YER YUZASINI O‘ZGARTIRUVCHI ICHKI KUCHLAR
KIRISH
I-BOB. YERNING ICHKI GEODINAMIK JARAYONLARI
I.1 Tektonik harakatlar va tektonik strukturalar
I.2 Litosfera plitalari tektonikasi
II-BOB. ZILZILA VA VULKANIZIMNING YER YUZASIGA TASIRI
II.1 Zilzilalarning yer sharida tarqalishi , paydo bo’lishi va turlari
II.2 Vulkan qurulmalari,vulkanizim, vulkan turlari
Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati
KIRISH
Mavzuning dolzarbligi. Endogen jarayonlar tektonik harakatlarning turli
tiplari va ular bilan bog‘liq bo‘lgan er po‘stining deformatsiyalanishiga sabab
bo‘ladi. Ular er qimirlashlarini, intruziv va effuziv magmatizmni, er bag‘ridagi tog‘
jinslarining tabaqalanishini, er po‘stining turli tiplarining shakllanishini vujudga
keltiradi. Endogen jarayonlar morfologiyasi va kattaligi bo‘yicha turli rel’ef
shakllarini vujudga kelishigina emas, balki ko‘p vaqtlarda ekzogen jarayonlarining
faoliyatini, xarakteri va intensivligini ham boshqaradi. Bularning hammasi Er
yuzasida rel’ef hosil bo‘lishida endogen jarayonlarining muhim roli borligini
ko‘rsatadi.
Erning xilma xil ichki energiyasi (3.1-jadval) bir-birlari bilan bog‘langan vertikal va
gorizontal tektonik harakatlarda, yaoni er po‘sti tuzilishini o‘zgartirib yuboradigan
siljishlarda namoyon bo‘ladi. Tektonik harakatlarning ikkala tiplari alohida yoki bir
biri bilan bog‘langan holda yuz beradi. Bu harakatlar natijasida er po‘stining yirik
bo‘laklari vertikal yoki gorizontal yo‘nalishlarda siljishi hamda turli miqyosdagi
burmali va yoriqli strukturalarni hosil qilishi mumkin.
Masalan, litosfera plitalarining global tektonikasi taolimoti (konsepsiyasi)
bo‘yicha yuqori mantiyaning qizigan moddasini yuqoriga ko‘tarilishi Tinch okeani
tagida SHarqiy Tinch okeani ko‘tarilmasini hosil qilgan. Rivojlanishning keyingi
bosqichida esa ko‘tarilmaning o‘q qismida er yoriqlari sababli grabenlarga o‘xshash
rel’ef shakli-riftlar (O‘rta Atlantika rift zonasi) hosil bo‘lgan. YUqori mantiyadan
yangi moddalarning riftlar tagidagi yoriqlardan yana kelishi litosfera plitalarini
riftlarning markazidan gorizontal yo‘nalishda siljishiga, yaoni spredinga sabab
bo‘ladi. SHunday qilib, vertikal harakatlar gorizontal harakatlarga o‘tishini kuzatish
mumkin.
Litosfera plitalari bir-biriga nisbatan juda sekin siljiydi. Ular yiliga I sm dan
II sm gacha siljib boradi. Bir necha o‘n yoki yuz yildagi bunday siljishlar unchalik
sezilmasa ham, ming yoki million yillar davomidagi siljish natijalarida Er po‘sti
tuzilishida, Er yuzasi rel’efida katta o‘zgarishlar bo‘ladi.
Litosfera plitalarining gorizontal siljishida ularning bir birlari bilan
to‘qnashgan joylarida chuqur okean cho‘kmalari (novlari) va ularni o‘rab turuvchi
orollar yoyi (masalan YApon cho‘kmasi, YApon orollari), ulkan tog‘ tizimlari
(Himolay, And) hosil bo‘ladi. Bu jarayonlar kuchli zilzilalar va vulkan otilishlari
bilan birgalikda yuz beradi. Bu misoldan ko‘rinadiki gorizontal harakatlar vertikal
harakatlarga o‘tadi.
Turli tektonik harakatlarning tiplari va ular hosil qilgan er po‘stidagi
buzilishlar (deformatsiyalar) rel’efda bevosita yoki bilvosita o‘z ifodasini topadi.
Vertikal tektonik harakatlar natijasida antiklinallar va sinklinallar,
antiklinoriy va sinklinoriylar, megantiklinoriylar hosil bo‘ladi. Yirik va ichki
tuzilishi bo‘yicha murakkab burmali strukturalarga antiklinoriylar va sinklinoriylar
misol bo‘la oladi. Ular rel’efda yirik tog‘ tizmalari va ular orasidagi botiqlar
ko‘rinishida bo‘ladi (masalan, Katta Kavkaz antiklinoriysi, Oloy antiklinoriysi,
Farg‘ona sinklinoriysi va boshqalar). Antiklinoriylar antiklinalga o‘xshagan
nihoyatda katta balandlik bo‘lib, u keyinchalik daryolar bo‘lib-bo‘lib yuborishidan
tog‘li o‘lkaga aylanadi.
Burmalanish
jarayoni
er
po‘stining
harakatchan
zonalari
bo‘lgan
geosinaklinal oblastlarda to‘liq namoyon bo‘ladi. Bu oblastlarda to‘lqinsimon
harakatlar juda katta bo‘ladi va eng baland ko‘tarilgan zona bilan eng chuqur
cho‘kkan zonalar bir biriga yaqin joylashadi. Harakatlar amplitudasi (tebranishi) 12-
18 km ga etadi. YOriqli buzilishlar, intruziv va effuziv magmatizm ham
burmalanishlar bilan birgalikda yuz beradi. Bu jarayonlar taosirida burmali
oblastlarning strukturasi va ularning rel’efda ifodalanishi ancha murakkablashadi,
turli strukturali-denudatsion rel’ef shakllanadi. Mavzuning dolzarbligi shularni
o’rganishdan iborat
I-BOB. YERNING ICHKI GEODINAMIK JARAYONLARI
I.1 Tektonik harakatlar va tektonik strukturalar
Tektonik harakatlar. Zilzilalar qabilida kechadigan jarayonlar majmuasi
tektonik harakatlar deyiladi. Tektonik harakatlar uzlukli-uzluksiz ravishda
kechadi, ya’ni uning intensivligi geologik vaqt davomida goh kuchayib, goh
susayib turadi. Ular er po‘stining relefi, materiklarning paydo bo‘lishi, umuman
Erning paleogeografik taraqqiyotida etakchi o‘rinda turadi.
