XUSUSIY KAPITAL VA UNING SAMARADORLIGINING TAHLILI
Yuklangan vaqt
2025-02-25
Yuklab olishlar soni
3
Sahifalar soni
45
Faytl hajmi
393,2 KB
1
XUSUSIY KAPITAL VA UNING SAMARADORLIGINING TAHLILI.
MUNDARJA:
KIRISH
I.BOB. XUSUSIY KAPITAL VA UNING SAMARADORLIGINING
TAHLILI
1.1 Xususiy kapital va uning samaradorligining tahlili
1.2
Tadbirkorlik subyektlarida xususiy kapitalning tarkibiy tuzilishi: ustav
fondi, qo`shilgan kapital zaxira kapitali, taqsimlanmagan foyda
II.BOB.XUSUSIY
KAPITALNI
TAHLIL
QILISH
USULLARI:
DINAMIK TAHLIL, DAROMADLILIGI TAHLILI
2.1
Tadbirkorlik subyektlarida xususiy kapitalni ko`paytirish omillarini
aniqlash va undan foydalanish samaradorligini oshirish
2.2
Xususiy kapitalning dinamik tahlili
XULOSA
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO`YXATI
2
KIRISH
Mavzuning dolzarbligi: Bozor iqtisodiyoti sharoitida har qanday tadbirkorlik
subyektining faoliyat yuritishi uchun moliyaviy ta`minot, ya`ni mablag` zarur
hisoblanadi. Bu mablag`larni shakllantirish bilan bir qatorda firma oldida uni qay
yo`sinda sarflash, ishlab chiqarish yoki hizmat ko`rsatishni shakllantirish
jarayonida pul mablag`lari va kapitallarni taqsimlash bilan bog`liq masalalar
turadi.
Kurs ishining obyekti: Asosiy maqsadi foyda olishga qaratilgan xususiy
subyektlar, shu jumladan, kichik biznes subyektlari va yirik firmalar ham o`z
navbatida mablag`lar samaradorligini maksimallashtirish, ulardan imkon bor
darajada foydalanish va xususiy kapital taqsimotini to`g`ri yo`lga qo`yishga
intilishadi. Buning natijasida ular oldida yuzaga keluvchi asosiy masalalardan biri
sifatida xususiy kapital taqsimoti turadi.
Kurs ishining predmeti: Global iqtisodiyot va sof raqobat avj olgan bir
paytda firma o`z faoliyatini tahlil etishi, tahlil natijalariga tayangan holda
faoliyatini yo`lga qo`yishi zarurati tug`iladi.
Kurs ishining tuzilishi va hajmi: Tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish
jarayonida mablag`lar harakatini tahlil etish xususiy kapitalni turkumlagan holda
har bir turkumi bo`yicha tahlil olib boorish orqali xulosalarga erishish va shu
xulosalarga tayangan holda faoliyatni yo`lga qo`yish, o`z navbatida subyektga
samarali capital taqsimotini amalga oshirish imkonini beradi.
Ma`lumki faoliyatni olib boorish uchun zarur bo`lgan mablag` ikki yo`l orqali
shakllantiriladi:
- O`z mablag`lari hisobiga
- Qarz mablag`lari evaziga
Bu mablag`larni shakllantirish davomida firma oldida ularni qay yo`sinda
taqsimlash va ko`payish bilan bog`liq masalalar turadi.
Firma faoliyatining zamini bo`lgan mablag`larning shakllanishi uni yuritish
jarayonida kata ro`l o`ynaydi. Shu jumladan mablag`larni shakllantirishning asosiy
3
manbasi hisoblangan o`z mablag`laridan samarali foydalanish zarurati yuzaga
keladi. Bunday zaruratni taminlash va samaradorlikni oshirish maqsadida
firmaning faoliyati turli usullarda tahlil etiladi va kerakli xulosalar chiqarilib
amaliyotga tadbiq etiladi.
Bu esa, o`z navbatida tadbirkorlik subyektiga raqobatga chiqamli ish
faoliyatini olib boorish va sof foyda miqdorini maksimallashtirish, shu bilan
birgalikda olingan foydadan optimal ravishda foydalanish imkonini yaratadi.
4
I.BOB. XUSUSIY KAPITAL VA UNING SAMARADORLIGINING
TAHLILI
1.1 Xususiy kapital va uning samaradorligining tahlili
Sof raqobat va bozor iqtisodiyoti sharoitida har qanday korxona, o`z
faoliyatidan qatiy nazar, hoh ishlab chiqarish bilan shug`ullansin, hoh hismat
ko`rsatish bilan faoliyat olib borsin, o`zida moddiy boyliklar va resurslar hamda
ho`jalik faoliyatini yuritish uchun zarur kapitalga ega bo`lishi lozim.
Kapital – bu moddiy boyliklar va pul mablag`lari hamda ho`jalik faoliyatini
yuritish uchun amalga oshirilgan moliyaviy qo`yilmalar yig`indisidir.
Korxona kapitali o`z (ichki) mablag`lari va jalb qilingan (tashqi)
mablag`lardan shakllanadi. Moliyalashtirishning asosiy manbasi ham kapital
hisoblanadi.
Korxonaning asosiy ko`rsatkichlari, jumladan uning barqarorligini belgilab
beruvchi asosiy omil uning kapitali hajmidir. Bu bozor iqtisodiyotiga xos
xususiyatlardan biri bo`lib, korxona ho`jalik faoliyatiga tashqi manbalardan, bank
kreditlari, yuridik va jismoniy shaxslardan jalb qilingan qisqa va uzoq muddatli
qarzlar ko`rinishidagi mablag`lar, ichki moliyalashtirish manbalaridan samarali
foydalanishga imkon yaratadi.
Korxona kapitalining umumiy ko`rinishini aktivlarni shakllantirishda
investitsiyalashtirilgan pul mablag`lari, moddiy va nomoddiy shakldagi boyliklar
baholaydi va u korxona moliyaviy holatini tavsiflovchi muhim ko`rsatkichlardan
biri hisoblanadi.
Xususiy capital tushunchalariga ta`riflar O`zbekiston Respublikasi Moliya
vazirligi tomonidan tasdiqlangan “Moliyaviy hisobotni tayyorlash va taqdim etish
uchun konseptual asos”da hamda “Hisob siyosati va moliyaviy hisobot”da
keltirilgan.
Xususiy
kapital
(sarmoya)
–
subyektning
majburiyatlarni
chegirib
tashlagandan keyingi aktivlaridir.
