XVII-XVIII asrlarda Germaniya va Italiyada ma’rifatparvarlik ideologiyasi
Yuklangan vaqt
2025-01-16
Yuklab olishlar soni
1
Sahifalar soni
16
Faytl hajmi
45,2 KB
XVII-XVIII asrlarda Germaniya va Italiyada ma’rifatparvarlik ideologiyasi
Reja:
1. Evropada ma’rifatparvarlik ideologiyasining vujudga kelishi.
2. Germaniya va Italiyada ma’rifatparvarlik ideologiyachi.
3. Yevropa mamlakatlarida taraqqiyotda ma’rifatparvarlik ideologiyasining
tutgan o’rni.
1. Evropada ma’rifatparvarlik ideologiyasining vujudga kelishi.
Ma’rifatparvarlik yoki ma’rifatparvarlik harakati jamiyatning ma’naviy –
ma’rifiy sohalarida o’rnatilgan ijtimoiy va siyosiy – zulmkorlik siyosatiga qarama –
qarshi o’laroq shakllangan ijtimoiy – falsafiy va ommaviy – demokratik harakatlar
sifatida amal qiladi. uning maqsadi muayyan jamiya hayotini falsafiy g’oyaviy va
ma’naviy - marifiy zo’ravorlikdan, Jaholatparvarlikdan ozod olib, erkin tafakkur,
ilg’or ma’naviy – ma’rifiy tizim orqali taraqqiyotning barcha zarur moddiy va
ma’naviy jabhalariga tatbiq etishdir, deyiladi faylasuf, Qomusiy lug’atida. O’zbek
tilining izohli lug’atida:
Ma’rifat kishilarning ong bilimini, madaniyatini oshirishga qaratilgan ta’lim
– tarbiyadeyiladi.
Bu davrda ya’ni Evropada ma’rifatparvarlik feodlizmdan kapitalizmga
o’tish uchun zarur o’rin egallagan umummadaniy harakat harakatdan iborat bo’ldi.
Ma’rifatparvarlik feodalizmga qarshi yosh burjuaziyava xalq ommasi
tomonida olib borilgan kurashning tarkibiy qismi bo’lib qoldi.
Ma’rifatparvarlik o’ziga hos harakaterga ega bo’lgan ikkita harakatni
o’z ichiga oladi:
1.Ma’rifatparvarlikning ijtimoiy va ahloqiy ideallarini;
2. Bu idnallarni amalga oshirish rejalarini.
Ma’rifatparvarlik g’oyalari tarafdorlari er yuzida “aqlning ustunligini” tan
olishadi. Ulardan ko’plari insonlar o’rtasidagi ma’naviy axloqiy qarashlarni,
ularning
munosabatlarini,
insoniy
qadriyatlarni
ustunligini
tan
olishadi.
Ma’rifatparvarlik ideologiyasi Evropaning ko’pgina mamlakatlarida, shuningdek
Frantsiya, Angliya, Germaniya, Italiya, Rossiya, Polsha va Shimoliy Amerika
mustamlakalarida keng tarqaldi.
Ma’rifatparvarlik ideologiyasi tomonidan vujudga kelgan axloqiy,
ma’naviy - ma’rifiy atmosfera (muhit) davlat va huquq, siyosiy nazariyalar, aniq va
gumanitar soharlardagi fanlarni rivojlanishiga olib keldi.
Evropada ma’rifatparvarlik asli XVII – asrlarda vujudga kelib, XVIII –
asrlarda eng yuqori cho’qqiga chiqdi.
1618-1648 yillarda bo’lib o’tgan 30 yillik urush Germaniyaning iqtisodiy
rivojlanishini izdan chiqardi. 297 ta kichik kinyazliklarga bo’linib ketgan
Germaniya, Gollandiya, Angliya,Frantsiya kabi mamlakatlardan ancha orqada qolib
ketgan edi,
Biroq Germaniyada ma’rifatparvarlik nemis knyazliklariga bog’liq
bo’lgan holda sekin-astalik bilan konservatizm tarafdorlari qarashlari va hatti-
harakatlari orasidan bo’lsada bosh ko’tarib chiqayotgan va bu davlat tuzilish,
huquqiy normalar qatoridagi bilimlar majmui sifatida paydo bo’layotgan edi.
Samiul Pufendorf (1632 – 1694 y). Germaniyada huquqshunoslik fanlari
rivojlanishi tizimini yaratishga harakat qilgan va uni boshlab bergan kishi bu Samiul
Pufendorf (1632 – 1694 y) edi.Uning “Tabiat va xalq huquqlari haqida sakkiz kitob”
asari bir yildan so’ng boshqa nom bilan o’qib qo’llanmasi sifatida chop etildi.
