YEM-XASHAK EKINLARI
Reja.
1. Yem-xashak ekinlari to‘g‘risida ma’lumot.
2. Bedaning xalq xo‘jaligidagi ahamiyati, botanikva biologik xususiyatlari,
ekish muddatlari usullari va meyori.
3. Bedaning xalq xo‘jaligidagi ahamiyati, botanikva biologik xususiyatlari,
ekish muddatlari usullari va meyori.
4.Qizil sebarga xalq xo‘jaligidagi ahamiyati, botanikva biologik xususiyatlari,
ekish muddatlari usullari va meyori.
Yem-xashak o‘tlari asosan chorva mollarining to‘yimli ozuqaga bo‘lgan
talabini qondirish maqsadida ekiladi. Yem-xashak tabiiy yaylovzorlardan,
pichanzorlardan va maxsus ekilgan yem-xashak ekinlaridan tayyorlanadi. Bu
oziqalarning tarkibida hayvonlar uchun zarur vitaminlar, oqsil moddalar, moy va
mineral tuzlar mavjud. O‘tlardan tayyorlangan ozuqalar hushbo‘y va oson hazm
bo‘ladi. Yem-xashak o‘tlari ko‘p yillik va bir yillik o‘tlarga bo‘linadi. Ko‘p yillik
o‘tlar o‘z navbatida g‘allasimon va dukkaklilarga bo‘linadi. Bir yillik o‘tlar ham
g‘allasimon va dukkakli o‘tlarga bo‘linadi.
Ko‘p yillik g‘allasimon yem-xashak o‘tlariga ajriqbosh, betaga, oq so‘xta,
erkak o‘t, suv bug‘doyiq, mastak va raygraslar kiradi. Bularning hammasi
qo‘ng‘irboshlar oilasiga mansub ko‘p yillik o‘tlar bo‘lib, bir joyda uzluksiz 4-5 yil
davomida yetishtiriladi. Ko‘p yillik o‘tlar erta bahorda ekiladi, ildizlari o‘q ildiz,
poyalari g‘alla ekinlarinikiga o‘xshash, barglari cho‘zinchoq, lentasimon, gul
to‘plami ro‘vakdan iborat. G‘allasimon ko‘p yillik o‘tlarning ildizlari baquvvat
rivojlangan, tuproqning 1,5 m bo‘lgan qatlamidagi ozuqa elementlarini o‘zlashtirib
oladi. Erta bahorda va kuzda juda tez o‘sadi. Bu o‘simliklar o‘rib olinganlan so‘ng
tuplash qobiliyatiga ega. Bir joyda 20-25 tagacha poya hosil qiladi. O‘rib olingandan
so‘ng yana yangi novdalar hosil qilib o‘sib chiqadi. Ayrimlarini 8-10 yilgacha bir
dalada saqlab turish mumkin. Ko‘p yillik o‘tlar begona o‘tlarni qisib qo‘yadi.
Ayrimlarini ko‘p yillik dukkakli o‘tlar bilan qo‘shib ekish mumkin. Ajriqboshni
sebarga bilan qo‘shib ekilganda pichani tarkibida protein miqdori oshadi.
Ko‘p yillik dukkakli o‘tlarga asosan beda, bargak, sebarga, qashqar beda va
silfiya kiradi. Ko‘p yillik dukkakli o‘tlar ikki-uch yilda bir gektarda 200-400 kg azot
va ildiz qoldiqlarini to‘playdi. Bu ekinlardan bo‘hagan yerlarga ekilgan dala
ekinlarining hosildorligi oshadi. Bu o‘tlar bir maydonda uzoq yillar mobaynida
yetishtirilsa tuproqni shamol va ta’sirida yemirilishidan saqlaydi. Ko‘p yillik ekin
bo‘lganligi uchun bular har yili ekilmaydi hamda urug‘ talab qilinmaydi, tuproqqa
ishlov berilmaydi. Umuman olganda ko‘p yillik o‘tlarni yetishtirishda sarf-xarajat
tejaladi. Ko‘p yillik dukkakli o‘tlarning salbiy tomoni shundan iboratki, ular tuproq
muhitiga talabchan, tuproqda fosfor, kaliy, bor, molibden yetarli miqdorda
bo‘lgandagina yaxshi o‘sadi. Gullash davrining boshlanishida ko‘kat tarkibida 14-
18% oqsil bo‘ladi. Gullash davrining oxiriga kelib uning miqdori kamayadi,
tarkibida kletchatka ko‘payadi va oziq sifati pasayadi.
