YER OSTI SUVLARI
Reja:
Yer osti suvlari
Yer osti suvlarining paydo bo‘lish nazariyalari
Yer osti suvlarining klassifikatsiyasi
Planetamizdagi mavjud ichimlik suvining asosiy qismini tashkil etadi.
V.V.Vernadskiyning
taxminicha,
yer
qobig‘idagi
(yersathidan
16
km
chuqurlikdagi)yer osti suvlarining miqdori 460 mln.km3 tashkil etadi. Galand olimi
Vanxonsni ta’kidlashicha yer qobig‘idagi yer osti suvlarini Yer shari yuzasiga
chiqarilsa 90 m qalinlikdagi suv qatlami hosil bo‘ladi. Fransuz mutaxassisi Rene
Koyaning ko‘rsatishicha, yer bag‘riga qazib tushilgan burg‘u quduqlarining
chuqurligicha bo‘lgan tog‘ jinslarining g‘ovaklarida 8 mln.km2 hajmidagi suv
mavjud.
Yer osti suvlari tabiatda mavjudligi bilan insonlarning chuchuk ichimlik
suviga bo‘lgan talabini qondiradigan, xalq xo‘jaligining hamma soxalarida,
jumladan qishloq xo‘jaligida, meditsinada va boshqa soxalarda ishlatiladigan birdan
bir suv manba bo‘lib hisoblanadi.
Respublikamiz hududlaridagi mavjud mineralizatsiyalanish darajasi 5 g/l
gacha bo‘lgan hamma yer osti suvlarining bashorat zahirasi N.A.Ahmedov,
A.A.Mavlonovlarning ma’lumotiga ko‘ra (2003 yil) 66 mln.m3/sut bo‘lib, uning
34,5% Farg‘ona vodiysiga, 25,7% Toshkent viloyati hududiga, 18% Samarqand
viloyati hududiga, 9% Surxondaryo viloyati hududiga, 5,5% qashqadaryo viloyati
hududiga to‘g‘ri keladi. Umumiy yer osti suvlarining 22,9% chuchuk, kam
minerallashgan (mineralizatsiya darajasi 1g/l dan kam) suv hisoblanadi. 2002 yilning
1 yanvarigacha bo‘lgan ma’lumotga asosan Respublikasizdagi hamma maqsadlar
uchun yer ostidan olinayotgan suvning umumiy miqdori sutkasiga 17367,2 ming m3
ni tashkil qilib, undan 6913,8 ming m3 xo‘jalik-ichish maqsadlari uchun, 1849,5-
sanoat va texnikaviy, 4486,5 m3 sug‘orish maqsadlari uchun ishlatiladi.
Yuqoridagilardan kelib chiqib, shuni aytish kerakki, yer osti suvlarini paydo
bo‘lish, sarflanish qonuniyatlarini bilish, ularni turlari, tarkibi, fizik, ximiyaviy
xususiyatlari, vujudga kelish, o‘zgarish sabablari to‘g‘risida bilimga ega bo‘lish
nihoyatda zarur. Talablarning bunday bilimga ega bo‘lishi Respublikasiz hududidagi
hozirgi vaqtda mavjud bo‘lgan yer osti suv zahiralarini ekologik jihatdan ehtiyot
qilish, saqlash, tejamkorlik bilan ishlatish imkoniyatini beradi.
Yer osti suvlarining paydo bo‘lish nazariyalari
Yer osti suvlarining kelib chiqishi to‘g‘risida qator fikr, nazariyalar va
klassifikatsiyalar mavjud (4.1.-rasm).
Ma’lum
nazariyalardan
eng
asosiylari
kondensatsiya,
infiltratsiya,
sedimentatsion va yuvenil nazariyalari hisoblananadi.
Kondensatsiya nazariyasining to‘ng‘ich nomoyondalaridan bo‘lib Aristotel
(e.a.III asr), nemis gidrogeologi Folger (XIX asrning ikkinchi yarimi, 1878 yillar),
rus tuproqshunos olimi A.F.Lebedev (1907-1919 yillar) va boshqalar hisoblanadi.