Subyekt majburiyatlari – subyekt (qarzdor) ning boshqa subyekt (kreditor)
foydasiga muayyan ishni amalga oshirish, masalan, mol-mulkni topshirish, ishni
5
bajarish, pul to`lash va boshqa majburiyatlaridir. Kreditor esa qarzdordan o`z
majburiyatlarini bajarishini talab qilishga haqlidir
Aktivlar – subyekt nazorat qiladigan, kelgusida ulardan daromad olish
maqsadida avvalgi faoliyat natijasida olingan iqtisodiy resurslardir.
Yuqoridagi ta`rif va tasniflardan quyidagi bog`lanishni keltirish mumkin:
Korxonda xususiy kapitalining ishlab chiqarish jarayonida harakati uning
doimiy aylanish jarayoni bilan xarakterlanadi. Kapital aylanishining har bir tugashi
qator bosqichlardan iborat bo`ladi.
Korxona kapitali aylanish jarayonida uchta bosqichdan o`tadi:
Birinchi bosqich. Bu bosqichda korxona pul shaklida capital operatsion
aktivlarga (aylanma va aylanmadan tashqari) investitsiyalanib ishlab
chiqarish jarayoniga o`tadi.
Ikkinchi bosqichda ishlab chiqaruvchi kapital mahsulot ishlab chiqarish
jarayonida Tovar shakliga aylanadi.
Uchinchi bosqichda Tovar kapitali Tovar va hizmatlarning sotilishi
natijasida pul mablag`lariga aylanadi va korxona xususiy kapitalini
shakllantiradi
Bozor iqtisodiyotiga o`tish va koronalar faoliyatiga talablarning oshishi bilan
ular faoliyatini tashkil etishni takomillashtirish zaruriyati tug`ildi. Shu zaruriyat
tufayli har bir korxona ko`zda tutgan maqsadiga erishish va samarali
rivojlanishning optima yo`lini tanlash uchun muayyan hisob siyosatini ishlab
chiqishi lozim.
Hisob siyosati – bu normativ hujjatlar bilan tartibga solingan va korxona
faoliyati xususiyatlaridan kelib chiqqan holda keltirilgan hisob kitob usullari
jamlanmasidir.
Xususiy kapital (XK) = Aktivlar (A) – Majburiyatlar (M)
6
1.2
.Tadbirkorlik subyektlarida xususiy kapitalning tarkibiy tuzilishi: ustav
fondi, qo`shilgan kapital zaxira kapitali, taqsimlanmagan foyda.
Tadbirkorlikning rivojlanishi tadbirkorlik faoliyatini boshqarish, nazorat va
tahlil soxalarida buxgalteriya axborotining ro`lini oshirish bilan kuzatiladi. Mulk
shakli va faoliyat turidan qatiy nazar yuridik shaxslar foydalanuvchilar korxona
aktivlari va ularni tashkil erish manbalari to`g`risida to`liq va qonuniy axborot
olishlari uchun qonunchilik talablari asosida moliyaviy hisobot tuzishlari lozim.
Hozirda mulkchilik shaklidan qatiy nazar korxonada ustav fondi miqdori
mazkur korxona tashkil bo`lganda tasdiqlangan ta`sis hujjatlarida ko`rsatilgan
miqdor bilan muvofiq kelishi zarurdir.
O`zbekiston Respublikasi normativ hujjatlarida, jumladan buxgalteriya hisobi,
iqtisodiy tahlil va auditga oid qonunchilik normalarida “o`z sarmoyasi”, “o`z
sarmoyasi manbalari”, “o`z mablag`lari manbalari”, “xususiy capital” va shu kabi
atamalar va tushunchalar ko`p uchraydi. Ularning barchasi bitta mazminni ya`ni,
ho`jalik yurituvchi subyektlarning o`zlarigagina tegishli bo`lgan mablag`larni ifoda
etadi. Bu mablag`lar ko`pincha xususiy kapital deb yuritiladi.
Xususiy kapital – bu korxona mol-mulkining xaqiqiy baxosi, aktivlarning va
qarz mablag`larning o`rtasidagi farq orqali aniqlanadi. Xususiy kapital korxona
balansining passivlar qismida keltiriladi.
Bunday turkumlash ho`jalik faoliyatini tahlil qilish jarayonida moliyaviy
hisobotlardan foydalanuvchilar uchun zarurdir. Korxona balansining passivlari
tizimidagi kapital salmog`ining yuqoriligi korxona moliyaviy barqarorligidan
dalolat beradi.`lmasligi lozim.
Korxonaning e`lon qilingan ustav kapitali ko`payishi barcha chiqarilgan
aksiyalar joylashtirilgach va to`langach yuz beradi.
Aksiya – bu egasiga aksiyadorlik jamiyati ustav kapitalidagi hissadorlik
xuquqini, shuningdek, ushbu xuquqdan kelib chiquvchi boshqa xuquqlarni
beruvchi qimmatbaho qog`oz.
7
Imtiyozli aksiyalar – bu egasiga oddiy aksiyaga nisbatan farqli o`laroq
oldindan belgilangan miqdorda dividend olish yoki jamiyatning likvidatsiyasidan
so`ng qolgan mulkka hissadorlik xuquqini beruvchi qimmatli qog`oz. Imtiyozli
aksiyalar nominal qiymatlari yig`indisi jamiyat ustav kapitalining 25% idan
oshmasligi lozim.
Qonunga muvofiq aksiyalar aksiyadorlarga quidagi xuquqlarni beradi:
- Dividend olish xuquqi;
- Jamiyat boshqaruvida ishtirok etish xuquqi;
- Jamiyat likvidatsiyasidan so`ng qolgan mulkka egalik qilish xuquqi;
Buxgalteriya hisobida xususiy kapilat hisobi maxsus schyotlarda olib boriladi.
21-БҲМСга мувофиқ хусусий капиталнинг синтетик ҳисоби қуйидаги
счетларда юритилади:
Xususiy kapital
8300 – ustav kapital
8400 – qo`shilgan kapital
8600 – sotib olingan xususiy aksiyalar
8700 – taqsimlanmagan foyda (qoplanmagan
zarar)
8500 – zaxira kapitali
8800 – maqsadli tushumlar
8700 –kelgusi xarajatlar va to`lovlarga rezervlar
8
Ustav fondining buxgalteriya hisobi 8300 – “Ustav kapitali” schyotida
yuritiladi. Bu schyotda korxona o`ziga qarashli mablag`lar manbalari hisobini
quyidagi shcyotlar bo`yicha yuritadi:
Ustav kapitali bilan bog`liq ho`jalik muomalalari:
8300
8310 – “Oddiy
aksiyalar”;
8320 – “Imtiyozli
aksiyalar”;
8330 – “Pay va
ulushlar”;
9
8300 – “Ustav kapitali” schyotida ro`yxatga olingan miqdor chegarasidagi
haqiqiy ustav kapitali yoki to`langan aksiyalarning nominal qiymati aks ettiriladi.
