YER YUZASI TUZILISHINING ASOSIY XUSUSIYATLARI
Mundarija
Kirish
I.bob. Geografik qobiqni gorizantal yo’nalishda tabaqalinishining omillari.
I.1.Yer yuzasi tuzilishining asosiy hususiyatlari.
I.2.Gipsografik egri chiziq.
II.bob.Mintaqaviy –zonal tuzilmalar .
II.1. Issiqlik va iqlim mintaqalari.
II.2. Zonalik va landshaft tuzilmalari.
Xulosa
Foydalanilgan adabiyot.
Kirish.
Geografik qobiq deb, atmosferaning quyi qismi, litosferaning yuqori qismi,
gidrosfera va biosferaning bir-biriga kirishib va tutashib turadigon Yerning qismiga
aytiladi.
Geografik qobiq tushunchasining keng tarqalganligiga qaramasdan hozirgi
paytda olimlar orasida mazkur tushunchani almashtirishga harakat qilayotganlari
ham uchrab turadi A.A.Girigorov va qator olimlar geografik qobiq va geografik
muhit qamrovi bitta, ular bitta tushunchadur degan g’oyani olg’a surishadi. Ularning
fikricha mazkur tushuncha bir-birini to’ldiradi va bir xil tabiiy hodisani turli
tomondan tavsiflaydi. Ammo XX asirning 70 –yillarida fransuz olimi Eliza Reklyu
tomonidan tavsiya etilgan geografik muhit tushunchasi tabiy katagoriya emas,
ko’proq ijtimoiy- tarixiy katago’ryadur. Geografik muhitning chegarasi jamiyatning
rivojlanishi bilan kengayib boradi. Hozirgi paytda esa inson faoliyati geografik
qobiq chegarasidan chiqib ketdi. Demak geografik muhit kengayib uning chegarasi
bilan muofiq bo’lib qolmoqda. Yu.K.Yefromov geografik qobiqni landshaft qobig’I
deb atash lozim degan fikirni bildiradi. SHuning uchun landshaft qobig’I
tushunchasini geografik qobiq tushunchasiga qarama-qarshi qo’yib noto’g’ri
hisoblandi, chunki landshaft geografik qobiq tushunchasini alohida va o’z o’rnida
qo’llanilgan ma’qul.
A.G.Isachenkov geografik qobiq bu Yerning tashqi, tepadagi qobig’I bo’lgani
uchun uni epiogeosferada (grekcha huper yuqori ) deb atashni tavsiya etadi. Ammo
yuqorida aytganimizdek, Yer qobiqlari ularning joylashishiga qarabgina emas, balki
moddalarning hossalariga ham qarab ajratilishi hamda Yerning tashqi qobig’I
geografik qobiq emas atmosfera va magnitosfera tashkil etishini hisobga olsak
epiogeosfera atamasi geografik qobiq tushunchasiga mos kelmasligi ma’lum bo’ldi.
I.bob. Geografik qobiqni gorizantal yo’nalishda tabaqalanishining omillari.
I.1.Yer yuzasi tuzilishining asosiy hususiyatlari.
Geografik qobiq uzoq rivojlanish yo’lini bosib o’tgan, murakkab tuzilishga
ega va uning ayrim qisimlari aniq nomoyon bo’lgan terito’ryal farqlarga ega.
Geografik qobiq kenglik bo’yicha shimoldan janubga ham va uzoqlik bo’yicha
g’arbdan sharqqa ham bir- biridan farq qiluvchi qisimlarga bo’linadi.
Yer shari kartasiga bir qarqganda yer yuzasining okeanlar va materiklar
sektorlariga ajralganligi ko’zga yaqqol tashlanadi. Ularning tarkib topishi yer po’sti
hayoti bilan bog’liqdir. Yerning sferoid yuzasidan
ko’tarilgan qisimlarida litosfera cho’kishga (pasayishga) moyil bo’lib, uning
rivojlanishi okean tipida ro’y bergan.
Yer po’sti sferoit yuzasidan pastda joylashgan sektorlarida u ko’tariladi va
materik yer po’sti tarzida rivojlanadi.
