rganish,
xalqimizning mafkuraviy qoliplardan xoli bo‘lgan obyektiv tarixini yaratish
muhim ilmiy va siyosiy ahamiyatga molik vazifaga aylandi. Tarixni o‘rganish esa
tarixiy manbalarni tadqiq etish bilan bog‘liqdir. Tarixiy manbalarning katta qismini
qo‘lyozma asarlar tashkil etib, ularning tadqiq etilishi yurtimiz tarixini haqqoniy
aks ettirishga imkon beradi. Tarix ilmining rivojlanishi ko‘p jihatdan yozma
manbalarning o‘rganilishi va ularning ilmiy muomalaga kiritilishi bilan bog‘liqdir.
Hozirgi davrda tarix faniga qo‘yilayotgan talablar o‘tmishni sinchiklab
o‘rganish, bu borada mavjud muammolarni aniqlab, ularning yechimi uchun to‘g‘ri
usullarni tanlashni taqozo etadi. Tarixni o‘rganishga munosabatning turli siyosiy
tuzumlar ta’sirida o‘zgarib turishi bugungi kun tadqiqotchilari oldiga uni xolisona
tahlil etish va obyektiv ilmiy xulosalar chiqarish kabi mas’uliyatli vazifani qo‘yadi.
Yurtimiz davlatchiligining muhim bosqichlaridan biri bo‘lganxonliklar
davrini o‘rganish ham hozirgi davr tadqiqotchilarining diqqati markazida turibdi.
Birinchi Prezidentimiz Islom Karimov “Tarixiy xotirasiz kelajak yo‘q” asarida
“XIX asrdagi chorizm istilosi ko‘pgina sabablar bilan bir qatorda avvalambor
o‘sha paytda mavjud bo‘lgan siyosiy boshboshdoqlik, hukmron kuchlarning
uzoqni ko‘rolmasligi, ma’naviy zaifligi oqibatida ro‘y berganini tarixiy misollar
isbotlab turibdi. Bu achchiq haqiqat barchamizga, ayniqsa, bugun hayotga katta
umid va ishonch bilan kirib kelayotgan yoshlarimizga doimo saboq bo‘lishi lozim,
deb yozadi1.
Shu nuqtai nazardan qaraganda, biz o‘tmishga xolisona baho berib, undan
tegishli xulosalarni chiqarishimiz kerak. Sovet davrida, turli siyosiy va mafkuraviy
sabablarga ko‘ra, o‘zbek davlatchiligining muhim bo‘g‘inlaridan biri bo‘lgan
Qo‘qon xonligi tarixini tadqiq etishga yetarli e’tibor berilmadi.
1 Каримов.И.А Тарихий хотирасиз келажак йук. – Т.: Шарк, 1998. – Б. 19.
3
Qo‘qon xonlarining siyosiy faoliyatini o‘rganish, xonlik tarixini o‘rganishda
g‘oyat muhim hisoblanadi. Jumladan, Xudoyorxonning hukmdorlik davrini
o‘rganish Qo‘qon xonligini tanazzulga olib kelgan sabablarni aniqlashda asosiy
omil bo‘ladi.
Kurs ishining maqsadi va vazifalari. Mazkur ishning asosiy maqsadi
mahalliy tarixnavislar va rus mualliflari tomonidan yaratilgan asarlar asosida
Qo‘qon xoni Xudoyorxonning faoliyatiga xolisona baho berishdir.Tadqiqot uchun
tanlab olingan mavzuni o‘rganishda ishning maqsadidan kelib chiqib quyidagi
vazifalar belgilandi:
- Xudoyorxonning ilk marotaba hokimiyatga kelishi va hukmdorlik davrini
o‘rganish.
- Xudoyorxonning hokimiyatdan ketishi sabablarini qiyosiy tahlil qilish.
- Xudoyorxon davridagi madaniy hayot, ziroatchilik, hunarmandchilik va
savdo sohalarida amalga oshirilgan ishlarni yaxlit o‘rganish. Shu bilan birga
Xudoyorxon shaxsi va faoliyatini o‘rganish Qo‘qon xonligi tarixi bilan bog‘liq
voqealarni xaqqoniy yoritishda muhim ekanligini ko‘rsatib berishdir.
Tadqiqot obyekti va predmeti. Ushbu kurs ishining tadqiqot ob’yekti
Qo‘qon xoni Xudoyorxonning siyosiy portretiga chizgilar, predmeti mavzuga oid
o‘sha davrda yozilgan manbalar, hozirgi kunga qadar ilmiy nashriyotlarda
nashrdan chiqqan yozma manbalar, chet tili va o‘zbek tilida chiqqan ilmiy
adabiyotlar asosida mavzuni o‘rganish.
Davriy (xronologik) chegaralanishi. XIX asr o‘rtalaridan to oxirlarigacha
bo‘lgan davrni qamrab oladi. Jumladan, Xudoyorxonning 1845-1858, 1862-1863,
1865-1875 yillardagi hukmronligi va vafotiga qadar bo‘lgan davrni o‘z ichiga
oladi.
Kurs ishining tuzilishi. Kirish, ikki bob, 4-paragraf, xulosa, foydalanilgan
manba va adabiyotlar ro‘yxatidan iborat bo‘lib, 39 sahifani tashkil qiladi.
4
I-BOB. XUDOYORXON – QO‘QON XONLIGI HUKMDORI
1.1-§ Xudoyorxonning hokimyat tepasiga kelishi va hukmronlik davri
Qo‘qon xoni Abdurahimbiy2(1721-1733) ning nabirasi Sheralixon ibn
Hojibek 1842-yilning kuzida Talas qirg‘izlarining yordamida Qo‘qon xonligi
taxtiga ega bo‘lib oladi. Qipchoqlar jamoasi Sheralixonni qo‘g‘irchoq xon qilib,
o‘zlari mamlakatni boshqara boshlaydilar. Sheralixon hukmronligining so‘nggi yili
(1844) da qirg‘iz jamoalarining O‘sh viloyatini talab ketishlariga barham berish
uchun qipchoqlar rahbari Musulmonqul shoshilinch tarzda Qo‘qon lashkari va
qipchoq jamoasi bilan poytaxtni tashlab O‘shga ketadi3. Ushbu vaziyatdan
foydalangan ayrim amirlar Sheralixonga suiqasd uyushtiradilar va Olimxonning
o‘g‘li Murodxonni taxtga chiqaradilar. Bu paytda Xudoyorxon Namangan hokimi
edi. Musulmonqul O‘shdan tezlik bilan Qo‘qonga kelib, 11 kun hukmronlik qilgan
Murodxonni qatl etadi va Sheralixonning o‘g‘li Xudoyorni xon deb e’lon qiladi. 14
yoshli Xudoyorxonga 12 yoshli qizini nikoh qilib berib xonga qaynota bo‘lgach,
otaliq unvonini ham olgan.
Shu tariqa, Qo‘qonda hokimiyat qipchoq biylari qo‘liga o‘tganligini
ko‘ramiz. Xudoyorxonning otasi Sheralixon amakivachchasi Olimxon davrida
poytaxtdan ketgan va Talas vodiysida yashagan. Shu yerda u ikkita qirg‘iz
xotinidan sakkiz nafar farzand ko‘rgan. Birinchi xotini So‘nadan Malla, So‘fi,
Oftob, Mohlar; ikkinchi xotini Jarqindan Sarimsoq, Xudoyor, Sultonmurod va
Norchuchuk ismli farzandlari bo‘lgan. Katta o‘g‘li Sarimsoq bo‘lsada, sevimli
o‘g‘li Xudoyorxon bo‘lgan.
Xudoyorxon 1831-yilda Talasda to‘g‘ilgan va bolaligi shu yerda o‘tgan.
Uning bolalik yillariga oid ma’lumotlar ozligi bois bu davr xaqida to‘liq va aniq
biror fikr bildirish biz uchun mushkullik to‘g‘dirdi. Shuning uchun ham
Xudoyorxonning bolalik yillariga oid kam ma’lumotlar bilan cheklandik. Otasi
Sheralixon Qo‘qon taxtiga kelganida Xudoyorxon 11 yoshda bo‘lgan.
2 Сулаймонов Ф, Бозорбоев Ф. Ўзбекистон ҳукмдорлари. – Т., 2007. – Б. 7.
3 Муҳаммадҳакимхон Тўра. Мунтахаб ат-таворих. – Т., 2010. – Б. 68.
5
Sheralixon katta o‘g‘li Sarimsoqni Toshkentga, Xudoyorxonni esa
Andijonga hokim etib tayinlagan. Sheralixonni taxtdan olib, o‘ldirilishiga faol qo‘l
urgan ruhoniylar - Zokirxo‘ja shayx ul-islom, domla Xolmuhammad rais, domla
Xo‘jamquli a’lam, Sulaymonxo‘ja, shahar va zamindor ashroflaridan Rahmatilla
dodxoh, Sotiboldi dodxoh, Oxun dodxoh, Muhammadkarim xalifa, Mulla xalifa va
boshqalarni Musulmonqul o‘ldiradi4. Yosh Xudoyorxon qaynotasi Musulmonqul
va qipchoqlar ta’sirida qolib, davlat boshqaruvidan butunlay chetlatilgan edi.
“Shunday zamon bo‘ldiki, - deb yozadi tarixchi Avaz Muhammad, - har kim
o‘zicha hukm surardi. Xon unvoni ma’nosiz bo‘ldi. Musulmonqul va qipchoqning
boshqa ashroflari o‘lkani o‘zaro bo‘lib oldilar”.
Musulmonqul mingboshilik lavozimiga ega bo‘lgach qipchoqlar o‘z
avlodlari bilan guruh-guruh bo‘lib Qo‘qonga kirib yashay boshlaydilar. Shahardagi
aholini haydab chiqarib, yer, mol-mulklariga ega bo‘lib olishadi. Manbalarda xabar
berilishicha, Musulmonqul hatto eski O‘rda yerini ham o‘z qabiladoshlariga bo‘lib
bergan. Qo‘qonda xokimiyatni qo‘lga kiritgach, Musulmonqul Xo‘jandni Turdiboy
qipchog‘ga beradi, Toshkentni ham o‘z tasarrufiga o‘tkazish uchun Sarimsoqxonni
aldab, Qo‘qonga olib keladi va Baliqchiga hokim etib qo‘yadi. Uning yoniga
Xudoyberdi dodxohni boturboshi etib tayinlaydi, ammo tez orada uni ham
o‘ldiradi5.
