YER QATLAMI (LITOSFERA)

Yuklangan vaqt

2025-01-26

Yuklab olishlar soni

1

Sahifalar soni

10

Faytl hajmi

210,1 KB


 
 
 
 
 
 
YER QATLAMI (LITOSFERA) 
 
 
Reja: 
 1 Yer qatlamining tarkibi (tog‘ jinslari). 
 2. Relef. Tekisliklar, tog‘lar.  
 3.Relefni o‘zgarturuvchi endogen va ekzogen omillar.  
4.Yer plitalarning harakati.  
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
YER QATLAMI (LITOSFERA) Reja: 1 Yer qatlamining tarkibi (tog‘ jinslari). 2. Relef. Tekisliklar, tog‘lar. 3.Relefni o‘zgarturuvchi endogen va ekzogen omillar. 4.Yer plitalarning harakati.  
 
Asosiy tushunchalar: Tog’ jinslari, relef, tekislik, endogen omillar, ekzogen 
omillar. 
Yer qatlamining tarkibi (tog‘ jinslari). Litosfera (grekcha litos - tosh, sfera-
qobiq) murakkab tuzilishga ega bo‘lgan asosan qattiq tog‘ jismlaridan tashkil topgan 
yerning qattiq tosh qobig’idir. U o’z ichiga yer po‘stini va yuqori mantiyaning 
astenosferasigacha bo‘lgan qismini olib 200 km chuqurlikkacha davom etadi. 
 
Litosfera geografik qobiqning bir qismi sifatida juda mhum ahamiyatga ega. 
Chunki, yer yuzida sodir bo‘ladigan barcha tabiiy geografik jarayonlar litosfera va 
uning rivojlanish evalyutsiyasi bilan bog‘liq holda vujudga keladi. Bundan tashqari 
kishilik jamiyatining butun hayoti litosfera yuzasida u bilan o‘zaro aloqada sodir 
bo‘ladi. 
Yer shari vujudga kelgan 4,5 mlrd. yillik taraqqiyoti tarixi jarayonida uning 
ba’zi yerlari cho‘kkan, ba’zi yerlari ko‘tarilib qolgan. Usha cho‘kkan joylari suv 
bilan to‘lib okeanlar hosil qilgan. Yer shari yuzasining umumiy maydoni 510 mln 
km2 ni bo‘lib, shundan 361 mln km2 ni okeanlar, 149 mln km2 ni esa quruqlik 
egallagan.  
Yer sharida suv va quruqliklarning taqsimlanishi va joylashishi uning hamma 
qismida ham bir xil emas. Masalan, shimoliy yarim sharida quruqlik janubiy yarim 
sharidagiga nisbatan ko‘proq. Shimoliy yarim sharda quruqlik 39 %, suvlik 61 % ni 
tashkil etsa, janubiy yarim sharda esa quruqlik 19 % ni, suvlik esa 81 % ni tashkil 
etadi. Yer sharidagi quruqlik maydonini 100 % desak, shuning 67,5 % i shimoliy, 
32,5 % i esa janubiy yarim sharda joylashgandir. 
Yer yuzasida suv va quruqliklarning bunday taqsimlanishi tasodifiy bo‘lmay, 
balki Yerdagi ichki va tashqi kuchlarning o‘zaro ta’siri natijasidir. Sayyoramizning 
okeanlardan iborat bo‘lgan yaxlit suv yuzasiga dunyo okeani deyiladi. Dunyo okeani 
materiklar orqali bo‘laklarga bo‘lingan bo‘lib, ular okeanlar deb yuritiladi. Yer 
yuzasida 4 ta okean bo‘lib, Tinch (190 mln km2), Atlantika okeani (93 mln km2), 
Hind okeani (75 mln km2), Shimoliy Muz okeani (13 mln km2)ni tashkil etadi. 
 
Asosiy tushunchalar: Tog’ jinslari, relef, tekislik, endogen omillar, ekzogen omillar. Yer qatlamining tarkibi (tog‘ jinslari). Litosfera (grekcha litos - tosh, sfera- qobiq) murakkab tuzilishga ega bo‘lgan asosan qattiq tog‘ jismlaridan tashkil topgan yerning qattiq tosh qobig’idir. U o’z ichiga yer po‘stini va yuqori mantiyaning astenosferasigacha bo‘lgan qismini olib 200 km chuqurlikkacha davom etadi. Litosfera geografik qobiqning bir qismi sifatida juda mhum ahamiyatga ega. Chunki, yer yuzida sodir bo‘ladigan barcha tabiiy geografik jarayonlar litosfera va uning rivojlanish evalyutsiyasi bilan bog‘liq holda vujudga keladi. Bundan tashqari kishilik jamiyatining butun hayoti litosfera yuzasida u bilan o‘zaro aloqada sodir bo‘ladi. Yer shari vujudga kelgan 4,5 mlrd. yillik taraqqiyoti tarixi jarayonida uning ba’zi yerlari cho‘kkan, ba’zi yerlari ko‘tarilib qolgan. Usha cho‘kkan joylari suv bilan to‘lib okeanlar hosil qilgan. Yer shari yuzasining umumiy maydoni 510 mln km2 ni bo‘lib, shundan 361 mln km2 ni okeanlar, 149 mln km2 ni esa quruqlik egallagan. Yer sharida suv va quruqliklarning taqsimlanishi va joylashishi uning hamma qismida ham bir xil emas. Masalan, shimoliy yarim sharida quruqlik janubiy yarim sharidagiga nisbatan ko‘proq. Shimoliy yarim sharda quruqlik 39 %, suvlik 61 % ni tashkil etsa, janubiy yarim sharda esa quruqlik 19 % ni, suvlik esa 81 % ni tashkil etadi. Yer sharidagi quruqlik maydonini 100 % desak, shuning 67,5 % i shimoliy, 32,5 % i esa janubiy yarim sharda joylashgandir. Yer yuzasida suv va quruqliklarning bunday taqsimlanishi tasodifiy bo‘lmay, balki Yerdagi ichki va tashqi kuchlarning o‘zaro ta’siri natijasidir. Sayyoramizning okeanlardan iborat bo‘lgan yaxlit suv yuzasiga dunyo okeani deyiladi. Dunyo okeani materiklar orqali bo‘laklarga bo‘lingan bo‘lib, ular okeanlar deb yuritiladi. Yer yuzasida 4 ta okean bo‘lib, Tinch (190 mln km2), Atlantika okeani (93 mln km2), Hind okeani (75 mln km2), Shimoliy Muz okeani (13 mln km2)ni tashkil etadi.  
 
