289
YALPI TALAB VA YALPI TAKLIF
Reja:
1. Yalpi talab tushunchasi va uning hajmiga taosir qiluvchi omillar
2. Yalpi taklif tushunchasi. Yalpi taklif tarkibi va unga ta’sir qiluvchi omillar
3. Yalpi talab va yalpi taklif o‘rtasidagi muvozanat va uning o‘zgarishi
Iqtisodiyotni muvozanatli rivojlantirib, uning barqaror o‘sishini taominlashda
eng avvalo yalpi talabning mazmunini bilish zarur.
Yalpi talab (aggregate demand, AD) – barcha isteomolchilar, yaoni aholi,
korxonalar va davlat tomonidan narxlarning muayyan darajasida sotib olinishi
mumkin bo‘lgan turli tovarlar va xizmatlarga bo‘lgan talabning umumiy
hajmidir. Shuningdek, yalpi talabni milliy iqtisodiyotdagi real pul daromadlari hajmi
sifatida ifodalash ham mumkin.
Yalpi talab barcha isteomolchilarning turli xil tovarlarga va xizmatlarga bo‘lgan
talablari yig‘indisidan tashkil topadi. Bilamizki, tovar va xizmatlar ikki xil bo‘ladi:
shaxsiy isteomol tovarlari va tadbirkorlar ishlab chiqarish jarayonida unumli isteomol
qiladigan ishlab chiqarish omillari – yer, kapital va ishchi kuchi.
Isteomol tovarlari turli-tuman moddiy, maonaviy tovarlar va xizmatlarni o‘z
ichiga oladi. Shuningdek, turli ko‘rinishdagi (masalan, davlat, xususiy, jamoa,
korporativ) tadbirkorlarning ishlab chiqarish omillariga bo‘lgan talabi ham turli-
tumandir (masalan, turli mashinalar, stanoklar, asbob-uskunalar, inshootlar, transport
vositalari, yonilg‘i, xomashyo, materiallar, ishchi kuchi va h.k.). Talabning umumiy
miqdori sotib olishga mo‘ljallangan tovarlarning turlari, miqdori, sifati hamda
narxiga bog‘liq bo‘ladi. Uni quyidagi chizma orqali osonroq tushunish mumkin
(15.1-chizma).
290
15.1-chizma
Yalpi talab miqdorining tovarlar turlari, miqdori, sifati hamda narxiga
bog‘liqligi
Yalpi talabni faqatgina pul miqdori bilan belgilash bizningcha unga bir
tomonlama yondashuv bo‘ladi. Masalan, investitsiya tovarlari miqdori, sifati, turi
o‘zgarmagan holda narx ikki barobar oshsa, belgilangan pul miqdori o‘zgarmagan
holda ikki barobar kam investitsiya tovarlarini sotib olish mumkin bo‘ladi xolos.
Yalpi talab miqdor jihatidan aniqlanadi va uning umumiy miqdori turli omillar
taosirida o‘zgarib turadi.
Turli o‘quv qo‘llanmalari va darsliklarda yalpi talab miqdorini aniqlash usullari
va unga taosir etuvchi omillarni bayon etishda turli jihatdan yondashiladi. Jumladan,
akademik V.Vidyapin va boshqalar umumiy tahriri ostida chop etilgan «Iqtisodiyot
nazariyasi» darsligida yalpi talab iqtisodiyot alohida sohalari sarflarining yig‘indisi
sifatida ifodalanadi, yaoni:
Yalpi talab miqdori
Istе’mol buюmlariga
Invеstitsiya tovarlari va ishchi kuchiga
Ijtimoiy nafliligi
(turlari, miqdori va sifati)
Qiymati (miqdor×narxi)
Ijtimoiy nafliligi
(turlari, miqdori va sifati)
Qiymati (miqdor×narxi)
Ijtimoiy nafliligi (turlari,
sifati va miqdori) jihatidan
Qiymat jihatidan
291
NX
G
I
C
Yd
,
bu yerda:
Yd – yalpi talab;
C – uy xo‘jaliklarining isteomol sarflari;
I – xususiy sektorning investitsiya sarflari;
G – davlat xaridi;
NX – sof eksport.1
Professor V.Kamaev esa yalpi talabni real yalpi milliy mahsulot tarkibiy
qismlariga bo‘lgan umumiy pul miqdori sifatida namoyon bo‘lishini hamda uni
pulning miqdoriy nazariyasiga muvofiq quyidagi ko‘rinishda ifodalanishini
taokidlaydi:
P
V
M
AD
/
,
bu yerda:
AD – yalpi talab;
M – pul miqdori;
V – pulning aylanish tezligi;
P – narx darajasi2.
Bundan ko‘rinadiki, V.Kamaevning fikricha yalpi talab pulning miqdori va narx
darajasiga bevosita bog‘liqdir. Bu o‘rinda u sotib olinadigan tovarlar turi, miqdori va
sifatini eotibordan chetda qoldiradi.
Biz yuqorida taokidlaganimizdek, boshqa sharoitlar o‘zgarmay qolganda, narx
darajasi qancha past bo‘lsa, isteomolchilar (mamlakat ichidagi hamda chet eldagi)
ishlab chiqarilgan tovarlar real hajmining shuncha katta hajmini va aksincha, narx
darajasi qancha yuqori bo‘lsa, shuncha kam qismini sotib oladi. Shunday qilib,
boshqa sharoitlar o‘zgarmas deb faraz qilgan taqdirda ham birgina narx darajasining
oshishi ishlab chiqarishning real hajmiga bo‘lgan yalpi talab hajmining keskin
kamayishiga, yaoni ishlab chiqarilgan tovarlar massasining bir qismi sotilmay
1 Qaralsin: Ekonomichеskaya tеoriya: Uchеbnik. - Izd., ispr. i dop. / Pod obsh. rеd. akad. V.I.Vidyapina, A.I.Dobrinina,
G.P.Juravlеvoy, L.S.Tarasеvicha. – M.: INFRA-M, 2005. – s.412.