Musulmonqul Toshkent hokimligini avval Mulla Xolbekka, uch oydan so‘ng
esa Aziz parvonachiga taqdim etadi. Kirovuchi esa Normuhammad qipchog‘ga
beriladi. Mulla Xolbek hokimiyatdan ayrilib, Qo‘konga qaytadi. Shunday qilib,
qipchoqlar o‘rtasiga nizo tushadi. Turkiston hokimi Qanoatshoh esa Xudoyorxon
hokimiyatini tan olmaydi va Aziz parvonachiga e’tiroz bildiradi. Aziz parvonachi
Qanoatshohga qarshi chiqib, Turkistonni yetti oy davomida qamalga oladi va
shaharni suvga bostirib qo‘lga oladi. Qanoatshoh Buxoro amirligiga chiqib ketish
sharti bilan omon qoldiriladi6.
4 Мирзо Олим Махдум ҳожи. Тарихи Туркистон. – Т., 2009. – Б. 112.
5 Мирзо Олим Махдум ҳожи. Тарихи Туркистон. – Т., 2009. – Б. 114.
6 Мирзо Олим Махдум ҳожи. Тарихи Туркистон. – Т., 2009. – Б. 116.
6
1846-yili Musulmonqul boshqa qipchoq zodagonlarining maslahati bilan
O‘ratepaga yurish boshlaydi. Shaharni qamal etib, uning atrofini talon-taroj qiladi.
Qaytishda Xudoyorxon va Musulmonqul oralarida adovat paydo buladi. Xon
Mulla Xolbek qo‘shbegini mingboshi etib, Musulmonqulni Quramaning Obliqiga
surgun qiladi. Toshkentga qaytgach, Aziz parvonachi Musulmonqulning
mingboshilikdan tushganini eshitib, bunga qarshi chiqadi. Endi qipchoqlar
o‘rtasida o‘zaro urushlar boshlanadi.
Biroz o‘tmay Obliqqa7 surgun qilingan Musulmonqul Aziz parvonachi
yordamida ikkinchi marta mingboshilik mansabiga ko‘tariladi. Mulla Xolbek
qipchoq Musulmonqulning o‘rniga vazir bo‘lganida qipchoq ashroflarining
talablarini qondira olmagan edi. Shuning uchun ham qipchoqlar kengashi uning
vazirligiga qarshi chiqadi. Bu nizolardan foydalanib, Norbo‘taxonning nevarasi
Poshshoxo‘ja qo‘zg‘olon ko‘tarib, xon bo‘lmoqchi bo‘ladi. Bundan xabar topgan
qipchoqlar Urganjiy degan joyda uning tarafdorlari Muhammad Diyor qo‘rboshi
Oftobachi bilan to‘qnashib qoladi. Suiqasdchilar tarafdorlari mag‘lub bo‘lib,
ba’zilari Toshkentga qochadi, qolganlari qipchoqlar qo‘liga tushib o‘ldiriladi8.
Aziz parvonachi ham o‘z homiysi Musulmonqulning vazirlikdan tushganini
eshitib, Qo‘qonga qarshilik ko‘rsatadi. Shunda kipchoqlar Toshkentga yurish
qiladi. Ammo shaharni ololmay, yurish qiyinchiliklaridan qaytishga majbur
bo‘ladi. Qaytishda Tilav qishlog‘ida (Qurama yaqinlarida) kengash qilib,
Musulmonqulni qayta mingboshilik lavozimiga ko‘tarish uchun til biriktiradi.
Oqota qishlog‘ida Musulmonqul Xudoyorxon bilan uchrashib, qayta,
uchinchi marta (1848) mingboshi etib tayinlanadi. Bunday natijalardan norozi
bo‘lgan qipchoqlarning boshqa guruhi Mulla Karimqul dasturxonchi, Xotamquli
risolachi, Muhammadnazar Ko‘ro‘g‘li, uning o‘g‘li Xolmuhammad dodxoh,
Normuhammad dodxoh o‘z qo‘shini bilan Aziz parvonachiga qarshi urush qilib,
Toshkentni olishadi. Normuhammad qo‘shbegi Toshkentga hokim bo‘ladi.
7 Облиқ, Обирлиқ – Ангрен шаҳрининг жанубий-ғарбида, Оҳангарон дарёсининг чар қирғоғида жойлашган.
8 Мирзо Олим Махдум ҳожи. Тарихи Туркистон. – Т., 2009. – Б. 14.
7
Shahar Aziz parvonachining uch yillik zulmidan ozod bo‘ladi. Ularning
1847-yili ko‘targan qo‘zg‘olonlaridan qipchoqlarning shu guruhi foydalangan edi.
Qo‘zg‘olon tafsilotining shohidi bo‘lgan, o‘sha kunlari Toshkentning Janggoh
mahallasida yashagan Avaz Muxammad Attor Ho‘qandiy shunday yozib
qoldirgan: «Aziz parvonachi qipchoqlar qamalidan ozod bo‘lib, xazinasi bo‘shab
qolganini bilgach, o‘z yaqinlari maslaxati bilan viloyat aholisiga «muzofot puli»
degan soliq soladi. Toshkentning har ko‘cha va mahallalariga soliq puli
belgilanadi. Bu xabar Aziz parvonachi zulmidan azob chekayotgan shaharliklarga
yetib boradi va ular Muhammadyusufboy parchabof9 boshchiligida qo‘zg‘olon
ko‘tardilar. Aziz parvonachi qo‘zg‘olonchilarga qarshi to‘p va qurollar bilan
chiqadi.
Qo‘zg‘olonchilar Janggoh, Parchabof va Misgar mahallalarida yig‘ilib
turardi. Jangda Aziz parvonachining boturboshisi Rahimbek ibn Qozoq yaralanadi.
Beshyog‘och mahallasidan ham mingga yaqin kishilar topgan narsalari bilan
qurollanib, Parchabof mahallasiga keladi. Aziz parvonachi o‘z O‘rdasida panoh
topadi. Shu payt Shodmonxo‘ja parvonachi Quramadan Normuhammad qo‘shbegi
bilan yetib keladi. U Toshkentning o‘n ikki darvozasini yopib, xalq yordamida
O‘rdani qamal qildi. Normuhammad qo‘shbegi ham yetib keladi va Beshyog‘och
darvozasi oldida to‘xtaydi. Aziz parvonachi lashkarining sarbozlari qamalning ikki
haftasidan keyin uni tashlab keta boshlaydi.
Shu holatda Aziz parvonachi taslim bo‘lganidan so‘ng, uni oila a’zolari bilan
Qo‘qonga jo‘natishadi. Normuxammad qo‘shbegi Toshkentga hokim bo‘ladi10.
1848 – 1849-yillarda qirg‘izlar ham bu o‘zaro urushlarga qo‘shilgan va qipchoqlar
bilan Baliqchi atrofida jang kilib, mag‘lub bo‘lishadi. Qirg‘izlar bilan bo‘lgan
to‘qnashuv qipchoqlarni birlashtirmagan.
Musulmonqulga qarshi bo‘lgan qipchoqlar o‘z boshliqlari Mullo Xolbek,
Muxammad Yor dodxoh, Jumaboy dodxoh, Rahimquli dodxohlar bilan
9 Парчабоф – зар ип билан тўқувчи, парча – зар ип аралаштириб тўқилган қалин ипак мато, кимхобнинг бир
тури. Ўзбек тилининг изоҳли луғати. 3-том. – Т., 2007. – Б. 230.
10 Мирзо Олим Махдум ҳожи. Тарихи Туркистон. – Т., 2009. – Б. 15.
8
Qo‘qon-Andijon vohasiga ketadilar. To‘rt oylardan so‘ng Qo‘qonga qarshi qilgan
yurishlari ham natijasiz tugagan. Ularning boshliqlari esa Musulmonqul tomonidan
qatl etilgan. Toshkent mulki Normuhammad qo‘shbegi hokimligi davrida ham,
Musulmonqul mingboshi bo‘lgan zamonda ham mustaqilligini saqlab qolgan.
Musulmonqul va qipchoqlar hokimiyatidan norozi bo‘lgan xonlikning ko‘p tabaqa
va xalqlari toshkentliklar bilan til biriktirib, mingboshiga qarshi chiqadi.
Musulmonqul Toshkentga kelib, uni qamal qiladi. Shaharni ololmay,
Xo‘jandga keladi va bu yerni Buxoro amiri qo‘shinidan himoya qilib, amir
Nasrulloni qaytishga majbur etadi. U Buxoro qo‘shini o‘rtasida varaqalar tarqatib,
ularni qo‘rqitadi. Jigdalik qishlog‘ida harbiy mashvarat o‘tkazib, amir Nasrulloga
maxsus maktub yuboradi. Unga qipchoqlar tomonidan mag‘lub bo‘lish,
oqibatlarini tushuntirib, bir ko‘chmanchi xalq ustidan g‘alaba qozonishning o‘zi
sharmandalik ekanini aytadi11.
Musulmonqulning diplomatik san’ati katta to‘qnashuvning oldini olgan,
amir Nasrullo Buxoroga qaytadi. Musulmonqul Buxoro qo‘shinlarini quvib,
O‘ratepa mulkini talon-taroj eta boshlaydi. Ikki marta qo‘shin tortganidan so‘ng
O‘ratepa taslim bo‘ladi. Manbalarga qaraganda, xon har yili besh martagacha
O‘ratepaga qarshi yurish tashkil qilar ekan. Hatto bolalar Qo‘qonda «O‘ratepaga
yurish» nomli o‘yinni o‘ylab topgan12.