U davlatning paydo bo’lishi sabablari haqida to’xtalib, uning insoniyat
hayotidagi ijobiy o’rnini ko’rsatib o’tadi. U davlat odalarning tinchligi va
xotirjamligini saqlashda muhim o’rin egallaydi, degan fikrda bo’lgan, u cherkov va
uning qoidalaridan alohida va bo’lmog’i lozimligini bildirgan.
Gotfrid Vilgelm Leybnits (1646 – 1716 y.) Huquqshunos, faylasuf,
matematik. Nemis ma’rifatparvarlarining yorqin nomoyondalaridan biri. U yukori
darajadagi davlat lavozimlarida ishlagan. Shuningdek, u Rossiya imperatori Pyort I
bilan muntazam aloqada bo’lib to’rgan. 1712 yil Pyotr I ning 1 noyabrdagi farmoniga
binoan yashirin holatda yurist maslahatchisi bo’lib tayinlagan. Yillik maosh esa 100
tear etib tayinlangan.
Leybnits Pyotr I ni rus Soloni deb hisoblagan. U Rossiya tarixini, davlat
boshqarish tizimini chuqur o’rgangan. Rossiya davlatini rivojlanishi haqida qator
loyihalar ishlab chiqqan.
Uning yozishicha: hayotiy tajribam shuni ko’rsatmoqdaki yaxshi bilimli
qolligiya (jamoa) bilan davlatni gullatib yuborish mumkin .
U o’zining qarashlarida muayyan bir fikrga kelishi uchun o’zidan oldin o’tgan
olimlar va ayniqsa Rim va Grek huquqshunoslari asarlarini chuqur o’rganadi va
tahlil qiladi.
U ikki ko’rinishdagi adolatni farq qiladi.
1.Umumiy adolat, qaysikim to’g’ri yashashni talab etadigan
2.Partikulyar adolat- rasmiy bo’lmagan adolat.
Qaysikim o’ziga “har kimga o’zinikini berish “ va hech “kimga zarar
etkazmaslik” kabi ikki qoidaga amal qiluvchi adolat.
Keyinchalik u Arestotelni o’rgangandan so’ng partikulyar adolatni
taqsimlovchi va tenglashtiruvchi adolatga bo’ldi.
Xristian Volf. Nemis ma’rifatparvarlaridan yana biri bu – Xristian Volf bo’lib
(1679 – 1757 y.), u davlat va huquq sohasida o’ziga hos fikr va g’oyalarni ilgari surdi
Volf o’zining “Ilmiy usulda izohlangan, tabiiy huquq” nomli kitobidagi umumiy
tushuncha insonning majburiyatlarini huquq tartibga soladi, qaysikim u
majburiyatlarni amalga oshirishni eslatib turish uchun zarur. Haqiqiy qonunlar tabiiy
qonunlarni sezilarli darajada ifoda etadi, chunki majburiyatlarni bajarish uchun uni
individning erkinligi sifatida tushunish lozim, deydi.
Volf davlat bu oilalar o’rtasidagi o’zaro kelishuvchilik mevasi (u bu
kelishuvlarni uylar o’rtasida) deb biladi. Xab bir oila alohida o’zi uchun hayotda
zarur bo’ladigan sharoitlarni yarata olmaydi. Shu boisdan ham ular o’rtasida
kelishuvchilik asosida davlat paydo bo’ladi.
Volf nemislarning uchinchi qatlami (bu erda kambag’allar) hali juda zaif
bo’lganligi uchun monarxlarga ishonch bilan qarash ulardan jamiyatni rivojlanishi
uchun huquqiy normalarni yaratishi so’raladi.
Volf fuqorolar saxovatli, ma’rifatparvar monarxni e’tiborli himoyasi
ostida o’zlarini individual imkoniyatlarini erkin amalga oshirishi va to’la baxtli
yashashi mumkin, deb biladi. U knyazlarning chegara bilmaydigan absolyut
monarxiyasiga qarshi chiqadi. Shuning uchun ham xalqning bunday hokimiyatni
ag’dorib tashlashga bo’lgan urinishlariga xayrixohlik bilan qaraydi.
Italiya ma’rifatparvarligi.
XVIII-XIX asrlarda hukm so’rgan ijtimoiy turg’unlik mamlakatdagi xalqni
feodal munosabatlardan noroziligini vujudga keltirdi. Bu paytda paydo bo’layotgan
burjuaziya g’yasi kapitalistik munosabaklarni hech qanday to’siqlarsiz rivojlanishini
talab qila boshladi. biroq, zaif bujuaziya hali mamlakatdagi eski qarashlar va feodal
munosabatlardan to’la xoli bo’la olmadi va ular bilan o’zaro kompronizm asosida
ish olib borayotgan edi.
