Yengil va oziq-ovqat sanoati (Oziq-ovqat sanoatining hududiy tuzilishi va rivojlanish xususiyatlari)
Yuklangan vaqt
2024-12-31
Yuklab olishlar soni
1
Sahifalar soni
10
Faytl hajmi
35,0 KB
1
Yengil va oziq-ovqat sanoati
Reja
1. Yengil sanoatning iqtisodiyotda tutgan o‘rni va ahamiyati, tarmoqlar tarkibi.
2. Oziq-ovqat sanoatining hududiy tuzilishi va rivojlanish xususiyatlari
Tayanch iboralar
Yengil sanoat, to‘qimachilik, tikuvchilik, ko‘nchilik, mo‘ynado‘zlik, ko‘n-
poyabzal sanoati, pillakashlik, trikotaj to‘qimachiligi, gilamchilik, oziq-ovqat
sanoati
1. Yengil sanoatning iqtisodiyotda tutgan o‘rni va ahamiyati, tarmoqlar
tarkibi.
Sanoat tarmoqlari orasida eng qadimgilaridan biri yengil sanoatdir. Hozirgi
zamon sanoat ishlab chiqarishining negizini ham shu tarmoq tashkil qiladi. Yengil
sanoat-xilma-xil xom ashyodan keng iste’mol mahsulotlari va buyumlari ishlab
chiqarishga ixtisoslashgan sanoat tarmoqlari majmuidir. Yengil sanoatda xom
ashyoga ham dastlabki ishlov berish, ham tayyor mahsulot ishlab chiqarish amalga
oshiriladi. Yengil sanoatda paxta, ipak, zig‘ir, kanop, jut tolalari, hayvonlar terisi,
juni, sun’iy tolalar, sun’iy charm xom ashyo sifatida foydalaniladi. Uning asosiy
tarmoqlari to‘qimachilik, tikuvchilik, ko‘nchilik, mo‘ynado‘zlik, poyabzal sanoatlari
hisoblanadi. Yengil sanoat mahsulotlari, shuningdek, mebelsozlik, aviatsiya,
avtomobil, oziq-ovqat va boshqa sanoat tarmoqlarida, qishloq xo‘jaligi, transport,
sog‘liqni saklash va boshqa sohalarda ishlatiladi.
Yengil sanoat yirik fabrika industriyasining tarmog‘i tarzida XVIII asrning 2-
yarmida barpo qilindi. Yengil sanoatning qadimiy tarmoqlaridan biri bo‘lgan
to‘qimachilik sanoatida texnika taraqqiyoti to‘qimachilik sanoatining kapitalistik
manufaktura bosqichidan yirik mashinalashgan industriya bosqichiga o‘tishi uchun
2
baza yaratgan. U o‘z gavbatida boshqa sanoat tarmoqlari rivojlanishini taqozo etgan.
Chunonchi, to‘qimachilik sanoatining rivojlanishi mashinasozlik sanoatini
rivojlanishiga, u esa o‘z navbatida metallurgiyani, metallurgiya esa yoqilg‘i (ko‘mir)
sanoatining taraqqiyotini talab qilgan. Bu jarayon “zanjirsimon” yuz berib, temir
yo‘l transportining rivojlanishi ham shu omil bilan bog‘liq bo‘lgan. Lekin qo‘lda
paxta va jundan ip tayyorlash va to‘qish, charmdan poyabzal tikish uchun terini qayta
ishlashning oddiy usullari Hindiston, Xitoy, Misr, O‘rta Osiyoda miloddan avval bir
necha asr ilgari ma’lum bo‘lgani tarixiy manbalarda qayd etilgan va arxeologik
topilmalar bilan tasdiqlangan. Hozirgi O‘zbekiston hududida XIX asrning oxiriga
qadar xo‘jalik taraqqiyoti xonaki, kosibchilik, hunarmandchilik ishlab chiqarishidan
iborat edi. Sanoat usulida ishlab chiqarilgan kiyim-kechak, poyabzal, trikotaj
mahsulotlari, gazmollar asosan Rossiyaning markaziy shaharlaridan olib kelingan,
chetga, asosan Rossiyaga paxta tolasi, xom ipak, teri va boshqa xom ashyo turlari
chiqarilgan.
