XUSUSIY KAPITAL SHAKLLANISHI VA TA’SISCHILAR BILAN HISOBLASHISHLAR AUDITI
Yuklangan vaqt
2025-02-25
Yuklab olishlar soni
1
Sahifalar soni
20
Faytl hajmi
44,3 KB
XUSUSIY KAPITAL SHAKLLANISHI VA TA’SISCHILAR BILAN
HISOBLASHISHLAR AUDITI
REJA:
1.Ustav kapitalini tekshirishning maqsad va vazifalari
2.Ta’sis hujjatlarini tekshirish
3.Dastlabki hujjatlarni tekshirish
4. Xususiy kapitalni auditorlik tekshiruvidagi audit amallari
5.Aktsiyadorlar ulushi va dividendlari auditi
Tayanch so’z va iboralar: Xususiy kapital, uning tarkibi, ustav kapitali,
aksiyadorlar, aksiyadorlar reystri, qo‘shilgan kapital, zaxira kapitali, emission
daromad, mulklarni qayta baholash bo‘yicha tuzatishlar, tekinga olingan mulk,
kelgusi davr xarajatlari va to‘lovlari rezervi, taqsimlanmagan foyda.
1.Ustav kapitalini tekshirishning maqsad va vazifalari
Korxona ustav kapitali uning ustavi va ta’sis shartnomasiga muvofiq qoidaga
ko’ra, ta’sischilarning hissalari hisobiga barpo etiladi. U korxonaning xo’jalik
faoliyatidan olinadigan foydasi hisobiga, zarur bo’lganda ta’sischilarning maqsadli
badallari hisobiga ham to’ldirilishi mumkin.
Korxona ustav kapitaliga hissa sifatida binolar, inshootlar, qurilmalar va boshqa
moddiy qiymatliklar: er, suv va boshqa tabiiy resurslardan foydalanish huquqlari,
shuningdek, boshqa mulkiy huquqlar (shu jumladan, kashfiyotlardan foydalanish
uchun, «NOU XAU» va boshqa nomoddiy aktivlar); qo’shma korxona ishtirokchi
davlatlarining valyutalaridagi erkin ayirboshlanadigan valyutalarda pul mablag’lari
qo’shilishlari mumkin.
Ustav kapitalini auditorlik tekshiruvidan o’tkazishdan maqsad, ustav
kapitalining holati aks ettiriladigan moliyaviy hisobot ko’rsatkichlarining
ishonchliligi, hamda uni hisobga olish uslubiyotining me’yoriy hujjatlarga
muvofiqligi to’g’risida fikr shakllantirishdan iborat.
Tekshiruvni korxona yuridik maqomini va ustavida belgilangan faoliyat
turlarini, ta’sischilar va ular ulushlarining tarkibi hamda summasini, ustav
kapitalining moliyaviy-xo’jalik faoliyatini amalga oshirish uchun etarliligini
aniqlashdan boshlash maqsadga muvofiq.
Ta’sis hujjatlari, ustav kapitalini shakllantirishga doir dastlabki hujjatlar, hisob
registrlari va hisobot ma’lumotlarini tekshirish quyidagi tartibda amalga oshiriladi:
-
ta’sis hujjatlari (ustav, ta’sis shartnomasi) mavjudligi, shakllari va to’g’ri
rasmiylashtirilganligi;
-
ta’sis hujjatlari mazmunining amaldagi qonunchilak va me’yoriy hujjatlar
talablariga muvofiqligi;
-
ta’sischilar ulushlarining ustav kapitaliga to’liq va o’z vaqtida qo’shilishi;
-
ta’sischilar mulk shaklida qo’shadigan ulushlarining to’g’ri baholanishini
tekshirish;
-
ustavda ko’rsatilgan faoliyat turlarining qonuniyligini tekshirish;
-
ustav kapitali hajmining ta’sis hujjatlari va O’zbekiston Respublikasi
qonunchiligiga muvofiqligi;
-
ustav kapitalining to’liq va to’g’ri shakllantirilganligi;
-
ta’sischilarning ustav kapitaliga o’z ulushlarini qo’shish bo’yicha yakuniy
hisob-kitoblar uchun qonunda belgilangan muddatlarga rioya qilinishi;
-
ustav kapitalini shakllantirishga doir muomalalarning buxgalteriya hisobi
schyotlarida to’g’ri aks ettirilganligini tekshirish;
-
ustav kapitaliga ulushlarning haqiqatan ham qo’shilganligini aniqlash;
-
ustav kapitali hajmi o’zgarishining asosliligi, ustav va ta’sis shartnomasining
qayta ro’yxatdan o’tkazilganligini hamda bu haqda tegishli hisob registrlari va
hisobotda aks ettirilganligi.
Ushbu vazifalarni bajarish uchun quyidagi ma’lumot manbalari tahlil qilinadi:
-
korxonaning huquqiy maqomini, ustav kapitalini shakllantirish va
hisobga olish masalalarini tartibga soladigan asosiy qonun hujjatlari va
yo’riqnomalari;
-
ta’sis hujjatlari (notarial idora tomonidan tasdiqlangan ustav va ta’sis
shartnomasi);
-
moliyaviy, statistik va boshqa tegishli hisobotlar;
-
ustav kapitalini shakllantirish bo’yicha muomalalar hisobga olingan dastlabki
hujjatlar, analitik va sintetik hisob registrlari;
Me’yoriy hujjatlarga muvofiqlik masalasini tekshirish uchun ustav kapitalini
shakllantirish va hisobga olish qoidalarini o’zida mujassamlashtirgan me’yoriy
hujjatlar to’plami zarur. Bunday to’plam tekshirilayotgan korxonaning o’ziga xos
jihatlarini hisobga olgan holda shakllantiriladi.
