Y.A.KOMENSKIY, LOGANN, PESTALOTSI, DISTERVERG VA K.D.USHINSKIYLARNING PEDAGOGIKA FANI METODOLOGIYASINING YARATILISHIDA ILGARI SURGAN G‘OYALARI
Yuklangan vaqt
2025-01-26
Yuklab olishlar soni
1
Sahifalar soni
9
Faytl hajmi
22,1 KB
Y.A.KOMENSKIY, LOGANN, PESTALOTSI, DISTERVERG VA
K.D.USHINSKIYLARNING PEDAGOGIKA FANI
METODOLOGIYASINING YARATILISHIDA ILGARI SURGAN
G‘OYALARI
.XVII
asrda
pedagogika
amaliy
tabiatshunoslik
sifatida
biologiya
qonuniyatlariga bo‘ysunishi e’tirof etilgan. Pedagogikani tubdan to‘la qayta qurishni
chex olimi Y.A.Komenskiy va ingliz pedagogi Djon Lokk amalga oshirdilar.
Ular pedagogik qonunlarining quyidagi uch jihatiga ko‘ra guruhlaganlar:
1.Ijtimoiy-tarixiy.
2.Tabiiy-tarixiy.
3.Psixologik.
Keyinchalik bir guruh ilg‘or pedagoglar umumiy tamoyillar bilan
qanoatlanmay, didaktik qonuniyatlarini ifoda etishga uringanlar. Xususan,
Y.A.Komenskiy didaktikaning tematik belgilariga ko‘ra guruhlangan quyidagi
qoidalar tizimini ilgari surdi:
1.,,Ta’lim va oson o‘qishning asosiy qoidalari” (,,Buyuk didaktika” - XVII
bob);
2.,,Tabiiy o‘qish va ta’limning asosiy qoidalari”;
3.,,Fanlarga o‘qitish san’atining to‘qqiz qoidasi” (XX bob) va boshqalar.
Disterveg tomonidan asoslangan qoidalar soni 33 ta bo‘lib, ular muayyan
loyihalarga taalluqli ekanligiga ko‘ra guruhlarga ajratadi (birinchi guruh -
o‘qituvchiga nisbatan, ikkinchisi -dars tashkil etilayotgan fanga nisbatan, uchinchisi
- o‘quvchiga nisbatan va hokazolar tarzida). Shu bilan birga Disterveg mazkur
qoidalarning ayrimlarini qonunlar ham deb ataydi.
Har qanday pedagogik tadqiqot o‘z ichiga yuqoridagi izchillikni olishi va bu tarkibiy
qismlar orasida uzviy bog‘liqlik bo‘lishi lozim.
Pedagogik tadqiqotlarda asosan quyidagi yo‘nalishlar bo‘lishi mumkin:
1. Tarbiya nazariyasi.
2. Didaktika.
3. Oliy maktab pedagogikasi.
4. Pedagogik psixologiya.
5. Oila pedagogikasi, kasbga yo‘llash, chet el pedagogikasi va boshqalar.
Tadqiqotning asosiy predmetlari qilib quyidagilarni olish mumkin:
1. O‘qituvchi (yoki ota- ona) faoliyati.
2. Pedagogik jamoa (yoki oila) faoliyati.
3. Bolalar jamoasi faoliyati.
4. Jamoatchilik ishlari (ishlab chiqarish, turar joylardagi maktabdan tashqari
muassasalari, klublar, madaniyat uylari va hakozolar).
5. Bolalarning o‘z faoliyati.
6. Tarbiyaviy jarayon ob`ekti va sub`ektining o‘zaro ta’siri.
Pedagogik tajribalarni umulashtirish, tadqiqot ishlarini o‘tkazishning eng
muhim yo‘lidir. Masalan, ko‘pgina tajribali o‘qituvchilarning ish tajribalari
pedagogik fikr taraqqiyotiga muhim ta’sir ko‘rsatadi. Ilg‘or pedagogik tajribalarga
tayanish va uning ma’nosiga tushunish ko‘pgina ilmiy ishlarning manbai
hisoblanadi.
Ilg‘or pedagogik tajribalar umumlashtirish va ularni qo‘llash uchun
quyidagilarga rioya qilish zarur:
1. Ilg‘or pedagogik tajribalar umumlashtirish oldin mamlakat maktablaridagi
tajribaning ilg‘orligi nima bilan xarakterlanadi, shahar yoki tumandagi maktabning
ilg‘or tajribasi hosil bo‘lishida atrofdagi yoki mamlakatdagi ilg‘or tajribalar qanday
ta’sir qiladi, maktab tarixi, uning an’analari qanday, pedagogik jamoa qandayligini
aniqlash muhim.