1848-yili O‘ratepa Qo‘qonga tobe bo‘ldi va Isobek o‘rniga uning
amakivachchasi Ali Shakurbek hokim etib tayinlanadi. Shu voqeadan so‘ng
qipchoqlar orasida yana o‘zaro nizo paydo bo‘lgan. Musulmonqul ikkinchi marta
mansabidan tushirilib, o‘rniga Muxammad Diyor qipchoq vazir bo‘lganda
qipchoqlarning o‘zaro olishuvidan foydalangan Ali Shakur Qo‘qon tobeligidan
chiqmoqchi bo‘lib qo‘zg‘olon ko‘taradi.
11 Мирзо Олим Махдум ҳожи. Тарихи Туркистон. – Т., 2009. – Б. 16.
12 Эшов.Б У
́ збекистон давлатчилиги ва бошкаруви тарихи. – Тошкент., 2012. – Б. 309.
9
Xudoyorxon Farg‘ona aholisidan qo‘shin yig‘ib, O‘ratepaga qarshi yurish
qiladi. 1848-yil aqrab oyida Mug‘ qal’asi hujum bilan olinadi. Ali Shakurbek asir
olinib, Isobek yuz tomonidan o‘ldiriladi.
Shundan keyin O‘ratepa hokimligi G‘ofurbek ibn Muxammad Rahimbek
atoliqqa beriladi. Shu vaqtda Musulmonqul vazirlik mansabini qayta qo‘lga kiritish
uchun Qo‘qonga yurish qilmoqchi bo‘ladi. Muxammad Diyor qo‘shbegi ham o‘z
odamlarini yig‘ib unga qarshi urushga chiqadi. Ammo qipchoq Karimquli
dasturxonchi, Qulbobo risolachi va boshqalar o‘rtaga tushib, Musulmonqulni
Andijonga,
Rahmonquli
dodxohni
Chustga
hokim
qilib
qaytaradi.
Muxammaddiyor mingboshiga qarshi uyushtirilgan suiqasdda xalifa Eshon Safo
ayblanib, u 1849-yili katl etiladi. Musulmonqul yana o‘z kabiladoshlari va
safdoshlari bilan Qo‘qonga hujum qilib, O‘rdani bosib oladi. Muxammaddiyor
Yormozordan Mulla Xolbek va Chustdan Rahmoncha dodxoxni yordamga
chaqiradi13.
Ammo Musulmonqul uchinchi marta mingboshilik mansabiga o‘tirib, ularni
vazifalaridan
chetlashtiradi.
Keyinroq
Muhammaddiyor,
mulla
Xolbek,
Rahmoncha dodxoh, Jumaboylar Duob degan mavzega surgun qilinadi.
1844-yil kuzida esa Musulmonqul Qo‘qonda Normuhammad qo‘shbegining
to‘yida yuqorida tilga olingan qabila peshvolarini tutib o‘ldiradi14.
Mulla Cho‘libek va Eshbiylar esa Turkistonga surgun qilinadi. Endi
qipchoqlarning ko‘p boshliqlari Musulmonqulning vazirligidan norozi bo‘lib, uni
mansabdan tushirmoqchi bo‘lishadi. Musulmonqul ham o‘ziga qarshilik ko‘rsatgan
qabila ashroflariga qarshi chiqa boshlaydi. Uning shunday siyosatidan havfsirab,
mulla Karimqul dasturxonchi Chodak orqali Toshkentga ketadi. Uning ortidan
yuborilgan Qulbobo risolachi qayta poytaxtga bormay, Normuxammad oldida
panox
topadi.
Musulmonqul
Normuxammad
qo‘shbegini
xam
qarshilik
13 Эшов.Б У
́ збекистон давлатчилиги ва бошкаруви тарихи. – Тошкент., 2012. – Б. 310.
14 https://uz.wikipedia.org/wiki/Musulmonqul
10
ko‘rsatishda ayblab, Toshkentga qarshi yurish qiladi. Ammo toshkentliklar uni
qaytishga majbur qiladi.
Bir necha oylardan keyin Musulmonqul yana lashkar yig‘ib Toshkentga
keldi. Shaxar atrofini uning lashkarlari talon-taroj qiladi. Shaxrixon hokimi
Xolmuxammad dodxoh qipchoq Chimkentga yuborilgan bo‘lsa ham, qaytib
toshkentliklarga qo‘shiladi. Bundan oldinroq toshkentliklar tashabbusi bilan
Xudoyorxon ham mingboshiga qarshi chiqmoqchi bo‘lgan. Toshkentda xon oldiga
yashirincha mulla Karimqul va Qulbobo risolachi yuboriladi. Uchinchi yurishda
Musulmonqul bilan Xudoyorxon ham Toshkentga keladi. Musulmonqul
qo‘shinidan bo‘lgan ba’zi boshliqlar ham Normuxammad qo‘shbegiga xabar berib,
xon bilan birgalikda ularga qo‘shilishlarini bildirishadi. Shahar yaqinida sodir
bo‘lgan jangda Namangan hokimi ham toshkentliklarga qo‘shiladi. Ertasi kuni
bo‘lgan
jangda
Musulmonqul
mag‘lub
bo‘ladi.
Uning
lashkarboshilari
Xudoyorxonni olib, Toshkentga kiradilar. Musulmonqul Chodak tog‘lari orqali
qochib, Uchqo‘rg‘onning Ketmontepa qishlog‘iga boradi15.
Toshkent lashkarboshilari va ashroflari Muhammadniyoz qo‘shbegi,
Muhammadqosim parvonachi - mingboshi, Muxammad - Rajab qo‘rboshi,
Madyoqub
qo‘shbegi,
Muxammadyusuf
mirzaboshi
qipchoklar
(aslida
Musulmonqul tarafdorlari)ni yo‘q qilish maqsadida Normuhammad qo‘shbegi
mingboshining roziligini oladilar16.
Oliy xon hukumatini Xudoyorxonga berishni maslahat qilib, qo‘shin
yig‘ishadi va Qo‘qonga kelishadi. Chorbog‘i to‘ra nomli bog‘ga tushib,
Xudoyorxon bilan ham til biriktirib, Qo‘qon oqsoqollarining roziligini olishadi.
Shundan so‘ng Qo‘qon shahri va uning atroflaridagi joylarda qipchoqlar qirg‘ini -
qatli omi boshlanadi. Qipchoqlardan O‘tabbiy va Normuhammad qo‘shbegilar tirik
qoladilar. Birinchisini xon, ikkinchisini Toshkent ashroflari himoya qilganlar.
15 Мирзо Олим Махдум ҳожи. Тарихи Туркистон. – Т., 2009. – Б. 120.
16 Мирзо Олим Махдум ҳожи. Тарихи Туркистон. – Т., 2009. – Б. 121.
11
Xudoyorxon qolgan qo‘shini bilan Toshkentga kiradi va unin mustaqil xonlik davri
boshlanadi.
Shu orada xon yo‘qligidan Abdullobek ibn Poshshoxo‘ja foydalanib,
Qo‘qonda hukumatni qo‘lga oladi. Ammo Toshkentdan Mirzod qo‘shbegi va
mullo Karimquli dasturxonchi yetib borib, Abdullobekni o‘ldiradi. Mirzod
qo‘shbegi o‘zini xon deb e’lon qiladi. Unga qarshi Xudoyorxon Toshkent lashkari
bilan yetib keladi va uni qatl ettiradi. Qirg‘iz-qipchoq qo‘shini ham Bilqalama
degan mavzeda jam bo‘lishadi. Avaz Muhammad Xo‘qandiy ma’lumotiga
qaraganda, Xudoyorxon Toshkent, Namangan, Andijon va Marg‘ilonga odam
yuborib, qipchoqlar qirg‘ini haqida farmon bergan ekan. U Toshkentga maxsus
qo‘shin yuborib, Muhammadniyoz ponsad, Qosim ponsad, Niyozali ponsadlar
bilan til biriktirib bitim tuzadi. Ular hokimlari Normuhammad qo‘shbegi oldiga
kelib, Qo‘qonga borib Xudoyorxonni tabriklab kelishni maslahat berishadi.
Toshkent voliysi ikki ponsad17 qo‘shin bilan Qo‘qonga olib kelinadi.
1852-yil 14-noyabrda toshkentliklar Qo‘qonga kirib keladilar. Qipchoqlar
jamoasi bu qatli omdan xavfsirab, Bilqalama mavzeiga qochib borishadi. Ular
maktubini olgan Musulmonqul ham Ikkisuvgakeladi va olti minglik qipchoq-
qirg‘iz qo‘shiniga bosh bo‘ladi. Xonlikning aksariyat shahar va qishloqlarida
yashayotgan begunoh qipchoqlar asirlikka olinadi, ko‘plari bola-chaqalari bilan
qochib ketishadi. Xudoyorxon yig‘ma qo‘shin bilan qipchoqlarga qarshi borib,
birinchi jangdayoq mag‘lub bo‘ladi, o‘zi qamalda qoladi. Qipchoq qo‘shinining bir
qismi Qo‘qonga kelib, shaharga bostirib kirmoqchi bo‘ladi. Shunda shahar qozisi
Muhammad Nazar inoq va Xoniquli sarkorlar shahar mudofaasini tashkil qilishadi.
Xudoyorxon qo‘shinida bo‘lgan So‘fibek, Sulton Murodbek hamda
lashkarboshi Xo‘ja Mo‘min, Muhammadnazar, Sayfuddinlar qochib ketishadi.
«Zafarnomayi Xudoyorxoniy» asarida buning sababi quyidagicha izohlanadi: xon
Musulmonquldan ozod bo‘lib, taxtga o‘tirgach, yuqorida zikr qilingan kishilarga
17 Понсад - понсадбоши (форс, понсад — беш юз) — Ўрта Осиё хонликларида қўлланилган ҳарбий унвон.
Баъзан «дастабоши» («отряд бошлиғи») деб ҳам юритилган. Понсад 500 кишидан иборат ҳарбий қисмга
бошчилик қилган. Ўзбекистон Миллий энциклопедияси. – Т., 2005. – Б. 342.
12
mansab va vazifalarni berib, ba’zilarini alohida mulklarga hokim etib tayinlaydi.