Ularni fikrlarini umumlashtirib, hamda suv bug‘larini yuqori bosimli hududlaridan
past bosimli hududlarga qarab harakat qilishini, yoz fasli mobaynida tog‘ jinslari va
tuproq tarkibidagi suv bug‘larining bosimini, atmosferadagi suv bug‘lari bosimiga
nisbatan past bo‘lishini va chuqurlikni ortishi bilan bosimni yanada o‘zgarib
borishini hisobga olinadigan bo‘lsa va bu harakat davomida haroratni o‘zgarishi, suv
bug‘larini tog‘ jinslari bo‘shliqlariga kirib borishi, undagi havoni suv bug‘lari bilan
o‘ta to‘yinishi hisobiga avval suv tomchilarini, so‘ngra suv oqimini vujudga kelish
jarayoni sodir bo‘lishini ko‘ramiz. Bu jarayonni ya’ni atmosfera bosimini o‘zgarishi,
issiq havo oqimini sovuq havo oqimi bilan uchrashishini, havoni suv bug‘lari bilan
8.1-rasm. Yer osti suvlarini genetik klassifikatsiyasi
to‘yinishi natijasida avvl suv tomchilarini, so‘ngra ma’lum hijmdagi ma’lum
yo‘nalishdagi yer osti suv oqimini vujudga kelishi kondensatsiya nazariyasini asosini
tashkil etadi (4.2.-rasm).
A
b
4.2-rasm. Insonlar tomonidan havo tarkibidagi kondensatsion suv bug‘larini
suv tomchilariga aylantirish yo‘llari (A.S.Xasanovdan, 2005)
a-issiq havo oqimining atmosfera bosimini qayta-qayta o‘zgarishi (kunduzi-
oshishi va kechasi pasayishi) jarayonida quduq tagiga yig‘ilish sxemasi: 1-ohaktosh
jinsi; 2-issiq havo oqimi; 3-kondensatsion suv tomchilari; 4-sovigan havo; 5-quduq
tubiga yig‘ilgan suv.
b-issiq havo oqimini atmosfera bosimini o‘zgarishi (tosh uyumlari orasidan
o‘tishi) jarayonida suv tomchilarini paydo bo‘lishi va kondensatsion suv oqimini
vujudga kelish sxemasi: 1-harsangtoshlar; 2-issiq atmosfera oqimi; 3-sovigan havo;
4-kondensatsion suv.
Suvni bu zaylda bo‘lishini ota-bobolarimiz bundan bir necha yuz yillar avval
yaxshi bilishgan. Suvsiz cho‘l hududlarida quduqlar qizish, tosh uyumlaridan
piramidalar qurish yo‘li bilan suv to‘plaganlar, millionlab qo‘y, yuz minglab
tuyalarni mana shu suv hisobiga boqqanlar. Bunda quruq tog‘ jinsi qatlamida
qazilgan quduqni chet devorlarida, atmosfera havo bosimining sutka davomida
keskin o‘zgarishi, hamda atmosferadagi va jinsdagi mavjud suv bug‘lari bosimining
va haroratni turlicha bo‘lishi hisobiga avval suv tomchilari, keyin bu tomchilarning
bir-birlari bilan qo‘shilishi natijasida suv hosil bo‘lishini ular amalda sinovdan
o‘tkazishgan.
Infiltratsiya nazariyasiga asosan yer sathiga tushayotgan yog‘inning (yomg‘ir,
qor, jala) tog‘ jinslari g‘ovaklari, yoriqlari orqali va qatlamlari bo‘ylab sizib o‘tib suv
o‘tkazmaydigan qatlamgacha yetib borishi, ana shu qatlamning ustki qismida
yig‘ilishi natijasida hosil bo‘ladi. (4.3 - rasm).
Infiltratsiya suvining vujudga kelishi u yoki bu hududga tushadigan
yog‘inning miqdoriga, tog‘ jinslarining g‘ovaklik darajasiga, yer sathi tuzilishiga,
uning dengiz sathiga nisbatan absolyut balandligiga bog‘liq holda sodir bo‘ladi.