Jambattista Vitto (1668 – 1744 y.) Ilmiy sotsiologiya sohasida qator ishlarni
amalga oshirgan kishilardan biri edi.
Tarix Vito uchun tartibli aylanib kelayotgan odamlar harakatidan iborat.
Uning qarashlari o’zining “millatning umumiy tabiati haqida yangi fanning asosi”
nomli kitobida aks etgan.
O’tgan tarix tsikli uchta faza (bosqich) dan iborat. Boshlanish bosqichi –
xudolilik, xudolar davri. U davlatni ham, huquqiy me’yorlarni ham bilmaydi. Bu
erda qonun xudolar iborasi haqida xabar beruvchi kishilar kohinlardir.
Ikkinchi bosqich – qahramonlar davri. Davlat xuddi aristokratiya hokimiyati
sifatida amal qildi va plebeylarni qat’iy bosib turadi. Bu erdagi huquq – qupol qullar
huquqidir.
Uchinchi oxirgi bosqich – odamlar davri. Ya’ni demokratik respublika
tuzilishi yoki adolatli, erkin va ozodlikni, xalq suverenitetini ta’minlovchi monarxlar
vaqilliridir.
Chezare Bekaria (1738 – 1794 y.) “Jinoyat va jazo haqida kitobining
muallifi. tabiiy huquq doktrinasi tarafdori. qachonlardir yuz bergan urushlar
individlarni charchatdi va ular o’zlaridagi erkinliklarning muayyan qismini
yo’qotgan holda, o’zlarining qolgan qismlariga xotirjam va xavfsiz yashash uchun
birikishdi.
Germaniya mamlakati geosiyosiy jihatdan qulay hududda joylashgan bo’lib,
til, din, madaniyat, urf–odat hamda ma’naviy mushtarak bo’lgan nemis millatining
o’rganilayotgan paytda uzoq davr mobaynida siyosiy jihatdan tarqoq bo’lib
kelganligi va bu davlatning bir necha katta-kichik gertsogliklarga bo’linib
ketganligini ko’rish mumkin. Bu nemis davlatlari orasida Gabsburglar sulolasi
hukmronlik qilayotgan Avstraliyaning mavqei baland edi. Keyinchalik Prussiya
nemis davlatlari o’rtasida etakchi o’ringa chiqib, Avstriya bilan hukumronlikni
qo’lga kiritishi uchun kurash boshladi. Napaleoning bu harakati nemislarda milliy
his-tuyg’u, ozodlik g’oyalarini kuchaytirib yubordi. Napaleon davrida etakchi nemis
namoyondalaridan biri Fixte bo’lib, u o’zining falsafiy asarlari,vatanparvarlik
g’oyalari bilan nemis millatining uyg’onishida katta xizmat ko’rsatdi.
Napaleon taxtdan ag’darilgandan so’ng ham Germaniyada mayda nemis
davlatlari taxminan 50 yil saqlanib qoladi. Ilg’or nemis mutafakkirlarining nemis
federativ davlatini tuzish yo’lidagi urinishlari natija bermadi, chunki birlashtirish
g’oyasi Avstriya bilan Prussiyaning federatsiyaga hukmron bo’lishidek tor
manfatlariga uncha to’g’ri kelmas edi.
O’z navbatida, nemis xalqini birlashtirishga uringan vatanparvarlar qaerda
bo’lmasinlar ta’qib ostiga olindilar . Shu kabi sabablar tufayli Germaniyaning turli
o’lkalarida va davlatlarida yuz bergan 1848-1849 yillarida inqilob ham nihoyasiga
etmadi.
Germaniya Angliya kabi Evropada tabiiy er osti boyliklari – ko’mir, temir
rudasiga boy mamlakat hisoblanib, sanoat rivojlanishi uchun barcha imkoniyatlar
mavjud edi. Germaniyada fabrika va zavodlar vujudga keldi, sanoat egalari bilan bir
qatorda rivojlangan ishchilar sinfi paydo bo’ldi. Eng muhimi, nemis xalqi o’zining
mashhur faylasuflari, olimlari hamda urushlarda chiniqqan jasur va intizomli
askarlari bilan butun dunyoda mashhur edi.