Ularning har biri «o‘z mulk»lariga qochib ketmoqchi bo‘lishadi. Faqat akasi
Mallabek bergan madadi natijasida, Xudoyorxon mag‘lubiyatdan va qamoqdan
ozod
bo‘lib,
qipchoqlardan
ustun
keladi.
Qipchoqlar
Namangan
va
To‘raqo‘rg‘onga hujum qilmoqchi bo‘ladilar, ammo mag‘lub bo‘lib orqaga
qaytadilar.
Ikkinchi jangda ham xon g‘alaba qozonadi va qipchoklar o‘zaro
maslahatlashib Musulmonqulni tutib xonga berishadi. Xudoyorxon uni Yo‘lchibek
dodxoh himoyasida Qo‘qonga yuboradi va qatl ettiradi. Mirzoolim Mushrifning
o‘zining “Ansob us-salotin va tavorix ulxavoqin” asarida qipchoqlar qirg‘inini
“qon daryo bo‘lib oqti, go‘yo qiyomat bo‘ldi” deb tariflaydi18.
Xon qo‘shinlariga qipchoqlar Bilqillama tarafdan otlanib, uchga bo‘linib
hujum qilganlar. Musulmonqul boshliq qipchoqlar qo‘shini mag‘lubiyatga
uchratilgach, xon davlatini o‘zi boshqarishga muyassar bo‘ladi. Xudoyorxon eng
kuchli bo‘lgan qipchoq ijtimoiy ildiziga qattiq zarba beradi, ularning mol-
mulklarini musodara qilib, o‘troq aholi ishonchini qozonish uchun bu mulk yarim
bahosida sotiladi. Shu bilan Qo‘qon xonligida birmuncha osoyishtalik
ta’minlangan. Ammo o‘n yil davom etgan ixtilof va urushlar dehqon ahliga katta
zarar yetkazgan edi. Shahar ashroflari va mulkdorlar siyosiy hokimiyat va davlat
boshqaruvidan chetlatilgan edi.
Arkoni davlat maslaxati bilan janobi xon – deb yozadi Mirzoolim Mushrif
yuqorida nomi keltirilgan asarida, - o‘z akasi Mallabekka Toshkandni beradi.
Mallabek Toshkand va Dashti qipchoq hukmdoriga aylanadi. Shu yerda uni ko‘r
Qo‘ldosh va Niyozalibiy xonga qarshi muxolifatga undaydi. Ularga O‘ratepa
hokimi Rustambek ham qo‘shilib fitna boshlaydi. O‘ratepaga xon farmoni bilan
Muhammad Qosim mingboshi lashkar tortib qamal qiladi. Akasining muxolifatini
tushunib yetkan Xudoyorxon Xo‘jandga keladi. Mallabek xon xuzuriga muzokara
uchun ko‘r Qo‘ldoshni yuboradi.
18 Мирзоолим Мушриф. Ансоб ус-салотин ва таворих ул-хавоқин. – Т., 1995. – Б. 52.
13
Ammo Xudoyorxon elchini o‘ldirib, Xo‘janddan Toshkent tomon yo‘l
oladi. Xon Kirovuchidan Mallabek nomiga Mavlono Muhammad-Rajab munshiy
orqali xat yozib yuboradi va uni qarshilikdan to‘xtatmoqchi bo‘ladi. Ammo
Mallabek Qo‘qon ashroflari, harbiy boshliqlar va ukasi Xudoyorxonga itoat
etmaydi.
Yuqorida ta’kidlanganidek, Xudoyorxon Toshkent urushi davomida
O‘ratepaga qarshi Qosim mingboshini yuborgan edi. Ammo Toshkent qamalidan
oldin xon Qosim mingboshini qayta chaqiradi va birgalikda Mallabekka qarshi
chiqishadi. Mallabek urushlarda mag‘lub bo‘lib, 1853-yili ba’zi lashkarboshilari
bilan Buxoroga qochadi. Xudoyorxon Shodmonxo‘ja parvonachini Toshkent
viloyatiga hokim etib, Qo‘qonga qaytadi. Tarixchi Mirzoolim Mushrif xonlikda
mazkur voqealar sodir bo‘layotgan vaqtda ruslar Oqmasjidni bosib olganliklarini
ham yozib qoldirgan19.
1853-yili Oqmasjid graf Perovskiy tomonidan bosib olinadi. Qal’a hokimi
To‘raqul (Abdu Vali) va qal’a himoyachilari halok bo‘lishadi. Manbalarning xabar
berishicha, qamal davomida 30 nafar, hujum vaqtida esa 212 nafar qo‘qonlik halok
bo‘lgan, shulardan 4 nafar ayol, 2 nafar bola 217 nafar yaralanganlar bilan birga
ruslar tomonidan asir olingan20.
Voqealardan
xabar
topgan
Xudoyorxon
Shodmonxo‘ja
dodxox,
Muxammadkarim shayx va Sarimsoq dodxox boshchiligida Oqmasjid ustiga
qo‘shin yuboradi. Lashkarboshilar 1853-yil yozda Toshkent, Qurama hamda
Qo‘qon qo‘shini bilan ruslarga karshi chiqmoqchi bo‘lib, Turkisgonga keladi.
Keyinrok Oqmasjid oldidagi urushda mag‘lub bo‘lib, qayta Turkisgonga, u yerdan
Toshkentga qaytishadi. Xudoyorxon Qo‘qon lashkarboshilarini qo‘rqoqlik va
jangdan qochishda ayblaydi. Qo‘qonga qaytgan Shodmonxo‘ja, Sarimsoq dodxoh
va Muhammad Karim shayxlarga O‘rda maydonida ayollar kiyimi kiydirib
qo‘yiladi. Ular tahqir qilinib, so‘ng o‘z qo‘shinlariga yuboriladi.
19 Мирзоолим Мушриф. Ансоб ус-салотин ва таворих ул-хавоқин. – Т., 1995. – Б. 55.
20 Мирзо Олим Махдум ҳожи. Тарихи Туркистон. – Т., 2009. – Б. 20.
14
Shundan so‘ng Oqmasjidga Muxammad Qosim mingboshi boshchiligida
qo‘shin yuboriladi. Ruslar bilan bo‘lgan birinchi to‘qnashuvdayoq xonlik askarlari
chekinishga majbur bo‘lgan. Bir necha ulamolar Muxammad Qosim mingboshi
ustidan tuxmat qilib, uning o‘rniga Muxammad Niyozbekni mingboshi qiladilar.
Oqmasjid ruslar qo‘liga o‘tadi. Xudoyorxon esa aysh-ishratga berilib, shikor
qilmog‘ga ruju qo‘yadi. O‘g‘li Nasriddinbekning to‘yini qish avvalidan to
baxorgacha nishonlaydi. Xaloyiqqa osh-non, exson berib tomoshalar ko‘rsatadi.
Andijon hokimi So‘fibek to‘y qilib xonni taklif etadi.
Mirzoolim Mushrif asarida “xon (Xudoyorxon) Valixon to‘ra Xojakalonga
muxlis edilar” - deb yozadi. Shu sababli uni shikorda hamroh qilur edilar. Shunday
hamrohlikdagi bir ovda Xudoyorxon Valixon to‘raga o‘z akasining musofirlikda
g‘urbat chekishi, o‘zining esa farog‘atda yurishi to‘g‘ri emasligini, akasi
Mallaxonni qaytarish masalasida mastlaxatlashadi. Shunda Valixon to‘ra “Bu
masalada xon akalarining fe’lidan xabardordirlar. Ikki qo‘chqorni boshi bir
qozonda qaynamas” – deb javob beradi.
Shunga qaramasdan Valixon to‘ra vafot etganidan keyin Xudoyorxon akasi
Mallaxonni saroyga qaytaradi. Bu xonning katta xatosi bo‘lgan deb aytish
mumkin.
Chunki
Mallaxonning
Qo‘qonga
qaytishi
yangi
fitnalarning
boshlanishiga sabab bo‘lgan. Bu orada O‘ratepa hokimi Rustambek xonlikka
qarshi harakat boshlaydi. Xonlik qo‘shinlari Xudoyorxon boshchiligida qal’ani
qamal qiladilar. Shahar qamalga bardosh beradi. Chekinishdan keyin xonlik
qo‘shinlari Oqsuv vohasida mag‘lubiyatga uchratiladi. Muhammad Solihning
xabar berishicha, Xudoyorxonning bu yerdagi yo‘qotishi 12 ming kishini tashkil
etgan edi. O‘ratepaliklarga asirga tushgan qo‘qonliklar keyinchalik har biri 250
tilla tangadan tovon evaziga qaytariladi21.
Xudoyorxonning O‘ratepadagi mag‘lubiyati amir Nasrulloga qo‘l keladi. U
O‘ratepani qo‘lga kiritib, Xo‘jandni qamal qiladi. Xudoyorxon poytaxtni himoya
qilishga tayyorgarlik ko‘ra boshlaydi. Bunday vaziyat xonning akasi Mallabekka
21 Набиев Р. Из истории Кокандского ханства. – Т., 1973. – С. 54.
15
qo‘l kelagan. Xudoyorxondan norozi bo‘lgan amirlar, ayniqsa qirg‘iz va qipchoqlar
Mallabekni quvvatlaydilar. Mallabek yordam so‘rab Qorasuvdagi yirik qirg‘iz
feodallaridan biri Olimbiy ibn Hasanbiyga murojaat qiladi. U Mallabekka rozilik
beradi. Jiddiy yordamni qo‘lga kiritgan Mallabek Qo‘qonga yurish qiladi. Yo‘lda
unga xonlikning sharqiy hududlaridagi amirlar ham qo‘shiladilar. Yormozorda
o‘sha davrning yuqori darajadagi amaldorlari tomonidan Mallabek xon deb e’lon
qilinadi.
16
1.2-§ Xudoyorxonning darbadarlik yillari
XIX asrning ikkinchi yarmidan boshlab chor Rossiyasi O‘rta Osiyo
shaharlarini birin-ketin bosib olib, imperiya hududini kengaytira boshladi.
