XVII asrdan XIX asrning yarmigacha tarbiya, maktab va pedagogik fikrlar rivoji.
Yuklangan vaqt
2025-03-15
Yuklab olishlar soni
1
Sahifalar soni
26
Faytl hajmi
638,3 KB
Mavzu: XVII asrdan XIX asrning
yarmigacha tarbiya, maktab va
pedagogik fikrlar rivoji.
Reja:
1.Buxoro amirligi, Qo‘qon va Xiva xonliklarida ta’lim-tarbiya. Maktab va madrasalarda ta’lim
mazmuni.
2.Munis Xorazmiyning “Savodi ta’lim” asari – husnixatga doir dastlabki qo‘llanma sifatida.
3.Muhammad Sodiq Qoshg‘ariyning “Odob as-solihin” asari – yuksak ma’naviy-axloqiy
sifatlarni yorituvchi manba.
1336-1405
Amir Temur bobomiz Bahouddin
Naqshbandiyning: “Kam yegin, kam
uxla, kam gapir” degan pandu
nasihatiga amal qildim. Arkonu
davlatga, barcha mulozimlarga aytar
so`zim shu bo`ldi: “Kam yenglar-
ocharchilik ko`rmasdan boy-badavlat
yashaysizlar, kam uxlanglar-
mukammallikka erishasizlar, kam
gapiringlar-dono bo`lasizlar.”
1336-1405
Madrasalar
barpo
etdi
Samarqandda
1417
Buxoroda
G’ijduvonda
Ko‘haK etagida, Obirahmat
soyining bo‘yida rasadxona
binosini qurdirdi
Rasadxona kutubxonasi ko‘plab
ilmiy asarlar, jahondagi mashhur
kishilarning asarlari bilan
to‘ldirildi va u erda
saqlanayotgan kitoblar soni 150
mingdan ziyod bo‘ldi.
Bu haqda tarixchi olim Valter «Ulug‘bek Samarqandda birinchi
akademiyaga asos soldi, er kurrasini o‘lchashni buyurdi va
astronomik jadvallar tuzishda ishtirok etdi», deb yozgan edi.
O‘sha vaqtlarda Samarqandda Ulug‘bek tevaragida 100 dan ortiq
olimlar uyushgan bo‘lib, shunda rasadxona akademiya vazifasini
o‘tagan edi.
ASARLARI:
-“Ziji jadidi Ko‘ragoniy
(1018ta yulduz)”
— “Bir daraja sinusni
aniqlash haqida risola”,
-yulduzlarga bag‘ishlangan
“Risolai Ulug‘bek”
Ulug‘bek “Bilimga intilish har
bir muslim va muslima uchun
farzdir”
Madrasasida ilohiyot ilmlari:
Qur’on, Hadis, Tafsir, fiqh bilan
birga riyoziyot, handasa ilmi,
hay’at (falakiyot), tibbiyot, tarix,
geografiya, ilmi aruz, ilmi qofiya,
arab tili kabi dunyoviy ilmlar
o‘rgatilgan.
Madrasalarda o‘qish muddatini
15—20 yildan 8 yilga tushirdi.
Abdurahmon Jomiy.
(1414-1492)
Alloma uchta lirik devoni,
ta’lim-tarbiya masalalariga oid
«Bahoriston», shuningdek,
ettita dostonni o‘z ichiga olgan
«Haft avrang» («Etti taxt»)
nomli asarlari bilan
jahon madaniyati
taraqqiyotida munosib
o‘ringa ega bo‘ldi.
Buyuk shoir
va mutafakkir,
so’z mulkining
sultoni
Ulug‘ mutafakkir o‘zining
«Xamsa», «Mahbub-ul-qulub»,
«Munojot», «Vaqfiya», «Majolis-
un-nafois», «Muhokamat-ul-
lug‘atayin», shuningdek,
Abdurahmon Jomiyning
«Arba’in» nomli asarining
tarjimasi sifatida yaratilgan
«CHihil hadis» («g‘irq hadis»)
kabi asarlarida ta’lim-tarbiya
masalalariga oid qarashlarini
ifoda etadi
XVII - XVIII asrlar va XIX asrning birinchi yarmida Buxoro,
Qo`qon va Xiva xonliklarida ilm - fan taraqqiyoti.