Evropani larzaga solgan bu jang Germaniyada Prussiyaning boshchilik qilishi
uchun bo’lgan kurash taqdirini hal qildi. Prussiya Shlezvich va Polshteynnigina
emas, balki Germaniya markazidagi mayda nemis davlatlarining erlarini ham
butunlay qo’shib oldi. Avstriya Vena kongresi qarorlari asosida tuzilgan 39
davlatdan iborat Germaniya ittifoqining tarqatib yuborilishiga majbur bo’ldi. Uning
o’rniga 1866-yilda Prussiya boshchiligida 22 nemis davlatidan iborat Shimoliy
Germaniya ittifoqi tuzildi. Ularning hammasi monarxiya tuzilishi, o’z sulolalari va
hukumatlarini, aloxida armiyalarini, qonunlari va sud tizimlari saqlab qoldi. Bismark
ittifoq kontsleri-bundeskantsler lavozimini egalladi.
Zamondoshlarining habariga ko’ra, Bismark juda qisqa muddatda hammasi
bo’lib 5 soat ichida Shimoliy ittifoqi konstitutsiyasini ishlab chiqdi. Bu konstitutsiya
asosiy matnidagi ba’zi bir o’zgarishlarni hisobga olmaganda 50 yildan ko’proq vaqt
davomida, ya’ni Germaniyada 1919 yil Veymar konstituttsiyasi qabul qilinguniga
qadar amal qilib keldi.
1866 yil Sadovadagi g’alabadan so’ng Bismark Evropada o’sha davrda katta
mavqeiga ega bo’lgan Frantsiyaga qarshi urushga qizg’in tayyorgarlik ko’ra
boshladi, chunki Napoleon III ma’muriyati Germaniyaning yagona milliy davlat
bo’lib birlashishini aslo xohlamas edi.
Diplomatiya nuqtaiy nazaridan ham Bismark bu urishga puxta tayyorgarlik
ko’rdi. Angliya asrlar davomida Frantsiya raqibi bo’lganligi sababli Bismarkning
yaqin kelgusida Frantsiya bilan bo’ladigan urushda xayrixohlik bildirdi.
Bismarkning o’ta ustalik bilan ish ko’rishi Avstriya, hatto Rossiya ham nisbatan
betaraflik mavqeini bildirdi.
Bismark Germaniya davlat tepasida turib birlashtarishni tugallash uchun
Frantsiyani tor-mor etishga qoror qildi. Bundan tashqari, u bosqinchilik rejalarini
ham o’z oldiga maqsad qilib qo’ydi. Uning rejasiga ko’ra, Elzas va Lotaringiya
Frantsiyadan tortib olinib, Germaniyaga qo’shilishi kerak edi.
Frantsiya-Prussiya urushi (1870-1871) va bu urushda Prussiyaning g’alabasi
tufayli Germaniyaning birlashtirilishi nixoyasiga etdi. Prussiyani yaxshi qurollangan
va ko’p sonli armiyasi Fransuz qo’shinlariga qaqshatqich zarba berdi va Frantsiyani
kata qisimni bosib oldi.
1870 yil sentyabrida imperator Napaleon III ning IIimperiyasi quladi va
Frantsiya respublikasi deb e’lon qilindi.
1871 yil Versal qasrining xashamatli zallaridan birida Germaniyaning
Prussiya atrofida birlashganligi tantanala vaziyatda e’lon qilindi. Prussiya qiroli
Velgelim I Germaniya imperatori keyzeri deb shu tantanali marosimda
qatnashayotgan barcha nemis monarxlari va Germaniya namoyondalari tomonidan
e’tirof etildi.
Shimoliy Germaniya ittifoqi qatnashchilari va Janubiy German davlatlari o’z
hukumatlari bilan Germaniya imperiyasi tarkibaga kirdilar. Elzas hamda
Lotaringiyaning bir qismi Frantsiyadan ajratib olindi va Germaniya imperiyasiga
qo’shildi.
1840–yillarda Germaniyada temir yo’llar qurilishi va paraxodchilikning
rivojlanishi jadallashdi. Berlinda paravozsozlik zavodlari barpo etilda. 40 yillarning
oxiriga borib, Berlin Evropaning yirik sonoat markazlaridan biriga aylandi. Ammo
sanoat rivoji jixatidan Germaniyada hali Angiliya va Frantsiyadan ancha orqada
bo’lib, Evropada uchinchi o’rinda turar edi. Germaniyaning sanoat jixatdan orqada
qolishida uning tarqoqligi asosiy sabablardan biri edi.
Sanoat rivojlanishi bilan bir qatorda qishloq xo’jaligi ham taraqqiy etdi.