Beda
Xalq xo‘jaligidagi ahamiyati. Beda O‘zbekistonning va Markaziy Osiyoning
sug‘oriladigan yerlarida ko‘p ekiladigan ko‘p yillik, serhosil dukkakli yem-xashak
o‘simliklaridan biridir. Bedadan xilma xil oziqalar tayyorlash mumkin. Undan
tayyorlangan ozuqalar oson hazm bo‘ladi, qishin-yozin ishlatiladi. Pichan tayyorlash
uchun g‘unchalash fazasida o‘rilgan bedaning quruq massasi tarkibida 21,9%,
gullash fazasida o‘rilganida 16,8% oqsil bo‘ladi. Pichani tarkibida 1,49% kalsiy ,
0,24% fosfor va 0,18% oltingugurt bo‘ladi. qiladi. Beda tarkibida oqsil, ko‘p
miqdorda kalsiy, fosfor va vitaminlar, ayniqsa karotin va vitamin S ko‘p bo‘lgan
yem-xashak ekinidir. Bedaning ko‘kati sersuv bo‘ladi, chorva mollarini semirtiradi
va suyagini baquvvat qiladi.
G‘o‘za almashlab ekishda beda juda katta ahamiyatga ega. Beda ekilgan
maydonlarda tuproq qayta sho‘rlanmaydi, g‘o‘zaning vilt bilan kasallanishi keskin
kamayadi va paxta hosilini ancha oshirish uchun qulay sharoit vujudga keladi. Beda
agrotexnik ahamiyatga ega, tuproqning unumdorligini oshiradi, chirindi miqdori
ko‘payadi, tuproqning fizikaviy va kimyoviy xossalari yaxshilanadi, tuproqdagi
mikroorganizmlarning hayot faoliyati yaxshilanadi, undan keyin ekiladigan ekinni
hosildorligi oshadi.
Beda qadimdan ekilib kelinayotgan ekin, Yer yuzida keng tarqalgan, ekin
maydoni 30 mln. ga teng. Vatani Osiyo mintaqasi. O‘zbekistonda bedaning ko‘p
turlari tarqalgan. Pichan hosili bedaning yoshiga qarab 20-200 s gacha bo‘ladi.
Sug‘oriladigan yerlarda 5-7 marta o‘riladi.
O‘zbekistonda bedaning navlari keng tarqalgan bo‘lib, hozirda Bahmal,
Samarqand, Tashkentskaya-721, Uzgen, Tashkent-3192, Xiva bedasi va ko‘pchilik
mahalliy navlar ekilmoqda.
Botanik xususiyatlari. Beda dukkaklilar-Fabaceae oilasiga, Medicago L.
avlodiga kiradi, 100 ga yaqin turi aniqlangan. Turlarining orasida bir yillik, ko‘p
yillik turlari mavjud, ammo xo‘jaliklarda asosan uning 2 ta turi-ko‘k va sariq beda
tarqalgan.
Ko‘k beda (Medicago sativa) -ko‘p yillik o‘simlik. Ildizi o‘q ildiz bo‘lib, yon
ildizlari baquvvat rivojlangan. Birinchi yili uning ildizi tuproqqa 2-3 m, keyingi
yillarda hatto 10 m gacha chuqur kirib boradi. Ildizining yuqori qismida ildiz bo‘g‘zi
bo‘lib, u koronka deb ataladi. U bosh poyaning juda o‘sib ketgan pastki qismidir.
Unda kurtaklar shoxlanib, ulardan yangi poya rivojlanadi. Koronka o‘sib, ildiz bilan
birga tuproqga ba’zan 7-10 sm chuqurga kirib boradi. Koronka ham ildizlar singari
o‘simlikni butun hayoti davomida saqlanadi. Poyasi o‘tpoya, sershox, yashil rangda,
10-20 ta bo‘g‘im oralig‘i bor. Har tup o‘simligida 2-3 tadan 200-300 tagacha poya
bo‘ladi. Ularning bo‘yi 40-100 sm bo‘lib, 150 sm ga yetishi mumkin. Poyani ichi
o‘zak bilan to‘la, usti tuklangan.
Barglari yonbargcha, barg bandi va 3 talik bargcha va yon bargdan iborat.
