Yer osti suvlari gidrokimyosi

Yuklangan vaqt

2024-12-30

Yuklab olishlar soni

1

Sahifalar soni

5

Faytl hajmi

28,7 KB


 
 
 
 
 
 
 
Er osti suvlari gidrokimyosi 
 
 
Ushbu mavzuning asosiy maqsadi o‘quvchilarga er osti suvlarining kimyoviy 
tarkibi va gidrokimyoviy rejimi hamda ularga ta’sir etuvchi omillar haqida bilim 
berishga qaratilgan. SHuningdek, mavzuda er osti suvlarini minerallashuv 
darajasiga ko‘ra guruhlash, grunt suvlari, artezian suvlari va ularning o‘ziga xos 
xususiyatlari, chuchuk filtratsion suvlar va qatlamlararo er osti suvlari hamda 
shifobaxsh mineral suvlar haqida ma’lumotlar keltiriladi. 
Reja: 
1. Er osti suvlarining kimyoviy tarkibi va gidrokimyoviy rejimiga ta’sir etuvchi 
omillar; 
2. Er osti suvlarini minerallashuv darajasiga ko‘ra guruhlash; 
3. Grunt suvlari va ularning hosil bo‘lishini belgilovchi omillar; 
4. Artezian suvlari va ularning o‘ziga xos xususiyatlari; 
5. CHuchuk filtratsion suvlar va qatlamlararo er osti suvlari; 
6. Er qa’rida chuqur joylashgan er osti suvlari; 
7. SHifobaxsh er osti suvlari haqida. 
 
 Er osti suvlarining kimyoviy tarkibi, minerallashuv darajasi va umuman 
gidrokimyoviy rejimi er usti suvlari bilan chambarchas bog‘liq bo‘lib, bir qator 
tabiiy geografik omillar bilan aniqlanadi. Bu bog‘liqlik er osti suvlari qancha yuzada 
joylashgan bo‘lsa, shuncha sezilarli bo‘ladi. Er osti suvlarining gidrokimyoviy 
rejimiga joyning geografik o‘rni, geologik tuzilishi, relefi, iqlim sharoiti va tuproq 
qoplami ham ma’lum darajada ta’sir ko‘rsatadi. Masalan, shimoliy hududlarda er 
osti suvlari nisbatan toza, ya’ni ularning minerallashuv darajasi kichik bo‘ladi. 
Janubga tomon esa havo haroratning ko‘tarila borishi va shunga mos ravishda tuproq 
qoplami hamda er sirtidan bug‘lanishning ortishi bilan er osti suvlari tarkibida erigan 
Er osti suvlari gidrokimyosi Ushbu mavzuning asosiy maqsadi o‘quvchilarga er osti suvlarining kimyoviy tarkibi va gidrokimyoviy rejimi hamda ularga ta’sir etuvchi omillar haqida bilim berishga qaratilgan. SHuningdek, mavzuda er osti suvlarini minerallashuv darajasiga ko‘ra guruhlash, grunt suvlari, artezian suvlari va ularning o‘ziga xos xususiyatlari, chuchuk filtratsion suvlar va qatlamlararo er osti suvlari hamda shifobaxsh mineral suvlar haqida ma’lumotlar keltiriladi. Reja: 1. Er osti suvlarining kimyoviy tarkibi va gidrokimyoviy rejimiga ta’sir etuvchi omillar; 2. Er osti suvlarini minerallashuv darajasiga ko‘ra guruhlash; 3. Grunt suvlari va ularning hosil bo‘lishini belgilovchi omillar; 4. Artezian suvlari va ularning o‘ziga xos xususiyatlari; 5. CHuchuk filtratsion suvlar va qatlamlararo er osti suvlari; 6. Er qa’rida chuqur joylashgan er osti suvlari; 7. SHifobaxsh er osti suvlari haqida. Er osti suvlarining kimyoviy tarkibi, minerallashuv darajasi va umuman gidrokimyoviy rejimi er usti suvlari bilan chambarchas bog‘liq bo‘lib, bir qator tabiiy geografik omillar bilan aniqlanadi. Bu bog‘liqlik er osti suvlari qancha yuzada joylashgan bo‘lsa, shuncha sezilarli bo‘ladi. Er osti suvlarining gidrokimyoviy rejimiga joyning geografik o‘rni, geologik tuzilishi, relefi, iqlim sharoiti va tuproq qoplami ham ma’lum darajada ta’sir ko‘rsatadi. Masalan, shimoliy hududlarda er osti suvlari nisbatan toza, ya’ni ularning minerallashuv darajasi kichik bo‘ladi. Janubga tomon esa havo haroratning ko‘tarila borishi va shunga mos ravishda tuproq qoplami hamda er sirtidan bug‘lanishning ortishi bilan er osti suvlari tarkibida erigan  
 