Germaniyada dexqonlar shaxsan er egalariga emas edilar, ammo pomeshchiklarga
ko’p miqdorda pul majburiyatlari to’lashga majbur edi. Chunki, kapitalizm va bozor
iqtisodiyotiga o’tishda badavlat dexqonlar o’z majburiyatlarini pomeshchiklardan
shartli ravishda sotib olish ancha og’ir edi: bir payitning o’zida barcha yillik
to’lovlardan 25 barovar ortiq miqdorda pulni to’lash mumkin edi. Shu sababli 1815
yildan 1845 yilgacha o’tgan 30 yil mobaynida barcha dexqonlarning faqat 25
foizigina o’z majburiyatlarini sotib ololdilar.
Prussiyadagi barcha yillarning yarmidan ko’prog’i pomeshchiklarga qarshi
edi. Prussiya pomeshchiklari yoki yunkerlari ( yunker-nemischa “yun ger” so’zidan
olingan bo’lib, yosh xo’jayin demakdir) ning katta miqdorida yirik qishloq xo’jaligi
rivojlanar, javdar, kartoshka etishtirilar va ulardan spirt-aroq olish uchun vinochilik
zavodlari qurilmoqda edi. Raqobatga dosh bera olmay, o’z eridan ajralgan yoki
arzimas erni o’zlariga saqlab qolgan banroklar yunkerlarga yollanib ishlashga
majbur edi. Badavlat, “yirik” dexqonlar yoki grossbauerlar (nemischa “gross”- yirik
va “bauer”- dexqon demakdir) ham o’z xo’jaliklarida batraklarni yollar edilar.
Shunday qilib, Prussiyada va keyinchalik butun Germaniya bo’ylab qishloq
xo’jaligi o’ziga xos yo’l bilan rivojlandi. Zamona zayli bilan er egalari
pomeshchiklar o’z xo’jaliklarini yangicha usulda, zamonaviy agrotexnika usullari
asosida rivojlantirdilar. Bu usul mohiyatan islohatchilikka asoslangan bo’lib, bir
necha yil davomida qishloq xalq xo’jaligining rivojlangan tarmoqlaridan biriga
aylanishiga olib kelishi kerak edi. Odatda bu usulni qishloq xo’jaligi taraqqiyotining
“prusscha yo’li” deb ham atashadi.
Ammo Germaniyaning siyosiy jixatdan tarqoqligi va undagi eskicha tadbirlar
mamlakat taraqqiyotining eng asosiy to’siqlardan biri edi. Saqlanib qolgan 39 ta
davlatdan har biri o’zicha mustaqil edi; ularning o’lchov birligi, o’z tanga puli va
tosh- tarozisi mavjud edi; ichki bojxonalar, nemis davlatlari o’rtasida sun’iy
chegaralar mamlakat ichkarisida savdo sotiqni qiyinlashtirdi. Ko’pgina nemis
davlatlarining, shu jumladan Prussiyaning ham er mulklari bir necha qisimlardan
iborat edi, bu esa vaziyatni chigallashtirar edi. Zamondoshlar Germaniyaning bu
ahvolini “tanasi arqon biln tang’ib tashlangan odam” ga o’xshatar edilar.
Germaniyada sanoat taraqqiyoti, savdo-sotiqni rivojlanishi o’rta tabaqalarni
boyishi Bilan ishchilar sinfining ham shakillanishiga olib keldi. Angiliya va
Frantsiyada bo’lgani kabi sanoat to’ntarilishi engil sanoatda, yangi mashinalar va
dasgoxlarning to’qimachilik sanoatida qo’llanilishi yangi kasb-hunarlarning paydo
bo’lishiga olib keldi. Ishchilarning paydo bo’lishiga olib keldi. Ishchilarning yuqori
malakali va malakasiz toifalarga bo’linishi tabiiy hol edi. Shu sababli bir tamonlama,
yuqori malakali ishchilarga zavod fabrikalarda extiyoj ortib borsa, ikkinchidan,
malakasiz yoki malakali uncha yuqori bo’lmagan ishchilarga deyarli extiyoj yo’q
edi. Shu sababli ishsizlik ham bozor iqtisodiyoti va yollanma mexnatdan foydalanish
davrida tabiiy xolga aylanib qoldi.
Seliziyadagi to’quvchilar qo’zg’oloni Frantsiya Lion shahrida 1831-1834
yillarda yuz bergan to’quvchilir qo’zg’aloniga solishtirish mumkin. Seliziyadagi
to’quvchilar qo’zg’aloni Germaniyada ham ishchilar sinfining paydo bo’layotgani
va ularning o’z xaq xuquqlarining talab qilishga qodir ekanliklaridan dalolat
bermoqda edi. Yirik nemis burjiaziyasi bilan bir qatorda nemis demokratlari paydo
bo’ldilarki, ular birlashgan Germaniyada asosan respublika tizimini barqaror qilish,
barcha odamlarning qonun oldida barobar javobgar ekanini siyosiy jixatdan teng
xuquqliligini ta’minlanishini talab qilar edilar. Bu demokratlar ana shunday
g’oyalarni targ’ib qilayotgan vatanparvar shoir va yozuvchilar ta’sirida edilar.