O‘zbekistonda yengil sanoat mahsulotlarini sanoat asosida ishlab chiqarishga
XIX asrning oxirida, 1874 yilda Toshkent shahrida paxta tozalash zavodi qurilishi
bilan asos solingan. XX asr boshlarida yengil sanoat sohasi asosan paxtani qayta
ishlash korxonalaridan iborat bo‘lib, yalpi sanoat mahsulotining qariyb 4/5 qismi shu
sohaga to‘g‘ri kelgan. 1920-yillardan paxta tozalash zavodlari, pillakashlik, yigiruv-
to‘quv, tikuvchilik, charm-galantereya, fabrikalari qurila boshladi, respublikaning
o‘zida yetishtirilgan xom ashyodan tayyor mahsulot ishlab chiqarish maqsadlarida
mayda tarqoq hunarmandlarni birlashtirib, sanoat asosi yaratildi. 1926 yilda
Toshkentda «Qizil tong» tikuvchilik fabrikasi, 1927 yilda Toshkent poyabzal
fabrikasi, 1928 yili Toshkent ko‘n zavodi, 1926 yili Farg‘ona tikuvchilik
fabrikasining birinchi navbati ishga tushirildi. Farg‘ona (1927), Samarqand (1927),
Buxoro va Marg‘ilon (1928) pillakashlik fabrikalari, Samarqand shoyi to‘qish
fabrikasi (1930) ishga tushirilishi bilan O‘zbekistonda ipakchilik sanoati poydevori
yaratildi. 1937 yili to‘qimachilik sanoati gigantlaridan biri - Toshkent to‘qimachilik
kombinati ish boshladi. 2-jahon urushigacha bo‘lgan davrda trikotaj sanoati
tarmog‘ida Qo‘qon ip yigiruv-paypoq to‘quv kombinati, Farg‘ona va Toshkentda
trikotaj buyumlari fabrikalari ishga tushirildi. Urushdan keyingi yillarda yengil
3
sanoat tarmoqlari yanada rivojlandi, bu sanoatning texnika bazasi takomillashtirildi.
XX asrning 60-yillarida respublikada trikotaj ishlab chiqarish ancha
taraqqiyotga erishdi, Toshkent «Malika» trikotaj ishlab chiqarish birlashmasi,
Andijonda ichki trikotaj buyumlari fabrikasi qurildi. 70-80 yillarda Xivada gilam
kombinati, Buxoro to‘qimachilik kombinatining 1-navbati, Andijon to‘qimachilik
kombinati, viloyatlarning kichik shaharlari va tuman markazlarida nisbatan kichik
quvvatli yigiruv, to‘quv, yigiruv-to‘quv fabrikalari ishga tushirildi. Respublikada
yengil sanoatning eng yangi sohasi bo‘lgan chinni va fayans buyumlari Toshkent
(1952), Samarqand (1970), Quvasoy (1978) chinni zavodlari, Angren keramika
kombinati (1967)da ishlab chiqariladi.
Yengil sanoat korxonalarini bunyod etish katta kapital mablag‘ talab qilmaydi
va ishlab chiqarish jarayoni ham texnologik jihatdan uncha murakkab emas,
mahsuloti nisbatan arzon. Uning yetakchi tarmog‘i bo‘lgan to‘qimachilik sanoati
mahsulotining iste’mol qilish “zichligi” juda yuqori. Chunki bu mahsulotlar hamma
vaqt barchaga kerak. Shuningdek, bu mahsulotlar mavsumiy harakterga ega bo‘lib,
aylanma harakati yuqori. Yengil sanoat nisbatan kam mablag‘, ammo ko‘p ishchi
kuchini talab qiladi. Yengil sanoatning xom ashyo bazasi ham keng. U o‘simlik va
hayvon mahsulotlari, kimyoviy tolalar asosida ham rivojlanaveradi. Yengil
sanoatning yuqoridagi xususiyatlari uning hududiy tashkil etish jihatlarini belgilab
beradi. Mazkur tarmoq korxonalarini joylashtirishga xom ashyo, iste’mol, mehnat
resurslari omillari kuchli ta’sir ko‘rsatadi. Xom ashyo asosan yengil sanoatning
birlamchi bo‘g‘inlarini masalan, paxta tozalash, jun yuvish, teri oshlash kabi
korxonalarini joylashtirishda muhim. Jumladan O‘zbekistonda yuzdan ortiq paxta
tozalash korxonalari qishloq tumanlarida joylashtirilgan. Iste’mol omili ta’sirida
aksariyat o‘rta va yirik shaharlarda tikuv, trikotaj va poafzal fabrikalari tashkil
etilgan.