2. Ta’sis hujjatlarini tekshirish
Auditor ta’sis hujjatlarini tekshirishda quyidagilarni aniqlaydi:
- ta’sis hujjatlarida qanday faoliyat turlari ko’zda tutilgan;
- haqiqatda amalga oshirayotgan faoliyat turlarining ta’sis hujjatlariga
muvofiqligi;
- O’zbekiston Respublikasining «Ayrim faoliyat turlarini litsenziyalash
to’g’risida»gi qonuniga muvofiq litsenziyalanishi lozim bo’lgan faoliyat turlari va
litsenziyalarning mavjudligi.
Litsenziyalanishi lozim bo’lgan faoliyat turlari bo’yicha litsenziyalar
mavjudligi va ularning amal qilish muddatlari tekshiriladi. Chunki, korxona bunday
faoliyat turlari bilan shug’ullanish huquqiga litsenziya olingan yoki unda
ko’rsatilgan vaqtdan boshlab ega bo’ladi va ushbu huquq litsenziya amal qilish
muddati o’tishi bilan to’xtatiladi. Tegishli litsenziyalarga ega bo’lmasdan amalga
oshirilgan faoliyat turlari noqonuniy hisoblanadi. Agar korxona bitta ta’sischi
tomonidan tashkil etilgan bo’lsa, bunda u mazkur ta’sischi tomonidan tasdiqlangan,
tegishli hoqimiyat organidan ro’yxatdan o’tgan va notarial idora tomonidan
tasdiqlangan ustav asosida faoliyat ko’rsatadi. Ta’sis hujjatlari bilan tanishish
auditorga mulk egasi kim ekanligini va kimning manfaati uchun tekshiruv
o’tkazilayotganligini aniqlashga imkon beradi.
Agar korxona bir necha ta’sischilar tomonidan tashkil etilgan bo’lsa, u holda
ta’sis shartnomasi tuzilishi lozim, ustav esa ta’sischilar tomonidan tasdiqlangan
bo’lishi lozim. Masalan, mas’uliyati cheklangan jamiyatlar (MChJ) barcha
ta’sischilar tomonidan imzolangan ta’sis shartnomasi va ustav asosida tashkil etiladi
va faoliyat ko’rsatadi.
Auditor tegishli ta’sis hujjatlarining mavjudligini va ularni tasdiqlash hamda
davlat ro’yxatidan o’tkazish qoidalariga rioya qilinishini aniqlaydi. Korxona
ta’sischilar tomonidan uni tashkil etish to’g’risidagi qaror qabul qilingan vaqtdan
boshlab emas, balki davlat ro’yxatidan o’tgan kundan boshlab yuridik shaxs
maqomiga ega bo’lgan deb hisoblanadi. Shu boisdan, davlat ro’yxatidan o’tganlik
to’g’risidagi guvohnomaning mavjudligini, agar ta’sis hujjatlariga o’zgartirishlar
kiritilgan bo’lsa, qayta ro’yxatdan o’tkazilganligini tekshirish lozim.
Auditor ta’sis shartnomasi bilan tanishishda, unda qanday shartlar
keltirilganligini aniqlaydi. Jumladan:
-
mulklarni ulush sifatida qo’shish (topshirish)
-
faoliyatda ishtirok etish;
-
foyda va zararlarni ta’sischilar o’rtasida taqsimlash;
-
korxona faoliyatini boshqarish va unda ta’sischilarning ishtiroki;
-
ta’sischilarning korxonadan chiqishi.
Mas’uliyati cheklangan jamiyatlar (MChJ) ta’sis shartnomasida yuqorida sanab
o’tilgan ma’lumotlardan tashqari quyidagi shartlar ham bo’lishi lozim:
-
ustav kapitalining tarkibi va hajmi to’g’risida;
-
har bir ta’sischi ulushining hajmi va uni o’zgartirish tartibi;
-
ta’sischilar ulushlarining tarkibi, hajmi va topshirish muddatlari;
-
ulushlarni qo’shishga doir majburiyatlarni buzganlik uchun javobgarlik;
-
ta’sischilar tomonidan qo’shiladigan ulushlarning jami summasi.