 
tuzlar miqdori ham ortib boradi. 
Er osti suvlarining kimyoviy tarkibi  suv va tog‘ jinslari orasidagi o‘zaro 
ta’sirlashuv jarayoni bilan ham bog‘liqdir. SHu va yuqorida qayd etilgan omillar 
ta’sirida ularning minerallashuv darajasi esa 100­150 mg/l dan bir necha 10 g/l 
qiymatlar oralig‘ida o‘zgaradi.  
Taniqli tabiatshunos olim V.I.Vernadskiy er osti suvlarini minerallashuv 
darajasiga ko‘ra quyidagi guruhlarga ajratgan: 
- toza suv, uning tarkibida erigan tuzlar miqdori 1 g/l dan kichik; 
­ o‘rtacha sho‘r, erigan tuzlar miqdori 1 - 10 g/l oralig‘ida; 
­ sho‘r suvlar, erigan mineral tuzlar miqdori 10 g/l dan ko‘p. 
Er po‘stining yuza qismida  joylashgan va quyidan birinchi suv o‘tkazmas qatlam 
bilan chegaralangan  er osti suvlari grunt suvlari deb ataladi. Grunt suvlarining yana 
bir xususiyati shundaki,  ular bosimga ega bo‘lmaydi.                                                                    
Turli tabiat zonalarida joylashgan grunt suvlarining kimyoviy tarkibi shu joyda 
kechadigan geokimyoviy jarayonlar yo‘nalishiga bog‘liq bo‘ladi. Masalan, ortiqcha 
namli hududlardagi grunt suvlarining minerallashuvi kichik bo‘lsa, quruq iqlimli, ya’ni 
namlik etarlicha bo‘lmagan joylarda esa ularning minerallashuv darajasi yuqori bo‘ladi. 
Grunt suvlari minerallashuvning tabiat zonalari bo‘yicha o‘zgarishi 
Tabiat 
 zonalari 
Namlanish koeffitsienti 
(N.N.Ivanov bo‘yicha) 
Namlanish 
darajasi 
Minerallashuv 
darajasi, g/l  
Tundra 
>1,50 
Ortiqcha 
  0,30 
O‘rmon 
1,49-1,00 
Etarli 
0,30 - 0,10 
 O‘rmon-dasht 
0,99-0,60 
O‘rtacha 
1,0 - 3,0 
Dasht 
0,59-0,30 
Etarli emas 
50 - 100 
CHala-cho‘l 
0,29-0,13 
Kam 
100 - 150 
CHo‘l 
0,12-0,00 
Juda kam 
200 - 220 
 