 
1-rasm.Yerning ichki tuzilishi va tashqi qobiqlari. 
 
Yer sharida oltita materik: Yevrosiyo (54 mln km2), Afrika (30,3 mln km2), 
Shimoliy Amerika (24 mln km2), Janubiy Amerika (18 mln km2), Antarktida (14 
mln km2), hamda Avstraliya (7,6 mln km2) va oltita qit’a - Osiyo, Amerika, Afrika, 
Antarktika, Yevropa, Avstraliyada bor. 
 Yer shari qattiq, suyuq va gazsimon moddalardan iborat bo‘lib, ular solishtirma 
og‘irligiga qarab turlicha joylashgan. Solishtirma og‘irligi kattaroq bo‘lgan 
moddalar yerning yadro qismida, aksincha yengilroqlari esa yer yuziga yaqin 
joylashgan. 
Yer sharining ichki qismidagi moddalarning joylashishiga va ularning fizik, 
kimyoviy xossalariga ko‘ra yer po‘sti, mantiya va yerning yadrosi deb uch qismga 
ajratiladi. 
Yer po‘sti (litosfera) silikatli yengil jinslardan hamda yoriqlar orqali Yerning 
markaziy qismidan ko‘tarilib chiqqan temirga boy jinslardan iboratdir. Yer 
po‘stining 2/3 qismi dengiz va okeanlar ostida joylashgan. Yer po‘stining quyi 
chegarasida yuqori harorat va kuchli bosim ta’sirida jinslar plastik holatda bo‘ladi. 
Bunday plastik jinslar Yer qimirlash natijasida ro‘y beradigan to‘lqinlarni tez 
o‘tkazadi. Uni birinchi bo‘lib, 1909 yili Yugoslaviyalik olim S. Moxorovich 
aniqlagan. Shu sababli o‘sha Yer po‘stining quyi chegarasini Moxorovich yoki 
qisqacha Moxo chegarasi deb ataladi. 
1-rasm.Yerning ichki tuzilishi va tashqi qobiqlari. Yer sharida oltita materik: Yevrosiyo (54 mln km2), Afrika (30,3 mln km2), Shimoliy Amerika (24 mln km2), Janubiy Amerika (18 mln km2), Antarktida (14 mln km2), hamda Avstraliya (7,6 mln km2) va oltita qit’a - Osiyo, Amerika, Afrika, Antarktika, Yevropa, Avstraliyada bor. Yer shari qattiq, suyuq va gazsimon moddalardan iborat bo‘lib, ular solishtirma og‘irligiga qarab turlicha joylashgan. Solishtirma og‘irligi kattaroq bo‘lgan moddalar yerning yadro qismida, aksincha yengilroqlari esa yer yuziga yaqin joylashgan. Yer sharining ichki qismidagi moddalarning joylashishiga va ularning fizik, kimyoviy xossalariga ko‘ra yer po‘sti, mantiya va yerning yadrosi deb uch qismga ajratiladi. Yer po‘sti (litosfera) silikatli yengil jinslardan hamda yoriqlar orqali Yerning markaziy qismidan ko‘tarilib chiqqan temirga boy jinslardan iboratdir. Yer po‘stining 2/3 qismi dengiz va okeanlar ostida joylashgan. Yer po‘stining quyi chegarasida yuqori harorat va kuchli bosim ta’sirida jinslar plastik holatda bo‘ladi. Bunday plastik jinslar Yer qimirlash natijasida ro‘y beradigan to‘lqinlarni tez o‘tkazadi. Uni birinchi bo‘lib, 1909 yili Yugoslaviyalik olim S. Moxorovich aniqlagan. Shu sababli o‘sha Yer po‘stining quyi chegarasini Moxorovich yoki qisqacha Moxo chegarasi deb ataladi.  
 
 
Demak, yerning ichki qobiqlari yadro, mantiya, tashqi qobiqlariga esa Yer 
po’sti, gidrosfera, atmosfera va biosferadan iborat. Yerning yadrosi 2900 km. dan 
boshlanadi va ichki hamda tashqi yadroga bo’linadi (1-rasm). Tashqi yadroning 
qalinligi 2080 km, u 2900 km, dan 4980 km chuqurliklar orasida joylashgan. Ichki 
yadro 4980 km dan Yerning markazigacha bo’lgan chuqurliklarda joylashgan. Yadro 
asosan temir va nikeldan iborat. 
 
Mantiya Moxo chegarasidan (70 - 80 km) 2900 km chuqurlikkacha davom 
etadi. Mantiya asosan magniy, kislorod, temir, kremniy va boshqa moddalardan 
iborat. Mantiya uchta qatlamdan iborat: quyi (1000 - 2900 km), o’rta (300 - 1000 km), 
yuqori dunit (70 -300 km) Yuqori mantiya dunitlardan - magniy bilan temirga boy 
bo’lgan silikat jinslardan tashkil topgan.  
 
Yer po’stining tuzilishi va tarkibi. Yer po’stining tuzilishi. Yer po’sti 
tuzilishiga ko’ra uch turga bo’linadi: materik, okean va oraliq. 
 
Materik yer po’sti asosan quruqlikda tarqalgan va uchta qatlamdan iborat: 
  
- cho’kindi qatlam, qalinligi 10 km, cho’kindi jinslardan iborat; 
  
- granitli qatlam, qalinligi 10-15 km, zichligi yuqoridagi qatlamga nisbatan 
ancha yuqori; 
  
- bazalt qatlami, qalinligi 15-35 km. 
  
Materik yoki yer po’stining o’rtacha qalinligi 30-40 km., tog’li o’lkalarda esa 
70-80 km o’rtacha zichligi 2,7 gg’sm3 . 
Okean Yer po’sti ikki qatlamdan iborat: 
  
-cho’kindi qatlam, qalinligi 2-5 km cho’kindi jinslardan iborat; 
  
-bazalt qatlami, qalinligi 5-10 km.  
 
Okean yer po’stining umumiy qalinligi 6 km dan 15 km. gacha O’tkinchi 
yoki oraliq yer po’stida materik va okean yer po’sti xususiyatlari ham uchrab turadi. 
Bu yerda okean po’stini materik yer po’stiga aylanishi sodir bo’lib turadi. 
 