Auditor korxona ustavi bilan tanishish chog’ida unda quyidagilar ko’rsatilganliini
aniqlaydi:
-
korxonaning o’ziga xos hususiyatlari va tashkiliy-huquqiy shaklini
ifodalaydigan nomi;
-
korxonaning davlat ro’yxatidan o’tkaziladigan, joylashgan o’rni;
-
ustav kapitalining ko’lami va uning barcha ta’sischilar o’rtasida ulushlarga
taqsimlanishi;
-
korxonaning maqsadi va faoliyat turlari;
-
ijro organlarini saylash yoki tayinlash tartibi;
-
korxona boshqaruv organining tarkibi va vakolatlari hamda ular tomonidan
qaror qabul qilish tartibi;
-
dividendlar taqsimlash tartibi;
-
amaldagi qonunchilikda ko’zda tutilgani hamda ta’sischilar bilan kelishilgan,
lekin qonunchilikka zid kelmaydigan boshqa zarur masalalar. Shuningdek, ta’sis
hujjatlarini tekshirishda korxonaning tashkiliy-huquqiy shaklini e’tiborga olish
zarur. Masalan, aktsiyadorlik jamiyatining ta’sischilari tomonidan tasdiqlangan
ustavida, ustav kapitalining ko’lami to’g’risidagi ma’lumotlar bilan birga jamiyat
tomonidan chiqariladigan aktsiyalarning toifalari, ularning nominal qiymati va
miqdori, aktsiyadorlarning huquqlari to’g’risidagi shartlar har xil bo’lishi lozim.
Aktsiyadorlik jamiyatining barcha aktsiyalari bir aktsiyador tomonidan sotib
olinganda, aktsiyadorlik jamiyatini bir kishi tashkil etgan hisoblanadi yoki bir
aktsiyadordan iborat bo’ladi. Bu holdagi ma’lumotlar aktsiyadorlik jamiyati ustavida
qayd qilingan, ro’yxatga olingan va hamma tanishishi uchun e’lon qilingan bo’lishi
kerak.
Ishtirokchilar tarkibini tahlil qilishda, aktsiyadorlik jamiyati va mas’uliyati
cheklangan jamiyat yagona ishtirokchisi sifatida, bitta shaxsdan iborat xo’jalik
yurituvchi sub’ekt bo’la olmasligiga e’tibor berishi kerak.
Aktsiyadorlik jamiyatlari va mas’uliyati cheklangan jamiyatlarda ham yuridik
shaxslar, ham jismoniy shaxslar ta’sischi sifatida ishtirok etishlari mumkin.
Qo’shma korxona ustav kapitaliga o’zbekistonlik ishtirokchi tomonidan
qo’shiladigan hissa xorijiy ishtirokchilar bilan kelishuvga ko’ra milliy valyutada
qanday baholansa, kelishilgan baholar bo’yicha chet el valyutasida ham jahon
bozoridagi bahoni hisobga olgan holda shunday baholanadi.
Xorijiy ishtirokchining hissasi ham shu tartibda qo’shma korxonani tashkil
etish haqidagi shartnoma imzolangan kundagi yoki uning ishtirokchilari kelishgan
boshqa sanaga amalda bo’lgan O’zbekiston Respublikasi Markaziy Bankining
rasmiy valyuta kursi bo’yicha so’mga hisoblab o’tkazish yo’li bilan baholanadi.
Jahon
bozori
bahosi
bo’lmaganda
qo’shilayotgan
mulklar
qiymati
ishtirokchilarning kelishuviga muvofiq aniqlanadi.
Ta’sis hujjatlarini tekshirishda amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq har bir
tashkiliy-huquqiy shakldagi xo’jalik yurituvchi sub’ekt uchun turli mas’uliyatlar
belgilanishini inobatga olish zarur.
Korxona ta’sischilarining soni va ularning ustav kapitalidagi ulushini tekshirish
chog’ida auditor ta’sischilarning eng ko’p soni va bir ta’sischining ustav kapitalidagi
eng ko’p ulushi, hamda ustav kapitalining eng kam ko’lami tegishli yuridik shaxs
uchun qo’llaniladigan Qonun bilan aniqlanadi.
Ushbu talablarga rioya qilinishi korxonaning faoliyat ko’rsatishi, hamda
kreditorlarning manfaatlarini huquqiy va iqtisodiy himoyalash shartlaridan biri
hisoblanadi. Korxona sof aktivlari maqdorining uning utav kapitalidan oshib ketishi
(yoki teng bo’lishi) to’g’risidagi majburiy talablarga rioya qilinishi shu
maqsadlardagina tekshiriladi.
Korxonaning xususiy kapitalini tekshirish uchun zarur ma’lumotlar moliyaviy
hisobotning quyidagi shakllarida aks ettiriladi:
Buxgalteriya balansida (OKUD bo’yicha 1-shakl):
Ta’sislarning ustav kapitaliga qo’shadigan ulushlari bo’yicha qarzlari –
aktivdagi II-«Aylanma aktivlar» bo’limining «Ta’sischilar bilan hisoblashishilar»
moddasi (4610-schyot) (280-satr);
Passivdagi I»O’z mablag’lari manbalari» bo’limida ustav kapitali (320 satr),
qo’shilgan kapitali (330 satr), zahira kapitali (340 satr), taqsimlanmagan foyda (350
satr);
Xususiy kapital to’g’risidagi hisobot (5-shakl) da
Xususiy kapitalning tarkibi bo’yicha : yil boshiga qoldig’i (010 satr 3, 4, 5, 6,
7, 8, -ustunlar), yil davomidagi o’zgarishi (020-070 satrlar) va yil oxiriga qoldig’i
(080-satr).