Er taraqqiyoti tarixida tog‘ hosil qiluvchi kuchli tektonik harakatlar ro‘y
bergan tog‘ burmalanishi epoxalari ajratiladi. Masalan, baykal tog‘
burmalanishi proterozoyning oxiri-paleozoyning boshlanishida, kaledon va
gersin tog‘ burmalanishlari paleozoyning o‘rtasida va oxirida, kimmeriy tog‘
burmalanishi mezozoy erasida, alp tog‘ burmalanishi esa kaynozoy erasida
sodir bo‘lgan. Tektonik harakatlar eng qadimgi, qadimgi, yangi (neotektonik)
va hozirgi zamon tektonik harakatlariga bo‘linadi.
Eng qadimgi tektonik harakatlarga arxey va proterozoyda sodir bo‘lgan
tektonik harakatlar kiradi. Qadimgisi - paleozoy (kaledon, gersin) va mezozoy
(kimmeriy) eralaridagi, neotektonik va hozirgi zamon tektonik harakatlari
esa kaynozoy (alp) erasidagi tog‘ burmalanishlarini o‘z ichiga oladi. Ular
asosan geologik, qisman geomorfologik usullar orqali o‘rganiladi.
Er
po‘stidagi
tektonik
harakatlar
qatlam
yoki
qatlamsiz
yaxlit
yotqiziqlarning dastlabki yotishini o‘zgartiradi. Qatlamlar yon tomonidan
siqilishidan burmalanadi, tik ta’sir qilgan kuchdan esa, sinadi, darzlar hosil
qilib, bo‘laklarga ajraladi va nihoyat bir qismi ko‘tarilib, ikkinchi qismi cho‘kishi
mumkin.
Qatlamlarning shakli va yaxlitligining o‘zgarishi ichki harakatga bog‘liqdir.
Bu harakatdan cho‘kish, ko‘tarilish, burmalanish, er yorilishi, katta - katta
palaxsalarning siljishi va boshqa xil tektonik strukturalar vujudga keladi.
Tektonik harakatlar ikki xil - orogen va epeyrogen harakatlarga bo‘linadi. Orogen
harakatlar o‘z navbatida plikativ (burmalanish) va diz’yunktiv (uzilma)
turlarga ajratiladi. Epeyrogen (tebranma) harakatlar er po‘stining asriy
tebranishida o‘z ifodasini topgan.
Dengiz yotqiziqlarining barcha qit’alarda topilishi o‘tgan geologik
davrlarda bir necha marta er po‘stida asriy tebranishlar kechganligidan dalolat
beradi. Bunday harakatlar hozir ham davom etmoqda.
Epeyrogen harakatlar qirg‘oq chiziqlarining o‘zgarishida ayniqsa yaqqol
aks etadi. Dengiz sohillarining ba’zi joylarida suvning qaytishini kuzatish
mumkin. Bunday hodisa yo dengiz sathining pasayishi yoki sohilining
ko‘tarilishida ro‘y beradi.
Quruqlikning cho‘kishi yoki dengiz sathining ko‘tarilishi natijasida dengiz
transgressiyasi ro‘y beradi va quruqlikning bir qismini suv bosadi.
Quruqlikdan dengiz suvi qaytsa regressiya deyiladi.
Er po‘stining asriy tebranishi faqat dengiz sohillaridagina emas, balki materik
ichkarisida ham kuzatiladi. Masalan, Fransiyaning ayrim joylari, Alp tog‘larining
etaklari va Boden ko‘li atrofi, SHimoliy Amerikada Michigan ko‘li sohillari, Tinch
okeandagi ko‘pchilik marjon orollari ham asta - sekin cho‘kmoqda. Bunday
misollarni ko‘plab keltirish mumkin.
Er po‘stidagi hozirgi harakatlarni aniq o‘lchashda geodezik asboblardan
foydalaniladi. Tog‘ jinslari qatlamlarining yotish holatini o‘lchash bilan
epeyrogen harakatlarning er po‘stiga ko‘rsatgan ta’siri aniqlanadi. Bunda
geologik va geomorfologik kesmalar, tog‘ jinslarining yotish shakllarining
tahlili ham katta yordam beradi.
1862-1932-yillardagi nivelirlashlarning natijalari tekshirib ko‘rilganda,
Himolay tog‘lari bilan Gang daryosi o‘rtasida joylashgan SHimoliy
Hindistonning ko‘p qismi bir yilda 18,2 mm ko‘tarilganligi aniqlangan. Banoras
shahrining shimoliy qismi ham eng ko‘p ko‘tarilganligi ma’lum. 1966 yilgi
Toshkent zilzilasidan keyingi seysmologlarning ilmiy tekshirish ishlari Toshkent
hududining pastkam joylari (CHirchiq daryosi, Qoraqamish va Bo‘zsuvning
quyi oqimlari) cho‘kayotgan bo‘lsa, boshqa joylari (Anhor kanali o‘tgan joylar,
YUnusobod) ko‘tarilayotganligini ko‘rsatdi.
Er po‘stining tik (vertikal) tebranma harakatidan tashqari, gorizontal
harakati ham kuzatiladi. Masalan, Pomir tog‘lari janubdan shimolga tomon
asta-sekin yiliga 2-3 sm siljimoqda. Er tarixida va rivojlanishida tektonik
harakatlar muttasil, lekin goh tez, goh sust kechgan.
Neotektonik harakatlar. Neotektonik harakatlar 40 mln. yildan buyongi
tektonik harakatlarni o‘z ichiga. YOsh tektonik xarakatlar golotsen davridan,
ya’ni keyingi 10000 yildan boshlanadi, arxeologik va geomorfologik usullar
yordamida o‘rganiladi. Hozirgi zamon tektonik harakatlari 100 yildan buyongi
xarakatlarga tegishli bo‘lib, ular geodezik asboblar yordamida o‘rganiladi.
Neogen va to‘rtlamchi davrlardagi tektonik harakatlarni va ular hosil qilgan
strukturalarni geologiyaning neotektonika deb ataluvchi sohasi o‘rganadi.
Neotektonikani akademik V.A.Obruchev (1863 - 1956) birinchi bo‘lib umumiy
tektonika fanidan ajratishni taklif qilgan va buni asoslagan.
Er po‘stining rivojlanish tarixi unda muttasil tektonik harakatlar bo‘lib
turganligidan darak beradi. Bunday harakatlar tog‘ jinsi qatlamlarining
yotish holatini, tuzilishini, relefini o‘zgartiradi. Er qatlamlaridagi, ayniqsa
yosh qatlamlardagi bunday o‘zgarishlarni aniqlash, ularni o‘rganish muhim
ahamiyatga egadir. CHunki ular hozirgi relef shakllarini hosil qilgan bo‘lib, neft,
gaz, ko‘mir kabi foydali qazilmalarni bashorat qilish va qidirishda etakchi
mezon hisoblanadi.