Shuningdek bu yer osti suvining paydo bo‘lishida yerni ustki qismida mavjud
bo‘lgan daryo, ko‘l, kanal, suv omborlaridagi suvlar ham qatnashadi. Bu
manbalardan suvni sizib o‘tishi jarayonida yer osti qatlamlarida butunlay yangi, yer
osti oqimi vujudga kelishi yoki mavjud yer osti suvlarini xajm jihatdan boyishi va
uni sathini ko‘tarilishi yuz berishi mumkin.
Yer osti suvlarining vujudga kelishida yerning qatlamlarida yuz beradigan
jarayonlar, jumladan: magmani yuqoriga ko‘tarilishi vaqtida ajraladigan suv
parlarini kondensiyalanishi va suyulishi, vodorod va kislorod molekulalarining
sintez qilinishi, minerallar tarkibidagi suvlarni yuqori bosim va haroratda ajralishi
sabab bo‘lishi ham mutaxassislar tomonidan ko‘rsatilgan. Bunday yo‘llar bilan xosib
bo‘ladigan suvlarni fanda yuvenil suvlari deb nomlanadi.
Yer osti suvlarini paydo bo‘lishining yuvenil gipotezasi birinchi marta
avstraliyalik geolog E.Zyuss tomonidan 1902 yili taklif qilingan. Uning xulosalari
geyzer va termal suvlari ustida olib borilgan tadqiqot ishlari natijalariga asoslangan.
8.3-rasm.
Atmosfera
yo\inining
yer
=atlamlariga singishi natijasida vujudga
kelgan yer osti suvlarini o=im sxemasi
(N.N.Maslovdan, =isman izgartirilgan). 1-
yer osti suvini paydo bo‘lish xududi; 2-yer
osti
suvi
va
uni
o=imini
harakat
yo‘nalishini ta’minlovchi \ovak to\ jinsi
=atlami; 4-yer osti suv o=imini yer
yuzasiga bulo= xolatida chi=ishi; 5-yer
osti suvining yer yuzasiga chi=ib, daryo
suviga =o‘shilishi va uni to‘yintirish xolati
Keyinchalik bu yo‘nalishda nemis mutaxassisi B.Lerx va kanadalik T.Xandlar ham
ish olib boradilar. Olib borilgan bu tadqiqot ishlari xozirgi vaqtda gidrogeoximiya
fan yo‘nalishini vujudga kelishiga asos soldi. (Pinsker, 1980; Xasanov, 2005).
Yer osti suvlarining paydo bo‘lishi tog‘ jinslarini dastlabki yotqizilish davri
bilan bog‘liqligi to‘g‘risida ham ma’lumotlar mavjud. Tog‘ jinslarini yotqizilish
davri bilan bog‘liq bo‘lgan bunday suvlarni sedimentatsion suvlar deb ataladi.
Umuman, xulosa qilib shuni ta’kidlamoq kerakki, yer osti suvlarining vujudga
kelishi Yerning ichki qismida sodir bo‘ladigan endogen va yerni ustki qismida sodir
bo‘ladigan ekzogen hamda Yer atmosferasi qatlamlarida sodir bo‘ladigan jarayonlar
bilan, ularni o‘zaro ta’sir doirasiga bog‘liq xolda yuz beradi.
Yer osti suvlarining klassifikatsiyasi
Yer osti suvlarini ma’lum guruhlarga ajratilishida, ya’ni klassifikatsiyalashda
ularni vujudga kelish sharoiti, qaysi guruhdagi tog‘ jinslari qatlamlarda
joylashganligi yoki yotish sharoiti va holati, paydo bo‘lish davri, harorati, fizik
xossalari, tarkibidagi mavjud erigan tuzlarni miqdori va boshqa xususiyatlari
hisobga olinadi.