2 Qaralsin: Ekonomichеskaya tеoriya: Uchеb. dlya stud. vissh. uchеb. zavеdеniy / Pod rеd. V.D.Kamayeva. – 10-е izd.,
pеrеrab. i dop. - M.: Gumanit. izd. цеntr VLADOS, 2004, s.291.
292
qolishiga sabab bo‘ladi. Aksincha, narx darajasining pasayishi ishlab chiqarish
hajmiga nisbatan yalpi talabning oshishiga, yaoni tovarlarning yetishmasligiga olib
keladi. Yalpi talabga narxdan tashqari taosir qiluvchi omillarning o‘zgarishi ham
milliy ishlab chiqarish hajmining o‘zgarishiga olib keladi.
Narx darajasi va talab taosiridagi milliy ishlab chiqarish hajmi o‘rtasidagi bu
teskari bog‘liqlikni quyidagi chizma orqali ifodalash mumkin (15.2-chizma).
15.2-chizma
Yalpi talab egri chizig‘i
Narx R
darajasi
AD
0 Y
Ishlab chiqarish real hajmi
Chizmadan ko‘rinadiki, yalpi talab egri chizig‘i yakka talab egri chizig‘iga
o‘xshaydi, biroq o‘zaro bog‘liq ko‘rsatkichlar bir-biridan farqlanadi. Agar yakka talab
egri chizig‘i turli narx ko‘rsatkichlarida alohida isteomolchining muayyan tovarga
bo‘lgan talabi miqdori o‘rtasidagi bog‘liqlikni ifodalasa, yalpi talab egri chizig‘i
mamlakatdagi narxlarning turli darajasi hamda ishlab chiqarishning real hajmi
o‘rtasidagi bog‘liqlikni ifodalaydi.
Agar yakka talab egri chizig‘ining pasayuvchanligi daromad va almashuv
samaralarining amal qilishi bilan izohlansa, yalpi talab egri chizig‘ining pasayuvchan
ko‘rinishda bo‘lishi narxlar umumiy darajasining o‘zgarishi natijasida ro‘y beruvchi
293
foiz stavkasi samarasi, boylik samarasi va import tovarlar xaridi samarasi orqali
izohlanadi.
Foiz stavkasi samarasi. Mazkur samaraning mohiyati shundan iboratki, narx
darajasining o‘sishi bilan pulga bo‘lgan talab ham ortadi. Bu esa muomaladagi pul
miqdorining o‘zgarmagan hajmi sharoitida foiz stavkasining o‘sishiga olib keladi.
O‘z navbatida foiz stavkasining o‘sishi isteomol va investitsiya sarflari hajmini
pasaytiradi. Chunki foiz stavkalarining oshib ketishi aholi tomonidan uy va uy
jihozlari, avtomobil kabi uzoq muddatli isteomol tovarlarini sotib olish uchun kredit
olishni samarasiz qilib qo‘yadi. Shuningdek, tadbirkorlar ham foizning yuqori
darajasida o‘zlarining nisbatan past daromad keltiruvchi investitsiya loyihalarini
amalga oshirishdan voz kechadilar.
Narx o‘zgarishi bilan foiz stavkalarining hamda yalpi talab umumiy miqdorining
o‘zgarishi o‘rtasidagi bog‘liqlikni chizma orqali osonroq tushunish mumkin (15.3-
chizma).
15.3-chizma
Narx darajasi oshishining yalpi talabga taosiri
Istе’molchilar pulga
talabining oshishi
Tadbirkorlar pulga
talabining oshishi
Narx darajasining
oshishi
Istе’mol buюmlariga
talabning pasayishi
Ishlab chiqarish
omillariga talabning
pasayishi
Yalpi talabning
kamayishi
Foiz stavkasining
o’sishi
294
Bu yerda biz narx oshgan holatda pulga bo‘lgan talabning, foiz stavkasining
oshishini va, nihoyat, yalpi talab miqdorining kamayishini ifoda etdik. Narx pasaysa,
shu holatning teskarisi, yaoni pulga bo‘lgan talab hamda foiz stavkasining pasayishi
va oqibatda yalpi talab miqdorining oshishi ro‘y beradi.
Boylik samarasi. U baozida real kassa qoldiqlari samarasi deb ham atalib, narx
darajasining oshishi bilan moliyaviy aktivlar (bank omonatlari, aksiya va
obligatsiyalar) real qiymatining pasayishini anglatadi. Buning natijasida aholi
daromadlari ham pasayib, ular tomonidan sotib olinuvchi tovar va xizmatlar miqdori
kamayadi.
Import tovarlar xaridi samarasi. Bu samara narx darajasi o‘zgarishining u
yoki bu mamlakatdagi ichki va jahon narxlari nisbatiga taosiri orqali namoyon
bo‘ladi. Mamlakatdagi narxlar umumiy darajasining oshishi, chet el tovarlari narxi
o‘zgarmagan yoki sekinroq o‘sgan holatda, milliy isteomolchi uchun chetdan xorijiy
tovarlarni olib kelishni foydali qilib qo‘yadi. O‘z navbatida, mazkur mamlakat tovar
va xizmatlarini xorijiy isteomolchilar tomonidan xarid qilish hajmi ham qisqaradi.