Neotektonik harakatlar kechgan joylarni bir necha xil usullar yordamida
aniqlash mumkin.
Tektonik harakatlar tufayli neogen, to‘rtlamchi davr yotqiziqlarida darz
ketgan, bukilgan strukturalar hosil bo‘lgan va balandliklarda qadimgi tekislanish
yuzalari kabi qoldiq relef shakllari uchraydigan joylar mavjud. Ana shular tahlil
qilinib, neotektonik harakatlarning tezligi va yo‘nalishi, qanday geologik
strukturalarni hosil qilganligi hamda ularga relefning qanday shakllari mos
kelishi aniqlanadi.
To‘rtlamchi davr yotqiziqlarning darz ketgan va uzilgan joylari Qorjontovda,
Norin daryosi vodiysida va boshqa joylarda uchraydi. Er po‘stining ko‘tarilishi
tufayli antropogen davri yotqiziqlari tog‘larning 1800 - 2000 m mutlaq
balandliklarida, ya’ni daryo o‘zanidan 600-700 m tepada qolib ketgan. Masalan,
Pskom daryosi chap qirg‘og‘idagi nanay supasi (Q1) bunga misol bo‘laoladi.
Qadimgi tekisliklarning baland tog‘ oralig‘ida qolib ketishi neotektonik harakat
kechganligidan darak beradi. Masalan, CHotqol, Pskom tog‘lari orasidagi Maydontol
(platosi) dengiz yuzasidan 2500 - 2800 m balandlikda joylashgan.
Neotektonik va hozirgi zamon tektonik harakatlar vulkan otilishi, zilzila
harakatlarida namoyon bo‘ladi (zilzila bobiga karang). To‘rtlamchi davrning
boshlarida er yorilishidan Afrikadagi Viktoriya va Tanganika ko‘llari, Qizil dengiz
va O‘lik dengizlar hosil bo‘lgan. Rossiya hududidagi Baykal ko‘li ham
antropogen davrida xosil bo‘lgan deb hisoblanadi.
Neotektonik harakatlar tufayli hozirgi davrdagi quruqlik va okean tublaridagi
asosiy relef shakllari: tog‘lar, tekisliklar, daryo vodiylari paydo bo‘lgan.
Hozirgi zamon tektonik harakatlarini bevosita o‘rganishimiz va asboblar orqali
ularning qiymatini o‘lchashimiz mumkin. SHu kabi yo‘nalishini ham aniqlash
mumkin. Masalan: vetikal harakatlar musbat – ko‘tariluvchi va manfiy – cho‘kuvchi
bo‘lishi mumkin.
Hozirgi zamon vertikal va gorizontal tektonik harakatlarni o‘rganish natijalari
shuni ko‘rsatadiki, ularning o‘rtacha tezligi yiliga 1-2 sm dan oshmaydi. Birinchi
qarashda bu judayam arzimasdek tuyuladi. Ammo bu harakatlar yuz ming va
millionlab yillar davomida to‘xtovsiz kechishi mumkin. Yiliga 1 sm dagi ko‘tarilish
tezligi bir million yil davomida balandligi 10 km bo‘lgan tog‘ni hosil qiladi. Bu
Himolaydan ham baland!
Geologik o‘tmishdagi tektonik harakatlar to‘g‘risida ularning natijalari bo‘yicha
fikr yuritish mumkin.
Tektonik strukturalar. Tektonik harakatlar tufayli burmali va uzilmali
strukturalar hosil bo‘ladi.
Burmali strukturalar va ularning elementlari. Burma deb tektonik va boshqa
tashqi kuchlar ta’sirida cho‘kindi, vulkanogen va metamorfik jinslar qatlamlarining
plastik deformatsiyasi tufayli to‘lqinsimon buklanishiga aytiladi. Burmali
strukturalar orasida ularning ikkita asosiy turi: antiklinal va sinklinal strukturalar
ajratiladi.
Antiklinal burma morfologik tomondan qavariq struktura bo‘lib, uning
yadrosida qari jinslar ochilib yotgan bo‘ladi, qanotlarini esa yosh jinslar tashkil
etadi.
Sinklinal burma antiklinal burmaning aksi bo‘lib, morfologik tomondan botiq
struktura va uning muldasida yosh jinslar, qanotla-rida esa qari jinslar rivoj-langan
bo‘ladi.
Burmalar er po‘stida har qanday holatda yotishi mumkin. Ular qanday holatda
yotishidan qat’iy nazar ma’lum bir morfologik elementlardan iborat bo‘ladi. Tabiiy
holda er yuzasida yuvilishdan to‘la saqlangan burmalar kamdan-kam uchraydi.
Burma elementlari holatini tahlil qilish orqali ularning umumiy shaklini tiklash
mumkin.
Burmali struk-turalarning o‘lchami va tartibi har xil bo‘lib, ko‘p hollarda yirik
birinchi tar-tibdagilari mayda burmalardan tuzilgan bo‘ladi. Burmalar er yuzasida
alohida-alohida yoki katta guruhlardan iborat bo‘lishi mumkin. Keyingi holda ular
burmali o‘lkalarni tashkil qiladi.
Har bir burma ma’lum elementlardan tashkil topgan bo‘ladi. Burmalarda
qatlamlarning buklanish joyi burma qulfi yoki yadrosi deyiladi. Burmalarning
qulfiga tutashgan qismlari burma qanotlari deyiladi va ular qarama qarshi tomonga
monoklinal yotgan bo‘ladi. Burma yadrosi er yuzasida, odatda, yuvilgan holda
uchraydi.
Qatlamlarning buklanish chizig‘i bo‘yicha burmani ikkiga bo‘luvchi hayoliy
tekislik burmaning o‘q tekisligi deb yuritiladi (48-rasm). Burma o‘q tekisligi muhim
elementlardan biri bo‘lib, uning fazoda tutgan vaziyatiga qarab burmalarning
morfologik turlari ajratiladi. Burma o‘q tekisligi bilan relef yuzasining
kesishishidan hosil bo‘lgan chiziq burmaning o‘q chizig‘i deyiladi. Burma o‘q
tekisligi bilan burmada qatnashayotgan qatlamlardan birining yuzasi kesishishidan
hosil bo‘lgan chiziq burma sharniri deyiladi (49-rasm).