Sektorlar oltita: uchta materik sektori – Yevro’pa –Afrika, Osiyo-Avstraliya
va Amerika sekto’rlari va (butun tabiatning umuman qutubdan ekvatorgacha va
ekvatordan ) uchta okean sekto’ri – Atlantika,Hind, Tinch okean sektorlari.
Geografik qobiqning ikkinchi muxum belgisi – uning zonaligi, ya’ni har bir
component va butun tabiatning umuman qutubdan ekvatorgacha va ekvatordan
ikkinchi qutubgacha qonuniy ravishda o’zgarib borishidir.
Tabiatninig ayrim komponentlari- iqlim, o’simlik, hayvonot dunyosining
zonaligi odamlarga amalyotdan qadimdan ma’lum va ilmiy jihatdan yoritilgan.
V.V.Dokuchayev XIX asirning ohri va XX asirning boshlarida tabiat zonalarning
bir butun hosila ekanligi haqida ta’limotning yaratdi. U o’zining bu ta’limoti bilan
geografiyada va tabiatshunoslikning boshqa bir qancha tarmoqlarda juda muxum
hozirgi zamon yo’nalishini, geografik qobiqni kompleks zonal-regional o’zgarishini
boshlab berdi.
Tabiat zonalari boshqa hil zonalardan chunonchi, botanik zonalardan nima
bilan farq qiladi? Har ikkalasida ham ularning nomi o’simliklar harakteriga
(hususiyatiga ) qarab berilgan- ku, masalan: tundra, o’rmon, dasht zonalari va shu
kabilar. Fan tabiatning bir butunligini tushunish darajasiga yetganidan keyingina
tabiat zonalari
Haqidagi ta’limotni yaratish mumkin bo’ladi
V.V. Doho’chayevning asosiy ilmiy hizmati ham ana
Shunchadir. U tabiatshunoslik XIX asrda ilgari
Qarab juda katta qadamlar tashlaganini
Ta’kidlab ‘’asosan ayrim jismlar-minerallar, tog’
Jinslari, o’simlik va hayvonlar hamda hodisa
va narsalar-olov (vulkanizm) suv, yer, havo o’rganilib, bular, jismlar, hodisalar
o’rtasida
Jonsiz va jonli tabiat o’rtasida mavjud bo’lgan genetik, doimiy va hamma vaqt
ham qonuniy aloqalar o’rganilmas edi. Vaholanki, huddi ana shu nisbatlar, ana shu
qonuniy o’zaro aloqalar tabitaning bilishning moxiyatini tabiatning bilishning eng
yahshi va ajoyib asosi bo’lgan haqiqiy tabiat falsafasini mag’izini tashkil qiladi deb
yozgan edi.
Ma’lumki, botqoqlik deb faqat o’ziga hos muayyan hususiyatlarga ega
bo’lgan joyga- past, tekis, yassi relyefi, yer usti suvlari ortiqcha juda yuzasi yo’sin (
mox yoki o’t bilan qoplangan, qalin tariff qatlami mavjud, tarf tuprog’li maxalliy
iqlimi sernam, o’ziga xos xayvonot dunyosiga ega bo’lgan joyga aytiladi) Umuman
botqoqlik murakkab tabiiy kompleksdir.
V.V.Dokuchaevning shogirdi taniqli rus o’rmonshunosi olimi G.F.Morozov,
,,O’rmon deganda biz o’zaro bog’langan daraxtlar to’plagina emas, balki o’rmon
tushunchasi bilan ifodalanadigan prosseslar ro’y beradigan muxitni, joyni ham
tushunishimiz kerak”, deb yozgan edi. Bu tarifni boshqa tushunchalar- o’tloq, dasht
, tundra , cho’l, savanna, gileya va boshqalarga ham tadbiq qilsa hato bo’lmaydi.
I.2.Gipsografik egri chiziq
Yer po’stining sifat jihatdan farq qiluvchi ikki tipi- materik va okeanlar
po’stlari tipiga planeta va relyefning ikki asosiy bosqichi- materiklar yer yuzasi va
Dunyo okeani tubi to’g’ri keladi.