YUza suvlar donador tuproqlar yoki qumdan sizib o‘tganda, ularga juda oz 
miqdorda tuz aralashadi. Natijada ulardan to‘yinadigan grunt suvlarining 
minerallashuvi ham kichik bo‘ladi. YUza suvlar qora va kashtan tuproqlar, ayniqsa 
sho‘rxok tuproqlar qoplamidan sizib o‘tish jarayonida ko‘proq tuzlarni eritadi. SHu 
tuzlar miqdori ham ortib boradi. Er osti suvlarining kimyoviy tarkibi suv va tog‘ jinslari orasidagi o‘zaro ta’sirlashuv jarayoni bilan ham bog‘liqdir. SHu va yuqorida qayd etilgan omillar ta’sirida ularning minerallashuv darajasi esa 100­150 mg/l dan bir necha 10 g/l qiymatlar oralig‘ida o‘zgaradi. Taniqli tabiatshunos olim V.I.Vernadskiy er osti suvlarini minerallashuv darajasiga ko‘ra quyidagi guruhlarga ajratgan: - toza suv, uning tarkibida erigan tuzlar miqdori 1 g/l dan kichik; ­ o‘rtacha sho‘r, erigan tuzlar miqdori 1 - 10 g/l oralig‘ida; ­ sho‘r suvlar, erigan mineral tuzlar miqdori 10 g/l dan ko‘p. Er po‘stining yuza qismida joylashgan va quyidan birinchi suv o‘tkazmas qatlam bilan chegaralangan er osti suvlari grunt suvlari deb ataladi. Grunt suvlarining yana bir xususiyati shundaki, ular bosimga ega bo‘lmaydi. Turli tabiat zonalarida joylashgan grunt suvlarining kimyoviy tarkibi shu joyda kechadigan geokimyoviy jarayonlar yo‘nalishiga bog‘liq bo‘ladi. Masalan, ortiqcha namli hududlardagi grunt suvlarining minerallashuvi kichik bo‘lsa, quruq iqlimli, ya’ni namlik etarlicha bo‘lmagan joylarda esa ularning minerallashuv darajasi yuqori bo‘ladi. Grunt suvlari minerallashuvning tabiat zonalari bo‘yicha o‘zgarishi Tabiat zonalari Namlanish koeffitsienti (N.N.Ivanov bo‘yicha) Namlanish darajasi Minerallashuv darajasi, g/l Tundra >1,50 Ortiqcha  0,30 O‘rmon 1,49-1,00 Etarli 0,30 - 0,10 O‘rmon-dasht 0,99-0,60 O‘rtacha 1,0 - 3,0 Dasht 0,59-0,30 Etarli emas 50 - 100 CHala-cho‘l 0,29-0,13 Kam 100 - 150 CHo‘l 0,12-0,00 Juda kam 200 - 220 YUza suvlar donador tuproqlar yoki qumdan sizib o‘tganda, ularga juda oz miqdorda tuz aralashadi. Natijada ulardan to‘yinadigan grunt suvlarining minerallashuvi ham kichik bo‘ladi. YUza suvlar qora va kashtan tuproqlar, ayniqsa sho‘rxok tuproqlar qoplamidan sizib o‘tish jarayonida ko‘proq tuzlarni eritadi. SHu  
 