Natijada bu mamlakatning eksport hajmi kamayadi. Eksport hajmining kamayishi va
import hajmining oshishi sof eksportning va, pirovardida, yalpi talab umumiy
hajmining qisqarishiga olib keladi.
Tashqi va ichki talabning ortishi va xo‘jalik yuritish sharoitlarining yaxshilanishi
sanoatning barqaror rivojlanishga ijobiy taosir ko‘rsatib kelmoqda. Jumladan, sanoat
mahsulotlarini ishlab chiqarish hajmi 2007 yilda oldingi yilga nisbatan 12,1%ga ortdi
va 18314,7 mlrd. so‘mni tashkil etdi. 2008 yilda esa bu ko‘rsatkich 12,7%ga oshdi.
Sanoatning yuqori suroatlar bilan rivojlanishida korxonalarni modernizatsiyalash va
tarkibiy o‘zgartirish, tarmoqlar boshqaruv tizimini isloh qilish, iqtisodiy islohotlarni
chuqurlashtirish chora-tadbirlarining amalga oshirilishi sabab bo‘ldi. Sanoatning
YaIM tarkibidagi ulushi 2000 yildagi 14,2% dan 2008 yilda 22,3% ga oshdi.
Qo‘shilgan qiymat o‘sishining yarmidan ko‘prog‘i tayanch tarmoqlarda ishlab
chiqarishning kengayishi hisobiga yuz berdi.
Yalpi talab hajmiga narxdan tashqari omillar ham taosir ko‘rsatadi. Quyida
ulardan eng muhimlarini ko‘rib chiqamiz.
295
1. Isteomol sarflaridagi o‘zgarishlar. Narx darajasining o‘zgarishiga bog‘liq
bo‘lmagan holda, narxdan tashqari bir yoki bir nechta omillar taosirida isteomolchilar
xaridi hajmida o‘zgarish ro‘y berishi mumkin. Bu isteomolchi farovonligi,
isteomolchining kutishi, isteomolchining qarzlari va soliqlarning o‘zgarishi natijasi
hisoblanadi.
Isteomolchining farovonligi uning moliyaviy aktivlarga (aksiya va obligatsiya)
hamda uy va yer kabi ko‘chmas mulklarga egaligiga bog‘liq bo‘ladi. Ular real
qiymatining keskin kamayishi tovar xarid qilish hajmining kamayishiga olib keladi.
Isteomol sarflarining qisqarishi natijasida yalpi talab kamayadi. Aksincha, moddiy va
moliyaviy boyliklar real qiymatining oshishi natijasida, narxlarning mavjud
darajasida isteomol sarflari o‘sadi. Bunga aksiya kursining keskin oshishi, hatto
narxlar darajasi o‘zgarmay qolganda isteomolchi farovonligining o‘sishiga olib
kelishini misol qilib keltirish mumkin. Uy va yer real qiymatining keskin kamayishi
narx umumiy darajasining o‘zgarishiga bog‘liq bo‘lmagan holda isteomolchi
farovonligining pasayishiga olib keladi.
Isteomolchining kutishi. Isteomol sarflari hajmidagi o‘zgarish, isteomolchining
narxlar va daromadlar darajasidagi kelajakdagi o‘zgarishlarni oldindan bilishiga
bog‘liq. Masalan, agar isteomolchi kelajakda o‘zining real daromadi ko‘payadi, deb
hisoblasa, u joriy daromadlarining ko‘proq qismini sarflashga tayyor bo‘ladi.
Natijada bu davrda isteomol sarflari ko‘payadi, jamg‘arish esa kamayadi va yalpi
talab ortadi. Aksincha, agar isteomolchi kelajakda o‘zining real daromadlari
kamayadi deb hisoblasa, ularning isteomol sarflari va demak, yalpi talabi qisqaradi.
Xuddi shunday tarzda inflyatsiyaning kutilishi bugungi yalpi talabni oshiradi. Chunki
isteomolchilar narxlar oshgunga qadar tovarlarni xarid qilib qolishga harakat qiladi.
Aksincha, yaqin kelajakda narxlar pasayishining kutilishi, bugungi isteomol
miqdorining kamayishiga olib keladi.
Isteomolchi qarzlari. Isteomolchi qarzlari ko‘p bo‘lganda, u joriy daromadini
qarzlarga to‘lab, o‘zining bugungi sarflarini qisqartirishi mumkin. Aksincha,
isteomolchi qarzdor bo‘lmasa, u bugungi sarflarini ko‘paytirishga tayyor bo‘ladi.
296
Soliq. Daromad solig‘i stavkasining kamayishi, narxlarning mavjud darajasida
isteomol sarflarini ko‘paytiradi, soliqlarning oshishi isteomol sarflarini kamaytiradi.
2. Investitsion sarflar. Investitsion sarflar, yaoni ishlab chiqarish vositalarini
xarid qilish, yalpi talabning narxdan tashqari muhim omili hisoblanadi. Narxlarning
mavjud darajasida korxona sotib olishi mumkin bo‘lgan yangi ishlab chiqarish
vositalarining kamayishi yalpi talabning kamayishiga, aksincha korxona sotib
oladigan investitsion tovarlar hajmining ko‘payishi yalpi talabning ko‘payishiga olib
keladi. Investitsion sarflarni o‘zgartirish mumkin bo‘lgan narxdan tashqari omillarni
alohida-alohida qarab chiqamiz.