2. Maktab hayotining hamma tomonlari bilan amaliy tanishish zarur. Buning
uchun bir kunda biror sinfdagi hamma darslarni kuzatish, tadqiqotchining
qiziqtirayotgan o‘quv predmeti darslarini kuzatish, shu sinfda bir hafta yoki bir oy
davomida har - xil tarbiyaviy tadbirlarga qatnashish kerak.
Agar tekshirishlarimiz bolalar bilan ishlashning ko‘pgina shakl va metodlarida
aks etsa, u holda bunday tajtibalarni ommalashtirish zarur.
3. Pedagogik tajribalarni o‘rganishni o‘quvchilar jamoasini, tarbiyachilarni,
ularning ish uslubini, o‘zaro munosabatlar, umumiy qarashlar, bir xil talablari
kabilardan o‘rganishdan boshlash kerak.Mana shular ilg‘or tajribaning mohiyatini
tashkil etadi. Bolalar va pedagoglar, o‘quvchi va o‘qituvchilar jamoasi o‘rtasidagi
munosabatlar tizimini o‘rganish, shundan keyingina ilmiy xodimni qiziqtirgan
muammo bo‘yicha material yig‘ishni bog‘lash kerak.
4. Pedagogik tajribani to‘g‘ri tushunish va baholash uchun uni chetdan turib
kuzgatmasdan, balki shu pedagogik jamoani a’zosi sifatida ishlash kerak (ya’ni
yetakchi, o‘qituvchi, sinf rahbari sifatida) yoki o‘quvchilarning tadqiqot guruhiga
rahbar sifatida ishlash kerak) muammoli kengash tuzish. Har qanday holda ham
ilmiy xodim maktabning o‘quv tarbiyaviy ishlarida faol qatnashishi lozim, aks holda
u ob`ektiv xulosa chiqara olmaydi.
5. Mamlakatdagi ilg‘or o‘qituvchilarning ish tajribasini o‘rganishda
pedagogika fani yutuqlariga asoslanib, hozirgi zamon fani pozitsiyasida turib, tahlil
qilish kerak.
6. Faqat birgina maktab yoki o‘qituvchining tajribasi bilan cheklanib qolish
ham to‘g‘ri kelmaydi. Shuning uchun ham bir necha maktab va bir necha
o‘qituvchilar ish tajribalarini taqqoslash kerak. shundagina ilg‘or pedagogik
tajribaning mohiyati aniqlanadi.
Hozirgi davrda pedpgogikaning dolzarb muammolari.
1. Tarbiyaviy jarayonning mohiyati va qonuniyatlari.
2. Shaxs axloqiy irodaviy sifatlarini shakllantirishning yo‘llari, xususan ongli,
mehnatga munosabat, vatanparvarlik, vatanga e’tiqod, javobgarlik, burchni sevish,
pok vijdon kabi milliy hamda umuminsoniy sifatlarni shakllantirish.
3. Shaxsni shakllantirishning umumiy asoslari ta’limni mehnat amaliyoti bilan
bog‘lash,aqliy, jismoniy va mehnat, estetika va mafkuraviy immunitetni
shakllantirish, ijtimoiy va individual sifatlari shakllantirish.
4. Tarbiya va o‘z- o‘zini tarbiyalash, tarbiya va qayta tarbiyalash va hakozo.
5. O‘quvchilarni tug‘ma qobilyat va mahoratlarini aniqlash va rivojlantirsh,
iqtidorli o‘quvchilarni aniqlash va ularning ta’lim-tarbiyasiga individual yondashish.
6. Ta’limga innovatsion yondashuvning yo‘l va usullarini aniqlash, ta’lim
texnologiyalaridan maksimal foydalanish.
7. Bolaning har - xil yoshdagi sifatlarini, motiv va qiziqishlarini aniqlash, ularning
tarbiyachilarga ota - onalariga, tengdoshlariga, kattalarga munosabatlarini, o‘z -
o‘zini tarbyalashlarini o‘rganish.
8. Tarbiyaviy ishlarning tashkil etilishining samarali yo‘llarini izlash.
9.O‘qituvchi ta’siri xulqidagi etika va estetika.