XV asrning oxiri va XVI asr boshlarida Movorounnahrda 150 yil
hukmronlik qilgan temuriylar sulolasai inqirozga uchradi. XV asr
oxirida Shayboniyxon Turkistonni so`ngra Buxoro, Samarqand,
Farg`ona vodiysini, 1506 yili Hirotni-(Afg`oniston) bosib oldi.
Eron shohi bilan urushda Shayboniyxon (1510) halok bo`ldi. XVI
asrda Ashtorxoniylar hukmronligi o`rnatildi. O`zaro nizolar avj
olib ketdi, natijada Movarouunahrda uchta xonlik, avvalo, Buxoro
va Xorazm, XVIII asr oxiriga kelib Qo`qon xonligi qaror topdi.
Ammo,
xonliklar
o`rtasidagi
beto`xtov
o`zaro
urushlar
mamlakatni
ma`lum darajada xarob eta boshladi, fan va madaniyat sohasida turg`unlik
ro`y berdi. Buxoro xoni Abdullaxon davrida boshqa davlatlar bilan har
tomonlama aloqalar o`rnatishga erishildi. Jumladan Hindistonda shoh
Akbar, SHarqiy Ovro`pada Ivan Grozniy bilan do’stona munosabatlar
o’rnatildi.
Abdullaxon o’z atrofiga yozuvchi, shoir va olimlarni to’plab ularga
homiylik qildi. Shoirlar
orasida, Ayniqsa Mushfiqiy o’z madhiyalari, lirik
she’r
va
hajviyalari
bilan
shuhrat
topdi.
Abdullaxonning
topshirig’i bilan u turli binolar uchun tarixlar bitdi.
Abdullaxon 1001 ta rabot va sardoba, ko`plab madrasa, masjid, ko`prik,
suv omborlari qurdirdi. U yozuvchi, shoir, olimlarni to`plab ularga
homiylik qildi.
Saroy muarrixlaridan- Hofiz Tanish dalillar asosida "Abdullanoma" nomli
tarixiy asarini yozdi.
Tibbiyot sohasida Sultonali Samarqandiy "Dastur al-iloj", Muhammad
Yusuf Mahhol "Zubdat ul-kahholin" asarlarini, shoir va adiblar Bobur,
Solih, Majlisiy, Hasan Nisoriy, Binoiy, Vosifiy, Ubaydiylar ijod qildilar.
Shu davrlarda Muhammad Balxiyning "Subxonqulixonnoma", Mir-
Muhammad
Amin
Buxoriyning
"Ubaydullanoma",
Muhammad
Vali
Samarqandiyning 200 nafar adib haqida ma’lumot beruvchi "Muzakkirul
asxob" nomli asarlari, Sayido Nasafiyning Naqshbandiyga bag`ishlab
yozgan qasidalari,
So`fi Olloyor va Boborahim Mashrabning she’rlari
yuzaga keldi.
Bu davrda ko`proq adabiyot, tarix, me’morchilik, tasviriy
san’at
rivojlandi. Ayniqsa, Abulg`oziyning "Shajarai turk"
asari
mashhur
edi.
Abdulg`oziy
1645-1663
yillarda
hukmronlik qilgan. Hukmdor, olim, tarixchi va adib bo`lgan.
U
Xorazmda
ilm-fanni
taraqqiy
ettirish
maqsadida
o`z
saroyiga binokorlar, tabib, shoir va boshqalarni to`playdi.
Xonlik tarixini yaratishga kirishadi. "Shajarai tarokima"
(1661), "Shajarai turk" (1664) va tabobatga oid “Manofe’
ul-inson" (1644) kabi asarlarni yaratadi. Xorazm tarixchilik
maktabiga asos soldi.
XVIII asrda yashab ijod etgan ma’rifatparvarlar orasida So`fi Ollayor
ancha mashhur bo`lib, uning asarlari maktab va madrasalarda o`quv
qo`llanmasi sifatida ishlatilgan.
U fiqxga oid "Siroj ul-ojizin", "Sabot ul-ojizin", "Murod ul-orifin",
"Najot ul-tolibin" asarlarini yaratadi. "So`fi Olloyor" nomi bilan mashhur
bo`lgan "Sabot ul-ojizin" asari maktablarda savod chiqarilishi bilan
o`qitilar edi.
