XX-XXI ASRLAR TILSHUNOSLIGINING ZAMONAVIY YO`NALISHLARI

Yuklangan vaqt

2025-08-28

Yuklab olishlar soni

1

Sahifalar soni

14

Faytl hajmi

154,9 KB


 
 
 
 
XX-XXI ASRLAR TILSHUNOSLIGINING ZAMONAVIY 
YO`NALISHLARI 
 
 
 
 
RЕJA: 
1. 
Lingvistikaning boshqa fanlar bilan aloqasi.  
2. 
Tilshunoslikdagi zamonaviy yo`nalishlar. Sotsiolingvistika va etnolingvistika 
3. 
Psixolingvistika va neyrolingvistika 
4. 
Kompyuter lingvistikasi va kommunikativ lingvistika 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
Logotip
XX-XXI ASRLAR TILSHUNOSLIGINING ZAMONAVIY YO`NALISHLARI RЕJA: 1. Lingvistikaning boshqa fanlar bilan aloqasi. 2. Tilshunoslikdagi zamonaviy yo`nalishlar. Sotsiolingvistika va etnolingvistika 3. Psixolingvistika va neyrolingvistika 4. Kompyuter lingvistikasi va kommunikativ lingvistika
 
 
Tayanch so`zlar: lingvistika, sotsiolingvistika, etnolingvistika, psixolingvistika, 
neyrolingvistika, kompyuter lingvistikasi, matn, kommunikativ lingvistika. 
 
Lingvistikaning boshqa fanlar bilan aloqasi.  
Tilshunoslik – tilning paydo bo`lishi va rivojlanishi, til va tafakkur, til va 
jamiyat o`rtasidagi munosabatlar, tilning jamiyatdagi o‘rni, ichki tuzilishi, tilning 
tasnifi, uni tahlil qilish usullari va shu kabi masalalarni o‘rganadigan fan. 
Tilni tilshunoslik bilan bir qatorda falsafa, psixologiya, sotsiologiya, mantiq 
kabi fanlar ham o‘rganadi. Tilni o‘rganishda ishtirok etadigan har bir fanning tilga 
nisbatan o‘z munosabati bor. “Umumiy tilshunoslik” kursini chuqur egallashni 
istagan talaba, albatta, shu fanga yondosh bo‘lgan sohalardan ham xabardor 
bo‘lmog‘i lozim. 
Falsafa tilshunoslik metodikasini belgilab berar ekan, falsafani o‘rganmagan 
kishi tilshunoslik uchun xos bo‘lgan metodlarni tushuna olmaydi. Didaktika 
qonuniyatlarini bilmagan “til o‘rganuvchi” til va nutq faoliyatiga sistema sifatida 
yondasha olmasligi aniq. Yoxud til fikr ifodalash quroli, fikr esa mantiq fanining 
o‘rganish obyekti ekanligini hisobga oladigan bo‘lsak, logik kategoriyalarni bilish 
naqadar muhim ekanligini izohlashga hojat yo‘q. Bu sotsiolingvistika fanining 
yuzaga kelishida asos bo‘ldi. 
Tilshunoslikning psixologiya (inson ruhiy jarayonlarining qonuniyatlarini 
o‘rganadigan fan) bilan bog‘liqligini lingvistikaning nisbatan yangi sohasi 
psixolingvistika o‘rganadi. Tilshunoslik tarix, pedagogika fanlari bilan ham uzviy 
aloqadordir. So‘zlarning tarixini, tilning lug‘at boyligini o‘rganishda tarix 
tilshunoslikka katta yordam beradi. Sababki, til urug‘ va qabila, elat hamda millat 
tarixi bilan chambarchas bog‘liq. Shunga ko‘ra kishilik jamiyatining tarixi tilda o‘z 
aksini topadi. 
Tilshunoslik va tarixning bog‘lanishi ikki tomonlama bo‘lib, tarix materiallari 
til taraqqiyotini o‘rganish uchun, til faktlari tarix uchun muhimdir. Ushbu fan 
arxeologiya, etnografiya, shuningdek, adabiyotshunoslik bilan ham zich 
bog‘langandir. Tilshunoslik va adabiyotshunoslik o‘rtasidagi ittifoq natijasida 
filologiya (yunoncha “pxileo” – “sevaman” + “logos” - “so‘z”) fani vujudga kelgan. 
Logotip
Tayanch so`zlar: lingvistika, sotsiolingvistika, etnolingvistika, psixolingvistika, neyrolingvistika, kompyuter lingvistikasi, matn, kommunikativ lingvistika. Lingvistikaning boshqa fanlar bilan aloqasi. Tilshunoslik – tilning paydo bo`lishi va rivojlanishi, til va tafakkur, til va jamiyat o`rtasidagi munosabatlar, tilning jamiyatdagi o‘rni, ichki tuzilishi, tilning tasnifi, uni tahlil qilish usullari va shu kabi masalalarni o‘rganadigan fan. Tilni tilshunoslik bilan bir qatorda falsafa, psixologiya, sotsiologiya, mantiq kabi fanlar ham o‘rganadi. Tilni o‘rganishda ishtirok etadigan har bir fanning tilga nisbatan o‘z munosabati bor. “Umumiy tilshunoslik” kursini chuqur egallashni istagan talaba, albatta, shu fanga yondosh bo‘lgan sohalardan ham xabardor bo‘lmog‘i lozim. Falsafa tilshunoslik metodikasini belgilab berar ekan, falsafani o‘rganmagan kishi tilshunoslik uchun xos bo‘lgan metodlarni tushuna olmaydi. Didaktika qonuniyatlarini bilmagan “til o‘rganuvchi” til va nutq faoliyatiga sistema sifatida yondasha olmasligi aniq. Yoxud til fikr ifodalash quroli, fikr esa mantiq fanining o‘rganish obyekti ekanligini hisobga oladigan bo‘lsak, logik kategoriyalarni bilish naqadar muhim ekanligini izohlashga hojat yo‘q. Bu sotsiolingvistika fanining yuzaga kelishida asos bo‘ldi. Tilshunoslikning psixologiya (inson ruhiy jarayonlarining qonuniyatlarini o‘rganadigan fan) bilan bog‘liqligini lingvistikaning nisbatan yangi sohasi psixolingvistika o‘rganadi. Tilshunoslik tarix, pedagogika fanlari bilan ham uzviy aloqadordir. So‘zlarning tarixini, tilning lug‘at boyligini o‘rganishda tarix tilshunoslikka katta yordam beradi. Sababki, til urug‘ va qabila, elat hamda millat tarixi bilan chambarchas bog‘liq. Shunga ko‘ra kishilik jamiyatining tarixi tilda o‘z aksini topadi. Tilshunoslik va tarixning bog‘lanishi ikki tomonlama bo‘lib, tarix materiallari til taraqqiyotini o‘rganish uchun, til faktlari tarix uchun muhimdir. Ushbu fan arxeologiya, etnografiya, shuningdek, adabiyotshunoslik bilan ham zich bog‘langandir. Tilshunoslik va adabiyotshunoslik o‘rtasidagi ittifoq natijasida filologiya (yunoncha “pxileo” – “sevaman” + “logos” - “so‘z”) fani vujudga kelgan.
Tarixan bu termin qadimgi Gretsiyada bugungi ma’nosida qo‘llanmagan; filologga 
nisbatan “grammatik” termini qo‘llanilgan.  
Tilshunoslik pedagogika bilan ham yaqindan aloqada bo‘ladi. Ularning 
aloqasini til o‘qitish metodikasida to‘liq kuzatish mumkin. Ayrim olimlar bu aloqani 
lingvodidaktika yoki lingvopedagogika deb ham atamoqdalar. Didaktika (yunoncha 
“didaktikos” – “ibratli, namuna”) degan ma’noni anglatadi. Didaktika hozirda 
pedagogikaning ta’lim va mazmuni, umumiy metod va shakllari haqidagi bo‘limidir. 
Tilshunoslar va antropologlarning o‘zaro qiziqish xususiyalari 2 holatda 
to‘qnashadi: birinchidan, tillarni tasniflashda, ikkinchidan, nutqning kelib chiqish 
masalalarini o‘rganishda. 
 