Qatlamlarning buklanish holatiga qarab burma sharni-ri gorizontal, qiya, egri
va to‘lqinsimon bo‘lishi mumkin. Bur-ma sharniri yordamida uning fazoda tutgan
vaziyati aniqlanadi. Burma sharnirining bo‘ylama yo‘nalishda bir necha bor
sho‘ng‘i-shi va ko‘tarilishidan burma undulyasiyasi hosil bo‘ladi. Burma sharniri
bilan uning gorizontal tekislikka o‘tkazilgan proeksiyasi orasidagi burchak
burmaning sho‘ng‘ish yoki ko‘tarilish burchagi deyiladi.
Har qanday burma o‘z o‘lchamlariga ega. Ularning eni, bo‘yi va balandligi
bo‘ladi (50-rasm). Burmaning eni (kengligi) yondosh burmalar o‘q tekisliklari
orasidagi masofadan iborat bo‘ladi. Uning uzunligi qarama-qarshi tomonda
burmada qatnashayotgan ma’lum qatlamning sho‘ng‘ish nuqtalari orasidagi
masofaga teng, balandligi esa yondosh qarama-qarshi burmalar qulflari orasidagi
vertikal masofaga teng bo‘ladi.
Burmalarning morfologik turlari. Burmalar gorizontal tekislikka nisbatan
qavariq-botiqligiga, o‘q tekisligining vaziyatiga, burma qanotlari orasidagi
munosabatga, qulfining shakliga, eni bilan bo‘yi orasidagi nisbatga va boshqa
hususiyatlariga qarab morfologik turlarga bo‘linadi.
Burmalar o‘q tekis-ligining vaziyatiga qarab simmetrik va asimmetrik
burmalarga bo‘linadi .
Simmetrik burmalarda o‘q tekisligi vertikal joylashgan bo‘lib, ularning
qanotlari bir xil qiyalik burchagiga ega bo‘ladi. Asimmetrik burmalarda esa o‘q
tekisligi qiya yoki gorizontal yotgan bo‘lib, qanotlari turli qiyalik burchagiga ega
bo‘ladi Asimmetrik burmalar orasida qiya, to‘ntarilgan, yotuvchi va sho‘ng‘uvchi
turlari ajratiladi.
Qiya burmalarda qanotlari qarama-qarshi tomonga yotgan bo‘lib, uning yotish
burchagi har xil va o‘q tekisligi qiya bo‘ladi.To‘ntarilgan burmalarda qanotlari bir
tomonga yotgan va o‘q tekisligi qiya joylashgan bo‘ladi. Ularda to‘g‘ri va
to‘ntarilgan qanotlar ajratiladi. YOtuvchi burmalarda o‘q tekisligi gorizontal yotgan
bo‘ladi. SHo‘ng‘uvchi burmalarda o‘q tekisligining oldingi qismi pastga qarab
engashgan bo‘ladi Ba’zi hollarda bunday burmalarning ustki qismi yuvilib ketishi
natijasida ularning yadrosida, shakli bo‘yicha sinklinal burmani eslatuvchi qoldiqni
kuzatish mumkin. Lekin uning markazida yosh emas, balki nisbatan qari tog‘ jinslari
yotgan bo‘ladi.
Burmalar qanotlari orasidagi munosabatga qarab odatdagi, izoklinal va
elpig‘ichsimon turlarga bo‘linadi.
Odatdagi burmalarda qanotlari qarama-qarshi tomonga yotgan bo‘ladi.
Izoklinal burmalarda qanotlari bir-biriga paralleldir. Elpig‘ichsimon burmalarda
ularning qanotlari elpig‘ichsimon tarzda yoki yoyilgan bo‘ladi.
Burmalar eni bilan bo‘yi orasidagi nisbatga qarab cho‘ziq, braxiformali va
gumbazsimon turlarga bo‘linadi .
CHo‘ziq burmalarda ularning bo‘yining eniga nisbati 3 dan katta bo‘ladi.
Braxiformali burmalarda bo‘yining eniga nisbati 3 dan kichik bo‘ladi.
Gumbazsimon burmalarda burma eni bilan bo‘yi taxminan bir-biriga teng bo‘ladi.
Fleksuralar. Fleksura deb gorizontal yoki qiya yotgan qatlamlarning
tirsaksimon buklanishidan hosil bo‘lgan pog‘onali strukturaga aytiladi.
Fleksuralarda ustki yoki ko‘tarilgan qanot, pastki yoki cho‘kkan qanot va
tutashtiruvchi qanot singari elementlar ajratiladi
Qiya yotgan qatlamlarda hosil bo‘lgan fleksuralar muvofiq va nomuvofiq
turlarga bo‘linadi. Muvo-fiq fleksuralarda ustki, pastki va tutashtiruvchi qanotlari
bir tomonga qarab yotgan bo‘ladi. Nomuvofiq fleksuralarda ustki va pastki qanotlar
bir tomonga, tutashtiruvchi qanotlari esa, qarama-qarshi tomonga qarab yotgan
bo‘ladi.Fleksuralar substrat yotqiziqlarida uzilmali strukturalar hosil bo‘lishi va
ma’lum blokning cho‘kishi natija-sida paydo bo‘ladi. Lekin bunda fleksura hosil
qiluvchi qatlam yaxlitligi buzilmasdan cho‘zilgan bo‘ladi.
Burmali strukturalar va fleksuralar tabiatda juda keng tarqalgan. Ular er
po‘stining tektonik rivojlanishi natijasida vujudga keladi va hududning geologik
taraqqiyoti tarixini bosqichma-bosqich o‘rganishda muhim ahamiyatga ega.
Bulardan tashqari ko‘pgina foydali qazilma boyliklarning hosil bo‘lishi va
to‘planishi burmali strukturalarning rivojlanishi bilan bog‘liq. Burmali struktu-
ralarni va fleksuralarni har tomonlama o‘rganish foydali qazilma konlarini
qidirishda, razvedka va eksplutatsiya qilishda katta amaliy ahamiyatga ega.
I.2 Litosfera plitalari tektonikasi
Litosfera plitalari tektonikasi - litosferaning harakati haqidagi zamonaviy
geologik nazariyaga muvofiq er po‘sti nisbatan yaxlit bloklardan - litosfera
plitalaridan tuzilgan va ular bir-biriga nisbatan doimiy harakatda bo‘ladi. Kengayish
zonalarida (o‘rtaokean tizmalari va kontinental riftlarda) spreding tufayli (inglizcha
seafloor spreading - dengiz tubining kengayishi) yangi okean po‘sti hosil bo‘ladi,
eskisi subduksiya zonalarida yutiladi. Bu nazariya ko‘pchiligi litosfera plitalari
chegaralarida joylashgan zilzilalar, vulkanizm va tog‘ hosil bo‘lish jarayonlarini
tushuntirib beradi.