Xususan, 1866-yilda Xo‘jand, O‘ratepa va Jizzax tobe etildi. Bu hududlar
ma’muriy jihatdan birlashtirildi va mustamlakaga aylantirildi. 1867-yilda
Turkiston general-gubernatorligining tashkil etilishi va unga generel-ad’yutant fon
K.P.Kaufmanning gubernator etib tayinlanganligi mazkur hududdagi uch mustaqil
davlat – Qo‘qon, Xiva xonliklari va Buxoro amirligining keyingi tarixida daxshatli
voqealarga sabab bo‘lganligini tarixiy manbalar orqali bilib olishimiz mumkin.
Jumladan, Qo‘qon xonligida davlat chegaralarining qisqarib qolganligi
soliqlarning me’yoridan oshishiga, bu esa o‘z navbatida aholi turmushining
yomonlashuviga, xalq noroziligiga sabab bo‘ldi. Bu jarayonga chor Rossiyasi
hukumati doim aralashib turgan. Masalan, 1874-yil 31-may kuni fon Kaufman
Xudoyorxonga yozgan maktubida: “Agar o‘z fuqarolaringizni boshqarish usullarini
o‘zgartirmas ekansiz, u holda taqdiringiz yomon tugashini oldindan aytib
o‘tmoqchiman”, deb yozadi22. Taxt uchun kurashlar, o‘zaro o‘rushlar, soliqlarning
ko‘payib ketishi esa nafaqat mehnatkashlarni, balki boshqa tabaqalarning ham
ahvolini og‘irlashtirib yuboradi23.
Buning natijasida xonlikda tez-tez qo‘zg‘olonlar bo‘lib turadi. Oldingi bobda
ta’kidlaganimizdek, mana shunday qo‘zg‘olonlardan eng kattasi 1873-yili
boshlanib ketdi va bu “Po‘latxon qo‘zg‘oloni” nomi bilan tarixga kirdi24.
Xonlikda soxta Po‘latxon (xaqiqiy Po‘latxon Qo‘qon xoni Murodxonning
o‘g‘li bu vaqtda Buxoroda yashar edi) paydo bo‘lib, Xudoyorxonning barcha
yaqinlarini o‘ziga og‘dirib, unga qarshi isyon ko‘taradi. Bu isyon boshida xonning
ishonchli kishisi bo‘lgan Abduraxmon oftobachi turgan edi. Shu sababdan ham
“Bir necha arkoni davlat bo‘ldi bu ishga sabab, Fitnaboshi Abdurahmon avliyo
22 Юсупов Ш. Худоёрхон ва Фурқат. – Т., 1995. – Б. 10.
23 Ўзбекистон миллий энциклопедияси. – Т., 2005. – Б. 262.
24 Бобобеков Ҳ. Худоёрхон // Турон тарихи. – Т., 2005. 3-сон
17
bo‘ldi, darig‘” – deb yozadi Mirzoolim Mushrif o‘zining “Ansob us-salotin va
tavorix ul-xavoqin” asarida25.
Shuni ta’kidlash joizki Xudoyorxon o‘zi ishongan kishilari, farzandlarining
yuz o‘girganidan va soxta Po‘latxonni o‘z otalaridan ham ustun qo‘yganliklaridan
qattiq ranjiydi. Har tomonlama yakkalanib, qattiq iskanjaga olingan Xudoyorxon
1875-yil 24-iyul kuni taxtni tashlab Qo‘qondan Xo‘jandga qochishga majbur
bo‘lagan26.
Mana shundan so‘ng Xudoyorxonning darbadarlik yillari boshlanadi, deb
aytishimiz mumkin. Yuqorida aytib o‘tganimizdek, 1875-yil iyun oyida Turkiston
general-gubernatori fon Kaufman Qoshg‘arga Yettisuv viloyati va G‘o‘lja
tumanlarini ko‘rikdan o‘tkazish va taftish qilish maqsadida fligeladyutant
Skobelevni yuborgan. Skobelev marshruti Qo‘qon orqali bo‘lgani uchun u bilan
birga Qo‘qonga, Xudoyorxon huzuriga diplomatik qism bo‘yicha maxsus vazifalar
amaldori Veynberg va Qo‘qonning Rossiyadagi vakili Mirza Hakim Parvonachi
yuboriladi. Ular qo‘zg‘olon avjiga chiqqan vaqtda Qo‘qonning Shahid Mozor
qishlog‘i yonida Xudoyorxon bilan uchrashishga muvafaq bo‘ladilar.
Xudoyorxon diplomatik missiya bilan Qo‘qonga tashrif buyurgan rus elchisi
va polkovnik Skobelevlar bilan birga 22-iyulda yo‘lga chiqadi. Ularga rus
savdogarlarining Qo‘qondagi ishonchli vakillari ham kelib qo‘shiladilar. Xon
Mahram va Xo‘jand yo‘llariga chiqadigan Katta G‘oziyog‘liq darvozasidan
chiqsak qo‘zg‘olonchilar bizning maqsadimizdan voqif bo‘lib, yo‘lni to‘sib
qo‘yishlari mumkin, degan fikrga borib, o‘z ihtiyoridagi lashkarlarga (68 ta
zambarak, 4 ming piyoda va 2 ming otliq askarlar) Mo‘ymuborak darvozasidan
chiqib, undan 8 vyorst27 masofada pozitsiya egallashni buyuradi. So‘ngra o‘zi
o‘sha darvoza orqali lashkar huzuriga keladi. Xon kelgandan so‘ng, otliq askarlar
uni tashlab, Qo‘qonga qarab ketib qoladilar. Ularning ortidan to‘pchilar ham
ergashadilar. Ular zambaraklarni tashlab, otlarga minib, shaharga qarab yo‘l
25 Мирзоолим Мушриф. Ансоб ус-салотин таворих ул-хавоқин. – Т., 1995. – Б. 89.
26 Юсупов Ш. Худоёрхон ва Фурқат. – Т., 1995. – Б. 11.
27 Вёрст – узунлик ўлчови бўлиб, 1 вёрст 1.0668 км га тенг бўлган.
18
oladilar. So‘ngra navbat piyoda askarlarga keladi. Piyodalar ham yo‘lga otlanib,
bog‘lar ichida tarqalib ketadilar. Bunday xiyonatni ko‘rib Xudoyorxon aravalar va
oila a’zolariga Xo‘jand sari harakat qilishini buyuradi, o‘zi ham ular bilan birga
yo‘lga tushadi28.
Bu orada otliq askarlarning bir guruhi Qo‘qondan qaytib kelib, xon va uning
hamrohlarini ta’qib eta boshlaydi. Ular Mahramgacha qochoqlarning orqasidan o‘q
uzib, ularni quvib boradilar. Polkovnik Skobelevning buyrug‘iga binoan kazaklar
vaqti-vaqti bilan otdan tushib, otliq dushmanning siquvini to‘xtatishga muvaffaq
bo‘ladilar. Mahramdan keyin ta’qib etish to‘xtatiladi, chunki Xo‘jand uyezdi
boshlig‘i baron Nolde 20 nafar merganni otlarga mindirib, Ispisor qishlog‘I
chegaralariga yordamga yuborgan edi.
Is’hoqxon Junaydulloxoja
o‘g‘li Ibrat
“Farg‘ona
tarixi” asarining
“Xikoya”sida xon Qo‘qondan chiqib Mahram qal’asiga borganligini, u bilan birga
Mulla Ma’ruf dodxox va qozoq askarlari birga ketganligini, xon tuni bilan
o‘xlamaganligini va hatto bir so‘z ham demaganligini yozadi. Mahram o‘rdasida
o‘tgan bu vaqtda xon ehtimol o‘tgan umrini sarhisob qilib, undagi savob va
gunohlarini, amalga oshira olmagan ishlarini birma-bir eslagan, yoki kelajakda
nima qilishi zarur ekanligini uylagan bo‘lsa ajab emas. Har holda xonning bu taxlit
ahvolidan pushaymonda ekanligini taxmin qilishimiz mumkin. Shunday qilib, xon
Mahram qal’asidan chiqib, Xo‘jand shahridan 12 chaqirim o‘zoqlikda joylashgan
Isfisor qishlog‘ida yana bir tunni o‘tkazganidan so‘ng, 24-iyul kuni Xo‘jandga
kirib keladi.
Xudoyorxonning o‘sha kunlardagi fojiali ahvoli haqida “Turkestanskiye
vedomosti” quyidagicha yozgan edi: Xon choshgohdan keyin Xo‘jandga keldi va
uyezd boshlig‘ining uyiga joylashdi. Bu yerda uni faxriy qorovul va harbiy musiqa
kutib turardi. Shahar va qishloq aholisi xonni ancha xayrixohlik bilan kutib oldi.
Xon ko‘chalarga odamlar unchalik ko‘p to‘planishini xohlamagan, shuning uchun
28 Туркестанский сборник. – Т. 148. – С. 54.
19
tayyorlab qo‘yilgan uyga xonni bozor o‘rtasi bilan emas, balki shahar chetidagi
aylanma yo‘l bilan olib borildi29.
1873-yilda Qo‘qon xonligi poytaxtida sodir bo‘lgan xalq qo‘zg‘oloni,
xonning o‘g‘li Nasriddinbekning taxt ilinjida o‘z otasidan yuz o‘girganligi
Xudoyorxonni 1875-yilda Qo‘qonni tashlab chiqib ketishga majbur etganligini
yuqoridagi qayd etib o‘tdik. Xo‘jand orqali Toshkentga kelib, Turkiston generel-
gubernatori fon Kaufmandan madad ololmagach, Xudoyorxon xonlik taxtini
qaytarib olish umidida Peterburgga, Rossiya imperatori Aleksandr II huzuriga yo‘l
olgan. Bu davrni biz Xudoyorxonning o‘z yurtidan olisda o‘tgan musofirlik yillari
deb o‘rgandik. Chunki 1875-yil 12-avgust kuni Peterburgga boorish maqsadida
yo‘lga chiqqan Xudoyorxon qaytib o‘z yurtiga kela olmaydi, umrining oxiriga
qadar musofirlikni boshidan o‘tkazadi.