O‘zbekistonning mustaqillikka erishishi bilan yengil sanoat tarmoqlari yangi
sifat bosqichiga ko‘tarildi. Respublika xukumati qaroriga ko‘ra tarmoqdagi deyarli
hamma korxonalar davlat tasarrufidan chiqarilib, ochiq turdagi aksiyadorlik
jamiyatlariga va mulkchilikning boshka shakllariga aylantirildi. 1991 yilda
Respublika yengil sanoati vazirligi tugatilib, uning negizida majmuada davlat
4
boshqaruvini amalga oshiradigan, yengil sanoat mahsulotlari ishlab chiqaradigan
davlat uyushmasi «O‘zbekyengilsanoat», 1998 yil 30 martda pillachilik va ipakchilik
tar-moqlariga rahbarlikni amalga oshiradigan «O‘zbek ipagi» uyushmasi tashkil
qilindi.
2000
yil
4
martda
ko‘n-poyabzal
sanoati
korxonalari
«O‘zbekcharmpoyabzal» uyushmasiga birlashdi. 1991-2000 yillarda tarmoq
bo‘yicha 22 loyiha amalga oshirildi, jumladan Koreya Respublikasining «Kabul
Tekstaylz» firmasi ishtirokida Toshkent va To‘ytepa shaharlarida joylashgan
«Kabul-Uzbek K°» (quvvati yiliga 47,0 ming t yigirilgan paxta ip va 24 mln. m
gazlama), Farg‘ona to‘qimachilik kombinatini qayta jihozlash asosida «Kabul-
Farg‘ona K°» (loyiha qiymati 110 mln. AQSH dollari) qo‘shma korxonalari ishga
tushirildi. Namanganda Turkiyaning «Aston» firmasi bilan hamkorlikda «Asnam
tekstil» (quvvati yiliga 30,2 ming t yigirilgan ip), «Timas» va «TIMI» firmalari bilan
«Kosonsoy-Tekmen» (yillik quvvati 4,2 mln. m jun va movut gazlamalar) qo‘shma
korxonalari, Qarshida «Pashtete», Gurlanda «Gurlanteks», Andijonda «Anteks»
to‘qimachilik majmualari va boshqalar ishga tushirildi.
Hozirgi davrda O‘zbekiston yengil sanoati ko‘p tarmoqli industrial majmua
bo‘lib, uning tarkibida paxta tozalash zavodlari, to‘qimachilik, trikotaj, pillakashlik,
shoyi to‘qish, tikuvchilik, ko‘n-poyabzal, gilamchilik, chinni-fayans buyumlari va
attorlik mollari ishlab chiqarish soqalarida 150 dan ortiq korxona bor. Shulardan 14
tasi 1994—2000 yillarda chet el kapitali ishtirokida tashkil qilingan qo‘shma
korxonalardir. Respublika sanoat mahsuloti umumiy hajmida yengil sanoat hissasi
1995 yilda 19,9% 2005 yilda 16,6% ni, 2013 yilda 13% tashkil qildi. Bu tarmoq
mahsulot hajmiga ko‘ra mashinasozlik va metallni qayta ishlash, yoqilg‘i, oziq-ovqat
sanoatidan keyin 4-o‘rinda turadi. Mamlakatimiz sanoatida band bo‘lgan ishchi-
xodimlar soni bo‘yicha yengil sanoat birinchi o‘rinda turadi (20,5%).
