XX ASRDA O’ZBEKISTONNING MUSIQIY HAYOTI.

Yuklangan vaqt

2025-01-29

Yuklab olishlar soni

1

Sahifalar soni

10

Faytl hajmi

24,6 KB


 
 
 
 
 
 
XX ASRDA O’ZBEKISTONNING MUSIQIY HAYOTI. 
 
 Reja: 
1. Bu davrda O’rta Osiyoga rus madaniyatining kirib kelishi.  
2. Havaskor to’garaklarning tashkil etilishi.  
3. Birinchi musiqali teatrlar. 
4. Ushbu yillarda o’zbek milliy musiqa merosini yozib olinishi va qayta 
ishlanishi. 
5. Shashmaqomning notaga tushirilishi. 
6. Samarqandda maxsus ilmiy-tekshirish institutini ochilishi.  
7. O’zbek musiqiy asboblarini evropa usulida o’zlashtirilishi. 
8. Professional ijodiy guruhlar bilan bir qatorda havaskorlik xalq ijodiy 
guruhlarining rivojlanishidagi ijobiy o’zgarishlar va birinchi musiqali dramalar. 
  
 
1. O’rta Osiyoga rus madaniyatining kirib kelishi. XIX asrning 60-70 
yillari Toshkent, Moskva, Peterburg cholg’uchilarining mahalliy ijrochilar 
musiqa ixlosmandlari ishtirokida kontsert faoliyati faollashgan yirik madaniy 
markazga aylandi. 1877-yildan boshlab Toshkentga, keyinroq Samarqandga, 
Farg’onaga va boshqa shaharlarga etuk musiqa jamoalari, gastrolyorlar va 
daramatik guruhlar tashrif buyura boshlashdi. Rus cholg’uchilarining demokratik 
an’analari Turkistonda baynalminal aloqalarning o’rnatilishiga ko’maklashdi va 
Oktyabr inqilobining g’alabasidan keyinroq tezda Toshkent, Buxoro Samarqand 
va O’rta Osiyoning boshqa shaharlarida kasbiy musiqiy o’quv yurtlarning tashkil 
etilishida ma’lum darajada asos bo’lib xizmat qildi. 
O’tgan XIX asrning 70-80 yillaridagi O’rta osiyo tubjoy aholisining hayoti 
(oilaviy turmush tarzi, urf odatlari, musiqachilik ahvoli marosimlari) rus va 
xorijiy etnografik folklorshunoslarining diqqatini o’ziga jalb etgan edi. Xalq 
XX ASRDA O’ZBEKISTONNING MUSIQIY HAYOTI. Reja: 1. Bu davrda O’rta Osiyoga rus madaniyatining kirib kelishi. 2. Havaskor to’garaklarning tashkil etilishi. 3. Birinchi musiqali teatrlar. 4. Ushbu yillarda o’zbek milliy musiqa merosini yozib olinishi va qayta ishlanishi. 5. Shashmaqomning notaga tushirilishi. 6. Samarqandda maxsus ilmiy-tekshirish institutini ochilishi. 7. O’zbek musiqiy asboblarini evropa usulida o’zlashtirilishi. 8. Professional ijodiy guruhlar bilan bir qatorda havaskorlik xalq ijodiy guruhlarining rivojlanishidagi ijobiy o’zgarishlar va birinchi musiqali dramalar. 1. O’rta Osiyoga rus madaniyatining kirib kelishi. XIX asrning 60-70 yillari Toshkent, Moskva, Peterburg cholg’uchilarining mahalliy ijrochilar musiqa ixlosmandlari ishtirokida kontsert faoliyati faollashgan yirik madaniy markazga aylandi. 1877-yildan boshlab Toshkentga, keyinroq Samarqandga, Farg’onaga va boshqa shaharlarga etuk musiqa jamoalari, gastrolyorlar va daramatik guruhlar tashrif buyura boshlashdi. Rus cholg’uchilarining demokratik an’analari Turkistonda baynalminal aloqalarning o’rnatilishiga ko’maklashdi va Oktyabr inqilobining g’alabasidan keyinroq tezda Toshkent, Buxoro Samarqand va O’rta Osiyoning boshqa shaharlarida kasbiy musiqiy o’quv yurtlarning tashkil etilishida ma’lum darajada asos bo’lib xizmat qildi. O’tgan XIX asrning 70-80 yillaridagi O’rta osiyo tubjoy aholisining hayoti (oilaviy turmush tarzi, urf odatlari, musiqachilik ahvoli marosimlari) rus va xorijiy etnografik folklorshunoslarining diqqatini o’ziga jalb etgan edi. Xalq  
 