3. Dastlabki hujjatlarni tekshirish
Ta’sischilar ulushlarining ustav kapitaliga qo’shilganligini tasdiqlovchi
hujjatlarga
dalolatnomalar,
nakladnoylar,
bank
ko’chirmalari,
to’lov-
topshiriqnomalari nusxalari, kassa kirim orderlarining kvitantsiyalari va boshqa
dastlabki hujjatlar misol bo’la oladi. Ustav kapitaliga ulush sifatida qo’shiladigan
mulklarga egalik qilish huquqini tasdiqlovchi hujjatlarga ko’chmas mulk, er
uchastkalari, transport vositalari, intellektual mulk va shunga o’xshashlarga egalik
qilish huquqini tasdiqlovchi guvohnomalar kiradi.
Tashkiliy hujjatlar:
-
davlat ro’yxatiga olinganligi to’g’risida guvohnoma;
-
buyruqlar va farmoyishlar;
-
aktsiyadorlar va ta’sischilar bilan yozishmalar;
-
aktsiyalarga obuna bo’lish natijalari to’g’risidagi, savdo natijalari
to’g’risidagi, ta’sischilar yoki aktsiyadorlar majlisining bayonnomalari;
-
soliq inspektsiyada hisobga olinganligi to’g’risida ma’lumotnoma, davlat
statistika organlari, tegishli sug’urta tashkilotlari va boshqa byudjetdan tashqari
tashkilotlarda ro’yxatga olinganligi to’g’risida guvohnoma;
-
amaldagi qonunchilikka muvofiq litsenziyalanishi lozim bo’lgan faoliyat
turlari uchun berilgan litsenziyalar;
-
yuritilayotgan hisob shaklidan qat’iy nazar ochiq turdagi aktsiyadorlik
jamiyatlari aktsiyadorlar reestrini ham tekshiruvga taqdim qiladi.
Ustav kapitaliga ta’sischilar tomonidan ulushlarni qo’shish muddatlariga rioya
qilinishini va to’liqligini tekshirishda quyidagilarga e’tibor berilishi lozim:
-
ustav kapitalining to’liq shakllanganligi;
-
ta’sischilar haqiqatda qo’shgan ulushlarining ta’sis hujjatlarida belgilangan
shartlarga mosligi;
-
ta’sischilar tomonidan ustav kapitaliga ulushlarni qo’shishda qonunchilik va
ta’sis hujjatlarida belgilangan muddatlarga rioya qilinishi.
Ustav kapitalining shakllanishini tekshirish chog’ida tekshirilayotgan
korxonaning tashkiliy-huquqiy shaklini ham e’tiborga olish zarur. Chunonchi,
aktsiyadorlik jamiyatlarida ustav kapitali aktsiyadorlar tomonidan sotib olinadigan,
jamiyat aktsiyalarining nominal qiymatidan, ma’suliyati cheklangan jamiyatlarda
esa uning ishtirokchilari tomonidan qo’shiladigan ulushlar qiymatidan tashkil topadi.
Davlat korxonalarida esa davlat mulki hisoblangan ustav fondi shakllantiriladi.
Auditor tekshiruv chog’ida barcha ta’sischilar qonunchilikka muvofiq o’z
ulushlarini ustav kapitaliga o’z vaqtida va to’g’ri hamda to’liq qo’shganliklarini
aniqlashi kerak.
Masalan, mas’uliyati cheklangan jamiyat (MChJ) ustav kapitaliga jamiyatni
ro’yxatga olish paytida har bir ishtirokchi kamida 30 % ulushini qo’shgan bo’lishi
kerak.
Korxona ustav kapitaliga ta’sischilar tomonidan ulushlar qo’shilmagan yoki
to’liq qo’shilmagan holatlarning aniqlanishi, tegishli boshqaruv organlari uchun
korxona ta’sis etilmagan va tugatilishi kerak deb topilishiga asos bo’ladi.
Ta’kidlash joizki, ta’sischilar tomonidan ustav kapitaliga ulush sifatida
qo’shiladigan mablag’lar O’zbekiston Respublikasida amaldagi qonunchilikka
muvofiq QQS ga tortilmaydi. Shuningdek, korxonalarni tugatish yoki qayta tashkil
etish chog’ida pay (ulush) ko’rinishida natura yoki pul shaklida olingan mablag’lar
ham, ularning ustav fondidan hamda yuridik shaxslar pay (ulushi)dan oshib
ketmagan miqdorda, QQS ga tortilmaydi.
Ustav kapitaliga ulushlar pul, qimmatli qog’ozlar, boshqa buyumlar yoki
mulkiy huquqlar hamda pulda baholanadigan boshqa huquqlar shaklida qo’shilishi
mumkin. Shu boisdan auditor ta’sischilar ulushlarini pulda baholashning to’g’riligini
tekshirishi muhimdir. Xo’jalik jamiyati ta’sischisining ulushini pulda baholash
jamiyat ta’sischilar o’rtasidagi kelishuvga muvofiq amalga oshiriladi. Qonunda
ko’zda tutilgan ayrim hollarda esa mustaqil ekspert tomonidan baholanishi kerak.