Yer po’stining tarkibi. Yer po’sti kimyoviy elementlardan, minerallardan va 
tog’ jinslaridan iborat. Yer po’sti tarkibida quyidagi kimyoviy elementlar uchraydi: 
kislorod (47%), kremniy (29,5%), alyuminiy (8,05%), temir (4,65%) kalьsiy (2,96%), 
natriy (2, 5%) kaliy (2,5%), magniy (1,87%), titan (0,45%) va boshqalari-0,52% 
Demak, yer po’stida tarqalgan 9-ta asosiy element 99,48% ni tashkil qiladi. 
Demak, yerning ichki qobiqlari yadro, mantiya, tashqi qobiqlariga esa Yer po’sti, gidrosfera, atmosfera va biosferadan iborat. Yerning yadrosi 2900 km. dan boshlanadi va ichki hamda tashqi yadroga bo’linadi (1-rasm). Tashqi yadroning qalinligi 2080 km, u 2900 km, dan 4980 km chuqurliklar orasida joylashgan. Ichki yadro 4980 km dan Yerning markazigacha bo’lgan chuqurliklarda joylashgan. Yadro asosan temir va nikeldan iborat. Mantiya Moxo chegarasidan (70 - 80 km) 2900 km chuqurlikkacha davom etadi. Mantiya asosan magniy, kislorod, temir, kremniy va boshqa moddalardan iborat. Mantiya uchta qatlamdan iborat: quyi (1000 - 2900 km), o’rta (300 - 1000 km), yuqori dunit (70 -300 km) Yuqori mantiya dunitlardan - magniy bilan temirga boy bo’lgan silikat jinslardan tashkil topgan. Yer po’stining tuzilishi va tarkibi. Yer po’stining tuzilishi. Yer po’sti tuzilishiga ko’ra uch turga bo’linadi: materik, okean va oraliq. Materik yer po’sti asosan quruqlikda tarqalgan va uchta qatlamdan iborat: - cho’kindi qatlam, qalinligi 10 km, cho’kindi jinslardan iborat; - granitli qatlam, qalinligi 10-15 km, zichligi yuqoridagi qatlamga nisbatan ancha yuqori; - bazalt qatlami, qalinligi 15-35 km. Materik yoki yer po’stining o’rtacha qalinligi 30-40 km., tog’li o’lkalarda esa 70-80 km o’rtacha zichligi 2,7 gg’sm3 . Okean Yer po’sti ikki qatlamdan iborat: -cho’kindi qatlam, qalinligi 2-5 km cho’kindi jinslardan iborat; -bazalt qatlami, qalinligi 5-10 km. Okean yer po’stining umumiy qalinligi 6 km dan 15 km. gacha O’tkinchi yoki oraliq yer po’stida materik va okean yer po’sti xususiyatlari ham uchrab turadi. Bu yerda okean po’stini materik yer po’stiga aylanishi sodir bo’lib turadi. Yer po’stining tarkibi. Yer po’sti kimyoviy elementlardan, minerallardan va tog’ jinslaridan iborat. Yer po’sti tarkibida quyidagi kimyoviy elementlar uchraydi: kislorod (47%), kremniy (29,5%), alyuminiy (8,05%), temir (4,65%) kalьsiy (2,96%), natriy (2, 5%) kaliy (2,5%), magniy (1,87%), titan (0,45%) va boshqalari-0,52% Demak, yer po’stida tarqalgan 9-ta asosiy element 99,48% ni tashkil qiladi.  
 
Relef. Yer yuzasi bir xil va tekis bo’lmasdan u okean va materiklardan tashkil 
topgan. Okeanlarda chuqur cho’kmalar, yoriqlar, suv osti tog’lari; materiklarda esa 
botiqlar, pasttekisliklar, tekisliklar, plato va qirlar, yassi tog’lar, baland tog’lar 
mavjud. Yer sirtining o’sha tekis bo’lmagan yuzasini bir nom bilan uning relefi deb 
ataladi.  
Yer yuzasi relefining vujudga kelishida uning ichki qismidagi energiya bilan 
bog’liq bo’lgan geologik jarayonlar, kosmik ta’sir, og’irlik kuchi, qush energiyasi 
ta’sirida sodir buladigan (fizik nurash, shamol, yog’in, dengiz qalqishi va boshq.) 
jarayonlar, organik nurash, yer osti va usti suvlarining ishi, muzliklarning ishi va 
boshqalar aktiv ishtirok etadi. Yerning ichki energiyasi ta’sirida vujudga kelib,  
yerning relefiga ta’sir etuvchi asosiy omillarga tektonik jarayonlar va u bilan 
bog’liq bo’lgan tog’ hosil bo’lishi, vulqanlar demakdir.  
Relefni o’zgartiruvchi endogen va ekzogen omillar. Yerning asriy tebranishi 
kirib, ularni yerning ichki dinamik jarayonlari yoki endogen kuchlar deb yuritiladi. 
Yer yuzasi relefining hosil bo’lishida, shakllanishida yana tashqi kuchlar - 
atmosfera, gidrosfera, biosfera omillari ham ta’sir etib, o’zgartirib turadi va uni 
yagona nom bilan yerning tashqi dinamik jarayonlari yoki ekzogen kuchlar deb 
yuritiladi. Yer yuzasi relefining vujudga keltiruvchi bu ikki asosiy (endogen va 
ekzogen) kuch bir-biriga qarama - qarshi bo’lsada, lekin ular doimo bir-biri bilan 
o’zaro dialektik aloqada bo’ladi.  
Chunki, yerning ichki dinamik jarayonlari tufayli gorizontal holda yotgan 
jinslar burmalanib, tog’ tizmalarini, botiqlarni, yer yorig’larini, uzilmalarni hosil 
qilsa, aksincha tashqi dinamik jarayonlar tufayli o’sha tog’lar, qir va balandliklar 
yemiriladi, yassilanadi, tekislanadi, nuragan jinslar esa botiqlarga olib borib 
yotqiziladi. Oqibatda vaqt o’tishi bilan baland tog’lar o’rnida yassi tog’lar, botiqlar 
o’rnida tekisliklar vujudga keladi. Agar yerning ichki dinamik kuchlari bo’lmaganda 
edi, u taqdirda tog’lar tashqi dinamik jarayonlar ta’sirida yemirilib boraverar, oqibat 
natijada planetamiz yuzasi yassilanib qolgan bo’lur edi. 
Quruqlik shimoliy yarim sharning o’rtacha kengliklarida ko’proq, janubiy 
yarim sharning urtacha kengliklarida esa kamroq maydonni egallaydi.Yer yuzasida 
suv va kuruqliklarning bunday taqsimlanishi tasodifiy bo’lmay, balki Yerdagi ichki 
va tashqi kuchlarning o’zaro ta’siri oqibatidir. 
Relef. Yer yuzasi bir xil va tekis bo’lmasdan u okean va materiklardan tashkil topgan. Okeanlarda chuqur cho’kmalar, yoriqlar, suv osti tog’lari; materiklarda esa botiqlar, pasttekisliklar, tekisliklar, plato va qirlar, yassi tog’lar, baland tog’lar mavjud. Yer sirtining o’sha tekis bo’lmagan yuzasini bir nom bilan uning relefi deb ataladi. Yer yuzasi relefining vujudga kelishida uning ichki qismidagi energiya bilan bog’liq bo’lgan geologik jarayonlar, kosmik ta’sir, og’irlik kuchi, qush energiyasi ta’sirida sodir buladigan (fizik nurash, shamol, yog’in, dengiz qalqishi va boshq.) jarayonlar, organik nurash, yer osti va usti suvlarining ishi, muzliklarning ishi va boshqalar aktiv ishtirok etadi. Yerning ichki energiyasi ta’sirida vujudga kelib, yerning relefiga ta’sir etuvchi asosiy omillarga tektonik jarayonlar va u bilan bog’liq bo’lgan tog’ hosil bo’lishi, vulqanlar demakdir. Relefni o’zgartiruvchi endogen va ekzogen omillar. Yerning asriy tebranishi kirib, ularni yerning ichki dinamik jarayonlari yoki endogen kuchlar deb yuritiladi. Yer yuzasi relefining hosil bo’lishida, shakllanishida yana tashqi kuchlar - atmosfera, gidrosfera, biosfera omillari ham ta’sir etib, o’zgartirib turadi va uni yagona nom bilan yerning tashqi dinamik jarayonlari yoki ekzogen kuchlar deb yuritiladi. Yer yuzasi relefining vujudga keltiruvchi bu ikki asosiy (endogen va ekzogen) kuch bir-biriga qarama - qarshi bo’lsada, lekin ular doimo bir-biri bilan o’zaro dialektik aloqada bo’ladi. Chunki, yerning ichki dinamik jarayonlari tufayli gorizontal holda yotgan jinslar burmalanib, tog’ tizmalarini, botiqlarni, yer yorig’larini, uzilmalarni hosil qilsa, aksincha tashqi dinamik jarayonlar tufayli o’sha tog’lar, qir va balandliklar yemiriladi, yassilanadi, tekislanadi, nuragan jinslar esa botiqlarga olib borib yotqiziladi. Oqibatda vaqt o’tishi bilan baland tog’lar o’rnida yassi tog’lar, botiqlar o’rnida tekisliklar vujudga keladi. Agar yerning ichki dinamik kuchlari bo’lmaganda edi, u taqdirda tog’lar tashqi dinamik jarayonlar ta’sirida yemirilib boraverar, oqibat natijada planetamiz yuzasi yassilanib qolgan bo’lur edi. Quruqlik shimoliy yarim sharning o’rtacha kengliklarida ko’proq, janubiy yarim sharning urtacha kengliklarida esa kamroq maydonni egallaydi.Yer yuzasida suv va kuruqliklarning bunday taqsimlanishi tasodifiy bo’lmay, balki Yerdagi ichki va tashqi kuchlarning o’zaro ta’siri oqibatidir.  
 
Yer sharining ichki kuchlari (tektonik jarayonlar) ta’sirida quruqlik yuzasida: 
tog‘liklar, yassi tog‘liklar, qirlar, tekisliklar va botiqlar kabi eng muhim relyef 
shakllari vujudga kelgan. Demak, quruqlik yuzasining relyef shakllari uning 
hamma qismida bir xil emas. 
Quriqlik yuzasida dengiz sathidan pastda joylashgan yerlar botiqlar 
(depretsiyalar) deyilib, ularning maydoni 800 ming km2 ga teng. Quriqlikdagi eng 
katta botiqlardan biri Kaspiybo‘yi pasttekisligi bo‘lib, dengiz sathidan -28 metr 
pastdir. Shuningdek, O`rta Osiyodagi Botir (Qoragiyo) botig‘i dengiz sathidan -132 
m, Oqchaqoya botig‘i dengiz sathidan -91 m pastdir. Osiyodagi To‘fon botig‘i 
dengiz sathidan -154 m, O’lik dengiz botig‘i esa 392 m pastda joylashgan. 
Tekisliklar. Materikning absolyut balandligi 500 m gacha bo‘lgan platforma 
qismidir, masalan, Rossiya, G‘arbiy Sibir, Sharqiy Sibir, Turon tekisliklari. 
Tekisliklar butun yer shari maydonining 15,9 % ini egallaydi. 
Tekislik yuzasining dengiz sathidan 0 - 200 metrgacha baland bo‘lgan joylari 
pasttekislik deb aytiladi. Ularning umumiy maydoni 48,2 mln km2 bo‘lib, yer shari 
maydonining 9,5% ini tashkil etadi. Kolima, Yana, Amazonka pasttekisliklari eng 
katta pasttekisliklardir. 
Tekislik yuzasining dengiz sathidan 200 metrdan 500 metrgacha bo‘lgan qismi 
qir yoki plato deb yuritiladi. Butun yer yuzasining 6,4% ini qirlar tashkil etadi. Relef 
xususiyatlari jihatidan qirlar bilan plato bir-biridan farq qiladi. Platoning usti yassi 
tekislik bo‘ladi.( Ustyurt, Krasnovodsk, Unguz-Orti platolari), qirlar yuzasi esa 
aksincha turli faktorlar ta’sirida parchalangan bo‘ladi(Urta Rossiya, Volgabo‘yi 
qirlari). 
 Tog’lar.Yer sharidagi tog‘ tizmalari hosil bo‘lishi jihatidan burmali, burmali-
palaxsali va palaxsa tog‘larga bo‘linadi. 
 Absolyut balandligi 500 metrdan ortiq bo‘lgan joylar t o g‘ l a r deyiladi; 
tog‘lar maydoni 67,0 mln. km 2 bo‘lib, butun Yer shari yuzasining 13,2 % ini tashkil 
etadi. 
Tog‘larning umumiy sathidan ancha baland ko‘tarilgan o‘tkir qirralari tog‘ 
cho‘qqisi deyiladi. Masalan, Himolay, Pomir, Tyanshan,Oltoy, Katta Kavkaz kabi 
tog‘lar misol bo‘ladi. Tog‘ tizmalari qirralarining eng pasaygan joyi d a v o n deb 
Yer sharining ichki kuchlari (tektonik jarayonlar) ta’sirida quruqlik yuzasida: tog‘liklar, yassi tog‘liklar, qirlar, tekisliklar va botiqlar kabi eng muhim relyef shakllari vujudga kelgan. Demak, quruqlik yuzasining relyef shakllari uning hamma qismida bir xil emas. Quriqlik yuzasida dengiz sathidan pastda joylashgan yerlar botiqlar (depretsiyalar) deyilib, ularning maydoni 800 ming km2 ga teng. Quriqlikdagi eng katta botiqlardan biri Kaspiybo‘yi pasttekisligi bo‘lib, dengiz sathidan -28 metr pastdir. Shuningdek, O`rta Osiyodagi Botir (Qoragiyo) botig‘i dengiz sathidan -132 m, Oqchaqoya botig‘i dengiz sathidan -91 m pastdir. Osiyodagi To‘fon botig‘i dengiz sathidan -154 m, O’lik dengiz botig‘i esa 392 m pastda joylashgan. Tekisliklar. Materikning absolyut balandligi 500 m gacha bo‘lgan platforma qismidir, masalan, Rossiya, G‘arbiy Sibir, Sharqiy Sibir, Turon tekisliklari. Tekisliklar butun yer shari maydonining 15,9 % ini egallaydi. Tekislik yuzasining dengiz sathidan 0 - 200 metrgacha baland bo‘lgan joylari pasttekislik deb aytiladi. Ularning umumiy maydoni 48,2 mln km2 bo‘lib, yer shari maydonining 9,5% ini tashkil etadi. Kolima, Yana, Amazonka pasttekisliklari eng katta pasttekisliklardir. Tekislik yuzasining dengiz sathidan 200 metrdan 500 metrgacha bo‘lgan qismi qir yoki plato deb yuritiladi. Butun yer yuzasining 6,4% ini qirlar tashkil etadi. Relef xususiyatlari jihatidan qirlar bilan plato bir-biridan farq qiladi. Platoning usti yassi tekislik bo‘ladi.( Ustyurt, Krasnovodsk, Unguz-Orti platolari), qirlar yuzasi esa aksincha turli faktorlar ta’sirida parchalangan bo‘ladi(Urta Rossiya, Volgabo‘yi qirlari). Tog’lar.Yer sharidagi tog‘ tizmalari hosil bo‘lishi jihatidan burmali, burmali- palaxsali va palaxsa tog‘larga bo‘linadi. Absolyut balandligi 500 metrdan ortiq bo‘lgan joylar t o g‘ l a r deyiladi; tog‘lar maydoni 67,0 mln. km 2 bo‘lib, butun Yer shari yuzasining 13,2 % ini tashkil etadi. Tog‘larning umumiy sathidan ancha baland ko‘tarilgan o‘tkir qirralari tog‘ cho‘qqisi deyiladi. Masalan, Himolay, Pomir, Tyanshan,Oltoy, Katta Kavkaz kabi tog‘lar misol bo‘ladi. Tog‘ tizmalari qirralarining eng pasaygan joyi d a v o n deb  
 
yuritiladi. Masalan, Turkiston tizmasidagi Shahriston, Hisor tizmasidagi Anzob 
davonlari va boshqalar. 
Tog‘ o‘lkalarida yuzasiga nisbatan yassilanib qolgan katta xududlarga yassi 
tog‘lik deb yuritiladi. Bunga O‘rta Sibir, Armaniston, Hindiston, Avstraliya yassi 
tog‘lari misol bo‘ladi. Yer shari tog‘lari, asosan ikki zanjir hosil qilib joylashgan. 
Birinchi zanjir Tinch okeani sohili bo‘ylab meridianal cho‘zilgan. Bu tog‘ zanjirga 
Aleut orolidan Antarktikagacha cho‘zilgan Kordilyera, And va Antarktidadagi tog‘ 
tizmalari kiradi. 
Ikkinchi tog‘ zanjiriga Yevroosiyoning g‘arbida sharqigacha kesib o‘tgan 
tog‘lar kiradi. Bu tog‘lar, o‘z navbatida, ikki tarmoqqa - shimoliy va janubiy 
tarmoqlarga bo‘linadi. Pireney, Alp, Karpat, Bolqon, Qrim, Shimoliy Anatoliya, 
Kavkaz, Kopetdog‘, Pomir, Oloy, Tyanshan, Oltoy, Sayan, Baykal tog‘ tizimlari 
shimoliy tarmoqqa; Atlas, Apennin, Dinar, Tavr, Eron tog‘lari, Hindiqush, 
Qoraqurum, Himolay, Birma tog‘ tizimlari, Zond arxipelagi, Yangi Gvineya, Yangi 
Zellandiya orollaridagi tog‘lar ham janubiy tarmoqqa kiradi. 
Biror tekis yerdan oquvchi daryoning tik qirg‘og‘ini kuzatsangiz undan 
jinslarning (yotqiziqlarning) gorizontal holda yotganligini, tog‘ yonbag‘irlarida esa 
aksincha, jins qatlamlarining bukilganligini, egilganligini ya’ni burmalanganligini 
ko‘rasiz. Qatlamlarning bunday burmalar hosil qilishiga asosiy sabab yerning ichki 
qismidan ta’sir etuvchi g‘oyat katta kuchga ega bo‘lgan g‘oyat katta bosim bilan 
ta’sir etishidir. Yon tomondan yoki Yerning ichki qismidan ta’sir etuvchi g‘oyat 
katta kuchga ega bo‘lgan bosim gorizontal holatda yotgan jinslarni egib burmalaydi 
va balandga ko‘tarib yuboradi, natijada burmali tog‘lar vujudga keladi. Bunga Alp, 
Himolay, Pomir, Kavkaz, And kabi tog‘lar misol bo‘ladi. 
Burmalanish natijasida vujudga kelgan tog‘lar bir-necha million yillar ichida 
tashqi kuchlar ta’sirida asta-sekin pasayadi, ba’zan tekislikka aylanib ketadi. Lekin 
so‘nggi tog‘ paydo bo‘lish jarayonida o‘sha pasayib qolgan tog‘lar yana qayta 
ko‘tariladi, ko‘p yerlarida yoriqlar vujudga kelib, ba’zi yerlari ko‘tarilib qoladi. 
Bunday yo‘l bilan ko‘tarilgan tog‘larni burmali-palaxsa tog‘lar deb ataladi. 
Masalan, Sayan, Oltoy, Tyan-shan, Skandinaviya tog‘ tizmalari. 
yuritiladi. Masalan, Turkiston tizmasidagi Shahriston, Hisor tizmasidagi Anzob davonlari va boshqalar. Tog‘ o‘lkalarida yuzasiga nisbatan yassilanib qolgan katta xududlarga yassi tog‘lik deb yuritiladi. Bunga O‘rta Sibir, Armaniston, Hindiston, Avstraliya yassi tog‘lari misol bo‘ladi. Yer shari tog‘lari, asosan ikki zanjir hosil qilib joylashgan. Birinchi zanjir Tinch okeani sohili bo‘ylab meridianal cho‘zilgan. Bu tog‘ zanjirga Aleut orolidan Antarktikagacha cho‘zilgan Kordilyera, And va Antarktidadagi tog‘ tizmalari kiradi. Ikkinchi tog‘ zanjiriga Yevroosiyoning g‘arbida sharqigacha kesib o‘tgan tog‘lar kiradi. Bu tog‘lar, o‘z navbatida, ikki tarmoqqa - shimoliy va janubiy tarmoqlarga bo‘linadi. Pireney, Alp, Karpat, Bolqon, Qrim, Shimoliy Anatoliya, Kavkaz, Kopetdog‘, Pomir, Oloy, Tyanshan, Oltoy, Sayan, Baykal tog‘ tizimlari shimoliy tarmoqqa; Atlas, Apennin, Dinar, Tavr, Eron tog‘lari, Hindiqush, Qoraqurum, Himolay, Birma tog‘ tizimlari, Zond arxipelagi, Yangi Gvineya, Yangi Zellandiya orollaridagi tog‘lar ham janubiy tarmoqqa kiradi. Biror tekis yerdan oquvchi daryoning tik qirg‘og‘ini kuzatsangiz undan jinslarning (yotqiziqlarning) gorizontal holda yotganligini, tog‘ yonbag‘irlarida esa aksincha, jins qatlamlarining bukilganligini, egilganligini ya’ni burmalanganligini ko‘rasiz. Qatlamlarning bunday burmalar hosil qilishiga asosiy sabab yerning ichki qismidan ta’sir etuvchi g‘oyat katta kuchga ega bo‘lgan g‘oyat katta bosim bilan ta’sir etishidir. Yon tomondan yoki Yerning ichki qismidan ta’sir etuvchi g‘oyat katta kuchga ega bo‘lgan bosim gorizontal holatda yotgan jinslarni egib burmalaydi va balandga ko‘tarib yuboradi, natijada burmali tog‘lar vujudga keladi. Bunga Alp, Himolay, Pomir, Kavkaz, And kabi tog‘lar misol bo‘ladi. Burmalanish natijasida vujudga kelgan tog‘lar bir-necha million yillar ichida tashqi kuchlar ta’sirida asta-sekin pasayadi, ba’zan tekislikka aylanib ketadi. Lekin so‘nggi tog‘ paydo bo‘lish jarayonida o‘sha pasayib qolgan tog‘lar yana qayta ko‘tariladi, ko‘p yerlarida yoriqlar vujudga kelib, ba’zi yerlari ko‘tarilib qoladi. Bunday yo‘l bilan ko‘tarilgan tog‘larni burmali-palaxsa tog‘lar deb ataladi. Masalan, Sayan, Oltoy, Tyan-shan, Skandinaviya tog‘ tizmalari.  
 
Yer qobig‘ining cho‘kindi tog‘ jinslarining qotib qolgan qattiq joylarida 
yerning ichki kuchlari ta’sirida palaxsa tog‘lar vujudga keladi. Bunga Sharqiy Sibir, 
Afrikaning sharqiy qismidagi tog‘lar misol bo‘ladi. 
Zilzila. Zilzila, yer qobigʻida seysmik toʻlqinlar keltirib chiqaruvchi energiya 
ajralishidir. 
Zilzilalarni 
oʻrganish 
bilan seysmologiya shugʻullanadi. 
Zilzila 
keskinligi magnitudalarda oʻlchanadi. 
Zilzila, yer qimirlash - yer poʻstida yoki mantiyaning yuqori qismida toʻsatdan 
siljish, sinish yoki oʻpirilish roʻy berishi oqibatida vujudga keladigan va 
toʻlqinsimon tebranishlar tarzida uzoqlarga tarqaladigan yer osti silkinishlari va 
tebranishlari natijasidir. Sabablariga koʻra, tektonik, vulqoniy va oʻpirilish 
zilzilalariga boʻlinadi. Yer poʻstining har xil chuqurligida tabiiy kuchlar taʼsirida 
sodir boʻladigan silkinishlar tektonik zilzilalar deyiladi. Ular yer qaʼridagi harakat 
va jarayonlarning mahsuli boʻlib, bu jarayonlarning kinetik quvvat tarzida birdan 
sarflanishi oqibatidir. Vulqoniy va oʻpirilish zilzilalari tabiatda juda kam sodir 
boʻladi. Ular kuchlilik jixatidan tektonik zilzilalarning eng kuchsizi bilan 
tenglashadi.  
Yer sharida sodir boʻladigan zilzilalar soni yil davomida bir necha yuz mingga 
yetishi mumkin. Shulardan aksariyat koʻpchilik qismi seysmograflargina sezadigan 
kuchsiz zilzilalar boʻlib, odamlar sezadiganlari bir necha mingga yetadi. Xalq 
xoʻjaligiga zarar yetkazadigan zilzilalar esa bir necha oʻndan bir necha yuztagacha 
boʻlishi mumkin. Bir yil davomida sodir boʻlgan hamma zilzilalar natijasida ajralib 
chiqadi. Bu quvvat miqdori juda katta boʻlishiga qaramay, Yer qaʼrida sodir 
boʻladigan jarayonlardan ajralib chiqadigan umumiy quvvatning 0,5% inigina 
tashkil etadi. 
Zilzilalar yer sharining tektonik jihatdan eng faol boʻlgan togʻ tizmalari 
joylashgan hududlarda koʻproq boʻladi. Bu joylar geologik iborada yer yuzining 
belbogʻli (mintaqali) buzilish joylari deb yuritiladi. 
Yer sharining kuchli zilzilalar sodir boʻladigan mintaqalarini seysmik jihatdan 
faolligiga qarab ikkita asosiy hududga boʻlish mumkin; birinchisi, geografik kenglik 
yoʻnalishida Alp, Karpat, Kavkaz, Kopetdogʻ, Tyanshan, Pomir, Himolay, 
ikkinchisi, meridional yoʻnalishda - Tinch okeanining ikki qirgʻogʻi boʻyicha va 
qisman quruqlik mintaqasida joylashgan. Bunday seysmik faollashgan joylarga Jan. 
Yer qobig‘ining cho‘kindi tog‘ jinslarining qotib qolgan qattiq joylarida yerning ichki kuchlari ta’sirida palaxsa tog‘lar vujudga keladi. Bunga Sharqiy Sibir, Afrikaning sharqiy qismidagi tog‘lar misol bo‘ladi. Zilzila. Zilzila, yer qobigʻida seysmik toʻlqinlar keltirib chiqaruvchi energiya ajralishidir. Zilzilalarni oʻrganish bilan seysmologiya shugʻullanadi. Zilzila keskinligi magnitudalarda oʻlchanadi. Zilzila, yer qimirlash - yer poʻstida yoki mantiyaning yuqori qismida toʻsatdan siljish, sinish yoki oʻpirilish roʻy berishi oqibatida vujudga keladigan va toʻlqinsimon tebranishlar tarzida uzoqlarga tarqaladigan yer osti silkinishlari va tebranishlari natijasidir. Sabablariga koʻra, tektonik, vulqoniy va oʻpirilish zilzilalariga boʻlinadi. Yer poʻstining har xil chuqurligida tabiiy kuchlar taʼsirida sodir boʻladigan silkinishlar tektonik zilzilalar deyiladi. Ular yer qaʼridagi harakat va jarayonlarning mahsuli boʻlib, bu jarayonlarning kinetik quvvat tarzida birdan sarflanishi oqibatidir. Vulqoniy va oʻpirilish zilzilalari tabiatda juda kam sodir boʻladi. Ular kuchlilik jixatidan tektonik zilzilalarning eng kuchsizi bilan tenglashadi. Yer sharida sodir boʻladigan zilzilalar soni yil davomida bir necha yuz mingga yetishi mumkin. Shulardan aksariyat koʻpchilik qismi seysmograflargina sezadigan kuchsiz zilzilalar boʻlib, odamlar sezadiganlari bir necha mingga yetadi. Xalq xoʻjaligiga zarar yetkazadigan zilzilalar esa bir necha oʻndan bir necha yuztagacha boʻlishi mumkin. Bir yil davomida sodir boʻlgan hamma zilzilalar natijasida ajralib chiqadi. Bu quvvat miqdori juda katta boʻlishiga qaramay, Yer qaʼrida sodir boʻladigan jarayonlardan ajralib chiqadigan umumiy quvvatning 0,5% inigina tashkil etadi. Zilzilalar yer sharining tektonik jihatdan eng faol boʻlgan togʻ tizmalari joylashgan hududlarda koʻproq boʻladi. Bu joylar geologik iborada yer yuzining belbogʻli (mintaqali) buzilish joylari deb yuritiladi. Yer sharining kuchli zilzilalar sodir boʻladigan mintaqalarini seysmik jihatdan faolligiga qarab ikkita asosiy hududga boʻlish mumkin; birinchisi, geografik kenglik yoʻnalishida Alp, Karpat, Kavkaz, Kopetdogʻ, Tyanshan, Pomir, Himolay, ikkinchisi, meridional yoʻnalishda - Tinch okeanining ikki qirgʻogʻi boʻyicha va qisman quruqlik mintaqasida joylashgan. Bunday seysmik faollashgan joylarga Jan.  
 