Hozirgi davrda SHimoliy Amerika plitasi Evrosiyo plitasiga nisbatan asta-
sekin g‘arbga siljimoqda. Ushbu ikkita litosfera plitalari orasidagi chegara bo‘lib
Atlantika okeanidagi o‘rtaokean tizmasi sanaladi. YAngi okean po‘sti o‘rtaokean
tizmasi zonasida deyarli uzluksiz hosil bo‘lmoqda. O‘rta okean tizmasi Atlantika
okeanida Islandiyani qirqib o‘tadi. Islandiyaning g‘arbiy qismi shimoliy Amerika
plitasiga, sharqiy qismi esa Evrosiyo plitasiga kiradi. Bu plitalar bir-biridan
uzoqlashayotganligi uchun Islandiyaning o‘lchami yiliga 2 sm ga oshmoqda.
Plitalar tektonikasini rekonstruksiya qilish uchun paleomagnit tadqiqotlarning
natijalari katta ahamiyatga ega. Ba’zi minerallar o‘zida hosil bo‘lish vaqtidagi
magnit maydonining mo‘ljali to‘g‘risida ma’lumotlarga ega bo‘ladi. Ushbu
minerallarning magnitlanganligini o‘rganib, ular qaysi kengliklarda hosil
bo‘lganligini aniqlash mumkin.
Agar kelajakda ham Afrika va Somali plitalari qarama-qarshi tomonga
harakatlarini davom ettirsa ularning orasida yangi okean vujudga keladi (57-rasm).
Ilk bor er po‘sti bloklarining harakati haqidagi g‘oya Alfred Vegener
tomonidan 1920-inchi yillari taklif etilgan kontinentlar dreyfi nazariyasida
yoritilgan.
po‘sti harakati haqidagi g‘oya - mobilizm 1960-yillari okean tubining relefi va geo-
p
o
‘
m
a
’
k
o
‘
HYPERLINK
"http://ru.wikipedia.org/wiki/%D0%9A%D0%BE%D0%BD%
1%86% 0% 5% 0%
% 1%86% 0% 8% 1%8 "
\
HYPERLINK
"http://ru.wikipedia.org/wiki/%D0%93%D0%B5%D0%BE%
D0%B4%D0%B8%D0%BD%D0%B0%D0%BC%D0%B8%D1
%87%D0%B5%D1%81%D0%BA%D0%B0%D1%8F_%D0%B
E%D0%B1%D1%81%D1%82%D0%B0%D0%BD%D0%BE%D
0%B2%D0%BA%D0%B0" \o "Геодинамическая обстановка"
b
o
‘
HYPERLINK
"http://ru.wikipedia.org/wiki/%D0%90%D0%BB%D1%8C%
D
1
%
8
4
%
D
1
%
8
0
%
D
0
%
B
5
%
D
0
%
B
o
‘
k
o
‘
b
o
‘
HYPERLINK
"http://ru.wikipedia.org/wiki/%D0%9F%D0%B0%D0%BB%
D
0
%
B
5
1915 yilda Alfred Vegener kontinentlar dreyfi haqidagi gipotezasini chop
ettirgan. Vegenerning gipotezasi chop etilganda butun geologlar jamiyati uning
ustidan kulishgan. Ammo 50 yil o‘tib geologlarning ko‘pchiligi Vegener
gipotezasidagi asosiy holatlarning to‘g‘riligiga ishonch hosil qilishgan.
HYPERLINK
"http://ru.wikipedia.org/wiki/%D0%93%D0%B5%D0%BE%
D1%84%D0%B8%D0%B7%D0%B8%D0%BA%D0%B0"
\o
"
Г
е
HYPERLINK
"http://ru.wikipedia.org/wiki/%D0%93%D0%B5%D0%BE%
D0%B4%D0%B5%D0%B7%D0%B8%D1%8F" \o "Геодезия"
o
‘
b
o
‘
1930 yili Vegener Grenlandiyada ekspeditsiya vaqtida halok bo‘lgan, ammo u
o‘limidan oldin nazariyasini ilmiy jamiyat qabul qilmaganini eshitgan.
HYPERLINK
"http://ru.wikipedia.org/wiki/1922_%D0%B3%D0%BE%D0
%
B
4
"
\
o
"
1
9
2
2
г
о
д
"
b
o
‘
1
9
6
0
-
i
n
c
h
i
y
i
l
l
a
H
Y
P
E
R
L
I
o
‘
s
u
n
’
y
L
i
t
o
s
f
O‘tgan o‘n yilliklarda litosfera plitalari tektonikasi nazariyasi o‘zining asosiy
- Erning ustki qattiq qismi mo‘rt litosferaga va plastik astenosferaga bo‘linadi.
Astenosferadagi konveksiya - litosfera plitalari harakatining bosh sababchisi.
- Litosfera 8 ta yirik, o‘nlab o‘rtacha o‘lchamdagi va ko‘plab mayda plitalarga
bo‘linadi. Mayda litosfera plitalari yiriklarining orasidagi qambarlarda joylashgan.
Seysmik, tektonik va magmatik faollik litosfera plitalari orasidagi chegaralarda
kuzatiladi.
- Litosfera plitalari birinchi qarashda qattiq jism kabi ko‘rinadi, ammo ularning
harakati Eylerning aylanish teoremasiga bo‘ysinadi.
- Litosfera plitalarining nisbatan surilishi uch turda amalga oshadi:
a) rifting va spreding orqali ifodalangan ajralish (divergensiya);
b) subduksiya va kolliziya orqali ifodalangan tutashish (konvergensiya);
v) transformali er yoriqlari bo‘ylab siljish.
- Okeanlardagi spreding ularning chekkalaridagi subduksiya va kolliziya bilan
kompensatsiyalanadi, bunda Erning radiusi va hajmi o‘zgarmasdan qoladi. Er
o‘lchamlarining doimiyligi davriy ravishda rad etilib kelingan, ammo erning
sezilarli o‘zgarishini tasdiqlovchi dalillar etishmaydi.
- Litosfera plitalarining surilishi astenosferadagi konvektiv oqimlar yordamida
amalga oshadi.
Er po‘stining batamom o‘xshash bo‘lmagan ikki turi - kontinental po‘stloq
(ancha qari) va okean po‘stloq (200 million yildan ortiq emas) mavjud. Ba’zi
litosfera plitalari faqat okean turidagi po‘stdan (masalan - ulkan Tinchokean litosfera
plitasi), boshqalari esa okean po‘stiga payvandlanib qolgan kontinental po‘stning
bloklaridan iborat.