4. Xususiy kapitalni auditorlik tekshiruvidagi audit amallari
Buxgalteriya hisobining jurnal-order shakli qo’llaniladigan korxonalarda
amaldagi qoidalarga muvofiq 8310-8330 schyotlar bo’yicha №13- jurnal-order va
analitik hisob vedomostlari qo’llaniladi. Buxgalteriya hisobi kompyuterlashtirilgan
korxonalarda 8300-ustav kapitalini hisobga oladigan schyotlar (8310-8330), 4610-
»Ustav kapitaliga ulushlar bo’yicha ta’sislarning qarzlari» va 6620- Chiqib
ketayotgan ta’sislarning ulushlari bo’yicha qarzlar» schyotlari bo’yicha sintetik va
analitik hisob yuritiladigan kompyuter dasturlari qo’llaniladi.
Shuningdek, Bosh daftar yoki oborot-saldo vedomostlari ham tekshiriladi.
Qoidaga ko’ra, ta’sischilar tomonidan ustav kapitaliga qo’shiladigan hissalar
hisobda va balansda ularning haqiqatda kirim qilinish me’yoriga qarab aks ettiriladi:
asosiy vositalar, nomoddiy aktivlar, tovar-moddiy qiymatliklar uchun qabul qilish-
topshirish dalolatnomasining tuzilgan sanasi, pul mablag’lari uchun mablag’larining
korxona schyotiga kelib tushgani (bank ko’chirmasi va unga ilova qilingan tegishli
hujjat). Bunda ushbu hissalarning analitik hisobi har bir ishtirokchi bo’yicha
yuritiladi.
Hissalarning belgilangan miqdori kirim qilinganidan so’ng ustav kapitalining
tashkil etilishi hisobda aks ettiriladi.
Ustav kapitalining miqdori ta’sis hujjatlarida belgilanganidan oshib
ketmasligini ta’kidlab o’tish zarur.
Korxona ta’sischilari ulushlarining yig’indisi (ulushlar, aktsiyalar, pay
badallari) ta’sis hujjatlarida qayd qilingan ustav kapitalining miqdori va summalari
tegishli dastlabki hujjatlarga (dalolatnomalar, bank ko’chirmalari, bank kassasiga
naqd pul topshirilganligi to’g’risida kvitantsiya va h. k) asosan schyotlar aloqasi
tuzilib, dastlabki buxgalteriya balansida aks ettiriladi.
Ustav kapitali summasi ta’sis hujjatlari, hisob registrlari va hisobotdagi
ma’lumotlarga teng bo’lishi lozim.
№21 –BHMS ga muvofiq ustav kapitalini hisobga oladigan schyotlar (8310-
«Oddiy aktsiyalar», 8320-«Imtiyozli aktsiyalar», 8330-«Pay va ulushlar») krediti va
4610 –«Ustav kapitaliga ulushlar bo’yicha ta’sischilarning qarzlari» schyotining
debeti bo’yicha yozuvlar korxona davlat ro’yxatidan o’tganidan so’ng amalga
oshiriladi.
Ustav kapitali to’liq va to’g’ri shakllanishi 4610–«Ustav kapitaliga ulushlar
bo’yicha ta’sischilarning qarzlari» schyoti ma’lumotlari bilan 8310–«Oddiy
aktsiyalar», 8320–«Imtiyozli aktsiyalar» schetlari yoki 8330–«Paylar va ulushlar»
schyoti (xo’jalik yurituvchi sub’ekt tashkiliy-huquqiy shakliga qarab tegishli schyot)
ma’lumotlarini solishtirish asosida tekshiriladi.
Har bir ta’sischi tomonidan ustav kapitaliga ulushlarning haqiqatan
qo’shilganligi tasdiqlovchi buxgalteriya hujjatlarining mavjudligi va to’g’ri
rasmiylashtirilganligini tekshirish orqali aniqlanadi. Natura shaklidagi ulushlar
(asosiy vositalar, materiallar va h. k) tegishli shakldagi dalolatnomalar, pul
mablag’lari esa kassa va bank hujjatlari bilan tasdiqlanadi. Tasdiqlovchi hujjatlarda
tegishli mablag’larning aynan ustav kapitaliga ulush sifatida ta’sis hujjatlariga
muvofiq topshirilganligi haqida ma’lumotlar bo’lishi lozim. Bu nafaqat ustav
kapitaliga qo’shiladigan ulushlarni buxgalteriya hisobida to’g’ri rasmiylashtirish
uchun, balki soliqqa tortish masalalari uchun ham zarurdir.
Shuningdek, tekshiruv chog’ida ushbu hujjatlar shakl va mazmunlarining
O’zbekiston Respublikasi «Buxgalteriya hisobi to’g’risida»ga qonun 9-moddasi
talablariga muvofiqligi ham aniqlanadi.
Ustav kapitaliga chet el valyutasida qo’shiladigan ulushlarning to’g’ri aks
ettirilganligini aniqlash «Chet el valyutasida amalga oshiriladigan muomalalarni
buxgalteriya hisobi, statistik va boshqa hisobotlarda aks ettirish TARTIBI»
(O’zbekiston. Respublikasi. Adliya Vazirligida 3 iyun 2000 yilda 931-tartib raqami
bilan ro’yxatga olingan) talablariga muvofiq amalga oshiriladi. Chet el valyutasidagi
ustav kapitali va ta’sischilarning ustav kapitaliga ulushlar bo’yicha qarzlarini
shakllantirish ta’sis hujjatlari imzolangan sanada amalda bo’lgan O’zbekiston.