Ustav kapitalining miqdori ro`yxatga olingan ustav summasidan oshib ketmasligi
kerak. Ishtirokchilarga ular ulushi bir qismining qaytarilishi ustav kapitali
summasinining kamayishiga olib kelmasligi lozim, balki bu aksiyadorlik jamiyati
o`z aksiyalarini sotib olishi deb rasmiylashtirilishi zarur.
8310 – “Oddiy aksiyalar” schyoti oddiy aksiyalarni o`zida mujassam etgan
aksionerlik kapitali holati va harakati haqidagi malumotlarni umumlashtirish uchun
mo`ljallangan.
8320 – “Imtiyozli aksiyalar” schyoti imtiyozli aksiyalar ko`rinishida
chiqarilgan aksionerlik kapitali holati va harakati haqida malumotlarni
umumlashtirish uchun mo`ljallangan.
8310 va 8320 schyotlarida aksiyalarning hisobini amalga oshirish tartibi
hisob siyosatida keltiriladi.
8330 – “Pay va ulushlar” schyoti mulkdor kapitali yoki uning tashkiliy
xuquqiy shakliga bog`liq holda ishtirokchilar ulushi ko`rinishidagi korxona ustav
10
kapitalining holati va harakati haqidagi ma`lumotlarni umumlashtirish uchun
mo`ljallangan.
8400 – “Qo`shilgan qiymat kapitalini hisobga oluvchi schyotlar” asosan
olingan oddiy va imtiyozli aksiyalar nominal qiymati summasining oshishi holati
va harakati haqidagi ma`lumotlarni umumlashtirish uchun mo`ljallangan.
Qo`shimcha capital holati va harakati quyidagi schyotlarda hisobga olinadi:
21-BHMS ga muvofiq qo`shilgan kapital hisobining amalga oshirilish
muomalalari
8400
8410- emissiya daromadi
8420 - ustav kapitalini
shakllantirishdagi kurs farqi
11
8410 – “Emission daromad” schyoti aksiya nominal qiymatidan oshiqcha
olingan mablag`lar haqida ma`lumotlarni umumlashtirish uchun mo`ljallangan.
Mablag`ning kelib tushushi bu schyotning kredit tomonida mablag`ning sarflanishi
bu schyotning debetida hisobga olinadi.
8420 – “Ustav kapitalini shakllantirishdagi kurs farqi” schyoti ustav kapitali
tarkib topishi jarayonida vujudga kelgan kurs farqlarini hisobga olishga
mo`ljallangan.
Rezerv kapitalini hisobga oluvchi schyotlar korxona ta`sis hujjatlariga
muvofiq foyda hisobidan tashkil qilinadigan rezervlarni hisobga olish uchun
mo`ljallangan.
Rezerv kapitalining holati va harakati quyidagi schyotlarda hisobga olinadi:
12
21-BHMS ga muvofiq zaxira kapitali bilan bog`liq ho`jalik muomalalar
8500
8510 – “Uzoq muddatli
aktivlarni qayta baholash
bo`yicha tuzatishlar”
8520 – “Rezerv kapitali
(fondi)”
8530 – “Tekinga olingan
mulk”
13
8510 – “Uzoq muddatli aktivlarni qayta baholash bo`yicha tuzatishlar”
schyotida aktivlarni qayta baholash natijasi bo`yicha aniqlanadigan qiymatning
oshishi hisobga olinadi. Agar qayta baholash natijasida aktiv qiymatida kamayish
sodir bo`lsa u holda bu kamayish avvalgi huddi shu aktiv bo`yicha oshishi hisobga
qoplanadi va 8510-schyot dabetida aks ettiriladi. Ushbu aktivlar bo`yicha
qiymatining kamayish summasi avvalgi oshirishdan oshib ketsa u holda oshgan
summa chiqim deb hisoblanadi va 9430 – “Boshqa operatsion xarajatlar” schyotida
aks ettiriladi.
8520 - “Rezerv kapitali (fondi)” schyoti aksionerlik jamiyatlari,
hamkorlikdagi korxonalar va boshqa ho`jalik yurituvchi subyektlarda rezerv
kapitali holati va harakati haqidagi ma`lumotlarni umumlashtirish uchun
mo`ljallangan. Qachonki bu korxonalarda ta`sis hujjatlariga hamda O`zbekiston
Resoublikasi amaldagi qonunchiligiga muvofiq rezerv kapitalining tarkib topishi
ko`zda tutilgan bo`lsa. Rezerv kapitalining mablag`i zararlarni qoplash, qarzlarni
to`lash imkoniyatlari bo`lmagan taqdirda rezerv sifatida foydalaniladi.
21-BHMS ga muvofiq taqsimlanmagan foyda bilan bog`liq ho`jalik muomalalari
14
8530 – “Tekinga olingan mulk” schyotida tadbirkorlik subyektiga sovg`a
qilingan, hadya sifatida berilgan va shu kabi mablag`lar va aktivlar hisobga olinadi.
Bu kabi aktivlar daromad sifatida tan olinadi va soliq hisoblanadi.
15
II.BOB. XUSUSIY KAPITALNI TAHLIL QILISH USULLARI: DINAMIK
TAHLIL, DAROMADLILIGI TAHLILI.
Ishlab chiqarishni modernizatsiyalash va inovatsion loyihalarni qo`llab
quvvatlash mustahkam iqtisodiy-moliyaviy tayanchni talab etadi. Shu sababdan
ho`jalik
yurituvchi
subyektlar
moliyaviy
salohiyatini
baholashda
o`z
mablag`larining qiymatiga, ularning jami capital tarkibidagi salmog`iga,
majburiyatlarga bo`lgan nisbatdagi chegaralariga muhim ahamiyat qaratiladi.