Materiklar okean tubidan baland ko’tarilgan va undan ancha tik materik
yonbag’ri bilan ajralgan umuman yassi juda katta massivlardir. Materiklardan va
okean tagida ikkinchi darajali relyef bosqichlari: quruqlikda- teksliklar va tog’li
o’lkalar, okeanlarda- okeantubi, suv osti tizimlari
va chuqur botiqlar bo’ladi. Tog’tizimlari ham
planeta relyefi ikki turning qismlaridan iboratdir.
Yer yuzasining umumlashtiruvchi profilini
Gipsografik va batigrafik egri chiziqlar bilan
Ko’rsatish mumkin, bu egri chiziqlar quruqlikda
Va okeanlarda turli balandliklarda joylashgan
Maydonlar nisbatini ko’rsatadi. Bu nisbat yer
Yuzasi tabiatga juda muhum ta’rif beradi.
Bunday egri chiziqlar quyidagcha tuziladi.
Turli hil balandlik va chuqurliklarni egalagan joylar maydoni gipsometrik va
batigrafik kartalardan hisoblab olinadi. So’ngra koordinatali o’qlar chiziladi.
Ordinata chiziqlqri bo’yicha o dan yuqoriga qarab balandliklar pasdka tomon
chuqurliklar qo’yib chiqiladi abussa chizig`I boylab maydon mln kv. km hisobida
qo’yib chiqiladi.
Gipsografik egri chiziqni tahlil qilsak quruqjik yuzasini katta qismi dengiz
sathidan uncha baland joylashmaganini ko’ramiz
Okean sathidan pasd joylashmagan yerlar
Depressiyalar deyiladi. Ularning maydoni 800-ming km ga yaqin. Bulardan
eng kattasi dengiz
Sathidan 28 m gacha past bo’lgan (o’lchash
1953 yilda o’tkazilgan). Kaspiy bo’yi past teksligidir. Markaziy Osiyodagi
To’rfon botig’I dengiz sathidan 154 m pastda. O’rta Osiyoda Sariqqamish
botig’ining tubi dengiz sathidan 58 p past turadi. Yerdagi eng chuqur depressiyaa
O’lik dengiz botig’I bo’lib, uning qirg’oqlari okean sathidan 392 m past.
Yer yuzasining dengiz sathidan 0-200 m balantlikkacha joylashgan qisimlari
pastteksliklar deb ataladi. Quruqlikning keying balandlik bosqichi eng katta
maydonni egallagan- 48,2 mln km2
Undan keying balandlik bosqichi 200 m dan 500 m gacha bo’lib,qirlar va
platalordan iborat.
Qirlar bilan platalor bir- birlaridan yer yuzasining
notekislik darajasi bilan farq qiladi. Plato bilan qirlar maydoni 33 mln km2 ga
teng .
500 m dan yuqorida tog’lar joylashadi. Balandligiga qarab tog’larni, past ,
o’rtacha va baland tog’larga ajratiladi. Cho’qqilari 1000 m dan yuqori
ko’tarilmaydigan tog’lar past tog’lar deyiladi. Bunga misol qilib Qozog’iston past
tog’larining va turli tog’ sistemalarining etaklarini ko’rsatish mumkin. Past tog’lar
Yerning anchagina maydonini egallagan, ularning maydoni 27 mln km2
ga teng. O’rtacha tog’larning balandligi 1000 m dan 2000 m gacha bo’ladi.
Ural, Karpat tog’lari, Sharqiy Sibirdagi ko’pdan- ko’p tizmalar va boshqalar
o’rtacha balandlikdagi tog’larning umumiy maydoni 24 mln km2 ya’ni past tog’lar
maydonidan kamroq. 2000 m dan yuqori ko’tarilgan tog’larni baland tog’lar yoki
alp tipidagi tog’lar deb ataladi. Ular atigi 16 mln. km2 maydonni egallaydi.