Respublikasi. MB kursi bo’yicha so’mga hisoblab o’tkazish yo’li bilan amalga
oshiriladi. Bunda auditor chet el valyutasi kursi va so’mga hisoblab o’tkazishning
to’g’riligini hamda schyotlarda aks ettirilishini tekshirishi zarur.
Ustav kapitaliga ulushlarning ta’sischilar tomonidan haqiqatda qo’shilganligi
tegishli dastlabki hujjatlar va 4610-«Ustav kapitaliga ulushlar bo’yicha
ta’sischilarning qarzlari», 6620-«Chiqib ketayotgan ta’sischilarga ularning ulushlari
bo’yicha to’lanadigan qarzlar» schyotlari bo’yicha hisob registrlaridagi yozuvlar
asosida tekshiriladi. 4610-schyotning debet qoldig’i ta’sischilarning ustav kapitaliga
qo’shadigan ulushlari bo’yicha qarzlarini, 6620- schyotning kredit qoldig’i
korxonaning chiqib ketayotgan ta’sischilardan ustav kapitalidagi ulushlari bo’yicha
qarzlarni bildiradi. Auditor ustav kapitaliga ulushlar bo’yicha qarzlarning o’z
vaqtida to’lanishi va 4610 va 6620 schyotlar bo’yicha qoldiqlarning haqqoniyligini
aniqlashi lozim.
Aktsiyadorlik jamiyatlarida ustav kapitalining to’g’ri shakllantirilishini
tekshirishda quyidagi talablarga rioya qilinganligi tekshiriladi:
- ustav kapitali aktsiyadorlar tomonidan sotib olingan aktsiyadorlik jamiyati
aktsiyalarining nominal qiymatidan tashkil topganligi;
- barcha aktsiyalar egasi yozilgan aktsiya ekanligi va ta’sis etishda ta’sischilar
o’rtasida joylashtirilgan bo’lishi lozim;
- joylashtirilgan imtiyozli aktsiyalarning nominal qiymati aktsiyadorlik
jamiyati ustav kapitalining 10% dan oshmasligi lozim;
- aktsiyadorlik jamiyati aktsiyalari uni ta’sis etish chog’ida ustavda ko’rsatilgan
muddat davomida to’liq to’lanishi lozim. Ammo ustav kapitalining kamida 50% bir
oy ichida, qolgan qismi esa jamiyat ro’yxatdan o’tgan paytdan boshlab bir yil ichida
tulanishi lozim;
- to’lov shakllari (pul mablag’lari, qimmatli qog’ozlar, pulda baholangan
boshqa buyumlar yoki mulkiy huquqlar) aktsiyadorlik jamiyatining ustavi va ta’sis
shartnomasiga mos kelishi lozim;
- ochiq va yopiq turdagi aktsiyadorlik jamiyatlarining chiqarilgan aktsiyalari
reestrda ro’yxatga olingan bo’lishi shart;
- aktsiyalarning analitik hisobi ta’sischilar, ustav kapitalining shakllanish
bosqichlari va aktsiyalarning turlari bo’yicha batafsil ma’lumot olishni ta’minlashi
lozim.
Auditor tekshiruv jarayonida oddiy aktsiyalaardan iborat aktsiyadorlik kapitali
(8310-schyot), imtiyozli aktsiyalar ko’rinishidagi aktsiyadorlik kapitali (8320-
schyot), qaytarib sotib olingan oddiy xususiy aktsiyalar(8610-schyot) va qaytarib
sotib olingan imtiyozli xususiy aktsiyalar(8620-schyot)ni alohida tekshiradi.
№21 BHMS ga muvofiq aktsiyadorlik jamiyati davlat ro’yxatidan o’tgan
paytdan boshlab oddiy va imtiyozli aktsiyalarning obuna summasi mos ravishda
8310 va 8320-schyotlar kreditida aks ettirilishi lozim (Dt 4610-schyot, Kt 8310,
8320-schyotlar). Obuna bo’lingan aktsiyalar qiymati ta’sischilar tomonidapn pul,
qimmatli qog’ozlar, pulda baholangan boshqa buyumlar yoki mulkiy huquqlar bilan
to’lanishi mumkin.
Ustav kapitalining shakllanishini tekshirishda aktsiyalar qiymatini to’lash
uchun topshirilgan mulklarning to’g’ri baholanganligini aniqlash zarur. Bu
mulklarni baholash ta’sischilarning kelishuviga muvofiq amalga oshirilishi, qonunda
ko’zda tutilgan hollarda esa mustaqil ekspert baholashi lozim.
Ustav kapitaliga ulushlarning haqqoniy qo’shilganligini auditor ta’sischilar
bilan
hisob-kitoblarni
tasdiqlovchi
hujjatlarning
mavjudligi
va
to’g’ri
rasmiylashtirilganligini tekshirish orqali aniqlaydi. Tasdiqlovchi hujjatlarda ustav
kapitalini shakllantirish to’g’risida ko’rsatilgan bo’lishi lozim. Bu nafaqat
muomalani buxgalteriya hisobi schyotlarida to’g’ri aks ettirish uchun, balki soliqlar
bo’yicha imtiyozlarni qo’llashning to’g’riligini asoslash uchun ham muhimdir.