Foiz stavkalari. Boshqa sharoitlar o‘zgarmay qolganda, foiz stavkasining
oshishi, investitsion sarflarning kamayishiga va yalpi talabning qisqarishiga olib
keladi. Bu yerda gap mamlakatda pul massasi hajmining o‘zgarishi oqibatida foiz
stavkalarining o‘zgarishi haqida boradi. Pul massasining ko‘payishi foiz stavkasini
pasaytiradi va shu orqali kapital qo‘yilmalar hajmini ko‘paytiradi. Aksincha, pul
massasining kamayishi foiz stavkasining oshishiga va investitsiyalarning qisqarishiga
olib keladi.
Investitsiyalardan kutiladigan foyda. Kapital qo‘yilmalardan yuqori foyda
olishning kutilishi investitsion tovarlarga talabni oshiradi va aksincha, istiqbolda
investitsion dasturlardan foyda olish noaniq bo‘lsa, investitsiyalarga sarflar kamayish
tamoyiliga ega bo‘ladi, demak, yalpi talab ham kamayadi.
Soliqlar. Korxonadan olinadigan soliqlarning ko‘payishi kapital qo‘yilmalardan
olinadigan foydaning kamayishiga va demak, investitsion sarflar va yalpi talabning
qisqarishiga olib keladi. Aksincha, soliqlarning qisqarishi bunday foydani va
investitsion sarflarni ko‘paytiradi.
Texnologiya. Yangi va takomillashgan texnologiya investitsion sarflarni va shu
orqali yalpi talabni rag‘batlantirish tamoyiliga ega bo‘ladi.
Ortiqcha quvvatlar. Ortiqcha quvvatlar, yaoni mavjud foydalanilmaydigan
asosiy kapitalning ko‘payishi, yangi investitsion tovarlarga talabni va natijada yalpi
talabni
kamaytiradi.
Ishlab
chiqarish
quvvatlaridan
to‘liq
foydalanilganda
297
tadbirkorlar ko‘proq mashina va uskunalar sotib olishga tayyor bo‘ladi, demak
investitsion sarflari ko‘payadi.
3. Davlat sarflari. Narxlarning mavjud darajasida, milliy mahsulotda davlat
xaridining ko‘payishi yalpi talabning o‘sishiga olib keladi. Bunga davlatning milliy
armiyani tuzish yoki uning sonini oshirish to‘g‘risidagi qarori misol bo‘la oladi.
Davlat sarflarining kamayishi yalpi talabning qisqarishiga olib keladi. Masalan, yangi
avtomobil yo‘li qurishga davlat sarflarining qisqarishi shunday natijaga olib keladi.
4. Sof eksportdagi o‘zgarish. Sof eksportning ko‘payishi yalpi talabni ham
ko‘paytiradi. Birinchidan, eksportning yuqori darajasi, chet ellarda milliy tovarlarga
bo‘lgan talabni oshiradi. Ikkinchidan, importning qisqarishi milliy tovarlarga ichki
talabning ko‘payishini taqozo qiladi. Sof eksport hajmining o‘zgarishiga avvalo chet
davlatlar milliy daromadi va valyuta kurslarining o‘zgarishi taosir ko‘rsatadi. Chet
mamlakatlarda daromadlar darajasi oshganda, ularning fuqarolari ham milliy
tovarlarni, ham xorij tovarlarini ko‘proq miqdorda sotib olish imkoniyatiga ega
bo‘ladi. Chet ellarda milliy daromadning kamayishi esa sof eksport hajmini
qisqartiradi.
Valyuta kurslari. Boshqa valyutalarga nisbatan milliy pul kursining o‘zgarishi
sof eksportga va demak yalpi talabga taosir ko‘rsatadi. Faraz qilaylik, ienaning
dollardagi narxi o‘sdi. Bu dollarning ienaga nisbatan qadrsizlanganligi va iena kursi
ko‘tarilganligini bildiradi. Dollar va iena o‘rtasidagi yangi nisbat natijasida
yaponiyalik isteomolchilar ienaning maolum summasiga ko‘proq dollar sotib olishi
mumkin. Demak, yaponiyalik isteomolchilar uchun amerika tovarlari yapon
tovarlariga qaraganda arzonroq bo‘ladi. Shu bilan birga amerikalik isteomolchilar
dollarning maolum summasiga yapon tovarlarini nisbatan kamroq miqdorda sotib
olishi mumkin. Bunday holda AQSh eksportining o‘sishi, importining esa kamayishi
holatini kutish mumkin. Sof eksportning ko‘payishi o‘z navbatida AQSh
iqtisodiyotida yalpi talabning ko‘payishiga olib kelishini bildiradi.
2. Yalpi taklif tushunchasi. Yalpi taklif tarkibi va unga
taosir qiluvchi omillar
298
Iqtisodiyotni muvozanatli yuritishda yalpi taklif va unga taosir etuvchi omillarni
bilish muhimdir.
Yalpi taklif (aggregate supply, AS) – mamlakatda muayyan vaqtda ishlab
chiqarilib, narxlarning muayyan darajasida sotishga tayyor turgan, o‘zining
ijtimoiy nafliligi, turlari, sifati, miqdori va ijtimoiy qiymati bo‘yicha shu
davrdagi talabga javob beradigan barcha tovarlar va xizmatlar hajmidir. Bu
narxlarning har xil mumkin bo‘lgan o‘rtacha darajasida milliy ishlab chiqarishning
mavjud real hajmini ko‘rsatadi.