Tog’larni past, o’rta va baland tog’larga ajratib faqat gipsometrik belgilarni aks
ettirmay, ularning umumiy morfologik qiyofasini joyining geografik kengligiga
bog’liq. Qutbiy o’lkalarda absolyut balandligiga uncha katta bo’lmagan tog’lar
baland tog’ landshaftiga ega. Vaholanki, ekvator yaqinida o’shancha balandlikdagi
tog’lar past tog’lar ko’rinishiga egadir.
Yer yuzasining baland ko’tarilgan qisimlari odatda juda past- baland (
parchalangan ), bir tomonga yo’nalgan qator tog’lar-tog’ tizmalaridan iborat bo’ladi.
Tog’ tizmzlarini vodiylar bir-birlaridan
Ajiratib turadi. Kavkaz Ural, Alp, Himolay tog’lari
Va keng maydonlarni egallagan boshqa tog’
Sistemalari tog’li o’lkalar deyiladi.
Uncha baland bo’lmagan (1000m gacha)
Yerlarning ko’pchiligini tashkil etishi materiklarda
Tabiatning zonal bo’lishiga qulaylik tug’dirgan
Tog’li o’lkalarda va qirlarda tabiy sharoit
Komplekisi balandlikning o’zgzrishiga qarab mahalliy
O’zgarishlarga uchraydi.
II bob. Mintaqaviy- zonal tuzilmalar.
II.1. Issiqlik va iqlim mintaqalari.
Planeta relyefining haqiqiy antisimmetrik zonalligigina okean va materik
sektorlariga ega bo’lgan geografik mintaqaga va zonalarning vujudga kelishiga
imkon bergan.
Shimoliy yarim sharning muz zonasi dengiz va orollarda Janubiy yarim shar
muz zonasi va materikda joylashgan. Bu zonalarning har ikkalasida sovuq
iqlimlarning vujudga kelishi radiyasiyasi sharoiti bir xil bo’lishiga qaramay,
ularning tabiati relief tufayli har hildir.
Shimoliy va Janubiy yarim sharlardagi tundra zonalarning kattaligi va
tabiatdagi farqlarga iqlimiy omillarga nisbatan giomorfologik omillar ko’proq tasir
ko’rsatadi. Shimoliy katta materiklarning chekkalarida materik tundralarining keng
zonasi hosil bo’lgan, janubiy kengliklarda tundra zonasi uzuq yuluq hollarda
orollarda dengiz tundirasi tarzida vujudga kelgan.
O’rta kengliklarning o’rmon, o’rmon- dasht , dasht va cho’l zonalari keng
quruqliklardagi rivojlana olish mumkin. Shuning uchun ham bu zonalar faqat
shimoliy yarim sharda mavjud bo’lib, Janubiy yarimsharda juda kichik
teritoryalardagina uchraydi. Uraloldi va Amurbo’yi keng bargli o’rmonlarning
qisqara borib tugashi, Yevrosiyo Shimoliy Amerikada dasht zonalarining keng
yoyilganligi, materiklar ichki qismlaridagi cho’llarning maydoni va tabiati-
bularning hammasi taraqqiyotning hozirgi bosqichidagi materiklarning kattaligi va
shakli bilan chambarchas bog’langandir. Tro’pik cho’llar, savannalar va ekvatoryal
o’rmonlar zonalari haqida ham shunday hulosalarga kelish mumkin.