Mustaqillik yillarida «O‘zbekyengilsanoat» davlat uyushmasi tomonidan
respublikada yengil sanoatni rivojlantirishning 2000-2005 yillarga mo‘ljallangan
dasturi ishlab chiqildi. Dasturda O‘zbekistonga chetdan ilg‘or texnologiyani
keltirish, chet el investitsiyasini jalb etish, bank kreditidan foydalanib yangi
zamonaviy korxonalar qurish, jahon bozoriga raqobatbardosh mahsulotlar chiqarish,
eksport imkoniyatlarini oshirish va boshqalar belgilangan. Dasturga ko‘ra 2000-
5
2005 yillarda ip-gazlama tarmog‘ida 33 ta korxonani qayta jihozlash, 17 korxonani
qurib bitkazish, tikuvchilik-trikotaj tarmog‘ida 5 korxonani qayta jihozlash, 1
korxonani qurib tugallash mo‘ljallangan. Respublika hududida qayta ishlanadigan
paxta tolasi hajmi 1999 yildagi 110,2 mingt dan 2005 yilda 476,4 ming t ga
etkaziladi, ip gazlama ishlab chiqarishni 1,8 marta, gilam ishlab chiqarishni 2,7
marta, trikotaj matolarini 2,9 marta, tibbiyot momig‘ini 30,9 marta, trikotaj
buyumlari ishlab chiqarishni 1,5 marta ko‘paytirish ko‘zda tutildi, qo‘shimcha 37,7
ming dan ortiq yangi ish o‘rinlari tashkil etildi. Bugungi kunda mamlakatimizda
2850ta yengil sanoat korxonalari, jumladan 1345ta tikuv va 1160ta to‘qimachilik
korxonalari mavjud bo‘lib, 134 ming aholi ish bilan ta’minlangan. Yengil sanoatda
nodavlat sektorining ulushi 99,4%. Tarmoqdagi korxonalar uchun injener-texnik
kadrlar Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoati instituti va uning sho‘‘balari,
Toshkent kimyo-texnologiya instituti, Toshkent politexnikumi va viloyatlardagi
kollejlarda tayyorlanadi.
Paxta tozalash sanoati – O‘zbekistondagi dastlabki yengil sanoat tarmog‘idir.
Mazkur tarmoq to‘qimachilik, yog‘-moy, kimyo sanoati tarmoqlariga xom ashyo
etqazib beradi. Paxta tolasi, lint va chigit bu tarmoqning asosiy mahsulotlari
hisoblanadi. O‘zbekistonda dastlabki paxta tozalash korxonasi Toshkentda 1874 yili
qurilgan. Rossiyada paxta xom ashyosiga bo‘lgan talabning ortishi bilan
O‘zbekistonda paxta tozalash sanoati tez rivojlantirildi. 1885 yilda 9 ta, 1890 yilda
27 ta, 1914 yilda 208 ta paxta tozalash zavodi ishladi. Paxtachilik g‘alla ekinlarini
siqib chiqara boshladi. Dastlab arrali jin mashinalarda tolani ajratib olish va qo‘lda
harakatlantiradigan vintli presslarda tolani presslashdan tashqari barcha og‘ir ishlar
qo‘lda bajarilgan. 1920 yillarda Toshkent mexanika korxonasida dastlabki jin
mashinalari, lintyerlar ishlab chiqarila boshlandi, presslar esa Leningraddan
keltirildi.
XX asrning 90-yillaridan boshlab, respublika paxta tolasi va paxta tozalash
sanoatining boshqa mahsulotlarini mustaqil holda eksport qilishni boshladi va
hozirgi davrda 50 dan ortiq xorijiy mamlakatlariga eksport qiladi. Sohaga yangi
texnika, texnologiya jadal sur’atlarda joriy etilmoqda. Xorijiy mamlakatlarning
ilg‘or texnologiyasini o‘rganish va joriy etish, tarmoq korxonalarida paxta tolasi
6
bo‘yicha jahon standartlariga o‘tish uchun AQSH, Shveysariya va boshqa
mamlakatlardagi firmalarda ishlab chikarilgan priborlar va texnologiyani qo‘llash
borasida xalqaro ilmiy-texnikaviy hamkorlik yo‘lga qo‘yildi. Turkiya, Koreya va
boshqa xorijiy davlatlar bilan ilmiy-texnikaviy hamkorlikda Farg‘ona, Xorazm,
Qashqadaryo viloyatlari va Qoraqalpog‘istonda paxtani qayta ishlashdan tayyor
to‘qimachilik mahsulotlari ishlab chiqarishga qadar bo‘lgan jarayonlarni qamrab
oladigan kombinatlar qurildi.