Yalpi taklif turli xil ishlab chiqarilgan isteomol tovarlari va xizmatlardan hamda
investitsiya tovarlaridan iborat bo‘ladi. Bundan tashqari yalpi taklifga uy xo‘jaliklari
taklif qiladigan ishchi kuchi resurslari ham kiradi. Albatta ishlab chiqarilgan va
sotishga mo‘ljallangan isteomol tovarlari va xizmatlari ham, shuningdek, investitsiya
tovarlarining turlari ham juda ko‘p va turli-tumandir. Lekin yalpi talab o‘zining
ijtimoiy zaruriy nafliligi bilan, yaoni o‘zining turlari, miqdori va sifati bo‘yicha
hamda ijtimoiy qiymati bo‘yicha shu davrdagi ishlab chiqarish va jamiyat aozolari
talabiga mos kelishi kerak.
Yalpi taklifni va uning miqdorini umumlashtirib quyidagi chizma ko‘rinishida
ifodalash mumkin (15.4-chizma).
15.4-chizma
Yalpi taklif umumiy miqdorining tovarlar turlari, miqdori, sifati hamda narxiga
bog‘liqligi
Istе’mol tovarlari va xizmatlari
Invеstitsiya tovarlari va ishchi kuchi
Ijtimoiy nafliligi
(turlari, miqdori va sifati)
Ijtimoiy qiymati
Ijtimoiy nafliligi
(turlari, miqdori va sifati)
Ij i
i
i
i
Yalpi taklif
Ijtimoiy nafliligi (turlari,
miqdori va sifati) jihatidan
Ijtimoiy qiymati jihatidan
299
Yalpi taklifga eng avvalo bozor narxlari darajasi bilan ijtimoiy qiymat miqdori
o‘rtasidagi nisbatning o‘zgarishi taosir ko‘rsatadi. Narxlar darajasining qiymat
miqdoridan oshishi qo‘shimcha tovarlar ishlab chiqarish uchun rag‘bat yaratadi.
Narxlar darajasining qiymatdan pasayishi esa tovar ishlab chiqarishning qisqarishiga
olib keladi. Shu sababli turli tovarlar narxlari va milliy ishlab chiqarish hajmi
o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri yoki bevosita bog‘liqlik mavjud bo‘ladi.
Bu bog‘liqlik yalpi taklif egri chizig‘ida aniq aks etadi (15.5-chizma).
15.5-chizma
Yalpi taklif egri chizig‘i
R
Narx AS
darajasi
300
III
I II
0
Y1 Yt Y
Ishlab chiqarish real hajmi
Chizmadan ko‘rinadiki, yalpi taklif egri chizig‘i o‘z shakli jihatidan yakka yoki
bozor taklifining an’anaviy egri chizig‘idan farq qiladi.
Shu o‘rinda taokidlash lozimki, uzoq muddatli va qisqa muddatli davrdagi yalpi
taklif egri chizig‘i bir-biridan farqlanadi. Uzoq davrdagi yalpi taklif egri chizig‘i o‘z
shakliga ko‘ra chizmadagi Yt nuqtaga qadar joylashgan har qanday tik chiziqdan
iborat bo‘ladi. Iqtisodiy resurslarning ishlab chiqarishga tobora ko‘proq jalb etilishi
mazkur chiziqni Yt nuqtaga yaqinlashtiradi va pirovardida shu nuqtada joylashgan
chiziqqa tenglashadi. Chunki qo‘shimcha resurs va imkoniyatlarni ishga solish uchun
vaqtning yetarli bo‘lishi uzoq muddatli davrda iqtisodiyotda to‘la bandlik holatiga
olib keladi.
Qisqa muddatli davrda yalpi taklif egri chizig‘ining ko‘rinishi bir oz
murakkabroq bo‘lib, uchta kesmani o‘z ichiga oladi.
1. Yotiq kesma. U ba’zida «keynscha» kesma deb ham atalib, iqtisodiyotning
tanazzul yoki turg‘unlik pallasidagi holatini aks ettiradi. Yotiq kesma milliy ishlab
chiqarish potensial hajmi (chizmadagi Yt nuqta)dan ancha kam bo‘lgan ishlab
chiqarishning real hajmi (chizmadagi Y1 nuqtaga qadar bo‘lgan hajm)ni o‘z ichiga
oladi. Ya’ni, bu oraliqda mamlakatdagi mavjud ko‘plab ishlab chiqarish quvvatlari,
mashina, uskuna va ishchi kuchi ishlab chiqarishga jalb etilmaydi yoki ulardan to‘liq
foydalanilmaydi. Shunga ko‘ra, mazkur resurslarning ishlab chiqarishga jalb etilishi
narx darajasiga hech qanday taosir ko‘rsatmaydi. Bu oraliqda ishlab chiqarish real
hajmi qisqarganda ham tovar va resurslar narxi eski darajada qoladi. Shunday qilib,
301
yotiq kesmada narx darajasi o‘zgarmagan holda milliy ishlab chiqarish hajmini
oshirish imkoniyati mavjud.
2. Oraliq kesma. Y va Yt nuqtalar orasidagi mazkur kesma milliy ishlab
chiqarish real hajmining ko‘payishi narx darajasining o‘sishi bilan birga borishini
ko‘rsatadi. Bu ishlab chiqarishning to‘liq quvvat bilan ishlay boshlaganidan,
korxonalarning ancha eski va kam samarali uskunalardan foydalana boshlaganligidan
guvohlik beradi. Ishlab chiqarish hajmining kengayib borishi bilan qo‘shimcha ishchi
kuchi ham ishga jalb qilinadi. Shu barcha sabablarga ko‘ra mahsulot birligiga
qilinadigan xarajatlar ortadi, korxonalar ishlab chiqarishining rentabelli bo‘lishi
uchun tovarlarga ancha yuqori narx belgilaydi. Shu sababli oraliq kesmada milliy
mahsulot real hajmining ko‘payishi narxlarning o‘sishi bilan birga boradi.