Amerikadan Antarktidagacha, Yevropa va Osiyo qitʼasining shimoliy qismi, 
Markaziy va Gʻarbiy Afrika, Avstraliya va boshqa hududlar kiradi. Demak, 
Markaziy Osiyo uning seysmik jihatdan faol boʻlgan Kopetdogʻ, Tyanshan, Pomir 
togʻlari tufayli seysmik faol mintaqaga kiradi. 
Demak, zilzilalar shu hududda tektonik harakatlar va eng avvalo tog‘ paydo 
bo‘lish jarayonlari davom etayotganligini bildiradi. Shuningdek, zilzilalar yana 
tog‘larning qulashi, vulkanlarning otilishi ta’sirida hamda mahalliy omillar, hatto 
samolyot, poyezd, tramvay va boshqalarning ta’siri tufayli ham ro‘y beradi. 
Yer yuzasida o‘rta hisobda har yili bir million martadan ortiq zilzila bo‘lib 
turadi, shuning 10 % inigina kishilar sezadi, qolgan 90 % i maxsus asbob - 
seysmograf yordamida qayd qilinadi. 
Vulqonlar. Yerning ichki qismidagi erigan suyuq jinslar (magma) hamda turli 
gazlarni yoriqlar orqali yer betiga otilib chiqishiga vulkan deyiladi. Vulqon so’zi 
O‘rta dengizda joylashgan vulqono oroli nomidan olingan. 
Yer sharida 624 tadan ortiq otilib turadiigan (so‘nmagan) vulqonlar bor, 
so‘ngan vulqonlar esa undan bir necha marta ko’p. 
Vulqonlar ko‘pincha konus shaklida bo‘ladi. Chunki vulqon birinchi 
otilgandan so‘ng uning og‘zi tevaragida vulqon ichidan chiqqan qattiq va suyuq 
jinslar hamda lava konus shaklida qotib to‘planadi. O’sha vulqon konusining 
tepasidagi chuqur krater (grekcha krater “tovoq, chuqur qozon” ma’nosini 
bildiradi.) deyiladi. Kraterdan erigan qaynoq jismlar - lavalar(ital’yancha lava 
“erigan massa” demakdir.) otilib chiqadi. 
Vulqon konuslari va kraterlarning kattaligi har xil bo‘ladi. Agar vulqon konusi 
baland bo‘lsa, krater katta, aksincha, konus past bulsa, krater kichik bo‘ladi. 
Masalan, Kamchatka yarim orolidagi (balandligi 4861 m) Klyuchi sopkasi vulqoni 
kraterining diametri 676 m ga yetadi. 
Beto‘xtov yoki ahyon - ahyonda otilib turadigan vulqonlar so‘nmagan, tarixiy 
davrlar mobaynida otilmagan vulqanlar esa so‘ngan vulqonlar deb ataladi. Lekin 
bir necha asrlar mobaynida otilmasdan, so‘ngan vulqonlar birdaniga otilishi ham 
mumkin. Bunga Vezuviy vulqani misol bo‘ladi. U milodning 79 yilida to‘satdan 
otilib, Gerkulanum, Pompeya va Stabiya kabi shaharlarni xarobaga aylantirgan. 
Amerikadan Antarktidagacha, Yevropa va Osiyo qitʼasining shimoliy qismi, Markaziy va Gʻarbiy Afrika, Avstraliya va boshqa hududlar kiradi. Demak, Markaziy Osiyo uning seysmik jihatdan faol boʻlgan Kopetdogʻ, Tyanshan, Pomir togʻlari tufayli seysmik faol mintaqaga kiradi. Demak, zilzilalar shu hududda tektonik harakatlar va eng avvalo tog‘ paydo bo‘lish jarayonlari davom etayotganligini bildiradi. Shuningdek, zilzilalar yana tog‘larning qulashi, vulkanlarning otilishi ta’sirida hamda mahalliy omillar, hatto samolyot, poyezd, tramvay va boshqalarning ta’siri tufayli ham ro‘y beradi. Yer yuzasida o‘rta hisobda har yili bir million martadan ortiq zilzila bo‘lib turadi, shuning 10 % inigina kishilar sezadi, qolgan 90 % i maxsus asbob - seysmograf yordamida qayd qilinadi. Vulqonlar. Yerning ichki qismidagi erigan suyuq jinslar (magma) hamda turli gazlarni yoriqlar orqali yer betiga otilib chiqishiga vulkan deyiladi. Vulqon so’zi O‘rta dengizda joylashgan vulqono oroli nomidan olingan. Yer sharida 624 tadan ortiq otilib turadiigan (so‘nmagan) vulqonlar bor, so‘ngan vulqonlar esa undan bir necha marta ko’p. Vulqonlar ko‘pincha konus shaklida bo‘ladi. Chunki vulqon birinchi otilgandan so‘ng uning og‘zi tevaragida vulqon ichidan chiqqan qattiq va suyuq jinslar hamda lava konus shaklida qotib to‘planadi. O’sha vulqon konusining tepasidagi chuqur krater (grekcha krater “tovoq, chuqur qozon” ma’nosini bildiradi.) deyiladi. Kraterdan erigan qaynoq jismlar - lavalar(ital’yancha lava “erigan massa” demakdir.) otilib chiqadi. Vulqon konuslari va kraterlarning kattaligi har xil bo‘ladi. Agar vulqon konusi baland bo‘lsa, krater katta, aksincha, konus past bulsa, krater kichik bo‘ladi. Masalan, Kamchatka yarim orolidagi (balandligi 4861 m) Klyuchi sopkasi vulqoni kraterining diametri 676 m ga yetadi. Beto‘xtov yoki ahyon - ahyonda otilib turadigan vulqonlar so‘nmagan, tarixiy davrlar mobaynida otilmagan vulqanlar esa so‘ngan vulqonlar deb ataladi. Lekin bir necha asrlar mobaynida otilmasdan, so‘ngan vulqonlar birdaniga otilishi ham mumkin. Bunga Vezuviy vulqani misol bo‘ladi. U milodning 79 yilida to‘satdan otilib, Gerkulanum, Pompeya va Stabiya kabi shaharlarni xarobaga aylantirgan.  
 
Vulqan otilishidan bir oz avval guldiragan ovoz eshitiladi, so‘ngra krater 
yoriqlaridan gaz va bug‘ chiqa boshlaydi. Chiqqan gaz va bug‘lar vulqan ustida 
qarag‘ay daraxti shox-shabasi shakliga o‘xshab yuqoriga ko‘tariladi. Gaz va bug‘lar 
bilan birga ko‘p miqdorda har xil mayda qora chang-vulqon kuli ham chiqadi. 
So‘ngra vulqon kuli asta-sekin atrofga suv bug‘lari bilan aralashib yomg‘ir tarzida 
yog‘adi. 
Kul va har-xil kattaligidagi jinslar aralash issiq yomg‘ir (harorati 500° gacha 
yetadi) o‘simliklarni nobud qiladi, qishloq va shaharlarni xarobaga aylantiradi. 
 
Foydalanilgan adabiyotlar: 
 1.Nuriddinova M.I. Tabiatshunoslikni o’qitish metodikasi. O’quv qo’llanma.T., 
2005.  
 2.D.Yormatova. Tabiiy fanlarning zamonaviy konsepsiyasi. T.:”Aloqachi” 
nashriyoti, 2008. 
 3.M.N.Valixonov.,J.M.Nabixonov Tabiatshunoslikning zamonaviy 
konsepsiyasi. T.:”TDU” nashriyoti, 2007. 
 4.A.Hamidov A.To‘xtayev va boshqalar. Botanikadan o‘qituvchilar uchun 
qo‘llanma. Toshkent “O‘qituvchi” 1999 yil. 
 
Vulqan otilishidan bir oz avval guldiragan ovoz eshitiladi, so‘ngra krater yoriqlaridan gaz va bug‘ chiqa boshlaydi. Chiqqan gaz va bug‘lar vulqan ustida qarag‘ay daraxti shox-shabasi shakliga o‘xshab yuqoriga ko‘tariladi. Gaz va bug‘lar bilan birga ko‘p miqdorda har xil mayda qora chang-vulqon kuli ham chiqadi. So‘ngra vulqon kuli asta-sekin atrofga suv bug‘lari bilan aralashib yomg‘ir tarzida yog‘adi. Kul va har-xil kattaligidagi jinslar aralash issiq yomg‘ir (harorati 500° gacha yetadi) o‘simliklarni nobud qiladi, qishloq va shaharlarni xarobaga aylantiradi. Foydalanilgan adabiyotlar: 1.Nuriddinova M.I. Tabiatshunoslikni o’qitish metodikasi. O’quv qo’llanma.T., 2005. 2.D.Yormatova. Tabiiy fanlarning zamonaviy konsepsiyasi. T.:”Aloqachi” nashriyoti, 2008. 3.M.N.Valixonov.,J.M.Nabixonov Tabiatshunoslikning zamonaviy konsepsiyasi. T.:”TDU” nashriyoti, 2007. 4.A.Hamidov A.To‘xtayev va boshqalar. Botanikadan o‘qituvchilar uchun qo‘llanma. Toshkent “O‘qituvchi” 1999 yil.