Er yuzasining 90% dan ortiqirog‘ini 8 ta ulkan litosfera plitalari tashkil etadi
Avstraliya plitasi
Antarktida plitasi
Afrika plitasi
Evrosiyo plitasi
Hindixitoy plitasi
Tinchokean plitasi
SHimoliy Amerika plitasi
Janubiy Amerika plitasi
O‘rtacha o‘lchamdagi litosfera plitalariga misol qilib Arabiston yarimoroli,
Arabiston subkontinenti, Kokos va Xuan de Fuka, Karib, Filippin, Naska kabi
litosfera plitalarini ko‘rsatish mumkin.
Litosfera plitalarini siljituvchi kuchlar. Hozir litosfera plitalarining
gorizontal harakatlari mantiyaning issiqlik-gravitatsion oqimlari - konveksiya
tufayli sodir bo‘lishiga shubha yo‘q. Bu oqimlar energiyasining manbai bo‘lib,
Erning markaziy qismlari va yuzasidagi haroratlar farqi hisoblanadi. Er yadrosidagi
harorat juda yuqori, taxminan 5000 S deb baholanadi.
Konvektiv oqimlar yopiq zanjir shakliga ega bo‘ladi. Uni oddiy tajribada
tekshirib ko‘rish mumkin. Bunga o‘quvchi kastryulkadagi suvni gaz gorelkasida
qizdirish yo‘li bilan ishonch hosil qilishi mumkin. Idish tubidagi haroratning oshishi
bilan suv qalinligida harorat gradienti va yuqoriga harakatlanuvchi issiqliq oqimi
yuzaga keladi. Qizigan suv balandga ko‘tarila boshlaydi, yuzasi bo‘ylab yoyiladi va,
sovushi tufayli, idishning devori bo‘ylab pastga tushadi. Bu holda suyuqlikning
barcha qatlamlari konveksiyaga jalb etiladi. Hosil bo‘lgan konveksiya tartibli va bir
yarusli bo‘ladi. Agar bir qancha gorelkadan foydalanilsa konveksiya tartibsiz holga
keladi. Ammo har ikki holda ham suvning butun qatlami konveksiyaga jalb qilingan,
konveksiyaning o‘zi esa bir yarusli bo‘ladi. Boshqa tajribada o‘zaro
aralashmaydigan suyuqliklarning ikki qatlamli (suv, moy) modelidan foydalanamiz.
Uni qizdirish jarayonida konveksiyaning ikki sathi vujudga keladi va ularning har
birida mustaqil zanjirlar hosil bo‘ladi. Bu holda konveksiya ikki sathli yoki ikki
yarusli hisoblanadi.
Er mantiyasida ham, suyuqliklar bilan o‘tkazilgan tajribadagi singari,
konvektiv oqimlar vujudga keladi. Ammo bu jarayon juda murakkab bo‘lib, ko‘p
omillarga bog‘liq bo‘ladi. Energiya generatsiyasining turli sathlarda va turli
jadallikda kechishi, jinslarning yuqori qovushoqligi, mantiya va po‘stloqning
qatlamlarga ajralganligi va lateral bir jinsli emasligi shular jumlasidandir. Ular tog‘
jinslarining turli petrokimyoviy tarkibi, zichligi va qizdirilganligi bilan bog‘liq.
Qovushoq mantiya moddasining harakatga keltiruvchi kuchi konvektiv
oqimning pastki va ustki qismlarida zichlikning o‘zgachaligidan kelib chiqadi.
Zichlik mantiya oqimining ko‘tarilgan qismida past bo‘lib, oqimning
cho‘kadigan joyi tomon yaqinlashgan sari ortib boradi. Er po‘stining cho‘kayotgan
oqim ustidagi og‘irlik kuchi shunday yuqoriki, vaqti-vaqti bilan po‘stning
mustahkamligidan oshib ketadi (eng past mustahkamlik va eng yuqori kuchlanish
joylari), ya’ni po‘stning noelastik (plastik, mo‘rt) deformatsiyasi - zilzila vujudga
keladi. Bunda po‘stning deformatsiyalanuvchi joylaridan butun bir tog‘ tizmalari,
masalan, Himolay siqib chiqariladi. Plastik (mo‘rt) deformatsiya juda tez (zilzila
vaqtida po‘stning surilish tezligida) susayadi, zilzila o‘chog‘i markazida va uning
atrofida kuchlanish kamayadi.
SHunday qilib, litosfera plitalarining harakati – Erning markaziy qismidan juda
qovushoq magma bilan issiqlik olib kelinishi oqibati hisoblanadi. Bunda issiqlik
energiyasining bir qismi ishqalish kuchini engib o‘tish uchun mexanik ishga
aylanadi, bir qismi esa, er po‘stidan o‘tayotganda, atrofdagi bo‘shliqqa tarqab ketadi.
Demak, bizning sayyora ma’lum ma’noda issiqliq dvigateli ham sanaladi.
Er qa’ridagi harorat to‘g‘risida bir necha gipotezalar mavjud. XX asrning
boshlarida bu issiqlik energiyasining radiofaol tabiati to‘g‘risidagi gipoteza
ommaviy bo‘lgan. Birinchi ko‘rinishda u er po‘stida uran, kaliy va boshqa radioaktiv
elementlarning ancha yuqori konsentratsiyasi bilan tasdiqlangan, ammo keyinchalik
er po‘sti jinslaridagi radioaktiv elementlarning miqdori kuzatiladigan issiqliq
oqimini ta’minlash uchun mutlaqo etarli emasligi aniqlandi. Po‘stosti moddasidagi
(tarkibi bo‘yicha okean tubi bazaltlariga yaqin) radioaktiv elementlarning miqdori
juda ham kam. Ammo bu sayyoraning markaziy qismida issiqlik ajratib chiqaruvchi
og‘ir elementlarning ancha yuqori miqdorini istisno qilmaydi.
Ikkinchi model - qizishni Erning kimyoviy differensiatsiyasi orqali
tushuntiradi. Dastlab sayyora silikatli va metalli moddalarning aralashmasidan
tarkib topgan. Ammo sayyoraning hosil bo‘lishi bilan bir vaqtda uning muayyan
qobiqlarga differensiatsiyalanishi boshlangan. Ancha zich metalli qismi sayyoraning
markaziga qarab harakatlangan, silikatlar esa ustki qobiqlarda to‘plangan. Bunda
tizimning potensial energiyasi kamayib borgan va issiqliq energiyasiga aylangan.