Dastlabki hujjatlar (asosiy vositalarni, nomoddiy aktivlarni qabul qilish-
topshirish dalolatnomalari, yuk xatlari, schyotlar, kassa hisobotlari, bank
ko’chirmalari, to’lov topshiriqnomalari va b. ) bo’yicha ustav kapitaliga qo’shilgan
ulushlarning tegishli schyotlarda to’g’ri aks ettirilganligi tekshiriladi.
Ustav kapitaliga qo’shilgan ulushlarni tekshirishda auditor ishtirokida
inventarizatsiya o’tkazish maqsadga muvofiq. Bunda ustav kapitaliga ulush sifatida
ishlashga yaroqsiz asosiy vositalar, amaliy qiymatini yo’qotgan nomoddiy aktivlar
qo’shilgan holatlar aniqlanishi mumkin.
Ustav kapitali o’zgarishining asosliligini tekshirish 8310-«Ustav kapitalini
hisobga olinadigan schyotlar»(8310, 8320, 8330-schetlar) bo’yicha hisob
registrlarining yozuvlarini tekshirish yo’li bilan amalga oshiriladi. Bunday yozuvlar
ustav kapitali beligilangan tartibda ko’paytirilgan yoki kamaytirilgan holatdagina,
faqat aktsiyadorlik jamiyatining ta’sis hujjatlariga tegishli tarzda o’zgartirishlar
kiritilganidan so’ng amalga oshiriladi.
«Aktsiyadorlik jamiyatlari va aktsiyadorlarning huquqlarini himoya qilish
to’g’risida»gi O’zbekiston Respublikasi Qonunining 21-moddasiga muvofiq
«jamiyatning ustav fondi aktsiyalar nominal qiymatini oshirish yoki qo’shimcha
aktsiyalarni joylashtirish yo’li bilan ko’paytirilishi mumkin»
Tekshiruv chog’ida ustav kapitalini ko’paytirish manbalari aniqlanadi. Ular
asosan quyidagilar hisobiga bo’lishi mumkin:
-
emitent-aktsiyadorlik jamiyatining o’z aktsiyalarini ularning nominal
qiymatidan yuqori bahoda sotishdan olingan mablag’lar ya’ni emission daromad (Kt
8320-schyot);
-
jamg’arma, iste’mol va boshqa fondlar hamda ishlatilmagan zahiralar
mablag’lari;
-
oldingi yil yakuni bo’yicha taqsimlanmagan foyda;
-
grantlar, subsidiyalar va qaytarib berilmaydigan yordamlar hisobiga (Kt 8810,
8820, 8890-schyotlar);
-
aktivlarni qayta baholashdan hosil bo’lgan manba hisobiga (Kt 8510-schyot);
-
dividendlar hisobiga.
Auditor ustav kapitali kamaytirilishining asosliligini ham tekshiradi.
Yuqorida nomi qayd qilingan qonunning 22-moddasiga muvofiq «Jamiyatning
ustav fondi aktsiyalarning nominal qiymatini yoki ularning umumiy sonini
qisqartirish yo’li bilan, shu jumladan aktsiyalarning bir qismini jamiyatning o’zi
keyinchalik muomaladan chiqarish sharti bilan sotib olishi yo’li 첑ꬸlan
kamaytirilishi mumkin»
Auditor ustav kapitalining korxona xususiy manbalarini kapitallashtirish
hisobiga ko’paytirilishi, yoki yuqoridagi holatda kamaytirilishi to’g’risida
aktsiyadorlar majlisining qarori mavjudligini ham aniqlaydi. Ustav kapitali
ko’paytirilganda qo’shimcha aktsiyalar qiymatini to’lash shakli ularni joylashtirish
to’g’risidagi qaror bilan belgilanadi.
Keyinchalik auditor asosiy va qo’shimcha chiqarilgan aktsiyalar qiymatining
to’lanishini tekshiradi. «Aktsiyadorlik jamiyatlari va aktsiyadorlarning huquqlarini
himoya qilish to’g’risida»gi qonunning 37-moddasiga muvofiq «Jamiyat
aktsiyalariga haq to’lash bozor qiymatida amalga oshiriladi»
Faqat quyidagi hollardagina aktsiyalar ularning bozor qiymatidan arzonroq
narxda joylashtirilishi mumkin:
-
jamiyatning qo’shimcha oddiy aktsiyalari oddiy aktsiyalar egalari
bo’lgan aktsiyadorlarga joylashtirilib, ular oddiy aktsiyalarni bozor qiymatining
to’qson foizidan past bo’lmagan narxda sotib olishdan iborat o’z imtiyozli
huquqlarini ro’yobga chiqargan hollarda;
-
qo’shimcha aktsiyalar vositachi ishtirokida joylashtirilib, ularning
bahosi bozor bahosidan ko’pi bilan bunday aktsiyalarni joylashtirish bahosiga
nisbatan foizlarda belgilangan vositachilik haqi miqdorida arzon bo’lganida.
Ustav kapitalini auditorlik tekshiruvidan o’tkazishning yakunlovchi bosqichida
uning eng kam miqdori to’g’risidagi qonunchilik talablariga rioya qilinishi ham
aniqlanadi.