madaniyatining tarkibiy qismiga kirgan xalq cholg’ulariga bo’lgan qiziqishning 
boisi ham shunda. XIX asrning oxiri va XX asr boshlarida O’rta Osiyoga kelgan 
etnograf va sayyohlar Turkiston o’lkasining xalq musiqasini yozib olishda 
(notalashtirishda) muayyan ishlar qilishdi. Bunda ular xalq cholg’ularini 
o’rganishaga alohida e’tibor berishdi. Ular o’z ijodiy ishlarida musiqaning o’ta 
ommaviyligiga, uning xalq hayotida muhim rol o’ynashiga ahamiyat berishdi. 
Mazkur manbalar tufayli, biz musiqa san’ati mundarijasi, ijrochilik turlari, 
musiqa an’analari, cholg’ularining ta’riflari, o’zbek xalq kuylarining nota 
yozuvlari haqida ma’lumotlarga ega bo’ldik. 1917-32 yillarda O’zbekistonda 
madaniy qurilishlar yuz bera boshladi. Ulug’ Oktyabr sotsialistik inqilob o’zbek 
xalqini ikki tomonlama zulmdan, rus chorizmi hamda mahalliy feodallar 
zulmidan ozod etib, milliy madaniyatning gullab-yashnashiga yo’l ochib berdi. 
Madaniy qurilish inqilobdan keyingi dastlabki yillardan boshlangan edi.O’rta 
Osiyo milliy davlat chegaralanishi iqtisodiy va madaniy tengsizlikka to’la barham 
berish uchun o’zbek ijtimoiy millatini jipslashtirish va yuksak rivojlantirish 
uchun mustahkam poydevor yaratdi. 1917-32 yillar mobaynida o’lkada ilk 
musiqa o’quv yurtlari va musiqali teatrlar ochildi ,musiqa folklorini yozib olish 
va qayta ishlash, mehnatkash xalqning keng ommasini musiqa havaskorligiga 
jalb etish bo’yicha ishlar avj oldirildi. 
2.Havaskor to’garaklarning tashkil etilishi. Inqilobdan keyingi yillarda 
O’zbeksitonda ommaviy musiqali harakat avj oldi. Keng xalq ommasini xor 
to’garaklari, xalq orkestri va duxovoy orkestrlar, vokal-cholg’u ansambllariga 
jalb etish boshlandi. 20-yillarning boshida Toshkent zavod va fabrikalarning 
ishchi klublari qoshida ochilgan Maorif institutlari havaskorlik to’garaklari tuzila 
boshladi. Ularning negizida kontsert faoliyatini jadal rivojlantira boshlagan 
havaskorlik jamoalari vujudga keldi. Odatda bunday jamoalarni Qizil Armiya 
qismlaridagi orkestrlarning musiqachilari boshqarar edi. 
 Inqilobdan keyingi yillarda 
umumta’lim 
maktablarida havaskorlik 
to’garaklarining 
tashkil 
etilishi 
muhim 
tashabbus 
bo’ldi. 
1919-yilda 
A.S.Makarenko mehnat koloniyasi (biror maqsadda birga kelgan va birga 
yashovchi kishilarning turar joyi, makon) qoshida tashkil etilgan Toshkent 
erkaklar “Namuna” maktabi o’zbek musiqa havaskorligining o’choqlaridan biri 
madaniyatining tarkibiy qismiga kirgan xalq cholg’ulariga bo’lgan qiziqishning boisi ham shunda. XIX asrning oxiri va XX asr boshlarida O’rta Osiyoga kelgan etnograf va sayyohlar Turkiston o’lkasining xalq musiqasini yozib olishda (notalashtirishda) muayyan ishlar qilishdi. Bunda ular xalq cholg’ularini o’rganishaga alohida e’tibor berishdi. Ular o’z ijodiy ishlarida musiqaning o’ta ommaviyligiga, uning xalq hayotida muhim rol o’ynashiga ahamiyat berishdi. Mazkur manbalar tufayli, biz musiqa san’ati mundarijasi, ijrochilik turlari, musiqa an’analari, cholg’ularining ta’riflari, o’zbek xalq kuylarining nota yozuvlari haqida ma’lumotlarga ega bo’ldik. 1917-32 yillarda O’zbekistonda madaniy qurilishlar yuz bera boshladi. Ulug’ Oktyabr sotsialistik inqilob o’zbek xalqini ikki tomonlama zulmdan, rus chorizmi hamda mahalliy feodallar zulmidan ozod etib, milliy madaniyatning gullab-yashnashiga yo’l ochib berdi. Madaniy qurilish inqilobdan keyingi dastlabki yillardan boshlangan edi.O’rta Osiyo milliy davlat chegaralanishi iqtisodiy va madaniy tengsizlikka to’la barham berish uchun o’zbek ijtimoiy millatini jipslashtirish va yuksak rivojlantirish uchun mustahkam poydevor yaratdi. 1917-32 yillar mobaynida o’lkada ilk musiqa o’quv yurtlari va musiqali teatrlar ochildi ,musiqa folklorini yozib olish va qayta ishlash, mehnatkash xalqning keng ommasini musiqa havaskorligiga jalb etish bo’yicha ishlar avj oldirildi. 2.Havaskor to’garaklarning tashkil etilishi. Inqilobdan keyingi yillarda O’zbeksitonda ommaviy musiqali harakat avj oldi. Keng xalq ommasini xor to’garaklari, xalq orkestri va duxovoy orkestrlar, vokal-cholg’u ansambllariga jalb etish boshlandi. 20-yillarning boshida Toshkent zavod va fabrikalarning ishchi klublari qoshida ochilgan Maorif institutlari havaskorlik to’garaklari tuzila boshladi. Ularning negizida kontsert faoliyatini jadal rivojlantira boshlagan havaskorlik jamoalari vujudga keldi. Odatda bunday jamoalarni Qizil Armiya qismlaridagi orkestrlarning musiqachilari boshqarar edi. Inqilobdan keyingi yillarda umumta’lim maktablarida havaskorlik to’garaklarining tashkil etilishi muhim tashabbus bo’ldi. 1919-yilda A.S.Makarenko mehnat koloniyasi (biror maqsadda birga kelgan va birga yashovchi kishilarning turar joyi, makon) qoshida tashkil etilgan Toshkent erkaklar “Namuna” maktabi o’zbek musiqa havaskorligining o’choqlaridan biri  
 
