XX asrdagi siyosiy g’oyalar va nazariyalar. Mafkuraviy jarayonlarning globallashuvi va global ideologiya muammosi
Yuklangan vaqt
2025-01-16
Yuklab olishlar soni
1
Sahifalar soni
8
Faytl hajmi
36,0 KB
XX asrdagi siyosiy g’oyalar va nazariyalar. Mafkuraviy jarayonlarning
globallashuvi va global ideologiya muammosi.
R e j a
1. XX asrda vujudga kelgan ijtimoiy-siyosiy muhit va oqimlar. (Liberalizm
va neoliberalizm)
2. Konservatizm va neokonservatizm
3. XX asrda vujudga kelgan qarashlar, nazariyalar (elita, byurokratiya va
texnokratiya)
4. Globallashuv jarayonlari va uning mafkuralarda aks etishi.
5.Kosmopolitizm g’oyasi va uning globallashuv jarayonlarida yangicha
talqini.
Hozirgi davr – dunyoda g’oyaviy qarama-qarshiliklar murakkab tus olgan,
mafkura poligonlari yadro poligonlaridan ham kuchliroq bo’lib borayotgan davrdir.
Bugungi kunda aksariyat rivojlangan davlatlarning mafkurasi umuminsoniy
qadriyatlar va demokratik tamoyillarga asoslanadi. Ularda tinchlik va taraqqiyot,
inson haq-huquqlari va erkinligi, milliy va diniy totuvlik g’oyalari ustuvordir.
Shu bilan birga tahdid soladigan, uni o’z ta’siriga olish, uning ustidan
hukmronlik qilish, uning boyliklaridan o’z manfaati yo’lida foydalanishga qaratilgan
intilish va harakatlar doimiy havf sifatida saqlanib qolishi muqarrar.
Butun xalqni birlashtiradigan bayroq bo’lmish mafkurani shakllantirish uchun
insoniyat tarixining turli davrlarida aql-zakovat, iste’dod, kuch-quvvat ato etgan,
yorqin tafakkurga ega bo’lgan buyuk shaxslar Konfutsiy va Maxatma Gandi, Farobiy
va Bahouddin Naqshbandiy larning ilgari so’rgan g’oyaviy qarashlarini ko’rish
mumkin.
XX asr boshlarida jahon mamlakatlari ishlab chiqarish vositalariga umumiy
mulkchilika asoslangan hamda hususiy mulkchilikka asoslangan ikkita yirik
lagerlarga bo’lina boshladi. Shu bilan birga, bu lagerlarda g’oyaviy mafkuraviy
himoya qiladigan ularni suyab turadigan ta’limotlar vujudga keldi va rivojlandi.
Bundan tashqari XX asrning 1-yarmida mustamlakaga olingan xalqlarning
mustamlakaga oluvchilarga nisbatan milliy ozodlik kurashi kuchaydi, shu bilan
birga, bu davrda dunyoda o’z gegemonligini o’rnatish maqsadida hamda shu
davrgacha o’z qo’l ostida bo’lgan xalqlarni va millatlarni o’z qaramligida ushlab
turish uchun zo’rlik nazariyasi hukmron mavqega ega bo’ldi.
XX asrning o’rtalariga kelib ilm-fan, texnika va texnologiyalarni, shuningdek
harbiy qurol aslahalarning takomillashuvi jahon xalqlari va mamlakatlari siyosiy
maqsadlari va g’oyalarini ham o’zgarishiga olib keldi.
Liberalizm – lotincha «libiralis» so’zidan olingan bo’lib, «ozod», «erkin»
degan ma’nolarni anglatadi. U XVII – XVIII asrlarda ma’rifatparvarlik g’oyalari
negizida burjua sinfi mafkurasi sifatida shakllandi. Bu mafkuraning asosiy qoidalari
J.Lokk, T.Gobbs, Sh.Monteskyo, A.Smit, T.Jefferson asarlarida ishlab chiqildi va
asoslandi. Liberalizm poydevorini shaxs erkinligi, uning jamiyatdagi barcha
institutlarga nisbatan eng oliy qadriyat ekanligi, shaxsning ham o’z oldida, ham
jamiyat oldida mas’ulligi, barcha kishilarning o’zini-o’zi ruyobga chiqarish huquqini
tan olishligi kabi printsiplar tashqil etadi. Bu mafkura parlament to’zumining,
muhim siyosiy muammolarni hal etishda murosai madora, kelishuvning tarafdoridir.