Tilshunoslikdagi zamonaviy yo`nalishlar. Sotsiolingvistika 
Hozirgi 
zamon 
tilshunosligida 
psixolingvistika, 
sotsiolingvistika, 
etnolingvistika, neyrolingvistika, kognitiv lingvistika, kompyuter lingvistikasi va 
kommunikativ lingvistika kabi zamonaviy yo`nalishlari mavjud. Zamonaviy 
yo`nalishlarga qiziqishning kuchayib borayotganligi quyidagi sabablar bilan 
izohlanadi: a) hozirgi jamiyatda ilmiy asoslangan til siyosatiga ehtiyoj kundan-kun 
ortib bormoqda; b) tilshunoslik shu vaqtga qadar faqat tilning ichki tuzilishini 
o`rganish bilan qiziqib keldi, tilning jamiyat bilan, o`sha til egasi bo`lgan xalq tarixi, 
urf-odati bilan munosabati muammosi tilshunoslar e`tiboridan chetda qolib keldi. 
Til ijtimoiy hodisa bo‘lgani uchun u jamiyat hayoti bilan uzviy bog‘liq va bu 
tilshunoslikning tilning ijtimoiy mohiyati va vazifasi, tilga sotsial omillarning ta’siri 
kabi masalalar bilan shug‘ullanuvchi sotsiolingvistika yo‘nalishining shakllanishiga 
olib keldi. Ayniqsa zamonaviy ijtimoiy rivojlanish hamda ilmiy-texnika inqilobi 
tilning sotsiolingvistik va struktur o‘rganish muammolarini chuqur tahlil qilishni 
hayotiy zaruriyat qilib qo‘ydi. Sotsial lingvistika fonologik sistema birliklaridan 
tortib butun til strukturasigacha bo‘lgan barcha til hodisalarini ijtimoiy shartlashgan 
hodisalar deb qaraydi. Barcha ijtimoiy hodisalar ichida til sistemasi eng yopig‘i 
hisoblanadi, o‘ziga xos xususiyatlariga va murakkab strukturaga ega. 
Bu qiziq! 
Logotip
Tarixan bu termin qadimgi Gretsiyada bugungi ma’nosida qo‘llanmagan; filologga nisbatan “grammatik” termini qo‘llanilgan. Tilshunoslik pedagogika bilan ham yaqindan aloqada bo‘ladi. Ularning aloqasini til o‘qitish metodikasida to‘liq kuzatish mumkin. Ayrim olimlar bu aloqani lingvodidaktika yoki lingvopedagogika deb ham atamoqdalar. Didaktika (yunoncha “didaktikos” – “ibratli, namuna”) degan ma’noni anglatadi. Didaktika hozirda pedagogikaning ta’lim va mazmuni, umumiy metod va shakllari haqidagi bo‘limidir. Tilshunoslar va antropologlarning o‘zaro qiziqish xususiyalari 2 holatda to‘qnashadi: birinchidan, tillarni tasniflashda, ikkinchidan, nutqning kelib chiqish masalalarini o‘rganishda. Tilshunoslikdagi zamonaviy yo`nalishlar. Sotsiolingvistika Hozirgi zamon tilshunosligida psixolingvistika, sotsiolingvistika, etnolingvistika, neyrolingvistika, kognitiv lingvistika, kompyuter lingvistikasi va kommunikativ lingvistika kabi zamonaviy yo`nalishlari mavjud. Zamonaviy yo`nalishlarga qiziqishning kuchayib borayotganligi quyidagi sabablar bilan izohlanadi: a) hozirgi jamiyatda ilmiy asoslangan til siyosatiga ehtiyoj kundan-kun ortib bormoqda; b) tilshunoslik shu vaqtga qadar faqat tilning ichki tuzilishini o`rganish bilan qiziqib keldi, tilning jamiyat bilan, o`sha til egasi bo`lgan xalq tarixi, urf-odati bilan munosabati muammosi tilshunoslar e`tiboridan chetda qolib keldi. Til ijtimoiy hodisa bo‘lgani uchun u jamiyat hayoti bilan uzviy bog‘liq va bu tilshunoslikning tilning ijtimoiy mohiyati va vazifasi, tilga sotsial omillarning ta’siri kabi masalalar bilan shug‘ullanuvchi sotsiolingvistika yo‘nalishining shakllanishiga olib keldi. Ayniqsa zamonaviy ijtimoiy rivojlanish hamda ilmiy-texnika inqilobi tilning sotsiolingvistik va struktur o‘rganish muammolarini chuqur tahlil qilishni hayotiy zaruriyat qilib qo‘ydi. Sotsial lingvistika fonologik sistema birliklaridan tortib butun til strukturasigacha bo‘lgan barcha til hodisalarini ijtimoiy shartlashgan hodisalar deb qaraydi. Barcha ijtimoiy hodisalar ichida til sistemasi eng yopig‘i hisoblanadi, o‘ziga xos xususiyatlariga va murakkab strukturaga ega. Bu qiziq!
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
Ma’lumki, til va madaniyat, milliy til va milliy 
madaniyat o‘zaro chambarchas bog‘liq. Til madaniyat yaratishning eng asosiy 
vositalaridan biri bo‘lib, u madaniyatga erishish, uni tushunish, uning turli sohalarida 
muloqot yuritish vositasidir. Ko‘rinadiki, madaniyat tilning rivojlanishiga 
to‘g‘ridan-to‘g‘ri ta’sir etadi, biroq u til ichki rivojlanishining asosiy vositasi ham, 
quroli ham emas. Madaniyatning rivojlanishiga ijtimoiy faktorlar ta’sir ko‘rsatadi. 
Til va madaniyatning o‘zaro munosabati negizida lingvokulturologiya, ya’ni 
lingvomadaniyatshunoslik sohasi ham vujudga keldi. Ushbu sohaning nazariy va 
amaliy ahamiyati bugungi kunda ayniqsa dolzarb, chunki 
tillarni 
egallashda 
tili 
o‘rganilayotgan 
xalqning 
madaniyatini bilishning amaliy ahamiyati nihoyatda katta. 
 