Boshqa tadqiqotchilar esa sayyoraning qizishi meteoritlarning zarbasi ta’siridagi
akkretsiya tufayli sodir bo‘lgan deb taxmin qilishgan.
Ikkinchi darajali kuchlar. Issiqlik konveksiyasi tufayli hosil bo‘luvchi
qovushoq ishqalanish kuchi litosfera plitalarining harakatida belgilovchi ahamiyatga
ega bo‘ladi. Ammo undan tashqari litosfera plitalariga boshqa, uncha katta
bo‘lmagan, biroq muhim kuchlar ham ta’sir qiladi. Bu og‘irroq mantiya yuzasida
engilroq po‘stning suzishini ta’minlovchi Arximed kuchidir. Oy va Quyoshning
gravitatsion ta’siri tufayli vujudga keluvchi priliv oqimlari ham shunday ahamiyatga
ega. SHu jumladan er yuzasining turli joylarida atmosfera bosimining o‘zgarishi
tufayli paydo bo‘ladigan kuchlar ham mavjud. Atmosfera bosimining 3% ga
o‘zgarishi 0.3 m qalinlikdagi yaxlit suv qatlamining bosimiga teng. Bunday
o‘zgarishlar kengligi yuzlab kilometrlarga boruvchi zonalarda kechishi mumkin.
II-BOB. ZILZILA VA VULKANIZIMNING YER YUZASIGA TASIRI
II.1 Zilzilalarning yer sharida tarqalishi , paydo bo’lishi va turlari
Erning ichki qismidan sirtiga tomon yo‘nalgan kuchlanish ta’sirida er
po‘stining ayrim joylarida to‘satdan er silkinishiga zilzila deyiladi. Zilzila -
tabiatda sodir bo‘ladigan eng xavfli hodisalarning biridir.
To‘fonlar, suv bosish, ko‘chkilar singari tabiat hodisalari insoniyatga katta
kulfat keltiradi. Lekin ularning orasida eng dahshatlisi zilziladir. Hech bir kataklizm
zilziladek vayronaga olib kelmaydi va insonlar hayotiga zomin bo‘lmaydi.
YUNESKO ma’lumotiga ko‘ra zilzila keltiradigan iqtisodiy zarar va insonlar
orasidagi qurbonlar bo‘yicha tabiiy ofatlarning ichida birinchi o‘rinni egallaydi.
Har bir odam zilzila nima ekanligini biladi, ammo u nima sababdan kelib
chiqishini bilmaydi. Vulkan otilishi, tog‘larda ko‘chki rivojlanishi, yirik
meteoritning erga urilishi, yadro bombasi portlashi, foydali qazilmalarni qazib olish
– bularning barchasi zilzilaga sababchi bo‘lishi mumkin. Ammo bunda litosfera
plitalarining harakati etakchi ahamiyatga ega. Bunday plitalarning tutashish
chegaralarida zilzilalarni keltirib chiqaruvchi tektonik kuchlanish to‘planadi. Plitalar
bir-biridan uzoqlashishi, tutashish chegaralari bo‘ylab qarama-qarshi yo‘nalishlarda
siljishi, bir-birining ustiga surilib chiqishi mumkin. SHu tufayli er yuzasida turli
ko‘rinishdagi relef shakllanadi. Litosfera plitalarining ba’zi joylarida zilzila keltirib
chiqaruvchi er yoriqlarining vujudga kelishi yoki muayyan qismining ko‘tarilishi
kuzatiladi.
Tog‘li relefga ega bo‘lgan mintaqalar eng seysmofaol hududlar hisoblanadi.
Xitoy, YAponiya, CHili, Peru, O‘rta Osiyo shular jumlasidandir. Bu joylarda eng
yirik talofatlarga olib kelgan va minglab odamlarning hayotiga zomin bo‘lgan
zilzilalar sodir bo‘lgan. Masalan, XX asrdagi eng kuchli zilzila 1976 yilning 28
iyulida Xitoyda sodir bo‘lgan. Gipotsentri Tiyon-SHon ostida bo‘lgan bu zilzila 650
mingdan ortiq kishilarning hayotdan ko‘z yumishiga sababchi bo‘lgan. Ulkan
darzliklar butun uylarni, poezdlarni domiga tortib ketgan, temir yo‘llarni qirqib
o‘tgan.
Zilzila hodisasini seysmologiya fani o‘rganadi. Zilzila er po‘stining ostki
qismidagi, jumladan, mantiyadagi moddalarning saralanish jarayonida vujudga
keladi. Bunda hosil bo‘lgan tebranma to‘lqinli harakatlar zilzila markazidan
atrofga va er yuzasi bo‘ylab tarqaladi. Zilzilaning dastlabki harakatidan keyin
ham er ichida saqlanib qolgan ortiqcha energiya evaziga er po‘stining ayrim
qismlari ma’lum vaqtgacha bot-bot tebranib turadi. Er sirtining tebranishi, unga
ichki qatlamlardan o‘tib keluvchi elastik to‘lqinlarning urilishidan kelib chiqadi.
Agar
zilzila
markazidan
yo‘nal-gan
to‘lqin er sirtiga
tik yoki unga
yaqin
burchak
ostida urilsa, er
ustidagi jismlar
yuqoriga ko‘tari-libtushadi. To‘lqin qiya urilganda esa er ustidagi jism-lar gorizontal
yo‘nalishda suriladi, ba’zan ular qayiqqa o‘xshab chayqaladi, daraxtlar og‘ib,
yana tiklanadi, imorat bezaklari ko‘chib tushadi.
Zilzilalarni tahlil qilishda zilzila o‘chog‘i, gipotsentr, epitsentr, izoseyst va
boshqa tushunchalardan foydalaniladi (62-rasm).
Zilzila o‘chog‘i – bu er qa’rida oniy buzilishga uchraydigan tog‘ jinslarining
hajmi.
Er ichidagi zilzila markazi - gipotsentr, uning er yuzasidagi proeksiyasi -
fokusi epitsentr deb ataladi. Izoseyst – tebranishlar kuchi teng bo‘lgan chiziq.
Litosfera va astenosferadan tarkib topgan tektonosferada bunday jarayonlar
natijasida gipotsentrda mexanik energiya hosil bo‘ladi. Bu energiya gipotsentr
atrofidagi qatlamlarga elastik to‘lqinlar tarzida yoyiladi.