Mintaqa va zonalar okeanlarda ham, materiklarda ham g’arbiy va sharqiy
yo’nalishda qisimlarga bo’linadi bunday qisimlar regionlar, rayonlar, oblastlar yoki
provensiyalar deb ataladi. Har bir region zonaga xos umumiy belgilarni aks ettirish
bilan birga o’ziga hos hususiyatlarga ham ega faqat o’ziga xos landshaftlardan
tashkil topadi. Masalan: taiga zonasining Yevrosiyo sektori quydagi regionlardan
tashkil topgan: Norvegiyadagi g’arbiy okean bo’yi taygasi, Shvetsariyadan ( tashkil
topgan) Uralgacha bo’lgan mo’tadil kontinental iqlimli qoramtir igna bargli taiga,
G’arbiy Sibirdagi kontinental iqlimli qoramtir igna bargli taiyga, Sharqiy Sibirning
keskin kontinrntal iqlimli yorug’ igna bargli taygasi, Uzoq Sharqning okeanbargli
o’ bo’yi taygasi. Bularninghar bir taygaga hos bo’lgan mo’tadil iqlimga, podzol
tuproqlarga, igna igna bargli o’simliklarga, o’rmonga hos hayvonot dunyosiga ega
bo’lgan holda bir-biridan tog’ jinislarining hususiyatlari, iqlimning kontinentallik
darajasi daraxt turlari, hayvonot dunyosihususiyatlari bilan, boshqacha qilib
aytganda tabiatining hamma vaqt ham ma’lum darajada o’ziga hos umumiy qiyofasi
bilan ajralib turadi
Regional mintaqalarining okeanik qisimlarida ham bo’ladi. Okeanlarning har
bir mintaqa doirasidagi g’arbiy, markaziy va sharqiy qisimlarida oqimlarning
ularning issiqlik hususiyatlariga va organic xayotiga ta’siri natijasida farqlar bo’lishi
aniq.
Butun biosfera tirik moddalarning to’htovsiz va faol qatnashuvi sharoitida
rivojlansa ham, lekin undagi ba’zi zonalarda tirik moddalar ko’p miqdorda
qatnashsa, muz, cho’l va chala cho’l zonalari- ham qatnashadigan zonalardir.
Dunyo okeanining qirg’oqlaridan uzoqda joylashgan yarimiga yaqin qismi ham
bialogik jihatdan ham mahsul hisoblanadi. Bialogik sermahsul zonalar va okeanik
qisimlardan hayot sharoiti juda qulay, kammahsullarida esa noqulaydir.
Biosferaning ayrim oblastlarida tabiatning rivojlanishi jarayonidagi o’zgarish
suratlari har hildir. Ma’lumki okean faunasi quruqlikdagi faunaga nisbatan sekinroq
o’zgaradi. Binobarin, okeanlar materiklarga nisbatan konservativroq ( kam
o’zgaruvchi ) oblast hisoblanadi.
Quruqliklarda ham tabiatning o’zgaruvchanligi turli zonalarda bir hil emas va
bu farq organic dunyogagina hos bo’lmay, butun geografik sharoitga hosdir. Quyi
geografik kengliklarning tabiati eng sekin o’zgaradi, o’rta va yuqori kengliklar
tabiatning o’zgarishiga esa ancha tez suratlar bilan boradi. Ekvatorial mintaqaning
qulay hayot sharoitida geografik sharoitga moslashishiga va o’zgarishiga majbur
etadigan darajada yomonlashmaydi. O’rtacha geografik kengliklarda esa
temperaturaning yoki namlikning, geomarfalogik yoki gidrologik sharoitning
salgina o’zgarishi ham organizmlar uchun yangi sharoit vujutga keltiradi, bu esa
organizmlarning o’zgarishiga sababbo’ladi; bu jarayonda o’simlik va hayvonlarning
har bir turkari nisbatan tez barham topib, yangi turlari paydo bo’lib turadi.
Okeanlar va materiklar tabiatdagi farq juda katta ya’ni sektorlar tafovutlar
zonal tofovutlarga qaraganda kattaroq bo’lishga qaramay, okean sektorlarini ham,
materik sektorlarini ham o’z ichiga oladigan umumplanetar zonalar deb geogeafik
mintaqalarni qabul qilish mumkin. Ehtimol mintaqalar ba’zi geograflar
takidlaganidek, tabiy geografik teritoriyal kompleks bo’lmay, faqat iqlimiy
teritoryal kompleksdir ? Tabiat tarkibiy qisimlarining o’zaro ta’siri iqlimning
tabiatning boshqa komponentlari bilan bir qatorda ekanligini ko’rsatadi, agar iqlim
bir mintaqadan ikkinchi mintaqaga o’tilganda o’zgarsa u bilan birga butun tabiat (
makrorelefdan tashqari ) o’zgaradi. Binobarin, geografik zonalar faqat o’simlik
zo’nalari bo’lmagani kabi, geografik mintaqalar ham faqat iqlimiy mintaqalar
emasdir.