Etnolingvistika 
Etnolingvistika atamasi grekcha “etnos” xalq, qabila 
so‘zlaridan olingan bo‘lib, XIX asrning 70-yillarida 
Amerika hindularining tili, madaniyati va urf-odatlarini 
o‘rganishning kuchayishi tufayli yuzaga kelgan. Ma’lumki, xalq tarixida, turmush 
tarzida yuz bergan har bir voqea, urf-odatlar uning tilida aks etadi, shuning uchun til 
bilan uning egasi bo‘lgan xalq o‘rtasida uzviy aloqa mavjud. Toponim, etnonimlarni 
Jamiyat lingvistik hayotiga ilmiy-texnika inqilobi 
ta’sirining xarakteri, tempi, ko‘lami, sohalari va 
xususiyliklarini aniqlash sotsiolingvistikaning eng 
muhim va dolzarb vazifasidir. Lingvistikaning 
sotsiolingvistik 
tadqiqotlar 
obyekti 
bo‘lmish 
tomonlari – terminologik tizimlarning paydo bo‘lishi 
va ularni uzluksiz differensiatsiyalanishi, dunyo 
tillari ijtimoiy funksiyalarining notekis rivojlanish 
jarayonlari, hududiy dialektlarning maydalashuvi, 
leksik-semantik va stilistik sistemalarga jamiyatdagi 
mafkuralar ta’sirining kuchayishi kabi masalalariga 
ilmiy texnikaning rivojlanishi eng kuchli ta’sir 
ko‘rsatadi. 
Logotip
Ma’lumki, til va madaniyat, milliy til va milliy madaniyat o‘zaro chambarchas bog‘liq. Til madaniyat yaratishning eng asosiy vositalaridan biri bo‘lib, u madaniyatga erishish, uni tushunish, uning turli sohalarida muloqot yuritish vositasidir. Ko‘rinadiki, madaniyat tilning rivojlanishiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri ta’sir etadi, biroq u til ichki rivojlanishining asosiy vositasi ham, quroli ham emas. Madaniyatning rivojlanishiga ijtimoiy faktorlar ta’sir ko‘rsatadi. Til va madaniyatning o‘zaro munosabati negizida lingvokulturologiya, ya’ni lingvomadaniyatshunoslik sohasi ham vujudga keldi. Ushbu sohaning nazariy va amaliy ahamiyati bugungi kunda ayniqsa dolzarb, chunki tillarni egallashda tili o‘rganilayotgan xalqning madaniyatini bilishning amaliy ahamiyati nihoyatda katta. Etnolingvistika Etnolingvistika atamasi grekcha “etnos” xalq, qabila so‘zlaridan olingan bo‘lib, XIX asrning 70-yillarida Amerika hindularining tili, madaniyati va urf-odatlarini o‘rganishning kuchayishi tufayli yuzaga kelgan. Ma’lumki, xalq tarixida, turmush tarzida yuz bergan har bir voqea, urf-odatlar uning tilida aks etadi, shuning uchun til bilan uning egasi bo‘lgan xalq o‘rtasida uzviy aloqa mavjud. Toponim, etnonimlarni Jamiyat lingvistik hayotiga ilmiy-texnika inqilobi ta’sirining xarakteri, tempi, ko‘lami, sohalari va xususiyliklarini aniqlash sotsiolingvistikaning eng muhim va dolzarb vazifasidir. Lingvistikaning sotsiolingvistik tadqiqotlar obyekti bo‘lmish tomonlari – terminologik tizimlarning paydo bo‘lishi va ularni uzluksiz differensiatsiyalanishi, dunyo tillari ijtimoiy funksiyalarining notekis rivojlanish jarayonlari, hududiy dialektlarning maydalashuvi, leksik-semantik va stilistik sistemalarga jamiyatdagi mafkuralar ta’sirining kuchayishi kabi masalalariga ilmiy texnikaning rivojlanishi eng kuchli ta’sir ko‘rsatadi.
xalqning tarixini bilmay turib o‘rganib bo‘lmaydi, shuningdek, etnografiya ham 
tilshunoslikka qimmatli materiallar beradi. Til amaliyoti 
va rivojlanishida etnomadaniyat, etnopsixologik omillarni 
o‘rganish 
ehtiyoji 
tilshunoslikda 
etnolingvistika 
yo‘nalishini yuzaga keltirdi.  
Etnolingvistikaning mustaqil lingvistik yo‘nalish 
sifatida shakllanishida amerikalik tilshunos, etnograf Frans Boasning xizmatlari 
katta bo‘lgan. U va uning izdoshlari hindular tilini tillar va madaniyatlarning o‘zaro 
ta’siri, bilingvizm masalalari bilan bog‘liq holda o‘rgandilar. Bu yo‘nalishning ilk 
davrida ko‘proq etnografiya masalalari bilan shug‘ullanilgan, faqat o‘tgan asrning 
20-yillaridan boshlab muammoning lingvistik tomoniga ahamiyat berilgan. 
Masalan, alla (qo‘shiq) yoki sumalakning tarixi, mazmun-mohiyati, ular bilan 
bog‘liq urf-odatlarning turlari etnorgafik masalalar bo‘lsa, shu so‘zlarning 
qo‘llanishi, turli davrlardagi variantlari, ulardagi lingvistik vositalar, shu so‘zlar 
bilan bog‘liq assotsiativ aloqalar masalalari masalaning lingvistik tomoni 
hisoblanadi.   
50-yillardan boshlab tilshunoslikda semantikaga katta e’tibor qaratilishi 
etnolingvistika masalalariga e’tiborni yanada kuchaytirdi. Turli tillardagi ijtimoiy 
madaniy so‘zlar (masalan, qarindosh-urug‘ nomlari, milliy realiyalar), turli etnik 
guruhlarda qo‘llanadigan paralingvistik vositalar, folklor materiallarini o‘rganish 
ham etnolingvistikaning o‘rganish obyektiga kiritildi. Folklor materiallariga e’tibor 
qaratilishi til va madaniyat o‘rtasidagi aloqaning yangi turlarini ochishga imkoniyat 
yaratdi va etnolingvistikaning o‘rganish doirasini kengaytirdi. Hozirgi kunda 
etnolingvistika dunyoning deyarli barcha mamlakatlarida tilshunoslikda alohida 
yo‘nalish sifatida e’tirof etilgan va bu yo‘nalish bo‘yicha keng tadqiqot ishlari olib 
borilmoqda. 
Psixolingvistika 
Til nutqiy faoliyatda yuzaga chiqqani tufayli nutqiy faoliyat tilshunoslikda 
ham, psixologiya fanida ham tekshirish obyekti sanaladi. Tilshunoslik va 
psixologiya fanlarining ushbu kesishish nuqtasi mazkur fanlar oralig‘ida 
psixolingvistika (yoki lingvopsixologiya) yo‘nalishining yuzaga kelishiga olib keldi. 
Ushbu atama dastlab 1946-yilda Amerika psixologi N.Pronko tomonidan qo‘llandi 
Logotip
xalqning tarixini bilmay turib o‘rganib bo‘lmaydi, shuningdek, etnografiya ham tilshunoslikka qimmatli materiallar beradi. Til amaliyoti va rivojlanishida etnomadaniyat, etnopsixologik omillarni o‘rganish ehtiyoji tilshunoslikda etnolingvistika yo‘nalishini yuzaga keltirdi. Etnolingvistikaning mustaqil lingvistik yo‘nalish sifatida shakllanishida amerikalik tilshunos, etnograf Frans Boasning xizmatlari katta bo‘lgan. U va uning izdoshlari hindular tilini tillar va madaniyatlarning o‘zaro ta’siri, bilingvizm masalalari bilan bog‘liq holda o‘rgandilar. Bu yo‘nalishning ilk davrida ko‘proq etnografiya masalalari bilan shug‘ullanilgan, faqat o‘tgan asrning 20-yillaridan boshlab muammoning lingvistik tomoniga ahamiyat berilgan. Masalan, alla (qo‘shiq) yoki sumalakning tarixi, mazmun-mohiyati, ular bilan bog‘liq urf-odatlarning turlari etnorgafik masalalar bo‘lsa, shu so‘zlarning qo‘llanishi, turli davrlardagi variantlari, ulardagi lingvistik vositalar, shu so‘zlar bilan bog‘liq assotsiativ aloqalar masalalari masalaning lingvistik tomoni hisoblanadi. 50-yillardan boshlab tilshunoslikda semantikaga katta e’tibor qaratilishi etnolingvistika masalalariga e’tiborni yanada kuchaytirdi. Turli tillardagi ijtimoiy madaniy so‘zlar (masalan, qarindosh-urug‘ nomlari, milliy realiyalar), turli etnik guruhlarda qo‘llanadigan paralingvistik vositalar, folklor materiallarini o‘rganish ham etnolingvistikaning o‘rganish obyektiga kiritildi. Folklor materiallariga e’tibor qaratilishi til va madaniyat o‘rtasidagi aloqaning yangi turlarini ochishga imkoniyat yaratdi va etnolingvistikaning o‘rganish doirasini kengaytirdi. Hozirgi kunda etnolingvistika dunyoning deyarli barcha mamlakatlarida tilshunoslikda alohida yo‘nalish sifatida e’tirof etilgan va bu yo‘nalish bo‘yicha keng tadqiqot ishlari olib borilmoqda. Psixolingvistika Til nutqiy faoliyatda yuzaga chiqqani tufayli nutqiy faoliyat tilshunoslikda ham, psixologiya fanida ham tekshirish obyekti sanaladi. Tilshunoslik va psixologiya fanlarining ushbu kesishish nuqtasi mazkur fanlar oralig‘ida psixolingvistika (yoki lingvopsixologiya) yo‘nalishining yuzaga kelishiga olib keldi. Ushbu atama dastlab 1946-yilda Amerika psixologi N.Pronko tomonidan qo‘llandi
va XX asrning 50-yillaridan keng yoyildi. Biroq uning ildizlari XIX asrda qiyosiy-
tarixiy tilshunoslik negizida vujudga kelgan psixologizm oqimiga (asoschisi 
G.Shteyntal) borib taqaladi. U tilda xalq ruhining ifodalanishini ta’kidlab, sotsial, 
etnik psixologiyani yaratishga intildi.  
Ushbu oqim tarafdorlari o‘z e’tiborlarini tilning ichki tomoniga, jonli nutqqa, 
bevosita nutqiy jarayonga, so‘z va gaplarning ma’no tomoniga qaratdilar, assotsiativ 
psixologiya tushunchalarini va amalini kiritishga harakat qildilar.  
Psixolingvistikaning o‘rganish obyektiga quyidagilar kiritilgan: 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
Hozirgi kunda tilshunoslikning ushbu yo‘nalishi yanada 
kengaygan bo‘lib, nutqdagi inson omili, individuallik, ichki nutq 
va tashqi nutq masalalari keng o‘rganilmoqda. Nutqiy faoliyat, 
ya’ni insonlarning bir-biriga axborot berish va bir-biridan axborot 
qabul qilish jarayoni bir qancha fanlarning o‘rganish obyekti sanaladi. Xususan, bu 
jarayon tilshunoslik va psixologiya fanlari tomonidan chuqur o‘rganilgan. 
Tilshunoslik kishilar o‘rtasida asosiy aloqa vositasi bo‘lgan til va uning aloqa-
aralashuv jarayonida voqelanuvchi nutqni bir-biridan ajratgan holda, tilning ichki 
tuzilishi va birliklari, ushbu birliklarning nutqiy jarayonda turli-tuman voqelanishi, 
psixolingvistikada esa “ichki tuzilish”dan “tashqi tuzilish” (“tashqi nutq”)qa 
o‘tishning asosiy bosqichlari, ushbu 2 tuzilishning o‘zaro munosabatlari kabi qator 
masalalar atroflicha o‘rganiladi. 
 