To‘qimachilik sanoati - bu sanoatning asosiy vazifasi ip va shoyi gazlamalar
ishlab chiqarishga qaratilgandir. Bu sanoat kombinat sifatida sovetlar davrida barpo
qilindi. 1927 yilda Farg‘ona to‘qimachilik fabrikasi ishga tushirildi. Bu kombinat
tarkibida yigiruv, to‘quv va kirza fabrikasi, poabzal ishlab chiqarishda
foydalaniladigan maxsus gazlama va tasma ishlab chiqarilgan. 1936 yilda
Toshkentda to‘qimachilik kombinati qurildi. Bu kombinatda yigiruv, to‘quv,
pardozlash va boshqa qator mahsulotlar ishlab chiqarildi. Keyinchalik Buxoro,
Andijon ip-gazlama kombinatlari qurildi. Nukusda ham ip-gazlama ishlab chiqarish
kombinati qurildi. Biroq bu korxonalarning barchasida yetishtirilgan paxta tolasining
atigi 9%i qayta ishlangan, qolgan qismi esa respublikadan olib chiqib ketilgan.
O‘zbekiston mustaqillikka erishgach, mahalliy paxta tolasining taxminan 32-33%i
mamlakatimiz hududlarida qayta ishlanmoqda. Kelajakda bu ko‘rsatkichni 50%ga
etkazish ko‘zda tutilgan. Bir yilda ishlab chqarilgan paxta tolasi 1100-1200 ming t
atrofida. Respublikada yillar davomida to‘qimachilik-industrial energiya ishlab
chiqarish sikli shakllangan. U o‘z tarkibiga paxta va pilla xom ashyosini qayta
ishlash, ip va ipak gazlama ishlab chiqarish, uning asosida tikuv hamda trikotaj
korxonalarini oladi. Bu sikl, shuningdek, bo‘yoq, par va to‘qimachilik mashinalarini
ishlab chiqarish bilan ham bog‘liq.
Bozor munosabatlariga o‘tish va viloyatlarga ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish
borasida katta huquq va keng imtiyozlar berish natijasida to‘qimachilik sanoatini
joylashtirish ancha o‘zgardi. Bunday sharoitda avvalgi yirik kombinatlarda,
jumladan, Marg‘ilon, Namangan, Andijon, Farg‘ona kombinatlarida ishlab chiqarish
hajmi keskin kamaydi. Lekin zamonaviy texnologiyalar bilan jihozlangan,
ixtisoslashgan kichik va qo‘shma korxonalar barpo etildi. Mamlakatimizda qo‘shma
7
korxonalar geografiyasi keng: ular Bo‘ston, Gurlan, Bog‘ot, Urganch, Jomboy,
Jarqo‘rg‘on, Shahrisabz, Olot, Qorako‘l, Kosonsoy, Pop, Namangan, To‘ytepa,
Shahrixon, Konimex va boshqa shaharlarda tashkil etildi. Tikuv va trikotaj
fabrikalari Toshkent, Samarqand, Farg‘ona, Namangan, Andijon, Qo‘qon, Chirchiq
kabi shaharlarda joylashgan. Respublikamizda olib borilayotgan sanoatlashtirish,
sanoat ishlab chiqarishini modyernizatsiya va diversifikatsiya qilish hamda
mahalliylashtirish dasturini amalga oshirish jarayoni muammolar bosqichma-
bosqich hal etib borilmoqda.
2. Oziq-ovqat sanoatining hududiy tuzilishi va rivojlanish xususiyatlari
Oziq-ovqat sanoati xalq xo‘jaligining oziq-ovqat mahsulotlari ishlab
chiqaradigan sohasi. Tarmoq tarkibida go‘sht-sut, yog‘-moy, baliq mahsulotlari, un-
yorma, makaron, meva-sabzavot konservalari, sut-yog‘, shakar, choy qadokdash,
qandolatchilik, non, uzum va shampan vinolari, spirt, araq, tamaki, pivo,
chanqovbosar ichimliklar, sovun va boshqa sanoat korxonalari bor. O‘zbekiston
zamonaviy oziq-ovqat sanoatiga ega. Uning tarkibida 3200 dan ortiq korxonalar bor.