Zilzilalarning er sharida tarqalishi. Bir necha yuz yillar davomida
to‘plangan ma’lumotlar zilzilalar sayyoramizning ayrim seysmik zonalarda
ko‘p sodir bo‘lishini ko‘rsatadi. Seysmik zonalar asosan geosinklinal
mintaqalarga to‘g‘ri keladi. Er yuzasi relefini buzuvchi zilzilalarning ko‘pi
Pireney, Alp, Apennin, Karpat, Balqon, Kavkaz tog‘larida va O‘rta Osiyoning
tog‘li rayonlari, Hindiqush, Himolay tog‘larida va Tinch okean halqasida
sodir bo‘ladi. Butunlay yoki deyarli zilzila bo‘lmaydigan hududlar ham
mavjud. Bunday hududlar (Germaniya va Polsha pasttekisliklari, Rossiya
tekisligi, Finlandiya, Kola yarimoroli, Kanada, Braziliya tekisliklari)
62-rasm. Zilzila o‘chog‘ining tuzilish sxemasi.
aseysmik o‘lkalar deb ataladi. Er sharida sodir bo‘ladigan zilzilalar er
po‘stining asosan ikki yirik harakatchan mintaqasida joylashgan (66-rasm).
1. Tinch okeani mintaqasidagi zilzilalar barcha zilzilalarning 80% ini
tashkil etadi. Bu mintaqa eng chuqur er yorig‘i o‘tgan joylarni o‘z ichiga olib,
undagi zilzilalar gipotsentrining chuqurligi 700 km gacha boradi. Ayniqsa,
YAponiyada kuzatiluvchi kuchli zilzilalar bunga yaqqol misol bo‘ladi.
2. O‘rta er dengizi - Indoneziya mintaqasi. Bu mintaqaga barcha
zilzilalarning 12% to‘g‘ri keladi. U Indoneziyaning janubiy-sharqdidan
boshlanib, g‘arbga tomon Himolay tog‘lari orqali Tiyon-SHon va Pomirga,
Afg‘oniston va Eron orqali Kavkaz tog‘lariga o‘tadi. Kavkazda Qora dengiz
sohillari bo‘ylab ikkiga bo‘linadi: bir qismi shimoliy - g‘arbda Qrim, Karpat,
Alp, Pireney tog‘lari orqali Atlantika okeaniga tutashadi, ikkinchi qismi esa
janubiy - g‘arbga tomon yo‘nalib, O‘rta er dengizning janubiy va shimoliy
sohillari bo‘ylab, u ham Atlantika okeaniga chiqadi.
Zilzilalarning qolgan qismi ikki kenja mintaqaga to‘g‘ri keladi.
Bularning biri SHimoliy va Janubiy Amerikani, ikkinchisi Qizil dengiz
bo‘ylab Afrikaning shimoliy-g‘arbini, Arabistonni va Hindistonni o‘z ichiga
qamrab oladi. Bulardan tashqari, Atlantika okeani ostidagi rift (sayyorar er
yorig‘i) zonasi Islandiyadan Buva oroligacha cho‘ziladi. Umuman zilzila
bo‘lmaydigan joy Er sharida yo‘q desa bo‘ladi.
Ilmiy ma’lumotlar shuni ko‘rsatadiki, seysmik faollik kuzatiladigan
joylarda zilzilalar ma’lum qonuniyatlar asosida takrorlanadi. Halokatli
zilzilalar er sharida har 100 yilda bir marta sodir bo‘lishi olimlar tomonidan
aniqlangan.
Birgina XX asr yakunida yuz bergan Eron (1990) zilzilasida 50 ming,
Turkiyadagi (1999) zilzila chog‘ida 45 mingdan ortiq odamning jabrlanishi
tabiiy ofatlar ichida eng kam tarqalgan zilzila nechog‘li katta kuchga ega
ekanligidan dalolat beradi.
1911 yilda Olmaota shahari yaqinida zilzila sodir bo‘lgan, ammo uning
epitsentri aholi yashaydigan joydan uzoqligi sababli binolar deyarli
buzilmagan, 1948 yil 6 oktyabrda ro‘y bergan Ashgabad zilzilasi kuchli
zilzilalardan bo‘lib, uning to‘lqin zarbalarini Moskva, Toshkent, Samarqand,
Dushanba va boshqa shaharlardagi seysmik stansiyalar sezgan.
YUqorida qayd qilingan zilzilalar Hindi-Xitoy plitasi Evrosiyo plitasi
bilan tutashgan joyda, Tiyon-SHon va Pomir tog‘larida vujudga kelgan.
Hozirgi zamon er harakatlari bu joylarda keskin va faol bo‘lganligi tufayli
ularda zilzilalar nisbatan ko‘proq uchraydi.
Zilzilaning paydo bo‘lish sabablari va genetik turlari
Avvalo, zilzilaning yuzaga kelish sabablari turlicha bo‘lib, hozirgi
vaqtda mukammal o‘rganilgan. Lekin hozircha ilm-fan taraqqiyoti qachon,
qaerda, qanday kuchlanishda er silkinishi sodir bo‘lishini bashorat qilishga
ojiz. Muammoning o‘ziga yarasha ob’ektiv sir-sinoati va mavhum tomonlari
mavjud. O‘ylaymizki, bu savollarga XXI asrda albatta javob topiladi.
YUqorida erning paydo bo‘lishi va rivojlanish bosqichlariga qisqacha
to‘xtalib o‘tdik. SHu rivojlanish bosqichlari bilan, albatta, er silkinishlari
uzviy borliqdir. Litosfera plitalarining harakati tufayli zilzilalar bo‘lgan va
hozir ham kuzatilib turibdi. Zilzilalar litosfera plitalari tutashgan joylarda
keng tarqalgan.
Zilzila ro‘y berish sababiga ko‘ra quyidagi guruhlarga bo‘linadi: a) tog‘
qulashlari, surilma, o‘pirilish zilzilalari; b) vulkan zilzilalari; v) tektonik
zilzilalar; g) sun’iy zilzilalar.
O‘pirilish zilzilalari. Bunga Pomir tog‘ida 1911 yil sodir bo‘lgan zilzila
misol bo‘ladi. Usoy qishlog‘i yaqinida juda katta hajmdagi tog‘ massasining
o‘pirilib tushishi natijasida Murg‘ob daryosi to‘silib qolgan va Sarez ko‘li
hosil bo‘lgan. Usoy qishlog‘i shu ko‘lning ostida qolib ketgan (67,68 -
rasmlar).
Vulkan zilzilalari. So‘nmagan vulkanlarning harakati natijasida ham
zilzila bo‘lib turadi. Bunday zilzila faqat vulkanli o‘lkalarga xosdir. Vulkan
harakatlanib turgan o‘lkalarda zilzila kuchi 5 - 6 balldan (ba’zilarini hisobga
olmaganda) oshmaydi. Masalan, Tinch okean atrofidagi, Kamchatka