Nutq faoliyatning vujudga kelish mexanizmini o‘rganish; 
Muayyan nutqiy vaziyatlarda so‘zlovchi bilan tinglovchi 
o‘rtasidagi munosabatlarni o‘rganish; 
Bolalar nutqining shakllanish jarayonini o‘rganish; 
Nutqning 
axborot 
tashish 
funksiyasini 
o‘rganish 
va 
boshqarish. 
Logotip
va XX asrning 50-yillaridan keng yoyildi. Biroq uning ildizlari XIX asrda qiyosiy- tarixiy tilshunoslik negizida vujudga kelgan psixologizm oqimiga (asoschisi G.Shteyntal) borib taqaladi. U tilda xalq ruhining ifodalanishini ta’kidlab, sotsial, etnik psixologiyani yaratishga intildi. Ushbu oqim tarafdorlari o‘z e’tiborlarini tilning ichki tomoniga, jonli nutqqa, bevosita nutqiy jarayonga, so‘z va gaplarning ma’no tomoniga qaratdilar, assotsiativ psixologiya tushunchalarini va amalini kiritishga harakat qildilar. Psixolingvistikaning o‘rganish obyektiga quyidagilar kiritilgan: Hozirgi kunda tilshunoslikning ushbu yo‘nalishi yanada kengaygan bo‘lib, nutqdagi inson omili, individuallik, ichki nutq va tashqi nutq masalalari keng o‘rganilmoqda. Nutqiy faoliyat, ya’ni insonlarning bir-biriga axborot berish va bir-biridan axborot qabul qilish jarayoni bir qancha fanlarning o‘rganish obyekti sanaladi. Xususan, bu jarayon tilshunoslik va psixologiya fanlari tomonidan chuqur o‘rganilgan. Tilshunoslik kishilar o‘rtasida asosiy aloqa vositasi bo‘lgan til va uning aloqa- aralashuv jarayonida voqelanuvchi nutqni bir-biridan ajratgan holda, tilning ichki tuzilishi va birliklari, ushbu birliklarning nutqiy jarayonda turli-tuman voqelanishi, psixolingvistikada esa “ichki tuzilish”dan “tashqi tuzilish” (“tashqi nutq”)qa o‘tishning asosiy bosqichlari, ushbu 2 tuzilishning o‘zaro munosabatlari kabi qator masalalar atroflicha o‘rganiladi. Nutq faoliyatning vujudga kelish mexanizmini o‘rganish; Muayyan nutqiy vaziyatlarda so‘zlovchi bilan tinglovchi o‘rtasidagi munosabatlarni o‘rganish; Bolalar nutqining shakllanish jarayonini o‘rganish; Nutqning axborot tashish funksiyasini o‘rganish va boshqarish.
 