3. Tik kesma. U ba’zida «klassik» kesma deb ham atalib, iqtisodiyot o‘zining
to‘liq yoki tabiiy darajasiga erishganligini ko‘rsatadi. Bunda iqtisodiyot ishlab
chiqarish imkoniyatining shunday nuqtasida (chizmadagi Yt nuqta) joylashadiki,
bunda qisqa muddatda ishlab chiqarish hajmini yanada kengaytirishga erishish
mumkin emas. Iqtisodiyot to‘liq quvvat bilan ishlay boshlaganligi sababli narxning
to‘xtovsiz oshib borishi ham ishlab chiqarish real hajmining ko‘payishiga olib
kelmaydi. Qisqacha aytganda, bu kesma milliy ishlab chiqarish hajmi doimiy bo‘lib
qolishi, narx darajasi esa o‘zgarishi mumkinligini ko‘rsatadi.
Yalpi taklif hajmiga ta’sir qiluvchi omillar. Yalpi taklifga narxdan tashqari bir
qator omillar taosir ko‘rsatadi. Bu omillardan bir yoki bir nechtasining o‘zgarishi yalpi
taklifning o‘zgarishiga sabab bo‘ladi. Yalpi taklifning narxdan tashqari bu omillari bitta
umumiy xususiyatga ega: agar ular o‘zgarsa, mahsulot birligiga to‘g‘ri keluvchi ishlab
chiqarish xarajatlari ham o‘zgaradi. Natijada yalpi taklif egri chizig‘i joyini
o‘zgartiradi.
1. Resurslar narxining o‘zgarishi. Resurslar narxi tayyor mahsulot narxidan farq
qilib, yalpi taklifning muhim omili hisoblanadi. Boshqa sharoitlar o‘zgarmay qolganda,
resurslar narxining oshishi mahsulot birligiga xarajatlarning ko‘payishiga, resurs
narxlarining pasayishi esa xarajatlarning kamayishiga olib keladi. Resurs narxlariga bir
qator omillar taosir ko‘rsatadi. Resurslar taklifining ko‘payishi ular narxini pasaytiradi
302
va natijada mahsulot birligiga xarajatlar kamayadi. Resurslar taklifining kamayishi esa
qarama-qarshi natijaga olib keladi. Endi alohida resurslar taklifi o‘zgarishining yalpi
taklifga taosirini qarab chiqamiz.
Yer resurslari taklifi yangi yerlarning ochilishi, sug‘orish inshootlarining
qurilishi, yerga ishlov berish texnik imoniyatlarining takomillashuvi tufayli
ko‘payishi mumkin. Yer resurslari taklifining ko‘payishi yerga bo‘lgan sarflarning
kamayishiga olib keladi va shu orqali mahsulot birligiga to‘g‘ri keladigan xarajatlarni
pasaytiradi. Irrigatsiya qurilmalari shoxobchalarining kengayishi, dehqonchilikning
intensiv usullarini qo‘llash tufayli yer resurslarining kamayishi qarama-qarshi
natijaga olib keladi.
Ishchi kuchi resurslari. Korxona xarajatlarining asosiy qismi ishchi va
xizmatchilarga ish haqi to‘lash uchun ketadigan xarajatlar hisoblanadi. Boshqa
sharoitlar o‘zgarmay qolganda, ish haqining o‘zgarishi mahsulot birligiga to‘g‘ri
keladigan xarajatlar darajasiga sezilarli taosir ko‘rsatadi. Mavjud ishchi kuchi
resurslarining ko‘payishi ish haqining pasayishiga, ularning kamayishi esa ish
haqining oshishiga olib keladi.
Kapital. Agar jamiyat asosiy kapital zaxirasini o‘stirib borsa, yalpi taklif o‘sish
tamoyiliga ega bo‘ladi. Masalan, agar jamiyat o‘z daromadining asosiy qismini tejab,
uni investitsion tovarlar sotib olishga yo‘naltirsa, yalpi taklif o‘sadi. Xuddi shunday
asosiy kapital sifati yaxshilanganda ishlab chiqarish xarajatlari kamayadi va yalpi
taklif ko‘payadi. Korxona o‘zining eski, sifati past bo‘lgan qurilmalarini yangi va
ancha takomillashgan qurilmalar bilan almashtirishi bunga misol bo‘la oladi. Agar
mamlakat asosiy kapitalining miqdori kamaysa va sifati yomonlashsa, yalpi taklif
qisqaradi.
Tadbirkorlik qobiliyati. Vaqt o‘tishi bilan mamlakatda tadbirkor kishilar soni
ko‘payadi va bu yalpi taklifga taosir ko‘rsatadi. Masalan, keyingi vaqtda
respublikamizda tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishga asosiy eotiborning qaratilishi
bunday faoliyat bilan shug‘ullanishga harakat qiluvchi kishilar sonining ko‘payishiga
olib kelishi muqarrar va bu o‘z navbatida yalpi taklifni oshiradi.