 
tufayli ulardan to‘yinadigan grunt suvlari tarkibida erigan tuzlar miqdori ham katta 
bo‘ladi.  
Ortiqcha namli zonalarda barcha eruvchan kimyoviy birikmalar tuproq hamda 
gruntlar tarkibidan yuvilib ketadi va ular daryolarga borib tushadi. Ma’lumki, 
qurg‘oqchil zonalarda kimyoviy nurash jarayoni juda sust boradi. Barcha turdagi tog‘ 
jinslaridan dastlab oson eruvchanlik xususiyatiga ega bo‘lgan xloridlar yuvilib ketadi. 
SHu tufayli atmosfera yog‘inlari kam yog‘adigan quruq iqlimli zonalarda xloridli grunt 
suvlari vujudga keladi. Agar sulfatlar ko‘proq erisa, sulfat tuzli suvlar hosil bo‘ladi. 
Ishqorsizlanishning so‘nggi bosqichida esa karbonatlar erib, gidrokarbonatli grunt 
suvlari hosil bo‘ladi. 
Grunt suvlarining kimyoviy tarkibi joyning relefi va tog‘ jinslarining xarakteriga 
ham bog‘liq bo‘ladi. Joyning relefi grunt suvlarining tez yoki sekin harakatlanishini va 
ayni paytda ularning tog‘ jinslari bilan ta’sirlashuv jarayoni vaqti davomiyligini 
belgilaydi. SHuningdek, grunt suvlarining kimyoviy tarkibi tog‘ jinslaridagi tuzlarning 
erishi hamda shu jarayon davomida suv bilan tog‘ jinslari orasida anion va kationlarning 
o‘zaro almashinuvi natijasida ham o‘zgaradi. 
Grunt 
suvlarining 
kimyoviy 
tarkibi 
ularni 
to‘yintiruvchi 
suvlarning 
gidrokimyoviy rejimiga ham bog‘liq. Masalan, atmosfera yog‘inlari chuchuk grunt 
suvlarini hosil qiladi. Dengizdan quruqlikka sizib o‘tgan suvlar tarkibida esa tuzlar ko‘p 
bo‘ladi. SHu holatlarga bog‘liq holda grunt suvlari to‘planadigan tabiiy botiqlardagi 
suvlar chuchuk yoki turli darajada minerallashgan bo‘lishi ham mumkin.  
Er sirtining ikkita suv o‘tkazmas qatlamlari orasidagi er osti suvlaridan bosimli, 
ya’ni  artezian suvlari hosil bo‘ladi. Ko‘rinib turibdiki, ular grunt suvlariga nisbatan 
chuqurroq joylashgan va kimyoviy tarkibiga ko‘ra turlicha bo‘ladi. Agar artezian suvlar 
tarkibida erigan moddalar miqdori 1 g/l dan kichik bo‘lsa, bu suv chuchuk, erigan 
moddalar miqdori 1 g/l – 50 g/l oralig‘ida bo‘lsa - minerallashgan, 50 g/l dan ortiq 
bo‘lganda esa sho‘r suv deyiladi. Artezian suvlar tarkibida gazlar ba’zan shu qadar ko‘p 
bo‘ladiki, bu suvlar er yuzasiga otilib chiqqandan so‘ng ham ulardan turli tarkibli gazlar 
ajralib chiqishda davom etadi.  
Umuman olganda, aksariyat hollarda, 100 - 600m oraliqdagi chuqurliklarda 
joylashgan er osti suvlari chuchuk bo‘ladi.  CHunki, bu suvlar minerallashuv darajasi 
kichik bo‘lgan atmosfera yog‘inlari, er usti va grunt suvlarining erga shimilishi 
tufayli ulardan to‘yinadigan grunt suvlari tarkibida erigan tuzlar miqdori ham katta bo‘ladi. Ortiqcha namli zonalarda barcha eruvchan kimyoviy birikmalar tuproq hamda gruntlar tarkibidan yuvilib ketadi va ular daryolarga borib tushadi. Ma’lumki, qurg‘oqchil zonalarda kimyoviy nurash jarayoni juda sust boradi. Barcha turdagi tog‘ jinslaridan dastlab oson eruvchanlik xususiyatiga ega bo‘lgan xloridlar yuvilib ketadi. SHu tufayli atmosfera yog‘inlari kam yog‘adigan quruq iqlimli zonalarda xloridli grunt suvlari vujudga keladi. Agar sulfatlar ko‘proq erisa, sulfat tuzli suvlar hosil bo‘ladi. Ishqorsizlanishning so‘nggi bosqichida esa karbonatlar erib, gidrokarbonatli grunt suvlari hosil bo‘ladi. Grunt suvlarining kimyoviy tarkibi joyning relefi va tog‘ jinslarining xarakteriga ham bog‘liq bo‘ladi. Joyning relefi grunt suvlarining tez yoki sekin harakatlanishini va ayni paytda ularning tog‘ jinslari bilan ta’sirlashuv jarayoni vaqti davomiyligini belgilaydi. SHuningdek, grunt suvlarining kimyoviy tarkibi tog‘ jinslaridagi tuzlarning erishi hamda shu jarayon davomida suv bilan tog‘ jinslari orasida anion va kationlarning o‘zaro almashinuvi natijasida ham o‘zgaradi. Grunt suvlarining kimyoviy tarkibi ularni to‘yintiruvchi suvlarning gidrokimyoviy rejimiga ham bog‘liq. Masalan, atmosfera yog‘inlari chuchuk grunt suvlarini hosil qiladi. Dengizdan quruqlikka sizib o‘tgan suvlar tarkibida esa tuzlar ko‘p bo‘ladi. SHu holatlarga bog‘liq holda grunt suvlari to‘planadigan tabiiy botiqlardagi suvlar chuchuk yoki turli darajada minerallashgan bo‘lishi ham mumkin. Er sirtining ikkita suv o‘tkazmas qatlamlari orasidagi er osti suvlaridan bosimli, ya’ni artezian suvlari hosil bo‘ladi. Ko‘rinib turibdiki, ular grunt suvlariga nisbatan chuqurroq joylashgan va kimyoviy tarkibiga ko‘ra turlicha bo‘ladi. Agar artezian suvlar tarkibida erigan moddalar miqdori 1 g/l dan kichik bo‘lsa, bu suv chuchuk, erigan moddalar miqdori 1 g/l – 50 g/l oralig‘ida bo‘lsa - minerallashgan, 50 g/l dan ortiq bo‘lganda esa sho‘r suv deyiladi. Artezian suvlar tarkibida gazlar ba’zan shu qadar ko‘p bo‘ladiki, bu suvlar er yuzasiga otilib chiqqandan so‘ng ham ulardan turli tarkibli gazlar ajralib chiqishda davom etadi. Umuman olganda, aksariyat hollarda, 100 - 600m oraliqdagi chuqurliklarda joylashgan er osti suvlari chuchuk bo‘ladi. CHunki, bu suvlar minerallashuv darajasi kichik bo‘lgan atmosfera yog‘inlari, er usti va grunt suvlarining erga shimilishi  
 