 
 
Neyrolingvistika 
O‘tgan asrning 70-yillarda psixologiya, nevrologiya va 
tilshunoslik fanlari oralig‘ida neyropsixologiya bilan uzviy 
bog‘liq bo‘lgan, nutqiy faoliyatni bosh miya mahsuli sifatida o‘rganadigan yangi 
tarmoq – neyrolingvistika vujudga keldi. Ushbu fanda miya kasallanishining nutqiy 
faoliyatga ta’siri masalalari, ya’ni afaziya holati ham o‘rganiladi.  
Miya nutq zonasining zararlanishi va buning natijasida nutq faoliyatining 
buzilishi masalasi Ibn Sino, Beruniy asarlaridayoq qayd etilgan bo‘lsa-da, ushbu 
hodisalar XIX asrning 2-yarmidan boshlab o‘rganila boshlandi, A.R. Luriyaning 
“Neyrolingvistikaning asosiy muammolari” kitobi chop 
etildi.  
Inson borliqni ongida sezgi organlari yordamida aks 
ettiradi. Sezgi tashqi olam haqida muayyan axborotlarni 
miyaga uzatadi, miya esa bu axborotlarni umumlashtiradi. 
Demak, obyektiv olamni aks ettirish jarayoni markaziy nerv 
sistemasi, bosh miya orqali yuzaga chiqadi.  
Borliq haqida axborot beruvchi nutq va uni tushunish chegara nerv 
sistemalarining markazga qarab yo‘nalishi orqali amalga oshiriladi. Chegara nerv 
sistemalari markaziy nerv sistemalariga obyektiv borliqdagi narsa va hodisalarning 
muayyan belgilari haqidagi ma’lumotni beradi. Chegara nerv sistemalariga aloqador 
a’zolar tahlil qiluvchilar (analizatorlar) deb atalib, ularga ko‘rish, eshitish, ta’m-
maza a’zolari kiritiladi.  
Shunday qilib, neyrolingvistika inson tomonidan olamni belgilashtirish 
jarayonini kompleks tarzda o‘rganuvchi fan tarmog‘i sifatida o‘ziga turdosh – 
psixolingvistika, neyropsixologiya, neyrofiziologiya, psixoakustika, kibernetika 
kabi oraliq fanlar g‘oyalari va metodlaridan foydalanib rivojlanib bormoqda.  
 