Buxgalteriya balansining “O`z mablag`lari manbalari” bo`limida
yuqoridagilar aks ettiriladi:
Buxgalteriya balansida “O`z sarmoyasi" va uning tarkibi
I. O`z mablag`lari manbalari
Balans satri
Ustav kapitali (8300)
410
Qo`shilgan kapital (8400)
420
Rezerv kapitali (8500)
430
Sotib olingan xususiy kapital (8600)
440
Taqsimlanmagan foyda (qoplanmagan
zarar) (8700)
450
Maqsadli tushumlar (8800)
460
kelgusi
xarajatlar
va
to`lovlarga
rezervlar (8900)
470
I bo`lim bo`yicha
jami (satr.410+420+430-
440+450+460+470)
480
Korxona ro`yxatdan o`tkazilgandan so`ng uning ustav kapitali ustavda aks
ettirilgan ta`sischilar pay va ulushlari summasi schyotlarda quidagicha aks
ettiriladi:
Debet 4610 – “Ustav kapitaliga to`lov bo`yicha ta`sischilar qarzlari”
16
Kredit 8330 – “Pay va ulushlar”
Хусусий капитал тўғрисидаги хисобот ва унинг таркибий
бирликлар.(“Ўзбекистон темир йўллари” АЖ)
Ko`rsatkichlar nomi
Satr
kodi
Ustav
kapitali
Qo`shil-
gan
kapital
Rezerv
kapitali
Taqsimlanma-
gan foyda
(qoplanmagan
zarar)
Sotib
olingan
xususiy
aksiyalar
Maqsadli
tushumlar
va
boshqalar
Jami
.
1
2
3
4
5
6
7
8
9
Yil boshidagi qoldiq
010
614 384
-
5 737
851
507 694
-
885 865
7 745 794
Qimmatli qog`ozlar
emissiyasi
020
213 818
-
х
х
х
х
213 818
Uzoq muddatli
aktivlarni qayta
baholash
030
х
х
2 383
571
х
х
х
2 383 571
Ustav kapitalini
shakllantirishda paydo
bo`lgan kurs farqlari
040
х
-
х
х
х
х
-
Rezerv kapitaliga
ajratmalar
050
х
х
-
-
х
х
-
Joriy yilning
taqsimlanmagan foydasi
(qoplanmagan zarar)
060
х
х
х
-
х
х
-
Tekinga olinga mol-
mulk
070
х
х
х
х
х
-
Maqsadli foydalanish
uchun olingan mol-
mulk
080
х
х
х
х
х
-
-
Hisoblangan dividentlar
090
х
х
х
284 293
х
х
-284 293
Xususiy capital
shakllanishining boshqa
manbalari
100
-
-
-
-
-
65 341
65 341
17
Yil ohiridagi qoldiq
110
828 203
-
8 121
423
223 400
-
951 207 10 124 233
Xususiy kapitalning
ko`payishi (+) yoki
kamayishi (-)
120 +213 818
-
+2 383
571
-284 293
-
+65 341 +2 378 439
Ma`lumot uchun:
Chiqarilgan aksiyalar
soni, dona1
130
х
х
х
х
х
х
1830762911
Shu jumladan:
Imtiyozli
131
х
х
х
х
х
х
Oddiy
132
х
х
х
х
х
х
1830762911
Aksiyaning nominal
qiymati
140
х
х
х
х
х
х
430
Muomaladagi aksiyalar
soni, dona
150
х
х
х
х
х
х
1830762911
Shu jumladan:
Imtiyozli
151
х
х
х
х
х
х
Oddiy
152
х
х
х
х
х
х
1830762911
Xususiy kapital tarkibini tahlil etish muhim funksiyalarni bajarish imkonini
beradi. Jumladan: faoliyatning uzluksizligini ta`minlash; capital, qarzlar va
zararlardan himoya qilinganlik darajasining kafolati; olingan foydani ishlatishda
qatnashish; korxona boshqaruvida ishtirok etish va shu kabilar.
Xususiy kapital tarkibiy tuzilishida quyidagi ko`rsatkichlar baholanadi:
1. Ustav kapitalining xususiy capital tarkibidagi salmog`I koeffitsenti
1 Ўзбекистон темир йўллари АЖ устави(янги тахрири) 2017 йил 23-октябр-22-сон, №-397778 27.10.2017
18
Kuk-ustav kapitalining o`z sarmoyasi tarkibidagi salmog`i
UK-ustav kapitali
XK(O`MM) – sususiy capital (o`z mablag`lari manbalari)
Bu ko`rsatkich ustav kapitalining o`z sarmoyasi tarkidagi salmog`ini ifoda
etadi.
2. Taqsimlanmagan foyda summasining xususiy capital tarkibidagi
salmog`I koeffitsienti:
Ktf – taqsimlanmagan foydaning xususiy capital tarkibidagi salmog`I
koeffitsienti;
TF – taqsimlanmagan foyda
Xususiy kapitalning kompleks tahlilida yuqoridagi tartibda rezerv kapitali,
qo`shilgan capital va o`z sarmoyasining boshqa tarkibiy qismlari bo`yicha ham
salmoq darajalari va ularning o`zgarishlariga baho beriladi.
3. Xususiy kapitalning o`sish darajasi:
XKdo – davr ohiridagi hususiy kapital miqdori
XKdb – davr boshidagi xususiy kapital miqdori
Kuk=UK/XK(O`MM)
Ktf=TF/XK
O`xk=XKdo/XKdb*100
19
Ko`rsatkichlar
Davr boshi
Davr ohiri
Farqi, +,-
O`sishi,
%
Summa
Foiz,
%
Summa
Foiz,%
Summa
Foiz,%
O`z mablag`lari
manbasi jami
7 745 794 466
100.00
10 124 233 076
100.00
+2378438610
0.00
130,7
Ustav kapitali
614 384 306
7.92
828 202 670
8.19
+213818364
+0,27
134,8
Qo`shilgan
capital
-
-
-
-
-
Rezerv kapitali
5 737 851 427
74.08
8 121 422 920
80.22
+2383571493
+6,14
141,54
Sotib olingan
xususiy
aksiyalar
-
-
-
-
Taqsimlanmaga
n foyda
(qoplanmagan
zarar)
507 693 607
6.55
223 400 675
2.08
-284292935
-4,47
-44,0
Xulosa: Aksionerlik jamiyatida o`z mablag`lari manbasi davr boshiga
nisbatan +2375438610 ming so`mga ortgan. O`sish darajasi 30.7 foizni tashkil
etgan. Shu jimladan ustav kapitalining o`zgarishi mos ravishda +213818364 ming
so`mga, rezerv kapitalining o`zgarishi +2383571493 ming so`mga, maqsadli
tushumlar, kelgusi davr xarajatlari va to`lovlar uchun zaxiralar hajmi +65341685
ming so`mga ortgan.