Ammo ularning ko’pchiligi ta’qiblardan qochib Angiliya, Frantsiya, Shvetsariyadan
boshpana izlashga majbur bo’ldilar.
1789 yildan Germaniyaning ijtimoiy-siyosiy ahvoli XIX asrning dastlabki o’n
yilliklariga qadar o’zgarmay kelayotgan edi. Biroq, qo’shni mamlakatlarda yuz
berayotgan ijtimoiy-siyosiy voqeliklar bu Germaniyaga ham, shuningdek nemis
xalqi ongiga ham muayyan ma’noda o’z ta’sirini ko’rsatayotgan edi. Jumladan,
Baden, Saksoniya, Pfaltseda dehqonlar harakatining avj olishi, nemis shaharlarida
aholining turli norozilik kayfiyatidagi chiqishlari, 1793 yil bahorida Sileziya
hududida to’quvchilar tomonidan ko’tarilgan qo’zg’alon va hatto Mayn
gertsogligining Respublika deb e’lon qilinishi yuqorida qayd etilgan fikrimizdan
dalolat beradi.
Biroq, Germaniyada ziyoli qatlamning orzu-istaklari bo’lib kelayotgan bir
necha holatlarning: umummiliy birlikka erishish, davlat huquqiy tizimini
demokratlashtirish, krepostnoy huquqini bekor qilinishidek muammolarning
mavjudligi va ularning echilishi uchun qilinayotgan harakatlar mamlakat ijtimoiy-
siyosiy hayotida muhim xususiyatga ega edi. Bu muammolarning echimi endigina
shakllanib kelayotgan va hali juda katta kuchga ega bo’lmagan, eski feodal tuzumga
nisbatan progressiv qarashlarni o’zida aks ettirgan kapitalistik munosabtlarning kirib
kelayotganligi va nemis burjua sinfining shakllanishi yuqorida ko’rsatib o’tilgan
muammolarning qanday hal qilinishiga ham ko’p tomonlama bog’liq edi. Shu bilan
birga nemis burjua sinfi feodal munosabatlarni batamom tugatish uchun keng
mehnatkash ommasining kuchiga to’la tayanib qolishdan qo’rqar edilar. Chunki,
nemis burjua sinfi endi shakllanayotgan va yuqori qatlam sifatida bir tomondan,
feodal munosabatlarni tugatishga harakat qilayotgan bo’lsa, ikkinchidan yangi
o’zlari bilan birga paydo bo’layotgan ishchilar sinfi noroziligining kuchayib ketishi
hamda bu norozilik o’zlariga ham qarshi qaratilishi mumkin, deb o’ylar edilar. Shu
sababli, ular o’z g’oyalarini barchaga ham tushunarli bo’lavermagan falsafiy tilga
o’girdilar va usha davrdagi vaziyatni bir qadar yumshatishga oliy qadriyat sifatida
harakat qildilar. Bu bilan ular o’zlarining qat’iyatsizligini biroz bo’lsada yashirdilar.
XIX asrning birinchi yarmida nemis liberalizmining yorqin namoyondlari
Fridrix Dalman, Robert fon Mol, Karl Rottek, Karl Velker, Iogan Got Fixte, Yulius
Fryobel va boshqalar bo’lib, ular o’zalrining qarashlari va faoliyati orqali
Germaniyaning siyosiy va ma’naviy muhitiga kata ta’sir ko’rsatganlar. Nemis
libralizmi orasida Vilgelm fon Gumbold va Lorents Shtey g’oyalarini alohida
ta’kidlab o’tish joiz.
Vilgelm fon Gumboldt (1767-1835 y.y.). 1792 yilda yozilgan “ Davlat
faoliyatiga chegara qo’yish tajribasi” nomli siyosiy asarida davlat masalasiga
insonparvarlik individualizmi nuqtai-nazaridan yondoshadi. Ushbu asarning asosiy
mazmuni davlatda insonning o’z o’rnini topish masalasidir. U davlat va jamiyatni
belgilariga ko’ra tabaqalanish chegarasi sifatida quyidagi faktlarni keltirib o’tgan.
Bular: milliy tashkilotlar tizimi (tashkilotlar, uyushmalar va boshqa birlashmalar)
hamda davlat institutlari va xizmatlari; tabiiy va umumiy huquq hamda bevosita
davlat tomonidan yaratiladigan pozitiv huquq; inson va fuqaro.