bo’lib qoldi.Bu erda mashhur xalq musiqachilari Shorahim Shoumarov va L 
Lutfullaev rahbarligida tarkibi kuchli bo’lgan musiqa to’garagi vujudga keldi. 
 20-yillarning ikkinchi yarmida “Ko’k ko’ylak” umumiy nomi ostidagi 
tashkil topgan yoshlar jamoalari keng quloch yozdi. Bu jamoalarning milliy 
tarkibi ko’pincha xar xil millatlardan iborat bo’lib, dastur ikki tilda olib borilar 
edi. Rus ommaviy qo’shiqlari kundalik mavzulardagi o’zbek laparlari bilan 
galma-gal aytilardi. “Ko’k ko’ylak”chilar aroqxo’rlik, bezorilik, xotinqizlarga 
feodallarcha munosabatni fosh qiluvchi satirik, hajviy laparlarni ijro etar edilar. 
Turkiston o’lkasining ko’pgina shaharlarida, o’zbek umumta’lim maktablari 
qoshida vujudga kelgan havaskorlar duxovoy orkestri katta e’tibor qozondi. 
Bularning tashkil bo’lishida havaskor jamoalar uchun o’z muzikachilarini 
tayinlagan Qizil Armiya qismlaridagi harbiy orkestrlar yordam berdi. Duxovoy 
cholg’u asboblarida ijrochilikning tarqalishi o’sha davrda nafaqat badiiy, balki 
siyosiy ahamiyatga ham ega edi. Inqilobiy qo’shiq va marshlardan iborat 
dasturlar bayram namoyishlarida ishtirok etayotgan yoshlarning ongini 
shakllantirishga yordam berdi, jangovar ruhini ko’tardi, jamoaviylik tuyg’ularini 
tarbiyaladi. 
3. Birinchi musiqali teatrlar. 1918-yili Toshkentda tashkil etilgan rus opera 
teatri Turkistondagi birinchi musiqali teatr edi. Teatr tashkil bo’lganiga qadar 
havaskorlar musiqali teatr jamiyati kuchi bilan klassik mumtoz operalardan 
parchalar ko’rsatar edi. Bu sahna asarlarining eng faol va talantli ishtirokchilari 
opera teatrining birinchi tarkibiga yakkaxon sifatida kirgan edilar. Teatr o’z 
faoliyatini boshlanishidayoq o’zining xor va simfonik orkestriga ega edi. Teatr 
tarkibi tez orada Rossiyaning etakchi teatrlari artistlari bilan mustahkamlandi. 
Spektakllar bilan O’rta Osiyoda gastrolda (tomosha safarida) yurgan rus opera 
sahnalarining ustalari L.V. Sobinov, A.V. Nejdanova, G.S. Pirogov va boshqalar 
ishtirok etdilar. 20-yillar teatr sahna asarlari ro’yxatida Dargomijskiyning “Suv 
parisi”, Chaykovskiyning “Evgeniy Onegin” va “ Mazepa”, Verdining “Traviata” 
xamda “ Rigoletto” va boshqa klassik operalari bor edi. 
 Rus opera teatri faoliyati bilan bab-baravar ravishda o’zbek musiqali teatrini 
tashkil etish bo’yicha ishlar olib borildi. Inqilobdan ozod qilingan xalqning ijodiy 
tashabbusidan tug’ilgan o’zbek teatri milliy adabiyot va xalq san’atining ko’p 
bo’lib qoldi.Bu erda mashhur xalq musiqachilari Shorahim Shoumarov va L Lutfullaev rahbarligida tarkibi kuchli bo’lgan musiqa to’garagi vujudga keldi. 20-yillarning ikkinchi yarmida “Ko’k ko’ylak” umumiy nomi ostidagi tashkil topgan yoshlar jamoalari keng quloch yozdi. Bu jamoalarning milliy tarkibi ko’pincha xar xil millatlardan iborat bo’lib, dastur ikki tilda olib borilar edi. Rus ommaviy qo’shiqlari kundalik mavzulardagi o’zbek laparlari bilan galma-gal aytilardi. “Ko’k ko’ylak”chilar aroqxo’rlik, bezorilik, xotinqizlarga feodallarcha munosabatni fosh qiluvchi satirik, hajviy laparlarni ijro etar edilar. Turkiston o’lkasining ko’pgina shaharlarida, o’zbek umumta’lim maktablari qoshida vujudga kelgan havaskorlar duxovoy orkestri katta e’tibor qozondi. Bularning tashkil bo’lishida havaskor jamoalar uchun o’z muzikachilarini tayinlagan Qizil Armiya qismlaridagi harbiy orkestrlar yordam berdi. Duxovoy cholg’u asboblarida ijrochilikning tarqalishi o’sha davrda nafaqat badiiy, balki siyosiy ahamiyatga ham ega edi. Inqilobiy qo’shiq va marshlardan iborat dasturlar bayram namoyishlarida ishtirok etayotgan yoshlarning ongini shakllantirishga yordam berdi, jangovar ruhini ko’tardi, jamoaviylik tuyg’ularini tarbiyaladi. 3. Birinchi musiqali teatrlar. 1918-yili Toshkentda tashkil etilgan rus opera teatri Turkistondagi birinchi musiqali teatr edi. Teatr tashkil bo’lganiga qadar havaskorlar musiqali teatr jamiyati kuchi bilan klassik mumtoz operalardan parchalar ko’rsatar edi. Bu sahna asarlarining eng faol va talantli ishtirokchilari opera teatrining birinchi tarkibiga yakkaxon sifatida kirgan edilar. Teatr o’z faoliyatini boshlanishidayoq o’zining xor va simfonik orkestriga ega edi. Teatr tarkibi tez orada Rossiyaning etakchi teatrlari artistlari bilan mustahkamlandi. Spektakllar bilan O’rta Osiyoda gastrolda (tomosha safarida) yurgan rus opera sahnalarining ustalari L.V. Sobinov, A.V. Nejdanova, G.S. Pirogov va boshqalar ishtirok etdilar. 20-yillar teatr sahna asarlari ro’yxatida Dargomijskiyning “Suv parisi”, Chaykovskiyning “Evgeniy Onegin” va “ Mazepa”, Verdining “Traviata” xamda “ Rigoletto” va boshqa klassik operalari bor edi. Rus opera teatri faoliyati bilan bab-baravar ravishda o’zbek musiqali teatrini tashkil etish bo’yicha ishlar olib borildi. Inqilobdan ozod qilingan xalqning ijodiy tashabbusidan tug’ilgan o’zbek teatri milliy adabiyot va xalq san’atining ko’p  
 
asrlik an’analari asosida vujudga keldi. Bu sohada dastlabki qadam, 1918-yil 
Farg’onada “Musulmon yoshlarning musiqali dramatik jamoasi”ni tuzgan Hamza 
tomonidan qo’yilgan edi. Jamoa spektakllarida musiqa etakchi o’rinni egallar edi: 
p’esa davomida artistlar qo’shiq va musiqali suhbatlar ijro etishar edi, xor (bir 
ovozli) va xalq cholg’u asboblari ansambli ishtirok etardi. Bu spektakllarning 
musiqasi jamoa ishtirokchilari tanlagan xalq kuylari va Hamzaning 
qo’shiqlaridan iborat edi. 
 20-yillar davomida respublikaning hamma joyida havaskorlarning musiqali 
dramatik jamoalari paydo bo’ldi. Bu jamoalar tomnidan qo’yilgan p’esalarning 
mualliflari orasida G’ulom Zafariyning nomi tez-tez uchrab turadi. Uning bir 
pardali p’esalari : “Erk bolalari”,” Bahor”, “Binafsha” va ayniqsa o’zbek xotin-
qizlarning o’tmishdagi og’ir qismatiga bag’ishlangan “Halima” asari mashhur 
bo’lgan edi.  
 “Halima”—to’la ma’nodagi musiqali spektakl. Og’zaki professional 
an’anadagi musiqaning go’zal ohanglari dramaning emotsional ta’sirini 
kuchaytirgan. Bu asarlarni tanlash va o’rgatishda taniqli musiqachi hofizlar Mulla 
To’ychi Toshmuhamedov va Shoraxim Shoumarov ishtirok etdilar. Bosh 
qahramon—Halima rolini keyinchalik nom qozongan o’zbek opera yakkaxon 
xonandasi Halima Nosirova o’ynadi.  
 Havaskor yarim professional jamoaning faoliyati o’zbek musiqali teatrining 
yuzaga kelishini tayyorladi. 1962-yilda Muxitdin Qoriyoqubov tomonidan tashkil 
qilinib, shuhrat qozongan “ O’zbek Davlat kontsetr-etnografik jamoasi” nomi 
bilan mashhur kollektiv uning bevosita o’tmishdoshi edi. Muxitdin Qoriyoqubov 
va qo’shiqchi raqqosa Tamaraxonim ijro etgan lirik va hazil laparlarning 
sahnalashtirilgan tomoshalari katta muvaffaqiyat qozondi. Sahnali tomoshalar va 
inqilobiy qo’shiqlardan o’sib chiqqan ayrim musiqali raqs sahnalari haqiqiy bir 
pardali p’esalarga aylanib, rivojlangan musiqali dramalarga zamin yaratgan edi. 
 1929-yil “Kontsert- etnografik jamoa” O’zbek Davlat musiqali teatriga 
aylantirildi. 
4. Ushbu yillarda o’zbek milliy musiqa merosini yozib olinishi va qayta 
ishlanishi. 1919-yil dekabrida Turkiston respublikasi maorif Xalq Komissarligi 
San’at bo’limi qoshida Badiiy-etnografik komissiya tashkil etildi. Komissiyaning 
asrlik an’analari asosida vujudga keldi. Bu sohada dastlabki qadam, 1918-yil Farg’onada “Musulmon yoshlarning musiqali dramatik jamoasi”ni tuzgan Hamza tomonidan qo’yilgan edi. Jamoa spektakllarida musiqa etakchi o’rinni egallar edi: p’esa davomida artistlar qo’shiq va musiqali suhbatlar ijro etishar edi, xor (bir ovozli) va xalq cholg’u asboblari ansambli ishtirok etardi. Bu spektakllarning musiqasi jamoa ishtirokchilari tanlagan xalq kuylari va Hamzaning qo’shiqlaridan iborat edi. 20-yillar davomida respublikaning hamma joyida havaskorlarning musiqali dramatik jamoalari paydo bo’ldi. Bu jamoalar tomnidan qo’yilgan p’esalarning mualliflari orasida G’ulom Zafariyning nomi tez-tez uchrab turadi. Uning bir pardali p’esalari : “Erk bolalari”,” Bahor”, “Binafsha” va ayniqsa o’zbek xotin- qizlarning o’tmishdagi og’ir qismatiga bag’ishlangan “Halima” asari mashhur bo’lgan edi. “Halima”—to’la ma’nodagi musiqali spektakl. Og’zaki professional an’anadagi musiqaning go’zal ohanglari dramaning emotsional ta’sirini kuchaytirgan. Bu asarlarni tanlash va o’rgatishda taniqli musiqachi hofizlar Mulla To’ychi Toshmuhamedov va Shoraxim Shoumarov ishtirok etdilar. Bosh qahramon—Halima rolini keyinchalik nom qozongan o’zbek opera yakkaxon xonandasi Halima Nosirova o’ynadi. Havaskor yarim professional jamoaning faoliyati o’zbek musiqali teatrining yuzaga kelishini tayyorladi. 1962-yilda Muxitdin Qoriyoqubov tomonidan tashkil qilinib, shuhrat qozongan “ O’zbek Davlat kontsetr-etnografik jamoasi” nomi bilan mashhur kollektiv uning bevosita o’tmishdoshi edi. Muxitdin Qoriyoqubov va qo’shiqchi raqqosa Tamaraxonim ijro etgan lirik va hazil laparlarning sahnalashtirilgan tomoshalari katta muvaffaqiyat qozondi. Sahnali tomoshalar va inqilobiy qo’shiqlardan o’sib chiqqan ayrim musiqali raqs sahnalari haqiqiy bir pardali p’esalarga aylanib, rivojlangan musiqali dramalarga zamin yaratgan edi. 1929-yil “Kontsert- etnografik jamoa” O’zbek Davlat musiqali teatriga aylantirildi. 4. Ushbu yillarda o’zbek milliy musiqa merosini yozib olinishi va qayta ishlanishi. 1919-yil dekabrida Turkiston respublikasi maorif Xalq Komissarligi San’at bo’limi qoshida Badiiy-etnografik komissiya tashkil etildi. Komissiyaning  
 
dastlabki vazifalaridan biri bo’lib hisoblangan musiqa folklorini yozib olish 
ishning boshqa barcha turlarini ham o’ziga qaratdi, natijada komissiya bir butun 
Musiqali etnografik komissiya deb atala boshladi. G’ulom Zafariy, Nikolay 
NazarovichMironov, V.Uspenskiy komissiya a’zolari edi. Inqilobdan oldin 
Toshkentga kelib qolgan latish kompozitori Emil Meligaylis ham ba’zan 
komissiyada ishtirok etar edi. 
 O’zbekistonda musiqa folklorshunosligiga asos soluvchilar orasida V.A. 
Uspenskiy alohida ajralib turadi. Yorqin musiqiy talant, nuqsonsiz nozik o’quv, 
xalq san’atiga bo’lgan chinakam muhabbat, o’rganilmagan olamga yo’llovchi 
“izquvarlik” matonati—bularning hammasi Uspenskiyda kishilar yuragini jalb 
etgan joziba bilan qo’shilib ketgandi. Uspenskiy ko’p asrlik badiiy madaniyat 
an’analarining vakillari—xalq muzikachilari orasida juda tez do’stlar topar edi, 
shuning o’zi ko’pincha uning ishlarining muvaffaqiyatini belgilab berardi.  
5. Shashmaqomning notaga tushirilishi. Shashmaqomning yozib olinishi 
muhim ish bo’ldi. Ana shu maqsadda Musiqali-etnografiya komissiyasi 
Uspenskiyni Buxoroga xizmat safariga jo’natgan edi. Uspenskiy Buxoroda bir 
yildan ko’proq (1923-24) turib bu monumental turkumning taniqli ijrochilari—
hofiz Ota Jalol Nosirov va tanburchi Ota G’iyos Abdug’ani bilan hamkorlikda ish 
olib bordi. 
6. Samarqandda maxsus ilmiy- tekshirish institutini ochilishi. 
20-yillarning oxiriga kelib O’zbekistonda Nikolay Nazarovich Mironov 
rahbarligidagi 
Samarqand 
o’zbek 
Musiqa 
va 
Xoreografiya 
instituti 
folklorshunoslik ishlarining tashkiliy markaziga aylandi. Institut o’zining 
Samarqandda ishlagan yillari mobaynida (1928-32) nusxa ko’chiruvchi 
valiklarda besh yuzdan ortiq xalq ijodi asarlarini yozib oldi, hamda bir qancha 
kitoblarni 
nashrga 
tayyorladi. 
Bular 
orasida 
Mironovning 
“Muzo’ka 
uzbekov”(1929), “ Obzor muzo’kalno’x kultur uzbekov i drugix narodov 
Vostoka»( nota yozuvi M.Ashrafiy, Sh.Ramazonov va T.Sodiqovlarniki 1931) 
,«Pesni Fergano’, Buxaro’ i Xivo’” ( 1931) kitoblari bor edi. Har bir nashr etilgan 
kitob Mironovning kirish maqolasi bilan ochilgan bo’lib, uning shogirdlari 
notaga olgan xalq kuylari to’plamidan iborat edi. 
dastlabki vazifalaridan biri bo’lib hisoblangan musiqa folklorini yozib olish ishning boshqa barcha turlarini ham o’ziga qaratdi, natijada komissiya bir butun Musiqali etnografik komissiya deb atala boshladi. G’ulom Zafariy, Nikolay NazarovichMironov, V.Uspenskiy komissiya a’zolari edi. Inqilobdan oldin Toshkentga kelib qolgan latish kompozitori Emil Meligaylis ham ba’zan komissiyada ishtirok etar edi. O’zbekistonda musiqa folklorshunosligiga asos soluvchilar orasida V.A. Uspenskiy alohida ajralib turadi. Yorqin musiqiy talant, nuqsonsiz nozik o’quv, xalq san’atiga bo’lgan chinakam muhabbat, o’rganilmagan olamga yo’llovchi “izquvarlik” matonati—bularning hammasi Uspenskiyda kishilar yuragini jalb etgan joziba bilan qo’shilib ketgandi. Uspenskiy ko’p asrlik badiiy madaniyat an’analarining vakillari—xalq muzikachilari orasida juda tez do’stlar topar edi, shuning o’zi ko’pincha uning ishlarining muvaffaqiyatini belgilab berardi. 5. Shashmaqomning notaga tushirilishi. Shashmaqomning yozib olinishi muhim ish bo’ldi. Ana shu maqsadda Musiqali-etnografiya komissiyasi Uspenskiyni Buxoroga xizmat safariga jo’natgan edi. Uspenskiy Buxoroda bir yildan ko’proq (1923-24) turib bu monumental turkumning taniqli ijrochilari— hofiz Ota Jalol Nosirov va tanburchi Ota G’iyos Abdug’ani bilan hamkorlikda ish olib bordi. 6. Samarqandda maxsus ilmiy- tekshirish institutini ochilishi. 20-yillarning oxiriga kelib O’zbekistonda Nikolay Nazarovich Mironov rahbarligidagi Samarqand o’zbek Musiqa va Xoreografiya instituti folklorshunoslik ishlarining tashkiliy markaziga aylandi. Institut o’zining Samarqandda ishlagan yillari mobaynida (1928-32) nusxa ko’chiruvchi valiklarda besh yuzdan ortiq xalq ijodi asarlarini yozib oldi, hamda bir qancha kitoblarni nashrga tayyorladi. Bular orasida Mironovning “Muzo’ka uzbekov”(1929), “ Obzor muzo’kalno’x kultur uzbekov i drugix narodov Vostoka»( nota yozuvi M.Ashrafiy, Sh.Ramazonov va T.Sodiqovlarniki 1931) ,«Pesni Fergano’, Buxaro’ i Xivo’” ( 1931) kitoblari bor edi. Har bir nashr etilgan kitob Mironovning kirish maqolasi bilan ochilgan bo’lib, uning shogirdlari notaga olgan xalq kuylari to’plamidan iborat edi.  
 
 Institut milliy san’atni o’rganish bilan birga, musiqa ta’limi bilan ham 
shug’ullandi. Yosh o’zbek musiqachilari bu erda Shashmaqomni, hamda xalq 
cholg’u asboblarini chalishni o’rganar edilar. Buxorodan ( Ota Jalol Nosirov, 
Domla Halim Ibodov ), Xorazmdan ( M .Xarratov) va Farg’onadan ( A. Ismoilov, 
A.Umurzoqov) taniqli hofiz va sozandalar Samarqand institutida jamlanganligi 
tufayli, o’quvchilar respublikaning turli viloyatlari musiqasining mahalliy 
xususiyatlari bilan tanishish imkoniyatiga ega bo’ldilar. Shu bilan birga 
o’quvchilar uchun elementar musiqa nazariyasi va solfedjio ham o’tilar edi. 
Ularning o’zlari ham asarlar yaratishni, ayrimlari esa orkestrga dirijyorlik qilishni 
o’rganar edi. Bu erda keyinchalik mashhur bo’lib ketgan Tolibjon Sodiqov, 
Muxtor Ashrafiy, Mutal Burhonov, Doni Zokirov, Manas Leviev, Sharif 
Ramazonov, Olim Halimovlar o’zlarining musiqa bilimlarini chuqurlashtirdilar. 
7. O’zbek musiqiy asboblarini evropa usulida o’zlashtirilishi. 
Musiqa cholg’ularini rekonstruktsiya qilish va takomillashtirish, ularni yangi 
texnologiya asosida muayyan konstruktiv o’zgartirishlar kiritish bilan yasashni 
anglatadi. Undan asosiy maqsad tovush xususiyatlarini yaxshilash, cholg’ularda 
yangi texnik imkoniyatlar yaratish, tembr ( tovush tusi) nozikliklariga erishish, 
o’n ikki bosqichli ravon sur’atlarga bo’lingan xromatik tuzilmalarni joriy etish, 
tovush qatorlarini kengaytirishdir. Musiqa madaniyatining umumiy taraqqiyoti 
bilan bog’liq bo’lgan cholg’ularni takomillashtirish xalq ijrochilik san’ati rivoji 
uchun katta imkoniyatlar yaratadi. 
XIX asrning ikkinchi yarmida o’zbek xalq cholg’ularida ijrochilikning 
rivojlanishi bilan birga xalq cholg’ulariga ham qiziqish kuchaydi. Bu davrga kelib 
hamma regionlarda xalq cholg’ulari orkestrlari va ansambllarining turli xillari 
shakllandi. Xalq cholg’ularining asosiy turlari barqarorlik kasb etdi. Bu esa o’z 
navbatida ularni takomillashtirish yo’llarini ilmiy ravishda izlashga olib keldi. 
 O’zbek xalq cholg’ulari xilma-xil bo’lganligi uchun uni takomillashtirish 
nihoyatda qiyin vazifa edi. Bu nihoyatda uzoq davom etgan va murakkab jarayon 
bo’ldi. Shu sababli, ham xalq cholg’ularini rekonstruktsiya qilish va 
takomillashtirish, shuningdek, ko’povozli ansabl va orkestrlar tuzish bir necha 
o’n yillab davom etdi. Chang, g’ijjak kabi cholg’ularga qo’shimcha torlar 
qo’yilgach, bu ularning tovush doirasini ancha kengaytirdi. Musiqa cholg’ulari 
Institut milliy san’atni o’rganish bilan birga, musiqa ta’limi bilan ham shug’ullandi. Yosh o’zbek musiqachilari bu erda Shashmaqomni, hamda xalq cholg’u asboblarini chalishni o’rganar edilar. Buxorodan ( Ota Jalol Nosirov, Domla Halim Ibodov ), Xorazmdan ( M .Xarratov) va Farg’onadan ( A. Ismoilov, A.Umurzoqov) taniqli hofiz va sozandalar Samarqand institutida jamlanganligi tufayli, o’quvchilar respublikaning turli viloyatlari musiqasining mahalliy xususiyatlari bilan tanishish imkoniyatiga ega bo’ldilar. Shu bilan birga o’quvchilar uchun elementar musiqa nazariyasi va solfedjio ham o’tilar edi. Ularning o’zlari ham asarlar yaratishni, ayrimlari esa orkestrga dirijyorlik qilishni o’rganar edi. Bu erda keyinchalik mashhur bo’lib ketgan Tolibjon Sodiqov, Muxtor Ashrafiy, Mutal Burhonov, Doni Zokirov, Manas Leviev, Sharif Ramazonov, Olim Halimovlar o’zlarining musiqa bilimlarini chuqurlashtirdilar. 7. O’zbek musiqiy asboblarini evropa usulida o’zlashtirilishi. Musiqa cholg’ularini rekonstruktsiya qilish va takomillashtirish, ularni yangi texnologiya asosida muayyan konstruktiv o’zgartirishlar kiritish bilan yasashni anglatadi. Undan asosiy maqsad tovush xususiyatlarini yaxshilash, cholg’ularda yangi texnik imkoniyatlar yaratish, tembr ( tovush tusi) nozikliklariga erishish, o’n ikki bosqichli ravon sur’atlarga bo’lingan xromatik tuzilmalarni joriy etish, tovush qatorlarini kengaytirishdir. Musiqa madaniyatining umumiy taraqqiyoti bilan bog’liq bo’lgan cholg’ularni takomillashtirish xalq ijrochilik san’ati rivoji uchun katta imkoniyatlar yaratadi. XIX asrning ikkinchi yarmida o’zbek xalq cholg’ularida ijrochilikning rivojlanishi bilan birga xalq cholg’ulariga ham qiziqish kuchaydi. Bu davrga kelib hamma regionlarda xalq cholg’ulari orkestrlari va ansambllarining turli xillari shakllandi. Xalq cholg’ularining asosiy turlari barqarorlik kasb etdi. Bu esa o’z navbatida ularni takomillashtirish yo’llarini ilmiy ravishda izlashga olib keldi. O’zbek xalq cholg’ulari xilma-xil bo’lganligi uchun uni takomillashtirish nihoyatda qiyin vazifa edi. Bu nihoyatda uzoq davom etgan va murakkab jarayon bo’ldi. Shu sababli, ham xalq cholg’ularini rekonstruktsiya qilish va takomillashtirish, shuningdek, ko’povozli ansabl va orkestrlar tuzish bir necha o’n yillab davom etdi. Chang, g’ijjak kabi cholg’ularga qo’shimcha torlar qo’yilgach, bu ularning tovush doirasini ancha kengaytirdi. Musiqa cholg’ulari  
 
ustasi Usta Usmon Zufarov ko’plab dutor, tanbur, g’ijjaklarning turdosh oilasini 
yaratdi. Matyusuf Xarratov changni takomillashtirish ustida ishladi. O’zbekiston 
radiosi qoshidagi xalq cholg’ulari milliy ansamblining rahbari Yunus Rajabiy va 
Usta Usmon Zufarov bilan hamkorlikda dutor-bas, g’ijjak-bas, g’ijjak- alt 
namunalarini yaratdilar. 
 Bu bilan o’zbek xalq cholg’ularini rekonstruktsiya qilish va takomillashtirish 
bo’yicha maxsus ustaxonalar ochish boshlandi. Namangandagi musiqa 
ustaxonasiga taniqli xalq sozandasi Usta Ro’zmat Isaboev boshchilik qildi. 
Buxoroda dutor, tanbur, afg’on rubobini takomillashtirish ustida Usta Hojiota, 
Usta Tohirjon Davlatov, Usta Najmiddin Nasriddinovlar ishlashdi. 
8. Professional ijodiy guruhlar bilan bir qatorda havaskorlik xalq ijodiy 
guruhlarining rivojlanishidagi ijobiy o’zgarishlar va birinchi musiqali 
dramalar. O’zbekiston madaniy hayotida musiqali drama va komediya 
teatrlarining faoliyati muhim ahamiyat kasb etadi. Musiqali drama va komediya 
teatrlari opera va balet, operetta, drama, miniatyura, yoshlar, bolalar va 
qo’g’irchoq teatrlari kabi respublikamizda yashayotgan barcha millat 
vakillarining ma’naviy yuksalishiga barakali hissa qo’shib kelmokda. 
XX asr boshlarida o’lkamizda yuzaga kelgan musiqali drama va komediya 
teatrlari tarixiy ahamiyatga molik sharafli yo’lni bosib o’tdi. Mazkur sohaning 
etakchi dargohi bo’lmish Muqimiy nomli poytaxt teatri hamda viloyat 
teatrlarining aksariyatining o’ziga xos ijodiy qiyofasi shakllandi. Bu san’at 
maskanlarida yaratilgan sahna asarlari xalqimizning madaniy va ma’naviy 
boyligidir. 
Turli davrlarda yaratilgan o’nlab musiqali sahna asarlar teatr tarixida va 
bugungi kunda ham mumtoz merosimiz sifatida ardoqlanib kelinmoqda. 
Darhaqiqat, musiqali teatr o’z vaqtida respublikamiz madaniy hayotining faol 
markazlaridan biri sifatida o’zbek xalqining ezgu niyatlarini badiiy vositalar bilan 
ifodalashda katta yutuqlarni qo’lga kiritdi. Ijtimoiy hayotning dolzarb 
masalalarini yoritishda, xalqimizni yangi zafarlarga chorlashda milliy ruhdagi 
yorqin sahna asarlarini yuzaga kelishida musiqali teatr jamoatchiligi ulkan hissa 
qo’shishga muyassar bo’ldi. 
ustasi Usta Usmon Zufarov ko’plab dutor, tanbur, g’ijjaklarning turdosh oilasini yaratdi. Matyusuf Xarratov changni takomillashtirish ustida ishladi. O’zbekiston radiosi qoshidagi xalq cholg’ulari milliy ansamblining rahbari Yunus Rajabiy va Usta Usmon Zufarov bilan hamkorlikda dutor-bas, g’ijjak-bas, g’ijjak- alt namunalarini yaratdilar. Bu bilan o’zbek xalq cholg’ularini rekonstruktsiya qilish va takomillashtirish bo’yicha maxsus ustaxonalar ochish boshlandi. Namangandagi musiqa ustaxonasiga taniqli xalq sozandasi Usta Ro’zmat Isaboev boshchilik qildi. Buxoroda dutor, tanbur, afg’on rubobini takomillashtirish ustida Usta Hojiota, Usta Tohirjon Davlatov, Usta Najmiddin Nasriddinovlar ishlashdi. 8. Professional ijodiy guruhlar bilan bir qatorda havaskorlik xalq ijodiy guruhlarining rivojlanishidagi ijobiy o’zgarishlar va birinchi musiqali dramalar. O’zbekiston madaniy hayotida musiqali drama va komediya teatrlarining faoliyati muhim ahamiyat kasb etadi. Musiqali drama va komediya teatrlari opera va balet, operetta, drama, miniatyura, yoshlar, bolalar va qo’g’irchoq teatrlari kabi respublikamizda yashayotgan barcha millat vakillarining ma’naviy yuksalishiga barakali hissa qo’shib kelmokda. XX asr boshlarida o’lkamizda yuzaga kelgan musiqali drama va komediya teatrlari tarixiy ahamiyatga molik sharafli yo’lni bosib o’tdi. Mazkur sohaning etakchi dargohi bo’lmish Muqimiy nomli poytaxt teatri hamda viloyat teatrlarining aksariyatining o’ziga xos ijodiy qiyofasi shakllandi. Bu san’at maskanlarida yaratilgan sahna asarlari xalqimizning madaniy va ma’naviy boyligidir. Turli davrlarda yaratilgan o’nlab musiqali sahna asarlar teatr tarixida va bugungi kunda ham mumtoz merosimiz sifatida ardoqlanib kelinmoqda. Darhaqiqat, musiqali teatr o’z vaqtida respublikamiz madaniy hayotining faol markazlaridan biri sifatida o’zbek xalqining ezgu niyatlarini badiiy vositalar bilan ifodalashda katta yutuqlarni qo’lga kiritdi. Ijtimoiy hayotning dolzarb masalalarini yoritishda, xalqimizni yangi zafarlarga chorlashda milliy ruhdagi yorqin sahna asarlarini yuzaga kelishida musiqali teatr jamoatchiligi ulkan hissa qo’shishga muyassar bo’ldi.  
 
Respublikamizda bunday vazifalarni amalga oshirilishida, musiqali teatr 
poydevorini qurishda, uning rivojlanishi va kamol topishida o’zbek xalqining 
is’tedodli adabiyot va san’at namoyandalari katta hissa qo’shganlar. Ular orasida 
Mahmud Behbudiy, Abdurauf Fitrat, Abdullo Avloniy, Hamza Hakim-zoda 
Niyoziy, Muhiddin Qori Yoqubov, Mannon Uyg’ur, G’ulom Zafariy, Shamsiddin 
Xurshid, Abulhamid Cho’lpon, Ziyo Said, Shorahim Shoumarov, To’xtasin 
Jalilov, Komil Yashin, Mirshohid Miroqilov, Tamara Xonim, Halima Nosirova, 
Mukarrama Turg’unboeva, Nurxon Yo’ldoshxojaeva, Tursunoy Saidazimova, 
Usta Olim Komilov, Yusuf qiziq Shakarjonov, Matyusuf Xarratov, Sheroziy 
Madrahim Yokubov, Eshonxo’jaev, Polvonov, Matpano Xudoyberganov, Hoji 
Siddiq, Yunus Rajabiy, Rizqi Rajabiy, Usta Ro’zmatxon, Ma’suma Qorieva, 
Lutfixonim Sarimsoqova, Tolibjon Sodiqov, Ali Ardobus, M.Tojizoda va boshqa 
ko’plab fidokor san’atkorlarni nomlarini qayd etish mumkin. 
O’zbek musiqali teatrining poydevorini qurishda va uning ravnaq topishida 
boshqa millat san’atkorlari N.Mironov, V.Uspenskiy, A.Kozlovskiy, G.Mushel, 
R.Glier, S.Vasilenko, keyincha B.Brovtsin, B.Nadejdin, B.Gienko, G.Sobitov 
ham hissa qo’shganlar. Bu kompozitorlar o’zbek xalq musiqa merosini o’rganib 
va o’zbek bastakorlari bilan hamkorlikda musiqali spektakllar yaratishgan. Ular 
sahna asarlarining va klavir partituralarini yozishda, o’zbek xalq kuylarini 
simfonik orkestrga moslashtirishda va milliy kompozitorlarni tarbiyalashda 
ko’maklashganlar. 
O’zbek musiqali drama va komediya teatrining rivojlanishida ikkinchi jahon 
urushi va urushdan keyingi yillar ayniqsa samarali bo’ldi. Bu davrda yangi avlod 
dramaturg va kompozitorlari dadil qadamlar bilan ijod sohasiga kirib keldilar. 
Ular orasida dramaturglardan Sobir Abdullo, Uyg’un (Otaqo’ziev), Shukur 
Sa’dullo, Zinat Fatxullin, Nazir Safarov, Tamkin, Umarjon Ismoilov, Turob 
To’la, Ahmad Bobojon, Shuhrat, Hamid G’ulom, Ibrohim Rahim, Jumaniyoz 
Jabborov, Husniddin Sharipov, O’tkir Rashid, Ramz Bobojon bastakor va 
kompozitorlardan esa Po’latjon Rahimov, Komiljon Jabborov, Muxtorjon 
Murtazoev, Saidjon Kalonov, Manas Leviev, Doni Zokirov, Hamid Rahimov, 
Dadaali Soatqulov, Olimjon Halimov, Sobir Boboev, Ibrohim Hamroev, Fattoh 
Respublikamizda bunday vazifalarni amalga oshirilishida, musiqali teatr poydevorini qurishda, uning rivojlanishi va kamol topishida o’zbek xalqining is’tedodli adabiyot va san’at namoyandalari katta hissa qo’shganlar. Ular orasida Mahmud Behbudiy, Abdurauf Fitrat, Abdullo Avloniy, Hamza Hakim-zoda Niyoziy, Muhiddin Qori Yoqubov, Mannon Uyg’ur, G’ulom Zafariy, Shamsiddin Xurshid, Abulhamid Cho’lpon, Ziyo Said, Shorahim Shoumarov, To’xtasin Jalilov, Komil Yashin, Mirshohid Miroqilov, Tamara Xonim, Halima Nosirova, Mukarrama Turg’unboeva, Nurxon Yo’ldoshxojaeva, Tursunoy Saidazimova, Usta Olim Komilov, Yusuf qiziq Shakarjonov, Matyusuf Xarratov, Sheroziy Madrahim Yokubov, Eshonxo’jaev, Polvonov, Matpano Xudoyberganov, Hoji Siddiq, Yunus Rajabiy, Rizqi Rajabiy, Usta Ro’zmatxon, Ma’suma Qorieva, Lutfixonim Sarimsoqova, Tolibjon Sodiqov, Ali Ardobus, M.Tojizoda va boshqa ko’plab fidokor san’atkorlarni nomlarini qayd etish mumkin. O’zbek musiqali teatrining poydevorini qurishda va uning ravnaq topishida boshqa millat san’atkorlari N.Mironov, V.Uspenskiy, A.Kozlovskiy, G.Mushel, R.Glier, S.Vasilenko, keyincha B.Brovtsin, B.Nadejdin, B.Gienko, G.Sobitov ham hissa qo’shganlar. Bu kompozitorlar o’zbek xalq musiqa merosini o’rganib va o’zbek bastakorlari bilan hamkorlikda musiqali spektakllar yaratishgan. Ular sahna asarlarining va klavir partituralarini yozishda, o’zbek xalq kuylarini simfonik orkestrga moslashtirishda va milliy kompozitorlarni tarbiyalashda ko’maklashganlar. O’zbek musiqali drama va komediya teatrining rivojlanishida ikkinchi jahon urushi va urushdan keyingi yillar ayniqsa samarali bo’ldi. Bu davrda yangi avlod dramaturg va kompozitorlari dadil qadamlar bilan ijod sohasiga kirib keldilar. Ular orasida dramaturglardan Sobir Abdullo, Uyg’un (Otaqo’ziev), Shukur Sa’dullo, Zinat Fatxullin, Nazir Safarov, Tamkin, Umarjon Ismoilov, Turob To’la, Ahmad Bobojon, Shuhrat, Hamid G’ulom, Ibrohim Rahim, Jumaniyoz Jabborov, Husniddin Sharipov, O’tkir Rashid, Ramz Bobojon bastakor va kompozitorlardan esa Po’latjon Rahimov, Komiljon Jabborov, Muxtorjon Murtazoev, Saidjon Kalonov, Manas Leviev, Doni Zokirov, Hamid Rahimov, Dadaali Soatqulov, Olimjon Halimov, Sobir Boboev, Ibrohim Hamroev, Fattoh  
 
Nazarov, Ikrom Akbarov, Abdurahim Muhammedov, Matniyoz Yusupov, 
Abdusharif Otajonov, Sulton Hayitboev va boshqalar. 
O’zbekiston zaminida bunyodga kelgan musiqali drama va komediya teatr 
san’atining turli davrlari, xilma-xil musiqali spektakllar, ayrim dramaturg va 
bastakorlarning ijodi to’g’risida musiqashunos, teatrshunos va adabiyotshunoslar 
tomonidan ko’plab taqriz, maqola va kitoblar ham yaratilgan. Lekin ularning ko’p 
aksariyati rus tilida yozilgan. 
Masalan: 
musiqashunos 
E.Romanovskayaning 
"Muzo’kalno’y 
teatr 
Uzbekistana" maqolasida O’zbekistonda musiqali teatrning shakllanishi 
"Halima", "Po’rtana", "Farhod va Shirin", "Layli va Majnun", "Gulsara" musiqali 
dramalari misolida ko’rsatib beriladi. Musiqashunos V.Belyaev "Uzbekskiy 
muzukalno’y teatr v Moskve" maqolasida "Farhod va Shirin", "Gulsara" 
spektakllarini tahlil etadi. E.Bronfin "Tvorcheskaya istoriya muzo’kalnoy dramo’ 
"Farxad i Shirin"" nomli maqolasida kompozitor V.Uspenskiy "Farhod va Shirin" 
musiqali dramasini yaratish ustida olib borgan ijodiy tajribasi, yutuq va 
kamchiliklari to’g’risida mulohaza qilinadi3. Teatrshunos A.Troitskaya "Iz istorii 
narodnogo teatra i tsirka v Uzbekistane" tadqiqotida Oktyabr to’ntarishidan 
oldingi davrlarda Farg’ona vodiysining xalq teatrlari faoliyati va repertuari 
haqida ma’lumot beradi. Musiqashunos T.Vo’zgo "Opera i muzo’kalnaya drama" 
maqolasida 1917-1951 yillarda O’zbekistonda opera va musiqali drama 
janrlarining shakllanishi va rivojlanishini qisqacha yoritib, asosan, ikkinchi jahon 
urushi yillarida bunyodga kelgan sahna asarlariga to’xtaladi. Teatrshunoslar 
L.Avdeeva, T.Tursunov va V.Dyachenkolarning "Na puti sozdaniya muzo’kalno-
dramaticheskogo teatra" maqolasi O’zbekistonda bevosita musiqali teatr tashkil 
topishidan oldingi davrlarda o’zbek milliy tomosha san’atida sahna asarlariga xos 
bo’lgan xususiyatlarni ochib berishga qaratilgan. Teatrshunos F.Jo’raevning 
"Stsenicheskaya istoriya muzo’kalnoy dramo’» "Gulsara"" maqolasida mazkur 
spektaklning turli davrlarda yuzaga kelgan sahnaviy hayoti to’g’risida 
ma’lumotlar beriladi. 
 
Adabiyotlar: 
Nazarov, Ikrom Akbarov, Abdurahim Muhammedov, Matniyoz Yusupov, Abdusharif Otajonov, Sulton Hayitboev va boshqalar. O’zbekiston zaminida bunyodga kelgan musiqali drama va komediya teatr san’atining turli davrlari, xilma-xil musiqali spektakllar, ayrim dramaturg va bastakorlarning ijodi to’g’risida musiqashunos, teatrshunos va adabiyotshunoslar tomonidan ko’plab taqriz, maqola va kitoblar ham yaratilgan. Lekin ularning ko’p aksariyati rus tilida yozilgan. Masalan: musiqashunos E.Romanovskayaning "Muzo’kalno’y teatr Uzbekistana" maqolasida O’zbekistonda musiqali teatrning shakllanishi "Halima", "Po’rtana", "Farhod va Shirin", "Layli va Majnun", "Gulsara" musiqali dramalari misolida ko’rsatib beriladi. Musiqashunos V.Belyaev "Uzbekskiy muzukalno’y teatr v Moskve" maqolasida "Farhod va Shirin", "Gulsara" spektakllarini tahlil etadi. E.Bronfin "Tvorcheskaya istoriya muzo’kalnoy dramo’ "Farxad i Shirin"" nomli maqolasida kompozitor V.Uspenskiy "Farhod va Shirin" musiqali dramasini yaratish ustida olib borgan ijodiy tajribasi, yutuq va kamchiliklari to’g’risida mulohaza qilinadi3. Teatrshunos A.Troitskaya "Iz istorii narodnogo teatra i tsirka v Uzbekistane" tadqiqotida Oktyabr to’ntarishidan oldingi davrlarda Farg’ona vodiysining xalq teatrlari faoliyati va repertuari haqida ma’lumot beradi. Musiqashunos T.Vo’zgo "Opera i muzo’kalnaya drama" maqolasida 1917-1951 yillarda O’zbekistonda opera va musiqali drama janrlarining shakllanishi va rivojlanishini qisqacha yoritib, asosan, ikkinchi jahon urushi yillarida bunyodga kelgan sahna asarlariga to’xtaladi. Teatrshunoslar L.Avdeeva, T.Tursunov va V.Dyachenkolarning "Na puti sozdaniya muzo’kalno- dramaticheskogo teatra" maqolasi O’zbekistonda bevosita musiqali teatr tashkil topishidan oldingi davrlarda o’zbek milliy tomosha san’atida sahna asarlariga xos bo’lgan xususiyatlarni ochib berishga qaratilgan. Teatrshunos F.Jo’raevning "Stsenicheskaya istoriya muzo’kalnoy dramo’» "Gulsara"" maqolasida mazkur spektaklning turli davrlarda yuzaga kelgan sahnaviy hayoti to’g’risida ma’lumotlar beriladi. Adabiyotlar:  
 
 1. O’zbek musiqasi tarixi. Tuzuvchi T.E. Solomonova T.”O’qituvchi” 
1981.y. 
 2. Axmad Odilov.”O’zbek xalq cholg’ularida ijrochilik tarixi” T. 
”O’qituvchi” 1995 y. 
 3. Yu. Rajabiy “Musiqa merosimizga bir nazar” T. 1970. 
 4. X. Xamidov “Avesto fayzlari” T.2001 y. 
 5. “O’zbekiston tarixi” T.1994 y. 
 
1. O’zbek musiqasi tarixi. Tuzuvchi T.E. Solomonova T.”O’qituvchi” 1981.y. 2. Axmad Odilov.”O’zbek xalq cholg’ularida ijrochilik tarixi” T. ”O’qituvchi” 1995 y. 3. Yu. Rajabiy “Musiqa merosimizga bir nazar” T. 1970. 4. X. Xamidov “Avesto fayzlari” T.2001 y. 5. “O’zbekiston tarixi” T.1994 y.