Bargchalari qisqa bandli bo‘lib, och yashil yoki to‘q yashil rangli. To‘pguli ko‘p
gulli shingil, ikki jinsli changchi va urug‘chidan iborat. Guli qisqa bandli bo‘lib,
asosida 2 tadan ipsimon gul yon bargchasi bor. Ikki jinsli bo‘lib, kosacha barg,
gultoj, changchi va urug‘chidan iborat. Kosacha bargi yashil, besh tishli. Changchisi
10 ta bo‘lib, shundan 9 tasi changchi iplari bilan qo‘shilib o‘sadi va changchi nayini
hosil qiladi. Gultojisi och binafsha yoki och ko‘k rangda.
Mevasi ko‘p urug‘li dukkak bo‘lib, urug‘i buyraksimon-bukilgan shaklda, och
sariq rangda bo‘ladi. 1000 donasining vazni-1,8-2 g keladi.
Sariq beda (Medicago falcata)-ko‘p yillik o‘simlik bo‘lib, ildizi o‘q ildiz. Yon
ildizlari ham yaxshi rivojlangan. Poyasining ichi o‘zak bilan to‘la, balandligi 40-50
sm ga yetadi. Barglari oddiy, bedanikidan maydaroq. To‘pguli shingil. Guli qisqa
bandli, sariq rangda bo‘ladi. Mevasi o‘roqsimon egilgan dukkak. Shuning uchun
sariq beda ko‘pincha o‘roqsimon beda deb ham ataladi. Urug‘i yuraksimon, och
jigarrang bo‘lib, 1000 donasini vazni 1,5-1,7 g keladi.
Beda, ayniqsa ko‘k beda keng qo‘llaniladi. Undan pichan, silos, senaj yoki
ko‘k massa hosili olinadi, yaxshi o‘tmishdosh ekin hisoblanadi. Tuproqni azot bilan
boyitadi gektariga 150 kg va undan ham ko‘p miqdorda azot to‘playdi, begona
o‘tlarni kamaytiradi, o‘zidan so‘ng ko‘p miqdorda organik massa qoldiradi, bu esa
tuproqni fizik va kimyoviy xususiyatlarini yaxshilashga imkon beradi.
Undan tashqari, sug‘oriladigan hududlarda ko‘k beda, tuproqdan ko‘p
miqdorda oziq elementlari va suvni o‘zlashtirib, yer osti suv sathini pasaytiradi,
tuproqni sho‘rini kamaytiradi. Shuning uchun g‘o‘za-beda va sholi almashlab ekish
dalalarining asosiy komponenti hisoblanadi.
Biologik xususiyatlari. Beda yorug‘sevar, issiqqa talabchan uzun kun
o‘simligidir. Qishda past temperaturaga, yozda issiqqa chidamli. Urug‘i 5-60 C da
unib chiqadi. Maysalari 60 C sovuqqa chidaydi. Bedaning transpiratsiya
koeffitsiyenti 700-900 orasida bo‘ladi. U jadal o‘sish davrida (g‘unchalashdan
gullash fazasigacha) suvni juda ko‘p bug‘latadi. Havo juda quruq bo‘lganda beda
o‘sishdan to‘xtab barglarining bir qismini to‘kib yuboradi. Sug‘orilgandan yoki
yog‘ingarchilikdan keyin o‘simliklar yana o‘sa boshlaydi. Ildiz sistemasi baquvvat
rivojlangan bo‘lib, tuproqning chuqur qavatigacha kirib borganligidan chuqurlikdagi
namni yaxshi o‘zlashtiradi. Uning qurg‘oqchilikka chidamliligi ana shu xususiyatiga
bog‘liq. Namga juda ta’sirchan bo‘ladi, shuning uchun sug‘oriladigan yerlarga
ekilganda hosili yuqori bo‘ladi.
Beda tuproqdan juda ko‘p miqdorda R, K, Sa va Mg ni o‘zlashtiradi. Beda 1 t
pichan yetishtirish uchun tuproqdan 5-6 kg fosfor va 15-20 kg kaliyni o‘zlashtiradi.
Bedadan 50 s pichan olish uchun 110 kg kaliy, 36 kg fosfor, 120 kg azot, 145 kg
kalsiy sarflanadi.
Bedani har xil tuproqli yerlarga ekish mumkin. U qoratuproqli, kashtan, bo‘z
va boshqa xil tuproqli yerlarda yaxshi o‘sadi. Botqoq va kuchli kislotali yerlar beda
ekish uchun yaramaydi. Beda uchun tuproqning muhiti neytral va kuchsiz ishqoriy
(pH -7-8) bo‘lishi kerak.