U davlatning ko’payib ketgan iqtisodiy va ijtimoiy funktsiyalariga salbiy
munosabatdadir. Liberalizm hokimiyatning taqsimlanishi, siyosiy plyuralizm,
elitalar raqobati, qonunning ustuvorligini e’tirof etadi.
Ijtimoiy-iqtisodiy o’zgarishlar ta’sirida XX asrning 30-yillarida liberalizm
neoliberalizmga o’sib o’tdi. Unda AQSh prezidenti T.Ro’zveltning «Yangi yo’li»
katta o’rin tutdi. Ro’zvelt davlatning iqtisodiy va ijtimoiy roli masalasini qaytadan
ko’rib chiqdi. Neoliberallar davlatning iqtisodiy munosabatlarini tartibga solishi,
faol ijtimoiy siyosat olib borishi zarurligini tan oladilar. Ular ijtimoiy adolatni
o’rnatishni, monopoliyalarning hokimiyatini cheklashni, moddiy boyliklarni soliq
tizimi va davlatning ijtimoiy dasturlari orqali jamiyatning quyi qatlamlari foydasiga
qayta taqsimlashni yoqlab chiqadilar. Shuningdek, liberalizmda boshqaruvchi va
boshqariluvchilarning o’zaro kelishuvi, siyosiy jarayonda ommaning ishtirok etishi
zarurligi, siyosiy qarorlarni qabo’l qilish amaliyotini demokratlashtirish muhim
harakterli hususiyatdir. Neoliberalizm namoyondalaridan biri J.Keyns (1883-1946
y.y.)ning fikriga ko’ra iqtisodiyot kapitalizm davrida o’sish va pasayish hossasiga
ega bo’lib, buni bartaraf etish uchun davlat iqtisodiyot rivojini muvofiqlashtirib
turishi kerak. Davlat esa, Keyns nazariyasiga asosan, moliya sohasida, soliqlar
tizimida, davlat qarzi va ularni sarflash borasidagi rolini tan oladi. Ularning fikricha,
kapitalizm o’z imkoniyatlarini to’liq yo’qotmagan va davlat so’nggi o’n yilliklarda
iqtisodiyotning normal rivojlanishini ta’minlagan. Neoliberalchilarning fikricha,
haqiqiy kapitalizm hali yo’q va u liberalizm to’liq shakllangan davrda paydo bo’ldi.
Shunday qilib, davlatning iqtisodiyotga aralashuvi iqtisodiy qonunlarga asoslangan
bo’lishi kerak. Liberalizm davlat masalasiga avtoritar marksistik qarashlarga qarshi
bo’lib, jamiyat va iqtisodiyotda davlatning rolini belgilab beradi. Umuman,
liberalizm g’arb demokratiyasining g’oyaviy asosi, AQShda esa AQSh demokratik
partiyasining g’oyaviy-nazariy mafkurasidir.
Konservatizm – (lotincha conservare so’zidan olingan bo’lib, «saqlash»,
«qo’riqlash», «bo’zilib ketishdan saqlab qolmoq» degan ma’nolarni anglatadi)
murakkab va har tomonlama ko’p qirrali ijtimoiy hodisa. U insonning psixologik
sifatlari majmuidan iborat bo’lib (uning siyosiy qarash va qiziqishlaridan qat’i nazar,
konservativ deb atash mumkin), shuningdek, siyosiy ideologiya hamda ijtimoiy-
siyosiy harakat sifatida namoyon bo’ladi. Kundalik ongda shunday qarashlar
shakllanganki, unga muvofiq har qanday shaxs ma’lum bir axloqiy-psixologik
sifatlar orqali konservativ bo’lishi mumkin. Bu shundan dalolat beradiki, hayotda
inson qiziqqon yoki bosiq, xushyor bo’lishi mumkin.
Konservativ g’oyalar Mestr Bonald kabi mutafakkirlarning ilmiy ishlarida o’z
ifodasini topgan. Odatda an’ana va yangiliklar haqida gap ketar ekan, konservatorlar
albatta, an’analar tarafdori bo’ladi . Tadqiqotchilar orasida «konservatorlik»
tushunchasi bo’yicha umumiy qarash yo’q. An’anaviy qarashlarga muvofiq, buyuk
frantso’z inqilobi davrida jamiyatda bo’lgan notinchlikdan aziyat chekkan kishilar
qatlami konservatizm sifatida baholangan. Berk va Mel tomonidan rivojlantirilgan
konservatizm g’oyalari hozirgi kungacha o’z ta’sirini yo’qotmagan. Ba’zan
konservatizm har qanday jamiyatda qo’llanishi mumkin bo’lgan g’oyalar sifatida
ko’rsatiladi. S.Xantington tomonidan konservatizmga berilgan ta’rif mukammalrok
hisoblanadi. «Konservatizm – g’oyalar tizimiga ega bo’lgan, qaerda va qachon
bo’lishidan qat’i nazar, tartibni saqlaydigan amaldir».