Ustav kapitalining sintetik va analitik hisobini yuritishning to’g’riligi mazkur
korxonada qo’llanilayotgan hisob shaklining registrlari (memorial-orderlar,
daftarlar, jurnal-orderlar, mashinagrammalar va h. k) ma’lumotlarini tekshirish bilan
aniqlanadi.
Ustav kapitalining analitik hisobini tekshirishda nafaqat uning sintetik hisob
ma’lumotlariga tengligi, balki aktsiyalarning turlari, ularning egalari, aktsiyalar
uchun hisob-kitoblarning ahvoli va boshqalar bo’yicha axborot olish imkoniyatlari
ham aniqlanadi.
Shuningdek, auditor «Aktsiyadorlik jamiyatlari va aktsiyalarning huquqlarini
himoya qilish to’g’risida»gi qonunning 47-50 moddalariga muvofiq aktsiyadorlar
reestrini yuritish qoidalariga rioya qilinishini ham tekshiradi.
Barcha bajarilgan tekshiruv amallari va aniqlangan nomuvofiqliklar
auditorning ishchi hujjatlarida aks ettiriladi.
Tekshiruv yakunida auditor ustav kapitalini hisobga olish va hisobotda aks
ettirish bo’yicha aniqlangan tafovutlarning qanchalik jiddiyligi(katta-kichikligi)ni
me’yoriy hujjatlar talablariga nisbatan aniqlaydi. Agar auditor aniqlangan tafovut
ustav kapitaliga doir hisobot ko’rsatkichlariga unchalik ta’sir qilmaydi deb
hisoblasa, u ushbu ko’rsatkichlarning ishonchliligi to’g’risida ijobiy auditorlik
hulosasi tuzishi mumkin. Agar ahvol bunga teskari bo’lsa, ya’ni aniqlangan
tafovutlar ustav kapitaliga doir hisobot ko’rsatkichlarini sezilarli darajada buzib
ko’rsatilganligi aniqlansa, u holda auditor ushbu kamchiliklarni aks ettirib salbiy
auditorlik hulosasi tuzadi.
5.Aktsiyadorlar ulushi va dividendlari auditi
Ko’pchilik aktsiyadorlik jamiyatlari uchun ta’sischilar ulushi oddiy aktsiya,
imtiyozli aktsiya, ulushlar va taqsimlanmagan foydadan iborat bo’ladi. Keyingi
yillarda ko’plab murakkab moliyaviy instrumentlarning paydo bo’lishi majburiyatlar
auditi bilan birga aktsiyadorlar aktsiyalari auditida ham ayrim muammoli tomonlarni
keltirib chiqarmoqda.
Quyidagi uchta asosiy jarayon aktsiyadorlar aktsiyalari auditida muhim
hisoblanadi:
- Qo’shimcha
aktsiya
chiqarish.
Bu
naqd
pulga,
xizmatga,
konvertatsiyalanadigan majburiyatga qo’shimcha chiqarish bilan bog’liq kelishuv
- Chiqarilgan qo’shimcha aktsiyalarni qaytarib sotib olish
- Dividendlarni to’lash
Aktsiyadorlar ulushlarini tekshirishda bitimlar soni kam bo’lganligi bois ularni
to’liq tekshirish maqsadga muvofiq. Noto’g’ri ma’lumotlarni to’g’ri deb qabul
qilishning oldini olish maqsadida auditor nazorat riskini yuqori o’rnatgan bo’lsada,
nazorat vositalarini yaxshi o’rganishi kerak. Aktsiyadorlar ulushlari yuzasidan
o’rnatilgan nazorat operatsiyalari samaradorligini va tizimini o’rganishi zarur. Agar
mijoz korxona aktsiyadorlik jamiyati ko’rinishida bo’lsa, moliyaviy hisobotlar
yuzasidan ichki auditning ishlashiga ahamiyat berishi kerak.
Ko’pincha yirik aktsiyadorlik jamiyatlari aktsiyalar bilan bog’liq bitimlar,
dividendlar hisob kitobini ro’yxatga oluvchi mustaqil shtat xodimiga yoki dividend
agentiga ega bo’ladi. Ushbu xodim barcha chiqarilgan aktsiyalar korxona ustavida
nazarda tutilganligi, dividendlar hisobi to’g’ri yuritilayotganligi yuzasidan mas’ul
bo’lib, aktsiyadorlarga ushbu operatsiyalar yuzasidan hisobotlar ham berib turadi.
Shuningdek, to’lanayotgan dividendlarning cheklarini ham hisobotlarga qo’shib
aktsiyadorlarga taqdim etadi. Agar mijoz korxonada yuqorida ta’kidlangan shtat
birliklar mavjud bo’lsa, auditor ushbu operatsiyalar yuzasidan olingan dalillarni
ishonchli deb baholashi mumkin.
Bordiyu, korxonada aktsiyalar va dividendlar bilan bog’liq operatsiyalarni
yurituvchi mustaqil shtat birligi bo’lmay, korxona xodimlaridan biri bu vazifalarni
amalga oshirsa, auditor etarlicha dalil olishi uchun qo’shimcha audit amallarini
bajarishi lozim bo’ladi.
Quyidagilar aktsiyadorlar ulushi auditida tasdiqlanishi lozim bo’lgan
axborotlar: