1
Yer osti suvlarining turlari va kelib chiqishi
Yer osti suvlarining balansi
Yer osti suvlarining balansi deganda, ma’lum vaqt davomida u yoki bu
hududdagi yer osti suv qatlamlariga tabiiy va texnogen omillar ta’siri ostida ma’lum
miqdordagi suvni oqib kirishi va sarflanish qonuniyatlari tushiniladi.
Yer osti suv balansining kirish qismi vujudga keltiradigan eng asosiy omillar
quyidagilardan iborat:
1.Yer osti suv balansi o‘rganilayotgan maydonga tushadigan atmosfera
yoinlarining suvli qatlamlarga singishi-A;
2.Suv bug‘larining kondensatsiyalanish, ya’ni quyuqlashishi natijasida hosil
bo‘ladigan suvlarni suvli qatlamlarga qo‘shilishi-K.
3.Yer osti suv oqimi-P. Bu oqim o‘z navbatida quyidagilardan tashkil topadi: P1-
yon tomondan oqib kirayotgan suv oqimi; P2-yer usti suv xavzalaridan (daryo, ko‘l,
suv omborlari, kanallar va b.q.) sizib o‘tayotgan suv oqimi; P3-pastki suv
gorizontlaridan ko‘tarilayotgan suv oqimi.
Yer osti suvlari balansining sarflanish qismini tashkil qiluvchi omillar:
1.Yer osti suvlarining yer sathi tomon ko‘tarilishi jarayonda yuz beradigan,
hamda o‘simliklar barglari orqali bo‘ladigan bug‘lanish oqibatida sodir bo‘ladigan
sarf-U.
2.Yer osti suv oqimini ma’lum yo‘nalishda harakat qilishi (S) jarayonida yer
yuzasiga oqib chiqishi, yer usti suv manbalariga qo‘shilayotgan suv sarfi-S1.
3.Pastki chuqur va gorizontlarga (qatlamlariga) sizib kirishi oqib o‘tishi
jarayonida sodir bo‘ladigan suv sarfi-S2.
Yuqoridagilarni hisobga olib ma’lum maydonda t muddatga to‘g‘ri keladigan yer
osti (grunt) suvlari balansining tenglamasini quyidagicha yozish mumkin (Ergashev,
1990):
2
2
1
3
2
1
C
C
U
П
П
П
П
K
A
W
Amaliyotda yer osti suvlari oqim balansini o‘rganish ma’lum balans
maydonlarida olib boriladi. Ba’zan yuqorigi formuladagi hamma xodlar balans
maydonini to‘liq harakterlamasligi ham mumkin. Ya’ni, balans tenglamasida chuqur
qatlamlardagi yer osti suvlarining bog‘lanishiga bo‘ladigan sarf (U), hamda suv
o‘tkazmaydigan qatlamlardan yuqoriga suvni sizib o‘tish jarayonida vujudga
keladigan S2va P3 sarflarining yuz bermasligi tenglamada qatnashmasligi mumkin.
Bunday holatlarda tenglama quyidagicha ifodalanadi:
C
U
П
K
A
h
tenglamalarda
W
-vaqt (kun, oy, yillar) mobaynida yer osti suvlari zaxirasini
o‘zgarib borishi;
t
h
-vaqt davomida suv sathining o‘rtacha o‘zgarishi; -tog‘
jinslarining suv chiqarish koeffsiyenti (
h
manfiy qiymatga ega bo‘lganda) va suvga
to‘yinish tanqisligi (
h
musbat qiymatga ega bo‘lganda);
h
-qiymat fasl, va ko‘p
yillar davomida o‘zgarib turadi.
Yer osti suvlarining sathi ko‘tarilganda
h
ning qiymati musbat, pasayganda
manfiy bo‘ladi.
Bu yerda shuni ham ta’kidlab o‘tish joizki, agar grunt suvlari rejimi sun’iy
ravishda buzilgan bo‘lsa, balans tenglamasida suv bilan ta’minlash uchun sarf
bo‘ladigan suv bilan ta’minlash uchun sarf bo‘ladigan suv sarfi-V, zovurga oqib
kelayotgan suv sarfi-D, sug‘orish kanallaridan va sug‘orish yerlaridan suv sarfi
(miqdori)-Fk ni hisobga olmoq lozim. Oqib kelayotgan yer osti suv miqdori, oqib
chiqib ketayotgan suv miqdoridan (sarfidan) oshib ketsa, maydonni suv bosadi, ya’ni
zaxlash jarayoni sodir bo‘ladi. Bunday xolatlarga katta maydonlarda vujulga
keladigan suv balansini o‘rganish, yer osti suvlari rejimini tartibga solishda katta
ahamiyat kasb etadi.
M.M.Krilov (1947) O‘zbekistonning sug‘oriladigan maydonlaridagi yer osti
suvlarini har tomonlama o‘rganib, respublikamizning sug‘oriladigan yerlari uchun
quyidagi balans tenglamasini taklif etgan:
U
K
W
Q
Q
W
f
f
f
xf
H
b
k
n
2
1
bu yerda:
-gruntlarni suv berish qobiliyati;
3
-yer osti grunt suvlarining sathini o‘zgarishi,m;
xf-havo yog‘inining bir qismini grunt suvlari sathiga borib qo‘shilishi, m3;
fn-ekin maydonlariga sug‘orish uchun berilgan suvni bir qismini yer osti suv
sathiga sizib o‘tishi, m3;
fk-yer usti suv manbalaridan ma’lum qism suvni yer osti grunt suvlariga sizib
o‘tib qo‘shilishi, m3;
fb-yer osti suvlarini buloqlar holatida sarflanishi, m3;
W-sug‘orilayotgan massivning maydoni, m2;
Q1-maydonga oqib kelayotgan grunt suv oqimi,m3;
Q2-maydondan oqib chiqib kelayotgan grunt suv oqimi, m3;
K-grunt suvlarini kondensatsiya yo‘li bilan oziqlanishi, m3;
U-suvlarni bug‘lanishi (trasipiratsiya va b.q.), m.
Tenglamalardagi yer osti suvlari balansining «Kirish» va «Sarflanish» qismlari,
oylar, fasllar, yillar mobaynida, ba’zan to‘satdan vujudga keluvchi tabiiy (atmosfera
yog‘inining ko‘p oz bo‘lishi, kuchli yer qimirlashlar jarayonida yerni ostki va ustki
qismlarida yoriqlarni paydo bo‘lishi va b.q.) va tabiiy bo‘lmagan (insonlarning
injener va xo‘jalik faoliyatlari) omillar ta’sirida doimo o‘zgarib turadi. Agarda
balansning «kirish» qismi oshib ketgudek bo‘lsa, zaxlash, sho‘rlanish, surilish
jarayonlarining rivojlanishiga olib keladi. Aksincha «sarflanish» qismini oshib
ketishi yer osti suv sathlarining pasayib ketishiga, suv usti qatlamlarining
deffamatsiyalanishiga, natijada qator ikkilamchi jarayon va xodisalarni vujudga
kelishiga sababchi bo‘lishi mumkin.
6.2.Yer osti suvlarining rejimi
Yer osti suvlarining rejimi deganda, ularni sath chuqurliklarini (6.1-rasm),
haroratini, kimyoviy va gaz tarkibini, sarfini ma’lum vaqt mobaynida tabiiy va tabiiy
bo‘lmagan omillar ta’sirida miqdoriy va sifat jixatdan o‘zgarish qonuniyatlari
tushuniladi.
4
6.1-rasm. Yer osti suvlarining satx baladliklarini ko‘p yillar mobaynida o‘zgarib
turishini ko‘rsatuvchi chizma
(G‘.O.Mavlonov, S.Z.Zoxidov, M.M.Krilovlardan)
Yer osti suvlarining rejimiga ta’sir etuvchi tabiiy omillar jumlasiga quyidagilarni
ko‘rsatish mumkin:
1.Hududning geologik sharoiti (suvli qatlamlarning yotish xolatlari, litologik
tarkibi, qalinligi va b.q.);
2.Yer sathining geomorfologik tuzilishi (baland-pastligi, qiyaligi va b.q.);
3.Tektonik sharoiti (yoriqlarning, uzilma, surilmalarning mavjudligi, ularning
o‘lchamlari va x.k.);
4.Iqlim sharoiti (atmosfera yog‘inlarni, havo bosimi, havo harorati, namligiva
b.q.).
5.Yer usti suv xavzalarning (daryolar, ko‘llar va b.q.) mavjudligi oraliq masofasi
va b.q.
Yer osti suvlari rejimiga ta’sir ko‘rsatuvchi tabiiy bo‘lmagan omillarga
insonlarning injenerlik va xo‘jalik faoliyatlari bilan bog‘liq bo‘lgan hamma omillar
kiradi. Bular:
1.Suv omborlarini vujudga keltirilishi, daryolarni to‘silishi;
2.Kanallarni qazilishi va ularga suv berilishi;
3.Ekin maydonlarini sug‘orish ishlari, sug‘orish rejimini buzilishi;
5
4.Yer osti tabiiy tuzilishini o‘zgartirilishi;
5.Yer osti suvlari harakat yo‘nalishini hisobga olmasdan qurilgan har qanday
imorat va inshoatlar;
6.Yer osti suvlari balansini, rejimini hisobga olmagan holda ulardan rejasiz
ravishda foydalanish va b.q.
Tabiiy omillarning yer osti suvlari oqimiga uzoq geologik vaqtlar davomida
ta’sir etishi oqibatida ularni sathi, kimyoviy, gaz tarkibi va sarfining o‘rtacha ko‘p
yillik qiymatlari qandaydir darajada doimiy xolatga kelib qolshi mumkin. Masalan,
1955-1960 yillarda respublikamizning ko‘p hududlarida jumladan, Mirzacho‘l,
Chirchiq-Oxangaron daryolari oralig‘i va unga yaqin maydonlarda, qarshi
cho‘llarida va boshqa ko‘p maydonlarda yer osti suvlarining tabiiy sath chuqurligi
20-25 m dan pastda, mineralizatsiyalanish darajasi 0,5-1 g-l dan kam va ma’lum
tabiiy yo‘nalishdagi doimiy oqimga ega bo‘ladi. Lekin 60-yillarning boshlarida
boshlangan yangi yerlarni o‘zgartirilishi, qator kanallarni (shimoliy Toshkent,
janubiy Mirzacho‘l va b.q.) qurilishi, sug‘orish ishlarini rejasiz ravishda olib
borilishi oqibatida keyingi 40-45 yillar mobaynida yer osti suvlari tabiiy sathini
ko‘tarilishi yuz beradi, kimyoviy tarkibida miqdori va sifat jixatdan o‘zgarishlar
sodir bo‘ldi. Yer osti suvining sathi tabiiy holatga nisbatan 5-10 metrga xatto ba’zi
joylarda yer yuzasiga sizib chiqdi. Kimyoviy tarkibdagi tuzlarning miqdori 1,5-2 g-
l dan oshib ketdi. Natijada Mirzacho‘l yerlarning juda katta maydonlarida zaxlash,
ikkilamchi sho‘rlanish, botqoqlanish jarayonlari Respublikamiz hududidagi
shaharlar maydonlarida ham sodir bo‘ldi. Jumladan, Toshkent shahri hududida, 1966
yilgi «Toshkent zilzilasidan» keyingi olib borilgan keng miqyosidagi qurilish ishlari
jarayonida shaharni yer sath tuzilishida katta o‘zgarishlar sodir bo‘ldi, yer ustida
mavjud bo‘lgan irrigatsiya tarmoqlari yo‘nalishi o‘zgardi, tabiiy suv shaxoblaridan
anchagina qismi (Jangop, Chorsu, Zax, Kalkauz, Chuqir, Cho‘lponota va b.q.)
ko‘mib yuboriladi, ba’zan yer osti suv oqim yo‘nalishining tabiiy xolatlari qandaydir
darajada buzildi. Bular o‘z navbatda shahar maydonidagi mavjud grunt suvlarini
kimyoviy tarkibini o‘zgarishiga, suv sathining ko‘tarilib ketishiga sababchi bo‘ldi
(6.1-rasm). Hozirgi vaqtda shaharning juda katta qismida yer osti suvlari sathining
yiliga 0,45 mm tezlik bilan ko‘tarilib borayotganligi aniqlangan (N.G.Mavlonov,
6
I.A.Petruxina, 2000). Shuning uchun shaharda bunyod etilayotgan har qanday xalq
xo‘jaligi imorat va inshoatlarning (yirik binolar, metri yo‘nalishlari, ko‘pirlar va
x.k.) rejalashda va qurishda yer osti suvlari rejimiga e’tibor berish kerakligini doimo
nazarda tutilmog‘i lozim.