Gumboldt jamiyat va davlat o’rtasida chegara belgilar ekan, ularning bir xil
darajada emasligini ta’kidlaydi. Uning nuqtai nazaricha, jamiyat davlatga nisbatan,
inson va fuqaroga nisbatan kengroq tushunchadir. Shuning uchun ham tabiiy va
umumiy huquq davlat tomnidan qabul qilinadigan qonunlarni ishlab chiqishda
yagona asos bo’lib xizmat qilishi lozim. Davlatning mavjud bo’lishidan asosiy
maqsad jamiyatga xizmat qilishdir. Lekin uning nazarida, jamiyat tushunchasining
mohiyatini, jamiyatning har bir a’zosi, ya’ni individ tashkil etadi. Shuning uchun
“davlat tuzumi inson kamolotining vositasi, xolos” degan tezis amal qiladi.
Gumboldt minimal davlat kontseptsiyasi tarafdori bo’lgan dastlabki burjua
liberalistlaridan biridir. Uning fikricha davlatning funktsiyalari iloji boricha tor
doirada bo’lishi lozim. Davlat hokimiyati doirasi qanchalik keng bo’lsa, individlar
ittifoqining erkinligi shunchalik tor bo’ladi. Davlatning kuchayishi insonlarda
tug’ilajak erkinlikning o’sishiga to’siq bo’ladi. U davlat funktsiyalarining
kengayishga qarshi chiqqan bo’lsada, uning ayrim ijtimoiy himoya funktsiyalarining
zarurligini tan oladi. Shuning uchun u fuqarolarni davlatga, qonunlarga hurmat va
itoatli bo’lishga chaqiradi. Davlatning zaruratini tushungan Gumboldt boshqa
anarxist ta’limotchilaridan farq qiladi. Nemis mutafakkirining bu sohadagi g’oyalari
hozirgacha o’z ahamiyatini yo’qotgan emas.
Nemis mutaffakkirlaridan biri Lorents Shteyn (1815-1890y.y.)ning ham
qarashlari o’sha davrdagi davlat, huquq, boshqaruv, jamiyat sohasida ilg’or
qarashlardan biri bo’ldi. U davlat, huquq, boshqaruv, jamiyat haqida bir qancha
izlanishlar olib bordi. Uning “1789 yildan to hozirgi kungacha frantsiyada ijtimoiy
harakatlar tarixi”, “Boshqaruv haqida ta’limot” kabi asarlarida Germaniyada davlat
va huquq haqidagi fanning hozirgi kun va istiqboli bayon etilgan. Shteyn ta’limotida
jamiyat mustaqil, o’ziga ijtimoiy uyushma sifatida gavdalanadi. Individlar birlikda
harakat qilar ekanlar, undagi insonlar bir-birlariga nisbatan doimo va har taraflama
qaram bo’ladilar. Jamiyatning o’ziga xos xususiyati esa undagi har bir a’zo o’zining
xohish irodasiga tayanib harakat qiladi. Bu ta’limot orqali u jamiyatda erkinlik
yo’qligini ta’kidlaydi. Shteynning qat’iy xulosasi quyidagicha: jamiyat amal
qiladigan tamoyil bu erksizlikdir. “Davlat, -deydi Shteyn – bu barchaning xohish
irodasi natijasida paydo bo’lgan. Shuning uchun u faqat jamiyatga xizmat qilishi
kerak. Bunday tashkilot davlat bo’lgani uchun faqat ungagina erkinlik berilmog’i
lozim. Erkinlik bu shunday tamoyilki, davlat unga doimo tayanadi”.
Shteynning fikricha, jamiyat va davlat doimo bir-biriga ta’sir etadi. Bunda
jamiyat davlatni o’zining tamoyillariga xos ravishda moslashtirishga harakat qilsa,
davlat esa, aksincha, o’ziga mos bo’lgan ijtimoiy tuzumni yaratishga harakat qiladi.
Davlat jamiyatdan ustun turar ekan, jamiyatning “xo’jayini” va “ustozi” bo’lishi
kerak. Faqat davlatning ijro etuvchi hokimiyati qonun chiqaruvchi hokimiyatga aniq
va og’ishmay bo’ysungan taqdirda davlat o’zining asosiy vazifasini bajargan bo’lur.
Bunday subardinatsiya oddiy davlatni huquqiy davlatga aylantiradi va sifatini
saqlashni kafolatlaydi.