 
natijasida hosil bo‘ladi. Er osti suvlarining harakatlanishi qulay bo‘lgan sharoitlarda 
erga shimilgan chuchuk suv oqimlari o‘zidan chuqurroqda joylashgan  minerallashgan 
suvlarni siqib chiqarishi. Bu jarayon er osti suvlarining to‘yinish zonalarida jadal 
suratlarda kechadi va ularning o‘rnini butunlay egallashlari ham mumkin. 
Gidrokarbonatlar bilan kuchsiz minerallashgan, chuchuk filtratsion – er ostiga 
shimilgan suvlarning yuqori qatlami shu tarzda hosil bo‘ladi. 
 
CHuchuk filtratsion suvlardan pastda o‘rtacha minerallashgan suvlarning quyi 
qatlami joylashgan bo‘ladi. Ularning kimyoviy tarkibi ustki, ya’ni chuchuk suvlarning 
hamda pastki - kuchli minerallashgan suvlarga aralashishidan hosil bo‘ladi. SHu tariqa 
er osti suvlarning kimyoviy tarkibi bir qatlamdan ikkinchi qatlamga tomon o‘zgarib 
boradi. Bu jarayonga er usti suvlarining shimilish jadalligi, har bir  qatlamdagi 
suvlarning kimyoviy tarkibi hamda ularni aralashish tezligi ta’sir etadi. Odatda quyi 
qatlamlardagi er osti suvlari sulfatli va ishqoriy gurug‘larga mansub bo‘ladi.  
 