Kompyuter lingvistikasi 
Logotip
Neyrolingvistika O‘tgan asrning 70-yillarda psixologiya, nevrologiya va tilshunoslik fanlari oralig‘ida neyropsixologiya bilan uzviy bog‘liq bo‘lgan, nutqiy faoliyatni bosh miya mahsuli sifatida o‘rganadigan yangi tarmoq – neyrolingvistika vujudga keldi. Ushbu fanda miya kasallanishining nutqiy faoliyatga ta’siri masalalari, ya’ni afaziya holati ham o‘rganiladi. Miya nutq zonasining zararlanishi va buning natijasida nutq faoliyatining buzilishi masalasi Ibn Sino, Beruniy asarlaridayoq qayd etilgan bo‘lsa-da, ushbu hodisalar XIX asrning 2-yarmidan boshlab o‘rganila boshlandi, A.R. Luriyaning “Neyrolingvistikaning asosiy muammolari” kitobi chop etildi. Inson borliqni ongida sezgi organlari yordamida aks ettiradi. Sezgi tashqi olam haqida muayyan axborotlarni miyaga uzatadi, miya esa bu axborotlarni umumlashtiradi. Demak, obyektiv olamni aks ettirish jarayoni markaziy nerv sistemasi, bosh miya orqali yuzaga chiqadi. Borliq haqida axborot beruvchi nutq va uni tushunish chegara nerv sistemalarining markazga qarab yo‘nalishi orqali amalga oshiriladi. Chegara nerv sistemalari markaziy nerv sistemalariga obyektiv borliqdagi narsa va hodisalarning muayyan belgilari haqidagi ma’lumotni beradi. Chegara nerv sistemalariga aloqador a’zolar tahlil qiluvchilar (analizatorlar) deb atalib, ularga ko‘rish, eshitish, ta’m- maza a’zolari kiritiladi. Shunday qilib, neyrolingvistika inson tomonidan olamni belgilashtirish jarayonini kompleks tarzda o‘rganuvchi fan tarmog‘i sifatida o‘ziga turdosh – psixolingvistika, neyropsixologiya, neyrofiziologiya, psixoakustika, kibernetika kabi oraliq fanlar g‘oyalari va metodlaridan foydalanib rivojlanib bormoqda. Kompyuter lingvistikasi
Ma’lumki, XXI asr kompyuter texnologiyalari, ilg’or pedagogika va axborot 
texnologiyalari (internet), yuksak tafakkur, fan va texnikaning jadal taraqqiyot asri 
bo’ladi. XXI asr boshiga kelib, “Elektron ta’lim”, “Elektron boshqaruv”, “Ochiq 
ta’lim”, “Masofaviy ta’lim”, “Axborotlashgan ta’lim” kabi tushunchalar 
hayotimizga kundan-kun singib bormoqda. Prezidentimiz Sh.M. Mirziyoyev so’zlari 
bilan aytganda, “hozirgi axborot, kommunikatsiya, kompyuter texnologiyalari 
asrida, internet kundan-kunga hayotimizning barcha jabhalariga tobora chuqur va 
keng kirib borayotgan bir paytda, odamlarning ongi va tafakkuri uchun kurash hal 
qiluvchi ahamiyat kasb etayotgan bir vaziyatda bu masalalarning jamiyatimiz uchun 
naqadar dolzarb va ustuvor bo’lib borayotgani haqida gapirib o’tirishga hojat yo’q”. 
Hozirgi paytda injenerlik lingvistikasi, hisoblash lingvistikasi, matematik 
lingvistika, kompyuter lingvistikasi yuzasidan bir qator yangi muammolar o’rtaga 
tashlanmoqda. Darhaqiqat, zamonaviy kompyuter juda ulkan imkoniyatlarga egaki, 
uning uchun qadimgi xalqlarning sirli xatlarini “o’qib”, mazmunini so’zlab berish, 
katta hajmdagi kitoblarga annotatsiyalar yozish, loyihalar tarxini chizish kabi yuzlab 
mehnat 
faoliyati 
turlarining 
barchasida, 
albatta, 
zamonaviy 
kompyuter 
texnologiyalari ham ishchi kuchi, ham vaqt jihatidan juda yaqin yordamchi sanaladi.  
Bunday 
ilmiy 
tadqiqotlar 
sirasiga 
murakkabligi, 
dolzarbligi 
bilan 
xarakterlanuvchi kompyuter lingvistikasi yo`nalishi ham kiradi. Kompyuter 
lingvistikasi quyidagi masalalarni o’rganish bilan shug’ullanadi: 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
a) tabiiy tillarning matematik modelini ishlab chiqish; 
b) lingvistik muammolarni hal qiluvchi kompyuter dasturlari bilan 
tanishish; 
d) kompyuter lingvistikasining avtomatik tarjima va matnni tahrir 
qilish dasturlarini ishlab chiqish; 
e) tillarga o’qitish, bilimlarni tekshirish; 
f) lug’atlarni va kompyuterdagi matnni statistik tahlil qilish 
Logotip
Ma’lumki, XXI asr kompyuter texnologiyalari, ilg’or pedagogika va axborot texnologiyalari (internet), yuksak tafakkur, fan va texnikaning jadal taraqqiyot asri bo’ladi. XXI asr boshiga kelib, “Elektron ta’lim”, “Elektron boshqaruv”, “Ochiq ta’lim”, “Masofaviy ta’lim”, “Axborotlashgan ta’lim” kabi tushunchalar hayotimizga kundan-kun singib bormoqda. Prezidentimiz Sh.M. Mirziyoyev so’zlari bilan aytganda, “hozirgi axborot, kommunikatsiya, kompyuter texnologiyalari asrida, internet kundan-kunga hayotimizning barcha jabhalariga tobora chuqur va keng kirib borayotgan bir paytda, odamlarning ongi va tafakkuri uchun kurash hal qiluvchi ahamiyat kasb etayotgan bir vaziyatda bu masalalarning jamiyatimiz uchun naqadar dolzarb va ustuvor bo’lib borayotgani haqida gapirib o’tirishga hojat yo’q”. Hozirgi paytda injenerlik lingvistikasi, hisoblash lingvistikasi, matematik lingvistika, kompyuter lingvistikasi yuzasidan bir qator yangi muammolar o’rtaga tashlanmoqda. Darhaqiqat, zamonaviy kompyuter juda ulkan imkoniyatlarga egaki, uning uchun qadimgi xalqlarning sirli xatlarini “o’qib”, mazmunini so’zlab berish, katta hajmdagi kitoblarga annotatsiyalar yozish, loyihalar tarxini chizish kabi yuzlab mehnat faoliyati turlarining barchasida, albatta, zamonaviy kompyuter texnologiyalari ham ishchi kuchi, ham vaqt jihatidan juda yaqin yordamchi sanaladi. Bunday ilmiy tadqiqotlar sirasiga murakkabligi, dolzarbligi bilan xarakterlanuvchi kompyuter lingvistikasi yo`nalishi ham kiradi. Kompyuter lingvistikasi quyidagi masalalarni o’rganish bilan shug’ullanadi: a) tabiiy tillarning matematik modelini ishlab chiqish; b) lingvistik muammolarni hal qiluvchi kompyuter dasturlari bilan tanishish; d) kompyuter lingvistikasining avtomatik tarjima va matnni tahrir qilish dasturlarini ishlab chiqish; e) tillarga o’qitish, bilimlarni tekshirish; f) lug’atlarni va kompyuterdagi matnni statistik tahlil qilish
 