Konservatizm g’oyasini XX asrda Olmoniyada Moller Vander Burg
rivojlantirdi. U sobiq sovet jamiyatini saqlab qolish uchun uringan kommunistlarni
ham konservatorlar qatoriga qo’shadi. Bu konservatizmning asosiy mazmuniga
birmuncha to’g’ri kelmaydi. Negaki o’sha konservatorlar jamiyatda o’zgarish
qilishga haqli emas. Lekin ularni bu o’zgarishlarni qay usul bilan amalga oshirilishi
tashvishlantiradi. E.Berk bu hakda bunday deydi: «O’zgarishga tayyor bo’lmagan
jamiyat o’zini saqlab qolishga qodir emas».
Konservatizm hech qachon bir tekis va silliq bo’lmagan. Bu hakda E.Berk
«Frantsiya inqilobi haqida o’ylar» asarida bunday deb yozadi: 1) din fuqarolik
jamiyatining asosi hisoblanadi va siyosiy-ijtimoiy faoliyatdan yuqori turadi; 2)
jamiyat – tarixiy rivojlanish mahsuli. Agar jamiyat o’zgarishga muhtoj bo’lsa, bu
o’zgarishlar asta-sekinlik bilan amalga oshirilishi kerak; 3) ijtimoiy hayotda
odamlarning his-tuyg’ulari katta ahamiyatga ega; 4) jamiyat shaxsdan yuqori turishi
kerak. Shuning uchun shaxsning huquqlari uning burchlari bilan bog’liq; 5) har
qanday jamiyat, eng avvalo, har xil qatlamlar, gurux va shaxslar ierarxiyasidan
iborat; 6) jamiyat va davlatning mavjud boshqaruv usullari yangi, amalda
ishlatilmagan usullardan afzaldir.
XX asrda Angliyalik faylasuf Karl Popper konservatizmning yirik
nazariyotchisi sifatida tanildi.
Konservatizmning asosiy qoidalari quyidagi fikrlarda namoyon bo’ladi:
«Biz o’z institutlarimizni doimo yaxshilashga harakat qilmog’imiz lozim, biz
ularni butunlay qayta qurishni hech qachon o’z oldimizga maqsad qilib qo’ymaymiz.
O’z imkoniyatimizdagi yaxshilanishi lozim bo’lganlarini biz tushunmagan
narsalarning biri sifatida qabo’l qilmog’imiz kerak. Biz doimiy ravishda o’zimiz
yaratmagan shu qadriyatlar va institutlar ichida hamda ularning atrofida harakat
qilmog’imiz lozim».
Konservatorlarning nuqtai nazari bo’yicha, davlat doimiy mavjud bo’ladigan
organik butunlikdir, uning ayrim qismlari paydo bo’ladi, o’z shaklini o’zgartiradi,
yo’qoladi, lekin davlatning o’zi o’zgarmasdir.
Konservatizm yo’nalishidan o’sib chiqqan neokonservatizm g’oyalari XX
asrning 70-yillarida paydo bo’ladi. Ammo neokonservatizmning shu kungacha aniq
ta’rifi yo’q. Neokonservatorlar asosan liberal g’oyalarga tayangan. Bu g’oyalar
amalda biror ijobiy natija bermadi. Keng ma’noda, neokonservatizm – turli ijtimoiy-
siyosiy
yo’nalishlar
to’plami.
Olmon
faylasufi
V.Barindning
fikricha,
«Neokonservatizm turli xil, ba’zan bir-birini inkor qiluvchi g’oyalar majmuasidir».
Neokonservatizm 3 yo’nalishdan iborat. Birinchi yo’nalish - libertarizm bo’lib,
uning asosini shaxsning har qanday majburlashdan ozodligi g’oyasi tashqil qiladi.
Ikkinchi yo’nalish – etnotsentrizm asosida madaniyat va etnos o’rin olgan. Uchinchi
yo’nalish – ortodoksal yo’nalishi hisoblanadi. Bunga muvofiq har qanday kelajak
avlod o’zining konservativ g’oyalarini o’zi belgilaydi.