Beda g‘o‘za, kanop, tamaki, kuzgi bug‘doy, sholi, makkajo‘xori, moyli va
sabzavot ekinlaridan bo‘shagan yerlarga ekiladi. O‘tmishdosh ekinlarni hosili yig‘ib
olingandan keyin talab qilinsa diskalanadi va 7-10 kundan keyin 22-25 sm
chuqurlikda haydaladi. Erta bahorda borona qilinadi, ekishga yaqin mexanik tarkibi
yengil bo‘lgan tuproqlarda mola bostiriladi.
О‘g‘itlash. Beda oziqaga talabchan o‘simlik. 1 gektarga 10-15 t go‘ng, 90-
120 kg forsor va 50-75 kg sof kaliy solinadi. Bu o‘g‘itlarni hammasini yer
haydashdan oldin solinadi. Bedaning boshlang‘ich rivojlanish davrlarida tuproqdagi
azot yetarli bo‘lmasa oz meyorda (20-30 kg) azot qo‘llaniladi.
Beda sharoitga qarab bahorda, yozda va kuzda ekiladi. Beda yoppasiga
qatorlab yoki tor qatorlab ekiladi. Qatorlarning orasi 13-15 yoki 6,5-7,5 sm qilib
ekiladi. 1 gektar yerga 12-18 kg urug‘ sarflanadi. Bundan tashqari beda bilan suli,
arpa, bug‘doy qo‘shib ekiladi, bu ekinlarning urug‘i 1 gektarga 40-60 kg dan ekiladi.
Beda urug‘ini ekish chuqurligi 1-3 sm.
Ko‘kat va pichan tayyorlash uchun beda shonalash davrini oxirida va gullash
davrini boshlarida o‘riladi. Urug‘ olish uchun dukkaklari 70% yetilganda o‘riladi va
xirmonda quritilib yanchiladi. Urug‘ining namligi 13% dan oshmasligi kerak.
Qizil sebarga
Xalq xo‘jaligidagi ahamiyati. Qizil sebarga ko‘p yillik dukkakli o‘t bo‘lib, bu
ekinlardan ko‘kat, pichan, silos va pichan uni tayyorlanadi. 1 kg pichan tarkibida
0,55 ozuqa birligi va 70 g oqsil bo‘ladi. Uning quruq moddasida 15,2% oqsil, 3,1%
yog‘, 43,9% karbon suvlari, 1% mineral moddalar (asosan kaliy) bor.
Qizil sebarga agrotexnik ahamiyatga ham ega, tuproqda organik modda va
100-200 kg biologik azot to‘playdi. Kalsiy va azotga boy ang‘iz qoldiqlarini
to‘playdi. Qizil sebarga Yer yuzida keng tarqalgan, ko‘proq nam yetarli bo‘lgan
mintaqalarda ekiladi. Qizil sebarga Yer yuzida 20 mln. gektardan ortiq yerga ekiladi.
U AQSH, Polsha, Chexiya, Slovakiya, Angliya, Fransiya va Rossiyada ko‘plab
ekiladi. Mamlakatimizda qizil sebarga o‘tloqi tuproqlarda, sholichilik xo‘jaliklarida
ekilmoqda.
Botanik xususiyatlari. Qizil sebarga dukkaklilar oilasiga va Trifolium
avlodiga mansub bo‘lib, 300 ga yaqin turni o‘z ichiga oladi. Shulardan 8 ta turi
ekiladi. Eng ko‘p tarqalgan turi Trifolium pretense-qizil sebarga hisoblanadi. Qizil
sebarga ko‘p yillik o‘simlik bo‘lib, ammo uzoq yashamaydigan o‘simlikdir, u 2-3 yil
yashaydi. Qizil sebarganing 5 ta tur xili mavjud bo‘lib ulardan 2 tasi ko‘proq ekiladi.
Bular bio o‘rimli shimoliy va ikki o‘rimli janubiy sebarga. Qizil sebarganing ildiz
sistemasi o‘q ildiz bo‘lib, yo‘g‘onlashgan ildiz va bir talay ingichka ildizchalardan
iborat. Ildizning asosiy qismi 30-40 sm chuqurlikda joylashadi. Ayrim ildizlari esa
1-1,5 m chuqurlikkacha kirib borishi mumkin.