Bu soha, asosan, mahalliy xom ashyoni qayta ishlashga asoslangan. Mazkur sanoat
korxonalarida 200 dan ortiq mahsulot turi tayyorlanadi. Mamlakat mustaqillikka
erishgach, oziq-ovqat sanoatida chuqur tashkiliy va iqtisodiy islohotlar amalga
oshirildi. Ko‘pgina sanoat korxonalari davlat tasarrufidan chiqarilib, ochiq turdagi
aksiyadorlik birlashmalari va jamiyatlariga aylantirildi, ilgari tarmoq korxonalariga
rahbarlik qilgan oziq-ovqat, go‘sht-sut, don mahsulotlari va boshqa vazirliklar
tugatilib, «O‘zoziqovqatsanoat» davlat-aksiyadorlik konsyerni (1993 yil 5 may;
1994 y. 26 sentyabrdan «Oziqovqatsanoat» va «Yog‘moytamakisanoat»
uyushmalari), «O‘zgo‘shtsanoat» davlat-aksiyadorlik uyushmasi (1993 yil 6 aprel),
«O‘zdonmahsulot» davlat-aksiyadorlik korporatsiyasi (1994 yil 22 aprel),
«O‘zmevasabzavotuzumsanoat» davlat-aksiyadorlik uyushmasi (1994 yil 28
noyabrdan), «O‘zbaliq» davlat-aksiyadorlik korporatsiyasi (1994), Qishloq va suv
xo‘jaligi vazirligi tarkibidagi «O‘zparrandasanoat» respublika ishlab chiqarish
birlashmasi (1964), «O‘zbekbirlashuv» tarkibidagi oziq-ovqat sanoati korxonalari
ochiq
turdagi
aksiyadorlik
jamiyatlariga
aylantirildi.
Axoli
ehtiyojlarini
respublikaning o‘zida ishlab chiqarilgan oziq-ovqat mahsulotlari bilan qondirish
8
choralari ko‘rilmoqda.
Oziq-ovqat sanoati ham O‘zbekistonning keksa sanoat tarmoqlaridan
hisoblanadi. Ilgari tegirmon, objuvoz, nonvoyxona, qandolatchilik, uzumdan
musallas va boshqa mahsulotlar tayyorlangan edi. Hozirgi kunda bu sanoat juda
murakkab sanoat tarmog‘iga aylanib, O‘zbekistonda oziq-ovqat sanoti, yalpi
mahsulotning 12-13 % ni tashkil etadi. oziq-ovqat tarmog‘iga o‘simlik moyi,
konserva, sharob ishlab chiqarish, un tortish, non, go‘sht, sut, tamaki, shirinliklar,
makaron va boshqa mahsulotlar ishlab chiqarish kiradi. Bu mahsulotlarning
ko‘pchiligi O‘zbekistonda mavjud xom-ashyo hisobiga ishlab chiqariladi. Oziq-
ovqat sanoatining joylanishiga ta’sir etuvchi omillardan biri xom ashyo omilidir.
Mazkur tarmoqda xom ashyo sifatida turli xil qishloq xo‘jaligi mahsulotlari,
jumladan paxta chigiti, bug‘doy, sholi va boshqa g‘alla ekinlari, meva va uzum,
chorva mahsulotlari ishlatiladi. Oziq-ovqat sanoatiko‘p jihatdan qishloq xo‘jaligiga,
qishloq xo‘jaligi esa iqlim sharoitlariga bog‘liq. Mamlakatimizda bir yilda o‘rtacha
130-140 mln shartli banka meva-sabzavot konservalari, 350-360 ming t shakar, 240-
250 ming t o‘simlik yog‘i, 22 ming t makaron mahsulotlari, 1250 ming t un va
boshqa mahsulotlar ishlab chiqariladi. O‘simlik yog‘i ishlab chiqaruvchi yirik
korxonalar Toshkent, Farg‘ona, Yangiyo‘l, Guliston, Koson, Xo‘jayli, Andijon,
Namangan, Kattaqo‘rg‘on va boshqa qator shaharlarda mavjud. Ularning joylashuvi
paxta tozalash zavodlari bilan bog‘liq.