Shteyn qarashlarini o’rganar ekanmiz, uning huquqiy davlat tarafdori
ekanligini ko’ramiz. “Boshqaruv huquqi konstitutsiya va qonunlarga tayanishi
kerak”, deydi u. Biroq, u bunday davlatni konstitutsion monarxiya shaklida ko’radi.
Konstitutsiyaviy monarxiyada ijro etuvchi hokimiyat qonun chiqaruvi hokimiyatga
bo’ysunishi nazorat qiluvchi bu-monarxdir. Faqat monarxgina jamiyatda
insonlarning manfaatlarini ta’minlab berishi mumkin. Konstitutsiyaviy monarxiyada
ijtimoiy islohatlar ham o’tkazilishi lozim, degan fikrda bo’ladi. Bunday islohatlar
natijasida quyi tabaqa aholisining maqomi, ularning unumdorligi, saviyasi va
hayotiy tajribalari ortadi. Shteynning davlat mehnatkashlar foydasiga ijtimoiy
islohatlar amalga oshirish lozimligi haqidagi g’oyalari ko’plab inqilob tarafdorlari
tomonidan qoralandi.
Bu davrda yashagan nemis g’oyaviy idealistlaridan biri Iogan Got Fixte
(1726-1814y.y.) ning faoliyatini ham ko’rish mumkin. Uning g’oyaviy va siyosiy
qarashlari “Huquq haqida ta’limot”, “Davlat haqida ta’limot” kitoblarida o’z aksini
topdi. U idealist. Huquq tushunchasi fikricha-aqlli odamlar o’rtasidagi
munosabatlaridan iborat tushunchadir. U qachonki, bunday odamlar bir-biri bilan
o’zaro munosabatlarda bo’lgan taqdirdagina amal qiladi. Fixte bunday huquq avvalo,
jamoaviy shartnomalar paydo bo’lishi, so’ngra oxir-oqibat odamlarning fuqaroviy
davlat shartnomasi tuzishiga va davlat paydo bo’lishiga olib keladi. U o’zining
g’oyaviy qarashlarida hech qachon inson qadriyatlarining uyg’unligidan, tabaqaviy
imtiyozlarning inkor etilishidan, aholini tinch va osuda hayot kechirishidan, ya’ni
Kant tomonidan ilgari surilgan “Abadiy tinchlik” g’oyasidan, shuningdek uning bu
sohadagi fikrdoshi sifatida undan og’ib ketmaydi.
Kenigsberg universitetining falsafa fanlari professori Immanuil Kant (1724-
1804 y.y.) Germaniyada birinchilardan bo’lib liberalizm asosini tizimlashtirgan va
mamlakatda iqtisodiy-siyosiy erkinlikning o’rnatilishi tarafdori bo’lgan. Kantning
“davlat va huquq” haqida ta’limoti hamda siyosiy-huquqiy qarashlari uning
“Kosmopolitik nuqtai nazaridan umumiy tarix g’oyalari”, “Mutloq dunyo sari”,
“Huquq haqida ta’limotining metafizik asosi” kabi asarlarida bayon etilgan.
Ma’rifatga yo’g’rilgan va tabiiy huquq maktabining inidividualizmiga
asoslangan Kant quyidagi ijtimoiy tamoyilni ko’rsatadi. Har bir shaxs mutloq qadr –
qimmatga ega. Shaxs ma’lum bir rejalarni amalga oshirishda, garchi umumfoydaga
qaratilgan rejalar bo’lsada, lekin u vosita bo’lib xizmat qilmasligi lozim. Shaxs
axloqiy ong sub’ektidir, u boshqa tabiiy mavjudotlardan mutloq farq qiladi. Shuning
uchun inson faqat axloqiy qonunlarga tayanishi lozim. Bu qonun hech qanday tashqi
vaziyatlar va sabablarga bog’liq bo’lmaydi.
Kantning fikricha, huquq umummajburiy xarakterga ega bo’lishi lozim.
Lekin, bunga qanday erishish mumkin?
Buning uchun avvalo uning tarkibiga majburlov choralarini singdirish lozim.
Aks holda, insonlarning huquq normalariga itoat qilishga, shuningdek
huquqbuzarlikning oldini olishga va buzilgan huquqni tiklashga erishib bo’lmaydi.
Agar huquq majburlov chorasi bilan birga faoliyat yuritmas ekan, u jamiyatda o’zini
vazifasini bajarish imkoniyatgia ega bo’lmaydi. Lekin, shuni ham inobatga olish
kerakki, umumiy qonunlarni mutloq imperativ xarakterga ega bo’lishi, uning
shartlariga to’g’ri kelmaydi. Huquqqa bunday xususiyatlarni singdirish, faqat