6.3.Yer osti suvlarining zaxirasi
Yer osti suvlarining xalq xo‘jaligining barcha tarmoqlari uchun nihoyatda
zarurligini hisobga olib, u yoki bu hududlardagi mavjud bo‘lgan yer osti suv konlari
va ularni zaxiralari hisoblab chiqiladi. Bu shaharlarni, sanoat markazlarini ichimlik
va texnik suvlari bilan qay darajada taminlash mumkinligini, ekin maydonlari uchun
zarur bo‘lgan yer osti suv miqdorini oldindan bilish va rejalash ishlarini amalga
oshirishda katta amaliy ahamiyatga ega.
N.A.Axmedov va A.A.Mavlonovlar ma’lumotlariga ko‘ra (2003 y) hozirgi
kunda respublikamizja 99 ta yer osti suv konlari ochilgan bo‘lib, ulardan 77 tasi toza
ichimlik suvi hisoblanadi. Bu konlardagi umumiy prognozli suv zaxirasi 66 mln. m3-
sut. Undan 41,6 mln.m3-sut. Suvning mineralizatsiyasi 1-5 g-l, 24,4 mln.m3-sut,
suvning mineralizatsiyasi esa 1 g-l gacha. Umumiy prognoz qalinligi suv zaxirasi
viloyatlar bo‘yicha quyidagicha: Farg‘ona vodiysida-34,5%; Toshkent viloyatida-
25,7%; Samarqand viloyatida-18%; Surxondaryo viloyati-9%, qashqadaryo viloyati-
5,5%. qolgan viloyatlarga 7% yer osti suv zaxirasi to‘g‘ri keladi xolos.
Amaliyotda yer osti suvlarining zpaxiralari such gruxga bo‘linadi:
1.Tabiiy;
2.Eksplutatsion;
3.Sun’iy suv zaxirasi.
Yer osti suvlarining tabiiy zaxirasi deganda tog‘ jins qatlamlari g‘ovak va
yoriqlaridagi, ma’lum tabiiy sharoitda harakat qiluvchi, tabbiy bo‘lmagan omillar
ta’sirida o‘zgarmaydigan suv zaxirasi tushiniladi.
Yer osti suvlarining eksplutatsion zaxirasi deganda texnik iqtisodiy jixatdan
ratsional hisoblangan usullar yordamida suv chiqarish inshoatlari orqali
iste’molchilarini talablarini sifat va miqdor jixatdan butun iste’mol qilish jarayonida
qondiradigan suv miqdori tushiniladi.
Yer osti suvlarining sun’iy zaxirasi, maxsus inshoatlarga (ma’lum miqdordagi
7
yer osti suvlari mavjud bo‘lmagan va yana katta miqdordagi suvni yig‘ish mumkin
bo‘lgan shag‘altosh, qumlardan iborat bo‘lgan qatlamlarga) burg‘u quduqlari orqali
va boshqa yo‘llar bilan yer osti suvlarini oqimini to‘sib singdirish va yer osti suvlari
zaxirasini suniy xolatda oziqlantirish (oshirish) orqali vujudga keltiriladi.
Yer osti suvlarining tabiiy zaxirasi statik va dinamik zaxiralarga bo‘linadi. Statik
zaxira degangda suvli qatlamlardagi mavjud bo‘lgan gravitatsion suv xajmi
tushinilib, quyidagi formula yordamida aniqlanadi:
V
Qcn
bu yerda: -suvli qatlamning suv chiqarishi (suv beruvchanligi), V-suvli
qatlamning xajmi.
Dinamik zaxira deganda esa ma’lum vaqt mobaynida suvli qatlamning
ko‘ndalang kesim yuzasidan oqib o‘tgan suv sarfi, yoki suvli qatlamga har yili u yoki
bu yo‘llar bilan kelib qo‘shiladigan suv miqdori tushiniladi. Amaliytda yer osti
suvlarining dinamik zaxirasini, uni vujudga keltiruvchi omillarni hisobga oladigan
qator aniqlash usullari joriy etilgan. quyida ulardan ba’zilari keltiriladi
(M.Ye.Altovskiy, A.P.Koroteev, 1962).