Eng yuqori o`sish darajasi ustav kapitali hamda rezerv kapitali qatoriga
to`g`ri kelgan. Firma davr ohiriga kelib davr boshiga nisbatan kam
taqsimlanmagan foydaga erishgan lekin ustav kapitali va rezerv kapitalining
oshishi hisobiga umumiy hisobda firma ko`p daromad ko`rganligini kuzatamiz.
Xususiy capital va uning o`zgarishini baholashda kapitalning davr boshi va
darv ohiridagi o`zgarishlariga va o`zgarish sabablariga baho beriladi. Kapitalning
o`zgarishi jamlangan qator va uning tarkibiy birliklari bo`yicha alohida o`rganiladi.
Xususiy kapital o`zgarishiga ta`sir etuvchi birliklarga quidagilar kiradi:
20
- Ustav sarmoyasi
- Qo`shilgan sarmoya
- Zaxira sarmoyasi
- Sotib olingan o`z aksiyalar
- Taqsimlanmagan foyda (qoplanmagan zarar)
- Maqsandli tushumlar
- Bo`lg`usi harajatlar va to`lovlar zaxiralar
Xususiy kapitalning dinamik tahlilida xususiy kapitalning yaqin va uzoq
davriylikdagi mutlaq, nisbiy o`zgarishlariga baho beriladi.
Dinamik tahlilda xususiy kapitalning tarkibi, tuzilishi, holati va samaradorligi
bo`yicha ko`rsatkichlar tizimi yillar kesimida baholanadi. Tarkib bo`yicha ustav,
qo`shilgan, rezerv kapitali va taqsimlanmagan foydaning o`zgarishlari, tuzilishi
bo`yicha tarkib birliklarining salmoq bo`yicha o`zgarishlari; samaradorlik
ko`rsatkichlarining o`tgan yillarga nisbatan o`zgarishlariga baho beriladi.
Ўзбекистон темир йўллари АЖ нинг жамланган
бухгалтерия баланси
Xususiy kapital
2017 -2018.
01-
yanvar
2017
01-aprel
2017
01-iyul
2017
01-
oktyabr
2017
01-yanvar
2018
1.O`z mablag`lari
manbasi
7 745 794 466
8 567 616 791
8 644 944 914
8 963 743 430
10 124 233 076
O`zgarishi,+,-
+2378438610
+1556616285
+1479288162
+1160489646
Ustav kapitali
614 384 306
614 384 306
614 384 306
614 384 306
828 202 670
O`zgarishi+,-
+213818364
+213818364
+213818364
+213818364
Rezerv kapitali
5 737 851 427
6 360 555 463
6 480 827 061
6 590 488 428
8 121 422 920
O`zgarishi+,-
+2383571493
+7485367457
+1640595859
+1530934492
21
Taqsimlanmagan
foyda
507 693 607
416 753 023
344 928 794
160 996 840
223 400 675
O`zgarishi+,-
-284292935
-193352348
-121528119
+62403835
Boshqa manbalar
885 865 126
1 175 923 999
1 204 804 753
1 597 873 856
951 206 811
O`zgarishi+,-
+65341685
-224717188
-253597942
-646667045
Xulosa: Aksionerlik jamiyatida o`z mablag`lari manbasi 2017-yil choraklari
bo`yicha tahlilidan shuni xulosa qilish mumkinki, subyektning xususiy kapitali
jami davr boshiga nisbatan +1160489646 ming so`mga ortgan. Uning yilning
choraklari bo`yicha o`zgarishlari mos ravishda birinchi chorakka nisbatan
+1556616285 ming so`mga, ikkinchi chorakka nisbatan +1479288162 ming
so`mga teng bo`lgan. Xususiy kapitalning tarkibiy o`zgarishlari davr boshiga
nisbatan quidagicha bo`lgan:
- Ustav kepitali bo`yicha jami o`zgarish +213818364 ming so`mga;
- Rezerv kapitali bo`yicha o`zgarish davr boshiga nisbatan +2383571493
ming so`mga
- Taqsimlanmagan foyda bo`yicha o`zgarish -284292935 ming so`mga
- Maqsadli tushumlar va boshqa manbalar hisobiga o`zgarish +65341685
ming so`mga teng bo`lgan
Sof aktivlar tahlili va ulardan foydalanish samaradorligining tahlili
Sof aktivlar tushunchasi bilan aksionerlik tashkilotlari va ma`suliyati
cheklangan jamiyatlar bilan hamkorlikda ishlayotgan buxgalter va auditorlar
to`qnash kelishadi.
Sof aktivlar – bu ho`jalik yurituvchi subyektning o`z mablag`lari bilan
ta`minlangan uzoq muddatli va joriy aktivlarning qiymati, ya`ni ho`jalik yurituvchi
subyektning qarz majburiyatlaridan ozod bo`lgan mol mulk qiymati tushuniladi
22
Bugungi kunda korxonaning aksariyat qismi mulkchilikning eng keng tarqalgan
shakli, ma`suliyati cheklangan jamiyatlardir. Ushbu jamiyatlarda ustav kapitali 3
hil tartibda ko`paytirilishi mumkin:
1.
Jamiyat mol-mulki hisobiga;
2.
Kamiyat ishtirokchilarining qo`shimcha hissalari hisobiga;
3.
Jamiyatga qabul qilinadigan uchinchi shaxslarning hissalari hisobiga
Sof aktivlarni tahlil etish metodikasi ikki bosqichda amalga oshiriladi:
Sof aktivlar dinamikasining tahlili. Buning uchun davr boshiga va
ohiriga sof aktivlarqiymati va ularning o`rtacha ko`rsatkichi aniqlanadi.
Olingan natija o`tgan yillar bilan taqqoslanish o`zgarishlari va o`zgarish
sabablari aniqlanadi.
Sof aktivlardan samarali foydalanishning tahlili. Bunda sof
aktivlarning aylanuvchanligi, rentabelligi ko`rsatkichlari va ularning
o`zgarishlari omili tahlil etiladi.
Sof aktivlardan foydalanish samaradorligini aniqlash quyidagi formula
asosida hisoblanadi:
Jamiyatning ustav
kapitalini ko`paytirishga
qaratilgan mol-mulki
= Sof aktivlar – Ustav kapitali – Zaxira kapitali
Sof aktivlar = Aktivlar – Majburiyatlar
Ssa = SF / SA * 100
23
Ssa – sof aktivlar samaradorligi
SF – sof foyda
SA – sof aktivlar summasi
Sof aktivlar aylanuvchanligisotishdan tushumni sof aktivlarning o`rtacha
yillik qiymatiga bo`lish orqali topiladi.