Bu davrda ijod etgan Fazliy Namangoniy, Mushfiqiy, Turdi,
Maxmur, Gulxaniy, Nodira, Shermuhammad Munis va Ogahiy, Kiromiy,
Mulla
Shermuhammad,
Akmal,
Muhammad
Aminxoja
Kosoniy,
Mavlono Nodirlar o`z zamonasining zabardast siymolaridan edilar.
Ko`plab me’morchilik obidalari qurildi.
Bu davrda maktab va madrasalarda grammatika, handasa, mantiq-to`g`ri tafakkur
qilish, qiroat, tafsir, shariat, hikmat, islom tarixi va aqidalariga oid nazariy bilimlar, ish
yuritish, savdo - sotiqqa oid o`nlab ilmiy bilimlar, dunyoviy va diniy bilimlar o`rgatilar
edi. barcha madrasalarda majburiy fan sifatida "Qur’on", "tafsir“-(islom an`anasida
arabchadan sharh tusnuntirish ya`ni Qur`on oyatlarini sharhlash), "Odob as-solihin",
"Sabot ul-ojizin", "Kimyoi saodat", “Hadis" kabilar o`qitilardi. O`qish muddati 15-20
yilni tashkil etgan. Masjid yonidagi maktablarda bolalarga 7 yil alifbe, abjad-(qadimgi
arab alifbosi), Qur’on, chor kitob-4-kitobfarz, sunnat, namoz, va ro`za haqida), Xoja
Hofiz, Mirzo Bedildan savod o`rgatilgan.
O`zbek bolalari o`qiydigan maktablarda "Kitobi Fuzuliy", "Lisonut - tayr", "Devoni
Alisher Navoiy", "Huvaydo", "Qissai devona Mashrab", “Sabot ul-ojizin" kitoblari
o`qitilgan. Savod chiqqandan barcha maktablarda Sufi Olloyor o`qitilgan.
Lug`atshunoslik, tarixnavislik, she’riyat rivojlandi. Ko`plab asarlar fors, arab boshqa
tillardan tarjima qilindi.
Munis Xorazmiy (1778 - ) shoir, tarixchi, tarjimon va f olimdir. Maktab,
madrasada o`qiydi. Mumtoz adabiyotni o`rganadi. Uning ijodida "Savodi
ta’lim" asari ta’limiy jihatdan muhim o`rin tutadi. Asarning 1 - qismida
xat mashq qilishga tayyorgarlik, kerakli o`quv anjomlari haqida gapiriladi.
2-qismida esa xat mashqi xususida amaliy ta’lim beriladi.
Munis Xorazmiy o`z she’rlarida xalqning orzu istaklarini aks
ettiradi, ma’rifatparvarlik g`oyalarini olg`a suradi, xalqni bilimli, adolatli
bo`lishga da’vat etadi. U tarbiyaviy qarashlarida do`stlik, vafo masalasiga
e’tibor beradi.
Umuman,
Munis
Xorazmiy
o`zining
pedagogik
qarashlarida
rostgo`ylik, do`stlik, vafo, adolat, shirinsuzlikni ulug`ladi, xalqni savodli
bo`lishga, ilm o`rganishga chaqiradi.
Muhammad
Sodiq
Qoshg`ariy
(1740-1843)
Qoshg`arda
kambag`al dehqon oilasida tug`iladi. Uning qoldirgan merosidan
pedagog - olim ekanligini bilib olamiz. Uning "Odob as-solihin"
(Yaxshi kishilar odobi), "Zubdat al - masoyil" (Masalalarning
qaymog`i), "Ko`makdoshlarning durdonasi", "Xojalar tazkirasi"
asarlari bizgacha yetib kelgan.
"Odob as-solihin" muqaddima, 7 bob hamda har bir bob 4
fasldan iborat. Asarda odob qoidalari: salomlashish va ruxsat
so`rash, muloqot odobi, uxlash va yo`l yurish, suhbatda o`zini
tutish, er-xotin odobi, tozalik qoidalari, mehmon kutish, ziyofat va
ovqatlanish odobi, safar qoidalari bayon etiladi.