Xudoyorxon o‘ziga yaqin navkarlari, ahli ayollari bilan Toshkentdan chiqib
Chimkentga boradi. U yerda bir kecha yotib, ayrim navkarlariga in’om va ehson
qilib javob berdi30. Bu yerda, - deb yozadi tarixchi Ibrat o‘zining “Farg‘ona tarixi”
asarida, - xon xizmatidagi Atobek noyib va Xudoyorxon o‘rtasida ko‘ngilsiz
suhbat bo‘ladi. Olti yuz ellik sipohni olib, Atobek noyib Chimkentdan Qo‘qonga
qaytib ketadi. Xon qolgan kishilar bilan yo‘lida davom etib Turkiston boradi31.
Xudoyorxon ko‘nglining bir chekkasida Peterburga ketyapmanu o‘z
yurtimga qaytib kela olmasligim ham mumkin, degan mudhish hayol o‘tgan bo‘lsa
kerakki, Turkistonga borganda bir xovli uy olib, rafiqasi Og‘acha oyim, o‘g‘illari
O‘rmonbek va Fansurullobekga bir necha mulozimlarni posbon qilib qoldirganligi
haqida Mirzoolim Mushrif “Ansob ussalotin va tavorix ul-xavoqin” asarida
quyidagilarni yozadi: Besh-olti kun turib ketti Turkistong‘a, O‘rmonbekni tashlab
ketti bog‘-bo‘stong‘a, Ravon bo‘ldi O‘runburun shahristong‘a.
Shundan so‘ng Peterburg yo‘lidagi eng katta shaharlardan bo‘lmish
Orengburgda to‘xtab, u yerning generel-gubernatori Krijanovskiy bilan uchrashib,
29 Юсупов Ш. Худоёрхон ва Фурқат. – Т., 1995. – Б. 11.
30 Мирзоолим Мушриф. Ансоб ус-салотин ва таворих ул-хавоқин. – Т., 1995. – Б. 91.
31 Ибрат. Фарғона тарихи // Мерос. – Т., 1991. – Б. 317.
20
unga o‘z hol-ahvolidan xabar berish maqsadida shaharga kirib keladi. Biroq, o‘sha
kunlari
Krijanovskiy
shaharda
bo‘lmagan.
Uning
mahkama
hodimlari
Xudoyorxonga general-gubernator shaharga qaytishini kutish kerakligini qat’iy
ravishda ta’kidlaydilar. Oradan bir necha kun o‘tgach, shaharga qaytgan
Krijanovskiy xonni soxta mehribonchilik bilan kutib oladi, mehmon qiladi, o‘zi
ham unga mehmon bo‘ladi. Xudoyorxonga poytaxtdan alohida ko‘rsatma
kelguniga qadar Orenburgda yashab turishi zarur ekanini aytadi.
Aslida uning haqiqiy niyati xonni Orenburgda qattiq nazorat ostida surgun
sharoitida saqlash bo‘lgan. Rossiyaga erkin mehmon sifatida borib, rus
imperatoridan yordam olaman, deb o‘ylagan Xudoyorxon o‘zining erki yulib
olinganini, yarim mahbus sifatida yashashga majbur ekanini keyinchalik tushunib
yetgan bo‘lsa ajab emas. Xonning erksiz kunlari boshlanib, poytaxtdan o‘zi haqida
qachon ko‘rsatma kelishini general-gubernator mahkamasidan so‘rayso‘ray holdan
toygan Xudoyorxon endi Orenburgdan hali-beri ketishi mushkul ekaniga ko‘nikib
qoladi. Ortga qaytishi ham yoki Peterburgga borishi ham noma’lum bo‘lib
qolgach, xon shu yerda bir necha yil istiqomat qilib qolgan. “Туркестанские
ведемости”da yozilishicha, Xudoyorxon Orenburgga kelishi bilan Vodyanaya va
Atamanskaya ko‘chalari kesishgan joyning burchagidan yog‘ochdan qurilgan uy
sotib olib, o‘zi birga olib ketgan Xudoyorxon u yerda besh kun turib, ahli ayollari
bilan vidolashib, Turkistondan jo‘naydi. U yerdan Qulunsuron degan yerga boradi.
Xudoyorxon ko‘nglining bir chekkasida Peterburga ketyapmanu o‘z
yurtimga qaytib kela olmasligim ham mumkin, degan mudhish hayol o‘tgan bo‘lsa
kerakki, Turkistonga borganda bir xovli uy olib, rafiqasi Og‘acha oyim, o‘g‘illari
O‘rmonbek va Fansurullobekga bir necha mulozimlarni xotinlari, qarindosh urug‘
va xizmatkorlari bilan birgalikda shu uyda yashay boshlaydi. Aytishlaricha, u bu
yerda hech kim bilan bordi-keldi qilmagan va kamgap bo‘lib qolgan. Ko‘pchilik
uni o‘z darvozasi oldida boshini ham qilib g‘amgin o‘tirganini ko‘rishgan32.
32 Акром ўғли А. Худоёрхон қайерда ўлган // Туркистон. 1992. 14 апрел.
21
Orenburgda surgunda yashayotgan Xudoyorxon 1293 xijriy yilning
24-muharramida, ya’ni 1876-yil 20-fevralda Nasriddinxonga Qo‘qonga maktub
yo‘llaydi. Bundan ma’lum bo‘ladiki, Xudoyorxon Qo‘qon voqealaridan ham, o‘g‘li
Nasriddinxonning taxtdan ag‘darilganidan ham bexabar bo‘lgan. Fors tilida
yozilgan bu maktubning to‘la matni keyinchalik, 1890-yil 3-oktyabrda “Turkiston
viloyatining gazeti”ning 39-sonida ruscha tarjimasi bilan birgalikda e’lon
qilingan33.
Xudoyorxonning mazkur xati Nasriddinxonning xatiga javob bo‘lib, unda
Qo‘qonning sobiq xoni yangi xonni toju-taxt bilan muborakbod etadi. Qilgan
nomaqbo‘l ishlaridan afsusda ekanligini bildiradi. Taxtdan umidini uzganini
bildirar ekan, xon o‘g‘liga davlatni boshqarishda odil va mehribon bo‘lish
kerakligini o‘qtiradi. Xudoyorxonning Orenburgdan yozgan xati Qo‘qonga yetib
kelgunga qadar bu yer allaqachon ruslar tomonidan bosib olingan edi. Ushbu xat
“Turkiston viloyatining gazeti”da chop etilgan paytda Nasriddinxon hayotdan ko‘z
yumgan edi.
Bu davrda Krijanovskiy Xudoyorxonni bir necha marotaba o‘z huzuriga
chaqirib gaplashadi. Peterburg va Toshkentda xonning keying taqdirini belgilab
berishi mumkin bo‘lgan idoralar va amaldorlar bilan yozishmalar olib boradi.
Xudoyorxon Krijanovskiydan o‘zini Peterburgga imperator huzuriga yuborishni
iltimos qilgan. Uning bu iltimosi imperatorga yetkazilganda, general-ad’yutant graf
Geyden Krijanovskiyga 1875-yil 27-sentyabrda: “Oliy hazrat o‘z irodalarini
ma’lum qilib, Xudoyor Sankt-Peterburgga kelmasin, deya buyurdilar”, degan
mazmunda telegramma beradi.
Xudoyorxon o‘zining hajga borishiga ruxsat berishlarini iltimos qilgan. Shu
munosabat
bilan
1875-yil
6-noyabrda
Rossiya
harbiy
vaziri
Milyutin
Krijanovskiyga: “hozir sharqda notinchlik bo‘lib turgan sharoitda Xudoyorxonni
Makkaga chiqarib yuborish noqulay bo‘ladi, kechiktirish kerak”, deb telegramma
beradi. Iltimoslari inobatga olinmagandan keyin Xudoyorxon, Moskvada bir boy
33 Юсупов Ш. Хоннинг сўнгги илинжи // Ўзбекистон адабиёти ва санъати. 2004. 12 декабр.
22
qarindoshi borligini, o‘shanikiga borib yashash orzusida ekanini ma’lum qiladi.
Xonning bu maqsadiga imperator tomonidan mone’lik yo‘q edi.
Chunonchi, Bosh shtab boshlig‘i graf Geydenning Krijanovskiyga 1875-yil
21-noyabrda yozgan xatida imperator Xudoyorxonga mamlakatning Peterburg va
Turkistondan tashqari hududlarida yashash uchun o‘ziga joy tanlashiga ruxsat
bergani aytilgan.Biroq ikki yildan ortiqroq vaqt mobaynida bu masala ham hal
etilmaydi. Tashqi dunyodan butunlay ajratib quyilgan Xudoyorxon Orengburgda
diqqinafas bo‘lib yashayveradi.
Yozma manbalarda ta’kidlanishicha, Xudoyorxon uchinchi marotaba taxtni
egallaganida, adolat bilan siyosat yuritishga intilgan va xech kimga gina, xusumat
qilmagan, chunki Xudoyorxon ikkinchi marotaba taxtdan ketganida, “agar men
yana taxtga o‘tirsam, hammaga teng podsho bo‘laman, birini biridan farq
etmayman” deb qasam ichgan ekan34.
34 Мухаммад Азиз Марғилоний. Тарихи Азизий. – Т., 1999. – Б. 14.
23
II-BOB. XUDOYORXON DAVRIDA QO‘QON XONLIGIDAGI
IJTIMOIY-IQTISODIY VA MADANIY HAYOT
2.1-§ Xo‘jalik hayoti: ziroatchilik, hunarmandchilik, savdo.
Avvalgi Qo‘qon xonlari zamonida bo‘lgani kabi Xudoyorxon davrida ham
xonlikda asosiy tirikchilik mashg‘uloti o‘zgarmagan. Ya’ni aholining katta qismi
dehqonchilik bilan shug‘ullanar edi. Shuning uchun ham xonlik ho‘jalik hayotida
sug‘orish ishlari doimo dolzarb ahamiyat kasb etgan. Xudoyorxon onasi Jarqin
oyim vafot etgandan keyin uning vasiyatiga binoan Qo‘qonda “Hokim Oyim”
madrasasini qurdirishi va bu madrasa vaqfiga Shahrixon daryosidan ariq
qazdirganligi ham yuqoridagi fikrlarimizni asoslaydi. Ulug‘naxr deb nomlangan
ushbu ariqning qazilishidan maqsad Asaka mavzesining yuqorisida charxpalak
yordamida qirlarga suv olib chiqish bo‘lgan. Mazkur ariqni qazish xalqning tekin
xizmati evaziga amalga oshirilgan35.