O‘zbekistonda XX asr boshlariga qadar qand chetdan keltirilgan xom
ashyodan hunarmad-qandolatchilar tomonidan ishlab chiqarilgan. XIX asrning 2-
yarmida Rossiya imperiyasi O‘rta Osiyoni bosib olganidan keyin 1893 yili Rossiya
Harbiy akademiyasining professori, injener-polkovnik V.M.Ivanov Toshkent
viloyatida shakar zadi qurish maqsadida «Turkiston qishloq xo‘jaligi-sanoat
shirkati»ni tuzdi va Eski Qovunchi qishlog‘i (hozirgi Yangiyo‘l shahri) atrofidan
200ga yer olib, mevali daraxtlar, paxta va sabzavotlar ekib, hosildan olingan
daromadga shakar zavodi qurishni rejalashtirdi. Qand lavlagi yetishtirishni mahalliy
aholiga o‘rgatish uchun Ukrainadan 100ga yaqin lavlagikorlar, Farg‘ona vodiysidan
50 ga yaqin suvchilar jalb etildi. 1903 yili germaniyalik mutaxassislar yordamida
Turkiston o‘lkasida yagona bo‘lgan bu shakar zavodida ilk marotaba oq shakar
9
olishga erishildi. 2-jahon urushi yillarida O‘zbekistonga Ukrainadan 3 ta shakar
zavodi ko‘chirib keltirildi va Samarqand (Kattaqo‘rg‘on, Zirabuloq), Farg‘ona
viloyatlariga (Qo‘qon) o‘rnatildi. Bu 4 zavodlarda har yili 200 ming t ga yaqin shakar
ishlab chiqarib, sobiq Ittifoq aholisi va harakatdagi armiya qismlarini shakar bilan
ta’minlandi. O‘zbekistonda paxta yakkahokimligi tufayli shakar ishlab chiqarish
pasayib, 1954-55 yillarda 50 ming tonnaga tushib qoldi. Markaz qarori bilan
O‘zbekistondagi shakar zavodlarining barchasi Ukrainaga ko‘chirib olib ketildi.
Mustaqillik yillarida O‘zbekiston Respublikasida shakar muammosini qisman
hal etish uchun 1993 yili Vazirlar Mahkamasining qarori bilan shakarni
respublikaning o‘zida yetishtirilgan xom ashyo-qand lavlagidan olish maqsadida
Turkiya mutaxassislari bilan hamkorlikda Xorazm viloyatining Hazorasp shahrida
Xorazm shakar zavodini qurish ishlari boshlandi. Korxona 1995 yilda ishga tushirildi
(loyiha kuvvati 1 sutkada 3 ming t qand lavlagini qayta ishlab, 300 tonna shakar
ishlab chiqarishga mo‘ljallangan). Xorazm viloyati va Qoraqalpog‘istonda 12 ming
ga yerda qand lavlagi yetishtirish yo‘lga qo‘yildi.
Tamaki sanoati - oziq-ovqat sanoatining tamaki va maxorka xom ashyosi
tayyorlash, tamaki fermentlari, tamaki va maxorka mahsulotlari (chekiladigan
papiros, sigara, sigarilla, o‘rama tamaki, iskalma tamaki, chaynalma tamaki) ishlab
chikarish bilan shug‘ullanuvchi tarmog‘i. O‘zbekiston hududida birinchi tamaki
fabrikasi rus sanoatchisi I.I.Pervushin tomonidan 1877 yilda Toshkentda qurilgan.
Keyinchalik xom ashyo taqchilligi sababli yopilgan. 1925 yilda Toshkentda tamaki
fabrikasi qurilib, 1926 yilda 203 mln dona papiros ishlab chiqarildi. 1949 yilda
korxona sigaret 1966 yildan filtrli sigaretlar ishlab chiqarish asbob-uskunalari bilan
jihozlanadi. Respublikada tamaki yetishtirish uchun iqlim, ob-havo sharoitlarining
qulayligi, malakali ishchi kuchi, Markaziy Osiyo mamlakatlari bozoriga kirish
imkoniyatlari borligi tufayli 1994 yilda Buyuk Britaniyaning «British ameriken
tobakko» kompaniyasi bilan hamkorlikda «O‘zBAT aksiyadorlik jamiyati» tamaki-
maxorka mahsulotlari ishlab chiqaradigan qo‘shma korxona tashkil etildi. 1994
yildan boshlab Toshkent sigaret fabrikasi, Urgut fermentatsiya zavodi (Samarqand
viloyati) rekonstruksiya qilindi, 1997 yilda yillik quvvati 12 mlrd. dona sigaret
bo‘lgan yangi Samarqand sigaret fabrikasi qurib bitkazildi. 2002 yilda Moskvada
10
o‘tkazilgan jahon tamaki ko‘rgazmasida «Xon Lights» va «Xon Ultra Lights»
sigaretlari oltin, «Karvon» sigareti kumush medallar bilan mukofotlandi. Respublika
tamaki sanoati mahsulotlari (tamaki bargi, sigaret) Rossiya, Ukraina va boshqa
mamlakatlarga eksport qilinadi. Shuni alohida ta’kidlash lozimki, oziq-ovqat
mahsulotlari deyarli to‘laligicha nodavlat sektorida ishlab chiqariladi.