1.Atmosfera yog‘inlarini infiltratsiya qilinishini hisobga olish yo‘li bilan:
Qdq10aNF
Bu yerda: Qd-har yili atmosfera yog‘inlarini infiltratsiya qilinishi hisobiga
to‘ldirilayotgan yer osti suv zaxirasi, m3-yil; a-infiltratsiya koeffsiyenti (atmosfera
yog‘inlarini shimilishiga sarf bo‘lgan qismi, %); N-atmosfera yog‘inlarining yillik
miqdori, mm; F-yer osti suvlarining oziqlanishi (to‘yinish) oblasti, km2.
2.Yer osti suv oqimi modulini hisobga olish yo‘li bilan:
QdqVF
Bu yerda: Qd-yer osti suvlarining dinamik zaxirasi, l-s; V-yer osti suv oqimi
moduli,
2
.км
сек
л
; F-yer osti suv oqimi yig‘iladigan maydon, km2.
3.Us quduqdagi yer osti suv sthlari o‘zgarishini kuzatish natijalari bo‘yicha:
qd qW1
Bu yerda: qd-ma’lum en birligiga to‘g‘ri keluvchi yer osti suv oqimining dinamik
zaxirasi,
2
.км
сек
л
; W-infiltrayiya yo‘li bilan grunt suvining oziqlanish miqdori bo‘lib,
8
grunt suvi harakat yo‘nalishi bo‘yicha o‘rnatilgan uchta quduqlarda olib borilgan
kuzatish natijalari asosida G.N.Komenskiyning quyidagi formulasini qo‘llab
aniqlanadi (6.2-rasm).
2
1
2
2
2
1
1
2
1
2
2
l
l
h
h
l
h
h
l
K
W
ф
bu yerda:
Kf-suvli qatlami filtratsiya koeffsiyenti;
h-o‘rta quduqdagi grunt suvining sath chuqurligi, m;
h2-h1-grunt suvi oqimining yuqori va quyi qismiga joylashgan quduqlardagi suv
sathlarining chuqurligi, m;
l1-l2-o‘rta va qo‘shni quduqlarning oraliq masofalari, m.
Yuqoridagilardan kelib chiqib, yer osti
suvlarining tabiiy zaxirasi (Qt).
QtqQstqQdEksplutatsion zaxirasini (Qe)
esa yer osti suvlarini sun’iy (Qc) zaxirasini
hisobga olgan holda quyidagi formula orqali
aniqlash mumkin:
QeqK1QtqK2Qc
Bu yerda:K1 va K2- suv yig‘uvchi inshoatlarni ishlatishda suv zaxiradiridan
foydalanish darajasini harakterldaydigan koeffsiyentlar (Ergashev, 1990).
Shunindek N.A.Plotnikov tomonidan yer osti suvlari zaxiralarini boshqarib
turish formulasi ham taklif etilgan bo‘li, u quyidagi ko‘rinishdan iborat:
p
б
W
Q
bu yerda: Qb-yer osti suvlarining boshqarib turiladigan zaxira;
-suvli qatlamning suv beruvchanligi;
Wp-yer osti suvlari sathlarining yuqori va pastki xolatlari orasidagi farqini
harakterlovchi suvli qatlam xajmi.
Takrorlash va tekshirish uchun savollar
1.Yer osti suvlarini balansi deganda nimani tshunasiz? Yer osti suvlari
balansini vujudga keltiruvchi asosiy omillar qaysilar?
2.Yer osti suvlari rejimi to‘g‘risida sizning tushunchangiz. Yer osti suvlari
rejimiga ta’sir etuvchi omillar to‘g‘risida gapirib bering.
3.Yer osti suvlarining zaxirasi qanday vujudga keladi? Ular qanday gruxlarga
6.2-rasm. Grunt suvlarini mi=dorini infiltratsiya yili
bilan ozi=lanishini ani=lash sxemasi
9
bo‘linadi? Har bir grux to‘g‘risida gapirib bering.
4.Yer osti suvlarining tabiiy va eksplutatsion zaxiralarini aniqlash va boshqarib
turish formulalarini yozing. Ular to‘g‘risida sizning tushunchangiz?