11. Bolalar jamoasini shakllantirishning samarali yo‘llari.
12. Bolalarning bilish faoliyatini faollashtirish ularning aqliy faolligini
rivojlantirish.
13. O‘quv ishining samarali yo‘l va usullarini izlash.
14. Bolani oilada va maktabda tarbiyalashning yagona tizimini yaratish va ҳ.
Ma’lumki, kishilik jamiyatining vujudga kelishi jarayonida inson ham
biologik jihatdan, ham ijtimoiy jihatdan takomillashib borgan. Dastlabki, diniy
e’tiqodlar, eng oddiy ixtirolarning takomillashib borishi kabi holatlar inson ongining
ham shakllanib borishiga turtki bo’ldi. Bu jarayon minglab yillarni o’z ichiga olgan
bo’lib, ana shu davrda inson ongi shakllanishining asosi sifatida qabul qilingan xulq-
odob qoidalari, ijtimoiy talablar yuzaga kelgan. Ushbu talablar muayyan davrda
yaratilgan yodgorliklarining asosiy mazmuni va mohiyatini tashkil etadi.
Eng qadimgi kishilarga xos bo’lgan xislatlar, ularning dastlabki, oddiy istaklari,
orzu-umidlari qadimgi eposlarda aks etgan afsonaviy obrazlar hamda qahramonlar
qiyofasida o’z ifodasini topgan. Ruhga sig’inish (onimizm), ajdodlar ruhiga sig’inish
(totemizm), sehrgarlik kabi diniy e’tiqodlar va marosimlar yoritilgan afsona va
rivoyatlarda eng qadimiy ajdodlarimizning tafakkur dunyosi aks etgan. Ammo bu
rivoyat va afsonalar ham massaget, sak, xorazmiy, so’g’d hamda parfiyanlar
yashagan davrlar ruhini ifoda etadi, xolos.
Eng qadimgi madaniy boyliklarimizni o’rganishda quyidagi uch guruhga ajratilgan
manbalarga tayanamiz:
Arxeologik qazilmalar natijasida topilgan ko’rgazmali ashyolar:
1.Xalq og’zaki ijodi materiallari hamda yozma manbalar.
2.Buyuk adiblar, allomalarning ijodiy merosi.
Ibtidoiy jamiyatda bola o’zi uddalay oladigan faoliyatning tashkil etilishida bevosita
ishtirok etib, hayot kechirish va mehnat qilish ko’nikmalarini o’zlashtirgan. Bu holat
og’ir sharoitda kechgan. o’g’il bolalar erkaklar bilan ov qilish, qurol yasash kabi
yumushlarni bajarsalar, qizlar ayollar tomonidan bajariladigan mehnat sirlarini
o’zlashtirar edilar. Hech qayerda yozilmagan odat va an’analarga ko’ra, yosh bolalar
keksalar nazorati ostida ma’lum tajribalarga ega bo’lardilar. Bola ma’lum
tayyorgarliklardan so’ng maxsus sinovlardan o’tib, amaliy faoliyatda faol ishtirok
eta olish huquqini qo’lga kiritar edi. Ushbu an’ana, ya’ni, bolalarni ma’lum
yoshgacha enaga yoki murabbiyga topshirish yaqin davrlargacha saqlanib qolgan,
hatto hozirgi kunda ham ko’zga tashlanadi.
Urug’chilik jamoasi bosqichida esa bolalar mehnatining ko’lami kengayib,
kasb-hunar faoliyatining turlari ko’payib boradi. Tajribali kishilar bolalarni
tarbiyalash bilan birga ularni yozishga ham o’rgata boshlaydilar. Asta-sekin harbiy
tarbiyaning boshlang’ich ko’rinishlari yuzaga kela boshlaydi. Bolalarga harbiy
san’at sirlarini o’rgatish ancha murakkab ish bo’lib, ushbu tarbiyani tashkil etish
maxsus bilim hamda tayyorgarlikka ega bo’lishni taqozo etar edi. Shu bois maxsus
harbiy bilim va tayyorgarlikka ega bo’lgan kishilar bolalarga bu boradagi bilimlarni
berish jarayoniga jalb etila boshladilar.