Yarim sharda tahminan 50 kengliklargacha bo’lgan yerlarni o’z ichiga oladi.
Mintaqaning orasidan o’tadigan parallel – ekvatorning 30800km ga yaqin qismi
quruqliklardan o’tadi.
Materiklarning ekvatorial mintaqadagi relefi litosferaning ekvator ostidagi
cho’kishiga mos ravishda pasttekisliklardan ( Amazonka pasttekisligi,
Markaziy Afrika ) va orollardan iborat ( Indoneziya va Yangi Gvineya ) . Faqat
and tog’larida gorizantal zonalik balandlik mintaqalinishi bilan almashinadi.
Atmosfera ortiqcha issiqlik balansiga ega : solyar temperaturasi (390) haqiqiy
temperaturadan (24-26) 15-130 ortiq. Quyosh issiqligi juda ko’p- yilligi 100
kkal/sm2 dan 160 kkal/sm2 gacha va yil bo’yi ancha bir tekis tushib turadi.
Quruqlikda 29 kkal/sm2 dan okeanlarda 80 kkal/sm2 gacha issiqlik bog’lanishga sarf
bo’ladi. Isigan havoda ko’tarilma oqimlar vujudga keldi. Buning natijasida
ekvatorial mittaqaga tropic mintaqadan passat shamollari esib,nam olib keladi.
Shu sababli namlik katta -80-90-%,havo serbulut buladi ,yog’inlar ko’p –yiliga
1000 mm dan 2500 mm gacha yog’adi. Mumkin bo’lgan bug’lanish nisbatan kam-
1000-1500 mm atrofida. Atnosferadagi namlanish ortiqcha- 150% gacha yetadi.
Havo temoiraturasi hamma oylarda 24-260 bo’ladi, yillik ampelatudalar kichik, 20
C atrofidadir.
Ekvatorial mittaqadagi tabiiy prosesslarning fasliy o’zgarishi farqi katta emas
va turli teritoriyada bir hil bo’ladi. Materik va okean sektorlaridagi iqlimiy tofovutlar
sifat jihatdan farq qiladigan darajaga yetmaydi. Ekvatorial quruqlikning iqlimi
okean iqlimidir .
Quruqlikda suv, grunt suvlari yuza joylashgan, botqoq bosgan yerlar ko’p,
daryolar ko’p va sersuv. Daryo eroziyasi kuchli bo’lganligidan ko’llar kam faqat
Sharqiy Afrikada, Suriya-Afrika grabenida yirik ko’llar ko’p.
Subekvatorial mintaqalar.
Subekvatorial
mintaqalarning
eng
muhum
hususiyatlari
atmosfera
sirkulyasiyasining o’zgarib turishidir. Bu o’zgarish ekvatorial barik minumimning
geografik kenglik bo’yicha siljib turishida, subekvatorial mussonlarda, ekvatorial
havo bilan tropic havoning fasldan-faslga almashinib turishida, yilning quruq va
seryomg’ir fasllarga bo’lishida nomoyon bo’ladi. Atmosfera
Sirkulasiyasiga bog’liq ravishda barcha tabiiy
Prosesslar ham fasliy o’zgarib turadi, bu hol
Kishilarning barcha tabiiy prosesslar ham fasliy
O’zgarib turadi, bu hol kishilarning ho’jalik
Faoliyatida aks etadi.
Bu aytilganlardan subekvatorial mintaqalarning tabiatiga iqlim sabab bo’lgan
Deb hulosa chiqarish yaramaydi. Tabiiy
Hodisalarning fasliy o’zgarishiga asosiy sabab,
O’rtacha geografik kengliklardagi fasillarning almashinishiga sabab bo’lgani
kabi, Yer aylanish o’qining orbita tekisligiga qiya ekanligi va unga bog’liq ravishda
yarim sharning navbatma –navbat isitilishidir. Yomg’irgarchilik fasilning o’zi uzun-
qisqaligiga mos ravishda ( bu fasl gileylar chegarasi yaqinida uzoq davom etib,
tropic dashtlari va cho’llarga tomon qisqara boradi ) subekvatorial mintaqada ikkita
tabiat zonasi ajratiladi: a) namlik o’zgarib turuvchi barg to’kuvchi o’rmonlar va b)
savannalar yoki tropic o’rmon dashtlar zonalari.