Aylanish davri quyidagicha hisob –kit ob qilinadi:
Ksa – sof aktivlar aylanuvchanlik koeffitsienti
SST – sotishdan sof tushum
Tasdiqlanmagan
foyda
ta`sischilar
o`rtasida
dividend
sifatida
taqsimlangandan keyin ta`sischilarning qo`shimcha kiritgan hissalari sifatida ustav
kapitalini ko`paytirish mumkin.
Соф активлар таҳлили
Ko`rsatkichlar
Balans
qatori
Davr boshiga
Davr ohiriga
Farqi
(«+», «–»)
А
Б
1
2
3
1. Jami aktivlar
400
13 198 104 658
24 276 893 065
+11 078 788 407
2. Majburiyatlar
770
5 452 310 192
14 152 659 989
+8 700 349 797
3. Ustav kapitali
410
614 384 306
828 202 670
+213 818 364
3. Sof aktivlar (1-2)
*
+7 745 794 466
+10 124 233 076
+2 378 438 610
Ksa = SST / SA
Kad = SA / SST * 360 yoki 360 / Kad
24
4. Sof aktivlarning jami
aktivlardagi salmog`i
*
58,7
41,7
-17,0
5. Sof aktivlarning ustav
kapitaldagi hissasi
*
12,6
12,2
-0,4
Xulosa: Aksionerlik jamiyatida sof aktivlarning summasi davr boshida
+7745794466 ming so`mni, davr ohiriga kelib esa +10124233076 ming so`mni
tashkil etgan. Sof aktivlarning davr boshiga nisbatan o`zgarishi +2378438610 ming
so`mni, o`zgarish darajasi 30.7% ni tashkil etgan.
Sof aktivlarning jami aktivlardagi salmog`I davr boshiga nisbatan 17 foizga
kam bo`lgan. Bunga asosiy sabab sifatida majburiyatlarning davr boshiga nisbatan
+8700349797 ming so`mga (yoki 2.6 barobarga) ortganligi bilan izohlash mumkin.
Sof aktivlarning ustav kapitalidagi hissasi davr boshiga 12.6 baravarga, davr
ohirida 12.2 baravarga ortiq bo`lganini, davr boshiga nisbatan -0.4 baravarga yoki
40% ga kamayganini kuzatish mumkin.
Tahlil yakunida sof aktivlarning samaradorligi baholanadi va uning
o`zgarishlari omili tahlil etiladi. Samaradorlikni baholashda sof aktivlarning har bir
so`miga to`g`ri keladigan sotishdan sof tushum, sof foyda ko`rsatkichlari
o`rganiladi.
Sof aktivlardan foydalanish samaradorligi tahlili
Ko`rsatkichlar
Hisobot
shakli
O`tgan yil
Hisobot yili
Farqi
( +, - )
O`sishi,
%
А
Б
1
2
3
4
1. Sof aktivlarning o`rtacha
yillik samaradorligi
1-шакл
7 745 794 466
10 124 233 076
+2 378 438 610
+130,7
2. Sotishdan sof tushum,
ming so`m
2-шакл
3 362 225 550
5 180 801 340
+1 818 575 790
+154,1
3. Sof foyda, ming so`m
2-шакл
507 693 607
974 038 284
+466 344 677
+191,2
4.
Sof
aktivlarning
aylanuvchanligi ( 2 / 1)
*
0,434
0,511
+0,077
117,7
25
5. Sof aktivlarning aylanish
davri, kun(360 / Ksa)
*
829,4
704,5
+124,9
84,9
6. Sof aktivlar rentabelligi,
% (3 / 1*100)
*
6,5
9,6
+3,1
147,7
Xulosa: Aksionerlik jamiyatida sof aktivlarning smaradorligi o`tgan yilga
nisbatan bir qadar yahshilangan. Jumladan sof aktivlarning har bir so`miga to`g`ri
keladigan sof tushum summasi 0.434 tiyindan 0.511 tiyinga ortgan. Bu o`zgarish
asosan sof tushumning o`tgan yilga nisbatan +1818575790 ming so`mga ortishi
tufayli ro`y bergan. Sof aktivlarning aylanish davri 829.4 kundan 704.5 kunga
qisqargan. Aylanish davri 84.9 kunga tezlashgan. Bu yil taqvimi bo`yicha bir
chorakka telashishdir.
Sof aktivlar rentabelligi mos ravishda o`tgan yilda 6.5 foizni, joriy yilda 9.6
foizni tashkil etmoqda damak rentabellik o`tgan yilga nisbatan 3.1% ga ortgan.
Zanjirli bog`lanish usulida xususiy capital samaradorligi, rentabelligining
omilli tahlilini amalga oshirish mumkin va bu jarayon ichki imkoniyatlarni aniq va
to`g`ri baholash imkonini beradi.
Sof aktivlardan foydalanish samaradorligining omilli tahlili (zanjirli
almashtirish usulida)
Ko`rsatkichlar
O`tgan yil
Hisobot
yiliйили
Farqi
( +, - )
O`sishi,
%
А
1
2
3
4
1. Sof aktivlarning o`rtacha
yillik qiymati, ming so`m
7 745 794 466
10 124 233 076
+2 378 438 610
+130,7
2. Sotishdan sof tushum, ming
so`m
3 362 225 550
5 180 801 340
+1 818 575 790
+154,1
3. Sof foyda, ming so`m
507 693 607
974 038 284
+466 344 677
+191,2
4. Sof aktivlar aylanuvchanligi
( 2 / 1)
0,434
0,511
+0,077
117,7
O`zgarish sabablari:
-sof
tushumning o`zgarishi
hisobiga
5 180 801 340/7 745 794 466-0.434
+0.2348
-
-sof
aktivlar
summasi
o`zgarishi hisobiga
0.511-5 180 801 340/7 745 794 466
-0.1578
-
5. Sof aktivlarning aylanish
davri, kun(360 / Ksa)
829,4
704,5
+124,9
84,9
6. Sof aktivlar rentabelligi, %
(3 / 1*100)
6,5
9,6
+3,1
147,7
O`zgarish sabablari:
26
-sof
aktivlar
summasining
o`zgarishi hisobiga
974 038 284/7 745 794 466*100-6.5
+6.1
-
-sof foyda o`zgarishi hisobiga
9.6-974 038 284/7 745 794 466*100
-3.0
-
Xulosa: Aksionerlik jamiyatida sof aktivlar smaradorligining omilli tahlilidan
xulosa qilindiki joriy yildagi sof aktivlarning aylanuvchanlik koeffitsienti o`tgan
yilga nisbatan 0.077 ga ortgan. Bu o`zgarishga sof aktivlar qiymatining ortishi
salbiy (-0.1578), sof tushumlar summasining ortishi ijobiy (+0.2348) ta`sir etgan.