Nemis olimi Koltenbruner «Mushkul konservatizm» asarida yangi
konservatizmning mohiyatini quyidagicha ifodalaydi:
- Vorisiylik; Barqarorlik; Tartibot; Davlat avtoriteti; Ozodlik; Tushkunlik.
Neokonservatorlarni siyosiy falsafasida ikki g’oya mavjud:
1.Individni davlatga buysundirish.
2.Millatning ma’naviy va siyosiy birligini, yakdilligini ta’minlash.
Ta’kidlash joizki, neokonservatorlar iqtisodiyotda erkin bozor munosabatlari
tarafdori bo’lib, shu ma’noda ular liberalistlar bilan hamfikrdirlar. Biroq siyosiy
qarorlar u yoki bu individ, gurux manfaatini o’ylab emas, balki millatning
mushtarak, umumiy manfaatlarini ko’zlab qabo’l qilinmog’i kerak, deya
hisoblaydilar konservatorlar.
Bugun dunyodagi mashxur konservativ partiyalarga quyidagilarni kiritish
mumkin:
- Angliya konservativ partiyasi;
- AQSh respublikachilar partiyasi (J.Bush);
- Xristian-demokratik yo’nalishdagi G’arbiy Evropa partiyalari;
- Kanada konservativ partiyasi;
- Avstraliya va Yangi Zelandiya konservativ partiyalari.
Angliyadagi neokonservatorlar (tetcherizm) va AQShdagi neokonservatorlar
(reyganomika)ning fikricha, davlat liberallar va sotsial-demokratlar davrlarida
iqtisodiy yo’naltirish hamda ijtimoiy himoya masalalari bilan ko’proq shug’ullandi,
bu esa davlat apparatida byurokratiyani kuchaytirdi, shaxsiy tashabbus va
raqobatning rolini pasaytirib yubordi.
Shuning uchun ham 1975 yilda Angliya bosh vaziri lavozimiga saylangan
Margaret Tetcher o’n yil ichida o’z «tetcherizm siyosati» bilan «temir xonim»
nomini olgan bo’lsa-da, Angliyani yuksak taraqqiyotga olib chiqdi.
Uning siyosatidagi asosiy tamoyillar quyidagilardan iborat:
1. Tadbirkorlikni qo’llab-quvvatlash;
2. Davlatning iqtisodiy hayotga aralashuvini minimum darajaga tushirish,
xususiy mulkchilikni demokratlashtirish;
3. Har kim o’zini-o’zi moddiy jihatdan ta’minlashi shart, davlat faqat
nogironlarga yordam beradi;
4. Ijtimoiy harajatlarni mumkin qadar kamaytirish;
5. Jamiyat uchun zarar keltiradigan ish tashlashlarni qat’iyan ta’qiqlash.
Natijada 1982-1987 yillarda Angliya iqtisodiy va madaniy jihatdan G’arbiy
Evropada birinchi o’ringa chiqib oldi.
Xulosa qilib aytganda, konservatizm mafkurasida oila, din ahloq, ayrim
guruxlarning imtiyozli o’rni hakidagi eski davrning qadriyatlari yangi burjua
munosabatlari davrining individualizm, bozor erkinligi kabi qadriyatlar bilan
chambarchas bog’lanib ketgan.
Byurokratiya (“idora xizmatchilarining xokimiyati”) Beber tomonidan
an’anaviy emas, balki qattiq nazorat qilinuvchi va ratsional qoidalarga asoslanadigan
legalistik (boshqariluvchi va nazorat qilinuvchi qonunlarga) xususiyatga va
axamiyatga ega xukmronlik turiga kiritiladi. Beber byurokratiyaning kelajakdagi roli
haqida gapirib, butun demokratiyaning jamiyat va davlat faoliyatidagi aniq istiqboli
ommaviy byurokratiya hisoblanadi. Aynan shunday istiqbollar kapitalizm bilan
almashinuv kuchiga ega bo’lib, Beberning fikricha, uning o’rniga sotsializm emas,
balki jamiyatni ratsional boshqaruv maqsadidagi byurokratlashuv keladi. Bu fikr
zamonaviy menedjer revolyutsiyasi va postindo’strial jamiyat nazariyotchilari
tomonidan davom ettirildi va rivojlantirildi.
Hokimiyatlashuvning texnokratik kontseptsiyasi (grekchadan “texne” va
“kratos” - kasb, o’quv va maxorat xokimiyati )negizida ilm odamlarining hokimiyat
va boshqaruv ishlaridagi asosiy roli haqidagi ilk g’oyalar yotadi. Aniqroq aytganda,