Poyasi o‘tsimon tik o‘sadi, sershox, ichi kovak, siyrak tukli, shoxlanadigan
bo‘lib, bir nechta (5-10) ta bo‘g‘im oraliqlaridan tashkil topadi va bo‘yi 70-96 sm
gacha yetadi. Qalik qilib ekilgan joylarda bitta o‘simlikda 10 tagacha poya hosil
bo‘ladi. Barglari uch qo‘shaloq (uchtali), bargchalari birmuncha serbarg, asosida
ochiq rangli uchburchak holi bo‘ladi, o‘rta tomiri barg plastinkasining chetidan
chiqib turmaydi. Yonbargchalari pardasimon, odatda cho‘ziq shaklda bo‘ladi.
To‘pguli deyarli zich taqalib turadigan yumaloq yoki cho‘ziq shakldagi boshchadan
iborat. Boshchalar poya hamda yon shoxlarning uchida joylashadi. Boshchada qizil-
binafsha rang gultojbarg chiqaradigan 70-100 ta mayda-mayda kapalaknusxa gul
bo‘ladi. Mevasi bir urug‘li dukkakdan iborat bo‘lib, yuraksimon shaklda, yaltiroq,
sarg‘ish yoki binafsha rangda, 1000 dona urug‘ining vazni 1,7-1,8 gr keladi.
Biologik xususiyatlari. Qizil sebarganing urug‘i 1-20 da unib chiqa boshlaydi.
O‘sish va rivojlanishi uchun 15-290 issiqlikni talab qiladi. Birinchi yilgi sebarga-150
C sovuqga chidaydi. Ikkinchi va keyingi yillari sovuqqa chidamliligi pasayadi. Qizil
sebarga mo‘tadil, nam iqlimga moslashgan o‘simlikdir, yog‘ingarchilik miqdori
400-450 mm bo‘lgan mintaqalarda gurkirab o‘sadi. Urug‘ unib chiqish davrida 120%
suv sarflaydi, namni eng ko‘p talab qiladigan davri-shonalash davri hisoblanadi.
Transpiratsiya koeffitsiyenti 500-600 ga teng. Issiq va sovuq havoga chidamaydi.
Respublikamizda bu o‘simlik faqat sug‘oriladigan sharoitda yetishtiriladi. Qizil
sebarga har xil tuproqlarda yetishtiriladi. Tuproq muhiti pH -4,5 dan past bo‘lmasligi
lozim.. Ko‘pincha sholi bilan almashlab ekiladi. Qizil sebarga 2-3 yil yaxshi hosil
beradi.
О‘g‘itlash. Bir tonna pichan tayyorlash uchun 7-8 kg fosfor, 18-20 kg kaliy,
11-12 kg kalsiy sariflanadi. Qizil sebargaga gektariga oganik o‘g‘itlardan gektariga
10-20 tonna go‘ng, 100 kg fosfor, 50 kg kaliy beriladi. Ekishdan oldin urug‘ini
molibden bilan ishlash yaxshi natija beradi. Molibden ta’sirida hosil va uning sifati
oshadi. Pichan olish uchun ekiladigan qizil sebargaga 60-65 kun, urug‘ yetishtirish
uchun esa 110-120 kun talab qilinadi.
O‘zbekistonda qizil sebarganing O‘zROS-73, Uzbekistanskiy-3 navlari
ekiladi. Sebarga urug‘i texnik va moyli ekinlardan bo‘shagan yerlarga ekiladi.
Urug‘i mayda bo‘lganligi uchun yerni holatiga talabchan, tuproqqa sifatli ishlov
beriladi. Asosiy ekish muddati bahor bo‘lib, ammo boshqa muddatlarda ham ekish
mumkin. Yoppasiga qatorlab sof holda yoki boshoqdosh o‘tlar bilan birga qo‘shib
ekiladi. Ekish meyori 1 gektar yerga 8-10 kg, ekish chuqurligi 2-3 sm. Sifatli pichan
tayyorlash uchun shonalash va gullash davrining boshlanishida o‘rib olinadi..
Sinov savollari.
1. Yem-xashak ekinlari to‘g‘risida ma’lumot bering?
2. Bedaning xalq xo‘jaligidagi ahamiyatini ayting?
3. Bedaning agrotexnikasi ayting?
4. Qizil sebarga ning biologik xususiyatlari ayting?
5. Beda va Qizilsebarganing sanab sanab bering?