Atmosfera sirkulyasiyasi va iqlimning aniq o’zgaruvchan ekanligiga
qaramay, subekvatorial kengliklarning , ayniqsa savanna savanna zonasining tabiati
g’oyat o’ziga xos bo’lib, tabiatning hozirgi hususiyatlari kam deganda, uchlamchi
davirdan saqlanib qolgan.
Quruqlik subekvatorial mintaqa shimoliy yarim sharda 50 shimoliy
kenglikdan 250 shimoliy kenglikkacha cho’zilib, o’z ichiga Panama bo’yi, Orinako
bo’yidagi pasttekisliklarni, Gvineya tog’ligini, Afrikadagi Niger daryosidan Nil
daryosining yuqori oqimi va Buyuk ko’llargacha bo’lgan yerlarni, Hindiston,
Hindixitoy va Filipinning janubiy yarim sharida Brazilya tog’ligini, Markaziy
Afrikaning
Kongo
daryosidan
Zambezi
daryosigacha
bo’lgan
qismini,
Avstralyaning shimoliy, ya’ni 50 dan 200 janubiy kenglikkacha bo’lgan yerlarni o’z
ichiga oladi Ekvatorial mintaqa kabi bu mintaqaning ham katta qismi okeanlarga
to’g’ri keladi.
Subekvatorial mintaqada dissimmetriya nomoyon bo’la boshlaydi: Shimoliy
subekvatorial mintaqa esa faqat 800 cho’zilgan.
Dunyo okeanida subekvatorial mintaqalar juda aniq nomoyon bo’lgan : ularni
passat
shamollari
ajratib
turadi.
Okeanlardagi
subekvatorial
mintaqa
quruqliklardagidan boshqacharoq joylashgan va geografik qobiq dissimmetriyasini
aks ettirib, har ikkala yarim sharning subekvatorial mintaqalari Tinch va Atlantika
okeanlarida bir oz shimolga surilgan.
Materikning subekvatorial mintaqalaridagi relefi qirlardan va tog’liklardan
iborat- 200 shimoliy va janubiy kengliklardagi platformalarga hos bo’lgan ko’tarilma
harakatlar nomoyon bo’lgan. Mezo va mikrorelyef shakllari yomg’irgarchilik
faslidagi kuchli eroziya va himik nurash ta;sirida, qurg’oqchil fasldaesa deflyasiya
ta’sirida tarkib topadi. Akkumlyativ tekisliklarda suppasimon va yetim tog’lar hosil
bo’ladi.
Tropic mintaqalar. Tropik mintaqalar materiklarda ham, okeanlarda tropic
attsiklonlarda tarkib topadigan quruq va issiq tropic havo hukumron bo’lgan
geografik kengliklardir. Bu mintaqalarda passatlar vujutga keladi va sharqiy
shamollar boshlanadi. Bu shamollar materiklarning g’arbiy soxillarida yog’inlar olib
ketadi sharqiy shamollarga esa nam keltiradi. Shuning uchun ham zonal joy tiplari
meridian yo’nalishida emas, balki g’rrbdan sharqqa tomon o’zgarib boradi.
Regionlarning uch xil tipi: g’arbiy sohillarning cho’l va chala chollari, materiklar
ichkarisidagi cho’llar, sharqiy sohillarning fasliy sernam tropic o’rmonlari aniq
nomoyon bo’lgan, cho’llar bilan o’rmonlar oralig’ida siyrak o’rmonlar va
savannalar bo’ladi.
Shimoliy va Janubiy tropic mintaqalar maydoni teng emas. Shimoliy tropic
mintaqa uzunlik bo’ylab 1200 ga, janubiy tropik mintaqasi esa 850 cho’zilgan, lekin
ular orasidagi sifatiy tofovutlar hali aniqlanmagan.