303
Import resurslar narxlari. Chet ellardan resurslar importi milliy iqtisodiyotda
yalpi taklifning ko‘payishiga olib keladi. Import resurslariga narxlarning pasayishi
milliy iqtisodiyotda yalpi taklifni oshiradi, narxning oshishi esa yalpi taklifni
kamaytiradi. Keyingi davrda import resurslarga narxning o‘zgarishiga olib
kelayotgan asosiy omillardan biri – valyuta kurslarining o‘zgarib turishi hisoblanadi.
Bu qanday ro‘y berishini tushunib olish uchun chet el valyutalarining so‘mga
nisbatan narxi tushdi, yaoni so‘mning qiymati ko‘tarildi, deb faraz qilamiz. Bunda
korxonalarga har bir so‘m uchun ko‘proq chet el valyutalari olish imkoniyati vujudga
keladi va bu milliy ishlab chiqaruvchilar uchun chet el resurslarining so‘mda
ifodalangan narxi tushganligini bildiradi. Bunday sharoitda milliy korxonalar chet el
resurslari importini ko‘paytiradi va ishlab chiqarishning mavjud darajasida mahsulot
birligiga
bo‘lgan
xarajatlarni
kamaytirishga
erishadi.
Aksincha,
chet
el
valyutalarining so‘mga nisbatan narxi oshgan taqdirda, yaoni so‘m qadrsizlanganda
import resurslari narxlari ko‘tariladi. Natijada bu resurslarning importi kamayadi,
mahsulot birligiga xarajatlar ortadi.
Bozordagi hukmronlik. Resurslarni yetkazib beruvchilarning bozordagi
hukmronligining susayishi yoki kuchayishi ham resurs narxlariga va yalpi taklifga
taosir ko‘rsatishi mumkin. Bozordagi hukmronlik – narxlarni raqobat mavjud bo‘lgan
sharoitdagidan ancha yuqori o‘rnatish imkoniyatidir. Keyingi 20 yil davomida OPEK
mamlakatlari bozor monopoliyasining vujudga kelishi va halokatga uchrashi buning
ishonchli misoli bo‘lib xizmat qilishi mumkin. 70-yillarda OPEK mamlakatlari neft
narxini o‘n martalab oshirishga erishdi, bu mahsulot birligiga xarajatlarni keskin
ko‘paytirdi. 80-yil o‘rtalarida OPEK mamlakatlarining bozordagi hukmronligining
sezilarli susayishi, aksincha ishlab chiqarish qiymatining kamayishiga olib keldi.
2. Samaradorlikning o‘zgarishi. Samaradorlik – bu ilgari taokidlanganidek,
milliy ishlab chiqarish real hajmining sarflangan resurs miqdoriga nisbatidir.
Boshqacha aytganda, samaradorlik – xarajat birligiga to‘g‘ri keluvchi ishlab
chiqarishning o‘rtacha hajmi yoki ishlab chiqarish real hajmi ko‘rsatkichi.
Boshqa sharoitlar o‘zgarmay qolganda bir ishchi hisobiga ko‘proq miqdorda mashina va
uskunalardan foydalanish, ishlab chiqarish texnologiyasini takomillashtirish; ancha bilimli
304
va malakali ishchi kuchini qo‘llash kabi omillarning o‘zaro taosiri samaradorlikning
o‘sishi va yalpi taklifning oshishiga olib keladi.
Qisqacha
qilib
aytganda,
mahsulot
birligiga
xarajatlar
kamayganda
samaradorlikning oshishi yalpi taklifning oshishiga, aksincha, unumdorlikning
kamayishi natijasida mahsulot birligiga harajatlarning ko‘payishi yalpi taklifning
qisqarishiga olib keladi.
3. Huquqiy meoyorlarning o‘zgarishi. Korxonalar o‘z faoliyatida amal
qiladigan huquqiy meoyorlarning o‘zgarishi mahsulot birligiga to‘g‘ri keladigan
xarajatlarni va yalpi taklifni o‘zgartirishi mumkin.
Huquqiy meoyorlar o‘zgarishining ikki turi mavjud:
a) soliq va subsidiyalarning o‘zgarishi;
b) davlat tomonidan tartibga solish tavsifi va usullarining o‘zgarishi.
Korxonalardan olinadigan soliqlar (qo‘shilgan qiymat solig‘i, ish haqi fondiga
nisbatan ajratmalar)ning oshishi mahsulot birligiga xarajatlarni ko‘paytirishi va yalpi
taklifni qisqartirishi mumkin.
Korxonaga davlat tomonidan beriladigan subsidiyalarning ortishi yoki soliq
yukining kamayishi ishlab chiqarish xarajatlarini kamaytiradi va yalpi taklifni
oshiradi.
Davlat tomonidan tartibga solish tavsifi va usullarining o‘zgarishi ham ko‘p
hollarda mahsulot birligiga ishlab chiqarish xarajatlarini va shu orqali yalpi taklifni
o‘zgartiradi.
3. Yalpi talab va yalpi taklif o‘rtasidagi muvozanat va uning o‘zgarishi
Yuqorida yalpi talab mamlakat miqyosida iqtisodiyotning hamma bo‘limlarida
va tarkibiy qismlarida yaratilgan turli tovar va xizmatlarni sotib olishga mo‘ljallangan
pullar miqdori sifatida, yalpi taklif esa iqtisodiyotning barcha tarmoqlari va
hududlari, korxona va tashkilotlarida sotish uchun ishlab chiqarilgan tovarlar va
xizmatlarning yalpi miqdori sifatida namoyon bo‘lishini aytib o‘tgan edik.