Jamiyatning ijtimoiy jihatdan taraqqiy eta borishi bolalarga dalalarni o’lchash,
suv toshqinlarining oldini olish, kishilarni turli kasalliklardan davolash usullariga oid
bilimlarni berishga bo’lgan ehtiyojni yuzaga keltirdi. Mazkur ehtiyojni qondirish
yo’lidagi harakatning tashkil etilishi natijasida turli maktablar faoliyat yurita
boshladi. Maktablarda asosiy e’tibor bolalarga ogzaki bilimlar berish bilan birga
ularda yozuv ko’nikmalarining shakllantirilishiga qaratildi. Dastlab suratkashlik
rivojlanib,
piktografik
xat
paydo
bo’lgan
bo’lsa,
keyinchalik
qo’shni
mamlakatlardan kirib kelgan harflar yordamida yozish usuli paydo bo’ladi va bu usul
tez tarqala boshlaydi.
O’sib kelayotgan yosh avlodning ilmiy dunyoqarashini shakllantirish hamma
davrlarda bo’lgani kabi, hozir ham millatning ilg’or kishilari diqat markazida bo’lib
kelmoqda.
Xo’sh, dunyoqarashni o’zini qanday tushunish kerak? Dunyoqarash-bizni
o’rab olgan borliq nima, u qanday rivojlangan, tabiatda qanday inson o’rin tutadi,
uning ongi qanday paydo bo’ldi va kamol topdi, jamiyatning yaralish tarixi qanday,
inosniyat turmush darajasini qanday qilib yaxshilash mumkin va shu kabi
masalalarga kishilarning turlicha qarashlari, munosabatlaridir.Inson o’z faoliyatida
ma’lum ilmiy bilimlardan, qonuniyatlardan,tushuncha va g’oyalardan foydalanadi.
Ana shu bilimlarga asoslanib, tabiat, jamiyat va inson tafakkuri hodisalarini
baholaydi, ularni o’ziga talqin etib, ma’lum xulosalarga keladi.
Har qanday odam o’zining yashashdan maqsadi nimaligini, hayotning
ma’nosini bilishga intiladi. Bu insonning ijtimoiy ehtiyojidir. Ana shu ehtiyoj
o’quvchiga ham xos bo’lib, u o’zining shu ehtiyojini qondirish bilan tevarak-atrof
hayoti to’g’risida bilimlarga, tabiat va jamiyat haqidagi mulohazalarga ega bo’la
boshlaydi. Umuman shaxsning turli xil ehtiyojlari uning faolligini ta’minlaydi,
qiziqishlari, mayl va talablarini belgilaydi. Ana shu ehtiyojni qondirishga qaratilgan
faoliyat shaxsning e’tiqod va qarashlari, kundalik xulq-atvor motivlarini hosil
bo’lishiga yordam beradi.
Qarashlar va e’tiqodlar tizimi bo’lgan dunyoqarashning mohiyatidan shunday
xulosa chiqarish kerakki, o’quvchining va umuman maktabning ishida muayyan
tizim bo’lgandagina ilmiy dunyoqarash tarkib topishi mumkin. Asta-sekin
to’plangan bilimlar yozma shaklda avlodlardan-avlodlarga qoladi. Turli davrlarda
o’qimishli, ziyoli, bilimdon kishilar dunyo ilm-faniga, umuminsoniy madaniyatiga
salmoqli hissalarini qo’shganlar.
Ekspluatatsiyaga asoslangan quldorlik, feodalizm, kapitalizm kabi sinfiy
jamiyatlarda davrning o’qimishli, ziyoli, bilimdon kishilari dunyo ilm-faniga,
umuminsoniy madaniyatiga salmoqli hissalarini qo’shganlar.Jumladan, Gippokrat,
Demokrit, Platon, Arximed, Gegel.
Sharqda ilk o’rta asrlarda musulmon dunyosi al-Kindiy, ar-Roziy, G’azzoliy,
Farobiy, Beruniy, Xorazmiy, Ibn Sino, Ibn Rushd (Averros), Bahouddin Naqshband,
Najmiddin
Kubro,
Ahmad
Yassaviy
shular
jumlasidandir.Kaykovusning
,,Qobusnoma”, IV asrdagi hind faylasufi Beydaboning ,,Kalila va Dimna” asarlari,
,,Ramayana”, ,,Maxabhorat” dostoni, Yusuf Xos Hojibning ,,Qutadg’u bilig”, Nosir
Hisravning ,,Saodatnoma”, Sa’diyning ,,Guliston va Bo’ston”, Abdurahmon
Jomiyning "Bahoriston”, Navoiyning "Mahbub ul qulub”, Ahmad Donishning
"O’g’illarga nasihat” bundan tashqari o’tmishning ,,CHor darvesh”, ,,Ming bir
kecha”, ,,Qur’oni karim”, ,,Hadisi sharif”dagi asarlarda ham juda katta, qimmatbaho
va boy ma’naviy-madaniy meros bo’lib, sharq va g’arb xalqlari ming yillar
mobaynida bulardan bahramand bo’lganlar.