Sharqiy okean bo’yi fasliy sernam va doimiy sernam o’rmonlar Floridada,
Yukatanda, Brazilya soxillarida, Rio-de-Janeyrodan shimol va janubda, shimoliy-
sharqiy Avstraliyada o’sadi. Savanna va siyrak o’rmonlar Markaziy Amerikada,
Zambezi havzasida hamda Sharqiy Avstraliyada tarqalgan.
Tropik mintaqalarning qolgan katta qisimlarida atmosferaning antsiklon
passat sirkulatsiyasi ta’sirida quruq va issiq havo hukumrondir. Materiklardagi ana
shunday joylardacho’llar hosil bo’lgan: Kaliforniya, Sahroi Kabir, Arabistondagi
Suriya va Nefud, Hind daryosi havzasidagi Tar, Atakama, Kalaxari, Avstraliya
cho’llari.
Shimoliy tropik mintaqa Sahroi Kabirning janubida 140 shimoliy
kenglikkacha, janubiy tropik mintaqa Kalaxarining shimolida 180 janubiy
kenglikdan Avstraliyada 300 janubiy kenglikkacha chozilgan. O’rta parallel deyarli
aniq tropiklarga to’g’ri keladi. Lekin yuqorida sanab o’tilgan teritoriyalardan
ko’rinib turibdiki tropic kengliklar ham mintaqalarga to’g’ri kelavermaydi;
Hindiston, Hindixitoyda tropic kengliklarda subekvatorial mintaqa joylashgan. Bu
xol eski dunyodagi materiklar tabiatining g’arbdan sharqqa tomon asimmetrik
ekanligini ko’rsatadi.
Pasayotgan
havo
massalari
quruq
bo’ladi,
havo
bulutsiz
kelib,
yog’inlartasodifan yog’ib qoladi, yillik yog’in miqdori juda kam ( 100 mm dan
oshmaydi ), mumkin bo’lgan bug’lanish Sahroi Kabirda 5000 mm ga, Avstraliyada
2500 mm ga, Arabiston va Tar, Kaliforniyada 3000 mm ga, Kalaxarida 2500 mm ga
yetadi. Atmosferada namlanishning yillik miqdori 0 dan 10% gacha boradi va faqat
Kalaharida 25%ga yetadi, shuning uchun ham Kalahari ko’proq chala cho’ldan
iborat.
Subtropik mintaqalar. Subtropik mintaqalar tropic mintaqalar bilan mo’taddil
mintaqalar oralig’ida joylashgan. Bu mintaqalardan subtropik mintaqaga o’tish
iqlimining va butun tabiatning asta- sekin miqdoriy o’zgarishi bilan bormasdan,
balki tropic havo (qishda ) hukumronligini almashinishi bilan boradi Subtropik
iqlimning mohiyati shundan iborat.
Biroq subtropik tabiat harakterini faqat iqlimga emas, ko’p jihatdan
litosferaga ham bog’liqdir. Subtropik kengliklarning o’rtacha praleli 350 shimoliy va
janubiy kengliklar, ya’ni yer po’sti yoriqlarining O’rta dengiz mintaqasiparalelidir.
Shimoliy motadil mintaqa. Subtropik kengliklardantashqarida-o’rtacha
kengliklarda Yer relyefi antisimmetrikdir: shimoliy yarimsharda materik, janubiy
yarimsharda okean usti turadi. Shu sababli mo’taddil mintaqalar bir-biridan shu
qadar farq qiladiki ularni aloxida-aloxida tasvirlashga to’g’ri keladi. Shimoliy tropik
mintaqa Irlandiyadan Kamchatgagacha uzoqlik bo’yicha 1750 ga Alyaskadan
Nyufaundeendgacha ega 1000 ga cho’zilgan. Uning eng janubiy chegarasi shimoliy
Xitoyda 380 ga shimoliy kenglikda,eng shimoliy chegarasi Sikandinaviya yarim
orolida 700 shimoliy kenglikda joylashgan: mintaqalarning kengligi meridian
yo’nalishi bo’yicha 370 ga yetadi, ya’ni , yarim sharning 1/3 qismidan ortiq.