Xudoyorxon topshirig‘i bilan Ulug‘nor (Ulug‘nahr) arig‘ining qazilishi
Asaka atrofidagi bepoyon yerlarni o‘zlashtirish imkonini bergan. Sun’iy
sug‘orishning rivojlantirilishi dexqonchilikning va umuman vodiyda ishlab
chiqarish kuchlarning o‘sishiga olib kelgan. Farg‘ona vodiysida yerlarning ko‘pi
davlatning ixtiyorida bo‘lgan, uning muayyan qismigagina xususiy kishilar egalik
qilgan. Bulardan tashqari vaqf yerlari mavjud edi. Xudoyorxon hukmronligi
davrida Qo‘qon xonligi 15 ta beklikka bo‘lingan bo‘lib, bu bekliklarni uning
o‘g‘illari va qarindoshlari deyarli mustaqil tarzda boshqarganlar. Ular xonning
xazinasiga ma’lum miqdorda mablag‘ to‘lar edilar, xolos. Toshkent va Xo‘jand
ruslar qo‘liga o‘tgandan so‘ng, Qo‘qon xonlarining mulki faqat Sirdaryoning
yuqori oqimida joylashgan Farg‘ona vodiysidan iborat bo‘lib qoladi. Uning aholisi
atigi 700 ming kishi bo‘lib, asosan o‘zbeklar, sartlar va qirg‘izlar (qora qirg‘izlar
yoki yovvoyi tog‘li qirg‘izlar) dan iborat edi.
Farg‘ona vodiysining yerlari o‘zining unumdorligi bilan dong taratganligi
ma’lum. Paxta, g‘alla, sholi, turli mevali daraxtlar bu yerda eng yuqori hosil
35 Муҳаммад Азиз Марғилоний. Тарихи Азизий. – Т., 1999. – Б. 79
24
bergan. Buni “Туркестанский сборник”da keltirilgan quyidagi faktlardan ham
bilib olish mumkin. To‘plamda yozilishicha, “Xonlikning 700 ming aholisi
uzluksiz qo‘zg‘olon va tartibsizliklar sharoitida ham xon xazinasiga 800 ming
so‘m pul va 8 million pud g‘alla berardi. Bundan tashqari mahalliy beklar va soliq
yig‘uvchilar ham xalqdan katta miqdorda turli ulponlar undirib olganlar”.
Bu davrda Qo‘qon xonligidaga yer egaligi deyarli o‘zgarmasdan qolgan. Yer
va suv hukmron tabaqa mulki hisoblanib, yerga egalikning 4 turi mavjud bo‘lgan:
xiroj yerlar – yer egalarining xususiy yerlari; davlat yoki amlok yerlari – xonga
qarashli yerlar, o‘rmonlar, to‘qaylar, yo‘llar, ko‘priklar; xususiy yerlar – xonning
maxsus farmoyishi bilan yirik amaldorlarga berilgan yerlar; vaqf yerlari – diniy
muassasalarga, ya’ni masjid, madrasa, mozorlarga qarashli yerlardir. Bundan
tashqari yana qishloq jamoasiga qarashli bo‘lgan yerlar, adirlar va ko‘llar bo‘lib,
undan aholi umumiy teng ulushda foydalanganlar36.
Amlok xon ixtiyoridagi yerlar bo‘lib, “zamini xos” deb ham atalgan. Bu
yerdan keladigan barcha daromad xonning xazinasiga kelib tushgan. Bunday yerlar
xon tomonidan ayrim gurux va shaxslarga berilgan. Unga egalik qilganlar yerni
o‘zlari so‘g‘orib, olingan soliqdan xonga soliq to‘laganlar.137
Yerga egalikda mulk, ijara, urg‘u, tanxo shakllari ham bo‘lgan.
Mulk – boylarga qarashli yerlar bo‘lib, ular dehqonlarga ijaraga berilagan.
Ijara – muayyan shartlar evaziga beriladigan barcha ko‘chmas va ko‘chadigan
mulk – yer, ariq, tegirmon, tim, rasta, ulov va boshqalarni o‘z ichiga oladi.
Urg‘u esa – musodara qilish yo‘li bilan xon mulkiga aylantirilgan yoki gunohkorni
qo‘lga olishda jonbozlik ko‘rsatgan shaxslarga beriladigan yer va boshqa mol-
mulklardir. Tanxo – hukmdor tomonidan alohida xizmatlari evaziga amlok
yerlardan ba’zilarining in’om etilish natijasida paydo bo‘lgan mulk shakli
hisoblanadi. Mazkur yerlardan soliq yig‘ish tanxo egalari – tanhodorlarning o‘z
ixtiyorida bo‘lgan37.
36 Воҳидов Ш. Қўқон хонлигида тарихнавислик. – Т., 2010. – Б. 63.
37 Воҳидов Ш. Қўқон хонлигида тарихнавислик. – Т., 2010. – Б. 64.
25
Shu bilan birga Xudoyorxon davrining o‘ziga xos tomonlaridan yana biri
soliqlarning ko‘pligi bilan izohlanadi. Bu davrda olinadigan soliqlar xalqqa juda
og‘ir bo‘lib, ular yana turli hasharlarda, ayniqsa xon va boylarning uy, saroy,
dalalarida qurilish inshootlarida bepul ishlab berishga majbur qilingan.
Ma’lumotlarga qaraganda, rasmiy soliqlar hiroj, zakot, tarozi solig‘i, daryodan
o‘tish uchun soliq va boshqa maxsus soliqlardan iborat bo‘lgan. Soliqlar xossachi
va bekliklarga bo‘lingan.
Xossachi – bu daromad xon xazinasiga tushgan. Beklik – bu daromad bek
xazinasiga tushgan. Xon xazinasiga deyarli barcha soliqlar kelib tushgan, lekin ular
asosan Qo‘qon shahri va uning atrofidagi qishloqlardan yig‘ilgan. Boshqa
yerlardan esa xon xazinasiga faqat quyidagilar tushar edi: tovar va xayvonlarda
yig‘iladigan zakot, Sirdaryo kechuvlaridan va tuzdan olinadigan boj, xossachi
joylardan olinadigan soliq, xon mablag‘iga qurilib, ijaraga berilagn do‘kon,
karvonsaroy, omborlardan olinadigan soliq, to‘y marosimlaridan yig‘iladigan
soliqlar38.
Xudoyorxon o‘z xazinasini boyitish maqsadida savdo karvonlari,
savdogarlar, sotuvchi va haridorlardan olinayotgan soliqlar kamlik qilgandek, o‘z
odamlari orqali turli xil ayiq uyinlari, masqarabozlar chiqishlarini ham tashkil
etgan. Afsuski, soliq yig‘ishda Xudoyorxon shular bilan cheklanmay, yangidan-
yangi, xatto shariatga xilof bo‘lgan soliq turlarini ham joriy qilgan39.
Masalan, “marhumi meros” deb ataluvchi soliq turi ko‘pchilikning
noroziligiga sabab bo‘ladi. Joriy etilgan talabga ko‘ra, vafot etgan kishilarning
vorislari qatorida xazinaga ham bir kishilik meros ajratilishi lozim bo‘lgan. Agar
voris bo‘lmasa, vafot etgan kishidan qolgan merosning hammasi davlat haznasiga
o‘tkazilishi kerak edi40.
Bu
albatta
xalqning
keskin
noroziligiga
sabab
bo‘ladi.
Xatto
Xudoyorxonning hokimiyatdan butkul mosuvo bo‘lishiga sabab bo‘lgan Po‘latxon
38 Худоёрхонзода. Анжум ат-таворих. – Т., 2014. – Б. 323.
39 Арслонзода Р. Россия истилоси ва Худоёрхон // ФДУ хабарлар (илова-тўплам). 2001. – Б. 106.
40 Юсупов Ш. Худоёрхон // Жаннатмакон. 2009. феврал. – Б. 34
26
boshchiligidagi qo‘zg‘olon ishtirokchilari qipchoq, qirg‘iz, turk va tojik
rahbarlarining asosiy e’tirozi ham mana shu “marhumi meros” solig‘ining joriy
etilishidan edi41.
Ta’kidlash joizki, Xudoyorxon zamonida dehqonchilikning o‘sishiga
monand ravishda hunarmandchilik ham keng quloch yoygan. Ayniqsa,
to‘qimachilik, ko‘nchilik, kulolchilik, tikuvchilik, bo‘yoqchilik, misgarlik,
temirchilik, duradgorlik va hunarmandchilikning boshqa turlari rivojlangan. Ular
faqat ichki extiyoj uchun emas, balki tashqi bozor uchun ham turli-tuman nafis
mahsulotlarni ishlab chiqarganlar.
V.P.Nalivkining ma’lumotiga qaraganda, bir kunda temirchi – 20 tiyindan
40 tiyingacha, bo‘yoqchi - 40 tiyindan 60 tiyingacha, ip-gazlamalar to‘quvchi – 15
tiyindan 30 tiyingacha, ipak gazlamalar to‘quvchi – 20 tiyindan 40 tiyingacha,
charmdo‘z – 40 tiyindan 70 tiyingacha, duradgor va suvoqchi – 50 tiyindan 1
so‘mgacha, juvozkash – 15 tiyindan 30 tiyingacha sof daromad olgan. Bu
daromadlarning qiymatini bilish uchun bir dona qo‘yni 2 so‘mga sotib olish
mumkinligini taqqoslab ko‘rish qiyin emas42.