XIX asrning ikkinchi yarmiga kelib Turkiston rus mustamlakachilari
tomonidan bosib olindi. Bu davrda milliy-ma’naviy merosga, madaniyatga past
nazar bilan qarovchi shovinistik siyosat hukmron edi. SHunday bo’lsada bu davrda
Said Ahmad Siddiqiy (Samarqand), Furqat, Muqimiy, A. Donish, Avaz O’tar o’g’li,
Hamza, Abdulla Avloniy (Toshkent), Ibrat, Fitrat, Behbudiy, Munavvar qori,
Cho’lpon, qori Niyoziy va boshqalar bola tarbiyasiga oid ko’plab asarlar yozdilar,
yoshlarni ilm-ma’rifatli qilishga intildilar.
Ayniqsa, Abdulla Avloniyning 1913 va 1917 yillarda ikki marotaba nashr
qilingan ,,Turkiy guliston yohud axloq” asari XX asr boshlaridagi pedagogik fikrlar
taraqqiyotini o’rganishda katta ahamiyatga molikdir.
Asarning ,,Yaxshi xulqlar” bobining birinchi qismi ,,Fatanat” atalib, Avloniy
Fatanatni ,,Aql egasi bo’luv demakdir” deb ta’riflaydi, ayni zamonda Firdavsiy,
Nosir Xisrav, Rudakiy, Sa’diylar, A. Navoiy kabi ham aqlga katta e’tibor beradi.
Shuningdek, A.Avloniy ,,Hukamdorlardan biri aqlning quli nafsning jilovini ushlasa,
seni yomon yo’llarga kirishdan saqlar”- deb uqtiradi.
Avloniyning fikricha, sog’lom fikr, yaxshi axloq, ilm-ma’rifatga ega bo’lish
uchun badanni tarbiyalash zarur. Badanni sog’lom va quvvatli bo’lmog’i insonga
eng kerakli narsadir. Chunki, o’qimoq, o’qitmoq va o’rgatmoq uchun insonga kuchli,
kasalsiz jasad lozimdir.
O’zbekiston o’z mustaqilligininng qo’lga kiritgan hozirgi sharoitda
qadriyatlarimizni tiklashga, tariximizni o’rganishga, o’zligimizni anglab yetishga
ahd qilgan va yosh avlod uchun xuddi mana shu durdona asarlar qo’l kelishi
muqarrardir.
Dunyoqarash. Dunyoqarash faqat insongagina xos xususiyat bo’lib, hayvonot
dunyosi, boshqa narsa, buyumlar va mavjudot uchun bu hol yotdir, ularda ham
dunyoqarash bo’ladi, deb o’ylash bema’nilik bo’lur edi.
Avvalo ta’kidlash lozimki, ilmiy dunyoqarash turli kishilarda, kasb egalarida
turlicha-to’larok, mukammolroq, chuqurroq yoki yuzakiroq, chalaroq, sayoz va
xomroq bo’lishi mumkin. Bunda kishilar tomonidan oldingi ajdodlardan meros
bo’lgan ma’naviy boyliklarni, bilimlarni va hozirgi mavjud bilimlarni o’zlashtirish
darajalari muhim ahamiyatga egadir.
Bolalarning tarbiyasiga to’g’ri yondashish, uni muvaffaqiyatli o’qitish uchun
bola rivojlanishidagi turli yoshdagi davrlariga xos xususiyatlarni bilish va uni
hisobga olish muhimdir. Chunki, bola orginizmining o’sishi ham, rivojlanishi ham,
psixik taraqqiy etishi ham turli yosh davrlarida turlicha bo’ladi. Abu Ali Ibn Sino,
Yan Amos Komenskiy, K.D.Ushinskiy, Abdulla Avloniylar ham bolani tarbiyalash
zarurligini uqtirib o’tganlar.
G’arb pedagoglari jumladan, Chexoslavakiyalik gumanist pedagog Yan Amos
Komenskiy o’zining ongli xayotini amaliy pedagog faoliyatini bolalarni o’qitish va
tarbiyalashdek oliyjanob ishga bag’ishlagan , ulug’ pedagogdir.