 
 
 
Mamlakatimizda 
kompyuter 
lingvistikasi 
va 
matematik 
lingvistika 
muammolari bilan shug’ullanuvchi maxsus kafedra va laboratoriya 2001-yilda 
O’zbekiston Milliy universiteti (O’zMU)da tashkil etilgan edi, keyinchalik bu 
kafedra “Umumiy va kompyuter tilshunosligi” degan nomga ega bo’ldi.  
Natijada keyingi yillarda o’zbek tili grammatikasining kompyuter modelini 
yaratish asoslari ishlab chiqildi, o’zbek tilidagi internet sahifalarini yaratishning 
asoslari belgilandi, o’zbek kompyuter adabiyotshunosligi ma’lum darajada 
o’rganildi; inglizcha-o’zbekcha yoki o’zbekcha-inglizcha, ruscha-o’zbekcha yoki 
o’zbekcha-ruscha tarjimon dasturlari ishlab chiqilmoqda; o’zbek tilidagi matnlarni 
tahrir qilish dasturlarining 1-versiyalari yaratilmoqda; WINDOWS o’zbek tilidagi 
operatsion tizimini ishlab chiqish davom etmoqda; hozirgi vaqtda “Qutadg’u 
bilik”ning internet sahifalari yaratilgan. Shuningdek, o`zbek lingvistik avtomatini 
yaratish bo`yicha dastlabki ishlar amalga oshirilgan, kompyuter yordamida ayrim 
chastotali lug’atlar, ters (chappa), alfavitli lug’atlar tuzilgan, bu sohadagi ishlar 
hozirgi kunda jadal sur’atlar bilan davom ettirilmoqda. 
Hоzirgi vaqtda kоmpyutеr yordamida tilshunоs 
оlimlar so’zlarni bir jоyga to’plash, ularga qayta ishlоv 
bеrish, shu asоsda turli xil lug’atlar, tеzauruslar, 
rubrikatоrlar, glоssariylar, so’zlashgichlar yaratish bilan 
shug’ullanmоqdalar. 
Umuman, atamalarni to’plash va ularga qayta ishlоv bеrish jarayonida kеlib 
chiqqan katta amaliy ehtiyoj tilshunоslikda kоmpyutеr tеxnоlоgiyasidan kеngrоq 
fоydalanish imkоniyatlarini vujudga kеltirdi. Hоzirgi kunga kеlib fan-tеxnika 
inqilоbi natijasida tinmay yog’ilib turgan matеriallar, axbоrоtlar оqimini faqat 
kоmpyutеr tеxnоlоgiyasi yordamidagina bоshqarish mumkin bo’lib qоldi. 
Tilshunоslikda kоmpyutеr tеxnоlоgiyasidan fоydalanish, asоsan, quyidagi 
yo’nalishlar uchun xizmat qilmоqda: a) mashinaviy tarjima muammоlari bilan 
shug’ullanish; b) lug’atshunоslik ishlarini avtоmatlashtirish va ixchamlashtirish; v) 
Logotip
Mamlakatimizda kompyuter lingvistikasi va matematik lingvistika muammolari bilan shug’ullanuvchi maxsus kafedra va laboratoriya 2001-yilda O’zbekiston Milliy universiteti (O’zMU)da tashkil etilgan edi, keyinchalik bu kafedra “Umumiy va kompyuter tilshunosligi” degan nomga ega bo’ldi. Natijada keyingi yillarda o’zbek tili grammatikasining kompyuter modelini yaratish asoslari ishlab chiqildi, o’zbek tilidagi internet sahifalarini yaratishning asoslari belgilandi, o’zbek kompyuter adabiyotshunosligi ma’lum darajada o’rganildi; inglizcha-o’zbekcha yoki o’zbekcha-inglizcha, ruscha-o’zbekcha yoki o’zbekcha-ruscha tarjimon dasturlari ishlab chiqilmoqda; o’zbek tilidagi matnlarni tahrir qilish dasturlarining 1-versiyalari yaratilmoqda; WINDOWS o’zbek tilidagi operatsion tizimini ishlab chiqish davom etmoqda; hozirgi vaqtda “Qutadg’u bilik”ning internet sahifalari yaratilgan. Shuningdek, o`zbek lingvistik avtomatini yaratish bo`yicha dastlabki ishlar amalga oshirilgan, kompyuter yordamida ayrim chastotali lug’atlar, ters (chappa), alfavitli lug’atlar tuzilgan, bu sohadagi ishlar hozirgi kunda jadal sur’atlar bilan davom ettirilmoqda. Hоzirgi vaqtda kоmpyutеr yordamida tilshunоs оlimlar so’zlarni bir jоyga to’plash, ularga qayta ishlоv bеrish, shu asоsda turli xil lug’atlar, tеzauruslar, rubrikatоrlar, glоssariylar, so’zlashgichlar yaratish bilan shug’ullanmоqdalar. Umuman, atamalarni to’plash va ularga qayta ishlоv bеrish jarayonida kеlib chiqqan katta amaliy ehtiyoj tilshunоslikda kоmpyutеr tеxnоlоgiyasidan kеngrоq fоydalanish imkоniyatlarini vujudga kеltirdi. Hоzirgi kunga kеlib fan-tеxnika inqilоbi natijasida tinmay yog’ilib turgan matеriallar, axbоrоtlar оqimini faqat kоmpyutеr tеxnоlоgiyasi yordamidagina bоshqarish mumkin bo’lib qоldi. Tilshunоslikda kоmpyutеr tеxnоlоgiyasidan fоydalanish, asоsan, quyidagi yo’nalishlar uchun xizmat qilmоqda: a) mashinaviy tarjima muammоlari bilan shug’ullanish; b) lug’atshunоslik ishlarini avtоmatlashtirish va ixchamlashtirish; v)
bibliоgrafik ma’lumоtlarni avtоmatik yo’l bilan qidirish va ularga qayta ishlоv bеrish 
va hоkazо.  
 