Yer osti suvlari paydo bo‘lish sharoitiga qarab infiltratsion, kondensation,
sedimentatsion va kovenil suvlariga ajratiladi. Bu suvlar to‘g‘risida yuqorida
ma’lumot berildi.
Yer osti suvlari tog‘ jinslari qatlamlarida yotish sharoitiga qarab quyidagi
turlarga bo‘linadi: 1. g‘ovak suvlar-yer qobig‘ining eng yuqoriga,yuza qismini
tashkil qiluvchi tog‘ jinslari g‘ovaklaridagi suvlar. Bu suvlar asosan to‘rtlamchi
davrning allyuvial, allyuvial-prolyuvial genetik guruhidagi jinslar g‘ovaklarini
egallab yotadi; 2. g‘ovak-qatlamli va yoriq-qatlamli suvlari bo‘lib, asosan neogen,
paleogen, bo‘r, yura davrlarining g‘ovak (qum, shag‘al, alevrolit va b.q.) va yoriqlari
bo‘lgan yarim qoya (ohaktosh, qumtosh va h.k.) tog‘ jinslariga xos yoriq suvlar. Bu
suvlar harakat qiluvchi qatlamlar ko‘p xolatlarda yuqori va pastki qismi bo‘ylab suv
o‘tkazmaydigan tog‘ jnslari (gil va yoriqlari bo‘lmagan boshqa jinslar) bilan
to‘silgan bo‘ladi; 3. Yoriq suvlar-qoya tog‘ jinslari (granit, ohaktosh, parfir,
granodiorit, tuf va yu.q.) yoriqlari bo‘ylab harakat qiluvchi suvlar; 4. Karst suvlar-
asosan ohaktoshlarda, gipslarda, tuzli jinslarda, ularni yuvilish oqibatida vujudga
keladigan bo‘shliqlar-karst bo‘shliqlari orqali harakat qiluvchi suvlar; 5. Yoriq tomir
suvlar bo‘lib, bu suvlar tektonik yoriqLar ko‘p tarqalgan yer qobig‘i qismlariga xos.
Yer osti suvlari gidravlik xususiyatlariga ko‘ra bosimsiz va bosimli turlarga
bo‘linadi: Bosimsiz suvlar erkin sathiga ega bo‘lsa, bosimli suvlar mavjud bo‘lgan
suvli qatlam yuqori qismidan suv o‘tkazmaydigan suv to‘sar jins qatlami bilan
ajralgan bo‘ladi va doimiy holatda gidrostatik bosim ostida bo‘ladi.
Yer osti suvlari o‘z tarkibida erigan holatdagi tuzlarning miqdoriga qarab:
chuchuk (erigan tuzlar 1g/l gacha), sho‘rroq (erigan 1g/l dan 10 g/l gacha) sho‘r (10-
50 g/l), namakob (erigan tuzlarni miqdori 50 g/l dan ko‘p) suvlarga bo‘linadi.
O‘zining tabiiy haroratiga qarab yer osti suvlari juda sovuq (harorat 5oS dan
kam), sovuq (10oS), iliq (18oS), iliqroq (25oS), issiq (37-42oS), o‘ta issiq yoki
termal (42oS dan yuqori) suv turlariga bo‘linadi.
Yer osti suvlari qaysi davr tog‘ jinslari qatlamlarida mavjudligiga qarab u
o‘sha davr nomi bilan atalishi mumkin. Masalan, bo‘r, trias, toshko‘mir, devon davri
jinslaridagi suvlar va h.k.
Anion va kationlarning miqdoriga qarab, hamma suvlar klasslarga,
guruhlarga, xillarga ajratiladi. Jumladan anionlarga qarab: gidrokarbonatli
(HCO3CO2), sulfatli (SO4), xlorli (CI) suvlarga;
Kationlarga qarab: kalsiyli (Ca), magniyli (Mg) va natriyli (Na) suvlarga
ajratiladi.
