Fuqarolik protsessual huquqi fanidan slaydi
Mavzu: Yarashtirish tartib taomillari
Reja:
Kelishuv bitimini yoki mediativ
kelishuvni tuzish
Kelishuv bitimining mazmuni
Kelishuv bitimini tasdiqlash
to‘g‘risidagi masalani ko‘rib chiqish
Kelishuv bitimini yoki mediativ kelishuvni
tuzish
Sud taraflarni yarashtirish uchun choralar ko‘radi, ularga fuqarolik sud ishlarini
yuritishning barcha bosqichlarida nizoni hal etishga ko‘maklashadi.
Taraflar kelishuv bitimini yoki mediativ kelishuvni tuzib, nizoni o‘zaro talablarning
to‘liq hajmida yoki qisman hal etishi mumkin.
Kelishuv bitimi yoki mediativ kelishuv da’vo tartibida yuritiladigan har qanday ish
bo‘yicha tuzilishi mumkin.
Kelishuv bitimi fuqarolik sud ishlarini
yuritishning har qanday bosqichida
va sud hujjatini ijro etish
jarayonida, mediativ kelishuv esa
birinchi instansiya sudida sud alohida
xonaga (maslahatxonaga) sud
hujjatini qabul qilish uchun
chiqquniga qadar taraflar tomonidan
tuzilishi mumkin.
Kelishuv bitimi yoki mediativ
kelishuv yozma shaklda tuziladi va
kelishuv bitimini, mediativ
kelishuvni tuzgan shaxslar yoki
ularning vakillari tomonidan
imzolanadi.
Kelishuv bitimi va mediativ
kelishuvning mohiyati
Kelishuv bitimi va mediativ kelishuvlar, bir tomondan,
nizoli tomonlar o‘rtasida o‘zaro anglashuv va
kelishuvga erishish maqsadida tuziladi. Kelishuv bitimi
rasmiy hujjat sifatida huquqiy kuchga ega bo‘ladi va
tomonlarning o‘zaro majburiyatlarini belgilaydi.
Mediativ kelishuv esa, odatda, uchinchi taraf —
mediator yordamida amalga oshiriladi. Mediator, har
ikki tomonning manfaatlarini hisobga olgan holda,
konstruktiv muzokaralar olib boradi va tomonlarni
o‘zaro kelishuvga undaydi.
Kelishuv bitimining mazmuni
Taraflar tomonidan kelishuv bitimi
shartlari bo‘yicha qabul qilingan
majburiyatlarning ijro etilishi taraflarni
bir-biriga yoki boshqa voqealarga
(harakatlarga) bog‘liq qilib qo‘yishi
mumkin emas.
Kelishuv bitimida javobgar tomonidan
majburiyatlarni kechiktirib yoki bo‘lib-
bo‘lib ijro etish to‘g‘risidagi, talab
qilish huquqidan boshqa shaxs
foydasiga voz kechish haqidagi,
qarzdan to‘liq yoki qisman voz kechish
yoxud uni tan olish to‘g‘risidagi, sud
xarajatlarini taqsimlash haqidagi
shartlar va qonunga zid bo‘lmagan
boshqa shartlar bo‘lishi mumkin.
Kelishuv bitimi uni ijro etish muddati va tartibi ko‘rsatilgan holda taraflar
tomonidan kelishilgan shartlarni o‘z ichiga olishi kerak.
Agar kelishuv bitimida sud xarajatlarini taqsimlash to‘g‘risidagi shart mavjud
bo‘lmasa, sud mazkur masalani kelishuv bitimini tasdiqlash chog‘ida, ushbu
Kodeksda belgilangan tartibda hal qiladi.
Kelishuv bitimi uni tuzgan shaxslar sonidan bitta ortiq nusxada tuziladi va
imzolanadi. Ushbu nusxalardan biri ish materiallariga qo‘shib qo‘yiladi.
Kelishuv bitimini tasdiqlash to‘g‘risidagi
masalani ko‘rib chiqish
Kelishuv bitimini tasdiqlash
to‘g‘risidagi masala sud
majlisida taraflar albatta
ishtirok etgan holda ko‘riladi,
bunday kelishuv notarius
tomonidan tasdiqlangan hollar
bundan mustasno. Ishda
ishtirok etuvchi shaxslar sud
majlisining vaqti va joyi
haqida xabardor qilinadi.