Kommunikativ lingvistika 
XX asr tilshunosligi tilning bevosita harakatdagi birliklarini, undagi 
o`zgarishlarni 
o`rganish 
bilan 
shug`ullana 
boshladi. 
Bunday 
tadqiqotlar 
tilshunoslikda kommunikativ-pragmatik aspektda olib boriladi. Bu aspekt tilning 
rivojlanishini, taraqqiyotini kishilar hayoti, ularning nutqiy faoliyatlari bilan bog`liq 
holda o`rganishni etakchi maqsad qilib oladi. Bu esa tilshunoslikda lingvistik-
pragmatika matn (kontekst) tilshunosligi singari yangi sohalarning shakllanishi va 
taraqqiyotiga sabab bo`ldi. Hozirgi zamon tilshunosligida katta mavqega ega bo`lgan 
kommunikativ tilshunoslik o`z ichiga quyidagi sohalarni 
oladi:  
1. 
Matn tilshunosligi. 
2. 
Sotsiolingvistika. 
3. 
Psixolingvistika. 
4. 
Lingvistik pragmatika. 
Matn tilshunosligi. XX asr boshlariga kelib tilshunos olimlar tilda tovush, 
so`z, so`z birikmasi va gapdan ham yirik birliklar borligini aniqladilar. Bunday yirik 
til birliklari qatoriga sintaktik butunlik, abzats (xatboshi), diskurs va matn (kontekst) 
kiradi. Bunday yirik til birliklariga hozirgi tilshunoslikda turlicha ta`rif berilmoqda. 
Bunday turlicha ta`riflar zamirida bir bosh mavzu asosida 
bog`langan gap yoki gaplar yig`indisi degan ma`no yotadi.  
Matn tilning eng katta birligi sanaladi. Matnni tilning 
birligi sifatida tadqiq etish rus tilshunosligida 30-yillardayoq 
boshlangan edi. Bu o`rinda A.M. Peshkovskiyning “Rus tili 
sintaksisi” (1934), V.V. Vinogradovning “Badiiy nasriy matn 
haqida” (1930), L.A. Bulaxovskiyning “Rus adabiy tili kursi” (1952) kabi 
asarlarini eslash maqsadga muvofiqdir. Chunki xuddi ana shu tadqiqotlar uning 
muallifi o`ziga xos lisoniy xususiyatlari singari muammolarni o`rganishni boshlab 
berdi.   
Logotip
bibliоgrafik ma’lumоtlarni avtоmatik yo’l bilan qidirish va ularga qayta ishlоv bеrish va hоkazо. Kommunikativ lingvistika XX asr tilshunosligi tilning bevosita harakatdagi birliklarini, undagi o`zgarishlarni o`rganish bilan shug`ullana boshladi. Bunday tadqiqotlar tilshunoslikda kommunikativ-pragmatik aspektda olib boriladi. Bu aspekt tilning rivojlanishini, taraqqiyotini kishilar hayoti, ularning nutqiy faoliyatlari bilan bog`liq holda o`rganishni etakchi maqsad qilib oladi. Bu esa tilshunoslikda lingvistik- pragmatika matn (kontekst) tilshunosligi singari yangi sohalarning shakllanishi va taraqqiyotiga sabab bo`ldi. Hozirgi zamon tilshunosligida katta mavqega ega bo`lgan kommunikativ tilshunoslik o`z ichiga quyidagi sohalarni oladi: 1. Matn tilshunosligi. 2. Sotsiolingvistika. 3. Psixolingvistika. 4. Lingvistik pragmatika. Matn tilshunosligi. XX asr boshlariga kelib tilshunos olimlar tilda tovush, so`z, so`z birikmasi va gapdan ham yirik birliklar borligini aniqladilar. Bunday yirik til birliklari qatoriga sintaktik butunlik, abzats (xatboshi), diskurs va matn (kontekst) kiradi. Bunday yirik til birliklariga hozirgi tilshunoslikda turlicha ta`rif berilmoqda. Bunday turlicha ta`riflar zamirida bir bosh mavzu asosida bog`langan gap yoki gaplar yig`indisi degan ma`no yotadi. Matn tilning eng katta birligi sanaladi. Matnni tilning birligi sifatida tadqiq etish rus tilshunosligida 30-yillardayoq boshlangan edi. Bu o`rinda A.M. Peshkovskiyning “Rus tili sintaksisi” (1934), V.V. Vinogradovning “Badiiy nasriy matn haqida” (1930), L.A. Bulaxovskiyning “Rus adabiy tili kursi” (1952) kabi asarlarini eslash maqsadga muvofiqdir. Chunki xuddi ana shu tadqiqotlar uning muallifi o`ziga xos lisoniy xususiyatlari singari muammolarni o`rganishni boshlab berdi.