Er qa’rida chuqur joylashgan mineral suvlarning hosil bo‘lishi qadimgi geologik 
jarayonlar bilan bog‘liqdir. Ularning genezisi, ya’ni kelib chiqishi turli geologik 
davrlarda dengiz suvlarining quruqlikka bostirib kirishi, ularning cho‘kindi tog‘ jinslari 
qatlamlari orasida qolib ketishi, shuningdek, er bag‘rida kechadigan boshqa jarayonlar 
bilan bog‘liqdir. Bu suvlar kuchli minerallashgan qatlamni hosil qiladi. Ular orasida 
xloridli sho‘r er osti suvlari keng tarqalgan. Xloridli-kalsiyli er osti suvlarining hosil 
bo‘lishi ham endogen, ya’ni erning ichki kuchlari bilan bog‘liqdir. 
Er osti suvlari kimyoviy tarkibi va minerallashuv darajasiga bog‘liq holda 
shifobaxshlik xususiyatlariga ham ega. Ularga tibbiyotda turli maqsadlarda 
qo‘llaniladigan shifobaxsh mineral suvlar misol bo‘ladi. Bu suvlar biologik faol 
xossalarga ega bo‘lib, kimyoviy jihatdan foydali komponentlar, jumladan, 
mikroelementlar, gazlar, organik moddalar bilan to‘yinganligi uchun inson 
organizimiga ijobiy fizologik ta’sir ko‘rsatadi. SHifobaxsh mineral suvlar karbonat 
angidridli, vodorod sulfidli, radonli, azotli, litiyli, ftorli, temirli, mishyakli, bromli, 
yodli, borli va kremniyli bo‘lishi mumkin. 
Sinov savollari va topshiriqlar: 
1. Er osti suvlarining kimyoviy tarkibi va gidrokimyoviy rejimiga ta’sir etuvchi 
omillarni aytib bering. 
2. Er osti suvlari minerallashuv darajasiga ko‘ra V.I.Vernadskiy tomonidan 
natijasida hosil bo‘ladi. Er osti suvlarining harakatlanishi qulay bo‘lgan sharoitlarda erga shimilgan chuchuk suv oqimlari o‘zidan chuqurroqda joylashgan minerallashgan suvlarni siqib chiqarishi. Bu jarayon er osti suvlarining to‘yinish zonalarida jadal suratlarda kechadi va ularning o‘rnini butunlay egallashlari ham mumkin. Gidrokarbonatlar bilan kuchsiz minerallashgan, chuchuk filtratsion – er ostiga shimilgan suvlarning yuqori qatlami shu tarzda hosil bo‘ladi. CHuchuk filtratsion suvlardan pastda o‘rtacha minerallashgan suvlarning quyi qatlami joylashgan bo‘ladi. Ularning kimyoviy tarkibi ustki, ya’ni chuchuk suvlarning hamda pastki - kuchli minerallashgan suvlarga aralashishidan hosil bo‘ladi. SHu tariqa er osti suvlarning kimyoviy tarkibi bir qatlamdan ikkinchi qatlamga tomon o‘zgarib boradi. Bu jarayonga er usti suvlarining shimilish jadalligi, har bir qatlamdagi suvlarning kimyoviy tarkibi hamda ularni aralashish tezligi ta’sir etadi. Odatda quyi qatlamlardagi er osti suvlari sulfatli va ishqoriy gurug‘larga mansub bo‘ladi. Er qa’rida chuqur joylashgan mineral suvlarning hosil bo‘lishi qadimgi geologik jarayonlar bilan bog‘liqdir. Ularning genezisi, ya’ni kelib chiqishi turli geologik davrlarda dengiz suvlarining quruqlikka bostirib kirishi, ularning cho‘kindi tog‘ jinslari qatlamlari orasida qolib ketishi, shuningdek, er bag‘rida kechadigan boshqa jarayonlar bilan bog‘liqdir. Bu suvlar kuchli minerallashgan qatlamni hosil qiladi. Ular orasida xloridli sho‘r er osti suvlari keng tarqalgan. Xloridli-kalsiyli er osti suvlarining hosil bo‘lishi ham endogen, ya’ni erning ichki kuchlari bilan bog‘liqdir. Er osti suvlari kimyoviy tarkibi va minerallashuv darajasiga bog‘liq holda shifobaxshlik xususiyatlariga ham ega. Ularga tibbiyotda turli maqsadlarda qo‘llaniladigan shifobaxsh mineral suvlar misol bo‘ladi. Bu suvlar biologik faol xossalarga ega bo‘lib, kimyoviy jihatdan foydali komponentlar, jumladan, mikroelementlar, gazlar, organik moddalar bilan to‘yinganligi uchun inson organizimiga ijobiy fizologik ta’sir ko‘rsatadi. SHifobaxsh mineral suvlar karbonat angidridli, vodorod sulfidli, radonli, azotli, litiyli, ftorli, temirli, mishyakli, bromli, yodli, borli va kremniyli bo‘lishi mumkin. Sinov savollari va topshiriqlar: 1. Er osti suvlarining kimyoviy tarkibi va gidrokimyoviy rejimiga ta’sir etuvchi omillarni aytib bering. 2. Er osti suvlari minerallashuv darajasiga ko‘ra V.I.Vernadskiy tomonidan  
 
 
qanday guruhlarga ajratilgan? 
3. Grunt suvlari qanday  hosil bo‘ladi? 
4. Grunt suvlarining asosiy xususiyatini bilasizmi? 
5. Artezian suvlari nima uchun bosimla bo‘ladi? 
6. CHuchuk filtratsion suvlarning hosil bo‘lish mexanizmini eslang. 
7. Qatlamlararo er osti suvlarining minarallashuvi chuqurlik bo‘yicha qanday 
o‘zgaradi? 
8. Er qa’rida chuqur joylashgan er osti suvlari qanday gidrokimyoviy 
xususiyatlarga ega? 
9. SHifobaxsh er osti suvlari haqida nimalarni bilasiz? 
 
qanday guruhlarga ajratilgan? 3. Grunt suvlari qanday hosil bo‘ladi? 4. Grunt suvlarining asosiy xususiyatini bilasizmi? 5. Artezian suvlari nima uchun bosimla bo‘ladi? 6. CHuchuk filtratsion suvlarning hosil bo‘lish mexanizmini eslang. 7. Qatlamlararo er osti suvlarining minarallashuvi chuqurlik bo‘yicha qanday o‘zgaradi? 8. Er qa’rida chuqur joylashgan er osti suvlari qanday gidrokimyoviy xususiyatlarga ega? 9. SHifobaxsh er osti suvlari haqida nimalarni bilasiz?