O`z navbatida sof aktivlarning rentabelligi o`tgan yilga nisbatan 3.1 foizga
ortishiga quyidagi omillar ta`sir etgan:
- Sof foyda summasining o`tgan yilga nisbatan +466 344 677 ming so`mga
o`zgarishi rentabellikning 6.1% ga ortishiga;
- Sof aktivlar summasining +2 378 438 610 o`zgarishi rentabellikning 3.0
foizga kamayishiga olib kelgan.
Moliyaviy leveridj ko`rsatkichlari tahlili
Moliyaviy leveridj ko`rsatkichi xalqaro amaliyotdan kirib kelgan muhim
ko`rsatkih hisoblanadi. Uning iqtisodchilar va menejerlar tomonidan baholashga
o`tilganiga hali uncha ko`p vaqt bo`lmadi moliyaviy leveridj ko`rsatkichi xususiy
kapitalning majburiyatlarga nisbatiorqali baholanadi. Uning natijasiga qarab
ho`jalik subyektining moliyaviy barqarorligi va rentabellik darajasiga baho berish
mumkin.
Foydalanish samaradorligi yuzasidanmoliyaviy leveridjning quidagi turlari
mavjud:
- Ijobiy (foyda summasi kreditlar, qarzlar yuzasidan foizlar to`lovidan
ortgan hollarda);
- Neytral (foyda summasi kreditlar, qarz yuzasidan foiz to`lovlari
summasigagina yetgan holda);
- Salbiy (foyda summasi kreditlar, qarz yuzasidan foiz to`lovlari summasiga
yetmagan holda)
27
Moliyaviy leveridj quidagi formula asosida aniqlanadi:
Bu yerda:
ML – moliyaviy leveridj
QK – Qarz kapitali
XK – xususiy capital
Mazkur formula ho`jalik subyektining moliyaviy risklarini ham aks ettiradi.
Koeffitsientning optimal darajasi sifatida 0.5 – 0.8 daraja qayd etiladi.
Moliyaviy leveridj samaradorligini baholash, tahlil etishning maqsadi xususiy
va qarz kapitalidan foydalanish samaradorligini o`rganishdan iborat
Moliyaviy leveridj samaradorligini quidagi bog`lanishda ifoda etish mumkin:
Bu yerda:
MLs – moliyaviy leveridj samaradorligi
ROA – aktivlar rentabelligi
Fo`s – o`rtacha foiz stavkasi
Ss – soliq yuki
QK – qarz kapitali
XK – xususiy capital
ML = QK / XK
MLs = ( ROA – Fo`s )( 1 – Ss ) * QK / XK
28
Moliyaviy leveridj samaradorligi tahlili
Ko`rsatkichlar
O`tgan yil
Hisobot yili
O`zgarishi
O`sish
darajasi
1. Активлар, A
13198104658
24276893065
11078788407
183.94
2. Соф фойда, СФ
507693607
974038284
466344677
191.86
3. Активлар рентабеллиги, ROA
(2/1)
3.85
4.01
0.16
104.16
4. Хусусий капитал, минг сўм.
7745794466
10124233076
2378438610
130.71
5. Қарз капитали, минг сўм.
5452310192
14152659989
8700349797
259.57
6. Фойда солиғи ставкаси, %
10
10
0
100
7. Кредит, қарз фоизи, %
9
14
5
155.56
8. Инфляция даражаси, %
5.6
11.6
6
207.14
9.Молиявий
левиридж
самараси, % (3-7)(1-6)*5/4
-3.26
-12.57
-9.31
385.58
МLs (o`tgan yil)= (3.85-9)*(1-10/100)*5452310192/7745794466=-3.26%
МLs(hisobot
yili)=
(4.01-14)*(1-10/100)*14152659989/10124233076=-
12.57%
МЛсshart1=(4.01-9)*(1-10/100)*5452310192/7745794466=-3.16%
МЛсshart2=(4.01-14)*(1-10/100)*5452310192/7745794466=-6.33%
МЛсshart3=(4.01-14)*(1-10/100)*5452310192/7745794466=-6.33%
Moliyaviy leveridj samaradorligining umumiy o`zgarishi 9.31% ni tashkil
etgan. Shu jumladan:
- Investitsiyalangan capital rentabelligi o`zgarishi hisobiga: (3.26-3.16) =
0.1%
- Foiz stavkasining o`zgarishi hisobiga: (-6.33+3.16) = 0%
- Xususiy capital o`zgarishi hisobiga: (-12.57+6.33) = -6.24%
ROA = Sof foyda / Aktivlar
29
Inflatsiya tasiri kuchli bo`lgan hollarda qarzlar va ularning foizlari qayta
indekslanmasa moliyaviy leveridj va xususiy kapital rentabelligi ortadi. Bu
holatda moliyaviy richag samaradorligi quyidagi formula asosida hisob kitob
qilinadi:
Bu yerda:
I – inflatsiya normasi
MLs(o`tgan yil): (3.85-9/(1+5.6/100))*(1-10/100)*5452310192 / 7745794466
+ 5.6 * 5452310192 / 7745794466 = 0.98
МLs(hisobot yil): (4.01-14/(1+11.6/100))*(1-10/100) * 14152659989 /
10124233076 + 11.6 *14152659989/10124233076=5.48%
МLsshart1=(4.01-9/(1+5.6/100))*(1-
10/100)*5452310192/7745794466+5.6*5452310192/7745794466=1.08%
МLsshart2=(4.01-14/(1+5.6/100))*(1-
10/100)*5452310192/7745794466+5.6*5452310192/7745794466=-1.92%
МLsshart3=(4.01-14/(1+11.6/100))*(1-
10/100)*5452310192/7745794466+11.6*5452310192/7745794466=2.76%
МLsshart4=(4.01-14/(1+11.6/100))*(1-
10/100)*5452310192/7745794466+11.6*5452310192/7745794466=2.76%
Moliyaviy leveridj samaradorligining umumiy o`zgarishi 4.5% ni tashkil
etgan. Shu jumladan:
- Investitsiyalangan
capital
rentabelligi
o`zgarishi
hisobiga:
(1.08-
0.98)=0.1%
- Qarz foiz stavkasining o`zgarishi hisobiga: (-1.92-1.08)=-3%
- Inflatsiya darajasi o`zgarishi hisobiga: (2.76+1.92)=4.67%
MLS = [ ROA – Fo`s / (1+I) ] * (1-Ss) * QK / XK + I * QK / XK*100%
30
2.1.Tadbirkorlik subyektlarida xususiy kapitalni ko`paytirish omillarini
aniqlash va undan foydalanish samaradorligini oshirish.