Har bir guruh o‘z navbatida kation va anionlarni bir-biriga bo‘lgan nisbatiga
qarab 4 xilga bo‘linadi:
Birinchi xil
HCO-3Ca2Mg2
Ikkinchi xil
HCO-3 Ca2Mg2HCO3SO42-
Uchinchi xil
HCO-3SO42Ca2Mg2
To‘rtinchi xil
HCO-30 (nordon suvlar)
Tabiatda yer osti suvlari tarkibida tuzlardan tashqari gazlar ham uchraydi. Bu
gazlarning suvdagi miqdoriga qarab ular karbonat angidritli, oltingugurtli, radionli
va b.q. suvlarga ajratiladi. Bu suvllar ko‘p holatlarda davolash xususiyatiga ega
bo‘lganligi uchun ularni shifobaxsh suvlar deb ham ataladi. Bunday suvlar
Respublikamizning Toshkent viloyati («Toshkent mineral suvi», «Zangiota»,
Parkent tumanidagi «qo‘tirbuloq» suvi va h.k.), Farg‘ona vodiysining deyarli hamma
viloyatlarida («Chortoq, «Chimen» va b.q.) keng tarqalgan.
Yer osti suvlari tarkibidan u yoki bu miqdordagi sanoat ahamiyatiga ega
bo‘lgan ximiyaviy moddalarni (yod, brom va b.q.) ajratib olish ham mumkin.
Shunday suvlar yodli, yod-bromli, bromli suvlar deb ataladi. Bunday suvlar
mamlakatimizning Farg‘ona vodiysi hududlarida mavjud.
Yer osti suvlarining yuqorida keltirilgan klassifikatsiyalari asosan xususiy
harakterga ega bo‘lib, amaliyotda yer osti suvlarini umumiy klassifikatsiyalari ham
mavjud. Bulardan asosiylari: F.P.Sovarenskiy (1939y), A.M.Ovchinnikov (1949y),
N.I.Tolstixin (1954y), O.K.Lange (1958), M.B.Altovskiy (1958), I.K.Zaysev
(1961y),
Ye.V.Pinneker
(1979y)
klassifikatsiyalari
hisoblanadi.
Umumiy
klassifikatsiyani tuzishda ularni yotish sharoitidan tortib, boshqa xossa va
xususiyatlari hisobga olinadi. F.P.Sovarenskiy yer osti suvlarini: tuproq
(pochvannoz), yuqori suvli qat (verxovodka), grunt, karst, artezion, yoriq suvlariga;
A.M.Ovchinnikov-aerotsiya zonasi suvi, grunt va artezian suvlariga; N.I.Tolstixin-
yuqori suvli qat, grunt, qatlamlararo bosimsiz, qatlamlararo bosimli, issiq termal, yer
qobig‘i osti va magma suvlariga; M.Ye.Altovskiy-grunt, artezian, poydevor
qatlamlaridagi suvlarga, tektonik yoriqlardagi hamda karst suvlarga; O.K.Lange-
tuproq, grunt, qatlamlararo, I.K.Zaysev qatlam, yoriq-tomir; Ye.V.Pinneker-
quruqlik, dengiz va okean osti suvlarga ajratishgan.
Mavjud umumiy klassifikatsiyalarni tahlil qilish va ularni xozigi vaqtidagi
fandagi o‘rnini hisobga olgan holda yer osti suvlarini 6 guruhga ajratib chiqishni
lozim deb topdik. Bular: 1. Aeratsiya zonasi suvlari; 2. Grunt; 3. Artezion; 4. Karst;
5. Yoriq; 6. qobiq osti suvlar. Kitobning davomida yer osti suvlari, ularni tarqalish,
xossa va xususiyatlari ana shu ketma-ketlik asosida beriladi.
Takrorlash va tekshirish uchun savollar
Yer qobig‘idagi va Respublikamiz hududlarida mavjud bo‘lgan yer osti
suvlarining miqdori to‘g‘risida gapirib bering.
Yer osti suvlarini paydo bo‘lishidagi asosiy nazariyalar to‘g‘risida ma’lumot
bering.
Yer osti suvlarining klassifikatsiyalari qanday omillarga asosan tuziladi?