Hunarmand-kosibchilik, paxtachilik, ipakchilik (pillakashlik), chorvachilik
va shu kabilar Qo‘qon xonligida nisbatan yaxshi o‘ringa qo‘yilgan edi. Bulardan
tashqari xonlikda qazib olinayotgan yer osti boyligi ham ma’lum darajada ta’sir
etgan. Ammo ularni ishlab chiqarish shunchalik sodda va kam ediki, ular ehtiyojni
qondira olmas edi. Masalan, xonlikda ishlab chiqarilgan metall Rossiyadan olib
kelingan metallga nisbatan qimmatga tushardi. Hunarmandchilik texnikasi qoloq,
oddiy va unda ishlab chiqarilgan mahsulotlarning miqdori aholi ehtiyojini yetarli
darajada qondira olmagan. Qo‘qon Marg‘ilon va Namangan shaharlarida ip va ipak
matolar (atlas, shoyi, beqasam, adras, chit, bo‘z) to‘qilgan. Shuningdek, boshqa
hunarmandchilik tarmoqlarida xo‘jalik asboblari, dehqonchilik uchun kerakli
41 Мирзоолим Мушриф. Ансоб ус-салотин таворих ул-хавоқин. – Т., 1995. – Б. 85.
42 Худоёрхонзода. Анжум ат-таворих. – Т., 2014. – Б. 321.
27
uskunalar, qurol-yarog‘lar, zargarlik buyumlari, qog‘oz va boshqa narsalar ishlab
chiqarilgan.
Qo‘qon xonligida ishlab chiqarilagan mahsulotlar chet ellarga ham olib
chiqilar va ularga talab ham bor edi. Shuning uchun bu sohalar ma’lum darajada
rivojlanib brogan.
Afsuski, Xudoyorxon xukmronligining uchinchi davrida tashqi savdoda
Rossiya monopoliyasi qo‘qonlik hunarmandlarni qiyin ahvolga solib qo‘ygan.
Chunki Toshkent orqali Rossiyadan Qo‘qonga chit, temir, jez, qozonlar,
samovorlar, sandiqlar, qand-shakar va baqqollik mahsulotlarining olib kelinganligi
Qo‘qon xonligidagi qo‘l mehnati asosida ishlovchi hunarmandlarning mahsulotiga
bo‘lgan talabning kamayishiga, bu esa mahalliy hunarmandlarning xonavayron
bo‘lishiga olib kelgan, deyishimiz mumkin.
Qo‘qon xonligiga safar qilgan rus sayyoh, elchi va savdogarlari tomonidan
to‘plangan ma’lumotlar asosida yaratilgan “Туркестанский сборник”ning
458-jildida “Qo‘qon ocherklari” nomli katta maqola berilgan. Unda yozilishicha,
xonlikning poytaxti sifatida barpo etilgan Qo‘qon shahri juda qulay joyda qurilgan.
Shahar sharqiy va g‘arbiy Turkistonni birlashtirgan karvon yo‘lida joylashgan.
Qo‘qon xonligida savdo-sotiq katta va muhim o‘rin egallagan. U ichki va
tashqi savdoga bo‘lingan. Xonliklarda ichki savdoda asosan qadimgi davrdan beri
o‘zaro ko‘chmanchi chorvador, o‘troq dehqonlar va shahar-qishloq hunarmandlari
mahsulotlariga asoslangan edi. Aholi o‘zining ehtiyojlarini asosan o‘z hududidagi
mahsulotlar bilan qondirishgan. Kambag‘al ko‘chmanchilar asosan o‘zining
chorvachilik mahsulotlaridan foydalanganlar, o‘zlari to‘nlarini, oyoq kiyimlarini
ham tayyorlar edilar. Dehqonlar ham o‘zlarini o‘zlari mahsulotlar bilan
ta’minlashlari mumkin edi.
Shahar va qishloq hunarmandlari yuqori sifatli mahsulotlar ishlab chiqarib
asosan chetga va o‘zlarining boy aholisiga va talabgorlarga sotar edilar. Ko‘p
hunarmandlarning bog‘ va polizlari, ayrimlarining dalalari ham bo‘lib, o‘zlari
qo‘shimcha sabzavot, meva va g‘alla hosilini olish imkoniyatlari ham bor edi.
28
Kasbning ixtisoslashtirilishi esa boshqa sohaga vaqt ajratishga imkoniyat
qoldirmasdi va bozorda o‘z mahsulotlarini sotib, o‘zlariga kerakli buyum va oziq-
ovqat sotib olish imkonini berardi. Shuning uchun ham bozorlarda kundalik extiyoj
mahsulotlari ko‘proq sotilganligini e’tirof etishimiz mumkin.
Qo‘qon bozori xaftada uch kun ishlardi: yakshanba, chorshanba va
panshanba kunlari. Bu kunlari Qo‘qon va atrofdagi shahar va qishloqlardan ko‘p
miqdorda turli xil buyum va mahsulotlar keltirilgan43.
Geografik jihatdan qulay joyda joylashganligi sababli Qo‘qon O‘rta
Osiyoning muhim savdo markazlaridan biriga aylangan. Qo‘qon bozori juda katta
bo‘lib, Buxoro bozoridan keyin O‘rta Osiyoda ikkinchi o‘rinda turgan.
XIX asrning 60-yillarida shaharda Xudoyorxon 500 do‘kondan iborat yirik bozor
qurdirgan. Har bir do‘kon yiliga 5 tillodan 10 tillogacha xon xazinasiga daromad
keltirgan44.
Xudoyorxon xukmronligi davrida Qo‘qon xonligi tashqi savdo yo‘nalishlari
kengayib, Buxoro amirligi va Xiva xonligi qatori Afg‘oniston, Eron, Hindiston,
Rossiya, qozoq dashtlari, Qoshg‘ar, Xitoy Turkiya va arab mamlakatlari bilan olib
borilagan an’anaviy bevosita va bilvosita savdo aloqalari rivojlanib borgan.
Xonlikning tashqi savdo aloqalarida muhim o‘ringa ega mamlakatlardan biri
Hindiston edi. Bu mamlakatga Qo‘qondan asosan xom ipak, ipak va yarim ipak
matolar, quritilgan mevalar, ro‘yan, echki momig‘i jo‘natilgan.
Hindistondan Qo‘qon xonligiga attorlik buyumlari, dorivor giyohlar,
“muslin” deb nomlanuvchi yupqa mato, Banoras kimxobi, Kashmir ro‘mollari,
hind parchalari, ip-gazlamalar, chopon, belbog‘, diniy xarakterdagi kitoblar, indigo
(nil), murch, ziravorlar, shakar, guruch, shinni, qimmatbaho tosh, choy va ingliz
mollari – surp, sallalik va kiyimlik doka, chit, qurol-yaroq va boshqa buyumlar
keltirilgan. Bu mamlakatdan keladigan mollarning katta qismini choy tashkil etgan.
43 Ҳошимов.У, Маманазарова М. Ўзбекистонда савдо маносабатлари ва тадбиркорлик тарихи. – Фарғона.,
2011. – Б. 77.
44 Мадраҳимов З. Қўқон хонлигида савдо муносабатлари. Тарих фан. ном. дисс, автореферати. – Т.,
2009. – Б. 22.
29
Xonlikka Hindistondan Kobul orqali 1872-yil yanvardan 1874-yil dekbrgacha
bo‘lgan 25 oy ichida 559720 funt miqdorida choy keltirilgan.
Shu muddatda Hindistondan keltirilgan xar bir qop choy o‘rtacha 50 tilloga
baholanib, bir qopda 4 pud choy bo‘lgan. XIX asrning 60-yillari o‘rtalarida
xonlikdan yiliga Buxoro amirligi, Afg‘oniston va Hindistonga 200 ming rubllik
mol chiqarilgan. Ular orasida 8000 pud ipak ham bo‘lgan. Qo‘qon xonligi
Afg‘oniston bilan ham faol savdo aloqalarini o‘rnatgan. Xonlikning Afg‘onistonga
eksport qiluvchi asosiy mahsuloti ipak hisoblangan. Hindistonda bo‘lgan
yevropalik sayyohlar ma’lumotiga ko‘ra, XIX asrning 50-yillarida Hirotdan
Shikorpurga oliy navli “Qo‘qon ipagi” olib kelingan bo‘lib, Kobulda ham eng
sifatli ipak “Qo‘qon ipagi” nomi bilan taniqli bo‘lgan. Afg‘onistondan Qo‘qon
xonligiga Buxoro orqali afg‘on qilichi, xanjari, to‘n va sallalari, gilamlar, dorivor
giyohlar, qo‘y, tulki mo‘ynalari, jun gazlama, buzgundj bo‘yog‘i, Buxoro
qorako‘lidan farq qiluvchi qorako‘l terisi va hind, ingliz, fors mollari keltirilgan45.
Xonlik arab mamlakatlari va Turkiya shaharlari bilan muayyan savdo
aloqalari olib borgan. Bu jarayonda har yili Makka va Madina ziyoratiga otlangan
hojilar ham muhim rol o‘ynaganlar. Toshkent bojxonasi ma’lumotlariga ko‘ra,
1871-yil iyun oyida Qo‘qondan Toshkent orqaliMakka va Madinaga 400 dona ipak
ro‘mol, 1872-yil may-avgust oylarida esa Makkaga 23 ming 545 rubllik mol
jo‘natilgan. Mashhur Marg‘ilon ipak gazlamalari, ro‘mollar, kurpa va xonlikning
boshqa mahsulotlari Turkiya bozorlarida ham o‘z xaridoriga ega bo‘lgan.
Xudoyorxon davrida Qo‘qon – Buxoro munosabatlari turlicha bo‘lishiga
qaramay, savdo aloqalari doimiy olib borilgan. Buning asosiy sababi shunda deb
uylaymizki, Buxoroning Sharqiy Turkiston bilan savdo munosabatlari va Xitoy
mollariga bo‘lgan talabi Qo‘qon savdogarlari orqali qondirilgan bo‘lsa, Qo‘qon
bozoriga Hindiston, Afg‘onistondan olib kelinadigan mahsulotlarda buxorolik
45 Мадраҳимов З. Қўқон хонлигида савдо муносабатлари. Тарих фан. ном. дисс, автореферати. – Т.,
2009. – Б. 19.