Erkin raqobat sharoitida firma va kompaniyaning faoliyat ko`rsatishi uchun
zarur bo`lgan mablag`lari quyidagi manbalardan shakllanadi:
- O`z mablag`lari manbalari
- Majburiyatlar
Bu manbalar ichida firma va kompaniyalarning moliyaviy mustaqilligini
ta`minlovchi o`ziga qarashli ustav, qo`shilgan, rezerv kapitallar va taqsimlanmagan
foyda muhim o`rin egallaydi.
Firma va kompaniyalar dastlabtashkil etilayotganda o`z mablag`lari va
boyliklariga ega bo`ladi. Ta`sis hujjatlariga muvofiq ustav kapitalining hajmi
ko`rsatiladi. Agarda korxonaning o`z mablag`lari yetarli bo`lsa o`z mablag`lari
hisobiga aks holda esa qarz mablag`lari hisobiga qoplanadi.
Xususiy kapitalni ko`paytirish bozor iqtisodiyoti sharoitida muhim
ahamiyatga ega bo`lib, u korxonaning o`z qudrati darajasini qanday ekanligini
bildiradi. Shuni etiborga olgan holda O`zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining
6 – sessiyasida qabul qilingan “Buxgalteriya hisobi to`g`risida qonun”da ham
xususiy capital hisobiga kata e`tibor berolgan. Unga ko`ra hisobotlarning “Xususiy
capital to`g`risida hisobot” shakli mavjud bo`lib, bu forma har yili boshqa
hisobotlarga qo`shilgan holda yuqori organlarga topshiriladi.
Xususiy kapital tahlili uning tarkibidan o`rin olgan ko`rsatkichlar hisobiga
o`zgarib boradi. Har bir tarkibning o`zgarishi ham o`z mazmuniga ko`ra ma`lum
ko`rsatkichlarning o`zgarishi orqali amalga oshadi.
1. Ustav kapitali
Ustav kapitali xususiy (hissador) kapitalining qiymati, qimmatbaho
qogòzlarning emissiyasi va joriy yil foydasi va zarari hisobiga o`zgarishi mumkin.
Bu ko`rsatkichlar “Xususiy capital to`g`rsida hisobot” ning 020, 030 va 060
satrlarida o`z aksini topadi.
2. Qo`shilgan kapital
31
Qo`shilgan kapital quidagi hollarda o`zgarishi mumkin:
- Xususiy (hissador) kapitali qiymatining o`zgarishi;
- Muomalaga qo`shimcha aksiyalar chiqarilishida;
- Asosiy vositalarni qayta baholashda;
- Foyda va zararlarning hisobiga
3. Rezerv kapitali
Rezerv kapitali ham yuqorida keltirilgan o`zgarish sababli o`zgarishi mumkin.
Faqatgina bu o`zgarishlar tarkibiga foyda hisobidan rezervlarga ajratilgan
summalar, ya`ni 5-hisobot shaklining 050 satri ham kiradi.
4. Taqsimlanmagan foyda
Bu ko`rsatkich quidagilar asosida o`zgarishi mumkin:
- korxonaning xisobot yilida olgan sof foydasi;
- hissador kapitalining ko`payishi yoki kamayishi;
- qimmatbaho qog`ozlar emissiyasi;
- rezerv uchun ajratmalar;
- hisobot davrida olingan zarar;
- qimmatbaho qog`ozlar emissiyasi;
Xususiy kapitalning mazmunidan kelib chiqib shuni aytish mumkinki u
firmaning to`lovga layoqatlilik, iqtisodiy va moliyaviy mustaqillik salohiyatlariga
bevosita bog`liq hisoblanadi.
Xususiy kapital tahlili quyidagi asosiy maqsadlarni nazarda tutadi:
xususiy kapitalni shakllantirish manbalarini aniqlash va ularning o`zgarishi
tashkilot moliyaviy barqarorligiga ta`sirini aniqlash
joriy va taqsimlanmagan foydani boshqarishdagi xuquqiy, shartnomaviy va
moliyaviy chegaralarni aniqlash
dividentlar olish xuquqining ahamiyatini baholash
tashkilot likvidatsiyasida ta`sischilar hukmlari ahamiyatini o`rganish
32
Xususiy capital tahlilining maqsadi – xususiy kapitalni shakllantirishning
asosiy manbalarini o`rganish va ulardan foydalanish samaradorligini oshirish
imkoniyatlarini aniqlashdan iborat.
Shu boisdan xususiy capital tahlili o`z oldiga quidagilarni asosiy vazifa etib
qo`yadi:
tahlil uchun zarur bo`lgan axborotlar bazasini shakllantirish (ustav
kapitalini ko`paytirish, undan foydalanish, tasarruf etish bilan bog`liq
bo`lgan axborotlar to`plami) shakllantirish;
qonun hujjatlari va
ho`jalik yurituvchi subyektning ustavida
balgilangan normalarga amal etilishini baholash;
xususiy capital va uning tarkibiy, dinamik o`zgarishlariga baho berish;
xususiy kapitaldan samarali foydalanish darajasini o`rganish;
xususiy capital samaradorligini oshirishning imkoniyatlarini aniqlash
va yo`lga qo`yish
Bu kabi axborotlar buxgalteriya balansida aks ettiriladi. Buxgalteriya
balansida xususiy kapital va uning tarkibiy birliklari haqidagi ma`lumotlar hisobot
davri boshiga va ohiriga haqiqiy, tan olingan qiymati bo`yicha aks ettiriladi.
Firma xususiy kapitalining samarali tahlilini amalga oshirish va undan
foydalanishni maksimallashtirish uchun eng avvalo quidagilarni amalga oshirish
lozim hisoblanadi:
firma faoliyati to`g`risida kerakli ma`lumotlarga ega bo`lish
faoliyat jarayonini o`rganib chiqish
firma xususiyatlaridan kelib chiqqan holda ishlab chiqarishni yordamchi va
asosiy ishlab chiqarishlarga ajratish
xarajatlar va daromadlar tahlilini qisimlar kesimida amalga oshirish
amalga oshirilayotgan xarajatlarni turkumlash va o`sish – kamayish
sabablarini tahlil qilish
xarajatlarni minimallashtirish va optimal ishlab chiqarish rejasini tuzish