U o’zining 80 yillik umri davomida pedagogika ta’lim-tarbiya, falsafa, ilohiyotga
oid 250 dan ortiq, asarlar darsliklar yaratgan. Shulardan ,,Tillar va hamma fanlarning
ochiq eshigi” (1631 yil), ,,Buyuk didaktika” (1632 yil), ,,Onalar maktabi” (1632 yil),
,,Panasofiya maktabi” (1651 yil), ,,Yaxshi tashkil etilgan maktab qonunlari” (1653),
,,Hislar vositasi bilan idrok qilinadigan narsalarning suratlari” (1658) kabi asalari
uning eng salmoqli asarlaridir.
Iogan Genrix Pistalotsi Shvetsariyaning Suyurix shahrida vrach oilasida
tug’ilgan. Pestalotsi avval boshlang’ich maktabda, so’ngra lotin maktabida o’qib ilm
oldi. 19 asrning boshlaridanoq Pestalotsining ,,Gertruda o’z bolalarini qanday qilib
o’qitadi”, ,,Onalar kitobi yoki onalar uchun o’z balalarini kuzatish va gapirishni
qanday o’rgatish haqida” qo’llanma, ,,Kuzatish alifbesi yoki o’lchash haqida
ko’rsatmali” qo’llanma, ,,Son to’g’risida ko’rsatmali ta’lim” degan kitoblari bosilib
chiqdi. Pestalotsi o’z xalqini oyoqqa turg’izishni orzu qildi. Pestalotsi hamma
odamlar tarbiya va ilm olish huquqiga ega bo’lishi lozim, maktablar jamiyatni
ijtimoiy jihatdan o’zgartirishning muhim vositalaridan biri bo’lishi kerakligini
ta’kidlaydi.
Konstantin Dmitrievich Ushinskiy mashhur rus pedagogi, rus pedagogikasi va
xalq maktablarining asoschisi, ,,Rus o’qituvchilarining o’qituvchisi”. K.D.Ushinskiy
1824 yil 19 fevralda Tula shahrida tavallud topdi. K.D.Ushinskiy pedagogik
faoliyatini ilmiy-ijodiy ish bilan birga olib bordi. 1848 yil uning birinchi ilmiy
asarlari ,,Kameral fanlarni o’qitish haqida” nashr qilindi. Ushinskiy 1857 yildan
boshlab ,,Tarbiya jurnali”, so’ngra ,,Xalq maorifi jurnali”da juda ko’p sermazmun
maqolalar e’lon qilindi. Ushinskiyning pedagogika nazariyasi xalqchilik g’oyasi
asosiga qurilgan.
Eng qadimgi tarbiya haqidagi yodgorliklar bizgacha bevosita yetib kelmagan.
Turkiy va forsiy zabon xalqlarining hayot kechirish san’ati donolik majmuasi
sifatida yuzaga kelib, borliqqa amaliy munosabatda bo’lishni namunasi tarzida
e’tirof etilgan. Ma’naviy-madaniyat yodgorliklari qadimgi grek tarixchisi
Gerodotning ,,Tarix”, Strabonning ,,Geografiya” hamda Maxmud Qoshg’ariyning
,,Devoni lug’atit-turk” kabi asarlari, Urxun-enasoy bitiklari kabi adabiy tarixiy
manbalarda saqlangan.
Ushbu yodgorliklar mohiyatini o’rganish insonning shallanishida moddiy va
ma’naviy madaniyat qay daraja katta o’rin tutganidan dalolat beradi.
Eng qadimgi kishilarga xos bo’lgan hislatlar, ularning dastlabki, oddiy
istaklari, orzu-umidlari, qadimgi eposlarda aks etgan, afsonaviy obrazlar hamda
qahrmonlar qiyofasida o’z ifodasini topgan. Afsona va rivoyatlarda eng qadimgi
ajdodlarimizning tafakkur dunyosi aks etgan.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1. Melaniy Nind, Aliia urtin, Katchy Hall. Research Methods for
Pedogogy.UK, Blomsbury publishing 2016.
2.Choriyev
A.,
Choriyev
1.
Pedagogikaning
fanlararo
bogliklik
metodologiyasi (o‘quv kullanma). - Toshkent.: Fan, 2011.
3.Choriyev A., Choriyev I. Pedagogika tarixi metodologiyasi (o‘quv
kullanma).. - Toshkent.: Fan, 2010.