Endi shuni taokidlash joizki, milliy bozorda, oldi-sotdi jarayonida pul egalari,
yaoni isteomolchilar ixtiyoridagi pullar tovar va xizmatlar egalariga, aksincha
305
=
yaratilgan tovar va xizmatlar esa pul egalariga o‘tishi lozim. Boshqacha aytganda
tovarlar dunyosi bilan pul dunyosi o‘rtasidagi harakat qarama-qarshi oqim hosil
qiladi. Buning uchun esa pul egalari sotib olmoqchi bo‘lgan tovar va xizmatlar
tarkibi, miqdori, sifati hamda narxi bo‘yicha ishlab chiqarilgan tovar va xizmatlar
turi, miqdori, sifati hamda qiymati bilan mos tushishi lozim. Bunday moslikning
qanchalik taominlanishi turli bozorlar orqali aniqlanadi va tartibga solinadi. Bu
moslik darajasi yalpi talab va yalpi taklif o‘rtasidagi muvozanat va uning o‘zgarishi
orqali aniqlanadi.
Yalpi talab va yalpi taklif o‘rtasidagi nisbatni quyidagi chizma orqali ifodalash
mumkin (15.6-chizma). Albatta, real hayotda bunday to‘liq muvozanatlik sodir
bo‘lishi juda qiyin va murakkabdir. Lekin tovar va xizmatlarning u yoki bu turlari,
miqdori va sifati bo‘yicha mos kelish hollari uchrab turadi. Yalpi talab bilan yalpi
taklifning bir-biriga mosligi iqtisodiy muvozanat deb ham yuritiladi.
15.6-chizma
Yalpi talab va yalpi taklif o‘rtasidagi muvozanat
═
═
═
YALPI TALAB MIQDORI
Istе’mol tovarlari va xizmatlari
Ijtimoiy nafliligi
(turlari, miqdori va sifati)
Qiymati (miqdor×narxi)
Ijtimoiy nafliligi jihatidan
Qiymat jihatidan
Istе’mol tovarlari va xizmatlari
Ijtimoiy nafliligi
(turlari, miqdori va sifati)
Ijtimoiy qiymati
YALPI TAKLIF MIQDORI
Ijtimoiy nafliligi jihatidan
Ijtimoiy qiymati jihatidan
306
Yalpi talab egri chizig‘i va yalpi taklif egri chizig‘i kesishgan nuqta
umumiqtisodiy muvozanatni ifodalab, bu holatga narxning muvozanatli
darajasi va milliy ishlab chiqarishning muvozanatli real hajmi orqali erishiladi.
Iqtisodiyot doimiy ravishda makroiqtisodiy muvozanat tomon harakat qiladi va
maolum darajada bu tenglik taominlab turiladi. Biroq, yalpi talab va yalpi taklifga
taosir etuvchi omillarning o‘zgarib turishi natijasida muvozanat buziladi va
iqtisodiyot yangi muvozanat tomon harakat qiladi.
Yalpi talab va yalpi taklif muvozanati yalpi taklif egri chizig‘ining qaysi
kesmasida ro‘y berishiga qarab o‘ziga xos xususiyat kasb etadi.
Yalpi talab egri chizig‘i yalpi taklif egri chizig‘ini yotiq kesmada kesib o‘sa,
narx darajasi milliy ishlab chiqarish muvozanatli real hajmining shakllanishiga hech
qanday taosir ko‘rsatmaydi. Bunda yalpi talab miqdorining o‘sishi milliy ishlab
chiqarish real hajmining oshishiga, uning kamayishi esa bu hajmning kamayishiga
olib keladi. Biroq, bu o‘zgarishlar iqtisodiyotdagi umumiy narx darajasining
o‘zgarishisiz ro‘y beradi (15.7-chizma).
15.7-chizma
Yotiq kesmada yalpi talab va yalpi taklif
muvozanatining o‘zgarishi
R
AS
Invеstitsiya tovarlari va ishchi kuchi
Ijtimoiy nafliligi
(turlari, miqdori va sifati)
Qiymati (miqdor×narxi)
Invеstitsiya tovarlari va ishchi kuchi
Ijtimoiy nafliligi
(turlari, miqdori va sifati)
Ijtimoiy qiymati
307
R1
AD2
AD1
0 Q1 Q2 Q
Chizmadan ko‘rinadiki, yotiq kesmada yalpi talabning o‘sishiga taklif egri
chizig‘i bo‘yicha muvozanat nuqtasining o‘ng tomonga silijishi orqali javob beriladi.
Yaoni,
AD1dan
AD2ga qadar o‘sgan
talab
miqdori iqtisodiyotda
to‘liq
foydalanilmayotgan ishlab chiqarish quvvatlarining ishga tushirilishi orqali milliy
ishlab chiqarish hajmini Q1dan Q2ga qadar o‘stirish orqali qondiriladi.
Tik kesmada ishchi kuchi va ishlab chiqarish quvvatlaridan to‘liq foydalaniladi,
shu sababli yalpi talabning kengayishi faqat narx darajasiga taosir ko‘rsatadi, yaoni
uni oshiradi. Milliy ishlab chiqarishning real hajmi esa o‘zgarishsiz qoladi (15.8-
chizma).
Chizmadan ko‘rinib turibdiki, tik kesmada yalpi talab miqdorining AD1dan
AD2ga oshishi faqat narx darajasini R1dan R2ga qadar o‘sishiga olib kelmoqda, milliy
ishlab chiqarish hajmi esa potensial daraja – Qs hajmida qolmoqda. Chunki bu
chegarada iqtisodiyot o‘zining barcha ishlab chiqarish imkoniyatlarini ishga solib
bo‘lgan hisoblanadi.